Mavzu: Transport vositalari tasnifi Reja. Kirish 1. Transport vositalari va uning tasnifi. 2. Avtomobillar o‘lchami va massa ko‘rsatkichlarining joiz chegaralari. 3. Avtomabil yo'llarini transport foydalanish ko'rsatkichini baholash uslubi Kirish. Bizning mustaqil O‘zbekistonimizda transport alohida muhim ahamiyatga ega. Chunki transport mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining muhim tarkibiy qismidir. Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning yuk va passajirlarni tashish muntazamligidir. Kasb ta’limi (transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash) yo‘nalishi bakalavrlarini tayyorlashda fanning maqsadi xalq xo‘jaligi sohalari va kishilarning ishlab chiqarishlari bilan bog‘liq moddiy buyumlarni zarur joylarga belgilangan vaqtda va sifatli darajada yetkazib berish hamda aholining passajir transportiga bo‘lgan ehtiyojini muntazam qondirishni tashkil etish. Transport vositalaridan samarali foydalanish va ularni to‘g‘ri tanla kunikmalarini o‘rgatishdan iboratdir. 1. Transport vositalari va uning tasnifi. Transport vositasi deyilganda yuk va passajirlarni tashishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish jihozi tushuniladi. Avtomobil transporti vositalari ikki guruhga bo‘linadi: a) o‘ziyurar, ya’ni harakatlantiruvchi dvigateli bor avtomobillar va tyagachlar; b) o‘ziyurmas, ya’ni avtomobillar va tyagachlar ulanmasida ishlovchi tirkama (pritsep) va yarim tirkamalar. Avtomobil transporti vositalarining aniq aroitda samarali foydalanishini belgilovchi bir qancha ekspluatatsion xususiyatlari mavjud. Avtomobillarning asosiy ekspluatatsion xususiyatlariga quyidagilar kiradi: dinamikligi, yonilg‘i tejamkorligi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi, o‘tag‘onligi, harakatlanish ravonligi, sig‘dira olishligi, mustahkamligi, chidamligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga mosligi, ortish-tushirish ishlarini bajarishga mosligi. Avtomobilning dinamikligi deyilganda uning ma’lum yo‘l sharoitlarida yuk va passajirlar bilan birgalikda iloji boricha maksimal o‘rtacha telik bilan harakatlana olishi tushuniladi. Avtomobilning yonilg‘i tejamkorligi deyilganda, uning harakatlanishi uchun yoqilayotgan yonilg‘i quvvatidan oqilona foydalanish tushuniladi. Avtomobilning boshqaruvchanligi - bu uning boshqariluvchi g‘ildiraklari holatiga ko‘ra harakat yo‘nalishini o‘zgartira olish xususiyati. Avtomobilning turg‘unligi deyilganda uning sirg‘anib ketish, sirpanish va ag‘darilishga qarshi tura olishi tushuniladi. Avtomobilning o‘tag‘onligi uning og‘ir yo‘l sharoitlari va yo‘ldan tashqarida (qorli yoki qumli qo‘riqlarda, balchiq joylarda) harakatlana olish hususiyatidir. Avtomobilning harakatlanish ravonligi deyilganda uning notekis yo‘llarda katta tezlik bilan harakatlanishida kuzovi (saloni)ning tebranmasligi tushuniladi. Avtomobilning sig‘dira olish xususiyati undagi bir vaqtda tashiladigan yuklar miqdori yoki passajirlar soni tushuniladi. Avtomobilning mustahkamlik xususiyati uning tuzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt talab etuvchi sinishlar va buzilishlarsiz ishlash hususiyatidir. Avtomobilning chidamliligi bu uning tuzatish uchun ekspluatatsiyadan to‘xtatishni talab etuvchi qismlarining jadal eskirishsiz ishlash xususiyatidir. Avtomobilning texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga mosligi uning konstruksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bunday ishlarni yengil va osonlik bilan hamda qisqa vaqtda bajarilishdan iboratdir. Avtomobilning yuk ortish-tushirish (yoki passajirlarni olish va tushirish)ga mosligi deyilganda, bunday operatsiyalarni bajarishga kam mehnat va vaqt sarfi tushuniladi. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlarini nazariy jihatdan tahlil etishdan pirovard maqsad transport vositalarining ish unumini oshirish va tashish tannarxini arzonlashtirish bo‘lib, ular birgalikda avtomobillarda yuk va passajirlar tashish fanining asosi hisoblanadi. Bunday maqsadga erishish uchun quyidagi masalalarning samarali yechimlariga erishish lozim: -avtomobilning texnik harakat tezligini oshirish; -yonilg‘i solishtirma sarfini kamaytirish; -avtomobil transporti harakat xavfsiligini ta’minlash; -avtomobil haydovchisi va passajirlar uchun eng qulay shart-sharoitni ta’minlash. Transport vositalari bajaradigan vazifalariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: yuk avtomobillari, passajir avtomobillari va maxsus avtomobillar. Barcha avtomobillar, o‘z navbatida yuk yoki passajirlar tashuvchi transport avtomobillariga va transport avtomobillari bo‘lmagan maxsus avtomobillarga bo‘linadi. Maxsus avtomobillarga o‘t o‘chiruvchi, kommunal xizmat (suv sepuvchi, supuruvchi, axlat va boshqa chiqindilar tashuvchi va h.k.) etuvchi, avtokranlar, sanitariya avtomobillari, tibbiy tez yordam avtomobillari, texnik yordam va ustiga ustaxona o‘rnatilgan, sport avtomobillari va shu kabilar kiradi. Transport avtomobil va avtopoyezdlari o‘z navbatida yuk va passajir tashuvchi xillarga bo‘linadi. Passajir avtomobillar avtobus va yengil avtomobillarga bo‘linadi. Yuk tashuvchi, avtobus va yengil avtomobillar o‘z konstruktiv sxemalariga binoan yana bo‘linadilar. Yuk avtomobillari o‘z navbatida bir bo‘g‘inli avtomobillarga va ikki va undan ortiq bo‘g‘inli avtopoyezdlarga bo‘linadi. Avtopoyezdlar avtomobil-tyagach tirkama yoki egarli yarim tirkamali bo‘lishlari mumkin. Yuk avtomobillarini tasniflashning asosiy yo‘nalishlaridan biri ularni o‘lchamlariga ko‘ra gradatsiyalashdir. Yuk avtomobillari uchun bunday o‘lchamlar qatoriga, eng avvalo, yuk ko‘taruvchanlik yoki ular massa og‘irligini kiritish mumkin. Transport iste’molchilari va transport xodimlari uchun avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligi ko‘proq ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkich avtomobillarning tashuvchanlik xususiyatini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda bizda va MDHga a’zo boshqa davlatlarda yuk ko‘taruvchanligiga ko‘ra yuk avtomobillari besh guruhga bo‘linadi. Yuk ko‘taruvchanligi 0,5 t gacha bo‘lgan juda kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar (yengil avtomobil shassisida yaratilgan); yuk ko‘taruvchanligi 0,5 t dan 2,0 t gacha bo‘lgan kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar; 2,0 t dan 5,0 t gacha o‘rtacha yuk ko‘taruvchi avtomobillar; yuk ko‘taruvchanligi 5,0 t va undan katta; bir o‘qqa 100 kN (10 tk) va juft o‘qlarga esa 180 kN (18 tk) dan ortiq yuk tashuvchi avtomobillar kiradi. Avtobuslar gabarit o‘lchamlari va standart talabiga ko‘ra beshta sinfga bo‘linadi. Avtobuslarni ekspluatatsiya qiluvchilar nuqtai naaricha asosiy o‘lcham mezoni avtobus salonining sig‘diruvchanligi, ya’ni uning nechta passajir sig‘dira olish ko‘rsatkichidir. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra avtobuslar quyidagi turlarga bo‘linadi: shahar ichi, shahar atrofi, shaharlararo, sayohat maqsadida foydalaniladigan, qisqa masofaga (qishloq tumanlari o‘rtasida) qatnovchi maktab o‘quvchilari uchun, ekskursion va vaifasi umumiy bo‘lgan avtobuslar. Shaharda qatnovchi avtobuslar konstruksiyasi, iloji boricha, passajirlarning o‘tirib va turib ketishiga, ularning to‘xtash joylarida tez chiqi va tushishiga, tez-tez to‘xtab, katta tezlanish bilan harakatlanishga moslangan bo‘lishi lozim. Barcha yengil avtomobillar o‘z o‘lchamlariga ko‘ra to‘rt sinfga bo‘linadi. Umum foydalanish avtomobil transporti sohasida xizmat ko‘rsatuvchi yengil avtomobillar, taksi sifatida foydalaniladigan hamda korxona va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadigan avtomobillarga, shuningdek, shaxsiy mulk egalarining yengil avtomobillariga bo‘linadi. 