O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI 6 Maktab: Sinf: O‘quvchining ism va familiyasi: Fan o‘qituvchisi: 20__/ 20__ -o‘quv yili Muallifdan: Ushbu qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, adabiyot darsligining yangi nashri asosida tuzilgan. Ushbu qo‘llanma adabiyot fanini chuqur va sifatli o‘zlashtirishda amaliy ahamiyatga ega. ”Adabiyot fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirib, adabiy tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishga, badiiy asarni tahlil qilish asnosida uni san’at darajasida his qilishga o‘rgatadi. Topshiriqlarning rangbarangligi esa o‘quvchilarning intelektual salohiyatini oshirishga turtki bo‘ladi. Qo‘llanma, asosan, dars jarayonida va o‘quvchilarning sinfdan tashqari bo‘sh paytlarida foydalanishga mo‘ljallangan. O‘ylaymanki, ushbu qo‘llanma o‘quvchilarni ham, o‘qituvchini ham zeriktirib qo‘ymaydi. TUZUVCHI: Jabborova Asal Qadamboyevna. Xorazm viloyati Xonqa tumani 49sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 1-FASL HAR BIR KUN SABOQ ABDULLA QAHHOR. “O`G`RI” 1-topshiriq.Quyidagi savollarga javob yozing. 1.A.Qahhor tavallud topgan yil? ___________________________________________ 2.A.Qahhorning tavallud topgan joy nomi? __________________________________ 3.Qahhorning yaratgan asarlari ko`proq qaysi janrda yaratilgan? __________________ 4.A.Qahhor dastlab qayerda tahsil oldi? _____________________________________ 5.Yozuvchi keyinroq qayerda o`qidi?_______________________________________ 6.A.Qahhor qaysi chet el yozuvchisining mahorat sirlarini o`rganadi?_____________ 7.A.Qahhorda Chexov bilan big`liq qanday hodisa yuz beradi?___________________ 2-topshiriq.Quyidagi so`zlarni izohini yozing. So`zlar Oqposhsho Ellikboshi Amin Mingboshi Pristav Tilmoch Ma’nosi 3-topshiriq. “O`g`ri” hikoyasi qahramonlari: 4-topshiriq. “O`g`ri” hikoyasidagi so`zlarni izohini moslang. Taftish Paxtafurush Azayimxon Chashna Arbob Kulankir Obdastagardon Tatib ko`rish uchun namuna Zotli xo`roz Duo o`qib o`g`rini topish Afsun o`qib kasalni davolovchi Amaldor, yuqori lavozimdagi shaxs Tekshirish Paxta sotuvchi 5-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1.Hikoyaga qo`yilgan epigrafni izohlang. Ot va it kim? 2. Qobil boboning sarson bo`lishiga kimlar ko`proq aybdor? 3.Egamberdi Paxtafurushning Qobil boboga qo`ygan “kichkingina” sharti nima? 4.Hikoyaga nega “O`g`ri” deb nom qo`yilgan? O`g`ri kim? 5.Tasavvur qiling, siz Qobil bobo o`rnidasiz. Ho`kizni toppish uchun nima qilardingiz? 5-topshiriq.Quyidagi jadvalni to`ldiring. Asar nomi “O`g`ri” “Bemor ” Asosiy Uning o’ziga qahramonlar xos sifatlari Orzu maqsadlari Maqsadiga to’sqinlik qilgan insonlar Maqsadiga yetishishiga yordam bergan kishilar G`AGUR G`ULOM. “SHUM BOLA” 1-topshiriq.Qo`shimcha manbalar orqali G`afur G`ulom hayoti va ijodiga doir 6 ma’lumot yozing. 1.____________________________________________________________________ 2.____________________________________________________________________ 3.____________________________________________________________________ 4.____________________________________________________________________ 5.____________________________________________________________________ 6.____________________________________________________________________ 2-topshiriq.”Shum bola” qissasidan chalkash mantiqiy zanjirni o`rniga to`g`ri qo`ying. 1. Ha, o`zimizning to`riq qashqaning go`shtini yeb o`ldi-da, begona ot emas. Boy alanglab qoldi. Hay-hay, bola og`zingga qarab gapir, to`niq qashqa o`ldimi? Xo`sh, to`riq qashqa nima qilib o`ldi? 2. Ha, o`t tushgandan keyin uning uloqchiligiga qarab o`tiradimi, duch kelganini qo`shib, ishqilib bir chelak suv bo`lsa ham suv tashiy berdi-da. 3.Xo`sh, innakeyin, qanday qilib sindi? Ro`zg`orda mening pichoqimdan boshqa pichoq qurib ketgan ekanmi? 4. Nima qilib o`ldi? - Harom o`lgan otning go`shtini ko`p yeb qo`ygan ekan, bo`kib o`ldi. - Harom o`lgan ot go`shti qayoqda ekan? 5. Anavi, haligi, dandon sopli pichog`ingiz sinib qolib edi, shuning xabarini bergani keldim. Ana shu so`zdan keyin menga “innakeyin” savoli yog`ila boshladi. 6. Nima deyapsan, haromi, boshqa shuncha aravakash otlar turib, kelib-kelib mening birdan bir boqib qo`ygan uloqchi otim bilan suv tashisanlarmi, padarla’natlar? 7. -Xomlik qilib o`ldi. -Nimaga xomlik qilib o`ladi? - Hech aravaga qo`shilmagan ekan, biz uni aravaga qo`shib, suv tshigan edik, zo`riqib o`ldi. 8, Tozi itingizning terisini shilayotgan edim, suyukka tegib sinib qoldi..Iyya? –dedi boy. - Tozi terisini mening dandon sopli pichog`imda shilasanlarmi, o`zing ayt-vhi, nima shildilaring? -Shoshib qoldik-da o`lib qolgandan keyin, bekor ketmasin deb terisini shildik. 3-topshiriq. Klaster metodi orqali Qoravoyning fazilatlarini toping. 4-topshiriq. “Shum bola” qissasidagi bosh qahramonlarning ijobiy va salbiy fazilatlarini izohlab yozing. Qoravoyning sifatlari: Sariboyning sifatlari: 5-topshiriq. FSMU metodi: Savol (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring (U) Fikringizni umumlashtiring G`afur G`ulomning “Shum bola”qissasi mashhur asardir.. ODIL YOQUBOV “YAXSHILIK” 1-topshiriq. Qo`shimcha manbalar orqali Odil Yoqubov hayoti va ijodiga doir 6 ma’lumot yozing. 1.____________________________________________________________________ 2.____________________________________________________________________ 3.____________________________________________________________________ 4.____________________________________________________________________ 5.____________________________________________________________________ 6.____________________________________________________________________ So`zlar 2-topshiriq. Quyidagi so`zlarni izohini yozing. Ma’nosi Palos Chillaki Durra Hazing Xo`tik To`qoch Qo`r Okop Namat bomdod snaryad namozshom 3-topshiriq. “Yaxshilik” hikoyasidagi qahramonlarni yozing. 4-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1.Mansurning kelnoyisi sizda qanday taassurot qoldirdi? 2.Nega to`yda ma’yus, g`amgin qo`shiqlar yangardi? 