O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN KURS ISHI MAVZU: O’zbekistonning jahon bozoriga kirib boorish muammolari Bajardi:______________________________ (talabaning ismi-sharifi, otasining ismi) _______________________________ (fakultet, bakalavriat yo’nalishi, kursi, guruhi) Ilmiy rahbar: _________________________ (ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi) TOSHKENT-2024 1 REJA: KIRISH………………………………………………………………………….…3 1. Jahon bozori va unda O’zbekistonning ishtiroki…………………………….5 2. O’zbekiston Respublikasining Osiyo va Jahonning yuqori darajada rivojlangan davlatlari bilan amalga oshirayotgan iqtisodiy aloqalari…….…14 3. Mamlakatimizning jahon bozoriga kirib borishdagi mavjud muammolari va ularning yechimlar………………………………………………………….17 4. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi………………………………………………………………….19 XULOSA…………………………………………………………………………26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………………….28 2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikka erishilgan ilk yillarda Respublikamiz har jihatdan zaiflashib qolgan edi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, 1-Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekitonni Mustaqil Respublika deb e‘lon qilganlarida davlatning oziq – ovqat zaxirasi 12 kunga yetadigan darajada bo‘lgan ekan. Bu bilan uzoqqa borib bo‘lmas edi. Ammo, muhtaram Prezidentimizning ichki bozorni to‘ydirish maqsadida ilk yillardanoq olib brogan oqilona iqtisodiy siyosatlari natijasida mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari asta – sekin yaxshilana boshladi. Bunga misol, Prezidentimiz tomonlaridan, vaqtida, O‘zbekistonning o‘z taraqqiyon yo‘lini ishlab chiqilgani va unga mos ―O‘zbek modeli‖ning yaratilgani Jahonga Yer yuzida O‘zbekiston degan mustaqil davlatning paydo bo‘lganini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Endilikda mamlakatimiz oldida turgan muhim masalardan biri bu Jahon bozorida o‘z o‘rniga erishish va boshqa davlatlar bilan mustahkam va uzilmas iqtisodiy – birodarlik aloqalarini bog‘lash va mustahkamlashdan iboratdir. Bugungi kunda har qanday davlat o‘zi uchun qulay iqtisodiy muhit, kuchli ijtimoiy jamiyat, chegaralari mustahkamligi va eng asosiysi aholi farovonligiga to‘laqonli erishish uchun faqatgina o‘z doirasidagina emas, balki jahon mamlakatlari bilan ham do‘stona iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish kerakligini to‘li anglab yeti. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganiga endigina 25 yil bo‘lganiga qaramasdan bu yo‘nalishda har qaysi davlat havas qilsa arziydigan muvofaqiyatlarga erishdi. Buni yaqqol isboti, Respublikamiz bugungi kunda dunyoning 130dan ortiq mamlaktlari bilan ikki tomonlama samarali shartnimalarga ega. Hozirda O‘zbekiston dunyoning 80 mamlakatiga zarur bo‘lgan sifatli oziq – ovqat mahsulotlarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, 2015-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ga a‘zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko’pgina chalkashliklarga olib keladi. Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslikdan deb o’ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko’rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o’ylaymiz va, shunga ko’ra, bu jarayonni batafsil ko’rib chiqish zarur deb hisoblaymiz. Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab 3 chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda ‘ishlab chiqarish imkoniyati’ tushunchasiga ham o’rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo’shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo’shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g’oyalar bilan tanishtiriladi. beriladigan mukofotiga sazovor bo’lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e‘tirof etildi¹. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Bu borada O‘zbekistonning yetakchi olimlari A.V.Vahobov, D.A.Tadjibayeva, Sh.X.Xajibakiyev, To‘laxadjayeva M.M, Urazaqov K.B, N.To‘xliyev, Musayev H.N, Zaynalov J.R, G‘ozibekov D.G‘, Dustmuratov R, Fayziyev Sh, Mamatov Z.T, Ilhomov Sh.I, Xudoyberdiyev A.X, A. O‘lmasov va boshqalar keng to‘xtalib, bu mavzuda o‘zlarining nomzodlik dissertatsiyalari, monografiyalari, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklari va ilmiy maqolalarini chop ettirmoqdalar. Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi – O‘zbekistonning Jahon bozorida tutgan o‘rni, xorijiy davlatlar bilan olib borayotgan iqtisodiy aloqalari va eng muhumi mamlakatning Jahon bozoriga kirib borishdagi muammolarini va ularnining sabalarini o‘rganib chiqishdan iborat. Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining tadqiqot obyekti bo‘lib O‘zbekistonning eksport salohiyati, Jahon bozorida taklif etadigan mahsulotlari va davlatning tashqi iqtisodiy aqloqalari hisoblanadi. Predmeti esa mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xoirjiy hamkorlarni jalb qilish va ular bilan har tomonlama manfaatli kelishuvlarni imzolash, shuningdek jahon bozorida faqat xomashyo bilan emas, balki tayyor mahsulotlar bilan faol qatnashishni ta‘milaydigan har jihatdan qulay, soda va tezkor chora – tadbirlarni rivojlantirish va yaxshilashdir. 