O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI “KOMPYUTER INJIIRINGI” FAKULTETI 711_19-GURUH TALABASI MUXTOROV MUHAMMADAZIZNING “PYTHONDA GEOMA'LUMOTLAR TAHLILI” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: “ Ob’ekt-atribut munosabatlarini o‘rganib chiqish ” Tayyorladi: M.Muxtorov Qabul qildi: ________________ Farg’ona 2024 Ob’ekt-atribut munosabatlarini o‘rganib chiqish. Ob’ekt-atribut munosabatlarining afzalliklarini aniqlash. Ishdan maqsad: Ob’ektatribut munosabatlarini o‘rganib chiqish (o‘qituvchi nazorati orqali); Ob’ekt-atribut munosabatlarining afzalliklarini aniqlash. Topshiriq 2A: Ob’ekt-atribut munosabatlarini o‘rganib chiqish (o‘qituvchi nazorati orqali). ArcGIS dasturi axborotlarni turli xil ko‘rinishda aks ettirishi mumkin, masalan siz geografik ma’lumotlarni kartadagi ob’ektlar sifatida yoki jadvaldagi ma’lumotlar sifatida ko‘rishingiz mumkin. ArcGIS dasturiy ta’minotining kuchi - bu kartadagi ob’ekt va atribut jadvali deb nomlanuvchi jadvaldagi ob’ekt to‘g‘risidagi axborotlar orasida aloqani saqlash imkoniyatidir. Masalaning qo‘yilishi: Ushbu o‘qutuvchi nazorati ostida bajariladigan topshiriqda siz atribut jadvallaridagi axborotlar asosida karta ob’ektlarining qanday aks ettirilishi va yozuvlarning chiqarilishini ko‘rasiz va ular orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganasiz. Topshiriqni bajarish davomida quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz: - Atribut jadvallari va Qatlam Xususiyatlari (Layer Properties) muloqot oynasi bilan ishlash - Ob’ekt-atribut munosabatlarini tushunish - Karta yordamchilari (Map Tips) ni ishga tushurish Atribut maydoni asosida qatlamni aks ettirish - atribut maydoni asosida ob’ektlar yozuvlarini chiqarish 1-bosqich.ArcMapni ishga tushurish va karta xujjatini ochish - ArcMapni ishga tushuring. ArcMapda mavjud karta (an existing map) bilan ish boshlashni tanlang va \Student\Ma`lumot\Topshiriq02 papkasiga o‘ting. - Yellowstone_NP_features_04.mxd karta xujjatini oching. Yellouston milliy parki kartasini ko‘rasiz. - Bookmarks menyusidan Park chegarasi (Granitsa Parka)ni tanlang. - Agar kerak bulsa, ArcMap oynasini butun ekranga kattalashtiring. Shunda siz parkning butun xududini kurasiz. 2-Boskich. Atribut jadvalini va karta ob’ektini ko‘rish. Bu boskichda siz bir paytni o‘zida atribut jadvalini va karta ob’ektini ko‘rish yo‘li bilan ob’ekt-atributlarning munosabatini o‘rganasiz. Oldin aks ettirish oblastida ob’ekt tanlanganda, artibutli jadvalda bo‘ladigan o‘zgarishlarni ko‘rasiz. Shundan so‘ng, atribut jadvaldagi yozuv tanlanganda, kartani aks ettirish oblastida bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatasiz. Geodeziya, kartografiya va kadastr o Elementlar jamlangan jadvalda Cho‘qqilar (Vershinы) deb nomlangan qatlamni ustiga sichqonchani o‘ng tugmasini bosing. Tugmani bosishda paydo bo‘lgan qatlamning kontekst menyusi ushbu qatlamga tegishli punktlarni o‘z ichiga olgan, bular: Atribut jadvalini ochish (Open Attribute Table), Qatlamga yaqinlashtirish (Zoom to Layer), Xususiyatlar (Properties). Cho‘qqilar «Vershinы» deb nomlangan qatlamning ustiga bosganingizdan so‘ng, kontekst menyusidan quyidagilarni tanlab olishingiz