ANGREN UNIVERSITETI “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fanidan KURS ISHI Mavzu: Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari Bajardi: Moliya fakulteti, M-108 guruhi talabasi Odilova Humora Tekshirdi: Qo’ldoshev Q. Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “____” _______2023 y. “____” _______2023 y. Komissiya aʼzolari: Kurs ishi himoya qilingan sana “____” _______2023 y. ___________ __________________ (imzo) Baho “_____” _________ ___________ (imzo) ANGREN – 2023 1 _________________ Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari Mundarija Kirish………………………………………………………………………… 3 I-bob Bozor iqtisodiyoti haqida tushuncha, uning mazmuni, vazifalari va tuzilishi………………………………………………………………………. 5 1.1. Bozor iqtisodiyotini vujudga kelishi va unga o’tishning asosiy modellari…………………………………………………………………….. 13 1.2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari……………………... 22 II-bob. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning amaliy natijalari tahlili…………………………………………………………………………. 25 2.1. O’zbekistonni rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada rivojlantirish yo’nalishlari…………………………………………………… 33 Xulosa……………………………………………………………………….. 40 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….. 42 2 Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Iqtisodiyotning bozor tipi shunday iqtisodiy tizim deb talqin qilinadi, unda xususiy mulk asosida ishlab chiqarish resurslari va ishlab chiqarishning harakati talab, taklif va narxlarning o’zgarishi, shuningdek iqtisodiy foyda asosida bozorni tartibga solish mexanizmi ta’siri ostida amalga oshiriladi. Eng rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy farovonligini va xalqlar farovonligining oshishini ta’minlaydigan bozor tizimining zamonaviy talqini aralash iqtisodiyotdir. U o’zining kuchli va zaif tomonlari bilan ajralib turadi, muvozanat uni ortiqcha ishlab chiqarish, ijtimoiy inqirozlar elementlaridan o’tib, ta’sirli iqtisodiy tiklanishga erishdi. Uni zamonaviy tashkil etish asoslari ikki tamoyildan iborat: bozor va davlat tomonidan tartibga solish. U deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarning milliy iqtisodiy xususiyatlariga, ularning ancha murakkab iqtisodiy va ijtimoiy muammolariga moslashtirilgan. Barqarorlik, moslashuvchanlik va konvertatsiya qilish qobiliyati - bu turdagi iqtisodiy tizimlarga doimiy qiziqish uyg’otadigan xususiyatlar va xususiyatlar. XX asrning 90-yillari O’zbekiston tarixida tub o’zgarishlar davri sifatida e’tirof etiladi. 1991 yilda O’zbekiston xalqining asriy orzulari ro’yobga chiqdi: O’zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o’zgarishlar va islohotlar amalga oshirila boshlandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikaning o’z taraqqiyot yo’lini belgilash, Vatanimizni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan mamlakatga aylantirish eng birinchi galdagi masala bo’lib qoldi. Davlat mustaqilligini qo’lga kiritish natijasida O’zbekiston uchun iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, madaniy va ma’naviy yangilanishning keng istiqbollari ochildi. Iqtisodiy islohotlarning muhim natijalari yildan yilga o’zining ijobiy samarasini berayotganligini har bir soha va tarmoqda barqaror o’sish sur’atlari orqali ko’rishimiz mumkin. Shunday bo’lsada aksariya sohalarda bozor prinsiplari amal qilmaydi, yoki o’sish faqat raqamlardan iborat bo’lib qolgan. Bu haqida mamlakatimiz rahbari 3 Sh.M. Mirziyoyev “Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo’lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo’lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo’lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o’tishimiz shart. Yagona yo’limiz shu. Bu – Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo’l yo’q. Biz boshlagan islohotlarimizni qatʼiy davom ettiramiz va ular albatta o’zining ijobiy natijasini beradi” deya ta’kidlaganlar1. Aynan yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlar mazkur kurs ishining ahamiyatini belgilab beradi. Kurs ishining maqsadi bozor iqtisodiyotini tadqiq etish, mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o’tishiga qaratilgan jarayonlarini jadallashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - bozor iqtisodiyoti tushunchasi mohiyati, uning vazifalarini ochib berish; - bozor iqtisodiyotining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o’rnini yoritish; - bozor iqtisodiyotiga o’tishning xorij tajribasini o’rganish; - O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlari holatini tahlil qilish; - bozor iqtisodiyoti afzalliklari va unda mavjud muammolarni tadqiqi etish; Kurs ishining obyekti bozor iqtisodiyoti, undagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi. Kurs ishining predmeti mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan iborat. Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning bozor iqtisodiyotiga doir amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi. 1 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2018 yil, 7 dekabr. https://president.uz/oz/lists/view/2179 4 1. Bozor iqtisodiyoti haqida tushuncha, uning mazmuni, vazifalari va tuzilishi Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona хo’jalik yuritishga undovchi dеmokratik iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Bozor iqtisodiyotining ayrim o’ziga хos bеlgilari bor (1-rasm): a) xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi; b) ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Markеting muhim rol o’ynaydi; d) erkin raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini chеklashga qaratiladi. Bundan shunday хulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi. Bozor deganda kishilar ko’z oldida ko’pchilik yig’ilib savdo-sotiq yuz beradigan joy gavdalanadi, lekin ko’pchilik do’kon, birja yoki auksionni bozor tarzida qabul qilmaydi. Aslida "bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsada, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a’zosidir. Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga bog’lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi qilish, ya’ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Bozor bo’lishi uchun oldisotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo’lishi talab qilinadn. Sotuvchi o’z tovarini yaxshi qo’llasa, xaridor esa kerakli tovarni ma’qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo’lishga intiladi. Bozorning har bir 5 ishtirokchisi, u kim bo’lishidan qat’i nazar (fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi bo’lsa, boshqa bozorda xaridor vazifasini o’taydi. Xususiy mulk bilan bir qatorda Ishlab chiqarish boshqa mulk bozor talabini shakllari ham hisobga olgan mavjud bo’ladi holda olib boriladi. Markеting muhim rol o’ynaydi Erkin raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi Bozor iqtisodiyoti 1-rasm. Bozori iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari2 Xaridorda tovarni ma’lum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma’lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilardir. Uy xo’jaliklari, birinchidan, oddiy iste’molchilardan (masalan, oila yoki yakka shaxsdan), ikkinchidan, resurs egalaridan iborat. Ular xaridor sifatida bozordan tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, yer va pul mablag’ini bozorga chiqarib sotadilar. Ish kuchi mehnat bozorida, yer ko’chmas mulk bozorida, pul esa moliya bozorida sotiladi, bular birgalikda resurslar bozori deyiladi. Uy xo’jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar bozoriga chiqarib, u yerdan iste’mol buyumlari oladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo’jaliklari yoki yakka tartibda ishlab chiqaruvchilardan iborat. Ishlab chiqaruvchilar ham ikki bozorda ish ko’radilar. Ular resurs bozoridan ish kuchi, xomashyo, yer, kredit va boshqa shu kabilarni sotib oladilar. Ayni paytda ular bozorga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar. 2 www.wikipedia.org sayti ma’lumotlariga asoslanib muallif tomonidan tayyorlandi 6 Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir sotish kerak. Demak, xaridor, albatta, sotuvchi vazifasini ham o’tashi lozim. Uy bekasi bozor qilganda pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go’yo hech narsa sotmadi. To’g’ri, u shu damda tovar sotmadi, lekin uning hamyonidagi puli oldin sotilgan tovarning haqidir. Masalan, uning oila a’zolari o’z ish kuchini firmaga yoki davlatga sotib, ish haqi olgan. Shu pulni beka bozorga olib chiqadi. Mazkur oila bankka pul qo’ygan bo’lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara haqi oladi. Uy bekasi uchun sotish operatsiyasi oldin bo’lib, xarid etish operatsiyasi keyin bo’lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin. Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo’lsa, u ham tovar sotadi. Ammo aksariyat davlat idoralari va mahkamalari bozorda o’z xizmatini sotadi. Bu xizmatning haqi olinadigan soliqlar hisoblanadi. Tushgan pulga davlat bozordan resurslar va tovarlar sotib oladi. Bozorning afzalligi ham shuki, u oldi-sotdidan iborat iqtisodiy aloqalarni o’rnatadi. Iqtisodiyotning o’zi tarixan turli shakllarda mavjud bo’lgani kabi bozorda xaridor va sotuvchining mavqei ham o’zgarib boradi. Hozirgi bozor tartiblanadigan bozor, unda stixiyalik, noaniq xaridor uchun ishlash kam uchraydi, mijozlar o’rtasida oldi-sotdi aloqalari muhim va uzoq vaqt uzilmay davom etadi. Bozorga tovarlarni tavakkalchilik bilan yetkazish ham kam uchraydi. Tovar chiqarishdan oldin bozor puxta o’rganiladi, nimani, qancha yetkazib berish belgilab olinadi. Ammo bozorda ma’lum darajada noaniqlik saqlanib qoladi. Chunki, xaridor va sotuvchi mustaqil bo’lib, nima qilishni o’zlari hal etishadi, ularning maqsad va o’yxayollari turlicha. Erkin bozor deganda xaridorlar ham, sotuvchilar ham ko’p bo’lib, ulardan hech biri monopoliya mavqeiga ega bo’lmay, bir-birini tezda topa oladigan, raqobat to’la-to’kis hukmron bo’lgan, narxlar erkin savdolashuv asosida shakllanadigan bozor tushuniladi. Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turganidek. erkin bozorda xaridor va sotuvchi munosabati biron bir tazyiqsiz, iqtisodiy tanlov asosida vujudga keladi, ular 7 orasida murosa mavjud bo’ladi. Erkin bozorga misol qilib O’zbekistondagi qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorini ko’rsatish mumkin. Bu bozorda millionlab kishilar xaridor, sotuvchilar esa fermer xo’jaligi va minglab tomorqa xo’jaliklaridir. Bu yerda kim nimani sotish, kimdan nimani olish, qanday narxda savdo qilish yuqoridan turib belgilanmaydi, buni bozorning o’zi hal qiladi. Erkin bozorda xaridor va sotuvchilarning tanlovi ularning saralanishiga va ulardan kuchlilarining monopol bozorni tashkil etishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’chilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’lab asrlar davomida tarkib to’ib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’gina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning ‘aydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. 8 Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy mono’olizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo’jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi. Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10 qismi har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni ozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, ‘irovard iste’molchilar, ssuda ka’itali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. Uy xo’jaliklari - iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlik sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z ka’italini yoki qarz olingan ka’italni ishga solishni taqozo etadi, bu ka’italdan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi. 9 Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi3. Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o’zaro ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (2-rasm). Bank Davlat Uy xo’jaligi Korxona (firma) 2-rasm. Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli4 Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat. Narxlar nisbati o’zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar, o’z navbatida, narxlardagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: - turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi; - tadbirkorlik va tanlov erkinligi; - raqobat kurashning mavjudligi; 3 Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. Г.П.Журавлевой. - 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.; 4 Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. Akad. M.Sharifxo’jaevning ilmiy tahriri ostida. - T.: «O’qituvchi». 2002. 61-63 b. 10 - davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; - korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi. Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida ga’ borganda bu iqtisodiyotning tarixda tarkib to’gan ikki turini bir-biridan farq qila bilish zarurdir. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) ka’ital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi. Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari: a) mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi; b) ka’ital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik mono’oliyalar va davlat qo’lida to’lanib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi; v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fantexnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; g) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish); 11 d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga kelishi. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti Aralash iqtisodiyot Korporativ iqtisodiyot Davlat dasturlarining maqsadga yo’naltirilganligi Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish Tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha shartsharoitlar yaratish Yirik ishlab chiqarish manfaatlarini himoya єilish Iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillari Uzoq muddatli dasturlarning ishlab chiqilish Taktik usullar-dan ustun ravishda foydalanishi Asosiy ustuvorliklarni belgilab olish Davlat sektorining iqtisodiyotdagi ulushi 30% 10% atrofida Ahamiyatsiz darajada Ko’rsatilgan mezonlarga muvofiq keluvchi davlatlar Germaniya Mezonlar AQSh Yaponiya, Shvetsiya 3-rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari5 Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (3-rasm). 5 Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. Akad. M.Sharifxo’jaevning ilmiy tahriri ostida. - T.: «O’qituvchi». 2002. 63 b. 12 Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi bir o’quv adabiyotlarida bozor iqtisodiyotini bosqichlarga ajratishda ma’lum noaniqlik, chalkashliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, D.Tojiboeva uning dastlabki («kurtak»), erkin, tartibga solinuvchi va deformastiyalashgan bosqichlarini ajratib ko’rsatadi6. Bozor iqtisodiyotni bunday bosqichlarga ajratilishi, fikrimizcha, quyidagi mulohazalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi: Birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi turli mamlakatlarda turli tarixiy davr va sharoitlarda turlicha kechgan. Natijada, alohida bosqich sifatidagi dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyotning umumiy iqtisodiy manzarasi uning amal qilishining nazariy qoida va xususiyatlarini aniq tarzda ajratish va ifodalash mushkul. Shunga ko’ra, mazkur bosqich o’zining mohiyatini klassik bozor iqtisodiyoti bosqichida to’liq ifodalaydi, degan xulosa o’rinlidir.Ikkinchidan, deformastiyalashgan bozor iqtisodiyoti bosqichining ajratib ko’rsatilishi mantiqqa zid hisoblanadi. Chunki, muallifning o’zi tomonidan keltirilgan yorqin misol - ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiradigan tizim - o’z nomiga ko’ra hech qanday bozor iqtisodiyoti emas, balki ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: - ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; - ishlab chiqarishning ixtisoslashishi. 