2. Avtomobillar o‘lchami va massa ko‘rsatkichlarining joiz chegaralari. Umum foydalanish avtomobil yo‘llarida ishlatuvchi barcha avtomobil va avtopoyezdlar, ularning o‘lcham va massalarini cheklovchi talablarga javob berishi lozim. Bunday talablar barcha davlatlarda tegishli qonunlar asosida belgilanadi. Egar tyagachli va bitta yarim tirkamali avtopoyezdlarning uzunligi 20 m dan, ikki va undan ortiq tirkamali avtopoyezdlarniki esa 24 m dan oshmasligi lozim. Avtobuslar o‘qlaridan yo‘l qoplamasiga tushuvchi kuch ular sig‘imidan to‘la foydalanilganda “A” guruhdagi yo‘llar uchun 115 kN (11,5 tk) dan va “B” guruhdagi yo‘llar uchun 70 kN (7 tk) dan oshmasligi zarur. Samosval-avtomobillar uchun ham “B” guruhdagi yo‘llarga tushuvchi og‘irlik kuchi 65 kN (6,5 tk) oshmasligi kerak. Reglament loyihasiga binoan yakka o‘qdan tushuvchi massa og‘irligi 115 kN (11,5 tk), qo‘shaloq o‘qdan esa 180 kN (18 tk) qilib belgilangan. Avtopoyezdlar umumiy massasi 40 t, yakka ishlovchi ikki o‘qli avtomobil uchun 180 kN (18 tk) va uch o‘qli avtomobil uchun 250 kN (25 tk)gacha belgilangan va hokazo. 3. Avtomabil yo'llarini transport foydalanish ko'rsatkichini baholash uslubi Avtomobil yoʻli – avtomobil transporti qatnoviga moʻljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarga boʻlinadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bogʻlovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yoʻllarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bogʻlovchi yoʻllar, mahalliy yoʻllarga esa viloyat, qishloq, jamoa xoʻjaliklari yoʻllari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi koʻtarmasi; yoʻl toʻshamasi; qatnov qismi; yoʻl cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq koʻtarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (oʻrta qatlam) qum, shagʻal, tosh, shlak va shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shagʻal sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shagʻal yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shagʻalga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yoʻllarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator boʻlib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yoʻllarning eni 2 – 2,5 m boʻladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yoʻlning oʻrtasi ma’lum kenglikda koʻkalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, koʻpriklar, tayanch devorlar, himoya yoʻlaklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida suv oʻtkazuvchi va drenaj qurilmalari boʻladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari oʻrnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati koʻrsatuvchi stansiyalar, yonilgʻi stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari boʻyicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmogʻidagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga koʻra besh toifaga boʻlinadi. Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yoʻlida har ikkala yoʻnalishda oʻrtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan koʻproq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past toifadagi yoʻlda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/so-atga moʻljallanadi. Xalq xoʻjaligida avtomagistrallarning ahamiyati katta. Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari 14 mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming km) AQShda 6243 (1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransiyada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda 759 (1990). 20-asr boshida Oʻzbekistonda 27 ming km yoʻl boʻlib, asosan ot-arava, karvon va yoʻlovchilarga moʻljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shagʻal yotqizilgan edi. 1920-yilga qadar yoʻl ishlari bilan munta-zam shugʻullanadigan davlat tashkiloti boʻlmagan. 1922-yil noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925-yil iyunda viloyat yoʻl boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yoʻl qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shugʻullangan. 1932-yildan yoʻl qurilishida bitum va shagʻal aralashmasi keng qoʻllanildi. 1928 – 32 yillarda respublikada birinchi boʻlib uz. 62 km boʻlgan qora qoplamali Buxoro – Gʻijduvon – Qiziltepa yoʻli, soʻngra Samarqand – Panjakent, Toshkent – Pskent – Murotali, Qoʻqon – Shoʻrsuv – Andijon – Kuyganyor va boshqa yoʻllar qurildi.1929-yilda Respublika XKS huzurida yoʻllar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930-yilda "Oʻzyoʻlqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941-yil gacha uz. 708 km boʻlgan Katta Oʻzbekiston trakti, hashar yoʻli bilan Toʻytepa – Angren, Samarqand – Jizzax – Navoiy, Fargʻona – Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yoʻllar qurildi. 