Загрузил Talyan Talyan

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini

реклама
MUNDARIJA
I. KIRISH………………………………………………………………………….3
II. ASOSIY QISM……………………………………………………….……..…5
2.1 Bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakillantirish bo‘yicha ishlarni tashkil
etish…………………………………………………………………………………5
2.2 Abu Ali ibn Sinoning sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri sifatida sog‘lom
turmush tarzi………………………………………………………………………12
2.3 Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakillari…………………21
2.4 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini
shakillantirish……………………………………………………………………..32
XULOSA ……………………………………...…………………………………36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..……37
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyatini shakllantirishda barkamol avlodni tarbiyalash masalasi muhim
ahamiyat kasb etadi. Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi esa jamiyatda sog‘lom
turmush tarzini qaror toptirishga bevosita bog‘liqdir. Sog‘lom turmush tarzi jamiyat
hayotida amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarish va yangilanish jarayonlarining
asosini tashkil etadi. Jamiyat hayotida inson salomatligini ta’minlash tabiiy atrofmuhit holati bilan bir qatorda, ijtimoiy hayot, inson tarbiyasi bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan jarayondir. Falsafiy ma’noda inson biopsixosotsial tizim bo‘lib hisoblansa,
insonning biologik, psixologik va ijtimoiy salomatligini ta’minlash jamiyatda
sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish asosida amalga oshiriladi.
Yoshlarimizni jismoniy sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash
uchun besh muhim tashabbus doirasida ko‘plab stadionlar, suv havzalari, sport
majmualari va saroylari barpo etilmoqda, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, ‒
Eng muhimi, farzandlarimiz o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanadigan,
sog‘lom turmush tarzini o‘z hayotiy maqsadiga aylantirgan yigit-qizlar safi kengayib
bormoqda.1 Sog‘lom turmush tarzi – bu insonning xatti-harakatlarining individual
tizimi bo‘lib, unga haqiqiy muhitda (tabiiy, texnogen va ijtimoiy) jismoniy, ruhiy va
ijtimoiy farovonlik va uzoq umr ko‘rishni ta’minlaydi. Sog‘lom turmush tarzi
fiziologik va ruhiy jarayonlarning normal borishi uchun eng yaxshi sha- roitlarni
yaratadi, bu turli kasalliklarning ehtimolini kamaytiradi va insonning umr ko‘rish
davomiyligini oshiradi. Sog‘lom turmush tarzi bizning maqsad va vazifalarimizni
amalga oshirishga, rejalarimizni muvaffaqiyatli amalga oshirishga, qiyinchiliklarni
engishga yordam beradi. Insonning o‘zi tomonidan qo‘llab- quvvatlanadigan va
mustahkamlangan yaxshi sog‘liq, unga uzoq va quvonchli hayot kechirishga imkon
beradi. Salomatlik har bir insonning, umuman, butun jamiyatning bebaho boyligidir.
Kurs ishining predmeti: Maʼlumki biz naslimizning kelajagi – sog‘lom
avlod uchun kurashar ekanmiz oʼz maqsadimizga erishish uchun millatni sog‘lom
turmush tarzida yashashga oʼrgatishimiz kerak boʼladi. Sog‘lom avlod deganda, biz
faqat jismonan baquvvat farzandlarni emas, balki maʼnaviy jihatdan ham boy va
3
sog‘lom avlodni nazarda tutishimiz lozim. Zero, maʼnaviy sog‘lom boʼlmasdan
turib, jismonan sog‘lom boʼlish mumkin emas. Har ikkala tushuncha bir biriga mos
va biri ikkinchisidan taqazo qiladi. Ham jismonan, ham maʼnaviy sog‘lom avlodga
ega boʼlgan xalqni esa sindirib boʼlmaydi. Biz jismonan sog‘lom, yuksak
maʼnavyatli va yagona milliy g‘oya asosida jipslashgan millatni shakllantirishni
bosh maqsad qilib qoʼyar ekanmiz uni sog‘lom turmush tarzida yashashga
oʼrgatishimiz lozim.
Kurs ishining ob’ekti: Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya
shakillari
Kurs ishining maqsadi: Bolalarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish
ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
˗
Bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakillantirish bo‘yicha ishlarni
tashkil etish.
˗
Abu Ali ibn Sinoning sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri sifatida
sog‘lom turmush tarzi
˗
Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakillari
˗
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarida
sog‘lom
turmush
tarzini
shakillantirish
Kurs ishinig hajmi: Kurs ishi kirish, 4 reja, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
4
II.BOB. ASOSIY QISM
2.1 Bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakillantirish bo‘yicha
ishlarni tashkil etish.
Jamiyat hayotida salomatlik insonning birinchi va eng muhim ehtiyoji bo‘lib,
uning mehnat qobili- yatini belgilaydi va shaxsning barkamol rivojlanishini
ta’minlaydi. Bu atrofdagi dunyoni bilish, o‘zini- o‘zi tasdiqlash va inson baxtining
eng muhim shartidir. Sog‘lom turmush tarzi – axloqiy, faol, mehnat, sabr-toqat
tamoyillariga asoslangan va shu bilan birga, atrof-muhitning salbiy ta’siridan
himoya qiluvchi, keksalikka qadar axloqiy, aqliy va jismoniy salomatlikni saqlashga
imkon beradigan hayot. Sog‘lom turmush tarziga quyidagilar kiradi: samarali
mehnat, ratsional ovqatlanish, biologik ritmga rioya qilish, optimal harakat rejimi,
shaxsiy gigiyena, kundalik rejimga rioya qilish.3 Sog‘lom turmush tarzi haqida
turlicha qarashlar ilgari surilgan bo‘lib, falsafiy va sotsiologik yo‘nalish vakillaridan
P.A.Vinogradov, B.S.Erasov, O.A.Milshteyn, V.A.Ponomarchuk, V.I.Stolyarov va
boshqalar sog‘lom turmush tarzini global ijtimoiy muammo, butun jamiyat
hayotining ajralmas qismi deb hisoblaydilar. Salomatlikning uch turi mavjud bo‘lib,
bular jismoniy, aqliy va axloqiy (ijtimoiy) salomatlikdir. Jismoniy salomatlikning
mohiyati shundan iboratki, agar barcha organlar va tizimlar yaxshi ishlasa, unda
butun inson tanasi (o‘zini-o‘zini boshqarish tizimi) to‘g‘ri ishlaydi va rivojlanadi.
Ruhiy salomatlik miya- ning holatiga bog‘liq bo‘lib, u fikrlash darajasi va sifati,
diqqat va xotiraning rivojlanishi, hissiy barqaror- lik darajasi, irodaviy fazilatlarning
rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Axloqiy salomatlik insonning ijtimoiy hayotining
asosi bo‘lgan axloqiy tamoyillar bilan belgilanadi. Shaxsning axloqiy salomatlik
belgilari, eng avvalo, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish, madaniyat xazinalarini
o‘zlashtirish, oddiy turmush tarziga zid bo‘lgan odat va odatlardan faol ravishda voz
kechishdir. Sog‘lom turmush tarzi inson hayotining turli jabhalarini rivojlantirish,
faol uzoq umr ko‘rish va ijtimoiy funksiyalarni to‘liq bajarish uchun zarur shartdir.
Sog‘lom turmush tarzining dolzarbligi ijtimoiy hayotning murakkablashishi, salbiy
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan texnogen, ekologik, psixologik, siyosiy va
harbiy xavfning kuchayishi natijasida inson tanasiga stresslarning ko‘payishi va
5
o‘zgarishi bilan bog‘liq.4 Sog‘lom turmush tarzi inson hayotining turli jabhalarini
rivojlantirish, faol uzoq umr ko‘rish va ij- timoiy funksiyalarni to‘liq bajarish uchun
zarur shartdir. Sog‘lom turmush tarzining dolzarbligi ijtimoiy hayotning
murakkablashishi, salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan texnogen, ekologik,
psixologik, siyosiy va harbiy xavflarning kuchayishi natijasida inson tanasiga
stresslarning ko‘payishi va o‘zgarishi bilan bog‘liq. Sog‘lom turmush tarzi quyidagi
asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi: “samarali mehnat, oqilona mehnat va dam olish
rejimi, yomon odatlarni yo‘q qilish, optimal harakat rejimi, shaxsiy gigiyena,
chiniqish, ratsional ovqatlanish va boshqalar”. Samarali mehnat sog‘lom turmush
tarzining muhim elementidir. Inson salomatligiga biologik va ijtimoiy omillar ta’sir
qilib, ularning asosiysi mehnatdir. Mehnat va dam olishning oqilona rejimi sog‘lom
turmush tarzining zarur elementidir. To‘g‘ri va qat’iy rioya qilingan rejim bilan
tananing aniq va zaruriy ish ritmi ishlab chiqiladi, bu ish va dam olish uchun maqbul
sharoitlarni yaratadi va shu bilan salomatlikni mustahkamlash, mehnat qobiliyatini
yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi.
