KURS ISHI Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ” MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………. I-BOB OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA MEHNATNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI…............... 1.1. Oilaviy biznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va nazariy asoslari........................................................... 1.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni samaradorligini baholash usullari ……...……….......................... IIBOB OILAVIY BIZNES SOHASIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH HOLATI TAHLILI......................................................... 2.1. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda mulkiy munosabatlar va daromadlarning shakllanishi.............................. 2.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni mexanizmini takomillashtirish yo‘llari rag‘batlantirish XULOSA....................................................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI................................ 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning pirovard natijasi oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Bu farovonlikka erishish yo‘llaridan biri oilada tadbirkorligi va oila biznesini yo‘lga qo‘yish bilan chambarchas bog‘liq. Chunki oilada tadbirkorlikning rivojlanishi, uning ommaviy tus olishi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, ya’ni oilalar farovonligini ta’minlash va ish bilan bandlik masalalarini hal qilish imkoniyatini yaratadi. Shu bois, ushbu sohani taraqqiy ettirish Respublika hukumatining doimo diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur”1. Oilaviy biznesni rivojlantirish, mamlakatimiz uchun hayotiy zaruratga aylanmoqda. Shu sababli, oilalarning muhim daromad manbai va tadbirkorlikni rivojlantirishda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish bugungi kunda hayotiy zaruratga aylandi. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida ushbu dolzarb vazifani hal qilish borasida salmoqli, ijobiy natijalarga erishildi. Ammo, hozirgi kunda ham oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ular faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va shu asosda oilalar farovonligini oshirish masalalari o‘z yechimini kutayotgan muammolardandir. Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida ishlab chiqararilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning raqobatbardoshliligiga erishishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – tashkil etish, normalash va shular asosida ishlab chiqarish samaradorligini va mehnat unumdorligini oshirish katta ahamiyatga ega. Shu tufayli oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni tashkil etish bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olib, ularning samaradorligini oshirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish alohida ahamiyatga egadir. Oilaviy biznes sohasida hal qilinishini kutayotgan muammolarning mavjudligi mehnatni ilmiy jihatdan tashkil etish asoslari va yo‘nalishlarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilishning zarurligi kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2013-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so‘zi” gazetasi,2014 yil 18 yanvar, №13. 1 4 Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ishning tarkibi, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq: kirish, mavzuning asosiy mazmuni va mohiyatini ifodalovchi sakkizta paragrafdan iborat uchta bob, hulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishining birinchi bobida “oila xo‘jaligi”, ”uy xo‘jaligi”, “oilaviy tadbirkorlik” tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yangicha bozor talablaridan kelib chiqqan holda tadqiq qilindi va oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni samaradorligini baholash usullari aniqlandi hamda oilaviy biznes sohasida mehnatni tashkil qilishga ilmiy yondashuvlar asosida xizmat bahosi va qo‘l mehnatini kamaytirish yo‘nalishlari tadqiq etildi.. Kurs ishining ikkinchi bobida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda mulkiy munosabatlar va daromadlarning shakllanishi, oilaviy biznes sohasida ish bilan bandlik muammolari va yangi ish o‘rinlarini ochishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlanishi tahlil qilindi va xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari aniqlandi. Kurs ishining yakuniy qismida xulosalar va tavsiyalar bayon etilgan. 5 I-BOB. OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA MEHNATNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Oilaviy biznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va nazariy asoslari Oilaviy biznesning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochish, mohiyatini to‘liq tushunish uchun oila, uy xo‘jaligi, oila xo‘jaligi kabi tushunchalarning mazmunini tadqiq qilishni taqqozo qiladi. Oila – jamiyatning, ijtimoiy–iqtisodiy hayotning boshlang‘ich bo‘g‘ini va iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida, bozor munosabatlari sharoitida o‘zining yangicha talqini va ta’rifini talab etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda “uy xo‘jaligi”ga nisbatan turlicha qarashlar shakllanib kelgan. Dastlabki uy xo‘jaliklari taraqqiyoti davomida A.Smit va uning izdoshlaridan biri bo‘lgan J.B.Sey mulohazalari diqqatga sazovordir. A.Smit omillarning sifat jihatlariga, ularning ishlatilishiga ahamiyat beradi, pirovard natijada uy xo‘jaliklarining daromadi va iste’mol imkoniyatlarini shakllantiradi. J.B.Sey mulohazalarida boylikni taqsimlash nazariyasi muomala va ishlab chiqarish nazariyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Moddiy boyliklar alohida sub’ektlar orasida emas, balki alohida sinflar o‘rtasida aylanadi. Boshqa tomondan esa, unda kapitalistni taqdirlash tadbirkorni taqdirlashdan ajratib ko‘rsatilgan. F.Engels, “Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi” nomli asarida o‘z davridagi etnografik adabiyotlardan foydalanib, oila va ayollarning ahvoli, tarixiy o‘zgarishlarini boshidan kechirgani, bu o‘zgarishlar o‘z navbatida ishlab chiqarish usulining rivoji, ayniqsa, mulkchilik shakllari bilan belgilanganligini ko‘rsatishga harakat qiladi. U oila rivojini ibtidoiy jamoadan to X1X asrning oxirgi choragigacha iqtisodning rivojlanishi asnosida bayon qiladi. Engelsning maqsadi tarixiy taraqqiyot “patriarxal oila”ga va “ayol jinsining olamshumul–tarixiy mag‘lubiyatiga”2, ya’ni ayollarni kamsitish va ekspluatatsiya qilishni kuchaytirishga olib kelishini isbotlash edi. Uning davridagi o‘rta sinfga mansub bo‘lgan monogam oilada er ishlab pul topar edi, xotin esa uy ishlari bilan band edi yoki bo‘lmasa oilaning ijtimoiy mavqeiga bog‘liq ravishda uyda o‘tirardi. Shu munosabat bilan Engels ta’kidlaydiki, ayollar erkaklarga iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lib qolishdi va demak, ularning ixtiyori o‘zida bo‘lmagan odamlarga aylandi. A.Chayanovning “Krestyan xo‘jaliklarini tashkil etish” nomli asarida oilaviy xo‘jaliklar tuzilishi, ularning turli darajadagi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar chuqur tahlil etilgan. Uning fikricha, xo‘jalik yurituvchi oilalarning eng muhim jihati shundaki, ular hech qanday 2 F.Engels. Proisxojdeniye semi, chastnoy sobstvennosti i gosudarstva. – K.Marks i F.Engels. T.21. –C. 23-178. 6 yollanma mehnatga asoslanmasdan oilalarning o‘z kuchiga tayanib xo‘jalik yuritishidir; ular ham iste’molchi xo‘jalikdir, chunki ular o‘z oldiga daromad olish emas, balki oilaning moddiy ehtiyojini qondirishni maqsad qilib qo‘yadi.3 Noklassik yo‘nalish doirasida 1992 yil Nobel mukofoti laureati G. Bekkerning ishlari katta qiziqish uyg‘otadi. Uning asarlarida oilada mehnat taqsimoti oila xo‘jaligining ishlab chiqarish vazifalari, oila daromadlarining taqsimlanishini gender nuqtai nazaridan tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila bozordagi tovar va xizmatlarni faqat iste’mol qiluvchi emas, balki ishlab chiqaruvchi sifatida namoyon etadigan “Yangi uy xo‘jaligi nazariyasi” (G. Bekker, Dj. Minser, K. Lankaster) 60 – yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, bozor munosabatlarining shiddat bilan rivojlanishi bu muammoga yangidan yondashishni talab etmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, kasanachilikda va aholiga turli xil xizmatlar ko‘rsatishda oilaviy xo‘jaliklar faoliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ular bugungi kunda nafaqat iste’molchi, balki tovar xo‘jaligiga aylanib bormoqda. Shu bois, hozirgi paytda, oila xo‘jaligining iqtisodiy muammosiga katta e’tibor berilmoqda va bu soha iqtisodiy nazariya faniga kiritilib, iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida qaralmoqda4. Bozor munosabatlari sharoitida oila xo‘jaligini tadqiq qilish bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilmoqda. Masalan, sotsial-demagrafik (aholishunoslik) muammolarni o‘rganishda, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat choratadbirlarining aniq va umumiy strategiyasini ishlab chiqishda, mehnat bozorining shakllanishida, aholi daromadlari va turmush darajasini tadqiq etishda, iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqishda, hamda ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishda qaralmoqda. Fikrimizcha, bugungi kunda “oilaviy biznes” tushunchasiga nazariy qarashlarni shakllantirish uchun albatta “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi” tushunchalarining ta’riflarini qarab chiqmoq lozimdir. Chunki, “oila xo‘jaligi”, “uy xo‘jaligi” va “oilaviy biznes” tushunchalari (kategoriyalari) to‘g‘risidagi dunyoqarash g‘arb iqtisodiy qarashlari ta’siri ostida va boshqa tomondan iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi va tarixiy tajribalardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida shakllanmoqda. Ushbu tushunchalar bir-biridan farqlanishi bilan, ularning har uchalasi ham oilalar faoliyatini tahlil qilish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Biroq, bu iqtisodiy N.Zvereva. A.V.Chayanov o razmere semi i krestyanskogo domoxozyaystva //Vestnik statistiki. – 1991. - №7. – S.47. 4 A.O‘lmasov, M.Sharifxo‘jayev. Iktisodiyot nazariyasi. Darslik, T.:Mexnat, 1995 137-147 b., Shodmonov Sh., Jurayev T.Iktisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. T.:2000. 