MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………3 I BOB: Unsurulmaoliy Kaykovus va uning “Qobusnoma” asari...7 1.1.Kaykovus yashab ijod etgan tarixiy davrda ilm-fan, madaniy hayot…………………………………………………………………..7 1.2. Kaykovusning “Qobusnoma”asarining yaratilish tarixi…………11 II BOB: Kaykavusning "Qobusnoma" asari va uning tarbiyaviy ahamiyati……………………………………….14 2.1. Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari…………14 2.2. Javonmardlik tarbiyasi…………………………………………….17 III BOB: "Qobusnoma" asaridagi pedagogik-psixologik g’oyalar, ularning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati……………………………….21 3.1. “Qobusnoma”da bolalarga kasb-hunar, xulq-odob o’rgatish masalalari………………………………………………………….…..21 3.2. “Qobusnoma”ning pedagogik-psixologik g’oyalaridan ta’limtarbiyaviy ishlarda foydalanish………………………………………..31 Xulosa…………………………………………………………………35 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………37 2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O`qituvchiga qo`yiladigan talablar: a) talabalarni jalb etish; b) didaktik maqsadni tushuntirish; v) faollashtiradigan bilim va ko`nikmalarni Rag`batlantirish; g) Aniq reaktsiya paydo qiluvchi o`quv materiallariga yo`naltirish; d) talabalar reaktsiyasini rag`batlantirish, e) talabalar harakatini baholash. Dars jarayonida har ikkala tomondan (o`qituvchi va talaba) quyidagilarga alohida e'tibor beriladi: Kerakli bilimlarni yetkazish va o`zlashtirish, reproduktiv darajadagi ko`nikmalarni shakllantirish- qabul qilish, faoliyatni yaxlitligicha va qismlarga bo`lib ko`rsatish, ko`nikmalarni soddalashtirgan sharoitda berisho`zlashtirish, uzluksiz qaytuvchan aloqa va ijodiy mustahkamlashga asoslangan mustaqil ishni tashkil etish, izlanuvchan yaratuvchanlik fazasiga o`tish, muammoli vaziyatlar yaratish, imitatsion modellash, talabalarning o`z faoliyatini o`zlari tahlil qilishi. Ta'lim standarti va dasturiga asosan mavzu mazmunini ochishda quyidgilarga alohida e'tibor beriladi: Ming yillarga yaqin davrdan beri xalqni, yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo`llanma bo`lib kelayotgan “Qobusnoma” asarining muallifi Unsurul oliy Kaykovus gilon qabilasidan bo`lgan. Kaykovusning o`zi ta'kidlaganidek, butun bir asar oxirigi bobida ta'rif berilgan javonmardlik tarbiyasiga bag`ishlangan. Kaykovus “... barcha fikr va tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm,har hunar va har peshakim bilur edim,hammasini qirq to`rt bobda bayon edim.” 1-deyish bilan har bir yoshning aqliy,ahloqiy tarbiya olishligi to’g’risida bayon qiladi.Qobusnoma Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, 1 Кайковус. Кобуснома. 159-бет. 3 fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va „Nasihatnomai Kaykovus“ deb atalgan. „Qobusnoma“ shu asarning oʻzbekcha tarjimasidir muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan. „Qobusnoma“ asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi. Odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik. Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa „jon“ bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni „sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim“, deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, sheʼr va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi. „Qobusnoma“ rus va Gʻarb sharqshunoslarining, Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri oʻziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uygʻur (178687), nemis (1811), oʻzbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida, yana bir qoʻlyozma nusxasi Sankt-Peterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida 4 saqlanadi. „Qobusnoma“ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi oʻzbek tiliga oʻgirilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan. „Qobusnoma“ SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda. Lekin asarning „Qobusnoma“ deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi. Kitob Eronda sakkiz marta nashr etiladi. Bularning eng mukammali mashhur oli Rizo Qulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891 yillarda chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombeyda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi.Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko’plab SHarq va G’arb tillariga o’girilib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705 yilda Hasan posha Nazmizoda Murtoza tomonidan, 1881 yilda Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860 yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, G’arb tillaridan — nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilinib, chop etildi.Endi bir-ikki og’iz so’z SHamsul-maoliy Qobus haqida. SHamsul-maoliy Qobus o’z davrining fozil kishilaridan bo’lgan. U keng bilim egasi bo’lish bilan birga she’rlar ham yozgan. Hukmdorligi davrida o’z saroyida zamonasining peshqadam olimlari va shoirlarini yig’ib, poytaxti Jurjonni yirik madaniy markazga aylantirgan. Tarixiy manbalarda Qobusning arab tilida yozgan, uchta kitobdan iborat mashhur «Nomalar»i bo’lganligi qayd etiladi. Bular «Kamol al-balag’a» («Suxandonlik kamoloti»), maqol va hikmatlar to’g’risidagi «Al-forida fi-l amsal va-l adab» («Nodir nomalar»), «Risola fi-l iftixor va-l itob» («Tanbeh va maqtov nomalari»)dir.»Qobusnoma» murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati hokim sinf axloqini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasbhunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtai nazardan qoralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlandi.Ammo «Qobusnoma» asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu 5 asar mashhur hind asari «Kalila va Dimna», izom ul-Mulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», Sa’diyning «Guliston», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy», Davoniyning «Axloqi Jaloliy» kabi axloqiyta’limiy asarlari bilan bir qatorda SHarq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi. Unda SHarq pandnomalaridagi an’anaga binoan va X asrda paydo bo’lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalanadi.Muallif juvonmardlik haqida eng oxirgi bobda so’z yuritadi. U odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik va yana biri juvonmardlikdir. Juvonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so’zning ustidan chiqish, ya’ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, xayr ishini ilgari tutish2.Insondagi boshqa barcha xislatlar shu uch narsaga bog’liq, deydi Kaykovus. Juvonmardlik (yoki iyorlik)ning ustunlarini (ruknlari) quyidagilarda deb ko’rsatadi: jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo’lmoq; asirlarga ziyon yetkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, yomonlarning yomonlig’ini yaxshilardan yiroq tutish, rostgo’ylik, yaxshiga yomonlik qilmaslik, ziyon-zahmatdan saqlash, odamlarga ziyon-zahmat yetkazmaslik. Juvonmard sipohiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishi, kamtarlik va mehmondo’stlik, sahiylik, to’g’rilik, haqshunoslik, pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi. Kurs ishining maqsadi: Kaykovusning “Qobusnoma” asarining yaratilishi,asarda ilgari surilgan ta'limiy ahloqiy masalalar,barkamol inson tarbiyasida qo`llaniladigan metod va usullar haqida tushuncha berish. Kurs ishidagi asosiy tushunchalar: ”Pandnoma”, ”ta'limiy-axloqiy asar”, ”pandnomai muluk”, adolat, davlat, aql ramzi, javonmardlik. 