Mundarija: KIRISH……………………………………………………………………3 1.BOB MA’NAVIY AXLOQIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNI USTUVOR MASALA SIFATIDA O‘RGANISH…………………………………………………………………5 1.1 Shaxs axloqiy tarbiyasini shakillantirishda milliy vadiniy diniy qadriyatlarning tutgan o‘rni…………………………………………………....5 1.2 Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri…………………….. 12 1.3. Ma’naviy tarbiya jarayonida, milliy qadriyatlarning ahamiyati………..22 2.BOB YOSHLARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH…………………..25 2.1 Yoshlarning ma’naviy –axloqiy kompetentligini rivojlantirish….25 2.2 Tarbiya darslarida manaviy axloqiy tarbiyani qo‘llash……………28 2.3 O’zbek milliy an’ana va qadriyatlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni.31 3.BOB OILADA BARQAROR IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIR ETISHI XUSUSIYATLARI 3.1 Yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash jamiyatning yuksalish garovi…….34 3.2 Oila – milliy qadriyatlar beshigi………………………………………………………36 3.2. Zamonaviy oila tarbiyasi masalalar………………………………………………..38 XULOSA………………………………………………………………..41 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………46 2 KIRISH Mavzuning O‘zbekiston dolzarbliligi: mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq umuminsoniy qadriyatlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanib, uning asosiy maqsadi-o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash, ko‘p millatli xalqimizni birlashtirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan holda ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yuksaltirishga keng sharoitlar yaratilmoqda. Ularning rivojlanishiga e’tibor berilmoqda. Xalqimiz orasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan sadoqat, hurmat kundan-kunga rivojlanib, mustaqil O‘zbekistonning ma’naviy-ahloqiy negizlarini mustahkamlashning kuch qudrati manbaiga aylanib bormoqda, bugungi kunda O‘zbekistonning istiqloli va istiqbolini, buyuk kelajagini umumjahon sivilizatsiyasiga qo‘shayotgan hissasini qadriyatlar orqali ta’riflash . Umuminsoniy qadriyatlar faqatgina bizning Respublikamizdagina emas, balki butun jahonda bir butun, yaxlit holatda har bir inson qalbidan chuqur joy olishi kerakligi. Davlat ta’lim standartlarida qadriyatlar haqidagi bilimlar bugun ta’lim muddati mobaynida va uning hamma shakllarida berilishiga alohida ahamiyat berish. Shunday ekan, har bir yoshni ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda badiiy adabiyotni o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish. Yoshlami ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda adabiyot darsi davr bilan hamnafas bo‘lishi zaruriyati avvalo ota-onaning o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerak. Kurs ishining maqsadi:Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida shakllantirishda ularning yuzaga kelishi va rivojlanishini bilish hamda ularni tarbiya jarayonida qo‘llash o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lish, ularni shartli tarzda quyidagicha ifodalash: 1. Qadimgi qadriyatlar. 3 2. Islomgacha bo‘lgan milliy-madaniy qadriyatlari. 3. Islomiy qadriyatlar. Bu qadriyatlar uzida Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, Tafsifchilik, Fiqhshunoslik, tasavvufchilik asoslarini yoritib berish. Kurs ishining obyekti: Tarbiya vositalarini yoshlar tarbiyasida qo‘llash turli xil izoxlar, ilovalar, da’vatlar (savobli da’vat), pand-nasixatlar, mazmunli hikoyalar, namunali voqealar, ogohlantiruvchi voqealar, obidalarga sayohatlar, allomalar xayotini yoritish, filmlar, islomiy yodgorliklarni asrab-avaylash kerak. Bunga umumxalk milliy bayramlari (Navro‘z) tadbirlari (hashar, ko‘maklar), to‘ylar (sunnat to‘yi, nikoh to‘yi, uy to‘yi, muchal to‘yi), ma’rakalar (hatni qur’on, janoza) kabilar kiradi. Bular orqali yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish ularni shu marosimlardagi ota-onalar nazoratidagi ishtirokida va kuzatish orqali amalga oshiriladigan ishlar. Kurs ishining predmeti: Yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida shakllantirish, vatanparvarlik, jamoatchilik, erk, ozodlik, adolatparvarlik, mardlik, do‘stlik, tarbiyalilik, axloqiylik, or-nomus, halollik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi ko‘nikmalarni ular tarbiyasida vujudga kelishi. Kurs ishining vazifasi:Yoshlar ma’naviy – axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida shakillantirishning o‘quv metodik qo‘llanmalarini o‘rganish adabiyotlarni taxlil qilish mavzuning ahamiyatliligini yoritish amaliyotda qo‘llashning uslublarini o‘rganish. Kurs ishining tarkibi: kirish, 3 bob, 9 ta paragrf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 4 1.BOB MANAVIY AXLOQIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNI USTUVOR MASALA SIFATIDA O‘RGANISH. 1.1 Shaxs axloqiy tarbiyasini shakillantirishda milliy qadriyatlarning tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma’naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda bu borada qator qarorlar qabul qilindi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo‘yildi. Kengashning hududiy bo‘limlariga mas’ullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu o‘zgarish ma’naviyma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa ko‘tardi. – Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. – Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat. Yaqinda bo‘lib o‘tgan yirik tadbirlar – davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviyat yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Chunki bu borada yechimini kutib turgan, o‘zgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar ko‘p. Milliy g‘oyaning mohiyatini to‘liq anglab 5 yetmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas. Shu bois Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy g‘oyasini ta’kidlab o‘tdi: – Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan1, – dedi davlatimiz rahbari. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yosh avlodni axloqiy tarbiyalash masalalari azaldan Sharq xalqlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari tajribasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, ko‘plab mutafakkirlarimiz asarlarida xalqimizning murakkab tarixiy-madaniy tajribasi mobaynida yuz bergan voqea hodisalar mohiyatini jamiyatning ilk bo‘g‘ini bo‘lgan oiladan izlash an’anasini uchratamiz. Bola shaxsining kamol topishida doimiy ravishda muhitning ta’siri sezilib turadi. Muhit-bu insonga ta’sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar yig‘indisi hisoblanadi. Shunday ekan, yuqoridagi uzluksiz tarbiya jarayonida muntazam ravishda tarbiyalanuvchida tashqi voqea-hodisalar o‘zining ijobiy yoki salbiy tahsirini o‘tkazib turadi. Buning uchun esa tarbiyalanuvchidagi o‘zgarishlarga otaonalar va tarbiyachi, o‘qituvchilar doimiy ravishda e’tiborli bo‘lib, tashqi muhitning salbiy ta’sirini oldini olib, ijobiy ta’sirlarni rivojlantirishga harakat qilishi va erishishi lozim. Yoshlarni ijtimoiy va yakka tartibdagi foydali mehnatga jalb qilish, mehnat o‘rinlari bilan tahminlash, bu jarayonda yoshning, umuman yoshlarning qiziqishi, iste’dodi, manfaatiga ham e’tiborni kuchaytirish lozim; 1. Yoshlarda, ijtimoiy faollik fazilatini oshirish, yoshlar harakatida ularni yetakchilik xususiyatlarini oshirish; 2. Milliy g‘oya, milliy mafkurani yetarli darajada targ‘ib va tashviq qilish. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unholda milliy g‘oyaning, milliy mafkuraning asosiy tamoyillari hisoblanadi; 1 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/shavkat-mirziyoev 6 3. Yoshlar ongiga milliy qadriyatlarni singdirishda tabiiy-ilmiy bilimlarni keng targ‘ib qilish; 4. Tanqid va o‘z-o‘zini tarbiyalash, mustaqil fikrlash yo‘llarini kuchaytirish; 5. O‘tmish merosimiz yutuqlari, mustaqillik adabiyoti, sanhati yutuqlarini keng targ‘ib qilish; 6. Milliy an’analar, urf-odatlar ruhida tarbiyalashni kuchaytirish, ayni paytda umuminsoniy va zamonaviy yutuqlarga tayangan holda g‘oyaviy tarbiyani tashkil qilish zarur; 7. Yoshlar salohiyatini oshirish, ularning hayotda o‘rnini tahminlash bilan bog‘liq ishlarni kuchaytirish; 8. Yoshlarni yot, begona zararli g‘oyalardan asrash tadbirlarini, mafkuraviy immunitetni shakllantirishga intilish. G‘oyaviy dunyoqarash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zudlik bilan hal qilinadigan ish emas, g‘oyaviy dunyoqarashni shakllantirish, yoshlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish uchun tarbiyaviy ishning mavjud barcha usullari, shakllari, vositalaridan o‘z o‘rnida samarali foydalanish umumiy maqsadlarmizni amalga oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Xususan, oil ava oilaga oid fikrlar Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri", Abu Rayhon Beruniyning "Mineralogiya", "Geodeziya", "Hindiston", "O‘tgan avlodlar obidalari", Abu Ali ibn Sinoning "Axloq", "Axloq fani", "Olila xo‘jaligi", Alisher Navoiyning "Hayrat-ul-abror", "Mahbub ul-qulub" asarlarida o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimiz boshiga tushgan ko‘pgina achchiq qismatlar dastavval oila tarbiyasidagi kamchiliklar oqibati ekanini ma’rifat ahllari yaxshi anglashgan. Fitratning “Oila yoki oilani boshqarish tarbiyalari” asarida bu haqda ibratli mulohazalar ilgari suriladi. “Har bir millatning saodati va izzati, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq” deb yozadi u, tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. QAyerda oila mustaqilligi kuchli intizom va 7 tarbiyaga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi. Keyingi yillarda yoshlar ma’naviyatini shakllantirishga oid bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan M. Quronov, J.G‘. Yo‘ldoshev, O.Musurmonova, M.Imonova, U.Mahkamov, S.Nishonova, N.Almetov, d.ro‘ziyeva, N. Egamberdiyeva, Sh. Shodmonova, Sh. Xalilova kabilarning qator ishlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ma’naviy-axloqiy madaniyatini kamol toptirish, milliy tarbiya va komil insonni voyaga yetkazishning ilmiy-pedagogik asoslari ishlab chiqilib, yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda ularning ilg‘or g‘oyalaridan keng foydalanildi.2 Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishdan asosiy maqsad, ularni ona Vatan oldidagi burchi, o‘z taqdiri uchun mas'ul ekanligi, mahalla, mehnat jamoasi, oila va yaqin kishilari hayoti uchun javobgarlik hissini tarbiyalashdan iborat. Oila ta’lim tarbiya maskani bo‘lib, milliy g‘oya va ma’naviyatni yoshlar ongi va qalbiga singdirish aynan oiladan boshlanadi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi va bu jarayon yuksak ma’naviyatlilikni talab etadi. Mustaqillik yoshlar kamolotida yangicha talablar ham qo‘ydi. Har qachongidan ko‘ra ko‘proq ichki va tashqi go‘zallikning axloq bilan birlashuviga ahamiyat kuchaydi. Yoshlardagi faqat tashqi ko‘rinish estetik madaniyatning yaxshi bo‘lishiga olib kelmasligi, balki ulardan axloqdan pokiza, ma’naviy dunyosi boy, saxovatli, iymonli, muomala madaniyati yuksak bo‘lishi kabi umuminsoniy axloqiy qadriyatlar talab etila bohlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ma’naviy sohalarda ham islohotlar olib borish zaruriyati nazarda tutildi. "Biz uchun, degan edi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov, "...ma’naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining ma’naviy, axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash eng asosiy ustuvor vazifa bo‘lishi lozim"[5]. Binobarin sog‘lom avlod tarbiyasi faqat jismoniy jihatdan chiniqqan, kamol topgan yoshlarnigina emas, shuningdek sharqona axloq-odob va umumbashariy va . Mirziyoev SH.M. Yangi O'zbekiston - taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2022. - B.440. 2 8 ma’naviy qadriyatlar asosida kamol topgan insonni ham nazarda tutmog‘i lozim. Zero buyuk alloma Abdulla Avloniy aytganidek: "tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo falokat masalasidir". Hayotga ongli munosabatda bo‘ladigan, mustaqillik g‘oyalari va maqsadlaridan faxrlanadigan inson turmushi va faoliyatida estetik zavq, ulug‘vorlik shakllanadi va taraqqiy etadi. Shuning uchun O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, islohotlarni keng ko‘lamda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalarda avj oldirib yuborgan ekan, bu islohotlar negizini uch ming yillik davlatchilik tariximiz, ma’naviy merosimiz va milliy mentalitetimiz xususiyatlari tashkil qildi va uni og‘ishmay amalga oshira boshladi. Ana shu maqsad yo‘lida ta’lim va madaniyat sohalarida, aqliy va ma’naviy salohiyatlarni mustahkamlash bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar rejalashtirildi va hayotga tadbiq etildi. Axloqiy hayot, jumladan, axloqiy madaniyat va axloqiy tarbiyaning bosh substansional elementiinson va uning birliklari ekan, bu borada E.T.Dalkonovning quyidagi falsafiy fikrlarini keltirish mumkin: "Inson va uning birliklari. Ular madaniy borliq yuzaga kelishining sub'yektlari yaratuvchisi va tashuvchilari hisoblanadilar. Ular vatanparvarlikning ham sub'yektlari hisoblanadilar. Inson tanasining biomadaniy hodisa sifatida va demakki, uning ijtimoiy munosabatlarga bo‘ysungan holda va o‘ziga xos madaniylashgan jismoniy kuch sifatida namoyon bo‘lishi vatanparvarlikning biomadaniy irodaviy zamini bo‘lib xizmat qiladi. Agar biomadaniy organizm insonning birinchi tomoni bo‘lsa, ijtimoiy ruhiyat va faoliyat qobiliyatining jihatlaridan hisoblanadi. Demak, inson madaniy borliqning yaratuvchisi va avloddan-avlodga tashuvchisi ekan, u vatanparvarliksiz yuz bermaydi". O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tabiri bilan aytganda, "Biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaydigan yana bir masala, bu farzandlarimizni mustaqil fikri, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir". Demak, vatanparvarlik axloqiylik tamaddunlaridan biri hisoblanadi. Axloqiylik esa insonlarning ijtimoiy madaniy qismi tarkibiga kiradi. Axloqiy 9 tarbiya va axloqiy madaniyat mohiyatan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida namoyon bo‘ladi. Axloqiy madaniyatning bosh maqsadi esa insonni haqiqatga olib borish, uni komil shaxs sifatida tarbiyalash masalasidir. Shu asnoda axloqiy madaniyat ijtimoiy hayot bilan bevosita munosabatga kirishadi. Axloqiy madaniyatni rivojlantirish bu sohada dunyo xalqlari to‘plagan tajribalarini o‘rganish va ijtimoiy hayotga tadbiq etish dolzarblik kasb etadi. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib kelgan. Etnik sabr-toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an’analarini, shu hududda mavjud bo‘lgan davlatchilik an’analarini avaylab qabul qilganlar. Har bir xalqning o‘ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo‘ladi. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti faoliyatidagi muhim o‘zgarishlar ijtimoiy ahamiyatga molik voqea hodisalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marosimlarda milliy, diniy urfodatlar,islomiy tarbiya,muqaddas kitobga bo‘lgan mexr, etibor,sunnatga muvofiq amallarni bajarish va rasm-rusumlar ham o‘z ifodasini topadi. O‘zbek xalqining paydo bo‘lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an’analari, urfodatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo‘lib, shakllanib, sayqallanib o‘z mazmunida shu xalqning orzu-o‘ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat va elat ularni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida yetkazmog‘i lozim. Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo‘layotgan faoliyat turlari va rasm-rusumlariga baho beriladi. Milliy ma’naviy qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to‘g‘anoq bo‘ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Ma’naviyat, milliy qadriyatlar va istiqlol g‘oyalari alohida olingan har bir shaxs hayotida ham, jamiyatdagi turli guruh va qatlamlar 10 faoliyatida ham, umuman insoniyat taraqqiyotida ham katta ahamiyatga ega. O‘zbek xalqi jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo‘shgan millatlar qatoridan faxrli o‘rinni egallaydi. Madaniy yodgorliklar, me’morchilik san’ati namunalari, qadimiy qo‘lyozmalar-milliy ma’naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo‘lgan boyliklardir. Ularni avaylab asrash kelajak avlodga yetkazish ma’naviyat sohasidagi eng dolzarb vazifadir. Milliy ma’naviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifat, diniy qadriyatlarga munosib o‘rin egallaydi va milliy o‘zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo‘ladi. Axloqiy va diniy qadriyatlar askari hollarda o‘zaro bog‘liq bo‘lib, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega. Har bir xalq, millat yaratgan ma’naviy qadriyatlar, uning dunyoga qarashi va hayotga munosabati, o‘ziga xos betakror xususiyatlari, ayniqsa, urf-odat va marosimlarda to‘laqonli namoyon bo‘ladi. Marosimchilik bir qator ijtimoiy funksiyalarni bajaradi., milliy o‘zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan g‘oyalarni ruhiyatga singdirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiya va ta’limning milliy xususiyatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimida o‘z o‘rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog‘liq ekanligi qanchalik haqiqat bo‘lsa, ularni milliy ruhni tarbiyalash zarurati ham umume’tirof etilgandir. Milliy tarbiya xalqning o‘z-o‘zini saqlash va istiqbolini ta’minlash omilidir. Barkamol avlod tarbiyasida milliy qadriyatlarimizning o‘rni juda katta. O‘zbek xalqining yoshlari milliy g‘oya, qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan tarbiyani olishi kerak. Shaxsning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi qachon boshlanadi? Bunday ta’lim tug‘ilishdan boshlanishi kerak. Bolani oilada ham, maktabda ham mehroqibat va muhabbat, mehr-oqibat va poklik muhiti o‘rab olishi kerak. Ma’naviyat hodisasini tushunishga intilish bizni madaniyat g‘oyasiga olib boradi. Madaniyat bolaning butun ichki va axloqiy dunyosiga - kelajakka intilish, qadriyat yo‘nalishlari, qiziqishlari va ehtiyojlari, his-tuyg‘ulari va ongiga ta’sir qiladi. Ularga muvofiq, inson hayotning barcha sohalarida harakat qiladi, bu uning ijtimoiy va axloqiy yetukligini belgilaydi, ya’ni ma’naviy kamolot. Samimiylik va mehr-oqibat, mehr va mehr-oqibat, ertangi kunga ishonch va Vatan ravnaqi yo‘lida bunyodkorlik mehnati ana shunday insonga xos fazilatlardir. Rostlik va 11 rostgo‘ylik, adolat va kattalarga hurmat, o‘zgalar manfaati uchun xizmat qilishga tayyorlik - insonning mana shu fazilatlari uning ma’naviyatining eng yaxshi o‘lchovidir. Axloqiy tarbiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi: jamiyat bilan aloqadorlik, unga bog‘liqlik, o‘z xatti-harakatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtirish zarurati ongini shakllantirish; axloqiy ideallar, jamiyat talablari bilan tanishish, ularning qonuniyligi va asosliligini isbotlash; axloqiy bilimlarni axloqiy e’tiqodga aylantirish, bu e’tiqodlar tizimini yaratish; barqaror axloqiy tuyg‘ularni, yuksak xulq-atvor madaniyatini shakllantirish - insonning odamlarga bo‘lgan hurmatining asosiy ko‘rinishlaridan biri sifatida; axloqiy odatlarni shakllantirish. "Shaxsning axloqiy tarbiyasi" murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, pedagogik va ijtimoiy hodisalarni o‘z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya uchun ijobiy axloqiy tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, uni to‘plash uchun bolalarning muloqoti va birgalikdagi faoliyati alohida ahamiyatga ega. Ammo tajriba faqat xatti-harakat yuqori maqsadlar uchun amalga oshirilganda maqsadga olib keladi. Axloqiy tarbiya - axloqiy ongni shakllantirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish va axloqiy xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini rivojlantirishning maqsadli ikki tomonlama jarayoni. U axloqiy ongni shakllantirish, axloqiy tuyg‘ularni tarbiyalash va rivojlantirish, axloqiy xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Agar inson o‘z harakatini taroziga solib, o‘ylab ko‘rsa, masalani bilgan holda ish tutsa, o‘zi oldida turgan muammoni hal qilish yo‘lini to‘g‘ri tanlasa, xulq axloqiy hisoblanadi. Shaxsning axloqiy xulqatvori quyidagi ketma-ketlikka ega: hayotiy vaziyat - u tomonidan yaratilgan