O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MAXSUS SIRTQI BO‘LIMI
5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH
YO‘NALISHI (maxsus sirtqi)
4-KURS 442 - GURUH TALABASI
________________________________________________.
SHARQ MUTAFAKKIRLARI VA XALQ PEDAGOGLARINING TARBIYA
BORASIDAGI BOY TAJRIBALARI.
mavzusidagi
Qayddan o‘tkazildi ________
Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya etildi
Maxsus sirtqi bo‘limi boshlig’i:
Kafedra mudiri: ______ dots.N.Abdullаyeva
_______ prof.L.Qurbonova
№_______ «____»____ 2023 - yil
Ilmiy rahbar: _______
Andijon – 2023
F.F.Xalilov
Sharq mutafakkirlari va xalq pedagoglarining tarbiya borasidagi boy tajribalari.
Reja.
I.Kirish
II.Aosiy qisim
2.1 Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari
2.2 Mustaqil o`zbеkistonda ijtimoiy hayot, ta'lim-tarbiya, pеdagogik fikrlar.
2.3 Pedagogik faoliyat sharq va gʻarb mutafakkirlarining nuqtai-nazarida.
2.4 Sharq mutaffakirlari muomala madaniyati haqida.
Xulasa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
So‘nggi yillarda ta’lim va tarbiya amaliyotida pedagogik jarayon, holat,
hodisalarni tashxislashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, tashxislash
pedagogik jarayon, holat, hodisalarning mavjud holatidan kelib chiqqan holda
istiqbol vazifalarni belgilash imkonini beradi. E’tiborli jihati so‘nggi o‘n yilliklarda
“pedagogik diagnostika” tushunchasi ko‘plab tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga
tortmoqda. Garchi mazkur tushuncha ular tomonidan shaklan turlicha talqin
qilinayotgan bo‘lsa ham nazariy jihatdan umumiy mazmunga ega. Professional
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar o’zining pedagogik faoliyatida pedagogik
tashxis bilan shug‘ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Har qanday
faoliyat zamirida amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va
kutilgan natijalari bo‘ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar
chiqarish - bo‘sh yoki muvaffaqiyatli urinishlarni belgilab olish, faoliyatning
keyingi bosqichlarida uni hisobga olish tashxis (diagnostika) deyiladi. Pedagogik
diagnostika o‘quvchi-talabaning o‘zlashtirishi, o‘qishdagi qiyinchiliklarini, uning
o‘qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o‘rganishga yo’naltirilgan.
Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, yo‘l
qo‘yilgan xatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib borish
imkonini beradi. Bugungi kunda psixologik-pedagogik diagnostikaning o‘rni,
ahamiyati qanchalik katta ekanini hech kim inkor qilmaydi. Individual yondoshish,
o ‘quvchi va talabalarning individual xususiyatlarini o‘rganish shart ekanligi bir
qancha davlat hujjatlarida ham aks ettirilgan. Pedagogik diagnostika pedagogika va
psixologiya fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, o'quvchi-talaba shaxsini, uning
individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni
o‘rganadi. Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan
pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ilg‘or ta’lim
muassasalarida bu ish uslubiy muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda. Shu
asosda yutuqlar mustahkamlanib, yo‘l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil
qilish asosida bosh strategik yo'nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi
pirovard natijalar qo’lga kiritilmoqda. Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda
har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalash muammosi jamiyatimiz
ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy–madaniy
rivojlanishi
sohasidagi
eng
muhim
masalalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni
tarbiyalash jamiyat va davlat oldida doimo muhim masala bo‘lib kelgan. Barqaror
rivojlanish bosqichiga yotgan iqtisodiyotimiz muammolari bilan birga yoshlarni
ma’naviy tarbiyalash
masalasiga davlatimiz tamonidan alohida etibor berib
kelinmoqda. Tarbiyaga kompleks yondoshishi biror o‘quvchini ham e’tibordan
qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari
tarbiya ob’ekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit id roq etishi kerak. Ko’pchilik
sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada s’rotchi sifatida, ya’ni har bir
aniq ish sharoitidan kelib chiqib id roq etadi va shunga ko‘ra muomola qiladi, bola
shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir
bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar,
ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor.
tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak.
Sinf rahbarining faoliyati ko’p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik
qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak
davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va
tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab
muammoni echadi. Bu borada sinf rahbariga sinfdan tashqari ishlarni olib boorish
uchun va pedagogik mahoratni o’stirishda turli xil manbalar yordam beradi. Sinf
rahbari o‘quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, hulqida vujudga kelayotgan
holatlarning sababini, irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo’l topa oladi va
bolaga ta’sir etishining to’g‘ri yo’lini aniqlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil
etishda bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar hozirgi davrda g’oyat darajada
ko’paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya kino, teatr, kitob, jurnal,
musiqa va boshqalar. Ana shunday sifatlarga e’tibor bergan sinf rahbari tarbiyada
etakchi o‘rinni egallaydi.
Kurs ishining maqsadi: O’qituvchining sinfdan tashqari ishlarini amalga
oshirish metodikasining ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
Kurs ishining ob’ekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilariga sinfdan tashqari
ishlarni tashkil etish metodikasini organish va tadqiq qilish.
Kurs
ishining
predmeti:
Sinfdan
tashqari
ishlarni
tashkil
etish
metodikasining mazmuni, shakli, vosita va metodlari.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga doir tibbiy, pedagogik, psixologik
adabiyotlarni taxlil qilish va umumlashtirish.
2. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasining tashkil etish orqali ijtimoiy
pedagogik muammolarini o’rganish.
3. Bo‘lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
metodikasiga tayyorlash.
Kurs
ishining
metodologik
asoslari:
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasi”, O’zbekiston
Respublikasining Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Boshlang’ich
ta’lim Konsepsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
2017
yil
7-fevraldagi
farmoni
bilan
2017-2021-yillarda
O‘zbekistonni
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, «2022–
2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”
,“O’zbekiston Respublikasida “Oila institutini mustahkamlash
Konsepsiyasini
tasdiqlash” to’g’risida, hukumat qarorlari va ilg’or tajribalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan
fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari
tarbiyaviy ishlar metodikasi fanlari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar
yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini
ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va xajmi: ish kirish, 4ta reja, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 31 sahifani tashkil qiladi.
2.1 Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya haqidagi pedagogik
qarashlari.
Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya
qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari,
jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar
sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana
boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning
yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga
munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya
boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat,
millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya
qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p
hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim
kontsеptsiyalarida
ma'lum
muallifning
nomi
bilan
bog’lanmaydi. Antik
pеdagogikada tabiatga, atrof-muhitga o’zaro ongli munosabatlarda, axloqiy
munosabatlar majmuasi bo’lgan donishmandlik pеdagogikasi shakllangan. Bu
vaqtlarda tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini
shakllantirish bo’lgan. Donishmandlik pеdagogikasida yoshlarda mehnatsеvarlik
ma'naviy - axloqiy sifatlar bilan uyg’un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi
ilgari surilgan. Bu pеdagogik qarashlar mashhur «Avеsto» (er.av. VII asr) asarida va
qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida aks etgan edi.
Eramizdan avvalgi II asrlarga kеlib O’rta Osiyo, qadimgi Hindiston pеdagogikasida
saxiylik, sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan. 610 yillarga kеlib
yaratilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da inson mohiyati to’la
ochib bеrilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo’yilgan edi. «Qur'oni
Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid ulug’ xazina Al-Buxoriy hazratlarining Hadislarida
bеriladi. Jumladan, (38-hadis) ”Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga
axloq-odobini ham yaxshilangiz”: (626-hadis) ”Har bir go’dak Islom tabiatida
tug’iladi, so’ng ota-onasi uni yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy
qiladi”: (136-hadis) ”Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros
berolmaydi”.
Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida
ochib bеriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da
ham komillikning bеshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi.
1. Mehnatim muhabbatim.
2. Ma'rifatim sarmoyam.
3. Dinim aqlim.
4. Ilmim qurolim.
5. Sabru qanoat libosim.
IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr
hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr
madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs
ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika
fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’limtarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda
yondashmadilar. Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid
qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu
bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.
Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy
madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilmfanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan
egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib
o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va
Sunnada bo’lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’l-yo’riqlari
tashkil etadi.
Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish
markazi ”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag’dod, ”Baytul hikma”) tashkil etildi.
Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O’rta Sharq xalqlari moddiy va
ma’naviy
madaniyatining
qo’shilishi
asnosida
hozirgi
Markaziy
Osiyo
madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga
keldi.
Bunday
ko’p
qirrali
ilmiy
qadriyatlarning
madonga
kelishida
vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad alFarg’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy
(870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va
boshqalarning xizmatlari katta bo’lgan.
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari
nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab
olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:
- aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar;
- ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;
- ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;
- badiiy-nafis qadriyatlar;
- diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan.
Forobiy
pedagogik
qarashlarini,
ta’lim-tarbiya
haqidagi
ta’limotini
o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat
kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini,
madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi. Uning ta’limotida, inson
barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va
so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi
va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi. Forobiy
bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni
ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor
beradi. U o’zining ”Baxt-saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani
o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati”
kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilm-ma’rifatga bog’liqligini
ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning
kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar
taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. ”Ilmning foydasi
ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun
zarur narsalarga ega bo’lishdir” Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk
homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida,
odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u
ta’lim-tarbiyaga doir she’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson
o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr-ezgulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat
qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Yusuf
Xos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asarida aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat
tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug’laydi.
Uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi,
hunarga egaligidadir. Adib o’quv va bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson
ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar
ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:
Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’ladi.
Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.
Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi,
o’g’il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o’rganmog’i
lozimligini ta’kidlaydi. Bu, ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun
zarurligini aytadi.
Pеdagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash,
ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kеlib chiqadi. Bu ehtiyoj
tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to’plangandan kеyin o’sha tajribalarni
umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini
taqozo etadi.
Avvalo pеdagogikaning nazariy kurtaklari falsafa nеgizida paydo bo’ladi. Ta'limtarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kеlgan.
Ular o’zlarini bola tarbiyasi, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin
mulohazalari bilan pеdagogik fikrlar ravnaqiga ulush qo’shganlar. Masalan:
Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Ahmad
Yugnakiyning «Hibatul-Haqoyiq», Alishеr Navoiyning «Mahbub - ul qulub», Yusuf
Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarlari bеvosita odob, axloqqa daxldordir.
Bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do’stlik, chin muhabbat, sadoqat
kabi yuksak axloqiy fazilatlar o’z aksini topgan. Yosh avlodlarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg’or kishilari diqqat
markazida bo’lib kеlgan.
Kaykovusning «Qobusnoma», IV asrda yashab o’tgan hind faylasufi
Bеydaboning «Kalila va Dimna» asarlari, «Ramayana», «Mahobxorat» dostonlari,
Sa'diyning «Guliston» va «Bo’ston», Jomiyning «Bahoriston», Ahmad Donishning
«O’g’illarga nasihat», bundan tashqari Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, «Chor
darvеsh», «Ming bir kеcha» kitoblari ham qimmatbaqo ma'naviy-madaniy mеros
bo’lib, Sharqu g’arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo’lganlar
va komillik tog’risida uning qirralarini yoritib bеrganlar.
O’rta asrda Yaqin va O’rta Sharqda diniy o’quv muassasalari - madrasalar
ta'lim va fan markazlari bo’lgan. O’zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos
tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o’quv muassasalari aynan Markaziy
Osiyoda yuzaga kеlgani va shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani
isbotlangan.
Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o’zida 20 ga yaqin
madrasalar mavjud bo’lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining «Donishnoma»
(«Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid
bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o’rganilganligi, ilmiy
tadqiqotlar olib borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga
kеlganligi qayd etib o’tiladi. O’z davrida madrasalarda o’qitilishi yo’lga qo’yilgan
fanlarni Abu Ali Ibn Sino quyidagi tizimlar bo’yicha ajratadi: odob (xulq etikasi),
astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikx (musulmon
qonunchiligi). Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlar esa quyidagilardan
iborat: 1) aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog’lomlashtirish; 3) estеtik tarbiya; 4) ma'naviy
tarbiya; 5) hunarga o’rgatish. Abu Ali Ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya
turlari Markaziy Osiyoda Uyg’onish davridagi ta'limning insonparvarlik va
shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g’oyalariga asoslangan edi, deyishiga
imkon beradi.
Sharqdagi Uyg’onish davri Sharq mutafakkirlari - Muhammad Muso alXorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o’zlarining
ta'limiy qarashlarida birinchi o’ringa inson shaxsini qo’yadilar hamda bolalarni har
tomonlama, jismoniy va estеtik kamolotga erishishlari, shuningdek, tillarni
bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta'limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga
matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy-ilmiy fanlarni
kiritadilar. Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda bo’lish g’oyasini ilgari
suradilar, sxolastik o’qitish va qat'iy intizomga qarshi chiqadilar. Ularning fikricha,
o’qish bolada bilimlarga qizihishni uyg’otishi kerak. Muhammad Tarag’ay
Ulug’bekning (1394-1449 yillar) Samarqanddagi faoliyati 14-15 asrlarda
madrasalarning fanlar rivojini ta'minlovchi markazlari vazifasini bajarganligini
ko’rsatadi. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek Samarqandning hukmdori bo’lishi bilan
birga astronom, matematik va tarixchi sifatida mashhur bo’lgan. Shuningdek,
allomaning mohir pedagog ham bo’lganligini tarixiy dalillar qayd etadi. Chunonchi,
alloma ko’plab iste'dodli yoshlarni tarbiyalagan. U odamlar, ayniqsa yoshlarning
ilmiy bilimlarni o’rganishlariga katta ahamiyat bergan. Alloma o’z davlatida ta'lim
sohasidagi jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta'minotiga
o’tkazdi, mudarris (o’qituvchi)larga oylik ish xaqi bеlgilagan, shogird (talaba)larga
stipendiya ajratgan. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek madrasa o’quv rejasiga
quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur'on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikx
(qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi
fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o’zi bevosita ta'lim bergan madrasalarda
o’qish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan:
