Reja: 1. Kirish 2. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasi korxonasi tarixi 3. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasi takiliy tuzilmasi 4. Ishlab chiqarish amaliyotida qilingan ishlar 5. Xulosa 6. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Kirish Mamlakatimiz iqtisodiyotida paxtachilik va paxta tozalash sanoatining salmog’i katta. Soha qanchalik rivojlansa xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari ham rivojlanadi. Shu nuqtayi nazardan ham paxtachilikni yanada rivojlantirish respublikamizning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatimiz azaldan o’zining iqlimi, senmiun tuprog’i, yer osti va yer usti boyliklari bilan mashhur bo’lib kelgan. Bugungi kunda ham O’zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari jahon bozori peshtaxtalarida o’ziga xos o’rin egallaydi. Buni birgina paxtachiligimiz misolida ham ko’rishimiz mumkin. Hozirda mamlakatimizda har yili 3,0-3,2 million tonna paxta xomashyosi yetishtirilmoqda Bunday muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hukumatimiz tomonidan sohaga berilayotgan doimiy e’tibor va ayniqsa, iqtisodiy imtiyozlar, fan va texnika yutuqlari hamda ilg’or texnologiyalarni joriy etish, fermerlik harakatiga katta yo’l ochilishi hisoblanadi. Bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlar tufayli fermer xo’jaliklarining moddiy texnika bazasi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Paxtachilik sohasini rivojlantirish, paxta tozalash korxonalarini modemizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki paxta va uning mahsulotlariga bo’lgan talab doimo ortib borishi paxta tozalash sanoatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish kerakli ekanligini ko’rsatmoqda. Paxtachilik tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomil- lashtirish, yuqori qo’shilgan qiymatli raqobatbatdosh va sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni yirik xorijiy bozorlarga yanada olib chiqish, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yunalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida shuningdek, O’zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq “Paxtachilik tarmog’mi boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qilindi. Paxtachilik sohasini rivojlantirish, paxta tozalash korxonalarini modemizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish boyicha kompleks chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki paxta va uning mahsulotlariga bolgan talab doimo ortib borishi paxta tozalash sanoatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish kerakli ekanligini ko`rsatmoqda. 2. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasi korxonasi tarixi Inspeksiya qoshidagi “Qishloq xo`jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasi” davlat unitar korxonasi; 1 Inspeksiya o‘z faoliyatini mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda, quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga, shuningdek, bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunishi hamda hisobot berish asosida amalga oshiradi. 2 Inspeksiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 3 Inspeksiya o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 4 Inspeksiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Inspeksiya hududiy bo‘linmalari faoliyatining joriy ta’minoti va moliyalashtirish xarajatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tegishli budjetlari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 1 Inspeksiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar boshqarmalari va Inspeksiya qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhr va blankalariga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 2 Inspeksiyaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi; qisqartirilgan nomi — “O‘zagroinspeksiya” b) rus tilida: to‘liq nomi — Inspeksiya po kontrolyu za agropromishlennim kompleksom pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — “Uzagroinspeksiya” v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Inspection on the control of agro-industrial complex under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — “Uzagroinspection”. 3. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasi takiliy tuzilmasi Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi; b) paxta va boshoqli don ekinlari urug‘lariga davlat tomonidan buyurtma berish, urug‘ tayyorlash va uni qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi; v) davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi; g) paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hamda ularning urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlarning sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi; d) qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi; e) qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi; yo) sun’iy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi; j) idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi; z) qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati ustidan nazoratni amalga oshirish: i) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili va ularning urug‘lari hamda ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvini o‘tkazish; y) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqishi sabablari va shartsharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi; qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hamda sohani rivojlantirishga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilangan talablar va qoidalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan; qishloq xo‘jaligi ekinlarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib joylashtirilishi hamda ekilishi, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, mahsulot yetishtirish bo‘yicha tuzilgan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi ustidan; qonun hujjatlari talablariga muvofiq barcha tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va import qilish, saqlash va sotish ustidan. Inspeksiya agrosanoat majmui sohasida qonun hujjatlari ijrosini muntazam tahlil qilib boradi, tahlil natijalari bo‘yicha sohadagi qonun hujjatlarini va normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi b) paxta va boshoqli don ekinlari urug‘lariga davlat tomonidan buyurtma berish, urug‘ tayyorlash va uni qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi yuzasidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi: fermer xo‘jaliklari, klastyerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq maydonlarda ekilishi va yalpi hosil yetishtirilishi ustidan; qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini ustidan; O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reyestrining yuritilishi ustidan; paxta va boshoqli don ekinlari urug‘lari sifati ustidan; urug‘chilik sohasiga jahon yutuqlarini tatbiq etish, urug‘lar sifatini jahon standartlari asosida aniqlash va sertifikatlashtirish ustidan; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan miqdorda rayonlashtiriilgan navlar bo‘yicha joylashtirish va navli urug‘larni tayyorlash ko‘rsatkichlarini bajarilishi ustidan. Inspeksiya paxta va boshoqli don ekinlari urug‘lari sifatini aniqlash usullarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularni takomillashtirish hamda urug‘lik yetishtirish va uning sifatini aniqlash bo‘yicha davlat standartlari, metodikalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqishda ishtirok etadi v) davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi sohasida quyidagi nazoratni amalga oshiradi: davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziqovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish va ularning maqsadli realizatsiya qilinishi ustidan; davlat buyurtmasiga mos hajmlarda paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirilishini moliyalashtirish mexanizmi, o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini hamda xizmatlar va moddiy-texnik resurslar bilan to‘liq ta’minlanishi ustidan; eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek, paxta xomashyosi, boshoqli don hosili va undan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resursi va davlat zaxirasi hajmlari hamda balans ko‘rsatkichlari hajmlari bo‘yicha takliflar shakllantirilganligi ustidan g) paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hamda ularning urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlarning sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligini kamaytirilishi yuzasidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi: paxta tayyorlash punktlari, don qabul qilish va qayta ishlash korxonalari tomonidan paxta xomashyosi, boshoqli don ekinlari hosili va ularning urug‘larini davlat resursiga qabul qilinishi va qayta ishlanishi va sifatli saqlanishi hamda realizatsiya qilinishi ustidan; yetishtirilgan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirilishi, davlat resursi va davlat zaxirasiga topshirilgan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar bo‘yicha ishonchli hisobotlar yuritilishi hamda tabiiy kamayish hisobiga yetkaziladigan zararlarni belgilangan tartib asosida hisobdan chiqarish ustidan; paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari, ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni qabul qiluvchi, saqlovchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik holati yuzasidan; nobudgarchilik bo‘yicha belgilangan normalarining to‘g‘ri va asosli qo‘llanilishi, paxta tayyorlash punktlari hamda don qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida texnologik jarayonlarga va mahsulotning chiqish normalariga hamda sifatiga rioya etilishi yuzasidan. Inspeksiya davlat resursiga qabul qilingan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari hamda ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifati yomonlashishi, nobud bo‘lishi holatlari va sabablarini o‘rganadi, zarur hollarda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi; boshoqli don va undan qayta ishlangan mahsulotlarning yakunlangan partiyalari yuzasidan tozalash dalolatnomalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi; Inspeksiyaga yuklangan vazifalar doirasida tekshirish qoidalarini, sifat sertifikatlari shakllarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifati bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, nazorat sinovlarini o‘tkazadi hamda mamlakat ichida va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun bajarilishi majburiy hisoblangan xulosalar beradi d) qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha quyidagi nazoratni amalga oshiradi: qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, urug‘chilik xo‘jaliklarini aniqlash, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini joylashtirish, yangi navlarni rayonlashtirilishi va navdor urug‘lar tayyorlash ko‘rsatkichlari bajarilishi ustidan; yuqori sifatli elita, birinchi va keyingi avlodli urug‘lar yetishtirilishi, urug‘larning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va yo‘riqnomalar talablariga rioya qilgan holda tejab sarflanishi ustidan; urug‘lik uchun ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish ustidan; paxta va boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash, ulardan foydalanish, jumladan, eksport va import qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish ustidan; qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish ustidan; qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekiladigan urug‘larini yetishtirish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan; qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, tayyorlash va saqlashda kimyoviy preparatlarning samarali qo‘llanilishi ustidan; urug‘chilik bo‘yicha xalqaro va milliy tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish, urug‘larga ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, shuningdek, sohaga nou-xaularni joriy etish ustidan; urug‘chilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borish, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yordam berilishi ustidan; akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlashtirish hamda urug‘ va ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan; ekin turlari bo‘yicha urug‘lar arxivining tarkibi hamda urug‘lar arxivini yuritish ustidan. Inspeksiya urug‘liklarni qonun hujjatlarini buzgan holda yetishtirishni, saqlashni, realizatsiya qilishni to‘xtatib qo‘yadi yoki taqiqlaydi; muvofiqlik sertifikati va fitosanitariya sertifikati yoki karantin ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan urug‘liklar turkumlarining tashilishini taqiqlaydi; qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ishlab chiqarish va sifatini aniqlashdagi davlat standartlari, metodikalari va yo‘riqnomalarini tayyorlashda qatnashadi e) qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi sohasida quyidagi nazoratni amalga oshiradi: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni fermer, dehqon xo‘jaliklariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga noqishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilishining oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi, bunda mas’ul shaxslar tomonidan xizmat mavqeyi suiiste’mol qilinishiga, qarindosh-urug‘chilik munosabatlaridan foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan; yerlardan qat’iy ravishda maqsadli foydalanish, sug‘oriladigan ekin maydonlarini muomaladan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yerlardan samarali foydalanishi, tuproq unumdorligi saqlanishi va oshirilishi ta’minlanishi, shuningdek, ushbu maqsadda qabul qilingan dasturlarining bajarilishi ustidan; foydali qazilmalar konlarini kavlash, qurilish va boshqa yer ishlarini amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi yerlarini ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun o‘z hisobidan yaroqli holatga keltirish bo‘yicha vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi ustidan; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda tuproq sifatini aniqlash (bonitirovka) natijalarini, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilishni, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarning to‘g‘ri yuritilishi va davlat yer kadastrini yuritish qoidalariga rioya qilinishi ustidan; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda va zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar va kimyoviy preparatlarni normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqarilishi, saqlanishi, realizatsiya qilinishi va maqsadli qo‘llanilishi ustidan; o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida qishloq xo‘jaligi yerlarining holati va ulardan foydalanish ustidan; erdan maqsadsiz foydalanilishi, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, ularning hosildorligi pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan boshqa harakatlarning sodir etilishi, shuningdek, tanazzulga yuz tutgan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibi buzilishi ustidan. Inspeksiya fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda yer resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar bilan birgalikda yer munosabatlarini tartibga solish hamda yerlardan nooqilona foydalanilishining o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni muntazam tashkil etadi, targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib boradi yo) sun’iy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha quyidagi nazoratni amalga oshiradi: suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha belgilangan tartibga suv xo‘jaligi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa suvdan foydalanuvchilar, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilari tomonidan qat’iy rioya etilishi ustidan; suv xo‘jaligi obyektlaridan suv olish limitlarini (vegetatsiya va novegitatsiya davri uchun) tasdiqlanganligi, ularga rioya qilinishi hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga amal qilinishi ustidan; suv obyektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan dastlabki suv miqdorining hisobi to‘g‘ri va aniq yuritilishi ustidan; hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini tasdiqlangan suv olish limitlari bo‘yicha suv resurslari bilan ta’minlanishi, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash choralari ko‘rilishi ustidan; irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa suv xo‘jaligi va gidrotexnika inshootlarining samarali ishlatilishi yuzasidan; suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish uchun suvdan foydalanuvchilar hamda suv iste’molchilar javobgarligini kuchaytirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi ustidan; sun’iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), sun’iy suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar va boshqalar)dan olinadigan suvlardan foydalanish ustidan; suv va suv xo‘jaligi obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi gidrotexnik va boshqa ishlarning qonun hujjatlariga muvofiq bajarilishi ustidan; davlat suv kadastrini qonun hujjatlariga muvofiq yuritilishi ustidan; suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlaridan xo‘jasizlarcha foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilishi ustidan; nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish va monitoringlar doirasida irrigatsiya obyektlari va gidrotexnik inshootlari qurish hamda rekonstruksiya qilishda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, ajratilgan budjet mablag‘lari maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan j) idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi: naslchilik korxonalari va xo‘jaliklari tomonidan yetkazib beriladigan nasldor hayvonlar sifat (nasl) ko‘rsatkichlari to‘g‘ri aniqlanganligi yuzasidan; nasldor hayvonlardan oqilona foydalanish, hayvonlar va ular urug‘larini eksport va import qilish ustidan; chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarning yuritilishi ustidan; mulkchilik shaklidan qat’iy nazar chorvachilikda naslchilik ishlari bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyati ustidan; qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirilishi ustidan; naslchilik xo‘jaliklaridagi nasldor chorva hayvonlari hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilishi va seleksiya jarayonida foydalanadigan naslchilik resurslarining kelib chiqishi, mahsuldorligi va turi bo‘yicha sifatli baholanishi hamda ular ishonchli ro‘yxatga olinishi ustidan; chorvachilikda naslchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarga yer maydonlari ajratilishi va ulardan samarali foydalanilishi, korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, sheluxa, shrot mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari ustidan; naslli mahsulot (material)ni ishlab chiqarish va uning texnologik jarayonlari tashkil etilishi ustidan z) Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasining quyidagi faoliyatini amalga oshirilishi ustidan: idoraviy bo‘ysunuvi va mulk shakllaridan qat’i nazar traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasi, o‘ziyurar mashinalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari sonining hisobini yuritilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarish, davlat ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, davlat raqami belgisi, texnik pasport va texnik guvohnoma berish; traktorchi-mashinist guvohnomasini va ogohlantirish talonlarini berish uchun imtihonlar o‘tkazish; mashina-traktor parklarini yangilash bo‘yicha davlat dasturlari ijro etilishini, ekspluatatsiya qilinayotgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasining modernizatsiya qilinishini va yangi namunalari ishlab chiqilishini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarini tejovchi zamonaviy texnologiyalari ishlab chiqish va joriy etish; qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasini, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishi; mashinasozlik va ta’mirlash korxonalarida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘lqurilish texnikasini, uskunalarni va ehtiyot qismlarni yuklashdan oldin ularning sifat ko‘rsatkichlari tekshirilishi; traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasi, o‘ziyurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi davlat sinovlaridan o‘tkazilganligi va ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi ustidan nazorat qiladi. Inspeksiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganib boradi va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi i) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili va ularning urug‘lari hamda ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha quyidagi nazoratni amalga oshiradi; paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hamda ularning urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifati ustidan majburiy davlat tekshiruvi; eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda ularning urug‘lari, shuningdek ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni sifatli saqlanishi ustidan y) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shartsharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda quyidagilarni nazoratni amalga oshiradi; inspeksiya vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish; qishloq xo‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish va ularni qo‘riqlash, suv resurslari isrofgarchiligi, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini o‘g‘irlash, gidrotexnika, melioratsiya inshootlari hamda qishloq xo‘jaligi texnikasidan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlarini aniqlash; normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish; davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslariga hamda jismoniy shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish; sohada qonun buzilishi holatlarini hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, Inspeksiya vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llash; suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olish tartibini buzganlik uchun jarima sanksiyalari qo‘llash; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qilish, ularning hisobini olib borish hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish. Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 4.Ishlab chiqarish amaliyotida qilingan ishlar Qishloq xo`jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasi Andijon filiali 1 Hududiy laboratoriyaga keltirilgan paxta tolasini belgilangan tartibda sinovdan o`tkazish ,sinov jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish. 2 HVI tizimida ishlash qoidalariga ega bo`lish 3 HVI tizimini belgilangan muddatda kalibrovka qilish , aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish 4 Past navli paxta tolasini 5 foiz miqdorini HVI tizi midan o`tkazishni ta`minlash 5 Namuna olish dalolatnomasi asosida ma`lumotlar bazasiga to`da malumotlarini kiritish 6 Namunalarni tanlab olish va ularni tasniflash qismida sinash uchun ko`zda tutilgan standardlar va usullarga muvofiq paxta tolasi ,paxta momig`i mahsulotlarning sifatini mustaqil va holisona baholashni to`liq javobgarlik hisida bajarish 7 Muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish Paxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini Uster HVI 900 SA o’lchov tizimida ishlash jarayoni. Olchash vositalari va qo’shimcha uskunalar: USTER HVI 900 SA olchov tizimi, 1-rasmda ko’rsatilgan. Paxta tolasini o’rganuvchi yuqori samarador Uster HVI 900 SA o’lchov tizimi Uzunlik va pishiqlikni Rangi va iflosligini Mikroneyr aniqlash modullari mavjud. 2-rasm. HVI tizimining asosiy modullari 3-rasm USTER HVI 900 SA o’lchov tizimi chizmasi: 1- mikroneyr moduli; 2- ranglifloslik moduli; 3- uzunlik/pishiqlik moduli; 4 - elektron tarozi; 5 - mikroneyr kamerasi; 6- paxta tolasining rang va ifloslik ko’rsatkichlarining olchash jarayonida oyna sathiga tola namunasini siquvchi plita; 7 - paxta tolasining rang va ifloslik ko’rsatkichlarini o’lchashda namuna joylashtirish uchun yorug’lik darajasi; 8 - shtrixli kodni o’quvchi moslama; 9fibro-sempler-paxta tolasining uzunlik va pishiqlik ko’rsatkichlarini o’lchash uchun namunalarni taroqli qisqich vositasida oluvchi uskuna; 10 - kompyuteming alfavitli-raqamli klaviaturasi; 11 - rangli monitor; 12 - printer. Paxta tolasining standart namunalari to’plami. Rang bo’yicha sopolli namunalar to’plami. Uzunlikni o’lchash uchun metall andaza. Ifloslanganlik ko’rsatkichi bo’yicha kalibrlash uchun plastinka Paxta tolasining namlik indikatori. Paxta tolasi namunalari namligini me’yoriga yetkazuvchi uskuna (namunalami joylashtirish uchun tagdonlar to’plami bilan) yoki standart iqlim sharoitida 24 soat mobaynida na’munalar namligini passiv me’yoriga yetkazish (konditsiyalash) javonlari. USTER HVI 900 SA asosiy ko’rsatkichlari: Paxta tolasining asosiy ko’rsatkichlarini olchaydigan va HVT 900 SA tizimining metrologik tavsiflari 1-jadvalda keltirilgan Paxta tolasi ko’rsatkichlari va ulami o’lchash jarayonidagi xatoliklar Ko’rsatkich, O’lchov birligi o’lchov birligi Ruxsat etilgan Kvadratli farq, sistemali xatolik, ko’pi bilan ko’pi bilan 2,5-6,0 0,15 0Д Yuqori o’rtacha 21,59-39,59- 39,37 0,61 0,41 uzunlik (Len 0,850- 1,550 0,024 0,016 Mikroneyr ko’rsatkich (Mic) (UHM): MillimetrdaDuymda Bir xillik indeksi 70-84 1,5 1,0 17,5-35,5 1,5 1,2 55,0-85,0 0,5 0,5 3,5-18,5 0,3 0,25 0-5,5 0,25 0,15 --- 5 5 (Un f) Solishtirma uzilish kuchi (Str), rs/tekst Nur qaytishi koeffitsiyenti (Rd), % Sarg’ishlik darajasi (-b) Iflos aralashmalar maydoni (Area), % Iflos aralashmalar miqdori (Count), dona USTER HVI 900 SA tizimida o’lchash sharoiti HVI tizimi standart iqlim sharoiti da bo’lshi kerak: havo harorati (21±)°C, nisbiy namlik (65±)%-0,l°C shkalali Astman psixrometri nazorati bo’yicha yoki uning aniqligiga ekvivalent bo’lgan havo harorati va namligini oichovchi asboblar bo’yicha. Olchash uchun O’z DSt614 ga binoan tanlab olingan namunalar 6,75 % dan 8,25 % gacha namlikning nisbatigacha ega bolishi kerak. HVI tizimi bo’yicha namunalami talabdagi namlik darajasiga yetkazib, olchashdan avval ularni shu maqsadda qollaniladigan, namlikni