axloqiy va hissiy tajriba - vaziyatni axloqiy tushunish, xatti-harakatlar, tanlov va qaror qabul qilish motivlari - irodaviy rag‘batlantirish - harakat. Axloqiy tarbiya o‘z vazifasi sifatida o‘ziga, boshqa odamlarga, jamiyatga nisbatan burch, mas'uliyat hissini shakllantirishdan iborat. Vatan bu fazilatlar odamlarda faqat o‘z mehnati, har bir insonning, birinchi navbatda, o‘ziga nisbatan sabr-toqati evaziga paydo bo‘ladi. Axloqiy shaxsni axloq me’yorlari, qoidalari va talablari o‘z qarashlari va e’tiqodlari, xatti-harakatlarning odatiy shakllari sifatida namoyon bo‘ladigan shaxs deb hisoblash mumkin. Ammo, dunyoda axborot 12 almashinuvining o‘sishi bilan globallashuv madaniyat, ilm-fan sohasiga kirib keldi. Natijada millat madaniyatiga ta’sir etuvchi ma’naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm g‘oyalari bilan zaharlovchi ushbu ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishimiz zarur. Bebaho boyligimiz milliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirgan holda ma’naviy tahdidlarni oldini olishga erishishimiz mumkin. Ma’naviyat haqida gap ketganda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, u eng avvalo, millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush tarzini muhofaza qiladi. Shunday ekan globallashuv jarayonida mamlakat milliy madaniyatiga rahna soluvchi ma’naviymafkuraviy tahdidlarni oldini olishda insonlarni yuksak ma’naviyatli bo‘lishi muhim omil hisoblanadi. Buning uchun jamiyatda ma’naviy-mafkuraviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Ya’ni, birinchidan, mamlakat kelajagi bo‘lmish yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish; ikkinchidan, manaviy tahdidlarni aynan nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab yetish; uchinchidan, atrofimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmasdan, dahldorlik hissini oshirish. Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma’naviy tahdidlarning bir ko‘rinishi bo‘lgan "ommaviy madaniyat" niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta’siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o‘tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto‘g‘ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma’naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e’tiborli bo‘lish, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash lozim. Bunda: - ularda, turli xildagi ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; 13 - yoshlarni ma’naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish; - yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o‘yinlarining inson sog‘ligi, ma’naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta’sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim. Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday yovuz kuchlar va ma’naviy tahdidlar to‘fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantira olamiz. 1.2.Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri. Zamonaviy jadal globallashuv va madaniy o‘zaro bog‘liqlik sharoitida ma’naviy yetuklikni anglash insoniyat taraqqiyotining eng muhim jihati bo‘lib turibdi. Ko‘p sonli ijtimoiy va psixologik determinantlarga asoslangan ma’naviy kamolot sari intilish shaxsning madaniy gobelenlari bilan murakkab tarzda shakllangan. Ma’naviy kamolotni shakllantirishdagi ijtimoiy va psixologik omillarning ko‘p qirrali o‘zaro ta’sirini nozik tadqiq qilishga, milliy qadriyatlarning ta’siriga alohida e’tibor qaratishga qaratilgan. “Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan”, deydi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. Ma’lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti. Prezident Shavkat Mirziyoyev loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni 14 kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini ta’kidlagan. Jamiyatning urf-odatlari, e’tiqodlari va me’yorlariga chuqur singib ketgan milliy qadriyatlar insonlar dunyoni idrok etish va kezish imkonini beradigan kuchli ob’ektiv vazifasini o‘taydi. Shaxs ruhiyati va jamiyat gobelenining o‘zaro ta’siri ma’naviy kamolotni rivojlantirish uchun dinamik landshaft yaratadi, bu yerda shaxsiy o‘sish madaniy o‘ziga xoslik bilan chambarchas bog‘liqdir. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali tashkil etish o‘quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Taniqli faylasuf olim J.Tulyenov fikricha: «Qadriyatlar deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmui tushunilmog‘i lozim». Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu sohada olib borilgan ko‘p yillik ilmiy izlanishlarimiz milliy qadriyatlar o‘zbek xalqining ma’naviy sifatlari, moddiy boyliklarini hamda ijtimoiy-siyosiy an’analarini qamrab oladi, deb xulosa chiqarishimizga imkon berdi. Qadriyat sifatida nafaqat ma’naviy, balki moddiy omillar ham e’tirof etiladi. Qadriyatlar o‘zining mohiyatiga ko‘ra bir nyecha turga bo‘linadi. Jumladan inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biron narsaning qadr- qimmati haqida so‘zlash be’manilikdir. Shuning uchun ham inson qadrqimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘liqini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to‘q, boy, go‘zal bo‘lishi, 15 inson o‘zini chinakam erkin his etishi, o‘z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo‘lishini taminlashga haratilgandir. Islohatlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy hayotdagi barcha o‘zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga yerishishga - har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy jihatdan boyroq qilishga bo‘ysundirilgan. O‘zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida xalq musiqa ijodiyoti xalq hayotini barcha tomonlarini aks ettirish qamrovi va ko‘lami bilan o‘tmishning “jonli ensiklopediyasi” hisoblanadi. Unda xalqimiz hayotining turli davrlaridagi tarixiybadiiy ko‘rinishlari bilan birga xalq pedagogikasining eng ilg‘or, oliyjanob g‘oyalari umumlashganligi bois, yoshlarning badiiy-estetik va axloqiy, ma’naviy tarbiyasida foydlanish ta’lim sohasiga qo‘yilayotgan ijtimoiy buyurtmani bajarishda qo‘l keladi. Qomusiy va diniy ilm sohiblari Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, azZamaxshariy, al-Marg‘inoniy, alMotrudiy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband va boshqalarlarning ilmiy meroslari yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim omildir. Milliy faxrimizga aylangan shoiru fuzalolar Abu Nasr Forobiy, A.Jomiy, A. Navoiy, Bobur, Nodira, Uvaysiy va boshqalar o‘z asarlarida komil inson tarbiyasi muammolariga katta e’tibor bergan. Milliy tarbiyamizning yana bir istiqbolli qirrasi kattalar o‘gitiga quloq solishdir. Bularni e’tiborga olgan holda biz o‘z izlanishlarimizda milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiyada tutgan o‘rnining alohida ko‘rsatilishi va uning bugungi kundagi ahamiyatini yoritishni maqsad qilib oldik. Shu kunga qadar milliy qadriyatlar yo‘nalishida ko‘plab olimlar ish olib borganlar va shu bugungi kunda ham shu mavzuni yoritib kelmoqdalar. Bularning ilmiy tahlili «Bugungi kunga qadar milliy qadriyatlar mavzusida olimlarimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilgan», degan xulosani chiqarishga asos bo‘ldi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol 16 topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati va o‘rni katta. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi. Biron -bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritgach, o‘z taqdirining chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga hos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa,milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Tarixiy tajriba, an’analarining meros bo‘lib o‘tishi- bularning barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog‘i lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o‘ziga rom etib kelayotgan markaz bo‘lib qolganligi tasodif emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ihlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma’naviy uyg‘onishning yana bir bitmas- tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo‘lib kelgan. Etnik sabr- toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an’analarini, shu hududda mavjud bo‘lgan davlatchilik 17 an’analarini avaylab qabul qilganlar. Oila qadriyatlari va qon- qarindoshlik munosabatlaring qayta tiklanishi o‘z umrini yashab bo‘layotgan oila- urug‘. Har bir xalqning o‘ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo‘ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak bir-biriga o‘xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko‘ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti-faoliyatidagi muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marosimlarda milliy,diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o‘z ifodasini topadi. O‘zbek xalqining paydo bo‘lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an’analari, urf odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo‘lib, shakllanib, sayqallanib o‘z mazmunida shu xalqning orzu-o‘ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida etkazmog‘i lozim. Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarini ajralmas qismidir. O‘zbeklarning urf-odatlari, marosimlari va bayramlari rang-barang hamda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha ming yillar mobaynida shakllanib kelgan. Masalan, bola tug‘ilishi (chilla, beshik kerti), sunnat to‘yi, nikoh va motam marosimlarida O‘rta Osiyo xalqlariga xos umumiy o‘xshashliklar mavjud. O‘zbeklarda jamoa munosabatlariga oid urf-odatlarni shaharda mahalla, qishloqda qishloq jamoasi aks ettirgan, ularning faoliyatida erkaklar va bolalar qatnashgan. O‘tmishda barcha udumlar, marosimlar qishloq va shaharda mahalla jamoalarining tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, o‘zbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin: Har qanday ijtimoiy hodisaning, shu jumladan, milliy g‘oyani va milliy ma’naviy qadriyatlarning mohiyatini ochib berish uchun quyidagilarga aniqlik kiritish: 1. tushunchaning ta’rifi (definisiyasi); 18 2. tushunchaning tavsifi (xarakteristikasi); 3. milliy ma’naviy qadriyatlarning mazmuni; 4. ularning kelib chiqishi va rivojlanishi (evolyusiyasi); 5. ijtimoiy maqsadi va vazifalari (funksiyalari); 6. tuzilishi (strukturasi); 7. amal qilish usul va vositalari (texnologiyasi); 8. shakllari va ko‘rinishlari tasnifi (klassifikasiyasi) va nihoyat, jamiyat hayotining boshqa sohalariga ta sirini bilish lozim. Millat va elatlarning o‘ziga xos tarixiy merosi, san’ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham manaviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o‘ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o‘ynaydi. Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmugs tarzida o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo‘layotgan faoliyat turlari va rasmrusumlarga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy mo‘ljallari, “zamona qahramoni” haqidagi tasavvurlari ham manaviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi. Milliy manaviy qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to‘g‘anoq bo‘ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Manaviyat, qadriyatlar va milliy g‘oya jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lgan sohalaridir. Manaviyat, milliy qadriyatlar va istikdol g‘oyalari alohida olingan har bir shaxs hayotida ham, jamiyatdagi turli guruh va qatlamlar faoliyatida ham, umuman insoniyat taraqqiyotida ham katta ahamiyatga ega. Millat va davlat taraqqiyotining malum davrlarida manaviyat va milliy g‘oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo‘lib maydonga chiqadi. O’zbekiston istiqlolining asoschisi Islom 19 Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab taraqqiyotning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lini belgilovchi milliy manaviy qadriyatlar masalasiga juda katta e’tibor qaratildi. Xalqimiz manaviyatini yuksaltirishning ilmiynazariy, fundamental konsepsiyasi ishlab chiqildi. Milliy ozlikni anglash aynan manaviy qadriyatlarni o‘zlashtirish, oz xalqining tarixi, madaniy merosini o‘rganish, bugungi holati va ertanga istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati, faoliyati, hayotiy maqsadlari malum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va manaviy boyliklarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Milliy manaviy meros, qadriyatlarning tarkibi, ko‘rinishlari Milliy manaviy meros va qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uning tarkibi quyidagilardan iborat: — tarixiy meros va tarixiy xotira; — madaniy yodgorliklar, qadimiy qolyozmalar; — ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari; — sanat va milliy adabiyot; — axloqiy fazilatlar; — diniy qadriyatlar; — urfodat, an’ana va marosimlar; — ma’rifat, ta’limtarbiya va hokazolar. O‘zbek xalqi jahon madaniyati hazinasiga munosib hissa qo‘shgan millatlar qatoridan faxrli o‘rinni egallaydi. Madaniy yodgorliklar, me’morchilik san’ati namunalari, qadimiy qo‘lyozmalar — milliy ma’naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo‘lgan boyliklardir. Bularni avaylab asrash, kelajak avlodlarga yetkazish ma’naviyat sohasidagi eng dolzarb vazifadir. 20 Milliylik xalqning ruhiyati va ma’naviyati, ayniqsa, san’at va adabiyot rivojida yorqin ifodalanadi. Ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi janrda yoki qaysi tilda yaratilganidan qat'iy nazar, jahonga taniladi, pirovardida yana shu millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi. Milliy manaviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifat, diniy qadriyatlar munosib o‘rin egallaydi va milliy o‘zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo‘ladi. Axloqiy va diniy qadriyatlar aksari hollarda o‘zaro bog‘liq bo‘lib, jamiyatning manaviy yuksalishida, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega. Har bir xalq, millat yaratgan manaviy qadriyatlar, uning dunyoga qarashi va hayotga munosabati, o‘ziga xos betakror xususiyatlari, ayniqsa, urf-odat va marosimlarda to‘laqonli namoyon bo‘ladi. Marosimchilik bir qator ijtimoiy funksiyalarni bajaradi, milliy o‘zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan royalarni ruhiyatga singdirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiya va ta’limning milliy xususiyatlari ham manaviy qadriyatlar tizimida o‘z o‘rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog‘liq ekanligi qanchalik haqiqat bo‘lsa, bularni milliy ruhni tarbiyalash zarurati ham umum e’tirof etilgandir. Milliy tarbiya- xalqning o‘zo‘zini saqlash va istiqbolini ta’minlash omilidir. Barkamol avlod tarbiyasida milliy qadriyatiarimizning o‘rni juda katta. Ozbek xalqining yoshlari milliy g‘oya, qadriyatlar bilan yo‘g‘irilgan tarbiyani olishi kerak. Yoshlarmiz bugungi kunda xar tomonlama barkamol avlod bo‘lib etishib kelmoqda. Zamonaviy taraqqiyot bizning yoshlarmiz dunyoqarashiga xam kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda albatta. Ana shunday sharoitda xam biz kattalar yoshlarning barkamol bo‘lib shakllanishiga katta e’tibor qaratib, ularning milliy qadriyatlarmizni e’zozlashlariga o‘rgatib bormog‘imiz asosiy vazifalarimizdan biridir. Bugungi kun yoshlari milliy urf-odatlarimizning shakllarini, aniq mazmunlarini chuqur anglagan bo‘lishlari lozim. Ana shundagina kelajak avlod o‘zbek millatining qadriyatlarni, ma’naviyatini, madaniyatini saqlab qoladigan, vatanni ximoya qiladigan insonlar bo‘lib etishadilar. Bu ezgu maqsadlarning amalga oshishida ota-onalar, pedagog murabbiylar xamjixat bolib 21 xarakat qilishlari muxim. Xulosa qilib aytganda, asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelgan milliy manaviy qadriyatlar milliy g‘oyaga manaviy zamin, negiz bo‘lib xizmat qilmoqsa. Unga xalq, millat, jamiyat amal qilish uchun kuchli, qudratli, tasirli milliy mafkura kerak. Milliy manaviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini taminlashda muhim ahamiyatga ega. Xar tomonlama rivojlangan, gormonik rivojlangan, milliy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan barkamol avlod tarbiyasida mahalla, ota-onalar va pedagoglarning o‘zaro xamjixatligi asosiy omillardan xisoblanadi. Milliy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan, o‘z hayot faoliyatida doimo millat g‘ururi bilan ish olib boradigan yoshlarning tarbiyalanishi millat kelajagini, rivojlanishini ta’minlaydi. 1.3 MA’NAVIY TARBIYA JARAYONIDA, MILLIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI Xalqimiz milliy ma`naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o`rganilishi, milliy an`analarimizning saqlanishi va mazmunan boyishi, shuningdek madaniyat va san`at, ilm- fan, ta`lim tarbiyaning har tomonlama rivojlanishi o‟zi, alohida kasb etadi. Ta`lim- tarbiya orqali mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so`z bilan aytganda, barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilangan. Ma`naviy tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning ahamiyati juda katta. Milliy qadriyatlar- tarbiyaning eng ta`sirchan quroli. Undan oqilona foydalanish, farzandlarimiz ongida vatanparvarlik, rostgo`ylik, xalqparvarlik tuyg`ularini shakllantirish bugungi kun talabi. Hozirgi davrda qo`lga kiritilgan muhim yutiqlarimizdan biri ta`lim- tarbiyada milliy, ma`naviy qadriyatlarning ustivorligiga erishganimizdadir. Bu yosh avlodga boy tarixiy, milliy, ma`naviy merosni singdirish hamda asrlar davomida shakllangan an`analari asosida ta`limtarbiya berish demakdir. Zero Abdulla Avloniy aytganidek: “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir”. 22 Globallashuv jarayonida kechayotgan voqea- hodisalarni to`g`ri talqin qila olish, har bir voqelikni milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida tahlildan o`tkazish ulkan ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa milliy g`oya va mafkuramiz mustahkam bo`lmog`i lozim. Zero, xalqimiz, ayniqsa yosh avlod ongi va tafakkuriga singdirilgan milliy g`oya har qanday yot g`oyalarning ta`siriga berilib qolmaslikni ta`minlashi bilan birga ularga munosib javob qaytarish ko`nikmasini ham shakllantiradi, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishga va uni asrabavaylashga undaydi. Jamiyat yoshlar ongida ma`naviy qadriyatlarni rivojlantirmay va mustahkamlamay turib o`z istiqboliga erisha olmaydi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo`lidagi murakkab va keng ko`lamli vazifalarni hal etishga qodir bo`lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash bundan buyon ham faoliyatimizning eng muhim yo`nalishi bo`lib qoladi.Xalq yoki millat o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga ega bo`lsagina, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini erkin belgilab olishi, yoshlarni o`z milliy qadriyatlari negizida tarbiyalash mumkin. Mustaqil O`zbekistonning kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari taraqqiyoti davrida, asriy ma`naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning tarixiy tajribalaridan to`g`ri foydalanib, ularning ibratli ishlaridan saboq olish. mamlakatimizda fuqarolik jamiyati qurilishi vazifalarini amalga oshirishga, xalqimizning ma`naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Jamiyatda yoshlar tarbiyasi muammolari har doim kunning birinchi darajali mavzularidan biri bo`lib kelgan. Ayni paytda, dunyoda globallashuv jarayoni tezlashmoqda. Dunyo xalqlari, davlatlar o`rtasida o`zaro aloqalar kuchaymoqda. O`zbekiston ham undan chetda turgani yo`q. Turli xalqlarga xos bo`lgan qadriyatlar O`zbekiston yoshlari hayotiga ham ta`sir ko`rsatmoqda. Bunday muhit xalqaro axborot tizimi, internet, OAV, reklama, turli xil kino ko`rsatuvlari bilan bog`liq asarlar yoshlar ma`naviy hayotiga ta`sir ko`rsatishi, turli xil qadriyatlarning kirib kelishiga sharoit hozirlaydi. Uning qaysi jihatlaridan foydalanish yoki foydalanmaslikni yoshlar yaxshi bilishlari lozim. Qadriyatlarni bir-biridan farqlash, milliy qadriyatlarni yo`qotmagan holda 23 munosabatda bo`lishlari muhimdir. Ijtimoiy hayotda, ayrim yoshlarning xattiharakatlarida milliy qadriyatlarimizga mutlaqo to`g`ri kelmaydigan holatlarni kuzatish mumkin. Ayrim yoshlarning diniy ekstremizm, aqidaparastlik g`oyalarining tarafdori bo`lib sodir etgan qilmishlari bilan milliy qadriyatlarimiz o`rtasida o`zaro to`g`ri kelmaydigan holatlarni kuzatish mumkin. Aksariyat yoshlarimiz esa milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan o`zlarining to`g`ri munosabatlarini shakllantirgan. Bugun jahon axborot maydonida yoshlarni milliy qadriyatlarga qarshi tarbiyalashga urinish kuchaymoqda. Bunday harakatlar yoshlarni o`z xalqi, vatani va milliy qadriyatlarga nibatan bepisand ruhda tarbiyalashga qaratilgan bo`lib, ularda ko`proq g`arbona qadriyatlarga moyillikni uyg`otishga bo`lgan yashirin maqsadlar mujassam bo`ladi. Yoshlar dunyoqarashida milliy- ma`naviy qadriyatlarni mustahkamlashdan ko`zlangan maqsad ularni faqat o`z qadriyatlariga tayanib yashashga o`rgatish emas, balki shu umumbashariy qadriyatlarni ham o`zlashtirib, mamlakatning o`ziga hos taraqqiyoti unga bog`liqligini hisobga olib yashashga, ishlashga da`vat etishdir. Bundan tashqari, milliy- ma`naviy qadriyatlarni chuqur bilish yoshlar tomonidan mustaqillikni asrab- avaylash, himoya qilish va mustahkamlashga o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatadi. O`zbek xalqining ibratomuz, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda katta ta`sir eta oladigan urf-odatlari, an`analari, rasm-rusumlari va marosimlari borki, bularni bugungi kunda oilada bolalar ongiga, kundalik hayot tarziga singdirish yoshlarning ma`naviy taxdidlar ta`siriga tushib qolishining oldini olishdagi muhum vazifalarimizdan biri hisoblanadi. 