Загрузил Dilshod ZIyayev

Kurs ishi Buxgalteriya tayyori

реклама
1
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………...……………..3
I BOB. XARAJATLAR TAHLILI MAQSADI, MAZMUNI VA ULARNI
ASOSIY ELEMENTLARI BO`YICHA BAHOLASH
1.1.Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari………….…….………….7
1.2.Xarajatlarni umumiy hajmi va ularni asosiy elementlari bo`yicha baholash,
tahlil qilish……………………………………………..……….………………15
II BOB. DAVR XARAJATLARI TAHLILI VA MAZMUNI
2.1.Sotish xarajatlari hisobi………………………………...………..…….…...19
2.2.Ma’muriy xarajatlar hisobi…………………………………………………26
2.3.Boshqa operatsion xarajatlar hisobi………………………….……..…...….28
2.4.Kompensatsiya va rag’batlantirish tusidagi to’lovlar…………..……….….29
XULOSA……………………………………………………………………....37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..……40
2
KIRISH
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish korxonalar faoliyatini tubdan
isloh qilish, ularni yuzaga kelgan yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida
rivojlanishini ta’minlash, mamlakatda kichik va o‘rta tadbir
korlikni
rivojlantirish
bog‘liq.
korxonalarning
moliyaviy
barqarorligiga
uzviy
Korxonalarning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi ularning faoliyati
davomida olgan foydasining to‘g‘ri shakllantirilishi bilan bog‘liq. Chunki
korxonalarda foyda shu yerda ishlovchilarning moddiy ta’minlanishining,
korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish-ning, ishlab chiqarishda
fan-texnika gotuqlarini va yangi texnologi yalarni joriy qilish kabi ishlarning'
asosiy moddiy manbasi hisoblanadi.
Foyda moddiy ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyati jarayonida
yaratiladi. Ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va tabiiy resurslar) va
xo‘jalik yurituvchi subektlarning foydali ishlab chiqarish faoliyati birikishi
natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, u iste’molga sotilganda, tovar bo‘lib
hisoblanadi1.
Tovar-pul munosabatlari sharoitida korxona darajasida sof daromad foyda
shaklini oladi. Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida Tovar ishlab
chiqaruvchi bo‘lib maydonga chiqadilar. Bozorda mahsulotga narx belgilab, uni
iste’molchilarga sotadilar.
Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad olinganligini
anglatadi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab
chiqarishga ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak.
Agar tushum xarajatlardan yuqori bo‘lsa, moliyaviy natija foyda
olinganligidan dalolat beradi. Tadbirkor doimo foyda olishni o‘z oldiga maqsad
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti 5-son “Asosiy vositalar” // www.bhms.uz –
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari.
1
3
qilib qo‘yadi, lekin bunga doim ham erisha olmaydi. Agar tushum xarajatlarga
teng bo‘lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qoplangan
bo‘ladi, xolos. Bunda zarar ko‘rilmaydi, lekin ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va
ijtimoiy rivojlanishning manbai sifatidagi foyda ham olinmaydi.
Agar korxona xarajatlari tushumidan ko‘p bo‘lsa, u zarar ko‘radi, ya’ni
salbiy moliyaviy natijaga erishadi. Bu holat uni ancha murakkab moliyaviy
ahvolga solib qo‘yadi. Foydani bozor munosabatlarining o‘ta muhim toifasi
sifatida talqin etish mumkin.
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani xarakterlaydi.
Lekin yagona foyda ko‘rsatkichi yordamida korxona faoliyatining barcha
tomonlarini baholab bo‘lmaydi. Bunday universalko‘rsatkichning bo‘lishi ham
mumkin emas. Aynan shuning uchunkorxonaning ishlab chiqarish, xo‘jalik va
moliyaviy faoliyatini tashkil qilishda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Foydaning ahamiyati shundan iboratki, u yakuniy moliyaviy natijani aks ettiradi,
shu bilan birga uning miqsori va o‘zgarishga korxonaning xarajatlariga bog‘liq
bo‘lgan hamda bogliq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Foyda rag‘batlan tiruvchi
funksiyasini bajaradi. Buning mazmuni shundan iboratki, foyda bir vaqtning
o‘zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi
hisoblanadi.
O‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyilining real ta’minlanishi olingan foyda
bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin
korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini
kengaytirishni, korxonaningilmiy texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni
moddiy ragbatlan- tirishni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Davr
xarajatlari tarkibiga korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq
bo‘lmagan noishlab chiqarish va nomoliyaviy xarajatlar mansub hisoblanadi.
4
Bundan xarajatlarni boshqaruv, tijorat bilan bog’liq xarajatlar hamda
umumxo‘jalik xarajatlari, xususan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
xizmatlari xarajatlari tashkil qiladi. Bunday turdagi xarajatlari korxona asosiy
faoliyati va mahsulot tannarxi bilan bog’liq emasligi, ammo korxonaning
muayyan vazifalarini amalga oshirish uchun zarurligi sababli ular operatsion
yoki davr xarajatlari deyiladi. Sotish va ma’muriy maqsadlarda ishlatiladigan
asosiy vositalar, jumladan yengil va avtomobillari, sotish va ofis binolari,
kompyuter jihozlari, mebellar, ofis jihozlari va shu kabilarning eskirishi davr
xarajatlarini tashkil qiluvchi asosiy vositalar amortizatsiya xarajatlari bo‘ladi.
Korxonalarda ularning hisobini to‘g’ri yuritish hamda auditor tashkilotlari
ularning auditini to‘g’ri tashkil qilish muhim vazifa hisoblanadi.
Asosiy vositalar eskirish xarajatlarining, xususan davr xarajatlariga olib
boriladigan asosiy vositalar eskirish xarajatlarining hisobini samarali va to‘g’ri
tashkil qilish xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining muhim
vazifasi hisoblanadi. Amortizatsiya - foydali xizmat muddati mobaynida
aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan
kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr
xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat
ifodasi [4]. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash normalari O‘zbekiston
Respublikasining
amaldagi
Soliq
kodeksi
144-moddasida
belgilangan.
Korxonalarning belgilangan amortizatsiya normalaridan farqli stavkardan
foydalanilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda korxonaning buxgalteriya hisobi va soliq
qonunchiligi orqali aniqlangan hisobot davrining sof foydasi o‘rtasida
vaqtinchalik farq yuzaga keladi. Bugungi kunda korxonalar davr xarajatlarining
salmoqli qismini odatda asosiy vositalar eskirish xarajatlari tashkil qiladi.
Korxonaning asosiy vositalari foydalanish natijasida asta-sеkin eskirib boradi.
5
Bu eskirishning qiymati odatda yaratilayotgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga
yoki davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Amortizatizatsiya xarajatlarining davr