2. Bozor iqtisodiyotini vujudga kelishi va unga o’tishning asosiy modellari Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u borgan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII–XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga 6 Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. Akad. M.Sharifxo’jaevning ilmiy tahriri ostida. - T.: «O’qituvchi». 2002. 61-63 b. 13 o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklari bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Dastlab, yakka xususiy mulk monopoliyasi xukmron bo’lib, kapitalistik jamiyatga xos ziddiyatlar kuchaygan. XIX asr o’rtalarida marksistik g’oya vujudga keldi. Bu g’oyaga binoan jamiyat a’zolarining farovon yashashi, adolat o’rnatilishi uchun adolatsizlikning bosh manbai xususiy mulkchilik yo’qotilishi lozim edi. Shu g’oyaga binoan sobiq ittifoq va ayrim mamlakatlarda xo’jalik yuritishning alternativ varianti tarzida ma’muriy buyruqbozlik, markaziy rejalashtirishga asoslangan xo’jalik yuritish vujudga keldi. Bu xo’jalik yuritish shaklida: Xususiy mulkchilikni yo’qotish; Bozor, tovar-pul munosabatlarini tugatish; Ne’matlar va resurslarni taqsimlashning bozor mexanizmi o’rniga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan davlat taqsimoti va nazoratini o’rnatish; Har bir kishini yaratgan ne’matlardagi ulushini qilgan mehnatiga qarab belgilash, mehnat miqdorini esa ish vaqti asosida aniqlash ko’zda tutiladi. Tarixiy paradoks shundaki, marksizmning asosiy konsepsiyasi – insonni nurli kelajakka olib borishning nazariy jihatdan ilgari surilgan g’oyasi bilan tarixiy tajribada erishilgan natija keskin farq qiladi. Tarixiy tajriba ijtimoiy mulkchilikka, bir markazdan, reja asosida boshqarishga asoslangan iqtisodiyot sarob ekanligini ko’rsatdi. Shunday bo’lishi muqarrar edi. Sababi, xususiy mulkchilikka barham berib, ijtimoiy, munosabatilarini ya’ni davlat cheklash, mulki monopoliyasini monopolizmni vujudga o’rnatilishi keltirish va bozor bozor iqtisodiyotining harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’lgan raqobatni yo’qolishiga olib keladi. 14 Bozor iqtisodiyotida yuqori darajada bajarilgan ishni rag’bat- lantirish mehnat bozoridagi raqobat orqali hal etiladi. Aynan mehnat bozoridagi raqobat mehnatning yuqori unumdorligi va ish sifatini ta’minlaydi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat esa xarajatlarni pasaytirish, mahsulot sifatini yaxshilashga olib keladi. Narxlarning erkinligi esa zarur tovar va xizmatlar mo’l ko’lligini ta’minlaydi. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan xo’jalik yuritishda ish haqi markazlashmagan tarzda stavkalar asosida reja bo’yicha belgilangan. Iqtisodiy rag’batlantirishdan ko’ra mehnatga majbur qilish ko’proq rol o’ynagan. Korxonalarda mablag’larni muqobil ishlatishning iloji yo’q, chunki butun faoliyat rejadan chiqmasligi kerak edi. Zarar keltiradigan korxo-nalarning bankrot bo’lish xavfi yo’qligi ularning samarali ishlash zaruratini yo’qqa chiqaradi. Zarar keltiradigan korxonalar dotatsiya olar, foyda keltiradiganlar mablag’i byudjetga tortilar edi. Foydaning rag’bat- lantiruvchi roli yo’qqa chiqarildi. Asosiy e’tibor direktiv reja topshi- riqlarini bajarishga qaratildi. Har bir korxonalarning ish faoliyatiga rejani bajarishiga qarab baho berildi. Belgilangan narxlarning qat’iyligi ham samarasiz xarajatlar ko’payishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, taqchillikning asosiy sabab- laridan biriga aylandi. Bozor iqtisodiyoti esa demokratiyaga asoslangan. Iqtisodiy demokratiyaning asosi – bozor. U iqtisodiyotdan tortib jamiyat hayotining siyosiy, huquqiyma’naviy tomonlarigacha demokratlashuviga olib keldi. Bozor munosabatlari tizimida shunday rag’batlantiruvchi kuch joylanganki, u muttasil iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlanishni ta’minlaydi. Bozor tizimining afzalligini Tailand, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur kabi Osiyo mamlakatlari ham namoyish etdi. Hozirgi paytda Xitoy, Sharqiy Germaniya (Sobiq GFR), Vetnam ham uning ustunligini ko’rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish tarixiy ob’ektiv zarurat bo’lib, kelajakda ravnaq topishining, oqilona xo’jalik yuritishga erishishning yagona yo’li sifatida O’zbekiston ham bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi. 15 XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o’tish global, ya’ni umumjahon voqyeligiga aylandi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish murakkab jarayon, shuning uchun u uzoq vaqt davom etadi. Undan tashqari, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning turli modellari, yo’nalishlari asosida amalga oshadi. Har bir mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga xos yo’li quyidagi omillarga bog’liq: Geografik o’rni; Tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zaxirasi; Tarixiy taraqqiyot darajasi; Aholining an’analari va urf-odatlari; Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi; Jamiyatning ijtimoiy yo’nalishi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy tomonlari bo’lib, bular: Bozor iqtisodiyotining turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi; Tovar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi; Raqobat kurashiga asoslanishi; Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi mavjudligi va boshqalardan iborat. Bozor iqtisodiyoti barcha mamalakatlarda o’z xususiyatlari va umumiy tomonlarining o’ziga xos qorishmasidan iborat bo’lib, iqtisodiy fanda har hil model (andoza) tarzida ifodalanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish modellarini tarixiy nuqtai nazardan 3 guruhga bo’lish mumkin. Ana shunday guruhlarga bo’lishning asosiy mezoni qilib: Davlat dasturlarining maqsadi, yo’nalishi; Iqtisodiyotni tartibga solish usullari; Iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi; Ish haqidagi farq kabilar olinadi. 16 Bozor iqtisodiyotiga o’tishning quyidagi asosiy modellarini ajratib ko’rsatishadi: I. G’arbiy yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li. Bunda bozor iqtisodiyotiga evolyusion o’zgarishlar orqali o’tib boriladi. XX asrning 30-yillariga kelib, ayniqsa 50-yillardan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu modelni iqtisodchilar klassik model deb ataydilar. U bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilishi mumkin. Chunki, klassik modelda bozor iqtisodiyotining qonun- qoidalari, hayotiyligi sinab ko’rilgan. Klassik modelning o’zi ham 3 ga bo’linadi: 1. Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli ko’proq fuqarolar manfaatini himoya qilish, uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish, aholining haddan ziyod tabaqalanishiga yo’l qo’ymaslik, davlat mulki ulushining boshqa modellarga qaraganda ko’pligi (25–30%) bilan ajralib turadi. Bu model Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos. 2. Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modelida esa davlat tadbir- korlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda ustun darajada taktik usullardan foydalanish, iqtisodiyotda davlat mulkining hissasi (10% atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, ish haqidagi farqning kattaligi bilan ajralib turadi. Bu modelni qo’llagan eng tipik mamlakat sifatida AQSh ni ko’rsatish mumkin. 3. Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini himoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivoj- lanishiga yordam berish, davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish haqidagi farq haddan tashqari katta emasligi bilan farqlanadi. Bu ijobiy natijalar bilan o’tish Yaponiyada va uning izdoshlari bo’lgan mamlakatlarda qo’llanilgan. II. Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi malakatlari yo’li. Bu yo’l mustamlakchilikdan qolgan qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lidir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar turli xo’jaliklar: azaliy natural xo’jalik, rivojlanish darajasi, bozor munosabat-lariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya orqali yuz beradi. 