me’yoriga yetkazuvchi tezkor uskinada yoki 6,1 da ko’rsatilgan standart iqlim sharoitlarida 24 soat mobaynida saqlash kerak. O’lchashlarga tayyorgarlik ko’rish Paxta tolasini olchashdan avval, HVI 900 SA tizimi ishlatish ko’rsatmasiga binoan, standart namunalar va andozalarda kalibrlanishi kerak. Kalibrlanishni bir kunda ikki marotaba: ish boshlanishigacha va har 4-5 ishlagandan keyin o’tkazilish tavsiya qilinadi. HVI 900 SA tizimini mikroneyr, yuqori o’rtacha uzunlik, uzunlikning bir xillik koeffitsiyenti, pishiqllik (nisbiy uzilish kuchi) ko’rsatkichlari bo’yicha kalibrlash paxta tolasining standart namunalari yordamida olchov mezonining boshlanish va oxirgi ikki nuqtalari bo’yicha amalga oshiriladi. HVI 900 SA tizimini tola rangi ko’rsatkichi bo’yicha kalibrlash nur qaytarish koeffitsiyenti (Rd) va sarg’ishlik darajasi (+b) qiymatlarini sopolli namunalar rangiga solishtirgan holda bajariladi. HVI 900 SA tizimini ifloslanganlik ko’rsatkichi bo’yicha kalibrlash iflos aralashmalarga o’xshatib qo’yilgan nuqtalari bor plastinaga qarab amalga oshiriladi. Paxta tolasi yuzasida tabiiy iflos zarrachalar bolgan qollash ruxsat etiladi. O’lchashlarni bajarish O’lchash jarayonida namunalaming harakat sxemasi. Paxta tolasi namunalari tagdonlarga solingan holda, namlikni tezkor me’yoriga yetkazuvchi uskunaga, standart iqlim sharoitida, uskuna ko’rsatmasida belgilangan muddatga qo’yiladi. Agar namlikni me’yoriga yetkazuvchi tezkor uskuna qollanilmasa, namunalar, olchovlami o’tkazishdan avval standart iqlim sharoitlari ta’minlangan xonada javonlarga joylashtirilib, kamida 24 soat mobaynida saqlanadi. Konditsiyalashdan keyin namunalar 6,2 da ko’rsatilgan namlikka ega boisa, ular o’lchashlami olib borish uchun yaroqli hisoblanadi. Olchashlami boshlashdan avval operator shtrixli kodni o’qituvchi uskuna (8) yordamida namunalami identifikatsiyalaydi, buning uchun kuponda belgilangan kod suratga olinishini mo’ljallab, kuponning yuza qismini uskunaga yaqinlashtiradi. Shtrixli kodni o’quvchi uskuna bolmagan holatlarda tolani identifikatsiyalash operator tomonidan qoida klaviatura (10) yordamida bajaradi. HVI 900 SA tizimida namuna quyidagi tartib bo’yicha o’lchash- lardan o’tadi: 1) mikroneyr ko’rsatkichi; 2) rang va ifloslik ko’rsatkichlari (nur qaytarish koeffitsiyenti Rd, sargishlik darajasi +b, iflos aralashmalar maydoni va miqdori); 3) uzunlik ko’rsatkichi (yuqori o’rtacha uzunlik, bir xillik koeffitsiyenti, katta tolalar in ndeksi) va pishiqlik (solishtirma uzilish kuchi, uzilishdagi nisbiy uzayish). Mikroneyr ko’rsatkichini olchash Mikroneyr ko’rsatkichi tolaning pishib etilganligi va tabiiy chiziqli zichligi bo’yicha uning ingichkaligini ko’rsatadi. 0’lchashlar Mikroneyr modulida (1) amalga oshiriladi. Bu usul tola namunasining havo otkazuvchanligi bilan namunadagi tola ingichkaligi o’rtasidagi o’zaro bogliqlikka asoslangan. HVI 900 SA tizimida o’lchashlami olib borish uchun namuna massasi 10 g bolishi kerak. Namuna massasi HVI tizimi kompyuteri tomonidan nazorat qilib boriladi. Namligi me’yoriga yetgan namunadan operator qoli bilan bir qism paxta tolasini olib, uni HVI 900 SA tizimining elektron tarozisida (4) tortib, massasini talab etilgan miqdorgacha olib boriladi. Tarozida tortishdan avval namunadan yaqqol ko’zga tashlanadigan yirik begona aralashmalar olib tashlanadi. Tarozida tortilgan namuna mikroneyr kamerasiga (5) joylashtiriladi, kameraning qopqogi yopiladi, so’ngra avtomatik ravishda olchov otkaziladi. Olchov tugagandan keyin qopqoq ochilib, namuna kamera ichidan siqib chiqariladi. Monitorda mikroneyr (Mic) ko’rsatkichi paydo boladi. Agar mikroneyr ko’rsatkichi 2,0 dan past yoki 7,0 dan yuqori bolsa, monitorda ‘Недопустимый микронейр’ (‘Noma’qul mikroneyr’) degan yozuv paydo boiadi. Bunday holatda o’lchash amali qaytadan bajariladi. Rang va ifioslanganlik ko’rsatkichlarini o’lchash Paxta tolasining rang ko’rsatkichi HVI 900 SA tizimining darcha oynasi yuzasiga siqilgan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan nurni o’lchash bilan aniqlanadi. Tola yuzasidan qaytgan nur orqali fotodiod va nur filtrlari yordamida nur qaytish koeffitsiyenti (Rd) va tola rangining sariqlik darajasi (+b) aniqlanadi. O’lchangan Rd va +b ko’rsatkichlari bo’yicha HVi tizimining kompyuteri paxta tolasining Universal tola standartlari klassifikatsiyasi tizimiga ko’ra rang bo’yicha navini, o’rta tolali Upland yoki uzun tolali Pima tiplarini aniqlaydi. Tolaning rang ko’rsatkichini aniqlash jarayonida namuna yuzasidagi iflos aralashmalar maydonini o’lchash yo’li bilan paxta tolasining iflosligi aniqlanadi. Iflos aralashmalar maydoni (Area) va miqdori (Count) videokamera yordamida aniqlanadi. Videokamera namuna yuzasini suratga olib, diametri 0,25 mm va undan yuqori bo’lgan iflos aralashmalami ajratadi. Kompyuter iflos aralashmalar maydonini o'nga ko’paytirib va butun songacha yaxlitlab, tolaning ifloslik bo’yicha kodini (Trash) hisoblaydi. Namunaning kattaligi va qalinligi yuzasi Ox 10 sm bo’lgan nurli darchani butunlay qoplash va namuna orqali nur o’tmasligini ta’minlash uchun yetarli bo’lishi kerak. Paxta tolasining namunasi Rang ifloslik modulining (2) nurli darchasiga (7) joylashtiriladi. Bunda nurli darchaga qisiladigan