3. Nima uchun Mansur kelnoyisiga xayrixoh deb o`ylaysiz? 4.Nega Mansur kelnoyisining ko`zlarida dahshat va qo`rquvni ko`rdi? 5.Hokoya nima uchun “Yaxshilik” deb nomlangan? 6.Siz ham birovga yaxshilik qilmoqchi bo`lganingizda kutganingizday chiqmagan holat bo`lganmi?Bunda qanday yo`l tutgansiz? 5-topshiriq. Asardan olgan xulosalaringiz: 1-xulosa 2-xulosa 3-xulosa 6-topshiriq.”Yaxshilik” hikoyasidan o`xshatishga misollar toping. O`xshatishga misol Shaxs, narsa yoki holatning xususiyati O`TKIR HOSHIMOV “DUNYONING ISHLARI” 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1.O`tkir Hoshimov qachon, qayerda tug`ilgan?_______________________________ 2.Qanday hikoyalarni bilasiz?____________________________________________ 3.Adibning otasi haqidagi fikrlari:_________________________________________ 4.Adibning onasi haqidagi fikrlari:_________________________________________ 5.“Dunyoning ishlari” qissasi kim haqida?___________________________________ 6. “…dostondek o`qiladi. Uni o`qib o`z onalarimizni eslab ketamiz”. Ushbu fikr kimga tegishli?_______________________________________________________________ Savol O‘.Hoshimov ijodining o‘zbеk adabiyotida tutgan o‘rnini bеlgilang. (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring (U) Fikringizni umumlashtiring 2-topshiriq.Quyidagi savollarga javob bering. 1. “Eng og`ir gunoh” hikoyasida muallif qanday davrni hikoya qilyapti?_________________________________________________________ __________________________________________________________________ 2.Bolaning yong`oq o`yinidan asl maqsadi nima edi?__________________________________________________________________ 3. Nega ona yolg`on gapirdi?_______________________________________________________________ 4. Asar nima uchun “Eng og`ir gunoh” deb nomlangan?____________________________________________________________ 5. Asardagi gunohkor kim?.Siz ham gunohkor bo`lganmisiz.Misol keltiring.______________________________________________________________ 3-topshiriq. Berilgan “Filvord”da O`tki Hoshimov asarlari yashiringan. Guruhlar undagi yashiringan asarlarni aniqlaydilar. ch o` l g s i q h sh h i p d a a a a l l a r FILVORD q o` l q u sh v o s a m o u p ch l a u z y p z o` i y n t o a z l T o` i q i v t i j o z 4-topshiriq. Darslikdagi O`tkir Hoshimovning „Urushning so`nggi qurboni“ hikoyasi asosisda ushbu topshiriqni bajaring. Shoikrom va Shone’mat Umri xola va Xadicha kelin 5-topshiriq. “KASKAD” mantiqli fikr yuritish sxemasini to`ldiring. O’z fikringizni bildirib, uni asoslang: Sizninngcha, Umri xolaning qurbon bo`lishiga nimlar sabab bo’ldi? 6-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1.Asar nima uchun «Urushning so‘nggi qurboni» deb nomlangan?____________________________________________________________ 2.Urushning so‘nggi qurboni kim? U nima sababdan qurbon bo‘ldi?________________________________________________________________ 3.Urush Shoikromning ongiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?_____________________________________________________________ 4.Nima sababdan Shoikrom hayotdan hursand emas?________________________________________________________________ 5.Shoikrom kimlardan o‘ch olmoqchi edi? Uning qalbida o‘ch olish tuyg‘usi qay tarzda paydo bo‘ldi?____________________________________________________ 6.Bu tuyg‘u Shoikromni yaxshilikka olib keldimi? Qanday voqea sodir bo‘ldi?_______________________________________________________________ 7.Nima sababdan Shoikrom xotini yolg‘on gapirayotganini bilib tursa ham, uni qoralashni istamaydi?___________________________________________________ 7-topshiriq.”Debat” usulidan foydalanib quyidagi jadvalni to`ldiring. QORALOVCHI Ha, asosiy aybdor Shoikrom. Uning ko‘ngli hech narsadan to‘lmaydi. O‘z shaxsini o‘ylaydigan ichi qora odam. Bolalarining ko‘pligidan ranjiydi. Xudoga shukur qilishni bilmaydi. O‘g‘irlangan sigiri uchun hammadan alamzada. OQLOVCHI Shoikrom – ko‘ngli nozik yigit. U har bir narsaga e’tibor beradi. Sopol tovoq, bandi kuygan qoshiq, hattoki shinni dog‘i qotgan quroq dasturxon ham, ter hidi anqib to`rgan lo‘labolish, kunlar isib keraksiz bo‘lib qolgan sandal ham uning g‘ashiga tegadi. Xotinining pishiqligidan uni hurmat qilmaydi. FANLARARO ALOQA ADABIYOT VA TARIX 1-topshiriq. Matnni o`qib “Venn diagrammasi”ni to`ldiring.(54-bet) Adabiyot va Tarix JINTEPA 2-topshiriq.Savollarga javob bering. 1.Hikoyaning bosh qahramoni kim?_______________________________________ 2.Bolalar nima uchun Jintepaga bormoqchi bo`lishdi? ________________________ 3. Hikoyadagi o`xshatishlarni toping.______________________________________ ____________________________________________________________________ 4.Bolalar nima sababdan qo`qib ketishdi?___________________________________ 5.Keltirilgan parchani yumoristik deya olamizmi?____________________________ 1-BOB BO`YICHA TAKRORLASH 1.”Nima qilib qo`yding ,Sherzod?” hikoyasiing muallifi kim? a) Erkin Malik b) Tohir malik c) G’afur G’ulom d) Odil Yoqubov 2.Abdulla Qahhor asarlari berilgan qator? a)”Shum bola”,”O`g`ri”,”Dahshat” b) “Anor”,”Bemor”,”O`g`ri”,”Dahshat” c)”Anor”,”O`g`ri”,”Yaxshilik” d) “O`g`ri”,”Sariq devni minib”,”Shum bola” 3.”Otning o`limi-itning bayrami” xalq maqoli qaysi hikoyaga epigraf qilib olingan? a)”Anor” hikoyasi b)”Bemor” hikoyasi c) “O`g`ri” hikoyasi d )to`g`ri javob yo`q 4.Qaysi qatordagi so`zlar izohi bilan noto`g`ri berilgan? a)taftish-tekshirish,arbob-amaldor ,yuqori lavozimdagi shaxs b)kulankir-zotli qush,chashma-tatib ko`rish uchun namuna c)paxtafurush-paxta sotuvchi ,azayimxon-afsun o`qib kasallarni davolovchi d)kulankir-zotli xo`roz,obdastagardon-duo o`qib o`g`rini toppish 5.Qaysi adibning otasi “Mirzo” va “G’ulom” taxalluslari bilan she’rlar yozgan? a)G`.G`ulom b)O`.Hoshimov c) A.Qahhor d) O.Yoqubov 6.”Shum bola” qissasi voqealari qachon va qayerda bo`lib o`tadi? a) XIX asr boshlari Sirdaryo atrofida b) XX asr boshlarida Toshkent atrofida c)XX asr boshlari Buxoro atrofi d) XX asr boshlari Farg`ona atrofi 7. G’afur G’ulomning “Shum bola” asarida Sariboy Yusuf kontorning mevazor bog’i, bahavo shiyponini qanday qo’lga kiritadi? a). Yusuf kontor bilan qimor o’ynab, yutib oladi. b). Sariboydan olgan qarzlari evaziga tortib oladi. c). Aslida ota-bobosining mulki bo’lganligi uchun undan tortib oladi. d). Yusuf kontorni avrab, arzon pulga sotib oladi. 