Загрузил Olimjon Umarov

2-mavzu

реклама
2-MAVZU: MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZASIYASINING
AJRALMAS QISMI
Reja:
1. O’zbekiston qadimgi sivilizasiya va madaniyat beshigi.
2. Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari.
3. Ibtidoiy jamiyat davri, uni davrlashtirish, asosiy bosqichlari.
4. Ajdodlarimizning ilk diniy e’tiqodlari. «Avesto» - zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi.
Tayanch so’zlar va iboralar: Sivilizasiya, insoniyatning dastlabki ajdodlari,
antropogenez jarayonlari, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, Teshiktosh, Joytun, Hisor,
Kaltaminor, Sarazm, Zamonbobo, Sopolli, Zarautsoy, ibtidoiy urug’chilik tizimi –
matriarxat, patriarxat, ajdodlarimiz hayotidagi ilk diniy e’tiqodlar, zardushtiylik,
«Avesto».
-IInsoniyat qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va
ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi sivilizasiyaga ega bo’lgan. Davrlar
o’tishi bilan insoniyat sivilizasiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, takomillashib borgan.
Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma’naviy
boyliklarni yaratish va ko’paytirib borish bilan bog’liq kechgan.
U yoki bu sivilizasiya haqida so’z borganda insoniyatning yashash uchun
kurashi, tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o’zi uchun
yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uyjoy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari,
ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari
darajasi bilan tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi
Sharq sivilizasiyasi, Antik Yunon-Rim sivilizasiyasi, Islom sivilizasiyasi, Xristian
sivilizasiyasi, hozirgi zamon sivilizasiyasi kabi tushunchalarda insonlarning
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, axloqi, bilim
saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo’ladi.
Har bir mintaqada sivilizasiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq,
o’ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning
Vatanimiz – O’zbekiston insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
ekanligidan dalolat bermoqda. O’zbekiston va O’rta Osiyo hududlarida olib
borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning
jahon sivilizasiyasida tutgan o’rnini tasdiqlaydi.
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot
bosqichiga ko’tarilishini sivilizasiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot
bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish
darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izohlanadi.
O’rta Osiyo sivilizasiyasi turli hududlarda yashagan qadimgi qabilalar
miloddan avvalgi VI ming yillikdanoq dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni
rivojlantirgan bo’lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik,
baliqchilik va qisman ziroatchilikning ilk shakllari bilan shug’ullaganlar. Bu
notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar bilan
izohlash mumkin. Bu o’rinda O’rta Osiyoning cho’l va dasht hududlari hamda tog’li
va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni
taqqoslab ko’rish muhimdir.
Undan tashqari, O’rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi
aholining neolit davridayoq, ya’ni miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi
o’zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval Old Osiyodagi boshqa
qadimgi sivilizasiya o’choqlari bilan uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy
sivilizasiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan.
-IIYer sharida hayotning paydo bo’lishi, unda insoniyatning vujudga kelishi va
rivojlanishi kabi masalalar bo’yicha olimlar uzoq yillar davomida tadqiqotlar olib
borib, turli nazariyalarni ilgari surib kelmoqdalar. Bu haqda dunyoviy, diniy
ta’limotlar va boshqa qarashlar vujudga keldi. Dunyoviy ta’limotga ko’ra, inson
mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan,
degan fikr bildiriladi. Diniy ta’limotga binoan odamni xudo yaratganligi aytiladi.
Bugungi kunda inson boshqa sayyoralardan kelib yerga tarqalganligi haqidagi
rivoyatlar ham mavjud. Demak, sayyoramizda odamzodning paydo bo’lishi va
rivojlanishi haqida yagona fikr yo’q deyish mumkin, bu masala muammoligicha
qolmoqda.
Shuni aytish lozimki, tarix fanida insonni kelib chiqishi va rivojlanishi
arxeologik va antropologik materiallar, mavjud turli manbalarga asoslanib
o’rganiladi. Olimlar bergan ma’lumotlarga ko’ra eng qadimgi odamlar Yer yuzida
bundan 2-3 million yil avval yashaganlar. Ular dastlab Afrika, janubiy va janubi
sharqiy Osiyoda yashab, keyinchalik Osiyo va Yevropa qit’asining ichki hududlariga
kirib borgan.