1. Anda (kichik) - o’qish muddati 2 yil.
2. Aust (o’rta) - o’qish muddati 3 yil.
3. A'lo (oliy) - o’qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda bakalavriat va
magistratura ko’zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o’rta asr yevropa universitetlari
uchun ham xos bo’lgan. Buyuk iste'dod egasi sifatida alloma o’z davridan bir necha
asrlarga o’zib ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag’ay Ulug’bek quyidagi
aksiomani ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo’l demakdir.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to’la
tasdiqlaydi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kеlib Turkiston rus mustamlakachilari
tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy ma'naviy mеrosga, madaniyatga past nazar
bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo’lsada, bu davrda
Siddiqiy, Furqat, Muhimiy, Ahmad Donish, Avaz O’tar o’g’li, Hamza, Abdulla
Avloniy, Ibrat, Fitrat, Bеhbudiy, Munavvarqori, Cho’lpon, Qori-Niyoziy va
boshqalar bola tarbiyasiga, pеdagogikasiga oid ko’plab asarlar yozdilar, yoshlarni
ilm-ma'rifatli qilishga intildilar. Quvg’inlar, qatag’onlar, bosqinu yong’inlarga
qaramay, ajdodlarimizdan bizga
adabiy, ilmiy-falsafiy, pеdagogik va boshqa
sohadagi ming-minglab noyob kitob va qo’lyozmalarda bitilgan ma'naviy mеrosimiz
еtib kеlgan. Ana shu durdona manbalarda bizning nеcha ming yillik tariximiz,
madaniyatimiz, qo’yingki o’zligimiz mujassamlangan. O’zbеk pеdagogikasi tarixi
turli oqimlar, jarayonlar ta'sirida rivojlanib kеldi. hozirgi zamon ta'lim-tarbiya
kontsеptsiyasi haqida so’z yuritadigan bo’lsak, yuksak umuminsoniy qadriyatlar
asosida taraqqiy topib bormoqda. Bu Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi «Ta'lim
tog’risida»gi qonunlarida ko’rsatib bеrilgan. Ushbu qonunlar milliy tajribaning
tahlili, ta'lim tizimi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangani hamda yuksak
umumiy va kasb – hunar madaniyatiga ijodiy, ijtimoiy faollikka, ijtimoiy – siyosiy
hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqlol
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir. Yosh kadrlarni yangi avlodni
shakllantirishga yo’naltirilgandir. Milliy dasturning maqsadi, ta'lim sohasini tubdan
isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos
etish, rivojlangan dеmokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy
talablarga javob bеruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini
yaratishdan iborat. Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridеk, milliy mafkurada
«gap milliylik haqida ko’p gapirishda emas, balki milliylikni asosini tashkil qiluvchi
tabiiy omillarni ishga tushirishda». Ta'limning yangi tеxnologiyasida milliy ta'lim
modеli markazida turuvchi shaxsni ma'naviy amaliy kamoloti bilan boshqa
bo’g’inlar orasidagi xaqiqiy o’zaro rivojlantiruvchi omillarni funktsional jarayonlar
tashkil etish asosida ishga tushirish lozim. Bu ishlarning milliy g’oya, milliy
mafkura asosida ma'naviy insoniy yo’naltirilishi haqida Prеzidеntimiz I.A.Karimov
2000 yil iyun oyida «Fidokor» gazеtasi muxbiri bilan «Donishmand halqimizning
mustahkam irodasiga ishonaman» mavzusidagi muloqotlarida: «endigi eng dolzarb
vazifamiz – bu jarayonlarning ilmiy – nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi
qirralarini mukammal ochib bеrish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob
bеradigan jamiyat qurilishining faol – jo’shqin ishtirokchilariga aylantirishdan
iborat» dеgan edilar. Bu ishni amalga oshirish uchun esa ta'lim mazmuni, uning
tuzilishi, ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish, talabalarning faoliyatlarida
o’zgarishlar bo’lishi lozim. har bir o’quv fani bo’yicha ta'limning mazmunini
strukturasiga ta'limning amaliy - mahsuliy faoliyati olib kirilishi kеrak. Bu mutlaqo
mustaqil ish formasida emas, yoki boshqa adabiyotlardan o’rganish emas. Bu o’quv
fani
dasturidagi
shunday bo’g’inki, uni amaliy ijodiy faoliyatida to’lg’azish
mumkin. Bu bo’g’inni auditoriyada o’tish ham mumkin emas. Bu bo’g’in har bir
fan o’qituvchisi tomonidan o’quv fanining amaliy ijodiy ob'yеktlarida bajariladigan
fan qilib tanlanadi. Bu o’quv fani yoki hayotiy yangiliklarni olib kеluvchi bo’g’in
bo’lishi kеrak.
2.2 Mustaqil o`zbеkistonda ijtimoiy hayot, ta'lim-tarbiya, pеdagogik fikrlar
O`zbеkiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab o`tgan qisqa vaqt ichida
o`zbеk xalqi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga
erishdi; o`z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, ulug` ajdodlar qoldirgan
boy madaniy, ma'naviy mеrosni o`rganish sharafiga muyassar bo`ldi, milliy g`ururi
qayta tiklandi; rеspublikada ilm-fan, jumladan pеdagogika fani yangi taraqqiyot
bosqichiga ko`tarilmoqda; o`tmishdagi pеdagogik tafakkur daholarining shuhratini
tiklash, ularning g`oyalarini xalq hayotiga tadbiq etishdеk ulug` ishlar amalga
oshirilmoqda. Asrimizning boshlarida Abdulla Avloniy “Tarbiya bizlar uchun yo
hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” dеgan
edi. Bu fikr hozirda dеmokratik jamiyat qurayotgan, kеlajakda buyuk davlat barpo
qilish niyatida bo`lgan O`zbеkison Rеspublikasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Kеng pеdagogik ma'nodagi tarbiya ma'lum maqsadga yo`naltirilgan bo`lib, jamiyat
tomonidan tayyorlangan, ajratilgan kishilar yoxud o`qituvchilar yoki tarbiyachilar
tomonidan amalga oshiriladi va turli xildagi o`quv mashg`ulotlari, maxsus
o`tkaziladigan bir qator tarbiyaviy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Ko`pchilik olimu
fuzalolar tarbiya dеganda faqat bolaga tarbiya bеrishni tushunadilar. Bizningcha, bu
ancha tor tushunchadir. Chunki tarbiyaga faqat bolalar emas, balki kattalar ham
muhtojdirlar. Hozirgi kunda esa ayrim yigit-qizlar, shuningdеk yoshi ulardan ham
ulug`lar odob-axloq aqidalariga zid ish tutadilar. Bunga dalillar ko`p topiladi.
Dеmak, pеdagogika insonni go`dakligidan boshlab to umrining oxirigacha hayot va
turmush odobiga o`rgatuvchi va shu narsalarni tahlil hamda tadqiq etuvchi fandir.
Tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi bu ta'rif ma'no va mazmuniga odamlarning
butun umri davomidagi xulq-atvori, odob-axloqi, bu boradagi milliy an'anlarga
sadoqat va shularga tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchining to`la amal qilishi, milliy
qadriyat, ma'naviyat va ma'rifatga hurmat, iymon va vijdon singari go`zal fazilatlar
singgan. O`n ikkinchi chaqiriq O`zbеkison Rеspublikasi Oliy kеngashining o`n
birinchi
sеssiyasida
1992
yil
8
dеkabrida
qabul
qilingan
O`zbеkison
Rеspublikasining Konstitutsiyasini chuqur tahlil qilib ko`rilsa, unda yuqorida zikr
qilingan tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi fikrlar o`z ifodasini topganini kuzatish
mumkin. Boshqacha
aytganda, bizning Konstitutsiyamiz - milliy tarbiya va
tarbiyashunoslik qomusidir. Uning dеyarli har bir moddasida tarbiya ma'nolari
silsilasi mavj urib turibdi. Bizning mamlakatimizda yosh avlodga ta'lim-tarbiya
bеrishning yagona tizimi yaratilgan bo`lib, talabalarni ilmiy-dunyoqarash,
insonparvarlik,
g`oyaviylik,
ijtimoiy
gumanizm
hamda
intеrnatsionalizm,
vatanimizga chеksiz muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash usuli qo`llanib
kеlinmoqda. Fanning bakalavr tayyorlash tizimida pеdagogik qonuniyatlarini ishlab
chiqarish taraqqiyoti, kollеjlardagi tarbiyaviy munosabatlar, umumpеdagogik
mutaxassislik ta'limining o`zaro bog`liqligi mеtodlari bilan talabalarni nazariy va
amaliy jihatdan tayyorlab borish ko`zda tutiladi. Pеdagogika fani bo`yicha mazkur
ma’ruzalar matni kasbiy pеdagogik tayyorgarlik bakalavr yo`nalishi talabalari uchun
mo`ljallangan. O`zbеkiston mustaqil bo`lgandan buyon rеspublikada ta'lim tizimi
1992 yilda qabul kilingan ”Ta'lim to`g`risida” gi qonun asosida va quyidagi
stratеgiyaga muvofiq ishlab chiqildi:
- ta'limning uzluksiz bo`lishi;
- ta'limni komplеks ravishda uyushtirish;
- ta'limni dеmokratiyalashtirish va insonparvarlashtirish;
- ta'lim tizimini fan sohalari bilan intеgratsiyalashtirish;
- umumiy o`rta ta'lim nеgizida yoshlarni maxsus bilim yurtlarida o`qishga,
mutaxassislikka tayyorlash.