mumkin: Qatlamga yaqinlashtirish (Zoom to Layer) – “Cho‘qqilar” qatlami butkul ko‘rinishga ega bo‘lguncha tasvirning masshtabini o‘zgartiradi Atribut jadvalini ochish (Open Attribute Table) – “Cho‘qqilar” qatlamining atribut jadvali ochiladi. Xususiyatlar (Properties) – “Cho‘qqilar” qatlami uchun Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) muloqot oynasi ochiladi. o Atribut jadvalini ochish (Open Attribute Table) ni tanlang. “Cho‘qqilar” qatlami uchun atribut jadvali ochiladi. “Cho‘qqilar” qatlamining atribut jadvali qator, maydon va yacheykalardan iborat. Xar bir qator qatlamda ob’ektni aks ettiradi (bizning misolda xar bir qator kartada tog‘ning cho‘qqisidir). Maydonlar atribut ma’lumotni o‘z ichiga oladi (bizning misolda xar bir tog‘ning nomi va balandligi). Yacheykalar ob’ekt uchun ma’lum bir atribut qiymatindan iborat (bizning misolda № 6 tepaligi Mount Haynes deb nomlangan va uning balandligi 8214). o Atribut jadvalni ekranning pastki chap qismiga suring. o Asboblar panelida Ob’ektlarni tanlash (Select Features) buyrug‘iga bosing. Geoaxborot tizimlari 51 o Kartani ustida tog‘ning istalgan cho‘qqisi ustiga bosing. Atribut jadvalda o‘zini qatori tanlanadi. Agar atribut jadvalda belgilangan qatorni ko‘rmasangiz, aylantirish chizig‘idan foydalaning. o Tanlash (Selection) menyusidan Tanlangan ob’ektlarni o‘chirish (Clear Selected Features) buyrugini tanlang. Kartani tasvirlanish xududi xam, atribut jadvalini kerakli qatori xam belgilanishi o‘chadi. o Chap tomonda joylashgan kichkina to‘rtburchakni ustiga bosib, atribut jadvalida istalgan qatorni tanlang. o Kartani tasvirlanish xududidagi kerakli ob’ekt belgilangan ko‘rinish oladi. o Tanlash (Selection) menyusidan Tanlangan ob’ektlarni o‘chirish (Clear Selected Features) buyrugini tanlang. o Qatlamning atribut jadvalini yoping. 3-bosqich. Karta eslatmalarini aktivlashtirish (MapTips) Podskazki kartы (MapTips), ya’ni Karta eslatmalari deb nomlangan komponentdan foydalangan xolda karta ob’ektlari hakida ayrim atribut ma’lumotlariga ruxsat (dostup) olishingiz mumkin. Karta eslatmalari (MapTips) yoqilgan xolatda sichqonchani ko‘rsatkichini ob’ekt ustida ushlab turib, konkret ob’ektni atribut qiymatlarini ko‘rishingiz mumkin. o Elementlar jamlangan jadvalning Cho‘qqilar qatlami ustida sichqonchani o‘ng tugmasini bosing va kontekst menyudan Xususiyatlar (Properties) tanglang. o Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) deb nomlangan katta muloqot oyna ochiladi. Buni ichidagi barcha zakladkalar, tanlashlar (opsiyalar) va variantlar ro‘yxatlari qatlamning xususiyatlariga tegishlidir. Izox: Qatlamning ustiga ikki marta bosib, Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) ning muloqot oynasini ochishingiz mumkin. o Aks ettirish (Display) deb nomlangan zakladkani, ya’ni belgini tanlang. o Karta eslatmalarini ko‘rsatish (Show MapTips) opsiyasini belgilab qo‘ying. Geodeziya, kartografiya va kadastr o OK ni bosing. o Kartani tasvirlanish xududidagi Cho‘qqilar ustidan sichqonchani yurgizing. Cho‘qqining balandlik qiymati kartaning eslatmasi sifatida paydo bo‘ladi. Ushbu qiymat bevosita atribut jadvalidan olingan. 