8. G’afur G’ulomning “Shum bola” asarida Sariboyga xos xususiyat qaysi javobda ko’rsatilgan? a). mehribon b). ziyrak c). ziqna d). mehnatkash 9.”Dandon” so`zining ma’nosi? a) bo`ri tishidan yasalgan narsa b)fil suyagidan yasalgan narsa c) olmosdan yasalgan narsa d) loydan yasalgan buyum 10.Asar haqida muallif quyidagicha yozadi:” Bu qissa katta-kichik hikoyalardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam – onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Faqat ba’zilarining ismi o‘zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga bog‘langan”. Qaysi asar haqida gap ketyapti va asar muallfini toping? a)O`tkir Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” b)O`tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari” c)G`afur G`ulom “ Shum bola” d)Odil Yoqubov “Yaxshilik” 11. …… shunday yozadi: “Bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rgandek bo‘lar edim. . Zehnimda shunga o‘xshagan qalqib yurgan xotiralardan tashqari qalqimasdan toshdek cho‘kib yotgan xotiralar ham hisobsizligidan uzoq zamon bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar”Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni qo`ying a)G`afur G`ulom b) O`.Hoshimov c) O.Yoqubov d) A.Qahhor 12. oqposhsho ,ellikboshi ,mingboshi ,amin ,pristav ,tilmoch so`zlari siz o`qigan qaysi asarda uchraydi? a) “O`g`ri” b)” Shum bola” c) “Yaxshilik” d)”Eng og`ir gunoh” 13. Mening entak-tentak so‘zlarimdan boy talmovsirab qoldi. Go‘yo shu gaplarni eshitgisi kelmaganday, sekin, qo‘rqa-pisa so‘radi:– Kim o‘ldi?Shu yerda men yuzimga qalbaki qayg‘ular chiqarib, ho‘ngrab yig‘lab yubordim.– Kenjatoy o‘g‘lingiz Bo‘riboyvachcha, terakka chiqib, chumchuq bolasini olaman deb yiqilib tushib, bir marta “dada”, dedi-yu, “g‘iyq...” etib jon berdi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? a) “O`g`ri” b)” Shum bola” c) “Yaxshilik” d)”Eng og`ir gunoh” 14. Bir hafta o‘tdi. Bu bir hafta ichida kampir “duoning zo‘ri bilan qulf ochadigan” azayimxonga obdastagardon qildirgani qatnab yarim qop jiyda, uch yelpishtovoq jo‘xori, ikki kalava ip eltdi, ammo ish chiqmadi. Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi Ushbu parcha qaysi asardan olingan? a) “O`g`ri” b)” Shum bola” c) “Yaxshilik” d)”Eng og`ir gunoh” 15. ... Buvimning sersoya bog‘i qarindosh-urug‘larimizga, tog‘amning yorbirodarlariga to‘lgan: birov o‘choq qurmoqda, birov o‘tin yormoqda, birov hovliga suv sepib, so‘riga palos yozmoqda. Kechqurun to‘y!Ushbu parcha qaysi asardan olingan? a) “O`g`ri” b)” Shum bola” c) “Yaxshilik” d)”Eng og`ir gunoh” Savol Javob Tekshirish 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 To‘g‘ri javob: __________Baho:__________ 2-FASL. SO`ZDA SEHR BOR XALQ OG`ZAKI IJODI: XALQ QO`SHIQLARI 1-topshiriq.Qo`shimcha manbalar orqali Xalq qo`shiqlariga doir 6 ma’lumot yozing. 1.____________________________________________________________________ 2.____________________________________________________________________ 3.____________________________________________________________________ 4.____________________________________________________________________ 5.____________________________________________________________________ 6.____________________________________________________________________ 2-topshiriq. Quyidagi jadvalni to`ldiring. Qo`shiq Havodagi hulkarman Oq terakmi, ko`k terakmi Omonyor Bizlar yor-yor aytaylik… Boychechak Alla aytay… Suz xotin,suzma xotin O`rog`im olmos Ramazon aytib keldik… Qaysi guruhga tegishli Kim tomonidan aytilgan? 3-topshiriq. Xalq qo`shiqlaridagi “Begona so`z”ni toping. Oq terakmi, ko`k terakmi? Terak Gul Tog` Bog` Ko`cha Omonyor o`ynasangchi Davra Raqqosa Yurak Sahna Boychechak Ayron Qozon-tovoq Piyola Qilich Alla Bolam Orom O`g`lon Kamon ALISHER NAVOIY. RUBOIYLAR 1-topshiriq. Krassvordni toping. 1. Navoiy tug`ilgan shahar 2. Navoiyning ukasi 3. Navoiyning do’sti 4. Navoiyning to`g`asi 5. Navoiy qaysi mashhur rassomni o`z homiyligiga olgan? 6. Navoiy qurdirgan madrasa nomi 7. Navoiy qurdirgan xonaqohlardan biri 5 2 3 1 6 4 7 2-topshiriq. Klaster metodi orqali Alisher Navoiyga ta’rif bering. 3-topshiriq. Navoiy ruboiylaridagi so`zlarni izohini toping. So`zlar Badxo`ylik Sud Voya Xub Matlub Marg`ub Idbor Shodmon Guhar Tig` Sitam Izohi 4-topshiriq. Alisher Navoiy ruboiylarini o`qib, quyidagi jadvalni to`ldiring. Ruboiy Asosiy g`oya Asosiy g`oyani ifodalayotgan kalit so`zlar Qofiyasi Radifi 1 2 3 4 5 6 7 8 5-topshiriq. Navoiy hikmatlaridagi g`oyani izohlang. 1.____________________________________________________________________ 2.____________________________________________________________________ 3.____________________________________________________________________ 4.____________________________________________________________________ 5.____________________________________________________________________ 6.____________________________________________________________________ 6-topshiriq. Rebusli topshiriq. ABAY.”YOSHLIKDAN BILIM IZLAB…” AVAZ O`TAR. “HAR TILNI BILUV EMDI…” 1-topshiriq. Abay va Avaz O`tar hayoti va ijodiga doir 6 ma’lumot yozing. 1.___________________________________________________________________ 2.____________________________________________________________________ 3.____________________________________________________________________ 4.____________________________________________________________________ 5.____________________________________________________________________ 6.