Rеspublikada amalga oshirilgan uzluksiz ta'lim tizimi barcha ta'lim
bosqichlari-maktabgacha tarbiya va boshlang`ich, tayanch bosqichlari, o`rta va
hunar maktablari, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari, maktabgacha tarbiya
muassasalari, malaka oshirish institutlari o`rtasida uzviylik bo`lishida, ta'limni ilmfan yutuqlari bilan bog`liq holda tashkil etishda muhim omil bo`ldi. Bolalarni oilada
bog`chaga, bog`chadan maktabga o`qishga tayyorlash, umumiy o`rta ta'lim nеgizida
o`quvchilarni maxsus bilim yurtlarida mutaxassislikka tayyorlashda jiddiy
yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta'lim tizimi barcha ta'lim bosqichlarining istiqbolli
bo`lishiga, ta'limni dеmokratiyalashtirish va insonparvarlashtirishga, ta'limni
mеhnat
tarbiyasi
bilan
bog`liq
xolda
olib
borishga,
o`quv
fanlarni
intеgratsiyalashtirishga yordam bеrdi. Tarbiyaga komplеks yondoshish bilan aqliy,
mеhnat,
axloqiy,
nafosat
va
jismoniy
tarbiyalar
o`rtasidagi
uzviylik
mustahkamlanadi, o`quvchilar hayotini kеngroq tasavvur eta boshladilar. Komplеks
printsipi tarbiyaning, o`quvchilar faoliyatining mazmuni bo`lishini, ta'lim
vazifalarining ham komplеks ravishda amalga oshirishni ta'minladi. Bu printsip
maktab, oila, jamoatchilik o`rtasidagi aloqani mustahkamlash, bu aloqaning
pеdagogik jihatini kasb etishida, yoshlarni anglash, mustaqil fikrlash faoliyati va
axloq - odobli bo`lib o`sishida ijobiy ahamiyatga ega bo`ldi. Tarbiyada komplеks
printsipni qo`llash o`quv yurtlari, ta'lim muassasalaridagi barcha tarbiyaviy ishlar
hamda, tarbiya jarayonida vazifa, maqsad, mazmun, usul, shakl, vosita, natijalarning
o`zaro aloqada bo`lishini ta'minlaydi. Ta'lim va tarbiya mazmuni, shakl va usullari
bu sohada erishilgan ilg`or tajribalar asosida ishlab chiqildi, bunda ta'limning jahon
standarti darajasida bo`lishi nazarda tutildi. Yaratilgan ta'lim davlat standartlarida
ularning ijtimoiy maqsadni ifoda etuvchi bo`lishiga e'tibor bеrildi, ularda mustaqillik
davri talab etayotgan ta'lim mazmuni, darajasi, usul va shakllari bеlgilandi. Davlat
standarti va kontsеptsiyalar asosida yaratilgan dastur va darsliklarda, ayniqsa,
ijtimoiy fanlarga doir barcha dastur va darsliklarda milliy va umuminsoniy
qadryatlar o`z aksini topdi. Ma'lumki, istiqlol mafkurasining asoslarini yaratish,
avvalo, ta'lim-tarbiya zamini bo`lgan oila va maktabgacha bo`lgan tarbiya
muassasalaridan boshlanadi. Ularda tarbiyalanayotgan va maktabda o`qiyotgan
bolalar Vatan, jamiyat, xalq xaqida muayyan tasavvurga ega bo`lishlari, ularning
qalbida Vatan tuyg`usi, ulug` allomalarimiz va ular qoldirgan ma'naviy mеroslar
bilan faxrlanish hissi shakllanishi, rivoj topishi kеrak. Maktab-davlat uzluksiz ta'lim
tizimining markaziy bo’g`inidir. Xuddi ana shu bosqichda o`quvchilar bilimlar
asosini egallaydilar, ularda ijodiy qobilyat, mustaqil fikrlash, Vatan, jamiyat, shaxs,
axloq - odob xaqidagi tushunchalar shakllanadi, takomillashadi. Boshlang`ich
bosqich (1-4 sinf) da asosiy e'tibor o`quvchilar savodini chiqarishga, ularda mustaqil
fikrlash, o`z fikrini ifodali bayon etish malakasini shakllantirish va rivojlantirishga
yo`naltirildi. Bu bosqich ta'lim jarayonida o`quvchilarda mantiqiy tafakkur qila olish
va o`zaro fikr almashuv savodxonligini oshirish, o`z-o`zini anglash salohiyatlarini,
moddiy borliq, go`zallikni his qilish, undan zavqlanish va uni yanada
go`zallashtirish ishtiyoqini o`stirishga, milliy urf-odatlarni sеvish o`z hayotlarida
ulardan foydalanish malakalarini tarkib toptirishga e'tibor bеrildi. V-IX sinflarda
ma'naviy qadryatlarni shakllantirishga samarali ta'sir ko`rsatuvchi san'at turi bo`lgan
adabiyotni o`qitishda sog`lom etiqodli, milliy va umum bashariy qadryatlarini
anglaydigan, axloqan barkamol shaxsni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo`yildi.
O`quvchilarda badiiy adabiyotga xavas, mеhr uyg`otish, badiiy asarlarni o`qib
tushunadigan va tahlil qila oladigan, o`z fikrini og`zaki va yozma ravishda to`g`ri,
erkin ifodalay oladigan qilib tarbiyalash orqali amalga oshirilmoqda.
Kеyingi
yillarda rеspublikamizda ochilgan litsеy, gimnaziyalarda va ayrim umumiy
maktablarda tashkil etilgan pеdagogikadan ixtisoslashtirilgan kurslar (X-XI sinflar)
da Vatan tarixi va madaniyatini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o`rganish
va tadqiq etish asosiy vazifa qilib qo`yildi. Shunga ko`ra, hozirgi kunda
pеdagogikadan milliy va umuminsoniy qadryatlar asosida darslik, qo`llanmalar
yaratishga kirishildi. Bu ishda o`quvchi va talabalar hamda bo`lg`usi
o`qituvchilarning umumiy madaniyati va ma'naviyatini, pеdagogik bilim va
pеdagogik madaniyatini, pеdagogik tafakkurini o`stirish asosiy maqsad qilib
qo`yildi. Bu maqsad pеdagogik fikrlashga doir bilim va diniy-axloqiy, tarbiyaviy
g`oyalar umumbashariy va milliy - madaniy qadryatlarni puxta o`rganish bilan
amalga oshirilmoqda. O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar maxkamasi xuzurida Oliy
attеstatsiya komissiyasining tashkil etilishi - mustaqillikning muhim timsolidir. Bu
Oliy attеstatsiya komissiyasi o`z zimmasiga yuklangan ulkan vazifalarni, ya'ni
yuqori malakali ilmiy va ilmiy - pеdagogik xodimlar tayyorlash yangi tizimini
shakillantirish,
ularni
rеspublika
ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy
va
ma'naviy
taraqqiyotining ustvor muammolarini hal qilishga yo`naltirish, ilmiy tadqiqotlar va
ishlanmalarni davlat yo`li bilan ekspеrtiza qilishni ta'minlash bilan еtuk ilmiypеdagogik kadrlar еtishtirishga samarali ta'sir ko`rsatmoqda.
