SINO TIBBIYOT TEXNIKUMI ANATOMIYA FIZIOLOGIYA VA PATALOGIYA FANIDAN MAVZULAR TO’PLAMI 1 Anatomiya. fiziologiya va patalogiyadan ma’ruzalar to’plami orqali o’quv mashg’ulot vaqtida o’quvchilar kelajak ish faoliyati uchun kerakli bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’ladi. Ma’ruzalar to’plamida mavzular bayon qilingan va to’liq izohlab berilgan, tartibga rioya qilgan holda ma’ruzalar to’plami tuzilgan. Tuzuvchi: Ziyoyev Sarvarbek Orifjonovich SINO TIBBIYOT TEXNIKUMI “Anatomiya, fiziologiya va patalogiya ” fani o’qituvchisi Taqrizchi: Mathoshimov N. Farg’ona jamoat salomatligini saqlash tibbiyot instituti Anatomiya. Fiziologiya va patalogiya fanidan Ma’ruzalar to’plami Tayyorlov yo’nalishlari : Hamshiralik ishi, Feldsherlik ishi, Stomatologiya ishi, Tibbiy-ijtimoiy ish. ANNOTATSIYA O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hozirgi kunda proffisional ta’lim tizimida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishida darslarni ilg’or ta’lim texnalogiyalari hamda zamonaviy o’qitish vositalari asosan olib borish, ulardan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ushbu ma’ruzalar to’plami ham “Anatomiya, fiziologiya va patalogiya” fanining o’qitishida ta’lim vositalaridan samarali foydalanish metodikasi deb nomladik. Ushbu dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi: Kirish qismi o’quvchilarda nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishning turlari, o’quvchilarni mavzu bayoni yozmalari, amaliy mashg’ulotlar uchun rasm daftari ham joylashtirilgan va ularni nazoratlashdan iborat: Fanga oid nazariy mashg’ulotlar mavzulari va muhokama uchun savollar yig’indisi. Foydalanigan adabiyotlar. 2 Mavzu: Anatomiya, fiziologiya va patologiya fanining qisqacha tarixi va o’rganish usullari Reja: 1. Anatomiya, fiziologiya va patologiya fani haqida qisqacha tushuncha. 2. Anatomiya fanining qisqacha tarixi. 3. Fanning o’rganish usullari. Odam anatomiyasi (anatomiya grekcha — anateme, kesaman so’zidan olingan) odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o’rganadi. Ayni vaqtda har bir a’zoning jinsiy jihatdan va yoshga qarab bo’lgan tafovutlari, shuningdek muhit sharoitlarining a’zolar tuzilishi hamda vazifalariga ta’sirini o’rganadigan fan. Qadimiy anatomiya fani a’zolarni alohida–alohida o’rganib ularning o’zaro munosabatini, organizmni bir butunligini hisobga olmasdan, faqat dalillar to’plash bilan chegaralangan. Hozirga kelib bu fan a’zolarning o’zaro munosabatini, ularning bir sistemaga birlashish qonuniyatlariga asoslangan holda o’rganmoqda, organizmning yagona sistema ekanligini, uning tashqi muhit bilan chambarchas bog’liqligini, a’zolarning shakli bilan funksiyasi bir–biriga bevosita aloqador ekanini nazarda tutgandi. Odam organizmi tuzilishining murakkabligi va mehnat qilishga layoqatligi bilan hayvon organizmi tuzilishidan farq qiladi. Anatomiya ana shu tuzilish, rivojlanish qonuniyatlarini uning evolyutsion taraqqiyot qonunlari – filogenezi (phylon – avlod, genesis – taraqqiyot)ni qadim–qadim zamonlardan buyon tashqi muhit va sharoitga qarab tuzilish jarayoni — antropogenezi (antropoz — odam) bilan taqqoslab o’rganadi. Bu bilan taqqoslama anatomiya shug’ullanadi. Homilaning tug’ilguncha bo’lgan jarayoni, ya’ni uning ona qornida o’sib rivojlanishini embriologiya (embriogenez — embryon — murtak, kurtak) o’rgansa, tug’ilgandan keyingi hayotining oxirigacha bo’lgan jarayonni «yoshga doir» anatomiya o’rganadi. Organizm tuzilishining jinsiy xususiyatlari — hamda tafovutlarini va bularning o’ziga xos tomonlarini ham anatomiya fani o’rganadigan masalalar jumlasiga kiradi. Bulardan tashqari anatomiya a’zolarning individual xususiyatlarini, ularning o’zaro munosabatlarini, joylashish proyeksiyalari — topografiyasini ham chuqur o’rganadi. Chunki odam organizmi ona qornida, ayniqsa tug’ilgandan keyingi rivojlanishi jarayonida va tashqi muhit ta’sirida o’ziga xos xususiyatlarni kasb etadi. Shuningdek organizmning shakllanish va rivojlanishiga odam yashab turgan joyning iqlimiy–geografik sharoiti, ijtimoiy tuzum ham ta’sir etadi. Buni a n t r o p o l o g i y a fani o’rganadi. Odam organizmi a’zolarining tuzilishi, ularning bajaradigan vazifalariga bog’liq holda shakllanib boradi. Buni o’rganish funksional anatomiya fani zimmasiga kiradi. Fiziologiya (yunoncha physis — tabiat va logos — fan, ta’limot so’zidan olingan) fani organizmning a’zolar sistemasi va alohida a’zolar, to’qimalar, hujayralarning hayotiy normal holdagi faoliyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Normal fiziologiya organizmning bu xususiyatlarini o’rganishda yoshga, jinsga va atrof–muhitning organizmga bo’lgan ta’siriga ham ahamiyat beradi. Shu jihatdan ham anatomiya bilan fiziologiya fanlari o’zaro chambarchas bog’langan bo’lib, ular biologiyaning ajralmas qismidir. Biologiya fanining bir qismi bo’lmish morfologiya fani (yunoncha, morphe – shakl so’zidan olingan) organizm a’zolarining tuzilishi va shakllarini o’rgansa, fiziologiya fani ularning hayotiy vazifalari bilan shug’ullanadi. A’zolarning ichki tuzilishini, ularni tashkil qilgan to’qimalar, hujayralarni o’rganish bilan gistologiya fani shug’ullanadi. A’zolarning kasallik holatidagi tuzilishini o’rganish bilan esa patologik anatomiya shug’ullanadi. Odam anatomiyasini o’zlashtirishni yengillashtirish maqsadida bu fan shartli bir necha sistemaga ajratib o’rganiladi (sistematik anatomiya). Sistematik anatomiyaning suyaklar qismi — o s t e o 1 o g i y a, suyaklarning o’zaro birlashishi (bo’g’imlarni o’rgana–digan qismi) — a r t r o l o g i y a , muskullar — m i o 1 o g i y a, ichki a’zolar sistemasi — s p l a n x n o l o g i y a , qon tomirlar sistemasi — a n g i o l o g i y a , 3 ichki sekret bezlar qismi — e n d o k r i n o l o g i y a , sezgi a’zolar — e s t ez i o 1 o g i ya va nihoyat, nerv sistemasi — n e v r o l o g i y a bo’limlaridan iborat. Ular a’zolarning tuzilishini, shaklini, ularning munosabatlarini o’rganadi. Topografik anatomiya esa a’zolarning tuzilishi, shaklidan tashqari ularning o’zaro munosabatlarini, chegarasini va tanadan tashqaridagi proyeksiyalarini o’rganadi. Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolutsion rivojlanish jihatiga bog’lab, atrof–muhit ta’sirida shakllanish qonuniyatlarini aniqlaydi va yoshga, ishlash sharoitiga va vazifalariga qarab rivojlanishini dialektik qonuniyatlarga asoslangan holda o’rganadi. F u n k s i o n a l a n a t o m i y a yoki normal fizio1ogiya fani hujayralarning o’zaro munosabatini, to’qima va a’zolarning bajaradigan hayptiy vazifalarini o’rganadi. H u j a y r a l a r f i z i o l o g i y a s i (sitofiziologiya) atrof–muhitning hujayralarga bo’lgan ta’siri, hayotiy munosabat bilan shug’ullansa, taqqoslash fiziologiyasi organizmlarda mavjud bo’lgan jarayonlarni bir–biriga taqqoslab yoki har bir shaxsni yashash jarayonida mavjud bo’lgan turli fiziologik jarayonlarni o’rganib boradi. X u s u s i y f i z i o 1 o g i y a esa organizm a’zolari yoki a’zolar sistemasi (hazm qilish, qon tomir sistemasining va h. k.) ning vazifalari bilan shug’ullanadi. Bulardan tashqari, fiziologiya fani odam organizmida jismoniy mehnat va yoshiga qarab kuzatiladigan o’zgarishlarni hamda turli taomlarning organizmga ta’sirini ham o’rganadi. Bu xususiyatlarni fiziologiya fani asosan hayvonlarda turli eksperiment — tajriba o’tkazish orqali aniqlaydi. Bunda ko’proq a’zolarni kesib (operatsiya qilib) yoki payvandlab (bir a’zoni boshqa a’zoga ko’chirib ulanadi), nervlarni, qon tomirlarni kesib yoki turli biotoklar ishlatib aniqlanadi. Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya fanlarining qisqacha tarixi Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Ammo qadim zamonlarda odam murdasini kesib o’rganish gunoh hisoblangan. Shuning uchun murdani kesib o’rganishga intilganlar hatto o’lim jazosiga ham hukm etilgan. Binobarin, odam organizmini o’rganish ilmiy tibbiyot davridan ancha keyinroq boshlangan. Lekin qadimiy Misrda taniqli shaxslarning murdalarini mo’miyolash odat bo’lganligi sababli ba’zi bir a’zolarning tuzilishi to’g’risida yuzaki bo’lsa ham ma’lumotga ega bo’lingan. Jumladan, eramizdan aval yashab o’tgan Smit bosh miya va yurak tuzilishi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lgan. Hind tabibi Bxaskare Bxatshe eramizdan avvalgi X asrga mansub bo’lgan «Anatomiya targ’iboti» asarida a’zolar, muskullar, qon tomirlar va nervlar to’g’risida yuzaki ma’lumotlarni to’plagan. Anatomiyaning haqiqiy rivojianish davri qadimiy yunonlar mamlakatidan boshlangan. Yunonistonda ruhoniylar hukmron bo’lmaganligi uchun maktablarda ko’pgina fanlar qatori tibbiyot fani ham yaxshi o’rgatilgan. Bu maktablarda boshqa olimlar bilan bir qatordaGippokrat ham tarbiya topgan. Gippokrat (eramizdan 460 – 377 yillar ilgari yashagan) o’zigacha bo’lgan tibbiyotga tegishli ma’lumotlarni to’plab sistemaga solgan. Olib borgan kuzatishlari va tekshirishlari asosida 72 ta asar yozgan. Bu qo’llanmalardan tibbiyot sohasida mana qariyb 2000 yildirki foydalanib kelinmoqda.Gippokrat yurak va qon tomirlar tuzilishi to’g’risida ham ma’lumotlar berib, arteriya tomiridan havo (jon) yuradi, degan noto’g’ri fikrni ilgari surgan va nervlarni paylardan farqlamagan. Arteriya nomi (aer havo, tereo – olib boradi) ana shundan kelib chiqqan. Aristotel (eramizdan 384 – 322 yillar ilgari yashagan) Yunonistonning atoqli olimi, filosof va anatomi. U nervlarning paylardan farqi borligini isbotlagan. U Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanadi degan noto’g’ri fikrini rad etib, qontomirlar yurakdan boshlanishini isbotlab bergan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo’shliqdan iborat bo’lib, bosh miyada hosil bo’ladigan ruh, shu nervlar orqali organizmga tarqaladi, degan noto’g’ri fikrni ilgari surgan. Vilyam Garvey (1578 – 1657) taniqli anatom va fiziolog bo’lib, o’z kuzatish va tajribalari asosida 1628 yilda e’lon qilgan «Hayvonlarda yurak va qon harakatlari to’g’risida anatomik tekshirishlar» degan ilmiy asarda katta va kichik qon aylanish sistemasini tarixda birinchi marta ilmiy isbotlab bergan. Garvey qon 4 arteriyadan venaga ko’zga ko’rinmaydigan mayda tomir–chalar orqali o’tadi, deb taxmin qilgan bo’lsa, M.Malpigi (1628-1694) 1661 yilda arteriya bilan venani bir–biriga qo’shib turadigan kapillyarlar borligini mikroskop ostida ko’rib isbotlaydi.O’rta asrlar (V—XI) da o’rta Osiyodan ham bir qancha mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri har taraflama yetuk olim Abu Ali ibn Sinodir (980 - 1037). Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo’lgan bu olim falsafa, adabiyot, matematika, kimyo, astronomiya, musiqa va tibbiyot bilimidan habardor bo’lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidayoq ko’p fanlarni mukammal egallagan. Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo’lib xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi misli ko’rilmagan buyuk xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mashhur qilgan. Ibn Sino 100 dan ortiq asar yaratgan bo’lib, bulardan eng mashhuri «Tib qonunlari» 1000 – yillarda yozilgan. Kitob besh jildlik bo’lib, birinchi jildi anatomiya va fiziologiyaga bag’ishlangan. Ibn Sino o’zining bu buyuk va o’lmas kitobida tibbiyot sohasidagi barcha ma’lumotlarni to’plabgina qolmasdan, o’z kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari bilan asarni boyitgan. Kitob turli tillarda 40 marta qaytadan nashr qilingan, dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq vaqt davomida tibbiyot bilim yurtlarida o’quv qo’llanmasi bo’lib xizmat qilib keldi.Ibn Sino odam organizmini o’rganishda uning konstitutsiyasiga birinchi bo’lib e’tibor berdi. «Tib qonunlari» jildlarida ichki kasalliklar, xirurgiya, farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning boshqa sohalari to’g’risida ma’lumot berilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta 1954-1956 yillarda Toshkentda o’zbek tilida nashr qilingan. Abu Bakr Ar–Roziy (865-925) (Eronda tug’ilgan). Ko’p vaqt Buxoroda yashab ijod etgan buyuk hakim, klinitsist. Roziy (260 dan ortiq asarlar muallifi) «Chechak va qizamiq» haqida birinchi bor risola yozgan. Shuningdek dunyoda birinchi bor «Kasalliklar tarixini» yozgan (799 ta). N.I.Pirogov (1810-1881) — rus harbiy-dala xirurgiyasining asoschisi va topograf anatomidir. U odam organizmidagi a’zolarning topografiyasini muzlatib, qatma–qat qilib kesib o’rgangan va juda ko’p preparatlar tayyorlab, «topografik anatomiya» atlasini (1859) tuzgan. V.M. Bexterov (1857-1927) — nevropatolog, psixiator va taniqli anatom. U bosh miyaning po’stloq qismida joylashgan bir qancha analizator (markaz) larni va ulaming o’tkazuvchi yo’llarini o’rganib, talaygina ilmiy asarlar yozadi. K.A. Zufarov shogirdlari bilan birgalikda hazm qilish sistemasining morfologik xususiyatlarini o’rganadi, ko’plab kadrlar tarbiyalab,darslik va atlas tayyorladi. X.Z. Zohidov (1912-1978) mohir pedagog olim, anatom va shoir bo’lib, tibbiyot pediatriya institutining odam anatomiyasi kafedrasini tashkil etgan. Suyaklar, markaziy va periferik nerv sistemalarining rivojlanish xususiyatlarini o’rgangan. R.I.Xudoyberdiyev- anatom, I tibbiyot institutining kafedra mudiri bo’lib ishlagan, qon–tomir va nerv sistemalarining marfologik xususiyatlarini o’rgangan. o’z ilmiy kuzatishlariga asoslanib qo’llanmalar va hamkorlikda anatomiyadan darslik yozgan. N.K.Ahmedov 1955 yilda Andijon tibbiyot instituti anatomiya kafedrasini tashkil etgan, keyinchalik Toshkent tibbiyot instituti qoshidagi stomotologik va sanitariyagigiyenik fakultetlarining anatomiya kafedrasining so’ngra II Toshkent tibbiyot institutining anatomiya kafedrasini tashkil etgan va rahbarlik qilgan. Ilmiy izlanishlarini periferik nerv sistemasi va qon–tomirlar morfologiyasini, ayniqsa uning mikrosirkulyator xususiyatlarini o’rganib ilmiy kitoblar, ko’plab kadrlar tayyorlagan. Talabalarning o’zbek tilidagi darslikka va qo’llanmalarga bo’lgan extiyojlarini qondirish maqsadida 12 jild darslik, o’zbekiston tarixida birinchi marta (ikki jildlik atlas va hamkorlikda lotincha–o’zbekcha–ruscha anatomiyadan lug’at) tuzgan. Ko’plab kadrlar tayyorlagan. Darslarda biririchi bo’lib kabel televideniyasini qo’llagan. Anatomiyani o’rganish usullari Odam anatomiyasini asosan murdada o’rganiladi. Lekin bu o’rinda shifokorlik ixtisosini egallaydigan talaba tirik odam bilan ham munosabatda bo’lishni e’tibordan chetda qoldirmasligi lozim. Shuning uchun odam organizmining a’zolari tuzilishini, topografiyasini asosan murdada 5 hamda turli usullar bilan va mavjud bo’lgan texnikadan foydalangan holda tirik odamlarda ham o’rganiladi. Bu usullar quyidagilardir: 1 . A n t r o p o m e t r i y a u s u l i — bundagavdaning bo’yi, eni va og’irligi o’lchanib, olingan ma’lumotlarni organizmning ayrim bo’laklariga taqqoslab, uning o’sishi yoki o’zgarganligi kuzatib boriladi. Bu usuldan hozir ham foydalaniladi. 2. K e s i b o c h i s h b i l a n p r e p a r a t l a r (preparate) t a y yo r 1 a sh usuli. Bunda skalpel (pichoqcha) va pinset (qisqich) bilan murda a’zolarini kesish orqali preparatlar tayyorlanadi. 3. A r r a l a s h u s u l i — bu usulni birinchi marta N.I. Pirogov qo’llagan. Buning uchun aval murdani qattiq muzlatib, so’ngra o’rganiladigan a’zolarni qavatma–qavat qilib arralanadi. Bu usul yordamida a’zolar topografiyasini aniqroq o’rganish mumkin. 4. I n y e k s i ya u s u 1 i (inectio lotincha — quyaman) bunda ichi kovak a’zolarga, qon tomirlarga turli xil kimyoviy moddalar yuborib to’ldirib o’rganiladi. 5. Yo r i t i sh r a v sh a n 1 a sh t i r i sh u s u 1 i. Buning uchun a’zoni birorta kislota yoki ishqor suyuqlig’iga solib kuzatiladi. Bunda vaqt o’tishi bilan to’qimalar nurlarning turlicha sinishi natijasida bir–biridan ajralib ko’rinadi. 6. K o r r o z i y a y o k i y e m i r i s h usuli — ichi bo’sh a’zolar ichini tez qotadigan modda bilan to’ldirib, so’ngra uni kuchli kislota yoki ishqor suyuqlig’iga solinsa, a’zolarning to’qimalari yemirilib, bo’shlig’iga yuborilgan modda uning shaklini saqlab qoladi. 7 . R e n t g e n n u r i y o r d a m i d a o ’ r g a n i sh u s u 1 i — bu usul rentgen (1895) nuri kashf etilgandan buyon qo’llaniladi. U tirik odam tuzilishini o’rganishga katta yordam beradi. Rentgen nurlari yordamida suyaklar tuzilishini, ayniqsa ularni taraqqiy etishini kuzatish mumkin. Ichi kovak a’zolar rentgen nurlarini ushlab qololmaydi. Shuning uchun ularga rentgen nurini tutib qoluvchi kimyoviy moddalar yuborib, ekranda ko’rish (rentgenoskopiya) yoki rasmini olish (rentgenografiya) yo’li bilan o’rganiladi. 8. P a y p a s l a b (palpatiio) k o’ r i b o’ r g a n i sh u s u 1 i . 9. P e r k u s s i y a (percussio) barmoq yoki bolg’acha bilan urib ko’rib aniqlash usuli — bu ikkala usul poliklinika va kasalxonalarda keng qo’llanib, a’zolarning chegaralarini o’rganishda ham keng qo’llaniladi. 10. A u s k u 11 a t s i ya (auscultatio) (e sh i t i b k o’r i sh) u s u 1 i — maxsus eshitgich asboblar yordamida a’zolarning (yurakni, o’pkani) ishlab turgandagi tovushi eshitib ko’riladi. Bu usul a’zolarning normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yordam beradi. 11. M i kr o s k op d a k o ’ r i b o ’ r g a n i s h u s u l i — bu usulda a’zolarning nozik (to’qima, xujayra) to’qimalarining maxsus bo’yoqlar bilan bo’yab mikroskop yordamida o’rganiladi.12.F i z i o 1o g i y a d a f i z i k , kimyoviy va texnik usullar keng qo’llanilib, bu usul yordamida a’zolarning muhim hayotiy vazifalari, shuningdek turli tajribalar yordamida hayvonlarning ham a’zolar fiziologiyasi o’rganiladi. Masalan, a’zolar faoliyatini biotoklar ta’sirida aniqlash uchun a’zolarni organizmdan ajratib olib yoki bir organizmdan ikkinchi organizmga a’zolar yoki ularning bir bo’lagini ko’chirib o’tkazib, ularda kechadigan jarayonlar ko’zdan kechiriladi. Bulardan tashqari keyingi paytlarda a’zolar fiziologiyasini o’rganishda elektron hisoblash usullaridan ham keng foydalanilmoqda. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari 1. Anatomiya fanini tushuntiring. 2. Fiziologiya fani nimani o’rganadi? 3. Patologik anatomiya nimani o’rganadi? 4. Fanlarni o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi? 5. Eramizdan ilgari yashagan olimlarning anatomiya faniga qo’shgan hissalarini tushuntiring. 6. Anatomiya fanini qanday bo’limlarga bo’lib o’rganiladi? 6 Mavzu: Salomatlik va kasallik. Organizmning adaptatsiya va kompensator moslashuv reaktsiyasi. Reja: 1. Salomatlik va kasallik haqida tushuncha. Kasallik bosqichlari va belgilari. 2. O’lim bosqichlari va belgilari. 3. Organizmning reaktivligi. 4. Organizmning turli jaroxatlardagi holati. Organizmning sog’lomligi bilan kasalligi hayotda bir–biri bilan almashinib turadi. Kasal odam sog’ayishi, aksincha, sog’lom organizm kasalga chalinishi mumkin. Sog’lom odam hamisha mehnat qilishi, jamiyat ishida qatnashib turishi bilan kasal odamdan farqlanadi. Sog’ odam baquvvat va ruhan tetik bo’ladi. Kasallik A.A.Ostroumov (1844–1908) ning ta’biricha, organizm holati bilan atrof–muhit o’rtasidagi muvozanatning natijasidir. Lekin organizmdagi o’zgarishlar atrof – muhit ta’siridan tashqari o’zining holatiga, a’zolarning o’zaro munosabatiga va mavjud bo’lgan o’zgarishlarga moslashish qobiliyatiga ham bog’liq bo’ladi. Sog’lom odam organizmi turli sharoitga (ishlaganda, sport bilan shug’ullanganda) moslashadi, yurak urishi kuchayib qon aylanishi, nafas olishi tezlashadi, modda almashinuvi kuchayadi. Bunday holat fiziologik normal holat hisoblanadi. Kasalliklar turlicha bo’lib, ularning har birini o’ziga xos alomat (simptom) lari bo’ladi. Jumladan, organizm harorati o’zgarib, et uvishishi, quvatsizlik, terida o’zgarish paydo bo’lishi, og’riq paydo bo’lib, ko’ngil aynashi, ich ketishi yoki qayt qilish kabi alomatlar kuzatiladi. Binobarin, kasallik organizmning normal holatini buzishi tufayli u atrof–muhitga moslasha olmay, mehnat qobiliyati pasayadi. Kasallik ta’sirida kasallangan a’zo morfologiyasining o’zgarishi patomorfoz deb ataladi. Organizm kasallangan vaqtda odamning ruhiy holati muhim ahamiyatga egadir. Odamning haddan tashqari ruhiy azoblanishi yoki qo’rqishi ham kasallika sabab bo’ladi. Kasallik davri quyidagi bosqichlarga bo’linadi. 1. Ya sh i r i n (inkubatsion yoki latent) davri turli kasalliklarda turlicha (grippda 24-36 soat, qizamiq kasalida 2-6 kun va h. k.) bo’lib, bu vaqtda organizmdagi mikroblar ko’payib va uning ta’sirini odam bilmaydi. Shuning uchun kasallikning bu davrini yashirin davr deb ataladi. Bu davr kasallikning oldini olishda katta ahamiyatga ega. 2. K a s a l l i k b o sh l a n g a n (prodromal) davr. Bu vaqtda kasallikning birinchi belgilari ko’rina boshlaydi. Ishtaha yo’qolib, odam bo’shashadi,harorati ko’tariladi. 3. K a s a l l i k n i kuchaygan davr. Buvaqtda har bir kasallikning o’ziga xos belgilari rivojlanib, organizmda patologik o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bu belgilar (simptom) va o’zgarishlar har xil kasallikda (terlama, zotiljam va h.k.) turli vaqtda o’tadi. Kasallikdagi patologik o’zgarishlar odamning sog’ayishi vaqtida yo’qoladi. Kasallik davri o’tkir, o’rtacha va cho’ziluvchan (surunkali) davrlarga bo’linadi. o’tkir boshlangan kasallik odatda bir necha kun yoki hafta davom etadi. Kasallikning o’rtacha o’tkir davrioylab, surunkali davri esa yillab davom etadi. Ba’zan kasallik qaytalanishi yoki asosiy kasallikka boshqa kasalliklar qo’shilishi mumkin. Ko’pincha kasal odam butunlay sog’ayadi. Ba’zida qisman sog’ayishi yoki o’lim bilan tugashi ham mumkin. Odam butunlay sog’ayganda kasallik belgilarining barchasi yo’qolib, organism o’z vazifalarini bajarish holatiga qaytadi.Qisman sog’aygan bemor tanasida kasallikning ba’zi asoratlari – simptomlari (yo’tal, nafas siqishi va boshqalar) saqlanadi. O’ l i m — a’zo funksiyalarining butunlay to’xtashidir. O’lim uch bosqichda bo’ladi: a) a g o n i ya (agonia – ko’rish so’zidan) vaqti bir necha minutdan 2—3 kechayu – kunduzgacha davom etishi mumkin. Bunda markaziy nerv sistemasining faoliyati buzilib, bemor to’xtab–to’xtab nafas oladi, yurak urishi zaiflashadi. Harorati pasayib, hushidan ketadi, reflekslar so’na boshlaydi. 7 b) k l i n i k o’1im agoniyadan so’ng boshlanib, qon aylanishi, nafas olish tamomila to’xtaydi. Reflekslar yo’qoladi. Lekin to’qimalarning moddalar almashinuvi bir necha minut davom etadi. Ba’zida organizmning hayoti qayta tiklanishi mumkin. v ) b i o l o g i k yoki h a q i q i y o’li md a ba’zi a’zo va to’qimalarning hayotini tiklab bo’lmaslik darajasida patologik o’zgarishlar bo’ladi. Ammo murdadan ajratib olingan a’zolarni (qon yuborib tiriltirib) boshqa odamga ko’chirib o’tkazish (plantatsiya qilish) mumkin. Ammo bosh miya hujayralarida odam o’limidan bir necha minut o’tgandan so’ng tiklab bo’lmaydigan o’zgarishlar sodir bo’ladi. o’layotgan odamning hayotini (klinik o’limdan so’ng 5—7 minut orasida) tiklash uchun bir qancha tadbirlar qo’llaniladi. Jumladan, o’layotgan odam yuragi uqalanadi, sun’iy nafas oldiriladi, yurakka bevosita adrenalin yuboriladi, yurak muskuliga elektr toki ta’sir qildirib, uning faoliyatini tiklash mumkin. Maxsus asboblar yordamida arteriyaga (yurakka tomon) kislorodga boy qon quyiladi. Bunda qon birinchi navbatda bosh miya tomirlariga boradi, aks holda miya po’stlog’i tiklanmas darajada potologik o’zgarib, odam tirilmaydi. Tabiiy o’lim — keksaygan organizm funksiyalarining asta–sekin so’nishi orqali vujudga keladi. Lekin juda qari odamlar ham kasallikdan o’lganliklari uchun tabiiy o’lim juda kam uchraydi. Beyvaqt o’lim — jarohatlanish, zaharlanish yoki suiqasddan va kasallik oqibatida bo’ladi. To’satdan o’lish — kutilmaganda soppa – sog’ odamda yuz bergan o’limga aytiladi. Bunday o’lim ko’pincha miyaga qon quyilishi yoki yurak infarkti oqibatida yoki katta diametrli qon tomiriarining yorilishi bilan qonning tez oqishi tufayli sodir bo’ladi. Yuqumli kasallik yoki ba’zan operatsiya vaqtida narkozdan ham yurak to’satdan to’xtashi kuzatiladi. O’limdan keyin atrof–muhit ta’sirida murdada o’ziga xos o’zgarishlar paydo bo’ladi. Jumladan, teri va shilliq pardalar quriydi. Ko’z nuri xiralashadi. o’limdan 4—6 soat o’tgach murda muskullari qisqarib qotadi, qotgan murda 24 soatdan keyin yumshaydi. Ammo uzoq davom etgan kasallikdan so’ng sodir bo’lgan o’limda jasad sekinlik bilan qotadi. Murdada qon arteriya tomirlaridan vena qon tomirlariga o’tib iviydi. Qonning gavdaning pastki tomonlariga oqishi natijasida terida qora – ko’kimtir dog’lar (murda dog’lari) paydo bo’ladi. Organizmning reaktivligi Organizmning tashqi muhit ta’siriga javob berib moslashishi shu organizmning reaktivligi bo’lib, moddalar almashinuvi va ko’payishlar hayotning asosiy xususiyatidir. Tirik organizmning tuzilishi rivojlanib, takomillashib borishi bilan reaktivligi ham murakkablashib o’sishi o’zaro bog’liqdir.Organizm tuzilishining yuqori pog’onaga ko’tarila borishi, tashqi muhitning har xil ta’sirlarga javob berish qobiliyati shunchalik o’sib, moslashib borishi bilan ifodalanadi.Odamning reaktivligi uchun ikkinchi signal sistemasi va oliy nerv sistemasining mohiyati hihoyatda muhimdir. Binobarin, organizmning reaktivligi, uni tashqi muhitning zararli ta’sirlaridan mudofaa qilish xususiyati bo’lib, ular turlichadir. 1. I n d i v i d u a l r e a k t i v l i k — organizmning harorat va kislarod miqdorining ko’p-ozligiga, yashash muhitiga, ovqatlanish rejimiga, yoshga,irsiyatga bo’lgan munosabati bilan aniqlanadi. 2. F i z i o l o g i k r e a k t i v l i k — sog’lom organizm reaksiyasi bo’lib, har xil odamda turlicha bo’ladi, jumladan ba’zi kasalliklar (gripp, difteriyavah.k.) da ayrim bolalarda og’ir, boshqalarida esa yengil o’tadi. Muhofaza reaksiyalari normal fiziologik funksiyalar bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, ishlash davrida modda almashinuvi oshib, yurak urishi, nafas olish tezlashadi. 3. P a t o l o g i k r e a k t i v l i k — kasallik davrida (kasalliklarda organizmning zaiflashishi) yuzaga keladi. Jumladan, kasallikda xarsillash, terlash va organizm haroratining ko’tarilishi antitelolar ishlab chiqarishni oshirib, organizmni holsizlantiradi. Organizmning turli jarohatlardagi holati (reaksiyasi) Organizmda ayrim to’qimalar ta’sirlanganda o’ziga xos holat (reaksiya) paydo bo’ladi. Ammo ayrim to’qimalarning ta’sirlanishiga nisbatan organizm javoblarini rivojlanishida umumiy qonuniyatlar mavjuddir. Jumladan isitma, yiringlanish, shok kabi patologik o’zgarishda ularning har birining rivojlanishida o’ziga xos qonuniyatlari bo’lsada jarayonning kechishi davomida kasal organizmning umumiy reaksiyasi ham o’ziga 8 xos bo’ladi Shuning uchun odam organizmi har qanday ichki yoki tashqi muhit ta’sirlariga qarab o’zgarib moslashib boradi. Organizmn–ing turli iqlim sharoitiga, haroratga moslashishi (frziologik adaptatsiya) ni markaziy nerv sistemasi boshqaradi. Organizmga bo’lgan patologik ta’sir natijasida unda kasalliklarga qarshi turli himoya darajalarining rivojlanishi bilan sharoitga (adaptatsiya) moslashish jarayonlari kuzatiladi. Adaptatsiyaning boshlanishida gemostazning buzilish xavfiga qarshi organizm himoya kuchlarini sarflash (xavotirlanish bosqichi) boshlanadi. Ikkinchi rezistentlik (ustunlik) bosqichida esa organizmda buzilgan muvozanatning tiklanishi kuzatiladi. Bu vaqtda organizm faqat ta’sirlovchi ta’sirigagina emas, balki boshqa patologik omillarga ham moslashib, chidamli bo’lib qoladi. Uchinchi holdan toyish bosqichida esa organizm chidamligining buzilishi bemorni halok qiladi. Kutilmaganda ta’sir etuvchi har qanday sharoit (stress—taranglashish ta’siroti) da ham organizmda moslashish (adaptatsiya) yuzaga keladi. Bunda buyrak usti bezlari po’stlog’i, gipofiz bezlarining old qismi gormonlarining ta’siri muhim ahamiyatga ega bo’lib, nerv sistemasining qitiqlab, asabni taranglaydiJumladan, ta’sirot gipotalamus orqali gipofrz bezining old qismi funksiyasini kuchaytiradi.Gipofiz gormonlari esa qon orqali buyrak usti bezi po’stlog’iga borib, ularning funksiyasini kuchaytiradi. Natijada ta’sirlovchilarga nisbatan organizmda moslashish (adaptatsiya) vujudga keladi. Markaziy nerv sistemasi, ayniqsa uning simpatik nerv sistemasi moslashish (adaptatsion–trofik) jarayonini boshqaradi. Ammo markaziy nerv sistemasida nihoyatda rivojlanib boradigan ta’sirot oxiri patologik jarayon (shok)ga olib keladi. Shok (inglizcha shok – zarb) o’ta kuchli ta’sirotlarga nisbatan markaziy nerv sistemasining kuchli qo’zg’alishidan so’ng bo’lgan organizmning tormozlanish holatidir. Shok tashqi va ichki muhit (jumladan, yurak infarkti)dan keladigan o’ta kuchli ta’sirlanishlar orqali ro’y berishi ham mumkin. Shok uch asosiy guruhga bo’linadi: I. Jarohatlanish, kuyish va yurak og’rig’i kabi kasalliklaroqibatida bo’ladigan og’riq shoki. II.Qon bosimining to’satdan pasayishi, qon yo’qotilishi tufayli gruppasi to’g’ri kelmaydigan qon quyishda yoki o’tkir ta’sir etuvchi moddalar (toksik, zaharlar) oqibatidagi gumoral shok. III.To’satdan qo’rqish, tushkunlikka tushish, nochorlik, ma’yuslik kabi ta’sirotlar orqali bo’lgan psixogen shoklar. O g’ r i q sh o k i – ko’pincha kuchli jarohatlanishdan keyin paydo bo’ladi. Shok qisqa muddatli qo’zg’alish (erektil faza) dan boshlanib, so’ngra odam esankirab, dong qotib qoladi (torpid faza). Bunda bemor sergap bo’lib qoladi va tez–tez bezovtalanadi, ovozi bo’g’iq chiqadi. Rangi oqarib, peshonasini ter bosadi, qon bosimi ko’tarilib, tomir urishi tezlashadi. Ba’zan shokning torpid bazasida yaradorning badani muzdek qotib, harakat qilolmay qoladi. Arteriya pulsi pasayib, arang seziladi. Nafas olishi ham qiyinlashadi. Bunday holat ko’pincha bir necha soatdan keyin o’tib ketsa–da, ba’zan bu o’lim bilan tugashi mumkin. Shok odatda periferik jarohatlanishdan paydo bo’lgan kuchli ta’sirlanishda nervlar orqali markaziy nerv sistemasining qo’zg’alishidan paydo bo’ladi. Shok markaziy nerv sistemasi faoliyatining susayishiga, qon aylanishi, nafas va moddalar almashinuvining og’ir buzilishiga olib keladi. Qon bosimi keskin pasayib, yurak urishi susayadi, natijada tomirlar deposida va tomirlarda aylanuvchi qon miqdori kamayadi, oxiri to’qimalarga, a’zolarga qon kam borib, organizm harorati pasayadi. Natijada, organizmda kislorod tanqisligi oshadi. Odamning qon yo’qotishi, qon bosimini pasaytirib yuboradi. Shu sababli bunday shoklar juda xavfli bo’ladi. Sovuq ta’sirida paydo bo’lgan shok odam holatini yana ham og’irlashtiradi. Og’riq shoki me’da yoki o’n ikki barmoq ichak yarasi yorilganda ham kuzatiladi. o’pka arteriyasidan qon oqishining to’satdan buzilishi (emboliya) oqibatida o’pka shoki yuzaga keladi. Og’riq shoki kuyishdan keyin ham paydo bo’ladi. Bunday shokni kuygan to’qimalardan qonga so’rilgan zaharli (toksik) moddalar keltirib chiqaradi. Shok ko’pincha gruppasi mos kelmaydigan qonni quyishdan so’ng hosil bo’lgan gemoliz natijasida paydo bo’ladi.Bunga gemolitik yoki transfuzion shok deyiladi. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari. 1. Salomatlik va kasallik deganda nimani tushunasiz? 2. Kasallikning qanday bosqichlari mavjud? 3. O’lim nima? O’limning qanday bosqichlarini bilasiz? O’lim turlarini aytib bering ? 4. Organizmning reaktivligi va uning turlarini tasniflab bering ? 9 MAVZU: YALLIG’LANISH Reja: 1. Yallig’lanish haqida umumiy tushuncha. 2. Nekroz 3. Distrofiya 4. Buzilgan funksiyalarning tiklanishi Yallig’lanish murakkab jarayon bo’lib, organizmga (hujayra, to'qima va a'zo) tashqi va ichki patologik omillarning ta’siri natijasida vujudga keladi. Yallig’lanish asosan quyidagi omillar ta’sirida boshlanadi. Jumladan biologik omil (kasallik chaqiruvchi) virus, bakteriya, zamburug' (mikroorganizmlar, parazit hayvonlar), sodda hayvonlar, chuvalchanglar (hasharotlar) orqali yallig’lanish boshlanadi. Bulardan tashqari, kimvoviy (kislota, ishqor, kimyoviy moddalar) va fizikaviv omillar (bosimlar ta’sirida ezilish, harorat, rentgen nurlari) ta’sirida ham yallig’lanish rivojlanishi mumkin. Ichki muhit patologik omillar (moddalar almashinuvi jarayoni va organizmdagi imrnunitet sharoitining buzilishi) ta’sirida ham yallig’lanishning rivojlanishi kuzatiladi. Yallig’lanishning asosan uch xil alterativ, eksudativ va prоliferativ ko’rinishi bo’lib, ular birbirilariga o’tishlari mumkin. Alterativ yallig’lanish ko'proq zaharlanish va toksinlar ta'sirida bo’ladi. Bunda to‘qimaIar distrofiyasi va nekrozi ustunlik qiladi. To’qimalar nekrozi kuchayganda ko’pchilik to'qimalar shikastlanib, o’rnida yaralar hosil bo’ladi. Bunga nekrotik yallig’lanish deyiladi. Ekssudativ yallig‘lanish kuyish, sovuq urish, kimyoviy shikastlanishlar, seroz va shilliq qavatlarning yallig’lanishidan paydo bo’ladi. Bunda alterativ va proliferativ hodisalar kuchsiz bo’lib, ekssudatsiya esa ustun bo’ladi. Ekssudatlar turlicha (scroz, fibroz, yiringli yoki getnorragik) bo’ladi, Ularning turiga qarab yallig’lanish ham turlicha bo’ladi. Seroz yallig‘lanish ekssudat to'planishi bilan xarakterlidir. Ekssudat tarkibida 3% atrofida oqsil, o’lgan hujayralar va leykotsitlar bo’ladi. Seroz ekssudat organizm bo'shliqlari (plevra, qorin, bo'g’im bo'shliqlari va h.k.) da to‘planishi yoki to'qimalarga shimilishi mumkin. Bulardan tashqari, ekssudat shilliq pardalar yuzasiga (nafas va hazrn yo'llariga) ajralishi, terining epidermis qavati ostida to‘planib, uni qavartirishi voki pufakchalar hosil qilishi rnumkin. Yallig'langan to'qimalarning shikastlanishidan vujudga kelgan patologik jarayonlar bilan baravar ularning tiklanishlari uchun organizmning himoya reaksiyalari paydo bo'ladi. Ya’ni oq qon tanachalari oshib, yot zavrachalarni qamrab fagotsitoz qiladi. Ba’zida bunday reaksiyalar organizmga zararli bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun yallig’lanishni tugatish uchun hamisha zaruriy choralar qo'llaniladi. Mоdda1ar a1mashinuvining buzilishi shikastlangan joy markazida kuchli bo’lib, undan uzoqlashgan sari kamaya boradi. Moddalar almashinuvining buzilishi osmotik bosimni oshiradi, tomirlar devorining o’tkazuvchanlik xususiyati ortib, ekssudatsiya natijasida yallig'langan joyga suyuqlik to'planadi. Ayni vaqtda hujayralarning ko'payishiga yordam beruvchi moddalar hosil bo'ladi Natijada alteratsiya va ekssudatsiya bilan bir qatorda to’qimalarning proliferatsiyasi uchun ham zamin tayvorlanadi. Bu vaqtda qon tomir (arteriyalar va kapillyarlar)da avval qisqa muddatli spazm bo'lib, keyin kengayganida qon oqish boshlanadi. Yallig'langan joyda haroratniug ko'tarilishi qonning yopishqoqligi ortadi. Keyinchalik to'qimalar shishi qon tomirlarni ezadi. Yallig’langan joyda hosil bo’lgan tromblar esa tomirlar teshigini berkitadi. Natijada qon oqishi sekinlasha borib to'xtaydi. Yalliglanishda leykotsitlar tomirlardan to‘qimaga chiqib, bakteriyalar hamda yot tanachalarni qamrab oladi va bir qismi halok bo’ladi. Saqlangan leykotsitlar keyinchalik yallig’lanish zonasidan chiqib, qon yoki limfaga shimiladi. Ekssudativ yallig‘lanish zonasida infiltrlovchi hujavralarning to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Bunga infiltrativ yallig'lanish deb ataladi. 10 To‘qimalarda to‘plangan ekssudat yallig‘langan joyning bo'rtishiga, nerv oxirlarini ezib, og'riqning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pincha ekssudat tana bo‘shliqlari (plevra, qorin bo‘shlig‘i) da yig'iladi. Bunga plevrit va peritonit deyiladi. Yallig'langan joyda hujavralarning ko'payishi (proliferatsi ya) ko‘pincha qon va limfa tomirlar ustki qavat (adventitsiya) hujayralari va retikulyar hujayralardan boshlanadi. Bunda hujayralar bo‘kib, yumaloq shaklga kirib ko'payadi va harakatchan (adashgan hujayralar) bo'ladi. To'qima hujayralaridan paydo bo’lgan adashgan hujayraiar ham fagositoz qobiliyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun ularni makrofaglar yoki gistositlar deyiladi. Shuningdek birikturuvchi to‘qimalar ham qon tomirlar o‘sishi bilan birga (ammo fagositozda qatnashmaydi) ko‘payib, yallig'lanishdan so’ng tiklanishda (regeneratsiyada) qatnashadi. Natijada yosh qon tomirlarga boy granulyatsion to‘qima o‘sib, asta-sekin yallig’lanish o'chog’i bilan sog’lom to‘qima oralig‘ida to‘siq hosil qilib joylashadi. Shu yo‘sinda o’lgan to‘qimalarning o'rni asta-sekin to’ladi. Yallig’lanish turlicha (o’tkir va xronik) xarakterli bo’ladi. O‘ tkir yallig‘lanishda ekssudat ustun bo’lsa, xronik yallig‘lanishda proliferatsiya ustun bo’ladi. Ammo yallig’lanish jarayonida ekssudat va proliferatsiya jarayonlari nisbatan organizm holatiga qarab o'zgarishi mumkin. O‘tkir yallig’lanish batamom tuzalib ketishi mumkin, lekin organizm kuchsiz bo'lsa, surunkali (xronik) bo’lib qolishi ham mumkin. Jumladan, tinkasi qurigan va avitaminoz bo’lgan odamlarda hamda keksalarda yallig’lanish uzoqqa cho‘ziladi. Xatarsiz o’lgan yallig’lanishda ekssudat va o’lgan to‘qima elementlari, leykotsitlar autoliz ta’sirida so'rilib yara tozalanadi. Qo‘shni hujayralarning proliferatsiyasi tufayli to‘qima regeneratsiyasi bo'ladi. Yara kemtiklari esa biriktiruvchi to‘qima (chandiqlar) hisobiga to’ladi. Hosil bo’lgan chandiqlar to'q ima va a’zolarni xunuklashtirish bilan birga uning faoliyatiga ham ta’sir etadi. Jumladan, qizilo‘ngach va siydik chiqaruv naychalariga o‘xshash a'zolarning yallig’lanishi natijasida chandiqlar ularning teshigini toraytiradi. Yallig’lanish mahalliy jarayon bo’lishidan qat’iy nazar butun organizm holatiga ta’sir etadi. Qonda oqsil rnoddalar miqdori oshadi, vitaminlar o‘zgaradi, leykotsitoz bo’lib, harorat ko’tariladi. Organizm to‘qimalaridan oqsilning yo‘qolishi natijasida parenximatoz a’zolar (jigar, buyraklar va miokard) da distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi, organizm madorsizlanadi. Yallig’lanish jarayonining joylashgan joyi yoki a'zo nomiga qarab turli nomlar (terminlar) bilan ataladi. Masalan, yallig’langan a’zoning lotincha yoki grekcha nomining oxiriga «itis», ruscha nomining oxiriga esa «it» qo‘shimchasini qo'shish tasdiqlangan. Jumladan, plevraning yallig’lianishi pleuritis (plevrit), chuvalchangsimon o‘simtaning yallig’lanish appendicitis (appenditsit) va h.k. A’zolaming tashqi qavati yallig’lansa «peri» qo‘shiladi. Jumladan, taloq kapsulasining yallig‘lanishi perisplenit deyiladi. A’zoning o‘rab olgan biriktiruvchi to‘qima yallig‘lansa, «para» qo'shiladi. Chunonchi buyrak atrofidagi kletchatkaning yallig’lanishi paranefrit deb ataladi. Ba’zi a'zolarning yallig’lanishi maxsus termin bilan ataladi. Jumladan, halqumdagi murtaklar yailig‘lanishi angina, o'pkaning yallig‘lanishi pnevmoniya deyiladi Organizm bo‘shliqlari yallig‘lanib yiring to‘plansa empiyema (plevra empiyemasi) deyilsa, chipqonga — furunkul, chipqonlarning o'zaro qo‘shilganiga — karbonkul, to'qimaning tarqoq yiring bosgan yallig‘lanishi flegmona, chegaralangan yiringli bo‘shliq (fasod, madda) abssess deb ataladi. Parenximatoz a’zolarning seroz yallig‘lanishi ularda skleroz paydo qiladi. Fibrinoz yalliglanish ikki xil (krupoz va difterik) ko‘rinishda bo‘lib, tomirlardan chiqqan ekssudat chigallashib, fibrin iplari ko‘rinishidagi ivuvchi massa hosil qilishi bilan farqlanadi. Krupoz yallig‘lanishda fibrin yallig‘langan a’zo yuzasida (plevrit , perikardit) 11 yoki bo‘shlig‘ida — shilliq qavatda (traxeya, bronxlarda) bo‘ladi. Fibrinoz yallig'lanishida a’zo yuzasi (seroz qoplamalar) xiralashib, kulrang tusga kiradi. Ba’zan ip ko‘rinishidagi fasod yaxshi ko‘rinadi. O‘pkaning krupoz yallig‘lanishida a lveolalarda probkalarga o‘xshash fibrin to'plamlar hosil bo'ladi. Difteritik yallig’lanish faqat shilliq qavatda bo‘lib, nafas yo’llarida, siydik chiqarish naychalarida, dizenteriyada ichakda alteratsiya kuchli rivojlanadi. Bunda fibrin o‘lgan va yallig’langan to'qimaga shimilib ketadi. Shuning uchun fibrin pardaga mustahkam yopishadi. Yallig’langan shilliq qavatda to‘qimalar o‘zgaradi (defekt) va yaralar paydo bo'ladi. Fibrinoz yallig’lanish odatda o‘tkir kechadi. Yallig‘lanish tugagandan so‘ng fibrin so‘rilib, qoplamalar tiklanadi. Yiringli yallig’lanish — ekssudatda leykotsitlar (ko‘pincha o‘lgan), parchalangan eritrotsitlar, oqsillar va to‘qima hujayralarining parchalanish mahsulotlari, yiringli tanachalar (yiring) hosil qiladi. Yiring turli (xira, kulra ng, sarg'ish-kulrang yoki sarg‘ishyashil) rangli quyuq yoki suyuq bo‘ladi. Yiringli yallig‘lanishda o‘lgan leykotsit lizosomalarining fermentlari to‘qimalarni eritib yuboradi. Yiringli yallig’lanish to'qimalar ostida, pardalar yuzasida, seroz parda kapsul alarida paydo bo‘ladi. Agarda yiring to'qimalar orasida bo‘lsa — flegmona (yiringli infiltrat), to‘qimalarning erib ketishidan hosil bo'lgan bo'shliqlarda joylashgan bo‘lsa — abssess (fasod) deb ataladi. Abssesslarda odatda granulyatsion parda yiring hosil bo’lishini rivojlantiradi. Shuning uchun yiring tug‘diruvchi parda (piogen parda) deb ataladi. Abssess xronik tusga aylansa, uning atrofini (biriktiruvchi to'qimadan hosil bo‘lgan) abssess kapsulasi o‘raydi. Ko‘pincha to'plangan yiring tashqariga yoki bir or bo‘shliqqa fistula (chiquvchi yo’l) hosil qilib yoriladi. Ba’zan to‘qimalar orasidan boshqa qismga o‘tib, yangi abssessni hosil qiladi. Yiringlar ko‘pincha stafilokokklar, streptokokklar, gonokokklar va boshqa mikroblar orqali nimjon organizmga yuqadi. Bulardan tashqari, to‘qimalarga skipidar, kerosin kabi kimyoviy moddalar ta’sir qilganda ham mikrobsiz (aseptik) yiringlanish kuzatiladi. Irigan (gangrenoz) yallig’lanish to'qimalarni iritib, parchalab yuboradigan bakteriyalar tushganda ro'y beradi. Ko'pincha gangrenoz yallig'lanishda (gangrenoz angina, iri gan bronxit) asorat qoladi. Gemorragik yallig‘lanishda ekssudatda eritrotsitlar bo‘ladi. Eritrotsit miqdori ko'p bo‘lganda ekssudat qizil, qo‘ng‘ir tusli ko'rinadi. Bunday yallig‘lanishlar gemorragik diatez, «С» avitaminozda va ba’zi kasalliklarda kuzatiladi. Masalan, grippda (gemorragik yallig‘lanish nafas yo‘li va o‘pkada), kuydirgida, chechakda kuzatiladi. Kataral yallig‘lanishda ekssudat (seroz yoki yiringli) da ko‘p miqdorda shilliq bo‘ladi. Bunda shilliq pardalarning yuza qavati yallig‘lanib, bo‘rtib chiqadi, bezlar faoliyati kuchayib, ko‘plab shilliq ishlab chiqaradi. Kataral proliferativ yallig‘lanishda yangidan hujayralar hosil boladi. Bunda biriktiruvchi to‘qima hujayralari, epidermis va parenxima hujayralarining proliferatsiyasi kuzatiladi. Biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib ketishi shikastlangan a’zoning qalinlashishiga olib keladi. Bunga skleroz yoki (jigar va o‘pkada) sirroz deb ataladi. Sirrozda qo‘shuvchi to'qimalar o‘sib ketishi natijasida a ’zo parenximasining atrofiyasi yuz beradi. U qo‘ng‘ir tusli bo‘lganidan «sariq» deb ham ataladi. Ba’zan proliferativ yallig'lanishda tugunchalar (granulema yallig’lanish) hosil bo‘ladi. Bunga burun bo‘shlig‘idagi, ichak shilliq qavatidagi poliplar va boshqalar kiradi. Bosh miya to'qimalaridagi yallig'lanish esa gliya va kapillyar qon tomirlar endoteliysining proliferatsiyasi bilan kechadi. Masalan, toshmali tif va virusli ensefalitda, miya sklerozida gliyalardan tugunchalar hosil bo‘ladi. 12 Proliferativ yallig‘lanish organizmga tushgan yot jismlar (o'q, snaryad bo‘lakchasi, zirapchalar, operatsiyada ishlatiladigan tikish materiallari — ipak, ketgut va hokazo) turli protezlar, shuningdek to'qimalarga kirib qolgan ilmoqli gijjalar, exinokokklarning finnalari atrofida bo‘ladi. Keyinchalik bu granulyatsion to'qima chandiqqa aylanadi. Parazitlar halok bo'lgach yallig'langan joy ohaklanadi. Spetsifik (maxsus) yallig'lanishlar va granulemalar, granulyatsion tugunchalar (granulemalar) bir qator yuqumli (sil mikobakteriyasi, zaxm spiroxetasi, moxov, manqa tayoqchalari) kasalliklarda proliferativ reaksiya tufayli paydo bo'ladi. Har bir kasallikda yallig’lanish jarayoni o‘ziga xos xususiyatga ega bo'ladi. Spetsifik yallig'lanish alterativ yoki ekssudativ ko'rinishda kechishi mumkin. Ammo ko'pincha granulemaning hosil bo'lishi proliferativ yallig'lanishning ustunligi bilan o'tadi. Spetsifik yallig’lanish va granulemalar asosan surunkali bo'ladi. Bunga sil do'mboqchalari misol bo'la oladi. Sil do'mboqchasi ko'pincha epiteliy hujayralarga o'xshash granulyatsion hujayralardan tashkil topgan bo'ladi. Bunday granulyatsion hujayralar orasida ko'p yadroli hujayralar ham bo'ladi. Bunga N.I. Pirogov - Langgansning (birinchi bo'lib topganlari uchun) bahaybat hujayralari deyiladi. Bunday do'mboqcha hujayralari orasida limfoid hujayralar ham bo'ladi. Do'mboqcha markazida distrofik o'zgarishlar — nekrozni kuzatish mumkin. Sil kasalligida epitelioid do'mboqchalar odatda yallig'lanish jarayoni tugagach chandiqlarga aylanadi yoki butunlay so‘rilib ketadi. Sil do'mboqchalaridagi o'lgan joylar uvalanib ketadigan quruq suzmasimon (kazeoz) nekrozga aylanadi. Ichak silida ko'pincha kazeozlar erib, o'rnida yaralar yoki bo'shliqlar hosil bo'ladi. O'pkadagi bo'shliqqa kavernalar deyiladi. Zaxm kasalligida yallig'lanish spiroxetaga o'rnashgan joylarda (jinsiy a’zolarda) qattiq shankr — chakmazak va regionar limfa tugunlari hosil qiladi. Bunday yallig’lanishlarda ko‘pchilik tomirlar shikastlanib, shilliq pardalarda va terida infiltratlar kuzatiladi. Nihoyat, ko‘pchilik a’zo (tomirlar, suyaklar, jigar va teri) larda gummalar paydo bo'ladi. Gummalar - sil do‘mboqchalari kabi infeksion granulemalardir. Ular ko‘proq suzmasimon nekrozga uchraydi. Bular keyinchalik quyuq, yopishqoq massa hosil qilib eri b ketadi.Moxov (lepra) kasalligida yallig‘lanish va granulemalar ba’zi yuqumli (brutsellyoz, manqa) kasalliklardagi kabi paydo bo‘ladi. Nekroz Tirik organizmda ayrim a’zolarning yoki ularining ayrim qismlari — to‘qimalarning o'lishiga nekroz deyiladi. Nekrozda hayot faoliyati to‘xtagan to'qimalar qayta tiklanmaydi. Nekroz ko‘pincha ayrim a’zolarda va to‘qimalarda qon aylanishining buzilishi orqali rivojlanadi. Qon aylanishining buzilishi esa markaziy yoki periferik nerv sistemasining nevrogen o'zgarishiga bog‘liqdir. Normal organizm faoliyatiga qarib olgan hujayralar o‘rniga yangi hujayralar paydo bo’ladi. Bunga mikronekroz deyiladi. Tirik organizmda halok bo‘layotgan hujayralar astasekin eriy (autoliz-oyto so‘zi, Iysis - erish) boshlaydi. To‘qimalarda kislorod almashinuvi buzilganda hujayra ichida kislotali sharoit o‘zgaradi, lizosoma membranalari parchalanadi. Bu vaqtda gidrolitik fermentlar tashqariga chiqib, hujayrani parchalaydi. Nekroz o'z navbatida moddalar almashinuvining buzilishiga sababchi bo'ladi. Shuning uchun nekrozga distrofik yoki nekrobiotik jarayon oqibati deb qaraladi (18 -rasm). 13 Nekroz asosan mikrob toksinlari, nur energiyasi, kislotalar, yuqori harorat kabilar ta’sirida paydo bo‘ladi, Nekrozga uchragan zonada namlik yo‘qolib, qurish hamd a olgan to‘qimalar irishi (yiring) yuz beradi va bu atrofdagi to‘qimalarga ham ta’sir etib, ularning o’zgarishiariga sabab bo‘ladi. Nekroz dasllabki hujayra yadrosining erib (kariolizis — karyon yadro, Iysis -erish) yo'qolishidan boshlanadi. Ba’zida yadro burishib (kichiklashib), piknoz (piknoo — zichlashish) kuzatiladi, Hujayra proloplazmasi yadrosiga nisbatan kechroq yemiriladi Nekroz oldidan biriktiruvchi to'qimalar bo'yalishi o'zgaradi, so'ngra parchalanadi. To'qimalar nekrozi turlicha bo'ladi. Quruq nekrozda o'lgan to’qimalar zichlashib, suyuqligi yo'qolib, kulrang-sariq tusli suzmasimon massa hosil bo'ladi (19-rasm) Namli nekrozlar ko'proq sernam to'qimalarda (miya to'qimasi) bo'lib, ular nekrozdan keyin ham suyuqlikka bo'kkan holda bo'ladi. Gangrenada o’lgan to'qimalarda gemoglobin parchalanib, nekrozga uchragan to'qima kulrang-qo‘ng‘ir yoki qora tusga kiradi. Quyuq gangrena ko'proq tananing tashqi yuzasida bo'ladi. Bunday gangrenalar sovuq ta’siridan, yurak ish faoliyatining pasayishi, qon tomirlarning arterit siqilishi (spazma) dan yoki obliteratsiya (qon tomir ichi asta - sekin yopilib qon o'tmaydi)dan bo'ladi. Bunda nekrozga uchragan joyda namlik yo'qoldi. Chirigan yoki septik gangrena — nekrozga uchragan to'qimalarga mikroblar kirib, uni chirishi va parchalanish natijasida yuz beradi. Anaerob (gazli) gangrena maxsus mikroblar ta’sirida yaralanish bilan boshlanib, nekroz bilan tugaydi. Bu xil nekrozlardan tashqari, yotoq nekrozi ham bo’lib, odam uzoq vaqt yotishi natijasida tananing ezilib qolgan qismida paydo bo‘ladi. Bular dumba, dumg'aza, kuraklar sohasidagi teri va qon tomirlaming ezilishi, moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kuzatiladi. Yotoq yaralar. orqa miyaning shikastlanishi, trofik funksiyalarining buzilishi ham nekrozga sabab bo'ladi. Nekroz tufayli o‘lgan to‘qimalar atrofidagi tirik to’qima bilan o‘lik to'qima oralig‘ida yiringlagan chegara to'qima (demarkatsion) — zona paydo bo‘ladi. Suyaklarning o’lgan qismi kapsula bilan qoplangan holda uzoq yillar saqlanib qoladi. Ba’zan olgan suyak to‘qimasi (qo‘l-oyoq suyaklarida) chuvalchangsimon suyak o‘simtasi bolib ajralishi mumkin. Odatda, nekroz bo'lgan zonaga to‘qimalar о'sib kirib, chandiq to'qima hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan tashqari, klinik-morfologik belgilarga qarab, turli a’zolarda uchraydigan infarkt, gangrena va sekvestr (o’lgan hujayralarning ajralishi) ham nekroz turiga kiritilgan. Infarkt nekrozning eng ko‘p uchraydigan turi bo‘lib, bu a’zolar tarkibidagi qon tomirlarning turli sabablarga ko‘ra kuchli spazma (qisilishi) yoki tromb hosil bo’lishi orqali vujudga keladi. Gangrena tashqi muhit (mikroblar, trofik yaralar, jarohatlanish) oqibatida to‘qimalardagi moddalar almashinuvining buzilishi bilan paydo bo‘ladi. Sekvestr (o‘lgan hujayralarning ko‘chishi) deb o‘lgan hujayralarning sog‘lom to‘qimalardan ajralib ko‘chishiga aytiladi. Sekvestr ko’proq osteomiyelitda, suyak sinishida va suyak silida kuzatiladi. 