Y.P.Lisitsinning fikriga ko‘ra, inson salomatligi ko‘p jihatdan turmush tarzi
va turmush ukladiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda shaxs haqidagi bilimlarning ilmiy
tizimida ushbu tushunchaning eng to‘liq ta’riflarini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘lib,
sog‘lom turmush tarziga nisbatan quyidagi ta’riflar keltiriladi:
–
sog‘lom turmush tarzi – insonning o‘zi qo‘ygan har qanday maqsadga
erishish qobiliyatining aniq ifodasi sifatida sog‘liq muammosiga turli omillar
ta’sirida hayot jarayonida rivojlanadigan qarashlar tizimi;
–
sog‘lom turmush tarzi – insonda shakllangan, o‘z ijodiy salohiyatini u
yoki bu darajada ro‘yobga chiqarish imkonini beruvchi hayotning ishlab chiqarish,
maishiy va madaniy jihatlarini tashkil etish usuli;
–
sog‘lom turmush tarzi – sog‘liqni saqlashning ijtimoiy va tarixiy jihatdan
aniqlangan g‘oyasi, shuningdek, uni amaliy hayotga integratsiya qilish vositalari va
usullari;
–
sog‘lom turmush tarzi –insonning kundalik faoliyatining tipik shakllari
va usullari, bu organi- zmning zahiraviy imkoniyatlarini mustahkamlaydi va
6
takomillashtiradi, shu bilan jinsi, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik holatidan qat’iy
nazar, o‘z ijtimoiy va kasbiy funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlaydi.1
O‘zbekistonda taraqqiyot strategiyasi asosida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
asosiy vazifalar – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada
rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va qonun
ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish,
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy
taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, milliy manfaatlardan
kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; mamlakatimiz
xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq pragmatik va faol tashqi
siyosat olib borish, eng avvalo, O‘zbekiston fuqarolarida sog‘lom turmush tarzini
rivojlantirish asosida amalga oshiriladi.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi,
sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o‘ta muhim ijtimoiy qadriyat
hisoblanadi. Millat salomatligini ta’minlash, xalq genofondini bekam-u ko‘st
saqlash sog‘lom turmush tarzi tufayligina etarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Bu esa,
jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila, o‘quv-tarbiya maskanlari, mahalla
hamda mustaqil ta’lim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sog‘lom turmush tarzi
mazmuni va mohiyatini anglatish, yoshlarni sergak va bilimdon, barkamol shaxs
qilib tarbiyalash masalasini ko‘ndalang qilib qo‘yadi.
O‘zbekistonlik faylasuf olimlardan I.Shodimatov, O.Oqilov, K.Sodiqov,
Sh.Bo‘tayev, X.A.Shayxova, Q.N.Nazarov, M.M.Qahharova, G.H.Tillayeva,
N.E.Temirovalar sog‘lom turmush tarzi va uning falsafiy masalalari sohasida ilmiy
tadqiqotlar olib borishgan.
Sog‘lom turmush tarzi‒ faol mehnat qiladigan, mehnatga ijodkorlik asosida
yondashadigan, kuchli jismoniy va ruhiy bosimlarni, o‘ta xavfli va zararli ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni engil tarzda bartaraf etadi- gan, har tomonlama taraqqiy etgan
shaxsning shakllanish jarayonidan iborat bo‘lib, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan
fuqarolarning tafakkuri, sog‘lomligi ularning mulkka, ma’naviy qadriyatlarga
7
bo‘lgan qarashlarida ham ijobiy natijalarga olib keladi. Yangilanayotgan
O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish fuqarolarning dunyoviy
bilimlar asosida dunyoqarashining shakllanishi, diniy qadriyatlar asosida axloqiy,
ma’naviy tarbiyasi asosida amalga oshirilmoqda.
Falsafiy adabiyotlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalasiga
keyingi paytlarda katta e’tibor berilib, sog‘lom turmush tarzining ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ruhiy-psixologik, tibbiy-gigiyenik, shaxsga tegishli
bo‘lgan motivatsion tomonlari tadqiq etilmoqda. Sog‘lom turmush tarzining
metodologik
muammolari,
ijtimoiy-iqtisodiy
mezonlari,
aholi
turmush
madaniyatiga, diniy va dunyoviy qadriyatlarga tegishli jihatlari bugungi kunda
ijtimoiy-falsafiy jihatdan o‘rganilishi zarur bo‘lgan sohalardir.
Sog‘lom turmush tarzi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanish
jarayonida odamlar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar va namunaviy hulqning
shakllantirish jarayonini tartibga soladi hamda tezlashtiradi. Sog‘lom turmush
tarzini shakllantirishda motivatsiya omili ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
motivatsiya shaxsning ma’lum bir faoliyatni bajarishga kirishishi, harakatga
keltirishi, uning muhimligini asoslashi va anglatishini o‘zida ifodalaydi.
Sog‘lom turmush tarzi mafkurasi, R.U.Arziqulovning fikricha,
turmush
tarzining falsafasini, davlatning sog‘lom turmush tarzini shakllanishi bo‘yicha
yuritayotgan siyosatini, sog‘lom turmush tarzining huquqiy, axloqiy asoslarini,
sog‘lom turmush tarzining pedagogikasi, psixologiyasi, sotsiologik madaniyati,
etikasi va estetikasini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.2
F.Xaldibekovaning
fikriga
ko‘ra,
Sog‘lom
turmush
tarzi
har
bir
yurtdoshimizdan haqiqat majmuasiga suyanib, aql-farosatga rivoj berib, ilm, bilim,
hayot falsafasi, ajdodlar tajribasi, davr talablarini chuqur va ongli anglab, turmush
tarzi va hayot mazmunini odamiylik yo‘lida rivojlantirib, hamma jabhada axloqiy
fazilatlarga amal qilishni talab etadi. Axloqiy yetuklik kishida iymon-e’tiqod va
amalni kuchaytiradi. Insonlik sharafini ko‘taradi. Bu jarayon ongli hayot kechirish
bo‘lib, baxt-saodatga yetaklaydi. Sog‘lom turmush tarzini qaror topishiga, jamiyatni
insonparvarlashtirish va sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.1
8
R.Matibayevaning fikricha, Bolalarni tarbiyalash ishida eng muhim sharoit –
oilaning mustahkam, ma’naviy sog‘lom asosga qurilganligi. Demakki, sog‘lom
oilada sog‘lom farzandlar, Vatanimizning munosib farzandlari, ya’ni, ijodiy
fikrlaydigan, mustaqil xulosalar chiqaradigan, kelajakda qaysi bir soha mutaxassisi
bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston mustaqilligining istiqboliga munosib hissa
qo‘sha oladigan barkamol avlod bo‘lib yetishadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz
bunyodkori bo‘lgan yoshlarga e‟tibor yana kuchaydi. Ayniqsa yoshlarni sog‘ligini
saqlash sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarni har qadamda sezish mumkin.
Bugungi kunda xalq ta‟limi tizimiga qarashli qaysi turdagi muassasani
olmaylik, ularda shifokorlar va malakali hamshiralar xizmat ko‘rsatishmoqda.
Umumta‟lim maktablari o‘quvchilari salomatligini muhofaza qilish, ularga
malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasal o‘quvchilarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni
sog‘lomlashtirish, turli kasalliklarni oldini olish ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan.
Jismoniy tarbiya daqiqalarini o‘tkazish uchun 3-4 mashqdan iborat maxsus
mashqlar majmuasidan foydalanish mumkin. Ta’lim muassasalarida alohida
o‘rganlarga, tizimga va butun organizmga ruhiy va statik og‘irlik qiluvchi mashqlar,
darsda umumiy toliqishni oldini olish uchun jismoniy tarbiya daqiqasi va dars
davomida taranglashganini xisobga olgan holda turli guruh mushaqlari uchun
to‘plangan mashqlardan iborat umumiy ta’sir qiluvchi mashqlar o‘tkazishni talab
qiladi. Mashqlar 1,5-2 daqiqa davom etadi.
Maktabda o‘quvchilarni harakatga bo‘lgan biologik talabini qondirish uchun
sharoit yaratish lozim. Bu talab 2 soatdan ko‘p hajmdagi bolalar va o‘smirlarni kunlik
harakat faolligini qondirishi mumkin
Sog‘lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning turli yo‘l-yo‘riqlari,
usullari mavjuddir.Ayniqsa, bolalarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish, turli
milliy harakatli o‘yinlar o‘rgatish muhimdir.
Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ham o‘tgan
davrlardagidek muhim hisoblanadi va bu muammo ham o‘tgan davrlardagidek
ijtimoiy muammo sifatida o‘rganilgan.
9
XXI-asr - bu yuqori tezlik, ulkan axborot oqimi, voqealar tez o‘zgarib
turadigan vaqt, shuning uchun har bir inson o‘z dunyosini, o‘z muhitini va o‘z
manfaatlarini
topishi
kerak.
XXI
asr
texnologiya,
axborotlashtirish
va
kompyuterlashtirishning rivojlanishi bilan boshqa asrlardan farq qiladi. Biroq,
jamoatchilik fikri va ommaviy axborot vositalari yosh avlodda hayotga iste’molchi
munosabatini shakllantiradi.
Bu hayotda hamma narsani sinab ko‘rish kerak, degan fikr bor, ya’ni spirtli
ichimliklar, tamaki va giyohvand moddalar. Shunga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida
giyohvandlik muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda, demak, ijtimoiy xulq-atvor,
sog‘lig‘ining yomonlashishi, aqliy va ijodiy salohiyatning pasayishiga olib keladi.
Yoshlarning hammasi ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanmaydi,
aksariyati tibbiy sabablarga ko‘ra ozod etiladi. Shunday qilib, zamonaviy jamiyatda
yosh avlod salomatligi, xususan, yoshlarning ongli va maqsadli ravishda sog‘lom
turmush tarzini olib borish qobiliyati bilan bog‘liq bir qator muammolar mavjud.