24 2.BOB YOSHLARNI OILADA MANAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH. 2.1 Yoshlarning ma’naviy –axloqiy kompetentligini rivojlantirish. Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning har qarich yerida inson ongi va tafakkuri uchun jiddiy kurash ketayotgani ayni haqiqatdir. Birda yovuz, birda madaniy ko‘rinishdagi bu kurash har birimizdan atrofga teran nazar tashlash, jahonda kechayotgan turfa jarayonlarni aql va tafakkur bilan sarhisob etishga undaydi. Ma’lumiki, Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori , 2020-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston Yoshlari forumida hamda 2020-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida hamda joriy yilning 19- yanvar kuni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda vazirliklar, qator davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashga chorlaydi.3 Davlatimiz rahbarining “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir”, degan so‘zlari mohiyatidagi uyg‘onish nafasi Hazrat Navoiy da’vatlariga mohiyatan uyg‘un bo‘lib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga azm- u shijoat bilan kirishgan xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi xulq, aql-idrok, bilim, ma’naviyat naqadar tengsiz qudrat va ruhiy manba ekanligini yana bir bor anglatdi. Demak, yuksak ma’naviyat bilan jamiyat hayotining tanasi bo‘lgan iqtisodiyot vujudiga jon, ruh kiradi, unga tiriklik, tengsiz yaratuvchi qudrat baxsh etiladi.Negaki ma’naviyat va ma’rifat barcha zamonlarda tengsiz qudrat, baxt-saodat, tinchlik, bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni yuksaltiruvchi ne’mat bo‘lib kelgan. 3 . Kandov Bahodir Mirzayevich (2022). The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person. Central asian journal of theoretical & applied sciences. - P.515-521. 25 Chunki u millatni, xalqni, demakki, insonlarni yuksak fazilatlar, kamolotga yo‘llovchi axloqiy mezonlar asosida yashashga, xudbinlik, g‘aflat asiriga aylanmay hamisha yaxshilik yo‘lida bedor bo‘lishga, bu olamni obod qilishga, go‘zallikka burkashga chorlagan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “XXI-asrning Oliy ta’limi” Butunjahon deklaratsiyasi, UNESCOning “Oliy ta’limni isloh qilish va rivojlantirish” dasturiy hujjatlarida dunyo miqyosida ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, modulli ta’limni tashkil etishga, o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali talabayoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berilgan.Jahon oliy ta’lim tizimida yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviyaxloqiy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. AQSH, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda talabayoshlarning tafakkurini o‘stirish, qobiliyatlarini erta aniqlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishda modulli o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinarlar tashkil etilib kelinmoqda. Respublikamizda ko‘pgina olimlar tomonidan ma’naviyaxloqiy tarbiya jarayonining turli jihatlari o‘rganilgan hamda ushbu tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash imkoniyatlari tavsiya etilgan. Bu tadqiqotlarning ba’zilari keng qamrovli bo‘lgan ma’naviyaxloqiy tarbiya jarayonining ma’lum bir qirrasini tahlil etishga qaratilgan bo‘lsa, boshqalari ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmunini boyitishga va turli o‘quv kurslarida yangi usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibi sifatida ma’naviy-axloqiy bilimlarning shakllanishi natijasida talaba-yoshlarda baxt, vijdon, burch, adolat, ornomus, muhabbat, ezgulik, shon-sharaf, e’tiqod, sadoqat kabi bir qancha axloqiy kategoriyalar shakllanadi. yoshlarda tashabbuskorlik, Ma’naviy-axloqiy bilimlarni o‘zlashtirgan talabaijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, 26 mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik kabi fazilatlar qaror topa boshlaydi. Ushbu fazilatlarga ega yoshlar axloqiy meyorlar talablarini ongli bajaradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar sanalmish ma’naviy meros, urf-odat va an’analarga nisbatan hurmatda bo‘ladi. Ammo ma’naviy-axloqiy meyorlar haqida bilimga ega bo‘lish, uni tushunish, ezgu fazilatlarni tarkib toptirish hali yoshlarning ma’naviyaxloqiy jihatdan tarbiyalanganini anglatmaydi. Insoniylik fazilatlari qachonki hayotiy tajribalarda aks etib, shaxsning munosabatlarga kirishish faoliyatida yorqin namoyon bo‘lsa, bu uning tarbiyalanganlik darajasini belgilaydi. Jamiyat taraqqiyoti uchun, avvalo, ma’naviy-axloqiy kompetentli, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash, shuningdek, asosiy e’tiborni yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini oshirish masalasiga qaratish zarur. Negaki ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalangan shaxslarsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, eng avvalo, millatimiz tarixi va ma’naviyati ildizlariga e’tibor qaratish taqozo etiladi. Turonzaminda azal-azaldan inson ma’naviy kamoloti, axloqiy fazilatlar tarbiyasi ajdodlarimiz diqqat markazida bo‘lib kelganini yoshlarning tafakkuriga singdirishga erishish zarur. Demak, yoshlarda aynan ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun lozim bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kategoriyalar, normalar, qadriyatlar tizimi haqida bilim hosil qilish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalari takomillashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda o‘qitiladigan tarbiyaga oid fanlarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara, muammoli ta’lim)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Ta’lim muassasalari talaba-yoshllarida ma’naviyaxloqiy tarbiyaviy sifatlarning rivojlanganligini baholash namunali, yaxshi, qoniqarli mezonlar orqali aniqlab boriladi. Bunday zamonaviy ta’lim modeli yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ma’naviyaxloqiy kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’limtarbiya jarayonini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Chunki yoshlarda zarur kompetensiyalarni shakllantirish uchun, avvalo, pedagogning o‘zida kompenentlilik rivojlangan bo‘lishi lozim. Tayanch kompetensiyalar – inson kim va qanday kasb egasi 27 bo‘lishidan qat’iy nazar, shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun egallashi lozim bo‘lgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy ko‘nikma va malakalar majmuyidan iborat. Bunda har bir shaxs kommunikativ bo‘lishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida o‘zini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fantexnika yangiliklaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi. 2.2.Tarbiya darslarida manaviy axloqiy tarbiyani qo‘llash. Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir.4 Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta- Musurmonova O. “O‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirish”–T.: Fan, 1993. 5. Karimova O. “Oila huquqi asoslari” –t.: 2003. 6. Hasanboeva O. «Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi» T.«O‘qituvchi» 1993 y. 44 1. 28 sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda. Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni. Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq. 1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. 2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir. 3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta 29 maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. 