2 Кайковус. Кобуснома. Нашрга тайёрловчи С.Долимов. Тошкент, Ўқитувчи, 1986. 153-бет. (Бошқа мисоллар ҳам шу нашрдан олинди.) 6 Kurs ishining umumiy metodlari: og`zaki bayon qilish, ko`rgazmalilik, interfaol metodlar, nazorat va o`z-o`zini nazorat. 7 I-Bob. Unsurulmaoliy Kaykovus va uning “Qobusnoma” asari. 1.1. Kaykovus yashab ijod etgan tarixiy davrda ilm-fan, madaniy hayot. Markaziy Osiyo xalqlari uzoq tarixga ega. Eramizdan avvalgi bir minginchi yillarda Amudaryoning quyi qismi, Zarafshon vodiysi, Murgob daryosi, Farg’ona vodiysida boshlang’ich madaniyat markazlari vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi IV-V asrlarda bu o’lkalar Eron davlati tarkibiga qo’shib olindi. Zardushtiylik dini shakllandi. Eramizdan avvalgi IV asrlarga kelib O’rta Osiyo Aleksandr Makedonskiy boshliq yunonlar tomonidan bosib olindi. IV asrlardan boshlab zardushtiylik dini Markaziy Osiyo hududida vujudga kelib keng yoyila boshladi. U faqat din bo’lib qolmasdan, o’z davri ma’naviyatining muhim yo’nalishini tashkil etdi. Madaniyati, urf-odati, ahloqi, ta’lim-tarbiyasi kabi masalalarni aks ettirdi. VI-VII asrlarda Markaziy Osiyoning shimoliy tomonida Turk xoqonligi vujudga kelib, Erondagi Somoniylar bilan uzoq vaqt kurash olib bordi. Uning ta’siri Markaziy Osiyo xalqlarida kuchaya bordi, o’lkada qadimgi turk tili keng yoyildi. Bu davrdagi ma’naviyat, axloq, ma’rifat, ta-lim-tarbiya haqidagi fikrlar “Go’ro’g’li”, “Alpomish” dostonlarida o’z aksini topdi. VII asrlarda Arabistonda shakllangan islom dini VIII asrga kelib Markaziy Osiyoda keng tarqatildi. Markaziy Osiyo arablar tomonidan bosib olindi. Islom dinining asoschisi (570-633) Muhammad payg’ambar bo’lib, uning ta’limoti uqaddas kitob “Qur’on” da o’z ifodasini topdi. “Qur’on” da ahloq odob iymon, insonni ulug’lash, jamiyatga hizmat qilish, oilani mustahkamlash, ota-onaga hurmat kabi masalalar ravshan aks etdi. Ismoil AlBuxoriy, Imom al-Xajjoj, Muhammad at-Termiziy, Imom Dovud Sulaymon, Axmad ibm Shu’ayb to’plagan hadislar ham ta’lim-tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. VIII asrning oxiri IX asr boshlarida arab halifaligining markazi Bag’dodda ilm-fan rivojlandi. Ilmiy markaz akademiya tashkil etilib, barcha musulmon o’lkalar jumladan, Markaziy Osiyoda ham olim, fozillarni to’pladi. Muso Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Javxariy kabi olimlar katta faoliyat ko’rsatdi. IX asr oxiriga kelib Markaziy Osiyoda Samoniylar hukmronligi shakllandi. Keyin 8 Toxiriylar, Xorazmshohlar, G’aznaviylar davlati faollik ko’rsatdi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch kabi shaharlar o’z davrining madaniyat markazlari sifatida shuhrat qozondi. Markaziy Osiy feodal davlatlari, boshqa musulmon davlatlar bilan yaqindan aloqada bo’ldi. Yerli olimlar boshqa o’lkalarga borib ilm olish, muloqat qilish imkoniyatlariga ega bo’ldi. Islom va uning huquqshunoslik sohalari rivojlandi. IX-XII asrlar davomida Markaziy Osiyo jahonga Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg’iloniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariy kabi ulkan olimlarni taqdim etdi. Bu davrda yashagan mutafakkir olim, shoirlarning asarlarida ta’lim-tarbiya va axloq-odobga oid pedagogik fikrlar, insonparvarlik, bilimga e’tiqod, xalq manfaatini himoya qilish, ma’naviyatini ulug’lash, komil inson va yetuk jamoaga erishish kabi masalalar yoritildi. Bag’doddagi Bayt ul xikma Akademiyaning nufuzli rahbarlardan Muso alXorazmiy “Al Jabr va Al-muqobola”, “Astronomiya jadvali”, “Musiqa haqida risola” asarlari bilan mashhur bo’ldi. Imom Buxoriyning “Saxix al Buxoriy” asari, Farobiyning “Aql haqidagi risola ”, “Logikaga kirish”, “Fozil shahar aholisining fikrlari”, Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Kitob at-tib”, “Donishnoma” asarlari va boshqalar Markaziy Osiyo nomini jahonga mashhur qildi. Markaziy Osiyo adabiyot sohasida ham dunyo madaniyatida o’chmas iz qoldirgan nomlar Rudakiy Dakikiy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib kabilar bilan mashhur bo’ldi. Bu davr badiiy adabiyotida shoirlar fors, turk va arab tillarida ijod etdi. Ular o’z asarlari bilan adabiyot tarixida, turk adabiyotining so’nggi rivojida o’chmas iz qoldirgan. Shu davrda yashab ijod etgan Unsurulmaoliy Kaykovus Ibn Iskandar 412 xijriy yilda milodiy 1021-22 Kasbiy dengizining janubiy qirg’og’ida Gilod qabilasiga mansub bo’lgan mayda feodal oilasida tug’iladi. Uning bobosi G’arbiy Eron podshohi Shamsulmaoliy Kobus o’z zamonidagi feodal tabaqa uchun zarur bo’lgan hamma ilmlarni o’rgandi. Ayniqsa, u adabiyot va shoir edi. Fors, arab tilida she’rlar yozardi, hamma klassik arab tilida tuzilgan “Normalar” asarining muallifi bo’ldi. U o’z atrofida mashhur ilm, adabiyot, san’at ahllarini to’pladi va Jurjonni yirik adabiy markazga aylantirdi. Mashhur o’zbek olimi A. Beruniy Raydan qaytib kelib, Qobus huzurida Jurjonda 9 yashadi va Qobusning hurmatiga sazovor bo’ldi, ilmiy asarlar yaratdi. / Qobusnoma 86 y. 6 bet / Qobusning hurmatiga nabirasi Kaykovus ham zamonasini ancha ma’lumotli, ziyolisi edi. U musiqa va tibbiyot ilmiga g’oyat ishtiyoq bilan qaradi. Toxiriylar zamonida yaratilgan pedagogik asarlarni o’qib chiqdi. Madaniy shaharlar, mamlakatlarda bo’ldi. Buxoro, Samarqand, Xorazm o’lkasiga boradi, olimlar bilan suhbatlashib asarlarni o’rganadi, tanishib chiqadi. Hosir Xisravning ta’lim-tarbiyaga oid “Saodatnoma”, “Rushnomalar” asari diqqatini tortadi. / Qobusnoma 86 y. 6 bet /. Kaykovus yashab o’tgan davr X-XI asrlarga to’g’ri keladi. Bu davrda o’zbek elati Eron tillari gruppasidagi tilda so’zlovchi kichik to’da bo’lib emas, Mavorounnaxrning asosiy aholilaridan biri edi. / O’zbek adabiyoti tarizi H. Mallayev 65 y. 88 bet/. Bu davrlarda o’zbeklar “Turklar” o’zbek tili esa turk tili deb yuritdilar. Bu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta o’zgarishlar vujudga keldi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etdi. IX-X asr o’rtalarida taraqqiy etgan somoniylar davlati XI asr boshlarida tanazzulga uchraydi. Kaykovusning bobosi Kovus ham Samoniylar dinastiyasi bilan yaqin edi, ularning shon-shavkati yurishlarida ishtirok etardi. Vushmagir o’g’li Shamsulmaoliy Qobus uyg’ur xonlaridan bo’lgan Ilikxonning qo’shini ustidan ikki marta g’alaba qildi. Ammo bu Qobus Samoniylar honadonini tiklay olmaydi. / G. Vamberi. Buxoriy yoxud Mavorounnaxr tarixi 24 y. 145 bet/. Bu vaqt Qobus Sabuk tagining yordami bilan Tabaristonni zabt qiladi va shu o’lkada hukmdor bo’ldi. Jurjonni poytaxtga aylantiradi. Kaykovus o’z sinfining, tabaqasining yirik namoyondasi, o’z davrining niqobisiz feodalligidir. O’z-o’zidan shunday savol tug’iladi-ki, Kaykovus Markaziy Osiyolik olimlar jumlasiga kiradimi? Yo’q, u Markaziy Osiyolik olimlar jumlasiga kirmasada, lekin shu yerda ijod qilgan va Markaziy Osiyo xalqi tomonidan uning ijodi keng miqyosda o’rganiladi. Uning fikrlaridan, ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan o’qitish jarayonida foydalaniladi. Akademik Qori Niyozov o’z asarlaridan birida shunday deydi: “Markaziy Osiyo xalqlari qadim davrdan boshlab, Eron, Hindiston, Xitoy, Sibir, Sharqiy Yevropa, Kavkaz xalqlari bilan iqtisodiy-siyosiy va madaniy tomondan mustahkam aloqada bo’lganlar bunda Markaziy Osiyoda mahalliy xalq va qo’shni xalqning madaniyat 10 sohasidagi muvaffaqiyatlari bir-biri bilan