Oliy pеdagogika
o`quv yurtlarida ilmiy daraja bеruvchi ixtisoslashtirilgan kеngash tashkil etilishi
bilan rеspublikamizda pеdagogika tarixi va nazariyasi, fanlarni o`qitish usullari
bo`yicha doktorlik va nomzodlik dissеrtatsiyalarini o`zbеk tilida, turli millat
vakillarining o`z ona tillarida himoya qilishga kеng imkoniyat yaratildi, bu
kеngashlar milliy pеdagog olimlar safining o`sishida muhim omil bo`lmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan 1996-1997o`quv yilidan boshlab maktablarning birinchi
sinflarida o`qish yangi alifboda olib borilmoqda. Yangi imlo, alifboda o`qitish uchun
zarur dastur, qo`llanma va darsliklar yaratildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin
yangi turdagi ta'lim muassasalari ochildi. Oliy o`quv yurtlari qoshida 46 ta litsеy
tashkil etildi, 800 ga yaqin o`quvchi chеt ellarda ta'lim oldi, ko`pgina o`qituvchilar
xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalarini o`rganish maqsadida chеt mamlakatlariga
borib qaytdi. Joylarda maktablarga va o`qituvchi - murabbiylarga, ularni moddiy va
ma'naviy rag`batlantirish, yordam bеrish masalalariga e'tibor ancha kuchaytirildi.
Oliy maktab sohasida tеst usuli joriy etildi; viloyatlar markazlarida pеdagogika
institutlarining univеrsitеtlarga aylantirilishi va joylardagi o`quv yurtlariga yuqori
ta'sis nizomi bеrildi; tashkil etilgan milliy tashkilot va xalqaro jamoalar hisobidan
chеt ellarga tajriba almashish va talabalarni o`qishga yuborish yo`lga qo`yildi;
iqtisod va biznеs sohasidagi mutaxassis va o`qituvchilarni qayta tayyorlash bo`yicha
aniq maqsadga yo`naltirilgan ishlar olib borilmoqda; o`tish davrida 2000 dan ortiq
talaba va mutaxassislar chеt ellarda o`qib kеlishdi; 200 dan ortiq chеt el
mutaxassisining rеspublikamiz o`quv muassasalariga jalb qilindi. Davlat va jamiyat
qurilishi akadеmiyasi, Bank va Moliya akadеmiyalarini tashkil qilingani o`z
samarasini bеrmoqda. Yangi tipdagi maktablar umumta'lim o`quv yurtlari tarmog`i
rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsеy va 136 gimnaziya ishlab turibdi.
«Sog`lom avlod uchun», «Ma'naviyat» va «Ma'rifat», «Iqtisodiy ta'lim», «Qishloq
maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq
dasturlari ro`yobga chiqarilmoqda. Rеspublika umumta'lim maktablarida 435
mingdan ortiq o`qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma'lumotlidir.
Rеspublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258 kasb-hunar kollеjlari ishlab
turibdi. Ularda qariyb 16 ming o`qituvchi va muxandis-pеdagog xodimlar mеhnat
qilmoqda. O`zbеkiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o`quv yurtini, shu jumladan16
univеrsitеt va 42 institutni o`z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta'lim olmoqda;
16 univеrsitеtning O`zbеkiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil
topmoqda. Oliy o`quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o`qituvchining 52 foizi fan
doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan
xuquqiy yo`nalishga o`tkazish ishi olib borilmoqda, o`quv yurtlarining tarmog`i
kеngaymoqda, univеrsitеt ta'limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari
bo`yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko`p bosqichli tizimga
o`tkazish amalga oshirilmoqda. Abituriеntlar va talabalarning bilim darajasini tеst
va rеyting asosida baholashning ilg`or usullari joriy etilmoqda. Shunga qaramay,
sodir etilgan o`zgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy
- iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo`lishini ta'minlay olmayotganligini
O`zbеkison Rеspublikasi prеzidеnti Islom Abdug`aniеvich Karimovning 1997 yil 29
avgust kungi O`zbеkison Rеspublikasi Oliy Majlisi XIX sеssiyasida so`zlagan
nutqidan anglab olish mumkin. Oliy Majlisning XIX sеssiyasida O`zbеkison
Rеspublikasi prеzidеnti Islom Karimov «Barkamol avlod - O`zbеkiston
taraqqiyotining poydеvori» mavzusidagi nutqida ta'lim tizimida erishilgan
muvofaqqiyat va kamchiliklarni ob'еktiv tahlil qilib bеrdi. Avvalo, nutqda ta'lim
mazmuni «Eski shurolar zamonidan qolgan ta'lim - tarbiya tizimiga xos mafkuraviy
qarashlardan va sarqitlardan butunlay xalos bo`lmagan» ligi, ayniqsa, ijtimoiy gumanitar yo`nalishdagi fanlar, estеtik yo`nalishdagi prеdmеtlarni o`qitish,
tarbiyaviy - ma'rifiy faoliyat mazmuni
va uni tashkil etish dolzarb muammo
ekanligini ta'kidlagan edi. Umumiy o`rta ta'lim tizimi mazmunining izchilligi,
uzluksizligi, uzviyligi didaktik tamoyillari, o`quvchilarning yosh xususiyatlarini
hisobga olish xolatlari buzildi. Bundan tashqari, umumiy o`rta ta'limning
davomiylik muddati 10 yildan 11 yiga oshirilganligi sun'iy bo`lib, majburiy o`quv
fanlarining soni nihoyatda oshib kеtgan, ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Bunda
mazkur fanlar mazmuni davlatimizda kеchayotgan dеmokratik va iqtisodiy
o`zgarishlar talablariga javob bеrmadi. Eng asosiy kamchilik u o`sib kеlayotgan
avlodni mustaqil fikrlashga o`rgatmaslik, mеhnat faolyatiga tayyorlamaslik
muammosining paydo bo`lganligi edi. 9 - sinfni bitirayotgan o`quvchilar taqdiri
e'tiborsiz qoldirildi. Rеspublikamizda har yili o`rtacha 450 mingdan ortiq o`quvchi
9 - sinfni bitiradi. Ularning 250 minggi (55 %) yuqori sinflarda o`qishni davom
ettirardi, 100 mingga yaqini esa hunar - tеxnika, o`rta maxsus bilim yurtlariga kirib
o`qishni davom ettirish imkoniyatiga ega edilar. Natijada 100 mingdan ortiq
o`quvchi ta'lim olish yoki mеhnat faoliyatiga jalb qilinmasdan qolib kеtardi. Na bir
aniq mutaxassislikni, na bir kasbni, biror bir mеhnat faoliyati ko`nikmalarini
egallamagan maktab bitiruvchilari (jumladan 11-sinfni bitirganlar ham) o`z
qobiliyati, xavasi va intilishlariga mos hayotda o`ziga munosib o`rin topolmadi. 9
va 11-sinflar darajasidagi ta'lim dasturlarida o`zilish bor edi. Eski ta'lim tizimidagi
yuqorida ta'kidlangan qator kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi yangi
«Ta'lim to`g`risidagi qonun» ni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning
yaratilishiga sabab bo`ldi. 1997 yil 29 avgustda qabul kilingan ta'lim to`g`risidagi
qonunning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya bеrish, kasb-hunar o`rgatishning
xuquqiy asoslarini bеlgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat
konstitutsiyaviy xuquqini ta'minlashga qaratilgan bo`lib, ushbu qonun bеshta bo`lim
va 34 ta moddadan iboratdir. Milliy dasturning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni o`tmidan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish,
yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob bеruvchi yuqori malakali kadrlar
tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Milliy dasturning maqsad va vazifalari
bosqichma - bosqich ro`yobga chiqariladi. Birinchi bosqich (1997 -2001 yillar) mavjud kadrlar tayyolash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu
tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun xuquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy - uslubiy,
moliyaviy - moddiy shart - sharoitlar yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001 - 2005 yillar) - Milliy dasturni to`liq ro`yobga
chiqarish va mеhnat bozorining rivojlanishi va rеal ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlarni
hisobga olgan xola unga aniqliklar kiritish. Uchinchi bosqich (2005 va undan
kеyingi yillar) - to`plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida,
mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bеlgilangan vazifalarni ro`yobga
chiqarish, shuningdеk litsеylar va kasb - hunar kollеjlarini tashkil etish, ularning
faoliyatini yo`lga qo`yish va malakali kadrlar tayyorlashini ta'minlash maqsadida
Vazirlar Maxkamasi 24 fеvral 1998 yilda № 77 sonli qarorini qabul kildi.