4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti. 5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi. 6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar- gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shartsharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi. 7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari. 8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘kituvchida ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga 30 harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past bo‘ladi. 9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatlantiruvchi» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq. 10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak. 2.3 O’zbek milliy an’ana va qadriyatlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni Yoshlar tarbiyasi hamma vaqt va har qanday jamiyatda muhim ahamiyat kasb etgan. Buni ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari tasdiqlab turibdi. Hozirgi shiddat bilan o‘tayotgan davrimizda o‘ziga xos va mos milliy, diniy qadriyatlarga asoslangan xalqimizning tarbiya borasidagi azaliy an’analari “ommaviy madaniyat”,milliy, diniy qadriyatlarimizga yot g‘oya va qarashlar ta’sirida asl mohiyatini yo‘qotib borayotgani barchamizni tashvishga soladi. Shuning uchun ham tarbiyaviy masalalarga e’tibor qaratmasak, ertaga kech bo‘lishi va xunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy: Oldiga qo‘yganni yemak – hayvon ishi, Og‘ziga kelganni demak – nodon ishi, – degan misralari bejizga emas. Hazrati Navoiyning ushbu misralarida har qanday narsani milliy-diniy qadriyatlarga to‘g‘ri 31 keladimi yo‘qmi, ko‘r-ko‘rona amal qilish va targ‘ib qilish insoniylik fazilatidan yiroqdaligi aytilayotganday. O‘tmishga, bobo-buvilarimizning hayot tarziga nazar tashlasak, oilada o‘g‘il bola tarbiyasi bo‘yicha alohida shug‘ullanilgan. Yoshligidan oilaning suyanchi, oila kattasi, opa-singillarining himoyachisi bo‘lishini, qolaversa, Yoshlarimizni Ona vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida, yuksak ma’naviyatli va salohiyatli qilib tarbiyalash har birimizning vazifamizdir. Farzandlarimiz o‘z ota-bobolariga, tariximiz, Vatanimiz, ona tilimizga sodiq va milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimiz an’analariga amal qilguvchilardan bo‘lsin “Milliy-ma’naviy qadriyatlar” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo‘lgan, manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma’naviy boyliklar, amallar va tamoyillar, g‘oyalar va me’yorlar milliy-ma’naviy qadriyatlardir. Har bir xalqning o‘zi uchun e’zozli, qimmatli bo‘lgan ma’naviy boyliklari bo‘ladi. Bular asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelgan, hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyati va qadrini yo‘qotmagan, shu xalqning iftixor manbayiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg‘iz xalqi “Manas” dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar,fransuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o‘zbeklar Samarqand-u Buxoro va Xiva shaharlari bilan haqli ravishdafaxrlanadilar. Millat va elatlarning o‘ziga xos tarixiy merosi, san’ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o‘ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o‘ynaydi. Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo‘layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy mo‘ljallari, “zamon qahramoni” haqidagi tasavvurlari ham ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi. Milliy g‘oyani obyektiv anglashda qadriyatlar va ma’naviyat olamini bilish va uni amaliy o‘rganish muhim 32 ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. 33 3.BOB OILADA BARQAROR IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIR ETISHI XUSUSIYATLARI 3.1 Yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash jamiyatning yuksalish garovi Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oila, mahalla va ta’lim muassasalarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, avvalambor, oila bag‘rida, so‘ngra mahallada shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori ham oila sharoitida qaror topishi, tabiiydir. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar va uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan. Buning uchun oila, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiypedagogik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tariladi. O‘quvchilarmizni nafaqat yaxshi mutaxassis, balki komil inson bo‘lishlari uchun ta’limni tarbiya bilan uzviy bog‘lagan holda olib borishmoqda. Ota-onaga hurmat, ular oldida umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlar ham oila muhitida shakllanadi. Ma’lumki, Sharqda, oila tushunchasi, oila qurish va uning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z millati, avlodajdodlari, jamiyat oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining qarindoshurug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omonesonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchio‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy 34 darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. Har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o‘ziga xos tomonlarga ega bo‘ladi. Chunki, bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy qiyofaga ega bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’siri natijasidir. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri spetsifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir.Ikkinchidan, bola o‘z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yuradi. Shu tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo‘lgan faoliyatning subyekti sifatida o‘z-o‘zini anglay boshlaydi.Uchinchidan, oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy histuyg‘ular jamuljam bo‘ladi. Ana shu boisdan bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada o‘zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog‘lom muhit qaror topgan bo‘lsa, bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir. To‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyalanadi. Chunki bola yoshligidanoq hayotda g‘am-tashvishlar bilan quvonchsevinchlar birga yurishligini anglab borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada kerakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg‘ota olsalar, insondagi bebaho xislat bo‘lgan mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo‘ladilar. Beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. Chunki bola hayoti, asosan, uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari o‘rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga nisbatan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mavjud ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona orzu qiladi. Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; milliy tarbiyalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan foydalaniladi; ota-onalar pedagogika va 35 psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda va oilaviy tarbiya masalalari bo‘yicha sharq mutafakkirlarining boy madaniy me’rosidan foydalangani holda o‘zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib boradi. Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim va tarbiya o‘zaro uzviy bog‘liq sharqona tushunchalar sifatida qaraladi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmasligi davlatimizning ta’lim sohasidagi siyosatida ham ustuvor tamoyil hisoblanadi. Inson tarbiyasining barcha jihatlari, tarkibiy qismlari farzandlar ruhiyati va ma’naviyat olamiga oila davrasidagi suhbatlarda, o‘git-nasihatlarda, yaqqol xatti-harakatlar vositasida singdirib boriladi. Mehr-muhabbat, ahillik, kamtarlik, hotamtoylik, mehmondo‘stlik singari milliy xislatlar oila bag‘rida nish uradi va asta-sekin har bir oila a’zosining xulq-atvorida mujassamlashadi. 3.2.Oila – milliy qadriyatlar beshigi Farzand – oila tayanchi. Demak, farzand sog‘lom, durkun, jismoniy biologik jihatdan benuqson tug‘ilishi zarur. Ota-ona bunga intilishi shart. Zotan, oilaning fayzi, tarovati, zavqli va mehr-muhabbatli jihatlari ayni ana shu bilan o‘lchanadi.Atoqli adib Chingiz Aytmatovning xulosalariga ko‘ra, ikki haftalik embrion tashqi muhitni his qilar ekan. Hali odam shakliga kirmagan hujayra oila muhiti, hayot murakkabliklari, ziddiyatga to‘la olam, ayniqsa, inson degan nodir, shu bilan birga, ayanchli jonzot taqdiri, hayoti haqida fikr yuritar ekan. Ayrim holatlarda o‘n besh kunlik murtak odam bo‘lib tug‘ilsammikan yoki tug‘ilmasammikan, degan fikrga borar ekan. Budramatizm. Bu – inson degan mubham olamning fojiaviy qismati. Oila esa ana shu dardli qismatni ezgulikka yo‘naltiruvchi mo‘jizaviy makon.Darhaqiqat, inson hayoti hech qachon tugal bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Shuning uchun donishmandlar bu dunyoni biri kam deb atashgan. Lekin ana shu biri kam, hech qachon tugal bo‘lmaydigan, muammolarga, kelishmovchiliklarga, iztiroblarga to‘la bu dunyoda hayotini mazmunli o‘tkazishga, o‘tayotgan kunidan rozi bo‘lib, hayot zavqi, shavqi va mehr-muhabbatli jihatlarini chuqur his qilgan oila baxtli oila hisoblanadi. Ana shu holatning butun mohiyati, ko‘lami va mazmunini anglashning o‘zi kishini saodatga 36 eltguvchi buyuk qudrat, ma’rifiy kuch, ma’naviy rag‘batdir.Azaldan Sharqda oila, ota-ona tushunchalari muhim qadriyatga aylangan. Ota – padari buzrukvor. Ona – volidayi muhtarama. Bunday sifatlar faqat ulargagina munosib. Ularning oiladagi, butun jamiyatdagi mavqeyini belgilaydi. Ota-onaning o‘zaro munosabatlari oila muhitini shakllantiradi. Darhaqiqat, har bir oila alohida ma’naviy, ruhiy makon. Bu makondagi ob-havo, kayfiyat ota-onaning munosabatidan kelib chiqadi.Farzand dunyoga kelib, ayni ana shu muhitda rivojlanadi, kamol topadi. Shakllangan tarbiya muhitidan oziqlanadi, havosidan nafas oladi. Insonning dunyoga kelib, odam bo‘lib shakllanishida ota-onaning roli oila muhiti bilan bog‘lanib ketgan murakkab psixologik va tarbiyaviy jarayon. Afsuski, biz ba’zan bunga e’tibor bermaymiz. Ota, asosan, moddiyat bilan shug‘ullanadi. Topganini uyiga tashiydi, bolalarining rizqi butun bo‘lsin, deb еladiyuguradi, xolos. Ona esa bolasini yuvibtarab oziqlantiradi. Afsuski, bu kamlik qiladi. Bunday holatda ota ham, ona ham faqat yuzaki, yashash uchun zarur bo‘lgan vazifani bajargan bo‘ladi. Mehr, qalb qo‘ri, yurak harorati, fikrlash imkoniyatlariga kamroq e’tibor beriladi. Aslida esa tarbiya ana shundan boshlanadi. Qalb uyg‘onmog‘i lozim, ruhiyat uyg‘oq bo‘lmog‘i shart.Rivoyatlarga ko‘ra, bir odam farzandi uch yoshlik bo‘lganda Aflotunning oldiga boradi: “Taqsir, farzandim uch yoshga to‘ldi, endi uni qanday tarbiyalasam ekan, maslahat bersangiz”, – deydi. Aflotun esa “Afsus, farzandingiz tarbiyasiga uch yil kechikibsiz”, – deb javob beradi. Demak, donishmandlarning xulosalariga ko‘ra, farzand dunyoga kelgan kundan boshlab tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Boshqacha qilib aytganda, farzand tarbiyasi u dunyoga kelgan kundan boshlanadi. Ota-ona buni juda chuqur tushunishi, anglab olmog‘i lozim. Balki, tug‘ilmasidan oldin, ona qornidanoq tarbiya bilan shug‘ullanmoq kerakdir. Shuning uchundir, ayrim mutaxassislar homilador onaga