17 Rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o’tish: a) bozor infrastrukturasini yaratish; b) iqtisodiyotni barqarorlashtirish; v) sanoat tarmoqlarini (ayniqsa qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi. 1-jadval Bozor iqtisodiyoti modellari7 T/r Model turlari 7 1 Amerika 2 Yaponiya 3 Shved 4 Fransuz 5 Janubiy Koreya 6 Xitoy 7 Rossiya Asosiy tavsifiy belgilari Davlatning tartibga solish roli eng kam darajada (sezilarsiz); Tadbirkorlikning har tomonlama rag’batlantirilish; Aholi daromadlarining sezilarli darajada tabaqalanishi Davlatning iqtisodiyotga ta’siri yuqori darajada; Ish haqi darajasidagi farqlar sezilarsiz. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ijtimoiy yo’naltirilganligi, kamta’minlangan aholi qatlamiga g’amxo’rlik ko’rsatish; Iqtisodiyot davlat sektorining yuqori salmoqqa egaligi. Davlatning tartibga solishdagi yuqori roli; Davlat tadbirkorlik faoliyati ko’lashining ancha kengligi. Moliya-kredit sohasida davlat monopoliyasi; Eksportni rag’batlantirish va importni cheklash. Markazlashgan rejali iqtisodiyot modelidan «sotsialistik rejali tovar iqtisodiyoti» modeliga o’tish; Bozorlar (fond, tovar ishchi kuchi va boshqalar) tizimining yaratilganligi. Markazdan boshqarish va bozor mexanizmining uyg’unlashganligi; Aholi ijtimoiy himoyalanganligining yetarlicha yuqoriligi. Гордиенко Д.В. Основы экономической безопастности государства. Курс лекций: учеб. – метод. пособие. – М: Финансы и статистика. ИНФРА – М., 2009. с 17 18 Bu mamlakatlar uchun bozor iqtisodiyotiga kirib borish mustaqillik garovi hisoblanadi. Sababi bozor iqtisodiyotiga o’tish ishlab chiqarishning jadal o’sishiga olib keladi. III. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning sobiq sotsialistik mamalakatlar yo’li. Bu mamlaktlarda davlat mulki hukmron mavqyega ega bo’lib, iqtisodiyot davlat tomonidan markazlshgan tarzda tuzilgan rejalar asosida boshqarilgan. Yaratilgan mahsulot ham davlat tomonidan taqsimlangan. Totalitar iqtisodiyotning bozor bilan umumiyligi yo’q, ular bir- biriga zid, tabiatan har xil. Shuning uchun ham bu modelda aholiga bozor munosabatlari g’oyalarini singdirmay, ularda yangicha ko’nikma hosil etmay turib, bozor iqtisodiyotiga o’tib bo’lmaydi. Lekin bu tizimning afzalligi shundaki, u o’ziga xos yo’llar bilan kuchli ishlab chiqarish va ilmiy- texnikaviy kadrlar potensialini yaratgan. Ularga tayangan holda bozor iqtisodiyotiga o’tish nisbatan yengil kechishi mumkin. Bu tizimga kirgan mamlakatlarda xususiy mulk tamomila yo’qotilgan yoki qisman mavjud. Tadbirkorlikka intilish, iqtisodiy taraqqiyot darajasi turlicha; masalan, Polsha, Vengriya, Germaniyada xususiy mulkchilik ulushi ancha yuqori saqlangan. Sobiq Ittifoqida esa akincha, xususiy mulk tamomila yo’qotilgan. Bularning hammasi albatta, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’z ta’sirini o’tkazadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohatlar ikki yo’l bilan amalga oiriladi: a) bozor iqtisodiyotiga tezlik bilan o’tish; b) bozor iqtisodiyotiga bosqichmabosqich o’tish. Sobiq GDR (GFR bilan qo’shilib yagona davlat vujudga kelishi tufayli), Polshada qisqa muddatda bozor iqtisodiyotiga o’tish amalga oshirildi. Boshqa mamlakatlarda o’z xususiyatlaridan kelib chiqib, bozor iqtisodiyotiga o’tish amalga oshirilib, bu turli muddatlarni talab etdi. Umuman olganda o’zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan yutuqlari bilan jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar «Amerika», «Yaponiya», «Germaniya», «Shvetsiya», «Janubiy Koreya», «Xitoy» modeli va boshqalar hisoblanadi (1-jadval). 19 «AQSh modeli» liberal model sifatida tavsiflanadi. Amerikacha andozaning o’ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng yoyishga, ommaviylikka erishishni ta’minlashga asolanganligidadir. U jamiyat a’zolaridan har birining ishbilarmonlik faoliyatini qo’llab- quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni, xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart sharoit yaratishga qaratilgan. «Yaponcha model» – bu ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan mamlakat aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni xar tomonlama va so’zsiz qo’llab-quvvatlashi, vatanparvarlik tuyg’usi asosida yaratilgan. Yaponiya harbiy xarajatlardan voz kechgach, tinchlik maqsadida barcha resurslarni to’plash va ishlatish hamda sanoatda iqtisodiy potensialni o’stirish imkoni yaratildi. Eng avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo’ljallanib, moslashtirilib valyuta ishlab topildi, uning evaziga xorijiy mamlakatlardan, ayniqsa Amerika va G’arbiy yevropadan eng yangi texnika, texnologiya, litsenziya, patent, «nou-xau» sotib olinib, yuqori mehnat unumdorligiga erishildi, tadbirkorlik qo’llab quvvatlandi. Jahon bozorida xom ashyo va yoqilg’ining arzonlashuvi, nisbatan arzon ish kuchi, katta harbiy xarajatlarning yo’qligi Yaponiya eksportining ortib borishiga olib keldi. Bu borada yirik kompaniyalarni qo’llab-quvvatlash, mamlakatda ilmiy texnikaviy taraqqiyotga alohida ahamiyat berilishi katta rol o’ynaydi. Aholining tabaqalanishi dastlab kuchaygan bo’lsa, maqsadga erishilgach, ularning ehtiyojmand qismiga davlat va firmalar yordami kuchaytirildi va natijada umumiy farovonlikka erishildi. «Shvedcha model» – uning boshqa modellardan farq qiluvchi xususiyati ijtimoiy yo’naltirilganligi, mulkdagi notenglikni qisqartirishga qaratil-ganligidir. Aholining kam ta’minlangan qatlami himoya qilinadi. Ishsizlikni kamaytirish chora-tadbirlari ko’riladi. Bu andozaning shaklla- nishida Shvetsiyaning tarixan iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanganligi va mehnatkashlar kasaba tashkilotlarining jamiyatda, ayniqsa ishlab chiqarishda katta o’rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo’lganligidir. «Nemischa model» – bu model ijtimoiy yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy bozor iqtisodiyotining bosh g’oyasi Lyudvig Erxardga (1897–1977) 20 tegishli. U 1949–1963-yillar davomida GFRning iqtisodiyot vaziri, 1963–1966yillarda esa federal kansler bo’lib ishlagan. Dastlab, Erxard industriallashtirish rejasini ishlab chiqdi. Unda sanoat mahsulotini 1936 yilga nisbatan 65%, 1938 yilga nisbatan esa 50- 55% ga ko’paytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari pul islohoti, narx- navo islohoti o’tkazish, davlatning iqtisodiyotdagi rolini belgilab, qay darajada aralashuvi ko’rsatilgan. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti konsepsiyasi mazmunan faqat iqtisodiyotga tegishligina emas, balki unda insonning erkinligi masalalari ham ilgari surilgan. «Janubiy Koreya modeli» – bu model shunisi bilan qiziqarliki, u Janubiy Koreyani qisqa muddat ichida qoloq mamlakatlar safidan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. 1962 yili iqtisodiy islohotlar boshlanayotgan paytda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad 82 dollarga teng bo’lgan bo’lsa, 1996 yilga kelib 10,6 ming dollarga yetdi. Markazlashtirilgan tarzda uzoq va o’rta muddatli rejalar, maqsadli dasturlar tuzish, ularda ishlab chiqarish topshiriqlari hamda bajarish muddatlarining belgilanishi, xo’jalik yuritishda bozor uslublarini qo’shib olib borish Janubiy Koreyaga qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar safiga qo’shilib, jahon sivilizatsiyasida o’ziga xos munosib o’rinni egallash imkonini beradi. «Xitoy modeli» – iqtisodiyotni qayta qurish qishloq xo’jaligini isloh qilishdan boshlandi. Qishloq xo’jaligida xalq kommunallari asosiy xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib, davlat pudrat tizimi barpo qilindi. Bu ish 1984 yil oxiriga kelib yakunlandi. Oilaviy pudrat dehqon xo’jaligini bir oila a’zolari tashkil etib, foydalanish uchun yer 15-20, ba’zi joylarda 30 yilga berilgan. yerga oila yoki bir necha oila qo’lidagi o’zi egalik qilayotgan texnika, asbob-uskuna va boshqalar yordamida ishlov beriladi. Dehqonlar ishlab chiqargan mahsulotlarining bir qismini davlatga shartnoma asosida topshiradilar, bir qismini soliq o’rnida, yana bir qismini mahalliy fondga, qolgani o’z ixtiyoriga ko’ra yuqori narxda davlatga yoki bozorda sotishlari mumkin edi. 21 Shunday qilib, har bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan o’xshashlik tomonlariga qarab, ularni bozor iqtisodiyotiga o’tishning u yoki bu guruhiga kiritish mumkin. Shu bilan birga xar bir mamlakat o’ziga xos xususiyatlar bilan boshqalardan farq qilar ekan, haqli ravishda bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’z yo’liga ega, u o’z modelini yaratadi deb ayta olamiz. 