Ma’lumki,
arxeologik
izlanishlar
natijasida
insoniyatning
dastlabki
vakillarining qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi Olduvoy darasidan topilgan. Bunda
ingliz olimlari ota-bola Liki Luis va Liki Richardlarning (1959-1960-yillarida
qazishma ishlari olib borilgan) xizmatlari kattadir. Bu odam qoldiqlari
Tanzaniyaning Zinj nomli qishlog’idan topilgani uchun uni joy nomi bilan
«Zinjantrop odami» deb nom olgan. Olimlar tomonidan «Ishbilarmon odam» deb
nomlangan «Zinjantrom odam»ning suyak qoldiqlari yonidan tosh qurollari va har
xil hayvon suyaklari ham topilgan. Zinjantroplar bundan 3-2 million yil oldin
yashab, «avstralopitek»lar («janub maymuni») oilasining
eng qadimgi vakili
hisoblanadi.
Zinjantrop odamidan keyingi davrda yashagan odam qoldiqlari 1891-1892yillari golland shifokori Ye.Dyubua tomonidan Indoneziyaning Yava orolidagi
Trinil degan joy yaqinidan topilgan bo’lib, fanda ularni «Pitekantrop» («Maymunodam») deb atash rasm bo’lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln. yil ilgari
yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927 yil Pekin shahri yaqinidan (Xitoy)
kanadalik olim D.Blek tomonidan topilgan eng qadimgi odamlar (arxantroplar)ga
mansub «Sinantrop» (lot. Sina – Xitoy va yunon. antropos – odam) bundan 600500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma
odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri
yaqinidan ham topilgan. 1856-1870 yillarda Germaniyaning Neandertal vodiysidan
«Neandertal odami» (Germaniyaning Dyusseldorf shahri yaqinida; nomi shundan
olingan) qoldiqlari topilgan.
Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzodning dastlabki vatani Afrika
degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yevropa deydilar. Boshqa bir guruh
olimlar esa odam dastavval Osiyoning janubida paydo bo’lgan degan g’oyani ilgari
suradilar.
Yaqin yillarga qadar O’zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan
100 ming yillar ilgari o’zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko’pchilik
tadqiqotchilar O’rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan Yevropa
paleoliti bilan bog’lab kelar edilar. Ammo so’nggi yillarda O’zbekiston arxeologlari
tomonidan olib borilgan ko’pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
1980 yil arxeolog O’.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg’ona
vodiysidagi Selung’ur (So’x tumani) g’oridan paleolit davri makonini ochishga
muvaffaq bo’ldilar. So’nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selung’ur ilk paleolit
davriga oid bo’lib, 13 madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko’plab
ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko’p hollarda Olduvoy qurollariga
o’xshab ketadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Selung’ur topilmalarining yoshi 1 mln.
yildan ziyodroqdir. Selung’ur topilmalari orasidan eng qadimgi odam jag’ suyaklari,
tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda «Farg’ona odami» - «Fergantrop» deb
nomlangan
bu
qazilma
odam
qoldiqlari
tasavvurlarimizni
yanada
kengaytirish
bilan
eng
qadimgi
odam
haqidagi
O’rta
Osiyo,
xususan
birga
O’zbekistonning insoniyat paydo bo’lib rivojlangan o’choqlaridan biri ekanligini
uzil-kesil isbotlaydi.
-IIIO’rta Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi davrini o’rganishdagi eng katta
muammolardan biri – uzoq tarixiy davrni tashkil etuvchi bu bosqichni davrlarga
bo’lish muammosidir. Biroq so’nggi yillardagi olimlarning olib borgan ilmiy
tadqiqot natijalariga ko’ra, hozirgi paytda O’rta Osiyo hududi ibtidoiy jamoa tuzumi
umumiy ko’rinishda paleolit – qadimgi tosh davri, mezolit – o’rta tosh davri, neolit
– yangi tosh davri, eneolit – miss-tosh davri, bronza davri va temir davriga
bo’linadi.