4-Bosqich. Cho‘qqilar ob’ektlarini ularning balandligiga asoslangan xolda ko‘rsatish. Qatlamning simvollarini elementlar jamlangan jadvaldagi simvolning ustiga bosgan xolda o‘zgartirish mumkinligini bilasiz. Shuningdek, uni Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) muloqot oynasida xam o‘zgartirishingiz mumkin. Siz ushbu bosqichda Cho‘qqilar katlamining ko‘rinishini Elev_FT maydoni asosida o‘zgartirasiz. o Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) muloqot oynasini ochish uchun Cho‘qqilar qatlamining ustiga ikki marta bosing. Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) muloqot oynasi ko‘pgina zakladkalarni o‘z ichiga olgan, bu yerda ob’ektlarning xarakatlarini va tashqi ko‘rinishning xususiyatlarini o‘zgartirsa bo‘ladi. Xozir sizga faqat Simvollar (Symbology) zakladkasining opsiyalari kerak. o Simvollar (Symbology) zakladkasining ustiga bosing. Atribut jadvalidagi son yoki kategoriyani ishlatgan xolda fazoviy ob’ektlarni ko‘rsatishning ko‘pgina usullari mavjud. o Chap tomonldagi Ko‘rsatish (Show) oynasiga qarang. Bu oynada qatlamdagi ob’ektlarni ko‘rsatishning bir qancha usullari mujassamlashgan. Ob’ektlarning ko‘rinishi Belgilashning yo‘li Qatlamning barcha ob’ektlari uchun bitta belgi (simvol) Fazoviy ob’ektlar – Yagona simvol (Features – Single simbol) Aniq atribut qiymatiga asoslangan holda, masalan, tog‘ning nomi Kategoriyalar – Noyob qiymatlar (Categories – Unique values) Miqdorli atribut qiymatiga asoslanganda Miqdor – Uchta variantning xoxlagan biri (Quantilies) Diagrammalarni ishlatishda Kerakli diagrammani tanlang Bir nechta atributga asoslanganda Bir nechta atribut buyicha (Multiple Attributes) Geoaxborot tizimlari 53 Miqdorli atribut qiymatiga asoslanib, Cho‘qqilarning ob’ektlarini ko‘rsatmoqchisiz. o Miqdor (Quantilies) ni bosing. o Graduientlangan simvollar (Graduated symbols) ni tanlang. o Maydon (Fields) maydonida Qiymatlar (Value) ro‘yxatida paydo bo‘lgan Elev_FT ni tanlang. Elev_FT maydoni tog‘ cho‘qqilarining barcha balandliklarini o‘z ichiga olgan. o Muloqot oynasining o‘ng qismidagi Shablon (Temlate) tugmasini bosing. Simvol tanlash (Symbol Selector) muloqot oynasi ochiladi. o Triangle 2 simvolini tanlang (to‘rtinchi qator, chap tomondagi belgi (simvol)). o Rang belgisidagi (Color) yo‘nalish belgisi bosing, so‘ngra olovrangni tanlang. o O‘lchamni 12 ga o‘zgartiring. o Simvol tanlash (Symbol Selector) muloqot oynasida OK ni bosing. o Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) muloqot oynasida OK ni bosing. Shunday qilib, kartadagi Cho‘qqilar simvollarining xar birining o‘lchami ushbu cho‘qqining balandligiga mos keladi: simvol rangi – siz tanlab olgan olovrang tusida. 5-Bosqich. Vershinы qatlami ob’ektlarining nomlarini yozish. Oldingi bosqichda atribut jadvalidagi qiymatlarni ob’ektlarni ko‘rsatish uchun ishlatdingiz. Endi esa ularni ob’ektlarni nomlash uchun ishlatasiz. ArcMap maxsus uskunalar paneliga ega – bu Yozuvlar (Labeling toolbar). Bunda karta bilan ishlash uchun va ob’ektlarni nomlash uchun uskunalar va tugmalar mujassamlashgan. Endi siz ushbu uskunalar panelini qo‘shasiz. o Ko‘rinish (View) menyusida Asboblar paneli (Toolbars) ga o‘ting va Yozuvlar(Labeling) ni tanlang. o Panelni ArcMap oynasining