22 Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnoligiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi. Kim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqri, o’rta va kam ta’minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi. Iqtisodiy tizim ro’y beradigan o’zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi. Foyda olish yoki zarar ko’rish mumkinligini korxona umumiy daromadlarini barcha xarajatlari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Korxona umumiy pul daromadi (tovar birligi bahosi X sotiladigan tovar miqdori) Ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajat (resurs birligi bahosi X foydalanadigan) Foyda yoki zarar miqdori 4-rasm. Foyda yoki zararni aniqlanishi8 Bozor iqtisodiyotining afzalliklari yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda ularning uchtasi e’tiborga loyiqdir. Bular: 1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Uning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlash-tirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda 8 Гордиенко Д.В. Основы экономической безопастности государства. Курс лекций: учеб. – метод. пособие. – М: Финансы и статистика. ИНФРА – М., 2009. с 57. 23 boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasiga mos miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 2. Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ko’plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish va tashkil qilish bozor iqtisodiyotining asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri – markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash; ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtiso-diyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi. 3. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, sustkashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi. Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan aosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko’’lab ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan: uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishining yuqori darajasi; fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati; turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; cheklangan axborot – turli resusrlarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati. 24 Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari shundaki, u o’zining bosh nazorat mexanizmi – raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi. Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari shundaki, bozor iqtisodiyoti o’zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud. 1) Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kom’aniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat — bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi. 2) Bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real ka’italdan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kom’leksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib to’ishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko’bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi. Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo’lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham ‘utur etkazadi. Bozor tizimi o’zining iste’molchining xohishiga 25 ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin. Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy iste’mol qilinadigan ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi. Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi va bu - pulning qarsizlanishi - inflyastiya bilan birga boradi. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud: - atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi; - resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi; - mehnat qilish bilan bog’liq kafolatlarning mavjud emasligi; - fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning yo’qligi; - rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning pasayishi va inflyastiya jarayonlarining mavjudligi. 26 O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning amaliy natijalari tahlili Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uch ko’rinishi ko’rsatiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni ajratishgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishi uchun umumiy sharoiti bo’lib hisob- lanadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning ikki turini bir-biridan farqlash kerak.Bular: erkin (klassik yoki sof) bozor iqtisodiyoti va hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O’zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o’tishni o’z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O’zbekiston o’zining o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iborat yo’lni tanladi. 27 Bu yo’ldagi ishlarni amalga oshirish uchun o’z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olgan holda tuzilgan modelimiz bo’lishi lozim edi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to’liq javob beradigan “O’zbek modeli” yaratildi. Bu yo’l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” nomli kitobida shunday fikr bildirgan: “O’zbekistonda qabul qilingan, “O’zbek modeli” ijtimoiy yo’naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustivorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o’ziga xos yo’li”9. 2-jadval 2017-2019-yillarda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)10 2017-yil 2018-yil 2019-yil 104,5 105,4 105,6 Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati Mahsulotlarga sof soliqlar II. Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi 104,3 105,7 105,4 105,9 105,6 105,6 104,3 105,4 105,6 101,2 100,3 102,5 Sanoat (qurilishni qo’shgan holda) 105,4 111,5 108,9 sanoat 105,2 110,8 106,6 qurilish 106,0 114,3 119,0 Xizmatlar savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar tashish va saqlash, axborot va aloqa 106,4 105,5 105,1 102,1 105,4 105,0 111,3 106,9 105,6 1. YalM, jami shu jumladan 9 Islom Karimov ‘‘Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir’’ Toshkent ‘‘O’zbekiston’’ 2015. 126-bet 10 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 5 bet 28 boshqa xizmat tarmoqlari 105,9 104,8 105,0 Yurtimizda mazkur tartib asosida o’tkazilayotgan islohotlar o’z natijasini bermoqda. Xususan, 2019-yilda yalpi ichki mahsulot 5,6 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi (2-jadval). 3-jadval 2017-2019-yillarda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha YaIMning tarkibi (jamiga nisbatan % da)11 2017-yil 2018-yil 2019-yil 100,0 100,0 100,0 Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati 88,5 88,8 90,9 Mahsulotlarga sof soliqlar II. Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati 11,5 11,2 9,1 100,0 100,0 100,0 Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi 34,0 31,5 28,1 Sanoat (qurilishni qo’shgan holda) 27,9 32,6 36,4 sanoat qurilish Xizmatlar savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar 22,2 5,7 38,1 26,5 6,1 35,9 30,0 6,4 35,5 8,0 7,4 6,9 tashish va saqlash, axborot va aloqa 9,5 8,5 7,7 boshqa xizmat tarmoqlari 20,6 20,0 20,9 I. YalM, jami shu jumladan: 2017-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining qiyosiy tahlili sanoat tarmog’i ulushining 30,0 % gacha oshishi (2018-yilda - 26,5%, 2017-yilda - 22,2 %) va qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi tarmog’i ulushining 28,1 % gacha (2018-yilda 11 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 4 bet 29 31,5 %, 2017-yilda - 34,0 %) kamayishi bilan bog’liq bo’lgan tarkibiy o’zgarishlarni qayd etish imkonini beradi 3-jadval. Shuningdek, hisobot yilida YaIM (YaQQ) tarmoqlari tarkibida qurilish tarmog’i ulushining 6,4% gacha o’sishi (2018-yilda - 6,1 %, 2017- yilda - 5,7%) va xizmatlar sohasi ulushining 35,5 % gacha pasayishi (2018-yil - 35,9%, 2017-yilda - 38,1%) kuzatildi (4-rasm). 