14 Distrofiya To‘qimalarda moddalar almashinuvining buzilishi turli o‘zgarishlar (atrofiya)ga olib keladi. To‘qimalar kimyoviy tarkibining sifati o‘zgarishiga distrofiya deb ataladi. To‘qimalardagi morfologik o‘zgarishga qarab distrofiya parenximatoz va mezenximal bo‘ladi. Moddalar almashinuvi, gidropik, donali va fibrionoid kabi o‘zgarishlar parenximatoz distrofiya turiga kiradi, gialinli amiloidoz kabi distrofiyalar mazenximal distrofiya turiga misol bo’ladi. Barcha tirik hujayralar tarkibida oqsil bo’ladi va ular strukturasining asosiy tarkibi bo‘lib hisoblanadi. Oqsillar almashinuvining buzilishi to'qimalar va uning hujayralari strukturasini o‘zgartirib, oqsil distrofiyasini vujudga keltiradi. Hujayralarning o‘zgarishi gidropik (donador) va distrofiya shaklida bo‘ladi. Donali distrofiya ko‘proq parenximatoz a’zolar hujayrasiga (yurak muskuli, buyrak—siydik chiqarish kanalchalari va jigar) xos bo‘lib, ular bo‘kkan ko‘rinishda uchraydi. Bo‘kkan hujayralar protoplazmasida donalar va tomchilar paydo bo‘ladi. D o n a l i d i s t r o f i y a ko‘proq yuqumli kasalliklarda va qon aylanishining buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Donali distrofiya davrida a’zolar funksiyasi pasayadi. Bunda ba’zan hujayralarning halok bo‘lishi va a’zolar faoliyatining og‘ir buzilishi kuzatiladi. G i d r o p i k ( d o n a d o r ) d i s t r o f i y a (suyuqlikni yoki vakuolli o‘zgarish) turli yuqumli kasalliklar va buyrak kasalliklarida, oqsil va suv almashinuvi jarayonlarining buzilishi natijasida yuz beradi. Bunda hujayralar protoplazmasida suv to'planib, ba’zi hujayralarning yashash qobiliyati yana tiklanadi, qolganlari esa halok bo'ladi. О q s i 11 i d i s t r о f i ya — hujayralararo moddalarning oqsil almashinuvi (mukoid va fibrinoid distrofiya, gialinoz va amiloidoz) buzilishidan pavdo bo‘ladi. Mukoid distrofiyada kollagen tolalarining kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. F i b r i n o i d d i s t r о f i ya mukoid o'zgarishning davomi bo'lib, bunda kollagen tolalarda chuqur distrofik o‘zgarishlar paydo bo’ladi va tolalar bo‘kib o‘zaro qo'shilib ketadi. Qon tomirlar o'tkazuvchanligi ortib, ko'plab qon oqsillari (albumin, globulin va fibrinogen) biriktiruvchi to‘qimaga o'tib ketadi. Mukoid va fibrinoid distrofiyada ko‘pincha toqimalar funksiyasi buzilib, ba’zida esa ular nekrozga uchraydi. G i a 1 i n 1 i d i s t r о f i ya gialinoz tomirlar devorida yoki biriktiruvchi to‘qimada bo‘lib, ko‘rinishi jihatidan gialin tog‘ayga o‘xshash gomogen massa hosil qiladi. Biriktiruvchi to'qima gialinozida kollagen tolalar parchalanib, zich gomogen massa hosil qiladi. Jumladan, yallig’lanishdan so‘ng paydo bo‘lgan chandiq (biriktiruvchi to’qimaning mahalliy gialinozi) yoki qon tomirlar o’tkazuvchanligining buzilishi oqibatida plazmatik shimilish rivojlanadi. Natijada qon tomirlar devorining gialinozi vujudga keladi. Tomirlar o'tkazuvchanligi oshganda (gipertoniya kasalida) ko‘pincha mayda tomirlar — arteriolalar devori qon plazmasiga to‘yinishi (plazmatik to‘yinish) oqibatida ularning devori bo'sh qoladi, keyinchalik bo‘shliqlar torayib, plazma oqsili ivib, gialinga o‘xshash massaga aylanadi. Natijada qon tomirlar devori qattiqlashib va bo‘shliqlar o‘ta torayib, ularning qisqaruvchanlik qobiliyati yo‘qoladi. Bunday o‘zgarishlar qon aylanishining buzilishiga sabab bo’ladi. A m i 1 о i d 1 i d i s t r о f i ya (amiloidoz) da a’zolarning hujayralararo moddalar almashinuvi buzilib, gialinga o‘xshash qattiq oqsil massa (amiloid) si hosil boladi, Amiloid odatda mayda qon tomir va kapillyar devorida, retikulyar to‘qimada, epitelial hujayralar ostida, jigar, buyrak usti bezlari va taloqda to‘planadi. U to‘plangan a’zolar to‘qimasini asta-sekin yemirib va faoliyatini buzib, bemorning o’limiga sabab bo’ladi. Amiloid ko‘p to‘plangan a’zolar qattiq va sinuvchan bo‘ladi, uning to‘qimasi kesmada mumsimon yoki yog‘ tusiga kiradi. Amiloidoz oqsil almashinuvining keskin buzilishiga olib keluvchi kasalliklar (sil, zaxm, surunkali yiringli yaralar) da kuzatiladi. Nukleoproteid, hujayralar yadrosi tarkibidagi murakkab oqsillar bo’lib, ular normal holatda parchalanib siydik kislotasi holida bir kecha-kunduzda 0,8—1,2 g miqdorida ajraladi. Ba’zi kasalliklar (isitma, yiringli jarayonlar) da nukleo- proteidlar ko‘proq parchalanib, qonda to'planadi 15 (buyrak funksiyasi buzilgan bo‘lsa). Natijada podagra rivojlanib, qo‘l- oyoq bo‘g‘imlarida va pay qinlarida siydik kislotasi kristallari to'planadi. Podagrada mayda bo‘g‘imlarda qattiq og'riq va shish paydo bo’ladi. Atrofiya A t r о f i ya (grekcha a — inkor qilish, trophe — oziqlanish) —to'qimalar oziqlanishining buzilishi bo‘lib, bunda a’zolar hajmi kichiklashib, hujayralar sifati o‘zgaradi. Atrofiya fiziologik va kasalliklar natijasida paydo bo‘ladi. Fiziologik atrofiya odatda a’zolar o‘z funksiyasini bajarolmay qolishi tufayli yuz beradi. Jumladan, organizm o‘sishdan to‘xtagach ayrisimon bez atrofiyalanib, yog‘ to‘qimasi bilan almashinadi. Bola tug'ilgach mustaqil qon aylanish boshlanishi bilan yurak bo‘lmachalari oraliq devorchasidagi ovalsimon teshik, o‘pka arteriyasi bilan aorta o‘rtasidagi arteriya yo‘li atrofiyalanib berkiladi. Odam qarigan sari hayot faoliyatining pasayishi turli o‘zgarishiarga sababchi bo‘ladi. Jumladan, bezlar va ichki a’zolar hajmi kichiklashadi, terining elastikligi yo‘qolib, unda ajinlar paydo bo’ladi. O‘ta kam ovqatlanish yoki surunkali ochlikdan odam haddan tashqari ozib ketadi. Bunday hol sil, xavfli o‘smalar, zaharlanish natijasida yuz berib, bunda a’zolar atrofiyalanib, hajmi kichiklashadi. Nevrotik atrofiya deb, ko‘pincha orqa miya yoki periferik nervlar shikastlanganda kuzatiladigan skelet muskullari atrofiyasiga aytiladi. A’zolar faoliyatining pasayishida (oyoq-qo‘l shikastlanganda) moddalar almashinuvi susayadi, natijada atrofiya rivojlanadi. Atrofiyalangan a’zoda biriktiruvchi to‘qimaning rivojlanishi, uning shakliga va qattiqligiga ta’sir qiladi. Atrofiya sabablari bartaraf qilinsa, a’zolar asli holiga qaytishi mumkin. Jumladan, singan suyak bitib harakat qilishi atrofiyalangan muskullarni qaytadan tiklaydi. Ammo og‘ir atrofiyaga uchragan a’zolar esa to’la tiklanmasligi mumkin. Buzilgan funksiyalarning tiklanishi Odam kasallikka chalinganda a’zolar to‘qimasi, uning tuzilishi va ularning funksiyalari buziladi. Buzilgan funksiyalarni boshqa a’zolar yordamida o‘rnini bosib tiklash (kompensatsiya) uchun organizmda moslashish jarayoni paydo bo‘ladi. Organizmda kompensatsiya turlari xilmaxildir. Jumladan, bir buyrak kasallanganda ikkinchi buyrakka o‘z vazifasini oshirib organizmni kerakli kislorod bilan ta’minlaydi. Yirik qon tomirlar jarohatlanganda qon aylanish mayda qon tomirlar hisobiga rivojlangan kollateral tomirlar va anastomozlangan tomirlar orqali tiklanadi. Doimiy jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanadigan odamning yurak muskullari hajmi yo‘g‘onlashib (gipertrofiya) ancha baquvvat bo‘ladi. Bu kabi kompensatsiyani organizmning boshqa qismlarida, a’zo va to‘qimalarida ham kuzatish mumkin. Lekin funksional kompensatsiya hamma vaqt ham to‘la bo'lavermaydi. Ba’zida funksional kompensatsiya qisman bo‘lib, buzilgan funksiyaning o‘mini to'la to‘kis bosmasligi ham mumkin. Masalan, odam tinch holatda yurak porogini sezmasa-da, jismoniy mehnat vaqtida yurak organizmga kerakli bo‘lgan qonni yetkazib bera olmaydi, bunda kompensatsiya to‘la bo‘lmaganligi namoyon bo‘ladi. Ba’zan kompensatsiya vaqtincha bo‘ladi. Jumladan, gipertoniya kasalida qon bosimi oshgan sari yurak hajmi ham (gipertrofiya) kattalashib, tomirlarda qon oqishini kompensatsiya qiladi. Ammo bunda kompensatsiya uzoqqa bormaydi, yurak muskullari cho‘zilib, qisqarish kuchi kamayadi. Natijada qon aylanishi buzilib dekompensatsiya ro'y beradi. G i p e r t r о f i ya (grekcha hyper — ortiq, trophe — oziqlanish) ma’lum sharoitga moslashish uchun a’zo yoki uning alohida qismi kattalashib, vazifasi kuchayadi. Giper- trofiya chin va soxta bo‘ladi. Chin gipertrofiyada ko‘pincha a’zolar vazifasining oshishi tufayli hujayralar hajmi kattalashib, ular soni (giperplaziya) oshadi. Natijada a’zolar hajmi kattalashadi, oqsillar almashinuvi kuchayadi, chin gipertrofiyada RNK miqdori ortib, fermentlar faoliyati zo‘rayadi. Soxta gipertrofiyada esa a’zolar hajmi ko‘pincha yog‘ to‘qimalarining to‘planishi orqali vujudga keladi. Bunda a’zoning parenxima qismi kattalashmasdan, aksincha, kichrayishi (atrofiya) kuzatiladi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanganda ham a’zolarda, to‘qimalardagi pertrofiya kuzatiladi. Bunga ishchi gipertrofiya deyiladi. Ba’zi kasallikka qarshi zo‘r berib ishlaganda ham 16 gavda muskullari yoki a’zolarning hajmi kattalashadi. Bunga kompensator gipertrofiya deyiladi. Masalan, qon bosim kasalligida qon tomir bo'shliqlari torayib, qon aylanishi qiyinlashadi. Qon aylanishini ta’minlash uchun yurak zo‘r berib ishlaydi. Bu hol yurak gipertrofiyasiga sabab bo’ladi. Bir o‘pka kasallansa, ikkinchi o‘pkada gipertrofiya kuzatiladi va hokazo. Ishchi gipertrofiya silliq muskulli a’zolarda ham sodir bo’ladi. Masalan, ichak yo'lining bir joyi toraysa, uning yuqori qismidagi pertrofiyaga uchraydi. Bir buyrak ishlamasa yoki yo‘q bo‘lsa. uning vazifasini ikkinchi sog’lom buyrak bajaradi va hajmi kattalashadi. Bunga vikar (lat. vicraius — o‘mini bosuvchi) gipertrofiya deb ataladi. Gipertrofiyaning bu turi kompensator (moslashish) natijasida vujudga keladi. Ammo a’zolar gipertrofiyasining o‘ziga xos imkoniyati bo‘lib, so‘ngra dekompensatsiyaga aylanishi mumkin. Jumladan, gipertrofiyalashgan yurak muskullarining qon bilan ta’minlanishi vaqti kelib normadan pastga tushib ketadi. Natijada gipertrofiyalangan muskul tolalari yetarlicha qon bilan ta’minlanmasligi oqibatida ularda distrofik o‘zgarishlar rivojlanadi. Bu holatda yurak muskullarining qisqaruvchanlik qobiliyati pasayib, oxiri yurak gipertrofiyasi, dekompensatsiyasi paydo bo‘ladi. Moddalar almashinuvining neyro-gumoral idora etilishining buzilishi yoki ba’zan gormonlar ta’sirida ham a’zolar gipertrofiyasi yuz berishi mumkin. Regeneratsiya — jarohatlangan yoki o‘lgan to‘qimalarning qayta tiklanishiga regeneratsiya deyiladi. Regeneratsiyaning ikki — fiziologik va tiklanuvchi turi tafovut qilinadi. Fiziologik regeneratsiya kundalik normal hayotda halok bo‘lgan hujayralar o'rniga yangi hujayralar paydo bo’lishidir. Odamning qon hujayralari o‘rtacha bir oy davomida yangilanadi. T i k l a n u v c h i r e g e n e r a t s i y a — jarohatlangan to‘qimalarda, sog‘lom qolgan hujayralarning ko‘payishi hisobiga yuz beradi. Bunda nuqsonga yaqin sog‘lom to‘qimalarda kompensatordagi pertrofik jarayon (regeneratsion gipertrofiya)i rivojlanadi (19-rasm). Regeneratsiyaning rivojlanishi jarohatlanish xarakteriga, ya’ni unda infeksiya va yot jismlar bo’lish-bo'lmasligiga bog‘liqdir. To‘qimalarning kichikroq nuqsonlarida regeneratsiya to‘liqroq bo'ladi, katta nuqsonlarda esa chandiq hosil qilib bitadi. Regeneratsiya turli to'qimalarda turlicha bo'ladi. Biriktiruvchi to'qima regeneratsiyasida bu to'qima o‘zi t i k lanibgina qolmay, boshqa to‘qimalar tiklanishida ham ishtirok etadi. Qon shaklli elementlari kamroq qon yo’qotilganda tezroq va to‘la tiklanadi. Ko‘proq qon yo‘qotganda esa doim qon shaklli elementlari ishlab chiqaradigan ko‘mikdan tashqari moyli (sariq) ko‘mikda, jigarda ham qon yaratuvchi bo‘laklar paydo bo‘ladi. Bunday bo‘lakchalarga ko‘mikdan tashqaridagi (ekstramedullyar) qon yaratuvchi bo‘lakchalar deyiladi. Suyak to‘qimasining regeneratsiyasi asosan suyak usti pardasida bo'ladi. Tog‘ay to‘qima o‘z vazifasini bajarish vaqtidagina regeneratsiyalanadi. Muskul to‘qima ayniqsa ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘la regeneratsiya bo’lmasdan shikastlangan joyda chandiq rivojlanadi. Epitelial to‘qimada regeneratsiya (ayniqsa shilliq qavat va terida) yaxshi bo‘ladi. Nerv to‘qimasida esa turlicha bo'ladi. Markaziy nerv sistemasi hujayralari deyarli regeneratsiya bo'lmaydi. Perifenk nerv jarohallanganda ulaming markaziy qismi (hujayralari) saqlangan bo'lsa, yangi nerv tolasi o‘sib yaxshi regeneratsiya bo'ladi. Jarohatlangan nervning periferik qismi esa halok bo’ladi. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari. 1. Yallig’lanish haqida umumiy tushuncha ? 2. Nekroz va uning turlarini tasniflab bering ? 3. Distrofiya va atrofiyaga ta’rif bering ? 4. Buzilgan funksiyalarning tiklanishi – regeneratsiyani tushuntiring ? 17 Mavzu: Hujayralarning tarkibiy tuzilishi, shakllari va patologiyasi. To’qimalar haqida tushuncha. O’smalar haqida ma’lumot. Reja: 1. Hujayralarning tuzilishi, qismlari va organizmdagi ahamiyati. 2. Hujayra patologiyasi. 3. O’smalar haqida umumiy ma’lumot. 4. To’qimalar haqida umumiy tushuncha. 5. Qoplovchi epiteliy to’qimasi va ichki biriktiruvchi to’qima. 6. Muskul to’qimasi va nerv to’qimasi. 7. A’zo va a’zolar sistemasi haqida tushuncha Odam gavdasi (organizm) hujayralar, to’qimalar, a’zolar va suyuq tarkibiy qismlardan tuzilgan bir butun murakkab sistema bo’lib, tashqi muhit bilan chambarchas bog’langan holda yashaydi. Murakkab tuzilgan ana shunday ko’p hujayrali organizmda nerv sistemasi rivojlanib, a’zolarning funksiyalarini, hatto suyuqlik sistemasi (gumoral sistema) ishini ham boshqarib boradi. Binobarin, nerv sistemasi organizmning hamma qismlariga, to’qimalarga tarqalgan tolalari bilan ularni o’zaro bog’lab,bir butunligini va organizmning tashqi muhit bilan aloqasini ta’minlaydi. Demak, organizm hamma vaqt o’sib, o’zgarib, ko’payib turadigan, o’zini o’rab turgan muhitga moslashgan va shu muhitsiz yashay olmaydigan oliy darajadagi oqsil moddalarning murakkab birikmasidan iborat. Organizm tashqi muhitsiz o’zicha mustaqil holda hayot kechira olmaydi. Organizm hayotida bosh miya va uning tarmoqlari muhim rol o’ynab, mavjud sharoitga moslashish va fikr qilish qobiliyatiga ega bo’lgan sistemadir. Hujayra (lotincha – cellula) hayvon va o’simlik organizmlari tuzilishi negizi bo’lib, u hujayra qobig’i, sitoplazma va yadrodan iboratdir. Hujayralarning tuzilishi va bajaradigan funksiyasi xilma–xil bo’lib, ulardan eng muhimi moddalar almashinuvi vazifasini bajaradi, bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Odam organizmida shakl jihatidan kubsimon, silindrsimon, dumaloq (sharsimon), uzunchoq va boshqa turdagi hujayralar bo’ladi. Hujayralarning hujayra qobig’i (pardasi) unga shakl berib, boshqa hujayralardan ajratib turadi. Hujayra qobig’i uch qavat (tashqi vaichki oqsil qavat hamdao’rtaqavat lipid) dan iborat. Yadro esa sitoplazmadan yadro pardasi bilan ajraladi.. Sitoplazma yarim tiniq kolloid suyuqligidan iborat. Sitoplazmadagi organoidlar (hujayra qismlari) ga mitoxondriylar yoki xondrisomalar, hujayra ichidagi endoplazmatik (donador va donasiz) to’r parda, hujayra markazi, ergastoplazma, ribosoma lizosoma, Golji to’r apparati va vakuolalar kiradi. Bula dan tashqari, hujayrada turli hujayra ichki kiritmalari (yog’, pigment, glikogen) ham bo’lishi mumkin. Xujayra yadrosi (nucleus) – hujayra markazida shar yoki ellips shaklida joylashib, sitoplazmadan yadro pardasi bilan ajralgan bo’ladi. Yadro tarkibida yadro pardasining ichki yuzasiga yopishib joylashgan yadro to’ri bo’lib, bo’yoqlar bilan yomon bo’yaladi. Shuning uchun ular axromatin moddalari deb ham ataladi. Yadro to’rining oraliqlarida turli hajmdagi zarrachalar bo’lib, yadro bo’yalganda tiniq ko’ringani uchun xromatin donalari deb ataladi. Shuningdek, yadro ichida bir–ikkita yadrochalar bo’ladi. Hujayra sitoplazmasida uning doimiy qismlari — organoidlari bo’lib, shular orqali hujayrao’z vazifasini bajaradi Bulardan tashqari, hujayra sitoplazmasida maxsus va umumiy organoidlar bo’ladi.Umumiy o r g a n o i d l a r g a mitoxondriylar, hujayra ichidagi Golji to’r apparati, hujayra markazi kiradi va hamma hujayralarda uchraydi. Mitoxondriylarda elektrohlar hosil bo’ladi, ATF sintezlanadi va oqsillarning qaytarish reaksiyasi sodir bo’ladi. Hujayra ichidagi to’r apparati, ya’ni Golji apparatining turli shakldagi ko’rinishi organizmning barcha hujayralarida uchraydi va u modda almashinuvida, ayniqsa hujayraning ajratish funksiyasida muhim rol o’ynaydi. Hujayra markazi yoki sentrosoma birlamchi yirik sharsimon tanadan iborat bo’lib, ko’pincha yadro yaqinida joylashadi. U hujayralarning bo’linib ko’payishida asosiy rol o’ynaydi. M a x s u s o r g a n o i d l a r — hujayralarning o’ziga xos maxsus vazifalariga tegishli organoidlardir. Ular nerv hujayrasida impulslarni o’tkazish uchun xizmat qiladigan neyrofibrillar 18 bo’lsa, silliq muskul hujayralarida miofibrillar tayanch vazifasini bajaradi, epiteliy hujayrasidagi tonofibrillar va ko’ndalang–targ’il muskul hujayradagi qisqaruvchanlik vazifasini bajaradigan tolalar ham hujayralarning maxsus organoididir. Hujayra ichida ikki xil kiritmalar bo’ladi: 1) trofik (grekcha — trophe — oziq–ovqat) kiritmalari oqsil moddalardan, yog’, glikogen, vitaminlardan iborat bo’lib, hujayralarning sitoplazma qismida to’planadi va ularni oziqlantirish Uchun xizmat qiladi; 2) ekskretor va pigment kiritmalari yoki tanadan chiqib ketadigan kiritmalar. Hujayralarning mitoz (yunoncha — mitoz) usulida bo’linishida qiz hujayralarda xromosomalar soni doim bir xil bo’ladi. Mitoz usulida bo’linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir. Jumladan, odamning somatik hujayralarida xromosomalar 46 ta bo’lsa, jinsiy hujayralarida ularning soni ikki barobar kamdir. Ammo ikki jinsfy hujayralar bir–biri bilan qo’shilganda odamning umumiy xromosomalari soni 46 ta bo’ladi. Shunday qilib, urug’langan jinsiy hujayraning organizmning shakllanishi bilan tugaydigan to’xtovsiz ko’payib turadi. Hujayralar patologiyasi Tirik organizmdagi tirik hujayralarda uzluksiz p’zgarishlar sodir bo’ladi. Hujayralarning bo’linishi, rivojlanishi, ayrim hujayralarning qarishi va halok bo’lishi uzluksiz sodir bo’ladi. Halok bo’lgan ba’zi hujayralar (qon elementlari, epidermis hujayralari) o’rniga yangi hujayralar paydo bo’lsa, boshqa hujayralar organizmda umr bo’yi saqlanadi. Bu hodisalarni mikroskop, gistokimyo va boshqa usullar orqali kuzatish mumkin. Odam organizmining tarkibiy qismi bo’lmish hujayralarning qarishi hamda o’lishi tabiiy hodisadir. Organizmning qarishi hujayra rivoji va differensirovkasining oqibati bo’lib, unga atrof–muhit muvozanatining buzilishi ham ta’sir etadi. Hujayralar (tabiiy o’limidan tashqari) tasodifiy yoki kasallik oqibatida ham o’ladi. Turli ta’sirlovchilar avaliga faollashib, hujayralarning moddalar almashinuvini kuchaytiradi keyinchalik ularning funksiyasini asta–sekin buzib, oxiri ularni o’ldiradi. Bu hodisa hayot bilan o’lim oralig’idagi chegara — nekrobioz (nekros — o’lgan, bios — tirik) davridir. Nekrobioz, odatda, o’limdan oldin sodir bo’ladigan holat bo’lib, bunda ba’zan hujayralarning tiklanishi ham kuzatiladi. Nekrobiozda hujayralarning fermentlar faolligi butunlay bo’lmasligi mumkin. Ammo mitoxondriylar, ribosomalarning o’zgarishi, lizosomalarning shishuvi kuzatiladi. O’smalar to’g’risida ma’lumot O’smalar ko’p uchraydigan kasalliklardan biri bo’lib, blastoma (blastoma — kurtak o’sishi) so’zidan olingan. o’sma organizm muhitida buzilgan atipikbo’lib, qolgan hujayralar–dan tashkil topgan to’qimaning patologik o’sishidir. O’smalarning eng xavflisi rak (xavfli o’sma) dir. Patologik anatomiya dalillarga ko’ra, 40 dan oshib vafot etgan 6-7 odamning biri rakdan o’lgan. o’sma kasalliklari sonining ko’payishida o’smalar rivojlanishining yashirin (latent) davri juda uzoq (10 – 1 2 yil va undan ortiq) bo’lishi katta ahamiyatga egadir. O’smalarning rivojlanishi yoki kamayishida atrof–muhit, yashash sharoiti va mehnat muhim rol o’ynaydi. Rakning kelib chiqish sabablari, ularning davolash va profilaktikasi sog’liqni saqlash tashkilotining xalqqa bo’lgan benihoya g’amxo’rligi tufayli yo’lga qo’yilgan. Lekin o’smalarning kelib chiqishi va davolashdagi yechilmagan muammolar borligi o’sma kasalligiga duchor bo’lgan odamlarning o’limiga sabab bo’layotir. Kasallikning tuzalishi uning o’z vaqtida aniqlanishiga bog’liq. o’sma har qanday to’qimaning mahalliy o’sishi orqali paydo bo’ladigan patologik xossadir. Keyingi vaqtda fanning rivojlanishi tufayli o’smalarning turlari ularni kelib chiqishi va morfologik harakteriga qarab aniqlanmoqda va davolanmoqda. X a v f l i o ’ s m a l a r organizm to’qimalarida rivojlanib, ular ichiga kirib tarqaladi va moddalar almashinuvini buzib, a’zolar funksiyasini izdan chiqaradi. o’sma boshqa kasalliklar natijasida potologik o’zgargan to’qimalar yoki embrional rivojlanishda noto’g’ri o’sgan to’qimalardan ham paydo bo’lishi mumkin. Aval o’sma kurtagi-ko’z (rakdan oldingi davr), so’ngra o’sma rivojlanadi. Bunda normal holatdagi hujayralar qatorida patologik (kariokinez) shakldagi (katta va ko’p yadroli) hujayralar uchraydi. O’smaning tuzili-shida to’qima va hujayra atipizmasi bo’ladi. 19 To’qima a t i p i z m i — o’smastrukturasielementlarning noto’g’ri nisbati bilan aniqlanadi. Jumladan, muskul tolalari ma’lum yo’nalishda joylashib, qon tomirlar har bir a’zo uchun o’ziga xos shakldagi to’rni hosil qiladi. o’smalarda esa bunday aniq tuzilish uchramaydi. Jumladan, muskul o’smasi tartibsiz yo’nalgan bo’lib, oralarida tugunlari bo’ladi. Bunga diskompleksatsiya deyiladi. Ba’zida diskompleksatsiya aniq bo’lsada, a’zo shaklini saqlaydi. H u j a y r a a t i p i z m i — o’sma parenximasining hujayralari va yadrolari turli kattalik shaklda (polimorf) bo’ladi. Hujayra tarkibida turli kiritmalar (oqsil donalari, yog’ tomchilari va boshqalar) bo’ladi. o’sma hujayralari o’ziga xos xususiyatlarrni yo’qotadi, tez va to’xtovsiz o’sish va bo’linish kuzatiladi.Hujayralarning bunday o’z shaklini yo’qotib atipik (ko’p yadroli potologik) shaklda bo’lishi apaplaziya (apa – teskari – plasis hosil bo’lish) deb ataladi. Kanadalik olim Barning fikricha, o’sma hujayralari jinsiy xromatinga o’xshashdir. Keyinchalik aniqlanishicha, ana shunday xromatin bo’lakchalari barcha hayvonlarda va odamda ma’lum bo’ldi. Jinsiy xromatin ayol X xromosomasining bir qismi deb hisoblanadi. Ma’lum bo’lishicha, o’smaning «jinsi» jinsiy xromatinga ko’ra o’smadegasining jinsiga mos keladi. Ammo jinsiy xromatinli hujayralar soni rakda keskin o’zgaradi. Hali yetilmagan o’smada chetga siljishlar ko’p bo’ladi. Shuning uchun jinsiy xromatinni aniqlash o’smaning xavflilik darajasini aniqlashda muhim rol o’ynaydi. Masalan, erkaklar suyak sarkomasida jinsiy xromatin miqdorning keskin ko’payishi, uning xavfli ekanini ko’rsatadi. Ayollar ko’krak bezi o’smasida «erkakjinsi» bo’lsa, ayol jinsiy gormonlari bilan davolanadi. Aksincha, «ayol jinsi» bo’lsa, erkak jinsiy garmonlari qo’llaniladi. O’smalar to’qimasida moddalar almashinuvi o’ziga xos bo’ladi. Yetilmagan o’sma to’qimalarida uglevodlar kislorod ishtirokisiz ham sut kislotaga normal to’qimalarda uglevodlar (faqat oksidlanish orqali) ga parchalanadi. Uglevodlar kislorod ishtirokisiz (anaerob) parchalanganda uglevodlar ko’p sarflansada, kam energiya ishlab chiqaradi. Bulardan tashqari, oksidlanib ulgurmagan mahsulotlar hosil bo’lib, qonga shimiladi va organizmni zaharlaydi. o’sma hujayralari tarkibida suvning miqdori (85-90 foizgacha) va nukleoproteidlar ko’payadi. Shu sababli rak hujayralarini akridin to’q sarig’i bilan bo’yalganda qizil rangda normal hujayralar (yashil–sariq) ko’rinadi. Odatda, o’sma hujayralari organizmning biologik qonuniga bo’ysunmasdan (mustaqil) rivojlanadi. O’smalar o’smali kurtak (o’sma hujayralarining ko’payishi) dan rivojlanadi. o’smalar markaziy, ekspansiv yoki infiltrativ o’sadi. Ekspansiv o’sish o’smaning tugun ko’rinishida o’sib, kattalashib borgan sari qo’shni to’qimalarni chetga surib qo’yish bilan boshqa o’smalardan farqlanadi. o’sma hujayralari qo’shni to’qimalarga o’sib kirmasligi uning xavfsizligini bildiradi. Chetga surilgan to’qima ko’pincha yallig’lanib atrofiyalanadi, so’ng o’sma atrofi fibroz kapsula bilan qoplanadi. Infiltrativ o’sish – o’smani bu xilda o’sishida o’sma hujayralari qo’shni to’qimalar (to’qima oraliqlari, limfa va kapillyarlarga) o’sib kirib, ularni ezib asta–sekin yemiradi. Binobarin, infiltrativ o’sishlar atrofdagi to’qimalar bilan bog’liq bo’lib, ularning chegarasini aniqlash qiyinlashadi. Bunday o’sishlar xavfli o’smalar bo’lib, operatsiya qilinganda ham butunlay olib tashlash imkonini bermaydi. Shuning uchun olib tashlangan o’smaning o’rnida yana o’sma (retsidiv) paydo bo’ladi. o’sma tugunlari odatda turlicha bo’ladi. O’smaning o’sish tezligi uning xarakteriga bog’liqdir. Xavfsiz o’smalar sekin (yillab) o’sadi, kattaligi (qorin bo’shlig’ida)bir necha kilogramgacha bo’lishi kuzatilgan. Xafli o’smalar tezroq o’sadi. Turli travmalar o’smaning o’sishini tezlashtirsa, o’sma atrofidagi yiringli yallig’lanish ularning o’sishini sekinlashtiradi. O’smalarda ko’pincha distrofik (shilliqlanish) va nekrotik jarayonlar rivojlanadi. Xavfli o’smalarda metastazlar (ko’chmalar) uchraydi. o’sma hujayrasining kasal a’zodan sog’lom a’zoga ko’chib o’tib, shu a’zoda o’sma vujudga kelishga metastazlanish deyiladi. o’sma hujayralari ikki yo’l bilan ko’chadi: a) gematogen — o’sma metastazlar qon tomir devori orqali o’tib, qon oqimi orqali boshqa a’zoga o’tadi. 20 b) limfogen — limfa oqimi bilan limfa tomirlar vositasida ko’chadi. Limfogen metastazlar o’smaga qo’shni bo’lgan yaqin a’zolarda hosil bo’lsa gematogen o’smalar metastazlar o’smadan juda uzoqda joylashgan a’zolarda ham paydo bo’lishi mumkin. O’sma hujayralari ayrim vaqtda normal to’qimaga xos bo’lgan funksiyani bajaradi. Jumladan, jigar o’smasi o’t ishlab chiqarishi, gipofiz o’smasi shu a’zoga o’xshab gormon ishlab chiqarishi mumkin. Ko’pchilik xavfsiz o’smalar o’sib, qo’shni to’qimalarni siqadi. Jumladan, kalla suyagi bo’shlig’idagi o’sma o’sib, miyani ezib juda og’ir o’zgarisrilarni keltirib chiqaradi. O’sma kasalligida moddalar almashinuvi keskin buzilib, bemor haddan tashqari ozib rak kaxeksiyasi kuzatiladi. Bunda oqsil va uglevodlarning parchalanib ulgurmagan qismi qonga shimilib, organizmni zaharlaydi, qon va siydik tarkibida esa o’ziga xos oqsillar paydo bo’ladi. O ’ s m a l a r n i n g a y r i m t u r l a r i – ularningqaysi to’qimadan (biriktiruvchi, muskul yoki nerv to’qimalari) rivojlanishiga qarab ajratiladi. Xavfsiz o’smalar asta–sekin o’sib, metastazlar va retsidivlar bermaydi va bu xil o’smalarda organizm xoldan toymaydi. Xavfli o’smalar a’zolarni infiltrlab tez o’sib metastaz va retsidivlar beradi, organizmni yemirib rak kaxeksiyasi kuzatiladi. Bulardan tashqari, xavfsiz o’sma bilan xavfli o’smalar o’rtasidagi oraliq o’smalar bo’ladi. Ba’zida xavfsiz o’sma xavfli o’smaga o’tishi mumkin. Xavfsiz o’smalar joylashgan joyi va funksiyalariga qarab (bosh miya to’qimasi va endokrin bezlardagi o’smalar) organizmga xavfli bo’lishi, hatto bemor o’limiga sabab bo’Mshi mumkin. Ayni vaqtda teridagi xavfli o’sma organizmga zararsiz holda bir necha yil o’sishi mumkin. Binobarin, o’smalarning hosil bo’lgan to’qima turiga va ularning morfologik ko’rinishiga, yetilgan darajasiga qarab turlarini aniqlash qiyin emas. o’smalarning nomlari odatda o’sma hosil bo’lgan to’qima nomining oxiriga «oma» qo’shilishidan kelib chiqadi. Masalan: suyak o’smasi osteoma, tomir o’smasi angioma va hokazo deb ataladi. Xavfli o’smalar ham turlicha nom bilan ataladi.Epitelial to’qima o’smasi «rak» (cancer, carcinoma), biriktiruvchi to’qima o’smalari «sarkoma» deb ataladi. Sarkoma turlicha bo’lib, suyak o’smasi osteosarkoma, boylamlar o’smasi — xondrosarkoma, muskullar o’smasi miosarkoma va hokazo. Epiteliydan paydo bo’lgan xavfsiz o’smalar: papi1om a l a r , a d e n o m a l a r va k i s l o t a l a r d i r . Papillomalar teri va shilliq pardalarning qoplovchi epiteliydan so’rg’ichsimon shoxlanadigan daraxtga o’xshab o’sadi. So’rg’ich tashqi tomoni bir yoki bir necha qavat epiteliy bilan qoplangan bo’lib, uning asosi qon, limfa tomirlari va nerv tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’ladi. Teri papilloma (so’gal) lari yassi epiteliy bilan qoplangan bo’lib, ichak, me’da va ovoz boylamlari, bachadon hamda qovuqdagi shilliq parda papillomalari poliplar deb ataladi. A d e n o m a 1 a r — bez epiteliysidan rivojlanib, me’da, bachadon shilliq pardalari, sut bezi va qalqonsimon bezlarda uchraydi. Ular tuzilishi bilan o’zi hosil bo’lgan bezga o’xshaydi. Ba’zida o’smaning bezli to’qimalari orasida biriktiruvchi to’qima tolalari kuchli rivojlangan bo’ladi. Bunday o’smalarga fibroadenoma deyiladi. Odatda, adenomalarda ko’plab bez suyuqlik (sekret) lari to’planib, bez katakchalarini kengaytirib kistaga aylantiradi. Adenomaning oddiy bezdan farqi shuki, ularda bezdagi chiqaruv yo’li bo’lmaydi. Dunyoda rak kasalligining ko’payganini hisobga olib, rakka qarshi xalqaro birlashma komiteti 1965 yilda, ularning gistologik tuzilishiga qarab a’zolarga xos va a’zolarga xos bo’lmagan guruhlari tavsiya etiladi. A’zolarga xos bo’lmagan o’smalar quyidagilardir: A d e n o k a r s i n o m a l a r – bezli to’qimalardan tuzilgan bo’lib, adenomalarni eslatadi. Bulardan tashqari, bachadon yo’ldoshi qoldig’idan xorietopelioma, moyak terato–masi, yorg’oqqa tushib ulgurmagan moyakdan — seminoma, buyrakda gipernefroid seroz pardaning qoplovchi hujayralardan mezotelioma, buyrakustibezida gipernefroma kabiraklar bo’ladi. Ko’pchilik raklar limfa tomirlari orqali tarqaladi. Biriktiruvchi to’qima o’smalari. Biriktiruvchi to’qimadan bir necha xil xavfsiz o’smalar rivojlanadi. 21 Fibroma — bachadonda, teri va teri osti biriktiruvchi to’qimalardan rivojlanib, chegaralangan qattiq tugunchalar shaklida uchraydi. Lipoma (yog’ o’smasi) ko’pincha turli hajmda teri osti yog’ to’qimasidan paydo bo’ladi. Osteoma — suyakning kompakt yoki g’ovaksimon va suyak usti tog’ay (juda kam) to’qimasidan rivojlanadi. Sarkomalar — rakka nisbatan kam uchrovchi xavfli o’smalar bo’lib, a’zolarning biriktiruvchi to’qimalaridan paydo bo’ladi. Kesilgan o’sma baliq go’shtiga o’xshaganidan (sarcor–go’sht) sarkoma deb ataladi. Sarkomalar jarohatlangan to’qimalarning yetilmagan biriktiruvchi to’qimalaridan rivojlanadi. o’sma hujayralari dumaloq va polimorf hujayralardan tuzilgan bo’ladi. o’smalar dubsimon, hujayralari sarkoma, fibroz sarkoma (hujayra va tolalarni o’zgarishi), liposarkoma (dumaloq hujayrali), xondrosarkoma (tog’ay hujayralarining buzilishi), osteosarkomalarga (suyak to’qimalarining buzilishi) o’xshash turlari bo’ladi. Sarkomalar gematogen metastazlar beradi. Angiomalar — a’zolarga xos bo’lgan hamda qon va limfa tomirlarda uchraydigan o’smalar kiradi. Ular xavfsiz tomir o’smalari bo’lib, tomirlarning embrional rivojlanishida buzilgan kapillyarlardan terida rivojlanadi. Angiomalar to’q qizil rangli bo’lib, ko’pincha tug’ma bo’ladi. Ba’zi tomir o’smalari jinsiy a’zo g’ovak qismini eslatuvchi bo’shliqlardan iborat bo’lgan vena qon tomiri tipidabo’ladi. Qon hamda limfa tomirlar endoteliysidan va periteliy tomirlarni o’rovchi to’qimalardan ( h a v f l i t o m i r o’ s m a la r i ) angiosarkoma, gemangioendoteliomalar (kapillyarda) rivojlanadi. Muskul o’smalari — ikki xil bo’lib, biri silliq muskul to’qimasidan leyomioma, ikkinchisi ko’ndalang – targ’il muskuldan — rabdomioma paydo bo’ladi. Yosh muskul hujayralaridan tashkil topgan o’smalar unchalik havfli bo’lmaydi. Nerv sistemasining o’smalari — nerv pardalarining hujayralari va nervlardan paydo bo’ladi. Markaziy nerv sistemasining o’smalari esa gliya (nerv to’qima stromasi) yoki miya pardalaridan rang–barang bo’lib paydo bo’ladi. Miya to’qimalari va pardalardan paydo bo’lgan barcha o’smalar miyani ezib, uning qobiliyatini o’zgartiradi. Melanomalar (pigment to’qima o’smalari) — tarkibida melanin (pigment) bo’lgan maxsus hujayralardan terida tug’ma dog’ sifatida paydo bo’ladi. Ko’z to’r pardasi yoki tomirli pardaning pigmentli qavatidan kelib chiqadigan o’smalar havfli bo’lib, tez o’sadi va metastaz beradi. R e t i k u l y a r v a q o n y a r a t u v c h i to’qimalar o’smasi ko’pincha qon yaratilishning buzilishidan leykozlar, limfosarkoma, retikulosarkoma, miyeloma, xloroma va limfogranulematoz paydo bo’ladi. Limfosarkoma va reti kulosarkoma — limfa tugunlaridan o’sadi. Bulardan retikulosarkoma limfa tugunlarining follikullaridan, limfasarkoma esa limfotsit tipidagi hujayralardan o’sadi. o’smalar tez o’sib, qo’shni to’qimalarga metastaz beradi. Miyeloma — suyak ko’migidan o’sib va suyak to’qimalarini yemirib, ularni mo’rtlashtirib sinuvchan qiladi. Miyeloma kasalligida oqsil almashinuvi buziladi. Xloroma — miyeloid to’qimaning o’sishidan paydo boladi.Xloroma yashil tusda bo’lib, yosh bolalar va o’smirlarda uchraydi. Xloroma ko’proq kalla, ko’krak va chanoq suyaklarida bo’ladi, ko’z kosasiga, ko’krak va chanoq bo’shlig’iga ancha tugunlar orqali metastaz beradi. Limfogranulematoz — ko’pincha limfa tugunlari va taloqlarda, ba’zan boshqa retikulyar hujayralar va biriktiruvchi to’qimalardan tuguncha ko’rinishida o’sib chiqadi. Bu kasallikning kelib chiqishi aniqlanmagan. Oqibati esa yomondir. O’smalar etiologiyasi va patogenezi O’smalar etiologiyasi to’g’risida turli nazariyalar bo’lib, ulaming ba’zilari bir–biriga o’xshashdir, ayrimlari esa tamoman boshqachadir. Xullas, o’smalaming kelib chiqishi haligacha to’la aniqlanmagan. Rak oldi holati, ayniqsa rak kasalligi aksariyat turli shikastlanish, to’qimalarning kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi, sumnkali yaralar, regeneratsiya jarayonining buzilishi oqibatida rivojlanadi. Ko’pincha rak bo’lishidan oldingi holatlar rak oldi nomi bilan ataladi. Rak oldi hamma vaqt ham 22 rakka aylanmasdan, odamning butun hayoti davomida saqlanishi mumkin. Ko’pincha rak oldi (yashirin — lagent davri) uzoq (taxminan 20-25 yil) bo’ladi. Jumladan, poliplar 20-30 yillar o’tgach rakka aylanishi mumkin. Bu xil rak oldi (ichak polipozi, sut bezining mastopatiyasi, bachadon bo’yni eroziyasi, surunkali me’da yarasi kabilar) holatiga obligat rak oldi holati deyilsa, leykoplaziya, qizarish, og’iz bo’shlig’i, til bachadon bo’yni, prostata bezi gipertrofiyasi, kriptorxizm, teratomalar, surunkali yaralar va boshqa a’zo shilliq qavatlarida paydo bo’ladigan rak oldi davri rakka kamroq o’tadi. Bunga fakultativ rak oldi holati deyiladi. Qayd qilingan kasallikning faqat 5% igina rakka aylanadi. Kanserogen ta’sirlar — organizmga ta’sir etib, o’smalar o’sishiga sabab bo’luvchi omillar kanserogen omillar (bu shartli tushuncha) deb ataladi. Olimlarning aniqlashicha, 1300 dan ortiq kanserogen moddalar va 300 dan ortiq kanserogen xususiyatli birikmalar sintezlangan. Jumladan, neft va ko’mir mahsulotlari orasida kanserogen moddalar borligi ma’lum. Bulardan tashqari, asfalt, anarin, parafin, zararkunandalarga qarshi qo’llanadigan margimush va boshqa moddalar bilan uzoq vaqt munosabatda bo’linsa, yoki teri ishqalansa, kanserogen ta’sir qiladi. Xolesteringa yaqin (lipoid) moddalar, ayollar jinsiy gormoni va jigar o’ti tarkibidagi dezoksixol kislota ham kanserogenlik xususiyatlariga ega. Ekzogen ta’sirlaridan tashqari, organizmning o’zida endogen ta’sir orqali o’smalar paydo bo’lishi mumkin. Shu bilan birga ionlanuvchi radiatsiya, rentgen nurlari yoki radiaktiv moddalar, ultrabinafsha nurlardan nurlanish ham rakni rivojlantiradi. Bu xildagi o’smalarning paydo bo’lishi polietologik nazariya nomi bilan ataladi. Uzoq vaqt bitmaydigan jarohatlar va ulardan paydo bo’ladigan o’smalar ham rakka aylanishi kuzatilgan. Tamaki chekish, past va yuqori harorat ta’siri, haddan tashqari issiq ovqatni iste’mol qilish ham rak rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Kanserogen moddalar ta’sirida rak kasalligining kelib chiqishi hozircha har tomonlama isbotlanmagan. Olimlarning fikricha, ba’zi kanserogen moddalar o’smani paydo qilsa, boshqalari ehtimol regeneratsiyaning buzilishi sababli o’smalar o’sishiga sharoit tug’diradi. Boshqa olimlar esa omillar ta’sirida organizmda paydo bolgan o’zgargan (atipik) hujayralar o’smalarning rivojlanishiga asos bo’ladi degan fikrni ilgari surdilar. Bu ta’sirlanish nazariyasi birinchi marta XIX asrda Virxov tomonidan aniqlangan. Turli omillar ta’sirida organizmda paydo bolgan o’zgargan (atipik) hujayralar o’smalarning rivojlanishiga sabab bo’ladi, degan fikrni ilgari suradilar. Bulardan tashqari, embrional o’sishda to’qimalar buzilishining tug’ma buzilishi katta ahamiyatga egadir. Oiganizmning bunday buzilib rivojlanishida uning immunologik sistemasi buzilishi yoki paydo bolgan «yot hujayralar» ning tez ko’payishi va ularning kemiruvchi limfotsitlarning sezilarli kamayishi immunoblastlarning bo’linishiga nisbatan o’sma hujayralarining tezroq rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Organizmdagi immunologik sistemaning kuchsizlanishi ham (keksalarda ayrisimon bez, limfoid to’qimalarning atrofiyasi) o’smalarni o’stiradi. Rentgen nurlari va radiaktiv moddalar ham organizmning immunologik himoyasini kamaytiradi. o’smalarning kelib chiqishida embriondagi buzilib rivojlanish orqali o’smalarning paydo bo’lishi embrional kurtaklarning siljish nazariyasi deyiladi. Virus nazariyasi esa virus tabiatli maxsus qo’zg’atuvchilar ham borligi bilan izohlanadi. Yuqorida keltirilgan nazariyalar orasida ko’proq polietiologik nazariya birmuncha haqiqatga yaqinligi bilan ajralib turadi. To’qimalar T o ’ q i m a l a r — tarixan shakllangan hujayra va hujayrasiz moddalardan iborat bo’lib, tuzilishi, shakli, vazifasi va rivojlanishi jihatidan bir xil bo’lgan sistemalardan iborat. To’qimalar nerv sistemasi vositasida tashqi va ichki muhit bilan bog’langan holda faoliyat ko’rsatadi. Shunday qilib, evolutsion taraqqiyot davomida organizmda tashqi va ichki muhitga moslangan to’qimalar paydo bo’ladi. Bu xildagi to’qimalar organizmda moddalar almashinuvi va uni muhofaza qilish vazifalarini bajarishga moslashadi. Shuningdek maxsus to’qimalar (muskul va nerv to’qimalari) ham rivojlanadi. Muskul to’qimalari organizmni harakatga keltirishga xizmat qilsa, nerv sistemasi ularni o’zaro funksional birlashtiradi, tashqi muhit bilan aloqasini ta’minlaydi. Shunday qilib, odam organizmi to’rt xil to’qimalardan tashkil topgan: 1) sirtqi 23 (qoplovchi) yoki epiteliy to’qimasi; 2) ichki yoki briktiruvchi to’qima; 3) muskul to’qimasi; 4) nerv to’qimasidan iborat. Qoplovchi epiteliy to’qima — asosan hujayralardan tuzilgan bo’lib, teri ustida va hazm qilish a’zolari shilliq qavatining ustki qismida joylashgan, embrionning tashqi (teri usti) qavati (ektoderma) dan rivojlanadi. Hazm qilish, nafas olish va siydik–tanosil a’zolaridagi shilliq qavatlar ustini qoplagan epiteliy esa embrion ichki qavati (endoderma) dan taraqqiy etadi. Epiteliylar yassi, silindrik hamda kub shaklida bo’lib, bir va bir necha qavat bo’lib joylashadi. Nafas va tanosil a’zolaridagi epiteliylarning vorsinka (kiprik) lari bo’ladi va ular tebranuvchi epiteliy deb ham ataladi. Qoplovchi epiteliylar sharoitga moslashib o’zgaradi. Masalan, epidermisdan soch, tirnoq; tuyoq vujudga keladi, ohak moddasi to’planib, tishning emal qismiga, yog’ moddasi to’planib esa yog’ bezlariga aylanishi mumkm. Bezlar turlicha tuzilishga ega bo’lishiga qaramasdan organizmda sekretor vazifasini bajaradi. Ular sekret ishlab chiqaradigan hujayralar yig’indisidan tashkil topgan. Bezlar ishlab chiqaradigan gormon (shira) lar organizmning hayotiy jarayonida muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun bezlar bajaradigan vazifalarga qarab joylashgan. Jumladan, bezlarning bir qismi og’iz bo’shlig’i atrofida (quloq oldi, jag’ osti va til osti bezlari) mustaqil joylashgan bo’lsa, boshqalari esa a’zolar tarkibida (hazm a’zolari devoridagi bezlar) joylashgan. Bezlarning asosiy qismi epiteliydan rivojlangan bo lsa, qolgan qismi esa(epifiz hamdagipofizning orqabo’lagi va buyrak usti mag’iz qismi) nerv to’qimasidan vujudga keladi. Ichki yoki biriktiruvchi to’qima — organizmning ichki qismida joylashgan bo’lib, tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo’lmaydi. Bu xildagi to’qimalarga mezenxima kurtagidan rivoj topgan uch xil to’qimani kiritish mumkin: 1) qon va limfa to’qimalari — organizmni himoya qilish va oziqlantirish (trofik) vazifasini bajaradi. Qonning suyuq qismi —qon plazmasi va shaklli elementlardan iborat. Qon plazmasida yog’, uglevod, oqsil, mineral tuzlar bo’lib, rangsiz va yopishqoq bo’ladi. Qonda asosan uch xil shaklli elementlar bor: a) qizil qon tanachasi-eritrotsitlar, 1 mm3qonda o’rtacha 4 500000–5 000000 bo’ladi; b) leykotsitlar-oq qon tanachalari – 1 mm3 qonda o’rtacha 4000–10000 dona bo’ladi; v) trombotsitlar-qon plastinkalari, bir–birlariga tezlikda yopishadigan rangsiz va eritrotsitlarga nisbatan uchto’rt marta kichik tuzilmalar. 2) limfa suyuqligi-qon singari plazma va shaklli elementlardan iborat bo’lib, tarkibida eritrotsitlar bo’lmaganligidan rangsizdir. Qon va limfa holatidagi oraliq modda bilan birga organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini ta’minlaydi: 3) retikula (to’r-reticulum) to’qimalari o’zaro birlashib, chalkashib tuzilgan to’rsimon hujayralardan iborat bo’lib, ularning to’rlari orasida limfotsitlar joylashgan bo’ladi va limfoid to’qimalarni hosil qiladi. 4) Biriktiruvchi to’qimalar hujayralararo oraliq moddalari ko’proq bo’lishi bilan farqlanadi. Bu xildagi to’qimalar tarkibida amorf (ma’lum tuzilishga ega bo’lmagan) moddalar, kollagen hamda elastik tolalar bo’ladi. B i r i k t i r u v c h i t o ’ q i m a quyidagi turlarda uchraydi. Yumshoq ( t a s h k i l t o p m a g a n ) b i r i k t i r u v ch i to’qima-fibroblastlar (yapaloq, sershox hujayralar) dan tashkil topgan bo’lib, boshqa turdagi to’qimalarni bir–biriga bog’laydi, a’zolar tarkibidagi bo’shliqlarni to’lg’azadi. Yo g’ t o’ q i m a — protoplazmasida yog’ tomchilari bo’lgan shar shaklidagi hujayralardan iborat bo’lib, organizmda charvi sifatida (qorin bo’shlig’ida) teri ostida, buyrak atrofida, ko’z kosasi va boshqa joylarda uchraydi. Ular o’zaro birlashib, yog’ parchasini hosil qiladi. Yog’ to’qima a’zolarining oraliq bo’shliqlarini, ko’z kosasi, buyrak atrofmi to’ldirib (ularni silkinishdan saqlaydi), organizm haroratini tartibga soladi. Qorin bo’shlig’idagi charvi va teri osti yog’ qavati zahira oziqa hisoblanadi. P i g m e n t l i t o ’ q i m a — protoplazmasidapigment zarrachalari bo’lgan turli shaklli hujayralardan tashkil topgan bo’lib, ko’krak (sut) bezi so’rg’ichi va uning atrofida, yorg’oq terisida, (ko’zning rangdor va tomirli pardalarida uchraydi). 