____________________________________________________________________ 2-topshiriq. “Venn diagrammasi”ni to`ldiring. Abay va Avaz O`tar 3-topshiriq.Abayning “ Yoshlikdan bilim izlab…” va Avaz O`tarning “Har tilni biluv emdi…” she’ridagi farq va o`xshash jihatlarni topib yozing. Abay she’riga xos xususiyatlar Avaz O`tar she’riga xos xususiyatlar Har ikki she’rga xos xususiyatlar 4-topshiriq.Savollarga javob bering. 1. Abayning “Butun tunga tarqalar” she’rining qofiyalari…____________________________________________________________ 2. She’rni kim o`zbek tiliga o`girgan?_______________________________________ 3. She’dagi g`oya nima?__________________________________________________ 4. A.O`tarning “ Fidoyi xalqim” she’rining qofiyalari…_________________________ ____________________________________________________________________ 5. She’ning g`oyasi nima? ________________________________________________ _____________________________________________________________________ 6. Fano, jayon so`zlarining ma’nosi nima?___________________________________ LENGSTON HYUZ. “RAHMAT SIZGA XONIM” 1-topshiriq. Quyidagi so`z va raqamlarni ijodkor hayoti va ijodiga bog`lab, izoh yozing. 1902-yil Qora tanli Buvisining tarbiyasi Maktab yoshida Kolumbiya universiteti 1930-yil Oddiy insonlar 1967-yil 2-topshiriq. Quyidagilarga izoh yozing 1.Tunda ayolning sumkasini o`g`irlamoqchi bo`lgan bola 2.Huella xonimning mehribonligi 3.Rojerning orzusi 4.Minnatdorlik hissi.Luella xonimning unutilmas sabog`i 3-topshiriq. Quyidagi savollarga javob yozing. 1.” Rahmat sizga xonim” hikoya voqealari qachon va qayerda bo`lib o`tadi? _____________________________________________________________________ ___ 2. Ayolning xatti harakatlari sizda qanday taassurot qoldirdi? U haqidagi dastlabki fikringiz qanday?_______________________________________________________________ _____________________________________________________________________ _____ 3. Sizningcha ayolning maqsadi nima? U bolani qayerga olib ketyapti?______________________________________________________________ _____________________________________________________________________ _____ 4. Rojer nima uchun ochiq eshik ko`cha tomonga emas, yuvinish uchun yo`l oldi?_________________________________________________________________ _____________________________________________________________________ ______ 5. Rojer Luerlla xonimning gapidan nega hayratlandi? Ayol eshikni nima maqsadda ochiq qoldirdi deb o`ylaysiz?_____________________________________________________________ _____________________________________________________________________ ______ 6. “Shunday ishlar qilganmanki, imkoni bo`lsa ularni xudodan ham yashirgan bo`lardim, o`g`lim” Luella xonim bu gapni nima maqsadda aytdi deb o`ylaysiz?_____________________________________________________________ _____________________________________________________________________ ______ 7. Oyoq kiyim orzusi, oyoqlaringni yomon yo`lga boshlamasin” Bu gapni qanday tushundingiz?__________________________________________________________ _____________________________________________________________________ ______ 4-topshiriq. Klaster metodi orqali Luella xonim va Rojerga tarif . fazilatlarini toping. Luella xonim Rojer 5-topshiriq. SWOT tahlil: Rojerni to`rt taraflama tahlil qilish. S(Kuchli). Qo`rqmas ... W(Zaif) kambag`al ... O(Imkoniyat) yosh ... T(Xavf-xatar) yashash muhiti ... 6-topshiriq. “Rahmat sizga xonim” hikoyasi qahramonlarining xarakterini ko`rsatishda muallif qanday vositalardan foydalangan? Jadvalni to`ldiring. Bosiq Qanday qilib bilib olamiz? Rojer sumkasini o`g`irlamoqchi bo`lganda o`zini yo`qotib qo`ymadi. Rojer Luella xonim Qanday inson? Qanday inson? Zaif Qanday qilib bilib olamiz? Sumkasini og`irligidan muvozanatni y`oqotib qo`ydi FANLARARO ALOQA ADABIYOT VA ONA TILI 1-topshiriq. Matnni o`qib “Venn diagrammasi”ni to`ldiring.(88-bet) Adabiyot va Ona tili 2-topshiriq. Umrinisa buvi va Nargis xarakteriga xos xususiyatni yozing. Umrinisa buviga xos xususiyatlar: Izoh Nargisga xos xususiyatlar: Izoh 2-BOB BO`YICHA TAKRORLASH 1.AlisherNavoiy necha yoshida Farididdin Attorning “Qush tili” (“Mantiq ut-tayr”) asarini,olti mingdan ortiq hadisni yoddan bilgan? A)4 B)8 C)7 D)11 2. Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. Ushbu she’riy parcha kimning qalamiga mansub? A)Muhammad Yusuf B) Abdulla Oripov C)Iqbol Mirzo D)Xurshid Davron 3. Yoshlikdan bilim izlab yugurmadim, Xayrin bildim, biroq yuz o‘rgulmadim. Ulg‘ayganda qarasam, qo‘lim quruq, Kechikib qo‘l cho‘zdim-u, ulgurmadim. Ushbu she’r kimning qalamiga mansub? A) Alisher Navoiy B)Bobur C)Avaz O’tar D)Abay 4. “Rahmat sizga xonim” asarini kim o’zbek tiliga tarjima etgan? A) Saida Zunnunova B) Nodirabegim Ibrohimova C)Zulfiya Isroilova D) Halima Xudayberdiyeva 5. “Rahmat sizga xonim” asaridagi Luella xonim qanday inson sifatida gavdalantirilgan? A) jahldor, har narsaga asabi buziladigan ayol B) yuvosh,xushchaqchaq C) bosiq, kutilmagan vaziyatda o’zini yo’qotib qo’ymaydigan D) B va C javoblari to’gri 6. ”Giriftor” so’ziningma’nosinima? A) dushman B) do’st C) bandi,asir D) begona 7. Taniqli qozoq shoiri Abay she’rlarini o’zbek tiliga tarjima etgan ijodkor qaysi qatorda ko’rsatilgan? A)AbdullaQodiriy B) O’tkirHoshimov C) Hamid Olimjon D) Mirtemir 8. “Mehnat qo’shiqlarida” qanday vaziyatlarda ijro etiladi? A) asosan to’y-marosimlarda ijro etiladi B) biron-ishni bajarish paytida ijro etiladi C) his-tuyg’ularni ifodalashda ijro etiladi D) to’g’ri javob berilmagan 9. “Rahmat,sizga xonim” asarida xonimning sumkasini o’girlamoqchi bo’lgan bolaning ismi nima edi? A) Jack B) Tom C) Rojer D) Jon 10. “Fano”so’zining ma’nosi nima? A) qo’rqmas B) o’lim C) hasadgo’y D) mansab 11. Ko‘nglung istar yorlar birla hamisha shod bo‘l, Mendin-u kimdinki, ko‘nglung istamas, ozod bo‘l. Ushbu misra muallifini aniqlang. A) Alisher Navoiy B)Zahiriddin Muhammad Bobur C)Atoiy D)Mashrab 12. Qaysi qatorda “shafiq” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan? A) bechora; B) musofirlik, begona yurt; C)rahmdil, mehribon ; D) rahmdillik, mehribonlik. 