Inson tanasi tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlari bilan doimiy o‘zaro ta’sirda
bo‘lgan yagona murakkab o‘zini o‘zi boshqaradigan biologik tizimdir.
Salomatlik so‘zning keng ma’nosida tushuniladi. Bu nafaqat kasallikning
yo‘qligi, balki to‘liq jismoniy, axloqiy, axloqiy, psixo-emotsional, ijtimoiy,
intellektual farovonlik holatidir.
Sog‘lom turmush tarzi inson salomatligini saqlash va mustahkamlashning
yagona mumkin bo‘lgan yo‘lidir. Sog‘lom turmush tarzining zarur tarkibiy qismlari:
–
jismoniy faollik,
–
ijobiy his-tuyg‘ular,
–
hushyorlik,
–
shaxsiy gigiena,
–
kundalik tartib,
–
muvozanatli ovqatlanish,
–
temperatsiya,
–
fikrlashning ijobiyligi.
10
Sog‘lomlashtirish faoliyati - bu bir tomondan, shaxsning o‘zini yaxshilashga,
ikkinchi tomondan, o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan qadriyat munosabatini o‘zgartirishga va
o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan munosabatni o‘zlashtirishga qaratilgan talaba - sportchi va
o‘qituvchi - murabbiyning birgalikdagi faoliyati.
Salomatlikni saqlash muammosi har doim insoniyatni qiziqtirgan.
Atrof-muhitdagi stressli haddan tashqari yuklar va jiddiy buzilishlar asrimizda
bu muammo ayniqsa dolzarb bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy qadriyatlari va
ustuvorliklari tizimida muhim o‘rin tutadi.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
zararli odatlar va ularni bartaraf etish yo‘llari pedagog olimlar M.Abdulaziz,
M.Axmedov,
M.Axmatov,
M.
Ikromova,
O.Najmiddinov,
I.Nasritdinov,
X.Raxmatov, T.Uzoqov va boshqalar ishlarida o‘rganilgan.
Fiziolog olim B.Chumakov o‘quvchilarda sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri
ovqatlanish qoidalari, kun tartibiga rioya qilish, zararli oqibatlarga berilmaslik va
to‘g‘ri dam olish haqidagi tavsiyalarni ishlab chiqishgan.
11
2.2 Abu Ali ibn Sinoning sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri sifatida
sog‘lom turmush tarzi.
Jahon tibbiyotida o‘z mavqeini muhrlagan Ibn Sinoning ilmiy merosi g‘oyat
boy va bebaho xazinadir. Bugungi kunda Belgiyadagi Luven katolik universiteti
professori Yul Yanssensning “Ibn Sino va uning arab va lotin dunyosiga ta’siri”,
“Abu Ali ibn Sino va uning merosi” kabi asarlari ...”Abu Ali ibn Sino – Fransiya”
uyushmasi prezidenti professor Mark Bonnelning, Golland olimi Utrextdagi Fan
tarixi instituti professori Robert van Gentlarning ilmiy faoliyatlari Ibn Sino
asarlaridagi g‘oyalar benihoyat qimmatli ekanligidan yana bir dalolat bermoqda. Ibn
Sino asarlarini chuqurroq o‘rganish bugungi davr muammolar yechishida eng zarur
omil sanaladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) asarlari orasida 50 ga yaqini tibga bag‘ishlangan:
“Al-Qonun fi-t-tib” (“Tib qonunlari”), “Urjuza fit-t-tib”(“Kichik tibbiy qonun”
yoxud “Tibbiy doston”-S.X.),“Shifo kitobi”, “Qulanj kasalligini davolash” va
boshqalar.
Me’yor tibbiyotda “xos miqdor”, “mo‘’tadil”, “zaruriy miqdor”, “o‘rtacha”,
“maromida”, “tartib”, “had”, “e’tidol”, “al-miqdor al-lozim”, “haqiqatga yaqin
miqdor”, “tadbir”, “mizoj” va hokazolar. tushunchalar orqali ifodalanadi. Me’yor –
borliqning oltin qonuni. U hayotning hamma jabhalarida amal qiladi: iqtisodda,
siyosatda, salomatlikda, sevgida, odobda, muomalada ayniqsa yaxshiroq namoyon
bo‘ladi. Aslini olganda esa moddiy va ma’naviy hayotimizning o‘zagini me’yor
qonuni tashkil etadi.
Suxravardiya tariqatining vakili Sa’diy Sheroziy inson salomatligi me’yori
haqida ajoyib fikrlar bildirgan:
“Bo‘lsin qattiqligu, yumshoqliq boham, Tabib ham kesaru, ham qo‘yar
malham. Dono kishi qattiq bo‘lmaydi doim,
Qadri ketar bo‘lsa hamon muloyim”.
Abu Ali ibn Sino o‘z umrini inson salomatligi me’yorini o‘rganishga
bag‘ishladi, desak aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Uning asosiy tadqiqot
ob’ekti, salomatlik va bemorlik me’yorlarini o‘rganish bo‘lgan. Ibn Sino nuqtai
12
nazarida, sifat miqdordan ayrilgan emas. Xuddi shuningdek, sifat va miqdorning
yagonaligi va yaxlitligi, bir-birini taqozo etishi, aslo ularning bir-biriga qo‘shilib
ketganini bildirmaydi. Ibn Sinoning yutug‘i shundaki, sifat va miqdor belgilarini
farqlay oldi. Shu sababli ham, “Miqdor kasalliklari”ni “sifat kasalliklari”dan ajratib
ko‘rsatdi.
“Miqdor kasallik”lari kattalashishi yoxud kichrayish, kamayish bilan
farqlanadi.”Uzluksizlilikni buzilishi tufayli vujudga keladigan kasallik”lar
mavjudligiga e’tibor berdi. O‘zining “Donishnoma” asarida “Miqdorning ikki xil:
birinchisi–“uzluksizlik” arab tilida ifodalanganda “mutassil”. Ikkinchisi – uzlukli,
arab tilida “munfasil” deb ifodalanadi. Borliqdagi barcha narsa, predmet va
jarayonda miqdor va sifat ajralmas, yagonalikda namoyon bo‘ladi. Sifat arab tilida
“kayfiya”, Miqdor arab tilida “kamiyya”deb izohlanadi. Tabiat borlig‘ida o‘zgarmas
ob’ektning o‘zi yo‘q. Ammo barcha tabiat borlig‘i o‘z doirasida o‘zgarib turadi.
Me’yor Ibn Sino ta’limotida ko‘p qirrali, sermazmun kategoriyadir. Ibn Sino
asarlarida me’yorning xilma-xil mohiyatlari: “adolatli bo‘lak”, “miqdorlar mosligi”,
“sifatlar mutanosibligi”, “to‘rt unsurning o‘zaro bir-biriga hamohangligi (mosligi)”
kabi tushunchalarda yoritilgan. Masalan: birinchi me’yor – “adolatli bo‘lak” (“xos
adad”); ikkinchi me’yor – qarama-qarshi sifatlar sintezi; uchinchi me’yor - to‘rt va
undan ortiq me’yorlar sintezi; Uchinchi me’yor - rejim; to‘rtinchi me’yor
taqsimlashdagi adolatli bo‘lak; aniq miqdorlarning biri-biriga munosobati;
beshinchisi – yaxshi sifatli (bunda har qanday sifat emas, aynan yaxshi sifat aniq
qilib aytganda “yaxshi sifat, a’lo sifat” me’yor modifikatsiyasidan biridir-S.X.)
Alloma ko‘pgina insonlar salomatlik tanadagi qonning ko‘pligi yoxud
ozligiga bog‘liq deb hisoblashadi, aslida unday emas, salomatlik qonning sifatiga
bog‘liqdir deb juda to‘g‘ri e’tirof etgan. Zamonaviy ibora bilan aytganda salomatlik
- qonning immanent me’yoriga bog‘liqdir. Klod Bernar Ibn Sino asarida “mizoj” aniq sifat, tabiiy me’yor ma’nosini anglatadi. “Unsurlar o‘z quvvatlari bilan birbirlariga ta’sir qilishlari natijasida ularning hammasiga mos bir kayfiyat vujudga
keladi. Ana shu kayfiyat mizojdir”. Gap to‘rt xil sifatli unsurlarning bir-biriga
mutanosib miqdorlar orqali mosligi haqida borayotganligi anglash unchalik qiyin
13
emas. Qon, safro, savdo va limfa suyuqligi har bir organizm uchun muayyan
miqdorda –“xos adad”da bo‘ladi; Ushbu to‘rt suyuqlik muayyan miqdorda bir-biri
bilan mutanosiblik o‘lchovlarida yagonalik-me’yorni tashkil etadi. Bu holatda
salomatlik me’yori mustaqil to‘rt me’yorning munosobati shaklida namoyon
bo‘ladi. Abu Mansur al-Qumri ham o‘z ustozi Ibn Sinoning bu boradagi fikrini
tasdiqlab shunday deydi: ”Inson tanasining e’tidolli holatida bu qarama-qarshi to‘rt
sifat ma’lum bir chegarada to‘xtagan bo‘ladi”. Mizoj mo‘’tadil va mo‘’tadillikdan
chiqqan holatda bo‘lishi mumkin. Mizoj mo‘’tadil bo‘lsa kishining tanasi sog‘lom,
mo‘’tadillikdan chiqsa kasallik paydo
bo‘ladi.