chatishib ketdi va sintezlashtirildi”. Kaykovus bilan bir davrda yashab ijod etgan Markaziy Osiyolik olim, shoirlardan quyidagilarni shoir Muhammad Bustiy, Abdibakr Rubobiy, Abdunasr Lukariy kabi sozanda xofizlar Rudakiy-Dakikiy, Unsuriy, Firdavsiy, Yusuf Xos Hojib kabi shoir yozuvchilarning nomlarini alohida ta’kidlab o’tish mumkin. Kaykovus shular qatorida, umuninsoniy masalalarini o’z ichiga olgan axloqiy-ta’limiy asri “Qobusnoma” ni yaratdi. Xulosa shuki X-XII asrlarda markaziy Osiyo xalqlari madaniy xayotda juda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Makaziy Osiyo xalqlarning ozodlik harakati, natijasida arab xalifaligi hokimiyatning yemirilishi, yirik feodal davlatining vujudga kelishi o’zbek, tojik va boshqa xalqlarning tashkil topish jarayonining kuchayishi, feodal ishlab chiqarish munosabatlarning rivoji, qishloq xo’jaligi shaharlar hayoti turli xalqlar bilan madaniy aloqalarning o’sib borishi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining taraqqiyotiga manba bo’ldi. Ijtimoiy siyosiy hayotdagi ko’p o’xshashliklar, iqtisodiy- madaniy aloqalar deyarli bir xil va umumiy bo’lgan arabiy til va boshqa sabablar bu davrdagi tojik, eron, ozarbayjon xalqlarining badiiy adabiyotini ma’lum darajada mushtarak adabiyotiga aylantirish. Bir-biri bilan adabiy aloqa va hamkorlik zaminida yetishgan yozuvchilar o’z xalqlarining kitobxonlarigagina emas, balki jahon xalqlari kitobxonlariga ham manzur bo’lib, ularning klassik yozuvchilari qatoridan o’rin olgan. 1.2.Kaykovusning “Qobusnoma”asarining yaratilish tarixi Qobusnoma - Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiytaʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur alMaoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va „Nasihatnomai Kaykovus“ deb atalgan. „Q.“ shu asarning oʻzbekcha tarjimasidir. muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan. „Qobusnoma“ asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi 11 Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik. Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa „jon“ bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni „sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim“, deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, sheʼr va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi.„Qobusnoma“ rus va Gʻarb sharqshunoslarining, Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri oʻziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uygʻur (178687), nemis (1811), oʻzbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida, yana bir qoʻlyozma nusxasi SanktPeterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi. „Qobusnoma“ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi oʻzbek tiliga oʻgirilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan «Qobusnoma» SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda.Lekin asarning «Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi.Kitob Eronda sakkiz marta nashr etiladi. Bularning eng mukammali mashhur oli Rizo Qulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891 yillarda chop etilgan nashri hisoblanadi. 12 Asar keyinchalik Bombeyda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi.Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko’plab SHarq va G’arb tillariga o’girilib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705 yilda Hasan posha Nazmizoda Murtoza tomonidan, 1881 yilda Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860 yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, G’arb tillaridan — nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilinib, chop etildi. Endi bir-ikki og’iz so’z SHamsul-maoliy Qobus haqida. SHamsul-maoliy Qobus o’z davrining fozil kishilaridan bo’lgan. U keng bilim egasi bo’lish bilan birga she’rlar ham yozgan. Hukmdorligi davrida o’z saroyida zamonasining peshqadam olimlari va shoirlarini yig’ib, poytaxti Jurjonni yirik madaniy markazga aylantirgan. Tarixiy manbalarda Qobusning arab tilida yozgan, uchta kitobdan iborat mashhur «Nomalar»i bo’lganligi qayd etiladi. Bular «Kamol al-balag’a» («Suxandonlik kamoloti»), maqol va hikmatlar to’g’risidagi «Al-forida fi-l amsal va-l adab» («Nodir nomalar»), «Risola fi-l iftixor va-l itob» («Tanbeh va maqtov nomalari»)dir.»Qobusnoma» murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati hokim sinf axloqini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasbhunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtai nazardan qoralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlandi.Ammo «Qobusnoma» asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur hind asari «Kalila va Dimna», izom ul-Mulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», Sa’diyning «Guliston», Ahmad YUgnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy», Davoniyning «Axloqi Jaloliy» kabi axloqiyta’limiy asarlari bilan bir qatorda SHarq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi. Unda SHarq pandnomalaridagi an’anaga binoan va X asrda paydo bo’lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalanadi.Muallif juvonmardlik haqida eng oxirgi bobda so’z yuritadi. U 13 odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik va yana biri juvonmardlikdir. Juvonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so’zning ustidan chiqish, ya’ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, xayr ishini ilgari tutish1.Insondagi boshqa barcha xislatlar shu uch narsaga bog’liq, deydi Kaykovus. Juvonmardlik (yoki iyorlik)ning ustunlarini (ruknlari) quyidagilarda deb ko’rsatadi: jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo’lmoq; asirlarga ziyon yetkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, yomonlarning yomonlig’ini yaxshilardan yiroq tutish, rostgo’ylik, yaxshiga yomonlik qilmaslik, ziyon-zahmatdan saqlash, odamlarga ziyon-zahmat yetkazmaslik. Juvonmard sipohiylar esa sabr bardosh bilan ish tutishi, kamtarlik va mehmondo’stlik, sahiylik, to’g’rilik, haqshunoslik, pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi. 14 II BOB: Kaykavusning "Qobusnoma" asari va uning tarbiyaviy ahamiyati 2.1. Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratdi. Kitobni u o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi. «Qobusnoma» SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda. Lekin asarning «Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi. Kitob Eronda sakkiz marta nashr etiladi. Bularning eng mukammali mashhur oli Rizo Qulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891 yillarda chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombeyda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi. Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko’plab SHarq va G’arb tillariga o’girilib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705 yilda Hasan posha Nazmizoda Murtoza tomonidan, 1881 yilda Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860 yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, G’arb tillaridan — nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilinib, chop etildi. Endi bir-ikki og’iz so’z SHamsul-maoliy Qobus haqida. SHamsul-maoliy Qobus o’z davrining fozil kishilaridan bo’lgan. U keng bilim egasi bo’lish bilan birga she’rlar ham yozgan. Hukmdorligi davrida o’z saroyida zamonasining peshqadam olimlari va shoirlarini yig’ib, poytaxti Jurjonni yirik madaniy markazga aylantirgan. Tarixiy manbalarda Qobusning arab tilida yozgan, uchta kitobdan iborat mashhur «Nomalar»i bo’lganligi qayd etiladi. Bular «Kamol al-balag’a» («Suxandonlik kamoloti»), maqol va hikmatlar to’g’risidagi «Al-forida fi-l amsal va-l adab» («Nodir nomalar»), «Risola fi-l iftixor va-l itob» («Tanbeh va maqtov nomalari»)dir. 15 «Qobusnoma» murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati hokim sinf axloqini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-hunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtai nazardan qoralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlandi. Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asr ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda «... barcha fikr va tushunchalarimning sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim»3, deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga yetkazish yo’llari va usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazarda tutilgan: Kaykovus bilim olish haqida. Hunar va turli kasb egalari haqida. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida. Jismoniy yetuklik haqida. CHunki har bir juvonmard uchun tan, jon, havos va maoniy, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan. Kaykovus ilmni uchga bo’ladi: biror kasb-hunarga bog’liq bo’lgan ilm; ilm bilan bog’liq kasb-hunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat. Birinchisiga, ya’ni biror kasb bilan bog’liq ilmlarga tabiblik, munajjimlik, muhandislik, yer o’lchash, shoirlik va boshqalar kiritiladi. Ilmga taalluqli kasblar musiqa asboblari ustasi, hayvonlarni davolovchi, binokorlik va boshqalar bo’lib, har qanday usta bo’lsa ham bu boradagi ilmni bilmasa, hech ish qila olmasligi ta’kidlanadi. 3 Кайковус. Кобуснома. 159-бет. 16 2.2. Javonmardlik tarbiyasi Kaykovusning o‘zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to‘rt bobda bayon etdim»,4 deyish bilan har bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’langan holda kamolga yetkazish yo‘llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko‘zda tutilgan: 1. Bilim olish haqida. 2. Hunar va turli kasb egalari haqida. 3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida. 4. Jismoniy yetuklik haqida. Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo‘lish zarur bo‘lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to‘rt yo‘nalishda zikr etilgan. Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik: yolg’onchi kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bo‘lmaslik; g’ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda o‘tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo‘qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muhtoj bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida har bir daqiqada bunday hatti harakatlarga duch keladi. Movarounnahr mo‘g’ul urug’lari 4 Кайковус. +обуснома. 159-бет. 17 va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz bergan katta o‘zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo‘jalik va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar mo‘g’ullarning etnik xususiyatlarini ham o‘zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan jiddiy o‘zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo‘ldi. XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda xo‘jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo‘g’ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi. Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar etarli darajada etib kelmagan bo‘lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va «Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko‘radi. So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. So‘fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo‘llarida to‘rt bosqichni o‘tishi kerak, deydi. Birinchi bosqich – shariat. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini, taqvolarini aynan, izchil bajarish, chunki shariat qonun bo‘lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi. Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o‘ylash, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to‘g’risida o‘ylash, ya’ni tariqat – fano, o‘zdan kechish, ko‘ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi yo‘l, faoliyat shakli. Uchinchi bosqich – ma’rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi – xudo ekanini, o‘zining mohiyati xudo mohiyati bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda odam uchun barcha kibr-u havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo‘lib ko‘rinadi, shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo‘ladi. To‘rtinchi bosqich – haqiqat. Bunda so‘fiy xudoning dargohiga erishadi, vasliga vosil bo‘ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson foniy, ya’ni «analhaq» bo‘la oladi. Kaykovus javonmardlik tarbiyasi haqida asarning eng oxirgi bob qirq to’rtinchi bobda so’z yuritadi. U odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik 18 va yana biri javonmardlikdir. Javonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so’zning ustidan chiqish, ya’ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, insonparvarlik, xayr ishini ilgari tutish1 . Ey farzand, u agar sen juvonmardlardek harakat qilmoq tilasang, dastlab juvondmardlik nima ekanligin va uning qandog’ paydo bo’lurin aniq bilgil. Bilgilki, odam uch xil sifatga egadur. Barcha shaxs u xoh dono, xoh nodon bo’lsin, shu uch narsa bila xushnuddur. Bu uch narsaning biri akl, biri rostlik va biri javonmardlikdir. Xalqnnig da’vosiga haqiqat ila qarasang, hech kishi aql rostlik va javonmardlik bila yolgon da’vo qilmagusidur. Nedinkim bu uch sifatga ega bo’lmagon hech kishi yo’kdur.Ammo odatning tundligi (shiddatligi, gazabi) va xiraligi (dahshatli qorongu) xalqning asli yo’lini bog’lab qo’yadi. Nedinkim, javonmardlik, dinoshlik, kamolot sharif – bularning hammasi aqlning sarmoyasidur va oliy aql tashabusi bila badanda paydo bo’ldilar. Har bir odamning nafasi bila aqli orasida jahl xiralik pardasi bo’lsa, aqldin jonga fikr, tadbir, javonmardlik va rostlik etishmas. Demak, haqiqatan, aqlli, hamiyatsiz bo’lmag’usidir. Dunyoda mardumlik, ya’ni javonmardlik da’vosini qilmag’on hech odam yo’kdur, lekin , ey farzand, sen jahl qilib o’zgalardek bo’lmag’il va be’mani davo qilmag’il, Fayzi Oliyni o’rganmok va idrok qilmoq zikrinda ruhoniy yo’lni ta’lim va tafxim (anglatish) bila ochiq tutgil, toki sendin ma’no da’vo qilmagaylar. Javonmardlik asli uch narsadur: biri ulkim, aytg’on so’zingni o’zing qilsang, ikkinchisi ulkim, rostlikka xilof qilmasang, uchinchisi ulki, xayr ishnini ilgari tutsang. Odamdagi qolgan barcha sifatlar bu uch narsaning ostidadir. Insondagi boshqa barcha xislatlar shu uch narsaga bog’liq, deydi Kaykovus. Javonmardlik (yoki iyorlik)ning ustunlarini (ruknlari) quyidagilarda deb ko’rsatadi: jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo’lmoq; asirlarga ziyon etkazmaslik, bechora kishilarga madad berib yomonlarning yomonlig’ini yaxshilardan yiroq tutish, rostgo’ylik, insonparvarlik , yaxshiga yomonlik qilmaslik, ziyon-zahmatdan saqlash, odamlarga ziyon-zahmat etkazmaslik. Javonmard sipohiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishi, kamtarlik va mehmondo’stlik, sahiylik, to’g’rilik, haqshunoslik, pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi. 19 Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda “... barcha fikr va tushunchalarimning sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq turt bobda bayon etdim” ,5 deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga etkazish yullari va usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yunalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazarda tutilgan 5 Кайковус. Кобуснома. 