namunaning yuzasi yetarli darajada tekis, har xil tugunlarsiz, burmalarsiz va chuqurchalarsiz bo’lishi kerak, chunki ular o’lchash natijalarini buzib ko’rsatadi. Rang va ifioslanganlik ko’rsatkichlari HVI tizimining siquvchi plitasi (6) namunani darchaning bosgan paytda avtomatik ravishda o’lchanadi. Har bir namuna kamida ikki marotaba, yuzasining ikki tomonidan o’lchanadi. Olingan natijalar monitorda - Rd, +b rang bo’yicha kod (CG), iflosliklar maydoni (Area), iflosliklar miqdori (Count) va iflosliklar bo’yicha kod (Brash) ko’rsatkichlari sifatida aks etadi. Uzunlik ko’rsatkichini o’lchash Paxta tolasining uzunligi yuqori o’rtacha uzunlik ta’rifi bilan ifodalandi (UHM). Uni aniqlashda faqat o’lchanayotgan namuna massasining yarmini tashkil etuvchi uzun tolalar ishtirok etadi. Namunadagi barcha tolalar o’rtacha uzunhkning yuqori o’rtacha uzunlikka nisbati bilan tolaning uzunlik bo’yicha bir xillik indeksi foiz hisobida ta’riflanadi. Uzunligi 0,5 duym (12,7 mm) dan kam bo’lgan tolalar SFI indeksini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich namunaning umumiy vazni dagi kalta tolalar massasining foizini ifodalaydi. Uzunlik ko’rsatkichlari maxsus qisqichlarda shtapel ko'rinishida qisilgan tolalarning qisilgan joyidan to shtapelnmg uchigacha bo’lgan ko’ndalang kesimini nurli skanerlash natijasida hosil qilinadigan nur o’tkazuvchanlikning egri chizig’ini hisoblash yo’li bilan aniqlanadi. Shtapel bo’yicha o’tuvchi nur jadalligi o’zgarishiga binoan yuqori o’rtacha uzunlik, uzunlik bo’yicha bir xillik indeksi va kalta tolalar ulushi ko’rsatkichlari aniqlanadi. Uzunlik ko’rsatkichini o’lchash uchun namunani ‘taramcha’ (tu-tam) ko’rinishda tayyorlash maxsus uskuna fibrosemper (9) yordamida amalga oshiriladi. Taroqchasimon qisqich tishlari yuqoriga qaratilib, fibrosemplerga o’matiladi. Paxta tolasining namunasi fibrosempler silindriga joylashtiriladi va u silindming ichkari tomonidan teshikli plastinaga qoi bilan bosiladi. Uskunaning dastasi soat strelkasiga qarshi tomonga toiiq bir marta aylantiriladi. Bunda ta-roqli qisqich tola bilan toidiriladi va fibrosemplerning ignalarida taralishi orqali tolalar tutami shakllanadi. Qisqich bir tekisda, taroqcha qatorida bo’shliqlarsiz toidirilishi kerak. Fibrosemplerda tayyorlangan tolalar tutami taroqchasi Uzunlik/ Pishiqlik moduli (3) qutisiga joylashtiriladi. Tizim avtomatik ravishda taroqchada qisilmay qolgan tolalarni tarab tashlaydi, taroqchali qisqichni tizimning uzunlik va pishiqlik ko’rsatkichlarini o’lchash qismiga yo’naltiradi. Dastlab tutam nur bilan skanerlanadi va so’ngra uziladi. Agar namuna tutami o’lchash mexanizmlari uchun juda ham katta yoki juda ham kichik boisa monitorda (11) ‘Katta namuna’ yoki (Kichik namuna) degan yozuv paydo boiadi. Bunday holda xuddi o’sha tola namunasidan boshqa tutam tayyorlanadi. Har bir namuna yangi olingan tola tutamini qaytarib ko’rish yoii bilan uzunlik ko’rsatkichi bo’yidia kamida ikki marotaba o’lchanadi. Olingan natijalar avtomatik ravishda monitorda namoyon boiadi. Pishiqlik korsatkichini va uzilishdagi nisbiy uzayishini o’lchash. Paxta tolasining pishiqligi solishtirma uzilish kuchi ta’rifi bilan gk/ teks da ifodalanadi. Uzilishdagi nisbiy uzayish (Elongation) tolaning uzilishi paytidagi uzayishining foizda ifodalanadi. Ko’rsatkichlami o’lchash dinamometrik usul bilan o’lchash analizatorida amalga oshiriladi. Bunday qisqichlar orasidagi masofa 1/8 (3,2 mm) boiib, uzilish kuchi ta’sirida tolalar yassi tutamining uzilishi aniqlanadi. Tolaning pishiqligini o’lchash uchun uning uzunlik ko’rsatkichi bo’yicha oichovdan o’tgan tutami ishlatiladi. Tizim avtomatik ravishda qisqichlar o’mini aniqlab, so’ngra tolalar uzilishini amalga oshiradi. Har bir namuna solishtirma uzilish kuchi ko’rsatkichlari va uzilish-dagi nisbiy uzayishi bo’yicha yangi olingan tola tutamini kamida 2 marotaba qayta ko’rish yoii bilan o’lchanadi. O’lchash natijalarini hisoblash Barcha hisoblashlar HVI 900 SA tizimining programmala- shtirilgan ichki mikroprotsessori yordamida har bir hisobga olingan namuna bo’yicha amalga oshiriladi, bunda parallel tekshirishlar natijalarining o’rtacha qiymat natijalari ko’rsatiladi. Paxta tolasi ko’rsatkichlari bo’yicha o’lchashlarning yakuniy natijasi printerdan (12) chiqariladi. Ta’minlovchi va iste’molchining o’zaro kelishuviga asosan bosma ko’rinishida chiqqan ko’rsatkichlar nomenklaturasi toidirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Klassyor usulida paxta tolasining sifatini aniqlash Paxta tolasining 0’zDSt 604- ga muvofiq sanoat navlari va sinflari bo’yicha tashqi ko'rinishi namunalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa namunalar. 0’lchash usullari Paxta tolasining rangi va tashqi ko’rinishini aniqlash sinalayotgan namunani tasdiqlangan namunalar tashqi ko’rinishi bilan sun’iy (arbitraj usul) yoki tabiiy yorug’likda solishtirish yo’li orqali bajariladi. Operatoming malakasiga bo’lgan talablar Tajribalarni bajarishga paxta klassifikatsiyasi bo’yicha maxsus kabi tayyorgarligini o’tgan kishilarga ijozat beriladi. 