ko‘proq mayin, sokin musiqa tinglashni, shovqinsuronlardan, baqir-chaqirlardan uzoqroq bo‘lishni tavsiya etadilar. Pedagoglarning xulosalariga ko‘ra, bolaga to‘rt-sakkiz yoshlarida ko‘pdan ko‘p ijobiy ma’lumotlar berish kerak. Aytaylik, oila, ota-ona, qarindosh-urug‘, Vatan, 37 tarixiy qahramonlar, ulug‘ donishmandlar, shoirlar, sarkardalar haqidagi latifalarni, voqealar va hodisalarni tushuntirib borish kerak. Toki bolaning murg‘ak qalbida ezgulikka, yaxshilikka moyillik hislari kuchayib, uning fe’l-atvorini, xarakter xususiyatlarini shakllantirsin. Bolaning to‘rt-sakkiz yoshlarida to‘plagan ma’lumotlar bazasi qandayligidan kelib chiqib uning bir umrlik hayot yo‘lini, inson sifatidagi fazilat-u nuqsonlarini belgilab berar ekan. Demak, ota-ona farzand tarbiyasi uchun mas’ul, to‘la javobgar shaxs. Ota-onaning farzandlari oldidagi asosiy vazifasi ularni katta hayotga, serg‘alva, tashvishli olamda yashashga tayyorlash hisoblanadi. Bolaning tabiiy imkoniyatlari, qobiliyati, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib ma’lum bir sohaga yo‘naltirish, uning qiziqishini hisobga olib kasb tanlashiga yordam berish, avvalambor, oiladan boshlanadi. Bu ota-onaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktab yoshida esa oila va maktab, ota-ona va ustoz hamkorligi muammosi kelib chiqadi. Bunda ham, albatta, ota-onaning roli hamisha baland bo‘ladi. Chunki oila muhiti, oila psixologiyasi ota-ona munosabatlarining mahsuli sifatida murg‘akkina bolaning odamga aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Buning ilmiy-genetik asoslari,irsiy ildizlari ham bor. 3.2. Zamonaviy oila tarbiyasi masalalar Hozirgi zamon taraqqiyoti har bir shaxsdan voqelikni to‘g‘ri tushunishni, xulosa chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy-asabiy chidamlilikni, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida mustahkam va faol bo‘lishni talab etmoqda. Ma’lumki, shaxsning bunday ijtimoiy, emotsional, xulqiy va boshqa sifatlariga oila asos soladi, shakllantiradi va kamol toptiradi. Zamonaviy oilalar mavjud jamiyat bilan uzviy bog‘langandir. Shaharlarning o‘sishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning moddiy va madaniy turmush saviyasining oshishi yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashga ta’sir qiladi. Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs mafkuraviy tasavvurlarining asosida yotgan fazilatlar o‘smirning, eng avvalo, oilaviy munosabatlar tizimida tutgan o‘rnidan, ota-ona, oiladagi boshqa katta avlod vakillarining ijtimoiy 38 mavqelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero, mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar shaxsning yaxlit strukturasidagi muhim omillardan hisoblanadi. Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o‘stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan yеtuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog‘lom, barkamol inson faqat sog‘lom oilada shakllanadi. Oiladagi sog‘lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining asosidir. Zamonaviy oilada bola uch avlod vakillari: ota-ona, buvi-buvalar, ularning qarindosh-urug‘ va tanishbilish, yor-u do‘stlarining murakkab o‘zaro munosabatlari kechadigan muhitda o‘sib-ulg‘ayadi. Ma’lumki, zamonaviy-namunali oilalar qonuniy nikohdan o‘tganligi, oilaning to‘liqligi (ota ham, ona ham bor), uch nafardan kam bo‘lmagan farzandga egaligi, ota-onalar va farzandlarning oliy ma’lumotga va ishga egaligi, bobo va buvi bilan istiqomat qilishi, farovon turmush sharoitiga egaligi, jismonan sog‘lom bo‘lishga e’tiborli ekanligi, ma’naviy-psixologik sog‘lom muhitning shakllanganligi, farzandlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash kerakligi kabi mezonlarga javob berishlari kerak bo‘ladi Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to‘g‘risidagi ezgu g‘oyalarimizga hamohangdir. Shunga tayangan holda zamonaviy oilalar rivojlanishiga asos bo‘luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy va tibbiy omillar quyidagicha ifodalanishi mumkin: – zamonaviy oila jamiyatda ustuvor bo‘lgan demografik tamoyillarga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning subyektiv xohish-irodasiga qaram bo‘lmaydigan, jamiyatning olg‘a rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan maskan rolini o‘ynaydi; – zamonaviy oila milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg‘or, insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan 39 uyg‘unlashtiruvchi tabiiy makondir; – zamonaviy oila insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom ma’noda jamiyatda ustuvor bo‘lishi va har bir jamiyat a’zosi bo‘lgan fuqaro tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o‘ynaydi; – zamonaviy oila umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda tinchlik va xavfsizlikning ta’minlanishi uchun ma’naviy qo‘rg‘on rolini o‘ynaydigan ijtimoiy institutdir; – zamonaviy oila “Yangi O‘zbekiston”, “Uchinchi renessans” degan g‘oyalarni o‘z a’zolari ongiga singdirish uchun qulay bo‘lgan mafkuraviy muhitdir; – zamonaviy oila xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradigan va shu asnoda har tomonlama barkamol sog‘lom avlodni tarbiyalovchi maskandir; – zamonaviy oila, har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o‘z halol va safarbar mehnati orqali ro‘zg‘orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy tadbirkorlik, ijara,oilaviy ishlab chiqarish, kasanachilik shakllaridan oqilona foydalanish va oila budjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shoxobchalaridan unumli va o‘rinli foydalanadi; 40 XULOSA. Milliy ma’naviyatga tayanish uchun inson, avvalo, o‘zligini anglab yetmog‘i lozim. Zero, bu milliy o‘zligimizni anglab yetishga bo‘lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Umuminsoniy qadriyatlar har doim milliy qadriyatlar bilan oziqlanadi hamda milliy ma’naviyatni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa milliy g‘oya negiziga tayanishda butun insoniyatni birlashtirib turuvchi mushtarak omil hisoblanadi. Shundagina biz istiqbolda ma’naviy barkamol insonni, sog‘lom fikrlaydigan avlodni tarbiyalshga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Bugungi davr talabidan kelib chiqib, yoshlar muammolarini hal etish mamlakat taraqqiyoti va xavfsizligining kafolati ekan, milliy taraqqiyotning muhim vazifalarini hal etishda, ta’lim-tarbiya berish hamda milliy g‘oyamizni targ‘ib qilish orqali barcha yoshlarga zarur sharoitlarni yaratish, zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega, dunyo maydonida o‘z tengdoshlari bilan bellashishga qodir bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash davr talabidir. Jahondagi har bir xalq va davlat o‘z yoshlarini milliy g‘oya ruhida tarbiyalagan taqdirdagina o‘z kelagini ta’minlashi, yuksak taraqqiyotga erishishi mumkinligini hozirda butun dunyo tan olmoqda. O‘zbekiston mustaqillik yillarida yosh avlodni intellektual jihatda kuchli, jismonan baquvvat, ma’nan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida urg‘u berib keladi. Maxsus dasturlar tashkil etilmoqda, milliy g‘oya, milliy mafkurani targ‘ib etish bo‘yicha, jahon chempionlari, mashhur san’atkorlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Yoshlarimizning barkamol bo‘lib yetishishida mahalla, oila, jamoat tashkilotlari va ta’lim muassasalari alohida o‘rin egallaydi. Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazishga intilish xalqimizga xos milliy xususiyatlardandir. Oilada sog‘lom muhit mavjud bo‘lgandagina, ularda har tomonlama sog‘lom, barkamol inson shakllanadi. Yoshlar tarbiyasi xususan jismonan baquvvat, aqlan sog‘lom, umuminsoniy madaniyat darajasi yuqori, zamonaviy bilim va kasbga ega bo‘lgan kelajaak 41 avlodni voyaga yetkazishda oila ma’naviyatining tutgan o‘rni alohidadir. Barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning ma’naviyatini, tafakkurini shakllantirish asosidir. O‘zbekiston yoshlar mamlakatidir. Shu jihatdan olib qaraganda, davlatimiz kelajagi, millat taraqqiyoti bugungi yoshlarning bilimiga, g‘ayratshijoatiga, dunyoqarashiga, vatanparvarlik tuyg‘usining qanchalik yuksakligiga, komillik darajasiga bog‘liq. Kelajagimiz erkin fikrlaydigan, mustaqil ish yurita oladigan, chet tillaridan yaxshi xabardor, yuqori texnologik tafakkurga ega bo‘lgan, Vatan va xalq manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘ya oladigan, kerak bo‘lsa Vatan uchun jonini fido qila oladigan yoshlarni talab etadi. Jamiyatni rivojlantirishda yoshlar tomonidan ma’naviy axloqiy fazilatlarning o‘zlashtirilishi ularning jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi, shuningdek, jamiyatning barqaror bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy axloqiy qadriyatlar insoniylik xususiyatining mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishida mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi muhim ahamiyatga ega. Agar mehnat turlari insonlarning qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab taqsimlansa, deyarli har bir odam o‘zi biladigan kasbni maromiga yetkazib bajaradi, qolaversa u o‘z ishi bilan jamiyat ravnaq topishiga muayyan hissa qo‘shadi. Jamiyat rivojiga olib keladigan ma’naviy axloqiy sifatlar o‘zaro bir-birini tushunish va anglash, mehr-oqibat, ezgulik, adolatllilik, sahovatpeshalik, oila va Vatanga muhabbat, sadoqat, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, halollik, e’tiqodlilik, diyonatlilik va bosha shunga o‘xshash yuzlab ezgu fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Jamiyat hayotining barqaror rivoji insonlardagi bir-biriga bo‘lgan ishonch, ijtimoiy adolat tamoyillari asosida yashash, qonunlarning ustuvorligiga ahamiyat berishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ma’naviy axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan inson milliy va umuminsoniy fazilatlarni qadrlaydi, uni boyitib, kelgusi avlodlarga to‘laqonli yetkazishga kamarbasta bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibi sifatida ma’naviy- axloqiy bilimlarning shakllanishi natijasida talabalarda baxt, vijdon, burch, adolat, or-nomus, muhabbat, ezgulik, shon-sharaf, e’tiqod, sadoqat