4-rasm. 2019 yilda YaIMning tarmoqlar bo’yicha tarkibi12 2019-yildagi iqtisodiy o’sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,9 % ini tashkil etdi va 5,6 % ga o’sdi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 5,0 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 9,1 % ni tashkil etdi va mos ravishda 5,6 % darajasida o’sish qayd etildi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 0,6 f.p.) (5-rasm). 2019-yil yakunlariga ko’ra, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 2,5 % darajasida ijobiy o’sish qayd etildi. Mazkur tarmoqning YaIM mutloq o’sish sur’atiga ta’siri 0,7 f.p.ni tashkil etdi. Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida ijobiy 12 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 5 bet 30 o’sish sur’atlari dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 3,7 % ga va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 1,7 % ga o’sishi bilan bog’liq. 2019-yilda sanoat tarmog’ining qo’shilgan qiymatida 6,6 % ga o’sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o’sish sur’atiga ijobiy ta’siri 1,6 f.p.ni tashkil qildi. Sanoat tarmog’idagi ijobiy dinamika asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog’i qo’shilgan qiymatining 9,4 % (2018-yilda - 7,9 %, 2017-yilda - 4,2 %) ga o’sishi hisobiga ta’minlandi. O’tgan ikki yil davomida sezilarli o’sishdan so’ng, taqqoslama narxlarda tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog’i qo’shilgan qiymati hajmining 1,0 % ga pasayishi kuzatildi (o’sish 2018-yilda - 26,5 %, 2017-yilda - 17,6 %). 5-rasm. 2019 yilda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha mutlaq o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)13 O’zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko’ra kechroq boshlagan bo’lsa-da, o’tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda O’zbekiston iqtisodiyotiga bag’ishlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda o’tgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida 13 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 6 bet 31 mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy o’zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha bo’lgan istiqbollar keng sharhlanadi. O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo’lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to’siqlarni) bartaraf etish va yuqori o’sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to’qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo’llab-quvvatlaydi. 2019– 2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko’ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O’zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko’plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi. O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishini ta’minlovchida yana bir muhim dasturlardan biri bu O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidir14. Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo’nalishi – “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” bo’yicha amalga oshirilishi belgilangan ishlar yoritilgan. 2017-yilda so’mning erkin ayirboshlanishi ta’minlanganligi, tashqi savdoni liberallashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida boj stavkalari ikki barobar pasaytirilishi natijasida iqtisodiy o’sishning ta’minlanishi ham aynan Harakatlar strategiyasi orqali amalga oshirildi. Ma’lumki, o’tgan yilning o’zida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, alohida tuman va shaharlarni rivojlantirish bo’yicha qirqdan ortiq dastur qabul qilindi, har bir tuman uchun 2077 14 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral. 32 ta yirik loyiha tasdiqlandi. Shuningdek, 11 ta iqtisodiy zona tashkil etildi va umumiy qiymati 419,5 mln. dollarlik 108 ta loyiha amalga oshirilmoqda. O’tgan yili qulay investitsion muhit va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish hamda eksportni qo’llab-quvvatlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o’zgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chog’ida Xitoy bilan 23 mlrd. dollar, Rossiya bilan 16 mlrd. dollar, Janubiy Koreya bilan 10 mlrd. dollar, Turkiya bilan 3,5 mlrd. dollar, Qozog’iston bilan 2,2 mlrd. dollar, Qirg’iziston bilan 455 mln. dollar miqdorida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan to’laqonli munosabatlar tiklandi, bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 190 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Turli yo’nalishlarda 20 dan ortiq loyiha ishlab chiqildi. Yevropa investitsiya banki, Fransiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik o’rnatildi. O’zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi. Ikkinchidan, tashqi savdodagi barcha sun’iy to’siqlar olib tashlandi. Xususan, oldindan to’lovsiz va kafolat majburiyatisiz eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2017-yilda 26 mlrd. 907 mln. AQSh dollarini, jumladan eksport 13 mlrd. 893 mln. 600 ming AQSh dollarini, import 13 mlrd. 13 mln. 400 ming AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodi- yotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta’minlab, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor berilmoqda, bu esa o’z navbatida aholini ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan 33 keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o’z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim. 34 O’zbekistonni rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada rivojlantirish yo’nalishlari Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, agar maqsad iqtisodiyotni rivojlantirish bo’lsa, unda davlatni iqtisodiyot oldida bitta vazifasi bo’lish kerak: u ham bo’lsa ikki qo’lini iqtisodiyot tomog’idan olish. Qolganini erkin iqtisodiyot o’zi joy joyiga qo’yib oladi. Eng asosiysi, nima qilish emas, balki nima qilmaslik kerak degan savolga javob berish kerak. Erkin bozor iqtisodiyoti “ixtiyoriy hamkorlik” prinsipiga asoslanadi. Davlat tomonidan boshqariladigan iqtisodiyotda kim, nima, qachon va qancha iste’mol qilishligi rejalashtiriladi va bunday tizim nimaga olib kelishini (inqirozga) sobiq sovet siyosati ko’rsatdi. Ko’p Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (sobiq sovet sotsialistik davlatlar) mamlakatlari iqtisodiyotlari asosan xomashyo resurslarini sotishga asoslangan. Biznes tizimi esa davlat siyosatidan kelib chiqqan holda oboriladi; misol uchun Rossiyada. Lekin dunyoning eng rivojlangan iqtisodiyotlari, eng yuqori turmush sifatiga ega bo’lgan Yaponiya, Singapur, Gongkong, Shveytsariya kabi mamlakatlarda umuman na neft, na oltin, na boshqa tabiiy boyliklari bor, lekin turmush darajasi AQShnikidan baland. Nega deb o’ylasiz? Javob oddiy: Rivojlangan davlatlarda davlat siyosatni/rejasini biznes holatidan kelib chiqqan holda tuzadi. Sabab – biznes ham davlatni, ham xalqni boqadi. Bu davlatlar sarmoyani o’z xalqining ilmini oshirishga sarf qilgan va innovatsion g’oyalarga asoslangan iqtisodiyotni qurishga ixtisoslashgan. Bir paytlar Singapur ham og’ir ahvolda bo’lgan. Lekin xalqini turmush darajasini ko’tarish uchun qo’l urgan Singapur davlat rahbari, pul topib, aholisining eng iqtidorli farzandlarini rivojlangan davlatlarga o’qishga yuboradi. O’qishni tugatib, tajriba olib kelgan yosh singapurlik mutaxassislar o’z mamlakati iqtisodiyotini ko’tarishadi. Bugungi kunda bu mamlakat iqtisodiyoti va davlat siyosati muvaffaqiyat modeli sifatida o’rganiladi. Yuqoridagi tajribani bizning birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va ikkinchi Prezidentimiz Mirziyoyev ishlarida