84-87b, Rasulov M. Bozor iktisodiyoti asoslari. Darslik. T.:O'zbekiston, 1999. 58-71b, Shishkin A.F.Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik.- M.:Gumanitarniy izdatelskiy sentr VLADOS, 1996,- T.2.-34-54 b Lvov I.V. Semya v ekonomicheskoy teorii // Semya v Rossii. - M.; 2002. - N 1. - S.124-131. 3 7 tushunchalarni har birining xususiyatini hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan moxiyati hozirgacha to‘laligicha yoritilgan emas. Bu tushunchalarga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Oila to‘g‘risida A.O‘lmasovning “Oila iqtisodi” nomli risolasida “Oila kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo‘lgan majmua, ya’ni mikroijtimoiy tuzilmadir”5, deb ta’riflanadi. Oila to‘g‘risida boshqa fikrlar ham bor. Masalan, “Iqtisodiy nazariya” bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga mo‘ljallangan darslikda “Oila - shaxs, oila va butun jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirish uchun bir-biri bilan qarindosh urug‘chilik aloqalari asosida tashkil topgan kishilarning kichik guruhi” 6 deyilgan. Iqtisodiy jihatdan qaraganda oila xo‘jaligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshlang‘ich bo‘g‘ini va iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti hisoblanadi. Ushbu ta’riflarda, oilaning tarkibi va aloqadorlik belgilari o‘z ifodasini topgan bo‘lib, oilaga asosan iste’mol qiluvchi sub’ekt sifatida qaraladi. Biroq, bizga ma’lumki, xozirgi davrda oila faqat iste’mol qiluvchi sub’ekt emas, balki mustaqil xo‘jalik yurituvchi, hamda iqtisodiyotning ajralmas sub’ektiga aylanib bormoqda. Shu jihatlarini hisobga olsak, ushbu ta’rifda oilaning ijtimoiy – iqtisodiy funksiyasi to‘la yoritilmagan. Umumiy holda, oilaga, nikohga asoslangan yoki kishilarning qonqarindoshlik asosida birikishi va umumiy tirikchilik yuritishda bir-biriga mas’uliyatli kishilar guruhi, deb tushunish mumkin. Biroq, statistik ma’lumotlarni olish uchun bu umumiy tushunchaga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Bu holda, ayrim belgilarni ko‘rsatib o‘tish lozim. Bir oilani boshqasidan farqlash va individni uning tarkibiga qo‘shish yoki qo‘shmaslik imkoniyatini beruvchi ayrim belgilarni kiritamiz. Odatda bunday belgilarga qarindoshlik yoki shu harakterdagi kishilar, hamda birgalikda yashovchi yoki birgalikda xo‘jalik yurituvchi kishilarning aloqadorlik belgilari xizmat qiladi. Aholini ro‘yxatga olishda, qarindoshlik yoki quda-andachilik, birga yashovchi va umumiy oila byudjetiga ega bo‘lishi kabi belgilariga qarab aniqlanadi. Fikrimizcha, oila tushunchasini bunday talqin etish uy xo‘jaligi tushunchasiga yaqinlashtiradi, aniqroq aytganda, umumiy byudjet va birikish asosida vositalarni sarf (harajat) etish kabi belgilarining borligi muhim belgi hisoblanadi. Shuning uchun ham, oila, nazariy jihatdan o‘ziga aloqador hisoblovchi barcha kishilarni ularning xohishi asosan o‘zida biriktirishi mumkin. A.O‘lmasov Oila iqtisodi. Toshkent - “Mehnat” – 1998 y. Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik dlya studentov VUZ, obuchayushixsya po ekonomicheskim spesialnostyam.T.: Shark,1999.-188 bet 5 6 8 Bozor munosabatlari sharoitida, oilaga iqtisodiy sub’ekt sifatida qarash maqsadga muvofiq. Agar shunga asoslanadigan bo‘lsak unga “oila xo‘jaligi” yoki “uy xo‘jaligi” sifatida qarash lozim bo‘ladi. Respublikamizning ba’zi iqtisodchi olimlari “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi” tushunchalarini o‘ziga xos tarzda izohlaydilar. So‘ngi yillarda bu borada M.K.Pardayev, Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayev, D.Karimova, G.M. Shodiyeva va A.Vahobovlarning adabiyotlarida aniq fikrlar aytilgan. Ularni umumlashtirgan holda o‘zimizning qarashlarimizni keltiramiz. SH.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayevlarning ta’kidlashicha, uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’molchilik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish ommillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi7. D. Karimovaning fikricha, uy xo‘jaligi deganda, daromadlari va mulkini to‘liq yoki qisman bir joyga to‘playdigan ma’lum mahsulot va xizmatni, asosan yashash uchun uy xizmati va oziq-ovqat mahsulotlarini birga iste’mol qiladigan bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi tushuniladi8. A.Vaxobov, R.Saidovlar fikricha, “iqtisodiyotning o‘z tarkibida ko‘pchilikni birlashtiruvchi hamda iste’molchilari, shuningdek, daromadlari va harajatlari umumiy bo‘lgan va birgalikda istiqomat qiluvchi kishilar guruxini tashkil etuvchi xonadonlari asosan oilaga tayanadi, biroq oilasiz xonadonlar ham bo‘ladi, oilaviy xonadonlarda esa, o‘zga iste’molchilar ham birlashishi mumkin”9, deyiladi. Ba’zi bir manbalarda uy xo‘jaligi tushunchasi quyidagicha talqin etiladi: “uy xo‘jaligi” (domoxozyaystvo, household) - iqtisodiy faoliyatning asosiy sub’ekti sifatida, qayerda inson doimiy yashar ekan, o‘sha joydagi iqtisodiy ob’ektlarni va jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Uy xo‘jaligini - uy xo‘jaligi boshlig‘i boshqaradi. Uy xo‘jaligi – ma’lum bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi. Uy xo‘jaligi iqtisodiy jabhalarning iste’mol bilan bog‘liq muammolarni va uy – joy siyosatini tahlil qilishda statistik ko‘rsatkich sifatida foydalaniladi”10 . Keltirilgan nazariy tahlillardan kelib chiqqan holda, uy xo‘jaligidan farqli o‘laroq, “oila xo‘jaligi“ga quyidagicha ta’rif berishni maqsadga muvofiq, deb topdik. Oila xo‘jaligi deb, faqat er-xotin va tug‘ishganlik asosida birga yashovchi kishilar, ya’ni oila a’zolari mehnatidan foydalangan holda, ma’lum Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayev «Iqtisodiyot nazariyasi» T- «Moliya»-2002 y, 103 b Karimova D. Sektor «Domashnie xozyaystvo» v sisteme natsionalnix schyotov // Ekonomika i statistika. - № 2. – 1997. –S. 66. 9 Vaxobov A, Saidov.R. Respublika xonadonlarining investitsiyaviy resurslari.// Bozor, pul va kredit. 10 oktyabr 2005. - 54 - B. 10 Surinov A.Ye. Doxodi naseleniya. Opit kolichestvennix izmereniy. M.: «finansi i statistika» -2000. –S.125. 7 8 9 darajada qonuniy yo‘l bilan daromad olish maqsadida oila mulki asosida xo‘jalik yurituvchi mikroiqtisodiy sub’ektga aytiladi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, oila xo‘jaligida barcha mulk bevosita oila a’zolariga qarashli bo‘lib, unda mehnat qiluvchilar va mehnat natijasidan bahramand bo‘luvchilar ham shu oilaga mansub kishilar bo‘lib hisoblanadi. Amaldagi tartib bo‘yicha oila xo‘jaligida yollanma mehnatdan foydalanilmaydi. Bizning fikrimizcha, oila xo‘jaligida ham vaqtincha yollanma mehnatdan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki ayrim mavsumiy ishlarda oila a’zolarining mehnati yetarli bo‘lmasligi mumkin. Demak, bizning fikrimizcha, mehnatni tashkil qilish nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, «uy xo‘jaligi» va «oila xo‘jaligi» tushunchalari bir-biridan farq qiladi. Yuqoridagi tariflarni e’tirof etgan holda, biznes faoliyati “oila” da emas, balki “oila xo‘jaligi” da amalga oshishini hisobga olsak, oilaviy bizneska quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: Oilaviy biznes deganda, jismoniy yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, er-xotin va ularga ko‘maklashadigan oila a’zolarining mehnatiga va mulkiga tayanib, qonuniy asosda daromad olishga mo‘ljallangan biznes faoliyati tushuniladi. Haqiqatdan ham ushbu ta’rifda, oila xo‘jaligining daromad olish manbai ya’ni mulki, faoliyati va unga aloqador shaxslar o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga oilaviy biznesning qishloqda dehqon xo‘jaligi sifatida namoyon bo‘lishi ham nazarda tutiladi. Ushbu ta’rifga tayanilgan holda xizmat sohasidagi oilaviy bizneska ham ta’rif berish mumkin. Xizmat sohasida oilaviy biznes deganda, jismoniy yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, er-xotin va ularga ko‘maklashadigan oila a’zolarining mehnati va mulkiga tayanib, xizmat ko‘rsatish natijasida qonuniy daromad olishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Xizmat sohalarida oilaviy biznesning qaror topishi mamlakatimizda juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiladi. Eng avvalo, u bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy mulkdorlar sinfini barpo qiladi. Ikkinchidan, mamlakatimizning bozorini iste’mol tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi. Uchinchidan, ish bilan band bo‘lmagan aholi sonini qisqartiradi va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi. To‘rtinchidan, esa eng muhim bo‘lgan muammoni, ya’ni oila daromadlarini oshirishda asosiy manbaga aylanadi. Shu tufayli oilaviy biznesni hozirgi zamon darajasida rivojlantirish, yuksak saviyada raqobatbardosh mahsulotlar (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish holatiga keltirishga erishish lozim. Bu esa odamlardan, butun ommadan doimiy izlanuvchanlikni, tashabbuskorlikni, yangi ixtirolar kashf etishni talab qiladi. Bu ham mamlakatimizda ortiqcha sarmoya talab qilmaydigan ommillarning, ayniqsa inson omilining ishga tushishi uchun asos bo‘ladi. 10 Oila xo‘jaliklarining turli hayotiy faoliyatlarini tahlil qilishda oila xo‘jaligi tarkibi, oiladan tashqarida yashovchilar, oila xo‘jaligi harajatlari va daromadlari to‘g‘risida aniq statistik ma’lumotlardan foydalanishni ham talab etadi. Zamonaviy oila rivojlanishining muhimligi va oila strukturasining ko‘p qirralari bugungi kun talab darajasida o‘rganilmasdan qolmoqda, bunga adekvat, haqiqiy va zaruriy ma’lumotlarning yetarli darajada emasligini sabab qilib ko‘rsatish ham mumkin. Bu esa o‘z navbatida oilalarning ilmiy va amaliy tadqiqotini yanada rivojlantirishni talab qiladi. Oila xo‘jaligi daromadlari tarkibida asosiy qismni mehnatga haq to‘lash (ish haqi) va bozor daromadlari (mulk, biznes va turli xil xizmat ko‘rsatishdan tushgan daromadlar) tashkil qiladi. Shu bois, oila daromadlarini tadqiq etishning ayrim usullarini ko‘rib chiqamiz. Oila xo‘jaligi daromadlarini aniqlashning iqtisodiy usullaridan biri ma’lum son – miqdordagi oilalarni (masalan 25, 50, 100, 250 va hokazo) tanlab olib, kuzatiladi. Kuzatuv jarayonida shu oilalarda istiqomat qiluvchi oila a’zolari soni, ularning toifasi, yoshi, turli yo‘llar bilan topilgan daromadlar, oila tomonidan oziqovqat mollariga, boshqa mahsulotlarga, uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy xizmat sohalariga, jamg‘armalarga va har xil to‘lovlarga sarf qilinadigan harajatlar aniqlanadi va tahlil qilinadi. Shu usulda daromad bilan harajat o‘rtasidagi mutanosiblik o‘rganiladi, oilaning turmush darajasi qanday holatda ekanligiga baho beriladi. Barcha oilalarda moddiy farovonlikni ta’minlash masalasi kun tartibida turgan muhim muammolardan biridir. Ammo bu muammoni birdaniga hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun har bir oila a’zosi o‘ta biznes va aql bilan ish tutishi lozim. Yurtboshimizning “...bu vazifalarning negizida, amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan bu g‘oyalarning poydevorida bitta narsa turibdi: u ham bo‘lsa, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishdir. Bunga, avvalo, barcha jabhalarda boshlangan erkinlashtirish siyosatlarini amalga oshirish evaziga erishimiz mumkin. Nafaqat davlatning, balki har qaysi oila, har qaysi odamning daromadini ko‘tarish, turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha ko‘p ishlarni qilishimiz darkor” 11 degan ko‘rsatmasidan kelib chiqadiki, oilalardagi muammolarni hal qilish, hamda oilalarni tadqiq qilish zaruratining mavjudligini va uning qo‘llamini oshirishning muhimligini yana bir bor ko‘rsatib berdilar. Zero, oila xo‘jaliklarining iqtisodiy imkoniyati ma’lum darajada cheklangan. Undan faqat samarali foydalangan taqdirdagina ko‘zlangan maqsadga, ya’ni oila farovonligiga erishish mumkin. Bu farovonlikka erishish uchun esa, har bir oilada biznesni yo‘lga qo‘yish, xizmat Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisininng o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi nutqi. 2004 yil 29 aprel, Toshkent shahri. 11 11 sohasida oilaviy biznesning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va uni rivojlantirishning ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatini o‘rganishni taqozo etadi. 1.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni samaradorligini baholash usullari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib, u iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni, shu jumladan, mehnat sohasidagi jarayonlarni ham o‘rganishni taqazo etadi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim kategoriyalari bo‘lgan, mulkchilik shakllarining xilma-xilligi asosida amalga oshiriladigan erkin tadbirkorlik, tovar va xizmatlar, talab hamda taklifni o‘zaro bog‘liqligi, resurslar cheklangan sharoitda tovar va xizmatlar qiymatini aniqlashdagi o‘ta foydalilik, mehnat narxi va boshqalar ma’muriy-buyruqbozlik tizimi zamonlaridagi mehnat iqtisodiyotiga asos qilib olingan nazariy qoidalarni qayta idrok etishni taqazo etmoqda12. Mehnat faoliyati jarayonlarida odamlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari tufayli yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tashkil etishning zamonaviy nazariyasini makro va mikrodarajada tadqiq etish bir tomondan respublikamizda mulkchilik munosabatlarining rivojlanishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fan-texnika taraqqiyotining mehnat samaradorligini oshirishdagi va odamlarning yashash sharoitini yaxshilaydigan barcha vositalarni rivojlanib borayotganligidir. Har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy asosini yaratuvchi kuch bu – mehnatdir. Mehnat – insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o‘ziga kerak bo‘ladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlar (buyumlar, tovar xizmat, fan, madaniyat, san’at asarlari va hokazolar) ni ishlab chiqish bo‘yicha ongli, maqsadli va legitm (taqiqlanmagan) faoliyatdir13. Shu tufayli mehnatning harakterini o‘rganish hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni harakterini tadqiq qilish faqatgina nazariy jihatdan emas, amaliy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Har bir sohada ish bilan band bo‘lgan xodimlar mehnatining harakterini o‘rganmasdan shu sohaning iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida tutgan o‘rnini, davlatimizning ichki yalpi mahsulotiga va yalpi milliy mahsulotiga qo‘shgan hissasini aniqlash murakkab. Qaysiki, bu ko‘rsatkichlar shu davlatning qudratini, aholining ijtimoiy 12 13 Abduraxmonov.Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (nazariya va amaliyot), darslik, T.: “Mehnat”, 2009-B. 6. O‘sha yerda. -B.45. 12 ahvolini, iqtisodiy o‘sish darajasini, boshqa davlatlar o‘rtasida tutgan o‘rnini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Masalaning muhimligi shu muammolarning bir qancha nazariy jihatlarini hozirgi davr nuqtai-nazaridan o‘rganish va talqin qilishni talab qiladi. Bular jumlasiga, ko‘p mulkchilik sharoitida Oilaviy biznes sohasidagi mehnatning harakterini (uning unumli yoki unumsizligini), uning qaysi sohaga mansubligini (ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish), mahsulot natijasini qanday baholashni (mehnat unumdorligi, mehnat sig‘imi, mehnat samaradorligi, ish haqi jamg‘armasi darajasi, mehnat haqining mehnat naiijalaridagi hissasi) aniqlash kabi muammolar kiradi. Bu muammolarning hal qilinishi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, bular mavjud mehnat salohiyatining qancha qismini shu sohada jalb qilish zarurligini, ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini, turli xil mulkchilikka asoslangan mazkur sohaning jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatiga qanday hissa qo‘shayotganligini aniqlashda nazariy asos bo‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy nisbatlar holati bozor konyunkturasini ifodalaydi. Ko‘p ukladli iqtisodiyotning shakllanib borishi erkin tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Raqobatchilik esa har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati samaradorligi oshishini talab etadi. Mehnatning harakteri xuddi shu jarayonlarga bog‘liq ravishda davlatning ustqurmaviy elementlariga muvofiq holda shakllanadi. Bunda davlatning ustqurmaviy elementlari sifatida mehnat sohasidagi siyosat, huquqiy va normativ tizim tushuniladi. Bizning fikrimizcha, unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi tushunchalarga munosabat bildirib, nazariy tahlillarga tayangan holda, mehnat unumsiz bo‘la olmaydi degan xulosaga keldik. Har qanday mehnat odamlarning ehtiyojini qondirish, odamlarning ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlarni, foydali narsalarni ishlab chiqarishdir. U unumli, moddiy va nomoddiy bo‘lishi mumkin, lekin bunda ular ne’mat bo‘lmasdan qolmaydi. Unumli mehnatga mehnatkash nuqtai nazaridan ham yondashish lozim. Agar mehnatkash sarf qilgan mehnati evaziga oladigan mehnat haqi bilan o‘zining va oilasining yashashini ta’min qilsa, ish kuchini takror ishlab chiqara olsa, bu mehnat ish kuchi, mehnatkash uchun unumlidar. Mehnatkash u moddiy ne’mat ishlab chiqarayaptimi, yo chiqarmayaptimi yoki xizmat sohasi bilan bandmi, uni qiziqtirmaydi. Uni qiziqtirgan narsa o‘z mehnati uchun (unumli yoki unimsizmi qatiy nazar) oladigan mehnat haqidir. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, umuman mehnatning harakterini tadqiq qilishda bozor iqtisodiyoti sharoitida, unga asosan mulk egasi, sohibkor nuqtai nazaridan yondashish lozim. Ammo har qanday sohibkor o‘zi yashab turgan 13 davlatning ichida, shu jamiyatning a’zosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan uning mehnatiga faqat o‘zining iqtisodiy manfaatidan kelib chiqmasdan, balki jamiyat manfaatini ham hisobga olish lozim. Jamiyatning a’zosi sifatida har bir mehnatkashning ham o‘z manfaati bor. Shu tufayli mehnatning harakteri tadqiq qilinganda uning manfaati ham chetda qolib ketmasligi lozim. Demak bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatning natijasini baholashda sotsiolizmdagidek faqat jamiyat nuqtai nazaridan qaralmasdan, balki mulk egasi, sohibkor, jamiyat va mehnatkash manfaatlarining mushtarakligini ta’minlash nuqtai nazaridan qarsh lozim. Mehnatning harakteri mehnat qanday namoyon bo‘lishini, uning jihatlari, belgilari, alohida xossalari va xususiyatlari qandayligini ko‘rsatadi. U xodimning ishlab chiqarish vositalari bilan birlashishiga bog‘liq bo‘lib, mehnatning ijtimoiy tabiyatini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan bugungi kunda ishlab chiqarish munosabatlari takomillashayotgani, boshqaruv iqtisodiy usullarining amal qilish sohasi kegayib borayotgani, samaradorlik va sifatiga, xodimlarning haqiqiy moddiy va ma’naviy manfaatdorligiga, ularning chinakkam xo‘jayinlarga aylanishiga yo‘naltiruvchi xo‘jalik yuritishning yangi shakllari yaratilayotgani tufayli mehnat tabiatida o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayni paytning o‘zida mazkur mehnat mazmuni va funksiyalaridagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar, bir qolibdagi, zerikarli, malakasiz, og‘ir qo‘l mehnati mavjudligi, uning zararli sharoitlari hali uzoq vaqt davomida mehnatkashlar ancha qismining ijodiy qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shaxsning uyg‘un rivojlanishiga, mehnatga ongli va ijodiy munosabatni tarbiyalashga xalaqit beradi. Oila xo‘jaligining funksiyalari ko‘p qirralidir. Chunki u jamiyatning hamma asosiy jixatlari faoliyatini o‘z ichiga oladi. Oila funksiyalari sistemasini quyidagi uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir14: Birinchi bosqichda, oilaning moddiy bazasi yuzaga keltiriladi, ya’ni oila byudjetining yaratilishi, uning foydalanilishi va uy xo‘jaligining yuritilishi. Ikkinchi bosqichda, oilada farzand tug‘ilishi va uning tarbiyasi amalga oshiriladi hamda rekresiyali funksiya bajariladi. Har holda “inson kapitali” ni ishlab chiqarish uchun: moddiy zahiralar, tovar va xizmatlar bo‘lishi shart. Uchinchi bosqichda, realizatsiya masalalari yechiladi, ya’ni bozor xo‘jaligida oila a’zolarining aloxida yakka holatda qatnashuvi: oilaviy biznesni uyushtirish, uy xo‘jaligini yuritish, daromadlarni yuzaga keltirish va ularning taqsimotini amalga oshirish ta’minlanadi. Shu bilan birga oila xo‘jaligining “inson kapitali”15 ni qaror toptirishdagi vazifalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. 14 15 Karimova D. Domoxozyastv O'zbekistana. //Ekonomicheskiy vestnik O'zbekistana. 