1) PALEOLIT – ibtidoiy mehnat qurollari toshdan yasalganligi sababli eng
qadimgi davrni tarixchilar paleolit (grekcha «palaios-palayos» - qadimgi, «lithoslitos» - tosh degan ma’noni bildiradi) – qadimgi tosh davri deb ataydilar. Paleolit
davri o’z navbatida uch bosqichdan – ilk paleolit, o’rta paleolit va so’nggi
paleolitdan iborat.
Hozirgi O’zbekiston hududida m.a.1,2-1 mln. avval – ilk paleolit davri
boshlandi. Ilk paleolitning o’ziga xos tomoni shundaki, bu davrda odamlar va
ularning dastlabki mehnat qurollari vujudga keladi. Biroq tosh qurollaridan boshqa
mehnat qurollari bizgacha yetib kelmagan.
Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi
qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan to’da-to’da bo’lib,
ya’ni ibtidoiy to’da shaklida termachilik va ovchilik bilan tirikchilik o’tkazganlar
hamda tabiat oldida ojiz bo’lib, unda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotlarni
o’zlashtirib yashaganlar. Ibtidoiy to’da – turmush va mehnat umumiyligi negizida
birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir. Bu davrda odamlar o’rtasida oilaviy
aloqalar hali aniq tartibga tushmagan. Markaziy Osiyoda bu davrda yashagan
ibtidoiy odamlar sinantrop nomi bilan ataladi. Sinantroplar g’or va ung’urlar
og’zidan makon topib turli jonzotlarni ovlash, o’simlik ildizlari va yovvoyi
mevalarni terish bilan kun kechirganlar, olov hosil qilishni hali bilmaganlar. Ayni
vaqtda toshdan mehnat qurollari yasab, ulardan ilg’itgich, urgich, chopg’ich,
kavlagich va kesgichlar sifatida foydalanganlar. Shu tufayli ularni «homo-habilis» «ishbilarmon odam» deyiladi.
O’zbekiston hududlaridagi Selung’ur (Farg’ona vodiysidagi), Ko’lbuloq
(Toshkent viloyatidagi), Uchtut (Buxorodagi) makonlari ilk paleolit davriga oiddir.
O’rta paleolit – m.a. 100-40 ming yilliklar. Bu davr qadimgi tosh asrining
muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimiz hududida o’rta paleolit davri,
avvalo, odamlar qiyofasining o’zgarishi, neandertallarning vujudga kelishi bilan
farqlanadi. Ularning peshonasi va jaq tishlari bo’rtib chiqmagan, miyasi kattaroq
bo’lgan, tik yura olgan. Bu davrga oid dastlabki yodgorlik Boysun tog’idagi
Teshiktosh (Surxondaryo) g’or makoni 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan
ochilgan edi. Teshiktosh g’or makonining topilmalari nafaqat O’zbekiston, balki
butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. Bu g’or makondan 3000 ga yaqin tosh
qurollar topilgan. Teshiktosh g’or makonining yuqori qatlamlaridan 9 yashar
bolaning skelet suyaklari topilgan.
O’rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan bir qancha
izlanishlar natijasida o’rta paleolit davriga doir ko’plab makonlar aniqlandi.
Jumladan, Omonqo’ton, Qo’tirbuloq va Zirabuloq (Samarqand viloyati),
Qorabura (Vaxsh vohasi), Jarqo’rg’on va Og’zokichik (Tojikiston), Qo’lbuloq,
Obirahmat
va
Xo’jakent
(Toshkent
viloyati),
Tossor
va
Qopchig’ay
(Qirg’iziston) kabi ko’plab makonlar o’rta paleolit davriga oid bo’lib, ularning jami
300 ga yaqinlashib qoladi.