4 1. Jahon bozori va unda O’zbekistonning ishtiroki. Ma‘lumki, O‘zbekiston Yevroosiyo materigining deyarli qoq markazida, dunyo okeanlaridan ancha uzoqda joylashgan. Shu sababli dengizga tutash regionlarga xos barcha qulayliklar respublikamizga xos emas. O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik joylashuvi xususiyatlarini, uch jixatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir: I. O’zbekistonning O’rta Osiyodagi mustaqil davlatlarga nisbatan tutgan iqtisodiygeografik o’rni (mikrogeografik o’rni); O‘zbekistonning O‘rta Osiyo mustaqil davlatlariga nisbatan tutgan o‘rni avvalo uning iqtisodiy mintaqaning markaziy qismida joylashganligi, juda kulay transport imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu respublikaning rivojlanishi uchun qulaylik yaratadi. O‘zbekiston iqtisodiy-geografik o‘rni tufayli (tabiiy sharoiti va resurslari ham) uzoq tarixiy rivojlanish davrlaridan boshlab O‘rta Osiyoning eng rivojlangan o‘lkasi hisoblangan. Respublikamizning iqtisodiy jixatdan rivojlanishiga paxtachilik majmuasi hamda O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘ziga xos temir yo‘l darvozasi hisoblanishi ham ancha imkoniyatlarni yaratgan. II. O’zbekistonning unga yaqin davlatlar guruxiga nisbatan tutgan iqtisodiygeografik o’rni (mezogeografik o’rni); O‘zbekistonning mezogeografik o‘rni avvalo uning Markaziy Osiyo-Qozog‘iston mikromintaqasidagi tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Bu yerda ham respublikaning markaziy mavqega ega ekanligi asosiy ijobiy holat hisoblanadi. Bu avvalo O‘zbekiston xududining juda katta masofada Qozog‘iston xududi bilan tutashganligida ko‘rinadi. Bu imkoniyatlar Qozog‘iston bilan O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun juda qulay. III. O‟zbekistonning hamdo‟stlik davlatlari va boshqa xorijiy mamlaktalarga nisbatan tutgan iqtisodiy-geografik oʼrni (makrogeografik o’rni). O‘zbekistonning hamdo‘stlik davlatlaridagi muxim iqtisodiy bazalardan va jahonning iq tisodiy jixatdan rivojlangan mamlaktalar bilan bog‘lanish imkoniyatlarining cheklanganligi hisobga olinsa, respublikamiz iqtisodiy-geografik o‘rnining makrogeografik mavqei birmuncha noqulay ekanligi ma‘lum bo‘ladi. O‘zbekiston respublikasi xalqaro xamjamiyatning teng xuquqli sub‘yekti, jaxon xo‘jaligining ajralmas bir qismi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi turi – bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘lidan bormoqda. Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay geografik-strategik mavqega ega. Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston xududi orqali o‘tgan. Bu yerda savdo 5 yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitishi jadal kechgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar shu yerda kesishadi. O‘zbekistonning xududiy-makon xususiyatlari, uning geografik o‘rni bizning ichki va tashki siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta axamiyatga ega. Markaziy osiyoda jug‘rofiy-siyosiy jixatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston kuchlar tengligi va muvozanatini ta‘minlash, strategik muxim bo‘lgan ushbu mintaqada hamkorlikka mustaxkam zamin yaratish jarayonida sezilarli rol o‘ynash uchun hamma imkoniyatlarga ega. Uning xududi o‘zining mavjud va potentsial tabiiy hamda xom ashyo zaxiralari bilan hozirdanoq 21 –asr arafasida dunyoning siyosiy va iqtisodiy xaritasida aloxida axamiyati kasb etmoqda. Xorijiy mamlaktalar bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston oldida imkoniyatlar ochilmoqda. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan buyon iqtisodiy-geografik o‘rnini tobora yaxshilab bormoqda. Bular natijsida respublika ishlab chiqarish kuchlarining yanada tez rivojlanishiga erishish uchun imkoniyat darajasi ortib bormoqda. O‘zbekistonning noyob tabiiy imkoniyatlari, qulay iqlim sharoitlari, ulkan xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishlok xo‘jalik xom ashyosining katta zaxiralari asosli ravishda mintaqa va dunyoning eng boy mamlaktalari qatoriga olib chiqadi. O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jaxon xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan. Bu esa butun dunyoga mashxur chet el kompaniyalari va banklarining e‘tiborini jalb etishi aniq. Prezidentimiz aytib o‘tkanlaridek, O‘zbekiston hududida ―Mendeleyev jadvali‖dagi deyarli barcha elementlarni uchratish mumkin. Mana shunday ekan, biz Yaratgan inom etgan bu ozod, obod, tinch va jaxon hamjamiyatida o‘ziga xos va mos mavqega ega bo‘lgan mamlakatda Allohga ming – ming shukronalar keltirgan holda u bergan ne‘matlardan oqilona foydalanib, yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun tinmay mehnat qilib yashamog‘imiz zarurdir. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi moddiy va nomoddiy maxsulotlar avvalo xalqimiz iste‘moli uchun yo‘naltirilmoqada hamda iste‘moldan ortgan qismi Respublikamizda mavjud bo‘lmagan moddiy ne‘matlar, shuningdek fan texnika taraqqiyoti, tejamkor, yuqori mexnat unumdorligiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini olib kelish maqsadida chet davlatlarga eksport qilinmoqda. Davlat mustaqilligiga erishilgach O‘zbekiston oldida jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishdek qiyin jarayon boshlandi. O‘nlab yillar mobaynida iqtisodiy siyosatda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar xalq xo‘jaligi tarkibida chuqur nomutanosibliklarga olib 6 kelgan edi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi deyarli faqat respublikaning resurs imkoniyatlariga mo‘ljallangan bo‘lib, iqtisodiy taraqqiyot muvozanatsiz va nokompleks tarzda kechgan, ijtimoiy omillar e‘tiborga olinmagan, noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarining moddiy-texnika bazasi past darajada qolib ketgan edi. Rivojlanishning bunday yo‘li oqibatida respublikada iste‘mol qilinadigan mahsulotlarning chorak qismidan ko‘prog‘i, shu jumladan, ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar jami hajmining 2/5 qismi boshqa mamlakatlardan keltirilgan va import qilingan. Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistondan chetga chiqariladigan mahsulotlarning 80% dan ko‘prog‘ini xom ashyo – paxta va yarim tayyor mahsulotlar tashkil etardi. Umuman olganda O‘zbekistonning respublikalararo eksporti yalpi milliy mahsulotning deyarli arzimas qismini, tashqi eksportning solishtirma hissasi esa 5% dan kamroqni tashkil etardi. Tovar ayirboshlashning bunday strukturasi va respublikalararo hamda tashqi eksportning foiz nisbati respublika moliya balansi, valyuta resurslari va davlat byudjetida surunkali taqchillikni vujudga keltirgan edi. Shu sababli tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida korxonalarning vazifalarini tubdan o‘zgartirish, xo‘jalikni tashqi bozorga yo‘naltirish respublikadagi ahvolni barqarorlashtirishni ta‘minlash maqsadida Prezidentimiz tomonlaridan zarur chora tadbirlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining mustaqil rivojlanish yo‘lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni izchil amalgam oshirishga kirishdi. Bu jarayonda qisqa davr mobaynida shunday rivojlanish yo‘li uchun poydevor yaratildi. Bunga ko‘ra Respublikamiz Prezidenti tomonidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyili taklif qilindi. Taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; 2. Davlat bosh islohotchi; 3. Qonun ustuvorligi; 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o‘tish. Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, ‘…ayni paytda biz o‘z vaqtida tanlab olgan iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar to‘g‘ri ekanini va amalda o‘zini to‘la oqlaganini hayotning o‘zi yana va yana tasdiqlab bermoqda’1. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur‘atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatiga o‘z mahsulotlarini eksport qiladi. Bu kabi 7 ko‘rsatkichlarga erishish uchun Prezidentimiz tomonidan tegishli qaror va Farmonlar qabul qilindi. ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatdosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘grisida’gi 2012 – yil 26 – martdagi PQ – 173 – sonli va ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora – tadbirlarni davom ettirish to‘g‘risida’ 2012 – yil 10 – sentabrdagi PQ – 1816- sonli qarorlari yuqoridagi fikrlarimizning isbotidir. Yuqorida aytib o‘tganimizdek O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining eksport salohiyatiga ega va borgan sari bu salohiyat yuksalib bormoqda. Ya‘ni O‘zbekiston bugungi kunda xorijiy davlatlarga quyidagi mahsulot va tovarlarni eksport qilmoqda: Kimyo va neft mahsulotlari: Azot-fosforli o‘g‘it(AFO‘), Monoammoniyafosfat(MAF), Past zichlikdagi ammoniy nitrat, Ammoniy sulfat, Superofos – NS, Nitrofos, Ammiakli selitra, Suyuq azotli og‘it(KAS), Texnik nitrate natriy, Karbamid, Suyuq xlorat-magniy defolianti, Texnikaviy formalin, Oltingugurt, Kaliy xlorid, Diatsetat selyuloza, Suyuq xlor, Texnikaviy metanol. Metallurgiya mahsulotlari: Mis quvurlar, Qora metallar, Temir simlar, Elektrodlar, Volfram metal, Latun lentalar va iplar, Po‘lat sharlar, Sirlangan xo‘jalik idishlari, Molibden metal. Mashinasozlik: Paxta yig‘ish mashinasi, Ko‘rak yig‘ish paxta mashinasi, Paxta universal traktori, Kichik traktor va boshqa texnik qurilmalar. Qurilish mahsulotlari: gipsakarton kengashi, alyuminiy eshiklar va turli xil oynalar, polietilen quvurlar, bo‘yoq va qoplamalar, metal cherepitsalar, kabellar va simlar, yo‘lak plitalari, vibropresslangan bruschotka va chegaralovchilar, portlend tsement, laym, profnastil, sendvich panellar, gips, marmar, granit spool plitkalar, olovga chidamli g‘isht, quruq qurilish aralashmalar, PVC panellar, zich jinslardan moloz. Qishloq xo‟jaligi mahsulotlari: sabzavot, poliz va dukkakli ekin xosillari, mevalar, yong‘oq va donli maxsulotlar, quritilgan sabzavot va poliz ekinlari, quritilgan meva va quritilgan meva aralashmasi. Don maxsulotlari: bug‘doy va un. Tekstil mahsulotlari: kalava iplar, paxta mato, tayyor trikotaj maxsulotlar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik maxsulotlari: jun, offis va turar joy uchun mebellar, kosmetika, tozlash va yuvish vositalari, makaron mahsulotlari, sanitariya va gigiyena uchun qog‘oz, bolalar tagliklari, salqin ichimliklar, gazlangan va gazlanmagan ichimlik suvi. Avtotransport vositalari: matiz, spark, neksiya, cobalt, gentra, kaptiva, malibu, Man(avtobuslari), Man(yuk mashinalari). 8 Mamlakatimizda eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab – quvvatlashga oid chora – tadbirlarning amalgam oshirilgani eksport faoliyatiga 450dan ortiq yangi korxonani jalb etish imkonini berdi. 2015 – yil yakunlariga ko‘ra ‘…Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o’sish sur‘ati sezilarli darajada sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta zaxirasini oshirish imkonini berdi’. Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chiqarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish (import)dan tashkil topadi. Eksport va import yig’indisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar o’rtasida savdo sotiqni rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng qadimiy shaklidir. O’zbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo sotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. Asosiysi — O’zbekistonning Tashqi savdoda faqatgina xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqda, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qo’shimcha moddiy moliyaviy resurslarni jalb qilish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnika va texnologiyani joriy etish, ichki iste’mol bozorini turli tuman keng xalq iste’moli tovarlari bilan to’ldirish, xizmat ko’rsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo ‘O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida’ (1991, 14 iyun), ‘Valyutani tartibga solish to’g’risida’ (1993, 7 may), ‘Davlat bojxona xizmati to’g’risida’ (1997, 29 avg .) qonunlari, ‘Bojxona kodeksi’ (1997, 27 dek.) va boshqa qonun va qarorlar, me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mamlakatlar o’rtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol o’ynaydi. Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o’zaro bog’langan mamlakatlar o’rtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud bo’lgan, mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan, ammo ko’pgina mamlakatlar, so’ngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xo’jaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga o’tish bilan shakllana boshladi va XX asr boshlariga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini to’ldiradigan omildan mamlakat xo’jaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli ishlab chiqarish 9 imkonini bersa, tovarlarni ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni ta’minlasa, shu tovarlar ko’plab yaratiladi va Jahon bozoriga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurslarni sarflash qulay bo’lmagan yoki ishlab chiqarish imkoni bo‘lmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi, ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi. Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi. Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat bo’yicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi. Xalqaro savdoning tovar tarkibi Xomashyo tovarlari – qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va ov mahsulotlari, qayta ishlash uchun katta sarf xarajat talab etmaydigan qazilma boyliklar; Yarimtayyor mahsulot – yakunlovchi qayta ishlashni talab etadigan mahsulotlar; Tayyor mahsulotlar – oxirigacha tayyor mahsulotlar; Qisqa muddatda foydalanuvchi tayyor sanoat mahsulotlari – 1 yil va undan qisqa davrda ishlatiladigan tovarlar; Uzoq muddatda ishlatiladigan tovarlar – 1 yildan uzoq ishlatiladigan tovarlar; Qisqa muddatdaishlatiladigan iste‟mol tovarlari(nooziq – ovqat) – 1 yil va undan qisqa davrda ishlatiladigan tovarlar; O‟rta muddatda iste‟mol qilinadigan tovarlar – nisbatan kichik qiymatga ega bo‘lgan 1 yildan 3 yilgacha ishlatish muddatiga ega tovarlar; Uzoq muddatli ishlatiladigan tovarlar – 3 yildan oshiq muddatlarda ishlatish muddatiga ega tovarlar hamda katta qiymatga ega bo‘lgan, 1 yildan 3 yilgacha ishlatish muddatiga ega tovarlar. Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sug’urta kompaniyalaridan iborat bo‘lgan o’z infratuzilmasiga ega. Jahon bozorida to’lovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini o’tovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, Maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va Yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va boshqalar. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki ko’p tomonlama birjadan tashqari bitimlar yo’nalishlarida boradi. Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashkiloti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga a’zo bo’lganlar o’zlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar. Jahon bozorida investitsiya harakati ham yuz beradi, bu chet elda yangi korxonalarni qurish, eski korxonalarni sotib olish yoki o’ziga birlashtirish shakllariga ega. Bu ishni asosan transmilliy xalqaro korporatsiyalar olib boradi. 10 Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta ta’sir o’tkazadi, bu ta’sir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Jahon bozori sig’imi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yig’indisiga teng . Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular tayyor mahsulot bilan (jahon tovar eksportining 70% dan ko’prog’i) qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi eksporti bilan ishtirok etadilar. O’zbekiston Jahon bozorida xom ashyo, energiya, rangli metall va boshqa mahsulotlar eksporti bilan qatnashadi, aksariyat texnologiya, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlarini import qiladi. Jahon bozorini tizimli yondashuv asosida tahlil qilganda uning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: jahon bozorining shakllanishiga makroiqtisodiy subyektlarning samarali xalqaro ayirboshlashni amalgam oshirish maqsadida milly chegaralardan chiqishlari sabab bo‘lgan; tovarlar, xizmatlar va sihlab chiqarish omillarining xalqaro harakati jahon bozori konyunkturasida o‘z aksini topadi; jahon bozori ishlab chiqarish omillarining samaradorligi yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirish orqali ulardan foydalanishni optimallashtiradi; jahon bozori mahsulotlar bo‘yicha o‘ziga xos filtr vazifasini bajarib, xalqaro sifat andozalari va xalqaro raqobatning qat‘iy talablariga mos kelmagan mahsulotlarni xalqaro ayirboshlashdan chiqarib yuboradi. Ammo xalqaro savdoda har qanday mahsulot ham ishtirok eta olmaydi. Ya‘ni mahsulotlarni ikki guruhga: savdo qilinadigan va savdo qilinmaydigan mahsulotlarga bo‘lish mumkin. Savdo qilinadigan mahsulotlar deganda