Загрузил Dilshodbek Yo'ldoshev

dilshod

Реклама
Soliq fanidan mustaqil ish Yo’ldoshev Dilshodbek
Kazus. Agar garovda turgan mulk koʻp qavatli binoda joylashgan kvartira boʻlsa, yer soligʻi boʻyicha
majburiyatlar paydo boʻladimi?
Yechim. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 426-moddasi 12-bandiga asosan, koʻp kvartirali uylar
egallagan (bundan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
mustasno) yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi.
2-Kazus. Soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan soliq tekshiruvi yakuni boʻyicha qabul qilingan qarordan
soliq toʻlovchi norozi boʻlgan taqdirda, u qayerga va qaynday tartibda shikoyat qilishi mumkin?
Yechim. Soliq kodeksining 232-moddasiga asosan soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq
auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari
ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi. Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq
organi bunday ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga
barcha materiallar bilan birga yuborishi shart. Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi
natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat shaxs oʻz huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida
bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. Ushbu muddat uzrli
sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha
yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ushbu muddat tiklanishi mumkin.
3-Kazus. Toʻliq amortizatsiya qilingan binolar boʻyicha mol-mulk soligʻini qoʻllash qanday amalga
oshiriladi?
Yechim. Soliq kodeksining (yangi tahrirdagi) 412-moddasiga asosan, amortizatsiya qilingan bino boʻyicha
uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan (bozor) qiymati mol-mulk soligʻi
bazasi hisoblanadi.
4-Kazus. Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga oʻtgan
taqdirda, soliq kim tomonidan toʻlanadi?
Yechim. Soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1-yanvaridan eʼtiboran u mol-mulkka boʻlgan mulk
huquqini yoʻqotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi
vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi (Soliq kodeksining 423-moddasi)
Скачать