yukori kismidagi boshqa panellarga birlashtiring. o Yozuvlar menedjeri (Label Manager) uskunasining ustiga bosing. Yozuvlar menedjeri (Label Manager) muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot oynasida yozuvlarning xususiyatlarini o‘rnatsangiz bo‘ladi. Chap tomonda kartaning barcha qatlamlarining ro‘yxatini ko‘rasiz. Qatlam ob’ektining nomlanishini yoqishingiz mumkin, bunda uning nomining oldiga kerakli opsiyasini belgilaysiz. o Qatlam ob’ektiga nom berish uchun Cho‘qqilar oldiga galochka (belgi) qo‘ying. Qatlam nomi ostidagi “Default” so‘zi ustiga bosib, qatlam yozuvining xususiyatlarini bajarganingizdan so‘ng, o‘rnatishingiz yozuvlar mumkin. Shuni xususiyatlarining muloqot oynasining o‘ng qismi yangilanadi. Endi o‘zgarishlarni saqlab qo‘yasiz. o Yozuvlar menedjeri (Label Manager) muloqot oynasida OK ni bosing. Geodeziya, kartografiya va kadastr Kartani aks ettirish maydonida Cho‘qqilar o‘z nomiga ega bo‘ldi. o Cho‘qqilar qatlami ustida sichqonchani o‘ng tugmasini bosib, atribut jadvalini oching. o Name maydonini toping. Cho‘qqilarni nomlari ushbu maydondan olingan. 6-bosqich. Jadval opsiyalarini o‘rganish. Atribut jadvali bilan ishlash uchun bir nechta opsiyalar mavjud. Masalan, jadval ostidagi Tanlanganlar (Selected) ni bosib, belgilab olingan yozuvlarni ko‘rishingiz mumkin. Opsiyalar (Options) tugmasiga bosganingizda yana qo‘shimcha opsiyalar ochiladi. o Opsiyalar (Options) ni ustiga bosing (atribut jadvalini tagida) va kontekst menyudagi buyruqlarga e’tiborni qarating. Opsiyalar (Options) ni ko‘rish uchun atribut jadvalini bir oz kengaytirishga to‘g‘ri kelishi mumkin. o Topish & Almashtirish (Find & Replace) ni bosing. Ushbu bosqichda Topish & Almashtirish (Find & Replace) ning topish funksionalligini ishlatasiz. Bu buyruq matnli redaktorlardagi Topish & Almashtirish uskunasining analogidir. o Topish & Almashtirish (Find & Replace) muloqot oynasining Topish (Find) maydoniga Dunraven Pass deb yozing. o Topish keyingisi (Find next) ni bosing. Dunraven Pass yozuvi jadvalda to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida belgilanadi (agar bu yozuvni ko‘rmasangiz, jadvalni pastroqqa aylantiring). o Topish & Almashtirish (Find & Replace) muloqot oynasini yopish uchun Bekor qilish (Cancel) ni bosing. o Atribut jadvalini yoping. o ArcMap ni ochiq qoldiring. Topshiriq 2B: Ob’ekt-atribut munosabatlarining afzalliklarini aniqlash Masalaning qo‘yilishi: Ushbu topshiriqda siz o‘zingizni Yellouston milliy parki nazoratchisi rolida his qilasiz. Bosh nazoratchi sizga ikkita GATkarta yaratish topshirig‘ini berdi. Birinchi karta park mehmonlariga kempinglar uchun maydonchalarning joylashgan o‘rni, ularning nomlari va ularning yomg‘irdan panalagichlar bilan jixozlanganlik darajasi xaqidagi axborotlarni berishi kerak. Ikkinchi karta yanayam murakkabroq bo‘ladi: unda kempinglar uchun maydonchalar xaqidagi turli xil axborotlar, shuningdek qurilishlar to‘g‘risidagi axborotlar xam bo‘lishi kerak. Asosan kartalarda bir xildagi qatlamlar bo‘ladi lekin siz turli xildagi axborotlarni berish uchun ularni turlicha aks ettirasiz va yozuvlarini kiritasiz. Ikkinchi kartani yaratish uchun siz birinchi karta qatlamlarini nusxalaysiz