xarajatlari tarkibiga kiritilishining asosiy sharti asosiy vositaning ishlab
chiqarish maqsadlarida emas, balki sotish va ma’muriy maqsadlarda ishlatilishi
hisoblanadi. Korxonaning ma’muriyat binosi, ofis jihozlari, kompyuterlar va
hisoblash texnikasi, yengil avtomobillar va ma’muriy maqsadlarda ishlatiladigan
boshqa asosiy vositalar ma’muriy davr xarajatlari tarkibiga olib boriladi.
Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita
bog’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan
bog’liq xarajatlar, shuningdek umumxo’jalik xarajatlari, jumladan ilmiytadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo’yicha xarajatlar ham kiradi. Bu
xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog’liq
bo’lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog’liq
bo’lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar
deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog’liq bo’lmagani,
va aksincha, vaqt bilan, xo’jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog’liq bo’lgani
sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.
6
I BOB. XARAJATLAR TAHLILI MAQSADI, MAZMUNI VA ULARNI
ASOSIY ELEMENTLARI BO`YICHA BAHOLASH
1.1.Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari
Xarajatlar va ularning tasnifi. Korxona faoliyatining muhim va unga baho
beradigan mezon ko`rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaga ta`sir
etuvchi omil bu tannarxdir.
Tannarx tahlili orqali har bir xo`jalik yurituvchi subyektni ishlab chiqarish,
ish bajarish, xizmat ko`rsatish yuzasidan qilingan xarajatlarini maqsadga
muvofiqligi, samaradorligi va natijaviyligi baholanadi.
Xarajatlar
–
hisobot
davrida
aktivlarning
kamayishi
yoxud
majburiyatlarning ko`payishidir.
Xarajatlar–muayyan
davr
oralig`ida
sarflangan
resurslarning
pul
o`lchovidagi qiymatidir.
Xarajat – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki
ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o`rtasida
kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan
tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya, asosiy vositalar
(amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog`liq
xarajatlarning qiymat ko`rinishini ifodasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi xarajatlarini hisobga olish va nazorat
qilish, mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini
aniqlash, korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo`yicha qarorlarni
qabul qilish, resurslardan foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy
7
etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan
ko`rilgan samaradorlikni ifodalaydi.
Moliya-xo`jalik faoliyati bilan bog`liq xarajatlar tarkibi xo`jalik yurituvchi
subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash
uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish davomida
xo`jalik yurituvchi subyektda paydo bo`ladigan barcha xarajatlar to`g`risida
to`liq va aniq axborot shakllantirilishi, soliq solinadigan bazani to`g`ri aniqlash
maqsadida belgilanadi.
Moliya-xo`jalik faoliyati bilan bog`liq barcha xarajatlar quyidagilarga
guruhlanadi:
1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish
xususiyatiga ega bo`lgan ustama xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan
olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan
xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma`muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
3. Xo`jalik yurituvchi subyektning umumxo`jalik faoliyatidan olingan
foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo`jalik yurituvchi
subyektning moliyaviy faoliyati bo`yicha xarajatlari:
a) foizlar bo`yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo`yicha salbiy kurs tafovutlari;
8
v) qimmatli qog`ozlarga qo`yilgan mablag`larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar.
4. Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to`langunga qadar
foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot
(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan, ishlab chiqarish
texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga
quyidagilar tegishli bo`ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va
bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu
jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko`ra quyidagi elementlar bilan
guruhlarga ajratiladi:
1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati
chiqarib tashlangan holda);
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga haq to`lash
xarajatlari;
3. Ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar;
4. Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi;
5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan boshqa xarajatlar.
1. Moddiy xarajatlar xarajatlarning eng muhim va asosiy qatori
hisoblanadi. Ularning jami xarajatlar tarkibidagi salmog`i ishlab chiqarish,
faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqadi. Sanoat bo`g`inida moddiy xarajatlar
salmog`i 60-70 foizgacha tashkil etadi.
9
Ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan moddiy xarajatlar tarkibiga quyidagi
xarajatlar kiritiladi.
Moddiy xarajatlar tarkibi
Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki
mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko`rsatishda) zarur tarkibiy qism
hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.
Normal texnologiya jarayonini ta`minlash va mahsulotlarni o`rash uchun mahsulot
(ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbobuskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o`tkazish, nazorat
qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida
foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek‚ asbob-uskunalarni tuzatish
uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xo`jalik buyumlarini va asosiy vositalarga
kirmaydigan boshqa mehnat vositalarini qiymati
Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo`jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki
qo`shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar
Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek‚ xo`jalik yurituvchi subyektning ichki
tarkibiy bo`linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli
bo`lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan ishlar va xizmatlar
Tabiiy xomashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar
tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to`lash), ildizi
bilan beriladigan daraxtga haq to`lash, korxonalar tomonidan suv xo`jaligi tizimlaridan
beriladigan iste`mol qilinadigan suv uchun haq to`lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari
uchun - yog`och, taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan)
foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash
xarajatlari
Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni
isitishga sarflanadigan yonilg`ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo`jalik
yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat
ko`rsatish bo`yicha transport ishlari
10
Xo`jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va
xo`jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo`jalik
yurituvchi subyektning o`zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va
energiyaning boshqa turlariga, shuningdek‚ xarid qilinadigan energiyani iste`mol
joyigacha transformatsiya
qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli
elementlariga kiritiladi)
Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam chiqishi
Xo`jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni
yetkazish bilan bog`liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi)
ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq
to`lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar)
Xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan
olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan
chiqitlar qiymati‚ idish va o`rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi,
foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo`yicha chiqarib tashlanadi
«Moddiy xarajatlar» elementi bo`yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib
olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo`shimcha narx (ustama)dan,
ta`minot,
tashqi
iqtisodiy
tashkilotlar
tomonidan
to`lanadigan
vositachilik
taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik
xizmatlaridan, bojlar va yig`imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish,
masalan, qo`shilgan qiymat solig`i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda
tashishga haq to`lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
saqlash va yetkazib berishga haq to`lashdan kelib chiqib shakllanadi
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga haq to`lash xarajatlari.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga haq to`lash xarajatlari
tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi.
11
Mehnat haqi xarajatlari tarkibi
Xo`jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to`lash shakllari va
tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan
kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega
bo`lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan xo`jalik yurituvchi subyektni mukofotlash
to`g`risidagi nizomlarda nazarda tutilgan rag`batlantiruvchi tusdagi to`lovlar
Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar.
Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog`liq bo`lgan kompensatsiya tusidagi to`lovlar
Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari
bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom
etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan
ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to`lash
Ishlanmagan vaqt uchun haq to`lash
Xo`jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan
fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo`yicha ishlar bajarilganligi uchun haq
to`lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo`jalik yurituvchi
subyektning o`zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga
kiradi.
Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar
mehnatiga haq to`lash xarajatiga kiritiladigan to`lovlarning boshqa turlari
12
3. Ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar.
Ijtimoiy sug`urta ajratmalari
Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo`yicha mehnatga haq to`lash tarzidagi
daromadlarga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar
Nodavlat pensiya jamg`armalariga ajratmalar va ixtiyoriy sug`urtaga sug`urta
mukofotlari (badallari)
4. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi bo`yicha xarajatlar
Asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) bo`yicha
olingan, buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan
amortizatsiya ajratmalari summasi
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning
narxi)dan tashqari), buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash
imkoni bo`lmagan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari) bo`yicha
eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyati
muddatidan ortiq emas
5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. Ular tarkibiga yuqoridagi
tarkiblarga kirmaydigan, ishlab chiqarish bilan bevosita va bilvosita bog`liq
bo`lgan boshqa xarajatlar kiradi.
13
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar
Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko`rsatish xarajatlari
Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo`lgan xizmat
safarlariga yuborish bo`yicha xarajatlar
Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy
sug`urta qilish xarajatlari
Brak tufayli kelib chiqadigan yo`qotishlar
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko`ra bekor turishlar tufayli yo`qotishlar
Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli
xizmat ko`rsatish xarajatlari
Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari
Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo`qolishi munosabati bilan tegishli
vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to`lanadigan nafaqalar
Umumiy
foydalaniladigan
yo`lovchilar
transporti
xizmat
ko`rsatmaydigan
yo`nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog`liq xarajatlar
Obyektlarni davlat kapital qo`yilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini
sug`urta qilish bilan bog`liq xarajatlar
Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog`liq
xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bo`lmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan
tartibda
Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo`yicha xarajatlar, agar ular kapital
xarajatlarga tegishli bo`lmasa (ya`ni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa).
Ushbu xarajatlar «Kelgusi davrlar xarajatlari» sifatida qaraladi va ularni qaytarishning
belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib
olingan mahsulotning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xo`jalik
yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik,
homiladorlik va tug`ish nafaqalari to`lash bilan bog`liq xarajatlar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibga muvofiq to`lanishi kerak
14
1.2.Xarajatlarni umumiy hajmi va ularni asosiy elementlari bo`yicha
baholash, tahlil qilish
Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik va sintetik hisobida analiz va sintez
qoidasiga asoslaniladi. Shu sababli ham “analitika”, “sintetika” so`zlari
buxgalteriya hisobining muhim tushunchalariga aylangan. Ularning mazmuniga
e`tibor qaratsangiz “analitika” – butunni bo`laklarga bo`lish, “sintetika”
bo`laklarni birlashtirish, umumlashtirish ma`nosini anglatadi va bu analitik va
sintetik hisobning to`liq mazmunini ifoda etadi2.
Xarajatlarni umumiy hajmda o`rganish moliyaviy hisob obyektiga kiradi.