kuzatishimiz mumkin. O’zbekiston 35 iqtisodiyoti qiyin ahvolda bo’lishiga qaramay, birinchi prezident pul topib, 800 dan ortiq yoshlarimizni dunyoning eng rivojlangan davlatlariga o’qishga “umid” bilan yuboradi. Prezident Mirziyoyevning maktabgacha bo’lgan ta’lim vazirligini tashkil qilishi bu revolyutsion g’oya. 2018 yilni tadbirkorlik, innovatsion g’oyalarni amalga oshirish yili deb nomlashi esa ana shu yuqoridagi rivojlangan mamlakatlar qatori ilg’or texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni qurishga qo’yilgan qadam – mustahkam poydevordir. Faqat xomashyoni sotishga asoslangan iqtisodiyotni kelajagi yo’q. Misol uchun ko’p rivojlangan davlatlar va Xitoy 2040-yillargacha an’anaviy yoqilg’idan foydalanadigan avtomobillarni ishlab chiqarish va sotishni to’xtatish planida. Bu faqat avtomobilsozlik industriyasida bo’layotgan yangilik. Menimcha, O’zbekiston shunday modelni, yo’lni tanlashi kerakki, eng kamida 25 yildan keyingi iqtisodiyot ko’rinishini inobatga olib harakat qilish kerak. O’zbekistonda shunday imkoniyat borki, rivojlanish bosqichining bir nechta pog’onasidan sakrab o’tishi mumkin. Prezident Mirziyoyev aytganlaridek, buning uchun yangilik yaratishni keragi yo’q. Iqtisodiyotni ko’tarish uchun kerakli yangiliklar allaqachon yaratilib, sinalib, hayotga tatbiq etib bo’lingan. Biz shu ilg’or texnologiyalarni o’rganib, O’zbekiston tajribasida qo’llashimiz kerak. O’zbekistonni rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishi jarayonida quyidagi makroiqtisodiy xavflar kuzatilishi mumkin: O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy va Qozog’istonda iqtisodiy o’sishning ancha zaifligi; - tarkibiy va tizimli islohotlarni amalga oshirishning kechikishi; - inflatsiyaning o’sishi. Mamlakatning yetarli darajadagi valuta zaxiralariga egaligi va davlat tashqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning tashqi barqarorlik xavfi o’rtacha bo’ladi. Islohotlarning keyingi bosqichi davlat korxonalari va moliya sektori, qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va qishloq xo’jaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan. Ushbu islohotlar iqtisodiy o’zgarishlar, iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash va ish 36 o’rinlarini yaratish uchun muhim ahamiyat ega. Shu bilan birga, ular puxta nazorat qilinishi kerak bo’lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni ham qamrab oladi. Asosiy e'tibor iqtisodiy o’sish va ish o’rinlari yaratishga qaratilishi kerak Mehnat bozoridagi jiddiy muammolar. O’zbekiston iqtisodiyotida yiliga qariyb 280 mingga yaqin yangi ish o’rni yaratiladi. Demografik sabablarga ko’ra esa har yili deyarli 600 mingta ish o’rni tashkil etilishi kerak. Shu bois, iqtisodiyotda har yili yaratilayotgan ish o’rinlari mehnat bozoriga kirib kelayotgan yangi ishchilarni band qilish uchungina ikki baravar oshirilishi lozim. Aksariyat ish o’rinlari yangi korxonalarni tashkil etish hamda mavjud korxonalarni yanada kengaytirish hisobiga yaratilishi zarur. Hisobot mualliflari O’zbekiston mehnat bozorida quyidagi tarkibiy va tizimli kamchiliklar borligini ta'kidlaydi: mehnatga bo’lgan rag’batning sustligi; xodimlar malakasining yetarli emasligi; korxonalarda xodimlarni texnik ko’nikmalarga o’qitish bo’yicha imkoniyatlarning yetishmasligi; yoshlar o’rtasida ishsizlik darajasi yuqoriligi; iqtisodiy faol bo’lmagan aholi ulushining ko’pligi; uzoq davom etayotgan ishsizlik; ish kuchining cheklangan safarbarligi. Iqtisodiy o’sish – yangi ish o’rinlarini yaratish uchun asosiy omil. Yaxshi naf beradigan ish o’rinlari yaratilishi iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirishning muhim shartidir. Mehnat unumdorligi va bandlikning ortishi aholi jon boshiga YaIM singari muhim ko’rsatkichning o’sishiga xizmat qiluvchi ikkita asosiy omildir. Aholi jon boshiga daromadlari eng yuqori bo’lgan mamlakatlarda so’nggi ikki asr davomida mehnat unumdorligi keskin o’sib borayotganini ko’rish mumkin. Mehnat unumdorligining bunday o’sishi “samaraliroq” yoki yuqori maoshli ish o’rinlari yaratilishiga olib keldi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM aslida butun aholi mehnati samaradorligi (unumdorligi) ko’rsatkichidir. Yuqori va past daromad darajasiga ega mamlakatlarda aholi jon 37 boshiga YaIMdagi farqlar mamlakatlar o’rtasidagi mehnat unumdorligi darajalaridagi farqlarni ifodalaydi. Mehnat unumdorligi ortishi YaIM o’sishining asosiy omili bo’ldi. O’zbekistonda 1996 yildan 2016 yilgacha bo’lgan muddatda aholi jon boshiga YaIMning kumulyativ o’sishi 165 foiz deb qayd etilgan. Ushbu davrda bir xodimga nisbatan mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi, taxminan, 150 foiz oshdi. Ushbu davrda aholi jon boshiga YaIMning o’sishi, asosan, mehnat unumdorligi o’sishi va demografik o’zgarishlar tufayli yuz berdi. Ammo ushbu davrda iqtisodiy faol aholiga nisbatan bandlik darajasi, shuningdek, mehnatga layoqatli aholiga nisbatan iqtisodiy faol aholi darajasi pasaydi. O’zbekistonda mehnat unumdorligi o’sishi tarmoqlar o’rtasidagi resurslar almashinuvi hisobiga emas, asosan, tarmoqlar ichida yuz berdi. Ish o’rinlarini yaratish sur'ati iqtisodiy faol aholining o’sishidan orqada qolmoqda. 1996 yildan 2016 yilgacha qo’llangan «o’zbek modeli» tez o’sib borayotgan iqtisodiy faol aholi uchun yetarli bo’lgan ish o’rinlari yaratib bera olmadi. Ayniqsa, sanoatning ishlab chiqarish tarmoqlarida yangi ish o’rinlarini yaratish jiddiy muammolardan biri edi. Oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va boshqa tarmoqlar shular jumlasidandir. Umumiy bandlikning atigi 13 foizi qazib olish va ishlab chiqarish sanoati ulushiga to’g’ri keladi. 2016 yilda bu ko’rsatkich, boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda, ancha past edi: Turkmanistonda 45 foiz, Belarusda 32 foiz, Ukrainada 25 foiz, Qirg’izistonda 22 foiz va Qozog’istonda 21 foizni tashkil etgan. Bandlik va mehnat unumdorligining bir paytda o’sishi mukammal uyg’unlikdir. O’zbekistonning qurilish, kimyo va neft-kimyo sanoati, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish, transport, aloqa va boshqa ko’plab tarmoqlarida bir paytning o’zida bandlik va mehnat unumdorligi o’sishi kuzatildi. Biroq energetika, yoqilg’i va metallurgiya sanoatida yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lsa-da, mehnat unumdorligi pasaydi. Qishloq xo’jaligi, mashinasozlik, sanoat qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi boshqa tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshdi, ammo ish o’rinlari qisqardi. 38 Jismoniy infratuzilmadagi kamchiliklar yo’qotishlarga olib kelmoqda. Jismoniy infratuzilma faoliyatidagi uzilishlar har yili ishlab chiqarishda katta yo’qotishlarga olib kelmoqda. Katta korxonalar bilan taqqoslaganda, kichikroq firmalar elektr energiyasi, gaz va suv ta'minotidagi uzilishlardan, yer maydonlarining yetishmasligidan yoki ishlab chiqarishni kengaytirish yo’lidagi yuqori ijara stavkalaridan ko’proq zarar ko’rmoqda. 