24 F i b r o z t o ’ q i m a y o k i z i c h b i r i k t i r u v ch i to’ q i m a — tolalari bir–birlariga zich parallel joylashgan tutamlardan tuzilgan bo’lib, baquvat va elastik xususiyatga ega emas. Organizmda tayanch vazifasini bajaradi. E l a s t i k t o ’ q i m a l a r — oralarida yumshoq biriktiruvchi to’qimasi bo’lgan bukiluvchan (elastik) tolalardan iborat bo’lib, boylamlarda, qon tomir devorida joylashgan. T o g ’ a y t o ’ q i m a — organizmda tayanch vazifasini bajaradi, hujayralararo oraliq moddalari ko’p bo’ladi. Bu to’qima elastik va gialin tog’aylarga ajraladi. Gialin tog’ayning tashqi ko’rinishi xira shishaga o’xshagan (shishasimon tog’ay nomi shundan olingan), hujayralari yakkama–yakka yoki to’p–to’p bo’lib joylashgan bo’ladi. Organizmning nafas yo’li tog’aylari, bo’g’im tog’aylari, qovurg’alarning oldingi uchi tog’aylari gialin tog’ayidan tuzilgan. Skelet suyaklari asosan embrional o’sish davrida gialin tog’ayi holatida bo’lib, keyinchalik suyaklanadi. E l a s t i k yoki tolali t o g ’ a y l a r to’qimasining oraliq moddasi kollagen modadan iborat bo’lib, bo’g’im ichidagi menisklar, umurtqalar tanasining oraliq tog’aylari shular jumlasidandir. Elastiktog’ay to’qimasidagi tolalar bukiluvchan va cho’ziluvchan (elastik) tolalar bo’lganligidan sariq rangli bo’lib ko’rinadi. Barcha tog’ay to’qimalarining tashqi yuzasi zich biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan bo’lib, tog’aylarni oziqlantirib turadi va o’sishiga yordam beradi. Suyak to’qima. Bu to’qima tarkibida noorganik modda ko’p bo’lganligi sababli qattiq bo’lib, shu jihatdan boshqa to’qimalardan farqlanadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar suyak to’qimalarining oraliq moddalari betartib tarqalgan, kollegen tutamlardan tuzilgan bo’lsa, o’rta yashar odamlarda suyak oraliq moddasiga ohak moddasiga shimilib, uni borgan sari qattiqlashtirib boradi. Suyak to’qimasi boshqa to’qimalar singari hujayra va oraliq moddalardan tuzilgan bo’ladi S u y a k h u j a y r a s i — osteotsitlar (osteon—suyak, cytis—xujayra) shaklan ko’p qirrali bo’lib, tanasi bo’shliqlarda joylashsa, o’siqlari suyak kanallarida o’zaro bir–birlari bilan tutashib joylashadi. Suyaklarda modda almashinuv jarayoni ana shu tutashmalar orqali bajariladi. Rivojlanayotgan suyaklarda osteotsitlardan tashqari osteoblastlar (osteon—suyak, blastos— kurtak) va osteoklastlar bo’ladi. Osteoblastlar suyak rivojlanishida ishtirok etsa, osteoklastlar rivojlanishdan to’xtagan suyak hujayralarini kemiradi. Suyak oraliq moddalari asosan mineral (kalsiy va fosfor) tuzlardan iborat bo’lib, ular suyaklar mustahkamligini ta’minlaydi. Rouber ma’lumotiga ko’ra, suyak ohakdan 4-5 marta qattiq, cho’yan va temirga yaqin turadi. Suyakning oraliq kollagen tolalari ostein tolalar deb ataladi va ularning joylashishiga qarab ikki xil (qo’pol tolali va yassi plastinkasimon tolali) suyak to’qimalari tafovut etiladi. Qo’pol t o l a l i t o ’ q i m a — asosan embrion va yangi tug’ilgan chaqaloqlarning suyak to’qimalari tartibsiz, har tarafga tarqalib joylashadi va asta–sekin organizm rivojlanishi davomida yassi tolalarga almashadi. Katta yoshdagilarda qo’pol tolalar suyaklarning faqat paylar yopishadigan qismlarida, kalla suyaMarining o’zaro birlashadigan choklaridagina uchraydi. Yassi – plastinkasimon suyak to’qimasida ossein tolalari parallel yo’nalib joylashadi va suyaklarning qattiq bo’lishini ta’minlaydi. Bunday tuzilishdagi suyaklar katta odamlarning deyarli barcha suyaklariga tegishli xususiyatdir. Muskul to’qima tolalarining protoplazmasida nerv sistemasi ta’sirida qisqarish qobiliyatiga ega bo’lgan defferensiallashgan maxsus ingichka tolalar (miofibrillar) bo’lishi bilan organizmdagi boshqa to’qimalardan farq qiladi. Organizmda tuzilishi va joylashishiga qarab ikki xil (silliq va ko’ndalang– targ’il) muskul to’qimalari tafovut etiladi. Silliq muskul to’q i m a — ichki a’zolar (me’da, ichaklar, siydik yo’llarida va bachadon kabi a’zolarda), qon va limfa tomirlarining devorlarida joylashgan bo’lib, bitta yadroli duksimon hujayralardan tuzilgan bo’ladi. Hujayralar odatda bir–biriga juda yaqin joylashadi. Silliq muskul to’qimalarini vegetativ nerv sistemasi innervatsiya qiladi, binobarin kam energiya sarflab, g’ayriixtiyoriy sekin qisqaradigan bo’ladi. Silliq muskul to’qimalari tarkibidagi elastik va kollagen tolalar ularning hujayralarini o’zaro birlashtiradi, ya’ni tayanch vazifasini bajaradi. Ko’ndalang – targ’i1 musku1lar skeletni qoplab joylashadi. Har bir muskul tolasining yuzga yaqin o’zagi va protoplazmasi bo’lib, yupqa va tiniq parda bilan o’ralgan bo’ladi. Bu xildagi muskullar ixtiyoriy ravishda qisqaradi. Shuning uchun bu muskullar (bundan yurak muskullari mustasno) skelet 25 yoki ixtiyoriy ravishda qisqaruvchi muskullar deb ataladi. Har bir muskul tolasi bir necha millimetrdan 10-12 sm gacha bo’lib, tarkibidagi muskul tolasining bir uchidan ikkinchi uchiga tutamlar shaklida yo’naladi. Bu muskul tolalarining qisqaruvchi moddasi mikroskop ostida ko’rilganda ko’ndalang–targ’il bo’lib ko’rinadi. Chunki muskul tolasi tarkibidagi izotop va anizotop zarrachalari nurni turlicha sindiradi. Natijada muskul tolalari ko’ndalang–targ’il bo’lib ko’rinadi, uning nomi ham shundan kelib chiqqan. Skelet muskullari silliq muskul to’qimasiga nisbatan tez va ko’p energiya sarflab qisqaradi. Yurak muskul to’qimasi (miokard) ko’ndalang– taig’il muskul tolalardan tuzilgan bo’lsa ham g’ayri ixtiyoriy qisqaradi. Miokard skelet muskuliga o’xshash tutamlardan iborat bo’lib, uning tolalari turli tomonlarga burilib, muskul tolalari to’rini hosil qilib joylashadi. Miokard muskul tolalarining yad–rolari odatda, tolaning o’rtasida joylashgan bo’ladi. Nerv (asab) to’qima neyron (neuron — grekcha nerv) va yordamchi element–neyrogliya yoki gliya (glia—grekcha yelim) dan tashkil topgan bo’lib, organizmga tashqi muhitdan va organizmning o’zidagi a’zolar (ichki muhit)dan keladigan ta’sirotlar va sezgilarni o’tkazish vazifasini bajaradi. Neyron bir qancha qisqa o’siqlar — dentrit (grekcha daraxt) va bitta uzun o’siq — akson yoki neyritga ega bo’lgan nerv hujayrasidan hamda nerv uchlaridan iborat. Nerv hujayralari ko’pincha yulduz shaklida bo’ladi, ba’zan noksimon, yumaloq va boshqa shakllarda ham uchraydi. Dentritlar sezgilarni odatda hujayra tanasiga qarab yo’naltirsa, akson yoki neyritlar, aksincha, hujayra tanasidan boshqa neyronlarga yoki xizmatchi a’zolarga olib boradi. Nerv hujayralari odatda ularning markazida joylashgan yumaloq shaklli bitta yadroga egadir. Har bir yadroda esa 2-3 yadrocha bo’ladi. Nerv hujayralarining protoplazmasida umumiy organoidlardan tashqari, ularga xos bo’lgan tigroid modda va neyrofibrillar bo’lishi bilan farqlanadi. Tigroid modda — nissel zarrachalari nerv hujayralarining tanasi va kalta o’siq (dentrit) larida bo’ladi. Neyritlar esa bu moddadan mustasno. Tigroid moddalar oqsil moddasini sintezlashda qatnashadi. organizmda kislorod yetishmasligi tigroid moddalarning holatini va uning miqdorini o’zgartiradi, ba’zan mutlaqo erish jarayoni kuzatiladi. Neyrofibrillar ingichka ipchalar ko’rinishida bo’lib, nerv hujayralarining sitoplazmasida turli tomonga to’r hosil qilgan holda yo’nalib joylashadi. Neyrofibrillar asosan qo’zg’alishlar (impulslar)ni o’tkazadi, ular nerv hujayralarining holatiga qarab o’zgaruvchan bo’ladi. Neyrosekretor hujayralar nerv sistemasida uchraydi va tarkibida sekretor donachalari bo’lishi bilan farqlanadi. Bunday sekretsiya qilish qobiliyati bo’lgan hujayralar ko’proq bosh miyaning gipotalamiksohasida uchraydi. N e y r o g 1 i ya (glia — grekcha nerv yelimi) yordamchi to’qima bo’lib, turli shakldagi (makrogliya va mikrogliya) hujayralardan iborat bo’ladi. Makrogliya hujayralari miyada neyronlar oralig’ida bosh miya qorinchalari va orqa miya kanalining devorlarida uchraydi. Nerv tolalarining pardalarida joylashadi va retseptoriar (nerv tolalarining oxiri) gacha boradi. Makrogliya hujayralari nerv elimentlarini atrofdagi qo’shuvchi to’qimadan ajratib turish (chegaralovchi), troflk (nerv hujayradagi modda almashish) va sekretor (sekret chiqarish) vazifalarini bajaradi. Mikrogliya mayda shakldagi, amyobasimon harakatlanuvchi hujayralar bo’lib, halok bo’layotgan neyron, nerv tolasi va bakteriyalarni qamrash (fagotsitoz) qobiliyatiga ega. Nerv tolalari glial parda bilan o’ralgan nerv o’simtalari (neyrot va dentritlar) dan iborat. Nerv tolalari pardalarining tuzilishiga qarab miyelinsiz va miyelinli tolalarga bo’linadi. Miyelinsiz va miyelinli nerv tolalarining markazida nerv hujayrasining o’simtasi (o’q silindr) joylashgan. M i y e l i n s i z n e r v t o l a l a r i asosanvegetativnerv sistemasining nerv stvollarini hosil qiladi. Bu xildagi nerv tolalari Shvann hujayralarining (lemmotsitlar) qobig’ini o’rab turadi. Lemmotsitlarning pardasi juda yupqa bo’lganligidan va mikroskop orqali qaralganda hujayralar bir–biriga zich joylashganligidan hamda ularning chegaralari ko’rinmasligidan bir butun g’ilofga o’xshab ko’rinadi. Nerv tolalari ularning bajaradigan funksiyasiga (vazifasiga) qarab harakatlantiruvchi (efferent) va sezuvchi (afferent) tolalarga ajratiladi. Efferent tolalar sezgilarni markaziy nerv sistemasidan a’zolarga olib borganligi uchun bunday tolalarni markazdan uzoqlashtiruvchi tolalar deb ham ataladi. Sezuvchi tolalar esa sezgilarni periferik (ichki va tashqi muhit) dan retseptorlar orqali qabul qilib, nervlar yordamida markaziy nerv sistemasi (bosh miya) ga olib boradi. Binobarin, bunday tolalar markazga intiluvchi tolalar deb ham ataladi. 26 Nerv o x i r l a r i — retseptor, effektor va sinaps (neyronlarning o’zaro qo’shilishi)ga bo’linadi. Retseptorlar ichki va tashqi muhitdan sezgilarni qabul qilib, sezuvchi nerv tolalariga o’tkazadi. Effektorlar esa harakatlantiruvchi nerv tolalarining oxiri bo’lib, ko’ndalang – targ’il va silliq muskullarga, bezlarga tarqaladi. Turli impulslar effektorlar orqali muskul va bezlarga – ishchi a’zolarga yo’naladi. Effektorlar odatda harakatlantiruvchi yoki nerv–muskul sinapsi (birlashmasi) deb ataladi. Muskul tanasidan o’q silindr bir necha mayda oxirgi tolalarga tarmoqlanadi. Nerv tolasining mayda tarmoqlari (postsinaptik) muskul to’qimasining plazmolemmasiga botib kiradi. Muskul tolasining sarkolemmasi postsinaptik membrana bilan perisinaptik membrana (aksolemma) orasida sinaps bo’shlig’i vujudga keladi. Bu bo’shliqdan postsinaptik membrana (sarkolemma) burmachalari yordamida turli tomonga tarqalib turadi. Nerv tolalari orqali kelayotgan impulslar sinaptik pufakchalardagi mediatorlarni sinaps bo’shlig’iga chiqarib, postsinaptik membranaga ta’sir etadi va muskul to’qimalarini qo’zg’atadi. Retseptorlar —sezuvchi nerv hujayralari deritrit tolalarining (tamom bo’lishi) oxiridagi apparatidir. Odatda sezuvchi (afferent) nerv hujayralarining presinaptik bo’lagi bilan dentritlar (postsinaptik bo’lagi sifatida) o’zaro sinapslar hosil qiladi. Retseptorlar ikki yirik guruhga: tashqi muhitdan ta’sirni qabul qiluvchi eksteroretseptorlar va ichki a’zolardan ta’sirni qabul qiluvchi interoretseptorlarga bo’linadi. Interoretseptorlar o’z navbatida ichki a’zolardan sezgilarni qabul qiluvchi visseroretseptorlar va muskullar, bo’g’imlar hamda boylamlardan sezgilarni qabul qiluvchi proprioretseptorlarga bo’linadi. Ta’sirotlarni qabul qilish xossalariga ko’ra mexanoretsept dar, xemoretseptorlar, termoretseptorlar tafovut qilinadi.Retseptorlar tuzilishiga qarab ham turlicha bo’ladi. Agar o’q silindrning oxirgi tolalaridan tuzilib, kapsula bilan o’ralmagan bo’lsa, erkin joylashgan retseptor deyiladi. Retseptorlar gliya hujayralari va qo’shiluvchi to’qimadan hosil bo’lgan kapsula bilan o’ralgan bo’lsa, unday retseptorlarni kapsulali retseptorlar deyiladi. Skelet muskullarining retseptorlari murakkab tuzilgan bo’lib, odatda miyelinli nerv tolalari muskullarga yaqinlashib, miyelinli qavatini yo’qotadi va bir qancha shohchalarga bo’linadi. Ular muskul tolalarining sarkolemmasi sirtida savatcha hosil qilib tugallanadi. Bulardan tashqari, muskul tolalarini spiralsimon o’rab turuvchi nerv oxirlari— retseptorlar bo’ladi. Bular qo’shiluvchi to’qima kapsulasi bilan o’ralgan bo’ladi. Neyronlararo sinapslar. Ikki hujayra orasidagi sinapslar yordamida qo’zg’alishlar bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tish qobiliyatiga ega bo’ladi va refleks yoyini vujudga keltiradi. Neyronlararo sinapslar bir neyron aksonning nozik tolalarga tarmoqlangan tugmachasimon kengaymalari bilan ikkinchi neyronning dentritlari o’rtasida hosil bo’ladi. Bu xildagi sinap–slarga akseodendrit sinapsi deyiladi. Sinapslar qo’zg’alishni nerv tolalari orqali markaziy nerv sistemasiga, u yerdan esa effektor (harakatlantiruvchi) nerv tolalari yordamida xizmat qiluvchi a’zolarga o’tkazadi. Neyronlararo sinapslar nerv–muskul sinapslari kabi sinaps parda (kapsula) va uning bo’shlig’idan iboratdir. Sinaps kapsula bir aksonning eng oxirgi tolachasi bilan boshqa neyron dentriti o’rtasida (sinaps orti) vujudga keladi. Bu xildagi reflektor yoylar ta’sirlarni faqat bir tomonga aksonlar orqali sinaps oldi kapsulasi, so’ngra sinaps orti kapsula orqali ikkinchi neyron tanasi yoki dentrit tolalarga o’tkazadi. Muhofaza funksiyalarida nerv sistemasi asosiy rol o’ynaydi. Endokrin, gumoral omillar ham ko’pincha organizmning reflektor javobida faol qatnashadi. A’zolar va a’zolar sistemasi A’zolar (grekcha — qurol degani) — organizmning ajralmas bir qismi bo’lib, malum shaklga ega bo’ladi. Ular tarkibida, uni tashkil qilgan asosiy to’qimalardan tashqari yana nerv, qon tomirlari va qo’shuvchi to’qimalar ham bo’ladi. Masalan, muskullarning asosi muskul to’qimasi hisoblanadi. A’zolar organizmda ma’lum vazifani bajaradi va gavdani tashqi muhitga moslashtiradi. A’zolar organizmdan tashqari sharoitda hayot kechira olmaydi. A’zolarning tuzilishi bilan funksiyalari doim bir–biriga chambarchas bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham a’zolarning tuzilishi, shakllarining o’zgarishi ularning funksiyalari va aksincha, funksiyalarning o’zgarishi a’zolarning hajmi va tuzilishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari, a’zolarning tuzilishi, shakli va vazni jinsga hamda yoshga qarab o’zgara boradi. Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi a’zolar o’zaro birlashib, a’zolar sistemasini vujudga keltiradi.A’zolar sistemasi tuzilishi, vazifasi va shakllanishi bilan bir–biriga o’xshash bir qancha a’zolarni o’z ichiga oladi. Har xil tuzilish va shakllanishdagi turli a’zolar yoki sistemalar birgalikda bir xil 27 vazifani bajaradi va a’zolari apparatini hosil qiladi. Jumladan, harakat a’zolar yoki harakat apparati suyaklardan (skelet), ularni birlashtiruvchi boylamlar (bo’g’im va boylamlar) va skelet muskullaridan tuzilgan. Bu harakat apparati yordamida organizm harakat va ishlash qobiliyatiga ega bo’ladi. Bulardan tashqari, tayanch va mudofa vazifalarini bajaradi. Jumladan kalla bo’shlig’i, ko’krak qafasi, umurtqa pog’onasining kanali va chanoq bo’shlig’ida joylashgan a’zolar o’z funksiyasini tashqi muhit ta’siridan holi bo’lgan holda bajaradi. Shunday qilib, organizm – a’zolar sistemasidan, a’zolar esa to’qimalardan, to’qimalar esa to’qima elimentlaridan iborat. Biroq butun organizmni bir yo’la o’rganish birmuncha qiyinligi sababli, odam anatomiyasini ham alohida bo’limlarga ajratilgan holda o’rganiladi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Suyaklar haqidagi ilm (osteologiya) odam organizmi suyaklari (skelet)ni o’rganadi. 2. Bo’g’imlar (boylamlar) haqidagi ilm suyaklarni o’zaro birlashuvi — bodg’imlarni o’qitadi. 3. Muskullar haqidagi ilmda — (miologiya) skelet muskullarining tuzilishi, ularning shakli va organizmdagi mohiyatini o’rganiladi. 4. Ichki a’zolar haqidagi ilm — hazm qilish a’zolari, nafas a’zolari sistemasi va siydik hamda jinsiy a’zolar sistemasidan iborat. 5. Qon tomirlar sistemasi organizmda muhim vazifani bajaradi. Tomirlar ichidagi suyuqlik (qon va limfa) to’qimalarning hayoti uchun zarur bo’lgan barcha moddalarni yetkazib beradi, chiqindi (organizmga kerakmas) moddalarni ma’lum a’zolarga olib boradi. Qon tomirlar sistemasi yurak,arteriyalar, venalar, limfa tomirlari va kapillyarlar singari murakkab tuzilmadan iborat. 6. Nerv sistemasi bosh miya, orqa miya va ulardan chiquvchi nervlardan iborat. Bosh miya bilan orqa miya markaziy nerv sistemasini, ulardan tarqaluvchi nervlar — periferik va vegetativ nerv sistemasini tashkil etadi. Nerv sistemasi organizmdagi turli a’zolarning funksiyalarini idora qiladi, organizmni o’rab turgan tashqi muhitdan ta’sirotlarni qabul qilib, ularga munosib javob qaytarish yo’li bilan organizmni tashqi muhit bilan uzviy bog’laydi. 7. Sezgi a’zolari yoki analizatorlar eshitish va muvozanat saqlash a’zosi, ko’rish, ichki va tashqi muhitdan keladigan turli ta’sir (hidlar, maza bilish, harorat, turli og’riq va h.k) larni qabul qilishdan iborat. 8. Ichki sekretsiya bezlari haqidagi ilm – ichki sekret bezlari sistemasidan tuzilgan bo’lib, ular gormon — maxsus kimyoviy tuzilmalardan iborat suyuqlik ishlab chiqaradi va qon orqali organizmga tarqatib, uning faoliyatini tartibga solib turadi. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari 1. Hujayra qobig’i necha qavatdan tuzilgan? 2. Hujara organoidlari haqida gapirib bering. 3. Hujayrada qanday kiritmalar mavjud? 4. O’smalarni nomlanishini ayting. 6 .O’smalar necha xil o’sadi? 7 To’qimalar haqida umumiy tushuncha. 8 Qoplovchi epiteliy to’qimasi va ichki biriktiruvchi to’qima. 9 Muskul to’qimasi va nerv to’qimasi. 10 A’zo va a’zolar sistemasi haqida tushuncha 28 Mavzu: Osteologiya. Suyaklar haqida ta’limot. Suyaklarning tarkibiy tuzilishi, tasnifi. Reja: 1. Tayanch harakat apparati haqida umumiy tushuncha. 2. Odam skeletining tuzilishi va organizmdagi ahamiyati. 3. Suyaklarning kimyoviy tarkibi va yoshga xos hususuyatlari. 4. Suyaklarni tasnifi. Odam yer yuzida harakat qilish qobiliyatiga ega bo’lib, harakat apparati o’z navbatida faol harakatchan qism— muskullar va passiv (faoliyatsiz) qism — suyaklarga (boylamlari bilan) bo’linadi. Lekin muskullar, suyaklar va ularni birlashtirib turgan boylamlarning vazifalari bir–birlariga bog’liq bo’lib, bitta embrional qavat – mezodermadan rivojlanadi. Qisqasi, harakat apparati uchta: 1) suyak; 2) suyaklarni birlashtiruvchi boylamlar; 3) muskul sistemasidan tashkil topgan. Harakat sistemasi organizmning ko’p qismini tashkil qiladi yoki gavdaning umumiy og’irligiga nisbatan 72,45%ni tashkil etadi. Shu jumladan, muskullar gavdaning 2/5, suyaklar esa 1/5 — 1/7 qismini tashkil etadi. Muskullar deyarli hamma suyaklar ustini qoplab turadi va gavdaning tashqi ko’rinishi (qomat) shakllanishida asosiy vazifani bajaradi. Suyaklar haqida bilim. Organizmning harakatini bajaradigan harakat a’zolari – muskullar (yordamchi qismlar bilan), skelet va ularni biriktirib turgan boylamlardan iborat. S k e l e t (quritilgan) organizmda tayanch ahamiyatga ega bo’lgan zich to’qimalar (tuzilmalar yig’indisi)dan iboratdir. Skelet bir qancha alohida suyaklardan vujudga kelgan bo’lib, o’zaro biriktiruvchi to’qimalar, boylamlar ya tog’aylar vositasida birlashib turadi hamda passiv harakat apparatini hosil qiladi. Skelet bo’lmasa, yer yuzidagi bironta hayvon o’zini tik tutib turolmaydi va qomat shakllanmaydi. Skelet organizmda asosan uch vazifani bajaradi. Bular: tayanch, suyanchiq, harakat va organizmning himoya vazifalaridir 1.Tayanch v a z i f a s i — yumshoqto’qimavaa’zolar skeletning ayrim qismiga birikib turishi natijasida vujudga keladi. 2 . H a r a k a t v a z i f a s i — skeletnitashkilqilibturgan suyaklarning har xil richag hosil qilib, bo’g’im orqali bir–lashishi va nerv sistemasi yordamida muskullar qisqarishi bilan yuzaga keladi. 3. Himoya v a z i f a s i — skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan bo’shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqalar yig’ilib, orqa miyaning joylanib turishiga moslangan kanal, bosh miya uchun kalla suyaklaridan hosil bo’lgan — kallaning miya bo’shlig’i, yurak va o’pkaning saqlanishiga moslangan.ko’krak qafasi, jinsiy a’zolarni tashqi ta’sirdan saqlab turadigan chanoq bo’shliqlari shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, suyaklar o’zida organizmning biologik muhofazasini bajaradigan va to’qimalarga kislorod eltuvchi qon tanachalarini vujudga keltiradigan suyak iligi (miya)ni saqlaydi. Odam skeletining deyarli hammasi kalla suyagining tepa bo’lagi va yuz qismining ba’zi bir suyaklari, o’mrov suyaklarining ko’pchilik qismlaridan mustasno embrionning o’rta varag’i — mezodermadan uch davrni kuzatib takomillashadi: 1) qo’shuvchi to’qima (parda) davri, 2) tog’aylanish va 3) suyaklanish davrlaridir. Odam skeleti ikki yuzdan oshiqroq ayrim suyaklardan tuzilgan bo’lib, bularning aksariyati juft suyaklardir. Suyak — asosan suyak to’qimalaridan tuzilgan. Suyaklar qattiq va elastik bo’lib, asosan ikki xil moddadan tuzilgan, ulardan 1/3 qismi organik moddalar (ossein, muguz modda) bo’lsa, qolgan 2/3 qismi anorganik moddalar (asosan kalsiy tuzlari, ayniqsa fosfor kislotali ohak — 51,04 % ni tashkil etadi) dir. Suyaklar elastikligini ossein moddalar ta’minlasa, ularning qattiq (pishiq) ligini mineral tuzlar ta’minlaydi. Suyaklar tarkibidagi organik va anorganik moddalar munosabati kerakli mustahkamlikni vujudga keltiradi va bu holat yoshga qarab o’zgarib boradi. Yosh organizm suyaklari tarkibida ossein ko’p bo’lganligidan bukuluvchan bo’lib, mo’rt bo’lmaydi. Yosh ulg’aygan sayin suyaklar tarkibida mineral tuzlar ko’payadi. Shuning uchun odam keksaygan sari, suyaklari elastiklik xususiyatini yo’qotib, asta–sekin mo’rtlashadi, tez sinadigan bo’lib qoladi. Suyaklar tarkibida organik va anorganik moddalardan tashqari, A, D va C vitaminlari ham bo’ladi. Yosh bolalar suyagi tarkibida kalsiy tuzlari va D vit amini yetishmasligidan raxit kasalligi kelib 29 chiqadi, suyaklar mustahkamligi kamayib, har tomonga qiyshayadi. Agarda suyakda A vitamini yetishmasa, suyaklar xaddan tashqari yo’g’onlashib, ichidagi bo’shliqlari, har xil kanalchalari kattalashadi. Ossein bilan anorganik moddaning qo’shilishi natijasida normal suyak muhim fizik xossaga ega bo’ladi, ya’ni elastik va qattiq (pishiq) bo’ladi. Normal suyak dub daraxtidan pishiq, granitdan qattiq bo’lib,mis bilan temirga barobarkeladi, Suyaklarning ichki tuzilishini ulami arralab qaragandagina ko’rish mumkin. Ular ikki xil moddadan, biri zich (qattiq), ikkinchisi g’ovak (ko’mik) moddadan iboratdir. Zich modda yaxlit massaga o’xshab ko’rinadi, g’ovak modda esa ingichka xoanalar to’ridan iborai bo’lib, ular bir–biri bilan chalkashib, har xil burchaklar hosil qiladi. Bular orasida mayda katak (bo’shliq)lar vujudga keladi. Suyaklarda qattiq modda tashqi qismida g’ovak moddaiar esa ichki qismida joylashgan bo’ladi. Serbar suyaklarda ichki g’ovak rnoddalar juda kam bo’lib, zich moddalarning ikki plastinkalari orasida yupqa ko’mik holatida uchraydi. Kalla suyagining qopqoq qismidagi g’ovak moddalar ikki qavat nomi bilan yuritiladi, ana shu suyaklarning ichki qattiq plastinkasini – shishasimon plastinka deyiladi. Chunki tashqi plastinkadan yupqa bo’lib, organik moddasi kam mo’rt bo’ladi. Serbar suyaklarning ba’zi joylarida umuman g’ovak moddalar bo’lmasligi mumkin, unda zich moddaning tashqi va ichki plastinkalari bir–biriga yopishib bitta outun qavat hosil qiladi. Kalta suyaklar faqat g’ovak moddaladan iborat bo’lib, tashqi qismi esa faqat yupqa zich modda plastinkasi bilan qoplangan bo’ladi. Uzun suyaklarning ikki uchi (ephizlari) kalta suyakiarga o’xshash tuzilgan bo’lsa, diafizi (tanasi) uzunasiga joylashgan silindir shaklli kovak bo’lib, devori qalin zich modda po’stidari iborat. Ana shu kovak ilik kanali hisoblanib, bu kanal uzun suyakning ikkala uchi (epifiz) dagi g’ovaklarga tutashib ketadi. Bulardan tashqari, suyaklar tuzilishi, shakllari, bajaradigan vazifalariga bog’liq bo’lib, ya’ni suyaklar vazifasi o’zgarganda tuzilishlari ham o’zgaradi yoki buning aksi kuzatiladi. Suyakning mikroskopik tuzilishiga kelganda, uning asosi Gavers plastinkalaridan tuzilgan bir qancha Gavers kanalchalaridan iborat ekanligini mikroskopda ko’rish Odam skeleti-skeleton hominis. 1-bosh skeleti (cranium); 2-umurtqa pog’onasi (colunna vertebralis); 3-o’mrov (clavicula); 4-kurak (scapula); 5to’sh (sternum); 6-yelka suyagi (humerus); 7-bilak suyagi (radius); 8-tirsak suyagi (ulna); 9-kaft usti suyaklari (ossa carpi); 10-kaft suyagi (ossa metacarpi); 11-barmoq suyaklari (phalanges digitorum manus); 12-chanoq suyagi (os coxae); 13-dumg’aza suyagi (os sacrum); 14-simfiz (symphisis pubica); 15-son suyagi (os femoris); 16-tizza qopqog’i (patella); 17-katta boldir (tibia); 18-kichik boldir (fibula); 19-oyoq kaft usti suyaklari (ossa metatarsi); 20oyoq kaft suyaklari (ossa tarsi); 21-oyoq falangalari (phalanges digitorum pedis); 22-qovurg’alar (costae): mumkin.Gavers kanalchalari suyaklar bo’yiga qarab joyiashgan va o’zaro bir necha zich suyak plastinka — zich moddia bilan o’ralgan bo’ladi. Gavers sistemalari orasidagi bo’shliqlarni oraliq modda (plastinka) lar to’ldirib turadi. Suyakning sirtqi yuzasi suyak usti pardasi periost bilan qoplangan (suyakning bo’g’in yuzalari, paylar va boylamlar yopishgan joylarda periost bo’lmaydi) bo’ladi. Periost yupqa, pushti rangli qo’shuvchi to’qimadan iborat bo’lib, suyaklarning alohida teshikchalardan o’tib boradigan tolachaiari vositasida suyaklar ustiga mustahkam yopishib turadi. Periost ikki qavatdan, ya’ni tashqi qavati – tolali fibroz to’qimadan, ichkisi – nerv va qon tomirlarga boy bo’lgan suyak hosil qiladigan qismdan ibdrat. Qon tomirlari suyaklarga alohida oziqa teshiklar orqali boradi. Periostning ichki qavati suyaklarni eniga o’stiradi. Suyaklarning bo’g’im hosil qiladigan sathi bo’g’im tog’aylari bilan qoplangan (bo’g’imlar haqidagi bobga qaralsin) dir. + 30 Suyaklarning tasnifi Odam skeleti 200 dan oshiq alohida – alohida suyaklardan iborat. Skelet quyidagi bo’laklarga ajratilgan tana suyaklari (umurtqalar, qovurg’alar va to’sh suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak va o’mrov suyaklari), qo’l suyaklari (yelka, bilak va panja suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qovuq va o’tirgich suyaklar) va son, boldir hamda oyoq panjalaridan iborat. Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko’ra quyidagicha bo’ladi: I.Naysimon suyaklar: a) uzun suyaklar – yelka, bilak, son va boldir suyaklari, ya’ni qo’l – oyoq suyaklari bo’lib, g’ovak va zich moddalardan tuzilgan,ilik kanali bo’ladi va richag harakatiga ega bo’lib, tayanch, muhofaza vazifalarini bajaradi; b) kalta naysimon suyaklar - qo’l-oyoq, kaft va panja suyaklari kiradi va qisqa harakat qilish richaglariga egadir. II. G’ovak suyaklari: a) uzun g’ovak suyaklariga qovurg’a va to’sh suyaklari kiradi va u asosan g’ovak moddasidan tuzilgan bo’lib, yupqa zich modda plastinkasi bilan qoplangan bo’ladi va tayanch hamda himoya vazifasini bajaradi; b) kalta g’ovak suyaklariga umurtqa, qo’l–oyoq, kaft usti suyaklari kiradi; v) sesamasimon suyaklar — tizza qopqog’i, no’xatsimon suyak va barmoq suyaklarining sesamasimon suyaklari — g’ovak moddasidan tuzilgan, muskul paylarining orasida, deyarli bo’g’im atrofida joylashgan bo’ladi va ularni hosil qilishda qatnashadi, harakatni osonlashtiradi. III.Yassi suyaklar: a) kallaning yassi (qopqoq) suyaklari — himoya vazifasini bajaradi; b) yassi kamar suyaklariga kurak hamda chanoq suyaklari kiradi. Ular tayanch va muhofaza vazifalarini bajaradi. IV. Aralash suyaklar. Bunga kalla suyagining asosiy qismini tashkil etgan va bir qancha suyaklar birikishidan vujudga kelgan suyaklar kiradi. Odam skeleti quydagi qismlardan tashkil topgan. 1.Uzun naysimon suyaklar Yelka, bilak, tirsak, son, boldir 2.Kalta naysimon suyaklar Qo’l-oyoq kaft va panja suyaklari kiradi 1.Uzun g’ovak suyaklar Qovurg’a va to’sh suyagi Qo’l va ayoq kaft usti suyaklari, umurtqalar G’ovak suyaklar 2.Kalta g’ovak suyaklar 3.Sesamasimon suyak Tizza qopqog’i, no’xotsimon suyak 1.Kallaning yassi suyaklari Tepa, peshona, chakka, ensa. Yassi suyaklar 2.Yassi kamar suyaklari Kurak va chanoq suyaklari Kallaning asos qismini tashkil etgan bir qancha suyaklar kiradi. Aralash suyaklar 1. Kallaning miya bo’limi Ensa, peshona, tepa, chakka, ponasimon va suyaklari g’alvir suyaklari. Bosh skeleti 2. Kallaning yuz bo’limi Yuqori va pastki jag’, yanoq, burun, dimoq, suyaklari ko’z yosh suyagi va til osti suyaklari . 1. Umurtqa pog’onasi. Bo’yin (7), ko’krak (12), bel (5), dumg’aza (5), dum (5) Naysimon suyaklar Tana skeleti 2. To’sh suyagi. Yuqorgi-dasta, o’rta-tana, pastki-xanjarsimon o’siq. 3. Qovurg’alar. Qo’l suyaklari I-VII chin qovurg’alar, VIII-X soxta qovurg’alar, XI-XII yetim qovurgalar. 1. Elka kamari suyaklari. O’mrov va kurak suyagi 2.Qo’lning erkin bo’limi Elka, bilak, tirsak, kaft usti, kaft, barmoq suyaklari suyaklari. 1.Oyoq kamari Chanoq suyagi:yonbosh,quymich,qov Oyoq suyaklari 2.Oyoqning erkin Son, katta va kichik boldir suyakalari, oyoq kaft oldi, bo’limi suyaklari kaft, oyoq barmoq suyagi, tovon suyagi. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollar 1. Suyaklarning tuzilishi va tasnifi. 2. Suyaklarning asosiy vazifasi. 2. Skalet qanday qismlardan tuzilgan? 3.Naysimon suyaklarga qaysi suyaklar kiradi? 4. G’ovak suyaklarga misollar keltiring? 5. Yassi suyaklar misollar keltiring? 5. Aralash suyaklarga qaysi suyaklar kiradi? 6. Tana skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan? 31 32 Mavzu: Tana skeleti. Umurtqa pog’onasi va ko’krak qafasi suyaklari. Reja: 1. Tana skeleti haqida umumiy ma’lumot. 2. Umurtqa pog’onasining tuzilishi, qismlari va vazifasi. 3. To’sh suyagi tuzilishi. 4. Qovurg’alar tuzilishi, qismlari va turlari. Odam tanasi skeleti umurtqa pog’onasi, o’n ikki juft qovurg’a va to’sh suyagidan iborat. Umurtqa pog’onasi bir – birining ustida joylashgan alohida umurtqalar yig’indisidan tashkil topgan bo’lib, bular bo’yin umurtqalari (yettita), ko’krak umurtqalari (o’n ikkita), bel umurtqalari (beshta), dumg’aza umurtqalari (beshta — o’zaro birlashib, bitta dumg’aza suyagini hosil qilgan) va dum umurtqalari (to’rtta yoki beshta – birlashib dum suyagini hosil qiladi) ga ajratiladi. Umurtqa pog’onasining o’rtacha uzunligi erkaklarda 73 – 75 sm, ayollarda esa 69 – 71 sm gacha bo’ladi: shundan bo’yin qismi 13 – 14 sm, ko’krak bo’limi 27 – 30 sm, bel qismi 17 – 18 sm va dumg’aza qismi 12 – 15 sm. Odam umurtqa pog’onasi organizmning tayanchi bo’libgina qolmay, balki umurtqa kanalida joylashgan orqa miyani muhofaza qiladi va gavda kalla harakatida faol qatnashadi. Har qaysi umurtqada tayanch vazifasini bajaradigan tana va ravog’i bo’ladi, umurtqa ravog’i tanaga ikkita oyoqchasi orqali birlashib, umurtqa teshigini hosil qiladi, barcha umurtqa teshiklari birga qo’shilib, umurtqa kanalini hosil qiladi, orqa miya ana shu kanalda joylashib, tashqi muhit ta’siridan saqlanadi. Umurtqa ravog’ining o’rta qismida orqa tomonga bitta o’tkir qirrali o’siq, ikkala yonbosh qismida bittadan ko’ndalang o’siq joylashgan. Umurtqa tanasi bilan bo’g’im o’siqlarining o’rta qismida yuqorigi va pastki o’ymalar joylashgan. Umurtqa pog’onasida yuqoridagi umurtqaning pastki o’ymasi umurtqaning yuqori o’ymasi bilan birlashib, har tarafda bittadan umurtqa oraliq teshigini hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va qon tomirlari o’tadi. Odam umurtqalari orasida bel va dumg’aza umurtqalarining hajmi katta bo’lib, bosh, Umurtqa pog’onasi – columna ertebralis tana va qo’l og’irligi ana shular vositasida chanoq orqali 1. Bo’yin umurtqalari-vertebrae cervicales Ko’krak umurtqalari- vertebrae thoracica oyoqqa tarqaladi. Dum umurtqalari, aksincha, odamda 2. 3. Bel umurtqalari- vertebrae lumbales o’sishdan to’xtab yo’qolib borayotgan qoldiq umurtqa 4. Dumg’aza umurtqalari- vertebrae sacrales hisoblanadi Ularning tanasi kicnkina bo’lib, ravoqlari 5. Dum umurtqalari- vertebrae coccygeae bo’lmaydi. Umurtqalar Odam umurtqa pogo’nasining ko’krak qismi (ko’krak umurtqalari) — 12 dona bo’lib, tuzilishiga qarab boshqa umurtqalarga nisbatan namuna qilib olinsa bo’ladi. 1. Ko’krak umurtqalari. Tanasi(tepadan pastga qarab) hajmi jihatidan kattalasha boradi. Ko’krak umurtqalarining ikki yonboshiga va ko’ndalang o’siqlariga 12juft qovurg’aning boshchalari va bo’ynidagi do’mboqchalar bo’g’im hosil qilib qo’shilishi, ularni boshqa umurtqalardan ajratib turadi. Aksariyat qovurg’alarning boshchalari yonma–yon joylashgan ikkita umurtqa tanalarining yonbosh oralig’iga o’rnashgan bo’ladi. Shuning uchun aksari umurtqalarning ikkala tomonida (tepa pastda) yarimtadan chuqurchasi bo’ladi. Bundan birinchi umurtqa mustasno bo’lib, tanasining yuqori qirrasida birinchi qovurg’a uchun bitta butun qovurg’a chuqurchasi, tanasining pastida ikkinchi qovurg’a uchun yarimta qovurg’a chuqurchasi bo’ladi. 33 Uchinchi umurtqada esa (X qovurg’a uchun) bitta yarim chuqurcha va XI–XII umurtqada har birining ikki yonboshida (tegishli qovurg’alar uchun) bittadan to’la chuqurchalari joylashgan.Umurtqa tanasi bilan uning ravog’i o’rtasida umurtqa teshigi bor. Yuqori va pastda frontal holatda joylashgan bir juft bo’g’im o’simtalari bilan umurtqalar o’zaro birlashib turadi. Umurtqa tanasining ikki yonboshida joylashgan ko’ndalang o’siqlarning old tomonida joylashgan bo’g’im yuzachalariga qovurg’a do’mboqchalari joylashadi. Umurtqa ravog’ining o’rta qismida o’tkir qirrali o’siq joylashgan. 2. Bo’yin umurtqalari – 7 t a bo’lib, yuqoridan birinchi va ikkinchi umurtqalar, boshqa beshta bo’yin umurtqalaridan tuzilishi bilan ancha farq qiladi. Shuning uchun ularning tuzilishiga quyida alohida to’xtalib o’tamiz. Qolgan beshtasi boshqa umurtqalar kabi tuzilgan. Bo’yin umurtqalarining tanasi kichkina ko’ndalang–oval shaklida bo’lib, umurtqa teshigi katta, uchburchak shaklida tuzilgan. Ko’ndalang o’siqlarning old tomoniga embrion o’sish davridagi qovurg’a qoldiqlari yopishib qolganligi uchun uchlari ikkita do’mboqchaga bo’lingan. VI umurtqaning oldingi o’simtasi oldida uyqu arteriyasi o’tganligi uchun shu arteriya jarohatlanganda yuqorida aytilgan do’mboqchani bosib qon to’xtatiladi. Ko’ndalang o’siqlarda paydo bo’lgan barcha teshikchalar yig’indisi umurtqa arteriyasi kanalini hosil qiladi. Bu kanaldan shu nomli arteriya o’tadi. II – V bo’yin umurtqalari tanasining orqa tomonida joylashgan o’tkir qirrali o’siqlar kalta va uchi ayrim (VI–VII)umurtqalar bundan mustasno) bo’ladi. VII umurtqaning orqa o’sig’i boshqa bo’yin umurtqalariga nisbatan uzun va yo’g’on bo’lib, tirik odamda teri ostida bilinib turadi. Shuning uchun bu umurtqani turtib chiqqan umurtqa deyiladi. B i r i n c h i b o ’ y i n u m u r t q a s i atlant tanasi takomil etish davrida ikkinchi umurtqaga o’tib, tishsimon o’siq hosil qiladi. Natijada uning tanasi o’rnida oldingi ravog’i vujudga kelib umurtqa teshigi esa kengaygan. Orqa ravog’ida o’tkir qirrali o’siq qoldig’i – kichkina do’mboq paydo bo’lgan. B o ’ y i n n i n g II u m u r t q a s i o’qli tishsimon o’siqning bo’lishi bilan boshqa hamma umurtqalardan ajralib turadi. Ikkinchi umurtqa tishi birinchi umurtqa ravog’i bilan birlashib turishi kallaning har tomonga burilishiga imkon tug’diradi. 3. Bel u m u r t q a 1 a r i 5 ta, umurtqalarning orasida eng yirigi bo’lib, uning teshigi katta va uchburchak shaklida, tanasi esa buyrak shakliga o’xshash, ko’ndalango’sig’i deyarli frontal vaziyatda bo’lib, uchi va o’tkir qirrali o’siq to’ppa – to’g’ri orqaga qaragan bo’ladi. 4. Dumg’aza umurtqalari 51 ta bo’lib, odam 17-25 yoshlarga borganda ular o’zaro qo’shilib, bitta butun dumg’aza suyagini hosil qiladi. Bu ham odam vertikal holatga o’tishi bilan gavda og’irligining dumg’aza umurtqalariga tushishi natijasida hosil bo’lgan. Dumg’aza suyagi uchburchak shaklda bo’lib, serbar qismi — tubi va pastga, oldinga qaragan uchi bo’ladi. Dumg’aza suyagi tubi bilan beshinchi bel umurtqasi tanasiga birlashadi. Dumg’aza suyagining oldingi chanoq sathi tekis va yoysimon bukilgan bo’lib, to’rtta oldingi teshiklar ko’rinib turadi. Dumg’azaning orqa yuzasi, g’adir – Bel umurtqasi. budur bo’rtib chiqqan bo’lib, dumg’azaning orqa to’rt juft teshigi ko’rinib turadi. 1-o’tkir qirrali o’siq; 2-umurtqa ravog’i; 3Dumg’aza kanalining pastki teshigining ikki ko’ndalang o’siq; 4-umurtqa teshigi; 5-umurtqa tomonidan chiqib turgan o’siqchalar, ravog’I oyoqchalari; 6-umurtqa tanasi; 7dumg’aza shoxlari ko’rinadi. Nihoyat, umurtqa kesimtasi; 8-9-bo’g’im yuzalari umurtqalaming ko’ndalang o’siqlar qoldig’i yig’indisidan dumg’azaning orqa teshiklari lateral 34 tomonida juft lateral qirralari ko’rinadi. o’siqlarning qovurg’a qoldiqlari bilan o’zaro qo’shilib ketishidan paydo bo’lgan dumg’aza tubining yon qismida quloqsimon yuza bo’lib, chanoq (toz) suyagining ana shunday yuzasi bilan birga bo’g’im hosil qilib qo’shilib ketgan (chanoq suyaklarining barlashuviga qaralsin). Ayollarning dumg’aza suyagi kengroq kaltaroq va kamroq bukilgan bo’lishi bilan erkaklar dumg’aza suyagidan ajralib turadi. 5. Dum u m u r t q a l a r i 4—5 ta bo’lib, odamdaqoldiq (rudimentar) umurtqalar hisoblanadi. Bular odamlarda suyaklanib, dum suyagini vujudga keltiradi. To’sh suyagi. Ko’krak umurtqalari qovurg’alar bilan birgalikda ko’krak qafasini hosil qiladi. To’sh suyagi uzunchoq yalpoq shaklda bo’lib, o’rta yoshdagi odamlarda uchta ayrim qismdan iborat bo’ladi: 1) yuqori qismi — dastasi; 2) o’rta qismi — tanasi; 3) pastki qismi — xanjarsimon o’siq deb ataladi. Bular o’zaro yupqa tog’ay qatlam bilan qo’shilgan bo’lib, keksalik davrida suyaldanib, yaxlit bitta to’sh suyagini hosil qiladi.Dastaning ikki yonboshidagi juft o’ymalar o’mrov suyagining to’sh suyagiga qaragan uchi va I qovurg’a tog’ayi bilan qo’shilishi uchun xizmat qiladi. Dasta bilan tanasi oralig’ida II – VII qovurg’a tog’aylari uchun o’yma bor.Xanjarsimon o’siq to’sh suyagi tanasining pastki tomonida joylashgan. Ayollarning to’sh suyagi erkaklarning to’sh suyagiga nisbatan bir oz kaltaroq bo’ladi. Qovurg’alar Qovurg’alar 12 juft ingichka yoylardan iborat bo’lib, orqa tomondan ko’krak umurtqalari tanasiga yopishib turadi. Har qaysi qovurg’a ikki qismdan iborat bo’lib, qovurg’aning orqa qismi suyak va oldingi qismi tog’aydan tuzilgan bo’ladi. Yuqoridagi I—VII qovurg’alar bevosita tog’ay qismlari vositasida to’sh suyagiga birikadi va chin qovurg’alar deb ataladi. Keyingi VIII – IX va X juft qovurg’alar o’zlarining oldingi tog’ay qismlari bilan bevosita to’sh suyagiga yopishmasdan, o’zidan yuqorida joylashgan qovurg’aning tog’ayiga tutashadi va yolg’on qovurg’alar deb ataladi. Qovurg’a – costae. A-birinchi (I) qovurg’a; Б-ikkinchi (II) qovurg’a; B-sakkizinchi (VIII) qovurg’a А. 1-qovurg’a boshchasi; 2-qovurg’a bo’yni; 3-do’mboqcha; 4-o’mrov osti arteriyasi egati; 5-oldingi norvonsimon muskul birikadigan do’mboqcha; 6-o’mrov osti arteriya egati; Б. 1-qovurg’a boshchasi; 2-qovurg’a bo’yni; 3-do’mboqcha; B. 1-qovurg’a boshchasi; 2-bo’g’im yuzasi; 3-qovurg’a boshchasi kemtigi; 4-qovurg’a egati; 5-qovurg’a tanasi; 6-qovurg’aning orqa uchi Qolgan XI va XII qovurg’a tog’aylari esa hech qayerga yopishmasdan qorin muskullari orasida erkin joylashgan. Shu sababdan juda harakatchandir. Ularni yetim qovurg’alar deb ataladi. Qovurg’alarning oldingi, orqa uchlari va bularning oraliq qismi, tanasi bor. Qovurg’aning orqa uchida yo’g’onlashgan boshcha bo’lib, bu bo’g’im yuzasi orqali ko’krak umurtqalari tanasidagi qovurg’a 35 chuqurchalari bilan qo’shilib ketadi. Qovurg’a tanasida tashqi va ichki yuzalari, yuqori va pastki chekkalari bo’ladi. Birinchi qovurg’ada, aksincha, yuqori va pastki yuzalar, ichki va tashqi chekkalar bo’ladi. Ko’pchilik qovurg’alarning ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida qovurg’a egatchasi (nerv va tomirlar uchi) joylashgan. Qovurg’alarning shakli va uzunligi ko’krak qafasining tuzilishiga va shakliga bog’liq. Qovurg’alarning uzunligi I qovurg’adan VII qovurg’agacha orta borib, VIII qovurg’adan oxirgi XII qovurg’agacha qisqarib kamayadi. Birinchi qovurg’a boshqa qovurg’alardan uning yuqori yuzasida o’mrov osti arteriyasi va venasi uchun egatcha borligi bilan tafovut qilinadi. Ko’krak qafasi. Orqa tomondan 12 ta ko’krak umurtqasi, ikki yon tomondan 12 juft qovurg’alar va ularning oldingi uchlaridagi tog’aylar, old tomondan to’sh suyagi o’zaro boylamlar bilan birlashib, ko’krak qafasini hosil qiladi.Ko’krak qafasida tepa va pastki teshiklar bo’lib, tepa teshik kichikroq, oldindan to’sh suyagi dastasi, ikki yondan 1 uzun qovurg’a va orqa tomondan, 1 ko’krak umurtqa bilan chegaralanadi, bu teshik orqali kekirdak, qizilo’ngach, qon tomirlar va nervlar o’tadi. Pastki teshik yuqori teshikka nisbatan kattaroq bo’lib, uni orqadan XII ko’krak Ko’krak qafasi - thorax. 8–9–10–11–12–13–14–chin qovurg’alar, 15–16–17–soxta qovurg’alar,18–19–yetim qovurg’alar, 7–to'sh suyagi dastasi, 5– xanjarsimon o’siq, 20–ko’krak umurtqalari, 1–ko’krak qafasining yuqori teshigil, 6–to’sh suyagi,2–qovurg’a osti burchagi, 3–ko’krak qafasining pastki teshigi, 4–qovurg’a ravog’i umurtqasi ikki yondan XII juft qovurg’a va oldindan to’sh suyagining xanjarsimon o’sig’i chegaralab turadi, bu teshik qorin bo’shlig’idan diafragma orqali ajralib turadi. Ko’krak qafasining hajmi va shakli yoshga, jinsga va konstitutsiyasiga qarab turlicha bo’ladi. Ko’krak qafasi chaqaloqlarda piramida shaklida bo’lib, oldindan orqaga qaragan hajmi ko’ndalang o’lchovga qaraganda kattaroq bo’ladi. To’sh osti burchagi keng, o’tmas burchak hosil qilib joylashadi. Ayollarning ko’krak qafasi esa erkaklarnikiga qaraganda birmuncha kaltaroq va pastki qismi torroq bo’ladi. o’rta yoshdagi erkaklarning ko’krak qafasi oval shaklda bo’lib, ko’ndalang o’lchovi kattaroq bo’ladi. To’sh osti burchagi esa to’g’ri burchak hosil qilib joylashgan. Ko’krak qafasida yurak, o’pka va boshqa a’zolar joylashgan. Ko’krak qafasi muskullar yordamida kengayib – torayib nafas olishga yordam beradi. O’tilgan mavzu bo’yicha savollar. 1. Umurtqa pog’onasi qanday qismlardan tuzilgan? 2. I-II-bo’yin umurtqalarini boshqa umurtqalardan farqini bilasizmi? 3. Bel umurtqalari haqida gapirib bering. 4. Ko’krak qafasi qaysi suyaklar qo’shilishidan hosil bo’ladi? 5. Qovurg’alar qanday tuzilgan? 6. To’sh suyagini qismlarini aytib bering. 7. Qanday qovurg’alarni turlari mavjud? 8. Umurtqa pog’onasining vazifasi. 36 Mavzu: Qo’l suyaklari. Oyoq suyaklari. Reja: 1. Qo’l skeletining tuzilishi. 2. Yelka kamari suyaklari. 3. Qo’lning erkin turgan suyaklari. 4. Oyoq skeleti tuzilishi. Odamning qo’l skeleti bilan oyoq skeletining tuzilishida bir qadar o’xshashlik bo’lsa ham, vazifalari bir–biridan tubdan farq qiladi. Odam oyoqlari yordamida bir joydan ikkinchi joyga yurib boradi va gavdasini ko’tarib tura oladi. Qo’l esa mehnat quroli bo’lib, ushlash vazifasini bajaradi. Qo’l–oyoq suyaklari joylashgan joylariga qarab kamar va erkin turgan bo’limlarga ajratiladi. Qo’l ham o’z kamarlari vositasida tana skeletiga qo’shilib turadi. Qo’l skeleti yelka kamari — o’mrov va kurak suyaklaridan iborat. Qo’l suyaklari yelka suyagi, bilak– tirsak hamda bilak suyaklaridan va qo’l panjasining skeletidan iborat. Yelka kamari suyaklari ikki tomondan bittadan o’mrov va kurak suyaklaridan tuzilgan. O’mrov (clavicula)— qo’lni tanaga birlashtirib turadigan birdan–bir suyak bo’lib, shakli lotincha «S» harfga o’xshab bukilgan, uzun bo’ladi. Bir uchi bilan to’sh suyagiga, ikkinchi uchi kurakdagi yelka o’sig’iga birlashib, yelka bo’g’imning tanadan uzoqroqda bo’lishini ta’minlaydi. Natijada, qo’lning turli murakkab harakatlarni osongina bajarishiga qulaylik tug’diradi. Ba’zida qo’l tanaga suqilib yopishadi, deyarli harakatsiz osilib turadi. Kurak (scapula) – suyagi yalpoq, uchburchak shaklida bo’lib, ko’krak qafasining orqa O’mrov suyagi – clavicula A-pastdan ko’rinishi; 1-akromiyal bo’g’im yuzasi; 2-akromial o’siqqa qaragan uchi; 3-konussimon do’mboqcha; 4-o’mrov tanasi; 5-to’sh suyagiga qaragan uchi; 6-o’mrovqovurg’a boylami izi. Б-yuqoridan ko’rinishi. 1- akromial o’siqqa qaragan uchi; 2konusimon do’mboqcha; 3-to’sh suyagiga qaragan uchi; 4-bo’g’im yuzasi; tomonidan II-VII qovur– g’aningtashqisohasidajoylashgan. Kurakning uchta chekkasi tafovut qilinadi: umurtqa pog’onasiga qaragan medial chekkasi, qo’ltiqqa qaragan lateral chekkasi va yuqori kalta chekkasi. Yuqori chekkasidan kurak o’ymasi ko’rinib turadi. Kurak suyagining uchchala chekkasi o’zaro uchta burchak hosil qilib qo’shiladi: shulardan biri pastga qaragan burchak, ikkinchisi yuqori tomondagi medial burchak va uchinchisi yuqori tomondagi leteral burchak. Yuqori tomondagi lateral burchak yo’g’onroq bo’lib, undagi bo’g’im yuzasi yelka suyagining boshchasi bilan bo’g’im hosil qilib birlashadi.Kurak suyagining bo’g’im yuzasi ustida tumshuqsimon o’siq bo’rtib turadi. Kurakning oldingi, qovurg’alarga qaragan yuzasi botiqroq bo’lib, kurak osti chuqurini hosil qiladi, ana shu yuzadagi bir necha g’adir–budur chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi. Kurakning orqa yuzasi baland qirra bilan ikkita teng bo’lmagan qismga bo’linib turadi. Bu bo’laklarga shu nomli muskullar yopishib turadi. Kurakning baland qirrasi lateral tomonga davom etib, baquvat yelka o’sig’i bilan tugaydi. Ana shu o’siq o’mrov bilan bo’g’im hosil qilib qo’shiladi. Qo’lning erkin turgan bo’limidagi suyaklar Yelka suyagi (humer) – yelka suyagi rosmana uzun suyaklar turkumidan bo’lib, unda tanasi-diafiz, ikkala uchi – epifizlar va ularning o’rtasida joylashgan metafiz farqlanadi. Yelka suyagining yuqori uchi – boshchasi suyakning qolgan boshqa qismlardan anatomik bo’yinchasi orqali ajralib turadi, ana shu bo’yinchaning pastki tomonida ikkita do’mboqcha (lateral tomonidagi kattarog’i) va old tomondagi 37 (kichkina) do’mboq bo’ladi. Har qaysi do’mboqchadan pastga qarab bittadan g’adir–budur qirra ketgan. Ana shu ikkala do’mboq va g’adir–budir qirralar orasida egatcha bo’lib, bundan yelkaning ikki boshli muskulining payi o’tadi. Do’mboqcha va qiiralarning ikkalasiga muskullar kelib birlashadi. Yelka suyagining do’mboqchalarini pastki qismi hipcharoq bo’lib, jarrohlik bo’yni (ko’proq yelka suyagi ana shu joyidan sinadi) deb ataladi va suyak tanasi (diafiz)ni epifizga qo’shib turadi. Yelka suyagi tanasining yuqori qismi silindr shaklida bo’lib, pastki qismi uch chekkali bo’ladi. Yelka suyagining pastki kengaygan uchi, ikki tomonidan g’adir–budur tepacha hosil qilib tugaydi, bular medial va lateral tepachalardir. Medial tepacha ko’proq o’sgan bo’lib, orqa yuzasidan tirsak nervi o’tadigan egatcha ko’rinadi. Ikkala tepacha orasida bilak suyaklari bilan birlashadigan bo’g’im yuzasi bo’lib, u ikki bo’lakka ajralgan: medial tomondan ko’ndalang joylashgan va tirsak suyagi bilan birlashadigan g’altagi bo’lsa, lateral tomonda bilak suyagi bilan birlashish uchun yarim sharga o’xshash bo’g’im yuzali boshchasi bo’ladi. G’altak tepasining oldingi tomonida toj chuqurchasi ko’rinib turadi va unga tirsak suyagining toj o’sig’i kirib turadi. Toj tepasining oldingi tomonida toj chuqurchasi ko’rinib turadi va unga tirsak suyagining toj o’sig’i kirib turadi. Toj chuqurchasisning lateral tomonida bilak suyagining boshi kirib turishi uchun chuqurcha bor. G’altak tepasining orqa tomonida tirsak suyagining tirsak o’sig’i kirib turadigan chuqurcha joylashgan. Bilak suyaklari (radius) naysimon ikkita uzun suyaklardan iborat bo’lib, medial tomonda tirsak suyagi, lateral tomonda esa bilak suyagi bo’ladi. Bilak suyagining proksimal uchi, aksincha, dumaloq boshcha bo’lib, tepa tomonidan botiq bo’g’im yuza orqali yelka suyagining boshchasi ham ana shu chuqurchaga joylashgan bo’ladi. Bilak suyagining boshchasi ham ana shu chuqurchaga joylashgan bo’ladi. Bilak suyagining gir aylangan bo’g’im yuzasi tirsak suyagining bo’g’im yuzasi bilan bo’g’im hosil qiladi. Bilak suyagining boshi boshqa qolgan bo’iaklardan ingichka bo’yin bilan ajralib turadi. Bilak suyagining pastki uchi yo’g’orilashgan bo’lib, tashqi tomondan bigizsimon o’siq ko’rinib turadi, Ichki tomondagi botiq bo’g’im yuzasi esa tirsak suyagining doira bo’g’im yuzasi bilan qo’shiladi. Bilak suyagi pastki uchining pastki tomoni uchburchak shaklidagi botiq bo’g’im yuzasi vositasida kaft suyaklari bilan bo’g’im hosil qilib qo’shiladi. Tirsak suyagi (ulna) ning yuqori, yo’g’on uchida yelka suyagining g’altagi bilan qo’shiladigan kattagina bo’g’im yuzasi bo’lib, bu bo’g’im yuzasi old tomondan toj o’sig’i va orqa tomondan tirsak o’sig’i bilan chegaralanib turadi. Toj o’sig’ining lateral tomonida bilak suyagining boshchasi bilan bo’g’im tuzilishi uchun botiq yuzacha joylashgan. Toj o’sig’ining pastida, oldingi tomonda yelka muskuli yopishishidan paydo bo’lgan g’adir– budur joy tirsak g’adir–buduri deb ataladi. Tirsak suyagining pastki, distal uchi yumaloq tirsak boshi bilan tugaydi, uning medial chekkasidan esa bigizsimon o’siq chiqib turadi. Uning yonida bilak suyagining botiq bo’g’im yuzasi bilan birlashadigan doira bo’g’im yuzasi bor. Qo’l panjasining skeleti. Kaft usti, kaft va barmoq (falang) suyaklariga ajratiladi. Kaft usti suyaklari (ossa carpi) turli shakldagi 8 ta mayda suyaklardan iborat bo’lib, to’rttadan ikki qator joylashgan. Bulardan birinchi yoki proksimal qatori (bosh barmoq tomonidan hisoblanganda) qayiqsimon suyak, yarimoysimon suyak o’n qirrali suyak va no’xatsimon suyaklardan tashkil topgan. Ana shu to’rtta suyaklarning birinchi uchtasi o’zaro birlashlb, elleps shaklidagi qavarib turgan bo’g’im yuzasini hosil qiladi va bilak suyagining bo’g’im yuzasi bilan birlashib turadi.Kaft usti suyaklarning ikkinchi distal qatori trapetsiya shaklidagi suyak, trapetsiyasimon suyak, boshchali suyak va ilmoqli suyaklardan tashkil topgan. Kaft usti suyaklarning nomlari shakllariga mos bo’lib, ularning har birida bir–birlari bilan qo’shiladigan mos bo’g’im yuzalari va ba’zilarida kaft yuzariga turtib chiqqan g’adir–budur do’mboqlari bo’ladi. Kaft suyaklari (ossa metacarpi) beshta kalta naysimon suyakdan tuzilgan bo’lib, bosh barmoq tomonidan sanalganda 1,11 va hokazo kaft suyaklari nomi bilan ataladi. Har bir kaft suyagining tubi, tanasi va dumaloq shakldagi boshchasi tofovut qilinadi. Kaft suyaklari uchidagi bo’g’im yuzasi yassi bo’lib, kaft ustki suyaklarining ikkinchi qatorida joylashgan suyaklari bilan qo’shilsa, yonbosh yuzalari esa o’zaro bir–biri bilan bo’g’im hosil qilib birlashadi. Kaft suyaklarining boshchasidagi sharsimon bo’g’im yuzalari birinchi barmoq falanga suyaklari bilan bo’g’im hosil qiladi. 