kabi bir qancha 42 axloqiy kategoriyalar shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy bilimlarni o‘zlashtirgan talabada tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik kabi fazilatlar qaror topa boshlaydi. Ushbu fazilatlarga ega talaba axloqiy me’yorlar talablarini ongli bajaradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar sanalmish ma’naviy meros, urf-odat va an’analarga nisbatan hurmatda bo‘ladi. Ammo ma’naviyaxloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish, uni tushunish, ezgu fazilatlarni tarkib toptirish hali talabaning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganini anglatmaydi. Insoniylik fazilatlari, qachonki, hayotiy tajribalarda aks etib, shaxsning munosabatlarga kirishish faoliyatida yorqin namoyon bo‘lsa, bu uning tarbiyalanganlik darajasini belgilaydi. Jamiyat taraqqiyoti uchun, avvalo, ma’naviy-axloqiy kompetentli, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash, shuningdek, asosiy e’tiborni yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini oshirish masalasiga qaratish zarur. Negaki ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalangan shaxslarsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, eng avvalo, millatimiz tarixi va ma’naviyati ildizlariga e’tibor qaratish taqozo etiladi. Turonzaminda azal-azaldan inson ma’naviy kamoloti, axloqiy fazilatlar tarbiyasi ajdodlarimiz diqqat markazida bo‘lib kelganligini yoshlarning chuqur tasavvur qilishlariga erishish zarur. “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami Ta’lim metodlaridan foydalanish. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari tahlillariga tayangan holda pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda izohlash lozim topildi: Manaviy axloqiy sifatlarni rivijlantirish bosqichlari; Maqsad qo‘yish, mazmunni aniqlash va tizimni tashki qilish; Yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish o‘ziga xos bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, ma’naviyaxloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini to‘g‘ri qo‘ya bilish, ish mazmunini 43 aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish zarur. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi quyidagicha belgilandi: oliy ta’lim muassasalarida izchillik asosida olib boriladigan ta’lim-tarbiya natijasida ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlash. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishda quyidagi vazifalar nazarda tutiladi: 1) uzluksiz ta’lim-tarbiyaning har bir bo‘g‘inida ma’naviy-axloqiy tarbiya maqsadiga erishish yo‘llarini izlab topish; 2) ta’lim-tarbiya jarayonida turli ta’sir vositalari orqali yoshlarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalash; 3) ma’naviy-axloqiy tarbiyada shaxsga yo‘naltirilgan metod va vositalar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish; 4) yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganlik darajasini aniqlash maqsadida anketa so‘rovlarini o‘tkazib, natijalarini qayd etib borish; 5) ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, kompetentli ijtimoiy faol mutaxassis tayyorlashga erishish. Yoshlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni, tashabbuskorlikni, faollikni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalarida “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limtarbiya texnologiyalarini hamda hamkorlik ta’limini amalga oshirish muhim sanaladi. Mazkur ta’lim-tarbiya texnologiyalari orqali talaba shaxsini yaratiladi. ijtimoiylashtirishga erishish imkoniyati Demak, yoshlarda aynan ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun lozim bo‘lgan ma’naviyaxloqiy kategoriyalar, normalar, qadriyatlar tizimi haqida bilim hosil qilish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalarining takomillashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanida ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara, muammoli ta’lim)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Ta’lim muassasalarida talaba44 yoshlarning ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy sifatlarining rivojlanganligini baholash namunali, yaxshi, qoniqarli mezonlari orqali aniqlab boriladi, past ko‘rsatkich aniqlansa, korreksiyalash ishlari amalga oshiriladi, buning uchun talaba bilan individual-psixologik ishlar olib boriladi hamda natijaga erishish uchun harakat qilinadi. Bu esa, o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modelini yaratishga imkon beradi. Bunday zamonaviy ta’lim modeli talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda, ma’naviy-axloqiy kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’limtarbiya jarayonini amalga oshirishda muhim hisoblanadi. Chunki talabayoshlarda zarur kompetensiyalarni shakllantirish uchun, avvalo, pedagogning o‘zida kompetentlilik rivojlangan bo‘lishi lozim. 45 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mirziyoev SH.M. Yangi O‘zbekiston - taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2022. - B.440. 2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.-T., „O‘zbekiston"-2007y, 295-297-b. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz (1-jild). – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt Sh.M.Mirziyoyev. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz ”–T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -488-b. Sh.M.Mirziyoyev. “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -592 b. 3. Boysunov J. O‘zbekistonda yoshlar ma’naviy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. - Buxoro, 2023. - B.49. 4. Yoqubov S. Axborot jamiyati: xayolot emas, haqiqat. Tafakkur-2007, 4-son 5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. Ma’naviyat, 20008, 138-140-bet 6. Zokirov B. G‘arb tamadduni: inqiroz alomatlari. Tafakkur-2007, 2-son 7. Dalkonov E.T. Vatanparvarlik shakllanishi va amal qilishning bog‘liqlik qonuniyatlari (ijtimoiy falsafiy tahlil). Falsafa fanlari nomzodi...dissert. Avtoreferati.-T., 2011. 12-bet. 8. Solieva Lobar Rasulovna (2023). Features of the use of innovative educational technologies in improving the modern education system of Uzbekistan. World Bulletin of Social Sciences. - pp.144-147. 46 9. Kandov Bahodir Mirzayevich (2022). The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person. Central asian journal of theoretical & applied sciences. - P.515-521. 10. Kandov Bahodir Mirzayevich. (2022). The role of ideological education in the prevention of spiritual threats. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA). Vol. 3No.06, June 2022. - P. 27-30. 11. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2022). Family is the Most Important Social Factor of Ideological Education. Miasto Przyszlosci. Special Issue. -pp.66-69. 12. Kandov Bahodir Mirzaevich, Kuyliyev Tulkin (2022). Socio-Philosophical Issues of Introducing the National Idea into the Minds of the Youth of New Uzbekistan in the Context of Globalization // TELEMATIQUE. Volume 21 Issue 1, - P. 68476853. 13. Ikramov Ravshan Aktamovich, Kandov Bahodir Mirzayevich. (2022). The role of the media in the formation of legal culture. European Journal of Humanities and Educational Advancements. Vol.3.No.6. (2022). - pp.24-26. 14. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2022). The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. -pp. 515-521. 15. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2023). The essence of universal human values and their influence on changes in the spiritual life of youth. Open Access Repository. - pp.796-803. 16. Tuganova Luiza Djurayevna (2022). Reforms to protect the rights and interests of women in the renewed Uzbekistan is a priority direction of state policy. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - pp. 1014-1021 17. Туганова Луиза (2022). Конституция ва тенглилик принципи жамият нигохида. Academic research in educational sciences. -pp. 630-636. 47 18. Авазбек Йулдошев (2023). Значение Кластерного Подхода В Образовании. Miasto Przyszlosci. Vol.31. -pp.48-50. 19. Qandov Bahodir. (2022) Avestoda axloq va inson huquqlari muammolari // International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education. -p. 330-334. 20. Kandov Bakhodir Mirzaevich. (2022) Forms and Features of the Manifestation of Spiritual Threats / Miasto Przyszlosci. -pp. 75-79. 21. Solieva Lobar Rasulovna (2023). THE ESSENCE AND CONTENT OF THE CONCEPT OF VALUE AND ITS ROLE IN THE SOCIAL LIFE OF SOCIETY. Web of scientis: international Scientific research journal. Vol.4, Iss. 3. - pp.824-831. 24. Xasanboeva O. va boshqalar. “Oila pedagogikasi”. –T.: Aloqachi,2007. 25. Musurmonova O. “O‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirish”– T.: Fan, 1993. 5. Karimova O. “Oila huquqi asoslari” –t.: 2003. 6. Hasanboeva O. «Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi» T.«O‘qituvchi» 1993 y. 1. Ibragimova 26.G., To‘raqulov X.A., Alibekova R. "Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fani bo‘yicha yordamchi uslubiy qo‘llanma. - Toshkent: Cho‘lpon, 2003. 27. Pedagogika //A.K.Munavvarovning umumiy tahriri ostida. - Toshkent, O‘qituvchi, 28. Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. - Toshkent, Universitet, 1998 29. O‘G‘Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI 48 AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14. 30. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737 31. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili. Academic Research in Educational Sciences, 2, 451455. 32. Hasanboyev J., To‘raqulov X.A., Ravshanov O.A., Kushvaktov N.H. Milliy pedagogikamiz tarixiy ildizlari va barkamol avlod tarbiyasi. - Jizzax: 2007 34.taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 48 b. 35. Farsaxonova D.R. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviyaxloqiy tarbiyalash metodikasi // Ta’lim, fan va innovatsiya. 2019, №1.– B.77-81. 36. Azarov Yu.P. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.–Toshkent:O‘qituvchi,1991.–67 b. 37. Quronov M. Milliy tarbiya. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. – 240 b. 49