xorijiy bozorlarda ayirboshlanadigan raqobatdosh mahsulotlar tushuniladi va aksincha, savdo qilinmaydigan mahsulolar deganda ishlab chiqariladigan mamlakat bozorida sotilib, xalqaro ayirboshlashda ishtirok etmaydigan mahsulotlar tushuniladi. Jahon bozorida savdo qilinadigan mahsulotlar Eksport qilinadigan mahsulotlar Eksport substitutlari (joriy vaqti ichki bozorda sotilayotgan va ayrim holatlarda xorijga sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar Import qilinadigan mahsulotlar Real eksport mahsulotlari Real import mahsulotlari 11 Import substitutlari (zarurat bo‘lganida xorijiy mahsulotlar bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan mahalliy mahsulotlar Jahon bozorining holati, konyunkturasi va u bilan bog‘liq narxlar xalqaro savdo qatnashchilarining doimiy diqqat markazida bo‘ladi. Keng ma‘noda konyunktura deganda muayyan davriy va geografik miqyosda qator omillar ta‘sirida vujudga keladigan bozorning aniq holati tushuniladi. Konyunkturaga ta‘sir qiluvchi omillar, narxlar darajasi, ularning o‘tgan davrda, hozirda va kelajakda o‘zgarish dinamikasiga asoslangan jahon bozori konyunkturasining rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash uchun murakkab tahliliy va istiqbolli tadqiqotlar amalgam oshiriladi. Jahon bozori konyunkturasi turli darajalarda farqlanadi: bozorining alohida segmentlari va tarmoq konyunkturasi; xizmatlarning milliy yoki jahon bozori); Vaqt mezonlari bo‘yicha jahon bozori konyunkturasi uchga bo‘linadi: Jahon tovarlar bozorini tizimlashtirish uchun turki xalqaro guruhlashlardan foydalanish mumkin. Bu guruhlash tarkibida BMTning xalqaro tarmoqlar guruhlashlari muhim o‘rin egallaydi. Statistik maqsadlarda bu tasniflagichda mashina va asbob – uskunalar, xomashyo va yoqilg‘i, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlari ajratib ko‘rsatiladi. Jahon bozori konyunkturasini shakllantiruvchi omillar Doimiy va Iqtisodiy; o‘zgaruvchan Ilmiy – texnik; Siklik va nosiklik Siyosiy; Bozor rivojlanishini Ijtimoiy. rag‘batlantiruvchi va cheklovchi Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli ta‘sirga ega Jahondagi har bir davlat o‘z hududida proteksionizm siyosatini bo‘lganqo‘llagan holda jahon bozorida qatnashadi. Mamlakatimizda ichki bozorni himoyalash maqsadida joriy etilgan odilona bojxona siyosati orqali O‘zbekiston ham bevosita Jahon bozorida ishtirok etmoqda. Respublikamiz jahon bozorida yuqorida aytib o‘tilgan eksport mahsulotlari bilan qatnashadi. O‘zbekiston Jahon bozorida faqatgina ekport opertsiyalarini emas balki mamlakat uchun zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy mahsulotlarini sotib olish maqsadida import operatsiyalarini ham amalgam oshiradi. 12 Biz shu o‘rinda, O‘zbekistonning bugungi kunda Jahon bozoriga taqdim etayotga va Jahon bozoridan xarid qilayotgan mahsulotlari haqida qisqacha ma‘lumotni e‘tiboringizga havola etishni joiz deb topdik. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi 13 2.O’zbekiston Respublikasining Osiyo va Jahonning yuqori darajada rivojlangan davlatlari bilan amalga oshirayotgan iqtisodiy aloqalari. 1991-yil 31-avgust – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining rasmiy e‘lon qilingan kuni – davlatimizning xalqaro hamjamiyatga keng ko’lamli va dinamik integratsiyasi boshlangan sana hisoblanadi. 2015-yil 1-iyul holatiga ko’ra O’zbekiston dunyoning 130 dan ortiq mamlakati bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan. O’zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo’lib, turli xil ko’p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Mamlakatimizning qulay iqtisodiy geografik mintaqada joylashganligi, xorijiy sheriklar uchun yetarli shart – sharoitlarning yaratilganligi va eng asosiysi Respublikamiz hududida tinchlikning barqarorligi boshqa davlatlarni biz bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga undaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning deyarli 130 dan ortiq mamlakatlari bilan iqtisodiy ikki tomonlama manfaatga ega bo‘lgan aloqalarni tashkil etgan. Biz quyida e‘tiboringizga shulardan jahon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan davlatlar bilan mamlakatimiz o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni havola etamiz. O’zbekiston va Xitoy iqtisodiy aloqalarining ustuvor yo’nalishlari Xitoyda amalgam oshirilayotgan muvaffaqiyatli iqtisodiy islohotlar, yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlari va doimiy ravishda ortib borayotgan iqtisodiy salohiyat O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Xitoyni O‘zbekistonning eng muhim va istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda 65 ta yirik Xitoy kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan bo‘lib, ular ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo – sotiq aloqalarini rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqdalar. O‘zbekiston eksportining tarkibi quyidagicha: paxta tolasi, voylok, ipak, to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlash uchun zarur erituvchi materiallar, xizmatlar, mexanik asbob uskunalar, mebel, kimyoviy tolalar, gazlama, paxta ip – kalava va boshqalar. Xitoyda nimport qilinadigan mahsulotlar tarkibi esa quyidagicha: qora metallar va undan tayyorlanadigan mahsulotlar, kofe, choy va shirinliklar, mexanik asbob uskunalar, poyabzal, kiyim – kechak, to‘qimachilik va trikotaj, trikotaj polotnosi, ruda, organic kimyoviy birikmalar, kimyoviy tolalar, plastmassa va plastmassa mahsulotlari, xizmatlar, noorganik kimyoviy mahsulotlar, boshqa materiallardan yasalgan mahsulotlar, turli tayyor mahsulotlar va boshqalar. 