38 Barmoq suyaklari (phalanges digitorum manus) kaft suyaklariga o’xshash katta naysimon suyaklardan tuzilgan bo’lib, barmoqlarda ketma–ket joylashgan. Bosh barmoqdan boshqa qolgan to’rta barmoqning uchtadan falanga suyaklari bo’lib, faqat bosh barmoq ikkita falanga suyagidan tuzilgan. Bosh barmoqda birinchi va uchinchi falanga suyaklari bo’lib, o’rta falanga suyagi bo’lmaydi. Qolgan to’rt barmoqlarda proksimal o’rta va distal falanga suyaklari bo’ladi. Qo’l suyaklarining va yelka kamari suyaklarlnlng birlashuvi O’mrov suyagining to’mtoq uchi to’sh suyagi dastasi bilan qo’shilib, to’sh–o’mrov bo’g’imini, ikkinchi yassi uchi bilan kurak suyagining yelka o’sig’i qo’shilib, yelka o’sig’i – o’mrov bo’g’imini hosil qiladi. o’mrov suyagining to’sh suyagi dastasi bilan bo’g’im hosil qiladigan uchi orasida bo’shliq va tog’ay disk borligi tufayli bu bo’g’im deyarli har tomonga erkin harakat qila oladi . Yelka bo’g’imi yelka suyagining boshi bilan kurak suyagining bo’g’im chuquri qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bu bo’g’im atrofida boylamlar kam bo’lib, kapsulasi (xaltasi) yupqa bo’lganligidan bo’g’imni mustahkamlaydi. Bo’g’imni uning atrofida joylashgan muskullar ayniqsa bo’g’im xaltasi ichidan o’tgan ikki boshli yelka muskuli uzun boshining payi mustahkamlab turadi. Yelka bo’g’imi sharsimon bo’g’imlar turkumiga kiradi. Shu sababli erkin va har tomonlama harakat qiladi. Frontal o’q bo’ylab yelkani oldinga va orqaga, sagittai o’q orqali tanadan uzoqlashtirish va yaqinlashtirish, tikka o’q – vertikal o’q atrofida yelkani ichkariga va tashqariga burish mumkin. Bulardan tashqari, yelka bo’g’imi atrofida aylanma harakat ham bo’ladi. Tirsak bo’g’imi yelka suyagining pastki uchi bilan bilak va tirsak suyaklarining yuqori uchlari qo’shilishidan hosil bo’ladi.Tirsak bo’g’imi tarkibida yelka–bilak (ayrisimon bo’g’im), yelka – tirsak (g’altakshnon bo’g’im) va bilak bilan tirsak (silindrsimon bo’g’im) suyaklarning yuqori uchlari bo’g’imi tafovut etiladi. Bu uchta bo’g’im bitta kapsula bilan o’ralib, paylar bilan tutashib turganligidan tirsak bo’g’imi deb ataladi. Yelka–tirsak bo’g’imi g’altaksimon shaklda bo’lganidan tirsak bo’g’imida harakat asosan bitta ko’ndalang o’q atrofida bukilish va yozilishgina sodir bo’lsa, yelka–bilak bo’g’imida vintsimon harakat sodir bo’ladi. Bilak–tirsak bo’g’imi silindr shaklida bo’lib, faqat tashqi tomonga buriladi. Tirsak–bilak suyaklari bo’g’imi uiardagi kemtik bilan boshchalari o’rtasida vujudga keladi. Bilak suyaklarining yuqori uchlari bo’g’imi tirsak bo’g’imi tarkibiga kirsa, pastki uchlari bo’g’imi bilak– kaft usti suyaklari bo’g’imlari bilan birgalikda bo’g’im kapsulasi bilan o’ralgan. Bilak suyaklarining o’zaro birlashuvi kombinatsiyalashgan bo’g’im turkumiga kiradi va bilak suyagini aylanib, tirsak suyagining ustiga mingashadi, natijada bilak ichkariga va tashqariga buriladi yoki qo’l kafti old va orqa tomonga aylanadi. Bilak – kaft bo’g’imi kaft usti suyaklarining yuqori bo’g’imi yuzasi bilan bilak suyagining pastki uchi oralig’ida vujudga keladi. Bu bo’g’imni hosil qilishda no’xatsimon suyak bilan tirsak suyagi qatnashmaydi. Bilak–kaft bo’g’imi tuxumsimon shaklda bo’lib, ikki yonboshdan va old–orqa tomondan boylamlar bilan mustahkamlangan. Bu bo’g’im atrofida bukish, yozish, tanadan uzoqlashtirish va yaqinlashtirish hamda aylanma harakatlar bo’ladi. Kaft ustki suyaklarining o’zaro birlashuvi asosan birinchi qatorda joylashgan suyaklar bilan ikkinchi qatorda joylashgan suyaklar oralig’ida vujudga keladi. Bo’g’im bo’shlig’i «S» shaklida bo’lib, odatda bilak–kaft bo’g’imi bilan birgalikda (kombinatsiyalangan) harakat qiladi. Kaft usti va kaft bo’g’imi — ikkinchi qatorda joylashgan kaft usti suyaklari oralig’ida vujudga keladi. Bosh barmoqning kaft suyagi bilan katta ko’p burchakli suyak o’rtasidagi bo’g’im mustaqil bo’lib, egarsimon shaklda bo’lganidan frontal o’qi atrofida bukilishi va yozilishi, sagittal yoki uzoqlashishi mumkin. Bulardan tashqari, bosh barmoq qolgan to’rtta barmoqlarga ko’ndalang bukilishi mumkin. Qolgan to’rtta barmoqlarning harakati juda chegeralangan bo’lib, asosan bukilib–yozilish imkoniyatiga ega. Kaft suyaklari bilan barmoq suyaklari o’rtasidagi bo’g’im beshta kaft suyaklarining distal uchi bilan birinchi qatordagi beshta barmoq suyaklari – falangalarning ustki uchlari o’rtasida hosil bo’ladi. 39 Bu bo’g’imlar ellips shaklida bo’lib, frontal o’qi atrofida bukilishi va yozilishi, sagittal o’qida barmoqlar bir–biriga yaqinlashishi va uzoqlashishi mumkin. Barmoq suyaklari (falangalar) o’rtasidagi bo’g’imlar g’altak shaklidagi bo’g’imlar bo’lib, frontal o’qi atrofida barmoqlar faqat bukilishi va yozilishi mumkin. Oyoq skeleti Oyoq suyaklari qo’l suyaklari singari ikki qismga bo’linadi. Birinchisi – oyoq kamari bo’lib, ikki tomondan bittadan chanoq suyakdan tuzilgan. Ikkinchisi – qismdan iborat: 1) proksimal qismi — son suyagidan; 2) o’rta qismi — boldir (katta va kichik boldir) suyaklari bilan tizza qalpog’i suyagidan; 3) distal bo’limi — oyoq panjasi skeletidan tashkil topgan. Oyoq kamarining suyaklari. Chanoq suyagi (os coxae) ikkita yalpoq chanoq yoki nomsiz suyakdan iborat bo’lib, odamning yurishida gavda og’irligini oyoqqa o’tkazadi va chanoq bo’shlig’idagi a’zolarni tashqi muhit Chanoq suyagi – os coxae ta’siridan 1-yonbosh suyagi; 2-yonbosh suyagi qirrasi; 3saqlab turadi. oraliq chiziq; 4-tashqi qirra; 5,7,25-g’adir-budir Chanoq chiziqlar; 6-oldingi ustki o’siq; 8- oldingi pastki suyagining bu o’siq; 9-yarim oysimon bo’g’im qirrasi; 10xildagi quymich kosasi; 11-qov suyagi qirrasi; 12-qov vazifalari suyagi; 13-qov suyagi do’mboqchasi; 14-qov uning suyagining pastk qismi; 15-quymich kosasi kemtigi; murakkab 16-yopiluvchi teshik; 17-o’tirg’ich suyagi; 18tuzilganidan o’tirg’ich suyagi tanasi; 19-o’tirg’ich dungligi; 20dalolat o’tirg’ich suyagining kichik kemtigi; 21-o’tirg’ich beradi.O’rta suyagi o’sig’i; 22- o’tirg’ich suyagining katta yoshdagi odam kemtigi;23-orqa pastki o’siq; 24-orqa ustki o’siq; chanoq suyaklarida uchta ayrim suyaklar, ya’ni yonbosh suyagi, qov suyagi va quymich (o’tirgich) suyagi tafovut qiladi. Bu suyaklar 14 – 16 yoshga kirguncha alohida bo’lib, o’zaro tog’ay plastinkalari vositasida qo’shilgan bo’lsa, keyinchalik suyaklanib — bir butun chanoq suyagini hosh qiladi. Chanoq suyagining tashqi yuzasida (uchchala suyakning o’zaro birlashgan joyida) son suyagining boshi kirib turadigan quymich kosasi bo’lib, uning gir atrofi baland qirg’oq bilan o’ralgan, qirg’oqrring pastki qismi quymich o’ymasi bilan chegaralangan, Quymich kosasiga son suyaginmg boshchasi bo’g’im hosil qilib joylashgan. Yonbosh suyagining pastki yo’g’onroq qismi, tanasi quymuch kosasi tuzilishida qatnashadi. Yonbosh suyagining tanasidan, yuqoriga serbar plastinka, qanot «S» shaklida keng bo’lib, unda muskullar yopishadigan uchta g’adir–budur ko’rinadi. Yonbosh suyagining qirrasi oldingi tomonda ustki hamda pastki o’tkir o’siq bilan va yonbosh suyak qirrasining orqa tomoni yuqori va pastki o’siqlar bilan tugaydi. Yonbosh suyagining orqa tomonida katta o’tirgich o’ymasi va uning pastida o’tkir o’siq joylashgan. Yonbosh suyak qanotining ichki yuzasi silliq va botiqroq bo’lib, yonbosh chuqurchasi deb ataladi. Ana shu chuqurchaning orqa va pastki tomonida quloq suprasi shaklidagi bo’g’im yuzasi o’ziga mos keladigan dumg’aza suyagidagi shunga o’xshash quloq suprasi shaklidagi bo’g’im yuzasi bilan birlashib turadi. Qov suyagining kalta va keng qismi, tanasi bo’lib, quymich kosasining oldingi bo’lagini tashkil qiladi. Qovuq suyagini ikkita, ya’ni yuqori va pastki butoqlari burchak hosil qilib, o’zaro birlashib turadi va ana shu burchakning medial chekka yuzasida oval shaklidagi cho’zinchoq bo’g’im yuza orqali ikki tomondagi qov suyaklari o’zaro birlashib turadi. Qiymich suyagining qov suyagiga o’xshash quymich kosalarini hosil qilishda qatnashadigan qismi, tanasi va undan pastga davom etgan yuqori butog’i bor. Ana shu butoq burchak hosil qilib, pastki butoqqa o’tadi. Bu esa qov suyagining pastki butog’i bilan qo’shiladi. Quymich suyagining ikkala bu toqlarining o’zaro birlashgan joyi kengayib yo’g’onlashgan quymich do’mbog’ini hosil qiladi. Quymich suyagi tanasining orqa tomonidagi o’tkir uchli o’siq bilan quymich do’mboq orasida quymichning kichkina o’ymasi joylashgan. Quymich bilan qov suyaklarining butoqlari o’zaro bir–biri bilan qo’shilib, kattagina tuxum shaklidagi yopqich teshikni hosil qiladi. 40 Oyoqning erkin turgan bo’limidagi suyaklar Oyoq skeletining bu qismi son suyagi (femur), tizza qopqog’i (patella), boldir suyaklari (ossa cruris) va oyoq panjasining skeleti (ossa pedis) dan tashkil topgan. Son suyagi (os femoris) naysimon suyaklar orasidagi eng uzuni va kattasi bo’lib, unda ham tanasi, pastki va yuqori tomon (epifiz) lari bor. Son suyagining yuqori uchida (ichki tompnga qarab joylashgan) sharsimon boshchasi ko’rinib turadi. Boshcha markazining pastrog’ida chuqurcha joylashgan. Son suyagining boshchasi qolgan bo’lagi bilan bo’yni (metafiz) orqali birlashgan. Son suyagining bo’yni tanasiga 130°o’tmas burchak hosil qilib qo’shilgan, ayollarda chanoqlarning keng va katta bo’lishiga qarab son suyagining bo’yni to’g’ri burchak hosil qilib qo’shiladi. Son suyagining bo’yni tanaga o’tish chegarasida muskul yopishishidan paydo bo’lgan ikkita do’mboq, katta va kichik ko’stlar (apofiz) joylashgan bo’lib, ularning oralig’ida (orqa tomondan) qirra va oldingi tomonda g’adir–budur chiziqlar bo’ladi. Son suyagining tanasi, oldinga qarab biroz bukilgan uch qirrali dumaloq shaklda bo’lib, orqa tomonidan bo’yiga qarab ikkita labdan tashkil topgan g’adir–budur qirrasi ko’rinadi. Uning ichkari tomonidagi labi yuqoridagi kichik do’mboqchagacha davom etadi va do’mboqlar oraliq chiziqqa qo’shilib ketadi. Tashqi labsimon chiziq esa katta do’mboqning pastigacha boradi va g’adir–budur joyiga aylanadi. Bu joyiga do’mboq katta muskuli payining bir qismi yopishadi. Son suyagining pastki yo’g’onlashgan (distal) uchi orqaga qarab burilgan ikkita muskul yopishadigan o’siq bilan tugaydi. Ikkala o’siqning oldingi tomonida bo’g’im yuzalar bilan o’zaro tutashib turadi va tizza qopqog’i joylashadi. Ichkari va tashqari o’siqlarning orqasi va oralig’ida o’siqlar oralig’idagi chuqurcha joylashgan. Har bir o’siqning bo’g’im yuzalari yon tomoni teparog’ida bittadan g’adir–budur tepacha ko’rinib turadi. Tizza qopqog’i (patella) To’rt boshli son muskuli payining orasida joylashgan eng katta sesamasimon suyakdir. Tizza qopqog’ining oldingi yuzasi g’adir–budur bo’lsa, orqa – silliq bo’g’im yuzasi son suyagi bilan bo’g’im hosil qiladi. Boldir suyaklari ikkita naysimon suyakdan, ya’ni medial (ichki) tomonda joylashgan katta boldir suyagi va laterial (tashqi) tomonda joylashgan kichik boldir suyagidan tashkil topgan. Katta boldir suyagi (tibia) kichik boldir suyagiga nisbatan katta bo’lib, yuqori uchi (epifizi) ikkita (medial va loterial) do’nglar bor, ikkala do’ngning yuqorisida son suyagi bilan bo’g’im tuzish uchun botiqroq yuza joylashgan. Ana shu bo’g’im yuzalari ikkita do’mboqdan tuzilgan tepacha vositasi bir–biridan ajralib turadi. Lateral do’ngning pastki va orqa tomonida kichik boldir suyagining yuqori uchi birlashadigan yassi bo’g’im yuzasi bor. Katta boldir suyagining tanasi uch qirrali bo’lib, oldinda teri ostidan o’tkir qirra ko’rinib turadi. Kichik boldir suyagi tomonida lateral qirrasiga suyaklararo boylam (parda) yopishadi. Medial tomonda esa to’mtoq qirrasi bor. Katta boldir suyagining pastki uchi (epifiz) to’rtburchak shaklida bo’lib, medial tomonidan pastga qarab maxsus o’siq – ichki to’piq chiqadi. Katta boldir suyagining pastki uchida oyoq panja suyaklari bilan bo’g’im hosil qiladigan botiq bo’g’im yuzasi va ichki to’piqning lateral yuzasi bor. Katta boldir suyagining pastki uchi (epifiz) to’rtburchak shaklida bo’lib medial tomondan pastga qarab maxsus o’siq – ichki to’piq chiqadi. Katta boldir suyagining pastki uchida oyoq panja suyaklari bilan bo’g’im hosil qiladigan botiq bo’g’im yuzasi va ichki to’piqning laterial yuzasi bor. Katta boldir suyagining laterial tomonida kichik boldir suyagi joylashadigan o’ymani ko’rish mumkin. Kichik boldir suyagi (fibula) juda ingichka va ikki uchi yo’g’on bo’lib, yuqori (proksimal) uchi (epifiz) — suyak boshi bo’lib, uning medial yuzasida katta boldir suyakning laterial do’ngi bilan bo’g’im hosil qiladigan yuzasi bor. Suyak tanasi o’z o’qi atrofida biroz buralgan, uch qirrali bo’lib, ulardan birining medial yuzasida oraliq parda yopishadigan oraliq qirrani ko’rish mumkin. Kichik boldir suyagining pastki (distal) uchi (epifiz) yo’g’onlashib, tashqi to’pig’ini tashkil qiladi. Oyoq panjasining skeleti kaft oldi qismi, oyoq kafti va oyoq barmoqlaridan tuzilgan. 41 Kaft oldi qismi yettita kalta g’ovak suyaklardan tashkil topgan bo’lib, kaft usti suyaklari singari ikki qator joylashgan: 1) orqa yoki proksimal qator ikkita (oshiq va tovon) suyakdan iborat; 2) oldingi, qayiqsimon suyak, gistal qator – uchta ponasimon va kubsimon suyaklardan tuzilgan. Odam gavdasining vertikal holatga o’tishi oyoq panjasining skelet tuzilishida ham o’z izini qoldirdi. Natijada oyoq panjasi tayanch nuqtasini bajarishga va gavda og’irligini ko’tarib yurishga moslashadi. Shuning uchun odamda tovon suyagi ancha yo’g’onlashgan, orqadan oldinga (bo’yiga) uzunlashgan va mustahkamlashgan bo’ladi. Oshiq suyak esa tovon suyagining ustida joylashgan bo’lib, yuqorida boldir suyaklari bilan oldingi orqa tomonda dumg’aza–chanoq bo’g’imini hosil qilib qo’shiladi va turlicha boylamlar bilan mustahkamlanadi. 1. Dumg’aza – chanoq bo’g’imi . Ikkala suyakning quloqsimon yuzalari birlashuvidan hosil bo’lgan yassi bo’g’imdir. Bo’g’im xaltasi kalta va tarang tortilgan bo’lib, bo’g’im bo’shlig’i esa juda tor oraliqdan iborat, old orqa tomonda bir necha boylamlar bilan mustahkamlangan. Shun–ing uchun bo’g’im erkin harakat qila olmaydi. Bundan tashqari, yonbosh suyagi qirrasining orqa qismidan boshlangan boylam tolalari beshinchi bel umurtqasining ko’ndalang o’sig’iga mustahkam tortilib birlashadi. Quyidagi ikkita pishiq boylamlar chanoq suyagi bilan dumg’aza suyagi o’rtasida tortilgan. Bulardan biri dumg’aza suyagi chetidan boshlanib, quymich (o’tirgich) do’ngiga yopishadi va katta quymich kemtigini shu nomli teshikka aylantiradi. Ikkinchi boylam esa dumg’aza suyagidan boshlanib, chanoq suyagidagi quymich qirrasiga yopishadi va kichik quymich kemtigini teshikka aylantiradi. 2. Old tomondan ikki qov suyaklarining yassi yuzalari bir–biri bilan qo’shilib, yarim (chala) bo’g’im hosil qiladi. Bo’g’im yuzalari orasida tog’ay diski va tor bo’g’im bo’shlig’i bo’ladi. Qov suyaklarini uning ustidan qov boylami, past tomondan qov ravog’ining boylami birlashtirib turadi. Homilador ayollarda yuqorida bayon etilgan qov suyaklari bo’g’imi, dumg’aza yonbosh bo’g’imi va dumg’aza–dum birlashuvlari cho’zilib, chanoq bo’shlig’ini kattalashtiradi va chaqaloqning tug’ilish jarayonida normal sharoit yaratadi. Katta chanoq bilan kichik chanoqni ajratib turuvchi chegara chiziq ikki tomondagi yonbosh suyagining ravoqsimon chizig’i bilan qov suyagi ustki qirg’og’iningo’zaro birlashishidan hosil bo’ladi. Katta chanoq ikki yon tomonidan pastki ikkita bel umurtqasining tanasi bilan o’ralgan bo’lib, old tomoni suyakdan xoli, ochiq, faqat qorin devori muskullarining pastki qismidan iborat. Katta chanoq bo’shlig’i qorin bo’shlig’ining davomi bo’lib, unda ichaklar joylashgan. Kichik chanoqning orqa devorini dumg’aza va dum suyaklari, ikki yon devorini chanoq suyagining quymich kosasi sohasi hamda shu atrofdagi boylamlar tashkil qiladi. Kichik chanoqning pastki chiqish teshigi o’tirgich va qov suyaklarining butoqlari, o’tirgich suyagining do’mbog’i, dumg’aza–do’mboq boylami va dumsimon suyaklar bilan chegaralangan. Balog’atga yetgan qizlarning chanog’i erkaklar chanog’iga nisbatan kaltaligi, bo’shlig’ining keng bo’lishi bilan farq qiladi. Yonbosh suyak qanotlari ayollarda tashqariga yotiqroq bo’lsa, erkaklarda tikka holatda bo’ladi. Ayollar chanog’ining kirish qismi ko’ndalang–oval shaklida, chiqish teshigi esa erkaklarnikiga nisbatan ancha keng bo’ladi. Ayollarning qov ravog’i (90-100°) ham erkaklarnikidan (70-75°) birmuncha kattaroq bo’ladi. Chanoqning shakli va katta – kichikligi ko’proq tug’ruq jarayonida ahamiyatga ega bo’lganligidan uni tegishli o’lchovlar bilan aniqlanadi. Jumladan, 1) o’tkir o’siq masofasi-ikki yonbosh suyagi oldining ustki o’tkir o’siqlar oralig’i ayollarda 25-27 sm. 2) ustki qirralar oralig’i – ikki yonbosh suyagi ustki qirralari oralig’i 28-29 sm bo’ladi. 3) katta ko’stlari oralig’i – ikki son suyagining katta ko’stlari oralig’i 30-32 sm teng. Bu o’lchovlar erkaklarda 2-3 sm kam bo’ladi. Kichik chanoqning kirish o’lchamini bilish uchun uni uch tomonlama o’lchash zarur bo’ladi. Oxirgi bel umurtqasi bilan dumg’aza suyagi oralig’idan simfizning ustki chetiga qadar bo’lgan masofa anatomik to’g’ri diametri 11 sm ga teng. 42 Ko’ndalang diametri kichik chanoqni katta chanoqdan chegaralab turuvchi chiziqning eng uzoq nuqtalari oraliq masofasi bo’lib, o’rtacha 13 sm bo’ladi. Kichik chanoqning chiqish teshigi quyidagi o’lchovlarda o’lchanadi: 1) ko’ndalang diametrik-o’tirg’ich suyagining ikkita o’tirgich do’mboqlari orasidagi masofa 11 sm; 2) to’g’ri diametri – simfizning pasti bilan dumsimon suyak uchi oralig’i bo’lib 9,5-10 sm bo’ladi. Bu diametr ayollarning tug’ish jarayonida 14-15 sm gacha kattalashadi. Chanoq–son bo’g’imi Chanoq–son bo’g’imi chanoq suyagidagi quymich kosasi bilan son suyaginihg boshi birlashishidan paydo bo’ladi. Quymich kosasining qirg’og’ida chuqurchaning kattalashtirishga moslashgan fibroz tog’ay labi bor. Bo’g’im xaltasi erkin joylashgan bo’lib, son suyagi boshining harakat qilishiga halaqit bermaydi. Chanoq–son bo’g’imi quyidagi boylamlar bilan mustahkamlanadi: 1) yonbosh–son boylami bo’gimning eng baquvat va katta boylami bo’lib, u bo’g’imning old tomonida yonbosh suyagining pastki o’sig’idan boshlanib, ko’stlararo chiziqqa kelib yopishadi va odamning vertikal (tik) turishida muhim rol o’ynaydi; 2) O’tirgich–son boylami orqa tomon–dan, o’tirgich suyagining bo’g’imiga yaqin joylanib, bo’g’im xaltasiga chatishib katta ko’stga borib yopishadi; 3) qov–son boylami medial–ichkari tomondan, qov suyagining ustki shohidan boshlanib, kichik ko’stga yopishadi. Chanoq–son bo’g’imi garchand yong’oqsimon bo’g’imlar turkumiga kirsa ham, yuqorida keltirilgan uchta boylamlar bo’g’imining unchalik erkin harakat qilishiga imkoniyat bermaydi. Bulardan tashqari, bo’g’im ichidagi boylam quymich chuqurchasidan boshlanib, son suyagining boshidagi chuqurchaga kelib yopishadi va son suyagining mustahkam ushlanib turishiga yordam beradi. Chanoq–son bo’g’imi atrofidagi muskullar bo’g’im harakatida boylamlarning unchalik taranglanmasligiga imkoniyat yaratadi. Bo’g’im yong’oqsimon shaklda bo’lib, frontal o’qida tanaga yaqinlashishi — uzoqlashishi, vertikal (tik) o’qi bo’ylab tashqari hamda ichkariga aylanishi va doira shaklida harakat qilishi mumkin. Tizza bo’g’imi Tizza bo’g’imi uchta suyak (son suyagi, katta boldir suyagi va tizza qopqog’i suyagi)ning orasida hosil bo’ladi, ya’ni son suyagining ichki va tashqi do’nglarini bo’rtib chiqqan bo’g’im yuzalari katta boldir suyagining Boldir suyaklarining o’zaro birlashuvi Katta va kichik boldir suyaklarining tepa uchlari o’zaro yassi bo’g’im hosil qilib qo’shiladi. Shuning uchun bu bo’g’im harakatsiz bo’g’im turkumiga kiradi. Katta va kichik boldir suyaklarining pastki uchlari qo’shilishidan harakatsiz bo’g’im vujudga keladi va boylamlar bilan mustahkamlanadi. Suyak tanalarining bir–biriga qaragan chetlari o’zaro fibroz parda bilan tutashgan bo’lib, faqat tepa qismidagi teshikchalardan qon tomirlar o’tadi. Suyaklararo parda boldir suyaklarini bir tekis ushlab turishga xizmat qiladi. Oshiq–boldir bo’g’imi Ikki boldir suyagining pastki uchlaridagi bo’g’im yuzlari bilan oyoq panjasining oshiq suyagining ustki yuzasiga to’g’ri keladi. Bo’g’im xaltasi birmuncha bo’sh tortilganligidan turli harakatlarga xalaqit bermaydi. Oshiq–boldir bo’g’imi boldir suyaklarini oshiq,qayiqsimon, tovon suyaklari bilan tutashtirib turuvchi har tomonga yo’nalgan boylamlar bilan mustahkamlangan. Bo’g’im shakl jihatdan g’altaksimon bo’g’imlar turkumiga kiradi va faqat bir o’q (ko’ndalang o’q) atrofida bukilish va yozilish harakati bo’ladi. Oyoq panjasi pastga bukilib turganda uni ikki yon tomonga bi–roz harakatlantirish mumkin. O y o q p a n j a s i d a g i s u y a k l a r n i n g o ’ z a r o b i r 1 a sh u v i . Oyoq panja suyaklarining tuzilishi jihatidan har xil bo’lganidan ular xilma–xil, murakkab bo’g’imlar hosil qilib o’zaro turli boylamlar bilan birlashgan. Bular orasida shopar bo’g’imi jarrohlikda katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan alohida ajralib turadi. Bu bo’g’im tovon–kubsimon suyak bo’g’imi bilan oshiq va qayiqsimon suyaklar o’rtasidagi bo’g’imlardan tashkil topgan. Shopar bo’g’imi ayrisimon boylam bilan mustahkamlanadi va shopar bo’g’imi kaliti deb hisoblanadi. Bu bo’g’im bir o’qli bo’lib, biroz ichkariga va tashqariga buriladi. Kaft usti va kaft suyaklari o’rtasidagi bo’g’imlar yoki Lisfrank bo’g’imi uchta ponasimon va kubsimon suyaklarning kaft suyaklari bilan o’zaro qo’shilishidan hosil bo’lib, yarim bo’g’imlar tur–kumiga kirganligidan harakati juda chegaralangan. Bu bodg’im ust kaft tomondan hamda ikki yon tomondan boylamlar 43 bilan mustahkam birlashib turadi. Bulardan kaft usti–kaft suyaklari oralig’idagi medial boylam Lisfrank bo’g’imi kaliti hisoblanib, jarrohlikda urting katta ahamiyati bor. Kaft suyaklari bilan barmoq suyaklari o’rtasidagi bo’g’imlar va barmoq suyaklari o’rtasidagi bo’g’imlar oyoqda ham qo’ldagi shu xildagi bo’g’imlarga o’xshash tuzilgan. Kaft suyaklari o’rtasidagi bo’g’imlarda bukilish–yozilish harakatlaridan tashqari biroz uzoqlashish–yaqinlashish harakatlari ham bo’ladi. Barmoq suyaklari o’rtasidagi bo’g’imlarda esa faqat bukilish va yozilish harakatigina mavjuddir. Oyoq panjasi yurishga moslashganligi bilan qo’l panjasidan tubdan farq qiladi. Qo’l panjasi odamda mehnat quroliga aylangan, oyoq panjasi esa gavda og’irligini ko’tarib turish va yurishga moslashgan. Bu hol oyoq panjasining faqatgina shakligagina emas, undagi suyaklarning tuzilishi va joylanish tartibiga ham ta’sir etgan. Jumladan, oyoq kaftida gumbaz vujudga keladi va kuchli kaft boylami tovon suyagidan boshlanib, kaft va barmoq suyaklariga tarqalib, yopishib mustahkamlanadi. Agar bu boylam bo’shashib panjani gumbaz holati yo’qolsa, yalpoq panja (yassi oyoqlik) vujudga keladi, bu esa yurishni qiyinlashtiradi, ya’ni qadam tashlaganda gavda og’irligini yengillatish— amortizatorlik vazifasi bir qadar yo’qoladi. Jadvalni to’ldiring. № 1. Skeletning vazifasi 2. Naysimon suyaklar 3. Go’vak suyaklar 4. Suyaklarning mustaxkamligini, kattiqligini taminlaydi 5. Periost bu…. 6. Vitamin D yetishmasligidan kelib chiqadigan kasallik 7. Tana skeleti quydagi suyaklardan tashkil topgan 8. Umurtqa pog’onasi quydagi qismlarga bo’linadi 9. Umrov suyagining lotincha nomi Topshiriq Javob 10. To’sh suyagi 3 qismdan iborat bular….. O’tilgan mavzu yuzasidan savollar: 1. Qo’l skeletining tuzilishi. 2. Yelka kamari suyaklari. 3. Qo’lning erkin turgan suyaklari. 4. Oyoq skeleti tuzilishi. 5. Oyoq kamari suyaklari 6. Oyoqning erkin suyaklari. 44 Mavzu: Kalla suyaklari. Reja: 1. Kalla skeletining tuzilishi. 2. Kallaning miya bo’limi suyaklari. 3. Kallaning yuz bo’limi suyaklari. 4. Chaqaloqlar bosh suyagining tuzilishi. Bosh skeleti yoki kalla suyaklari bosh miya va u bilan birga takomil etgan sezgi a’zolarining tayanchi bo’lib, uni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. Bundan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan nafas olish sistemasining boshlanish qismi — burun bo’shlig’i va ovqat hazm qilish sistemasining boshlanishi – og’iz bo’shlig’i joylashgan. Kalla suyagi ikki bo’limga: I kallaning miya bo’limi. II kallaning yuz bo’limiga ajratiladi. Miya bo’limi tepa tomondan kalla qopqog’i bilan qoplangan bo’lib, ichida bosh miya joylashib turadigan kalla bo’shlig’i bor. Kalla bo’shlig’i umurtqa kanalining kengaygan uchi bo’lib, bosh miya va uning pardalari, qon tomirlari joylashadi.Kalla bo’shlig’i pastki tomondan har turli teshik va kanallari bo’lgan kalla tubi bilan chegaralanib turadi.Kalla qopqog’ining zich moddadan tuzilgan tashqi plastinkasi va ichki yoki shishasimon plastinkasi bo’lib, ularning orasida yupqa g’ovak modda joylashgan. G’ovak moddadan vena kanallari o’tadi. Ichki plastinkada organik moddalar kamligidan mo’rt, tez sinuvchan bo’ladi. Shishasimon plastinka nomi ham ana shundan olingan. Kalla suyagining miya bolimi ensa suyagi, peshona suyagi, tepa suyaklari, ponasimon yoki asosiy suyak, g’alvir suyak va chekka suyaklardan tuzilgan. Tepa suyagi bilan chekka suyaklari bir juftdan bo’lib, boshqasi esa toq. Kallaning yuz bo’limi yuqori jag’ tanglay suyagi, yonoq suyagi, burun suyagi, ko’z yoshi suyagi, pastki chanoq, dimog’ suyagi, pastki jag’ va til osti suyaklaridan tuzilgan. Ensa suyagi qisman kalla qopqog’ining orqa va pastki tomonini va uning asosim tashkil qilishda qatnashadi va oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklariga birlashgan. Ensa suyagi katta teshik orqali umurtqa kanaliga qo’shilib turadi. Ensa suyagi pallasining tashqi tomoni qavariq, ichki yuzasi botiq bo’lib, egilgan serbar plastinka — palladan iborat. Ensa suyagining tashqi yuzasi markazida tashqi ensa do’mbog’i bo’lib, uning ikkala tomonida ko’ndalang yo’nalgan g’adir–budur chiziq ko’rinadi. Ana Bosh skeleti – cranium shu chiziqdan yuqoriroqda parallel holda 1-peshona suyagi, 2-tepa suyagi, 3-ko’z kosasi, 4-chakka g’adir–budur chiziq joylashgan ensa suyagi, 5-yorioq suyagi, 6-yuqori jag’, 7-tishlar, 8-pastki jag’, do’mbog’idan pastda ensaning tashqi qirrasi 9-burun bo’shlig’i, 10-burun suyagi. joylashgan. Ana shu qirradan ikki yonboshga ensa chiziqlari ketgan.Turk egari orqa tomonida o’z suyanchig’i bilan chegaralanadi. Ponasimon suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha bor. Qirraning ikkala tomonidagi suyak plastinkalari ponasimon chig’anoq bir juft suyak kovaklarini chegaralab turadi. o’ng tomondagi bo’shliq chap tomondagi bo’shliqdan sagittal to’siq orqali ajralib turadi. Bu bo’shliqlar (kavaklar) burun bo’shlig’iga ochilgan.Ponasimon suyak ensasi orqali ensa suyagi bilan birlashadi. Suyak ensasida bo’shliq bo’lib, u yupqa devorcha bilan ajralgan. Bo’shliqlar teshikchalar orqali burun bo’shlig’iga ochiladi. Kichik qanot bilan katta qanot oralig’ida joylashgan yuqori ko’z yorig’i ko’z kosasini miya bo’shlig’iga qo’shib turadi va uch shoxli nervning tarmog’i va nervlar o’tadi. Kichik qanot miya bo’shlig’i tubini va ko’z kosasi yuqori devorini tashkil qilishda qatnashadi. Tanasining past tomonida ikkita qanotsimon o’siqlar joylashgan. Katta qanotning tanaga yaqin joyida yumaloq, 45 cho’zinchoq va o’tkir qirrali teshiklar joylashgan. Yumaloq va cho’zinchoq teshiklardan uch shoxli nerv tarmoqlari o’tsa, o’tkir qirrali teshikdan miya pardasiga boruvchi arteriya o’tadi. Katta qanotning oldingi chakkasi yuqoriga tomon davom etib, peshona suyagi bilan birlashadi. Chakka suyagi bir juft bo’lib, murakkab tuzilgan. Eshituv va muvozanat saqlash a’zolarini o’z tarkibida saqlab turadi. Chakka suyagi to’rt qismdan iborat palla (tanga), nog’ora, piramida (toshsimon) va so’rg’ichsimon qismlar; ana shu qismlar yangi tug’ilgan chaqaloqlarda alohida bo’lib, bola bir yoshga to’lganida suyaklanib, birlashib bitta butun chakka suyagini hosil qiladi. Chakka suyagining to’rttala qismi tashqi eshituv yo’li atrofida joylashgan. 1. Chakka suyagi (tangasimon qismi) pallasining ichki yuzasida miya egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi yuzasi silliq bo’lib, chakka chuqurining hosil bo’lishida qatnashadi va undan chiqqan yonoq o’sig’i, yonoq suyagi bilan birlashadi. Pastroqda pastki jag’ bilan bo’g’im tushadigan chuqurcha joylashgan. Uning oldida do’mboqcha bo’lib, pastki jag’ning bo’g’im o’sig’ini chuqurchadan chiqib ketishdan saqlab turadi. 2. Nog’ora qismi chakka suyagining tashqi eshituv yo’lining oldingi pastki va qisman orqa tomnidan chegaralab turadi. Lateral tomondan so’rg’ichsimon o’siq va medial tomondan piramida qismlari bilan qo’shilib tursa, pastki tomon bigizsimon o’siqning ildizini o’raydi. 3. Toshsimon qismi chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan kattaroq tuzilishga ega, shuning uchun bu bo’lagini toshsimon yoki shakliga qarab piramida deb ataladi. Piramida bag’rida eshituv va muvozanatni saqlash a’zolari joylashgan, ular turli tashqi ta’sirotlardan saqlab turadi. Piramidaning oldingi yuzasida (piramidaning uchi yaqinida) bosh miya uchlik nerv tugunining chuqur izi joylashgan. Oldingi yuzaning orqaroq bag’ridagi yarim doira kanalining (ichki quloq tuzilishiga qarang) turtib chiqishidan vujudga kelgan tepa bor. Nihoyat, piramidaning oldingi yuzasi nog’ora bo’shlig’ining tomi xolida joylashgan. Piramidaning orqa yuzasida joylashgan ichki eshituv teshigi orqali bosh miyaning yuz va eshituv nervlari, ichki eshituv qon tomirlari o’tadi.Piimrudaning pastki yuzasi kallaning tubiga qaragan bo’lib, uzun bigizsimon o’siq bilan so’rg’ichsimon o’siqning orasidagi bigizsimon–so’rg’ichsimon teshik orqali yuz nervi bo’shlig’idan tashqariga chiqadi. Bigizsimon o’siqning medial tomonida bo’yinturuq chuqurcha bor. Bu chuqurcha ensa suyagidagi ana shunday chuqurcha bilan qo’shilib, bo’yinturuq teshigini hosil qiladi. Bundan tashqari, ichki uyqu arteriyasining kalla bo’shlig’iga o’tadigan tashqi teshigi ko’rinib turadi. Ichki teshik esa piramida uchida joylashgan. Piramidaning oldingi chekkasi, suyakning palla qismi bilan o’tkir burchak hosil qilib qo’shiladi, shu yerda muskul nay kanalining og’zi ko’rinib turadi, bu kanalning ikkinchi teshigi o’rta quloq bo’shlig’iga ochiladi. Kanal to’siq orqali ikkita yarim kanalga ajralgan, yuqoridagi kichikroq bo’lagidan quloq pardasini tarang qiladigan muskuli boshlanadi, pastki kattaroq bo’lagi eshituv naychasining suyak bo’lagini tashkil qiladi. 4. So’rg’ichsimon qismida so’rg’ichsimon o’siq bo’lib u tashqi eshituv yo’li orqasida turadi. Bu o’siqqa to’sh–o’mrov so’rg’ichsimon muskuli yopishadi. So’rg’ichsimon o’siqning medial tomonida ikkita qorinchali muskul yopishadigan chuqur o’yma bor. o’ymaga parallel ravishda (ichkari tomonida) ensa arteriyasining egati joylashgan. So’rg’ichsimon o’siqning tashqari yuzasida tekis uchburchak shaklidagi bo’lakcha bor. So’rg’ichsimon o’siqning ichki tuzilishi ko’pgina kataklardan tuzilgan bo’lib, o’rta quloq bilan qo’shilgan. So’rg’ichsimon o’siqning miya yuzasida sigmasimon (S) egatcha bor. Tepa suyagi bir juft bo’lib, kalla qopqog’ining o’rta qismini tashkil qiladi. Odamda bosh miyaning takomil etishi tepa suyakning ham rivojlanib kattalashishiga sabab bo’ladi. Bu suyak kalla qopqog’ining bir talay qismini tashkil qilib, bosh miyani mexanik ta’sirotlardan saqlaydi. Shuning uchun tepa suyak boshqa kalla suyaklariga nisbatan to’rt qirrali va to’rt burchakli, sirti gumbazsimon bo’rtib chiqqan plastinka shaklida tuzilgan. Uning oldingi chekkasi peshona suyagining pallasiga birlashadi, yuqori chekkasi ikkinchi tomondagi tepa suyagining xuddi shunday chekkasi bilan o’rta chiziqda birlashadi. Pastki yoki palla chekkasining oldingi qismi ponasimon suyakning katta qanoti bilan, o’rta qismi chekka suyagi pallasi bilan yopilib tursa, orqa bo’lagi chakka suyagi pallasi bilan tishlashib birlashadi. Orqa chakkasi ensa suyagi qirrasi bilan birlashadi. Tepa suyagining yuqorida yozilgan oldingi, tepa va orqa chekkalari tishli qirrani hosil qilsa, pastki (to’rtinchi) qirrasi tashqi tomondan qiyshiq holda qirqilgan bo’lib ko’rinadi. 46 Tepa suyakning tashqi (qabariq) yuzasi muskul va fassiyalarning birlashishiga moslashgan bo’lib, Tepa suyagi – os parietale. 1-suyak do’mbog’i, 2-peshona chekkasi, 3, 4chakka chiziqlari, 5-ponasimon suyak burchagi, 6-qosh usti ravog’i, 7-suyak pallasi. o’rtasida tepa suyak do’mbog’i bor. Tepa suyakning ichki botiq yuzasida arteriya egatchalari, miya qiyiqlarining izlari yaqqol ko’rinadi. Bulardan tashqari, tepa qirra bo’ylab davom etgan va so’rg’ichsimon o’siq bilan birlashadigan burchak sohasida joylashgan egatchalar bor. Peshona suyagi bitta bo’lib, kalla qopqog’ining oldingi qismini tashkil qiladi. Peshona suyagining bu qismi sezgi a’zolari (ko’rish va hid bilish a’zolari) bilan uzviy bog’liq. Peshona suyagi vertikal joylashgan palla qismi va gorizontal bo’lagiga ajratiladi. Gorizontal bo’lagi esa bir juft ko’z kosasi qismi va burun bo’lagidan tashkil topgan. PaUaning ichki yuzasi o’rta chizig’ida egatcha bo’lib, pastki tomonda toq peshona qirrasini hosil qiladi. Bu qirra oldingi tomonda bosh miyaning qattiq pardasi yopishib turadigan ko’r teshik bilan tugaydi. Pallaning miya yuzasida bulardan boshqa arteriya egatchalari, miya qiyiqlarining izlarini ko’rish mumkin. Peshona suyagining ko’z kosasi o’rtasidagi g’alvir suyagi joylashadigan o’yma bilan ajralgan. Peshona suyagining burun bo’lagida har xil shakldagi va doimo havo saqlaydigan hamda burun bo’shlig’iga ochiladagan kavaklari bor. Peshona suyagining pallasi boshqa suyaklarning pallasi singari tashqi tomonga bo’rtib chiqqan plastinkadan iborat bo’lib, ikkita yuzasi tafovut qiladi. Bulardan biri tashqariga qaragan qabariq yuza va ikkinchisi ichkariga, miyaga qaragan botiq yuzadir. Peshona suyagining tashqi yuzasida bir juft peshona do’mbog’i ko’rinib turadi. Do’mboqlarning qoq o’rtasida chuqurcha bor. Peshona suyagining pallasi ko’z kosasi Peshona suyagi – os frontale. 1-peshona egati, 2-peshona do’mbog’i;3chuqurcha; 4-ko’z kosasining ustki qirrasi; 5-yonoqsimon o’siq; 6-burun qismi; 7-burun o’sig’i; 8-peshona kemtigi; 9-qosh usti ravog’i; 10-ko’z kosasining tepa teshigi; 11-chakka suyagi chizig’i; qismidan bir juft ko’z kosasining ustidagi chekkasi bilan chegaralanib turadi. Undan teparoqda qosh usti ravog’i joylashgan. Lateral tomonda yonoq suyagi bilan birlashadigan o’siq bor. G’alvir suyak yuz suyaklari orasida markaziy o’rinda, ya’ni burun bo’shlig’ining peshona suyagi o’ymasida (tepasida) joylashgan. U gorizontal joylashgan g’alvirsimon nafis plastinkasi bilan kalla suyagi tubini hosil qilishda qatnashadi. Shuningdek g’alvir suyak kallada ko’z kosasining medial devorini hosil qilishda ham qatnashadi. G’alvirsimon plastinkaning juda ko’p teshikchalari bo’lib, ular orqali burun bo’shhg’iga hidlash nervi tolalari o’tadi. G’alvirsimon plastinka nomi ham ana shundan kelib chiqqan.Plastinkaning qoq o’rtasida xo’roz tojiga o’xshash o’siq ko’rinib turadi. Bosh miyaning qattiq pardasi shu tojga yopishadi. G’alvirsimon suyakning perpendikulyar plastinkasi burun suyaklari, dimog’ suyagi hamda ponasimon suyak qirrasi bilan birlashadi va burun to’sig’ini bir qismini hosil qiladi. G’alvir suyagida bir juft katta–kichik va har xil shakldagi g’alvir suyak kataklari bor. Kataklar lateral 47 tomonda yupqa plastinka qog’ozsimon yoki ko’z kosasi plastinkasi bilan qoplangan bo’lib, ko’z kosasining medial devorini hosil qiladi. g’alvirsuyagining oldinda turgan kataklari peshona suyagi kataklari bilan, orqadagi kataklari esa ponasimon suyak katagi bilan tutashgan bo’ladi. Labirintning medial tbmonlarida tepa va pastki chig’anoqlari bor. Ba’zida eng tepada joylashgan uchinchi burun chig’anog’i ham uchraydi. Kallaning yuz bo’limi suyaklari Kallaning yuz bo’limi yuqori va pastki jag’, tanglay, burun, pastki burun chig’anog’i, dimog’, ko’z yoshi suyagi, yonoq va til osti suyaklaridan tuzilgan bo’lib, sezgi (ko’rish va hid bilish) a’zolari joylashadigan bo’shliqlar va nafas olish (burun bo’shlig’i) bilan ovqat hazm qilishi sistemalarining (og’iz bo’shlig’i) boshlanish qismlari joylashgan. Shuning uchun yuz suyaklari tuzilishida bir qancha xususiyatlarni kuzatish mumkin. Bu xususiyatlarga har bir suyakni ta’riflaganda batafsil to’xtab o’tamiz. Yuqori jag’ bir juft bo’lib, ko’p vazifalarni bajaradi va birmuncha murakkab tuzilgan. Yuqori jag’ ko’z kosasi, burun va og’iz bo’shliqlarini hosil qilishda ishtirok qiladi va chaynov apparatlari ishida faol qatnashadi. Yuqori jag’ning tanasi va to’rtta o’sig’i bor: a) tanasining ichida havo saqlanadigan turli shakldagi kavak (Gaymor kavagi) bo’lib, burun bo’shlig’iga ochilib turadi. Tanasidagi to’rtta yuza (oldingi, chakka osti, ko’z kosasi va burun bo’shlig’i yuzasi) tafovut qilinadi. Oldingi yoki yuzga qaragan yuzasining pastki tomonida tish ildizlaridan paydo bo’lgan tepachalar bor, ana shu tepachalarning yuqorisida — lateral tomonda «it chuqurchasi» (kuldirgich) yuzga qaragan chekkani, ko’z kosasini uning ostidagi chekkadan ajratib turadi. Ana shu chekkaning pastida joylashgan teshik orqali qon tomirlar va nerv tolalari chiqadi. Medial tomondagi chekkasi o’yma oldidagi burun qiltanog’i bilan tugaydi. Peshona o’sig’i orqa tomonidan pastga qarab chuqur ko’z yoshi egati, ko’z yoshi suyagi va pastki chig’anoqlar bilan birga burun ko’z yoshi kanalini hosil qiladi va ko’z bo’shlig’ini burun bo’shlig’iga qo’shib turadi. Ko’zga qaragan yuzasi tekis uchburchak shaklidagi plastinkadan iborat. Yuzaning orqa chekkasi ko’z kosasining pastidagi yorig’i bilan chegaralangan. Orqa chekkadan ariqcha boshlanadi va oldingi tomonga davom etib kanalga aylanadi, kanal kosasining pastki teshigi bo’lib yuz sohasiga ochiladi. Qon tomirlari va nervlari chiqib tarqaladi. b) yuqori jag’ning peshona o’sig’i peshona suyagiga qo’shiladi. Tishlar turadigan yoki alveolalar o’sig’ida sakkizta tishning ildizi joylashadigan kataklar bor. Tanglay o’siqlari o’zaro birlashib, qattiq tanglayni hosil qiladi. Yonoq suyagiga birlashadigan o’sig’i yonoq suyagiga qo’shiladi. Tanglay suyagi bir juft bo’lib ko’z kosasi, burun bo’shlig’i, og’iz bo’shlig’i va qanot–tanglay chuqurini hosil qilishda qatnashadi. Suyakning gorizontal plastinkasi orqa tomondan yuqori jag’ suyagining tanglay o’sig’iga plastin, qattiq tanglayni hosil qiladi. Gorizontal plastinkasi qarama– qarshi tomondagi ana shu nomli plastinka bilan birlashib, burun qirrasining davomini vujudga keltiradi. Orqa tarafdagi chekkasi biroz bukilgan bo’lib, xoanalarning pastki chekkasini hosil qiladi. Gorizontal plastinkaning laterial chekkasi vertikal plastinkaga birlashgan. Uning pastki yuzasida joylashgan katta tanglay teshigi shu nomli kanalga davom etadi. Vertikal plastinka yuqori jag’ suyagining burun yuzasiga tegib turadi va burun bo’shlig’ining yon devorini hosil qilish da qatnashadi. Vertikal plastinkaning lateral yuzasida joylashgan qanot tanglay egati yuqori jag’ suyagiga shu nomli egat bilan qo’shilib kanal hosil qiladi. 48 Burunning pastki chig’anog’i birjuft suyak bo’lib, yupqa bukilgan plastinkadan iborat. Uning yuqori chekkasi burun bo’shlig’ining yonbosh devoriga yopishib turadi. Suyakning medial bo’rtib turgan yuzasi Yuqori jag’ - maxilla 1-peshona o’sig’i; 2-burun o’ymasi; 3-oldingi burun o’simtasi; 4-tepachalar; 5-yuqori jag’ tepasi; 6-mayda teshikchalar; 7-yonoq o’sig’i; 8-ko’z kosasining pastki teshigi; 9-ko’z kosasinig pastki egati; 10-ko’z kosasi yuzasi; 11- ko’z yoshi egat; burun bo’shlig’iga turtib kirib, burunning o’rta yo’lini pastki yo’ldan ajratib turadi. Burun suyagi Bir juft burun suyagi burun qirrasini hosil qilib joylashgan. Burun suyaklarining yuqori qirralari tepa tomondan peshona suyagiga yopishib tursa, pastki qirralari burun tog’ayi buan tutashadi. Shuning uchun burun suyaklarining pastki qirralari burun teshigini tepa tomondan chegaralab turadi, lateral qirralari esa yuqori jag’ suyagining peshona o’sig’iga tutashib turadi. Ko’z yoshi suyagi . Bir juft ko’z yoshi suyagi kalla suyaklarining orasida eng mo’rti va yupqa.sidir. Bu suyak yuqori jag’ suyagining peshona o’sig’i orqa tomonida joylashib, ko’z kosasining medial devorini hosil qulshda qatnashadi. Lateral yuzadagi qirrasida joylashgan egatcha yuqori jag’ suyagining peshona o’sig’idagi shu nomli egat bilan qo’shilib, ko’z yoshi xaltasining chuqurchasini hosil qiladi. Dimog’ suyagi noto’g’ri to’rtburchak Yanoq suyagi – os zigomaticum 1-peshona o’sig’I; 2-ko’z kosasi yuzasi; 3-yanoq-ko’z o’sig’i; 4-lateral yuzasi; 5-chakka o’sig’i; shaklidagi yupqa plastinkadan iborat toq suyak bo’lib, burun to’sig’ini hosil qilishda qatnashadi. Suyakning oldingi chekkasi g’alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi bilan tutashadi. Orqa chekkasi bo’sh bo’lib, burun bo’shlig’ining orqa qismi xoanani ikkiga ajratib turadi. Dimog’ suyagi ko’pincha chap tomonga sal qayrilib joylashadi. Yonoq suyagi yuz suyaklari orasida eng qattig’i bo’lib, kallaning yuz qismini miya bo’lagiga nisbatan mustahkamlab turadi. Yonoq suyagi chaynov muskulining boshlanadigan keng sathini hosil qiladi. Bu suyak lunj va ko’zga qaragan ikkita plastinkadan iborat bo’lib, o’zaro ko’z osti qirrasi orqali qo’shiladi. Yonoq suyagi to’rtta (yuqori, lateral, pastki va medial) o’sig’i orqali peshona, chakka va yuqori jag’ suyaklari bilan qo’shilib tursa, medial o’sig’i ko’z kosasining lateral devorini hosil qilishda qatnashadi. Pastki jag’ suyagi kalla suyaklari ichida faol xarakatchanligi, ya’ni chakka suyaklariga bir juft bo’g’im hosil qilib qo’shilishi bilan farq qiladi. Pastki jag’ suyagida tishlar o’rnashgan gorizontal qism-tanasi va ikkita vertikal joylashgan shoxi bor, ana shu shoxlar vositasida bo’g’im hosil qiladi va chaynov muskullari yordamida harakatlanadi. Pastki jag’ suyagining tanasi shoxlari bilan burchak hosil qilib qo’shiladi. Pastki jag’ burchagining tashqi yuzasiga chay-nov muskulining yopishishi natijasida g’adir–budur vujudga keladi, ichki yuzasida esa medial qanotsimon muskul yopishadigan g’adir–buduri bor. Ayni shu chaynov muskullarining vazifalariga va yoshga qarab pastki jag’ning burchagi o’zgarib turadi. Jumladan, yangi tug’ilgan bolalarning pastki jag’ burchaklari taxminan 150° bo’lsa, o’rta yoshdagi odamlarda 130-110° gacha kamayadi. Keksalarda esa tishlari tushib ketishi bilan chaynov muskullari birmuncha bo’shashadi. Natijada pastki jag’ burchagi asta–sekin osha borib, chaqaloq bolalarning pastki jag’iga o’xshab qoladi.Pastki jag’ning yuqori chekkasida tish katakchalari bor.Tanasining pastki chekkasi yumaloqroq va qalinroqdir. Pastki jag’ 49 tanasining oldingi yuzasining qoq o’rtasida iyak do’mboqi bo’lib, lateral yuzasi I-II kichik jag’ tishlarining ostida iyak teshigi ko’rinib turadi. Bu teshikdan qon tomirlari va nervlar o’tadi. Pastki jag’ tanasining ichki yuzasida til osti bezi joylashadigan chuqurcha ko’rinadi.Pastki jag’ shoxlari, tanasidan ikki tomonga o’tmas burchak hosil qilib boshlanadi. Uning ichki yuzasida pastki jag’ teshigi bor, pastki jag’ kanali ana shu teshikdan boshlanadi. Pastki jag’ shoxi yuqorida ikkita o’siq bilan tugaydi; bularning oldingi tojsimon o’sig’i chakka o’sig’i chakka muskulining ta’siridan vujudga kelgan bo’lsa, orqa tomondagi o’siqbo’g’im o’sig’i sifatida silliq boshcha bo’lib tugaydi va chakka suyagining bo’g’im chuqurchasiga kirib turadi.Til osti suyagi pastki jag’ bilan hiqildoq o’rtasida (til ostida) joylashgan. U taqa kabi bukilgan bo’lib, o’rta qismi, tanasi va katta–kichik ikki juft shoxi bor, ular tanasi bilan tog’ay orqali birlashadi. Faqat 50 yoshdan keyingina suyaklanib birlashadi. Pastki jag’ bo’g’imi. Pastki jag’ suyagining ikki tomonidagi bo’g’im o’sig’i uchidagi boshchasi bilan chakka suyaklaridagi bo’g’im chuqurchasi o’rtasida hosil bo’lgan bo’g’im-kombinatsiyalashgan bo’g’imlar turkumiga kiradi. Chunki o’ng va chap tomondagi bo’g’imlar ayni vaqtda birga va bir xil harakatni bajaradi. Pastki jag’ bo’g’imining bo’g’im chuqurchasi bilan bo’g’im boshchalari fibroz tolali tog’ay bilan qoplangan. Bo’g’im bo’shlig’i esa fibroz tog’ay plastinka (disk) bilan ustma–ust joylashgan ikki bo’lakka ajralgan bo’lib, disklarning chetlari bo’g’im xaltachasiga mustahkam yopishib ketganligidan bo’laklar o’zaro tutashmagan. Disklarning ikki cheti baland, o’rtasi chuqur bo’lishi bo’g’im boshchasini chuqurchaga moslashtirib, pastki jag’ harakatini osonlashtiradi. Burun bo’shlig’ining lateral devori burun suyagidan yuqori jag’ suyagining tanasi va peshona o’sig’idan, ko’z yoshi suyagidan, g’alvir suyak, tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasidan, ponasimon suyakning qanotsimon o’sig’i medial plastinkasidan va pastki burun chig’anog’idan hosil bo’ladi. Burun bo’shlig’ining yuqori devorini g’alvir suyakning g’alvirsimon plastinkasi, ponasimon va tanglay suyaklarining ponasimon o’siqlari, qisman peshona suyagi hosil qiladi. Burun bo’shlig’ining tubi-qattiq tanglay (yuqori jag’ning tanglay o’sig’i bilan tanglay suyakning gorizontal plastinkasi) dan vujudga kelgan. Burun bo’shlig’ida uchta turtib chiqqan chig’anoqlar bo’shliqni uchta yo’lga bo’ladi. Uning yuqori yo’liga g’alvirsimon suyakning orqa kataklari va ponasimon suyak tanasidagi bo’shliq ochilsa, o’rta yo’lga g’alvirsimon suyakning o’rta va oldingi havo saqlaydigan kataklari qo’shilib turadi. Burun bo’shlig’ining pastki yo’liga peshona suyagi g’ovagi, tepa jag’ g’ovagi bo’shliqlari va ko’z yoshi—burun kanali ochiladi. Bulardan tashqari, burun bo’shlig’i kallaning yuz qismiga noksimon teshik orqali ochilsa, orqa tomondan halqumning burun qismiga ikkita teshik — xoanalari orqali qo’shiladi. Og’iz bo’shlig’ida kalla skeletining boshqa bo’shliqlariga qaraganda suyak devorlari kamroq bo’lib, yuqori devorini qattiq tanglay hosil qiladi Og’iz bo’shlig’ining ikki yonboshi va oldingi devori yuqori jag’ suyaklarining alveolyar o’siqlaridan, pastki jag’ning alveolyar chekkasi bilan tanasidan va tishlardan tashkil topgan. Og’iz bo’shlig’ining tubi muskullardan tuzilgan. Og’iz bo’shlig’ining orqa tomonida tanglay suyagi gorizontal plastinkasining ikki tomonidagi katta–kichik teshikchalari ochilgan tashqi teshigi va turli yoriqchalar joylashgan. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari 1. Kalla skeleti qanday suyaklarning qo’shilishidan hosil bo’ladi? 2. Bosh skeleti qanday qismlarga bo’lib o’rganiladi? 3. Peshona suyagi haqida gapirib bering. 4. Chakka suyagi haqida gapiring. 5. Miya bo’limi suyaklari. 6. Yuz bo’limi suyaklari. 50 Mavzu: Bо‘g‘imlar haqida ma’lumot Reja: 1. Suyaklarning о‘zaro birlashuvi. Harakatsiz va harakatchan birlashuvlari. 2. Sindesmoz, sinxondroz, sinostoz birlashuvlar. Bog‘im hosil bо‘lishidagi shart – sharoitlar. Bog‘im turlari. Organizmdagi bug‘imlarning harakatlari. 3. Frontal, sagittal, doira hosil qilib aylanish, bog‘im о‘z о‘qi atrofida burilishi. Oddiy va murakkab bug‘imlar. Suyaklarning o‘zaro birlashuvi Birlashmalar skelet suyaklarini bir butun qilib birlashtirib, ularning ma’lum bir harakatini ta’minlaydi. Suyaklarning birlashmala- ri har xil tuzilishga ega, ularda harakatchanlik, qattiqlik va pishiq- lik kabi fizik xususiyatlar bor. Suyaklar birlashuvining uch turi tafovut qilinadi: 1. Uzluksiz (harakatsiz) birlashmalarda suyaklar orasida biriktiruvchi to‘qima qatlami, tog‘ay yoki suyak bo‘ladi. Ularda birlashayotgan suyaklar o‘rtasida bo‘shliq bo‘lmaydi. 2. Harakatchan birlashmalar yoki bo‘g‘imlarda (sinovial birlashmalar) suyaklar orasida bo‘shliq bo‘ladi. Suyaklar o‘zaro yopiq bo‘g‘im xaltasi, ularni mustahkamlovchi boylamlar va mu- shaklar yordamida mustahkamlanadi. 3. Simfiz yoki yarim bo‘g‘imda suyaklar orasidagi tog‘ay yoki biriktiruvchi to‘qima o‘rtasida bo‘shliq bo‘ladi (19- d rasm). Uzluksiz birlashmalar juda pishiq, qattiq tuzilishga ega bo‘lib, harakati chegaralangan. Birlashmaning bu turida suyaklar orasi- da biriktiruvchi to‘qima yoki tog‘aylar bo‘ladi. Suyaklarni birik- tirib turgan to‘qima turiga qarab uzluksiz birlashmalar uch turga bo‘linadi. I. Fibroz tolali to‘qima vositasida birlashish. Bunda suyaklar o‘zaro pishiq tolali biriktiruvchi to‘qima vositasida birikadi. Bu xildagi birlashmalar 3 turda uchraydi: 1. Sindesmozda suyaklar tolali biriktiruvchi to‘qimalar yor- damida birlashadi, unda kollagen tolalar suyak usti pardasi bilan birikib ketadi (19- a rasm). Sindesmozga boylamlar va suyaklar- aro parda kiradi. Boylamlar pishiq tolali biriktiruvchi to‘qimani tutam-tutam bo‘lib joylashishidan yuzaga keladi. Umurtqalar ra- vog‘i o‘rtasidagi sariq boylamlar elastik biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Umurtqa pog‘onasi oldinga egilganida ular cho‘ziladi va elastikligi tufayli qisqarib umurtqa pog‘onasining to‘g‘rilanishi- ga yordam beradi. Suyaklararo parda uzun naysimon suyaklar ta- nasi o‘rtasida tortilgan serbar biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan parda; bilak va boldir suyaklari orasida bo‘ladi. Uzluksiz birlashmalarning turlari: 2. А—sindesmoz; 1—suyak usti pardasi; 2—suyak; 3—tolali biriktiruvchi to‘qima. B—sinxondroz; 1—suyak usti pardasi; 2—suyak; 3—tog‘ay. D—simfiz; 1—suyak usti pardasi; 2—suyak; 3—qov suyaklariaro disk; 4—qov suyaklariaro diskdagi yoriq. a) tishli chokda bir suyakning tishli chekkasi ikkinchi suyak tishlari orasiga kiradi. Ularning o‘rtasida biriktiruvchi to‘qima qatlami yotadi (tepa suyaklarining o‘zaro birlashuvi); b) tangasimon chokda bir suyakning chekkasi baliq tangasiga o‘xshab ikkinchi suyak ustiga chiqib turadi (chakka suyagi pal- lasining tepa suyagi bilan birlashuvi). d) silliq chokda ikki suyakning tekis chekkalari yonma-yon yupqa biriktiruvchi to‘qimali qatlam vositasida birikadi (yuz suyaklarining o‘zaro birlashuvi). 