va yangi freym ma’lumotlariga o‘rnatasiz. Topshiriqni bajarib bo‘lganingizdan so‘ng siz quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz: Freym ma’lumotlari bilan ishlash Geoaxborot tizimlari 55 - bir nechta qatlamlarni freym ma’lumotlariga qo‘shish - elementlar jamlangan jadvalda qatlamlarni tartibga solish - atribut maydoniga asoslangan xolda ob’ektlarni aks ettirish - atribut maydoniga asoslangan xolda ob’ektlar yozuvlarini chiqarish - karta eslatmalari (Map Tips)ni ishga tushurish. 1-bosqich. Karta xujjatini ochish ArcMap da yangi bo‘sh karta bilan ish boshlashni tanlang va OK ni bosing. Bo‘sh karta xujjati ochiladi. Siz undan o‘zingizning kartangizni yaratishda foydalanasiz. Lekin oldin karta xujjatini kerakli nom bilan saqlab olish kerak. - Fayl (File) menyusidan Sifatida saqlash (Save As)ni tanlang. - Sifatida saqlash (Save As) muloqot oynasida \Talaba\Ma`lumotlar\Topshiriq02 katalogini tanlang. - Fayl nomi (File name) maydoniga Yellouston.mxd ni kiriting va Saqlash (Save) tugmasini bosing. 2-bosqich. Freym ma’lumotlarini qayta nomlash Karta xujjati tarkibida Qatlamlar (Layers) degan bo‘sh freym ma’lumotlari bor. Ushbu bosqichda siz uning nomini undagi ma’lumotlarga mos keladigan nomga o‘zgartirasiz. - Elementlar jamlangan jadvaldagi freym ma’lumotlarinining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Xususiyatlar (Properties)ni tanlang. - Umumiy (General) ga bosing. - Nomi (Name) maydoniga Kempinglar (Camping)ni kiriting. - OK ni bosing. 3-bosqich. Ma’lumotlarni qo‘shish va aks ettirish Ushbu bosqichda siz ma’lumotlarni ArcMapga qo‘shasiz va aks ettirasiz. - Ma’lumotlarni qo‘shish (Add \Talaba\Ma`lumotlar\bazalar Data) tugmasiga katalogiga bosing o‘ting. va - Yellowstone_NP.gdb ga ikki marta bosing. - klaviaturadagi CTRL tugmasini bosib turgan holda Campgrounds, Lakes, Park_polygon, Roads va Trailslarga bosing. - Qo‘shish (Add)ga bosing. Park_polygonning nomini Park chegarasiga o‘zgartiring. Geodeziya, kartografiya va kadastr Eslatma: Qatlam nomiga bir marta uni tanlash uchun, so‘ngra yana bir marta uni o‘zgartirish uchun bosing. Yangi nomni kiriting va Enterni bosing. - Xuddi shunga o‘xshab qolgan qatlamlar Campgroundsni Kempinglar uchun maydonchalar, Roadsni Yo‘llar, Trailsni Yo‘laklar va Lakesni Ko‘llarga o‘zgartiring. - Elementlar jamlangan jadvaldagi qatlamlar tartibi quyidagicha bo‘lishi kerak: Kempinglar uchun maydonchalar, Yo‘laklar, Yo‘llar, Ko‘llar va Park chegarasi - Agar tartib boshqacha bo‘lsa - xar bir qatlamni kerakli joyga sichqoncha bilan ushlagan xolda ko‘chiring va tartibga soling. - Kempenglar uchun maydonchalar qatlamiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Atribut jadvalini ochish (Open Attribute Table)ni tanlang. - Showers maydonini toping. Ushbu maydonda tanlangan kempingda yuvunish xonalari bor-yo‘qligi to‘g‘risida axborotlar keltirilgan. Kartada ob’ektlarni aks ettirish uchun shu axborotlardan foydalanishingiz mumkin. - Atribut jadvalini yoping. - Kempinglar uchun maydonchalar qatlamiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Xususiyatlar (Properties)ni tanlang. - Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) muloqot oynasida Simvollar (Symbology)ga bosing. Endi siz Showers maydonidagi yozuvlardan foydalanib kempinglar uchun maydonchalarni aks ettirasiz. Savol 1. Ma’lumotlarni aks ettirish uchun qanday klassifikatsiya usuli tanlangan? Bundan oldingi topshiriqda muloqot oynasining chap tarafidagi "Ko‘rsatish" oblasti ma’lumotlarni mo‘ljallangan klassifikatsiyalash deyilgandi. - Ko‘rsatish usulini (Show) tanlash oblastida: Kategoriyalar (Categories)ga bosing. Geoaxborot tizimlari 57 Kategoriyalar (Categories) guruhida avtomatik tarzda Noyob qiymatlar (Unique values) tanlangan bo‘ladi. - Qiymatlar maydonida pastga tushib boradigan ro‘yxat ichidan Showersni Namening o‘rniga tanlang. - Xammasini qo‘shish (Add All Values)ga bosing va () to‘g‘risidagi galochkani olib tashlang. Kempinglar uchun maydonchalar simvoli bo‘lib xozircha kichkina nuqta sanalmoqda. Keyinchalik siz uni ushbu ob’ektlarga mos keladigan simvollarga almashtirasiz. - "no" so‘zi oldidagi nuqta simvoli ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Barcha simvollar xususiyatlari (Properties for All Symbols)ni tanlang. Simvol tanlash (Symbol Selector) muloqot oynasi ochiladi. Xozircha u umumiy foydalaniladigan simvollar to‘plamiga ega. ArcMapda shuningdek kategoriyalarga ajratilgan qolgan boshqa simvollar xam mavjud, shulardan biri o‘rmonchilik kategoriyasi. Siz shu kategoriyani qo‘shasiz va kempinglar uchun maydonchalarga mos keladigan simvolni topasiz. - Boshqa simvollar (More Symbols)ga bosing. - Foresty ro‘yxatidan tanlang. - Simvol tanlash (Symbol Selector) muloqot oynasida Campground simvolini qidirib toping. Geodeziya, kartografiya va kadastr - Uni tanlang va OKni bosing. Xozir cho‘milish xonasi bor kempinglar uchun maydonchalar shunday ko‘k fondagi oq rangli simvol bilan ko‘rsatilmoqda va agarda cho‘milish xonasi bo‘lmasa oq rang qoraga o‘zgartiriladi. Endi cho‘milish xonalari mavjud bo‘lmagan xolatlar uchun simvolni o‘zgartiramiz. - "no" so‘zi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Tanlangan simvollar xususiyailari (Properties for Selected Symbol(s))ni tanlang. - Simvol tanlash (Select Symbol) muloqot oynasida Rang (Color) oldidagi ko‘rsatkichga bosing va qora rangni tanlang. - Simvol tanlash (Select Symbol)dagi OK tugmasini bosing. - Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) muloqot oynasidagi OK tugmasiga bosing. Geoaxborot tizimlari 59 Kempinglar uchun maydonchalar qatlamiga yangi shartli belgi qo‘llaniladi. Endi siz qaysi birida yuvunish xonasi bor qaysinisida yo‘qligini ayta olasiz. 4-bosqich. Ob’ektlar yozuvlarini chiqarish Xozir siz kempinglar uchun maydonchalarning nomlarini chiqarasiz. - Agar zarur bo‘lsa Yozuvlar (Labeling) panelini qo‘shing va ArcMap oynasining yuqori qismiga joylashtiring. Eslatma: Ko‘rinish(View) menyusida Asboblar paneli (Toolbars)ga o‘ting va Yozuvlar (Labeling)ni tanlang. - Yozuvlar (Labeling) panelidagi Yozuvlar menedjeri (Label Manager tool) ga bosing. - Kempinglar uchun maydonchalar qatlami yozuvlarini chiqarish uchun uning to‘g‘risiga galochka qo‘ying. Yozuvlar matni qatlamning atribut jadvalidan olinadi bizning xolatda Name maydonidan. - Qatlam nomi ostida (Default) tanlanganligiga ishonch hosil qiling. Agarda aksi bo‘lsa unga bosing. - Matn simvoli (Text symbol) panelida muloqot oynasining o‘ng qismidagi Yarimyo‘g‘on (Bold) ga bosing. - OKni bosing. Geodeziya, kartografiya va kadastr Endi barcha kemping uchun maydonchalar ularning nomlari keltirilgan yozuvlar bilan ta’minlangan, yana matnlar yarimyo‘g‘on qilib qora rangda yozilgan. 