2012 – yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi rspublika tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 12.7%ni tashkil etgan. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi, ya‘ni eksport – 1463.1mln. dollar, import – 1894.8mln. dollarni tashkil etgan (2012 – yil yakuni bo‘yicha). Shuningdek, Xitoy bilan hamkorlikda, 14 2011 – 2020-yillarda umumiy qiymati 1mlrd. Dollarga teng ―Qulbeshkak‖, ―Xojiqazgan‖, ―Doyaxotin‖, ―Suzma‖, ―Qumli‖, ―Chegaraqum‖ kabi gaz konlarini o‘zlashtirish loyihalari ishlab chiqilmoqda. Bu loyihalarning amalgam oshirilishi 2021- yilga borib yiliga 5mlrd. Kub metr gaz qazib chiqarish imkonini beradi. O’zbekiston va Yaponiya Iqtisodiy hamkorligi O’zbekiston va Yaponiya Iqtisodiy hamkorligi Yaponiya O‘zbekiston Respublikasining muhim savdo-iqtisodiy hankorlaridan biri hisoblanadi. 1992 – yildan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol aloqlar o‘rnatilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqlari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tarkibiy qayta qurilishni amalga oshirish, gummanitar va rasmiy yordam shaklidagi kreditlar, qaytarilmaydigan ssudalar ko‘rsatishdan boshlangan. O‘zbekistonning Yaponiyaga eksport qilayotgan mahsulotlarining tovar tarkibi quyidagicha: noorganik kimyo mahsulotlari, ipak, paxta, kalava, paxtali matolar, gilamlar, tekstil mahsulotlari, kiyim-kechak, spool buyumlar, rangli metallar, mexanik asbob-uskunalar. Yaponiya esa O‘zbekistonga, o‘z navbatida, quyidagi mahsulotlarni yetkazib beradi: organik kimyoviy birikmalar, bo‘yoqlar, foto va kino mahsulotlari, kauchuk va rezina mahsulotlari, poligrafiya sanoati mahsulotlari, kimyoviy tola, oyna va oyna mahsulotlari, qora metall, mexanik asbob-uskunalar, elektr asbob-uskunalar, audio va videotexnika, transport vositalari va ehtiyot qismlar, optika, foto va tibbiyot mahsulotlari, soatlar va ehtiyot qismlar, musiqa asboblari va ehtiyot qismlar, mebel, yoritish asboblari. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo munosabatlari jadal sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. O‘zbekistonning eksport-import tarkibida Yaponiyaning ulushi 2012 – yilda 0.1 va 1.3% ga teng bo‘lgan1. O’zbekiston va Rossiya iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari ikkala mamlakat o‘rtasida 1992 – yil 20 – martdan o‘rnatilgan diplomatic munosabatlardan keyin boshlandi. 1991 – yildan hozirga qadar O‘zbekiston Va Rossiya o‘rtasida 160dan ortiq xalqaro shartnoma va 40dan ortiq boshqa hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston Rossiyaga oziq – ovqat mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari va plastmassa, rangli va qora metallar, kabel, xizmatlar, paxta tolasi, tabiiy yoqilg‘i, neft mahsulotlari, sabzavotlar, gazlama, paxta kalavasi, jun, meva va sabzavotdan qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qiladi. Oxirgi yillarda O‘zbekiston eksportining tarkibida yengil avtomobillar(1,5-2 marta), meva va poliz ekinlari(5), polietilen(2), tayyor tekstil mahsulotlari(1,4-1,5), transformatorlar(2), past voltli apparatlar(1,5), quvur(1,5), havo transporti(1,7), turizm(1,4) ulushi ortib bormoqda1. 2013 – yilda ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 7,840mlrd. dollarni tashkil etgan. O’zbekiston 2016 yilning oxiriga qadar Rossiyaga meva15 sabzavot eksporti hajmini 500 ming tonnaga yetkazmoqchi. Bu haqda ―Россия сегодня‖ agentligi O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi vakili Olimboy Ortiqovning so’zlariga tayangan holda xabar tarqatdi. O’tgan yili O’zbekistondan Rossiyaga qiymati 300 million dollarga teng 200 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berilgan edi. Joriy yilda esa bu ko’rsatkich 50-70 ming tonnaga ko’payishi va 400 million dollar daromad olinishi kutilmoqda. O’zbekiston va AQSH tashqi iqtisodiy aloqalari AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning kelib chiqish tarixi, rivojlanish dinamikasi, shart – sharoitlari va omillariga e‘tibor beradigan bo‘lsak, bu hamkorlik bosqichma – bosqich rivojlanib kelganligi va jadal sur‘atlarda rivojlanayotganligini kuzatish mumkin. O‘zbekiston bilan AQSHning o‘zaro manfaatli savdo munosabatlari strategic sheriklik darajasiga olib chiqildi. O‘tgan davr mobaynida ikki tomonlama savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish negizida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor sohalari ham belgilanib bordi. Shunga ko‘ra, Amerika kompaniyalari tog‘ – kon va neft – gaz mazmunda qator ustuvor investitsiya loyihalarini amalgam oshirishda, agrosanoat majmui, oziq – ovqat sanoati va transport infratuzilmasining texnalogik bazasini rivojlantirishda ishtirok etmoqda. Respublikada AQSH investorlari ishtirokida tashkil etilgan 300dan ortiq korxona, jumladan, 200dan ortiq qo‘shma korxonalar va 100ga yaqin to‘liq AQSH sarmoyasiga asoslangan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Misol tariqasida ―Jeneral Motors‖, ―Keyz Korporeyshn‖, ―Koka Kola‖, ―Teksako‖, ―Beyker Xyuz‖, ―Dyunevent‖, ―Prokter end Gembl‖, ―Ey–Ay–Dji‖ kabi yirik kompaniyalarni keltirish mumkin. AQSH O‘zbekistonning yirik savdo–iqtisodiy hamkori hisoblanadi va ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2013 – yilda 443,1mln. dollarni tashkil etdi. O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi iqtisodiy aloqalari O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi(YeI) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishida 1992 – yilda «O‘zaro hamkorlik» to‘g‘risida Memorandumning imzolanishi muhim ahamiyatga ega. 1996 – yilda O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida savdo – iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan «O‘zbekiston – YeI va ularga a‘zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish» to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. YeI ning O‘zbekiston bilan hankorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: O‘zbekistonning geosiyosiy va strategik joylashuvi; O‘zbekistonning tabiiy va Iqtisodiy salohiyati. YeI va O‟zbekiston tashqi savdosining tovar tarkibi, 2017-y. Eksport Import Qiymati, mln. yevro Ulushi% Qiymati, mln. Ulushi% yevro 16 Qishloq xo‘jalik mahsulotlari Shundan: Oziq – ovqat mahsulotlari Yoqilg‘i va qazib chiqarish Shundan: Yoqilg‘i Sanoat mahsulotlari Shundan: Kimyo sanoat mahsulotlari Mashina va asbob– uskunalar To‘qimachilik sanoati mahsulotlari Boshqa mahsulotlar 152 26.6 26 12.0 132 9.4 15 6.0 16 1.2 40 16.1 12 1198 0.9 72.4 28 179 11.3 85.1 343 24.3 129 52.4 613 43.6 7 2.9 4 0.3 35 14.3 2 1.0 236 2.9 O‘zbekiston va YeI o‘rtasida savdo aloqalari barqaror sur‘atlarda rivojlanib bormoqda. 2017 – yilda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1 mrld. 655 mln. Yevroni tashkil etdi. 3.Mamlakatimizning jahon bozoriga kirib borishdagi mavjud muammolari va ularning yechimlar. Mamlaklatimiz iqtisodiyotida amalgam oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar alohida e‘tiborga loyiqdir. Ma‘lumki, bizga sobiq sovet tizimidan bir tomonlama rivojlangan, faqat xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, paxta yakkahokimligi halokatli darajaga chiqqan, ishlab chiqarish va sotsial infratuzilmasi o‘ta qoloq, aholi jon boshiga iste‘mo ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Shuni e‘tiborga oladigan bo‘lsak, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalgam oshirish respublikamiz uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu o‘z o‘rnida mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qolmadi. Mustaqillikning ilk yillarida mamlakatimiz chetga faqatgina xomashyo eksport qilish bilan cheklanib, katta miqdorda tayyor mahsulotlarni import qilishiga 17 to‘g‘ri keldi. Prezidentimizning olib borgan odilona siyosatlari va o‘z vaqtida qabul qilgan aqlli qarolari natijasida mamlakatimizda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan zavot fabrikalar qurilmoqda. Ammo hali ham respublika eksportida xomashyo tovarlari tayyor mahsulotlarga qaraganda ko‘proq ulushga ega. «Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi zarur. Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning eng muhim yo’nalishi bizning zaminimizdagi boy mineral xomashyo va o’simlik dunyosi resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, shuningdek, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirishdan iborat bo’lishi kerak. Boshqacha aytganda, xomashyoni jahon bozorida talab katta bo’lgan mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o’tishimiz zarur. Bu tizimning ma‘no-mohiyati shundan iboratki, u birinchi bosqichda xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya‘ni yarim fabrikatlar tayyorlash, keyingi bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor materiallarga aylantirish,uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste‘mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi birlamchi xomashyo, ya‘ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni iste‘mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yakuniy bosqichga qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo’lmoqda. Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini – xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yo’lini – siklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va nechog‗liq o’zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta‘minlash darkor. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatmoqdaki, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030-yilda, yangi turdagi tovarlar tayyorlashni o’zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2-marta, qora metalldan tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan, mineral o’g‗itlar 3,2 barobar ko’payishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo’lgan tayyor, ekologik toza to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilda 5,6-marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi»1. Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib 18 qo‘yish mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar eksportini yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalgam oshirish eksport hajmini barqarot o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta‘sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi2. Mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishdagi yana bir muammolardan biri bu transport yo‘llari muammosidir. Chunki mukammal xalqaro temir yo‘llarga ega bo‘lgan davlatda xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish bir muncha oson bo‘ladi. Bunga misol, O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning istiqboli ko‘p jihatda transport muammolari bilan bog‘liq. Bu sohada YeI ning TRASEKA dasturi alohida e‘tiborga loyiq. Mamlaktimiz ham bu loyihada ishtirok etmoqdava quvonarlisi bu yo‘l mamlakatimiz hududidan o‘tadi va yevropa va sharq mamlakatlari savdo aloqalari respublikamiz orqali amalgam oshadi. Ya‘ni O‘zbekiston markaz vazifasini o‘taydi. 