Inson uchun eng yaxshi holat mizojning mo‘’tadil bo‘lishidir. “Mizoj
mo‘’tadil bo‘lganida gavdadagi qarama-qarshi xususiyatlar miqdor jihatidan
o‘rtacha va sifat jihatdan nuqsonsiz bo‘ladi. Bunday kishi sog‘lomdir. Agar qaramaqarshi xususiyatlar o‘rtacha bo‘lmay, ikki tomonning biriga, masalan, issiqlik yoki
sovuqlikka, ho‘llik yoki quruqlikka yoki har ikkisiga moyil bo‘lsa, mizoj
mo‘’tadillikdan chiqadi va tanada kasallik paydo bo‘ladi.
“Mo‘’tadillik - mizoj egasining butun gavdasida yoki bir a’zosida
unsurlarning miqdori va kayfiyatlari bilan odam mijoziga keragicha eng to‘g‘ri
taqsimlanib, eng to‘g‘ri nisbatda to‘lla-to‘kis bo‘linganidan iboratdir”.
“Mo‘’tadillik” – mutanosib miqdorlar, proporsiya, nisbat ma’nosini bildiradi.
“Sifatli qon” deganimizda, qon tarkibiga kiruvchi barcha elementlarning miqdoriy
mutanosibligi tushuniladi, bunday qon mo‘’tadil sifatiga tengdir. Mana shu sifatli
qonga mos sifatli safro, sifatli hujayralar suyuqliklar va h. bo‘lishi lozim.
Abu Ali ibn Sino “Taodul” va “mo‘’tadil” so‘zlarining ma’nosini ajratib
berdi. “Taodul” so‘zi og‘irlikdagi barobarlikni bildiradi.
Ibn Sino “Urjuza fit-t-tib” (”Tib haqida urjuza”) kitobida aniqrog‘i she’riy
risolasida mizojning to‘qqiz xilini: issiq mijozli; sovuq;
–
quruq;
–
ho‘l;
–
issiq va quruq;
14
–
issiq va ho‘l;
–
sovuq va quruq;
–
sovuq va ho‘l mijozli
–
mo‘’tadil mizojni ko‘rsatib berdi.
Bu to‘qqiz xil mizojning har birini uch darajasini ajratib ko‘rsatib berdi.
Ibn Sino ko‘rsatishicha, xar bir tirik mavjudotning o‘z turiga mos tabiiy
me’yori bo‘ladi. Eng mo‘’tadil mizojga ega bo‘lgan mavjudot insondir. Uning katta
yutug‘i shundan iborat bo‘ldiki, mizoj haqidagi konsepsiyasini umumiylikdan
alohidalikka so‘ng individuallikka olib inson tanasi misolida ko‘rsata olganidir. Har
bir odamning o‘ziga xos (individual) mizoji bo‘ladi, deb ta’kidlaydi alloma.
Shunday qilib, dunyodagi odamlar bir turga mansub bo‘lsalar ham, ular
orasida ichki me’yori teng ikki kishini aslo uchratish mumkin emas.
–
Insonning individual (o‘ziga xos) mizoji;
–
Har bir a’zoning o‘z mizoji;
–
Insondagi jins mizoji;
–
Insondagi yosh mizoji;
–
Ovqatlar mizoji;
–
Fasllar mizoji;
–
Dorilar mizoji
–
Kiyimlar mizoji
Har xil mintaqalar mizoji va h.
Inson sog‘lom bo‘lishi uchun o‘z tanasidagi yetti muvozanatga qat’iy amal
qilmog‘i shart. Bular quyidagilardir:
“1. Tana (organizm) mutanosibligi;
2. Ovqat va ichimlik tanlash;
3. Gavdani ortiqchalikdan xoli etish;
4. Tana a’zolari joylanish to‘g‘riligi, mutanosibligini saqlash;
5. Burunga tortiladigan havoni yetarli va yaxshi qilish;
6. Kiyiladigan kiyimlarni muhitga moslab tanlash;
7. Jismoniy va ma’naviy harakatlar mu’tadilligi ”.
15
Inson salomatlik me’yorlaridan biri qondagi xolesterin miqdori, agar
xolesterin miqdori 120-180 MB (medisina birligi-S.X.) bo‘lsa bu samomatlik
me’yoridir. 200 medinisina ko‘rsatkichidan oshishi esa arteriya qon tomirlarining
ifloslanganidan dalolat beradi. Qon tomirlarida to‘planib borayotgan xolesterin
miqdori qondagi xolesterin miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir. Inson tanasi qonidagi
qand miqdori; qon bosimi; tanadagi yog‘ miqdori va qondagi gliserin miqdorlari bu
ko‘rsatkichlari bari salomatlikni ko‘rsatuvchi ichki tabiiy me’yorlardir. Aynan mana
shu ko‘rsatkichlar o‘z me’yorida bo‘lganda inson salomat bo‘la oladi.
“Sog‘liqni saqlash ilmi”,”Sog‘lom turmush tarzi”,”Sog‘lom avlod”, ”Ruhiy
salomatlik” , “Sog‘lom tabiiy muhit” konsepsiyalarining asoschisi Ibn Sinoning tib
asarlaridir desak, aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Inson salomatligi faqat tana
ichki muhitiga bog‘liq bo‘lmay, balki atrof-muhit, xilma-xil ekologik omillar,
ma’naviy ta’sirlarga ham bog‘liqligi alloma nazaridan chetda qolmagan.
Fikrimizni dalili sifatida, allomaning “suv sifatini aniqlash” borasidagi;
“tabiiy ta’sir” hamda “tabiiyga zid ta’sirlar” borasidagi g‘oyalarini misol qila
olishimiz mumkin. Insonning tabiiylikka mos ta’siri o‘z ichiga sifat jihatdan farq
qiladigan ikki xil ta’sirni o‘z ichiga oladi.
1. Tabiatga mos, ya’ni tabiat bilan mutanosib bo‘lgan ta’sir;
2. Tabiat va uning komponentlarining moslashish chegarasigacha yoki
tabiatning “qizil chizig‘igacha” bo‘lgan ta’sir.
Insonning tabiatga ta’siri moslashish chegarasidan oshsa, ekologik xatoliklar,
tangliklar va inqirozlar ro‘y bera boshlaydi. Insonning “tabiiylikka zid”, ya’ni tabiat
ta’siriga “qarshi” bo‘lgan ta’siri, me’yoridan “ortiqcha” yoki “tabiat ta’siriga qarshi”
(Ibn Sino iborasi) ta’sirlarining ham bir necha xillari mavjud. Bularga: trigger taz’iq,
surunkali degradasion ta’sir, o‘tkir letal taz’iq va boshqa salbiy ta’sirlar kiradi.
Agar qadimgi yunon tabibi Gipokrat 200 ga yaqin o‘simliklar haqida
ma’lumot bergan bo‘lsa, Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari”da 900 ga yaqin
o‘simlik xususida fikr yuritib, ulardan foydalanish yo‘llarini bayon qilgan. Alloma
Sharq donishmandlarining “dorivor xususiyati bo‘lmagan o‘simlik yo‘q va o‘simlik
16
bilan davolamaydigan kasallik ham yo‘q”, degan so‘zlarini amalda isbotlagan buyuk
inson edi.
Tibbiyot sohasida o‘zining buyuk tatqiqotlari bilan nomini tarixga muhrlagan
Abu Ali ibn Sinoning asarlari g‘oyatda boy va bebaho xazinadir. Uning asarlari
nafaqat turkiy xalqlar orasida balki, butun yer yuzida dovrug‘ qozongan. Ibn
Sinoning tibbiyotga oid asarlari bilan birgalikda falsafa, mantiq, tabiatshunoslik va
boshqa sohalarga oid ilmiy izlanishlari chet ellik olimlar tomonidan ham o‘z
davrining mukammal asarlari sifatida e‘tirof etilgan. Xususan, Belgiyalik professor
Yul Yanssensning “Ibn Sino va uning arab va lotin dunyosiga ta‘siri”, “Abu Ali ibn
Sino va uning ilmiy merosi” kabi asarlaridan va Gollandiyalik olim Robert van
Gentlar o‘zining asarlarini yozish mobaynida ibn Sinoning asarlaridan asosiy manba
sifatida foydalanganligini e‘tirof etish mumkin. Ibn Sinoning ilmiy merosini
chuqurroq o‘rganish orqali bugungi kunda dolzarb muammoga aylangan ko‘plab
masalalarga javob topish mumkin.
Abu Ali ibn Sino sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri sifatida sog‘lom turmush
tarziga amal qilish lozimligini aytib o‘tgan. Sog‘lom turmush tarzi bugungi kunda
juda keng tarqalgan tushuncha bo‘lib, uni har bir inson o‘ziga xos tarzda ko‘p
jihatdan talqin qiladi. Kimdir bu kontseptsiyaga ko‘proq jismoniy, kimdir – ruhiy
talqinda qo‘yadi.
Sog‘lom turmush tarzining jihatlaridan biri bu tanani yaxshi jismoniy holatda
saqlashdir. Buning uchun vosita sifatida har bir kishi o‘zi sport, fitnes va hokazolarni
tanlaydi. Bu borada Abu Ali ibn Sino ko‘plab tavsiyalar berib o‘tgan.