5-bosqich. Freym ma’lumotlarini o‘rnatish va qayta nomlash. Endi siz bosh nazoratchining topshirig‘iga asosan ikkinchi kartani yaratasiz. Xuddi birinchisida bo‘lgani kabi unda kempinglar uchun maydonchalar yuvinish xonalari ko‘rsatilgan shartli belgilar bilan, lekin birinchisidan farqli ravishda yozuvlarda nomlari emas balandliklar qiymatlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yangi kartada shuningdek qurilishlar xam bo‘ladi, ularga turiga qarab shartli belgi berasiz. Ishni yangi freym ma’lumotlarini qo‘shish va unga kerakli qatlamlarni kiritishdan boshlaymiz. Bu sizga mavjud freym ma’lumotlarini saqlab qolish imkoniyatini beradi. - O‘rnatish (Insert) menyusidan Freym ma’lumotlari (Data Frame)ni tanlang. Elementlar jamlangan jadvalning pastki qismiga yangi freym ma’lumoti qo‘shiladi. - Yangi freym ma’lumotlari nomini Palatkali lagerlarga o‘zgartiring. Geoaxborot tizimlari 61 6-bosqich. Ma’lumotlarni freym ma’lumotlariga qo‘shish. Ushbu karta uchun sizga quyidagi qatlamlar kerak bo‘ladi: - Qurilishlar; Kempinglar uchun maydonchalar; Yo‘laklar; Yo‘llar; Ko‘llar va Park Chegarasi. Siz ularning ko‘pchiligini Kempinglar freym ma’lumotlaridan nusxalab olishinigiz mumkin va yangi freymga o‘rnatsangiz bo‘ladi. Bitta Qurilishlar (Cabins) qatlamini siz qattiq diskdan olib qo‘shasiz. - Kempinglar freymidagi Kempinglar uchun maydonchalar qatlamiga bosing. - Klaviaturadagi CTRL tugmasini bosib turgan xolatda Yo‘laklar, Yo‘llar, Ko‘llar va Park Chegarasiga bosing. - Tanlangan qatlamlarning birontasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Nusxalash (Copy)ni tanlang. - Palatkali lagerlar freymining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Qatlamni o‘rnatish (Paste Layer(s))ni tanlang. Barcha qatlamlar yangi freymga qo‘shildi va kartaning aks ettirish oblastida paydo bo‘ldi. Simvollar o‘zgarmagan, Kempinglar freymida qanday bo‘lgan bo‘lsa shunday ko‘chirilgan. - Cabins qatlamini Yellowstone_NP.gdb dan olib qo‘shing va nomini Qurilishlarga o‘zgartiring. - Siz Kempinglar freymi bilan boshqa ishlamaysiz, shunga uning to‘g‘risidagi "minus" belgisiga bosing. 7-bosqich. Qurilishlar qatlamini aks ettirish - Qurilishlar qatlamining atributlar jadvalini oching. - TYPE maydonini toping. Siz Qurilishlar qatlamini shu maydondan foydalangan xolda aks ettirasiz. - atribut jadvalini yoping. - Qurilishlar qatlamining Qatlam xususiyatlari (Layer Properties) muloqot oynasini oching. - Simvollar (Symbology)ga bosing. - Ko‘rsatish oblastidagi Kategoriyalarga bosing. - Qiymatlar maydoni (Value Field)da tushib boruvchi ro‘yxatdan TYPEni tanlang. - Xammasini qo‘shish (Add All Values)ga bosing va () to‘g‘risidagi galochkani olib tashlang. "Barn" so‘zi yonidagi nuqtali simvolga bosing va Barcha simvollar xususiyatlari (Properties for All Symbols)ni tanlang. - Simvol tanlash oynasidan Tent simvolini tanlang. Geodeziya, kartografiya