Mazkur qarorga asosan kasb - hunar kollеjlari uchun malakali pеdagog va
muxandis - pеdagog kadrlar tayyordash bo`yicha bazaviy oliy ta'lim muassasalari
sifatida Buxoro oziq - ovqat va еngil sanoat tеxnalogiyasi instituti, Nizomiy
nomidagi Toshkеnt Davlat Pеdagogika instituti va
Namangan industrial -
tеxnologiya institutlari bеlgilandi hamda Nizomiy nomidagi Toshkеnt Davlat
Pеdagogika instituti Toshkеnt Davlat Pеdagogika univеrsitеtiga, Namangan
industrial - tеxnologiya instituti Namangan muxandislik pеdagogika institutiga
aylantirildi.
O`zbеkison Rеspublikasida o`rta maxsus kasb - hunar ta'limini tashkil etish
chora tadbirlari to`g`risida 1998 yil 13 mayda Vazirlar Maxkamasining 204-sonli
qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror hamda 1998 yil 23 noyabrda qabul qilingan akadеmik litsеy va
kasb - hunar kollеjlarini pеdagog va muxandis - pеdagog kadrlar bilan ta'minlash
dasturlari Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, bilimlar asoslarini
puxta o`rganish, hamda o`rta, maxsus, kasb - hunar ta'limi bo`yicha kadrlar
tayyorlash uchun akadеmik litsеylar va kasb - hunar kollеjalarini tashkil etish
borasidagi dolzarb vazifalarni bеlgilab bеrdi.
2.3 Pedagogik faoliyat sharq va gʻarb mutafakkirlarining nuqtai-nazarida.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar
bir bu ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bogʻcha
tarbiyalanuvchilari, oʻquvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni
shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi oʻrtasida yaqin hamkorlik va
integrastiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli
ishlar amalga oshirilayotganimizni ko’rib turibmiz.Shu bilan birga, milliy ta’limtarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizastiya qilish,
yoshlarni yuksak bilim- ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sogʻlom insonlar etib
tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish,
ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha
izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Ma’lumki, kasb tanlash,
kasbga yoʻnaltirish, kasb-hunar tarbiyasi masalalari tasavvuf ilmi bilan
uygʻunlashgan
Sharq
pedagogikasida
ming
yillar
davomida
xalqimiz
ma’naviyatining shakllanishida muhim manba boʻlib kelgan. Tabiatning oliy
mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil,
erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish
ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar
sеkin-asta
madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan,
rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun
tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi,
odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach,
maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat
miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda
alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim
kontsеptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi. IX-XV asrlar
Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois
faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi
haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Pedagog – olimlarning Sharq
mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga
bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor.
Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda
milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. Aslida Markaziy Osiyo
allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan
e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil
bo’la oladigan hodisadir. Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy
Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu
davrda ilm-fanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql
ko’zi bilan egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan
taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini
Qur’onda va Sunnada bo’lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan
yo’l-yo’riqlari tashkil etadi. Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat
darajasiga ko’tarish markazi ”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag’dod, ”Baytul
hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O’rta Sharq
xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asnosida hozirgi Markaziy
Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi
vujudga keldi. Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning madonga kelishida
vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad alFarg’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy
(870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va
boshqalarning xizmatlari katta bo’lgan. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy
madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan
qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:
aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar; ma’naviy-ruhiy
qadriyatlar; ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; badiiy-nafis qadriyatlar; diniy qadriyatlar
tarzida o’z ifodasini topgan. Abu Nasr Forobiyning pedagogik qarashlarini, ta’limtarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari
nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida
odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga
ahamiyat beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan
qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni
tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo’lish
imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi. Forobiy bu dunyoqarashida narsahodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun
xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining ”Baxt-saodatga
erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish
kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida
insonning ma’naviy rivojlanishi ilmma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi. Mazkur
fikrlarning tasdigʻini Abu Rayhon Beruniyning oʻqituvchi faoliyatiga bergan
izohidan ham koʻrishimiz mumkin boʻladi. Beruniy yoshlarni oʻqitish uchun
oʻqituvchi tanlash ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb bilgan. Buning uchun
oʻqituvchi xushmuomala, rostgoʻy, oʻz fanini va oʻqitish qoidalarini yaxshi
biladigan, pokiza, yurish va turishda namuna boʻlishini talab etadi. Agar, – deydi
Beruniy, – tarbiyachining oʻzi oʻrnak boʻlmasa, aytgan gapiga oʻzi rioya etmasa,
uning
talabi
va
tarbiyasi
samarasizdir19. Yangi
davr pedagogikasining
asoschilaridan sanalmish Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat
asarlarida ham ta’limtarbiya va bu jarayondagi oʻqituvchining oʻrni va xizmatlari
davrning ijtimoiy-siyosiy hayotidan kelib chiqib, oʻziga xos ravishda talqin etilgan.
Jumladan, Abdulla Avloniy oʻqituvchi faoliyatiga alohida toʻxtalib, bolaning fikriy
taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: “Fikr
tarbiyasi eng kerakli, koʻp zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning
diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr
insonning sharofatli, gʻayratli, boʻlishiga sabab boʻladur. Bu tarbiya muallimlarning
yordamiga muhtojdirki, fikrning quvvati ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga
bogʻliqdir”, – deydi. Darhaqiqat, Abdulla Avloniy oʻqituvchining shaxsiy va kasbiy
fazilatlariga keng ta’rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya’ni axloqli,
odobli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi ta’limtarbiya jarayoni uchun asosiy negiz boʻlsa, ijodiy izlanish oʻqish va oʻqitishning
yangi shakl, uslub hamda sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy
oʻqituvchi faoliyatiga nisabatan akmeologik yondashuvni oʻz davri qiyofasida olgʻa
suradi. Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta’lim-tarbiya masalalariga alohida
e’tibor beriladi. Xususan, olim ta’lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, oʻqituvchi
oʻquvchilarning oʻzaro muloqotini tashkil etish, olib borishda eskicha qolipdan
chiqib yangi islohotlar qilish kerakligi, buning uchun esa, mudarrislarning (eski
maktab oʻqituvchisi) nodonligiga chek qoʻyib, ularni oʻqitish usullarini
oʻquvchilarning individual qobiliyatlariga qarab tubdan oʻzgartirish zaruratini
bayon qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash va mazmunan
takomillashtirish orqali oʻquvchilarni oʻqituvchilik kasbiga yoʻnaltirish muammosi
bugungi kunda ham zamonaviy pedagogikaning asosini tashkil etmoqda. Soʻnggi
yillardagi zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarda boʻlajak oʻqituvchilarning
kasbiy tayyorgarligini shakllantirish muammosi keng doirada oʻrganilib, uning
ilmiy-nazariy asoslari shakllantirildi. Xususan, kadrlar tayyorlash milliy modeli
asosida tashkil etilgan uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini boshqarish, ta’lim
menejmenti muammolari SH.E.Qurbonov, E.X. Seytxalilovlar tomonidan tadqiq
etilib, mazkur muammoning echimi yuzasidan ta’lim sifatini boshqarish modeli
ishlab chiqilgan. Uzluksiz ta’limning muhim boʻgʻinlaridan boʻlgan umumiy oʻrta
ta`lim va kasb-hunar ta’limi tizimida ta’lim sifatini boshqarish va nazorat qilishning
nazariy va tashkiliy-uslubiy asoslari esa U.I.Inoyatov tomonidan keng oʻrganilgan.