7/1999 y. 17-22-B. “Ekonomicheskaya teoriya” (uchebnik), Toshkent, “Sharq”, 1999. – bet 14 Bizning fikrimizcha, oila xo‘jaligi farovonligi muammosi ko‘p jixatdan funksional tahlilni talab etadi, shu jihatdan oila xo‘jaligi funksiyalarini, uning farovonligini ta’minlovchi omillar sifatida qaralishi maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, oila xo‘jaligi funksiyalari quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlardan tarkib topmoqda: yosh avlodni tarbiyalash va ishchi kuchini takror ishlab chiqarish; oilaning iste’mol talabini qondirish; oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritish; oila jamg‘armasi hisobidan investitsion imkoniyatlarni vujudga keltirish, mulkiy daromadlardan samarali foydalanish; davlat bilan «ichki» iqtisodiy aloqalar (soliqlarni to‘lash, transfert to‘lovlardan foydalanish), chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar, xususan, turli xil pul o‘tkazmalar va mehnat shartnomalari tuzish va boshqalar. Bulardan shunday xulosa qilish mumkinki, oila xo‘jaligi funksiyalari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning hammasi ham ma’lum darajada daromadlarni va harajatlarni ko‘zda tutadi. Bozor munosabatlari sharoitida oila xo‘jaliklarining xayotiy faoliyati nuqtai nazaridan ko‘rinishi, oilalarning yangi imkoniyatlari va ehtiyojlari, rivojlanish shart-sharoitini vujudga keltirish va uning iqtisodiy funksiyasini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, ijtimoiy himoyani ta’min etish va sifatli turmush tarzini ta’minlash bilan vujudga keladi. Zamonaviy oila va unga asoslangan oilaviy tadbirkorlik shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa ehtiyojlarini shu jumladan, oilaning o‘zini va jamiyatni ham bir butunlikda qondirishni amalga oshiradi. 1. 1.1- rasm. Oila xo‘jaligining bozor tizimidagi o‘rni16 Bu yerda, S - iste’mol uchun oila xo‘jaligining harajatlari; S - oila xo‘jaligi jamg‘armasi; I - investitsiyalar; G - davlat harajatlari; 16 Muallif tomonidan tuzilgan. 15 Te – egri soliqlar; Td – to‘g‘ri soliklar; Y- daromadlar; V – transfertlar. Bugungi kunda oilalarning har tomonlama rivojlanishida o‘ziga xos murakkab jarayonlar vujudga kelmoqda: oilalarning daromadlar bo‘yicha tabaqalanishi, uni barqarorligining o‘zgarishi, kam bolali oilalarning paydo bo‘lishi, oiladan tashqari yashovchilar va x.k. Bu to‘g‘rida mashhur sotsiolog olim A.Golov shunday ta’kidlaydi: “mavjud oilalar bozor iqtisodiyotining ijobiy qonun qoidalariga moslashishda shubhasiz qiyinchiliklarga uchramoqda” 17. Bu jarayonlarning barchasi oilalarni chuqur ilmiy tahlil qilishni va jamiyatning ushbu tendensiyalarga munosabatini talab etadi. Oila xo‘jaligi, ta’kidlanganidek, bozor munosabatlarining eng asosiy ishtirokchilaridan hisoblanadi. Ular iqtisodiyotni ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlaydi, ularni resurslar bozoriga yetkazib berib moddiy daromad oladi va oila a’zolarining ehtiyojini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar iste’moli uchun harajatlarni amalga oshiradi. Oila xo‘jaligi iqtisodiy munosabatlarning eng muxim ishtirokchisi sifatida, davlat va firmalar bilan iqtisodiy aloqadorligi 1.1rasm asosida tasvirlangan. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, ularning bozor tizimidagi harakatlari turlicha va ular bir-birini to‘ldirib boradi. Quyidagi jadval orqali ularning vazifalarini ham ko‘rish mumkin (1.1-jadval). Oila xo‘jaligi iqtisodiyotning doiraviy aylanishi natijasida davlat, firmalar va moliyaviy institutlar bilan bozor munosabatlarini olib boradi. Oila xo‘jaligi tovar va xizmatlarni iste’mol qiluvchi sifatida emas, balki ular iqtisodiyotning ko‘plab sohalari bilan birgalikda xo‘jalik faoliyatini yuritadi. Oila daromadini ko‘paytirish va ekspertlarning baholashi bo‘yicha oila xo‘jaligi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar bajarish jarayonida iqtisodiyotning 14 soxasi bilan aloqadordir. Ularning asosiysi: qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, uy-joy xo‘jaligi, transport, madaniyat, san’at va boshqalar. 1.1 - jadval Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari va ularning vazifalari Davlat Firmalar Moliyaviy institutlar Oila xo‘jaligi A.Golova. Ekonomicheskiye i sotsialnie peremeni: monitoring obshestvennogo mneniya //Informatsionniy byulleten. -1997. - № 3. - S.33 17 16 Iqtisodiyotni tartiblashtirish Iqtisodiy fao-liyat qoidalarini belgilaydi va sharoitlarni yaratadi Soliq va boshqa usullar bilan daromadni qayta taqsimlashga qatnashadi. Bozor ishtirokchisi sifatida iqtisodiy faoliyat ko‘rsatadi Ishlab chiqarish Aholiga moliyaomillari va kredit xizmat xizmatlarni sotib turlarini o‘rsatadi oladi Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi hamda ular-ni sotadi Resurslarga mulkiy egalik qiladi va ularni foydalanish uchun sotadi Xususiy tadbir- Tovar va korlik faoliyatini xizmatlar qo‘llab-quvvatlaydi sotib oladi va moliyaviy ko‘mak beradi Oilaviy biznes sohasida xizmatlarni yaratadigan mehnat jarayoni va ularni iste’mol qilish jarayoni bir butun bo‘lib qo‘shilgan bo‘ladi. Xizmatlar faoliyat shaklida mavjud bo‘ladi, ularni yig‘ib bo‘lmaydi. Aholiga oilaviy biznes sohasini rivojlantirish texnik taraqqiyot, ya’ni texnologiya jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga tayanadi. Bu sohada texnologik operatsiyalarni mashina va apparatlar yordamida mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshiradi hamda odamlar mehnatini yengillashtiradi. Ob’ektiv iqtisodiy qonun hisoblangan mehnat unumdorligining uzluksiz oshib borishi Oilaviy biznes sohasida xizmat ko‘rsatish natijalarini son va sifat jihatdan samaradorligini oshib borishi uchun zamin yaratadi. Shunday ekan, Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteri o‘rganilganda, albatta, uning natijasini baholash samaradorligini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Oilaviy biznes sohasida mehnat natijasini baholash yakuniy natijalarga bog‘liq ravishda uning samaradorligi bilan foydalilik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir. Mazkur sohada mehnat natijalari mehnat faoliyatinig samaradorligi bilan chambar-chas bog‘liq bo‘lib, uni oshirish hozirgi vaqtda eng muhim iqtisodiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Mehnat samaradorligi deganda, nima tushunilishini 17 aniqlash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli ishlarini va mehnat natijalarini baholash samaradorligini ta’minlash masalalarini hal etishdagi strategiya va taktikani ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega. Oilaviy biznes sohasida mehnat sig‘imini kamaytirish va foydalanish darajasini oshirish yuzasidan doimiy ravishda olib boriladigan ishlar jarayoni mehnatni samaralashtirish jarayoni deyiladi. Samaradorlashtirish mehnat faoliyatinig u yoki bu sohasida yuqoriroq natijalarga erishish va ushbu natijalarning birligini sarflarni qisqartirish maqsadlarida eng yaxshi yechimlarni izlashdir. Oilaviy biznes sohasida mehnat sarflari tarkibiga qarab, texnologik mehnat sig‘imi va xizmat ko‘rsatish mehnat sig‘imini kamaytirish yo‘nalishlarini tadqiq etish mehnat samaradorligini oshirish omillari va rezervlarini aniqlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu esa oilaviy biznes texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish borasidagi vazifalarini hal etishda konstuksiyalar, olimlar, ixtirochilar va oilaviy biznes xizmatchilarini ijodiy tashbbuskorligini ta’minlash va rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Alohida e’tibor mehnatning harakteri va uning samaradorligini oshirishda yanada mukammallashtirilgan oilaviy biznesni mashina, apparat va boshqa texnologiyalarni yaratishga ko‘maklashuvchi, loyhalash sohasidagi nazariy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni qo‘llab-quvvtlashga qaratilmog‘i kerak. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mehnatnig harakterini tubdan o‘zgartirdi. Ular o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni kamaytirdi. Mulkchilik munosabatlarining rivojlanib borishi mehnat natijalariga bo‘lgan qiziqishlarni tobora oshirishi uchun shart-sharoit yaratadi. Bu esa mehnat natijalariga qarab to‘g‘ri rag‘batlantirishin taqazo etadi. Mehnat qachon to‘g‘ri rag‘batlantirsagina unga bo‘lgan munosabat ijobiy amalga oshiriladi. Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik ham mehnatning to‘g‘ri rag‘batlantirilishiga bevosita bog‘liq. Mehnat bunday sharoitda ijtimoiy harakterga va u oddiy mehnatdan murakkab shakliga qarab o‘zgarish tendesiyasiga ega bo‘ladi. Mehnatning iqtisodiy harakterga ega bo‘lishi, uning to‘g‘ri rag‘batlantirilishi asosida kishilarning manfaatdorligi va kasbiy harakatchanligi o‘sishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning har bir mehnatiga layoqatli a’zosini ishlashga, mehnat qilishga da’vat etadi. Oilaviy biznes sohasida xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishni ta’minlash uchun uni tashkil etishga qo‘yiladigan ayrim talablarga rioya qilish zarur. Eng avvlo, mukofotlash ko‘rsatkichlari muayyan bo‘limdagi, korxonadagi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish vazifalariga mos bo‘lishi hamda ushbu jamoa yoki xodimning mehnat sohasidagi kuch – g‘ayratiga real bog‘liq bo‘lishi 18 kerak. Masalan, oilaviy biznes bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilish ko‘rsatkichini mukofotlash tizimiga kiritgan vaqtda uni bajarilishi uchun, eng avvalo, korxonaning rahbari, shuningdek mazkur xizmatlar bo‘yicha ma’sul shaxs javob berishini hisobga olish kerak. Binobarin ushbu ko‘rsatkichni aynan mana shu xodimlarni mukofotlash paytida nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. II- BOB. OILAVIY BIZNES SOHASIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH HOLATI TAHLILI 2.1. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda mulkiy munosabatlar va daromadlarning shakllanishi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oilalar o‘z mulki, ishlab chiqarish va oilaviy biznes vositalari hisobidan daromadlarini ko‘paytirish maqsadida faol foydalanishga intilishi hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Biroq, oila xo‘jaligi ixtiyoridagi mavjud mulkdan daromad olish maqsadida foydalanish hamisha ham muvaffaqiyatli kechavermaydi. Oilalar iqtisodiy axvoli, bandlik va oila daromadi ko‘p jihatdan umumiy makroiqtisodiy muhitga ham bog‘lik deb o‘ylaymiz. Chunki islohotlar davomida respublikamizdagi makroiqtisodiy vaziyatning dinamik o‘zgarib borishi, oilalarning tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi shart-sharoitlarini ham o‘zgartirib bormoqda. O‘zbekistonda oila xo‘jaliklarida mavjud mulklarning umumiy qiymati bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha taxminan 38,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etmoqda. Bu mulklar tarkibida oila xo‘jaliklarining shaxsiy uy-joylari salmoqli o‘rin egallaydi. Respublikamizda deyarli barcha oilalar shaxsiy uy-joylariga ega. Biroq, ularning oilaviy biznes va ishlab chiqarish vositalari shaklidagi mulklari o‘ta kichik (2.1-jadval). Hozirgi iqtisodiy vaziyat asosiy e’tiborni mulkni tadbirkorlikka invistitsiyalashga qaratishni talab etmoqda. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, oila xo‘jaliklari asosan daromad keltirmaydigan mulklar bilan ta’minlanishi yuqori bo‘lgan. Daromad keltiradigan mulklardan biri shaxsiy tomorqa. Bu mulk turi 83,2 % aholida 19 mavjud. Yirik shohli mollar aholining 47,7 %da bor xolos. Yuk va yengil avtomashinalar kuzatilgan oilalarning 9,0 %dagina mavjud. Ko‘rinib turibdiki, oilalar mulkining asosiy qismini daromad keltirmaydigan mulklar tashkil etadi. 2.1-jadval Kuzatilgan oila xo‘jaliklarining mulkiy ta’minlanganlik darajasi Mulk turlarini ifodalovchi Oila xo‘jaliklari Ta’minlanganik ko‘rsatkichlar soni, ta darajasi, % da Uy – joy yoki kvartira 1095 97,6 Tomorqa uchastkasi 934 83,2 Yirik shoxli qoramol 536 47,7 Yuk va yengil avtomobillar 101 9,0 Manba: 2013 yilda Samarkand viloyati statistika Bosh boshqarmasi tomonidan kuzatilgan oila xo‘jaliklari ma’lumotlari asosida tuzildi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, oila mulki tarkibida ulushi eng baland (97,6 %) bo‘lgan uy-joy resurslaridan kam foydalanilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri biznes uchun moslashmagan uy-joylardan foydalanish imkoniyatlari uncha ko‘p emas. Shahardagi kvartiralardan faqat ijaraga berish yoki savdo nuqtalarini ochish mumkin xolos. Oila mulkining qolgan qismidan faqat daromad olish mumkin bo‘lgan mulk turlaridan, ya’ni transport vositalari bilan aholiga xizmat ko‘rsatishda keng foydalanilmoqda. Shuningdek, uyda boqiladigan paranda va chorva mollariga jalb qilingan mablag‘lar ham oilalarga pul daromadi keltiryapti. Ma’lumotlardan (2.1-jadval) ko‘rinib turibdiki, oilalarga daromad keltirmaydigan mulklarga eng avvalo uning kuchmas mulki (uy-joy va boshqa inshootlar) to‘g‘ri kelmoqda. Agar u oila ehtiyojidan ortiqcha bo‘lmasa, albatta, uni ijaraga berib bulmaydi. Faqat oila a’zolarining foydalanishi esa, oilaga daromad keltirmaydi. Bu kabi oilaviy biznes vositalariga televizor, sovutkichlar va boshqa maishiy texnika buyumlari kiradi. Chunki bular oila uchun daromad manbai sifatida ishlatilmaydi. 20 2.2- jadval 2013 yilda Samarkand viloyatda oila xo‘jaliklarining uzoq muddatli oilaviy biznes vositalari bilan ta’minlanganligi Vositalar nomi Oila xo‘jaligi soni % da Muzlatkichlar 491 43,8 kir yuvish mashinalari 240 21,4 Changyutgich 54 4,8 Radioaloqalar 52 20,7 rangli televizor 517 96,1 Magnitofon 253 22,6 videomagnitofon 109 9,7 video kamera 7 0,6 Fotoapparat 47 4,2 Velosiped 127 15,3 sputnikli antena 11 2,0 tikish mashinasi 465 41,4 shaxsiy kompyuter 822 73,2 Manba: 2013 yilda Samarkand viloyat statistika boshqarmasi tomonidan kuzatilgan oila xo‘jaliklari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. Og‘zaki so‘rovlarga ko‘ra, oiladagi mulkidan daromad olishga uringan oilalarning aksariyati o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli deb hisoblashadi. Bundan tashqari, o‘z mulkini kapitalga aylantirishni istagan oilalarning 50 foizi buning uchun mablag‘ga muhtoj emasligini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, ko‘pgina oilalar o‘z mulkidan haligacha to‘g‘ri foydalanishmayapti. Bu qulay makroiqtisodiy muhit oilalarga o‘z mulklaridan tadbirkorlik faoliyatida foydalanish imkonini bermayapti. So‘ralgan oilalar ichida oila resurslari bazasida oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish istagida bo‘lganlar buni amalga oshirganlarga qaraganda ikki baravar ko‘pni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Chunki oilalarning ko‘pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini ma’lum qilishadi. Bunga dalil sifatida aytish mumkinki, hozirgi sharoitda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan oila kamida 1,5-2,0 mln. so‘m mablag‘ jalb kilishi kerak bo‘ladi. Jamg‘arma shaklidagi bunday mablag‘ga so‘ralgan oilalarning 60-70 foizi ega xolos, 30-40 foiz oilalar esa umuman jamg‘armalarga 21 ega emas. Demak, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda mikrokredit uyushmalarining rolini oshirish talab etiladi. Ushbu me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, har bir imtiyozli kredit turlari alohida alohida maqsadlar uchun va alohida shartlar asosida ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik sub’ekti imtiyozli kredit (mikrokredit) olish uchun oilaning kamida bitta a’zosi ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga va pensiya jamg‘armasiga majburiy baddallarni o‘tkazib borayotgan bo‘lishi lozim. Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan kreditlar eng kam ish haqining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda quyidagi: chorva mollari, parranda, yem va hashak, mineral o‘g‘itlar, urug‘liklar, ko‘chatlar sotib olishga; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun issiqxonalar qurish va jixozlashga; xunarmandchilik faoliyati, xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kichik uskunalar, asboblar, xom ashyo materiallari, yarim tayor mahsulotlar sotib olishga; xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholiga Oilaviy biznes lar ko‘rsatish bilan bog‘liq maqsadlarga beriladi. Oilaviy tadbirkorlikka mikrokreditlar 2 yilgacha muddatga qaytarish muddatini uzaytirish xuquqisiz, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolat xatlari yoki mulkini garovga qo‘yish sharti bilan berilyapti. Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan mikrokreditning 50 foizi chorva mollari, paranda, omixta yem, urug‘lik va ko‘chat, uskuna va materiallarni jismoniy shaxslardan sotib olish uchun naqd pulda ham berilishi mumkin. Mikrokreditning nakd pulda berilgan qismi naqd pulda qaytarilishi lozim. Mikrokreditni qaytarishning imtiyozli davri 6 oyni tashkil etadi. Mikrokredit uyushmalarining qisqa muddatli tajribasining ko‘rsatishicha, kredit uyushmasi a’zolari muayan jamg‘armaga ega bo‘lgan va uni qonuniy yo‘l bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ishlatmoqchi bo‘lgan oilalardir. Ammo ayrim oilalar a’zolik badalini to‘lashga mablag‘i yo‘qligi sabab kredit uyushmalariga a’zo bo‘lmayaptilar. Mikromoliyalashtirish rivojlanayotgan davlatlarda juda ommalashgan. Bunda kam ta’minlangan oilalarni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash asosiy o‘rin tutadi. Bu unsurlardan mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab turlicha qo‘llash mumkin. Bu borada rivojlangan davlatlar tajribasining ko‘rsatishicha, mikromoliyalashtirish aholining kam ta’minlangan qismiga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish instrumenti sifatida qo‘llanilgan. 22 Hozirgi kunda ham mikromoliyalashtirish ko‘p mamlakatlarda quyidagi instrument sifatida foydalaniladi: - kam ta’minlangan oilalarni qo‘llash; - ommaviy moliya manbaalarga murojaat qilishga imkoniyati yo‘q bo‘lgan mikrokorxonalarga moliya - kredit xizmatlari ko‘rsatish; - kichik biznesni qo‘llab - quvvatlash. Shu bilan birga, oila aktivlaridan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun boshlang‘ich kapital sifatida foydalanishga xalaqit berayotgan asosiy sabablardan biri, mamlakatda bozor munosabatlari va institutlarining yetarlicha rivojlanmaganligidir. Bu ayniqsa quyidagilarda ko‘proq namoyon bo‘ladi: Ko‘chmas mulk bozori, shu jumladan, uy-joy bozori (qishloqda) rivojlanmaganligidir. Bu bo‘yicha tuzilgan bitimlarning soni kamligi va ko‘chmas mulk bahosining pastligi bilan harakterlanadi. Qishloqda uy - joyning bozor garov qiymati shaharga nisbatan pastligi undan garov sifatida foydalanish imkoniyatini cheklaydi. Shuningdek, xizmatlar bozorining rivojlanishida ham tafovutlar uchraydi. Bunda savdo, naqd pul almashinuvi, keng tarqalgan ruxsatnoma va litsenziyalar tizimi tufayli bu biznesga kirish yo‘lida katta to‘siqlar mavjud. Tijorat banklari uchun mikrokreditlarga oilaviy biznes qiymati yuqoriligi, bundan kreditlarni banklarga taluqli bo‘lmagan moliya institutlari tomonidan berish tizimining rivojlanmaganligi, boshlovchi tadbirkorlar tomonidan ularni qaytarmaslik xavfi balandligi tufayli kapital, ayniqsa mikrokreditlash soxasida bozori kuchli emas. Bundan tashqari, qonunlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining ko‘plab aktivlarini va mulkga doir xuquqlarining yetarli darajada himoyasini va kafolatini ta’minlamaydi, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatiga ma’muriy aralashuvi esa uni bu faoliyatni butunlay to‘xtatish va bor-yo‘g‘idan ajratish xavfini oshiradi. Bizning fikrimizcha, oila - moliya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish zarur: oila xo‘jaliklarining resurslarini ularning o‘z tadbirkorlik faoliyatlariga jalb etishni kuchaytirishga yunaltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga kredit tizimini rivojlantirish; oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tadbirkorlik va mulkchilik xuquqlariga oid to‘plamlar yaratish hamda, garovga qo‘yilgan mulk yoki oila aktivlarini sotib olish xuquqiga qattiy amal qilishni ta’minlash; yosh oilalarning kreditlar olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga ko‘maklashish zarur. Bu esa oilaning mulkiy ta’minlanganlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. 