13. Suz xotin, suzma xotin, Ko‘lankasi maydon xotin, Yomg‘ir yog‘dir, ho‘l bo‘lsin, Yer-u jahon ko‘l bo‘lsin. Ushbu xalq qo’shig’i qaysi quyidagi keltirilgan qaysi guruhga mansub? A) mehnat qo‘shiqlari B) mavsum-marosim qo‘shiqlari C) lirik qo‘shiqlar D)dehqonchilik qo’shiqlari 14. Har tilni biluv emdi bani odama jondur, Til vositayi robitayi olamiyondur. G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar, Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur. Ushbu misralari bilan yoshlarni chet tilini o’rganishga chorlagan ijodkor qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) Alisher Navoiy B)Bobur C)Avaz O’tar D)Abay 15. Butun tunga tarqalar – Yaxshi ohang, shirin kuy. Dilga xil-xil o‘y solar, Ohang suysang, menday suy! Ushbu she’r muallifi kim? A) Alisher Navoiy B)Bobur C)Avaz O’tar D)Abay Savol Javob Tekshirish 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 To‘g‘ri javob: __________Baho:__________ 3-FASL FANTASTIKA VA SARGUZASHTLAR OLAMI HOJIAKBAR SHAYXOV “BIRINCHI SINOV” 1-topshiriq. Hojiakbar Shayxov hayoti va ijodi bo`yicha quyidagilarga izoh yozing. 1.1945-yil Toshkent politexnika instituti AQSHda nashr etilgan Energetik Ilmiy-fantastik asar 2-topshiriq. Ilmiy-fantastika haqida ma’limot yozing. 3-topshiriq. Quyidagi so`zlarning izohini yozing. Ekipaj Fazogir Ekspeditsiya Naf Paroxod Gravitometr, dozimetr, barometr shchit 4-topshiriq. Quyidagi savollarga javob yozing. 1. Shahnoza qanday qiz?_________________________________________________ 2. Shahnozaning o`zini qo`lga olib, qo`rquvni yengishiga qanday xususiyati yordam berdi.________________________________________________________________ 3.Shahnoza nega dadasidan kechirim so`radi?________________________________ _____________________________________________________________________ 4. Hikoya nima uchun “Birinchi sinov” deb nomlangan?________________________ _____________________________________________________________________ 5.Siz hikoyaga yana qanday nom bergan bo`lar edingiz?________________________ _____________________________________________________________________ 5-topshiriq. “Birinchi sinov” hikoyasi ilmiy-fantastik asar ekanligini isbotlang. Quyidagi jadvalni to`ldiring. Ilmiy-fantastik asarlarga xos jihatlar Hikoyadan misollar REY BREDBERI. “BIR KUNLIK YOZ KECHASI” 1-topshiriq. O`zingizni baholang. (Assesment metodi) Test Rey Bredberi qachon va qayerda tug`ilgan? A. 1921-yi.Amerikada B. 1920-yi Amerikada C. 1920-yil Angliyada D. 1923-yil Kolumbiyada 1 ball Jumlani davom ettiring. Savolga javob yozing. Kimning tomoshasi Reyga qattiq ta’sir ko`rstadi? ___________________ 2 ball Reyga sehrli qilichini tekkizib… deydi _________________________________ 2 ball Test Rey Bredberi qaysi janrda ijod qilmagan? A. roman B. qissa C. hikoya D. she’r 2 ball Savolga javob yozing. “Bir kunlik yoz” qanday janrdagi asar? _________________________________ 1 ball Savolga javob yozing. Nima sababdan Rey oliygohda o`qiy olmadi? ___________________ 2 ball 2-topshiriq. Venera sayyorasi haqida ma’lumot yozing. 3-topshiriq. “Bir kunlik yoz” hikoyasidagi so`zlarni izohini moslang. So`zlar Namtob Ogayo Dollar Qaznoq Tamballashdi Ma’nosi AQSH pul birligi qulflashdi omborxona namiqqan AQSHdagi shtat 4-topshiriq. Savollarga javob bering. 1. Bolalar Margoni yoqtirmasligining sababi nimada edi? Javob: 2. Margo quyoshni nima uchun bir soat ochiladigan gulag o`xshatyapti? Javob: 3. Margo nima uchun dushni yoqtirmasdi deb o`ylaysiz. Javob: 4. Margoga nima bo`lgan deb o`ylaysiz? Javob: 5. Voqea nega Zuhro sayyorasida bo`lib o`tadi. Sizningcha muallif nega aynan Zuhro sayyorasini tanladi. Javob: 5-topshiriq. Margoga ta’rif bering. (Klaster metodi) Margo 6-topshiriq. Jadvalni to`ldiring. Margoni tasvirlash uchun ishlatilgan sifatlashlar Zuhro sayyorasini tasvirlash uchun ishlatilgan sifatlashlar JYUL VERN. “O`N BESH YOSHLI KAPITAN” 1-topshiriq.Qo`shimcha manbalar orqali Jyul Vern hayoti va ijodiga doir 6 ma’lumot yozing. 1. Vern nimasi bilan ko`proq mashhur?______________________________________ 2. Jyul Vern necha yoshida kemaga yordamchi bo`lib ishga kirmoqchi bo`ladi?______ ____________________________________________________________________ 3. Jyul Vern qayerda tug`ilgan?____________________________________________ 4. Jyul Vernda sayohat va sarguzashtlarga qiziqish uyg`otgan narsa nima?__________ _____________________________________________________________________ 5. Jyul Vern haqida o`sha davrlarda qanday fikrlar bo`lgan? _____________________ _____________________________________________________________________ 6. Adibning sayohatga qiziqishi nimalarga ta’sir qildi?________________________________________________________________ 2-topshiriq. So`zlarni izohini yozing. So`zlar Kayuta Matros Kok Dengiz kasali Kambuz Dik Send Yunga Ofitser Navigatsiya Yangi dunyo Paluba Infuzoriya Mili Izohi 3-topshiriq. Savollarga javob yozing. 1. Kema kapitani kim edi?________________________________________________ 2. Kemaning nomi______________________________________________________ 3. Kemadagi oshpaz kim?_________________________________________________ 4. Doimo qovog`i soliq va kamgap obraz kim?________________________________ 5. Kema oshpazi uchun juda katta fazilat bu nima edi?__________________________ 6. Dik Sendning tashqi ko`rinishi?_________________________________________ 7. Dik Send qanday ahd qilgan edi?_________________________________________ 8. Dik Send necha yoshida o`qishni o`rgandi, necha yoshida kemaga yunga bo`lib ishga kirdi?____________________________________________________________ 9. Kapitan Gul va matroslar qanday halok bo`lishadi?__________________________ 10. Tarixda barmoq bilan sanarli darajada kam uchraydigan hodisa bu?____________ _____________________________________________________________________ 11. Sendni ulg`aytirib qo`ygan narsa nima edi?_______________________________ 12. Qari dengizchilar aytadigan gap?________________________________________ 13 .Kemadagilar nima uchun yo`nalishni adashtirishdi?