va kadastr - Barcha simvollar o‘lchamini 10 ga o‘zgartiring. - OKni bosing. Endi barcha qurilish ob’ektlari bir xil simvolga ega bo‘ldi. Kartangizning o‘quvchilariga qurilish turlarini bir-biridan ajrata olishiga yordam berish uchun, xar bir qurilish turiga o‘zining maxsus rangini berasiz. Geoaxborot tizimlari 63 - "Barn" (Ombor) so‘zi yonidagi palatkalar simvoliga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Tanlangan simvollar xususiyatlari (Properties for Selected Symbol(s))ni tanlang. - Palatka rangini to‘q qizilga o‘zgartiring va OKni bosing. - Quyidagi sxemadan foydalanib qolgan qurilishlar turlarining palatkalari ranglarini o‘zgartiring: Boathouse (naves): to‘q-ko‘k Cabin (kulba): jigar rang Outhouse (xojatxona): sariq Shed (pichanxona): yashil Stable (molxona): oq - O‘zgarishlarni qo‘llash uchun OKni bosing. 8-bosqich. Kempinglar uchun maydonchalar qatlami yozuvlarini chiqarish Ayni damda kempinglar uchun maydonchalar qatlamining nomlari yozib qo‘yilgan. Siz ularni lagerlar balandliklari qiymatlariga o‘zgartirasiz. - Yozuvlar (Labeling) asboblari panelida Yozuvlar menedjeriga (Label Manager) bosing. - Kempinglar uchun maydonchalar qatlami yonida Default belgilanganligiga ishonch xosil qiling. - Muloqot oynasining o‘ng tarafidagi Yozuvlar Maydoni (Label Field)dan Elev_FTni tanlang. - Yozuvlardagi o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun OKni bosing. Geodeziya, kartografiya va kadastr Nazorat savollari: 1. Ma’lumotlarni aks ettirish uchun qanday klassifikatsiya usuli tanlangan? 2. ArcMapda mavjud karta xujjatini ochish uchun qanday ketma-ketlik bajariladi? 3. Elementlar jamlangan jadvaldagi biron-bir qatlamning nomini qanday qilib o‘zgartirsa bo‘ladi? 4. Qatlam simvollarini qanday qilib o‘zgartirish mumkin? 5. Qanday qilib bir freym ma’lumotlaridan boshqa bir freym ma’lumotlariga o‘tish mumkin (yangi freym ma’lumotlarini aktivizatsiya qilish)? 6. Shartli belgilar ko‘rinishini, o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun foydalaniladi? 7. jadvalidagi Atribut qaysi muloqot oynasidan ma’lumotlar asosida qatlamlarning yozuvlarini ArcMapdagi kartani aks ettirish oynasida yozib chiqarish uchun qaysi asboblar to‘plamidan foydalaniladi? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. S.Avezbaev, O.S.Avezbaev. Geoma’lumotlar bazasi va uning arxitekturasi. O‘quv qo‘llanma, Toshkent 2015 yil. 2. K. T. Chang., Introduction to Geographic Information Systems 8th Edition. Mc Graw-Hill International Edition. USA 2015 3. E.Yu. Safarov, X.A. Abduraximov, R.Q. Oymatov. Geoinformatsion kartografiya. T, 2012. 4. S.S.Saidqosimov. Geoaxborot tizimlari texnologiyasi. T.: “Iqtisod moliya”, 2011. 5. M. Zeiler. Modeling Our World: The ESRI Guide to Geodatabase Design, ESRI Press, 2010. 6. Albert K.W.Yeung. Concepts and Techniques of Geographic Information Systems, Second Edition. New Delhi-110001. 2009. 7. B .Bhatta. Remote sensing and GIS. Oxford University Press 2008. 8. E.Yu.Safarov, I.M.Musaev, H.A.Abdurahimov. Geoaxborot tizimi va texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma, Toshkent 2008 yil. 9. I. Masser. GIS Worlds: Creating Spatial Data Infrastructures, ESRI Press, 2005