Uning birlik elementlari, kalkulyatsiya moddalari bo`yicha o`rganish boshqaruv
hisobi obyektiga kiradi.
Xarajatlarning umumiy hajmi bo`yicha o`rganishda quyidagi muhim
jihatlarga ahamiyat qaratiladi:
- jami xarajatlarning umumiy o`zgarishlari tahliliga;
- jami xarajat o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar tahliliga;
- bir so`mlik ishlab chiqarilgan, sotilgan mahsulotga to`g`ri keladigan
xarajat tahliliga.
Jami xarajatlarning umumiy o`zgarishi rejaga va o`tgan yillarga nisbatan
mutlaq va nisbiy o`zgarishlarni aniqlash orqali baholanadi.
Jami ishlab chiqarish xarajatlarining o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar
sifatida doimiy xarajatlarning o`zgarishi, mahsulot birligiga o`zgaruvchan
xarajatlarning o`zgarishi ta`siri, mahsulot ishlab chiqarish miqdorining
o`zgarishi ta`sir etadi. Xarajatlar o`zgarishiga albatta ichki birliklar sifatida sarf
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti 5-son “Asosiy vositalar” // www.bhms.uz –
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari.
2
15
normalari va baholarining o`zgarishi ham tarkiblanadi. Bu kabi omillar xarajat
elementlari bo`yicha farq qiladi.
2.1-jadval
Jami ishlab chiqarish xarajatlari va ularning omilli tahlili
O`tgan yil
Hisobot yili
Farqi
O`sish
summasi,
Ko`rsatkichlar
(+/-),
summasi,
tarkibi,
darajasi,
tarkibi,
ming
ming
ming
%
%
%
so`m.
so`m.
541 131
100,00 686 079
so`m
1.Ishlab chiqarish
+144
xarajatlari
jami
100,00
126,79
948
shu jumladan:
1.1.O`zgaruvchan
+115
464 070
85,76
579 800
84,51
xarajatlar
124,94
730
1.2.O`zgarmas
77 061
14,24
106 279
15,49
572 661
-
717 416
-
+29 218 137,92
xarajatlar
2.Ishlab chiqarish
+144
hajmi
125,30
755
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar
ta`sirini quyidagi hisob-kitoblarda ko`rib o`tish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarining jami o`zgarishi:
686 079–541 131=+144 948 ming so`m (o`sish).
Joriy davr mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini qayta hisoblash:
a) o`zgaruvchan xarajatlar:
464 070*1,253=581 479,7 ming so`m. (mahsulot hajmining o`zgarishiga
mos o`zgaradi);
16
b) o`zgarmas xarajatlar:
77 061 ming so`m (bazaviy miqdorda qoladi).
Jami: 581 479,7+77 061=658 540,7 ming so`m
Joriy davr mahsulot hajmining o`tgan davr bahosi va ta`rifi bo`yicha hisobkitobi:
541 131/572 661*717416=677 916 ming so`m
Omillar ta`siri:
a) Ishlab chiqarish hajmi:
658 540,7–541 131=+117 409,7 ming so`m (o`sish)
yoki 581 479,7–464070=+117 409,7 ming so`m (o`sish)
b) Baho va ta`riflar o`zgarishi:
686 079–677 916=+8 163 ming so`m (o`sish)
v) tarkib va jami xarajatlar summasi:
677 916–658 540,7=+19 375,3 ming so`m (o`sish)
Jami o`zgarish: 117 409,7+8 163+19 375,3=+144 948 ming so`m
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko`ra: ishlab chiqarish moddiy
xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga haq to`lash xarajatlari; ishlab
chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar; asosiy fondlar va
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish xarajatlarini turi, tarkibi, dinamikasi bo`yicha tahlil qilish‚
ularni nazorat qilish, maqsadli boshqarish imkonini beradi.
17
Tahlil
natijalari
shuni
ko`rsatadiki,
korxonada
ishlab
chiqarish
xarajatlarining jami o`zgarishi 144 948 ming so`mga yoki 26,79%ga
o`sganligini ko`rish mumkin.
Eng yuqori o`zgarishlar moddiy xarajatlar (10 548 ming so`m yoki
24,29%), mehnat haqi xarajatlari (16 486 ming so`m yoki 26,16%) qatoriga
to`g`ri keladi. Albatta ish haqidan ajratmalar qatoriga ham mehnat haqi
o`zgarishiga mos ravishda oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining vertikal tahlilidan ko`rinadiki, jami ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibida moddiy xarajatlar salmog`i eng yuqori o`rinni
tashkil etgan.
Bir so`mlik mahsulotga qilingan ishlab chiqarish xarajatlari o`tgan yilga
nisbatan 1,2%ga yoki 1,14 tiyinga o`zgargan.
18
II BOB. DAVR XARAJATLARI TAHLILI VA MAZMUNI
2.1.Sotish xarajatlari
Xarajat moddalari - bu barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yoki uning
alohida turlarining tannarxini hisoblash uchun tashkilot tomonidan belgilangan
xarajatlar
to'plami.
Sanoat
korxonalarida
ishlab
chiqarish
tannarxini
rejalashtirish, hisobga olish va hisoblashning asosiy qoidalari va mahsulot ishlab
chiqarish, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bo'yicha
yo'riqnomalar loyihasida xarajatlarni kaliy baholash moddalari bo'yicha
quyidagi guruhlash tavsiya etiladi: - "Xom ashyo va materiallar"; "Qaytariladigan chiqindilar" (ayirib tashlangan); - "Xarid qilingan butlovchi
qismlar, yarim tayyor mahsulotlar va uchinchi tomon tashkilotlarining sanoat
xarakteridagi xizmatlari"; - "Texnologik maqsadlar uchun yoqilg'i va energiya";
- "Ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish jarayonida bevosita
ishtirok etuvchi xodimlarning mehnatiga haq to'lash xarajatlari"; - "Ijtimoiy
ehtiyojlar uchun ajratmalar"; - "Ishlab chiqarishni tayyorlash va rivojlantirish
xarajatlari"; - "Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari"; - "Umumiy joriy
xarajatlar"; - "Nikohdan yo'qotishlar"; - "Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari"; sotish xarajatlari. Dastlabki 11 ta mahsulotning jami mahsulot ishlab chiqarish
tannarxini tashkil qiladi, barcha 12 ta mahsulotning umumiy qiymati sotilgan
(sotilgan) mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Tashkilotlar ishlab chiqarish
xarajatlari
moddalarining
berilgan
nomenklaturasiga
asbob-uskunalar,
texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda o'zgartirishlar kiritishlari mumkin. Mahsulot tannarxiga
kiritish usuliga ko'ra xarajatlar to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita bo'linadi. To'g'ridanto'g'ri xarajatlar ma'lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lib,
to'g'ridan-to'g'ri va to'g'ridan-to'g'ri uning tannarxi bilan bog'liq bo'lishi mumkin:
19
xom ashyo va asosiy materiallar, ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi,
nikohdan yo'qotishlar va boshqalar. Bilvosita xarajatlarni to'g'ridan-to'g'ri
alohida turdagi mahsulotlar tannarxiga kiritish mumkin emas va bilvosita
(shartli) taqsimlanadi: umumiy ishlab chiqarish va umumiy biznes xarajatlari,
sotish xarajatlarining bir qismi va boshqalar. Xarajatlarni to'g'ridan-to'g'ri va
bilvositaga bo'linishi tarmoqning o'ziga xos xususiyatlariga, ishlab chiqarishni
tashkil etishga va mahsulot tannarxini hisoblashning qabul qilingan usuliga
bog'liq. Masalan, faqat bitta turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan ko'mir
sanoatida barcha xarajatlar bevosita hisoblanadi. Asosiy tarmoqlarga xizmat
ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Ko'pincha yordamchi ishlab chiqarish - bu asosiy
ishlab chiqarishni ta'minlaydigan korxonaning ustaxonalari yoki bo'linmalari:

elektr energiyasi va boshqa energiya turlari;

transport;

uskunalarni ta'mirlash va sozlash; • asosiy ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun asboblar va ehtiyot qismlarni etkazib berish; • va hokazo. Yordamchi
ishlab chiqarish turlari ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi, tarmoqqa
mansubligi va boshqa omillarga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
Xarajatlar - bu korxona o'z faoliyati davomida foydalanadigan resurslarni
baholash. Ishlab chiqarish tannarxi - pul ko'rinishida, uni ishlab chiqarish va
sotish xarajatlari bilan ifodalanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida
mahsulot tannarxi tashkilotlarning ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatining eng
muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichni hisoblash ishlab chiqarish
rentabelligini va mahsulotning alohida turlarini aniqlash uchun zarur; ushbu
ko'rsatkich bo'yicha rejaning bajarilishini va uning dinamikasini baholash; ishlab
chiqarish ichidagi xarajatlar hisobini amalga oshirish; mahsulot tannarxini
pasaytirish uchun zaxiralarni aniqlash; mahsulot narxini aniqlash; mamlakat
20
bo'yicha milliy daromadni hisoblash; yangi texnika, texnologiya, tashkiliytexnik tadbirlarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash; yangi
turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va eskirgan mahsulotlarni ishlab
chiqarishdan olib tashlash to'g'risidagi qarorni asoslash. Ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblashning asosiy vazifalari
ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar hajmi,
assortimenti va sifatini hisobga olish va ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha rejaning
bajarilishini nazorat qilish; ishlab chiqarishning haqiqiy xarajatlarini hisobga
olish va xom ashyo, materiallar, mehnat va boshqa resurslardan foydalanish,
ishlab chiqarishni saqlash va boshqarish uchun belgilangan xarajatlar
smetalariga rioya etilishini nazorat qilish; mahsulot tannarxini hisoblash va
rejaning tannarx bo'yicha bajarilishini nazorat qilish; mahsulot tannarxini
pasaytirish bo'yicha korxonaning tarkibiy bo'linmalari faoliyati natijalarini
aniqlash; mahsulot tannarxini pasaytirish uchun zahiralarni aniqlash.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda (masalan, Qozog'iston)
bozor iqtisodiyotiishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot
tannarxini hisoblash boshqaruv hisobiga ajratiladi, mutaxassislar va tashkilot
ma'muriyati va uning bo'linmalarini mahsulot tannarxini boshqarish uchun
ma'lumot bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan. Ishlab chiqarish xarajatlari
hisobini tashkil etish va mahsulot tannarxini hisoblash quyidagi tamoyillarga
asoslanadi: Yil davomida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va
mahsulot
tannarxini
hisoblashning
qabul
qilingan
metodologiyasining
o'zgarmasligi; Barcha xo'jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks
ettirishning to'liqligi;
Xarajatlar va daromadlarni hisobot davrlariga to'g'ri kiritish; Joriy ishlab
chiqarish xarajatlari va kapital qo'yilmalarni hisobga olishda tabaqalanish;
21
Mahsulot tannarxining tarkibini tartibga solish; Mahsulot tannarxining haqiqiy
ko'rsatkichlarining normativ va rejalashtirilgan ko'rsatkichlarga muvofiqligi.
Mahsulot tannarxi to'g'risida ishonchli ma'lumot olishning asosiy
shartlaridan biri ishlab chiqarish xarajatlari tarkibini aniq belgilashdir.
Qozog'iston Respublikasida mahsulot tannarxining tarkibi davlat tomonidan
tartibga
solinadi.
Ushbu
tarkibni
shakllantirishning
asosiy
tamoyillari
Qozog'iston Respublikasining Soliq kodeksi va "Tashkilotning xarajatlari"
buxgalteriya hisobi to'g'risidagi nizom bilan belgilanadi, ular mahsulot (ishlar,
xizmatlar) tannarxiga tegishli xarajatlarni va xarajatlarni belgilaydi. tegishli
moliyalashtirish
manbalaridan
(tashkilot
foydasi,
maxsus
maqsadli
jamg'armalar, maqsadli moliyalashtirish va maqsadli daromadlar va boshqalar)
olingan. Davlatning mahsulot tannarxiga nisbatan tartibga soluvchi roli asosiy
fondlar va nomoddiy aktivlar bo'yicha amortizatsiyani hisoblash tartibini
belgilashda, ijtimoiy ajratmalar stavkalarini belgilashda va hokazolarda ham
namoyon bo'ladi. Qozog'iston Respublikasining Soliq kodeksi va PBU 10/99
asosida vazirliklar, idoralar, tarmoqlararo davlat birlashmalari, kontsernlar va
boshqa tashkilotlar xarajatlar tarkibi va xarajatlarni rejalashtirish, hisobga olish
va hisoblash bo'yicha uslubiy tavsiyalar bo'yicha tarmoq reglamentlarini ishlab
chiqadilar. quyi tashkilotlar uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi. Ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga olishni tashkil etish uchun ishlab chiqarish va
hisob-kitob ob'ektlarining sintetik va analitik hisoblari nomenklaturasini tanlash
katta ahamiyatga ega. 8110 «Asosiy ishlab chiqarish», 8310 «Yordamchi ishlab
chiqarish», 7110 «Mahsulot va xizmatlarni sotish xarajatlari», 8410 «Umumiy
xarajatlar», 1620 «Kelajak davrlarning qisqa muddatli xarajatlari», 6010
«Mahsulotlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar» schyotlari. ". Ushbu
schyotlarning debeti bo'yicha xarajatlar hisobga olinadi va kredit bo'yicha ular
22
hisobdan chiqariladi. Oy oxirida inkassatsiya va taqsimlash schyotlarida qayd
etilgan xarajatlar asosiy va yordamchi tarmoqlar schyotlariga hisobdan
chiqariladi. Hisobot davrida 8110 «Asosiy ishlab chiqarish» va 8310
«Yordamchi ishlab chiqarish» schyotlarining krediti bo'yicha ishlab chiqarilgan
mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy tannarxi hisobdan chiqariladi.
Ushbu schyotlarning qoldig'i tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatining
qiymatini tavsiflaydi. 6010-"Mahsulotlarni sotish va xizmatlar ko'rsatishdan
olingan daromadlar" hisobvarag'i mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni
hisobga olish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy ishlab chiqarish
tannarxidagi standart yoki rejalashtirilgan tannarxdan chetlanishlarni aniqlash
uchun mo'ljallangan. . Ushbu hisobdan foydalanish tayyor, jo'natilgan va
sotilgan mahsulotlar uchun haqiqiy tannarxning rejalashtirilgan tannarxdan
chetlanishini aniqlash uchun ko'p vaqt talab qiladigan hisob-kitoblarni istisno
qilishga imkon beradi.
Xarajatlarning analitik hisobi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish
ob'ektlari kalkulyatsiya ob'ektlari bilan imkon qadar mos keladigan tarzda
tashkil etiladi. Kalkulyator ob'ektlari - tannarxi belgilanadigan tayyor
mahsulotlar, mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning
alohida turlari. Buxgalteriya hisobi ob'ektlari va kalkulyatsiya ob'ektlari
qanchalik ko'p bir-biriga to'g'ri kelsa, to'g'ridan- to'g'ri asoslar bo'yicha mahsulot
tannarxiga shuncha ko'p xarajatlar kiritiladi, shuning uchun mahsulot tannarxi
aniqroq hisoblab chiqiladi. Har bir xarajat ob'ekti uchun mahsulotning tabiatiga,
uning fizik xususiyatlariga mos keladigan to'g'ri tannarx birligini tanlash kerak.
Buning uchun tabiiy (tsentner, tonna, dona, gektar, ish kunlari, kilovatt-soat va
boshqalar) va koeffitsientlar (nuqtalar, quvurlar va boshqalar) yordamida
hisoblangan shartli tabiiy birliklar qo'llaniladi.
23

Tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobilь, dengiz, daryo transportida va otulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda
transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to’langan jarimalar
kiritiladi.

