Загрузил shohrux sayfiyev

oila, mahalla bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat

реклама
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX
DAVLAt PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BOʻLIMI
KURS ISHI
MAVZU: oila, mahalla bilan olib boriladigan
ijtimoiy pedagogik faoliyat
ILMIY RAHBAR: _____________________________________
JIZZAX-2024
1
MUNDARIJA
KIRISH.............................................................................................................3
I BOB TARBIYA JARAYONIDA OILA , MAHALLA HAMDA
TA‘LIM MUASSASALARINING OʻZARO HAMKORLIGI..........................6
1.1 Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi"
Kontseptsiyasining oʻrni va ahamiyati......................................................................6
1.2 Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.....................8
1.3 Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi...............11
II BOB YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA
MAKTAB
HAMKORLIGINING
PEDAGOGIK
MANBALARINI
OʻRGANISH..........................................................................................................15
2.1 Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.......................................15
2.2 Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini
amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.............................................................21
2.3 Yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining
pedagogik manbalarini oʻrganish...........................................................................23
III BOB TA'LIM - TARBIYA JARAYONIDA OILA, MAHALLA VA
TA'LIM MUASSASASI INTEGRATSIYASI....................................................27
3.1 Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligini
amalga oshirish mexanizmi....................................................................................27
3.2 Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligida tashkil etiladigan
pedagogik faoliyat mazmuni..................................................................................29
3.3 Oʻquvchilar shaxsini shakllantirishda oila maktabning hamkorlik ishlari
mazmuni……………………………………………………………………….....32
XULOSA.......................................................................................................36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI................................39
2
KIRISH
Mavzuning dolzarblligi va ahamiyati. Hozirgi kunda mamlakatimizda
chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini
yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Oʻzbekistan
Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentabrdagi «Respublika ma’naviyat va
ma’rifat kengashini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi Farmoni zamiridagi gʻoyalar,
ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir
karra tasdiqlaydi1.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov birinchi
chaqiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasidagi nutqida,
«Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan
eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz oʻz kuchi va imkoniyatlariga
tayanadigan, atrofida sodir bilayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan
yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari
bilan uygʻun holda koʻradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni
tarbiyalashimiz kerak. Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning
boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi
avvalo xalq, ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng
oʻrganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji
bilan uzviy bogʻliqdir», — deb ta’kidladi.
Mavzuni oʻrganilganlik darajasi: Respublikamiz hukumati tomonidan
mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog'lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga
e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun
davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Birgina oʻtayotgan
yillarning atalishida ham buning isbotini koʻrishimiz mumkin. 1997 yil — Inson
manfaatlari yili: albatta jamiyatdagi fuqarolar manfaati himoya qilinmagan,
ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat hech qachon qudratli boʻlolmaydi. SHu
bois ham avvalo inson qadr-qimmati oliy darajaga koʻtarildi. 1998 yil — Oila yili:
1
Mirziyoyev Sh.M. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T.: “O’zbekiston”. 2017 – yil.
3
xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni «Vatan ichra vatandir» deya ulugʻlab
kelgan. Unda ulgʻaygan har bir farzand, avvalo oʻz oilasi aksini, ular birlashib esa
mamlakat qiyofasini butun dunyoga tanitadi. 1999 yil — Ayollar yili: Ona
xayotning boshi. SHunday ekan jamiyatda ayollar ahvoli uning kelajakni
belgilovchi asosiy omil boʻladi. U nafaqat kelajakni dunyoga keltiradi, balki, uning
tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Ona tarbiyasi oʻrnini hech bir narsa bosolmaydi.
Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov 1999 yil 7 dekabr — Konstitutsiya kuni
bayrami tantanalarida bu 2000 yilni — Sogʻlom avlod yili, deya e’lon qildi. Bu
bilan yuqorida sanab oʻtilgan barcha maqsadlar, niyatlar bir narsaga — ya’ni, buyuk
kelajak barpo etishga qaratilganligi kunday ravshan boʻldi.
Kurs ishining vazifasi: Oʻzbekistonda roʻy berayotgan bunday oʻzgarishlar
"Oila, mahalla, oʻquv bilim yurti hamkorligi" yoʻnalishidagi shaxs tarbiyasida
oila, ota-ona, mahalla, oʻquv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan
yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila
oʻrtasidagi bu xildagi oʻzaro xabarlashuvlar oʻquvchini toʻla oʻrganishga, ta’lim va
tarbiyada shu oʻquvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga
yordam beradi. Sinf rahbari oʻz kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini
kundalikka yozib borsa, undagi toʻplangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida oʻrganish
bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini
yaxshilash yoʻllari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib
yangi pedagogik talablar qoʻyib boʻlsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
Kurs ishining maqsadi: Yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta‘lim - tarbiya
oʻchog‘i bu oila va maktabdir. Oilada bola tarbiyasi g'oyat nozik va murakkab
masala hisoblanib , bu ota- onadan odob , bilim , tarbiyani talab qiladi. Tarbiya ishi
ta‘lim muassasalari bilan oila hamda mahalla hamkorligida amalga oshiriladigan
murakkab , mas‘uliyatli vazifadir. Bolaning mustaqil va erkin inson sifatida
rivojlanishi uchun birinchi navbatda oila mustahkamligini ta'minlash lozim. Oila
jamiyat tayanchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Oiladagi ta‘lim - tarbiyani
toʻldiruvchi bu maktab va mahalla hisoblanadi
Mamlakatimizda bolalar toʻgʻrisida, onalar haqida gʻamxoʻrlik qilish
4
chinakam davlat siyosati darajasidagi faoliyatlarga aylanib bormoqda . Jamiki
yaxshi narsalar - bolalarga shiori yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda
mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir. Ma’lumki,
bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda oʻqish davrida ham, asosan oilada
tarbiyalanadi.
Kurs ishining ob’ekti: Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan
ishlari gʻoyat keng, koʻp qirrali boʻlib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan
cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va oʻquvchining ota-onasi ishlab turgan
korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada boʻlishni taqozo etadi.
Yuqorida keltirilib oʻtilgan fikrlardan ma’lum boʻladiki, shaxsni tarbiyalashda oila,
maktab va mahallaning hamkorlik usullarining xilma-xilligini koʻrsatadi va bu esa
mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
Kurs ishining predmeti: Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning
dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir koʻrsatishi tabbiy holdir. Oila a’zolarining
ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy
omillaridan biri hisoblanadi.
Kurs ishining metodlari: Kursni tugatish ishi mavzusi oldiga qoʻyilan
vazifalarni ham etishda quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanildi:
- adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa manbalarni tahlili
- kuzatish va taqqoslash ishlari
- pedagogik tajribalar oʻtkazish
- ijtimoiy soʻrov oʻtkazish
Kurs ishining tarkibiy qismi: Kurs ishining tuzilishi va hajmi, kirish, 3 bob, 9
boʻlim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatlaridan iborat. Kurs ishining
kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zaruriyati asoslangan boʻlib, tadqiqotning
maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti tavsiflangan.
5
I BOB SHAXSNI TARBIYALASHDA OILA, MAKTAB VA
MAHALLANING HAMKORLIGI.
1.1 Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab
hamkorligi" Kontseptsiyasining oʻrni va ahamiyati.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida
1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, oʻquv bilim yurti hamkorligi"
Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol gʻoyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol,
vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish
borasida ma’lum dasturilamal boʻldi.
Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya
toʻgʻrisidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining
"Ta’lim toʻgʻrisida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi
kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va oʻquv bilim yurti nufuzini yanada yuqori
pogʻonaga koʻtarishni taqzo etadi2.
Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir,
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga
oʻzligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuygʻularini, xalqimizning koʻp
asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qoʻyilgan
oliy maqsad va vazifalarni singdirish;
ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud boʻlgan hurfikrlikdan qat’iy nazar
yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, elyurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona gʻoya — milliy
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda
Oʻzbekistonga munosib hurmat tugʻdirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;
toʻrtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak
odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
2
Baubekova Z.D.Tarbiyaviy ishlar metodikasidagi ko’rsatmalar. – T. 2016 y.