3. Fibroz birlashmalarning turi gomphosisda bir suyak ikkin- chi suyakka xuddi mix qoqqandek birikadi (tishlarni jag‘ga birlashuvi), bunda tishlar bilan jag‘ o‘rtasida yupqa biriktiruvchi to‘qi- ma qatlami periodont bor. 51 II. Sinxondrozda suyaklar o‘zaro tog‘aylar vositasida birlasha- di (19- b rasm). Bu birlashmalar pishiq, kamharakat va sodda tuzilishga ega. Unda elastik tog‘ay bo‘ladi. Bu birlashma tog‘ay butun hayot davomida qolsa doimiy bo‘ladi. Agar tog‘ay suyaklanib birlashib ketsa, suyaklanib birlashish (synostos) hosil bo‘ladi (du- mg‘aza umurtqalarining birlashuvi). Harakatchan birlashmalar yoki bo‘g‘imlar Harakatchan birlashmalar yoki bo‘g‘imlar nafaqat tuzilishi- ning murakkabligi, balki vazifasi bilan ham farq qiladi. Bo‘g‘im bu a’zo, uning hosil bo‘lishida suyak, tog‘ay va xususiy birikti ruvchi to‘qima ishtirok etadi (20-rasm). Bo‘g‘imning tuzilishi- da asosiy va yordamchi elementlar bor. Asosiy elementlar ham- ma bo‘g‘imlarda bo‘lib, ularga suyaklarning bo‘g‘im yuzalari, bo‘g‘im tog‘ayi, bo‘g‘im bo‘shlig‘i, bo‘g‘im xaltasi va sinovial suyuqlik kiradi. Bo‘g‘im yuzalari bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok qiladigan suyaklarda bo‘ladi. Har bir bo‘g‘im eng kamida ikkita bo‘g‘im yu- zasidan hosil bo‘ladi, ulardan biri turtib chiqqan bo‘lib, bo‘g‘im boshchasini, ikkinchisi esa botiq holda bo‘lib, bo‘g‘im chuqur- chasini hosil qiladi. Turtib chiqqan yuzasi har doim keng bo‘la- di. Agar suyaklarning bo‘g‘im yuzalari bir-biriga mos kelsa kon gruentli, shakli yoki kattaligi jihatidan mos kelmasa inkongruentli deyiladi. Bo‘g‘im tog‘ayi 0,2—1,5 mm gacha qalinlikda bo‘ladi. Ular asosan gialin tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, faqat ba’zi bo‘g‘imlarda (chakka-pastki jag‘, to‘sho‘mrov) tolali tog‘ay uchraydi. Bo‘g‘im tog‘ayining tashqi yuzasi silliq bo‘lib, bo‘g‘im yuzalarini bir-birida sirpanishiga yordam beradi. Bo‘g‘im tog‘ayi elastik bo‘lib, harakat qilgan vaqtda suyaklarni uchlarining lat yeyishdan saqlaydi. Bo‘g‘im xaltasi suyaklarning bo‘g‘im hosil qiluvchi uchlari va ular o‘rtasidagi bo‘shliqni atrofidan o‘raydi. Bo‘g‘im xaltasi bo‘g‘im yuzasining chekkasiga yoki bir oz chetroqqa yopishib bo‘g‘imni germetik yopib turadi. U ikki: fibroz to‘qimadan tuzilgan tashqi qavat va ichki sinovial membranadan iborat. Tashqi fibroz qavat tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat, unda kollagen tolalari ko‘p bo‘ladi. U bo‘g‘im xaltasining mustahkamligini ta’minlaydi. Bo‘g‘im xaltasining ichki qavati sinovial parda bo‘g‘im ichida- gi bo‘g‘im tog‘ayidan boshqa hamma narsani o‘rab turadi. Uning tarkibida kollagen va elastik tolalari bor. Ba’zi bir bo‘g‘imlarda sinovial parda burmalar hosil qiladi; ular ichidagi yog‘ to‘qima- si bo‘g‘im bo‘shlig‘i ichidagi bo‘sh joylarini to‘latib turadi. Sino- vial parda qon, limfa tomirl ari va nervlarga boy va juda sezuv- chan. Sinovial parda bo‘g‘im ichiga sarg‘ish rangli tiniq (sinovial) suyuqlik chiqaradi. Suyuqlik bo‘g‘im tog‘aylari yuzasini namlab, ishqalanishni kamaytiradi va bo‘g‘imlar harakatini yengillashti- radi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘i sinovial parda bilan suyaklarning bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida tor yoriq shaklida bo‘ladi. Uning shakli suyaklarning bo‘g‘im yuzalari hamda bo‘g‘im ichidagi yordamchi element- larga bog‘liq. Bo‘g‘imlarning yordamchi elementlariga bo‘g‘im diski, menisk- lar bo‘g‘im labi va 52 boylamlar kiradi. Bo‘g‘imlarning tasniflanishi Bo‘g‘imlarning harakati bo‘g‘im yuzalarining tuzilishi- ga (shakli, o‘lchami, bukilganligi) qarab turli xil o‘qlar atrofida bo‘ladi. Organizmda bo‘g‘imlarning harakati frontal, sagittal va bo‘ylama o‘q atrofida bajariladi. 1. Frontal (ko‘ndalang) o‘q atrofida faqat bukish va yozish mumkin. 2. Sagittal (oldindan orqa- ga ketgan) o‘q atrofida tanaga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish harakati bajariladi. 3. Suyak o‘zining bo‘ylama o‘qi atrofida ich- kariga va tashqariga buriladi. 4. Doira hosil qilib aylanish, bun- da suyakning erkin uchi birin-ketin barcha o‘qlar atrofida harakat qiladi. Bo‘g‘imlarda harakat hajmi suyaklar bo‘g‘im yuzalarining shakliga, bo‘g‘im xaltasining keng yoki torligiga, bo‘g‘im atrofidagi boylamlar, paylar va mushaklarning soni va faoliyati- ga bog‘liq. Bo‘g‘imlar bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak yuzalari soniga qarab: oddiy bo‘g‘im faqat ikkita suyak yuzasidan hosil bo‘lgan va murakkab bo‘g‘im uch va undan ortiq bo‘g‘im yuzasidan tashkil topgan bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Bundan tashqa- ri kompleks bo‘g‘imlar va hamkor bo‘g‘imlar tafovut qilinadi. Kompleks bo‘g‘imda bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida tog‘ay plastinkasi bo‘ladi. Hamkor bo‘g‘imda tuzilishi bir xil bo‘lgan ikki alohida bo‘g‘im bir vaqtda bir xil faoliyatni bajaradi (o‘ng va chap chak- ka-pastki jag‘ bo‘g‘imlari). Bo‘g‘imlar harakat o‘qining soniga qarab bir o‘qli; ikki o‘qli va ko‘p o‘qli bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Bir o‘qli bo‘g‘imlar unda ishtirok etayotgan suyaklar uchining bir-biriga mos kelishiga qarab uch turga bo‘linadi: 1. Silindrik bo‘g‘imda suyaklardan birining uchi silindr shakli- da bo‘lsa, ikkinchisida shunga mos kemtik bo‘ladi (proksimal va distal bilak-tirsak bo‘g‘imi). Bunday bo‘g‘imning o‘qi suyakning uzunasi bo‘ylab o‘tgani uchun shu o‘q atrofida ichkariga yoki tashqariga buraladi (21- f rasm). 2. G‘altaksimon bo‘g‘imda bo‘g‘im hosil qiluvchi suyaklardan birining uchi g‘altak shaklida, ikkinchisining uchi esa shunga mos kemtik (barmoq falangalari o‘rtasidagi bo‘g‘im) bo‘la- di (21- d rasm). Bunday bo‘g‘imda frontal sathda joylashgan ko‘ndalang o‘q atrofida bukish va yozish harakati bajariladi. 3. Vintsimon bo‘g‘im g‘altaksimon bo‘g‘imning bir turi bo‘lib, g‘altakning o‘ymasi burama shaklda bo‘ladi. Bir suyakning bo‘g‘im yuzasida suyak qirra bo‘lsa, ikkinchi suyakning bo‘g‘im chuqurchasida yo‘naltiruvchi egat (yelka-tirsak bo‘g‘imi) bo‘ladi. Bu bo‘g‘imda ham harakat g‘altaksimon bo‘g‘imga o‘xshab ko‘ndalang o‘q atrofida bukish va yozish bo‘ladi. Ikki o‘qli bo‘g‘imlar suyak uchlarining shakliga qarab uch turga bo‘linadi: 1. Ellipssimon bo‘g‘imda suyaklardan birining uchi ellips shaklidagi bo‘g‘im boshchasini hosil qilsa, ikkinchisi shunga mos chuqurcha hosil qiladi (21e rasm). Bunday bo‘g‘imda harakat ikki: frontal va sagittal o‘q atrofida bo‘ladi. Frontal o‘q atrofida bukish va yozish, sagittal o‘q atrofida yaqinlashtirish va uzoqlashtirish (bilak-kaft usti bo‘g‘imi) harakatlari bajariladi. 2. Egarsimon bo‘g‘imda suyaklarning uchlari bir-biriga mingashib turuvchi egar shaklida bo‘ladi (21- g rasm). Bunday bo‘g‘im birinchi kaft suyagi va trapetsiyasimon suyak o‘rtasida uchraydi. Bu bo‘g‘imda harakat xuddi ellipssimon bo‘g‘imdagidek ikki o‘q atrofida kechadi. 53 Do‘ngli bo‘g‘imda bir suyakning bo‘g‘im yuzasi do‘ng, ikkinchisida esa shunga mos o‘yiq (tizza bo‘g‘imi) bo‘ladi. Bu bo‘g‘imda harakat frontal o‘q atrofida bukish va yozish bo‘lsa, bo‘ylama o‘q atrofida burish bo‘ladi. Ko‘p o‘qli bo‘g‘imlar unda ishtirok etadigan suyaklarning uchlari shakliga va bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab uch turga bo‘linadi: 1. Sharsimon bo‘g‘imda suyaklardan bittasining uchi sharsimon, ikkinchisining uchi esa shunga mos chuqurchadan iborat (21- a rasm). Bo‘g‘im chuqurchasi, odatda, kichikroq, shuning uchun bunday bo‘g‘imda harakat erkinroq va uch o‘q atrofida: frontal o‘q atrofida bukish va yozish; sagittal o‘q atrofida tanaga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish; bo‘ylama o‘q atrofida burish sodir bo‘ladi. 21rasm. Bo‘g‘imlarning turlari: А—sharsimon bo‘g‘im; B—kosasimon bo‘g‘im; D—g‘altaksimon bo‘g‘im; E—ellipssimon bo‘g‘im; F—silindrsimon bo‘g‘im; G—egarsimon bo‘g‘im. 3. Bu asosiy harakatlardan tashqari sharsimon bo‘g‘imlarda ay- lanma harakatlar ham bajariladi (yelka bo‘g‘imi). 1. Kosasimon bo‘g‘imda bo‘g‘im chuqurchasi chuqur bo‘lib, bo‘g‘im boshchasining yarmini o‘rab oladi (21- b rasm). Shunga ko‘ra kosasimon bo‘g‘im harakati biroz (chanoq-son bo‘g‘imi) chegaralangan. 2. Yassi bo‘g‘imning bo‘g‘im yuzalari yassi, biroz bukilgan bo‘lib, katta shar yuzasining bir qismiga o‘xshaydi. Ularda harakat uch o‘q atrofida bo‘lsa-da, bo‘g‘im yuzalari kichik bo‘lgani uchun chegaralangan bo‘ladi (umurtqalarning bo‘g‘im o‘siqcha- larining birlashuvi ). O’tilgan mavzu yuzasidan savollar: 1. Suyaklarning о‘zaro birlashuvi. Harakatsiz va harakatchan birlashuvlari. 2. Sindesmoz, sinxondroz, sinostoz birlashuvlar. Bog‘im hosil bо‘lishidagi shart – sharoitlar. Bog‘im turlari. Organizmdagi bug‘imlarning harakatlari. 3. Frontal, sagittal, doira hosil qilib aylanish, bog‘im о‘z о‘qi atrofida burilishi. Oddiy va murakkab bug‘imlar. 54 Mavzu: Muskullar haqida ma’lumot. Gavdaning muskullari. Reja: 1. Muskullar haqida umumiy ma’lumot. 2. Gavda muskullari. Orqaning chuqur va yuza muskullari 3. Ko’krak muskullari. 4. Qorin muskullari. Odam organizmida uch xil muskul mavjud. Ular: 1) skelet yoki ixtiyoriy qisqaruvchan muskullar nurlarni turlicha qabul qilganidan ularning tolalari mikroskop ostida ko’ndalang–targ’il bo’lib ko’rinadi. Shuning uchun skelet muskullari ko’ndalang–targ’il muskullar deb ataladi; 2) yurak muskullari — garch and ko’ndalang–targ’il muskuldan tuzilgan bo’lsa–da, ixtiyorsiz qisqaradi; 3) silliq yoki ixtiyorsiz qisqaruvchi muskullar bo’lib, ichki a’zo va tomirlar devorida joylashgan. Skelet muskullari harakat a’zolari sistemasi orasida o’zining qisqaruvchan xususiyati bilan muhim vazifani bajaradi. Muskullar nerv tolalari orqali markaziy nerv sistemasidan keladigan impulslar ta’sirida qisqarganda gavdada turli harakatlar vujudga keladi. Odatda, skelet muskullari odam ixtiyori bilan qisqaradi . Skelet muskullari o’rta yoshdagi odamda gavda og’irligining 40 % ini, yosh organizmda esa 20—25 % tashkil etadi. Sport bilan shug’ullanuvchilarda esa muskullarning umumiy og’irligi gavdaga nisbatan 50 % gacha yetadi. Yosh ulg’aygan sari muskullar hajmi va og’irligi asta– sekin kamaya boradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin skelet muskullari bo’ladi. Muskullarnmg takomil etishi. Gavda muskullari embrionning orqa sohasida joylashgan mezodermaning segmentar qismi — somitlardan rivojlanadi. Somitl ar esa sklerotomga va miotomga bo’linadi. Skelerotomdan umurtqa pog’onasi va boshqa suyaklar rivojlansa, miotomdan muskullar takomil etadi. Orqa miyadan segmentar joylashgan miotomga nerv tolasi o’sib kiradi. Shuning uchun har bir miotomdan rivojlangan muskul tananing qaysi qismida joylashishidan qat’iy nazar, o’zining xususiy nerviga ega bo’ladi. Agar bir nechta miotomdan bitta muskul vujudga kelsa, u holda mazkur muskulning tashkil bo’lishida qatnashgan miotom soniga qarab huddi shuncha nerv tolasi bo’ladi.Muskullar rivojlanish davrida o’zining takomil etgan joyida qolsa, bunday muskullar mahalliy muskullar deb ataladi, aksincha, muskullar rivojlanish davrida bir joydan ikkinchi joyga (qo’l– oyoqqa) o’tib ketsa, ularni gavdadan Muskullarning shakllari qochuvchi muskullar deyiladi.Nihoyat, A-duksimon muskul; B-bir patli muskul; V-bir patli uchinchi guruh muskullari qo’l–oyoqda muskul; G-ikki patli muskul; D-ikki boshli muskul; rivojlansada, taraqqiyot davrida gavdaga E-Ikki qorinchali muskul; o’tib ketadi, bunday muskullarni gavdaga 1-muskullarning qisqaruvchi (tanasi) qismi; intiluvchi muskullar deyiladi. Muskullar 2-muskul paylari; rivojlangan sohani ularga kelgan nervlardan 3-yassi payi (aponevroz); bilish qiyin emas. Jumladan, diafragma 55 (qorin–ko’krak to’sig’i) bo’yin qismida takomil etib, keyin pastga qarab yo’nalgan. Shuning uchun diafragma nervlari bo’yin nerv chigalidandir. Orqaning keng muskuli qo’lning yelka qismida rivojlanib, tananing orqa qismiga ko’chgan. Shuning uchun bu muskul yelka nerv chigali hisobidan innervatsiya qilinadi. Muskullarning tuzilishi. Skelet muskullari ko’ndalang–targ’il tolalardan tuzilgan bo’lib, qisqarish qobiliyatiga ega. Har bir muskulning qisqaruvchi qismi-tanasi va ikki uchi, ya’ni boshlanish va biriktiruvchi (pay) qismlari bor. Bundan tashqari, uzun muskullarda boshi va dum qismi ajratiladi. Yassi muskullar (qorin muskullari) ning yassi payi (aponevrozi) bo’lajdi.Muskul tolalari o’zaro yumshoq biriktiruvchi to’qima bilan tutashib tursa, ustidan esa biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan parda (fassiya) o’rab, ularning alohida qisqarishiga yordam beradi. Fassiyalar bir muskulni ikkinchi muskuldan ajratib turadi. Fassiyalarning boshqa turi ma’lum bir guruh muskullarini o’rab, so’ngra ichkariga yo’naladi va suyakka borib, fassiya to’sig’ini hosil qiladi. Fassiyalar odatda qavatma–qavat muskullarni o’rab turadi. Shu boisdan ularni joylashgan o’rniga qarab chuqur, o’rta va yuza yoki teri osti fassiyalariga ajratiladi.Fassiyalar amaliyotda juda katta ahamiyatga ega. Fassiyalar oralig’ida qon tomirlar va nerv tolalari joylashgan bo’lib, yallig’lanish jarayonida vujudga kelgan yiring ham fassiyalar orasidan tarqaladi. Muskulning pay qismi yaltiroq oq yoki sarg’ish rangi bilan ajralib turadi. Muskul odatda suyaklarga pay yoki aponevrozlar yordamida yopishadi. Muskul uzun, qisqa, yassi bo’lishi mumkin. Uzun muskullar aksari qo’l va oyoqda, yassi muskullar esa gavdaning old va orqa tomonidajoylashgan. Kalta muskullar gavdaning chuqur qismida, serbar muskullar esa yuzada joylashadi. Organizmda ikki boshli, uch boshli, to’rt boshli, duksimon, bir va ikki patli ikki qorinli va boshqa turdagi muskullar uchraydi. Muskul tolalari yo’nalishiga qarab to’g’ri, qiyshiq, ko’ndalang va aylana bo’ladi.Har bir muskulning o’z qon tomiri va nervlari bo’ladi. Muskul tarkibida sezuvchi nerv tolalari sezgilarni markaziy nerv sistemasiga yo’naltirsa, aksincha, markazdan kelayotgan harakat tolalafining ta’sirida muskullar qisqaradi. Simpatik tolalar yordamida esa muskullar trofikasi (modda almashinuvi) bajariladi. Muskullar fiziologiyasi. Muskullar ishi ularning qisqarishidir. Muskullar qisqarganda bir uchi ikkinchi uchiga yaqinlashadi, natijada gavdaning ana shu qismi harakatga keladi, ya’ni muskullar mexanik ish bajaradi. Shuningdek, muskullar statik ish ham bajaradi, ya’ni muskullar qisqarib, gavdaning ma’lum vaziyatini saqlab turadi. Bunda gavda vaziyati o’zgarmaydi.Muskullarning ish bajarish quvati uning ko’ndalang kesimi o’lchoviga bog’liq. Jumladan, 1 sm2 ko’ndalang kesimga ega bo’lgan muskul o’rta hisobda 10 kg yuk ko’tara oladi. Muskullarning ish bajarishi uchun suyak richaglari katta ahamiyatga ega.Odam organizmida ikki yoki bir yelkali richaglar bo’ladi. Ikki yelkali yoki muvozanat richagining tayanch nuqtasi bo’lib, ikki tomondagi yelkalar baravar uzunlikda bo’ladi. Masalan, 1 umurtqa bilan bosh suyagi orasidagi bo’g’im, chanoq bilan umurtqa orasidagi bo’g’imlar.Ikkinchi xil richak yoki bir yelkali richag — kuch richagi bo’lib, qarshilik tayanch nuqta bilan kuch qo’yilgan nuqta orasida bo’ladi. Masalan, oyoq–kaft boldir suyaklari bo’g’imi. Bunda odam oyoq–kaft suyaklarining boshchalariga tayanib, boldirning orqa tomonida joylashgan va tovon do’mbog’iga yopishgan muskullar yordamida gavda og’irligini ko’taradi. Tirsak bo’g’imi ikkinchi misol bo’lib, bunda kuch sarflash nuqtasi (bilakni bukuvchi muskularning yopishgan joyi) tayanch nuqtasidan uzunroq bo’ladi. Qarshilik qiladigan (og’irlik) nuqta esa ancha uzun (kaftda) bo’ladi. Shuning uchun ham ozgina yukni ko’tarish uchun ko’p kuch sarf qilinadi, lekin masofadan yutiladi. Muskullarning boshlanish nuqtasi bilan birikish nuqtasi orasida joylashgan bo’g’im soniga qarab, bir bo’g’imli, ikki bo’g’imli va ko’p bo’g’imli muskullar deb ataladi. Bir xil muskullar qisqarib, ikkinchi tomonda joylashgan muskullarga qarama–qarshi ish bajarsa, bunday muskullar zid (antagonist) muskullar deb ataladi. Masalan, bilakni bukuvchi muskullar, yozuvchi muskullarga nisbatan antagonistdir. Aksincha, muskul qisqarib ikkinchi muskul ishiga yordam bersa, bunday muskuirarni hamkor (sinergist) muskullar deyiladi.Muskullarning ish bajarishida g’altaklar, sinovial xaltachalar, pay qinlari va sesamosimon suyaklar muhim ahmiyatga ega.G’altak suyaklarida tog’aylardan tuzilgan do’nglar bo’lib, ulardan muskullarning payi aylanib o’tadi. Shu tariqa muskullarning qisqarish kuchi oshadi. Ichida suyuqlik saqlovchi (sinovial) xaltachalar turlicha bo’lib, ular muskul paylarining suyaklariga ishqalanadigan joylarida uchraydi va paylarni suyaklarga ishqalanishidan saqlab, muskullarning ish qobiliyatini oshiradi. 56 Qo’l–oyoq panjalarida muskul paylarini o’rab turadigan silindr shaklidagi fibroz qin bo’lib, ularning devori ikki qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi qavatlari orasida suyuqlik bo’lganidan muskul paylari qinning ichki devori bilan osongina suriladi. Binobarin, muskul paylari siqilmasdan bemalol ish bajara oladi.Sesamosimon suyaklar muskul payining tagida joylashadi va harakat effektini oshiradi. Eng katta sesamosimon suyak tizza qopqog’i suyagidir. Gavda muskullari ko’krak, qorin va orqa muskullaridan tuzilgan.Orqa muskullari yuza va chuqur guruh muskullaridan iborat. Orqaning yuza muskullari. Trapetsiyasimon muskul (m.trapezius) ensa suyagining g’adir–budur chizig’idan, ensa boylamidan,barcha ko’krak umurtqalarining qirrali o’siqlaridan boshlanadi. o’mrov suyagining akromial tomondagi qismiga — kurakning baland qirrasiga yopishadi . F u n k s i ya s i. Muskulning yuqori qismi qisqarganda yelka kamarini (kurak va o’mrov suyaklarini) yuqoriga ko’taradi. Qo’lni yuqoriga ko’tarishda qatnashib, kurakning past burchagini tashqariga tortadi. Trapetsiyasimon muskulning pastki qismi qisqarsa, kurak pastga tortiladi. Ikki tomondagi muskulning hamma tolalari qisqarsa, ikkala kurak bir–biriga (umurtqa pog’onasiga) yaqinlashadi. Orqaning serbar muskuli (m.latissimus dorsi) orqa tomonning past qismini qoplab, teri ostida (yuzada) yotadi. Bu muskul pastki to’rtta ko’krak umurtqasining, barcha bel umurtqalarining qirrali o’siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va pastki to’rtta qovurg’adan boshlanadi. Muskul tolalari pastdan yuqoriga va lateral tomonga yo’nalib yig’ilib, asta–sekin xipcha tog’ayga o’tadi va yelka suyagining kichik g’adir–budur qirrasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Muskul qisqarib , yuqoriga ko’tarilgan qo’lni pastga, orqaga tortadi. Agar qo’l qimirlamay tursa, ko’krak qafasi kengayadi, tana qo’lga yaqinlashadi. Rombsimon muskullar (m.m.rhomboideus) pastki ikkita bo’yin va yuqorigi to’rtta ko’krak umurtqalarining qirrali o’siqlaridan boshlanib, kurakning medial chetiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Kurakni medial tpmonga va yuqoriga tortadi. Kurakni ko’taruvchi muskul (m.levator dorsi) yuqoridagi to’rtta bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’sig’idan boshlanib, kurakning yuqori burchagiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Kurakni yuqoriga ko’taradi. Orqaning yuqori tishli muskuli (m.serratus posterior) pastki ikkita bo’yirt va yuqori ikkita ko’krak umurtqasining qirrali o’siqlaridan boshlanib, II—V qovurg’alarning orqa tomoniga yopishadi. F u n k s i ya s i. Qovurg’alarni ko’taradi. Orqaning pastki tishli muskuli (m.serratus posterior) Pastki ikkita ko’krak va yuqoridagi ikkita bel umurtqalari ro’parasida fassiyadan boshlanib, IX—XII qovurg’alarga yopishadi. F u n k s i ya s i. Pastki qovurg’alarni pastga tortadi. Orqaning chuqur muskullari Orqaning chuqur muskullari. Umurtqa pog’onasining ikki yonboshida umurtqalarning qirrali o’siqlari bilan qovurg’alar burchagining o’rtasida hosil bo’lgan egatchalarda joylashgan. Ular lateral va medial tutamlardan tuzilgan uzun va chuqurda joylashgan mayda–kalta muskullardan iborat. Lateral tutam bir necha muskullardan tuzilgan. Umurtqa pog’onasini tiklovchi muskullar (m.erector spinae). Dumg’azaning orqa sathidan, bel umurtqalarining ko’ndalang o’siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va kurak–bel fassiyasidan boshlanib, yuqoriga ko’tariladi va ensa suyagigacha yetib boradi. U muskul yopishadigan joyiga qarab uch qismga bo’linadi: a) Yonbosh qovurg’a muskuli asosan qovurg’alarga yopishadi. b) Uzun muskul medial joylashgan bo’lib, u umurtqalarning ko’ndalang o’siqlariga yopishadi. d)Qirrali muskul qirrali o’siqlar ustida medial joylashgan bo’lib, umurtqalarning qirrali o’siqlariga yopishadi. F u n k s i ya s i. Ikki tomondan muskul baravar qisqarsa, gavdani tik saqlaydi. Bir tomondagi muskul qisqarsa, umurtqa pog’onasini, boshni qisqargan tomonga bukadi. 57 Medial trakt muskuli bir qancha mayda muskullardan tuzilgan bo’lib, umurtqa pog’onasini tiklovchi muskulning ostida joylashgan. Ko’ndalang qirrali muskul umurtqalarning ko’ndalang o’siqlaridan boshlanib, yuqoriga yo’naladi va umurtqalarning qirrali o’siqlariga yopishadi. Qirralararo muskul ikkita yonma–yon joylashgan umurtqalarning qirrali o’siqlari orasida joylashgan. Boshning orqa katta va kichik to’g’ri muskullari I va II bo’yin umurtqalardan boshlanib, ensa suyagiga borib yopishadi. Bulardan tashqari, I va II bo’yin umurtqasi o’rtasida boshning pastki qiyshiq muskuli joylashgan. Bu muskullar boshni vertikal ushlashga, orqaga va yonboshga burishda qatnashadi. Bo’yin va boshning tasma muskullari pastki beshta bo’yin va yuqoridagi oltita ko’krak va umurtqalarining qirrali o’siqlaridan boshlanib, ensa suyagiga va chakka suyagining so’rg’ichsimon o’sig’iga yopishadi. F u n k s i ya s i. Ikki tomonlama qisqarib, boshni orqaga bukishga yordam bersa, bir tomonlama qisqarib, o’sha to–monga boshni egadi. Orqa f a s s i y a s i — orqada yuza va ko’krak — bel fassiyalari tafovut etiladi. Teri ostida yuza joylashgan orqanning yuza fassiyasi trapetsiyasimon va orqaning serbar muskullarini ustidan o’raydi. Ko’krak–bel fassiyasi xiyla qalin bo’lib, ikki varaqqa bo’linadi.Yuza varag’i umurtqa pog’onasini tiklovchi muskulni ustki tomonidan chuqur varag’i esa shu muskulni ostki tomonidan o’rab, orqaning chuqur muskuliga qin hosil qiladi. Gavdaning old tomonidagi muskullar ko’krak va qorin muskullaridan iborat. Ko’krak muskullari Ko’krak muskullari ikki guruhdan tuzilgan bo’lib, birinchi guruh yuza serbar muskullardan tashkil topgan. Ikkinchi guruh muskullari esa chuqur joylashgan ko’krak qafasining xususiy muskullaridir. Ko’krak qafasining yuzaki muskullari embrion rivojlanish jarayonida avalo qo’lda paydo bo’lib, keyin ko’krak qafasiga ko’chgan muskullardir. Ko’krakning katta muskuli o’mrov suyagining medial qismidan, to’sh suyagining dastasidan, II—VII qovurg’alarning tog’ay qismidan va qorin to’g’ri muskuli qinining oldingi devoridan boshlanib, yelka suyagi katta do’mbog’ining g’adir–budur qirrasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Yuqoriga ko’tarilgan qo’lni pastga tortadi va ko’krakka yaqinlashtiradi. Pastga tushirilgan qo’l esa ichkariga buriladi. Qo’l qimirlamagan paytda qovurg’alarni ko’tarib nafas olishga yordam beradi. Ko’krak kichik muskuli ko’krakning katta muskuli ostida yotadi. II—V qovurg’alardan boshlanib, kurakning tumshu–qsimon o’sig’iga yopishadi. F u n k s i ya s i. Muskul qisqarib, yelka kamarini pastga tortsa, qo’l qimirlamay turganda qovurg’alarni ko’tarib, ko’krak qafasini kengaytiradi, nafas olishga yordamlashadi. o’mrov osti muskuli o’mrov suyagidan boshlanib, I qovurg’aga yopishadi. F u n k s i ya s i. o’mrov suyagini pastga tortadi. Oldingi tishli muskul yuqori qovurg’alarning 8 yoki 9 tasidan alohida tishlar (bo’laklar) shaklida boshlanib, kurakning medial chetiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Muskul qisqarib, kurakning pastki burchagini oldinga buradi va qo’lni yuqoriga ko’taradi. Qo’l qimirlamay tursa, qovurg’alarni ko’tarib nafas olishga yordam beradi. Ko’krak qafasining xususiy muskullari Qovurg’aaro tashqi muskullarning tolalari yuqoridan pastga va orqadan oldinga yo’nalgan bo’lib, yuqoridagi qovurg’a pastki chetining tashqi yuzasidan boshlanib, pastdagi qovurg’aning yuqori chetiga yopishadi. Bu xijdagi muskullar umurtqa pog’onasi bilan qovurg’aning tog’ay oralig’ida joylashgan bo’Iadi. F u n k s i ya s i. Qovurg’alarni ko’taradi. Qovurg’alararo ichki muskullar qovurg’a oralig’ining to’sh suyagi bilan qovurg’a burchagining o’rtasidagi masofani to’ldirib turadi. Muskul tolalari pastdan yuqoriga va oldindan orqaga yo’nalgan. Ichki qovurg’aaro muskul pastki qovurg’aning ustki chetidan boshlab, ustki qovurg’aning pastki chetiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Qovurg’alarni pastga tortadi. 58 Qovurg’a osti muskuli tolalari ichki qovurg’a aro muskul tolalariga o’xshash yo’nalgan bo’lib, pastki qovurg’alarning ustki chetidan boshlanib, qovurg’aning pastgi chetiga 1—2 qovurg’ani tashlab yopishadi. F u n k s i ya s i. Qovurg’alarni pastga tortadi. Ko’krak–qorin to’sig’i — diafragma yupqa muskuldan tuzilgan bo’lib, ko’krak qafasi tomonga gumbaz hosil qilib joylashgan. Diafragmaning o’rta (markaz) qismi paydan tuzilgan. Chetlari esa muskul tolalaridan iborat bo’lib, bel, qovurg’a va to’sh qismlari tafovut qilinadi. Qovurg’a bilan bel qismi oralig’ida, qovurg’a qismi bilan to’sh qismi oralig’ida, uchburchak shaklidagi yoriqlar bo’lib, ulardan qon tomirlar va nervlar o’tadi. Ba’zida qorin bo’shlig’ida bosim haddan tashqari oshib ketsa, ichak yoki qorin charvisi ana shu teshiklar orqali ko’krak bo’shlig’i tomonga yo’nalib, diafragma grija (churra) si bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, diafragmaning muskul qismida aorta, qizillo’ngach o’tadigan teshiklar va pay qismida pastki g’ovak vena teshigi mavjuddir. F u n k s i ya s i. Diafragma qisqarib, gumbazi yassilanadi va ko’krak qafasi kengayib nafas olishga yordam beradi. Ko’krak fassiyasi — ko’krak muskullarining uchta: yuza, xususiy va ko’krak qafasining ichki yuzasini qoplovchi ko’krak fassiyasi tafovut qilinadi; ulardan biri teri osti fassiyasi bo’lib, odatda teri osti yog’ qavatining ostida joylashib, ko’krak muskullarini ustki tomondan qoplab, qo’shni soha tomon yo’naladi. Ko’krak xususiy fassiyasi ko’krak katta muskulining tepa qirrasiga kelganda ikki varaqqa ajralib, muskulni old va orqa tomondan o’rab qin xosil qiladi. Xususiy fassiyaning chuqur varag’i ko’krakning kichik muskuli bilan o’mrov osti muskuli sohasiga yaqinlashib, qalinlashadi va ko’krak–o’mrov fassiyasi nomi bilan ataladi. Ko’krak fassiyasi ko’krak qafasining devorini ichki tomondan o’rab turadi. Qorin muskullari Qorin ko’krak qafasining pastki chegarasi (teshigi) bilan chanoqning ustki chegarasi o’rtasida joylashgan. Qorin bo’shlig’ini oldi, ikki yonboshi va qisman orqa tomonidan qorin muskullari qoplab turadi. Qorinning tashqi qiyshiq muskuli ko’krak qafasining pastki sakkizta qovurg’asidan tishlar bilan boshlanib, muskulnihg pastki tutamlari yonbosh suyagi qirrasining tashqi labiga yopishadi. Qolgan o’rta qismi muskul tolalari yassi payga aylanib, qorinning to’g’ri muskul ustidan o’tib, qarama–qarshi tomondagi shu nomli muskul yassi payi (aponevroz) bilan o’rta chiziqda tutashib, oq chiziqni hosil etishda qatnashadi. Qorin tashqi muskul payining pastki qismi yonbosh suyagining tepa do’ngi bilan qov suyagining do’mboqchasi o’rtasida taranglashib qalinlashadi va ichkariga qarab tarnovsimon ariqcha hosil qilib, tutashadi. Shunday qilib, chov boylami hosil bo’ladi. Qorinning ichki qiyshiq muskuli qorinning tashqi qiyshiq muskuli ostida joylashgan bo’lib, yonbosh suyagining qirrasidan, chov boylamining tashqi 2/3 qismidan va ko’krak–bel fassiyasidan boshlanib, yuqoriga ko’tariladi va XII, XI va X qovurg’alarga yopishadi. Muskul tolalarining pastki tutamlari qorin to’g’ri muskuli chetiga yaqinlashganda serbar pay (aponevroz) ga aylanadi va ikki varaqqa bo’linadi. Aponevrozning oldingi varag’i qorin to’g’ri muskulining old tomonidan, orqa varag’i esa muskulning orqa tomonidan o’tib, muskulning medial qirrasiga varag’i esa muskulning orqa tomonidan o’tib, muskulning medial qirrasiga borganda qo’shilib, yana bitta aponevrozga aylanadi va qorinning oq chizig’ini hosil qilishda qatnashadi. Qorinning ko’ndalang muskuli muskul tolalari ko’ndalang yo’nalib, pastki oltita qovurg’aning ichkarigi yuzasidan, ko’krak–bel fassiyasining chuqur varag’idan, yonbosh suyagining qirrasidan boshlanib, qorin devorining old qismiga borganda muskul tolalari serbar payga aylanadi va qorin to’g’ri muskulining orqa tomonidan o’tib, qarama–qarshi joylashgan shu nomli aponevroz bilan tutashadi hamda qorinning oq chizig’ini hosil qilishda qatnashadi. Qorin ko’ndalang muskulini ichkari tomondan qorinning ko’ndalang fassiyasi qoplab turadi. Qorinning to’g’ri muskuli qorin devorining oldingi qismida joylashgan. Pastki V ,VI va VII qovurg’alarning tog’ay qismi ichki yuzasidan va to’sh suyagining xanjarsimon o’sig’idan boshlanib, qov suyagiga kelib 59 yopishadi. Muskul tolalarining uch–to’rt yerida pay belbog’lari uchraydi. Pay belbog’lari muskul tolalarining mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Piramidasimon muskul qov birlashmasidan boshlanib, qorinning oq chizig’iga yopishadi. Belning kvadratsimon muskuli qorin bo’shlig’ining orqa sohasida joylashgan bo’lib, yonbosd suyagining qirrasidan boshlanadi va bel umurtqalarining ko’ndalang o’siqlariga tepadan XII qovurg’aga yopishadi. Qorin devorining fassiyalari. Odam organizmining boshqa sohalari singari yuza, xususiy va chuqur joylashgan fassiyalari tafovut qilinadi. Yuza yoki teri osti fassiyasi teri osti yog’ qavatida joylashgan. Qorin devorining xususiy fassiyasi uch varaqdan iborat bo’lib, qorin tashqi qiyshiq muskuli, Qbrinning ichki qiyshiq muskuli va qorinning ko’ndalang muskulini tashqi tomondan o’rab turadi. Qorin devorini ichki tomondan o’rab turgan fassiya joylashgan sohasiga qarab turlicha nom bilan ataladi. Jumladan; diafragmaning o’rab turgan qorin fassiyasi diafragma fassiyasi, qorin ko’ndalang muskulini o’ragan qismi qorinning ko’ndalang fassiyasi, yonbosh muskulini o’ragan qismi yonbosh fassiyasi deb ataladi. Qorin muskullarining funksiyasi — qorin muskullari qisqarganda qorin bo’shlig’i torayib, bosimi oshadi, bu hol ayollarda tug’ish, defekatsiya (hojat) va qusish jarayonlarini osonlashtiradi, ya’ni kuchanish yuzaga keladi. Bundan tashqari, qorin muskullari qisqarib gavdani oldinga bukish, bir tomonlama qisqarib, gavdani burish vazifalarini bajaradi. Nihoyat, qovurg’alarni pastga tortib, ko’krak qafasini toraytiradi, nafas chiqarishga yordamlashadi. Chov kanali (canalis ingvinalis) chov sohasida qorin serbar muskullarining pastki qismlari orasida hosil bo’lib, undan ayollarda bachadonning yumaloq boylami, erkaklarda esa urug’ tizimchasi o’tadi. Chov kanalining ikkita (ichki va tashqi) teshigi va to’rtta devori bor. Chov kanalining ichki chuqur teshigi qorin devorining lateral tomonida joylashgan bo’lib, qorin bo’shlig’ida qorin ichki fassiyasining qalin tortib chuqurlashgan qismi bilan qoplangan. Kanalning tashqi (yuza)teshigi to’rtta devor bilan chegaralanib turadi. Jumladan, lateral va medial devorlari qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozining ikkiga ajralgan qismi (aponevroz oyoqchalari) dan iborat. Medial aponevroz oyoqcha qov birlashmasiga, lateral oyoqchasi esa qov do’mboqchasiga yopishadi. Aponevroz oyoqchalar tepa tomondan oyoqchalararo fibroz tolalar bilan birlashsa, past tomondan qaytuvchi boylam bilan chegaralanadi. Chov kanali pastki devorini chov boylami, oldingi devorini qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozining chov sohasi, yuqoridan qorinning ichki qiyshiq muskuli bilan ko’ndalang muskullarning pastki tutamlari, orqa devorini esa qorin ichki fassiyasi chegaralab turadi.Chov kanali qorin devorining eng bo’sh qismlaridan bo’lib, qorin bo’shlig’i bosimi oshganda kanal orqali churra (grija) tushishi mumkin. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari 1. Muskullarning organizmdagi vazifasi. 2. Organizmda qanday muskullar mavjud? 3. Muskullarning qanday qismlari mavjud? 4. Muskullar fiziologiyasi haqida gapirib bering? 5. Orqaning yuza muskullari va orqaning chuqur muskullari. 6. Gavdaning old tomondagi muskullar qanday muskullarga bo’linadi? 7. Ko’krakning katta muskuli vazifasi. Ko’krak qafasi xususiy muskullarini sanab bering? 8. Qorin muskullari. Diafragma nima? 60 Mavzu: Bosh va bo’yin muskullari. Reja: 1. Bo’yinning yuza muskullari. 2. Bo’yinning chuqur muskullari. 3. Mimika muskullari. Bo’yinning oldingi tomoni bo’yin, orqa tomoni esa ensa sohasi deb ataladi. Bo’yin muskullari yuza muskullar, til osti suyagiga birikuvchi (o’rta guruh) muskullar va bo’yinning chuqur muskullaridan iborat. Yuza muskullar Bo’yinning teri osti muskuli bevosita teri ostida joylashgan bo’lib, yupqa plastinkadan iborat. Bu muskul ko’krak fassiyasidan boshlanib, pastki jag’ sohasida yuz fassiyasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bo’yin terisini tortib, venada qon oqishni yaxshilaydi, og’iz burchagini pastga tortadi. To’sh–o’mrov–so’rg’ichsimon muskul to’sh va o’mrov suyaklaridan ikkita boshcha xolida boshlanib, chakka suyagining so’rg’ichsimon o’sig’iga yopishadi. Qalqonsimon til osti muskuli qalqonsimon tog’ayning qiyshiq chizig’idan boshlanib til osti suyagining tanasiga yopishadi. Kurak–til osti muskulining taxminan o’rta qismida pay belbog’ bo’lganidan yuqori va pastki qorinchalari tafovut etiladi. Muskul kurak uymasidan boshlanib, til osti suyagining tanasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Til osti suyagidan pastda joylashgan muskullar qisqarib, til osti suyagi va hiqildoqni pastga tortadi. Bo’yinning chuqur muskullari Oldingi narvonsimon muskul III—VI bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’siqlaridan boshlanib, I qovurg’aning tepa yuzasiga yopishadi o’rtadagi narvonsimon muskul barcha bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’siqlaridan boshlanib, I qovurg’aning tepa yuzasiga yopishadi. Orqadagi narvonsimon muskul V—VI bo’yin umurtqalarihing ko’ndalang o’siqlaridan boshlanib, II qovurg’aning tashqi yuzasiga yopishadi. F u n s i ya s i. Narvonsimon muskullar ikki tomondan qisqarsa, bo’yin umurtqalari oldinga bukiladi, bir tomondan qisqarganda, bo’yinni yon tomonga buradi. Bo’yin qimirlamay turganda I—II qovurg’ani ko’tarib, nafas olishga yordam beradi. Boshning oldingi va yon tomonidagi to’g’ri muskullari. Bu muskullar yuqorida keltirilgan muskuUarning ostida ensa suyagi bilan I bo’yin umurtqa oralig’ida joylashgan. Fu n k s i ya s i. Boshning uzun muskuliga o’xshash. Ikkala tomon baravar qisqarsa, boshni oldihda bukadi. Bo’yin topografiyasi bo’yin yuqoridan pastki jag’ suyagining pastki cheti, so’rg’ichsimon o’siq, ensa suyagining do’mbog’i va g’adir–buduri bilan chegaralanadi. Pastdan esa to’sh suyagi dastasining qirrasi, o’mrov suyagi va kurak suyagining yelka o’sig’idan VII bo’yin umurtqasining orqa o’tkir o’sig’iga tortilgan chiziq bilan chegaralanib turadi. Bo’yin so’rg’ichsimon o’siqdan pastga (kurak suyagining yelka o’sig’iga) o’tkazilgan chiziq vositasida oldingi va orqa sohalarga ajratiladi. Bo’yinning orqa sohasi orqa muskullar bilan birga o’rganiladi. Bo’yinning oldingi sohasida nafas olish va hazm qilish sistemalarining bir qismi va qon tomirlari joylashganigidan alohida e’tiborga sazovordir. Bo’yin oldingi, o’rta, yonbosh va to’sh–o’mrov–so’rg’ichsimon muskul sohalariga ajratiladi.Bo’yinning oldingi (o’rta) sohasida joylashgan uchburchak yuqoridan pastki jag’ suyagining pastki cheti, ikki yonboshdan to’sh –o’mrov–so’rg’ichsimon muskuli, o’rtadan bo’yinning o’rta chizig’i bilan chegaralanadi. Bu uchburchak o’z navbatida mayda uchburchaklardan iborat. 1. Uyqu u c h b u r c h a g i orqadan to’sh – o’mrov – so’rg’ichsimon muskul bilan , yuqoridan ikki qorirdi muskulning orqa qorinchasi bilan, old tomondan kurak–til osti muskuli bilan chegaralanadi. Bu uchburchakdan umumiy uyqu arteriyasi bo’yinturuq venasi va adashgan nerv o’tadi. 61 2. T o’ sh – o’ m r o v – s o’ r g’ i ch s i m o n musku1 sohasi shu nomli muskul qoplagan soha bo’lib, bu joyda bo’yin nerv chigali va qon tomirlari joylashgan. 3. P a s t k i j a g ’ – o s t i u ch b u rch a g i. Bu chuqurcha pastki jag’ shoxi bilan burchagining orqa tomonida, quloq suprasining pastida bo’lib, unda quloq oldi bezining bir qismi, nerv va qon tomirlari joylashgan 4. P a s t k i – j a g ’ ostiuchburchagi tepadanpastki jag’ qirrasi va ikki qorinli muskul qorinlari bilan chegaralanadi. Uchburchakda jag’ osti bezi joylashgan. 5. K u r a k – h i q i l d o q u c h b u r c h a g i medial tomondan Bo’yin topografiyasi. 1-kurak trapesiya uchburchagi; 2-kurak o’mrov uchburchagi; 3-pastki jag’osti uchburchagi, 4-uyqu uchburchagi, 5-kurak kekirdak uchburchgi, 6-jag’orqasi uchburchagi, 7-kurak tilosti muskuli, 8-to’sh o’mrov so’rg’ichsimon muskul, 9-trapetsiyasimon muskul, 10-ikki qorinli muskul. o’rta chiziq bilan, orqa va tepadan kurak–til osti muskulining tepa qorinchasi bilan, orqa va pastdan to’sh – o’mrov – so’rg’ichsimon muskuli bilan chegaralanadi. Bu uchburchakda hiqildoq, kekirdak, qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan. 6.Bo’yinning yonbosh uchburchagi-oldindan to’sh o’mrov– so’rg’ichsimon muskul bilan orqadan trapetsiyasimon muskul bilan chegaralanadi. Bu uchburchak kurak– o’mrov va ko’krak trapetsiyasimon uchburchaklarga ajraladi.Kurak – o’mrov uchburchagi pastdan o’mrov suyagi, tepadan kurak til osti muskulining pastki qorinchasi, oldindan to’sh–o’mrov– so’rg’ichsimon muskullar bilan chegaralanadi. Kurak trapetsiyasimon uchburchagi pastdan kurak til osti muskuli, odindan to’sh–o’mrov–so’rg’ichsimon muskul, orqadan trapetsiyasimon muskul bilan chegaralanadi. Bundan tashqari, bo’yinning yonbosh uchburchagida narvonsimon muskullarning o’rtasida joylashgan oldingi, o’rta oraliqlar bo’lib, bulardan qon tomirlari va yelka chigalining nervlari o’tadi. Mimika muskullari Ensa–peshona muskuli serbar va yupqa bo’lib, uning muskul qismi peshona va ensada joylashgan bo’lsa, fibroz plastinka (aponevroz) bo’lagi ikki muskul o’rtasida joylashib, kallaning tepa qismini qoplaydi. Ensa–peshona muskulining peshona muskul qismi qosh terisidan boshlanib, fibroz plastinkaga qo’shiladi. Qisqarganda qosh ko’tarilib, peshonada ajin paydo bo’ladi. Ensa muskul bo’lagi esa ensa suyagining g’adir–buduridan boshlanib aponevrozga o’tib ketadi. Qisqarganda, aponevrozni orqaga tortadi. Aponevroz tepada bosh terisiga mustahkam birlashgan bo’lsa, kalla suyagiga yumshoq to’qima orqali tutashadi. Shuning uchun kallaning aponevrozi osongina harakatlanuvchi bo’ladi. Kalla aponevrozi ikki yonbosh tomondan quloq atrofida joylashgan (oldingi,tepa, orqa) quloq muskullari bilan taranglashgan. Takabburlik muskuli peshona suyagining burun qismidan boshlanib, ikki qosh o’rtasidagi teriga yopishadi. F u n k s i ya s i. Muskul qisqarganda ikki qosh o’rtasida ko’ndalang ajin paydo bo’lib, takabburlik (viqor) holati vujudga keladi. Ko’zning aylana muskuli uch qismdan iborat: ko’z kosasi atrofida joylashgan qismi, qovoqlarda joylashgan qismi va ko’z yoshi qismidan tuzilgan. F u n k s i ya s i. Muskulning birinchi va ikkinchi qismi qisqarganda ko’z yumiladi. Muskulning uchinchi qismi ko’z yoshi xaltasida boshlanganligi uchun qisqarganda ko’z yoshining oqishiga yordam beradi. Q o s h n i c h i m i r u v c h i m u s k u l — ikki qoshning o’rtasida joylashgan bo’lib, qisqarganda qoshlar o’zaro yaqinlashib, uzunasiga ajin paydo bo’ladi. Yuqori labni ko’taruvchi muskul—ko’z kosasining pastki qirg’og’idan boshlanib, burun qanotlariga, lab va lunj terisiga yopishadi.F u n k s i ya s i . Yuqori labni ko’taradi, burun katagini kengaytiradi. 62 Yonoqning katta va kichik muskuli — yonoq suyagidan boshlanib, og’iz burchagi terisiga va lunjga yopishadi.F u n k s i ya s i. Og’iz burchagini yuqoriga va yon tomonga tortadi. Natijada yuzda tabassum paydo bo’ladi. Kulgi muskuli—quloq oldi bezi fassiyasidan boshlanib, og’iz burchagiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Kulganda ikki yuzda chuqurcha hosil bo’ladi. Og’iz burchagini pastga tortuvchi muskul—pastki jag’ qirg’og’idan boshlanib, pastki lab terisiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Pastki labni pastga tortadi. Pastki labni pastga tortuvchi muskul—pastki jag’ning qirg’og’ida boshlanib, pastki lab terisiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Pastki labni pastga va chetga tortadi. Og’iz burchagini ko’taruvchi muskul yuqori jag’ suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, og’iz burchagiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Og’iz burchagini yuqoriga tortadi. Engak muskuli—pastki jag’ suyagining oldingi kesuvchi tishlari tish tepachalaridan boshlanib, iyak terisiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Iyak terisini ko’tarib, pastki labni yuqori labga yaqinlashtiradi. Lunj muskuli—pastki va yuqori jag’ suyaklarining Chaynov muskullari. 1-chakka muskullari; 2-yog’ klechatkasi; 3-chakka fassiyasining chuqur qavati; 4-medial qanotsimon muskul, 5- medial qanotsimon muskul; oziq tishlari sohasidagi tish tepachalaridan boshlanib, yuqori va pastki lablar sohasida og’iz aylana muskuliga qo’shilib ketadi. Bu muskul og’iz bo’shlig’ining yonbosh devorini tashkil etadi. F u n k s i ya s i. Og’iz burchagini orqaga tortadi, lunj va lablarini tishlarga va milkka yaqinlashtiradi, havoni tashqariga chiqaradi. Karnay va surnay chalishda yordam beradi. Og’izning aylana muskuli — og’iz teshigining atrofida, lablarning terisi ostida joylashgan. F u n k s i ya s i .Og’izni yumadi. Burun muskuli — burun qanotlaridan yuqorida joylashgan qisqarganda, burun teshigi torayadi. Chaynov muskullari to’rt juft bo’lib, hammasi pastki jag’ suyagiga yopishadi va chaynovda qatnashadi. 1. Chaynov muskuli — yonoq suyagining pastki qirg’og’idan, yonoq ravog’idan boshlanib, pastki jag’ suyagining shu nomli g’adir–buduriga yopishadi. 2. Chakka muskuli — chakka suyagi pallasidan boshlanib, pastki jag’ suyagining tojsimon o’sig’iga birikadi. 3. Lateral qanotsimon muskul — ponasimon suyak katta qanotining pastki yuzasidan va qanotsimon o’siqdan boshlanib, pastki jag’ suyagining bo’g’im o’sig’i bo’yniga yopishadi. 4. Medial qanotsimon muskul — qanotsimon o’siqning shu nomli chuqurchasidan boshlanib, pastki jag’ burchagining ichki yuzasiga yopishadi. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari. 1. Bo’yin muskullari qanday guruhlarga bo’linadi? Bo’yinning yuza muskulari. 2. Til osti suyagi birikuvchi muskullar haqida gapiring? 3. Bo’yinning chuqur muskullari. Bo’yinda qanday uchburchaklar mavjud? 4. Bosh muskullari qanday muskullardan tuzilgan? Mimika muskullarini sanab bering. 5. Chaynov muskullari turlari va vazifasi. 63 Mavzu: Qo’l muskullari. Oyoq muskullari Reja: 1. Yelka kamari muskullari. 2. Qo’lning erkin turgan muskulalari. 3. Oyoq muskullari. Qo’l muskullari yelka kamari muskullari va qo’l erkin qismining muskullariga bo’linadi. Yelka kamari muskullari Yelka kamari muskullari yelka bo’g’imi atrofida joylashgan bo’lib, ko’krak va orqa muskullari ishtirokida yelka bo’g’imini harakatga keltiradi. Deltasimon muskul — uchburchak shaklida bo’lib, o’mrov suyagining tashqi (lateral) yarmidan, kurak suyagining baland qirrasi bilan tumshuqsimon o’sig’idan boshlanib, yelka suyagi boshining ustini qoplab o’tib, suyakning deltasimon g’adir–buduriga yopishadi. F u n k s i ya s i. Muskulning oldingi tutamlari qisqarsa, qo’lni old tomonga va yuqoriga tortadi, orqa tutamlari qisqarsa, qo’l orqaga va yuqoriga tortiladi. Muskulning o’rta tutamlari yoki hamma tutamlar bir vaqtda qisqarsa, tanadan qo’l uzoqlashib, yelka barobar ko’tariladi. Qo’lning bundan ham balandga ko’tarilishi kurak suyagining burilishi hisobiga bo’ladi. Kurak qirra usti muskuli — kurak qirra ustidagi chuqurchadan boshlanib, yelka suyagining katta do’mbog’iga yopishadi.F u n k s i ya s i. Qo’lni gavdadan uzoqiashtiradi. Kurak qirra osti muskuli — kurak qirrasi uchburchakdan boshlanib, yelka suyagining katta do’mbog’iga yopishadi.F u n k s i ya s i. Yelkani tashqi tomonga aylantiradi. Kichik yumaioq muskul — kurak suyagining lateral qirrasidan boshianib, yelka suyagining katta do’mbog’iga yopishadi.F u n k s i ya s i. Yelkani tashqi tomonga aylantiradi. Katta yumaloq muskui — kurak pastki burchagidan boshlanib, yelka suyagining kichik do’mbog’i g’adir–buduriga yopishadi. F u n k s i ya s i. Qo’lni pastga tortib, gavdaga yaqinlashtiradi. Kurak osti muskuli — kurakning qovurg’alarga qaragan yuzasidan boshlanib, yelka suyagining kichik do’mbog’i va yelka do’mbog’i hamda bo’g’imi xaltachasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Yelkani ichkariga buradi va bo’g’im xaltachasini tortadi. Yelka muskullari Yelka muskuilari uzun muskullardan bo’lib, joylashish o’rniga qarab oldingi va orqa guruhlarga ajratiladi.Yelkaning oldingi tomonidagi muskullar. Yelkaning ikki boshli muskuli uzun boshi kurak suyagi bo’g’im yuzasi tepasidagi g’adir–budurdan, kalta boshi kurakning tumshuqsimon o’sig’idan boshlanib, bilak suyagining g’adir–buduriga va bilak fassiyasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bilakni bukadi va tashqariga buradi. Yelka muskuli — yelka suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagi g’adir–buduriga yopishadi.F u n k s i ya s i. Bilakni tirsak bo’g’imida bukadi. Tumshuqsimon yelka muskuli — kurak suyagining tumshuqsimon o’sig’idan boshlanib, yelka suyagining medial yuzasiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Yelkani ko’taradi. Yelkaning orqa tomonidagi muskullar Yelkaning uch boshli muskuli. Uzun boshi kurak suyagi bo’g’im yuzasi ostidagi g’adir–budurdan, lateral boshi yelka suyagining orqa yuzasi lateral qismidan, medial boshi — yelka suyagining orqa yuzasi medial qismidan boshlanib, tirsak suyagining tirsak o’sig’i va tirsak bo’g’imining xaltachasiga birlashadi.F u n k s i ya s i. Bukilgan bilakni yozadi. Tirsak muskuli — yelka suyagining pastki qismidagi latareal g’adir–budur tepachasidan boshlanib, tirsak suyagining orqa yuzasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bilakni yozadi, tirsak bo’g’imi kapsulasini tortib, uni suyaklar oralig’ida siqilib qolishdan saqlaydi. Bilak muskullari Bilak muskullari joylashishiga qarab uch(oldingi, orqa va lateral) guruhga ajratiladi. 64 Bilakning oldingi guruh muskullari yuza va chuqur qavat bo’lib joylashgan. Yuza qavat muskullari Yumaloq pronator muskul — yelka medial suyagidagi g’adir–budur tepachadan va bilak suyagi g’adir–buduridan boshlanib, bilak suyagining lateral qirrasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bilakni ichkariga buradiva bukadi. Kaftni bilak tomonga bukuvchi muskul — yelka suyagining medial g’adir–budur tepachasidan va medial tomondagi muskullararo fassiyadan boshlanib, ikkinchi kaft suyagining asosiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Kaftni oldinga va bilak suyagi tomonga bukadi. Kaftning uzun muskuli — yelka suyagining medial g’adir–budur do’mboqchasidan va bilak fassiyasidan boshlanib, kaft pay plastinkasi (aponevroz)ga yopishadi. Ba’zan bu muskul bo’lmasligi ham mumkin.F u n k s i ya s i. Kaft aponevrozini taranglashtirib, kaftni bukadi. Kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskul — yelka suyagining medial g’adir–budur tepachasidan va tirsak o’sig’idan boshlanib, kaftning no’xotsimon va ilmoqli suyaklariga yopishadi. F u n k s i ya s i. Kaftni oldinga va tirsak suyagi tomonga jukadi. Panjani bukuvchi yuza muskul — yelka suyagining medial g’adir–budur do’mboqchasidan, tirsak suyagining tojsimon o’sig’idan va bilak suyagining yuqori qismi oldingi yuzasidan boshlanib, kaftda muskul payi to’rtta alohida paylarga ajralib, II—V barmoqlarga yaqinlashadi. Har qaysi pay o’z navbatida ayrisimon ikkita payga bo’linib, barmoq suyaklaridan ikkinchisining ikki yoniga yopishadi. F u n k s i ya s i. Muskul qisqarib, II—V barmoqlarni bukadi. Chuqur qavat . Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul. Bilak suyagining oldingi yuzasidan yelka suyagining medial g’adir–budur do’mboqchasidan boshlanib, bosh barmoqning ikkinchi barmog’i suyagi asosiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Bosh barmoqni bukadi. Panjani bukuvchi chuqur muskuli. Shu nomli yuza muskul ostida joylanib, tirsak suyagining oldingi medial sathi hamda suyaklararo pay pardadan boshlanib, bilakning o’rtalariga kelganda, to’rtta alohida paylarga bo’linadi. Bu paylar barmoqlarga borganda panjaning bukuvchi yuza muskul payi orasidan o’tib, II— IV barmoqlarning tirnoq falang suyaklariga yopishadi. F u n k s i ya s i. Barmoqlarni va kaftni bukadi. Bilakni ichkariga burovchi kvadrat muskul—bilak suyaklarining past qismini old tomonida joylashgan. F u n k s i ya s i. Bilakni ichkariga buradi. Bilakning lateral guruy muskullari Yelka–bilak muskuli — yelka suyagining oldingi va lateral yuzasidan, muskullar aro lateral pardadan boshlanib, bilak suyagining orqarog’iga o’tib,uning pastki uchiga, bigizsimon o’sig’iga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bilakni tirsak bo’g’imidan bukadi. Panjani yozuvchi uzun bilak muskuli — yelka suyagining lateral g’adir–budur tepachasidan, bilak suyagining lateral chetidan boshlanib, II kaft suyagining orqa yuzasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Panjani orqa tomonga yozib bilakni bukadi. Panjani yozuvchi kalta muskuli — yelka suyagining lateral g’adir–budur do’mboqchasidan, tirsak bo’g’im kapsulasidan boshlanib, III kaft suyagining orqa sathiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Panjani yozadi. Bilakning orqa guruh muskullari. Yuza qavati Panjani yozuvchi muskul. Bu muskul panjaning bilak va panjaning tirsak yozuvchi muskullari orasida joylashgan bo’lib, yelkaning lateral g’adir–budur do’mboqchasidan va bilak fassiyasidan boshlanadi. Bilakning o’rta qismida to’rtta payga ajraladi. Panja sohasida ana shu paylarning har biri uchtadan paychaga ajraladi. Ularning o’rta qismi II—V– barmoqlarning ikkinchi falangalariga, ikki tomondagi paylar ularning yon yuzasiga yopishadi. Bu muskulning V barmoqqa boruvchi qismini jimjiloqning yozuvchi muskuli deb ham ataladi. F u n k s i ya s i. Panjani tirsak tomonga tortib yozadi. 