Uploaded by Shahboz Vositov

Bekmuradova

advertisement
“TARMOQLAR
IQTISODIYOTI” KAFEDRASI
Mavzu:Iqtisodiyotning rial sektoriga investitsiyalar jalb
etish yo'llari
MMT22-S-07 (B) guruh talabasi
Bajardi::Bekmuradova Ayjemal Tadjimuradovna
Rahbar: F.R.MIRZAYEV
Toshkent - 2024
R E J A:
 Kirish.
 Asosiy qism.
 1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati. Iqtisodiyotning real
sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi.
 2Tuzilmaviy islohotlarning iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o’zgarishlarga ta’siri va ahamiyati. Iqtisodiyotning real
sektorini rivojlantirish omillari va unda investitsiyalarning tutgan o’rni.
 3. Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari. Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi
ahamiyati.
 4. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda davlat va xususiy sektorning ishtiroki. Xususiy investitsiyalar yordamida
iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari
 5. Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari
 Xulosa.
KIRISH.


Kurs ishi
mavzusining
dolzarbligi: 2020-yil 28-may kuni Prezidentimiz raisligida iqtisodiyotda raqobat
muhitini ta`minlash va iste`molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilingan edi.Ushbu
yig`ilishda Muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev “Raqobat bo`lmasa,sifat bo`lmaydi,narx tushmaydi.Zamon
o`zgaryapti,lekin monopol korxonalar o`zgara olmayapti.Qat`iy choralar vaqti-soati keldi.Iqtisodiyotda bu hayotmamotimizdir.Agar rahbarlar shunga munosib bo`lsa,ishlaydi,bo`lmasa-ketadi ”1- degan edi.

Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero,
raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish,
ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini
oshirishga doimo undab turadi.

Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero,
raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni
kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va
samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkam
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rahbatlantrish
masalalari alohida o‘rin tutdi.

Jumladan, to‘qimachilik sanoatida eksportbop raqobatdosh mahsulotlar tayyorlashga yo‘naltirilgan, yakuniy
ishlab chiqarish shakliga ega bo‘lgan yangi, zamonaviy to‘qimachilik komplekslarni rivojlantirish ustuvor
ahamiyat kasb etishi zarur.
1.Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi
ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi.

1. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo’lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o’xshash
tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funktsiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq
qiladi26.

2. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni
yaratuvchi va xizmat ko’rsatish sohalarini o’z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi27.

3. Iqtisodiyotning real sektori kapitalni spekulyativ harakatini istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va
iqtisodiy o’sish jarayonlarini birlashtiradigan soha28.

4. Iqtisodiyotning real sektori – kommertsiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi,
jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik, o’rta va yirik
korxonalar yig’indisidir29.
 Real sektor iqtisodiyoti tarkibi bu – milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar ko’rsatuvchi turli tarmoq va
sohalar yig’indisidan iborat bo’lib, ular o’zaro aloqada va bog’liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo’ladilar. Real
sektor iqtisodiyoti ichki va tashqi bozorga ne’matlar ishlab chiqaruvchi, zamon va bozor talabidagi
o’zgarishlarga nisbatan moslanuvchan iqtisodiy subektlar faoliyati yig’indisidan iboratdir. Iqtisodiyotda real
sektorning samarali faoliyat yuritishida moliyaviy sektor muhim o’rin egallaydi. Moliyaviy sektor bu – qarz
olish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to’plamidir.
Moliyaviy tiziReal sektorda YaIMning asosiy qismi yaratiladi va uning moddiy ishlab chiqaruvchi eng muhim
tarkibiy qismi sanoat va qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy resurslar
qayta ishlanib, moddiy ne’matlar va iste’mol tovarlari yaratiladi. Ularning rivojlanishi aholi daromadlarini
oshishi, turmush farovonligini o’sishi uchun imkoniyat yaratib, ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivoji uchun
moddiy va moliyaviy asos yaratadi. Iqtisodiy rivojlangan, hozirda «informatsion, postindustrial» deb
nomlanuvchi davlatlarda xizmat ko’rsatish sektorida ish o’rinlari soni keskin ko’payib, moddiy ishlab chiqarish
sohasiga nisbatan deyarli 2 marta ko’pdir. Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi, qazib olish sohalaridagi ish
o’rinlari mutlaq va nisbiy kamaydi.
 mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi.
2.Tuzilmaviy islohotlarning iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o’zgarishlarga ta’siri va ahamiyati.
Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish omillari va unda investitsiyalarning tutgan o’rni
 Milliy iqtisodiyotning real sektori sohalarining rivojlanishi ko’p jihatdan jalb etilayotgan investitsiyalarning
hajmiga va bu o’z navbatida mintaqalarning investitsion jozibadorlik darajasiga bog’liq. So’nggi yillarda
iqtisodiyotimiz YaIM ning o’sish darajasi o’rtacha 8,0 % ni tashkil etmoqdaki, bu barqaror o’sish aynan real
sektor tarmoqlariga investitsiyalar jalb etish ko’lamining ortishi bilan amalga oshmoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy
o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy
investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq
etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini
ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb
qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan.
 Tuzilmaviy islohotlar hududlar, tarmoqlar va korxonalar bo’yicha o’tkazilib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar
bo’yicha islohotlar aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda moliyaviy resurslarni samarali
ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui.