6
beshinchidan, yosh avlodni ulugʻ ajdodlarimizning munosib vorislari
ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash
ruhida tarbiyalash Oʻzbekistonda oʻquvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb
masalasidir.
Davlatimiz rahbari koʻrsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar:
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir koʻrsatishga, umuman
mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay oʻzgartirishga;
ikkinchidan, insonning
hayotda oʻz oʻrnini topishini tezlashtirishga;
uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda;
toʻrtinchidan,
insondagi
mavjud
salohiyatni
toʻla
roʻyobga
chiqarishga;
beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod,
zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris boʻlgan,
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga
qaratilgan.
Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va
umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy
tarbiyaning quyidagi oʻzaro aloqalari, uygʻun yoʻnalishlari belgilab olindi.
Milliy tarbiya yoʻnalishi orqali yoshlarda oʻzlikni anglash, vatanparvarlik,
milliy gʻurur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy
odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yoʻnalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik,
ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yoʻnalishlari amalga oshiriladi. Bu
Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini
ta’minlaydi.
Kontseptsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. Oʻzbekistonda 1998 yil "Oila
yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan
masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi
syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda gʻoyat katta ahamiyatga ega
ekanligiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda
qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, diniy
7
aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 130-sonli qarori
misol boʻla oladi.
Shuningdek,
Oʻzbekiston
Respublikasining
qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan
qonuniy vakillari
"Ta’lim
toʻgʻrisida"gi
shaxslarning ota-onalari yoki
shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya
qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, oʻquv muassasasigacha, umumiy oʻrta,
oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab
qoʻyilgan.
Bu "Oila, oʻquv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy,
ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy
an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy
etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning
ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish;
mamlakatimiz
fuqarolari
orasida
milliy
mafkuraviy
tarbiya
ishlarini
takomillashtirish "Oila, mahalla, oʻquv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining
asosiy maqsadidir.
Oʻzbekistonda ruy berayotgan oʻzgarishlar "Oila, mahalla, oʻquv bilim yurti
hamkorligi" yoʻnalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, oʻquv bilim
yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo
qiladi.
1.2 Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.
Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga
oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi
vazifalarni hal qiladi:
Ota-onalar
bilan yaqindan
aloqa oʻrnatadi
va
aloqani
doimo
mustahkamlab boradi;
Oʻquvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qoʻyishga
erishadi;
8
Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol
qatnashishlarini ta’minlaydi;
Ota-onalar oʻrtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik
madaniyatini yuqori darajaga koʻtaradi;
Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi
tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.
Sinf rahbarining oʻquvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan
hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida birbirlariga qanchalik koʻp, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bogʻliq. Ana
shu maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak:
- Oʻquvchining oʻquv mehnatiga tavsifnoma, oʻqishdagi muvaffaqiyati va
muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.
- Oʻquvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, oʻquvchining jamoa
hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va
vazifalarning bor- yoʻqligi, sababi, ularga oʻzining munosabati.
- Oʻquvchining oʻz oʻrtoqlari, oʻqituvchilari bilan munosabatida vujudga
kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi.
- Oʻquvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar
berish. Oilaga oʻquvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar.
Oila ham oʻz navbatida farzandi haqida oʻz mulohazalari, kuzatishlari
yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi
mumkin:
- Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti,
dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
- Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
- Oʻquvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari,
sinf hayotidagi turli voqealarga baholari.
- Ota-onaning ayrim oʻqituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab
rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Sinf rahbari bilan oila oʻrtasidagi bu xildagi oʻzaro xabarlashuvlar oʻquvchini
9
toʻla oʻrganishga, ta’lim va tarbiyada shu oʻquvchi uchun eng maqbul tarbiya va
ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari oʻz kuzatishlari, oiladan olgan
axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi toʻplangan ma’lumotlarni
vaqti-vaqtida oʻrganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola
xulqini va fazilatlarini yaxshilash yoʻllari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan
darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qoʻyib boʻlsa, tarbiya albatta
samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy,
sinf-sinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar
bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy
yoʻnalishidir. CHunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni maktab
talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari, otaonaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yoʻllari, uslub va shakllari haqida
bilim berish, sinf hayotidagi oʻzgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun
pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savoljavob kechalari, ota-onalar majlislari oʻtkazish ommaviy ishning turlaridir.
Sinf rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror
topgan ish shaklidir. Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida
oʻz qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan
tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yoʻnalishini belgilab beradi.
Sinf ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar
bilan bogʻliq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bagʻishlangan
majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga
bagʻishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri oʻz maqsadiga tayyorlash va
oʻtkazish tartibiga ega.
Tashkiliy masalalar bilan bogʻliq sinf ota-onalari majlisida odatda ota- onalar
sinfi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar oʻrtasidagi vazifalar
taqsimlanadi.
Koʻpgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari
tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga
10
kelmoqda. Maslahatlar koʻproq shaxsiy ish shakli boʻlib, unga sinf rahbari ota yoki
onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar
yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari oʻzining shaxsiy suhbatini, oilani
oʻrganish va kuzatish asosida toʻplagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan
oʻtkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi
gʻoyatda muhim. Agar bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda
yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.
1.3 Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish
sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish - davlat siyosatining ustuvor
yoʻnalishi hisoblanadi. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3sentabrdagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qoʻllab-quvvatlash
toʻgʻrisida”gi Farmoni zamiridagi gʻoyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy
maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi 3.
Atoqli davlat arbobi I.Karimov birinchi chaqiriq, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining XVI sessiyasidagi nutqida, “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod
shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha
aytganda, biz oʻz kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bilayotgan
voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy
manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari bilan uygʻun holda koʻradigan erkin,
har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Barchamiz yaxshi anglab
olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan
islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq, ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy
merosimizning keng oʻrganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at,
fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bogʻliqdir”, - deb ta’kidladi.
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq,
jismonan sogʻlom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu
3
Ismailova Z. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi.T.:2006.
11
boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik
dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Birgina oʻtayotgan yillarning atalishida ham buning
isbotini koʻrishimiz mumkin. 1997 yil - Inson manfaatlari yili: albatta jamiyatdagi
fuqarolar manfaati himoya qilinmagan, ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat
hech qachon qudratli boʻlolmaydi. Shu bois ham avvalo inson qadr-qimmati oliy
darajaga koʻtarildi. 1998 yil - Oila yili: xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni
“Vatan ichra vatandir” deya ulugʻlab kelgan. Unda ulgʻaygan har bir farzand, avvalo
oʻz oilasi aksini, ular birlashib esa mamlakat qiyofasini butun dunyoga tanitadi.
1999 yil - Ayollar yili: Ona xayotning boshi. Shunday ekan jamiyatda ayollar
ahvoli uning kelajakni belgilovchi asosiy omil boʻladi. U nafaqat kelajakni dunyoga
keltiradi, balki, uning tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Ona tarbiyasi oʻrnini hech bir
narsa bosolmaydi.
Oʻzbekistonda roʻy berayotgan bunday oʻzgarishlar “Oila, mahalla, oʻquv
bilim yurti hamkorligi” yoʻnalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla,
oʻquv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni
taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila oʻrtasidagi bu xildagi oʻzaro
xabarlashuvlar oʻquvchini toʻla oʻrganishga, ta’lim va tarbiyada shu oʻquvchi uchun
eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari oʻz
kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi
toʻplangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida oʻrganish bilan shularga asoslanib tegishli
xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yoʻllari, keyingi rejalarni
belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qoʻyib boʻlsa,
tarbiya albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari gʻoyat keng, koʻp
qirrali boʻlib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha
turar joylardagi va oʻquvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik
bilan ham yaqin aloqada boʻlishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilib oʻtilgan
fikrlardan ma’lum boʻladiki, shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning
hamkorlik usullarining xilma-xilligini koʻrsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini
asoslaydi.