_________________________ 14. Kema necha kun deganda quruqlikka yetdi?_______________________________ 15. ”Piligrim” kemasi qanday qilib halokatga uchradi?__________________________ 16. Dengiz suvi ko`pincha qachon ko`tariladi?________________________________ 17. Dik Send g`orga joylashib olganlaridan keyin qanday taklif aytadi?_____________ _____________________________________________________________________ 18. Missis Ueldon guruhni bo`lishga qarshi chiqishi sababi nimada?_______________ _____________________________________________________________________ 19. Bir miri hayon(foyda), uch miri ziyon degan gap nima uchun aytilgan edi?______ _____________________________________________________________________ 20. Asar tarjimoni?_____________________________________________________ 4-topshiriq Jadvalni to`ldiring (FSMU metodi). Savol (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring (U) Fikringizni umumlashtiring Jyul Vernning “O`n besh yoshli kapitan” asari mashhur sarguzasht asar ARTUR KONAN DOYL. “MALLALAR UYUSHMASI” 1-topshiriq. Savollarga javob yozing. 1. Artur Konan Doyl qanday yo`nalishlarda ijod qilgan?________________________ 2. Arturning inson sifatida shakllanishida kimning xizmati katta bo`ladi?___________ 3. Artur Konan Doyl adabiyot maydoniga kim sifatida kirdi?_____________________ 4. Artur Konan Doyl onasi haqidagi xotiralarni qanday eslaydi?__________________ _____________________________________________________________________ 5. Artur Konan Doyl qaysi yo`nalishdagi oliygohni bitirgan?_____________________ 6. Artur Konan Doyl o`zasarlarida nima uchun Sherlok Xolmsni o`ldiradi?__________ _____________________________________________________________________ 7. Artur Konan Doyl o`zasarlarida nima uchun Sherlok Xolmsni tiriltiradi?_________ 8. Detektiv so`zining ma`nosi va ular qanday asar?____________________________ 9. Detektiv asarlarga qo`yiladigan savol?_____________________________________ 2-topshiriq. So`zlarni izohini yozing. So`zlar Jentelmen Syurtuk Jevak Frankmason Ser Plastinka Penni Raf G`o`labor Taomil sarasate Izohi 3-topshiriq. Savollarga javob yozing. 1.Asardagi Sherlok Xolmsning do`sti?______________________________________ 2.Voqea qachon bo`lgan edi?_____________________________________________ 3.Sherlok Xolms mehmonning (Jebez Uilsonning) jismoniy mehnat bilan 4.shug`ullanganligini qanday biladi?_______________________________________ ____________________________________________________________________ 5.Mehmon o`zish faoliyati ninimadan boshlagan edi?__________________________ 6.So`nggi vaqtlarda ko`p xat yozishga to`g`ri kelganligini qanday aniqlaydi?_______ _____________________________________________________________________ 7.Mallalar uyushmasiga necha yoshdan qabul qilinar edi?______________________ 8.Omne ignotum pro, magnifiso jumlada qaysi gap keltirilgan?__________________ ____________________________________________________________________ 9.Jebez Uilsonning yordamchisini qanday kamchiligi bor edi?___________________ 10Mallalar uyushmasiga kim asos solgan?___________________________________ 11.Iezekiya Xopkins qanday vasiyat qoldirgan?_______________________________ 12.Qabul qiluvchi nima uchun mister Uilsonning sochidan tortib ko`radi?___________ ____________________________________________________________________ 13.Xodim qanday hollarda ishdan haydalishi mumkin edi?_______________________ 14.Xodimning vazifasi?__________________________________________________ 15.Uilyam Morrisning adresi deb berilgan joyda nima bor edi?___________________ 16.Kichkina jussali, g`o`labor, serharakat, 30 ga borib qolgan bo`lsa ham iyagida bironta tuk yo`q edi. Bu kim?_____________________________________________ 17.Taomil shuki, dedi Xolms- hodisa qanchalik g`alati bo`lsa,………….davom ettiring. _____________________________________________________________________ 18.Xolms nazarida bu masala qancha muddatda mag`zini chaqsa bo`ladigan edi?________________________________________________________________ 19.Napoleondor nima?___________________________________________________ 20.Asar tarjimoni?______________________________________________________ 4-topshiriq. Jadvalni to`ldiring. Mister Uilson haqida Sherlok Xolms xulosasi Shu vaqtlar jismoniy mehnat bilan shug`ullangan Nima uchun Xolms shu xulosaga keldi. O`ng qo`l mushaklari chap qo`l mushaklaridan baquvvatroq 5-topshiriq. “Mallalar uyushmasi” hikoyasi qahramonlarini yozing. 6-topshiriq.FSMU texnologiyasini to`ldiring. Savol (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring (U) Fikringizni umumlashtiring Artur Konan Doyl detektiv asarlar muallifi. FANLARARO ALOQA: ADABIYOT VA TEXNOLOGIYA 1-topshiriq. Matnlarni o`qib “Venn diagrammasi”ni to`ldiring.(165-bet) Adabiyot va Texnologiya 3-BOB BO`YICHA TAKRORLASH 1. AQSHda nashr etilgan jahonning eng yetuk fantast yozuvchilari haqidagi adabiy ensiklopediyaga Qaysi o’zbek yozuvchisining ham nomi kiritilgan? Anvar Obidjon B)Izzatulla Shukurov C)Isajon Sulton D)Hojiakbar Shayxov 2. “Fantastika” so‘zi qaysi tildan olingna bo‘lib, “tasavvur qilish san’ati” ma’nosini anglatadi? A) yunon B) arab C) ingliz D)rus 3.Qaysi asarda Dik Send va uning do‘stlari sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi? A) “Kichkina shahzoda” B) “O’n besh yoshli kapitan” C) “Gulliverning sayohatlari” D) “Birinchi sinov” 4. Qaysi yozuvchi : “Onam birontamizning qing‘ir ish qilganimizni eshitgandan ko‘ra o‘limni afzal bilardi”, – deb eslaydi ? A)Jyul Vern B)Janni Rodari C) Artur Konan Doyl D) Jonatan Svift 5. Detektiv asar qanday mazmundagi asar hisoblanadi? A)Detektiv (inglizcha “detective” – “izquvar” so‘zidan) – sirli jinoyatlarning fosh qilinishi haqidagi asar. B)Sarguzasht asar C) Fantastik asar D) komediya 6.Asardagi Sherlok Xolmsning do`sti? 7.Artur Konan Doyl onasi haqidagi xotiralarni qanday eslaydi? 8. ”Piligrim” kemasi qanday qilib halokatga uchradi? 