Ibn Sino badantarbiya bilan mo‘tadil ravishda va o‘z vaqtida shug‘ullangan
odam turli xil yuqumli va hilt bilan bog‘liq kasalliklardan uzoq bo‘lishini aytadi.
Insonning mizoji, irsiyat bilan bog‘liq shuningdek, hayoti davomida orttirilgan
kasalliklar ko‘p hollarda yuqumli bo‘ladi. Ibn Sino “Faqatgina sinish bilan bog‘liq
bo‘lgan kasalliklargina yuqumli emas” – deya aytib o‘tgan. Boshqa turli
kasalliklardan himoyalanish
tartibda
uchun esa
badantarbiya
muntazam shug‘ullanish talab etiladi.
17
bilan
belgilanga
Abu Ali ibn Sinoning “Kitob al-Qonun fit-tib” kitobida sog‘lom turmush
tarziga amal qilish uchun turli tavsiyalar berib o‘tgan. Ular quyidagilar:
–
Badantarbiya bilan shug‘ullanish;
–
Cho‘milish va chiniqish;
–
Ovqatlanish tadbiri;
–
Suv va ichimliklar tadbiri;
–
Uyqu haqida.
Insonning jismoniy holati, tashqi muhit ta‘sirlaridan kelib chiqqan holda ibn
Sino turli xil badantarbiya usullarini tavsiya qiladi. Jumladan, badantarbiya bilan
shug‘ullanish mobaynida mo‘tadil haroratni hisobga olish lozim. Masalan, bahor
oylarida kunduzgi soatlarda, yoz oylarida sahar paytida, qishda esa kechki soatlarda
badantarbiya bilan shug‘ullanish talab etiladi. Badantarbiyaning bir necha xil turlari
mavjud bo‘lib, ibn Sinoning tasnifi bo‘yicha ular nozik va kuchli badantarbiya
turlariga bo‘linadi. Inson o‘z mizojidan kelib chiqqan holda ulardan birini tanlashi
lozim.
Nozik badantarbiya turlariga arg‘imchoqda uchish, qayiq yoki kemalarda sayr
qilish kiradi. Bu kabi badantarbiya turlari inson organizmini yaxshi chiniqtirishi
bilan birgalikda, ulardan ortiqcha energiya talab qilmaydi. Mushaklarning
bo‘shashishi va qon aylanishini yaxshilashda tavsiya etiladi.
Kuchli badantarbiya turlari esa, otga yoki kajavalarga minish yoki ularni
boshqarishni misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, maydonda qilinadigan
harakatlar ham badantarbiyaning bu turiga yorqin misol bo‘la oladi.
Bu tavsiyalarni bajarish jarayonida odam birinchi o‘rinda o‘z mizojini
hisobga olishni unutmasligi lozim. Agar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib
harakat qilmasa, bu tavsiyalar foyda bermasligi hatto zarar beirishi ham mumkin.
Bugungi kunda cho‘milish inson organizmi uchun eng foydali sport turi
sifatida tan olinganiga qaramasdan, ibn Sino o‘z davrida cho‘milishning ham
me‘yorlariga amal qilish kerakligini ta‘kidlab o‘tgan. Cho‘milish inson organizmini
turli xil allergiya kasalliklaridan, qizarish, bo‘rtish kabilardan himoya qiladi.
Shuningdek, terining nafas olish jarayonida ishtirok etishini ta‘minlaydi. Ammo
18
uzoq vaqt davomida issiq hammomda qolish organizm uchun zararlidir. U turli xil
noxush holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham cho‘milish
orqali chiniqishdan oldin ba‘zi qoidalarga amal qilish zarur. Ibn Sino ularni
quyidagicha tushuntirgan:
8.
cho‘milishdan avval odam tetik holatda bo‘lishi zarur;
9.
badantarbiya bilan shug‘ullangach ma‘lum bir muddatdan so‘ng
cho‘milish kerak. Aks holda, inson salomatligini yo‘qotishi mumkin;
10.
- hammomga asta-sekinlik bilan tanani moslashtirgan holda kirish
zarur. Bu qoidaga amal qilmaslik organizmda turli lohasliklarni yuzaga keltirishi
mumkin.
11.
Ovqatlanish mobaynida oziq manbayining tarkibida meva, sabzavot va
yengil hazm bo‘luvchi mahsulotlardan iborat ekanligiga alohida e‘tibor qaratilmog‘i
darkor. Ovqatlanishda mahsulotlar tarkibiy qismlari bilan birga ovqatlanish tartini
ham bir maromda olib borish, inson salomatligida juda muhim o‘rin kasb etadi.
Haddan tashqari ko‘p yoki kam ovqatlanish, tartibsiz, oziq-ovqat tarkibini hisobga
olmasdan ovqatlanish inson organizmiga ko‘plab salbiy natijalarni keltirib
chiqaradi.
12.
Ovqatlanish bilan birga organizm uchun zarur bo‘lgan suv manbayini
yetkazib berish ham muhim ahamiyatga egadir. Inson organizmi ovqatlanishdan
ko‘ra ko‘proq suvga ehtiyoj sezadi. Lekin ibn Sino o‘z asarlarida suvning holatiga
e‘tibor berishga chaqirgan. Insonning mizojiga qarab suvning issiq yoki sovuqligini
tanlash muhimdir. Shuningdek, suv ichish tartibida yil fasllarining ham o‘rni bordir.
Ammo ibn Sino har qanday faslda ham ko‘proq tirik (qaynatilmagan) suv iste‘mol
qilishni tavsiya etadi. Bu organizmning tuz miqdorini me‘yorda tutib turish uchun
zarurdir. Inson faqatgina ovqat yeyish bilan uzog‘i 10 kungacha yashashi mumkin,
lekin faqat suv ichish orqali undan ko‘proq yashay oladi.
13.
Ibn Sinoning tongda nahorga sovuq suv iste‘mol qilishni tavsiya qilishi
ham inson organizmi uchun muhimdir. Chunki bu orqali inson tanasidagi zararli
moddalar bartaraf bo‘ladi, va hattoki suv, organizmga tetiklik bag‘ishlaydi.
19
14.
Eng oxirda, ibn Sino uyquning sog‘lom turmush tarzidagi o‘rnini
ta‘riflaydi. Haddan tashqari kam yoki ko‘p uxlash o‘z navbatida zararlidir. Ibn Sino
uyqusizlikka davo sifatida sutcho‘p iste‘mol qilishni tavsiya qilgan. Shuningdek,
uxlashdan avval hammonga kirish ham ijobiy natija beradi. Ko‘p uxlash esa, zehnni
susaytiradi, organizmda lanjlikni keltirib chiqaradi. Yuqoridaki tavsiyalarda
berilgani kabi, uxlashni ham o‘z tartib qoidalari mavjud. Masalan, och qorin bilan
uxlash quvvatni susaytiradi. To‘q qorin bilan uxlash uyquni chala bo‘lishiga, uyqu
davomida ko‘p marotaba bezovtalanishga sabab bo‘ladi. Ibn Sino kunduzgi uyqu
esa, ko‘plab lanjliklar, ichki kasalliklar xattoki, alergiyaga sabab bo‘ladi deb
ta‘kidlaydi. Eng yaxshi holatda uxlash esa, o‘ng tomonni bosib yoki chalqancha
holatda uxlashdir.
15.
Bulardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insonning har taraflama
barkamol bo‘lib shakllanishi uchun tashqi muhit va unga insonning munosabati, kun
davomida bajaradigan harakatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodni
sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash uchun ularning kun tartiblarini to‘g‘ri tashkil
etishlarini shakllantirish, yuqoridagi qoidalarga amal qilishlarini nazorat qilish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Abu Ali ibn Sinoning tavsiyalari o‘zining
naqadar samaradorligini ko‘rsatib berdi.
20
2.3 Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakillari
Mustaqil O‘zbekiston davlatining buyuk kelajagi erkin fuqorolik jamiyatini
ma’naviy barkamol jismoniy sog‘lom insonlargina barpo eta oladi. Shu sababli
hozirgi kunda jamiyatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash, odamlarda yuksak
ma’naviyatni dunyoqarashni shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak
darajada ko‘tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga katta e’tibor
bermoqda.
Barkamol avloni tarbiyalab yetkazishning vazifalari yo‘llari birinchi
Predzidentimiz I.A.Karimov asarlarida belgilab berildi.
Mamlakatimizda sog‘lom avlod harakatining keng tus olganligi kadrlar
tayyorlash milliy dasturida ta’lim tarbiya tizimining tubdan isloh qilinganligi ham
ana shu ulug‘vor maqsad ya’ni komil insonlarni tarbiyalash yo‘lida muhim
qadamlardir. Bu sohada adabiyot va san’atning roli katta.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ta’kidlaganidik barkamol so‘zining lug‘aviy
ma’nosi kamolga yetgan, bekamu ko‘st, yetuk, to‘kis, mukammal degan ma’noni
anglatadi.
Barkamol
inson-bu
o‘zida
ma’naviy-axloqiy
hislatlar
majmuini
mujassamlashtirgan, jamiyatda o‘zligini va o‘z qobilyatini har tomonlama namoyon
eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan aqlan yetuk,
yuksak iste’dod va salohiyatga ega bo‘lgan axloqan pok, jismoniy sog‘lom, erkin,
ijodkor shaxs.