65 Chuqur qavat muskullari Supinatsiya qiluvchi muskul — yelka suyagining lateral g’adir–budur do’mboqchasidan boshlanib, bilak suyagi yuqori qismining orqa sathiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bilakni tashqariga bukadi. Bosh barmoqni olib qoluvchi uzun muskul—bilak suyaklarining orqa yuzasidan boshlanib, bosh barmoqning birinchi falangiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bosh barmoqni qolgan barmoqlardan uzoqlashtiradi. Bosh barmoqni yozuvchi uzun va qisqa muskullar bilak suyaklarining orqa yuzasidan boshlanib, qisqasi bosh barmoqning birinchi falangiga, uzuni tirnoq falangiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bosh barmoqni orqaga tortadi. Ko’rsatkich barmoqni yozuvchi muskul. Tirsak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, panjani yozuvchi muskulning ko’rsatkich barmoqqa boruvchi payiga qo’shilib ketadi. F u n k s i ya s i. Ko’rsatkich barmoqni yozadi. Panja muskullari Panja–kaft yuzasidagi muskullar 3 guruh bo’lib joylashgan. Bosh barmoq do’mbog’ini bosh barmoqdan uzoqlashtiruvchi muskul, bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul, bosh barmoqni boshqa barmoqlarga qarshi qo’yuvchi muskul va bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskullar hosil qiladi. Jimjiloq tomondagi do’mboqni kaftning kalta muskuli, jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul jimjiloqni bukuvchi kalta muskul, jimjiloqni boshqa barmoqlarga qarshi qo’yuvchi muskullar hosil qiladi. Kaftdagi o’rta guruh muskullarini kaft tomondagi uchta kaftsuyaklar aromuskullari (barmoqlarni jipslashtiradi), orqa tomondagi suyaklar aro to’rtta muskul (barmoqlarni yozadi), chuvalchangsimon muskullar hosil qiladi. Chuvalchangsimon muskullar to’rtta bo’lib, panjani bukuvchi chuqur muskul paylaridan boshlanib, II—V– bar–moqlarning orqa yuzasida barmoqlarni yozuvchi muskul paylariga tutashib ketadi. F u n k s i ya s i. Tirnoq falanglarini yozib V—II–barmoqlarning birinchi falanglarini bukadi. Qo’l fassiyalari va topografiyasi Qo’lning teri osti yuza fassiyasi yaxshi rivojlanmagan. Xususiy fassiya deltasimon, kurak, qirra usti va osti muskullar hamda kurak osti muskullarining xususiy fassiyalari qin hosil qilib muskullarni o’raydi. Yelka fassiyasi yeika suyagining oldingi va orqa tomonlarida joylashgan muskullarini qin hosil qilib o’raydi. Yelkaning bukuvchi va yozuvchi muskullari orasiga fassiyadan ularni ajratib turuvchi lateral va medial o’siqlar chiqib, suyakka yopishadi. Bilak fassiyasi yelka fassiyasining davomi bo’lib, bilakda joylashgan muskullarni o’raydi. Lateral va medial muskullar aro o’siqlar orqa guruh muskullardan ajratadi. Bilak fassiyasi bilan kaft bo’g’imi sohasida qalinlashib, orqa tomonda kaftni yozuvchi muskulni ushlab turuvchi ko’ndalang pay boylamini hosil qilsa, old tomonda ko’ndalang bilak uzuk boylamini ko’rish mumkin. Orqa tomondagi ko’ndalang pay boylami ostida 6 ta kanalcha bo’lib, undan fibroz qinlarga o’ralgan panjani yozuvchi muskul paylari o’tadi. Kaft sohasida fassiya bosh barmoq va jimjiloq tomondagi muskullarni o’rab turadi. Kaft o’rta chuqurchasini keng uchburchak shakli kaft aponevrozi yopib turadi. Panjaning kaft tomondagi ko’ndalang boylami va aponevrozi ostida ikkita kanalcha bo’lib, ularning biridan fibroz qinga o’ralgan bosh barmoqni bukuvchi muskul o’tsa, ikkinchisidan panjalarni bukuvchi muskul paylari o’tadi. Fibroz qinlarda sinovial suyuqlik bo’lganidan muskullar qisqarganda ularning paylari ravon sirg’aladi. Fibroz (sinovial) qinlar kaftning o’rtalarida (jimjiloqqa boruvchi paydan tashqari) tugaydi. Jimjiloq tomondagi sinovial qin tirnoq falangigacha davom etadi. II—IV barmoqlarga boruvchi muskul paylarining har biri alohida fibroz qiniga egadir. Qo’ltiq osti chuqurchasi — uni oldindan katta va kichik ko’krak muskullari, orqadan esa orqaning serbar muskuli, katta va kichik, dumaloq muskullar, kurak osti muskuli chegaralaydi. Medial tomondan oldingi tishli muskul, lateral tomondan yelka suyagi bilan muskullar chegaralaydi. Qo’ltiq osti chuqurida fassiyalarga o’ralgan nerv chigali, qo’ltiq osti arteriya va venasi, limfa tugunlari joylashgan. Qo’ltiq osti chuqurchasining orqa devorida ikkita teshikcha bo’lib, biriga to’rt qirrali, ikkinchisiga uch qirrali teshiklar deyiladi. Bu teshikchalar tepadan kurak osti muskuli, pastdan katta dumaloq muskul bilan chegaralangan. Bu bo’shliq o’rtasidan yelkaning uch boshli 66 muskuli uzun boshi o’tishi natijasida to’rt qirrali teshiklar paydo bo’ladi. To’rt qirrali teshikning lateral devorini yelka suyagi chegaralab turadi.Yelkadagi ikki boshli muskulning ikki yonboshida medial va laterial egatchalar joylashgan. Medial egatchada yelka arteriyasi bilan venasi va oraliq nervi joylashgan.Yelkaning orqa sohasida uch boshli muskul bilan yelka suyagining aylanma joylashgan bilak egatchasi orasida bilak nervi kanali hosil bo’ladi.Tirsak chuqurchasini yelka–bilak va dumaloq pronator muskullari chegaralab turadi. Chuqurchaning tubini yelka muskuli hosil qiladi. Bu chuqurchadan yelka arteriyasi,venasi va oraliq nervi o’tadi. Chuqurcha sohasida teri ostidan o’tadigan venadan amaliyotda har xil dorilarni vena qon tomiriga quyishda foydalaniladi. Oyoq muskullari Oyoq muskullari chanoq, son, bolder va oyoq panja muskullaridan tuzilgan. Chanoq muskullari – Chanoq tana bilan deyarli harakatsiz birlashganligi sababli muskullar faqat chanoq – son bo’g’imiga aloqador bo’lib, ikki (oldingi va orqa) guruhga bo’linib joylashgan. Oldingi guruh: Yonbosh – bel muskuli ikki bopshli bo’lib, katta (beldan boshlanuvchi) boshchasi XII ko’krak va I – IV bel umurtqalaridan boshlanadi,ikkinchi, yonbosh suyagining shu nomli chuqurchasidan boshlanadi. Ikkala muskul tutamlari o’zaro birlashib, chov boylamining ostidan o’tib, son suyagining katta ko’stiga yopishadi. Funksiyasi.Sonni bukadi. Kichik bel muskuli XII ko’krak va I bel umurtqalari tanasi va umurtqa oraliq tog’aylaridan boshlanib, yonbosh fassiyasiga qo’shilib ketadi. F u n k s i ya s i. Fassiyani taranglashtirib, belni bukishda qatnashadi. Orqa guruh–katta dumba muskuli. Yonbosh suyagining tashqi yuzasidan, dumg’aza va dum suyaklaridan boshlanib, son suyagining dumba g’adir–buduriga yopishadi. F u n k s i ya s i. Yonbosh va bel muskuliga qarama–qarshi (antagonist) bo’lib, sonni yozadi va tashqariga buradi. Dumbaning o’rta muskuli. Dumbaning katta muskuli ostida joylashgan bo’lib, yonbosh suyagining tashqi yuzasidan keng boshlanib, son suyagining katta ko’stiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Muskulning orqa tutamlari qisqarsa, oyoqni tashqariga, oldingi tutamlari qisqarsa, sonni ichkariga, o’rta tutamlari qisqarsa, oyoqni bir–biridan uzoqlashtiradi. Dumbaning kichik muskuli—dumbanirig o’rta muskuli ostida joylashgan. Yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, son suyagining katta ko’stiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni tashqariga buradi. Sonning serbar fassiyasini tarang qiluvchi muskul. Yonbosh suyagining oldingi o’tkir o’sig’idan boshlanib, sonning serbar fassiyasiga qo’shilib ketadi. F u n k s i ya s i. Sonning serbar fassiyasini tarang qiladi. Noksimon muskul. Dumg’aza suyagining chanoq yuzasidan boshlanib, katta quymich teshik orqali tashqariga chiqadi va sonning katta ko’stiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni tashqariga buradi. Ikki yopqich muskul yonbosh suyagining yopqich teshigi atrofidan va yopqich pardaning ichki yuzasidan boshlanadi va kichik quymich teshik orqali tashqariga chiqib, sonning katta ko’stiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni tashqariga buradi. Ustki va ostki egizak muskullar—quymich do’mbog’i va o’sig’idan boshlanib ichki yopqich muskul payi bilan tashqariga chiqib katta ko’st chuqurchasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni tashqariga buradi. Sonning to’rt burchakli muskuli quymich do’mbog’idan boshlanib, sonning ko’stlararo g’adir–buduriga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni tashqariga tortadi. Tashqi yopqich muskul yopqich teshik va uning membranasi tashqi yuzalaridan boshlanib, son suyagining katta ko’st chuqurchasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni tashqariga buradi. Son muskullari Son muskullari uch (oldingi, medial va orqa) guruhga bo’linib joylashgan. Oldingi guruh sonning to’rt boshlik muskuli. Bu muskulningto’rtta boshchasi bor: a) to’g’ri boshchasi – yonbosh suyagining oldingi pastki o’sig’idan; 67 b) medial tomondagi serbarmuskul - son suyagi g’adir–budurchizig’ining medial labidan; d) lateral tomondagi serbar muskul-sonning katta ko’stidan vason suyagi g’adir–budur chizig’ininglateral labidan; e) o’rtadagi serbar muskul-son suyagining oldingi yuzasidanboshlanib, bu to’rtta muskul boshchalari son suyagining pastki qismida bitta kuchli payga birlashib,tizza qopqog’i suyagini o’raydi vaboldir tomon borib, katta boldir suyagining g’adir–budur do’mbog’iga yopishadi. F u n k s i ya s i. Boldir tizza bo’g’imini yozadi. Mashinachilar muskuli. Yonbosh suyagining oldingi yuqori o’sig’idan boshlanib, katta boldir suyagining g’adir– budur do’mbog’iga yopishadi. F u n k s i ya s i. Tizza bo’g’imida boldirni bukadi, chanoq bo’g’imida sonni bukib, ichkariga buradi. Medial guruh. Taroqsimon muskul qov suyagining o’tkir qirrasidan boshlanib, shu suyakning qirrali chizig’iga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni bir–biriga yaqinlashtiradi. Sonni yaqinlashtiruvchi uzun muskui qov suyagidan boshlanib, son suyagining g’adir–budur chizig’iga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni bir–biriga yaqinlashtiradi. Sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul qov quymich suyaklaridan boshlanib, son suyagi g’adir–budur chizig’ining boshidan oxirigi qismigacha yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni bir–biriga yaqinlashtiruvchi kuchli muskuldir. Sonni yaqinlashtiruvchi kalta muskul qov suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, son suyagi g’adir–budur chizig’ining tepa qismiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni bir–biriga yaqinlashtiradi. Nozik (ingichka) muskul. Sonning medial tomonida, teri ostida joylashib, qov suyagidan boshlanadi va boldir suyagining g’adir–budur do’mbog’iga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni bir–biriga yaqinlashtiradi. Orqa guruh.Sonning ikki boshchali muskuli — uzun boshchasi quymich suyagining shu nomli do’mbog’idan, kalta boshchasi son suyagining g’adir–budur chizig’i medial labidan boshlariib, kichik boldir suyagining boshchasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni yozadi, boldirni bukib tashqariga buradi. , Yarimpay muskul. Muskulning pastki qismi paydan tuzilganligidan shu nom bilan ataladi. Muskul quymich suyagining shu nomli o’sig’idan boshlanib, katta boldir suyagining g’adir–budur do’mboqchasiga mashinachilar muskul payi bilan "g’oz panjasini" hosil qilib yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni yozadi,boldirni bukadi. Yarimparda muskul yarimpay muskulining ostida joylashib, deyarli yarmi pardadan iborat. Muskul quymich suyagining shu nomli o’sig’idan boshlanib, katta boldir suyagining medial do’ngiga uchta payga ajralib ("chuqur g’oz panjasini" hosil qilib) yopishadi. F u n k s i ya s i. Sonni yozadi, boldirni bukadi. Boldir muskullari Boldir muskullari uch guruh (oldingi, lateral va orqa) ga bo’linib joylashgan. Oldingi guruh. Oldingi katta boldir muskuli katta boldir suyagining yuqori lateral yuzasidan, lateral do’ng o’sig’idan boshlanib, birinchi ponasimon suyakka va birinchi oyoq kaft suyagiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Oyoq panjasini yozadi, panjaning medial tomonini ko’taradi. Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul—katta boldir suyagining lateral do’ngidan, suyaklararo pardadan boshlanib, to’rtta payga ajralib, II—V barmoqlar dorzal yuzalariga yopishadi. F u n k s i ya s i. Panja va bar–moqlarni yozadi. Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul—kichik boldir suyagining medial yuzasidan boshlanib, bosh barmoqqa yopishadi.F u n k s i ya s i. Panjani va bosh barmoqni yozadi. Orqa guruh. Bu muskullar yuza va chuqur qavat bo’lib joylashadi. Yuza qavat. Boldirning uch boshli muskuli—boldir muskuli va kambalasimon muskuldan tuzilgan.Boldir muskuli ikki boshli bo’lib, ular katta boldir suyagining medial va lateral do’ng o’siqlaridan boshlanadi va boldirning o’rtalarida kuchli payga aylanib, kambalasimon muskul payiga qo’shiladi va tanada eng kuchli — tovon payi nomi bilan tovon suyagi o’sig’iga yopishadi. Kambalasimon muskul—boldir muskulining ostida joylashgan bo’lib,kichik boldir suyagining tepa qismidan boshlanadi. Uning muskul qismi— boldirning o’rtalarida payga aylanib, tovon payiga qo’shiladi hamda tovon suyagining o’sig’iga yopishadi.Funksiyasi. Oyoq panjasini bukadi. 68 Tovon (oyoq kafti) muskuli. Son suyagining taqim yuzasidan boshlanib, tovon suyagining do’mbog’iga yopishadi. Bu muskul ba’zan uchramaydi. F u n k s i ya s i. Tizza bo’g’imi bukilganda bo’g’im kapsulasini tortadi. Ch u q u r q a v a t . Barmoqlarni bukuvchi uzun muskul katta boldir suyagining orqa yuzasidan boshlanib, boldirning pastki qismida to’rtta payga bo’linadi va II—V barmoqlarga yopishadi. F u n k s i ya s i. Oyoq panjasini va II—V barmoqlarni bukadi. Katta boldir orqa muskuli—boldir suyaklararo membranadan boshlanib, qayiqsimon va medial ponasimon suyaklarga yopishadi.F u n k s i ya s i. Oyoq panjasini bukadi. Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul Kichik boldir suyagi orqa yuzasining pastki qismidan boshlanib, bosh barmoqning tirnoq falangasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bosh barmoqni bukadi. Lateral guruh. Kichik boldirning uzun muskuli Kichik boldir suyagining boshchasidan va yuqori qismidan boshlanib, uning payi medial to’piq orqasidan o’tadi, oyoq panjasining kaft yuzasidan yo’nalib bosh barmoq ikkinchi falangasining kaft yuzasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Oyoq gumbazini mustahkamlaydi, oyoq panjasini va bosh barmoqni bukadi. Kichik boldir kalta muskuli kichik boldir suyagining pastki qismidan boshlanib, kaft suyagiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Oyoq panjasining lateral chetini ko’taradi. Oyoq panjasining muskullari Oyoq panjasining ust tomonidagi barmoqlami yozuvchi kalta muskul va bosh barmoqni yozuvchi kalta muskullar bo’lib, tovon suyagining lateral yuzasidan boshlanadi hamda barmoqlarning ustki yuzasiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Barmoqlami yozadi. Oyoq panjasining kaft tomondagi niuskullari — bosh barmoq, jimjiloq tomondagi tepaliklarni hosil qiladi. Bulaming oralig’ida o’rta guruh muskullari joylashgan bo’ladi. Bosh barmoq tomondagi muskullar: uzoqlashtiruvchi muskul tovon suyagining medial o’sig’idan boshlanib, bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi. Bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul medial ponasimon suyakdan boshlanib, bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Bosh barmoqni bukadi. Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul—kubsimon suyak, II—V kaft suyaklaridan boshlanib, bosh barmoqni birinchi falangasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi. Jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul tovon suyagidan boshlanib, jimjiloqning birinchi falangasiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Jimjiloqni boshqa barmoqlardan tortadi. Jimjiloqni bukuvchi kalta muskul. Beshinchi kaft suyagidan boshlanib, jimjiloqning birinchi falangasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Jimjiloqni bukadi. Barmoqlami bukuvchi kalta muskul tovon suyagidan boshlanib, II—V, barmoqlarning ikkinchi falangasiga yopishadi. F u n k s i ya s i. Oyoq gumbazini mustahkamlaydi, barmoqlarni bukadi. Oyoq kaftining kvadrat muskuli—tovon suyagidan boshlanib, barmoqlarni bukuvchi uzun muskul payiga yopishadi.F u n k s i ya s i. Barmoqlarni bukadi. Oyoq panjasining chuvalchangsimon muskullari—II—V barmoqlar birinchi falangalari oralig’ida joylashgan. Suyaklararo muskullar. Oyoq kaft suyaklari oralig’ida joylashgan. F u n k s i ya s i. Kaft suyaklarini o’zaro yaqinlashtiradi. O’tilgan mavzular bo’yicha nazorat savollari. 1.Yelka kamari muskullari qaysi muskullardan tuzilgan? 2. Yelkaning orqa guruh muskullari. 3. Yelka muskullari haqida gapiring. 4. Bilak muskullari joylanishiga qarab turlari. 5. Oyoq muskullari va ularning funksiyasi. 6. Chanoq muskullari va ularning funksiyasi. 7. Boldir muskullari va ularning funksiyasi. 8. Son kanali qanday chegaralangan? 9. Son fassiyasining vazifasi. 10. Qo’l kafti muskullari. 69 Mavzu: Ovqat hazm qilish organlar tizimi. Og’iz bo’shlig’i va halqum. Reja : 1. Ovqat hazm qilish a’zolari haqida tushuncha. 2. Og’iz bo’shlig’i tuzilishi, qismlari va vazifasi. 3. Halqum tuzilishi, joylanishi va vazifasi. Ichki a’zolarga ko’krak, qorin va chanoq bo’shliqlarida joylashgan a’zolar kiradi. Ichki a’zolar bajaradigan ishiga qarab alohida sistemalarga ajratiladi. Hazm va nafas a’zolarining boshlanish qismlari esa bo’yin hamda kalla sohasida joylashgan. Siydik ajratish a’zolarining boshlanish qismi qorin pardasining orqa sohasida, davomi esa chanoq bo’shlig’ida joylashgan. Jinsiy a’zolar ham chanoq bo’shlig’ida joylashgan. Hazm, nafas va siydik ajratish a’zolari organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Jinsiy a’zolar odatda ichki–shilliq va shilliq osti qavatlari, o’rtadmuskul qavati va tashqi—seroz parda qavatidan tuzilgan. Shilliq parda— hazm a’zolarining hamma qismi (og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, me’da va ichaklar) ni ichki tomondan qoplab turadi. Shilliq qavatning ustki yuzasini esa epiteliy parda qoplab turadi. Epiteliy parda hazm a’zolarining hamma qismlarida (me’dadan tashqari) ham bir xil ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo’lsa, me’da bir qavatli— prizmatik epiteliy bilan qoplangan.Shilliq qavatning rangi undagi qon tomirlarining va qonning ko’p yoki oz bo’lishiga qarab pushti rangdan boshlab to’q qizil ranggacha bo’ladi. Shilliq osti qavati—shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, shilliq qavati bilan qo’shilib turadi. Shilliq osti qavati hazm a’zolarida, og’iz bo’shlig’i va halqumdan tashqari, shilliq pardaning burmalarini hosil qiladi. Muskul qavat — hazm a’zolari devoridagi shilliq va shilliq osti qavatidan keyingi uchinchi qavat bo’lib, silliq muskull–ardan tuzilgan. Hazm a'zolarining sxemasi. Ammo og’iz bo’shlig’i, halqum, 1-halqum; 2–qizilo’gach; 3–me’da; 4–me’daning o’n ikki qizilo’ngachning yuqori qismi va orqa barmoq ichakka o’tish qismi; 5–o’n ikki barmoq ichakning chiqaruv teshigi, devori ko’ndalang– ingichka ichakka o’tish qismi; 6–ingichka ichak, 7– targ’il muskul tolalaridan iborat. tushuvchi chambar ichak; 8– «S» simon ichak,; 9–to’g'ri Silliq muskul tolalari, odatda, ichak; 10–chuvalchangsimon o’simta; 11–yonbosh ichak; aylanma va uzunasiga ikki qavat 12–ko’r ichak; 13–ko’tariluvchi chambar ichak; 14– bo’ladi. Silliq muskul o’zining tuzilishi ko’ndalang chambar ichak. va fiziologik xususiyatlari bilan ko’ndalang–targ’il muskullardan farq qiladi. Qo’zg’alishni ular juda sekin o’tkazadi. Jumladan, qo’zg’alish odamning ingichka ichagida lsm/s tezlikda tarqaladi. Silliq muskullarning taranglashish davri 20 s ni, bo’shashish davri 60 s ( 60-80 s ) ni tashkil qiladi. Silliq muskullar avtomatik ravishda qisqaradi. Simpatik va parasimpatik nervlar orqali keladigan impulslar esa regulyator (tartibga solish) vazifasini bajaradi. Jumladan, nerv impulslari a’zolarning (qon tomirlarining ham) tonusini kuchaytirarkan, uning hajmi o’zgaradi.Silliq muskullar cho’ziluvchan bo’lganidan kavak a’zolar (me’da,bachadon, qovuq va boshqalar) kerakligicha kengayish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ammo silliq muskullar cho’zilgani bilan tarangligi ortmaydi. 70 Seroz parda — silliq bir qavatli yassi epiteliy (mezoteliy) hujayralaridan tuzilgan bo’lib, hazm qilish a’zolarining eng ustidan o’raydi va biriktiruvchi nozik to’qima vositasida muskul qavatga tutashadi. Seroz parda qorin pardasining ichki varag’i bo’lib, qorin bo’shlig’idagi a’zolarning ustidan o’rab turadi. Hazm kanalining seroz parda o’ramagan qismlari(og’iz bo’shlig’i,halqum, qizilo’ngachning bo’yin va ko’krak qismlari) to’g’ri ichakning pastki qismi qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan parda bilan o’ralgan. Bezlar to’g’risida tushuncha Ichki a’zolar sistemasining shilliq qavatida bezlar va limfoid to’qimalar joylashgan. Bezlar epiteliysi hujayralardan tuzilgan bo’lib,turlicha bo’ladi. Jumladan, organizmdagi barcha bezlar ajratadigan suyuqlig’iga qarab uch turkumga bo’linadi: 1 . T a s h q i s e k r e t b e z l a r i — og’iz bo’shlig’idagi, me’da–ichak devoridagi bezlar,ter va yog’ bezlari, ular o’z suyuqliklarini maxsus naychalar orqali tananing ma’lum bir sohasiga quyadi; 2. I c h k i s e k r e t b e z l a r i — suyuqlik (gormon) lari to’g’ridan–to’g’ri qongashimiladi (gipofiz, buyrakusti bezi, qalqonsimon bez va hokazo); 3. A r a 1 a sh b e z l a r — ikki xil suyuqlik (sekret) ishlab chiqaradi. Sekretning bir qismi qonga shimilsa, ikkinchisi maxsus naychalar orqali organizmning ma’lum bir qismiga quyiladi (me’da osti bezi va jinsiy bezlar). Tashqi sekret bezlar ikki xil: sodda va murakkab tuzilishga ega. Sodda tuzilgan bezlar naysimon tuzilishga ega bo’lib, sekret to’plangan paytda tubi kengayib, qalqonsimon shaklda bo’ladi. Murakkab tuzilgan bezlar alohida alveolalardan tuzilgan bo’lib, bu bo’laklar o’z alveolalari va maxsus naychalari orqali bir–biriga qo’shiladi. Murakkab tuzilgan bezga soiak bezlari va me’da osti bezi misol boiadi. Bulardan tashqari, hazm a’zolarining shilliq qavatida retikulyar to’qima (yulduzsimon limfa tugun) lari uchraydi. Bular yakka–yakka yoki guruh holida joylashgan. Ichki a’zolarning rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumot Ichki a’zolar embrional taraqqiyotning IV haftalarida endodermadan paydo bolgan birlamchi ichak naychasidan boshlanadi. Ichakning muskul qavati mezodermadan rivoj–lanadi. Ichak naychasi embrionning umurtqa pog’onasini old tomonida unga boshidan oxirigacha parallel joylashgan boladi. Keyingi rivojlanish davrida ichak naychasi embrionga nisbatan tez o’sib, qorin bo’shlig’ida ikkita burilish (tizza)ni hosil qiladi. Natijada ichak naychasi bosh, o’rta va orqa ichak naycha qismlariga ajraladi. Bu vaqtda embrionning bosh qismining yuz tomonidagi ektodermadan og’iz bo’shlig’i va tilning oldingi qismlari rivojlanadi. Bunga qarama–qarshi birlamchi ichak naychasining bosh qismidan esa og’iz bo’shlig’ining va tilning orqa bo’lagi,,hiqildoq, qizilo’ngach va me’da rivojlanadi. Og’iz bo’shlig’ining oldingi boiagi bilan orqa qismi embrion rivojlanishida o’zaro qo’shilib, butun og’iz bo’shlig’i va tilni vujudga keltiradi. Birlamchi ichak naychasining bosh qismidan og’iz bo’shlig’i va tildan tashqari tishlar, so’lak bezlari, limfoid to’qimalar va qalqonsimon bez,qalqonsimon bez orqa tanachalari va ayrisimon bezlar rivojlanadi. Birlamchi ichak naychasining o’rta qismidan o’n ikki barmoq ichak, och ichak, yonbosh ichak va ularga aloqador bezlar (jigar,me’da osti bezi) rivojlanadi. Birlamchi ichak naychasining oxirgi qismidan esa ko’richak, ko’tariluvchi, ko’ndalang va pastga tushuvchi chambar ichaklar, "S"simon va to’g’ri ichak taraqqiy etadi. To’g’ri ichakka qarab chuqurcha (bo’lg’usi orqa teshik) vujudga keladi. Keyinchalik rivojlanish jarayonida o’rtadagi parda shimilib ketadi va to’g’ri ichak tashqariga orqa teshik orqali ochiladi. Ovqat hazm qilish a’zolari to’g’risida ma’lumot Organizmda moddalar almashinuvi jarayoni avalo ovqat hazm qilish a’zolaridan boshlanib, keyin iste’mol qilingan ovqat moddalari fizik, kimyoviy va fiziologik xossalari yordamida hujayralar va to’qimalarning o’zlashtirishi uchun moslashadi. Jumladan, yirik molekulali va suvda erimaydigan murakkab birikmalar suvda eriydigan mayda molekulali holatga o’tgandagina hazm bo’ladi. Binobarin, ovqat hazmi avvalo fizik o’zgarishdan (ovqat moddasi maydalanib, aralashib eriy boshlaydi) boshlanadi. Ovqat moddalariga kimyoviy ta’sir esa hazm yo’lida joylashgan bez shiralari vositasida sodir bo’ladi. Oqsillar, yog’lar va uglevodlar bez shiralari tarkibidagi fermentlar ta’sirida oddiy kimyoviy birikmalarga aylanadi. Oqsillar aminokislotalargacha, uglevodlar monosaxaridlargacha, 71 yog’lar glitsirin bilan yog’ kislotalarigacha parchalangandan so’ng ichak so’rg’ichlari orqali qon va limfalargacha shimilib hujayra to’qimalariga tarqaladi. Suv, mineral tuzlar va vitaminlar qonga o’zgarmagan holda o’tadi. Odamning hazm a’zolari sistemasida ovqat moddalarining parchalanib shimilishi uchun bir kecha–kunduzda o’rtacha 101 gacha (taxminan 1,51 so’lak, 2,51 me’da shirasi, 11 me’da osti bezi shirasi, 1,21 jigar o’ti, 2,51 ichak shiralari va 1,5 — 21 iste’mol qilingan suyuqlik) suyuqlik kerak bo’ladi. Shiralar tarkibidagi fermentlar spetsifik xususiyatga ega bo’lib, ular faqat ma’lum bir moddaning parchalanishini tananing optimal (36—37°) haroratida bajaradi. Og’iz bo’shlig’i Og’iz bo’shlig’i (cavum oris) — hazm a’zolari sistemasining boshlanish qismi bo’lib, ovqat dastlab shu bo’shliqda qabul qilinib, tishlar vositasida maydalanadi va so’laklar yordamida kimyoviy parchalanib, me’daga o’tkazish uchun tayyorlanadi. Og’iz bo’shlig’i 1-yuqorgi lab yuganchasi; 2-milk; 3-til oldi bezi; 4-til nervi; 5-pastki ko’ndalang muskul; 6-til yuganchasi; 7-til osti so’lak bezi; 8-pastki jag’ yo’li; 9-milk; 10-pastki lab yuganchasi; 11til osti so’rg’ichi; 12-og’iz tubi; 13-til osti burmalar; 14tilning pastki yuzasi; 15-til osti burmalari; Og’iz bo’shlig’i — og’izning kirish qismi dahlizdan va xususiy og’iz bo’shlig’idan iboratdir. Og’iz dahlizi — old tomondan yuqori va pastki lablar bilan yon tomondan lunjlar bilan, orqa tomondan yuqori va pastki jag’, ularda joylashgan tishlar va milklar bilan chegaralanadi. Lablar tashqi tomondan teri, ichkari tomondan shilliq pardalar bilan qoplansa, uning asosini lablarning aylanma joylashgan mimik muskuli tashkil etadi. Tepa va pastki lablar o’rtasidagi yoriq og’ziga kirish teshigi deb ataladi. Lablarning shilliq qavatida juda ko’p bezlar joylashgan. Lablarning shilliq qavati tishlarni o’ragan milklargacha davom etib, markaziy qismida yuqorigi va pastki burmalarni hosil qiladi. Lunj (buccae) — iablarning bevosita davomi bo’lib, uning chuqur qatlamida yog’ qavatlari, shilliq qavatida esa mayda bezchalar joylashgan. Og’iz dahlizi lunj vositasida (oziq tish orqasida) xususiy og’iz bo’shlig’iga qo’shiladi.Xususiy og’iz bo’shlig’i berk turganda ikki yon va old tomondan tishlar, milklar bilan chegaralanadi. Yuqori devorini qattiq va yumshoq tanglay hosil qiladi hamda burun bo’shlig’ini og’iz bo’shlig’idan ajratib turadi. Og’iz bo’shlig’ining pastki tomonini pastki jag’, til osti muskuli bilan boshqa muskullar berkitib turadi va uni og’iz bo’shlig’ining diafragmasi deb ataladi. Og’iz bo’shlig’ining shilliq qavatida mayda bezlar ko’p bo’ladi. Qattiq tanglay (palatum durum) — yuqori jag’ning tanglay o’sig’i bilan tanglay suyagining ko’ndalang o’sig’idan tuzilgan.Uni o’rab turgan shilliq qavatida bezlar ko’p uchraydi. Yumshoq tanglay (palatum molle) — muskullardan iborat bo’lib, orqa tomoni halqumga osilib turadi. Uning o’rtasida tilcha joylashgan. Uning shilliq qavati qattiq tanglay shilliq qavatining davomi bo’lib hisoblanadi. Yumshoq tanglay bilan til ildizi orasida tiltanglay ravog’i va orqada tanglay – halqum ravog’i bor. Bu ravoqlar orasida murtak bo’shlig’i bo’lib, tanglay murtagi joylashgan. Murtak tuzilishiga ko’ra limfoid to’qirnalarga kiradi. Shunday qilib, og’iz bo’shlig’idan halqumga o’tish teshigi bo’g’iz (tomoq)ni yuqoridan yumshoq tanglay chodiri, ikki yon tomondan tanglay ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va til ildizi chegaralab turadi. 72 Tishlar — ovqatni tishlab uzib olish, chaynab maydalash, so’zlarni to’g’ri talaffuz etishda faol ishtirok etadi. Tishlar tepa va pastki jag’lardagi maxsus katakchalarda joylashgan bo’lib, og’iz bo’shlig’ining dahlizi bilan xususiy og’iz bo’shlig’i o’rtasida chegara bo’lib joylashgan.Tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanadi hamda shilliq pardaning suyaklangan so’rg’ichlari hisoblanib, jag’ suyaklarining maxsus tish katakchaliriga mix kabi kirib joylashgan. Odamda tishlar ikki marta almashinadi. Bolalarda sut tishlari 6-7 oyligidan boshlab birin–ketin chiqa boshlaydi va bola 2-2,5 yoshga to’lganda (ba’zida bundan ham kechroq) butunlay chiqib bo’ladi. Sut tishi 20 ta bo’lib, 6-7 yoshga qadar turadi. Sut tishlarning formulasi quyidagicha: 2012 2102 2012 2102 Markazdan sanalganda ikkita kurak tishi 6-9 oylikda chiqadi.Bitta qoziq tishi 16-20 oylikda chiqadi, ikkita katta oziq tishlar 15-30 oyda chiqadi. Sut tishlari nozik va kichik bo’lib,unchalik mustahkam joylashmagan bo’ladi. 6-7 yoshlardan boshlab doimiy tishlar chiqa boshlaydi.Doimiy tishlar formulasi quyidagicha bo’lib: 3212 2123 3212 2123 Ikkita kesuvchi kurak tish 8-9 yoshlarda chiqadi, bitta qoziq tish 11-13 yoshlarda chiqadi, ikkita kichik oziq tish 10-15 yoshlarda chiqadi, uchta katta oziq tish-bulardan birinchisi 6-7 yoshda va ikkinchisi 11-13 yoshlarda, uchinchisi (aql tishi) 18-25 yoshlarda chiqadi. Aql tishi ba’zida ko’rsatilgan vaqtdan kechroq yoki butunlay chiqmasligi ham mumkin. Og’iz yumilganda yuqori va pastki jag’dagi tishlarning chaynov yuzalari bir–birigayaqinlashadi. Jumladan, katta va kichik oziq tishlarning chaynov yuzalari bir– biriga zich tegib tursa, yuqori kurak tishlar (yuqori jag’ suyagining ravog’i kengroq bo’lganidan) pastki jag’dagi kurak tishlarning oldiga o’tadi. Bulardan tashqari, yuqori jag’dagi oldingi tishlar lab tomonga, pastki jag’dagi oldingi tishlar til tomonga qarab yo’nalgan. Har bir tish uch qismdan iborat: uning og’iz bo’shlig’iga o’sib chiqqan qismi-toj qismi, jag’ suyaklarining tish kataklariga joylashib turgan qismi-tish ildizi va bu ikki qism o’rtasidagi biroz toraygan (chegara) joyi — tish bo’yinchasi deyiladi. Tishlar kimyoviy tarkibi jihatidan suyakka yaqin, lekin juda zich tuzilgan. Tishning toj qismi dentin moddadan tuzilgan bo’lib, ustini juda mustahkam modda emal o’rab turadi. Emalning ust tomonini juda yupqa shohsimon kutikula pardasi o’rab turadi. Bu parda emalni yemirilishdan saqlaydi. Tishning bo’yinchasi va ildizi sement moddasidan tuzilgan. Tish ildizining uchidagi teshik orqali tish ildizi kanaliga toj qismidajoylashganbo’shliqqao’tiladi. Bo’shliqda tishning qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan yumshoq qismi — pulpa joylashgan. Qon tomirlar va nervlari tish teshigi hamda kanali orqali pulpaga boradi. Tishlarning ildiz qismlari milk bilan o’ralib mustahkamlanadi. Til (lingua)— muskullardan tuzilgan bo’lib, og’iz bo’shlig’ida joylashgan. Til faqat hazm a’zolariga kirmasdan, so’zlashda, talaffuzda bevosita va faol qatnashadi. Tilning old til uchi, o’rta til tanasi va orqa kengaygan qismi — til ildizi bo’ladi. Tilning uchi va yon tomonlari tishlarga tegib turadi. So’rg’ichlarga boy ustki yuzasi qattiq va yumshoq tanglaylarga tegib turadi. Tilning ustki yuzasida to’rt xil so’rg’ich joylashgan: 1. I p s i m o n s o ’ r g ’ i c h l a r — tilning ust yuzasida duxobasimon tus berib joylashgan. Bu so’rg’ichlar ovqatni qabul qilishda, chaynashda va halqumga yo’naltirishda qatnashadi. 2. Z a m b u r u g ’ s i m o n s o ’ r g ’ i c h l a r — tilning uchi va yonlarida joylashgan bo’lib, ta’m bilishda xizmat qiladi. 73 3. Halqa b i l a n o ’ r a l g a n (tarnovsimonso’rg’ichlar) — 7—15ta bo’lib,tilning ildizi bilan tanasining chegarasida joylashgan. Qo’r teshikning ikki yonboshida "V" raqam shaklida joylashgan. U ta’m bilish vazifasini bajaradi. 4. V a r a q s i m o n s o’ r g’ i ch 1 a r — kitob varaqlari kabi tilning yonlarida joylashgan. Ta’m bilishda qatnashadi. Tilning pastki yuzasi faqat oldingi qismdagina erkin, qolgan qismi til ildiziga qo’shilib ketgan. Pastki yuzidagi shilliq qavat hisobiga ikkita g’ijim burma hosil qilgan. Til murtagi tilning shilliq qavatida yakkama–yakka yoki to’planib joylashgan limfoid to’qimadan iborat. Murtaklar ko’proq til ildizi sohasida uchraydi.Til muskullari xususiy va skelet muskullaridan iborat. Skelet muskullari uch juft bo’lib, bular skeletning biror joyi–dan boshlanib, tilga tutashadi. 1. E n g a k – t i l o s t i m u s k u l i — pastkijag’ suyagining engak o’simtasidan boshlanib, tilga tutashadi. Muskul qisqarib, tilni pastga va orqaga tortadi. 2. Til osti – t i l m u s k u l i t i l osti suyagiddn boshlanib, tilning yon tomonlariga tutashadi. Tilni pastga va orqaga tortadi. 3. B i g i z – t i l m u s k u l i — chakka suyagining bigizsimon o’sig’idan boshlanib, tilning yonboshiga tutashadi. Muskul qisqarib, tilni yuqoriga va orqaga tortadi. Tilning xususiy muskullari, tolalari turli tomonga yo’nalgan. Bu holat tilda ustki va pastki bo’ylama muskul, tilning ko’ndalang va tikka yo’nalgan muskullari borligini ko’rsatadi. Bu muskul tolalari o’zaro tutashib va chirmashib ketgan. Buning natijasida til turli tomonga burilish va o’z shaklini o’zgartirish xususiyatiga ega bo’ladi. So’lak bezlari Og’iz bo’shlig’ining shilliq qavatida turli hajmda juda ko’p so’lak bezlari joylashgan. Ular naysimon tuzi–lishga ega bo’lib, til, lab, lunj va tanglay bezlari nomi bilan ataladi. Bulardan tashqari, og’iz bo’shlig’i atrofida uch juft katta hajmdagi bezlar joylashgan. 1 . Q u l o q o l d i b e z i — alveolyartuzilishgaegabo’lib, yuz terisi ostida, tashqi quloq pastki va qisman chaynov muskuli ustida joylashgan. Orqa tomondan pastki jag’ suyagining orqa tomonidagi chuqurcha (to’sh–o’mrov–so’rg’ichsimon muskul) gacha boradi. Bez alohida – alohida bo’lakchalardan iborat bo’lib, ularning naychalari markaziy nayga qo’shiladi. Bezning og’irligi 25—30 g, fibroz parda bilan o’ralgan. Uning naychasi chaynov muskulidan ko’ndalang o’tib, lunj muskuli orqali og’iz bo’shlig’ining dahliziga, yuqori jag’ning ikkinchi oziq tishlar sohasida ochiladi. Quloq oldi bezi oqsilga boy tiniq seroz suyuqligini ajratadi. 2.Jag’ osti b e z i — alveolyarnaysimontuzilishgaega bo’lib, bezning og’irligi 15gbo’lib, pastkijag’ osti chuqurligida joylashgan. Bu bez yaxshi taraqqiy etgan parda bilan o’ralgan. Uning nayi til ostidagi so’rg’ichlarga ochiladi. Jag’ osti bezi oqsil aralashgan shilliq suyuqlik ajratadi. 3. T i 1 osti b e z i — alveolyar naysimon tuzilgan (og’irligi 5 g) bo’ladi. Pastki jag’ suyagi tanasining ichki yuzasidagi shu nomli chuqurchada, til osti jag’ muskuli ustida joylashgan. Bez ustini til osti shilliq qavati burmasi qoplab turadi. Bu bez boshqa bezlar kabi bo’lakchalardan tuzilgan. Ularning naylari alohida yoki pastki jag’ bezining nayi bilan qo’shilib, bitta nay hosil qiladi. Bu naychalar til ostidagi shilliq burmasining ikki yoniga ochiladi. Bu bez oqsil aralashgan shilliq so’lak ajratadi. Og’iz bo’shlig’i fiziologiyasi Ovqat moddalari dastlab og’iz bo’shlig’ida mexanik va kimyoviy o’zgarishga uchraydi. Ovqatning ta’mi, sifati, ularning organizm uchun zararsizligini og’iz bo’shlig’ida joylashgan sezuvchan nerv oxirlari (retseptorlar) orqali aniqlanadi. Sifatsiz, organizmga zararli ovqatni darhol chiqarib tashlanadi. I.P.Pavlov og’iz bo’shlig’ini hazm qilish a’zolar sistemasining sinov bo’limi hisoblagan. Ovqat moddasi og’iz bo’shlig’ida 15—20 sek davomida chaynash yo’li bilan maydalanib, so’lak bilan aralashtirilib yutishga tayyorlanadi. So’lak og’iz bo’shlig’i atrofida joylashgan so’lak bezlarining mahsuloti bo’lib, bir kecha–kunduzda o’rtacha 1,5 l. ajraladi. So’lak amilaza va maltaza fermentlari bo’lgan turli tuzlar va oqsil ishqorli suyuqlikdir. So’lak fermentlari uglevodlarni qisman parchalaydi, kraxmallarni esa disaxaridlargacha parchalaydi. Mutsin 74 so’lakni yopishqoq qilib, ovqat luqmasini yopishtirib yumaloqlaydi va atrofmi silfiqlab yutishiga tayyorlaydi. So’lak fermentlari ovqat me’daga tushguncha o’z ta’sirini saqlaydi. Me’dada esa so’lak fermentlari kislotali muhitda ta’sirini yo’qotadi. So’lak odatda ovqat to’g’risida gap ketganda, ko’zga ko’ringanda yoki yeyilganda sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar) ning ta’sirlanishi natijasida ajraladi. Ta’sirlangan retseptorlar impulsini markazga intiluvchi nerv orqali uzunchoq miyada joylashgan so’lak bezlari markaziy yadrolariga yetkazadi. Yadrolardan markazdan uzoqlanuvchi (sekrektor) nervlar orqali impulslar so’lak bezlariga kelgandan so’ng so’lak ajralishi sodir bo’ladi. Bunga so’lak bez refleks yoyi deyilsa, bezlarning nervlar orqali qo’zg’alib, so’lak chiqarish jarayonini so’lak refleksi deb ataladi. Odamda shartsiz yoki tug’ma reflekslardan tashqari, shartli reflekslar ham bo’ladi. Shartli reflekslar hayot mobaynida bosh miya po’stlog’ining bevosita ishtiroki bilan vujudga keladi. Bunda tashqi ta’sirot (ovoz,yorug’lik kabi) larning ishtirokida vujudga keladi. Shartli refleks ta’siri shartsiz refleks (ovqat ta’siroti) dan birmuncha oldinroq paydo bo’ladi. Jumladan, ovqat kelishi to’g’risidagi xabarning o’zi so’lak ajralishiga sabab bo’ladi. Bunga shartli refleks deyiladi. Odamda so’zlash qobiliyati paydo bo’lishi bilan og’iz bo’shlig’idagi mayda bezlar doimiy ishlaydigan bo’lgan. Ular o’z suyuqliklari bilan og’iz bo’shlg’idagi shilliq pardani namlab turadi. Aks holda so’zlash qiyinlashib, qo’shimcha suv bilan namlash kerak bo’ladi. Yutish — ovqat moddasi og’iz bo’shlig’ida mexanik va kimyoviy parchalanib, so’lak bilan aralashib yutishga tayyor bo’lgan luqma odamning ixtiyori bilan til ildizi tomon yo’naltiriladi. Luqma til ildiziga borib yumshoq tanglayga tegishi bilan ovqatning halqumga o’tishi (yutish) odam ixtiyorisiz bajariladi. Bu vaqtda yumshoq tanglay ko’tarilib, burun bo’shlig’iga kirish yo’li (xoana) ni berkitadi. Hiqildoq esa yuqoriga ko’tarilib, unga kirish yo’li hiqildoq usti tanglay yordamida berkitiladi. Natijada ovqat luqmasi halqumga o’tadi va yuqoridan pastga qizilo’ngachga qarab yo’naladi. Ovqat luqmasi halqumdan qizilo’ngachga yo’nalib, halqum devori muskullarining yuqoridan pastga qarab qisqarishi va ovqat moddasining og’riligi va uning so’lak bilan o’ralib namlanishi tufayli qizilo’ngachga tushadi. Qizilo’ngach muskullari esa to’lqinsimon (yuqoridan pastga qarab) qisqarib, ovqatni me’da tomon suradi. Yutish jarayonida og’iz bo’shlig’idan me’daga ovqat suyuq bo’lsa, 2-3 sek, qattiq bo’lsa, 6-8 sek davomida tushadi. Patologiyasi — ko’pincha tishlarning kasalligi yoki bo’lmasligi tufayli chaynash buziladi. Natijada yaxshi chay–nalmagan ovqat me’da faoliyatini buzadi. Milklar va og’iz bo’shlig’i pardasining yallig’lanishi (stomatit, gingivit) da, travmatik shikastlanishida ham, chaynash buziladi, Milklar va og’iz bo’shlig’i yallig’langanda, surunkali zaharlanishda so’lak bezlarining sekretsiyalari (ko’plab so’lak ajraladi) kuchayadi. Agar ko’plab so’lak ajralgan (gipersalivatsiya) paytda yutish akti ham buzilgan bo’lsa, unda so’lak tasriqariga oqadi. Ich ketarda,isitmada v& kuchli terlash paytlarida so’lak ajralishi kamayadi. Bungagiposalivatsiyadeyiladi. So’lak kam ajralishi ovqatni kam namlanib luqma shakllanishining buzilishiga va yutishning qiyinlashishiga sabab bo’ladi. So’lak kam ajralsa, og’iz bo’shlig’i yallig’lanib, til oq karash bilan qoplanadi. So’lak bezlariga mikroblar kirib ularni yallig’laydi. Bulardan tashqari so’lakning kam ajralishi yutishning buzilishiga ham sabab bo’ladi. Yutishning buzilishi bo’g’ma kasalidan so’ng, yumshoq tanglay halqum innervatsiyalari buzilganda yoki bosh miya shikastlanganda, halqum muskullari spazmasida ham yuz beradi. Angina (lat. qisish, bo’g’ish)—tomoq yoyi, nay murtaklari (tonzillit) va halqumning yallig’lanishiga aytiladi. Angina ko’pincha yuqumli mikroblar orqali paydo bo’ladi. Anginaning turli formalari mavjud. O ’ t k i r k a t a r a l a n g i n a nay, tanglay vahalqum murtaklari (limfoid to’qimalar) va ular pardasining qizarishi bilan ifodalanadi. Ba’zida murtak katakchalarida infiltrat to’planib, ularni kattalashtiradi. F i b r i n o z a n g i n a — nay murtaklari ustida kulrang fibrinoz qoplama paydo bo’ladi. Flegmonoz anginada mur–taklar haddan tashqari kattalashib, ularda abssesslar (yiring) hosil bo’ladi. Bular intoksikatsiya keltirib chiqarishi, hatto nafas yo’llarini qisib, bo’g’ishi mumkin. N e k r o t i k a n g i n a kam uchrasada, bunda nekrotik o’zgarishlar kuchayadi. 75 S u r u n k a l i a n g i n a (tonzillit) o’tkir anginaning davomi bo’lib, bunda limfoid to’qimalar o’zgaradi. Shuning uchun arzimagan sabablar tufayli qaytalanadi. Difteriya — o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, ko’proq bolalarda (ba’zida kattalarda ham) uchraydi. Difteriyani chaqiruvchi mikroblardan ajralgan suyuqlik (toksin) ni zaharlashi natijasida organizmning reaksiyasi tufayli difteriya rivojlanadi. Yumshoq va limfoid to’qimalar va nerv tolalari difteriya toksinidan tez ta’sirlanadi. Natijada tomoq va hiqildoqning shilliq qavatlari, murtaklar yallig’lanib bo’rtadi,tovush boylamlari shishib, nafas yo’li berkiladi. Natijada kasal nafas ololmay (asfiksiya) qoladi. Halqum yoki yutqin (pharynx) — voronkaga o’xshash, pastga tomon toraygan bo’ladi. U tepadan kalla suyagining tubi (asosi) dan boshlanib, og’iz va burun bo’shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumning ikki yon tomonidan yirik qon tomirlar va nervlar o’tgan bo’ladi. Halqum orqa tomondan umurtqa pog’onasi va undagi muskullar bilan chegaralanadi, old tomondan esa hiqildoq bilan tutashib turadi. Halqum bo’shlig’i uch qism (burun,og’iz va hiqildoq qismlari) dan iborat. Halqumning burun qismi eng tepa qism bo’lib, burun bo’shlig’iga bir juft xoana (bo’shliq) orqali qo’shilib turadi. Bu qismning pastki chegarasi yumshoq tanglay ro’parasidadir. Halqumning bu qismidan o’rta quloq bilan tutashuvchi eshituv (Evstaxiy) nayi boshlanadi. Nayning tog’ayi halqum tomonga sal bo’rtib chiqqan. Uni shilliq parda o’rab, orqa tomonida biroz chuqurlikni vujudga keltiradi. Shu chuqurlikda eshituv nayi bilan yumshoq tanglay o’rtasida limfa to’qimasidan tuzilgan murtak joylashgan. Halqumning og’iz qismi — old tomondan tomoq orqali og’iz bo’shlig’iga tutashadi. Halqumning bu qismi ham havo, ham ovqat o’tadigan umumiy yo’l bo’lganidan, bu ikki jarayonni yumshoq tanglay tartibga solib turadi. Ovqat luqmasini yutilganda yumshoq tanglay taranglashib, ko’tarilib havo yo’lini to’sadi, havo o’tmaydi. Halqum orqa devorining yuqori qismida limfa to’qimasidan tuzilgan murtak joylashgan. Halqum devorlaridagi ikkita nay murtagi, bitta til murtagi va ikkita tanglay murtaklari halqa shaklda joylashgan. Bularning oralig’ida yana ko’p mayda limfa to’qimalarini uchratish mumkin. Bu murtaklar halqasi — organizmda himoya vazifasini bajaradi. Halqumning hiqildoq qismi birmuncha kalta bo’lib, hiqildoqning orqa tomonida joylashgan. Halqumning bu qismi pastda qizilo’ngachga qo’shilib ketadi. Halqumning hiqildoqqa kirish teshigi bo’lib, uni yon tomondan burmalar chegaralab turadi. Ovqat luqmasi o’tish paytida hiqildoqqa o’tish teshigini hiqildoq usti tog’ayi (hiqildoq qopqog’i) yopib turadi. Suyuqliklar esa hiqildoq teshigining ikki yonboshidagi egatchalar orqali qizilo’ngach tomonga o’tadi. Halqumning devori uch qavat bo’lib, ichki-shilliq pardasi, o’rta-muskul qavati va tashqi-biriktiruvchi to’qima pardasidan iborat. Shilliq parda og’iz burun bo’shlig’idagi shilliq pardaning davomi hisoblanadi. Ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Burun qismi esa kiprikli epiteliydan tuzilgan. Shilliq parda ostida asosan shilliq bezlar joylashgan. Halqumda shilliq osti qavati rivojlanmagan. Shilliq parda muskul qavati bilan flbroz to’qima orqali qo’shilib turadi.Muskul qavati ko’ndalang – targ’il muskullardan tuzilgan bo’lib, cherepitsaga o’xshab, ustma–ust joylashgan halqumning uchta (yuqori,o’rta va pastki) qisuvchi muskullari tafovut qilinadi. Halqumning qisuvchi muskuli kalla suyagining tubi (asosi) dan boshlansa, o’rta siquvchi muskul til osti suyagidan va pastki siquvchi muskul hiqildoq tog’aylaridan boshlanib, halqumni ikki tomonidan o’rab, o’rta chiziqda o’zaro tutashadi. Bundan tashqari, halqumni ko’taruvchi ikki juft muskul mavjud: 1. Bigizsimon o’siq — halqum muskuli chakka suyagining bigizsimon o’sig’idan boshlanib, halqum devoriga yopishadi. 2. Halqum–tanglay muskuli — yumshoq tanglaydan boshlanib, halqum devoriga va qisman hiqildoqqa yopishadi. Halqumning siquvchi va ko’taruvchi muskullari navbatma–navbat tepadan pastga qarab qisqarishi tufayli ovqat asta–sekin yuqoridan pastga, qizilo’ngach tomon yo’naladi. Halqumning tashqi qo’shuvchi to’qima pardasi muskul qavatini tashqaridan o’rab turadi. Bu pardaning tashqi yuzasini kletchatka (yog’ o’rami) o’rab, halqumni qo’shni a’zolardan ajratib turadi. Og’iz bo’shlig’i patologiyasi — ko’pincha tishlarning kasalligi yoki bo’lmasligi tufayli chaynash buziladi. Natijada yaxshi chaynalmagan ovqat me’da faoliyatini buzadi. 76 Milklar va og’iz bo’shlig’i pardasining yallig’lanishi (stomatit, gingivit) da, travmatik shikastlanishida ham, chaynash buziladi, Milklar va og’iz bo’shlig’i yallig’langanda, surunkali zaharlanishda so’lak bezlarining sekretsiyalari (ko’plab so’lak ajraladi) kuchayadi. Agar ko’plab so’lak ajralgan (gipersalivatsiya) paytda yutish akti ham buzilgan bo’lsa, unda so’lak tasriqariga oqadi. Ich ketarda,isitmada va kuchli terlash paytlarida ajralishi kamayadi. Bungagiposalivatsiyadeyiladi. So’lak kam ajralishi ovqatni kam namlanib luqma shakllanishining buzilishiga va yutishning qiyinlashishiga sabab bo’ladi. So’lak kam ajralsa, og’iz bo’shlig’i yallig’lanib, til oq karash bilan qoplanadi. So’lak bezlariga mikroblar kirib ularni yallig’laydi. Bulardan tashqari so’lakning kam ajralishi yutishning buzilishiga ham sabab bo’ladi. Yutishning buzilishi bo’g’ma kasalidan so’ng, yumshoq tanglay halqum innervatsiyalari buzilganda yoki bosh miya shikastlanganda, halqum muskullari spazmasida ham yuz beradi. Angina (lat. qisish, bo’g’ish) — tomoq yoyi, nay murtaklari (tonzillit) va halqumning yallig’lanishiga aytiladi. Angina ko’pincha yuqumli mikroblar orqali paydo bo’ladi. Anginaning turli formalari mavjud. O ’ t k i r k a t a r a l a n g i n a nay, tanglay va halqum murtaklari (limfoid to’qimalar) va ular pardasining qizarishi bilan ifodalanadi. Ba’zida murtak katakchalarida infiltrat to’planib, ularni kattalashtiradi. F i b r i n o z a n g i n a — nay murtaklari ustida kulrang flbrinoz qoplama paydo bo’ladi. Flegmonoz anginada murtaklar haddan tashqari kattalashib, ularda abssesslar (yiring) hosil bo’ladi. Bular intoksikatsiya keltirib chiqarishi, hatto nafas yo’llarini qisib, bo’g’ishi mumkin. N e k r o t i k a n g i n a kam uchrasada, bunda nekrotik o’zgarishlar kuchayadi. S u r u n k a l i a n g i n a (tonzillit) o’tkir anginaning davomi bo’lib, bunda limfoid to’qimalar o’zgaradi. Shuning uchun arzimagan sabablar tufayli qaytalanadi. Difteriya — o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, ko’proq bolalarda (ba’zida kattalarda ham) uchraydi. Difteriyani chaqiruvchi mikroblardan ajralgan suyuqlik (toksin) ni zaharlashi natijasida organizmning reaksiyasi tufayli difteriya rivojlanadi. Yumshoq va limfoid to’qimalar va nerv tolalari difteriya toksinidan tez ta’sirlanadi. Natijada tomoq va hiqildoqning shilliq qavatlari, murtaklar yallig’lanib bo’rtadi,tovush boylamlari shishib, nafas yo’li berkiladi. Natijada kasal nafas ololmay (asfiksiya) qoladi O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari. 