Tarmoqlar bo’yicha islohotlar esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat
mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini
investitsiya yo’li bilan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni
tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste’mol tovarlari, ish joylarga bo’lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori
darajada ta’minlashga erishish yo’lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:

-eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;

-mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash;

-to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;

-ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni
ta’minlash;
3. Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari.
Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi
ahamiyati

Xususiy investitsiyalar — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan,
shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash siyosati qisqa muddat ichida nafaqat
yetakchi tarmoqlarni texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotda energiya samaradorligini ta’minlash, uning
raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish, balki eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini berdi. Xususan,
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari so‘nggi o‘n bir yil davomida 8 foizdan ortiq darajada
saqlanib qolayotganligi, sanoat hamda xizmat ko‘rsatish sohasi jadal rivojlanishi va xalqimiz farovonligining yanada
yuksalib borishiga zamin yaratmoqda.

Prezidentimizning mamlakatimizning 2014 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasida, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, bu sohaga
to‘liq erkinlik berish, eng muhim ustuvor vazifa ekanini ta’kidladilar. Xususan, barqaror iqtisodiy o‘sish va
mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan aynan mana shu vazifaning
qanday hal etilishiga bog‘liqligi, buning uchun amaldagi huquqiy bazani xususiy mulk manfaatlariga moslashtirish,
mulk huquqining kuchli yuridik norma va kafolatlari tizimini shakllantirish, xususiy mulkdorlarning keng qatlamini
yaratishni eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilab berdilar.

Bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiyalashda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni
tashkil etishga ayniqsa, sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan zamonaviy laboratoriya jihozlari, oziq-ovqat sanoati
sohasida foydalaniladigan zamonaviy texnologik liniyalarni ishlab chiqarish va bunday mahsulotlarni yetkazib berishga
katta e’tibor qaratilmoqda.
4.Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda davlat va xususiy
sektorning ishtiroki. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot
va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari

Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini
amalga oshirishda quyidagi uchta yo’nalishga alohida e’tibor bilan qaraladi:

- import o’rnini bosish strategiyasini rivojlantirish;

- tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash;

- ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish.

Ayniqsa,e’tiborli jihat Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon bo’ladi. Ushbu mamlakat xorijiy
investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan,
xususan AQSh va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini
o’ziga tatbiq qilishga intilgan.

Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga yo’naltirish bo’lib hisoblanadi34.

Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish
sohalariga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi
sohalarga yo’naltirilmoqda. Xususiy sektorning o’zida investitsiyalarning yillik o’rtacha o’sishi 11-12 foizni tashkil
etmokda. Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog’i 50 foizdan ortiq bo’lib, so’nggi besh yil mobaynida
xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan.

Malayziyada Sanoatni rivojlantirishning bosh rejasiga asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar
belgilab olingan:

- investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishni
jadallashtirish va ilg’or texnologik tarmoqlarni rivojlantirish;
 - sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko’maklashish
5. Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni
moliyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari
 Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyat
kasb etsa, tahlil natijalariga asoslangan xulosalarni shakllantirish orqali korxonaning kelgusi yillarga
mo‘ljallangan strategik qarorlarni qabul qilishda foydalanish mumkin. Sifatli o‘tkazilgan tahlil natijasida
korxona faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli darajadagi xavf-xatar va risklarni oldindan ko‘ra
olish, aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan strategik qarorlar qabul qilish, risklar darajasini
kamaytirish maqsadida turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha diversifikatsiyalarni amalga oshirish
imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Bu tadbirlar esa oxiroqibat korxonalarni inqirozli holatlarda ko‘rishi mumkin
bo‘lgan turli talafotlar darajasini qisqartirishga va bankrot bo‘lishning oldini olishga xizmat qilishi mumkin.
Investitsiya faoliyatining bunday majmuaviy va chambarchas bog‘langan tarkibiy tuzilmasi o‘z o‘rnida
korxona uchun murakkab iqtisodiy tizim hisoblanadi. Shuning uchun zamonaviy iqtisodchi olimlar korxonalar
iqtisodiy faoliyati tahlilini amalga oshirish jarayonida tizimli yondashuvdan foydalanishadi. Chunki korxona
doirasida tahlilni amalga oshirish jarayonida iqtisodiy tahlil metodlaridan, xo‘jalik yuritish faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha aloqalarni tahlil qilishda foydalanishadi va butun bir iqtisodiy tizimni tahlil qilish
jarayoni bilan uzviy bog‘liqligidan dalolat beradi.
Xulosa


Xulosa qilib aytganda, raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil
tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan
narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish
vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat
pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadiResurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy
resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib
beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan
iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va
ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
E’tiboringiz
uchun
Raxmat
Download