Bugungi kunda barkamol shaxs bu-birinchi Prezidentimiz orzu qilgan va
“portlash effekti” konsepsiyasida ifodalagan inson.
“Komil inson”, “Barkamol avlod” tushunchalari alohida mazmun kasb etadi.
Bugungi kunda Mustaqil O‘zbekiston sharoitida “barkamol avlod” deganda qanday
avlodni tushunamiz. Mamlakatimiz kelajagini, milliy yukslishimizni belgilaydigan
avlod qanday sifatlarga ega bo‘lishi keark. Bugungi komil avlod jismoniy sog‘lom,
aqlan yetuk ma’naviy go‘zal, mustaqil fikrga yangicha tafakkur, dunyoqarashga ega
bo‘lish bilan birga avvalo ichki va tashqi tahdidlarga to‘siq bo‘lishga qodir,
21
ma’naviy jihatdan mukammal o‘zligini anglagan, iymon-e’tiqodi mustahkam,
muqaddas qadriyatlarni o‘ziga singdirgan ifodasi baquvvat bo‘lmog‘i kerak.
Bugungi notinch, o‘ta tahlikali, o‘zaro tortishuv, manfatlar kurash avjiga
chiqqan zamoda ertangi kunimizga, dunyo tan olgan davlatlar qatoriga faqatgina
bilim va ma’rifatga tayangan holda intellektual saloxiyatimizni yuksak darajaga
ko‘tarish hisobidan erishmog‘imiz mumkin.
Biz o‘zimizning oliyjanob masadlarimizga faqat ma’naviy va jismoniy
jihatdan sog‘lom, o‘zining kimligi, qanday buyuk jodlarning avlodi ekanini chuqur
anglagan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan komil insonlarni; yosh avlodni
tarbiyalash orqaligini erisha olamiz.
Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, nutq va
maqolalarida barkamol insonlarni tarbiyalab yetkazishning maqsad va vazifalari
yo‘llari bayon etib berildi.
“Biz komil inson tarbiyalash davlat siyosatining ustivor sohasi deb e’lon
qilganmi. Komil inson deganda biz, avvalo yangi yuksak mustaqil fikrlay oladigan,
xulq atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz
(Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” T.1998 y).
Yurtboshimiz o‘zining “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirishi
marosimida so‘zlagan nutqida bunday degan edi.: “Oldimizda mustaqil buyuk davlat
qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma’naviy
qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi.
Nega deganda har qanday ulug‘ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon
turmush qurish, inson zotiga munosib go‘zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat
a’zolari bo‘lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog‘liqdir”.
(“Barkamol avlod orzusi” T. 1999 yil 54-bet).
Yurtboshimiz mustaqil davlat sifatida tarkib topgan dastlabki davrdan boshlab
ertangi kunimiz egasi bo‘lgan O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori bo‘lgan
barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur jarayonni yanada
chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi
Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. “Sog‘lom avlod” dasturi,
22
shuningdek kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha bir qator tarmoq dasturlar qabul
qilindi.
Barkamol avlodni jismoyiy barkamolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, bu
tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli, qat’iyatli va
vatanparvarlarni kamol toptirishdir.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan 2000 yilni "Sog‘lom avlod"
yili deb e’lon qilinishi bu tarbiyaga e’tiborni yanada kuchaytirdi. Prezidentimiz:
"Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom
bo‘ladi", deb ta’kidlaydi. Yurtboshimiz fikrini davom ettirar ekan, eng avvalo har
bir odam o‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishi, har bir oila o‘zidan sog‘lom nasl, sog‘lom
zurriyot qoldirishni o‘ylashi zarur. Agar farzand sog‘lom, oqil, iymon e’tiqodli
bo‘lsa, ota-onasiga faqat rahmat keltiradi. El-yurt nazaridan hech qachon chetda
qolmaydi deb uqtiradi. Jismon barkamollik tarbiya tizimida muhim o‘rinni egallaydi
boshqa tarbiyalar bilan birga amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya o‘z oldiga qator
vazifalarini qo‘yadi. Jumladan, orgnizmni chiniqtirish, sog‘liqni mustahkamlash va
rivojlantrish, bolalarda yangi jismoniy harakat turlarini hosil qilish va qurollantirish,
bolaning yoshiga, jinsiga chiniqqanlik darajasiga mos keladigan jismoniy harakat
sifatlarini rivojlantirish va
o‘z sog‘lig‘iga ongli munosabatda bo‘lishni
tarbiyalashdan iborat. Bu vazifalarni xal qilishda jismoniy tarbiya aqliy, estetik va
mehnat tarbiyalari bilan hamkorlik qiladi. Insonning sog‘lom va barkamol o‘sishi
turli omil va vositalarga bog‘liq. Avvalo nasl toza, sog‘lom bo‘lishi kerak, shu
sababli Prezidentimiz sog‘lom ota-onadan albatta sog‘lom farzand tug‘ilishini
alohida ta’kidlaydi. Qolaversa, yashash jarayonida sanitariya - gigiyena omillariga
amal qilishi, tabiatdagi sog‘lomlashtiruvchi omillar, ya’ni quyosh, havo va suv
ta’siridan o‘rinli foydalanish va jismoniy mashqlarda foydalanishni taqozo qiladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidan ko‘zlangan maqsadlarimiz ko‘p, deydi
Prezidentimiz.”Ishonchim komil: agar bu islohatni muvaffaqiyatli ravishda amalga
oshira olsak, tez orada biz hayotimizda ijobiy ma’nodagi “portlash effekti” ga ya’ni
uning samarasiga erishamiz”.
23
Avvalo bu maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi mamlakatimizdagi
ijtimoiy siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda yangi
shaxs komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila boshqacha nigoh bilan
qaraydilar.
Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan
shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslarning ko‘payishi jamiyatda
omil hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi, deya uqtiradi Yurtboshimiz I.
Karimov. Odamlar olomon bo‘lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‘z aqli,
o‘z mehnati, o‘z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng asosiysi bunday kishilarga
chetdan hech qanday nopok kuch, buzuq g‘oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan
ta’sir etib bo‘lmaydi. Bunday odamlarni o‘z tanlagan yo‘llari maqsadlaridan hech
qanday kuch toydira olmaydi.
Barkamol insonlarni shakllantirishda tarbiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Tarbiya ijtimoiy tarixiy tajribalarni egallash uchun kishilar faoliyatini tashkil etishga
qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida ham
tarbiyaning maqsadi bayon qilib berilgan. Unda bunday deyiladi: Tarbiyaning bosh
maqsadi yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy
ma’naviy tarixiy an’analariga, urf odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga
asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga
joriy etishdir.
Mustaqillik yillarida taraqqiyotimizning har bir bosqichida, amalga
oshirilayotgan islohatlarning zaminida ana shu inson omili, barkamol avlod tarbiyasi
turibdi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishining eng muhim tarkibiy qismi
ma’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni muntazam kamol toptirish borasida
uzluksiz ish olib borish” ni talab etadi deb ta’kidlagan edi. Yurtboshimiz.
Yillarga berilgan nomlarda ham milliy yuksalishimizning tayanchi, maqsadi
va omili bo‘lgan barkamol avlod orzusi, tarbiyasi muammosi o‘z ifodasini topgan.
1997 yil – “inson manfaatlari yili”, 1998 yil – “Oila yili”, 1999 – “Ayollar yili”,
2000 yil – “Sog‘lom avlod yili”, 2001 yil – “Onalar va bolalar yili”, 2002 yil –
24
“Qadriyatlarni qadrlash yili”, 2003 yil – “Obod maxalla yili”, 2004 yil – “Mehrmuruvvat yili”, 2005 yili – “Sihat-salomatlik yili”, 2006 yil – “Homiylar va
shifokorlar yili”, 2008 yil – “Yoshlar yili”.
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo‘lgan.
Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya
fanniing ilk kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829
yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. Xozirda pededagogik
sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya fanining tarmogi sifatida.
Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy
bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot
istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat
ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy
pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar,
aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy
pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari
faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–
istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga
misol bo‘la oladi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari
faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular
jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashviqot ishlarining ko‘lamini
kengaytiradi, o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy
muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib
ma’naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va
jamiyatning bilish extiyojini qondirish, ularning faoliyatida uchraydigan
hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chuqur mushoxada qilish bilan
uzviy bog‘liqdir.
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv
fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan
predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos
25
xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv
fani sifatida. qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy
pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6
asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik
dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi
o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z
erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy
me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson
yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb
yozilgan (xulk atvor).
“Avesto”ning katta qismi bo‘lgan “ Yasna’larda inson kamolini ko‘rsatuvchi
axloq–odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata)–yaxshi fikr, xukta (gukta) –
yaxshi soz va xvarsha (gvarshta)–yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr,
yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon- shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat
qonunga shon shavkat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi. “Avesto”
tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi
kuch: Voxu Mana (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi deydi.
Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. “Yaxshi
fikr” deganda iloxiy-qonun ruxidagi kishisiga mexribon bo‘lish, maqsadlarga
ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baxtsaodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish
ruxidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikri xayolida
boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va
boshqa jixatlarga berilmaydi. Chunki bunday xolatda inson yaxshi niyatni yo‘qotadi,
burch va adolat haqida unutadi va nojuya harakatlar qiladi.
Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar
mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi, kadimgi zamonlardan buyon
olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning axloqiy shaklllanishida madaniyat va
dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Shark
uyg‘onish davri (9 –11asrlar) komusiy olimlari Abu Nasr al Forobiy (873 –1037)
26
shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani ayni go‘daklik
chog‘idanok tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek, bolaning tarbiyasiga
tabiat atrof-muhitning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. 15 –16 asrlarda Markaziy
Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z
ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan karab, tabiat sirlarini o‘rganishga
intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414 –1492), Jaloliddin
Davoniy( 1427 –1502), Alisher Navoiy (1441 –1501), xusayn Boiz Koshifiy (1440
–1505) o‘z asarlarida inson akli tafakkuri, uning qobiliyati, insonning alohida
hislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy kadriyat
hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi buyuk alloma, musiqachi,
davlat arbobi Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari, yuksak darajada
insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy
mavjudot deb hisoblagan. Bolani esa oilaga kuvonch, ham baxt keltiruvchi
mukaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o‘z farzandigina
emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart deb yozadi shoir.
Ijtimoiy
pedagogikaga
oid
fikrlarni
bizning
olim
va
allomalarimiz,
ma’rifatparvarlarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab,
ijod qilgan allomalar Maxmudxuja Bexbudiy (1874 –1919), Munavvar kori
Abdurashidxonov (1878 –1931), Abdulla Avloniy (1878 – 1934), Abduqodir
Shakuriy (1875 –1943), X.X.Niyoziy (1839 –1929) va boshqalarning asarlarida ham
ko‘plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi XX
asrning 20-30 yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shakuriy, M.Qori
Abdurashidxonov,
X.X.Niyoziy,
V.F.Lubensov,
N.P.Arxongelskiy,
O.Sharofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular
avvalo ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu
allomalar ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashkil etgan maktablar shuningdek,
boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar. A.Avloniy nomidagi Chernishevskiy
nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshqa muassasalar ijtimoiy pedagogikaning
amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar.
27
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko‘mak beruvchi
muhim unsur bo‘lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu
orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik
tarbiyaning ko‘lami tobora kengaymoqda. Shunga ko‘ra, u o‘z oldiga talaygina
muhim vazifalarni qo‘ygan. Bular:
-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish
balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan
foydalana bilishga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‘u bilan munosabatda
bo‘lishga va ularni ravnaq toptirish yo‘lida astoydil faoliyat olib borish
ko‘nikmalarini hosil qilish;
- o‘tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, milliy g‘urur,
milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat
manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdir. Estetik
tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat,
mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. San’at- estetik tarbiyaning muhim
vositasi.
Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko‘ra,
ushbu jarayonni insonning o‘zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu
jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir
bo‘lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o‘ziga jalb etib kelgan. San’at
insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni yig‘latadi, kuldiradi,
o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak san’at barcha davrlarda
insonga hamroh bo‘lib kelgan. San’at o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon
qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Chunonchi, inson
tafakkurini go‘zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik
tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan
belgilanadi. Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir
28
paytlar tabiiy va texnika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim
muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”,
degan savolga ularning ko‘pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko‘proq aks
etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Aytish mumkinki,
axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy
taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini,
o‘zaro aloqasini hatto tashqi ko‘rinishi ham tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Mahallaestetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta’siri
nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo‘lib, u
bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy
madaniyatini shakllantirishga ko‘mak beruvchi makon sifatida ham yuksak
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir
ko‘rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o‘z
navbatida o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni
nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki,
zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik
ustuvor omil bo‘lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb
etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan
mukammal bo‘lib yetishishiga monelik ko‘rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat
o‘rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu
muammoni chetlab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Mehnatning estetik tarbiya
vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go‘zalliklar
yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiyfoydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur
munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini
kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini
belgilovchi omil hisoblanadi. Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport
estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida
e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati
29
darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat,
sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda
sportni rivojlantirishga doir ko‘plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat
munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O‘zbekiston
ko‘plab sport turlari bo‘yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o‘tkazuvchi
mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko‘zga ko‘rinib bormoqda. Ana shularning
barchasi
muayyan
ma’noda
inson
nafosatli
dunyoqarashini,
tafakkurini
sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning
muhim vositasi sifatida “ Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi porloq bo‘ladi”,degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi. Milliy ma’naviyatga
ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham
sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtimoiyma’naviy munosabatlar tizimida estetik
tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqozo etmoqda.
Ta’kidlash o‘rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi “sog‘lom
turmush tarzi targ‘ibotchilari”, “ko‘ngilochar” va “musaffo tuyg‘u” baxsh etuvchi
saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‘i vampirizm
estetikasi va uning targ‘iboti bilan bog‘liq saytlarning ko‘payib borayotganligi
tashvishlanarli holdir. Bu targ‘ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug‘i orqali topish
mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish,
xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish
orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan
yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik
tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati. Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi
jihati insonning tashqi va ichki ko‘rinishidagi bog‘liqlikni o‘rganishga bo‘lgan
zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda
fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o‘tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor
berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu
ilmga “ichki olamni o‘rganuvchi ilm” deb ta’tif bergan bo‘lsa, sharq allomalari bu
borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib
qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish,
30
nomunosib holat, ko‘ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz.
Shuning uchun bo‘lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi, farosati bor,
farosatli”degan so‘zlarni ishlatamiz.
Biroq did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli
bo‘lib,
fahm-haqiqatga,
farosatezgulikka,did-go‘zallikka
munosabat
orqali
namoyon bo‘ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu
ma’noda fahm-aqliy, farosataxloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi.
Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u
ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg‘unlashgan umumiylikdan iborat.
Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya
ta’sirida xulqini o‘zgartirib, go‘zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning uchun
o‘ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o‘zgartirgan va ma’naviy
kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas.
31
2.4 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini
shakillantirish
Buyuk mutaffakkirimiz tabobat olaminig bilimdoni donishmand Abu Ali ibn
Sino o‘z davrida ayni zamonamizga ta’luqli bo‘lgan fikrlarni ibratli va biz
pedagoglar, mutaxasislar amal qilishimiz kerak bo‘lgan tavsiyalarni aytib o‘tganlar.
Ulardan sog‘lom bo‘lish sog‘lom fikrlash uchun avvalo badantarbiya bilan, tana
salomatligini yaxshilash, mustahkamlash, kasallikning oldini olish va undan forig‘
bo‘lish va boshqa kerakli tavsiyalarni aytib o‘tganlar. Bugungi jadal suratlar bilan
rivojlangan jamiyatimizda bolalarni zamon talablaro asosida o‘qitish ta’lim-tarbiya
berish haqida tinmay aytyapmiz o‘zimiz amalyotda qo‘llagan texnologiyalar
metodikalar va tavsiyalar bermoqdamiz , ammo savol tug‘uladi!
Nima uchun natijasi kafolatlangan texnologiyalar ham natijani amalyotga
qo‘llash jarayonlarida kutulgan natijani bermayapti?
Buyuk mutafakkirimiz Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida tana salomatligi
insonni sog‘lom fikrlashiga va jamiyat salomatligiga ham katta ta’sir qilishiga doir
masalasini ko‘p marta uqtirgan hamda asarlarida ifodalagan. Demak pedagoglar dars
jarayonlarida natijaga erishish va kafolotlangan ta’lim jarayonini tashkil qilisharida
avvalo o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilishlari, ota onalarga ham bu haqida yani o‘quvchilarning kun tartiblarini to‘g‘ri tashkil
qilishlarida befarq bo‘lmasliklarini nazorat qilishlari zarurligi tushuntiriladi.
Pedagoglar tashkil qilayotgan dars jarayonlarida kafolotlangan natijaga erishmoqchi
bo‘lishsa demak sinf xonasida va auditoriyada o‘tirgan o‘quvchi va talabalrning
salomatligiga ham javob berishadi. Bugungi kunda davlatimiz raxbari tomonidan
o‘quvchi va talabalar ucun maktab va oliy ta’lim muassasalarida ham sharoitlar
yetarli qilib berilmoqda, ammo shunday sharoitlarda ham bolaga sog‘om turmush
tarsi salomatlik asosolari haqida bilimlar berilmasa biz malakali bilimli va
saloxiyatli kadrlar yetishtira olmaymiz. Misol keltiradigan bo‘lsak an’anaviy
shakllangan
ta’lim-tarbiya
jarayonida
o‘quvchilarning
o‘tirgan
holatda
mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi. Bu jarayonni bir necha soatlarni tashkil etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatli tannafus daqiqalaq mavjud amo bu yetarli
32
emas. Chunki o‘sib kelayotgan organizmni kuch bilan bir maqomda ushlab turush
ko‘p kuch talab qiladi. Pedagoglarda savol tug‘uladi unda biz bolalarga qachon
ta’lim beramiz?
Biz majburlash orqali ta’limda natijaga erisha olmaymiz biz o‘quvchida
iqtidorni qobilyatni o‘z ixtiyoriga o‘z layoqati bilan erkin chiqara olishimiz lozim.