23 Bunday chora-tadbirlarning amalda qo‘llanilishi, oilada tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ulushini oshirish, turmush darajasi va ijtimoiy maqomini o‘zgartirish imkoniyatlarini yaratib beradi. Hozirgi davrning yana bir muhim belgisi – bu tadbirkorlik daromadining oila yalpi daromadidagi hissasining uzluksiz oshib borishidir. “Aholining daromadlari oshibgina qolmay ularning manbalari ham o‘zgarmoqda. Barcha daromadlarning qariyb chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushmoqda”18. Kelajakda har bir oila ehtiyojining kamida 50 foizini aynan shu faoliyat hisobiga qoplanishiga erishish lozim bo‘ladi. Bu bizning bosh g‘oyamizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining majlisida (2012 yil 7 fevral) so‘zlagan nutqida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosan 3 muhim vazifani bajarishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi alohida qayd qilindi. Birinchidan, yaqin 5-10 yilda ularning mamlakat YAIM dagi ulushi 55-60 % ga ko‘tarilishi lozim; Ikkinchidan, ular aholi daromadlarining asosiy manbaiga aylanishlari kerak; Uchinchidan, ular kichik va o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirishi, mamlakatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi asosiy kuch ekanligini esdan chiqarish kerak emas. Bizga ma’lumki, oilaviy va kichik tadbirkorlik faoliyatini yuritish aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muxim o‘rin tutmoqda. Ular hisobidan mamlakatda 2013 yilda qo‘shimcha 1 mln.ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etilib, ularning qariyb uchdan ikki qismi qishloq joylarida ochildi. Yangi ish o‘rinlarining 65 foizga yaqini kichik biznes va oilaviy biznes tarmoqlari, 20 foizdan ortig‘i esa kasanachilik sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi.19 Ushbu yaratilgan yangi ish o‘rinlari eng avvalo oilalar daromadini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda oila daromadlari tarkibida kichik biznes, oilaviy biznes va kasanachilik hisobidan qilingan daromadlar hissasi ham mos ravishda oshib bormoqda. Agar, respublikamiz oilalarining tadbirkorlik va turli xil xizmatlar ko‘rsatish hisobidan olgan daromadlariga e’tibor bersak u quyidagicha ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq daromadlar oila daromadlari tarkibida yildan-yilga ko‘proq ulushga ega bo‘lmoqda. Umum hisobda, bu manbalardan olinayotgan daromad ish haqidan I.A.Karimov. Barqaror taraqiyotga erishish – ustuvor vazifa. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2012 yil 26 fevral Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir./ “Xalq so‘zi”, 2008 yil 9 fevral. 18 19 24 ko‘proq, bu esa bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi bilan izoxlanadi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlikdan tushgan daromadlarning salmog‘ini oshirishga imkon beradi va o‘z navbatida, ijtimoiy to‘lovlarning ulushini bir muncha pasayishiga olib keladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 1996 yili tadbirkorlik daromadining oila daromadidagi ulushi 12,8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2012 yilda tadbirkorlik daromadi (mulk, oilaviy biznes va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish hisobiga olingan daromadlar qo‘shib hisoblaganda) 55,1 foizni tashkil etgan. Daromadlar manbai xilma-xil bo‘lgan bozor munosabatlari sharoitida oilaning jami daromadida ish haqining ham hissasi bor. Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda 2012 yilning oxirida o‘rtacha real oylik ish haqi 185 ming so‘mni yoki salkam 150 AQSH20 dollarini, 2013 yilda esa 210 AQSH21 dollari ekvivalentini tashkil etgan. Bu daromad turi ham kelajakda yanada o‘sishi kutilmoqda. Bu borada, mamlakatimiz hukumati tomonidan 2013 yilga borib 2,5 barobarga oshirish vazifasi qo‘yilgan. Ish haqi miqdorining o‘sishi iste’mol tovarlari, ichki bozorlarning tovar va xizmatlar bilan to‘ldirilishi va eng muhimi, inflyatsiya darajasi bilan uzviy bog‘liqdir. Aksincha, narx – navoning ko‘tarilishi ish haqining har qanday ko‘tarilishini yo‘qqa chiqaradi. Ish haqi hissasining pasayishining ikki jihati bor bo‘lib, birinchidan, oila byudjetini boshqa daromadlar bilan to‘ldirishga va oilada boqimandalik ruxi bilan yashayotgan ishchilarning bir qismini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga undasa, ikkinchidan esa, iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yollangan ishchilarning yuqori samara bilan ishlashini rag‘batlantirmaydi. Bundan tashqari, yuqori soliqqa tortishning mavjudligi tufayli xususiy tarmoqda aslida to‘lanayotgan ish haqi ancha qismining yashirilishiga olib keladi. Oila daromadlari tarkibida salmoqli o‘rin tutadigan manbalardan yana biri bu tomorqa xo‘jaligidir. Tomorqa, bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa qishloq oilasining muhim daromad manbai hisoblanadi va shu bilan oziq–ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘z hissasini qo‘shadi. Bu daromad turli oilalarda har xil bo‘lishi turgan gap, chunki ular tomorqa bilan har xil darajada shug‘ullanishadi. Shu maqsadda 2012 yilda o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, oila xo‘jaliklarining 83,8 foizi tomorqa yerlariga ega bo‘lib, o‘rtacha har bir oilaga 15,9 sothdan yer to‘g‘ri keladi. Ushbu tomorqa yeriga ega bo‘lgan oilalarning 6,7 foizida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilmaydi, 52,4 foizida natural istemol ya’ni, o‘z ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirilsa, 40,2 foizi sotish maqsadlarida Karimov I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish-asosiy vazifamizdir. / ”O‘zbekiston Ovozi”, 2010 yil 13 fevral, 2-B. 21 Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir./ “Xalq so‘zi”, 2011 yil 9 fevral. 20 25 qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiradi va 0,7 foizi boshqa maqsadlarda tomorqa yeridan foydalanishmoqda. Shu davr oralig‘ida tomorqadan kelgan pul daromadlari ulushi 33,2 % yoki 26710 so‘mni tashkil etadi. Oila xo‘jaliklarining 51,8 foizida yirik shohli qoramollar boqiladi. Umuman olganda aholining hamma qatlamlari uchun tomorqaning ahamiyati katta va bu asosda dehqon xo‘jaliklarining vujudga kelishi tomorqadan olinadigan daromadning yildan yilga oshishiga, olib kelishiga izlanishlar davomida guvohi bo‘ldik. Xizmat sohasi bilan shug‘ullanadigan oilalarda daromadlarining tashkil topish manbaalarini tahlil qilish maqsadida Samarqand viloyatining turli hududlaridan 135 ta xizmat ko‘rsatuvchi oilaning tanlanma kuzatuvi olib borildi. Bular quyidagi xizmat sohalari bo‘yicha olib borildi: savdo xizmatlari (chakana savdo, milliy oshxona va restoranlar); milliy hunarmandchilik va ta’mirlash ustaxonalari; kompyuter va axborot texnologiyalari xizmatlari (internet kafe, kichik bosmaxona va uyali aloqaga ulanish kabi xizmat turlari); transport xizmatlari (yuk tashish va aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish); sartaroshxona va go‘zallik salonlari (kelinlik liboslari va to‘y uskunalarini ijaraga berish va b.). 2.1-rasm. Xizmat sohalarida band bo‘lgan oilalar daromadining tarkibi, (foiz hisobida) Ushbu rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xizmat sohasida band bo‘lgan oila xo‘jaliklarining pul daromadida 11,8 foizini mehnat haqi olish bilan olinadgan daromadlarga to‘g‘ri kelmoqda. Oila xo‘jaligining ijtimoiy to‘lovlar hisobiga olgan daromadlari 3,9 foizga to‘g‘ri keladi. Oila xo‘jaligi daromadlarining ancha qismini tadbirkorlik va turli xil xizmatlar hisobiga olgan daromadlari tashkil 26 etadi. Umuman oila xo‘jaligi daromadining 84,3 foizi shu yo‘l bilan olingan daromadlarga to‘g‘ri kelmoqda. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, oilarning moddiy jihatdan farovonligi ko‘p jihatdan tadbirkorlik va xizmatlar ko‘rsatish hisobiga olinadigan daromadlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shunday ekan uning ulushi yildan-yilga o‘sib borishi lozim. Oila xo‘jaligi harajatlarining tahlili ham bozor munosabatlari sharoitida muhim ahamiyatga ega. Harajatlar ham daromadlar singari turlicha bo‘lib, ulardan eng salmoqlisi oilaning iste’mol harajatlaridir. Bu harajatlar tarkibi yildan yilga o‘zgarib bormoqda. 2.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish yo‘llari Mehnat unimdorligining rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishda oilaviy biznes sub’ektlari uch asosiy komponentlarga (omillarga) tayanishi lozim: rivojlangan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarida mehnatni rag‘batlantirish tajribasi; respublikamizda mehnatni rag‘batlantirishning muayyan darajada shakllangan tizimi; yollanma xodimning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hamda mamlakatimizda uning transformatsiyalashuvining xususiyatlari va istiqbollarini belgilovchi ijtimoiymehnat munosabatlari rivojlanishining tahlili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlari quyidagi omillar ta’sirida shakllanadi: ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik, ish bilan bandlik kafolatining mavjud emasligi, mehnat bozori shakllanishi va mehnat faoliyatini yangicha ijtimoiy baholash va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimidagi deformatsiyalashuv jarayoni o‘ziga xos xususiyatga egaligi ob’ektiv holatdir. Barcha sub’ektlar singari oilaviy biznes sub’ektlarining mehnat jamoalarida ijtimoiy tenglik tamoyili to‘liq cheklanadi. Mazkur tamoyil o‘rniga “teng mehnatga teng haq to‘lash” tamoyiliga asoslangan maqbul munosabat amal qiladi. Bu munosabatning maqbulligi ish beruvchi va yollanma ishchining roziligi bilan belgilanadi va ko‘pincha boshqa tomonning roziligi asosida tomonlardan birining tashabbuskorigi bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Ushbu munosabatlar ish haqi va moddiy rag‘batlantirish tizimi orqali namoyon bo‘ladi. Davlat bu munosabatlarni qonuniy asosda minimal ish haqi miqdori orqali tartibga solib turadi. Yollanma xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini ijtmoiy himoya qilish tamoyillari qonunlar majmuasida aks etadi, ya’ni mehnat munosabatlari kontraktlar va mehnat shartnomalari asosida tartibga solinadi, lekin uning bo‘limlari mazkur tamoyilning 27 talablarini aks ettirmaydi. Ijtimoiy himoyalash tamoyillari jamoa shartnomalari va kasaba uyushmalari faoliyati orqali ta’minlanadi. 