O’rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali sun’iy olov chiqarishni kashf
etganlar, gulxanda pishirilgan mazali va to’yimli go’sht iste’mol qilishga, yirtqich
hayvonlarni olov bilan qo’rqitishga erishganlar. Olovni bilib olish odamlar hayotida,
ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. G’or
va ung’urlarni o’zlashtirish, o’choq yasab uning atrofida to’planish va nihoyat jamoa
bo’lib ov qilish uslublari paydo bo’ladi.
So’nggi paleolit – m.a. 40-12 ming yilliklar. Bu davr yodgorliklari o’rta
paleolit yodgorliklariga nisbatan kamroq o’rganilgan. Hozirgi kunga qadar O’rta
Osiyoda bu davrga oid 30 dan ziyod makonlar ochilgan. Samarqand (shaharning
o’zida), Xo’jag’or (Farg’ona vodiysi), Shug’nov (Pomir etaklari), Qo’lbuloq
(Toshkent viloyati), Qorakamar (Tojikiston), Achisay (Qozog’iston) yodgorliklari
shular jumlasidandir.
Mamlakatimizning so’nggi paleolit manzilgohlarida o’tkazilgan tadqiqotlar bu
davrda mehnat qurollari yasash texnikasida, odamlarning turmush tarzi va
dunyoqarashida, xo’jalik yuritishida keskin o’zgarish yuz berganligini ko’rsatadi.
Xususan, odamlar g’orlardan chiqib yengil turar joylar, chayla va yarim
yerto’lalarda yashay boshladilar. Ular endi faqat tog’li hududlarda yashab qolmay
vohalar bo’ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko’llar bo’ylarida joylashadilar.
Odamlar jismoniy jihatdan ham takomillashdi. Bu davrning eng katta yutug’i
antropogenez jarayonining tugallanishi va hozirgi zamon odamlariga o’xshash
bo’lgan kromanonlar shakllanishining boshlanishidir. Fanda bu odamni «homo
sapiens» - «aql-idrokli odam» deb ataladi. Ularning miya hajmi «homo habilis»dan
ikki baravar katta, bo’yi baland, qomati tik bo’lgan, nutqi rivojlanib, oddiy gap tuza
olgan. Xo’jalikda baliq ovi kelib chiqadi. Odamlar yashash uchun kulbalar
qurganlar.
Mazkur davrning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri ibtidoiy to’dadan
urug’chilik tizimiga o’tiladi. Urug’ – birgalikda yashagan va mehnat qilgan,
umumiy mehnat quroliga va qurol-yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar
jamoasidir. Qon-qarindoshlikka asoslangan urug’ jamoalari ona urug’i doirasida
rasmiylashdi, u tarixda matriarxat deb nom oldi. Matriarxat – eng qadimgi tizim
rivojidagi bir bosqich bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab
belgilanib, urug’ va oila boshlig’i ayol kishi bo’lgan. Bir urug’dan tarqalgan
odamlar jamoasi katta bir g’orda yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda
yashagan, birgalikda mehnat qilgan, mehnat mahsulotlari butun urug’ a’zolarining
umumiy mulki hisoblangan. Mehnat qurollari tayyorlash, ovqat topish, yoshlarga ov
qilishni o’rgatish ishlariga urug’ oqsoqoli rahbarlik qilgan. Urug’ning eng tajribali
va hurmatli a’zosi oqsoqol bo’lgan.
Odamlar tosh va suyakka tasvir tushirishni, ayollar uchun turli bezak va
taqinchoqlar, ayollarning haykalchalarini yasashni o’zlashtirganlar. G’orlarning
devorlariga yirik hayvonlarning tashqi ko’rinishini, ov manzaralarini tasvirlovchi
rasmlar chizganlar. Hayvonlar va ovchilarning harakatlarini namoyon etuvchi o’yinraqslar vujudga kelgan. Shu tariqa, tasviriy va amaliy san’at paydo bo’ladi. Shu
bilan bir qatorda qadimgi odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar ham paydo
bo’ldi.
So’nggi paleolit davridayoq insonning yevropoid, negroid, mongoloid kabi
irqiy turlari paydo bo’ladi. Bu irqlar odamlar taraqqiyotining sifat ko’rsatkichi
bo’lmay, tabiiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga keladi. Yevropoidlar Yevropada,
negroidlar Afrikada, mongoloidlar Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Osiyoda
yashaganlar.