12
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi”
Kontseptsiyasining oʻrni va ahamiyati.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida
1993 yilda ishlab chiqilgan “Oila, mahalla, oʻquv bilim yurti hamkorligi”
Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol gʻoyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol,
vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish
borasida ma’lum dasturilamal boʻldi.
Ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda avvalo davlat bosh islohotchidir. Bu
jarayonda davlat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- birinchidan, yosh avlodga oʻzligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash
tuygʻularini, xalqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini,
jamiyatimiz oldiga bugun qoʻyilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;
- ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud boʻlgan hurfikrlikdan qat’iy nazar
yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, elyurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona gʻoya - milliy mafkuraga
sadoqat ruhida tarbiyalash;
- uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda
Oʻzbekistonga munosib hurmat tugʻdirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;
- toʻrtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak
odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
- beshinchidan, yosh avlodni ulugʻ ajdodlarimizning munosib vorislari
ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash
ruhida tarbiyalash Oʻzbekistonda oʻquvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb
masalasidir.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar amalga oshirishdan koʻzlangan maqsad:
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir koʻrsatishga, umuman
mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay oʻzgartirishga;
ikkinchidan, insonning hayotda oʻz oʻrnini topishini tezlashtirishga;
uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda;
toʻrtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni toʻla roʻyobga chiqarishga;
13
beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy
dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris boʻlgan, kuchli fuqarolik
jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan.
“Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi
Kontseptsiyasi”da
taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar
uygʻunligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi oʻzaro
aloqalari, uygʻun yoʻnalishlari belgilab olindi.
Milliy tarbiya yoʻnalishi orqali yoshlarda oʻzlikni anglash, vatanparvarlik,
milliy gʻurur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy
odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yoʻnalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik,
ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yoʻnalishlari amalga oshiriladi. Bu
Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi
14
II BOB YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA
MAKTAB HAMKORLIGINING PEDAGOGIK MANBALARINI
OʻRGANISH
2.1 Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va
metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa
bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq boʻladi. Biz quyida ota-onalar
bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz4:
1.
Oʻquvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng
samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari oʻquvchining ota-onasi, uning
yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2.
Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina
oʻquvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani
tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy
maslahatlar berib, ularga oʻquvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3.
Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa oʻquvchiga chaqiriqlar yoki maxsus
da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4.
Ota-onalar sinf majlisini oʻtkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi
orqali amalga oshiriladi.
5.
Ota-onalarni
maxsus
pedagogik
va
psixologik
bilimlar
bilan
qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar oʻtkaziladi.
6.
Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf oʻquvchilarning
xususiyati, xarakterini yaxshiroq oʻzlashtirish imkonini beradi.
7.
Ota-onalarning
tarbiya
borasidagi
ilgʻor
tajribalar
bilan
fikr
almashish, oʻrtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda boʻlishi mumkin:
a)
yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin?
b)
oʻquvchining kundalik rejimi haqida.
v) “Ota-onalarning obroʻsi” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya
4
Mavlonova R.,O`To`raeva,K.Xoliqberdiev.Pedagogika.-T.:"O`qituvchi", 2018.
15
berish” va hokazolar toʻgʻrisida anjumanlar oʻtkazish.
8.
Maktab qoshida
ota-
onalar
universitetlarini
tashkil
etish
va
bu
universitetlardan tizimli ish olib borish:
a)
ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
b)
“Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda ogʻzaki jurnal.
v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa sinf rahbarlarini
tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari gʻoyat keng, koʻp
qirrali boʻlib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha
turar joylardagi va oʻquvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik
bilan ham yaqin aloqada boʻlishni taqozo etadi.
Bizning yosh avlod xalqimizniig inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini
oʻzlashtirib, oʻziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — gʻoyaviy e’tiqod va
matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisodiy, siyosiy va jangovar qudratini
mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina oʻz bobolari va otalari
ishini davom ettira va koʻpaytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim oʻrin
tutishlari kerak.
Buni barcha sinf rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning
huquqiy yetukligi shaxs ijtimoiylashuvining mahsuli ekanligini har bir oilaga
tushuntirish gʻoyat muhimdir. Oila
shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni
roʻy beradigan, uning axloqi, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan
dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan jamoadir.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun
hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir koʻrsatishga qodirdir
va odatda ta’sir koʻrsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning
mafkuraviy va psixologik ta’sir koʻrsatiishning chuqur oʻziga xosligi bilan
uygʻunlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu
bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur boʻgʻiniga ham aylantiradi.
Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning oʻziga xos
16
xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi,
obroʻliligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. Oʻz farzandining barcha zaif va kuchli
tomonlarini yurgakdagi chogʻidan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni
ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan
yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, doʻstlikka, muhabbatga
oʻrgata oladi!
Ma’lumki, xilma- xil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng samarali
rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, shaxsni oiladan boshqa qaerda
ham faoliyatning xilma- xil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy tarbiyaning
qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik
shaxslik paytida oilada
egallangan narsalar bir umr saklanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota- onalarning
shaxslarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab
qoʻyilgan.
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar,
eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham
muhimdir, ularga ;muvofiq oʻsib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga
oilaning qoʻshadigan hissasi turli yosh bosqichlarida turlicha boʻladi va
toʻlqinsimon oʻzgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli boʻladi, shundan
keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri boshlanadi. Uning
navbatdagi odatda maktabgacha yosh tugaydigan paytga toʻgʻri keladi, shundan
keyin taxminan oʻsmirlik davrigacha u zaiflashgandek boʻladi. Yana ota-onalariing
ta’siri ota-ona oilasidan ajralib, oʻz oilasini tuzguncha ancha kuchayadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning ma’lumotlari ba’zan
shaxsning
imkoniyatlari toʻgrisidagi barqaror tasavvurlarni oʻzgartirib yuboradi. Masalan,
ych yillik shaxslar olimlar bir necha yil muqaddam taxmin qilganlariga nisbatan
ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti yoshli
shaxslar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni
yurishdan oldin suzishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga
oʻrganish mumkinligi va hokazolar ma’lum boʻldi.
Vaholanki, tajribaning koʻrsatishicha, ota-onalar koʻpincha oʻzlarini
17
tarbiyaviy ishga toʻla tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni
egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xusuiyatini taniqli
pedagog va psixolog K. D. Ushinskiy oʻz davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati,
deb degan edi u, — shunday
xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va
tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish
boʻlib tuyuladi — odam bu ish bilan
nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish boʻlsa, unga bu shunchalik
tushunarli va oson boʻlib koʻrinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab
etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tugʻma qobiliyat va malaka, ya’ni
koʻnikma kerak, deb oʻylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tugʻma qobiliyat
va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilish.
Bunday bilimlarning yoʻqligi oilaviy tarbiyada koʻplab
xatolarga olib keladi,
guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yoʻq. Bu jihatdan
ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchiliklari va xatolarini
ajratib koʻrsatish mumkin:
1.
Ota-onalarning
shaxslar bilan muomalasining yetishmasligi. Ular
oʻzlari, ishlari haqida kam soʻzlab beradilar, oʻquv bilim yurti oʻquvchilar
jamoasining hayoti, oʻz shaxssining qiziqishlari, uning jamoat ishlari, bu ishga
munosabati va hokazolar bilan kam qiziqadilar. Muomalaning yetishmasligi
shaxslarning ota- onadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada
faolroq ta’sir koʻrsatish imkoniyatidan mahrum etadi.
2.
Shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat
tarbiyasini tashkil qila bilmaslik ona ishga koʻmilib ketgan paytda shaxslar oilaviy
ishlardan, turar joylardagi ishlardan va hokazolardan ozod etiladilar. Buning
natijasida mehnatga mensimay munosabatda boʻladilar.
3.
Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi
oʻquv
muassasasining pedagogik kuch-gʻayratini yoʻqqa chiqaradi.
4.
Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi — onda-sonda
oʻqishini tekshirish,
biror
nojoʻya ish uchun jazolash va hokazolar axloqiy
immunitet hosil boʻlishiga yordam bermaydi.
5.
Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi — ijobiy
18
namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti-harakatni
mashk kiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning
kattalar xohishiga salbiy munosabatini tugʻdiradi, mustaqillikning rivojlanishini
susaytiradi.
6.
Harakatlarning oʻquv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u
bilan kelishmovchilik. Tarbiyalanuvchida pedagogga, oʻquv bilim yurtiga
ishonchsizlik paydo boʻladi va oʻsib boradi, bu esa uning
kamchiliklarini
tuzatishni qiyilanshtiradi, pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
7.
Ayrim ota-onalarning shaxslar ulgʻayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni
susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga, oʻquv
bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi.
8.
Qarorlar qabul qilishda kechikish. SHaxs katta boʻlgandan keyin aqli
kirib, tuzaladi deb oʻylash odatda oʻzini oqlamaydi, koʻpincha qayta tarbiyalashni
talab etadigan pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalarning tarbiya usullarini
bilishlarini,
shaxslar ulgʻayishi bilan ularni oʻzgartirishni
bilmaslik yoki
istamaslik ota bilan onaning talablari birligining, pedagogik odob, chidamning
yoʻqligi, ota-onalarning turmushning ma’naviy tomoniga zid tarzda moddiy
tomoniga qiziqib ketishi va boshqalarni qoʻshish mumkin.
Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda sinf rahbari oʻz
shaxsiy xususiyatlari tajribasini, oʻquvchilarning oilalarida vujudga kelgan oʻziga
xos xususiyatlarni, ota-onalarning bilim va tajribasini, tarbiyalanuvchilarni
tarbiyalashda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xatolar va qiyinchiliklarni, fe’l-atvor
xususiyatlarini, oʻquv muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar
bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hokazolarni hisobga olib
belgilaydi,
tajribaning
koʻrsatishicha,
sinf
rahbarining
ota-onalar
bilan
hamkorligining ommaviy, sinf. tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini oqilona
birga qoʻshib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orqali
erishiladi.
Koʻrsatilgan shakllar ta’rifi va ularni qoʻllashning eng yuqori natija berishini
19
ta’minlaydigan shart-sharoitlarga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
Oʻquvchilarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud boʻlib ular
quydagilardir:
—oilada sogʻlom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga
olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama oʻrnak boʻlishi, farzandlarning otaonasiga, Vatanga muhabbat tuygʻusini shakllantirish, oʻzaro gʻamxoʻp boʻlishni
ta’minlash;
—oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining oʻz huquq va
burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
—farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va
ma’naviyatli kishilar boʻlib yetishishlarini ta’minlash;
—bozor munosabatlariga mos boʻlgan kasb-hunar oʻrgatish, iqtisodiy
tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
- shaxslarning ma’naviy barkamol va jismonan sogʻlom boʻlishlari uchun
iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
- shaxslarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish, istiqlol gʻoyalari va milliy
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- shaxslarning boʻsh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli
tashkil qilish, ularga qoʻshimcha ta’lim berish;
- farzandlarida mavjud boʻlgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur
sharoitlarni yaratish;
- oʻz farzandlarining oʻquv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi
burchlarini toʻla ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli boʻlish;
- ota-onalar oʻzlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo
oshirib borishi;
- shaxslarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini
shakllantirish;
- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yoʻnalishlarini uygʻun
holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash;
- sanitariya-gigiyenik,
ekologik
koʻnikmalarni
singdirish,
diniy
20
aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;
- oila, oʻquv bilim yurti va mahalla oldida oʻz farzandlarining barcha hattiharakatlari uchun javobgardir;
- sogʻligida va aqlida nuqsonlari boʻlgan farzandlariga hayot talablariga mos
ravishda bilim va kasb-kor oʻrgatishdan iborat.
Ota-onaning farzand oldidagi burchi, oʻzbekona ta’bir bilan aytganda,
farzandga yaxshi nom qoʻyish, yaxshi muallim qoʻliga topshirib savodini
chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.
2.2 Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini
amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.
Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda
ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki
bularsiz tarbiyada koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmaydi. Oila, mahalla, oʻquv
bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda
samaradorlik yanada yuqori boʻladi5:
- ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari
harakatlarining ish birligi;
- tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uygʻunligi;
- hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
- faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;
- hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va
uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga
tibbiyot xodimlari, obroʻli xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va
otalar
oʻquv muassasasilari" faoliyatini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning oʻquv muassasasigacha boʻlgan davridagi
jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish,
5
Mavlonova R., B. Normurodova, N. Rahmonqulova, Tarbiyaviy ishlar metodikasi.- T.:"Tib-kitob", 2010.
21
voqealarni bayon qilish, oʻziga oʻzi xizmat qilish, harf tanish, qoʻshiq, aytish va
raqs tushish, turli oʻyinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va
mustaqil ravishda bilim olish koʻnikmalarini shakllantirish yuzasidan
oʻquv
muassasasiga tayyorlash sinflari, "Yakshanbalik oʻquv maskanlar" ishini tashkil
qilish.
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun moʻljallangan (6-11 yosh) oʻquv
muassasalarida
shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini
ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, oʻz hatti
- harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, boʻsh vaqtini toʻgʻri tashkil
qilishni oʻrgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda boʻlib, doʻstlik, baynalmilallik,
vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
Toʻrtinchi bosqich. Oʻsmirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga
chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish,
jismonan baquvvat boʻlishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli
kasblarga yoʻnaltirish, oʻsmirlar sinflari va jamoatchilik orasida oʻz oʻrnini topa
olishiga koʻmaklashish, oʻz hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari
oldida javobgarlik tuygʻusini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil
dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga
mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini
ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari
boʻyicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil boʻlishlariga shart-sharoit
yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga
javobgarlik hissini toʻla shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv koʻrsatmalarni samarali
bajarish uchun oila, mahalla, oʻquv muassasasi hamkorligi faoliyati oʻziga xos
pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega boʻlishi zarur.
Oʻtkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning
yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiiqan teran,
22
qiziqarli va koʻrgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va loʻnda,
estetik jihatdan keng koʻlamli boʻlishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va
toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos
boʻlishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sogʻlom avlod uchun", "Otaonangga rahmat", "Odobinga balli", "Sogʻ tanda sogʻlom aql", "Mehr chashmasi",
"Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq, hunar oz", Oʻgʻlim posbonim", «Hayot—ustoz,
xalq—muallim", "Oʻzbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va mas’uliyat",
"Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oila tinch — mahalla tinch", "Mustaqil hayot
boʻsagʻasida", "Askarlik — yigitlik oʻquv muassasasii", "Oila baxti — Vatan
baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz
kimmiz" kabi tadbirlardan iborat boʻlishi mumkin.
Bahslar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bagʻishlangan anjuman
va tantanalardan iborat boʻlishi mumkin.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi oʻz faoliyati toʻgʻrisida mahalla ahliga
har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tugʻilganda oʻquv-tarbiya
muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va
idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari toʻgʻrisida
hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va
uning izchilligiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
2.3 Yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining
pedagogik manbalarini oʻrganish
Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalash maktabni oila bilan mustahkam
bogʻlamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib
boʻlmaydi. Shu maqsadda ota-onalar oʻrtasida ta’lim-tarbiyaga oid tashviqot
ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, oʻquvchilarning
sinfdan
va
maktabdan
tashqaridagi
ishlarida
har
tomonlama
foydali
tashkilotchilariga aylantirish zarur.
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib
borishi shaxs ongiga koʻrsatayetgan koʻrinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib
23
kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari,
malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did,
farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy
va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayet ehtiyejga aylanib bormoqda. Tabiiyki,
bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. Toʻgʻr,
bunda ijtimoiy tarbiyaning oʻrnini inkor etib boʻlmaydi. Ana shu nuqtai nazardan
ularning birligiga, oʻzaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida
muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab
muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila oʻziga xos
ibtidoiy guruh boʻlib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.
Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo Ulugbek shunday
deganlar: "Oilada ota-onalar ayniqsa oʻqimishli ota-onalar oʻz farzandlarining
haqiqiy inson boʻlib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim". Shunday
ekan, har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga koʻproq e’tibor berishi, ularga alohida
vaqt ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin yoʻlatmasligi lozim
ekan. Ana shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat qiladigan, ularga ikki dunyoda
oboʻ olib keladigan yuzlarini yoruğ va boshlarini yuqori qiladigan farzand boʻlib
ulğayishadi. Uzoq va boy tarixga ega boʻlgan xalqimiz oʻzining ta’lim-tarbiyaga oid
ulkan merosga ega. Bu meros bugungi avlodni, insonparvarlik, mehr- muhabbat,
oqibat, vatanparvarlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Xozrgi
kunda bola tarbiyasiga, ularni jahon talablariga mos bilim olishlariga, hunar
egallashlari, har tomonlama yetuk inson boʻlib voyaga yetishlariga ota-onalar
ma’suldirlar. Tarbiyaning asosi oiladan boshlanadi.
Har bir inson dunyoga kelar ekan, uning insoniyligi, ahloq-odobi, xulq- atvori,
dastavval oʻz oilasida shakllanadi. Har bir ota-ona tarbiyaning oʻziga xos
qonunqoidalarni oʻzlashtirib, ularga amal qilishi lozim. Negaki oilada bola tarbiyasi
gʻoyat nozik, murakkab masala boʻlib, ota-onadan pedagogik bilim, katta
tarbiyachilik mahoratini talab qiladi.6
6
Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining
o’rganishning o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education
24
Bolani oʻrab olgan muhitning hammasini odamlar, narsalar, hodisalar uning
ongida, xulq - atvorida ma’lum iz qoldiradi, uni oʻzgartiradi, oʻstiradi. Oiladagi
tarbiyaning samaradorligi, albatta ota-onaning qanchalik bilimli, madaniyatli
boʻlishi, bola tarbiyasiga masʼulyat bilan qarashlari, farzandlari kelajagini chuqur
his etishlari, tajribada sinalgan milliy urf-odat va anʼanalardan unumli
foydalanishlariga bogʻliq.
Tarbiyada talabchanlik, ota-ona va katta yoshdagi kishilarning oʻzaro
ahilliklari, kichiklarga gʻamxoʻrlik, osuda turmush va halol mehnat faoliyati oilaviy
tarbiyaning asosini tashkil etadi. Bundan tashqari har bir oilada farzand tarbiyasida
aniq bir maqsad boʻlishi kerak. Eng muhimi, farzandlarimizni nafaqat boʻlajak otaona yoki aka-uka, opasingil sifatida, balki jamiyatning haqiqiy fuqarosi, kelajagiga
ishonuvchi, unga sadoqat bilan xizmat qiluvchi inson, vatanparvar posbon sifatida
ham tarbiyalashga eʼtibor berishimiz lozim.
Oilada doimo tinchlik boʻlishi, boʻsh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat,
san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning toʻgʻri tarbiyalashning asosiy
shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab boʻlib,
bunday ulkan mas’uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik
bilan hamkorlikda olib borish muhim oʻrin egallaydi.
Mahallaning ustunligi shundaki, bu yerda koʻp yillar davomida birga
yashagan, bir birini bilgan, sinagan, tanigan kishilar istiqomat qiladilar. Ular har bir
oiladagi muhitni va har bir bola tarbiyasini, ota-onasini mahallada tutgan oʻrni,
mavqei hamda imkoniyatlarni yaxshi biladilar.
Oila, mahalla, maktab hamkorligi rejasini tuzish:
- Tarbiyaviy ishlar oʻtkazish dasturi va shu dastur asosida mahallada
yashovchi har bir bola bilan bu tarbiyaviy ishlarni olib borish.
- Mahallada bolalar dam olishlariga, qiziqarli ishlar bilan shugʻullanishlariga
imkoniyat yaratib berish.
- Mahallada tarbiyaning ta’sirini oshirish.
Kabi koʻplab ishlarni olib borish, oʻquvchilarni har tomonlama axloqli tarbiya
25
topishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.
Taʼlim va tarbiya sohasiga etiborni kuchaytirish bu borada hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan va hujjatlarni, maʼmuriy koʻrsatmalarni samarali bajarish
uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi faoliyatini oʻziga xos pedagogik tizim,
uslub va shakllariga ega boʻlishilari zarur. Utkazilgan tadbirlar har tomonlama
puxta, shuning bilan qatnashganlarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik
mujassamlashtirgan, mantiqan teran, qiziqarli va koʻrgazmali, amaliy jihatdan qisqa
va loʻnda estetik jihatdan keng koʻlamli boʻlishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlarni
qamrab olgan holda, ularning yoshlaridan, qiziqishlaridan kelib chiqib ularni foydali
ishlarga yoʻnaltiriladi.
Bola tarbiyasida maktab oʻrni ham juda beqiyosdir. Har bir bola maktab
ostonasiga qadam qoʻyar ekan, oʻzining kelajakdagi qiladigan ishlarini jajji ongida
tasavvur qiladi. Maktabda olgan bilimlari, ta’lim-tarbiyasi, bu ishlarning amalga
oshishida albatta oʻz ta’sirini oʻtkazmay qolmaydi. Oila, mahalla, maktab
hamkorligida quyidagi tamoyillarga afnal qilinganida samaradorlik yanada
yuqoriroq boʻladi:
- ta’lim tarbiya jarayonida hamkorlik harakatlarining ish birligi
- tarbiyalanuvchiga xurmat va talabning uygʻunligi.
- hamkorlik jarayoni sub’ektlarning teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati.
- ota-ona farzandining maktabgacha boʻlgan davrdagi jismoniy, aqliy va
ma’naviy rivojlanishini ta’minlash.
Bularning barchasi bolaning yetuk inson boʻlib voyaga yetishida muhim
ahamiyatlardan biri hisoblanadi. Tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga
tatbiq etishda har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab oʻzining shart-sharoiti, atrofmuhitni taxlil qilinadi. 7 yoʻnalishlariga amaliy tarbiya ishlarini hayotga tatbiq etib
va shu kun talabi darajasida targʻibot ishlarini olib borilsa, natijada tarbiya
masalalari boʻyicha ijobiy yutuqlarga erishish mumkin..!
7
Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining
o’rganishning o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education
26
III BOB TA'LIM - TARBIYA JARAYONIDA OILA, MAHALLA VA
TA'LIM MUASSASASI INTEGRATSIYASI
3.1 Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligini
amalga oshirish mexanizmi.
Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida
ta’lim muassasasi tomonidan bajariladigan vazifalar:
- maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor
yaratish;
- oʻquvchi-yoshlarning sport turlari bilan shugʻullanishlariga yordam berish,
ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil qilish;
- bolalarga ta’lim berishni ilgʻor pedagogik texnologiyalar, zamonaviy oʻquvuslubiy dasturlar asosida tashkil etish, oʻquv-tarbiya jarayonlarini jahon
andozalariga mos ravishda ta’minlash;
- oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy
muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha boʻyicha kasb asoslariga yoʻnaltirish va
ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
- yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy,
ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish;
- oʻz hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yoʻlida
muvofiqlashtirish;
- tarbiyasi “ogʻir”, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash,
oilalarga pedagogik yordam berish;
- bola tarbiyasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida
oʻrganib, tajribalarini ommalashtirish8;
- oʻqish va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yoʻliga kirib ketgan oʻsmirlarni
hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar koʻrib, otaonalar yigʻinlarida muhokama qilish;
- tarbiya sub’ektlari boʻlmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar,
tabiatni muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy”, barcha jamgʻarma va
8
Raximjonov N. “Yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda oilaning roli” T., 2015 (B.M.I.)