3.1-jadval Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida samarali mehnatni shakllanishining asosiy omillari Omillar Davlat siyosati Iqtisodiy munosabatlar Makroiqtisodiy omillar Iqtimoiy munosabatlar Huquqiy munosabatlar Ishlab chiqarish munosabatlari Mikroiqtisodiy omillar Moliyaviy munosabatlar Tashkiliy munosabatlar Psixologik munosabatlar Ijtimoiy mehnat munosabatlarini amalga oshirish Ishlab chiqarish doirasidagi siyosat, mehnat resurslarini tayyorlash, taqsimlash, mehnat kooperatsiyasi, mehnat integratsiyasi, ishchi kuchini ichki va tashqi mehnat bozorida manfaatlarini himoya qilish Mulkning turli shakllari va unga xos iqtisodiy munosabatlarni shakllanishi, mehnat bozorini shakllanishi, iqtisodiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish Ijtimoiy munosabatlarning yangi shakllarini joriy etish, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish, ijtimoiy kafolat, yashash darajasi, uning sifatini va mehnat faoliyatining darajasini ko‘tarish maqsadida ijtimoiy ta’minot Qonunlar va farmonlar hamda boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar (ijtimoiy mehnat munosabatlarini amalga oshirishni ta’minlovchi) Standartlar, mehnat jarayonidagi munosabatlar reglamenti, huquq va ma’suliyat normalari, texnologik jarayonlarning samarali shakllari Ish haqi, soliqqa tortish, imtiyozlar, firma foydasida ishtirok etish Mehnat jamoalari va ularni boshqarish tizimining tashkiliytarkibiy shakllari (mehnat jamoalari va xodimlarni ijtimoiylashtirish sharoitlarini ta’minlovchi) Mehnatga ijtimoiy munosabatlarni tabaqalashtirish sharoitida va “hamkorlik”ning turli shakllarini amalga oshirishda psixologik muvofiqlik andozalari O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida yangicha mehnat munosabatlarining amal qilishi samarali mehnatning ahamiyatli sabablarini shakllanishining tashqi (makroiqtisodiy) va ichki (mikroiqtisodiy) omillarini aniqlashni zarurat etadi (3.1-jadval). Yollanma xodimlarni oilaviy biznes sub’ektlarini boshqarishdagi hamkorligi turli tashkiliy shakllarda ta’minlanishi mumkin. Konkret shakllaridan qat’iy nazar, ularning maqsadi bitta – manfaatdorlik tuyg‘usini amalga oshirish orqali hamkor tomonlarning bir-biriga ishonchini amalga oshirish va mazkur omil orqali mehnat unimdorligini oshirish hisoblanadi. 28 Moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha to‘lovlar hajmi jonli mehnat samaradorligi bilan belgilab beriladi, qaysiki yollanma xodimni sidqidildan mehnat qilishga, ish beruvchini esa bajaruvchi xodim imkoniyatlarini to‘liq namoyon etish uchun zarur imkoniyat yaratishga undaydi. Bundagi qo‘shimcha harajatlar esa tezda o‘zini qoplaydi va mulk egasi daromadining oshishi ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashning asosi hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish jarayonida yangicha ijtimoiy mehnat munosabatlarining shakllanishi mehnat sharoitlari sifatiga talabni oshiradi va moddiy talablar birinchi o‘ringa chiqadi. Bir vaqtning o‘zida yollanma xodim uchun, ayniqsa, yoshi katta guruhlarda avvalgi mehnat faoliyatlari uchun rag‘batlantirishga talab oshadi. Hozirgi sharoitda mehnat faoliyatining asosiy motivatsion jarayonlarini hisobga olgan holda, mehnatni rag‘batlantirishning samarali tizimini ishlab chiqish uchun turli toifalarning talablarini tahlil etish asosida yollanma xodimning mehnatga munosabat modelini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, olimlar tomonidan amalda tadbiq etilgan mehnatga munosabat motivatsion nazariyasi turli grafik modellardan iborat bo‘lib, unda kuzatilayotgan omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va yo‘nalishni aniqlash imkonini ta’minlagan. Bizning fikrimizcha, oilaviy biznes sub’ektlarida mehnat jamoasi motivatsiyasi bo‘yicha kompleks yondashuv va teran asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish uchun bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida mehnat faoliyati motivatsiyasi sohasida davlatning ijtimoiy siyosat postulatlarini kiritish zarur. Tegishli normativ-huquqiy manbalarga murojaat etish quyidagi o‘zaro muvofiqlashgan xulosaga kelish imkonini beradi: 1. Hozirgi paytda real uzoq muddatli moliyalashtirilgan eng muhim ehtiyojlar bilan aniqlanadigan yashash darajasi va sifatining o‘sishini belgilovchi davlat dasturi mavjud emas; 2. Motivatsiya yashash darajasi va sifatining natijasi sifatida xo‘jalik sub’ektlari funksiyasi hisoblanadi (bizning tadqiqotimizda oilaviy biznes sub’ektlari misolida); 3. Davlat tomonidan samarali mehnatni shakllantirish bo‘yicha choratadbirlar va ko‘rsatmalarning amalga oshirilmasligi korxonalarda ijtimoiy-mehnat munosabatlari jarayonida nafaqat yollanma ishchilarning motivatsiya darajasining va mehnat natijalaridan manfaatdorligini pasayishiga, balki mehnatni rag‘batlantirish vositalari, usullaridan foydalanishda primitiv (murakkab jarayonni oddiy deb qarash) salbiy oqibatlarni vujudga keltiradi. Mehnat faoliyati jarayonida mehnatni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish uchun turli darajadagi ehtiyojlarni tahlil qilish asosida yollanma ishchining 29 mehnat sohasidagi xulq-atvorining maqsadga muvofiq modelini ishlab chiqish zarur. Ilmiy tadqiqotlarda, mehnat xulq-atvori motivatsiyasi nazariyasining shakllanishida turlicha chizma shakldagi modellardan foydalanilgan bo‘lib, bu modellar tadqiq etilayotgan omillar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni va ularning yo‘naltirilganligini aniqlash imkonini bergan. Turli nazariyalarning umumiy xususiyatlari shundan iboratki, ularda biror bir iqtisodiy matematik model ishlab chiqilmagan. U quyidagilar bilan izohlanadi: – boshqarish jihatidan tadqiqot ob’ektini uning elementlari o‘rtasidagi aloqalarni tarkib va tavsif no‘qtai nazaridan yetarlicha tasavvur etish zarurdir; – biz tadqiq etayotgan ob’ektning iqtisodiy matematik modelini, amaliy jihatdan uning parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning yo‘qligi va o‘zgaruvchanligi hamda ob’ekt sifat tarkibi shakllanishining murakkabligidir. Shuning uchun, biz tadqiqotimizda boshqaruv qarorlarini asoslash va muammoning mohiyatini tushunish uchun boshqaruv jihatidan grafik model qurish bilan chegaralanamiz. Motivatsiya nazariyasi sohasida g‘arb ilmiy fikrlari va Rossiya (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.F.Lomov) hamda vatanimiz olimlari (Q.H.Abdurahmonov, Sh.N.Zaynuddinov) yetakchilikka erishishdi. L.S.Vigotskiy22 maktabining motivatsiya bo‘yicha tadqiqotlari shunga asoslanadiki, inson psixikasida yuqori va past ehtiyojlarning parallel rivojlanishi bilan belgilangan ikkita rivojlanish darajasi amal qiladi. L.S.Vigotskiyning “Emotsiya haqida ta’limot” asarida motivatsiya holati nazariyasi uchun past va yuqori ehtiyojlar ikki yo‘nalish bo‘yicha parallel va mustaqil rivojlanishi insonning xulq-atvori va uning faoliyatini boshqaradi. Muvofiq ravishda mazkur ehtiyojlarning qondirilishi ham parallel, shuning uchun bitta darajadagi ehtiyojlarning boshqa mablag‘ hisobiga qondirilishi mumkin emas. Inson mehnat faoliyati uchun bu ijodiy faoliyat va moddiy rag‘batlantirish orqali ehtiyojlarning bir vaqtda qondirilishi ikki yoqlama harakter kasb etadi. Bir vaqtning o‘zida bizga ma’lumki, muhim va samarali g‘oyalar L.Porter va E.Louler tomonidan ishlab chiqilgan motivatsiyaning kompleks protsessual nazariyasida keltirilgan. PorterLouler modeliga muvofiq mehnat natijalari ishchi kuchini ishlatishi, uning qobiliyati hamda o‘zining rolini anglashiga bog‘liqdir. Xodim mehnatidan foydalanish darajasi, ishchi uchun rag‘batlantirish va uning ishonchlilik darajasini ahamiyatliligini aniqlaydi, shu bilan birga mazkur daraja haqiqatdan ham to‘liq ravishda konkret rag‘batlantirish darajasini yuzaga keltiradi. Mehnat natijadorligini talab etilgan darajasiga erishish ishni bajarshdan qoniqish hissi, omilkorlik va o‘z22 Vigotskiy L.S. Sobraniye sochineniye: v 6 t. –M.: 1982-1984. 30 o‘zini hurmat qilish bilan bog‘liq ichki rag‘batlantirishni, shuningdek rahbarning maqtoviga sazovor bo‘lish, moddiy rag‘batlantirish, xizmatga sodiqlik bilan bog‘liq tashqi rag‘batlantirishni namoyon etadi. Xususan, Porter va Louyerning muhim xulosalaridan biri shundaki, natijador mehnat qoniqishga olib keladi. Shu paytgacha ko‘pchilik menejerlar buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi holat deb o‘ylaydilar. Ular ilgarigi inson munosabatlari nazariyasi ta’siri ostida bo‘ladilar, qaysiki qoniqish mehnat jarayonida yuqori natijalarga erishishga olib keladi yoki boshqacha aytganda, ko‘proq manfaatdor ishchilar ancha yaxshi mehnat qiladilar. Porter va Louyerlar o‘z qarashlarida bunga qarshi, yaxshi bajarilgan ish hissi qoniqishga olib keladi, natijadorlikni oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu L.S.Vigotskiyning bir vaqtning o‘zida ijodiy faoliyat va mehnatni rag‘batlantirish orqali ehtiyojlarni qondirishning ikki yoqlama harakteri haqida xulosalariga mos keladi. Porter va Louyer nazariyasining ikkinchi muhim jihati ishchini qoniqish darajasida rag‘batlantirishning haqqoniylik hissi, shuningdek uning rag‘batlantirilishi hisoblanadi. Bundan shuki, samarali mehnatni rag‘batlantirishda nafaqat rag‘batlantirish tizimi, balki undan foydalanishni tashkil etish hamda korxonalarning tashkiliy muhiti muhim rol o‘ynaydi. Biz tomonimizdan taklif etilayotgan modelga muvofiq, respublikamizda bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida ehtiyojlar asosida mehnatni xulqatvorini rag‘batlantirish modeli quyidagi asosiy jihatlarga asoslanadi: 1. Ishchining mehnat faoliyati motivatsiyasi uning turli vosita va mehanizmlardan foydalanish bilan parallel rivojlanayotgan va qondirilayotgan yuqori va boshlang‘ich ehtiyojlari orqali aniqlanadi; 2. Yuqori ehtiyoj ta’lim va tarbiya ta’siri ostida shahsni ijtimoiylashtirish jarayonida shakllanadi, ular boshlang‘ich ehtiyojlarning davom etishi va rivojlanishi bo‘lib hisoblanmaydi, ammo inson rivojlanishining sifat o‘zgarishlarini aniqlaydi. Yuqori ehtiyojlar faoliyat shakliga qarab, yechim qabul qilishda shaxsiy javobgarlik va murakkab ishlab chiqarish vazifalari bilan bog‘liq ijodiy mehnat faoliyatida yuqori psixologik funksiyalar orqali qondiriladi; 3. Mehnatning natijadorligi ishchi kuchi sarfiga bog‘liq ravishda haqqoniy rag‘batlantirishni baholash, “teng mehnatga teng haq” tamoyili orqali aniqlanadi; 4. Mehnatning natijadorligi ishchini o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglash(ichki mukofatlash)da yuqori ehtiyojlarning qondirilishiga olib keladi. Tashqi mukofatlash (moddiy va nomoddiy) boshlang‘ich sifatida qisman yuqori ehtiyojlarni (masalan, o‘zini anglashga ehtiyojlar); 5. Mamlakatimizda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda bir vaqtning o‘zida asosiy yollanma ishchilar massasi hayot darajasi va sifatining pasayishi tashqi, asosan moddiy rag‘batlantirishning o‘sishiga, buning aksi ularoq ichki 31 rag‘batlantirish rolining pasayishiga, ya’ni yuqori darajadagi motivatsiyaga asoslangan natijador mehnatni rag‘batlantirish ahamiyati pasayishiga olib keladi. Hozirgi kunda respublikamizda oilaviy biznes sub’ektlarining ishchixodimlarlarini moddiy rag‘batlantirish amaliyotlarining tahlili mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizmini belgilab olishga imkon beradi: 1. Korxonalarda mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi qo‘yidagi maqsadlarga erishishga qaratilishi lozim: - ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun moddiy sharoitlarni yaratish (mehnatga haq to‘lashning takror ishlab chiqarish funksiyasi); - samarali mehnatni rag‘batlantirish (rag‘batlantiruvchi funksiya); - korxonada samarali ish olib boruvchi ishchi-xodimlarni saqlash (barqarorlashtirish funksiyasi). Bugungi kunda ishchi va xizmatchilarning real ish haqi darajasi yashash minimumi darajasiga muvofiq o‘rnatilishi zarur. Ishchi kuchi bahosining ish haqi miqdoriga nisbatan kamayishi real ish haqi darajasining pasayishiga olib keladi. Buning natijasi ularoq korxonada mehnat natijalariga bo‘lgan qiziqishni pasayishiga olib keladi. Eng kam ish haqi miqdori fiziologik yashash minimumi darajasidan kam bo‘lmasligi kerak. Shu sababli mehnatni rag‘batlantirish tizimini shakllantirishda minimal ish haqini yashash minimumidan yuqori qilib belgilash lozim. Aks holda hech qaysi rag‘batlantirish usullar mehnatga haq to‘lashning rag‘batlantiruvchi va barqarorlashtiruvchi funksiyalarini tiklamaydi. 