159-бет. 20 III BOB: "Qobusnoma" asaridagi pedagogik-psixologik g’oyalar, ularning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati 3.1. “Qobusnoma”da bolalarga kasb-hunar, xulq-odob o’rgatish masalalari Mehnatsevarlik insonning butun hayoti va faoliyatida amalgam oshadigan jarayondir. Xalol mehnat kishi hayotining mazmunini tashkil etadi. Xalol mahnat bilan tirikchilik qilish va yashahs inson hayotining oily bezagidir. Shu bois donolar “Mehnat kishilik jamiyatining eng zarur shartidir” deb bejiz aytmaganlar. Buyuk alloma Baxouddin Naqshbandiyning “Dil ba yoru-dast ba kor” nomli mashxur hikmati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Zoti Oliyning o’zlari bunga qattiq amal qilib kelganlar. U kishi talabalarni madrasaga qabul qilish paytida biror kasbing bormi? Deb so’rar ekanlar. Hunarsiz odam o’qishga qabul qilinmagan. Buning sababini Naqshband shunday izohlagan: “Agar kishining hunari bo’lsa, u bilimini haqiqatga bag’ishlaydi, o’z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bilimni kun kechirishga sarflaydi, halol mehnatni unitadi”, deydi. Qadimdan ota-onalarimiz bola tarbiyasida mehnatga o’rgatishga, kasb-hunarga qiziqtirishda alohida e’tibor berganlar. Farzandlarini layoqati, qobiliyatiga qarab tarbiyalaganlar. Shu o’rinda har bir ota-ona farzandning qaysi kesb egasi bo’lishiga jiddiy e’tibor berish. “Inson kasb-kori uning husni” deyishadi. Dehqonchilik, bog’dorchilik, tikuvchilik, naqqashlik, ganch-o’ymakorlik, duradgorlik, zardo’zlik kabi kasblar bir necha asrlardan buyon xalqimiz mehnat faoliyatidan keng o’rin olgan. “Kasb muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Unga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo’li bilan erishiladi. Kaykovus o’z tabaqasi farzandlarining mehnatiga qobiliyatsiz ekanligini, mehnatsiz na ilm, na ma’rifatga erishishi mumkinligini o’Zining hayotiy tajribasi orqali tushundi va o’g’li Gilonshoxni mehnat qilishiga, hunar o’rgatishga chaqirdi. Kaykovus yoshlarda xar-xil kasb egasi bo’lishini, xilma-xil hunar egallashni tavsiya qiladi, ya’ni u xalqqa hunar va kasbni harbiy kishiga harbiy ilmlarni so’vga suzishni, ot minishni, chavgon urishni, kamon tanlashni o’rganishni tavsiya qiladi. “Hunarni 21 o’z vaqtida o’rgansak, agar bir soatni bekor o’tkazmasang, agar dono kishi hozir bo’lmasa, hunarni nodondin o’rgangil, har vaqtda ko’ngil ko’zi va aql nazari bilan nodonga boqsang, uning nopisandidan ishlarin ko’rib undan parxez qilursan”. Kaykovus o’zining yaxshi fazilatlar va hunar sababli bolang qadr va martabasi borligini bilib, yanada avvalgi kishini haqiqiy hunarmand deb biladi. U jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi: “Agar kishi har qancha oily nasab va asl bo’lsayu ammo hunari bo’lmasa, u haloyiqning izzat - hurmatidan noumid bo’lur. Ulug’lik aql va bilim bo’ladur, nasl bilan emas: otni senga ota-onang qo’ymishlar sen unga garra bo’lmagil, ammo sen humar bilan bir nomga ega bo’lgil ” deydi u. Shuning uchun asarda turli kasb egalari ulug’lanadi. Kaykovus kasb-hunar o’rganishni bilim olish bilan qo’shib olib borishni tavsiya qiladi. Fanni amaliyot bilan o’zviy aloqada deb qaraydi. Kaykovusning bu qarashlari o’sha davrning ilg’or qarashlaridan sanaladi. Asarda munajjimlik, yer o’lchash, musiqa tibbiyot sohasidagi kasb egalarining faoliyati ilmiy nuqtai nazardanyoritiladi. Ayniqsa tibbiyot ilmga oid qarashlari bo’lganligidan dalolat beradi. Uning turli kasb- hunar vakillari haqidagi fikrlari amaliyotga tadbiq etishga o’ta muhimligi bilan diqqatga sazovar. Masalan: “dabirlik va kotiblik zikrida” nomli 39- bobda. “Ey farzand, agar dabir) ish yurituvchi ) va kotib bo’lsang, yozma nutqni yaxshi egallagin, xatni yaxshi bilgil va ko’p yozmoqni odat qilgil, toki yaxshiroq moxir bo’lgaysan”, deydi. U ham yozishda ( nasriy kofiya ) rioya etish har bir so’zni yoqimli, tushunarli qisqa yozish, zukko va sezgir bo’lishni takidlaydi. Xatni istioralar, ibratli fikrlar bilan boyitgil deb maslahat beradi. U kotiblikning shartlari haqida gapirib, har doim podshoh ( rahbar, boshliq ) huzurida hozir bo’lishi har bir qilinadigan ishni yaxshi anglab olish, kerakligini aytadi. Har bir ishni tekshirib, kuzatib turish, biror ishni yoddan chiqarmaslik, xabarsiz qolmaslikni o’qtiradi. Har daqiqa ish bilan mashg’ul bo’lish, barcha hisob kitob ishlarini vaqtida bajarish kotibning vazifasi deb biladi u. “Podshohning sirini aytmagil va har bir ishdan podshohni ogoh qilgil” – deydi. Xattotlikning ulug’ hunar ekanligini o’qtirib, lekin bu hunarda hech qachon soxtalik, pastkashlik qilmaslikni, 22 sir saqlay bilishni, yolg’on xabar yetkazmaslikni maslahat beradi. Unig kasb hunarga oid “Dehqonchilik va bozor peshalari bayoni ” zikrida nomli 43 bobi ham diqqatga sazovor. U avvalo dehqonchilik ilmini egallash mazkur ishda yerni tarbiya qilish, tezkor va g’ayratli bo’lishni ta’kidlaydi. Boshqa hunarlar kabi bunda ham rostgo’y bo’lish, baxillikdan qochish kabi xislatlarga ega bo’lishga undaydi. Ayniqsa uning bozor bilan bog’liq kasb-hunar kishilarga bergan o’gitlari qiziqarli. Masalan: “Bozor xalqi bila bozori bo’lgil. Toli va tarozini rost qilgil. O’z aqchang haqida ikki dil va ikki hamyon bo’lmagil. Sheriklaringga hiyonat qilmagil, har peshakim qilsang unga hiyla qilmagil va hamisha hamma ishingni birdek qilgil. Agar moldor bo’lsang, muhtojga qarz bermoqni g’animat bilgil” – deb to’g’ri ta’kidlaydi. Bu pandlar ham hukmdorga, ham oddiy fuqaroga barobar zarur hisoblanadi. Bu bilan u yoshlarda mehnatsevarlikni, mehnatkash insonga hurmat tuyg’usini tarbiyalaydi. Jismoniy mehnat bilan ham aqliy mehnat kabilar bilan shug’ullanish lozimligini bayon etadi. Kaykovus “Vazirlikning shart va rasmlari zikrida” nomli 40 bobda vazirlarning ishi, faoliyati, ular amal qilishi kerak bo’lgan axloq- odob, hulq – atvor qoidalari haqida gapirib o’tadi. “Ey fazand agar vazirlik mansabiga yetsang, turli hisobot yo’llarini, muomila tarkibini yaxshi o’rganib olgin, podshohga (davlat boshlig’i) hamma vaqt to’g’ri yo’llarni bayon qilgil, insoflik bo’lgil” deb o’qtiradi. U vazifasidan foydalanib, barcha molni uyiga tashimaslikni, arzimas narsalarga nazar solmaslikni, mol yig’ishni hohlasa vayron mamlakatlarni obod qilib daromad topishini aytadi. “Bilgilki, jahonni lashkar bila, lashkarni zar bila, zarni obodonlik bila, obodonlikni aql- insof bila qo’lga kirgussa bo’lur. Demak, aql – insofdan g’ofil bo’lmagil” – deydi. Yolg’on farmon chiqarmaslikni, o’z so’zini ulug’ tutushni, o’z farmoniga xilof ish qilmaslikni ta’kidlaydi. “Sipoxsoralik shartlari va odatlari zakrida” nomli 41- bobda “Ey farzand, agar sipoxsolar bo’lsang, lashkaringga exson ko’rgazgil ham o’z tarafingdan ham podshoh tomonidan ularga yaxshilik rasmini tutgil. Hamisha haybatlik bo’lgil va urush qilmoq tarikan bilgil” – deb bayon etadi. U o’z fikrini urushda bir qadam ham orqaga chekinmaslikni, doim olg’a bosish, oldinga harakat qilish kerak deb biladi. 