9. Dik Send g`orga joylashib olganlaridan keyin qanday taklif aytadi 10. Ekipaj so`zining ma’nosi nima? Savol Javob Tekshirish 1 2 3 4 5 6.J _________________________ 7.J__________________________ 8.J__________________________ 9.J__________________________ 10.J_________________________ To‘g‘ri javob: __________Baho:__________ 4-FASL. RANGIN TUYG`ULAR RAHMAT FAYZIY. “HAZRATI INSON” 1-topshiriq. Rahmat Fayziy hayoti va ijodiga doir 6 ma’lumot yozing. 1.____________________________________________________________________ 2.____________________________________________________________________ 3.____________________________________________________________________ 4.____________________________________________________________________ 5.____________________________________________________________________ 6.____________________________________________________________________ 2-topshiriq. “Hazrati inson” asaridagi so`zlarni izohini toping. So`zlar To`rsayib Hovur Fashist Juvon Azot Izohi 3-topshiriq. “Hazrati inson” asaridagi qahramonlarni yozing. qahramo nlar 4-topshiriq. Jadvalni to`ldiring. Mahkam akaga xos xususiyatlar Asardan misollar 5-topshiriq. Savollarga javob yozing. 1. Urush yillarida mahkam aka yot bolalarni oilasiga qabul qilishiga sabab nima? 2.Vitya, Galya, Abram xarakterlari o`rtasidagi farq nimada? 3.Asar nima uchun “Hazrati inson” deb nomlangan? 4. Yon atrofingizda Mahkam akaga o`xshagan insonlar bormi? 6-topshiriq. “Venn diagrammasi”ni to`ldiring.(184-bet) Nasr va Nazm IBROYIM YUSUPOV.“QADRDON SO`QMOQLAR” XURSHID DAVRON.“VATAN DEVORLARI” 1-topshiriq. Ibroyim Yusupov va Xurshid davron hayoti ijodi bo`yicha ma’lumot yozing. IBROYIM YUSUPOV XURSHID DAVRON 2-topshiriq. “Harfi jam”metodi. Ibroyim Yusupov va Xurshid davron qalamiga mansub she’rlarning bosh harflarigina yozilgan, o’sha she’rlarni toping. Q… k… b… sh… t… T… u… b… o… y… T… y… b… m… sh… Y… q… k… b… s… B… g… Sh… Y… X… K… m… Y… d… q… z… Y… G`… ch… U… i… i… e… I… k… q… ch… N… b… I… t… d… R… y… s… k… b… Q… y… s… O… y… t… X… s… s… E… J… sh… 3-topshiriq. Har ikki ijodkorning Vatan haqidagi she’rini solishtiring „Qadrdon so`qmoqlar“ va „Vatan devorlari“ 4-topshiriq. Jadvalni to`ldiring. Ibroyim Yusupov “Izlanish” va “Jayxun shamollari” she’rlari Obraz Obrazdan ko`zlangan maqsad Xurshid davronning “O`g`lim Temurga” va “Shoir, qush va qush” she’rlari Obraz Obrazdan ko`zlangan maqsad 5-topshiriq. Jadvalni to`ldiring. “Qadrdon so`qmoqlar” va “Vatan devorlari”she’rlaridan metafora va o`xshatishga misollar toping. Topilgan metafora yoki o`xshatish qanday umumiy belgiga asoslanganini aniqlang. Metafora va o`xshatishga misol Qanday umumiy belgiga asoslangan. OSKAR UAYLD “BAXTLI SHAHZODA” 1-topshiriq. Oskar Uayld hayoti va ijodiga doir 6 ma’lumot yozing. 1.____________________________________________________________________ 2.____________________________________________________________________ 3.____________________________________________________________________ 4.____________________________________________________________________ 5.____________________________________________________________________ 6.____________________________________________________________________ 2-topshiriq. Jadvalni to`ldiring. Ertaklarga xos umumiy xususiyatlar Hayvonlar ham insondek gapiradi Misollar “Susambil” 3-topshiriq. “Baxtli Shahzoda” hikoyasidagi so`zlarni izohini toping. So`zlar Zabarjad,la’l Omilkor Riyoziyot Flyuger daxma Yashm Pyesa Bandargoh Baalbek Estetika Shovva Izohi 4-topshiriq. Savollarga javob yozing. 1. Shaharda nima uchun hamma Baxtli Shahzodadan hayratlanar edi?________________________________________________________________ 2. Baxtli Shahzoda nima uchun qaldirg`ochdan ko`zini o`yib, qizchaga berishni iltimos qiladi?________________________________________________________________ 3. Ertakdan qanday saboq chiqardingiz?__________________________________________________________ 4. Eratk nima uchun “Baxtli Shahzoda” deb nomlangan?___________________________________________________________ 5. Qaldirg`ochning ertak boshidagi va oxirdagi harakatlarini qiyoslang._____________________________________________________________ _____________________________________________________________________ 6. Ertak yakuni sizda qanday taassurot qoldirdi?______________________________________________________________ 5-topshiriq. Baxtli Shahzodaga ta’rif bering. Baxtli Shahzoda 6-topshiriq. Jadvalni to`ldiring. “Baxtli Shahzoda” ertagiga xos xususiyatlar Ertak g`amgin yakun topadi Matndan misollar …Xuddi shu paytda haykalning ichidan qandaydir narsaning singan tovushiga o`xshash ovoz eshitildi. Bu qalay yurakning tovushi edi. 7-topshiriq.FSMU texnologiyasini to`ldiring. Savol “Baxtli Shahzoda” insonparvarlik haqida mashhur asar (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring (U) Fikringizni umumlashtiring 8-topshiriq. “Baxtli Shahzoda” ertagidagi jonlantirishlarni topib, misol yozing. Jonlantirish Ertakdan misol AZIM SUYUN. “YOMG`IR YOG`IB O`TDI…” OMON MATJON. “OSMON SOG`INCH KABI…” 1-topshiriq. Azim Suyun va Omon Matjon davron hayoti ijodi bo`yicha ma’lumot yozing. Azim Suyun Omon Matjon 2-topshiriq. Azim Suyun va Omon Matjon she’rlaridagi “Begona so`z”ni toping. “Yomg`ir…” osmon bulutlar oftob kecha Shu’la Qoya Soya Quyosh “Osmon sog`inch kabi…” Yigitlar Qizlar Turnalar Muttasil Tog`lar Lolalar Boychechak Falakda 3-topshiriq. So`zlarni izohini moslang. So`zlar Nafarmon Junbish Arg`uvon Mujda Izohi Xushxabar Qirmizi Harakat Och, qizg`ish, binafsharang 4-topshiriq. Savollarga Javob yozing. 1. Shoir kunning qaysi paytini tasvirlagan?___________________________________ 2. Sizningcha lirik qahramon qayerga boryapti?_______________________________ 3. Sog`inch nima uchun yashil deyayapti?____________________________________ 4. Osmonda parvoz qilgan turnalar qanday tasvirlangan?