2) MEZOLIT («mezos» - o’rta, «litos» - tosh) – m.a. 12-7 ming yilliklarni o’z
ichiga oladi. O’zbekistonning janubidagi Machay g’ori, Zarautsoy qoyasi
(Surxondaryo) Obishir (Farg’ona vodiysi), Bo’zsuv, Qo’shilish (Toshkent) va
boshqa hududlardan topilgan.
Mezolit davriga kelib ulkan muzlikning yana shimolga tomon chekinishi
natijasida odamlarning yer yuzi bo’ylab keng tarqalish imkoniyatini beradi. Kishilar
nisbatan nozikroq qurollar tayyorlashni o’zlashtira boshladilar. Xususan, janubiy
o’lkalarda, shuningdek, O’rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda qurolchalar
– mikrolitlar paydo bo’lib, ular uchun suyak va yog’och dastachalardan qadama
sifatida foydalanilgan. Undan tashqari, bu davrda insoniyat o’z tarixidagi dastlabki
murakkab moslama – o’q-yoyni kashf etdi. Natijada chopqir kichik tuyoqli
hayvonlar va parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo bo’ldi. O’q-yoydan
foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ovchilikni
insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zahiralar
ko’payib borgan. O’q-yoy quroli odamning yolg’iz o’zi hayvonlarni ovlash,
jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi.
Bu davrning eng katta yutuqlaridan yana biri yovvoyi hayvonlar (it, qo’y, echki
kabilar) qo’lga o’rgatila boshlanib, xonakilashtirilishidir. Arxeologik tadqiqotlar
natijalariga qaraganda, mezolit davriga kelib Old, Yaqin va O’rta Osiyoning ba’zi
joylarida
termachilikdan
yovvoiy
o’simliklarni
xonakilashtirishga
hamda
ovchilikdan chorvachilikka o’tish boshlanadi. Bu jarayon ilg’or, unumdor ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va tabiiy-geografik iqlim bilan bevosita
bog’liq edi.
Mezolit
davriga
oid
mozorlarning
tahlili
odamlarda
diniy
e’tiqod
shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko’rsatadi. Ko’hitong tog’idagi
Zarautsoy qoyasidan (hozirgi Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy
san’atning vujudga kelganligini ko’rsatadi. Qoyada yovvoiy hayvonlarni ov qilish
manzarasi tasvirlangan. Zarautsoy qoyalaridagi suratlar o’sha davr rassomlarining
fikr doirasini, diniy tasavvurlarni tasviriy san’atda qanchalik darajada aks
ettirganliklari haqida fikr yuritishga asos beradi.
3) NEOLIT («neos» - yangi, «litos» - tosh) – m.a. 6-4 ming yilliklarni o’z
ichiga oladi.
Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o’zgarishlar yuz bergan. Yangi
tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari ixtiro etildi. Tosh
qurollari orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh-teshalar paydo bo’ldi. Shu
boisdan neolit davri «toshboltalar asri» ham deyiladi.
Bu davrning yana bir yangiligi – bu hunarmandchilikning sopol buyumlari
yasash tarmog’i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni «sopol asri» ham
deyishadi. Odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga keladi va
xo’jalikda asosiy o’rinni egallaydi. Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo’jalik
shakllanib bo’ladi. Bu insoniyat erishgan katta yutuq bo’lib, odamlar tabiatga
qaramlikdan butunlay qutuladilar. Urug’ jamoalari ozuqa izlab ko’chib, daydib
yurishdan o’troq hayot kechirishga o’tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar
qurish odamlarning turmush tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi.
Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo’ladilar.
Hunarmandchilikda to’qimachilik, tikuvchilik tarmog’i ham paydo bo’ladi. Odamlar
yog’och va qamishdan qayiq yasab (qayiqsozlik) suvda suzishni ham o’zlashtirdilar.
Bular bu davrning muhim kashfiyoti va ixtirosidir.
Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quyidagi madaniyatlariga
bo’linadi: Joytun madaniyati (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor madaniyati
(Amudaryo va Zarafshon vohalari), Hisor madaniyati (Pomir)
4) ENEOLIT – (mis-tosh davri) – m.a. 4-3 ming yilliklarning o’rtalarini o’z
ichiga oladi. Insoniyat tarixining tosh davri o’rnini metall qurollar egallay boshladi.
M.a. 4 minginchi yillarda odamlar misdan qurollar yasashni o’rgandilar. Miss
metall sifatida yumshoq bo’lganligi tufayli, undan yasalgan qurollar mo’rt, yumshoq
va tez egiluvchi bo’lgan. Shu sababdan toshdan mehnat qurollari yasash ham davom
etgan. Odamlar dastlab misni yer yuzasidan sof holda uchratib, undan mehnat
qurollarini yasaganlar. Keyinchalik uning olovda erishini bilganlar va undan turli xil
shakldagi qurollar va buyumlar tayyorlaganlar.
Eneolit davriga oid ashyolar O’rta Osiyoning Janubiy Turkmaniston hududlari
(Joytun madaniyati), Amudaryo va Zarafshon qo’yi oqimlarida (Kaltaminor
madaniyati), Tojikistonda (Sarazm madaniyati), Buxoro viloyatida (Zamonbobo
madaniyati) topilgan.
Eneolit davrida O’rta Osiyo aholisining madaniyati bir bosqich yuqoriga
ko’tariladi. Lekin bu hududlardagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir
xil darajada emas edi. Qadimgi qabilalar miss-tosh davriga o’tgach, madaniy,
xo’jalik va ishlab chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Yangi
xo’jalik turlari – dehqonchilik va chorvachilik avvalgidek, Turkmanistonning janubi
g’arbidagi qulay geografik sharoitda rivojlanadi. Bu paytda quyi Zarafshon va
Amudaryo havzalarida yashovchi qabilalar hali madaniy o’simliklar o’stirishga
o’tmagan edilar. O’rta Osiyoning sharqiy qismidagi tog’li hududlar aholisi
xo’jaligida esa ovchilik ustun edi. Demak, ilk va rivojlangan miss-tosh davrida O’rta
Osiyo qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar va
notekisliklar saqlanib qoladi.
5) BRONZA DAVRI – m.a. 3-2 ming yilliklar. Bronza – miss, qalay va
qo’rg’oshin qorishmasidir. Bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya
bo’lgan. M.a. 3 ming yillikka kelib O’rta Osiyo hududlarida bronza qurollar keng
tarqaladi. O’zbekiston hududlarida bronza davri yodgorliklari ko’plab uchraydi. Bu
davrga mansub madaniyat izlari Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo va Farg’ona
vodiylaridan topilgan. Ulardan eng yiriklari Sopollitepa, Jarqo’ton, Tozabog’yob,
Zamonbobo, Chust, Amirobod yodgorliklaridir.
Bronza davrining xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi
dehqonchilikning keng yoyilishi va m.a. 2 ming yillikda dehqonchilikdan
chorvachilikning
ajralib
chiqishidir.
Bu
tarixiy
jarayon
kishilik
jamiyati
taraqqiyotidagi birinchi yirik mehnat taqsimoti edi.
Bu davrda ishlab chiqarishda hukmronlik qilish erkaklar qo’liga o’tadi va ona
urug’i tizimi o’rnini m.a. 3 ming yillik o’rtalariga kelib ota urug’i – patriarxat
davri boshlanadi. Patriarxat – insoniyat rivojining shunday bosqichidirki, unda
erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqyega ega bo’lib, qarindoshlik
munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan.
Bronza davriga kelib, odamlar kulolchilik charxi va g’ildirakni kashf etdi.
Shu tariqa harakatlanish vositalari ham vujudga keldi. Bu davrda jamiyat hayotidagi
sodir bo’lgan turli taraqqiyot jarayonlari – kishilik tarixida muhim bosqich bo’lgan
davlatchilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etdi.