23 Qo’shin boshlig’i har doim lashkarga xush so’z, xush muomilada bo’lishni suv, nonni birgalikda baham ko’rishni maslahat beradi. Kaykovus 42- bobda podshohlik (davlat boshlig’i) haqida gapirar ekan “ey farzand, agar podshoh bo’lsang, porso (xudojo’y, yomon ishlardan saqlanuvchi) bo’lgil va ko’zingni qo’lingni haloyiqning ayol va atrofidan (xotin bolachaqalari) yiroq tutgil. Pok va imonli bo’lgilki, bu poklikdur”, deydi. Davlat va o’zining shaxsiy ishlarini ham aql yuzasidan bamaslahat o’ylab sabr – toqat bilan, natija va oqibatini ko’z oldiga keltirib amalgam oshirishni aytadi. Hamisha rostgo’y kam gapiruvchi bo’lishni talab qiladi. “Hamisha lutf va qaramni odat qilgil, lekin siyosatlik bo’lgil”deb o’qtiradi. Uning fikricha, kimgaki ish buyursa ya’ni vazifa tayinlovchi shu vazifaga munosib kishini tayinlashi kerak. Agar ish bilmagan kishiga rahbarlik qilishni topshirsa, u ish bilmasligidan o’z manfaatini o’ylash harahatiga tushadi. Podshohdagi olti hislatni u alohida ta’kidlaydi haybat, adil, saxovat, muxofazat, muloyimlik, rostgo’ylik podshoh bo’lsang bu ishlarga ehtiyot bo’lgil va olam podshoxlarning holidan shundog’ xabardor bo’lib turgilki ularning nafas olganlaridan ham xatto g’ofil bo’lmagil undan so’ng o’z viloyating va lashkar holidin ham ogoh bo’lgil deb tushuntiradi. Kaykovus o’z asarida hayotiy va amaliy masalalarni keng ochib beradi. Uning kundalik turmushdagi xulq- odob qoidalariga oid fikrlari asarning “Mazax” (hazil) qilmoq, shart – ranj (shaxmat) va nard o’ynamoq zikrida, “Shikorga” (ov) chiqmoq zikrida, “Chavgon o’ynamoq zikrida” shuningdek ovqatlanish, dam olish, hammomga borish, mehmondorchlik, sharob ichishga bag’ishlangan boblarida bayon qilingan bo’lib, ular hozirgi paytda ham ahamiyatini yo’qotmagan. Bunday xulq- odob qoidalari inson kamolotini ko’rsatuvchi sevgi namoyon bo’ladi. Alloma bu masalalarni o’z turmushida ko’rgan, uchratgan, boshidan kechirgan va shular asosida jam qilgan. Bu hayotiy muammolarni Kaykovus hikoyalar, maqolalar, donishmandlarning hikmatli so’zlari vositasida isbotlaydi. Shuning uchun ham “Qobusnoma” IX asr Sharq pedagogikasi tarixida g’oyat qimmatli asarlar qatoriga kiradi. Kaykovus “Sharob ichmak” nomli II bobga sharob (aroq, mast qiluvchi ichimlik) 24 ichishning qoidasi, chegarasi va adog’i haqida so’z yuritadi. “Ey farzand, bilgilki senga sharob ich deb aytmasman, ammo ichma deb ham aytmasman, negaki yosh yigitlar qari kishining so’zi bilan yigitlik vaqtining ishlarini tark etmaslar. Kaykovus yoshlarga sharobni iloji boricha ichmaslikni maslahat beradi. Bu bilan ham haq taoloning, ham ota-onaning, ham xalqning xushnudlikni qozonasan” deb o’qtiradi. Lekin majlislarda do’stlaring senga sharob ichirmasdan qo’ymaydi. Bunday xollarda sharob ichishning rasmini yodingdan chiqarmagil deydi. Sharobni haddan ziyod ichmaslikni, taom yegandan so’ng agar tashna bo’lsa uch martagacha iste’mol qilishni, lekin asr nomozidan so’ng icha boshlashni o’qtiradi. “Chunki mast bo’lganingni hech kim ko’rmaydi va hech kim uyaltirmaydi” deydi. “Sharobxo’rlikdan ikki narsa hosil bo’ladi: yoki be’morlik, yoki devonalik. Nahor paytidagi ichishning zarari bexad ekanligini aytadi va juma kuni ichmaslikni odat qil, bundan sening nafsing, tomirlaring, ko’zing, aqliy ruhiy tanang osoyish topar” deb maslahat beradi. Mehmondo’stlik xalqimiz tarixida ming yillardan beri o’rin olib kelayotgan an’analardan biri. Ahloq va nafosat manbai hisoblangan. Mehmondo’stlikda do’stlik, o’rtoqlik, odamgarchilik, insonparvarlik, poklik kabi odob qoidalari buloq bo’lib qaynaydi. Mehmondo’stlik o’zbek xalqining oliy fazilati, mehmon kelganda o’zlari kambag’al bo’lsa ham mehmon oldiga choy damlab, uyda bor masalliqdan biror taom tayyorlash o’zbek xalqining odati bo’lgan. Mezbon oilasidagi kamchiliklar, yetishmovchiliklar to’g’risida og’iz ochmagan, o’zini xushchaqchaq, o’zini dilkash ko’rsatgan. Mana shu mehmondo’stlik odobi haqida “Qobusnoma” ga quyidagi fikrlarni uchratamiz. “Ey farzand bilginki, har xil begona odamlarni mehmon qilmagil, nedinkim har kun mehmon olsang, unga loyiq ishlarni ko’ngil murodiga qila olmago’ydir ” deydi. Har oyda bir marta mehmon chaqirishni va har chaqirganda qiladigan harajatni bir marta qilib to’la-to’kis, bekamu-ko’st dasturxon tuzatishni buyuradi. Odamlar kelganda barcha uy a’zolari bilan uni istiqbolga qilmaslikni, haddan ziyod kulmaslik va o’ta darajada jiddiy qiyofaga siyosat bilan turmaslikni maslahat beradi. 25 “Agar o’zing mehmon bo’lsang kun och va to’q bo’lib ham bormagil, tez yurib borma, uning uyida o’zingga munosib joyda o’tir, uy egasiga hizmat buyurmagil, haddan ziyod sharob ichmagil ”- deb o’qtiradi. Kaykovus kundalik so’zlashuvda uchrab turadigan hazil qilmoq, shatranj va nard o’yinlari haqida ham o’z tushunchalarini bayon etadi. “Ey farzand, bilgilkim, ko’p kishilar deb durkim mazax fassodning muqaddimasidur. Mazah, ya’ni xonaki kishiga dahl qilmoqdin xazar qilgil” deydi.u mastlikda va mastlarga hazil qilishni rad etadi. Mazax qilishni ayb den bilmaydi. Lekin o’zingdan kichkinalarga va pastlarga ya’ni o’zing tengilarga hazil qil, toki ular javob bersalar ayb bo’lmagay deydi. Hazilning chegarasidan o’tib ketmagil toki urush kelib chiqmasin. Agar urushib qolsang, u miqdor janjallashmagilki, yarashishiga o’rin qolsa urush qilmoq yosh bolalar va xotinlarning ishidur deb uqtiradi. Shatranj va nard o’ynamoqni omad qilib olmaslikni o’ynaganda ham garov bog’lamaslikni qimorboz kishi bilan o’ynamaslikni targ’ib qiladi. Bu boshlashini aytadi. “Mastlar va turklar bilan hargiz garov bog’lamagil va janjal orttirmagil”. U kishi sevgi, muhabbat haqida gapirar ekan, bu yo’lda yanglishmaslikni, latif ta’b bo’lishni manzur ko’radi. “Ey farzand, to kishining ta’bi latif bo’lmagincha oshiq bo’lmagusidir, nedinkim ishq beshak ta’bi latiflikdan paydo bo’lur. Shuning uchunkim, latif ta’bdin latiflik to’g’ulur, g’aliz tabli va yalqov kishi hech vaqt oshiq bo’lmas” deb oshiqlarcha xos his – tuyg’ularni ifodalaydi. Olti narsa kishi yuzining su’ratini o’zgartiradi. Bular: “tez kelgan shodlik, bexosdan kelgan g’am, uyquv, mastlik va qarilikdir. U uyquni yomon odamlar qatoriga kiritadi, badanni sust va tabiatni (kayfiyatni) vayron qiladi” deydi. Kaykovus bir sutkaning ya’ni, 24 soatning 8 soatini ibodatga 8 soatini ishrat va ruhni tozalamoqqa 8 soatini shu 16 soat davomida qiynalgan a’zolariga orom bermoqqa bag’ishlashni talab qiladi. Lekin bunga hamma har xil yondashadi. Masalan; xoxillar yarmini uyqu, yarmini o’zga ishlar bilan o’tkazadi. Koxinlar (dangasa yalqov) esa ikki hissasida uxlab, hissasida o‘zga ishlar bilan shug’ullanadi. Oqillar esa bir hissasida uxlab, ikki hissasini bedor o’tkazadi. Ammo uyqu ham behikmat yaratilmadi, rohat va osoyish uchun yaratildi 26 uxlamaslikdan ham bemorlik kelib chiqadi. Shuning uchun vaqtini bilib yo oqshom yoki kunduzgi uyqu olish kerak deb o’qtiradi. Qadim turonda ma’naviy hayot azal- azaldan iqtisodiy turmush bilan o’zviy bog’lanib kelgan. Chunonchi “Tadbirkorlik turmushning yarmidir”, “Farzandga odob hunar o’rgatmoqlik me’ros”, “Og’ilga barcha san’at hunarlarni o’rgatish bilan mol dunyo yig’iladi” kabi naqllar xalqimizda mavjud. Ajdodlarimiz qonida shunday fazilatlar bo’lganligi uchun ham Turonning ijtimoiy iqtisodiy va ma’naviy ahvoli boshqa davlatlarga nisbatan yuqori bo’lgan. Shu bois yurtni- yurtga, ulusniulusga, qavmni- qavmga ham manaviy, ham moddiy jihatdan birlashtirgan Buyuk ipak yo’li aynan shu zamindan o’tgan. “Iqtisod deb yozadi A.Avloniy pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar urinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, urni kelganda so’mni ayamas: Iqsodga qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yasharlar, arilar qish kunlarida yemak uchun bol yiqqanidek, boshlariga keladurgan qora kunlarini o’ylab oq gul tig’urlar” deydi. Mol dunyo yig’ishni hatto Ollohu taolo ham man etmagan. “Ey mo’minlar mollaringizni o’rtalaringizga nohaq yo’llar birlan emangiz, balki o’zaro rozilik birlan bo’lgan savdo sotiq orqali mol dunyo kasb etingiz” deydi u. Kaykovus ham o’z farzandiga “O’zingni mol jam etmak din g’ofil tutmagil va lekin har narsani etmak tilasang jaxd qilmagil toki halollik bila jam bo’lsin va xamisha senga boqiy hamda yoqimli bo’sin” deb o’qtiradi. Allohu taolo isrofgarchilikni rad etadi. Yenglar, ichinglar, lekin isrofgarchilikka yo’l qo’ymanglar deb buyuradi. 