_______________________ _____________________________________________________________________ 5-topshiriq. Sinkveynni to`ldiring Ot (1 ta) Sifat (2 ta) Osmon Fe’l (3 ta) Gap (4 ta so`z) Ma’nodosh so`z (Otning) Ot (1 ta) Sifat (2 ta) Fe’l (3 ta) Gap (4 ta so`z) Ma’nodosh so`z (Otning) Yomg`ir Ot (1 ta) Sifat (2 ta) Fe’l (3 ta) Gap (4 ta so`z) Ma’nodosh so`z (Otning) Bulut Ot (1 ta) Sifat (2 ta) Fe’l (3 ta) Gap (4 ta so`z) Ma’nodosh so`z (Otning) lola FANLARARO ALOQA: ADABIYOT VA TASVIRIY SAN’AT 1-topshiriq. Adabiyot va Tasviriy san’atni solishtiring. Adabiyot va 2-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring. ONA Ayni paytdagi kechinmalari Rassom qo`llagan vositalar O`G`IL Ayni paytdagi kechinmalari Rassom qo`llagan vositalar Tasviriy san’at TAKRORLASH 1-topshiriq. Jadvalni moslang. Muallifini toping t/r Asarlar “Yaxshilik”hikoya “Yoshlikdan bilim izlab”she’ri “Rahmat sizga,xonim”hikoya “Birinchi sinov”hikoya “Bir kunlik yoz”hikoya “O`n besh yoshli kapitan”roman 7 “Mallalar uyushmasi”hikoya 8 “Hazrati inson”roman 9 “Baxtli shahzoda” ertagi 10 “Qadrdon so`qmoqlar”she’ri 1 2 3 4 5 6 mos javob t/r Mualliflar A B C D E F Rey Bredberi Oskar Uayld Odil Yaqubov Artur Konan Doyl Abay Hojiakbar Shayxov G H I J Rahmat Fayziy Jyul Vern Ibroyim Yusupov Lengston Hyuz 2-topshiriq.Testlarga javob toping. 1. “Hazrati inson” asarining muallifini aniqlang A. Hojiakbar Shayxov B. Rahmat Fayziy C. Janob Elektriko D. Jyul Vern 2. Ba’zan badiiy asar qahramonlari uchun real, haqiqatda yashab o‘tgan shaxslar asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday shaxslar qanday ataladi? A. Prototip B. Epitet C. Sifatlash D. Jonlantirish 3. Qoraqalpog‘iston davlat madhiyasi muallifi kim? A. Hojiakbar Shayxov B. Rahmat Fayziy C. Ibroyim Yusupov D. Xurshid Davron 4. Fikrni jozibali, ta’sirchan va aniq ifoda etishga yordam beradigan badiiy tasvir vositasini aniqlang A. Metafora B. Metonimiya C. Sinekdoxa D. O’xshatish 5. Ibroyim Yusupov qaysi ijodkorlar bilan ijodiy aloqada bo’lgan? 1. G‘afur G‘ulom 2. Oybek 3. Zulfiya 4.Erkin Vohidov 5. Abdulla Oripov 6. Omon Matjon A. 1,2,3,4,5,6 B. 1,4,5,6 D. 1,2,3,4 C.1,2,4,6 6. Mahkam aka Vityadan keyin yana kimlarni tarbiyasiga oldi? A. Galya va Abramni B. Rahmat va Galyani C. Shoahmad va Shomahmudni D. Bahri va Abramni 7. Yayrab o‘sdim gulbog‘laringda, Onamdirsan, men senga farzand. – misradagi qo‘llangan badiiy tasvir vositasini aniqlang A. Metafora B. Metonimiya C. Sinekdoxa D. Tajnis 8. “Har kimning tug‘ilgan yeri – Misr shahri” maqoli qaysi asarga epigraf qilib olingan? A. “Qadrdon so’qmoqlar” B. “Gilamchi xotin haqida haqiqat” C. “Hazrati inson” D. “Vatanim” 9. Ko‘p holatlarda qahramonlar, obrazlar xatti-harakatlari bilan bog‘liq tugal voqealar tasvirlanadigan asarlar qanday asarlar deyiladi? A. Nazmiy asarlar B. Dramatik asarlar C. Nasriy asarlar D. She’riy asarlar 10. She’riy asarlarni nasriy asarlardan farq qiluvchi xususiyatlarini aniqlang 1.qofiyadosh so‘zlarning qo‘llanishi (masalan, yoz – soz); 2. ohang (musiqiylik)ning mavjudligi; 3. fikrning ixcham ifoda etilishi; 4. har bir qatordagi (yoki har toq va juft qatorlardagi) bo‘g‘inlar sonining tengligi A. 1,2,3,4 B. 1,4 D. 1,2,3 C.1,2,4 11. Donalarim marjoncha, Bir boshim – naq bir jomcha. Quritsangiz mayizman, Dasturxonga fayzman. Ushbu she’r muallifini aniqlang A. G‘afur G‘ulom B. Rahmat Fayziy C. Shoahmad Shomahmudov D.Anvar Obidjon 12. G‘afur G‘ulomning Ikkinchi jahon urushida ota-onasiz qolgan go‘daklarga bag‘ishlab yozilgan she’ri nomini aniqlang A. “Sen yetim emassan” B. “Vaqt” C. “Sog‘inish” D. “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak” 13. Kuzda yeb-yeb to‘yishar, Qishga osib qo‘yishar Boqar shod yosh-qarilar, Maqtar hatto arilar. She’ridagi qofiyadosh so‘zlarni aniqlang A. to‘yishar- qo‘yishar; qarilar- arilar B. Kuzda- Qishga; boqar-maqtar C. yeb-yeb-osib; shod-hatto D. boqar-maqtar; to‘yishar- qo‘yishar 14. Aslo sabrim yetmas, aslo to‘zmayman, Yo‘g‘in yo‘qotganday qilaman so‘roq. Bir narsani umrim bo‘yi izlayman, U axir nimadir – bilmayman biroq... She’r nomini aniqlang A. “Qadrdon so’qmoqlar” B. “Izlanish” C. “Vatan devorlari” D. “Vatanim” 15. Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga - ostiga chizilgan so’zning ma’nosini aniqlang A. (qizilquray) – pushti gulli o‘simlik B. (Jag‘-jag‘) – fanda achambiti deyiladi C. (ravoch) – nordon ta’mli o‘simlik D. (Ismaloq) – shifobaxsh o‘simlik 16. Ertak, hikoya, qissa, roman- bular qanday asarlar turiga kiradi? A. Nazmiy asarlar B. Dramatik asarlar C. Nasriy asarlar D. She’riy asarlar 17. Qanday asarlarda asosan kechinmalar, his-tuyg‘ularga e’tibor qaratiladi? A. Nazmiy asarlar B. Dramatik asarlar C. Nasriy asarlar D. She’riy asarlar 18. “Hazrati inson” asari qanday asarlar turiga kiradi? A. Nazmiy asarlar B. Dramatik asarlar C. Nasriy asarlar D. She’riy asarlar 19. “Jayxun shamollari” she’ri kimga bag’ishlangan? A. Otajon Xudoyshukurovga B. Zurafo Narzullayevaga C. Ibroyim Yusupovga D. Xurshid Davronga 20. Qaysi she’rda Imom Buxoriy-u Shohi Naqshband, Imom Termiziy-u Najmiddin Kubro nomlari qalamga olingan? A. “Qadrdon so’qmoqlar” B. “Izlanish” C. “Vatan devorlari” D. “Vatanim” Savol 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 Javob Tekshirish To‘g‘ri javob: __________Baho:____ MUNDARIJA 1- HAR BIR KUN SABOQ________________________________________1 2- SO`ZDA SEHR BOR___________________________________________15 3- FANTASTIKA VA SARGUZASHTLAR OLAMI____________________30 4- RANGIN TUYG`ULAR_________________________________________42 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR: 1. 6-sinf adabiyot darslik.Toshkent 2022. 2. Ahmedova H. O‘zbek tili o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish. – T: Navro‘z, 2016. 3. Ahmedova H. O‘zbek tili o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari. – T:.2012. 4. Ishmuhammedov R. O‘quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslubiyati. Uslubiy ko‘rsatma. – Toshkent:RBIMM, 2008. 5. Til va adabiyot ta`limi” O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali. Internet saytlar: 1.www. ziyoNET.uz 2.www.pedagog.uz 3.www. edu.uz. 4.www. pedagog. uz