1953-yil Oʻzbekiston Avtomobil transporti vazirligi hamda OʻzSSR MS huzuridagi yoʻllar bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Avtomobil transporti va tosh yoʻllar vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli, 1957-yil Toshkent – Qoʻqon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi (uz. 240 km). 1957-yil respublika avtomobil yoʻllari tarmoqlari roʻyxati oʻtkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chinoz, Toshkent avtomobil halqa yoʻli, Samarqand halqa yoʻlining 1-navbati, Nurota – Boymurot – Oqtov, Qoʻqon ay-lanma yoʻllari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yoʻl qurilishida yangi mashina va mexanizmlarni qoʻllash kengaydi, yoʻl qurish industriyasining asfalt-beton, 134koʻpriklar qurish uchun yigʻma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga tushirildi. 80-yillarning 2yarmidan xalq xoʻjaligida yuklarning 90% dan koʻprogʻi avtomobil transportida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari xalqaro andozalar ta-lablariga toʻliq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yoʻllarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Koʻshni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yoʻllarini bar-po etish, mavjud avtomobil yoʻllarini xalqaro andozalarga moslash. yoʻllarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bogʻlaydigan yoʻllar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. 1992-yil 3-iyulda "Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993-yil fevralda Oʻzbekiston avtomobil yoʻllarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni ("Oʻzavtoyoʻl") ish boshladi (1969 – 1993-yillarda vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 512 yoʻllarni asrash va ulardan foydalanish boʻlimlari, "Oʻzyoʻlloyiha" yoʻl va inshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, koʻprik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor.Oʻzbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon – Oʻsh – Ergashtom – Kashqar avtomobil yoʻlini ishga tushirishda qatnashmoqda (2000). Respublikaning oʻzida Fargʻona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel) orqali bogʻlaydigan yirik Avtomobil yoʻli hamda Qoʻngʻirot – Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq boʻlgan Andijon–Toshkent– Nukus–Qoʻngʻirot avtomagistrali qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika rivojlangan yoʻl xoʻjaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllariga ega. Mamlakatdagi avto-mobil yoʻllarining jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat (respublika), 21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻldir. Shuningdek respublika idoralar (korxo-na, jamoa xoʻjaliklari, xoʻjalik tashkilotlari)ga qarashli yoʻllar ham mavjud.Oʻzbekistonda umumiy foydalanuvdagi jami yoʻllarning 95,6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali yoʻllar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali yoʻllar 49,6% (21819 km), qora shagʻalli va qora qoplamali yoʻllar 40,6% (17796 km)ni tashkil etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yoʻlga kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-mov. Adabiyotlar 1. Xo‘jayev B.A. Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari.T.:«O‘zbekiston», 2002. -240 b. 2. Xodjayev B.A. Avtomobilniye perevozki. T.: « O‘qituvchi », 1991. -400s. 3. Xodjayev B.A. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. T.: « O‘qituvchi », 1984. 4. Xo‘jayev B.A. Avtomobil transporti iqtisodiyoti. T.: «O‘qituvchi», 1992. 5. Xodosh M.S. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. M.:«Transport»,1986208s. 6. L. L. Afanasev, N. B. Ostrovskiy, S. M. Sukerberg “Yedinaya transportnaya sistema i avtomobilniye perevozki”. M. “Transport”, 1984 g. 7. E. Karimov “Avtomobillarda yuk tashish va uni tashkil qilish” T.: Sharq, 2002 y. 8. A. I. Paliy, Z. V. Polovinshikova “Avtomobilniye perevozki” (zadachnik), M. “Transport” 1982 y. 9. N. Arifjanova, M. Yoqubov “Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari” fanidan masalalar to‘plami, TAYI 2006 y.