27 28 1.3. “Qobusnoma” asarida barkamol inson tarbiyasida qo`llaniladigan metod va usullarning ifodalanishi. Asarda har bir juvonmard uchun tan, jon, havos va maoniy, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan. Kaykovus ilmni uchga bo’ladi: biror kasb-hunarga bog’liq bo’lgan ilm; ilm bilan bog’liq kasb-hunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat. Birinchisiga, ya’ni biror kasb bilan bog’liq ilmlarga tabiblik, munajjimlik, muhandislik, yer o’lchash, shoirlik va boshqalar kiritiladi. Ilmga taalluqli kasblar musiqa asboblari ustasi, hayvonlarni davolovchi, binokorlik va boshqalar bo’lib, har qanday usta bo’lsa ham bu boradagi ilmni bilmasa, hech ish qila olmasligi ta’kidlanadi. SHuningdek, ilm olish yo’liga kirgan toliblarga ham yo’llanmalar beradi: Hamma vaqt parhezli va qanoatbaxsh bo’lish, bekorchilikdan o’zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo’lish, kitob o’qishga berilish, ilm yo’lida qayg’uhasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun takrorlab borish, yod olish, ilmda haqiqat uchun kurashish, taqlid qilmaslik, doimo o’z yonida kitob va boshqa o’quv qurollarini saqlash, oz so’zlab, ko’p tinglash haqida fikr bildiradi. Ilm yo’lida munozaradan cheiknmaslik, lekin uni janjalga aylantirmaslik, isbot va dalillar bilan o’z fikrini bayon qilish zarurligini ta’kidlaydi. YAna u olimning aytgani bilan qilgan ishi bir bo’lishi kerakligi, ilmni chuqur o’rganish, har bir kasb, sohaning bilimdoni bo’lishda doimo kamtar, oqil, xalqparvar, har bir narsani oldindan ko’ra biladigan bo’lish kerakligini ham ko’rsatib o’tadi. Zero, ilmni faqat kitobdan o’rganish bilan cheklanib qolmay, aql, tafakkur bilan hukm chiqarish zarurligini ham ta’kidlaydi. Ana shu talablar asosida u tijorat ilmi, tib ilmi, nujum (yulduzlar) ilmi, handasa (geometriya) ilmi borasida o’z qarashlarini tarbiyalashda ularga ilmu odob o’rgatishlari zarurligi ham ta’kidlanadi. Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini ulug’lar ekan, uni mol-dunyodan ham yuqori qo’yadi: «Agar molsizlikdan qashshoq bo’lsang, aqldan boy bo’lmoqqa sa’y ko’rguzgilki, mol bila boy bo’lg’andan, aql bila boy bo’lg’on yaxshiroqdur, 29 nedinkim aql bila mol jam etsa bo’lar, ammo mol bila aql o’rganib bo’lmas. Bilg’il, aql bir moldurki, uni o’g’ri ololmas, u o’tda yonmas, suvga oqmas»6— deb ta’riflar ekan, inson adabi ham aqlning belgisi, («al-adab-suratil aql») deya xulosa chiqaradi. Kaykovus jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi: «Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo hunari bo’lmasa, u haloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo’lur. Ulug’lik aql va bilim biladur, nasl-nasab bila emas. Otni senga ota va onang qo’ymishlar, sen unga g’urra bo’lmag’il ... Ammo sen hunar bila bir nomga ega bo’lg’il»7. SHuning uchun ham asarda turli kasb egalari ulug’lanadi. Kasb-hunar o’rganishni bilim olish bilan qo’shib olib borishni tavsiya etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada qaraydi. Kaykovusning bu qarashlari o’sha davrning ilg’or qarashlaridan sanaladi. Asarda munajjimlik, yer o’lchash, musiqa, tibbiyot sohasidagi kasb egalarining faoliyati ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Ayniqsa, tibbiyot ilmiga oid qarashlari Kaykovusning zukko, donishmand, har tomonlama yetuk bilimga ega kishi bo’lganligidan dalolat beradi. Ayniqsa, uning turli kasb-hunar vakillari haqidagi fikrlari amaliyotga tatbiq etishda o’ta muhimligi bilan diqqatga sazovor. Masalan, «Dabirlik va kotiblik zikrida» bobida yozma nutqni yaxshi egallash, chiroyli yozish va mashq qilishni maslahat beradi. U xat yozishda saj’ga rioya etish, har bir so’zni yoqimli, tushunarli, qisqa yozish, zukko va sezgir bo’lishni ta’kidlaydi. Xattotlikning ulug’ hunar ekanligi, ammo bu hunarda hech qachon soxtalik, pastkashlik qilmaslikni, sir saqlashni tavsiya etadi va bu borada ibratli hikoyatlar keltiradi. Kasb-hunarga oid uning «Dehqonchilik va bozor peshalari bayoni zikrida» bobi ham diqqatga sazovor. Tadqiqotchilar shu vaqtgacha Kaykovusni faqat yuqori tabaqa vakillari manfaatini ko’zlagan tarbiyashunos sifatida biryoqlama talqin etdilar. Aslini olganda Kaykovus yuqori tabaqa vakillarini ham ilm, hunar egallashga, mehnat qilishga undagan. Xususan, «Dehqonchilik va bozor peshalari bayoni zikrida» bobida ham u, avvalo, dehqonchilik ilmini egallash, mazkur ishda yerni tarbiya qilish, tezkor va g’ayratli bo’lishni ta’kidlaydi. Boshqa 6 7 Кайковус. +обуснома. 31-бет. Ыша китоб, 32-бет. 30 hunarlarni egallashda ham rostgo’y bo’lish, xiyonat qilmaslik, muhtojlarga yordam qilish kabi xislatlarga ega bo’lishga undaydi. Ayniqsa, uning bozor bilan bog’liq kasb-hunar kishilariga bergan o’gitlari qiziqarli. Masalan, u: «Bozor xalqi bila bozori bo’lg’il. Tosh va tarozini rost qilg’il. O’z aqchang haqida ikki dil va ikki hamyon bo’lmag’il. SHeriklaringga xiyonat qilmag’il, har peshakim qilsang, unga hiyla qilmag’il va hamisha hamma ishingni birdek qilg’il. Agar moldor bo’lsang, muhtojga qarz bermoqni g’animat bilg’il», — deb to’g’ri ta’kidlaydi. Bu pandlar ham hukmdorga, ham oddiy fuqaroga bab-baravar zarur bo’lib hisoblanadi. Bu bilan Kaykovus yoshlarda mehnatsevarlikni, mehnatkash insonga hurmat tuyg’usini tarbiyalaydi, jismoniy mehnat bilan ham aqliy mehnat kabi shug’ullanish lozimligini bayon etadi. Kaykovusning «Qobusnoma» asarida yoshlar tarbiyasida — juvonmardlik talablaridan eng muhimi — axloq tarbiyasi deb ko’rsatiladi. 3.2. “Qobusnoma”ning pedagogik-psixologik g’oyalaridan ta’lim-tarbiyaviy ishlarda foydalanish Qobusnomadan boshlang’ich sinflar ta’lim tarbiya jarayonida foydalanish katta ahamiyatga ega. Undagi g’oyalar o’zini hayotiy realligi aniq va sodda tilda yozilganligi, bolalar ongidan mustahkam o’rin oladi deb o’ylayman. Kaykovus o’z fikrlarini o’zi guvoh bo’lgan voqea hodisalar, hikoyat va rivoyatlar bilan isbotlab bergan. Shunday bo’lishiga qaramay, hozircha bu asarning g’oyalari boshlang’ich sinf darsliklarida “Do’st tutmoq zikrida” nomli bobida qisqagina parcha keltirgan xolos. Albatta “Qobusnoma” dagi g’oyalarni dars jarayonida eksprement o’tkazmasdan, samaradorlik darajasini aniqlamay turib uni darsliklarga kiritib tashlash mumkin emas. Hozircha “Qobusnoma” faqat pedagogic sohadagi adabiyotlarda, darsliklardagina urin berilgan. Masalan: (Pedagogika tarixi. Toshkent 1995 yil) (“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”. “Toshkent 1995 yil”). “Ma’naviyat darslari” Toshkent 1995 yil) O’zbekistonda ijtimoiy- falsafiy fikrlar bilan tarixidan lavhalar). Pedagogika tarixidan xrestomaniya. Toshkent 1995 yil) 31 va boshqa adabiyotlarda Kaykovus va uning asaridagi g’oyalari atroflicha taxlil qilib o’rganiladi. Men pedagogik va davlat amaliyoti jarayonida bu asardagi pedagogik g’oyalarning boshlang’ich sinflarda qo’llanish usul va yo’llarini o’rgandim, kuzatdim, tajribada sinab ko’rdim. Men ishlayotgan Yakkabog’ tumanidagi 29- umumiy o’rta ta’lim maktabining 3 –A sinfida 25 ta o’quvchi bo’lib, 12 ta o’g’il bola 13 ta qiz bola bor. Avvalo men ularning shu paytgacha do’stlik haqidagi tushuncha ta’savurlarni bilish uchun quyidagicha yozma savol javobni o’tkazdim. a) Do’stlik deganda nimani tushunasiz? b) Do’stingiz bormi? Uning qaysi tomoni sizga yoqadi? v) Qanday kishilarni do’st deb bilasiz? Ularning 80 % 1- savolga “Men do’stlik deganda yaxshilik qilishni tushunaman” deb bir gap bilan javob beribdi. 