27
jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari boʻyicha
milliy markazlar, kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish
korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga boʻlgan mas’uliyat
va javobgarligini muvofiqlashtirish;
- turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma’naviy,
ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi – maktab boʻlishiga
erishish;
- oʻquvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga
oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targʻib
qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli gʻoyalarning kirib kelishiga
qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;
- ta’lim muassasalari nizomlari asosida oʻquvchilarning maktabda joriy
qilingan tartibga amal qilishlarini va nizomda belgilangan oʻquvchilar libosida
ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishlarini ta’minlash;
- mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targʻib qilish, oʻsmir
yoshlarning dunyoviy bilimlarga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish;
maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy bilimlar
beruvchi “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini tashkil qilish.
Odobli, bilimdon va mehnatsevar, farzand nafaqat ota-onaning, balki butun
jamiyatning eng katta boyligidir. Bolani jamiyatda qabul qilingan qonunlarga, tartibqoidalarga va axloqiy normalarga rioya qilishga oʻrgatish avvalo oiladan boshlanadi.
Farzandning axloq-odobi, xulq atvori dastavval oilada shakllanadi, undagi
insoniylikning ilk xislatlari ota-ona bergan tarbiya orqali vujudga keladi. Oilada otaona, mahallada qoʻni-qoʻshni va maktabda pedagog-tarbiyachilarning doimiy
nazorati ostida boʻlgan bolada axloqiy rivojlanish jarayoni ravon kechadi. Bolaning
oilada olgan tarbiyasini rivojlantirishda ayniqsa maktab ta’limi alohida oʻrin tutadi.
Maktab bolaning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va
unga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berishda ota-onalar bilan faol hamkorlik
qilishi zarur.
28
3.2 Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligida tashkil etiladigan
pedagogik faoliyat mazmuni.
Ta’lim muassasalarida mazkur tadbirni samarali tashkil etish maqsadida uni
quyidagi tartibda tashkil etish tavsiya etiladi.
1.
Ta’lim muassasalarida «Ota-onalar majlisi» alohida sinflar va
umummaktab miqyosida tashkil etiladi.
A) Sinf ota-onalar majlisi – oʻquv yili davomida besh marta (oʻquv yili
boshlanishi oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida) oʻtkaziladi. Oʻquv yili
boshlanishidan oldin oʻtkaziladigan majlisda ota-onalar maktabning ichki-tartib
qoidalari bilan tanishtirilib, oʻquvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar
asosida ta’lim-tarbiya berish jarayonida maktab jamoasi bilan amaliy hamkorligi
borasidagi majburiyatlari (shartnoma asosida) belgilab beriladi. Oʻquv yili
choraklari yakuni boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarda oʻquvchilarning oʻzlashtirishi,
ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etish holatlari, tarbiya jarayonida
yuzaga kelgan ziddiyatlar muhokama qilinib, ularni hal etish choralari koʻriladi.
B) Umumiy ota-onalar majlisi – oʻquv yili boshi va oxirida oʻtkazilib, unda otaonalar maktab hayoti, oʻquv yili davomida olib boriladigan hamda amalga oshirilgan
tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari bilan tanishtiriladi. oʻquv yili boshida
oʻtkaziladigan maktab ota-onalar majlisining umumiy mavzusi oʻquvchilarga zamon
talablari
asosida
ta’lim-tarbiya
berish
uchun
zarur
shart-sharoitlarni
(hamkorlikda)yaratishga qaratilishi lozim. oʻquv yili oxirida oʻtkaziladigan maktab
ota-onalar majlisi esa hisobot shaklida tashkil etilib, unda rahbariyat tomonidan otaonalarga oʻquv yili davomida amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning
natijalari toʻgʻrisida axborot beriladi va maktab «Vasiylik kengashi»ning hisoboti
eshitiladi.
2.
Sinf ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1) sinf rahbari tomonidan maktab ma’muriyati bilan kelishgan holda sinf otaonalar majlisining kun tartibi va oʻtkazish kuni belgilanadi (bunda ota-onalar
majlisining umumiy mavzusi oʻquvchilarning ta’lim-tarbiyasi borasida oʻzaro
hamkorlikni mustahkamlashga qaratilishi lozim);
29
2) sinfdagi barcha oʻquvchilarning ota-onalariga yigʻilish oʻtkaziladigan kun,
vaqti va uning kun tartibi toʻgʻrisida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi.
3) ota-onalar majlisiga kelgan soha mutaxassislari va ishtirokchilar yoʻqlama
qilinib, yigʻilish boshlanadi (yigʻilish boshlanishidan oldin oʻquvchilar tomonidan
tayyorlangan qisqa muddatli badiiy dastur tashkil etilishi, ota-onalarga ta’lim
sohasidagi islohotlar boʻyicha (slayd yordamida) ma’lumotlar berilishi mumkin).
yigʻilish kun tartibidan oʻrin olgan mavzular hayotiy misollar, tarbiyaviy
ahamiyatga ega rivoyat va hadislar orqali qiziqarli tarzda ochib beriladi hamda otaonalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob beriladi. sinf
rahbari tomonidan har bir oʻquvchining oʻzlashtirishi va xulqi boʻyicha ota-onalarga
umumiy ma’lumot berilib, yuzaga kelgan munozarali vaziyatlar tahlili asosida
oilada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish yuzasidan pedagogik, uslubiy yordam
koʻrsatiladi. shuningdek, har oy yakunlari boʻyicha e’lon qilingan «Eng faol
oʻquvchi» hamda «Eng faol sinf»lar toʻgʻrisida ota-onalarga ma’lumot berilib, sinf
yoki maktab miqyosida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma
topshiriladi. Qolgan ota-onalarga kelgusida farzandlari ham ushbu mavqeni
egallashlariga amaliy yordam koʻrsatishlari boʻyicha tavsiyalar beriladi. yigʻilish
kun tartibiga rejadan tashqari kiritilgan turli masalalar oʻrnatilgan tartibda
muhokama qilinadi (bunda moliyaviy masalalar muhokama qilinishaga yoʻl
qoʻyilmaydi). yigʻilishning samaradorligini baholash va kelgusi yigʻilishlarda
qamrab olinishi lozim boʻlgan dolzarb mavzularni aniqlash maqsadida otaonalarning fikrlari yozma ravishda olinadi. yigʻilish yakunlanganligi e’lon qilinib,
farzandining ta’lim-tarbiyasi yuzasidan alohida axborot olishni xohlagan otaonalarga yigʻilishdan soʻng suhbatlashish uchun qolishlari mumkinligi eslatiladi.
3. Ota-onalar bilan oʻtkaziladigan ilk suhbat chogʻida ota-onalarning
farzandlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash borasidagi faollik darajasini
aniqlashga yordam beruvchi anketa soʻrovlarini oʻtkazish mumkin. Soʻrovnomalar
farzandining
ma’naviy-axloqiy
tarbiyasi
va
oʻquvchilik
madaniyatini
shakllantirishga nisbatan ota-onalarning shaxsiy munosabatlarini aniqlashga
30
qaratilishi lozim. Shu oʻrinda «Siz qanday ota-onasiz?» deb nomlangan namunaviy
test savollari ilova qilinadi.