Buning uchun esa dars mashg‘ulotlarida milliy harakatli o‘yinlar, bola ruxiyatiga
ta’sir qiluvchi jismoniy mashg‘ulotlardan foydalana olishimiz lozim. Buning uchun
pedagoglar o‘quvchilarni dars vaqtida o‘tirish, masg‘ulotga ishtirok etish,
sog‘ligidagi o‘zgarish holatlarini nazorat qilishlari, darslarda jismoniy tarbiya
daqiqalarini o‘tkazishlari, ijobiy ta’sir qiladigan harakatlar tartibini tashkil qilishlari,
jismoniy tarbiya mashqlariga gavdani to‘g‘ri tutishga yo‘naltirilgan mashqlarni va
bundan tashqari bola ruxan dam oladigan mashg‘ulotlarni ham kiritishlari zarur.
Mashqlarni turli musiqalar ijrosida bajarish yanada ko‘proq ijobiy natijalarni
samaradorligini oshiradi. Maktabda asosan boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘qishning
birinchi kunidan mashg‘ulotlarni boshlaboq birinchi sinf o‘quvchilarida to‘g‘ri
o‘tirishni sog‘lom turmush tarzini taybiq qiluvchi mashg‘ulotlarni shakllantirishga
e’tibor qaratishimiz kerak. Bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘quv
mashg‘ulotlarida va uyda uy vazifalarini bajarish, qo‘shimcha mashg‘ulot
jarayonlarida to‘g‘ri o‘tirish holatini nazorat qilishning oddiy usullaridan
foydalanish ko‘nikmalarini pedagoglar ota-onalar bilan hamkorlikdagi nazorat qilib
borishlari zarur. Pedagoglar bolaning dars jarayonlarida o‘tirishini xar bir elementini
sabr bilan boshlang‘ich sinflarda kuzatishlari dars mashg‘uotlari orasidagi jismoniy
va charchoqni oldini olish va bartaraf etuvchi mashqlarni o‘rgatishlari lozim. Har bir
dars jarayonlarida jismoniy tarbiya daqiqalarini musiqa ohangida va ko‘tarinki
kayfiyatda o‘tkazish o‘quvchilarning o‘quv sifatini, ish layoqatini to‘g‘ri
taqsimlashdan tashqari salomatliklarini saqlash uchun samarali vositalardan biridir.
Boshlang‘ich sinflarda dars jarayonlarida jismoniy mashg‘ulotlarni bajarish bilan bir
qatorda “O‘zbek milliy o‘yinlari” ham asosiy manbalardan biridir. Chunki illi
o‘yinlar orqali biz o‘quvchilarda quyudagi sifatlarni rivojlantiramiz.
33
Pedagog mutaxasislar bolaning chiniqib borishini nazorat qilish bilan bir
qatorda har bir mashg‘ulot davomida o‘z oldilariga asosiy va umumiy maqsad
qo‘yishida va mashq qilish jarayonida unga yetish uchun ma’lum harakatlar ketma
ketligini amalga oshiradilar o‘quvchilar esa mashg‘ulotni hamkorlikda bajarish
ko‘nikmasiga ega boladilar. Yuqorida jadvalda keltirib o‘tilgan ”Arqon
tortish”o‘yinini tahlil qiladigan bo‘lsak biz jadval orqali bolalarda shakilntirishimiz
mumkin bo‘lgan umumiy xususiyatlarni keltirib o‘tdik, bundan tashqari Bu o‘yinda
bolalar o‘zlarining kuchini sinab ko‘rish, naqadar sog‘lomligini xis qilishlari,
o‘zlarining g‘alaba uchun qatiyat bilan harakat qilish istaklari, shuningdek yakunida
g‘oliblikni, rag‘bat xis tuyg‘ularini xis qilishadi. Tortishuv jarayonida o‘quvchilarda
sabrli chidamli bo‘lish ko‘nikmalari va malakalri ham ortadi. O‘yin davomida esa
bolalar fikrlashadi o‘z xatti-harakatlarini haqida tez qaror chiqarishlari va
hamkorlikda harakatlarni tashkil qilishni o‘rganishadi.
Biz
pedagoglar
bolalarni
dars
maashg‘ulotlari
davomida
ularni
salomatliklariga ham mas’ulit bilan qarashimiz ularga xatti harakatlarni to‘g‘ri
bajarish ko‘nikmasini ham o‘rgatishimiz lozim. Agar boshlang‘ich sinfdanoq
o‘quchilar harakatlarning asosiy elementlarni to‘g‘ri bajarishni o‘rganmagan
bo‘lsalar, bu harakatlarni oxirigacha yetkazishga intilmasalar ular hayot davomida
ham
yetarli
natijalarga
erisholmaydilar.
34
Boshlangan
harakat
texnikasini
takomillashtirish orqali biz o‘quvchi shaxsini shakllantirish bilan bo‘g‘liq
jarayonlarni ham shakillantiramiz.
Xulosa o‘rnida buyuk kelajagimiz, ertangi kun vorislarimiz bo‘lgan yosh
avlodni har tamonlama kamolatga yetishida aqliy va jismoniy sog‘lom qilib
tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning ahamiyati kattadir.
Maktab o‘qituvchi xodimlari o‘quvchilarga nosog‘lom turmush tarzining
kasalliklarga, azob - uqubatlarga yetaklashini, sog‘lom turmush tarzi esa
salomatlikka, baxtli umrga yetaklashini targ‘ibot qilishlari lozim. Har bir davlatning
taraqqiyoti, mustahkamligi ko‘p jihatdan yosh avlodning ham jismonan, ham
ma’nan sog‘lomligiga bog‘liq. Fikrlarimni yana mutaffakirimiz Abu Ali ibn
Sinoning quyudagi fikrlari bilan yakunlamoqchiman” Kishi salomaligida
yugurmasa, kasalligida albatta yuguradi” yoki mashg‘ulotlar bilan muntazam
shug‘ullangan kishi hech qachon dori - darmon ichishiga hojat qolmaydi” - zero
bilimli yoshlar avvalo sog‘lom bo‘lishlari lozim. Shunda sog‘lom fikrlay oladilar va
o‘z iqtidor va layoqatlarini namoyon eta oladilar. Buning uchun biz boshlang‘ich
sinfdan boshlab ko‘nikma va malakalarni shakilantirishimiz lozim.
35
XULOSA
Mening xulosam shuki avvalo bu maqsad va vazifalarning to‘la amalga
oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib
keladi, jamiyatda yangi shaxs komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila
boshqacha nigoh bilan qaraydilar.
Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan
shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslarning ko‘payishi jamiyatda
omil hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi, deya uqtiradi marhum Yurtboshimiz
I. Karimov. Odamlar olomon bo‘lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‘z aqli,
o‘z mehnati, o‘z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng asosiysi bunday kishilarga
chetdan hech qanday nopok kuch, buzuq g‘oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan
ta’sir etib bo‘lmaydi. Bunday odamlarni o‘z tanlagan yo‘llari maqsadlaridan hech
qanday kuch toydira olmaydi.
Barkamol insonlarni shakllantirishda tarbiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Tarbiya ijtimoiy tarixiy tajribalarni egallash uchun kishilar faoliyatini tashkil etishga
qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida ham
tarbiyaning maqsadi bayon qilib berilgan. Unda bunday deyiladi: Tarbiyaning bosh
maqsadi yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy
ma’naviy tarixiy an’analariga, urf odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga
asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga
joriy etishdir va bunda har birimiz ma’sul bo`lishimiz kerakdir.
36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Rahbariy adabiyotlar
1.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-
sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
2.
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yetuk, har tomonlama
uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga,
chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi
uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab
voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan
keng ko‘lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning
barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo‘lda safarbar etish maqsadida hamda 2014-yil
“Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan:
3.
Quyidagilar “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishning
ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin.
4.
Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) zimmasiga “Sog‘lom bola
yili” Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar amalda bajarilishini tashkil etish va uning
monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.
Asosiy adabiyotlar
5.
Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099 sonli Farmonini.
6.
Abu Ali ibn Sino. "Tib qonunlari". Birinchi jild. Toshkent. Abdulla
Qodiriy nomidagi xalq nashriyoti. 1991.
7.
Abu Ali ibn Sino. "Tibbiy o‘gitlar" Toshkent. Mehnat nashriyoti. 1991.
8.
Abu Ali ibn Sino - Sog‘lom turmush tarzi haqida. Oriental renaissance:
innovative, educational, natural and social sciences.
9.
Usmonxojayev T. S. va boshqalar. Bolalar va o ‗smirlar sport
nazariyasi va uslubiyati. Ilm -Ziyo. 2007- y.
37
10.
Sogʻlom turmush tarzi asoslari (Valeologiya) Rahmon Arziqulov.
11.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha vatamoyillar. — T.:
O‘zbekiston, 2001.
12.
Barkamol avlod — O‘zbekiston tarakkiyotining poydevori. // Barkamol
avlod orzusi. — T.: Sharq, 1997.
13.
Abdulatipov R. G. Chelovek. Natsiya. Obshestvo. -— M.: Politizdat,
14.
AndreyevaG.
1991.
M.
Sotsialnaya
psixologiya.—M.,
1988.
Ayupov A. A. va boshqalar. Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik
jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari / O‘quv-uslubiy
qo‘llanma. — T.: Uiiversitet, 2001
15.
Izmaylov A. E. Narodnaya pedagogika: pedagogicheskiye vozzreniya
narodov Sredney Azii i Kazaxstana. — M.: Pedagogika, 1991. — 256 s.
16.
Mirzayev A. Fuqarolik jamiyati va demokratik qadriyatlar. — T.: 2005.
38
Скачать