6) TEMIR DAVRI – m.a. 1-ming yillikning avvalidan boshlanadi.
Temirdan birinchi bo’lib Kichik Osiyodagi xettlar foydalana boshlaganlar
(m.a. XIV-XIII asrlar), keyinroq ularga qo’shni bo’lgan ikki daryo oralig’i, Eron,
Kavkazorti mamlakatlarining aholisi ham foydalanganlar.
M.a. 1-minginchi yillarning boshlari (IX-VIII asrlar)da ajdodlarimiz
temirdan
mehnat
qurollari,
qurol-yarog’lar,
bezakli
buyumlar
yasashni
o’zlashtirganlar va temirdan foydalanish keng tarqaldi. O’rta Osiyoda ko’chmanchi
chorvador qabilalarning ajralib chiqishi yuz berdi.
Temirning kashf qilinishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog’onaga
ko’tardi. Ikkinchi yirik mehnat taqsimoti amalga oshdi, ya’ni hunarmandchilik
dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi.
Temir davrida kulolchilik charxi, naqsh bilan bezatilgan sopol buyumlar keng
tarqaldi, metallga ishlov berish rivojlandi. Xonadonlarda ip yigirish va matolar
to’qish, kiyim tikish tobora kengayib bordi. Uy-joy qurilish birmuncha yaxshilandi.
10-20 tadan xonasi bo’lgan katta maydonli uylar qurilishi bilan birga, g’ishtdan,
sinchdan alohida bir oilaga mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi.
-IVAjdodlarimiz hayotidagi dastlabki diniy e’tiqodlar va marosimlar urug’chilik
jamiyatida paydo bo’lgan. O’zbekiston insonlarda ilk bor diniy tasavvurlar va
aqidalar paydo bo’lgan eng qadimgi o’lkalardan biri hisoblanadi. Neolit davrining
oxirlariga kelib animizm, totemizm, fetishizm, sehrgarlik (magiya) va
shamanizm singari ibtidoiy din shakllari tarqaldi.
ANIMIZM. Tabiatning jonliligi to’g’risidagi tasavvurlar yig’indisi fanda
animizm ( lotincha anima, animus – ruh) deb ataladi. Ibtidoiy odam tasavvuriga
ko’ra, uning atrofidagi dunyoda har narsaning (hayvonlar, o’simliklar, tabiat
hodisalari va h.k.) joni, ya’ni ruhi mavjud. Yer, olov, o’rmon, suv, tog’ va uy
«ruh»larining kelib chiqishi ham shundan. Daraxtga topinish ramzi sifatida «hayot
daraxti» mavzusi O’zbekiston xalq hunarmanchiligida muhim o’rin tutadi. So’nggi
bronza va temir davri boshlarida inson ruhi o’lmaydi, balki narigi dunyoda
yashashda davom etadi, degan tasavvur vujudga keldi.
TOTEMIZM. Totemizm – hayvonlar va o’simliklarni e’tiqod obyektiga
aylanishi natijasida keng tarqalgan diniy tasavvurlarning yig’indisidir. Bu
tasavvurlarga ko’ra hayvonlar, o’simliklar va boshqalarning bir xillari totem (hindu.
– urug’chilik tuzumining ilk davrida hayvon va o’simliklar turiga yoki jonsiz tabiat
narsalariga topinish) deyilgan. Ibtidoiy xalqlarda o’z qabilalariga asos solgan deb
hisoblangan hayvon yoki o’simliklarga e’tiqod qilish, topinish; totemni o’ldirish,
iste’mol qilish taqiqlangan; hayvon, o’simlik va baliq nomi bilan yuritilgan
qabilalarning totem shakli solingan ramzi bo’lgan.
FETISHIZM. Fetish (portugal, fransuz) – yasalgan tumor, sehrli narsa; jonsiz
narsalarni g’ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga topinish, sajda qilish.
Fetishizmning ko’rinishlaridan biri turli xil buyumlardan yasaladigan tumor taqish
odatidir.