3. Mehnatga haq to‘lash tizimini shakllantirishning asosi bo‘lib, korxona tarif tizimi bo‘lishi kerak. Tarif setkasi diapazonini belgilashda korxonaning iqtisodiy holati, mehnatning og‘irligi, korxonadagi va uning atrofidagi ijtimoiypsixologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillari hisobga olinishi lozim. Korxonada mehnat haqi darajalari o‘rtasidagi farqni kamaytirishni boshqaruv personalining ish haqini kamaytirish, ishchilarni oyligini saqlab turish lozim. 4. Yollanma ishchining moddiy rag‘batlantirish tuzilmasi ishchi kuchini takror hosil bo‘lishini ta’minlovchi o‘zgarmas qismga, korxona faoliyatining, uning bo‘limlari, aniq bir ishchi, faoliyati natijalariga bog‘liq bo‘ladigan o‘zgaruvchan qismdan iborat bo‘lishi lozim. Har xil bo‘limlarda, bir xil faoliyat olib boruvchi, bir xil og‘irlikdagi mehnat qiluvchi ishchilarning mehnat haqi ularning malakalaridan kelib chiqqan holda teng bo‘lishi lozim. Bir kategoriyadagi ishchilarning mehnat haqi keskin farq qilishi mumkin, shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, korxonada ishchilarning bilimi, malakasi farqlanishi uchun bir necha asosiy stavkalar belgilanishi lozim. Ish haqining o‘zgaruvchan qismi korxona faoliyatining umumiy natijalari va har bir ishchining samaradorligini oshirish omilari va ishchining qo‘shgan hissasidan kelib chiqib aniqlanadi. AQShda qo‘llanuluvchi Linkoln rag‘batlantirish 32 tizimi barcha ishchilarni qamrab olib, rag‘batlantirish miqdori korxona umumiy daromadidan ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qismi va aniq belgilangan dividentlar normasi (6% sof foydadan) ayirib tashlanib aniqlanadi, ya’ni ish faoliyatining umumiy natijasiga bog‘liq bo‘lib, individual qo‘shgan hissa ballarda belgilanib hisobga olinadi. Skeleton tizimi bo‘yicha mukofotlar o‘tgan oyda erishilgan yutuqlardan kelib chiqib belgilanadi. Boshqaruvchilar ishchi kuchiga harajatlar normasini oldindan belgilab olishadi. Samarali faoliyat va ish haqi fondidan zahiralar ortib qolishi natijasida mukofotlar fondi tashkil topadi, bu fondning 1:4 qismi kelajakdagi ish haqi fondida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqchilliklarni qoplash uchun rezerv qilinadi, qolgan qismi esa boshqaruv bo‘limi va ishchilar o‘rtasida 1:3 qismi qo‘shgan hissasi va asosiy ish haqiga binoan hisoblanadi. Ko‘rsatilgan misollar oilaviy biznes sub’ektlarining umumiy faoliyatiga ko‘ra, moddiy rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va mehnatga haq to‘lash tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish funksiyalarini ta’minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy dasturlarga ko‘ra o‘z ishchi-xodimlariga taqdim etiladigan ijtimoiy imtiyozlar ham barqarorlashtiruvchi funksiyani bajaradi. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu imtiyozlar faqatgina bajariladigan mehnatning hajmiga bog‘liqdir va ular takror ishlab chiqaruvchi funksiyani bajaradi. Asosiy ish haqiga qo‘shimcha sifatida imtiyozlar katta ahamiyatga ega. Ijimoiy imtiyozlar bir darajadagi barcha ishchilarga bir xil belgilanadi. G‘arb davlatlarida egiluvchan imtiyozlar tizimi amal qiladi, ishchilar o‘zlari belgilangan miqdorda imtiyozlarni tanlashi mumkin. Umuman olganda egiluvchan ijtimoiy to‘lovlar dasturi ishchilarning korxona faoliyatiga ko‘proq jalb etadi. 33 XULOSA Kurs ishda quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: 1. “Oila”, «oilaviy tadbirkorlik” kategoriyalari bir-biriga bog‘liq bo‘lgan mustaqil tushunchalardir. Bunda oila faqat iste’molchi sifatida bir guruh uyushgan kishilardan tarkib topgan ijtimoiy sub’ekt bo‘lsa, oilaviy tadbirkorlik iqtisodiy jarayon bo‘lib, faqatgina oila negizida shakllanadi va rivojlanadi; 2. Oilaviy tadbirkorlik ham o‘ziga xos tadbirkorlik bo‘lib, oila mulkiga, ishlab chiqarish vositalariga, oila a’zolarining mehnatiga va tadbirkorlik faoliyati natijasida oladigan daromadiga egalik qilish huquqiga ega. Tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, kelajakda xo‘jalik yuritishning oilaviy tadbirkorlik shakli iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ektiga aylanadi. Shunday ekan hozirgi iqtisodiy muxit «Oilaviy tadbirkorlik faoliyati va uni qo‘llab–quvvatlash to‘g‘risida» gi qonunni qabul qilishni taqozo etmoqda. 3. Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteriga ko‘ra, mehnat jarayonida qo‘l mehnatini kamaytirish uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko‘proq qismini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o‘sib borgan sari jonli mehnatning o‘sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi. 4. Oilaviy tadbirkorlikni yuritish uchun to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. so‘ralgan oilalarning ko‘pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oila uchun 1000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ kerak bo‘ladi. Demak, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish talab etiladi. 5. Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko‘maklashish markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida faol dasturlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishlari zarur. 6. Xizmat sohasi bilan band bo‘lgan oilalar daromadi tarkibida tadbirkorlik daromadlari salmoqli o‘rin egalaydi. Kuzatilgan oilalarda pul daromadlarining jon boshiga o‘rtacha taqsimlanishi eng kam daromadli sartaroshxona xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi va eng ko‘p daromadli savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi oilalar daromadi o‘rtasidagi farq 2,2 martani tashkil etmoqda. Ushbu tahlilda yana bitta muhim qonuniyat kuzatildi. Oila daromadlarining ortib borishi bilan ulardagi aholining o‘rtacha soni kamayib 34 bormoqda. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, oila xo‘jaligi a’zolari soni qancha kamayib borsa, ularning o‘rtacha daromadlari shuncha ko‘p ekanligi kuzatiladi. Shuningdek, pul daromadlarining tabaqalanishi qishloq bilan shahar o‘rtasida nisbatan farq qiladi. Qishloq joyida aholining bir oilaga to‘g‘ri keladigan soni 6,2 kishini tashkil qilsa, shaharda ushbu ko‘rsatkich 3,4 kishini tashkil qiladi. 7. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Demak, oila daromadlarini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy institutlarning rolini ham oshirish talab etiladi. 8. Oilaviy biznes sohasining umumiy faoliyatiga ko‘ra, moddiy rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va mehnatga haq to‘lash tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish funksiyalarini ta’minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. 9. Oilaviy biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini oilaviy biznes sohasida qo‘llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shunga bog‘liq holda sohada mehnat unumdorligining o‘sishi, oilaviy biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o‘zgarishlar, sohaning modernizatsiyalashda qo‘l mehnatining sezilarli kamayishi va inson omiliga yangicha yondashuv masalalarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur. 35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari 1.1. O’zbekston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2010 1.2. O’zbekston Respublikasining Mehnat kodeksi. – T.: “Iqtisodiyot huquq dunyosi”, 2010. 1.3. O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahrir). –T.: Adolat, 1998. 2. O’zbekston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari 2.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 5-son. 2.2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2009 yildagi 1045-sonli “Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo’shimcha choralar to’g’risida”gi Qarori. “Xalq so’zi” gazetasi, 2009 yil 23 yanvar. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari 3.1. I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: “O’zbekiston”, 2009. 3.2. I.A.Karimov. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O’zbekiston, 2009. 3.3. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch.– T.: “Ma’naviyat”, 2008. 3.4. I.A.Karimov. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir. – T.: “O’zbekiston”, 2005. 4.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi gazetasi, 2015 yil 19 yanvar, №13. 4. Darslik, o’quv qo’llanmalar va maqolalar to’plami 4.1. Abdurahmonov Q.X., Mehnat iqtisodiyoti. -T.: “Mehnat” – 2009. -511. 4.2. Abdurahmonov Q.X., V.Imomov. O‘zbekistonda mehnat potensialidan samarali foydalanish va uni boshqarish –T.: “Akademiya”, 2008. 4.3. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. Darslik. –T.: “Fan va texnologiya”, 2012. 4.4. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2012. 36 4.5. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2013. 6. Internet saytlari 5.1. htpp: //www.prezident.uz – O’Zbekiston Respublikasi Prezidentining vebsayti. 5.2. htpp: //www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi vebsayti. 5.3. htpp: //www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” jurnalining vebsayti. 37