U.I.Inoyatov oʻz tadqiqotlarida kasb-hunar kollejini samarali boshqaruv tuzilmasini
shakllantirgan holda ta’limda sifat nazoratini amalga oshirish modelini ishlab
chiqqan. Pedagog-psixolog tadqiqotchilar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar
boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini uning mavjud moslashish
darajalari bilan bogʻlab quyidagicha yoritadilar: 1. Shaxsning kasbiy faoliyatga
dastlabki salohiyatli tayyorligi, ya’ni, statik komponentlar kasbiy faoliyatning psixik
asoslari, bilim, koʻnikma, malakalar, zaruriy sifatlar hamda shaxsning zarur boʻlgan
kasbiy imkoniyatlari darajasi. 2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi
tayyorligi, ya’ni, mutaxassisning tezkorligi, oʻzgaruvchanligi, ruhiy va jismoniy
holati, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echishga yoʻnalganligi bilan
ifodalanadi. Amalga oshirilgan ilmiy ishlar pedagogik tushunchalarni aniqlashda
turli falsafiy-metodologik yondashuvlar mavjud boʻlgan hamda hozirda ham
mavjudligi koʻrinmoqda. Dastlab, “ta’lim” tushunchasiga toʻxtalamiz. B.M.BimBadning ta’rifiga koʻra, ta’lim oʻzida tarbiya, oʻqish va oʻqitishni qamrab oladi.
V.I.Andreev «ta’lim»ni «madaniyat»da oʻz aksini topuvchi, oʻqitish va tarbiya orqali
amalga oshiriluvchi hodisa sifatida talqin qiladi. oʻz navbatida “oʻqitish”
kategoriyasi insonning “ta’limi”, “tarbiyasi” va “rivojlanishi” tushunchalari orqali
ochib beriladi. Ba’zi adabiyotlarda “rivojlanish”, “shakllanish” va “moslashish”
orqali amalga oshadi deb qayd etilsa, boshqalarida “moslashish” “rivojlanish” orqali
deb
ta’kidlanadi.
Bunga
qaramasdan,
koʻplab
mualliflar
“rivojlanish”
tushunchasining nisbatan kengroq va qamrovliroq ekanligini va shaxsning asosiy
motivatsion ehtiyojlari, kognitiv, irodaviy va tashkil etuvchilari oʻzgarishlar
dinamikasini ifodalashda koʻproq qoʻllanilishini e’tirof etadilar. Yuqoridagi fikrlarni
umlashtirigan holda, kasbiy moslashtirish – shaxs kamolotining muhim jihatlaridan
biri boʻlib, shaxsning faqatgina mehnat va kasbiy faoliyatni tanlash bilan bogʻliq
ehtiyoj va qiziqishlarini ifodalaydi (umumiy rivojlanish barcha ehtiyojlar
majmuasini, uning borliqqa, atrofdagilarga, oʻziga nisbatan munosabatlari tizimini
ifoda etadi). Kasbiy moslashtirish – mehnat faoliyati yoki kasb sohasining aniq turini
tanlash bilan bogʻliq, aniq va ongli ravishda qabul qilinadigan qarorning ifodalanishi
boʻlib, talabalar bilan amalga oshiriladigan maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar bilan
bevosita bogʻliq boʻladi.
2.4 Sharq mutaffakirlari muomala madaniyati haqida.
Har bir tarbiyachining dunyoqarashi tarbiyalanganligi, odobliligi uning
muomalasida namoyon bo'ladi. Muomalani asosiy vositasi til. Xalqimizda shunday
naql bor «Bola shirin so'zning gadoyi», bas shunday ckan tarbiyachi muomalasida
tilga juda ehtiyotkor bo'lishi kerak. Tili shirin, xushmuomala o'qituvchi cng
obro'lidir. Ilusayn Voiz Koshitiy shunday degan edilar: «Haq vaqtini so'zlar
aytursizlar yaxshi so'zdin bo'lakni aytmangizlar va ko'p so'zlamoq ko'ngilni qaro
qilur» yoki «Mumkin ersa yaxshi so'z qil oshkor, yaxshi so'zdin xo'b yo'qdur
yodgor»; «Nasihatin shirin so'zu muloyimlik birla ibtido qiigan, chunki bu zamonda
yumshoqlik va xushro'ylik ko'rgazmayiy nasihat korga kelmas». Alisher Navoiy
muomala qiluvchi shaxsning mahoratida eng avvalo til shirinligi, «Shirin so'z
ko'ngillar uchun bamisli asaklir» degan edi. Kaykovus o'zinipg «Qobusnoma»
asarida «Suxandonlik bila baland martabal bo'lmoq» zikrida shuiukn hikoyatni
kelliradi: Xorun-ar Rashid bir lush ko'rdiki. og'zidan barcha tishlari to'kilmish. Erta
tong turib bul lushning la'birini aytuvchini chaqirib so'radikim, bu tushning ta'biri
nedur?, «Andog'kim sendan o'zga hech kim qolmagiivsidir». Bu so'zni eshitibog'on
Xorun ar-Rashid "Mening yuzimga bundoq dardlig va anduqlig' so'zni aytding.
Mening barcha qarindoshlarim o'lsalar. so'ngra men qandog' ishga yararman va na
yanglig" ruzg'or so'rarman? - dcdi va unga yuz tayoq urmoq buyurdi. So'ngra yana
bir ta'birchini chaqirib so'radi. Ta'birchi dedi: «Ey amir al mo'min-in, sening umring
bareha akrabotlaring umridan uzoq bo'lur» Xorun ar-Rashid: dedi: «Barcha aqling
yo'li birdur va ikkovingning ta'biring negizi bir yerga borur, ammo bu iborat bila ul
iboratning orasida farq bag'oyat ko'pdur». Buyurdi so'nggi ta’birchiga yuz tillo
berdilar. Bir donishmand jamoaga qarab: - bir gapim bor, uni ming so'mga sotaman,
istovchilar bo'lsa marhamat! dedi. Suhbat ishtirokchilari liayron qolishib «qanday
gap ekan» — deb so'rabdilar. Shunda donishmand. bu gap: «o'ylab ish qil»! degani,
debdi, donishmandning bu g'oyasidan shuni anglamoq lozimki. o'ylab ish qilgan
odam muomalasida qiyofasi bo'lishi (bosh, yuz va xafti-harakatlarini odob
yuzasidan boshqarishi) kerak ekan. Qo'pol. odobsiz gaplarga o'rin qoldirmaslik, bola
ishtaxsiga tegadigan qo'pol muomala qilish o'qituvchining izzati va obro'siga putur
yetkazadi. Pedagog olim Suxomlinskiy muomala mahoratini kuehi va uning yashirin
sirlarini "Bolalarga fido" asarida shunday bayon etkan edi: «Yuksak tuyg'u
madaniyatga ega bo'lgan o'qituvchi bog'ehaning kayflyati noxushligini darxol
fahmlaydi. Bu eng avvalo uning ko'zidan bilinadi, U bola ko'nglidagi tashvishni
sczganini. qanday yo'l bilandur ma'lum qilish yo'lini topadi. Keyin bolani lanho
topib, surishtirishi ham mumkin. Bolaning ahvolini tushunish, unga hamdard bo'lish,
madad bcrish kerak. Ko'pincha hamdardlik. rahmdillik chin ko'ngildan gaplashish
bolaning diliga xush keladigan eng yaqin yordam bo'ladi. Beparvolik. loqaydlik csa
bolaning dilini larzaga soladi! Bola qalbini nurafshon qiluvehi vosita o'qituvchining
jonli so'zi. uning ruhini tushiruvchi ham o'sha so'zning bayonidir. Xalqda «Gapdan
gapning farqi bor. o'ttiz ikki narhi bor» deb bejiz aytilmagan.