MAGIYA. Magiya (yunon.) – sehrgarlik; odamning o’zini g’ayritabiiy
kuchlarga ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari. Sehrgarlik
(magiya) turlicha bo’lib, davolash, biror odamni «isitish» yo «sovitish»,
dehqonchilik, chorvachilik sohalari, hatto ob-havoga ta’sir ko’rsatish kabi
ko’rinishlari ma’lum bo’lgan. Ko’zminchoq, tumor yordamida yomon ko’zlardan,
balo-qazolardan asrashga oid sehrgarlik ham shunga kiradi. Sehrgarlikning ba’zi
shakllari hozir ham uchrab turadi: Qur’oni karim oyatlari yozilgan tumor, duo matni
tushirilgan ko’zminchoq va h.k.
SHAMANIZM (tungus – evenk.) – taman, shaman – evenk tilida ruhoniy;
ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlarida vujudga kelgan dinlardan biri. Shamanizm ayrim
kishilar – shamanlarning g’ayritabiiy qobiliyatiga ega bo’lib ashula aytish, raqsga
tushish, childirma chalib jazavaga tushib, yovuz va saxiy ruhlar bilan bevosita
munosabatga bo’la olganlari uchun kasallarni davolash, fol ochish va boshqa
qobiliyatga egaliklarida ishontirishdan iboratdir. Shamanlar go’yo ruhlarni chaqira
olar, qo’ng’iroqli childirma bilan ruhlar makoniga sayohat qilar, ularga iltimos bilan
murojaat qila olar emish.
ZARDUSHTIYLIK – zoroastrizm m.a. VII-VI asrlarda vujudga kelgan din.
Bu din qariyb ming yil O’rta Osiyo, Ozarbayjon va Eron xalqlarining asosiy dini
hisoblangan. Bu dinning paydo bo’lishi – Zardusht, Zaratushtra (Avesto tili
bo’yicha), Zoroastr (yunoncha «astron» - «yulduz»), (m.a. 618-544 yy.) degan
payg’ambar nomi bilan bog’liq.
Zardusht 40 yoshga yetganda o’zigacha bo’lgan ko’p xudolilik diniy
aqidalariga qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi kitob – «Avesto»
(«Qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi) yaratgan. “Avesto” zardushtiylikning
muqaddas kitoblari to’plami hisoblanadi.
Zardusht va’zlari (da’vat) matnlarining hammasi m.a. III asrda 21 kitobda
jamlangan, bu kitoblar “Avesto”ning asosini tashkil etadi. Kitobda Turon, Xuroson,
Ozarbayjon, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy
hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to’g’risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy
qadriyatlari o’z aksini topgan.
Zardushtiylikning axloqiy ta’limoti «ezgu fikr», «ezgu so’z» va «ezgu
amal»dan iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o’z ifodasini topgan.
Zardushtiylik talabiga ko’ra, har bir inson tangrining yakka-yu yagonaligini e’tirof
etishi, xoh erkak, xoh ayol bo’lsin ilm o’rganishi, turli kasblarni egallashi,
chorvachilik, dehqonchilik, bog’dorchilik bilan shug’ullanishi, kanal qazishi, yer
ochishi lozim. Eng asosiysi - zardushtiylikda e’tiqod erkinligi mavjud bo’lgan.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T.: Sharq, 1998.
2. AVESTO//O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – T.: O’zME, 2000. –
B.65-66.
3. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. – T.: Sharq, 2000. – B.25-26.
4. Jo’rayev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. – T.:Sharq, 1998. – B. 65-73.
5. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi. I-qism. – T.,
2002. B. 22-43; 50-55.
6. Eshov B. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – T.: Yangi asr
avlodi, 2003. – B. 135-150.
7. O’zbekiston tarixi / R.Murtazayeva umumiy tahriri ostida. T.: Yangi asr
avlodi, 2003. B. 21-59; 87-90.
8. Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O`zbekiston tarixi. T.: IQTISODMOLIYA, 2006. B. 23-44; 52-56.
9. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. K.1 / Mas`ul muharrir:
A.Sagdullaev. – T.: Sharq, 2010. B. 14-31; 94-103.
Скачать