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo’yicha xarajatlari, shu
jumladan:

Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog’liq mehnatga haq to’lash
xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari.

Ijtimoiy sug’urtaga xarajatlar.

Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni
ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari.

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.

Inventarlar va xo’jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari
hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda
saqlash (ta’mirlash, yuvish, tuzatish, dezinfektsiya qilish va h. k.) bilan
bog’liq boshqa xarajatlar.

Gaz, yoqilg’i, elektr energiyasi xarajatlari.

Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish
xarajatlari.

Savdo reklamasi xarajatlari.

Tashish, saqlash va sotish chog’ida tovarlarning yo’qotilishi.

O’rash-joylash materiallari xarajatlari.

Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug’urta qilish xarajatlari.

Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari.
24

Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o’rnatish
va saqlash, tuynuklar, o’yiqlar va boshqalarning atrofini o’rash bo’yicha
joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar.

Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko’rikdan o’tkazilganligi
uchun tibbiyot muassasalariga haq to’lash.

Kassa xo’jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari.

Umumiy
ovqatlanish
korxonalarida
qog’oz
salfetkalar,
qog’oz
dasturxonlar, qog’oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan
anjomlar qiymati.

Sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha xarajatlar (marketingga, reklamaga
sarflangan xarajatlar).

Yuqorida sanab o’tilmagan sotish bo’yicha boshqa xarajatlar.
25
2.2.Ma’muriy xarajatlar
Ma’muriy xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari.
Boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar.
Xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash
va ijaraga olish xarajatlari.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish va
ularni boshqarish xarajatlari.
Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari,
hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan boshqaruvning
boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari.
Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar
abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov; kanallarni ijaraga berish;
ko’chma yo’ldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish;
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan internet uchun haq to’lash.
Shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlari uchun haq to’lash.
Ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq
to’lash.
Ma’muriy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni
tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) xarajatlari.
Yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar,
uyushmalar, kontsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar.
Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan molmulkni majburiy va ixtiyoriy sug’urta qilish xarajatlari.
Boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo’yicha xarajatlar.
Vakillik xarajatlari.
26
Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va
kommunal xizmatlar qiymatiga haq to’lash xarajatlari.
Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan, tabiatni muhofaza
qilish ahamiyatiga ega bo’lgan jamg’armalarni saqlash va ulardan foydalanish
bilan bog’liq joriy xarajatlar, tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va
chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to’lovlari.
Xizmatlar qiymatini to’lash hamda investitsiya aktivlarining ishonchli
boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari bo’yicha
xarajatlar.
Ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xo’jalik
anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish bo’yicha xarajatlar hamda ularni
belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash bilan bog’liq
bo’lgan boshqa xarajatlar.
27
2.3.Boshqa operatsiya xarajatlari
Boshqa operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi:
Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil
etilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va
qayta tayyorlash bundan mustasno.
Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini
qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidagi omborgacha transportda tashish
chog’idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari
tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va
shunga o’xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini
buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish
yoki zarar ko’rish uchun javobgar bo’lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobiga undirilishi mumkin bo’lmagan darajada
amalga oshiriladi.
Maslahat va axborot xizmatlariga haq to’lash.
O’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarni
saqlashdan ko’rilgan zararlar.
Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida
bevosita qatnashuvi bilan bog’liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etish
tadbirlari.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan
bog’liq
bo’lmagan
ishlar
(xizmatlar)ni
(shahar
va
shaharchalarni
obodonlashtirish ishlari, qishloq xo’jaligiga yordam berish va boshqa xil
ishlarni) bajarish xarajatlari.
28
2.4.Kompensatsiya va rag’batlantirish tusidagi to’lovlar
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ko’ra kompensatsiya
to’lovlari.
Bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish yakunlari bo’yicha
rag’batlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun rag’batlantirish va to’lovlar,
shu jumladan xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z qaroriga ko’ra natura bilan
to’lovlar, shuningdek yagona ijtimoiy to’lov summasi, ular bo’yicha
hisoblangan haq.
Qonun hujjatlariga yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zining qaroriga
muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq to’lanadigan ishni bajarganlik
uchun haq to’lash.
Vaqtincha mehnat layoqatini yo’qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan
belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo’shimcha haq.
Asosiy ish joyi bo’yicha ishchilarga, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishchi va
mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta
tayyorlash tizimida o’qigan vaqtda ish haqi to’lash.
Ikki va undan ko’p bolalari yoki o’n olti yoshgacha nogiron bolasi bo’lgan
ayollarga qonunchilikka muvofiq qo’shimcha mehnat ta’tili haqini to’lash.
Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki
xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
Xodimlarning (ovqatlanishi, yo’l kirasi, davolanish va dam olishga,
ekskursiya va sayohatlarga yo’llanmalari, sport sektsiyalarida, to’garaklarda,
klublardagi mashg’ulotlari, madaniy-ko’ngilochar va jismoniy tarbiya (sport)
tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va iste’moli hamda
boshqa shunga o’xshash to’lovlari) xarajatlarini qoplash.
29
Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar:
Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish
bo’yicha har oylik nafaqani to’lash bo’yicha xarajatlar.
Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir
yo’la to’lanadigan nafaqalar.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan
ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi
munosabati bilan bo’shab qoladigan xodimlarga to’lovlar.
Xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam.
Sog’liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar
maktabgacha tarbiya muassasalari, sog’lomlashtirish lagerlari, madaniyat va
sport ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi ob’ektlari
ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o’tkazishga
amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo’shgan holda) xarajatlar.
Vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini
saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan
tashqari).
Bankning, Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli
qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq to’lash.
Ekologiya,
sog’lomlashtirish
va
boshqa
xayriya
jamg’armalariga,
madaniyat, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va
sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xo’jalik
yurituvchi
sub’ekt
xarajatlariga
kiritiladigan
byudjetga
majburiy
to’lovlar, soliqlar, yig’imlar, davlat maqsadli jamg’armalariga ajratmalar,
30
shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga a’zolik
badallarini to’lash.
Zararlar, jarimalar, penyalar:
Bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha yo’qotishlar.
Moddiy boyliklarning bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli
bo’lmagan yo’qotishlar hamda kamomadlar.
Ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli
yoki sotishning sof qiymati bo’yicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish
natijasidagi zararlar.
Idishlarga doir ishlar bo’yicha zararlar.
Sud xarajatlari.
To’lanishi shubhali qarzlar bo’yicha zaxiraga ajratmalar.
Qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o’tgan va undirish noreal
bo’lgan boshqa qarzlar bo’yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan
ko’rilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy
shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha to’lanishi shubhali qarzlarni hisobdan
chiqarishdan ko’rilgan zararlar.
Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillar operatsiyalari bo’yicha ko’rilgan
zararlar.
Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa
moddiy boyliklarning nobud bo’lishi va buzilishi, ishlab chiqarishning to’xtashi
va boshqalar tufayli yo’qotishlar) tufayli ko’rilgan qoplanmaydigan yo’qotishlar
va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki
oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq xarajatlar.
Aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan
zarur summani undirish mumkin bo’lmagan hollarda ko’rilgan zararlar.
31
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki
(aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko’rilgan zararlar.
Xo’jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib
beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof
etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan to’lovlar va boshqa xil
sanktsiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to’lash bo’yicha xarajatlar.
Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
To’langan boshqa jarimalar.
Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo’jaliklar tomonidan xo’jalik
yurituvchi
sub’ektning
umumiy
ovqatlanish
korxonasi
uchun
ishlab
chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo’yicha narx tafovutlari.
Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish
bilan bog’liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan molmulk bo’yicha, belgilangan tartibda.
Yangi texnologiyalar yaratish va qo’llanilayotgan texnologiyalarni
takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib
borish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni
qayta jihozlash bilan bog’liq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari.
Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment
ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo’yicha modellar
va namunalarni tayyorlash va sinash, ko’rgazmalar va ko’riklar, tanlovlarni,
sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo’yicha boshqa
tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to’lash xarajatlari va boshqa xarajatlar.
Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari;
Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan
boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug’ish
32
nafaqalari to’lash bilan bog’liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga
muvofiq.
Yangi ishlab chiqarishlarni, tsexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va
ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va texnologik
jarayonlarni o’zlashtirish xarajatlari.
Ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab ko’rish hamda
foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning barcha turlarini ularni
montaj qilish sifatini tekshirib ko’rish maqsadida kompleks (mahsulot
chiqarmasdan) ishlatib ko’rish.
Yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi kuchlarini jalb
qilish va kadrlar tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar.
Foydalanishdagi to’liq eskirgan uskuna uchun to’lov.
Ishlab chiqarish jarayonini to’xtatib turish davrida ishlab chiqarish
quvvatlari va ob’ektlarni saqlash hamda ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari.
Boshqa xarajatlar.
Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar
xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks
ettiriladi:
9410-«Sotish xarajatlari»;
9420-«Ma’muriy xarajatlar»;
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»;
9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri
xarajatlari».
Hisobchilikning jurnal order shaklida sotish bo’yicha xarajatlarning analitik
hisobi 15-sonli qaydnomada yuqorida keltirilgan alohida xarajatlar kesimida
33
keltiriladi. Davr xarajatlarining debet oborotlari jami №1, 2, 7, 10/1-jurnal
orderlarda aks ettirilsa, kredit bo’yicha oborotlari esa №11-jurnal-orderida aks
ettiriladi.
Korxonalar ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni
talab qiladi. Har bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli
ajratmalar qiladi va bu ajratmalar 9420-«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar»
schyotida hisobga olinadi.
Yuqoridagi keltirib o’tilgan xarajatlar 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
schyotida hisobga olinadi. Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan
hisobot
davri
xarajatlari
9440-«schyotida
hisobot
davrida
soliqqa
tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish
uchun qilingan xarajatlarni rejalashtirilgan samaraga erishilgan holda, kelgusi
hisobot davrlarida soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan xarajatlar
hisobga olinadi.
Hisobot davri oxirida 9440-schyotning debetida yig’ilgan xarajatlar 9900«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o’tkaziladi. 9440-schyotning debetida