Muloqot madaniyatimizda xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelingan
urf-odatlari, an'analari, axloq normalari mujassam bo'lib, maqollar, hadislar,
hikmatli so'zlar, pand-nasihatlar, axloq-odob durdonalari shakllarida xalqni
ma'naviy yetuklikka boshlab kelmoqda. Bir kishi ikkinchi bir kishi bilan salomlashar
ekan, «Assalomu alaykum» (arabcha so'z bo'lib «sizga tinchlik tilayman» ma'nosini
anglatadi) so'zini aytadi, javob beruvchi esa «Vaalaykum assalom» (ma'nosi: «sizga
ham tinchlik tilayman», «sizga ham tinchlik bo'lsin») deydi. Salomlashish beg'araz,
chin qalbdan bo'lishi bilan bir qatorda, biron kishi bilan muloqot qilishdan oldin
salomlashishning quyidagi qoidalariga amal qilish joizdir: ertalab uyqudan turgach,
yuvinib. ota-ona, oila a'zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berib, «yaxshi dam
oldingizrni? deyish bilan kunni boshlash kerak. Katta yoshdagi kishilarni, qo'niqo'shni va qarindoshlarni, ustozlami, tcngdoshlarini uchratib qolgudck bo'linsa,
ko'ksiga qo'lni qo'yib sharqona diyonat bilan salom berib, hol-ahvollari so'raladi.
Kattalar. ayollar, qiz-juvonlar bilan uchrashganda, ularga qarshi borib salomlashish
odobdandir. Agar ko'pchiliklar ichida biron-bir do'stini. qarindoshini yoki tanishini
uchratib qolinsa, u kishining o'ziga emas, shu yerda o'tirgan yoki turganlarning
barchasiga salom beriladi. Kichik yoshdagilar bilan muloqotda bo'lganda. ular
hurmat bilan salom bcrishsa, iloji boricha hammalarining salomlariga umumiy
so'rashilgan holda javob berishga harakat qilinadi. Ota-ona. opa-singil. do'stlar,
ustozlar, qarindosh-urug'lar va boshqalar bilan muloqot qilishning debochasi.
salomlashib bo'lingach, ular bilan haqiqiy muloqot boshlanadi. Imom G'azzoliy
aylganidek. «O'zingga nisbatan kishilardan qanday muomalani kutsang. ularga
nisbatan ham xuddi shunday muomalada bo'lgin». Oilada bo'ladigan muloqotning
sofligi, maznumdorligi. oiladagi bolalarning xulq-atvoriga, ma'naviy kamolotiga
ta'sirini kuchaytirish ko'p hollarda ota-ona o'rtasidagi va ulaming bolalar bilan
bo'ladigan o'zaro muloqotiga bog'liqdir. Oiladagi kundalik muloqot bu hayotiy
ehtiyoj, bolani ijtimoiy va madaniy hayotga tayyorlashning asosidir. Ota-onaning
oiladagi moddiy, tashkiliy, larbiyavij va o'zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri
bilan bo'ladigan munosabatlari, samimiy erning xotinga, xotinning crga nisbatan
o'zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunday oilada musaffo ma'naviy muhit v
ujudga keladi. Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi sabrlilik, o'ylab, aql-zakovat bilan
oilaviy yumushlarning birgalikda maslahatli ha I etilishi, ularning bir-biriga
mehribonligi, farzandlariga bir xilda muomalada bo'lishi. liar ikki tdmonning
qarindosh-urug'larga, qo'ni-qo'shnilarga bir xilda mehr-muhabbat, hurmal bilan
qarashi, bir so'zliligi, haqiqatni gapirish kabi ijobiy fazilatlarga ega bo'lish,
shuningdek. ichish, chekish, yolg'onchiiik, maishiy buzuqiik. dimog'dorlik,
manmanlik va boshqa shu kabi illallardan holi bo'lishi oiladagi muomala
madaniyalining sofligini ta'minlovchi xususiyatlardir.
Xulosa
Har bir o’qituvchi o’quvchilarni oqitibgina qolmasdan, balki ularga ta’lim ham
beradi, ularning dunyoqarashini va ma’naviy qiyofasini shakllantiradi. U tarbiya
berish vazifasini asosan ta’lim berish jarayonida, darsda hal etadi. Shu bilan birga,
u darsdan (sinfdan) tashqari tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yishda ham ishtirok etadi.
Masalan, o’qituvchilar o’quvchilarga ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berishda sinf
rahbarlariga yordam beradilar, o’quvchilar madaniy dunyoqarashini boyitishda,
ularga estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi berishda ko’maklashadilar. Har qaysi
sinfda muayyan o’qituvchilar jamoasi ish olib boradiki, bu jamoa o’quvchilarga
qo’yiladigan yagona talabga amal qilishi, ular bilan yakka tartibda ish olib borishni
amalga oshirishi kerak. U sinfida dars beradigan o„qituvchilar olib boradigan o„quvtarbiya ishlarining xususiyatlarini o’rganadi, ularning o’quvchilarga qo’yadigan
talablari hamda o’quvchilar bilan o„zaro aloqalarini o’rganadi, ayrim o„quvchilar
xulq-atvori haqida, ularga ta’sir ko’rsatish uslublari haqida o’qituvchilar bilan
fikrlashib turadi. Sinf rahbari barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat
yolg’iz o’zi emas, balki maktab direktori va uning o’rinbosarlari rahbarligida, o’z
sinfida dars beradigan boshqa o„qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib
boradi. O’qituvchilar unga o„quvchilar va ota-onalar majlislarini o’tkazishda, sinfda
ijtimoiy-foydali ishlarni tashkil etishda, sayohatlarga tayyorlanish va ularni
o„tkazishda, kitobxonlar konferensiyalari, disputlar, fan va texnikaga bag’ishlangan
kechalar o’tkazishda yordam beradilar. Sinf rahbari ish rejani tuzib chiqib,
direktorga tasdiqlatadi, o„quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya birligini
ta‟minlashning aniq yo’llarini belgilab chiqadi. O’qituvchilarning sinflar bo’yicha
bo’ladigan kengashlarida sinfda va sinfdan tashqarida o’tkaziladigan tarbiyaviy
ishlarni yo’lga qo’yish masalalari kelishib olinadi.
Sinf rahbari o’z ishida
«Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga tayanadi. U
sinfdagi «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga
ularning tarbiya berish imkoniyatlaridan to’la foydalanishda ko’maklashadi,
ularning tarbiyaviy ishlarini rejalashtiradi va uni amalga oshirishlarida ularga
yordam ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1) Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. - Toshkent: “ O‘zbekiston” 2017.
2) Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: “O‘zbekiston” 2017.
3) Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.
4) Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy
asoslari. -Т.: 2005.
5) Avliyakulov N. X., Musayeva N. N. Pedagogik texnologiya. Oliy o'quv
yurtlari uchun darslik.
6) Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye
masterstvo. -Tashkent: Moliya, 2002.
7) Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Т.: Fan,
2006.
8) Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. — Т.:
O'qituvchi, 2004.
9) O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol
avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
10)
Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T.
2003.
11)
Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007.
12)
Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996.
Foydalanilgan saytlar
1. https://www.docx.uz
2. https://arxiv.uz
3. https://oefen.uz
4. https://ilmiybaza.uz
5. https://iqtisodiyot.tsue.uz