2016 yilda jismoniy infratuzilma faoliyatidagi barcha uzilishlardan hosil bo’lgan umumiy yo’qotishlar yirik korxonalarda ishlab chiqarish hajmining 24 foizini, mayda korxonalarda esa 38 foizini tashkil etgan. Hokimiyat idoralari infratuzilma xizmatlari faoliyatini yaxshilash orqali korxonalarda mehnat unumdorligini va bandlik darajasini oshirishi mumkin. Firmalarning vaqt va resurslardan samarasiz foydalanishi unumdorlikni oshirishiga to’sqinlik qilmoqda. Korxona rahbarlarining vaqti va moliyaviy resurslari ko’pincha ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan faoliyatga chalg’itadi. Yirik korxonalar rahbarlarining qariyb 31 foiz, kichik korxona rahbarlarining esa 26 foiz vaqti besamar byurokratik kelishuvlarga isrof bo’ladi. Markaziy va mahalliy hokimiyat idoralari, vazirlik va muassasalar, tarmoq uyushmalari bilan soliqlar, bojxona tartiblari, tekshiruvlar, sanitariya va ekologiya masalalari yuzasidan va boshqa kelishuvlar shular jumlasidandir. Oqibatda ishlab chiqarish unumdorligi, samaradorlik, malaka oshirish, texnologiyalarni joriy etish va ushbu korxonalar rentabelligini oshirishga vaqt kam qoladi. Bank hisobotida 2016 yilda korxonalarda o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra quyidagi ma'lumotlar olindi: yirik korxonalarning 32 foiz va kichik korxonalarning 30 foiz xodimlari qishloq xo’jaligi ishlari yoki boshqa turdagi jamoatchilik ishlariga jalb etilgan; yirik korxonalarning qariyb 23 foizi va kichik korxonalarning esa 11 foizi mahalliy hokimiyat idoralari ulardan “qo’shimcha xarajatlar” uchun beg’araz yordam puli ajratishni so’raganini ma'lum qilgan; 39 yirik korxonalarning qariyb 13 foizi, kichik korxonalarning esa 7 foizi turli masalalar bo’yicha hokimiyat idoralari birga norasmiy to’lovlarni amalga oshirgan; yirik korxonalarda ishlab chiqariladigan jami mahsulot hajmining yarmidan ko’pini erkin bozor sharoitida korxonalarning o’zi emas, markaziy tarmoq vazirliklari yoki uyushmalari taqsimlagan. Biznes yuritish shartlarini soddalashtirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish xususiy sektorni rivojlantirishga yordam beradi. Bozorga kirish va undan chiqish yo’lidagi to’siqlarning bartaraf etilishi, biznes yuritish qoidalarining soddalashtirilishi, davlatning narx belgilashni bosqichma-bosqich bekor qilishi, xususiy mulkka egalik huquqining mustahkamlanishi hamda davlat korxonalari sektoridagi ish samarasizligini yengib o’tish bundan keyin ham umumiy samaradorlikni (unumdorlikni) oshirishga xizmat qiladi. Agar korxonalar moliyaviy bozorlarga, xomashyo va boshqa manbalarga kirish imkoniyatiga ega bo’lsa, raqobatning kuchayishi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishni rag’batlantirishi mumkin. O’zbekistonda biznesni ro’yxatdan o’tkazish nisbatan murakkab emas. (2019 yilda “Biznes yuritish” – “Doing Business” hisobotida O’zbekiston biznes ochishning osonligi bo’yicha dunyoda 12 o’rinni egalladi). Biroq norasmiy cheklovlar, davlat idoralarining samarasiz faoliyati, shaffof bo’lmagan qonun-qoidalar va mulkka egalik qilish bo’yicha huquqning tegishli darajada himoya qilinmasligi katta to’siqlardan bo’lib qolmoqda. Bunday cheklovlar O’zbekistonning to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini ro’yobga chiqarishga va texnologiyalarni rivojlantirishga to’sqinlik qilmoqda. Islohotlar iqtisodiy o’sish va yangi ish o’rinlari yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. 2017 yildan buyon O’zbekiston hukumati iqtisodiyotini liberallashtirish bo’yicha olib borayotgan islohotlar biznes yuritish yo’lidagi xorijiy valuta konvertatsiyasi yetishmasligi, yuqori import bojlari va soliq stavkalari kabi cheklovlarni bartaraf etmoqda. O’zbekiston hukumatiga davlatning iqtisodiyotdagi rolini maqbullashtirishni davom ettirishni va xususiy sektorni 40 rivojlantirish maqsadida qolgan to’siqlarni bartaraf etish lozim. Ushbu cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: investitsiya muhitini yaxshilash; soliq ma'muriyatchiligidagi islohotlarni to’liq amalga oshirish; davlat budjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan samarasiz yashirin subsidiyalarga nisbatan shaffofligini ta'minlash; yerdan foydalanish bo’yicha huquq hamda sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligida mulkka egalik qilish huquqini isloh qilish; davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan (tizimli) qayta qurish, korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish; davlatning eksportga yo’naltirilganlikni qo’llab-quvvatlashi (jumladan, ISO standarti bo’yicha sertifikatlash, ekspert xatarlarini kamaytirish, diversifikatsiyalash, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo’lish). O’rta muddatli istiqbolda infratuzilmani (xususan, energetika, transport va logistika) modernizatsiya qilish hamda oliy ta'lim sifatini yaxshilash mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi. Shu bilan birga, ochiq iqtisodiyot, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, malakali kadrlarni tayyorlash kabi bir qator masalalar muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 3 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida“gi qarori mamlakat iqtisodiyotida yana bir muhim qadam bo’lib, raqamli iqtisodiyot ravnaqida innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini taʼminlashga xizmat qiladi. Tahlillarga ko’ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o’stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. 41 Xulosa Bozor iqtisodiyoti tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish bu murakkab jarayon bo’lib u bir vaqtning o’zida bo’ladigan tadbir sifatida amalga oshirilishi mumkin emas, balki bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oluvchi uzoq davrni talab etadi. O’zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko’ra kechroq boshlagan bo’lsada, o’tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin. Bozor munosabatlarining butun mexanizmni davlat tomonidan ko’rsatiladigan va qonun bilan mustahkamlanadigan bozor shart-sharoitlari doirasidagina amalga oshiriladi. Islohotlar birinchi bosqchining g’oyat muhim vazifasini amalga oshirish, ya'ni davlat mulki yakkahokimligini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga Respublikada ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish lozim. Erkin bozor tamoyillarini o’rnatishda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish zarur. Buning natijasida esa sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadga muvofiq. Bunda mulkiy, agrar, narx, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat va nihoyat ijtimoiy yo’nalishlarda islohotlarni amalga oshirish bozor munosabatlariga o’tishda keng qulaylik yaratadi. Bugungi kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishida yuzaga kelgan yoki kelishi kelayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadaga muvofiq deb hisoblaymiz: investitsiya muhitini yaxshilash; soliq ma'muriyatchiligidagi islohotlarni to’liq amalga oshirish; davlat budjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan samarasiz yashirin subsidiyalarga nisbatan shaffofligini ta'minlash; yerdan foydalanish bo’yicha huquq hamda sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligida mulkka egalik qilish huquqini isloh qilish; 42 davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan (tizimli) qayta qurish, korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish; davlatning eksportga yo’naltirilganlikni qo’llab-quvvatlashi (jumladan, ISO standarti bo’yicha sertifikatlash, ekspert xatarlarini kamaytirish, diversifikatsiyalash, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo’lish). O’rta muddatli istiqbolda infratuzilmani (xususan, energetika, transport va logistika) modernizatsiya qilish hamda oliy ta'lim sifatini yaxshilash mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlarini mustahkamlashga yordam beradi. 43 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2017 y. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-38382-soli Qarori. 2018 yil 3 iyul. 4. Prezident Konstitutsiyasi Shavkat qabul Mirziyoyevning qilinganining 26 O’zbekiston yilligiga Respublikasi bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2018 yil 7 dekabr. 5. Islom Karimov ‘‘Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir’’ Toshkent ‘‘O’zbekiston’’ 2015. 126-bet. 6. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 04.02.2014. Toshkent, 51 bet. 7. Bekmuradov A.Sh. va boshqalar. O’zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yo’llarida. 1-qism. Makroiqtisodiy siyosat va iqtisodiy islohotlar. – T.: TDIU, 2005. 8. Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. Г.П.Журавлевой. - 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79. 9. Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik; O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi. – T.: IQTISODMOLIYA, 2010. 10. www.kun.uz – yangiliklar veb-sayti. 11. www.ziyonet.uz - axborot ta’lim tarmog’i. 12. www.wikipedia.org - global internet tarmog’i ensiklopediyasi. 44