hisobga olingan xarajatlar balansdan tashqari 010-«Vaqtli tafovutlar bo’yicha
xarajatlar» schyotida yig’ib boriladi. Sodir bo’lgan muomalalar summasiga
9440-schyotning debeti bilan birga, 010-schyotda ham yozib boriladi. 010schyotning chiqimiga hisobga olingan xarajatlar bu tadbir uchun sarflangan
xarajat va undan olinadigan samara muddatiga qarab, tuzilgan maxsus komissiya
raschyotiga asosan hisobdan chiqarilganda yoziladi.
Sotish, ma’muriy, boshqa operatsion xarajatlar va kelgusida soliqqa
tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari tarkiba «Mahsulot,
ish, xizmatlarni sotish va moliyaviy natijalar to’g’risidagi Nizom»da batavsil
keltirilgan.
34
Davr xarajatlari buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar
bilan hisobga olinadi:
1. Mahsulotni sotish bilan bog’liq transport xarajatlari:
Debet 9410-«Sotish xarajatlari»
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar»
2. Reklama va marketing xarajatlari:
Debet 9410-«Sotish xarajatlari»
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar»
3. Boshqaruv xodimlariga hisoblangan ish haqi:
Debet 9420-«Ma’muriy xarajatlar»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»
4. Umumma’muriy ahamiyatdagi asosiy vositalarga hisoblangan eskirish:
Debet 9420-«Sotish xarajatlari»
Kredit 0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar»
schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha
5. Auditorlik xizmatiga to’lovlar:
Debet 9430-«boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar»
6. Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi bo’yicha ko’rilgan
zarar:
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 9210-«Asosiy vositalarni chiqib ketishi»
7. Soliq idoralariga hisoblangan jarima:
Debet 9430-« Boshqa operatsion xarajatlar»
35
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)»
8. Hisobot davri oxirida davr xarajatlarining yakuniy moliyaviy natijaga
o’tkazilishi:
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 9400-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»
36
XULOSA
Foyda turli darajadagi byudjetlarni ragbatlantirish manbalaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. U soliqlar ko‘rinishida byudjetlarga kelib tushadi va boshqa
daromad tushumlari bilan bir qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni
moliyalashtirish, davlat tomonidan o‘z faoliyatini bajarishni ta’minlash,
davlatning investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy dasturlarini
amalga oshirish uchun ish-atiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foydaning ahamiyati juda katta. Foyda olishga
intilish tovar ishlab chiqaruvchilarni iste’moliga kerak bo‘lgan mahsulot ishlab
chiqarish hajmlarini oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni
kamaytirishga
undaydi.
Erkin
raqobat
sharoitida
bu
orqali
nafaqat
tadbirkorlarning maqsadiga, balki ijtimoiy ehtiyojlar qondirilishiga ham
erishiladi. Zararlarning ham o‘z o‘rni bor. Ular mablag‘larni yo‘naltirishda,
ishlab chiqarishni tashkil qilishda va mahsulotni sotishdagi xatolarni yoritib
beradi.
Foydaga iqtisodiy toifa sifatida qaraganda, u haqda abstrakt holda
gapiriladi. Lekin korxonaning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini rejalashti rishda
hamda baholashda, korxona ixtiyorida qolgan foydani taqsimlashda foydaning
aniq ko‘rsatkichlari ishlatiladi. Foyda bu korxonaning mahsu lot sotishdan
olingan foydasi (zarari) bilan mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq
bo‘lmagan foydalari (zararlari) yig‘indisidir.
Mahsulot sotish deyilganda, nafaqat, natural-moddiy shaklga ega bo‘lgan
ishlab chiqarilgn tovarlarni sotish, balki ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘r satish
ham tushuniladi. Oxirgi moliyaviy natija sifatida foyda korxona ning barcha
xo‘jalik operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va balans moddalarini baholash
asosida aniqlanadi. Foyda atamasining ishlatilishi shu bilan bog‘liqki, korxona
ishining yakuniy moliyaviy natijasi uning chorak, yil yakuni bo‘yicha
tuziladigan balansida aks etadi.
37
Moliyaviy natijalarni buxgalteriyada hisobga olishning asosiy vazifalari
quyidagilardir:
• moliyaviy natijalarning shakllanishi to‘g‘ri ekanligini o‘rganish;
• olingan foyda miqsorini har oyda hamda yil boshidan o‘z vaqtida
va to‘g‘ri hisob-kitob qilish;
• moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning taq
simlanishini buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida va tegishli registrlarda
to‘g‘ri aks ettirish.
Korxona o‘zining hisob foydasidan, avvalo, davlat oldida hisob beradi va
o‘zining ixtiyorida hamda tasarrufida bo‘lgan foyda summasini aniqlaydi.
Foydadan olingan soliqlar qat’iy stavkalarda va foizlarda undiriladi. Hisob
foydasining qolgan qismi korxona sof foydasi sifatida uning erkin belgiloviga
(aksionerlar umumiy yig‘ilishining qarori va ichki nizomiga) muvofiq
taqsimlanadi.
Sof foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga oid sarflar
aksionerlarning umumiy yig‘ilishida hisob berish hamda ularning roziligini olish
asosida belgilanadi. Sof foydaning qolgan qismi chiqarilgan aksiyalarning turiga
qarab va ularning imtiyozli shartlari asosida taqsimlanadi. Dastlab imtiyozli
aksiya egala-riga oldindan kafolatlangan foizlarda to‘lovlar hisobga olinadi,
so‘ngra oddiy aksiya egalariga dividend foizlari va summalari e’lon qilinadi.
Foydaning taqsimlanmagan qismi korxona uchun taqsimlan magan foyda
sifatida, agar korxona nochor ahvolda bo‘lsa, qoplanmagan zarar sifatida
keyingi hisobot yiliga o‘tkaziladi.
38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. https://www.accountingtools.com/articles.Period costs - Accounting tools.
2. Э.Аренс, Дж.Лоббек. Аудит. Пер.с.англ. М.А.Терехова и другиеМ:
Финансы и стасистика, Г.Андерсон, Б.Нидлз, Д.Кондвелл. «Бухгалтерский
учет» -М:.Финансы и стасистика, 1993-496 с., Бакыт Султанова, Жумакуль
Абишева, Феризат Тулегенова. Учебное пособие. Алматы 2016
3. Karimov A.A, va boshqalar. “Buxgalteriya hisobi: Oliy o‘quv yurtlari
uchun darslik/Mualliflar: A.A.Karimov, F.R.Ismoilov, A.Z.Avloqulov. – T:
“Sharq”, 2004. – 394 b.
4. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti 5-son
“Asosiy vositalar” // www.bhms.uz – Buxgalteriya hisobining milliy
standartlari.
5. Subramanyam K.R. Financial statement analysis. 11th edition. New York,
Mc Graw-Hill Education, 2014. - 814 pages.
6. Kazakova N.A. Finansoviy analiz. Uchebnik. M.: Yurayt, 2018. – 470 s.
7. Jilkina A.N. Finansoviy analiz. Uchebnik. M.: Yurayt, 2018. – 285 s.
8. Raximov M. Iqtisodiyot sub`ektlari moliyaviy holatining tahlili. O‘quv
qo‘llanma. T.; Iqtisod-Moliya, 2015. -392 b.
9. Raximov M. Iqtisodiyot sub`ektlari moliyaviy holatining tahlili. Uslubiy
qo‘llanma. T.; Iqtisod-Moliya, 2015. -156 b.
10. Pardayev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil. O‘quv
qo‘llanma. T.:Print Line Group, 2017.-533 b.
11. Steven M. Bragg. Financial analysis: A business decision guide. 2nd
edition. Colorado, Accounting Tools, Inc., 2014. –325 pages.
12. Shagiyasov T.Sh., Sagdillaeva Z.A., Urmanbekova I.F. Ekonomicheskiy
analiz. /Uchebnik –T.: Iqtisod-Moliya, 2017. – 428 s.
39
Скачать