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. Xazm sistemasi qaysi a’zolar kiradi? Ovqat hazm qilish sistemasi a’zolari devoir qanday qavatlardan tuzilgan? So’lak bezlarini turlari va vazifasi. Og’iz bo’shlig’i qanday qismlardan tuzilgan? Tilda qanday so’rg’ichlar mavjud? Tishlarni tuzilishi, joylanishi, vazifasi va yoshga hos hususuyatlari. Tish formulasining yozing. 77 78 Mavzu: Qizilo’ngach va me’da anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi. Reja: 1. Qizilo’ngach joylanishi, tuzilishi, qismlari. 2. Me’da tuzilishi va joyalanishi. 3. Me’da fiziologiyasi. Qizilo’ngach (oesophagus) – 25-30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan bo’lib, yuqorida IV bo’yin umurtqasining ro’parasida halqumdan boshlanadi. U bo’yin va ko’krak sohasidan diafragma orqali qorin bo’shlig’iga o’tib, XI ko’krak umurtqasi ro’parasida me’daning kirish qismiga ulanadi. Qizilo’ngach joylanishiga qarab uch bo’limga ajratiladi: yuqori bo’yin qismi VI-VII bo’yin umurtqalari chegarasiga to’g’ri keladi, o’rta ko’krak qismi eng uzun bo’lib, VII bo’yin umurtqasi sohasi bilan X-XI ko’krak umurtqalari ro’parasiga to’g’ri keladi. Pastki qorin qismi eng kalta (taxminan 1-2) bo’lib, diafragmaning qizilo’ngach teshigi orqali o’tib, me’daning kirish qismiga qo’shiladi. Qizilo’ngach orqa tomondan umurtqa pog’onasi bilan chegaralanadi, oldidan esa kekirdakning parda qismiga tegib turadi. Qizilo’ngachning ikki yombosh sohasidan adashgan nerv yo’naladi. Qizilo’ngach bo’yin sohasida ko’krak qafasiga uningustki teshigi orqali o’tadi va VI-VII ko’krak umurtqalari oldida chap bronx bilan kesishib,uning orqa tomon dan o’tib, o’ng tomonga biroz surilibjoylashadi.IX ko’krak umurtqasi so-hasida, qizilo’ngachning old tomonida aorta joylashadi va u yana biroz chap tomonga surilib, diafragma orqali qorin bo’shlig’iga o’tib ketadi.Qizilo’ngach devori uch qavatdan iboratdir. Uning eng ustki qavati qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan. Qizilo’ngachning qorin bo’shlig’idagi qismi ust tomondan qorin pardasi bilan o’ralgan. Muskul qavati esa ikki qavatdan iborat bo’lib, uning tashqi qavati uzunasiga yo’nalgan, ichki qavati ko’ndalangiga qarab joylashgan muskul tolalaridan iborat. Qizilo’ngachning yuqori 1/3 qismi ko’ndalang–targ’il muskuldan tuzilgan bo’lib, asta–sekin silliq muskul bilan almashadi. Shuning uchun uni pastki 2/3 qismi silliq muskuldan iboratdir. Qizilo’ngach, odatda, Qizilo’ngach – oesophagus 1-halqum (yutqun); 2-qizilo’ngachning yuqorgi toraymasi; 3- qizilo’ngachning o’rta (bronxo-arterial) toraymasi; 4-qizio’ngachning pastki (diafragmal) toraymasi; 5-diafragma; 6-me’danining kardial qismi; yuqoridan pastga qarab qisqaradi.Qizilo’ngachning muskul qavati bilan shilliq qavati o’rtasida shilliq osti qavati yaxshi rivojlangan. Bu holat shilliq qavat harakatchan bo’lishini ta’minlaydi va uzunasiga joylashgan burmalar hosil qiladi. Burmalar vujudga kelishida shilliq osti qavatida joylashgan nozik silliq muskul tolalari asosiy rol o’ynaydi. Shilliq osti qavatida joylashgan bezlar o’z suyuqliklarini qizilo’ngach bo’shlig’iga chiqaradi. Shilliq qavat qizilo’ngachning ichki qavati bo’lib, undagi burmalar o’zaro juda yaqin joylashgan. Shilliq qavatdagi bezlarning shilliq suyuqliklari uning yuzasini namlab turadi va ovqat luqmalari yo’nalishini osonlashtiradi. Qizilo’ngachning uch yerida fiziologik toraygan joyi bor, birinchisi qizilo’ngachning boshlangan qismi (halqumdan boshlangan joyida), ikkinchisi kekirdakning ikkita bronxga bo’lingan yerida (qizilo’ngachning bronx bilan kesishgan sohasida), uchinchisi esa qizilo’ngachning diafragmadan o’tish joyida ko’rinadi. Qizilo’ngachning asosiy vazifasi ovqat luqmasi va yutilgan suyuqlikni me’daga o’tkazishdan iborat. 79 Patologiyasi — qizilo’ngach shilliq qavati yallig’langanda, u (kuyganda, turli kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda) bo’rtib ovqat luqmasining o’tishi qiyinlashadi. Bulardan tashqari, qizilo’ngach muskullarining spazmasi yoki nervlarning turli falajlarida ham ovqat o’tishi qiyinlashadi. Qizilo’ngach raki ("qiltomoq") — bu o’sma ko’proq erkaklarda uchrab, u ko’pincha, ko’ks oraliq tomonga o’sib kirib, u yerda joylashgan a’zolarga metastaz beradi. "Qiltomoq" qizilo’ngach yo’lini toraytirib, ovqat moddasining o’tishini qiyinlashtiradi, natijada bemor tezda ozib ketib holdan toyadi. Me’da Me’da (vetriculus yoki gaster) – hazm kanalining eng kengaygan qismi bo’lib, qorin bo’shlig’ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko’proq qismi chap tomondagi qovurg’a osti sohasida, ozroq qismi esa qorin bo’shlig’i tepa bo’lagining o’rta qismida joylashgan. Me’daning shakli nokka yoki laboratoriya retortiga (idishga) o’xshaydi. O’rta yoshdagi odamlarda taxminan hajmi 1-3 litr (ba’zida undan ko’proq) bo’ladi. Me’daning oldingi va orqa devori bolib, ularning yuqorida kichik, pastda katta egriliklari joylashgan. Me’daning kirish va chiqish qismlari tafovut qilinadi. Uning kirish — kordiya qismi XI ko’krak umurtqasi qarshisida turadi. Me’daning chiqish qismi I bel umurtqasi ro’parasining o’ng tomonida o’n ikki barmoq ichakka qo’shilib ketadi. Me’daning chiqish qismi o’zi ikkiga ajralgan, kengaygan qismi — boshlanishida bolib, g’o r ch a deyilsa, torayib davom etgan joyi kanal b o ’ l a g i deyiladi.Ovqat bilan o’rtacha tolgan me’da yuqoridan jigarning chap boiagining pastki yuzasiga va diafragmaning chap Me’da – gaster. 1-qizilo’ngach; 2-me’daning kardial kemtigi; 3-me’da tubi; 4-me’daning kardial qismi; 5me’daning oldingi devoir; 6-katta egrilik; 7pilorik qismi; 8-o’n ikki barmoq ichak; 9-quyi tushuvchi qism; 10-o’n ikki barmoq ichakning yuqorgi qismi; 11-pilorik torayma (sfinkter); 12-me’daning chiqish qismi; 13-burchaksimon kemtik; 14-kichik egrilikl; 15-me’daga kirish qismi; gumbaziga tegib turadi. Pastki tomondan ko’ndalang–chambar ichak va uning tutqichiga tegib turadi. Me’daning oldingi devori qorin devoriga tegib tursa orqa devori me’da osti beziga, chap buyrakka va uning ustki beziga va taloqqa tegib turadi. Me’da hamma tomondan qorin parda bilan o’ralgan. Me’da devori seroz (qorin) parda, seroz osti qavati, muskul qavat, shilliq qavati va shilliq osti qavatidan tuzilgan. Seroz (qorin) parda qavati qorin pardaning (qorin pardaga qaralsin) ichki a’zolarini o’raydigan qismi bolib, me’dani hamma tomondan o’rab turadi. Seroz pardani me’daning muskul qavatiga seroz parda osti qavati qo’shib turadi. Muskul qavat ancha baquvat bo’lib, uch yo’nalishda joylashgan. Uning tashqi qismi uzunasiga yo’nalgan, o’rta qavati halqasimon joylashgan, ichki qismidagi muskul tolalari esa qiyshiq yo’nalgan. Uzunasiga yo’nalgan muskul tolalari, odatda, kichik va katta egrilikda yaxshi rivojlangan boiadi. Halqasimon yo’nalgan muskul tolalari esa me’daning hamma qismlarida yaxshi takomil etgan bo’lib,chiqish (pilorika) joyida zichlashadi va qisuvchi (sfinkter) muskulga aylanadi. Qiyshiqyo’nalgan muskul tolalari me’daning tanasi va 80 tubida yaxshi takomil etgan. Qiyshiq yo’nalgan muskul qisqarganda suyuq ovqatlar kichik egrilik orqali me’dadan o’n ikki barmoq ichakka o’tadi. Me’da muskul qavatining qisqarishi bilan kirish qismidan chiqish qismi tomon toiqinlanib qisqaradi. Shilliq parda osti qavati muskul qavatini shilliq pardaga bogiab turadi. Shilliq parda bir qavatli prizmatik epiteliydan iborat bolib, juda ko’p katta–kichik burmalar hosil qilgan. Shilliq pardada turli xildagi bezlarni uchratish mumkin. Me’daning tubi va tanasida joylashgan naysimon bezlar xlorid kislota suyuqligini, qolgan bezlar esa pepsin va shilliq suyuqligini ajratadi. Me’da fiziologiyasi. Ovqat moddasi og’iz bo’shlig’idan halqum va qizilo’ngach orqali me’daga tushgach, unda 4 soatdan 10 soatgacha saqlanadi.Bu davrda ovqat moddasi me’da devori muskullarining qisqarishi tufayli mexanik parchalanish davom etadi. Me’dada ikki xil (tonik va peristaltik) qisqarish bo’ladi. Me’daning uzoq va to’xtovsiz qisqarishi tonik qisqarish deyiladi. Me’daning kirish qismidan chiqish tomonga qarab yo’nalgan to’lqinli qisqarishi esa peristaltik (to’lqinli) qisqarishlardir. Me’daning shu darajada qisqarishi ovqat moddalarining mexanik va kimyoviy (shiralar vositasida) parchalanishini ta’minlaydi.Kimyoviy parchalanish esa so’lak fermentlari va me’da shirasi orqali bajariladi. Natijada ovqat moddasi asta–sekin bo’lak–bo’lak bo’lib, bo’tqaga aylanadi.Me’da shirasi shilliq qavatda joylashgan bezlar mahsuloti bo’lib, tarkibida xlorid kislota , pepsin va shilliq bo’ladi. Xlorid kislota me’da sharoitini nordon qiladi. Odamda bir kecha – kunduzda 2-2,5 litrgacha shira ajraladi.Me’dada suv,dorilar, mineral tuzlar va spirt shimiladi. Ovqat moddasi bo’lmaganida shira ishlab chiqarilmaydi. Ovqat yeyila boshlagandan 5-10 minut o’tgach, bezlar shira ajrata boshlaydi. Shiralar ajralish vaqti va miqdori yeyiladigan ovqat sifatiga bog’liq bo’ladi. Jumladan, sut ichilganidan uch soat o’tgandan so’ng eng ko’p shira ajralishi kuzatiladi va 5-6 soatga borib tugallanadi. Go’sht iste’mol qilinganda shira ajralishi o’rtacha 8 soat davom etsa, non yeyilganda esa uchinchi soatda shira ajralishi keskin pasayadi va shunday kam miqdorda ajralishi 10 soatgacha davom etadi. Me’da shiralari tuz, suv, go’sht va turli sabzavotlar ta’sirida ko’proq ajralsa, qand, yog’ kabilami yeyilganda, aksincha, shiralar ajralishi kamayib tormozlanadi.Me’da shirasidagi kislota miqdorini aniqlash uchun odatda 100 ml me’da shirasiga 40-50 ml ishqor qo’shib neytrallanadi. Ana shu netrallash uchun sarf bo’lgan ishqor miqdori me’dadagi umumiy kislota miqdorining ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Bo’sh me’da 10-15 minut davomida muntazam qisqarib, ochlik hissini uyg’otadi. Ochlik hissi har 60-80 minutda yana qaytariladi. Sifatsiz ovqat iste’mol qilinganda, qayt qilish sodir bo’lganda, me’daga keluvchi nervlaming markazi (uzunchoq miyada) ta’sirlanib, murakkab refleks jarayoni boshlanadi. Qusish odamning chuqur nafas olishidan boshlanib, so’ngra me’daning chiqarish qismidagi aylanma joylashgan muskulning kuchli qisqarishidan boshlanadi. Bu hol me’da va qorin devori muskullarining qisqarishini zo’raytiradi va kirish qismidagi muskullar ochilib, me’da ichidagi ovqat hamda suyuqlik aralashmasi tashqariga otib chiqadi. Shuning uchun ham qusish jarayonini murakkab himoya refleksi deb hisoblanadi. Ovqat moddasining me’dadan o’n ikki barmoq ichakka yo’nalishi. Me’dada ovqat mexanik va kimyoviy parchalanib bo’tqaga aylanganidan so’ng me’daning chiqarish qismidagi aylanma muskul bo’shashib, sfmkter ochilgandagina bo’tqa bo’lak–bo’lak bo’lib, o’n ikki barmoq ichakka o’tadi. Sfinkterning ochilib yopilish jarayoni me’da, o’n ikki barmoq ichak nervlari va kimyoviy, mexanik ta’sirotlar orqali boshqariladi. o’sha ta’sirotlar orasida xlorid kislota alohida o’rin tutadi. Me’dadagi xlorid kislotali bo’tqaning navbatdagi qismi o’n ikki barmoq ichakka o’tishi bilan me’da sfinkteri darhol berkiladi. Ovqat bo’tqasi me’dadan o’n ikki barmoq ichakka tushgach, unga quyiladigan o’t va me’da osti bezi shiralarining ta’siri bilan nordon sharoitdan yana ishqoriy sharoitga o’tadi. O’n ikki barmoq ichakka o’tgan ovqat bo’tqasi ishqoriy sharoitga o’tgandagina sfinkter ochilib, ovqatning navbatdagi bo’lagi o’tadi, aks holda sfinkter ochilmaydi,ovqat me’dada turib qoladi. Me’da patologiyasi. Me’da sekretsiyasining buzilishi me’da shirasi ajralishining ko’payishi (gipersekretsiya), kamayishi (giposekretsiya) bilan ifodalanadi. Normada me’da shirasi tarkibida xlorid kislota 0,2-0,5 % bo’ladi. Gipersekretsiya bo’lganda me’dada (och qorinda) xlorid kislotaning yuqi bo’ladi. Gipersekretsiya me’da shilliq pardasiga turli moddalar (spirtli ichimlildar, o’tkir ta’sir qiluvchi dorivorlar va h.k.) ta’sirida nerv sistemasi faoliyatining buzilishlari, jigar va ichaklarning reflektor ta’sirlari oqibatidan bo’ladi. Shuningdek gipersekretsiya surunkali gipertrofiyalangan 81 gastritga ham bog’liqdir. Me’da shirasi kislotalarining pasayishi giposekretsiyaga bog’liqdir. Bunda me’da shirasi tarkibida xlorid kislotaning mutlaqo bo’lmasligi (axiliya) ko’pincha nerv sistemasi faoliyatining buzilishiga (ruhiy azoblanish, adashgan nerv shikastlanganda) bog’liqdir. Axiliya asosan me’da shilliq pardasidagi havfli anemiyada, atrofik gastrit, rakda kuzatiladi. Axiliyada oqsillarning hazm qilinishi buzilib, ichaklarga tezlik bilan (me’daning motor faoliyati buziladi) hazm qilinish darajasiga yetmagan ovqat moddasi va halok bo’lmagan mikroblar tushadi. Natijada ichakda oqsillar chirishi va irishi tufayli organizmda intoksikatsiya kuzatiladi. Xlorid kislotaning yetishmasligi me’da osti bezi va jigar faoliyatining buzilishiga sabab bo’ladi. Me’daning motor funksiyasi buzilganda muskullar tonusi zaiflashib (gipotoniya) va bu peristaltikaning butunlay to’xtab qolishiga sabab bo’ladi. Ba’zan atoniyada ko’p ovqat iste’mol qilish natijasida ovqat me’dada turib qolishi tufayli u nihoyatda kengayadi. Me’da muskullari tonusining ortishi, peristaltikasining kuchayishi adashgan nerv ta’sirida, spirtli ichimliklar va boshqa o’tkir moddalar iste’mol qilganda kuzatiladi. Motor buzilishlar qayt qilish va kekirishlarga sabab bo’ladi. K e k i r i sh — ovqat bilan yutilgan havoning yoki me’dada ovqat hazm qilinishining buzilishi tufayli hosil bo’lgan gazlarning qaytib chiqishidir. Kekirish reflektor ravishda vujudga keladi. Bunda me’da chiqish qismining siqilishi va diafragma, qorin devori muskullarining taranglashi–shi sodir bo’ladi. G a s t r i t l a r . Gastrit – me’da shilliq pardasining yallig’lanishi bo’lib, bir necha turlari tafovut qilinadi. o’tkir kataral gastrit turli xil moddalar (spirtli ichimliklar, turli o’tkir dorivorlar) ning yoki turli kasalliklar (uremiya, yuqumli kasallar) ning toksinlari ta’sirida paydo bo’ladi.Ba’zida kuchli konsentratsiyalashgan me’da shirasi ajralganda ham peptik gastrit kuzatiladi. O’tkir kataral gastritda me’daning shilliq pardasi to’la qonli, burmalari keng, yuzasi ba’zan kichik– kichik (defektlar bo’ladi) shilliqlar bilan qoplangan bo’ladi. F i b r i n o z g a s t r i t d a (kuyganda, uremiyada rivojlanadi) og’riq kuzatilib, shilliq parda deyarli nekrozlangan, usti esa fibrinoz parda bilan qoplangan bo’ladi. Flegmonoz gastritda esa me’da shilliq pardasida, shilliq parda osti qavatida yiringlashgan infiltratsiya kuzatiladi. Ba’zan infiltratsiya me’daning muskui qavatiga hatto qorin pardaga ham o’tib, yiringli peritonitlar kuzatiladi.Surunkali gastrit o’tkir gastrit oqibatida sifatsiz ovqatlanishlar va vitaminlarning organizmda yetishmasligi tufayli paydo bo’ladi. Bunda me’daning shilliq pardasi gipertrofiya bo’lib, bezlarning sekretsiyasi oshadi. Gipertrofiyaholati ba’zida shilliq pardaning atrofiyabo’lishi tufayli atrofik gastrit yoki poliplar rivojlanib, polipoz gastritga o’tishi kuzatilgan. Poliplar uzoq vaqt saqlansa, rak rivojlanishi bilan tugaydi. Yara k a s a l l i g i — ko’puchraydi. Ko’proqdumaloq yoki oval shaklli yakka yoki guruh bodlib joylashgan (1-5 sm diametrli) yaralar bo’ladi. Yaralar, odatda, kichik egrisimon chiqish (pilorik) qismida (me’daning boshqa joylarida ham uchrashi mumkin) uchraydi. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari. 1. Qizilo’ngach tuzilishini ayting. 2. Qizilo’ngach qayerda joylashgan vazifasi. 3. Me’daning tuzilishini ayting. 4. Me’da qayerda joylashgan? 5. Me’daning muskul qavati haqida gapirib bering. 6. Me’da fiziologiyasi. 82 Mavzu: Ingichka yo’g’on ichaklar anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi. Reja: 1. Ingichka ichak tuzilishi, qismlari va vazifasi. 2. Yo’gon ichak tuzilishi, qismlari va vazifasi. Ingichka ichak (intestinum tenuae) me’daning chiqish qismidan boshlanib, uzunligi 5 – 6 m gacha yetadi. Ingichka ichak uch qismdan iborat: 1. O’n ikki barmoq ichak (duodenium) – ingichka ichakning boshlang’ich qismi bo’lib uzunligi 2530 sm. 2. Och ichak (intestinum jejunum) – o’n ikki barmoq ichakning davomi bo’lib, ingichka ichakning 2/5 qismini tashkil qiladi. 3. Yonbosh ichak (intestinum ileum) – ingichka ichakning 2/5 qismini tashkil qiladi. O’n ikki barmoq ichak qorin devorining orqa qismida , I – II bel umurtqalarining ro’parasida taqa shaklida joylashgan. Me’daning chiqish joyidan boshlanib, ingichka ichakka qo’shilib ketadi. Bu ichak 4 qismdan iborat: 1. Ustki ko’ndalang qismi. 2. Quyi tushuvchi qismi. 3. Pastdagi ko’ndalang qismi. 4. Ko’tariluvchi qismi. Och ichak va yonbosh ichak qorin bo’shlig’ining ko’p qismini egallagan. Och ichak bo’shliqning yuqori qismini ishg’ol qilsa, yonbosh ichak ko’proq qorin bo’shlig’ining pastki (yonbosh suyak bo’shlig’i sohasi) qismida joylashadi. Och ichak hamma ichakning 2/5 qismini tashkil qilib, Ingichka ichak. 1-ingichka ichak burmalari; 2-shilliq osti va shilliq qavat; 3-muskul qavat; 4-seroz qavat; 5-uzunasiga yo’nalgan muskul tolalari; 6ingichka ichak arteriyasi; 7- ichak tutqichi; chegarasiz (bevosita) yonbosh ichakka o’tadi. Ingichka ichdk devori tashqi seroz parda, muskul qavati, shilliq parda osti qavati va shilliq pardadan tuzilgan. Seroz parda o’z navbatida qorin pardasi (bryushin) ning bir qismi bo’lib, ichaklarni eng ustki tomondan turlicha o’rab turadi. Jumladan, o’n ikki barmoq ichakning ko’pchilik qismini old tomondan o’rasa, och va yonbosh ichaklarni hamma tomondan o’rab, ichak tutqichini hosil qiladi. Muskul qavati silliq muskul tolalaridan tuzilgan bo’lib, tashqari qavati uzunasiga, ichki qavati esa aylanasiga ketgan tolalardan iborat. Shilliq osti qavati muskul qavatining shilliq qavati bilan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Shilliq osti qavatida qon tomirlar va nervlar ko’p joylashgan. Shilliq parda qavati ichak qavatining eng ichkarisida bo’lib, shilliq osti qavati tufayli harakatchan bo’ladi va ko’ndalang burmalar hosil qiladi. Shilliq parda yuzasida taxminan 4 mln.gacha vorsinka (so’rg’ich) lar joylashgan. Ichak shilliq qavatining bo’sh qismi va vorsinkalar silindrik epiteliy bilan qoplangan. Vorsinkalar juda ko’p mikrovorsinkalar bilan qoplangan bo’lib, ovqat moddalari shular orqali shimiladi. Vorsinkalar ichida qon tomirlar, nerv tolalari va limfa tomirlar bo’ladi. Ingichka ichakning shiliq qavatida 83 shilliqsimon suyuqlik ishlovchi qadoqsimon hujayralar va ichak shirasini chiqaruvchi naysimon bezlar joylashgan. Bundan tashqari, yakka-yakka yoki g’uj-g’uj joylashgan limfa tugunlari ham bo’ladi. Fiziologiyasi. Ovqat bo’tqasi me’dadan o’n ikki barmoq ichakka o’tgach, me’da osti bezi shirasi, jigardan ajralgan o’t va ichak shiralari bilan aralashib, shimilishga tayyor bo’ladi. o’n ikki barmoq ichak shirasi me’da osti bezi shirasini faollashtirishda, yog’lar, uglevodlar va oqsil moddalarni parchalab, shimilishga tayyorlaydi. Shimilish jarayoni o’n ikki barmoq ichak shilliq qavatida joylashgan vorsinka (so’rg’ichlar) orqali boshlanib, Ingichka ichak vorsinkalari. 1-epiteliy qavati; 2-bakalsimon hujayralar; 3vorsinka kapillyarlar to’ri; 4-markaziy limfa kapillyarlari; 5-vorsinka arteriyalari; 6-vorsinka venalari; 7-qon tomir va limfa tomirlar to’ri; 8-limfa tugunlari: asosan shimilish ingichka ichakda sodir bo’ladi. Ovqat bo’tqasi ingichka ichakka o’tgach, ichak devoridagi uzunasiga qarab joylashgan silliq muskullarning qisqarishi natijasida ichakni soat mayatnigiga o’xshash harakatlantirib, ovqat bo’tqasini chayqaltirib, ichak shirasi bilan aralashtirib shimilishga tayyorlaydi. Ko’ndalang (doira) bo’lib joylashgan silliq muskullar esa yuqoridan pastga (yo’g’on ichakka) qarab chuvalchangsmon bo’g’im-bo’g’im (peristaltika) qisqarib, ovqat bo’tqasini yuqoridan pastga qarab yo’nalishini ta’minlaydi. Peristaltik qisqarish, odatda ichakda ovqat bo’lganda shilliq qavatdagi nervlarning qitiqlanishi orqali bo’ladi. Ichak harakati nerv sistemasidan tashqari qon (gumoral) ning tazyiqi ostidft ham bo’ladi. Ovqat bo’tqasi shilliq bilan aralashgandan so’ng shilliq qavatda joylashgan so’rg’ich Yo’g’on (chambar) ichak (intestinum crassum) — ingichka ichakdan keyin boshlanib, orqa chiqarish teshigi bilan tugaydi. Yo’g’on ichakning uzunligi 1,5-2 m boisa diametri ingichka ichak diametridan deyarli ikki baravar katta bo’ladi. Shuning uchun ham yo’g’on ichak deb ataladi. Yo’g’on ichak, ko’r ichak, ko’tariluvchi chambar ichak, ko’ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, "S" simon ichak va to’g’ri ichakdan iborat. Seroz parda yo’g’on ichak devorining hamma qismini ham bir xil o’ramaydi. Ko’r ichak ko’ndalang chambar ichak, ,”S" simon ichaklarni seroz parda hamma tomondan o’raydi. Hatto, ko’ndalang chambar ichak bilan "S" simon ichaklarning ham ichak tutqichlari boiadi. Ko’tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklarni esa seroz parda ikkiyon bosh va old tomondangina o’raydi. Ichakning orqa devorini qo’shuvchi to’qima (adventitsiya) o’ragan.Muskul qavat ikki (ichki aylanasiga, tashqi uzunasiga yo’nalgan) qavatdan iborat. Uzunasiga yo’nalgan muskul tolalari bir tekisda joylashmasdan, lentalar (tasmalar) hosil qiladi. Bu lentalardan biri yo’g’on ichakning oldingi yuzasida erkin lenta bolib, joylashsa, ikkinchisi charvi lenta hosil qilib, katta charvining birikishi bo’ylab yo’naladi. Uchinchi tutqich lenta shu ichakning tutqichi bolib (ichakning orqa tomonida) joylashgan. Natijada lentalar oralig’ida erkin va charvi lentalarning boshidan oxirigacha masofada yog’ o’simtalar uchraydi.Shilliq parda qavati muskul qavatiga yaxshi rivojlangan shilliq osti qavati yordamida yopishgan. Shuning uchun shilliq qavat harakatchan bo’ladi. Yo’g’on ichak shilliq qavatida vorsinkalar bo’lmaydi. Unda joylashgan bezlar shilliq ishlab chiqaradi. Yo’g’on ichakda limfa tugunlari yakkam–dukkam joylashgan. Shilliq parda silindrik epiteliy bilan qoplangan. Yo’g’on ichak qismlari: 84 Ko’r ichak (caecum) yo’g’on ichakning boshlang’ich qismi bo’lib, uzunligi 6 sm, diametri 7-8 sm cha bo’ladi. Ko’r ichak o’ng tarafdagi yonbosh chuqurchada joylashgan bo’lib, uning yonbosh ichakka qo’shilish joyida yuqori va pastki labdan tuzilgan qopqog’i bo’ladi. Bu qopqoq ko’r ichakka ko’r ichak, chuvalchangsimon o’simta, ko’tariluvchi chambar ichak. 1-ichak lentasi; 2-pufak do’mboqchalar (gaustra); 3-ichak burmalari; 4-tutqich lenta; 5-qopqoqning yuqori labi; 6qopqoqning pastki labi; 7-yonbosh ichak; 8chuvalchangsimon o’simta; 9-chuvalchangsimon o’simtaga kirish teshigi; 10-qopqoq yuganchasi (tortqisi); qarab ochilganligidan ovqat ingichka ichakdan yo’g’on ichakka bemalol o’tadi. Aksincha, ko’r ichakdan ingichka ichakka qaytib o’tishiga yo’1 qo’ymaydi. Ko’r ichakning pastki yuzasidan chuvalchangsimon o’simta (appendiks) o’sib chiqqan. o’simta 3-6, ba’zida esa 18-20 sm bo’ladi. Devori 0,5-1 sm, ichi esa juda tor (3-4 mm) tuzilgan, u ko’r ichak bo’shlig’idagi shilliq qavatdan tuzilgan burma bilan ajralgan. Chuvalchangsimon o’simta. odatda, kichik chanoq bo’shlig’iga osilgan holatda joylashgan. Ba’zan o’simta ko’r ichakning orqa tomonidan uchi tepaga qarab joylashgan bo’ladi.Ko’tariluvchi chambar ichak ko’r ichakning davomi bo’lib, tikka ko’tariladi va o’ng qovurg’a osti sohasida jigarning pastki yuzasiga borganda burilib, ko’ndalang–chambar ichakka o’tadi. Ko’tariluvchi chambar ichakning oldi va ikki yonbosh qismini qorin parda o’raydi. Uning orqa yuzasi ochiq qoladi. yonbosh muskuli bilan belning kvadrat muskuliga va o’ng buyrakka tegib joylashadi. Ko’ndalang–chambar ichak ko’tariluvchi chambar ichakning burilgan qismidan keyingi davomidir. Ko’ndalang chambar ichak ko’ndalangiga yo’nalib, chap tomonga o’tganda chap burilishni hosil qilib, quyi tushuvchi chambar ichakka o’tib ketadi.Ko’ndalang–chambar ichak tutqich orqali qorin devoriga yopishib tursa, uning oldi tomonidan katta charvi osilib yotadi.Ko’ndalang–chambar ichakning orqa tomonida o’n ikk’ barmoq ichak bilan me’da osti bezi joylashgan bo’lsa, oldingi yuzasi bilan me’da ‘qorin pardadan tuzilgan boylam bilar o’zaro tutashib turadi. Tushuvchichambar ichakning (colon decendens) chap bukilishidan boshlangan yo’g’on ichakning bu qismi qorin orqa devorining chap tomoni bo’ylab yo’naladi va chap yonbosh chuqurchaga borganda "S" simon ichakka o’tadi. Ichakning orqa tomoni belning kvadrat va ko’ndalang muskullariga tegib tursa, oldingi tomondan ingichka ichakka tegib turadi. "S"simon ichak (colon simoideus) tushuvchi chambar ichakdan chap yonbosh chuqurchasida boshlanib, kichik chanoq bo’shlig’idan to’g’ri ichakka o’tib ketadi. Uzunligi 10—12 sm bo’lgan "S"simon ichak hamma tomondan qorin parda bilan o’ralgan bo’lib, ichak tutqichi bor. Ichak chap siydik yo’li, chap– yonbosh arteriya va venasi bilan kesishib joylashgan. To’g’ri ichak (rectum) yo’g’on ichakning oxirgi qismi bo’lib "S"simon ichakda III dumg’azaumurtqa ro’parasida boshlanib, orqa teshik bilan tashqariga ochiladi. To’g’ri ichakda lentalar (tasmafar), yog’li o’simtalar va bo’rtib chiqqan pufakchalar bo’lmaydi. To’g’ri ichak nomigayarashajuda ham to’g’ri emas, u ikkita bukilma hosil qiladi. Birinchi bukilma-dumg’aza suyagiga, ikkinchisi-dumsimon suyaklarning shakliga moslashib paydo bo’lgan. To’g’ri ichakning yuqori qismi-chanoq bo’lagi bo’lib, birmun cha kengaygan, diametri (to’lib turganda) 6 sm gacha boradi. Oxirgi, orqa teshikka yaqin qismi ancha toraygan bo’ladi. To’g’ri ichakning ichki tomon shilliq qavat uchta ko’ndalang Burma hosil qiladi. Muskul qavat to’g’ri ichakda tashqi uzunasiga va ichki aylanasiga joylashgan qavatlardan tuzilgan. Aylanasiga joylashgan muskul tolalari orqa teshik sohasiga zichlashib, ichki qisqich hosil qiladi. Undan tashqari, tashqi teshik atrofida ixtiyoriy halqa muskul tolalaridan tuzilgan tashqi 85 qisqich bo’ladi. Bulardan tashqari, shilliq qavatning muskul halqalari qalinlashuvidan hosil bo’lgan uchinchi qisqich orqa teshikdan 10 sm yuqorida joylashgan. To’g’ri ichakning kichik chanoq bo’lagi erkaklarda oldindan qovuqqa, urug’ pufakchalariga, prostat beziga va urug’ tushuvchi tizimchaga tegib turadi. Ayollarda esa to’g’ri ichak bachadonidan pastroqda, qindan oraliq bo’shlig’i va unda joylashgan qo’shuvchi to’qima bilan ajralib turadi. Fiziologiyasi. Yo’g’on ichak bo’g’im– bo’g’im (peristatik) qisqarishdan tashqari teskari (ingichka ichak tomonga) ham qisqaradi. Anashu harakatlar tufayli ovqat qoldiqlari ancha uzoq (16–18 soat turib) qoladi. Bunday hususiyat ovqat moddasi qoldig’ining bir qismini, suv va kletchatkani yo’g’on ichakda (asosan ko’tariluvchi chanbar ichak qismida) shimilishga imkoniyat tug’diradi. Ovqat tarkibidagi kletchatka yo’g’on ichakka kelgach, bakteriyalar ta’sirida parchalanib, uning 50% ga yaqin qismi shimiladi. Yo’g’on ichakning bu hususiyati bemorlarga antibyotik dorilar berilganda polivitaminlarni qo’shib berishini taqozo etadi. Akis holda antibyotiklar ichakdagi bakteriyalarni halok etib odamda avitaminoz kelib chiqadi. Odamda ovqatning 10%ga yaqin qismi shimilmasdan qoldiq sifatida yo’g’on ichak shirasidagi shilimshiq bilan bir–biriga yopishgan bakteriyalar (ahlatni tahminan 50% tashkil etadi) ahlatni hosil qiladi. Ahlat to’g’ri ichakka yig’ilganda ta’sirlanib, ihtiyoriy bo’shatilish kuzatiladi. Yo’g’on ichak patologiyasi — ichakning yallig’lanishi, bezlar faoliyatining buzilishi, ingichka ichakda so’rilish va mikrob florasining o’zgarishi, peristaltikasining kuchayishi yoki susayishi yo’g’on ichakda buzilishlarga sabab bo’ladi. Yo’g’on ichak shilliq qavati yallig’langanda suyuqlik surilishi qiyinlashadi, peristaltika kuchayib ovqat ichakdan tez o’tib, ich ketadi. Ich ketish (dizenteriya)-yuqumli kasallik bo’lib ichak shijliq pardasidan ko’plab ekssudat, shilliq ajraladi, ba’zida qon ketishi ham kuzatiladi. Ba’zida ichak muskullar tonusi pasayib, peristaltika susayib yoki ichak muskullari kuchli (spazm) qisqarib, qabziyat kuzatiladi. Qabziyat ichak rakida ham (rak ingichka ichakka nisbatan yo’g’on ichakda ko’proq) uchraydi. Yo’g’on ichak raki sekin o’sadi, kech, ammo keng metastaz beradi. Qabziyatda ichakdan zaharli moddalar so’rilib umumiy, intoksikatsiya bo’ladi. Uzoq davom etgan zaharlanish bemorni o’limga olib keladi. Appenditsit — chuvalchangsimon o’simtaning yallig’lanishidir. Appensidit o’tkir va surunkali bo’ladi. O’tkir appenditsitda yallig’lanish va og’riq tez rivojlanadi. Bunda leykositoz va isitma kuzatiladi. Bunday appenditsit asoratsiz tuzalishi yoki flegmonoz appeditsit (o’simta devorining yiringlashi) ga o’tishi mumkin. Bunda jarayon tez (bir kechayu kunduzda) rivojlanib o’simta devori teshiladi, ichidagi yiring massasi qorin bo’shlig’iga to’kilib, peritonit kasaliga sabab bo’ladi. Ba’zida appenditsit tomirlar spazmi tufayli butunlay nekroz (gangrenoz appenditsit) bo’lib, xuruj boshlangandan 10-12 soat o’tgach teshilishi mumkin. Chuvalchangsimon o’simtaning o’lgan qismining o’z-o’zidan uzilib ketishi (amputatsiya) qorin pardasining yallig’lanishiga sabab bo’ladi. Surunkali appenditsitda chuvalchangsimon o’simta qavatlari biriktiruvchi to’qimalarning rivojlanishidan qalinlashadi. o’simta atrofi bitishmalar bilan o’ralgan bo’ladi. Surunkali appenditsit og’irlashib, flegmonoz yallig’lanish yoki gangrenaga o’tishi kuzatilgan. "Soxta" appenditsit chuvalchangsimon o’simta niotor funksiyasining buzilishi yoki najasning tutilishi tufayli paydo bo’ladi. 86 Mavzu: Jigar va o’t pufagi. Me’da osti bezi va qorin parda anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi. Reja : 1. Jigar anatomiyasi. 2. Jigar fiziologiyasi. 3. O’t pufagi tuzilishi, joylanishi, vazifasi. 4. Me’da osti bezi tuzilishi,joylanishi va vazifasi. 5. Qorin parda tuzilishi va vazifasi. Jigar (hepar) qorin bo’shlig’ining yuqori qismida joylashib, tepa yuza diafragmaga tegib turadi. Jigarning ko’p qismi o’ng qovurg’a osti sohasida, oz qismi esa chap qovurg’a osti sohasida joylashgan. Jigar organizmdagi hazm bezlarining eng kattasi bo’lib, og’irligi 1500-2200g gacha boradi. Normal holatdagi jigarning pastki qirg’og’i qovurg’a ravog’idan tashqari chiqmaydi. Jigar pastki yuzasi biroz orqaga qaragan bo’lib, unga parallel joylashgan chap va o’ng sagittal chuqur egatlar va ularning o’rtasida ko’ndalang joylashgan egatlar bor. Bu egatlar jigarning pastki yuzasini o’ng va chap kvadratsimon va dumsimon bo’laklarga ajratadi. o’ng sagittal egatning oldingi qismida o’t pufagi orqa qismida esa pastki kavak venasi joylashgan. Chap sagittal egatning old qismida (kindik venasining qoldig’i) jigarning dumaloq boylami, orqa qismida esa (embrion davridagi vena tomirlarining qoldig’i) vena boylami joylashgan. Ko’ndalang egat jigar darvozasi hisoblanib, undan jigarning darvoza venasi, jigar arteriyasi, o’t yo’li, limfa tomirlari va nervlar o’tadi. Jigarning pastki yuzasi me’daga, yo’g’on ichakning o’ng burilish qismiga, ko’ndalang chambar ichakka, o’ng buyrak, buyrak usti beziga tegib turadi. o’tkir qirra jigarning pastki yuzasini yuqoh yuzasidan ajratib turadi. Jigarning orqa yuzasida qizilo’ngach izi uchraydi. Jigarning yuqori chegarasi diafragma gumbazining pastki yuzasiga, ya’ni IV qovurg’a ravog’iga to’g’ri keladi, so’ng chap tomonida yuqoriga ko’tarilib, VIIVIII qovurg’alarning tog’aylari birikkan joyga yetadi. Jigarning orqa tomonidan boshqa hamma (uch tomonlama) tomoni qorin parda bilan o’ralgan bo’ladi. Qorin parda jigarning qo’shni a’zolariga boylamlar hosil qilib o’tadi. Jumladan, qorin pardaning jigardan o’n ikki barmoq ichakka o’tishida jigar-o’n ikki barmoq ichak boylami, jigar bilan me’da o’rtasida jigar–me’da boylamlari hosil bo’ladi. Jigar bilan diafragma o’rtasida toj boylami va uning ikki uchida chap va o’ng uch burchakli Jigar – hepar boylamlar jigarni ko’tarib turadi. 1-3-4-jigar boylamlari; 2-diafragma; 5-jigarning Jigarning tuzilishi. Jigarni chap bo’lagi; 6-tojsimon boylam; 7-jigarning o’ragan (qorin parda ostidagi parda) yumaloq boylami; 8-jigarning pastki qirrasi; 9-o’t fibroz parda qon tomirlar bilan birga pufagi tubi; 10-jigarning o’ng bo’lagi: jigarning ichkarisiga kiradi va uni juda ko’p bo’lakchalarga ajratadi.Bu bo’lakchalar 1-2 mm bo’lib, to’rt burchakli prizmaga o’xshaydi. Bo’lakchalar oralig’ida darvoza venasining eng mayda shoxchalari, arteriya shoxchalari, nerv tolalari va mayda limfa naychalari joylashgan. Bo’lakchalar oralig’idagi arteriya va venalar kapillyarga o’tib, bo’lakchalarning ichkarisiga kiradi. Bo’lakchalar ichidagi moddalar almashinuvi jarayonida arteriya qoni venaga o’tib, markaziy venalar, undan yig’uvchi venalarga o’tadi. Bular ham asta–sekin yiriklashib, jigar venasini hosil qiladi. Bu vena pastki kavak venaga quyiladi.Jigar hujayralari, jigar bo’laklarida hujayralar to’sig’ini hosil qilib joylashgan bo’lib, ular orasida bo’lakchalararo o’t naychalari hosil bo’ladi. Bular o’zaro qo’shilib 87 jigarning o’ng va chap bo’lak o’t naychasini hosil qiladi. O’ng va chap bo’lak o’t naychalari esa jigardan chiqqandan so’ng bir–biri bilan qo’shilib, jigarning umumiy o’t yo’lni hosil qiladi. Jigarning umumiy o’t yo’li esa o’t pufagi naychasi bilan qo’shilib, o’n ikki barmoq ichakning pastki yo’naluvchi qismiga quyiladigan umumiy o’t yo’lini hosil qiladi Jigar organizmda muhim vazifani bajaradi: 1. U organizmdagi zaharli moddalarni zararsizlantiradi. 2. O’t ishlab chiqaradi. 3. Embrional davrda qon elementlarini ishlaydi. 4. Organizmdagi ortiqcha glyukozani glikogenga aylantirib saqlaydi. So’ngra organizmning talabiga ko’ra glikogen glyukozaga aylanib qonga shimiladi. Fiziologiyasi. Jigar moddalar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Jigarda albuminlar, fibrinogen (qon oqsil fraksiyalari) hosil bo’ladi. Karbon suvlari glikogenga aylanadiJigarda oqsil parchalanishidan hosil bo’lgan mahsulotlar (ammiak) (to’sish funksiyasi) zararsizlanadi. Ulardan organizmga zararsiz bo’lgan mochevina (siydikchil) hosil bo’ladi. Jigar ichaklardan kelgan zaharli moddalarni zararsizlantiradi. U immunitet reaksiyalarida ishtirok etadi va o’t ishlab chiqarib, ovqatning parchaianib shimilishida faol qatnashadi. O’t pufagi (vesica fellea) — jigar o’ng bo’lagining pastki yuzasida o’t pufagi chuqurchasida joylashgan nok shaklidagi a’zo bo’lib uning tubi, tanasi va bo’yni bor. o’t pufagining tubi eng kengaygan joydir. o’t pufagi to’lib turganda biroz oldinga chiqib, qorin devoriga tegib turadi. O’t pufagining tanasi tub qismidan keyingi o’rta qismi bo’lib, o’t pufagining asosiy qismini tashkil etadi. o’t pufagi tanasining oldingi qismi torayib uning bo’yniga o’tadi, so’ngra o’t nayiga qo’shilib ketadi. 3-4 sm dagi o’t nayi jigardan kelayotgan umumiy jigar o’t yo’li bilan qo’shlib, umumiy o’t yo’lini hosil qiladi. Umumiy o’t yo’li o’n icki barmoq ichakning tushuvchi qismiga katta so’rg’ichga me’da osti bezi yo’li bilan birgalikda ochiladi. O’t pufagining devori seroz parda, nozik tuzilgan muskul qavat va burmalarni hosil qilib, joylashgan shilliq qavatdan iborat. Muskul qavatidan umumiy o’t yo’lini o’n ikki barmoq ichakka ochiladigan joyida qisuvchi muskulni tashkil etadi. Qorin parda o’t pufagini faqat pastki tomonidan o’raydi. O’t pufagining hajmi 50-60sm3 bo’lib, jigarda ishlanib chiqqan o’tning ortiqcha qismini saqlab turadi.O’t shirasi jigar hujayralarida tinmasdan ajralib turadi va o’t yo’llari sistemasi orqali o’n ikki barmoq ichakka quyiladi. o’tning ortiqchasi o’t pufagida saqlanadi. O’t tarkibida o’t kislotalari, pigmentlar, xolesterin moddalari bo’ladi. Pigmentlar hayotini tugatgan eritrositlarning parchalanishidan vujudga keladi. Pigmentlarning bir qismi ichak devori orqali qonga so’riladi, ko’proq qismi axlatga rang beradi va tashqariga chiqariladi. o’t ichakka quyilmay qolganda (o’t yo’li yallig’lanib bekilsa, tosh bo’lsa) ahlat rangsiz bo’ladi. Odamda bir kecha–kunduzda o’rtacha 800-1200g o’t ishlanadi. o’t ovqat moddasini, ayniqsa yog’ining parchalanib shimilishida faol ishtirok etadi. o’t pufagining devoridan o’t tarkibidagi suv qonga shimilib, o’t 7-10 marta quyuqlashadi. Me’da osti bezi Me’da osti bezi (pancreas) — me’daning orqa sohasida I—II bel umurtqalari qarshisida ko’ndalang joylashgan. Me’da osti bezi og’irligi 70—90 g bo’lib, uch qismdan (boshi, tanasi va dum qismdan) iborat. Boshi va tanasi uch qirrali vauchta yuzali bo’lib, uning orqa tomonidan aorta va pastki kavak venasi o’tadi. Bezning dumi tanasining bevosita davomi bo’lib, asta–sekin ingichkalashadi va taloq darvozasigachaboradi. Me’da osti bezi qorin pardadan tashqarida (ekstraperitoneal) yotadi. Me’da osti bezi hazm sistemasidagi kabi murakkab tuzilgan, ko’p katakli bo’lib, ishlab chiqaradigan mahsuloti jihatidan aralash bezlarga kiradi. Me’da osti bezining ekzokrin qismi shirasi-fermentlar ishqoriy reaksiyaga ega bo’lgan rangsiz suyuqlik. Shira chiqaruv yo’li orqali o’n ikki barmoq ichakning pastga yo’naluvchi qismiga quyiladi va oqsil, yog’ hamda uglevodlarni parchalovchi fermentlardan tarkib topgan me’da osti bezi shirasi ovqat yeyila boshlagandan so’ng 2-4 minut o’tgach ajralib chiqa boshlaydi. Uning ichki sekret gormonlari-insulin va glyukogen me’da osti bezining tana va dum bo’laklari tarkibidagi maxsus hujayralarda (Langergans-Sobolev orolchasida) ajralib,qonga shimiladi. Insulin qon tarkibidagi glyukozani jigarda glyukogenga aylantirib organizmda qand miqdorini bir me’yorda saqlaydi. Insulin ishlab chiqarilishi kamayishi qand (diabet) kasalligiga sabab bo’ladi, qand (diabet) kasali asosan insulin gormonining yetishmasligi natijasida glyukozaning glyukogenga aylanish jarayonining buzilishidan, organizmning 88 uglevodlarni qabul qilish, sarflash, qobiliyatlarning buzilishidan, yog’ va oqsillardan ko’plab ug’levodlarning hosil bo’lishi kuzatiladi. Diabetda qand miqdori qonda oshib giperglikemiya kuzatiladi. Normal holatda odamning bir litr qonida o’rtacha 0,18-1,2 gramm qand yoki 80-120 mg (4,5-6,5 mmol/1) glyukoza bo’ladi. Bunday paytda buyrak qandni siydikka chiqarmasdan, ushlab qoladi. Diabet kasalligida qandning miqdori 1 qonda 8-10 (8-10 mmol/1) grammgacha ko’payadi. Buyrak esa kasallikda glyukozani saqlab qolmasdan siydik bilan tashqariga chiqarib yuboradi. Diabet kasalligida qand bilan birga siydid ham ko’p (poluriya) ajraladi. Organizm suvsizlanadi. Shuning uchun qand kasalida kuchli chanqov seziladi. Surunkali va chuqur diabet kasalligida uglevodlar almashinuvidan tashqari parchalanish jarayoni ham buziladi. Yog’ oxirigacha parchalanmasiligi tufayli atsetosirka va β oksimoy (β-oksimaslyanaya) kislotalar ajralib, qonda to’planib, siydik bilan tashqariga chiqadi. Bunday moddalarning qonda to’planishi organizmni zaharlay boshlaydi. Natijada odamning nafas olishi buzilib, nerv sistemasi faoliyati sezilarli pasayadi, kasal hushidan ketadi. Bunga diabet komasi deyilib, ba’zida o’lim bilan tugaydi.Og’ir darajali diabet kasalligida qonda yog’ va lipoid hamda xolesterin moddalari (diabetli) xaddan tashqari ko’payadi. Diabet kasalligiga duchor bo’lganlarga insulin ijobiy ta’sir qiladi. Qondagi qand va boshqa moddalar miqdori kamayib, siydik bilan chiqish to’xtaydLAmmo insulinning organizmga ta’siri qisqa muddatli bo’lganidan tez-tez ukol qilish tavsiya etiladi. Qorin parda (peritoneum) qorin devorini va qorin bo’shlig’idagi a’zolarni o’rab turuvchi seroz pardadir. Qorin parda ikki varaqdan, ya’ni qorin devorini qoplab turuvchi (pariyetal) va ichki a’zolarni o’rab turuvchi (visseral) ichki varaqlardan iborat. Bu ikkala varaq bir – birining uzluksiz davomi bo’lgani uchun erkaklarda qorin bo’shlig’ini tashqi muhitdan ajratib turadi. Ayolarda esa bachadon nayining bir uchi qorin bo’shlig’iga, ikkinchi uchi esa bachadonga qo’shiladi. Shuning uchun qorin parda bo’shlig’i bachadon nayi, bachadon va qin orqali tashqi muhit bilan aloqada bo’ladi. Seroz parda qorin bo’shlig’ini ikki bo’shliqqa-qorin parda bo’shlig’i va qorin pardaning tashqi bo’shlig’iga ajratadi. Qorin bo’shlig’i tepadan diafragma, oldindan serbar muskullar bilan, orqadan umurtqa pog’onasi va uning ikki yonboshida joylashgan muskullar bilan chegaralanadi. Past tomondan qorin bo’shlig’i chanoq bo’shlig’i bilan qo’shilib ketadi. Qorin parda bo’shlig’ining orqa devori sohasida qorin parda qoplamagan bo’shliq bor. Bu bo’shliq oradan qorin fassiyasi oldindan qorin pardasining pariyetal varag’i bilan chegaralanib turadi. Qorin pardaning tashqi bo’shlig’ida yog’ to’qimalari, buyrak, buyrak usti bezi va siydik yo’li joylashgan. Qorin parda bu a’zolarni faqat oldingi yuzasinigina qoplab turadi Qorin pardaning visseral varag’i qorin bo’shlig’ida joylashgan a’zolarni turlicha o’rab turadi. Jurnladan, a’zolarni (me’da, ingichka ichak va h .k) hamma tomondan o’raydi. Bunday a’zolarga intraperitoneal a’zolar deyiladi. A’zolar qorin parda bilan uch tomondan o’ralib tursa (jigar, ko’tariluvchi, tushuvchi chambar ichaklar va h.k) bunday a’zolar mezoperitoneal a’zolar deb ataladi. Qorin parda tashqarisida joylashgan a’zolar (buyrak, buyrak usti bezi, siydik yo’li, me’da osti bezi va h.k.) ekstraperitoneal a’zolar bo’lib, ular seroz parda bilan faqat bir (old) tomondan o’ralib turadi.Seroz parda suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik qorin parda yuzalarini namlab turgani uchun qorin parda bo’shlig’idagi a’zolar ishqalanmay harakat qiladi. Qorin pardaning pariyetal varag’i a’zolarga o’tishda yoki aksincha a’zolardan qaytib, pariyetal varaqqa o’tishda ikki varaq o’zaro qo’shilib dublikat hosil qiladi. Bu qorin parda dublikati boylamlar nomi bilan ataladi. Seroz parda jigardan me’daga o’tib jigar-me’da boylamini, me’dadan ko’ndalang chambar ichakka o’tib me’da ko’ndalang chambar ichak boylamlarini vujudga keltiradi. Shuni ham aytib o’tish kerakkijigarni ushlab turuvchi toj boylam-jigarni diafragmaga yopishtirib turadi. Bu boylam jigaming o’ng va chap tomonidan uch burchakli boylamlarga o’tadi.Qorin parda ichaklar uchun tutqichlar hosil qiladi. Qorin parda bodshlig’ida joylashgan ingichka ichak seroz parda bilan hamma tomondan (intraperitoneal) o’ralgan bo’lib, uning orqa tomonidagi ichak tutqichi qorin bo’shhg’ining orqa devorigaborib yopishadi. Qorin parda ingichka ichakdan tashqari ko’ndalang chambar, "S" simon chambar va ko’richaklar uchun ham tutqich hosil qiladi. Tutqichlar oralig’ida yog’ to’qimalari, limfa tugunlari va qon tomirlar joylashgan. Charvilar ham seroz pardaning dublikatidan vujudga keladi. Katta charvi qorin pardaning to’rtta varag’idan vujudga keladi, ulardan ikkitasi oldingi va ikkitasi orqa varaqdir.Oldingi varaq me’daning oldingi va orqa yuzasini o’rab katta egriligidan boshlanib, ko’ndalang 89 chambar ichak hamda ingichka ichak oldidan pastga tomon yo’nalib, qaytib yuqoriga ko’tariladi va katta charvining orqa varaqlari nomi bilan ko’ndalang chambar ichakka borib, uni o’raydi, so’ngra chambar ichak tutqichi bo’lib, qorin bo’shlig’ining orqa devoriga yopishadi. Katta charvining me’da bilan ko’ndalang chambar ichak oralig’idagi qismi me’da-ko’ndalang chambar ichak boylami deb ham ataladi. Kichik charvi jigar-me’da boylami bilan jigar, o’n ikki barmoq ichak boylamlari qo’shilishidan vujudga keladi. Qorin bo’shlig’i chambar ichak va uning tutqichi yordamida yuqori va pastki qavatlarga bo’linadi. Bulardan tashqari, qorin parda a’zodan-a’zoga yoki qorin devoriga o’tishida burmachalar, chuqurchalar, kanallar va qopchalarni vujudga keltiradi. Bular esa qorin bo’shlig’ida bajariladigan jarrohlik paytida ma’lum amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Jigar patologiyasi. Jigar faoliyatining buzilishi turli kasalliklarga sabab bo’ladi. Uning faoliyati turli sabablarga ko’ra buziladi. Jumladan, zaharli moddalar, yuqumli kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar, qon tomirlar orqali jigarga borib, uning faoliyatini buzadi. O’smalar ham jigarga metastaz beradi. Infeksion kasalliklarga o’t yo’llarida bo’lgan yallig’lanish hamjigar hujayralarida distrofik o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Sil, yiringli kasalliklarda, o’smalarda jigar amiloidozi (amylum — lotincha bo’lib, kraxmal degani) oqsil moddaning buzilib to’planishi kuzatiladi. Jigar hujayralarining shikastlanishi tufayli karbon suv almashinuvi (jigar glikogen tanlash qobiliyati) buzilganda ichakdan keluvchi qandning ko’p miqdori qonga shimiladi. Bunga jigar diabeti deb ataladi. Jigar hujayralarining shikastlanishi tufayli qondagi glyukozaning jigar hujayralarida glikogen holida to’planish jarayoni buziladi. Natijada qonda glyukoza miqdori ortib, jigar diabeti (giperglikemiya) rivojlanadi. Bundan tashqari, oqsil almashinuvi (mochevina sintezi) buzilib, siydikda, qonda va to’qimalarda mochevina miqdori kamayadi. Natijada azotemik (qonda zaharli azot tutuvchi birikmalarning paydo bo’lishi) rivojlanib organizmni zaharlaydi. Jigar hujayralarida fibrinogen va protrombin oqsillarining sintezlanishi, ichak devoridan qonga vitamin K so’rilishining buzilishi natijasida qon ivishi pasayadi va qon to’xtashi qiyin bo’ladi. Jigarda o’t ajralishining izdan chiqishi yog’ va lipidlar almashinuvining buzilishiga sabab bo’ladi. Alkogol kabi zaharlar oksidlanishni buzib, jigarda yog’lar to’planadi, yog’li distrofiya kuzatiladi. Bunda jigarning boshqa faoliyatlari ham buzilib, jigarning yog’li sirrozi (alkogoliklarda) kuzatiladiJigardagi bunday o’zgarishlar o’t hosil qilish jarayonini ham izdan chiqaradi va qonda xolesterin miqdori oshib, ateroskleroz rivojlanadi. Jigar faoliyatining og’ir buzilishi qon aylanishiga ham ta’sir etadi, organizmda kislotaishqor muvozanati izdan chiqadi. Gepatitdajigar parenximasining distrofik o’zgarishlari va stromada infiltrativ jarayonlar kuzatiladi. Gepatit o’tkir va surunkali bo’ladi. Seroz gepatit — septik, Bazedov — buqoq (tireotoksikoz) kasalliklarida kuzatiladi. Bunda qonda tiroksin gormonining miqdori me’yoridan ko’payadi. Jigar trabekulalari yo’li ekssudat bilan to’lib, to’qimalar o’ta shishadi. Seroz gepatit oxiri sirrozga o’tishi mumkin. Yiringli gepatit — ko’proq metastazlarda (boshqa a’zolarning yiringli kasali tomirlar orqah jigarda o’tadi) kuzatiladi. Yiringli xolesistitlar ham jigarga o’t yo’li orqali o’tadi. Yiringli gepatit ba’zida jigar kapsulasini teshib, qorin bo’shlig’iga tushib, qorin pardasini yallig’lantirishi (pertonit) mumkin. Epidemik gepatit yuqumli kasallik bo’lib, uni virus chaqiradi. Odamdan (ko’proq bolalarda) odamga (suv,ovqat orqali, qon quyish va b.q.) o’tadi. Bunda jigar parenximasi va stromalarda distrofik o’zgarishlar bo’ladi. Keyinchalik hujayralar nekrozi rivojlanadi. Stromada giperemiya, so’ng infiltratsiya paydo boiadi. Kasallik o’tkir va surunkali bo’ladi. Ba’zan yallig’langan joylar chandiqlar bilan qoplanib, sog’ayishi mumkin. Ba’zan esa surunkali gepatitlarda chandiqli jarayonlar va keng tarqalgan nekrozlar jigar sirroziga aylanadi. Jigarning toksik distrofiyasi yoki uning o’tkir sariq atrofiyasi kasalliklarning (Botkin kasalligi, sepsis, homiladorlik toksikozlari va turli zaharlanishlar) asorati bo’lib, o’tkir va og’ir kechadi.Bunda jigar dastlab (5-6 kun) kattalashib, so’ng bir necha kunda jigar hujayralari parchalanib, halok bo’lishi tufayli jigar keskin (2-3 barobar) kichiklashadi. Jigar to’q sariq rangli bo’ladi, buni "sariq atrofiya" deb ataladi. Agar parchalanish davom etsa, deyarli parenxima 90 qolmasdan, jigar to’qimasi qizil (qizil atrofiya) bo’lib qoladi. Bunda jigarning barcha faoliyatlari buzilib, koma (bemor ko’pincha o’ladi) bo’ladi. Sog’ayishda esa jigar hujayralari tugunlarga o’xshash o’sib (ko’pincha sirroz bo’ladi) stromalar proliferatsiyasi kuzatiladi.Jigar sirroziga hujayralarning distrofiyasi, ularning o’sishi, biriktiruvchi to’qimalarning o’sib ketishi (skleroz va a’zoning deformatsiyasi) xarakterlidir. Jigar sirrozi Botkin kasalligi, alkogollik, zahm, bezgak, brutsellyoz, turli zaharlanishlar, vitaminlar va oqsillarning yetishmasligi kabi kasalliklardan so’ng rivojlanishi mumkin. Sirroz rivojlanishida dastlab biriktiruvchi to’qimaning o’sishidan jigar (gipertroflk sirroz) kattalashadi. Keyinchalik hujayralarning halok bo’shi jigarni asta–sekin (atrofik sirroz) kichiklashtiradi. o’z vaqtida davolansa, bemor sog’ayadi. Jigar sirrozi rivojida qon oqishi keskin buziladi, oraliq to’qimalar sklerozi qon tomir devorini qisqartiradi. Natijada jigardan qon oqishi qiyinlashadi. Oqibatda qorin bo’shlig’idagi a’zolarda qon dimlanib, vena qon tomirlari kattalashadi. Ayniqsa, qon taloqda dimlanib uning og’irligi 1 kg gacha ortadi. Oxiri qon jigarni chetlab qorin devori venalari, ichak venalarining anastomozlari orqali (kavak venalar anastomoziga qaralsin) qon oqa boshlaydi. Lekin bunday kollateral qon oqishi organizm intoksikatsiyasiga sabab bo’ladi. Keyinchalik qorin bo’shlig’idagi dimlangan qon hisobiga assit (qorin bo’shlig’ida plazma yig’iladi) boshlanadi. Jigar sirrozida miyada chuqur distrofik o’zgarishlar (gepatoserebral) kuzatiladi.Moddalar almashinuvi kuchli o’zgarib, jigar komasi kuzatiladi, oxiri bu o’lim bilan tugaydi. Qorin pardasining yallig’lanishi (peritonit) — qorin pardasining yallig’lanishi, har xil kasallarining og’ir alomatlari sifatida paydo bo’ladi. Peritonit ko’pincha qorin pardaning katta qismini qamraydi. Peritonitda parda xiralashib, qorin bo’shlig’ida yiringli suyuqlik to’planadi.Peritonit me’da yarasini, appenditsitni yoki ichak yaralarining yorilib bo’shlig’idagi yiring, ovqat moddalari qorin bo’shlig’iga tushib, qorin pardaning yallig’lanishiga sabab bo’ladi. Natijada peritonit rivojlanadi va ko’pincha me’da, ichak, bachadon va boshqa a’zolarning vazifasini og’irlashtiradi. Bulardan tashqari ichak buralishida, qorin bo’shlig’idagi a’zolar silida, plevritlarda ham peritonit rivojlanadi. Peritonitda umumiy intoksikatsiya bo’lib, ichak devorlari parez bo’ladi, yurak faoliyati susayadi. Natijada bemor ahvoli og’irlashadi. Tuzalish yuz bersa, qorin bo’shlig’ida yiringli xaltachalar (abssesslar) paydo bo’ladi. Ichaklar chandiqlanib bir–biriga yopishib, ularning peristaltikalari buziladi. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollar. 1. Jigar qayerda joylashgan?. Jigarning vazifasi nimadan iborat? 2. Jigar qanday bo’laklardan tashkil topgan? Jigar fiziologiyasi. 3. O’t pufagi qayerda joylashgan. O’t pufagining lotin tilida nomlanishi. 4. O’t suyuqligining tarkibi nimalardan iborat? 5. Bir kecha-kunduzda qancha o’t suyuqligi ishlab chiqariladi? 6. Me’da osti bezi qayerda joylashgan?. Me’da osti bezining vazifasi nimadan iborat? 7. Qorin parda qayerda joylashgan?. Qorin pardaning vazifasi nimadan iborat? 91 Mavzu: Nafas a’zolari haqida tushuncha. Burun bo’shlig’i. Reja: 1.Nafas a’zolari haqida umumiy tushuncha. 2.Burun bo’shlig’i tuzilishi va vazifasi. Odam va quruqlikda yashovchi hayvonlar havo tarkibidagi kislorodlarni nafas a’zolari orqali yutadi. Odamda nafas a’zolari burun bo’shlig’i, hiqildoq, traxeya (kekirdak), bronx va o’pkalardan iborat. Bular, odatda, kislorodni o’pka alveolalariga yetkazib beruvchi havo yo’li hisoblanadi. Klinika sharoitida burun bo’shlig’i, burun va hiqildoq yuqori nafas yo’li deb atalsa, kekirdak va bronxlar pastki nafas yo’li deyiladi. Nafas a’zolarining rivojlanishi Nafas a’zolari toq kurtak shaklida embrion taraqqiyotining uchinchi haftalarida birlamchi ichak nayidan ajraladi. Keyinchalik toq kurtakning uchi ikkita o’pka kurtagiga ajraladi. Embrionning bir oylik davridan boshlab, hiqildoq rivojlanadi va balog’atga yetguncha davom etadi. Rivojlanayotgan o’pka kurtagining chap tomondagisi ikkita bo’lakka, o’ng tomondagi o’pka kurtagi esa uchta bo’lakka bo’linadi. Bir xildagi bo’linish davorn etib, bronx daraxti va atsinusni vujudga keltiradi. Bronxlar bola tug’ilgach mustaqil nafas olgandan so’ng ochilib, havo bilan to’ladi. Tug’ilgan zahoti bir marta bo’lsa ham nafas olgan chaqaloq o’pkasi cho’kmaydi. Embrion (homila) o’pkasida havo bo’lmaganligidan u suvga solinganda cho’kadi. Go’daklarning burun bo’shlig’i va hiqildog’i qisqa va tor bo’ladi. Shuning uchun ular tez shamollashga moyil bo’ladi. O’pkaning rivojlanish davri odamlarda balog’atga yetguncha (16-18 yoshgacha) davom etadi. Chaqaloqda o’pkadagi alveolalar va mayda bronxlar hali kam bo’lgani uchun bir minutda 40-60, hatto undan ko’p nafas oladi. 2-5 yoshli bolalar minutiga 25-30 martacha, katta yoshdagi odamlar esa 16-18 martagina nafas oladi. Burun bo’shlig’i (cavum nasi) nafas yo’lining boshlanish qismi bo’lib, oldinda noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomondan xoana orqali burun–hiqildoq yo’liga ochiladi. Burun bo’shlig’i yuqoridan kalla bo’shlig’iga asosi bilan og’iz bo’shlig’ining tepa chegarasi (qattiq va yumshoq tanglay) bilan, ikki yonboshdan ko’z kosalari va yuqori jag’ suyagi tanasi Burun bo’shlig’i. 1-peshona kavagi, 2–burun suyagi, 3-o’rta burun chig’anog’i, 4-o’rta burun yo’li, 5-burun bo’shlig’iga kirish qismi, 6-burun uchi, 7-pastki burun chig’anog’i, 8pastki burun yo’li, 9-qattiq tanglay, 10-kesuvchi tish kartali, 11-tepalab, 12-og’iz bo’shlig’i dahlizi, 13-og’iz bo’shlig’i, 14-pastki lab, 15-til, 16-pastki jag’, 17-jag’-til osti muskuli, 18-jag’–til muskuli, 19-hiqildoq usti tog’ayi, 20-tanglay–hiqildoq burmasi, 21-yumshoq tanglay, 22halqumning burun bo’shlig’i qismi, 23-eshituv nay teshigi, 24-miyaning pastki ortiq bezi. bilan chegaralanib turadi. Burun bo’shlig’i burun to’sig’i bilan ikkiga bo’linadi. Burun bo’shlig’i va uning atrofida joylashgan kavaklar qon tomirlar va bezlarga boy bo’lgan shilliq qavat bilan qoplanga Bundan tashqari, burun bo’shlig’i shilliq qavatida kiprikli epiteliy ham uchraydi. Shuning uchun burun bo’shlig’iga kirgan havo tarkibidagi chang zarrachalarini bezlar qamrab oladi. Shilliq qavati ostida qon tomirlar, ayniqsa vena chigallari yaxshi rivojlangan. Burun bo’shlig’ining yuqori qismida shilliq qavatda (hidlash zonasida) hidlash nervlarining oxirlari joylashgan. Burun bo’shlig’i shilliq qavati shamollab shishadigan bo’lsa, qon tomirlar devori yirtilib, qon oqishi, 92 nafas olishi qiyinlashishi mumkin. Odatda, burun bo’shlig’ining o’rta va pastki qismi nafas olish bo’lagi deyilib, undagi chig’anoqlar, burun bo’shlig’i atrofidagi kovaklar (peshona, g’alvir, suyak, ponasimon suyaklar va tepa jag’ tanasi) ning tarkibida joylashgan kovaklar burun bo’shlig’iga ochilib, burun bo’shlig’i yuzasini kengaytirib, burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini ta’minlaydi. Burunga kirish qismi-noksimon teshik oldidan burun suyaklari va tog’aylari bilan chegaralanib, burunni hosil qiladi. Buruning tog’ay qanotlari, pastki burun qirrasini hosil qiladi. Tog’aydan tuzilgan o’rta devor burun teshigini ikkiga ajratadi. O’tilgan mavzu bo’yicha nazorat savollari 1.Nafas a’zolari qanday qismlarga bo’linadi ? 2. Burun bo’shlig’ining lotin tilida nomlanishi. 3. Chaqaloqlarda nafas a’zolarining o’ziga xosligi. 4.Nafas soning yoshga xos o’zgarishlari. 5. Burun bo’shlig’ining tuzilishi. 6. Burun bo’shlig’ining vazifasi. Mavzu: Hiqildoq va kekirdak anatomiyasi va fiziologiyasi va patologiyasi. Reja: 1. Hiqildoq tuzilishi, joylanishi, juft va toq tog’aylari haqida tushuncha; 2. Kekirdak tuzilishi joylanishi va vazifasi; Hiqildoq (larynx) nafas yo’lining (burun bo’shlig’idan so’ng) ikkinchi qismi bo’lib, ovoz paydo qiluvchi a’zo vazifasini ham bajaradi. Hiqildoq yuqorida til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa biroz torayib, kekirdakka o’tadi. Hiqildoq IV-VI bo’yin umurtqalarining old tomonida joylashib, uning yon tomoni qon tomirlar va nervlarga tegib turadi. Old tomonidan esa muskullar va fassiyalar bilan qoplanadi. Hiqildoq juft va toq tog’aylarning boylamlar, muskullar yordamida o’zaro birikishidan vujudga keladi. Hiqildoq tog’aylari toq va juft tog’aylardan iborat. Toq tog’aylar Uzuksimon tog’ay — uzukka o’xshash tuzilgan va hiqildoq ingichkalashgan (uzuk halqasi), kengaygan orqa qismi (uzuk ko’zi) asosini hosil qilib joylashgan. Uzuksimon tog’ayning old qismi tafovut etiladi. Uzuksimon tog’ay ustida qalqonsimon tog’ay joylashadi. Qalqonsimon tog’ay — hiqildoq tog’aylari ichida eng kattasi bo’lib, uning ikkita yaxlit plastinkasi bo’yin o’rta chizig’ida burchak hosil qilib qo’shiladi. Bu burchak teri ostidan (ayniqsa, erkaklarda) bo’rtib chiqib turadi. Hiqildoq usti tog’ayi – barg shaklida bo’lib, yuqori cheti kengaygan, pastki ingichkalashgan (barg bandi) qismi qalqonsimon tog’ayning orqa yuzasiga yopishadi. Hiqildoq usti tog’ayi ovqatni yutish jarayonida hiqildoqqa kirish teshigini yopadi. Juft tog’aylar Cho’michsimon tog’ay bir juft bo’lib, piramidaga o’xshaydi. Ularning kengaygan pastki asos qismi uzuksimon tog’ayning ustki yuzasi bilan birlashadi.Cho’michsimon tog’aylar asosining old tomonida ovoz o’sig’i va lateral tomonda muskul o’sig’i joylashgan. Ovoz o’sig’iga ovoz boylami, muskul o’sig’iga esa muskullar yopishadi. Shoxsimon tog’ay — uncha katta bo’lmagan juft tog’ay bo’lib, shoxga o’xshab cho’michsimon tog’ay ustida joylashgan. Ponasimon tog’ay — unchalik katta bo’lmagan juft tog’ay bo’lib, cho’michsimon tog’ay bilan hiqildoq usti tog’ayi oralig’idagi burmada uchraydi.Hiqildoq tog’ay boylamlar yordamida o’zaro bo’g’im hosil qilib birlashadi.Hiqildoqning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan.Hiqildoq muskullari ko’ndalang targ’il muskullardan tuzilgan va odam ixtiyori bilan qisqaradi. 93 1.Uzuksimon – cho’michsimon tog’aylar o’rtasidagi muskul – uzuksimon tog’aydan boshlanib, cho’michsimon tog’ayning muskul o’sig’iga yopishadi. Funksiyasi: muskul qisqarganda ovoz boylamlari taranglashadi, oraliq yoriq torayadi. 2.Qalqonsimon va cho’michsimon tog’aylar o’rtasidagi muskul — qalqonsimon tog’aydan boshlanib, cho’michsimon muskul o’sig’iga yopishadi.Funksiyasi: bu muskul ikki tomondan barobar qisqarganda ovoz boylamlari bo’shashadi, hiqildoqning ovoz boylamidan yuqori qismi esa torayadi. 3.O’ng va chap cho’michsimon tog’aylar o’rtasida ko’ndalang joylashgan muskul. Funksiyasi: qisqarganda ovoz yorig’ining orqa qismi torayadi. 4. Cho’michsimon tog’ayning qiyshiq muskuli.Funksiyasi: hiqildoqqa kirish teshigini toraytiradi. 5. Qalqonsimon tog’ay bilan hiqildoq qopqog’i o’rtasidagi muskul — qalqonsimon tog’aydan boshlanib, hiqildoq usti tog’ayiga yopishadi.Funksiyasi: ovoz boylamlarini taranglab, hiqildoqqa kirish teshigini kengaytiradi. 6. Ovoz muskuli — bir juft bo’lib, ovoz burmalari bag’rida yotadi. Qalqonsimon tog’ay ichki yuzasidan boshlanib, cho’michsimon tog’ayning ovoz o’sig’iga yopishadi. Hiqildoq bo’shlig’i – qum soatiga o’xshagan bo’lib, toraygan qismi ovoz boylamlari joylashgan yerga to’g’ri keladi. Ovoz boylamlari bir–biriga yaqin parallel joylashib, oralig’ida ovoz yorig’ini hosil qiladi. Ovoz yorig’ining orqa qismini cho’michsimon tog’ayning ovoz o’sig’i tashkil qiladi. Hiqildoq kirish teshigi noto’g’ri oval shaklli bo’lib pastga,hiqildoq Soxta ovoz boylamlarining burmalari orasidagi yoriq o’zidan pastroqda joylashgan haqiqiy (chin) ovoz boylamlari orasidagi yoriqdan hiyla kattaroq va kengroq bo’ladi. Soxta ovoz boylamlari burmalari bilan haqiqiy ovoz boylamlari burmalari orasidagi o’ng va chap chuqurchalar (hiqildoq qorinchasi) ni ko’rish mumkin. Hiqildoqning shilliq qavati pushti rangli,ko’p qatorli, kiprikli, qadahsimon hujayralar aralashgan epiteliydan iborat. Sezuvchi nerv oxirlari ayniqsa, hiqildoq dahlizida ko’p tarqalgan. Shu sababli havo bilan kirgan zarrachalar, changlar yo’talga sabab bo’ladi. Hiqildoq faqat havo o’tkazish a’zosi bo’lib qolmasdan, tovush chiqarish a’zosi hamdir. Nafas chiqarishda kekirdakdan kelayotgan havo ovoz yorig’idan o’ta turib ovoz boylamlarini titratadi, natijada tovush paydo bo’ladi.Turlicha tovush (ovoz)ning paydo bo’lishi havo to’lqinining kuchiga va ovoz boylamlarining tebranish qobiliyatiga bog’liq. Kekirdak va bronxlar.1–til osti suyagi, 2,3,5–tog’aylar oraliq parda va boylnami, 4–qalqonsimon tog’ay, 6–uzuksimon tog’ay, 7–kekirdak tog’aylari, 8–tog’aylar oraliq boylamlari, 9– kekirdakning bronxlarga bo’linish joyi,10–o’ng bronx, 11–chap bronx, 12,13,14–bronx shoxlari. Kekirdak (traxeya) — uzunligi 9-11 sm, diametri 15-18mm keladigan naydan iborat bo’lib, VI bo’yin umurtqasining ro’parasida bevosita hiqildoqdan boshlanadi, so’ngra ko’krak qafasining yuqori teshigi orqali ko’ks oralig’igacha borib, IV-V ko’krak umurtqalarining ro’parasida chap va o’ng bronxlarga ajraladi. Kekirdakning ana shu bo’linganjoyi kekirdak ayrisi deb ataladi. Kekirdak joylashgan joyiga qarab bo’yin va ko’krak qismlariga ajraladi. Kekirdakning bo’yin qismini old tomonidan pastki jag’ osti muskullari, qalqonsimon bez o’rab turadi. Ko’krak qismini old tomondan to’sh suyagi chegaralab turadi. Kekirdakning orqa tomonidan qizilo’ngach o’tsa, ikki yonboshida qon tomirlari va nervlar joylashgan.Kekirdak devori l6-20 ta yarim halqa’ shaklidagi tog’aylardan tuzilgan bo’lib, bular o’zaro fibroz to’qimalar bilan tutashgan.Tog’ay yarim halqa devorining ochiq qismi parda bilan o’ralgan. Kekirdakning ichki yuzasi ko’p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan, shilliq bezlarga boy shilliq qavat bilan o’ralgan. O’tilgan mavzu bo’ycha nazorat savollar. 1. Xiqildoqning lotin tilida nomlanishi. 2. Xiqildoq qayerda joylashgan? 3. Xiqildoqning toq tog’aylari. 4. Xiqildoqning juft tog’aylari. 5.Xiqildoqning vazifasi. 6. Kekirdakning tuzilishi. 7. Kekirdak qanday qismlarga bo’linadi? 94 Mavzu: Bronx va o’pka anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi. Reja: 1. Bronxlarning tuzilishi va vazifasi. 2. O’pkalar tuzilishi, joylanishi va vazifasi. 3. Plevra tuzilishi, joylanishi va organizmdagi ahamiyati. Bronxlar (bronchi) – kekirdakning IV–V ko’krak umurtqalari ro’parasida o’ng va chap tarmoqqa bo’linishidan vujudga keladi. o’ng bronx chap bronxga qaraganda kalta va kengroq bo’lib, 6-8 tog’ay halqadan tuzilgan. O’ng bronx deyarli vertikal yo’nalishga ega bo’ladi. Chap bronx o’ng bronxga nisbatan torroq va uzunroq bo’lib, 9-12 tog’ay halqadan tuzilgan.Chap bronx kekirdakdan burchak hosil qilib yo’naladi. O’pka (pulmo, pulmonaris) bir juft bo’lib, ko’krak qafasining ikki tomonida joylashgan. O’ng va chap o’pka o’rtasidagi kamgakda yurak o’rnashgan. O’pkaning asosi past tomondan diafragmaga tegib turadi va diafragma yuzasi deyiladi. O’pkaning uchi birinchi qovurg’adan 3-4 sm yuqoriroqda turadi. O’pkaning bo’rtib qovurg’alarga tegib turgan yuzasi va bir–biriga qarab turgan ko’ks oralig’i yuzasi tafovut qilinadi. Bu yuzalarning biri ikkinchisidan qirralar bilan chegaralanib turadi. Chap o’pkaning oldingi qirrasi pastrog’ida yurak o’ymasi uchraydi. O’pkaning medial (ko’ks oralig’i) yuzasida o’pka arteriyasi, venasi va bronxlar kirib chiqadigan o’pka darvozasi joylashgan. O’ng o’pka chuqur ariqchalar yordamida uch bo’lakka (yuqori, o’rta va pastki), chap o’pka esa ikki bo’lakka (yuqori va pastki) bo’lingan. O’ng o’pkaning tagida (diafragma ostida) jigar joylashgan. Shuning uchun o’ng o’pka chap o’pkaga qaraganda hajmi torroq, bo’yi esa qisqaroq bo’ladi o’ng o’pka bo’laklari o’n ikki segmentdan, chap o’pka o’n bir segmentdan iborat. Segment hajmi 0,5-1,0 sm, piramida shaklida tuzilgan o’pka bo’lakchaliridan tashkil topgan. Bu bo’lakchalar bir–biridan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi. Bo’lakchalararo devorchalar bo’lakchalarning nafas olishida harakatchan bo’lishini ta’minlaydi. Bronxlarning bo’linishi. Bronxlar o’ng va chap o’pkaga kirib, daraxt shoxi kabi tarmoqlarga bo’linadi. O’ng o’pkaga kirgan bronx uch bo’lakka bo’linadi. Bularning bittasi o’pka yuqori bo’lagiga, ikkinchisi o’rta bo’lagiga va uchinchisi pastki o’pka bo’lagiga yo’naladi. Chap o’pkaga kirgan bronx ikkita bo’lak bronx tarmog’ini beradi. Ularning bittasi o’pkaning yuqori bo’lagiga, ikkinchisi pastki bo’lagiga kiradi. Bo’lak bronxlar (diametri lmm gacha) o’z navbatida segment bronxlarga bo’linadi. O’pka tashqarisidagi bronxlar devorida halqa shaklidagi tog’aylar joylashgan. O’pka ichidagi bo’lak bronxlarning skeleti esa panjara shaklli tog’aylardan iborat. O’pka segment bronxlari va ularning tarmoqlarida tog’aylar alohida bo’laklar shaklida bo’ladi. Segment bronxlar 8 marta bo’linib, o’pka bo’lakchalari bronxlarini beradi. Bronxlarda muskul qavati aylanma shaklida joylashgan. Bo’lak bronxlar ikkala o’pkada taxminan 1000 tagacha bo’ladi. o’pka bo’lakchalarining ichida bo’lak bronxlarning har bittasi diametri 0,3-0,5 mm bo’lgan 12-16 tadan oxirgi (chegara) bronxlar tarqaladi. Oxirgi bronxlardan boshlab eng katta (asosiy) bronxlar yig’indisi bronxlar daraxtini hosil qiladi. Bronxlar daraxti nafas yo’li bronxlar devorida tog’ay halqat uchramaydi. Har bir chegara bronx o’z navbatida ikkita nafas bronxiolasiga bo’linadi. Nafas bronxiolasi torayib nafas naychasiga bu esa kengayib, nafas ufakchalari va o’pka alveolalariga aylanadi. Nafas bronxiolasi va undan tarqalgan nafas naychasi, pufakchalari va alveolalari qo’shilib uzum shingil shaklidagi o’pkalarning struktura va funksional birlgi— atsinus yoki alveolalar daraxtini hosil qiladi. O’pka segmentlari o’zaro qo’shilib o’pka bo’lagini va nihoyat o’pka bo’laklaridan o’pka hosil bo’ladi. Q’pkada 800000 atsinuslar yoki 300-500 mln alveolalar uchraydi. Ularning sathi 30-100 m2 boladi. O’pka bronxlari havo almashish jarayonidan tashqari, organizmda suv, tuz, xlor miqdorini bir me’yorda saqlanishiga ham yordam beradi. Katta odamlarda ikkala o’pkada o’rtacha 4,9-5,1 havo bo’ladi. Ulardan tinch nafas olish vacftida (har bir nalas olganda) faqat 500 ml havo o’pkaga kirsa, chuqur nafas olganda esa 1600 toza havo kirib, 1600 ml karbonat angidridga boy bo’lgan havo o’pkadan chiqadi. Shunday qilib, o’pkada hayotiy havo sig’imi o’rtacha 3500–3700 mlgacha bo’ladi. Qolgan 1300-1400ml havo esa qoldiq havo bo’lib, o’pkada doimo bo’ladi. 95 Plevra (pleura) – o’pkani qoplagan seroz pardaga plevra deyiladi. Plevra ikki varaqli bo’lib, o’pka ustidan o’rab turgan varag’iga ichki (visseral) varaq va ko’krak bo’shlig’i devorining ichki tomoniga yopishgan varag’iga pariyetal varaq deyiladi. Visseral plevra o’pka to’qimasiga yopishib, uning bo’laklar oralig’idagi yoriqlar ichiga ham kiradi. Visseral plevra o’pka darvozasiga kelganda qo’sh qavatli boylamni hosil qilib, pariyetal plevraga aylanadi. Pariyetal plevra joylashgan o’rniga qarab, qovurg’a, diafragma va ko’ks oralig’i qismlariga ajraladi. O’pka uchini qoplab turgan qismi plevra gumbazi bo’lib, u birinchi qovurg’adan 3-4 sm yuqorida joylashgan. Pariyetal va visseral plevralar orasidagi plevra bo’shlig’ida ma’lum miqdorda suyuqlik bo’ladi. Bu suyuqlik plevralarning bir–biriga qaragan yuzalarini ho’llab, nafas olish va chiqarishda ularning ishqalanishini kamaytiradi. Plevra bo’shlig’ida manfiy bosim bo’lganligidan ko’krak qafasining germetik butunligi buzilgan vaqtda plevra bo’shlig’iga havo kirib, uni ezadi, nafas olish qiyinlashadi. O’ng va chap o’pka orasida ko’ks bo’shlig’i joylashgan. Ko’ks bo’shlig’ini orqa tomondan umurtqa pog’onasining ko’krak qismi, oldingi tomondan to’sh suyagi, ikki yon tomondan ko’ks oralig’i, plevra, pastdan diafragma, tepadan ko’krak qafasining yuqori teshigi chegaralab turadi. Ko’ks oralig’i kekirdak va bronxlar vositasida oldingi va orqa qismlarga bo’linadi. Oldingi ko’ks oralig’ida yurak va uning xaltasi, ayrisimon bez, aorta ravog’i, o’pka arteriya stvoli va diafragma nervi joylashgan. Orqa ko’ks oralig’ida qizilo’ngach, ko’krak aortasi limfa yo’li, venalar, nervlar bo’ladi. O’pka va plevra chegaralari. o’ng va chap o’pkaning uchlari birinchi qovurg’adan 3-4 sm yuqorida bo’ladi, so’ngra o’mrov–to’sh bo’g’imi orqali past tomonga yo’nalib, to’sh suyagining dastasi bilan tanasi qo’shiladigan chegarada o’pkaning oldingi chegaralari boshlanadi. o’ng o’pkaning oldingi chegarasi shu joydan to’sh suyagining tanasiga parallel holda pastga yo’nalib, VI qovurg’a tog’ay qismiga borganda pastki chegaraga o’tib ketadi. Chap tomonda yurak joylashgan. Shuning uchun chap o’pkaning oldingi chegarasi IV qovurg’aga borganda chapga qarab chekinadi va VI qovurg’aning tog’ay qismiga borganda pastki chegaraga o’tib ketadi. o’pkaning pastki chegarasi o’mrov suyagining o’rtasidan o’tkazilgan vertikal chiziqda VI qovurg’aga, qo’ltiq chizig’i bo’ylab IX—X qovurg’alarga va umurtqa pog’onasi sohasida XI qovurg’aga to’g’ri keladi. Plevraning oldingi va orqa chegarasi deyarli o’pka chegarasiga to’g’ri keladi. Nafas a’zolari fiziologiyasi. Odam organizmidagi havo almashish jarayoni ko’krak qafasi va uni harakatga keltiruvchi muskullar (ko’krak qafasi muskullari, diafragma va qorin devori muskullari), o’pka va uning havo yo’llari orqali bajariladi. Muskullar qisqarib, ko’krak qafasini va o’pkani kengaytirib kislorodga boy havo bilan o’pkaning boyishini ta’minlasa, ko’krak qafasining torayishi o’pka hajmini toraytirib, natijada o’pkadan karbonat angidridiga boy havo tashqariga chiqishi jarayonini bajaradi. Shunday qilib, tirik odam organizmi bilan atrof–muhit o’rtasidagi aloqa-nafas jarayoni bajariladi. O’pka alveolalaridagi kislorod qonga so’rilib, o’pka venalari orqali yurakka borib, u yerdan aorta va uning tarmoqlari orqali butun organizmga (hujayralarga) tarqaladi. Hujayralardan esa karbonat angidrid ajralib qonga so’rilib, vena qon tomiri orqali yurakka, undan o’pkaga boradi. O’pkadan havo yo’llari orqali tashqariga chiqadi. Shunday qilib, nafas chiqarish sodir bo’ladi. Odatda, o’pka orqali havo almashish jarayoni tashqi nafas deyiladi. Hujayralardagi havo almashish jarayoni esa ichki yoki to’qima nafasi nomi bilan ataladi. Ichki nafas hujayralar bilan kapillyarlar o’rtasida sodir bo’ladi. Odam tinch turgan vaqtida har bir minutda o’rtacha 16-20 marta nafas oladi. Bunda 8 l. ga yaqin havo qabul qiladi, sportchilar yugurganda 25-30 l. gacha, faol jismoniy mehnatda esa 120-150 l. gacha havo qabul qilib, o’pka ventilyatsiyasi tezlashadi. Bu vaqtda nafas muskullaridan tashqari qorin devori va bo’yin muskullari ham ishtirok etadi. Havo almashinish jarayoni bolaning embrion rivojlanish davrida yo’ldosh orqali bo’lganidan o’pkasida havo bo’lmay puchaygan bo’ladi. Bola tug’ilgach, kindigi kesilib bog’langandan so’ng bola qonida karbonat angidrid gazi osha borib, nafas markazini qo’zg’atadi. Qo’zg’algan markazdan impuls nerv orqali nafas yo’liga borib, birinchi bor nafas olishga sabab bo’ladi. Nafas olish boshlangandan so’ng o’pka hajmi va ko’krak qafasi asta– sekin kengaya boradi. Ko’krak qafasi hajmining kattalashishi o’pkaga nisbatan tezroq bo’ladi. Natijada o’pkaning hajmi atmosfera bosimi ta’sirida kengayib, kattalashib boradi. Ayni vaqtida o’pldining o’ragan (visseral) plevra bilan ko’krak qafasining ichki yuzasini qoplagan (pariyetal) plevra varaqlari oralig’idagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan 5-9 mm simob ustuni hisobida kam bo’lgan manfiy bosim paydo bo’ladi. Shuning uchun ham nafas olganda o’pkaning kengayib, nafas chiqarganda 96 torayishi-o’pka sirkulyatsiyasini vujudga keltiradi. Nafas olish va nafas chiqarish uzunchoq miyaning IV qorincha tubida joylashgan nafas markazida bir me’yorda paydo bo’ladigan qo’zg’alish bilan bog’liqdir. Qo’zg’alish markazdan orqa miya orqali diafragma va qovurg’a oraliq nervlar vositasida ana shu (nafas) muskullarni qo’zg’atib qisqartiradi. Natijada diafragrna qisqarib pastga tushadi, tashqi qovug’anirig oraliq muskullari qisqarib, qovurg’alarni yuqoriga ko’taradi, to’sh suyagini esa oldinga surib, ko’krak bo’shlig’ini kengaytiradi va nafas olishga-havoning nafas yo’llari orqali o’pkaga erkin yo’nalishiga sharoit tug’iladi. Nafas chiqarganda esa ichki qovurg’a oraliq muskullar qisqaradi, diafragma esa qorin bo’shlig’idagi a’zolarning bosimi ostida yuqoriga ko’tarilib, ko’krak qafasi torayib, ilgarigi holatga qaytishini ta’minlaydi. Natijada o’pka hajmi ham kamayib, uning ichidagi bosim birmuncha ortadi va havo bronxlar orqali alveolalarga boradi. Alveola devorlari yupqa va nam bo’lgani uchun kislorodni qonga, karbonat angidridni, aksincha, vena qonidan alveolalarga o’tishiga imkon beradi. Bunday diffuziyaning yo’nalishi va tezligi gazning porsial bosimi (gaz aralashmasi umumiy bosimning ana shu gazga to’g’ri keladigan qismi) yoki tig’izlikka (gazning suyuqlikda erigan holati) bog’liq. Nafas olish sistemasi a’zolari patologiyasi. Turli kasalliklar (qovurg’alar, ko’krak muskullari va o’pkaning shikastlanishi) tufayli plevra bo’shlig’ida hayo pnevmotoraks yoki suyuqlik (gidrotoraks) to’planib, o’pka harakati buziladi. Pnevmotoraks deb, ko’krak qafasi jarohatlanib, jarohat teshigi orqali plevra bo’shlig’iga havo to’panishiga aytiladi. Pnevmotoraks sil kasalida, absses va o’smalarda, o’pka to’qimalari o’zidan–o’zi yirtilib, havo yo’llari plevra bo’shlig’i bilan qo’shilib ketganda ham bo’ladi. Bunda yurak va qon tomirlar o’z joyidan surilib, qon aylanish izidan chiqadi. Ko’pincha pnevmotoraksga gemotoraks (yorilgan o’pka to’qimalaridan havo bilan yiring va qon chiqadi) qo’shiladi. Pnevmotoraks sabablari yo’qotilganda plevra bo’shlig’idan havo (2-3 haftada) asta–sekin so’rilib tugaydi. Sun’iy pnevmotoraks sil kasalligihi davolashda plevra bo’shlig’iga havo yoki azot yuborib, o’pka harakati cheklanadi. Bunda shikastlangan to’qimalarning tez bitishiga va oqayotgan qonning to’xtashiga imkon tug’iladi.Nafas y o ’ l l a r i o’tkazuvchanligining (burun bo’shlig’i, hiqildoq, traxeya va bronxlar) buzilishi ularning biror qismining torayib qolishiga bog’liqdir. Bunda nafas olish qiyinlashib, havo yetishmasligidan harsillash kuzatiladi. Yuqori nafas yo’llari shilliq qavatlarining yallig’lanishi (shamollashda, kimyoviy moddalar, changlar ta’sirida) ko’pincha ularning torayishiga sababchi bo’ladi. Odatda, tumov (rinit) yoki kimyoviy moddalar ta’sirida burun bo’shlig’i va uning atrofida joylashgan suyak (g’alvir suyak, peshona, ponasimon vayuqori jag’ suyaklari) bo’shliqlari shilliq qavati yallig’lanib bo’rtadi. Natijada burun yo’llari torayib (ba’zida butunlay berkilib qoladi), nafas og’iz orqali olinadi. Bunda havo yo’llariga changlarddn tozalanmagan va ilimagan havo kiradi. H i q i l d o q va t r a x e y a l a r n i n g y a l l i g ’ l a n i shi (laringit va traxeit) gripp va shamollashlarda kuzatiladi. Ko’pincha balg’am to’planishi bilan kechadi. Bunda yo’tal paydo bo’lib, balg’am ko’chadi. Ba’zan o’tkir difteriyada, o’pka silida ham yallig’lanish kuzatiladi. O’p k a d a g i p a t o lo g i k o’ z g a r i sh 1 a r. Turli kasalliklarda kuzatiladi. Jumladan, o’pka to’qimasining biror qismining (rak, abssess, sil va boshqa kasalliklarda) gaz almashinuvida qatnashmasligi nafas olishning buzilishiga sabab bo’ladi. Bunda o’pkaning sog’ qismi nafas olishda qatnashmayotgan qismining funksiyasini o’z zimmasiga oladi. Natijada alveolalar kengayib, hajmi kattalashadi, ya’ni o’rinbosar (kompensator) emfizema kuzatiladi. Emfizema uzoq vaqt dayom etganda alveolalar o’sib, yahgi alveolalar paydo bo’ladi. Natijada o’pkaning nafas olish sathi oshadi. A t e l e k t a z — o’pka to’qimalarining ezilishi (pnevmotoraks) yoki havoning kelmay (ovqat, qusuq massalari, o’smalar, yiringlarning havo yo’liga tiqilishi) qolishi natijasida o’pkaning puchayib qolishi. Bolalar tug’ma atelektaz bo’lib tug’iladi. Ammo birinchi nafasdan keyinoq bola o’pkasi yoziladi. Yurak k a s a l i d a qonaylanishining susayishidaqonda CO2 tutilib qolib, nafas markazini qitiqlab, xarsillash paydo bo’ladi. Turli zaharlar ham nafas olishni buzib, bo’g’ilish belgilarini paydo qiladi. Qonda gemoglabinning kamayishi (qon yo’qotishda, kamqonlikda zaharli moddalar ta’sirida) oqibatida to’qimalarga kam kislorod tarqaladi. Natijada gipoksiya rivojianib xarsillash kuzatiladi. Oxiri asfiksiya va gemoliz (eritrotsitlarning yemirilishi)dan bemor o’ladi. 97 B r o n x i t l a r — bronxlarning yallig’lanishi, o’tkir va surunkali bo’ladi. O’tkir bronxitlar ko’pincha yuqumli (gripp, o’pka shamollashi, sil, qizamiq) kasalliklarda va kimyoviy moddalar, changlar ta’sirida kekirdak va traxeya shilliq qavatlarining yallig’lanishi bilan o’tadi. Bunda shilliq parda tomirlari qonga to’ladi, yalligianish ekssudativ to’planadi, keyinchalik balg’am bo’lib ko’chadi. Ba’zan o’tkir (kataral) bronxitlar yiringli ko’rinishga o’tadi. S u r u n k a l i b r o n x i t — o’tkir bronxitning qaytalanib turishi, papiros chekuvchilarda, changli havodan nafas oluvchilarda kuzatiladi. Bronxitdan sog’ayib ketish mumkin. Ba’zida esa (ayniqsa surunkali bronxitda) kasallik o’pka to’qimasiga o’tib, uni yallig’iantirishi (bronxopnevmoniya) mumkin. B r o n x i a l a s t m a — mayda bronxlar (ko’pincha allergiyada uchraydi) spazmi tufayli nafas olish va chiqarish qiyinlashadi. Bunda bronxlar shilliq qavati shishib, yopishqoq shilliq to’planadi. Natijada nafas olish yuzaki bo’ladi. Astma xurujida yuz terisi oqarib (yo’talganda ko’kimtirlashadi) ketadi. Shilliq ajralgandan so’ng xuruj to’xtaydi. Bronxoektaziyalar surunkali bronxitlardan so’ng bronx devorlarida biriktiruvchi to’qimalar o’sib qamrab, ularni kengaygan va toraygan holda mustahkamlaydi. Bronxlar muskuli atrofiyalashgan bo’ladi. Bronxoektaziyalarda bronxlarning kengaygan devori yemirilib yiringlaydi. Bronxlarning kengaygan joylarida ko’pincha qo’lansa hidli yiringlar to’planadi. Bronxoektaziyalarda modda almashinuvi buzilib, o’pka–yurak yetishmovchiligi kuzatiladi. Z o t i 1 j a m (pnevmoniya) o’pkaning yallig’lanishi bo’lib, ko’pincha pnevmokokk sababchi boiadi. Zotiljam joylanishiga ko’ra atsinus pnevmoniya (o’pkaning alveolalar daraxti-atsinus yalligianadi), bo’lakchalar pnevmoniyasi (o’pka bo’lakchalari yalligianadi), bo’lak pnevmoniyasi (o’pka bo’laklaridan biri yalligianadi), o’pka pnevmoniyasi (o’pkalardan biri yalligianadi), total pnevmoniya (ikkala o’pka yalligianadi), peribronxial pnevmoniya (bronxlar atrofidagi to’qimalar yalligianadi), oraliq yoki interstitsial pnevmoniya (bolakchalararo biriktiruvchi to’qimali to’siqlar yalligianadi) tafovut etiladi o’pka yalligianishi uchta formaga, krupoz pnevmoniya, kataral yoki o’choqli bronxopnevmoniya hamda oraliq yoki interstitsial pnevmoniyaga ajratiladi. Krupoz pnevmoniya o’tkir infeksion yallig’lanish bolib, o’pkaning bir yoki bir necha bo’laklarida kuzatiladi. Kasallik ko’pincha sovuq qotish, ruhiy azoblanish, allergiya yoki turli jarohatlarda rivojlanadi. Kasallik ko’pincha keskin boshlanib harorat ko’tariladi. Kasallik boshlanishida o’pkaga qon to’lib, eritrotsitlar diapedizi kuzatiladi. Shuning uchun balg’amlar zang rangida boladi. Kasallikning 2-3 kunidan so’ng alveolalarda eritrotsitlar, fibrin aralashgan ekssudatlar kuzatiladi. Natijada yalligiangan o’pka boiagi havosiz, qattiq jigarrang tusga kiradi. O’pka yallig’lanishining 4-6 kunlaridan boshlab hosil bo’lgah fibrinli probkalar alveolalarni berkitib qo’yadi. Eritrotsitlar o’rniga leykotsitlar paydo bo’ladi. o’pka bo’lagi kulrang yoki sarg’ish bo’ladi, uni o’rab turgan plevra yallig’lanadi. Keyinchalik bemorning umumiy ahvoli yaxshilanib boradi. Bunda fibrinli ekssudatlarning bir qismi erib shimiladi, qolgan qismi balg’am bo’lib ajraladi. Oxiri yalligianish tugab bemor sog’ayadi. Ba’zida qo’shuvchi to’qimalar o’pka to’qimasiga o’sib kirib skleroz rivojlanadi yoki yallig’langan o’pka bo’lagida abssess paydo bo’lishi kuzatiladi. o’pkalarda chirituvchi mikroblar bo’lgan taqdirda o’pka gangrenasi rivojlanadi. Bronxopnevmoniya yoki bo’lakli pnevmoniyada o’pka to’qimalarining ayrim bo’laklari shikastlanadi. Ba’zida yallig’lanish ayrim bo’lakchalar, hatto atsinuslarga ham tarqaladi. Ba’zida yallig’lanish yiringli kataral (kataral pnevmoniya) xarakterga ega bo’lishi mumkin. Bronxopnevmoniya turlicha bo’ladi, lekin bronxopnevmoniya ko’pincha krupoz phevmoniya bilan birgalikda rivojlanadi. Bronxopnevmoniya ko’proq o’pkaning orqa bo’laklarida bo’ladi. Bu asosan yallig’lanish o’choqlari normal holatiga qaytishi bilan tugaydi. Ba’zida esa bronxopnevmoniyada nekroz va gangrena uchraydi. Yosh bolalarda pnevmoniya tezlik bilan o’pkaning ancha qismiga tarqaladi. Oraliq yoki interstitsial pnevmoniyada o’pkaning bo’lakchalar oraliq qo’shuvchi to’qimasi yallig’lanadi. Oraliq pnevmoniya ko’proq boshqa kasallikiar oqibati sifatida yuzaga keladi. Kasallik ko’pincha o’tkir va surunkali va surunkali bo’ladi. Surunkali oraliq pnevmoniya o’pka skleroziga o’tadi. Bunda nafas olish buzilib, umumiy intoksikatsiya kuzatiladi. O’pkaning chang k a s a l l i k l a r i . Odatdanafasbilan kirgan chang bronxlarning kiprikli epiteliysi orqali tashqariga chiqariladi. Ammo ko’p miqdordagi chang va tamaki tutuni kirganda alveola porus (teshik) chalarida tutilib, ularni berkitadi va kislorodni qonga, karbonat angidridning qondan 98 alveolalarga o’tishiga xalaqit beradi. Natijada, nafas olish tezlashadi, odam xarsillaydi. Organizmdagi poksiya rivojlanadi. Keyinchalik o’pka sklerozi rivojlanib alveolada fibroz tugunchalari paydo bo’ladi. Oxiri tugunchalar yemirilib, o’rnida bo’shliqlar hosil bo’ladi. Ko’p miqdorda qora rangli balg’am ("qora sil") ajraladi.O’pka e m f i z e m a s i yoki o’pkaning kengayishi — ko’pincha o’pkaning biror bo’lagi olib tashlangandan so’ng qolgan bo’laklarning hisobiga rivojlanadi. Ba’zida emfizema surunkali pnevmoniya yoki jarohatlardan so’ng paydo bo’ladi. Emfizemalar ichida surunkali umumiy vezikulyar emfizema alohida ahamiyatga molikdir. Bu emfizema 40-50 yoshlardagi odamlarda uchraydi. Kelib chiqishi va rivojlanishi hanuz to’la aniqlanmagan.Emfizemada alveolalar hajrni kattalashib, katta pufaklar hosil bo’ladi, alveola yo’llari kengayadi. Ular orasidagi to’siqlar sklerozga uchraydi. Natijada, o’pka nafas sathi keskin kamayadi. Ko’krak qafasi harakatlari keskin chegaralanib, nafas chiqarish qiyinlashadi. Oqibatda alveolalarda kislorod bilan karbonat angidrid aralashmasi ko’payib, gaz almashinuvi buziladi. O’ p k a r a k i. Ko’proq keksalarda, tamaki chekuvchilarda, ayniqsa, shahar aholisida (ko’proq erkaklarda) uchraydi. Olimlarning ilkricha, shahardagi gaz shaklidagi moddalar va havoning ifloslanishi o’pka rakining paydo bo’lishiga aloqadordir. O’pka raki bronx shilliq pardasidan oldin kichik tuguncha yoki polip shaklida o’sib, so’ngra o’pka to’qimasiga tarqaladi. Odatda rak oldi, xronik pnevmoniya, bronxoektazlar bo’ladi. o’pka raki limfa yo’llari va qon orqali (gemogen) jigarga, buyrak usti beziga, umurtqa pog’onasi va bosh miyaga tarqaladi. o’pka raki erta aniqlansa, o’pka rezeksiyasi va nurlar ta’sirida uni davolash mumkin. O’tilgan mavzular bo’yicha nazorat savollar. 1) Bronlar qayerdan boshlanadi. 2) O’ng va chap bronxning bir-biridan farqi. 3) O’pka qayerda joylashgan? 4) O’ng va chap o’pkalarning bir- biridan farqlari. 5) Bronxlarning bo’linishi. 6) O’pkalarning tuzilishini ayting. 7) Plevra qanday varaqlardan tuzilgan. 8) Plevra joylanishiga ko’ra qanday qimlardan tuzilgan? 99 Mavzu: Moddalar va energiya almashinuvi. Reja: 1. Moddalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha 2. Oqsillarning almashinuvi va ularning buzilishi 3. Uglevodlar almashinuvi va ularning buzilishi 4. Yog’lar (lipoidlar) almashinuvi Moddalar almashinuvi jarayoni tirik odamga xos xilsusiyat bо’lib, orgaaizm tinmay kislorod, oqsillar, yog’lar va uglevodlar, vitaminlar, tuzlar va suv qabirl qilishi shartdir. Qabirl qilingan moddalar organizmda kimyoviy parchalanish orqali о’zgarib, hujayralaming tarkibiy qismiga aylanadi, ya’ni assimiliyatsiya bо’ladi. Assimiliyatsiya jarayonida vujudga kelgan keraksiz moddalar (dissimiliyatsiya) organizmdan tashqariga chiqariladi. Dissimiliyatsiya jarayonida (oksidlanish) 1g yog’dan 9,3 kkal, 1g oqsildan 4,1 kkal va 1g uglevoddan ham 4,1 kkal issiqlik ajraladi. Bunga yonish issiqligi deb ataladi. Organizmda hosil bо’lgan issiqlikning bir qismi tо’qimalaming ishlash jarayonida ferment va gormon ajralishiga sarflanadi. Binobarin,organizmdagi assimiliyatsiya va dissimiliyatsiya majmuasi moddalar almashinuvi hisoblanadi. Asosiy almashinuv. Odamda umumiy almashinuv asosiy almashinuv bilan ichki qо’shimcha almashinuvidan iborat. Asosiy almashinuv odam ovqat yeganidan 12-14 soat о’tgach (nahorda) muskullarni bо’shashtirib, qimirlamasdan 18-22° C li xonada yotganda bir kechakunduzda sarf bo’ladigan energiya bilan o’lchanadi. Ayni vaqtda asosiy almashinuv quvvati odamda о’rta hisobda 1600 kkal ga teng bo’lib, u organizm hayot faoliyatiga, uning ishlashiga va gavda haroratining bir me’yorda saqlanib turishiga sarf etiladi. Asosiy almashinuv kuchi odamning yoshiga, bо’yiga, tana vazni va jinsiga bog’liq. Bо’yi, vazni teng bo’lgan erkaklarga nisbatan ayollarda asosiy almashinuv qariyb 10 foiz kam bo’ladi. Bir almashinuv keksalik davrida kamayadi, bolalarda esa kattalarga nisbatan kо’proq bo’ladi. Asosiy ahnashinuv ba’zi kasalliklarda о’zgaradi, shu jumladan , gipofiz kasalligida kamayib, gavdani yog’ bosadi, qalqonsimon bez kasalligida aksincha, 150 foizga kо’payadi. Shunda odam ovqat yegani bilan ozaveradi. Kasalxona sharoitida asosiy almashinuvni aniqlash uchun J.Crog usulidan foydalaniladi. Jumladan, odam 11 kislorod sarflaganda 4,8 kkal issiqlik ajraladi. Shundan kelib chiqib kislorodning kolloriya koeffitsiyentini, bemorinng sarflangan kislorod hajmiga kо’paytirilib, istagan vaqtdagi ( bir minut, bir soat va h.k.) energiya sarfini hisoblab chiqish oson bo’ladi. Odam tinch holatdagiga nisbatan ishlagan vaqtida energiya sarfi (ish qо’shimchasi) ortadi. Muskullarning ishlash qobiliyatiga qarab, qо’shimcha ish ham о’zgaradi. MuskuIIar zо’r ishlaganda qо’shimcha ish ham kо’payadi. Aqliy mehnatda esa energiya sarfi unchalik oshmaydi. Jumladan, jismoniy mehnat va sportchilarda 4000 dan 7000 kkal energiya sarflansa, aqliy mehnatda atigi 3000 kkal sarflanadi. Moddalar almashinuvi. Odam qabirl qiladigan barcha moddalar-moddalar kirimini tashkil qiladi. Bir moddalar organizmda parchalanib, hujayralardagi dissimiliyatsiya natijasida hosil bо’lgan oxirgi chiqindi mahsulot suv va tuzlar bilan birga (karbonat angidrid va suv) о’pka orqali, kо’pchiligi(mochevina, azot kislota va boshqalar) buyrak orqali chiqib ketadi. Organizmdan chiqib ketadigan moddalar-chiqindi bо’lib hisoblanadi. Shunday qilib, organizm qabirl qilgan moddalar Bundan undan chiqib ketgan moddalar miqdoriga nisbatan moddalar almashinuvi 100 balansi bо’ladi. Organizmning oziq moddalarga ehtiyojtni aniqlash uchun uning asosiy H о’rganiladi. Buning katta ahamiyati bо’lib, odamlaming ishlash, dam olish va bolalar bog’chalarida bо’lgan vaqtda ularga zarur bо’gan mahsulotlarni aniqlash imkonini beradi. Moddalar alnashinuvi yoshga va organizmning holatiga qarab о’zgaradi. Jumladan, kattalarda uzoq chо’zilgan kasallik vaqtida moddalar almashinuvi balansi manfiy bо’ladi. Bir vaqtda organizm qabirl qilingan ovqatga nisbatan kо’proq moddalar parchalanadi. Katta yoshli odamlarda moddalar va energiya iste’mol bilan sarfi kо’p vaqt muvozanatda bо’ladigan gavda og’irligi uzoq vaqt bir xil saqlanadi. Bolaning о’sish davrida tana og’iligi ortib borishi sababli modda alnashinuvi balansi musbat bо’ladi. Oqsillarning almashinuvi va ularning buzilishi Oqsillar almashinuvi. OqsilIar 20 ta tur aminokislotalardan tashkil topgan murakkab moddalardir. Odatda, oddiy va murakkab oqsillar tafovut etiladi. Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tuzilgan bо’lsa, murakkab oqsilIar tarkibida aminokislotalardan boshqa yog’lar, uglevodlar va nukleinlar bо’ladi. Aminokislotalar almashtirib bо’lmaydigan va almashtirsa bо’ladigan guruhlardan iboratdir. Almashtirib bо’lmaydigan о’nta aminokislotalar (arginin, leysin, lizin, triptofan va h.k.) organizmda sintezlanmaydi. Shuning uchun Bunday aminokislotalar ovqat tarkibida bо’lishi shart. Almashtirsa bо’ladigan о’nta aminokislotalar (glikokol, alanin, sistein va h.k.) esa organizmda sintezlanishi mumkin. Organizmda barcha aminokislotalar muayyan va kerak miqdorda bо’lishi lozim.Organizmda aminokislotalardan biri yetishmay qolsa, unda muayyan oqsil sintezlanmay turib kasalliklar kelib chiqadi. Shuning uchun organizmga yetishmaydigan aminokislotalami ovqat bilan iste’mol qilinsa, organizm normal holda о’sadi. Gо’sht, tuxilm va sut tarkibida aminokislotalarga boy oqsillar bо’lib, о’simliklar tarkibida esa oqsillar kamroq bо’ladi. Oqsillar hujayralaming tarkibiy qismi bо’lib, odatda, ulardagi kimyoviy reaksiyalami tezlashtirishda muhim vazifani bajaradi, organizmda esa kо’pchilik funksiyalarni ta’minlashda faol qatnashadi. Jumladan, qon gemoglabin oqsil O2 va CO2 larni tashisa, fibrinogen qonni ivitadi. Nukleoproteidlar irsiy belgilarning nasldan-naslga о’tishida qatnashadi. Bir kecha-kunduz ovqat iste’mol qilmagan odamda о’rtacha 20-23 g oqsil parchalanib, undan о’rtacha 3,7g azot ajraladi. Oqsilli ovqat iste’mol qiladigan odamlarda esa azot miqdori birmuncha oshiq (100 g oqsilda 16 g azot bor) bо’ladi. Oqsil yog’lar va uglevodlarga о’xshab organizmda zaxira bо’lib tо’planmaydi, balki qancha oqsil organizmga kirsa, shuncha parchalanadi, о’zlashtirmay qolgan oqsilar qismi esa axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Shuning uchun organizm qabirl qilgan oqsil bilan sarflangan oqsil miqdori aniqlansa, unda organizmning oqsillarga bо’lgan ehtiyojini aniqlash mumkin. Birlardan tashqari, organizmda parchalangan oqsil miqdorini siydUc tarkibidagi azot miqdoriga qarab ham aruqlanadi. Odatda, 6,25 g oqsil tarkibida 1g azot bо’ladi. Shuning uchun siydik tarkibidagi aeot miqdorini 6,25 ga kо’paytirilsa, organizmdagi sarflangan oqsil miqdori aniqlanadi. Organizmda о’zlashtirilgan oqsil miqdori parchalangan oqsil miqdoriga teng bо’lsa, unda normal holat yoki azot muvozanati bо’lib hisoblanadi. Azot muvozanati uchun organizmda о’rtacha 60-70 g oqsil bо’lishi lozim. Lekin Bunday holat odamning ish faoliyatini ta’minlay olmaydi. Binobarin, odamga bir kecha-kunduzda о’rtacha 100 g oqsfl kerak bо’ladi. Normal oqsil almashinuv muvozanatni ovqatdagi azot miqdoridan axlatdagi azotning olib tashlagandan qolgan azot siydikdagi azot miqdoriga teng bо’lishi bilan aniqlanadi. Oqsilga bо’lgan ehtiyoj emadigan bolalarda 1 kilogramm gavda og’irligiga 3,0-3,5 g, 8-10 yoshdagi bolalarga 2,3 g bо’lsa, katta yoshli odamlarga 1,5 g. Oqsilga bо’lgan ehtiyoj kasbga qarab о’zgaradi. Homiladorlik davrida, og’ir kasallikdan tuzala boshlagan vaqtlarda esa osha boradi. 101 Uglevodlar almashinuvi va ularning buzilishi Uglevodlar oddiy va murakkab uglevodlardan iborat. Oddiy uglevodlar (monosaxaridlar glukoza, fumktoza,galaktozalar bо’lib, suvda oson eriydi va ichakdan tezda shimilib, qonga о’tadi. Murakkab uglevodlar (disaxarid va polisaxaridlar) asosan ovqatlar tarkibida bо’ladi: sut, lavlagi, solid qandi kabilar disaxaridlar bо’lib, suvda oson erisa ham deyarli sо’rilmaydi. Glikogen va kraxmallar polisaxaridlar bо’lib, ular suvda erimaydi va sо’rilmaydi. Polisaxaridlar ichakda disaxaridlarga, sо’ngra monosaxaridlarga parchalanadi. Uglevodlar organizmga non, sabzavot va mevalar bilan kiradi. Organizmdagi ortiqcha uglevodlar yog’larga aylanib teri ostida, charvida va boshqa joylarda tо’planadi. Qonda uglevodlar о’rtacha 80-120 mg % miqdordagi glukoza holatida bо’ladi, ortiqchasi esa muskullarda, jigarda glikogen holatida saqlanib, organizmga kerak bо’lgan vaqtda (och ishlaganda) glikogen parchalanib, glukozaga aylanib, qonga shimilib, undagi glukoza miqdorini bir me’yorda saqlaydi. Agarda qonda glukoza miqdori 80 mg% dan kamaysa, gipoglikmiya deyiladi. Bunda nerv hujayralarining funksional holati birziladi. Odam darmoni qurib, ochlikni sezadi. Uzoq davom etgan gipoglikmiya odam о’limiga sabab bо’ladi. Odam kо’proq shirinlik qabirl qolgan vaqtda qonda glukoza miqdori 120mg % dan oshib giperglikemiya kuzatiladi. Qondagi ortiqcha glukoza buyraklar orqali siydik bilan ajraladi. Glukozaning siydik bilan chiqishi sumnkasiga davom etsa, unda diabet (qand kasalligi) paydo bо’ladi. Odatda, ichakdan sо’rilgan glukoza me’da osti bezining insulin gormoni ta’siri bilan glikogenga aylanib jigarda tо’planadi. Agarda insulin ajralish vaqti kechiksa yoki uning miqdori kamaysa,qondagi glukozani gikogenga aylanish jarayoni birzilib, glukoza siydik orqah tashqariga chiqadi. Natijada, zaxiradagi glikogen organizmda normadan 350 gacha astasekin kamayadi. Shuning uchun qand kasalligida organizmdagi ghkogen miqdorini bir me’yorda saqlash uchun insulin ukol qilinadi. Oiganizmd-agi glukoza va glikogen miqdorini hamda ulaming parchalanish jarayonlarini nerv sistemasi boshqaradi. Simpatik nerv sistemasi ta’sirida adrenalin gormoni (buyrak usti bezining miya qavatidan) kо’p ajralib (insulinga qarama-qarshi ta’sir kо’rsatib), glikogenning glukozaga aylanishini va ulaming hujayralarida parchalanishini tezlatadi. Adrenalin gormonida boshqa qalqonsimon bez, miyaning pastki ortig’i (gipofiz) gormonlari ham uglevodlar almashinuvida qatnashadi. Yog’lar (lipoidlar) almashinuvi Yog’lar organizmda plastik va energetik rolni bajaradi. Yog’ hujayralari pardasi bilan protoplazmasiga kirib, plastik rolini о’ynasa, energetik mablag’ tariqasida ham ishtirok etadi. Bir gramm yog’ oksidlanib, uglevod oqsilining bir gramm oksidlanishiga nisbatan 2,0-2,2 barobar ortiq (9,3 kkal) issiqlik chiqaradi. Lipoidlar glitserin bilan yog’ kislotalaridan tashkil topgan neytral yog’lardan iborat murakkab organik moddalar va fizik-kimyoviy hossalaridan shu moddalaiga yaqin turadigan lipoidlar (litsetin va xolesterin) deb tushuniladi. Lipoidlar tarkibiga kо’p atomli spirtlar, fosfat kislotalar va azoth birikmalar ham kiradi. Lipoidlar almashinuvi oqsillar va uglevodlar almashinuvi bilan bog’liq. Jumladan, oqsilar bilan uglevodlaming ortiqchasi organizmda yog’larga aylanadi.Yog’larning ortiqchasi esa gavda og’irligining 10% dan 30% gacha (modda aknashmuvi birzilganida Bundan ham oshadi) zaxira yog’ sifatida saqlanadi.Yog’lar almashinuvi jarayoni nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari (miyaning pastki ortig’i, buyrak usti, qalqonsimon bez, jinsiy bezlar gormonlar) idora qilinadi. Yog’lar (lipoidlar) almashinuvining buzilishi.Yog’ miqdorining buzilishi kо’pincha yetarlicha ovqatlanmaslik, me’da osti bezi, jigaming о’t ajratish faoliyatlarining buzilishi orqali ingichka ichakda yog’ sо’rilishi qobiliyatining pasayishi natijasda paydo bо’ladi. Odam 102 yetarlicha ovqatlanmaganida yoki organizm haddan tashqari energiya sarflaganda depodagi yog’lar sarflanadi. Lekin odam haddan tashqari ozib ketganda ham organizmdagi yog’ butunlay sarflanmaydi. Ba’zi kasalliklarda modda almashinuvining kuchayishi, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi ham yog’larning parchalanishi jarayonlarini kuchaytiradi. O’tilgan mavzu yuzasidan savollar: 1. Moddalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha 2. Oqsillarning almashinuvi va ularning buzilishi 3. Uglevodlar almashinuvi va ularning buzilishi 4. Yog’lar (lipoidlar) almashinuvi Anatomiya, fiziologiya va patologiya fanidan Mundarijasi Anatomiya, fiziologiya va patologiya fanining qisqacha Tarixi va o’rganish usullari 3 Salomatlik va kasallik. Organizmning adaptatsiya va Kompensator moslashuv reaktsiyasi. 3. YALLIG’LANISH 4. Hujayralarning tarkibiy tuzilishi, shakllari va patologiyasi. To’qimalar haqida tushuncha. O’smalar haqida ma’lumot. 5. Osteologiya. Suyaklar haqida ta’limot. Suyaklarning tarkibiy tuzilishi, tasnifi. 6. Bо‘g‘imlar haqida ma’lumot 7. Muskullar haqida ma’lumot. Gavdaning muskullari. 8. Ovqat hazm qilish organlar tizimi. 9. Nafas a’zolari haqida tushuncha 10. Moddalar va energiya almashinuvi. 7 1. 2. 10 18 29 51 55 70 92 100 Foydalanilgan adabiyotlar. 1. N.K.Axmedov. «Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya» 2. N.K.Axmedov «Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya» Abu Ali ibn Sino. 1997 yil. 3. N.K.Axmedov. «Odam anatomiyasi» atlas. Abu Ali ibn Sino. 1996 yil. I-jild. 4. Tibbiy qomusiy lug’at. Qomuslar bosh taxririyati. Toshkent. 1994 yil. 5. Internet ma’lumotlari. 103 “ Hakimda burgutning ko’zi, ayolning mohir qo’li, ilonning donoligi va sherning yuragi bo’lishi kerak ” Abu Ali ibn Sino Anatomiya fani - tibbiyot fanlarining tojidir. Anatomiyani mukammal o’rgangan insongina Insonlar hayotini qutqara oladi Guruhi: _____________________ Kasb yo’nalishi: ________________________________ O’quvchining I. F. O. __________________________________ Tel nomer : ________________________________________________ 104