4. Umumiy ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi: maktab
rahbariyati tomonidan «Ota-onalar qoʻmitasi» va «Vasiylik kengashi» bilan
kelishgan holda umummaktab ota-onalar majlisining kun tartibi va oʻtkazish kuni
belgilanib, barcha oʻquvchilarning ota-onalariga yigʻilish vaqti va uning kun tartibi
toʻgʻrisida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi. Maktabda bir oiladan ikki
yoki undan ortiq bola ta’lim olayotgan boʻlsa, ular uchun bir nafar ota yoki ona
ishtirok etishi etarli hisoblanadi. umumiy ota-onalar majlisi ta’lim muassasasining
imkoniyatlaridan kelib chiqib, barcha ota-onalar uchun bir vaqtda yoki 1-4-sinf va
5-9-sinf oʻquvchilarining ota-onalari uchun alohida vaqtlarda tashkil etilishi
mumkin. umumiy ota-onalar majlisiga maktab hududidagi mahalla raislari, ularning
diniy-ma’rifat va axloqiy tarbiya ishlari boʻyicha maslahatchilari, voyaga
yetmaganlar ishlari boʻyicha profilaktika inspektorlari taklif etiladi. majlisga taklif
etilgan mutaxassislar va ishtirokchilar yoʻqlama qilinib, yigʻilish boshlanadi. Unda
ota-onalarga yurtimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor, uzluksiz ta’lim sohada
amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, bitiruvchilar uchun yaratilgan
shart sharoitlar toʻgʻrisida koʻrgazmali ma’lumotlar beriladi. kun tartibidan oʻrin
olgan ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy mavzular bilan birga elyurt hurmatiga sazavor boʻlgan, farzandlarini munosib tarbiyalab kamolga etkazgan
kishilarning bu boradagi tajribalari haqida yigʻilganlarga tavsiyalar berishi
maqsadga muvofiq. yil yakuni boʻyicha oʻtkazilayotgan umumiy ota-onalar
majlisida namunali xulqi va a’lo oʻqishlari bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlgan
oʻquvchilarning ota-onalariga maktab ma’muriyatining tashakkurnomalari va
nominatsiyalar («Eng namunali ota-ona», «Eng faol ota-ona», «Eng fidoiy ota-ona»
va hakozo) boʻyicha faxriy yorliqlari topshiriladi. shuningdek, oʻquv yili davomida
e’lon qilingan «Eng faol oʻquvchi» hamda «Eng faol sinf»lar toʻgʻrisida otaonalarga ma’lumot berilib, maktab miqyosida gʻolib boʻlgan barcha oʻquvchilarning
ota-onalariga hamda sinflarning ota-onalar qoʻmitasi raislariga tashakkurnoma
topshiriladi.
31
5. Ota-onalar bilan oʻtkaziladigan har bir yigʻilishda oʻquvchilarning
ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi
lozim: A) Har bir oʻquvchiga shaxs sifatida yondoshish, ulardagi qobiliyatlarni erta
aniqlash, erkin fikrlashlarini shakllantirish va kasbga yoʻnaltirib borish. B) Oʻquvchi
tarbiyasiga individual yondoshish, tarbiyaviy boʻshliqlarini aniqlash, uning
ma’naviy-axloqiy tarbiyasi monitoringini olib borish, bu jarayonga (kundalik va
tashxis daftariga qayd etish orqali) ota-onalar e’tiborini qaratilishini tashkil etish. V)
Oʻz navbatida ota-onalar tomonidan farzandi bilan yakka tartibda shugʻullanish
(bolaning kun davomidagi xatti-haraktlarini muhokama qilish, kundalik daftaridagi
bilimi va hulqiga qoʻyilgan baholar boʻyicha munosabat bildirish, uy vazifalarini
bajarganligini nazorat qilish)ga etarli miqdorda vaqt ajratish.
Ota-onalar majlisi maktab va sinf hayotidagi favqulodda holatlar va zaruriyatlarga
qarab navbatdan tashqari tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, yuqori sinf
qizlarining onalari (yoki ularni oʻrnining bosuvchi shaxslar), oʻgʻil bolalarning
otalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) uchun alohida majlis qilish ham
tarbiyaviy ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Sinf ota-onalar yigʻilishlarida foydalanish uchun bir qancha metodika ishlab
chiqilgan boʻlib, quyidagi shulardan bitta namunasi keltirilgan. Siz oʻz
faoliyatingizda ushbu metodikadan foydalanishingiz mumkin.
3.3 Oʻquvchilar shaxsini shakllantirishda oila maktabning hamkorlik ishlari
mazmuni
Mamlakatimizda bolalar Toʻgʻrisida, onalar haqida gʻamxoʻrlik qilish chinakam
davlat ahamiyatiga molik ishdir. "Jamiki yaxshi narsalar-bolalarga" shiori yanada
baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala yuzasidan qabul qilingan
qarorlar fikrimizning isbotidir. Ma'lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham,
maktabda oʻqish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy
kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir koʻrsatishi tabiiy
holdir.
Oila a'zolarining ma'naviy birligi yoshlami har tomonlama kamol
toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bolalarni barkamol
32
inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustaxkam boglamayturib, tarbiya
sohasidagi butun ishlami muvaffaqiyatli amalga oshirib boʻlmaydi. Shu maqsadda
ota-onalar oʻrtasida ta'lim -tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni
maktabning faol yordamchilariga, oʻquv -chilarning sinfdan va maktabdan
tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi
shaxs ongiga koʻrsatayotgan koʻrinmas ta'sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda.
Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb -hunari, malakalari kamlik
qilib qolmoqda.
Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob, emotsional
madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari
kundalik hayot ehtiyojga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy
tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. Toʻgʻri, bunda ijtimoiy tarbiyaning
oʻmini inkor etib boʻlmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ulaming monolit birligiga,
oʻzaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga
erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan
biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila oʻziga xos ibtidoiy guruh boʻlib,
tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi. Ta'kidlaganimizdek,
oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta'sir
koʻrsatadi. Masalan, yasli, bogʻchalarga bormay, faqat oilada oʻsgan va voyaga
yetgan bolalar maktabga borganlarida oʻz tengqurlari ichida koʻp jihatlari bilan
ajralib
turadi.
Oilaning
bolalarga
moddiy
va
ma'naviy
gʻamxoʻrligini,
koʻrsatayotgan tarbiyasini yasli, bogʻcha tarbiyasi bilan yoki, aksincha, yasli,
booʻcha tarbiyasini oilaviy tarbiya bilan almashtirib boʻlmaydi.
Faqat oʻzaro hamkorlik masalani ijobiy hal etish imkoniyatini beradi.Lekin
oʻzining xususiyatlari va takrorlanmas ta'siri bilan oila b ola tarbiyasida muhim
omilliligicha qoladi. Amaliyotda kuzatganimizdayoq bolada ota-onasining mehri,
erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh-uruoʻlariga boʻlgan issiyotlari
shakllanadi.
Bolaning otasiga boʻlgan hurmati onaning hurmatini joyiga qoʻyis hda asos
33
boʻladi. Onaga boʻlgan mehr-muhabbat oqibat natijada oʻz oilasiga, xotini,
farzandlariga boʻlgan munosabatlarda oʻz aksini topadi.Ikkinchi tomondan bolalar
ham oʻz ota-onalariga ta'sir koʻrsatadilar. Oilaviy aloqalarning, oilaviy qiziqish,
ma'naviy qoniqish hislarining takomillashiga sabab boʻladilar. Ota - onalarning
oʻziga va bolalariga boʻlgan talabchanligi, katta va kichiklarning oʻzaro
munosabatlari, doʻstona muhit, ishonch va oʻzaro bir - birlarini tushunish oila,
maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan muhim
omillaridir. Bunday biriikning ruyobga chiqishida, eng avvalo, ota- onalarning
siyosiy ongliligi muhim rol oʻynaydi.
Chunki ota - onalarning faolligi oilaviy hayotda oʻz ifodasini topadi. Shu
ma'noda bolalar oʻz ota - onalarining siyosiy va fuqarolik qiyofalariga qarab oʻz
xulqatvorlarini tartibga soladilar, jur'atlarini joyiga qoʻyadilar. Bolalar uloʻaya
boshlasbi bilanoq oʻz otaonalarining qayerda ishlashlari, jamiyatda tutgan oʻrinlari,
ularning bilimiga qiziq a boshlaydilar. Shuning uchun ham ota-onalarning nimalarga
qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini bolalar mumkin qadar ertaroq
bilganlari ma'qul. Ota-ona qanday ishda boʻlmasin, uni jiddiy, el hurmatiga loyiq bir
ish deb biladigan boʻlishi kera k. Bu borada oiladagi tarbiyaning maqsadga muvofiq
tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik ma'lum darajadamaktabga yuklanadi. Oiladagi
hukmronlikning tarbiyaviy jihatdan Toʻgʻri boʻlishini ta'minlash maktabning muhim
vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli tashkil etilishiga dastlabki
ta'sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish
yuzasidan rahbarlik qila oladi.