0’lchash sharoitlari Paxta tolasining rangi va tashqi ko’rinishini aniqlashni quyidagi talablarga javob beradigan maxsus xonalarda (klassyor xonasida) bajarish tavsiya qilinadi (33-rasm): 33-rasm. Klassyor usulida tola sifatini aniqlash -yoruglikning zaruriy spektral tarkibini ta’minlash uchun Lumiluxe 36wl 1 va Lumiluxe Deluxe 36-22 w yoki o’xshash spektral tavsifli lyuminessent lampalar qoilanishi kerak; — ish stolining yoritilganligi 500-1200 lyuks oralig’ida bo’lishi kerak; — ish joyida yoruglik bir tekis tarqalgan bo’lishi kerak; — yorutgichlar klassyor stoliga parallel tartibda, poldan 2,5- 3 m balandlikda o’matiladi; — devorlar rangi bo’g’iq kul rang; — shipning rangi bo’g’iq oq rang; — klassifikatsiya stolining rangi bo’g’iq qora rang bo’lishi kerak; — polning rangi qora-kulrang yoki qora bo’lishi kerak; — xonaning ichkarisigatashqaridan yorugiik tushmasligi kerak; — namunalami o’rash uchun moijallangan qog’oz klassyoming ko'rish maydonida katta joy egallamasligi kerak. Paxta tolasining rangi va tashqi ko’rinishini tabiiy yorugiikda aniqlash hollarida klassifikatsiya stolining usti tekis yoritilishi, yorigiik 500 lyuksdan kam boimasligi kerak. O’lchashlami bajarishga tayyorgarlik Paxta tolasining rangi va tashqi ko’rinishini aniqlash uchun namuna tanlash 0’z DSt 604, 0’z DSt 614- ga muvofiq bajariladi. 34-rasm. Etaion namunalar O’lchashni bajarish Paxta tolasining rangi va tashqi ko’rinishini aniqlash maxsus jihozlangan klassyor xonalarida bajariladi. Operator sinalayotgan namunani klassifikator stoliga, tashqi ko’rinish etaion namunalari (34-rasm) joylashgan quti bilan yonmayon qo’yadi va solishtirma yoii bilan ko’proq yaqin keluvchi etaion namuna topiladi. Keyin operator sinalayotgan namunani yuqori va pastki boiaklarga ajratadi (kitob shaklida ochib) va namunaning ichki yuzasini etaion namunalar bilan solishtiradi. Agar namunaning tashqi va ichki yuzalar rangi hamda tashqi ko’rinishi muvofiq kelmasa, baholash natijasi sifatidapast ko’rsatkich olinadi. Tabiiy yorag’likda sinash usuli Paxta tolasining rangi va tashqi ko’nnishini tabiiy yorugiikda aniqlashda operator soya joyda bo’lishi kerak. Klassifikatsiya stoli shunday joylashgan bo’lishi kerakki, operator namunalami tekshira- yotgan vaqtida yorugiik manbaiga teskari qarab turishi kerak. Operator atrofida nur taratuvchi, nur qaytaruvchi ko’zgu va yaltiroq boyalgan jismlar boimasligi kerak. Tolaning shtapel uzunligi klassyor qoida aniqlaydi. Namunani etaion namunalar bilan solishtirish arbitraj usuli bilan bajariladi. Paxta tolasining chiqishi Chigitli paxtadan olinadigan asosiy mahsulot paxta tolasi hisoblanadi. Tola massasi GT ning chigitli paxta massasi Go, ga nisbati tolaning chiqishi В deb ataladi (%): Laboratoriya sharoitida har bir partiyada chigitli paxtadan qancha tola chiqishini shu partiya paxta namunasini 10 arrali jinda ishlab chiqib topiladi. Ishlab chiqarish sharoitida esa, berilgan partiya paxtasining nazorat guruhini ishlab, tola chiqishi aniqlanadi. Nazorat guruh paxtalarini korxonada ishlashdan awal paxta tarozida tortiladi, tozalanadi va texnologik mashinalar sozlanadi. Paxta ishlangandan keyin tayyor mahsulotlarning iflosliklaiini alohida yiglb, tarozida tortiladi. Tola, chigit, lint va tolali chiqindilar hamda iflosliklami alohida olchab, ulaming chiqishi aniqlanadi. Tola chiqishini aniqlovchi ko'rsatkich sifatida chigitli paxtaning tolalik darajasi - tolalik indeksi xizmat qiladi. Chigitli paxtaning tolalik darajasi deb, 100 dona chigitdan ajratib olingan tolaning gramm hisobidagi massasiga aytiladi. Paxtadan olinadigan chigit uruglik hamda texnik chigitlarga ajratiladi. Bular to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi bobda yoritilgan. Xulosa Ushbu korxonada juda ko’plab standartlar hamda qonun hujjatlari va yangi qarorlar bilan yaqindan tanishdim. Ushbu amaliyot davri o’z mutahasisligimizni yanada chuqurroq anglashimga zamin yaratdi. Men Qishloq xo`jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasi Andijon filialida ishlab chiqarish amaliyotini o’tadim. Bu yerga kelib dastlab bo’limlar bilan tanishdim. Har bir bo’limni qanday ish bilan shug’ullanishini hodimlar qisqacha bayon qilishdi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasi Andijon filialida jami 3ta bo’lim bo’lib, har biri o’ziga yarasha muhim vazifani bajaradi. Bu yerdagi hodimlar bilan tanishdim. Bu yerda men laboratoriya ishlari bilan tanishdim. “Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash, o‘rnatish va sozlash” va “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” fanidan olgan nazariy bilimlarimni va ko’nikmlarimni amaliyot katta yordam berdi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi ‘Oliy taiim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida’ gi PQ-2909-sonli qarori. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi ‘Paxtachilik tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida’gi PQ-3408-sonli qarori. 3. Paxtani qabul qilish va saqlash bo’yichayo’riqnoma -T.: 2017 4. Р.Буриев, К,.Жуманиязов, А.Салимов “Уруглик чигит тайёрлаш технологияси” -Т.: ‘Пахтасаноат илмий маркази’ АЖ-2016 5. R_Bo’riyev, Q.Jumaniyazov, ASalimov “Paxtaning sifatini aniqlash”. Т.: ‘Paxtasanoat ilmiy markazi’ AJ - 2015.. 10. Paxta va uning mahsulotlari uchun standartlar. 6 Paxtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologiyasi (PDI702017)T. 7 Internet saytlari…