1- Do’stlik deganda yaxshilikni tushunaman 2- Do’stlikni deganda ahllikni tushunaman 3- Do’stlik deganda o’rtog’imni tushunaman. 4- Do’stlik deganda o’rtog’imga yaxshilik qilishni tushunaman. Ikkinchi savol: ko’pchilik o’quvchilar yaxshi kishilarni yolg’on gapirmaydigan, ishonchli kishilarni do’st deb bilishlarini aytganlar. Masalan: 1. So’zida turadigan, yolg’on gapirmaydigan kishilarni do’st deb bilaman. 2. Yaxshi tomonlari bor gaplarini hech kimga aytmagan kishilarni do’st deb bilaman. 3. Urushmaydigan, mehribon kishilarni do’st deyman. 4. Yaxshi muloyim gapiradigan kishilarni do’st deb bilaman. 5. Ishonchli kishilarni do’st deb bilaman. Ulardan mana shunday javoblarni olgach, odobnoma darsida “Qobusnoma” dagi do’st tutish odobi haqidagi bobidan foydalanib ularga do’stlik haqida gapirib berdim. Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, asardagi g’oyalarni bolalarning yosh va individual xususiyatlarini bilish darajasini tushunish qobilyatlarini hisobga 32 olgan holda jiddiy, soda lekin ilmiy tarzda misollar, rivoyatlar orqali tushuntirdim, savol- javob orqali bilimlar mustahkamlandi. Kelgusi darsda ulardan o’tilgan mavzusini mustahkamlash sifatida yuqoridagi tema mavzu yuzasidan yozma ravishda savollar berib javoblar oldim. Bunda o’quvchilarning 90 % do’stlik deganda do’stiga xiyonat qilmaslikni tushunaman deb fikr bildirganlar. Ularning javoblaridan namunalar: 1. Do’stlik deganda xiyonat qilmaslik, yomon kunlarda yordam beradigan kishilarni tushunaman. 2. Do’stlik deganda xiyonat qilmslik, do’stiga yaxshi munosabatda bo’lishini tushunaman. 3. Do’stlik deganda do’stining, dugonasining aybini yashirib hech kimga aytmaydigan kishini tushunaman. 4. Mening dushmanimni o’zini dushmani deb bilgan kishini do’st deb bilaman. 5. Do’sti yo’q paytda uning yonida turgan kishini do’st deyish mumkin. 6. Ilmi, so’zining ustidan chiqadigan, rahmdil kishilarni do’st deb bilaman. 7. Yaxshilikka yaxshilik qiluvchi va yomonlikka ham yaxshilik qiluvchilarni do’st desa bo’lur. 8. Aybini boshqalarga eshittirmasdan o’zimga aytadigan kishilarni do’st deb bilamanl. Shu tariqa javob olgach, men olingan ikki holatdagi javoblarni o’qib chiqib solishtirdim. Natijada shunday xulosaga keldim. Yozma savol-javobning o’quvchilar uchun ahamiyati katta bo’ldi. Ularning do’stlik haqidagi bilimlari oshirdi, tushunchalari kengaydi, tasavvurlari o’sdi. Lug’at xazinasi boyidi, nutqida yangi so’zlar paydo bo’ldi. Ularni oldingi javoblariga nisbatan olib qaralganda “Qobusnoma” dagi g’oyalaridan o’zlari uchun kerakli narsalarni o’zlashtirib olgan. Demak, “Qobusnoma” dan boshlang’ich sinflar ta’lim – tarbiya jarayonida foydalanishi mumkin. Faqat shunga e’tibor berish kerakki, mavzuning mazmuni oddiy, sodda qilib ularning tushunchalari doirasidagi so’zlar bilan tushuntirib berish lozim. Mana shu qoidalarga rioya qilingandagina asarning samarali 33 maqsadiga muvofiq bo’ladi. Quyidagi 3 sinflar uchun “Qobusnoma” dagi mehmondorchilik odobi mavzusida tuzilgan dars ishlanmasidan namuna berilgan. 1. Darsning mavzusi: “Mehmondorchilik odobi” 2. Dars maqsadi: o’quvchilarga o’zbek xalqiga xos odamlardan biri mehmondorchilik haqida ma’lumot berish, amal qilinishi kerk bo’lgan odob, hulq qoidalari bilan tanishtirishlarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash. 3. Dars usuli: og’zaki tushuntirish, savol javob qilish. 4. Dars jihozi: “Qobusnoma” kitobi Kaykovus 5. Darsning borishi: 1 tashkiliy qism a) salomlashish; b) davomadni aniqlash; v) tozalik va tartibni ta’minlash. 34 XULOSA Xulosa qilib shuni aytish lozimki, yoshlarning ma’naviy tarbiyasida “Qobusnoma” asarining oʻrni, insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan. Bundan tashqari, insonning oʻzini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham oʻz aksini va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon boʻlib xizmat qilishi toʻgʻrisida bayon etilgan. Qobusnoma - Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va „Nasihatnomai Kaykovus“ deb atalgan. „Q.“ shu asarning oʻzbekcha tarjimasidir. muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan. „Qobusnoma“ asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik. Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa „jon“ bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni „sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim“, deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, sheʼr va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi. „Qobusnoma“ rus va Gʻarb 35 sharqshunoslarining, Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri oʻziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uygʻur (178687), nemis (1811), oʻzbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida, yana bir qoʻlyozma nusxasi SanktPeterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi. 36 FOYDALANILGAN ADABIYOT VA RESURSLAR RO’YXATI 1.Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005. 2.Hoshimov K., S.Ochil. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. – Т.: O’qituvchi, 2010. 3.Kaykovus “Qobusnoma”. Toshkent: “Yangi asr avlodi”. 2022 yil. 4I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. «Muloqot» jurnali. 1998 yil, 5-soni. 5.I.A.Karimov Manaviy yuksalishi yo`lida. Tosh.O`zb. 1998 y 6. Ikrom o‘g‘li, A. O. (2023). O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILI LEKSIKOGRAFIYASINING BOYISH MANBALARI VA USULLARI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(2), 50-52. 7. Abdullayev, O. (2022). O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA AXBOROTKOMMUNIKATSIYA VA MAISHIY SOHAGA DOIR ZAMONAVIY LEKSIKANING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(1), 130-133 8.Kaykovus «Qobusnoma» 2-nashr «Istiqlol».1994 y. 9.Mirtursunov Z.F.O`zbek xalq pedagogikasi. T. Fan. 10.Rajabov S. R. Tarbiya va o’qitish haqida klassik ta’limot. T. «Fan» 1971 11.O`zbek pedagogikasi tarixi. (prof. A.Zunnunov taxr.ostida)T.O`qituvchi 1997y 12Hasanboev J, Hasanboeva O, X.Hamidov “Pedagogika tarixi”T. O`qituvchi.1997y 13. Abdullayev, S., & Abdullayev , O. (2023). O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA IQTISODIYOT SOHASIGA DOIR ZAMONAVIY LEKSIKA. Talqin Va Tadqiqotlar, 1(31). извлечено от https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/1274 37 Internet saytlari 14.fayllar.org.uz 15. www.zivonet.uz 16. www.edu.uz 17.www.nadlib.uz 18. www.teoriva.ru 19. www.samdu.uz 38