Bu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida otaonalar
oʻrtasida olib borilad igan tarbiyaga oid taroʻibotning, roli benihoyadir. Chunki ota
onalarni hozirgi zamon ruhiy-ta ’l im -tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib,
oilaviy tarbiyani yoʻlga qoʻyib boʻlmaydi. Ommaviytarbiyaviy taroʻibotda eng
yaxshi oilalar namunasida ta'si r koʻrsatish eng maqbul yoʻldir. Bola tarbiyasi
yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb
masalaligi ham mana shundadir.
Chunki, birinchidan,
bola tarbiyasida oila,
maktab va jamoatchilik
34
hamkorligining oʻzi murakkab jar ayon boʻlib, bunda muallimlardan tashqari ishlab
chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar.
Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-uruoʻlar turli mehnat jamoalarining vakillari
boʻlib, ishlab chiqarish va yor -u doʻstlarining ma'naviy hayotlaridagi omillarni
muhokama qiladilar, ularning hayotga, san'atga, oilaviy majburiyatlarga boʻlgan
munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarida
tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalaming koʻchada, jamoat joylaridagi hayot
faoliyatlariga qarab oʻz ota-onalariga baho beradilar.
Toʻplangan tajribalarini booʻcha, maktabdagi oʻrtoqlari bilan muhokama
qiladilar va hokazo. Uchinchidan, oʻzbek oilalari, ularning hayot tarzi
jumhuriyatimizdagi ulkan ijtimoiy vo qealar natijasida sifat jihatidan oʻzgarishlarga
uchramoqda. Shu sababli hozirgi kunda oilaviy tarbiyada sifat va mazmun jihatidan
oʻzgarishlar qilish uchun yangi samarador yoʻl va usullar qidirilmoqda.
Oʻzbek oilalarining bolalar tarbiyasi uchun imkoniyat doiralari ancha keng
boʻlib, koʻplab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi ta'minlangan. Ota-onalar eng
kamida oʻrta ma'lumotli. Bunday holatlar ota-onalarning pedagogika, psixologiya
sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va maktab bilan hamkorlikda bola lar
tarbiyasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi
35
XULOSA
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, amlakatimizda soʻnggi yillarda qabul
qilingan ta’lim va tarbiya toʻgʻrisidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan
Oʻz3bekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida"gi qonuni”, “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan,
mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va oʻquv bilim yurti
nufuzini yanada yuqori pogʻonaga koʻtarishni taqzo etadi.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti
davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir koʻrsatishga qodirdir va
odatda ta’sir koʻrsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning
mafkuraviy va psixologik ta’sir koʻrsatiishning chuqur oʻziga xosligi bilan
uygʻunlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan
birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur buginiga ham aylantiradi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya
toʻgʻrisidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining
"Ta’lim toʻgʻrisida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi
kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va oʻquv bilim yurti nufuzini yanada yuqori
pogʻonaga koʻtarishni taqzo etadi.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti
davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir koʻrsatishga qodirdir va
odatda ta’sir koʻrsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning
mafkuraviy va psixologik ta’sir koʻrsatiishning chuqur oʻziga xosligi bilan
uygʻunlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan
birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur buginiga ham aylantiradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari gʻoyat keng, koʻp qirrali
boʻlib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar
joylardagi va oʻquvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan
ham yaqin aloqada boʻlishni taqozo etadi.
Bizning yosh avlod xalqimizniig inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini
36
oʻzlashtirib, oʻziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — gʻoyaviy e’tiqod va
matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisodiy, siyosiy va jangovar qudratini
mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina oʻz bobolari va otalari
ishini davom ettira va koʻpaytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim oʻrin
tutishlari kerak.
Buni barcha sinf rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning
huquqiy yetukligi shaxs ijtimoiylashuvining mahsuli ekanligini har bir oilaga
tushuntirish gʻoyat muhimdir. Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni roʻy
beradigan, uning axloqi, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan
dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan jamoadir.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti
davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir koʻrsatishga qodirdir va
odatda ta’sir koʻrsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning
mafkuraviy va psixologik ta’sir koʻrsatiishning chuqur oʻziga xosligi bilan
uygʻunlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan
birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur boʻgʻiniga ham aylantiradi.
Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning oʻziga xos
xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi,
obroʻliligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. Oʻz farzandining barcha zaif va kuchli
tomonlarini yurgakdagi chogʻidan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni
ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan
yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, doʻstlikka, muhabbatga
oʻrgata oladi!
Ma’lumki, xilma- xil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng samarali
rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, shaxsni oiladan boshqa qaerda ham
faoliyatning xilma- xil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy tarbiyaning qimmatliligi
va ahamiyati yana shundaki, kichik shaxslik paytida oilada egallangan narsalar bir
umr saklanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota- onalarning shaxslarni har tomonlama
tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qoʻyilgan.
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar,
37
eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham
muhimdir, ularga ;muvofiq oʻsib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning
qoʻshadigan hissasi turli yosh bosqichlarida turlicha boʻladi va toʻlqinsimon
oʻzgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli boʻladi, shundan keyin oilaviy
ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri boshlanadi. Uning navbatdagi
odatda maktabgacha yosh tugaydigan paytga toʻgʻri keladi, shundan keyin taxminan
oʻsmirlik davrigacha u zaiflashgandek boʻladi. Yana ota-onalariing ta’siri ota-ona
oilasidan ajralib, oʻz oilasini tuzguncha ancha kuchayadi.
38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.
1 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: 2014 – yil.
2 Mirziyoyev Sh.M.. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T.: “Ma’naviyat”.
2018.
3 Mirziyoyev Sh.M. “Barkamol avlod – Oʻzbekiston taraqqiyotining
poydevori”.T.: “Oʻzbekiston”. 2017 – yil.
4 Mirziyoyev Sh.M. “Xotira va qadrlash muqaddas ma’naviy tuygʻu” , T.: 2017 y
5 Mirziyoyev Sh.M.. Buyuk kelajagimizning huququiy kafolati. – Toshkent, SHarq
nashriyot-matbaa kontserni Bosh tahririyati, 2017, 27-28-bet.
6 Baubekova Z.D.Tarbiyaviy ishlar metodikasidagi koʻrsatmalar. – T. 2016 y.
7 Ismailova Z. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi.T.:2006.
8 Mavlonova R.,O`To`raeva,K.Xoliqberdiev.Pedagogika.-T.:"O`qituvchi", 2018.
9 Mavlonova R., B. Normurodova, N. Rahmonqulova, Tarbiyaviy ishlar
metodikasi.- T.:"Tib-kitob", 2010.
10 Ortiqov N.O., Joʻrayev A.J. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi kengashi.
T.:“Oʻqituvchi”, 2020.
11 Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq
pedagogikasini manbalarining oʻrganishning oʻrganishning ilmiy-nazariy asoslari.
11 Ochilov M. “Muallim – qalb me’mori” T.: “Oʻqituvchi” 2001.
12 Ochilov M. “Oʻqituvchi odobi” T.: “Oʻqituvchi” 2017.
13 Ruvinskiy P.I. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.. – T. 2011 y.
14 Raximjonov N. “Yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda oilaning roli” T.,
2015 (B.M.I.)
15 Yoʻldoshev
J.«Zamonaviy
oʻzbek
oilalarida
oʻsmir bolalar
shaxsining shakllanishi” nomzodlik dissertatsiyasi, T., 2012
16 Yoʻldoshev J.Gʻ.Oʻquvchi ma’naviyatini shakllantirish (qoʻllanma)-T.:-2010.
17 Xoʻjaev N. Tarbiya nazariyasi. va boshqalar. – T.: – 2013.
18 Xasanboeva O. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.T.:2011.
19 w.w.w. ziyonet . uz
20 w.w.w. pedagog. uz
39
Скачать
Учебные коллекции