4.O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi. O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin uning tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida yangi davr boshlandi. O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishdir. Ular bilan valyuta-kredit munosabatlari, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, xo‘jalik korxonalarini birgalikda qurish, oldi-sotdi ishlari kengaytirilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham o‘z ishini boshlab yubordi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, jumladan, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar hamda ularning bo‘linmalarini barpo etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida maxsus qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab yubordilar. Bir qancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. “Sovplastital” 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan birgalikda qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona bir marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda kon chiqindilaridan oltin ajratib 19 olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi Do‘stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobil zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada Turkiya bilan hamkorlikda akkumlyator zavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar.Tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda. O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, ayniqsa milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va hokazo) mahsulotlar chiqaradi.Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq xildagi sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar eksport qilmoqda.O‘zbekiston Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ko‘p miqdorda turli xalq iste’moli buyumlari; mebel, kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, ro‘zg‘or elektr asboblari, yozuv mashinalari servislar, attorlik mollari, tamaki va qandolat mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan O‘zbekistonga xalq iste’moli mollari, tropik va subtropik mevalar, choy, qora murch, yengil va oziq-ovqat sanoatining ayrim mahsulotlari keltiradi. Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo‘shni mamlakatlarda xo‘jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. O‘zbekiston bu mamlakatlarga miliorasiya, suv xo‘jaligi, paxtachilik, sholikorlik, geologiya, energetika, to‘qimachilik va .xokoza tarmoqlar mutaxassislarini jo‘natib turadi. O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirinda yordam berish bilan birga ular xo‘jaligining turli sohalari uchun milliy kadrlar tayyorlashda ham samarali ko‘maklashmoqda.Respublikamizning bir qancha oliy o‘quv yurtlarida Osiyo, Afrika mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar. O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat pastasi va xakozalar ulushi ancha kattadir.Respublikamiz rivojlangan mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada Toshkent shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir qismi olindi. Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi. Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishiga 20 zamin yaratadi.Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chori firmasi), Xindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazdilar. Bunday tadbirlar O‘zbekistoning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini kengaytirmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonda bir qancha suv inshootlari , jumladan, Jalolobod irrigasiya majmui, Sarda va Qunduz daryolaridan to‘yinadigan so‘g‘orish kanallari, suv omborlari, shuningdek sanoat korxonalari va uy-joylar qurishda, Suriyada Furot daryosiga gidrouzel bunyod etishda, Xindistonning Madras, Madxya-Pradesh va O‘ttar—Pradesh shtatlarida issiqlik elektr stansiyalari datlabki paxta tozalash sanoati, Jazoir, Gana, Mali, Indoneziya, Shri-Lanka hamda Kombodjada sholipoyalar barpo etishda ishtirok etdilar. O‘zbekiston Re5spublikasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi, Xelsinki jarayoniga qo‘shildi. U Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot bankining a’zosidir. Endilikda Respublikamiz vakillari BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi ishida, shuningdek uning maorif, fan va madaniy masalalar bo‘yicha mutaxassisi (Yunesko), halqaro mehnat tashkiloti (Mot), sog‘liqni saqlash jahon tashkiloti (Voz), ishlarida ishtirok etmoqdalar. O‘zbekistonning savdo-sanoat palatasi Afrika–Osiyo iqtissodiy hamkorlik tashkilotining a’zosidir. Chet mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar O‘zbekiston jamiyati 120ga yaqin davlatlar bilan ish olib bormoqda. Ular bilan adabiyot, san’at, sport va fan sohasida samarali hamkorlik qilmoqda. Xalqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar halqlarning ma’naviy va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa bo‘lib qo‘shilmoqda.O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va Bryusselda, Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazildi. Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiytexnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik maxsulotlari savdosi bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining “Ta’sis” texnikaviy ko‘maklashish dasturlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O‘zbekiston eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi (1994 yilda paxta tolasi eksporti bo‘yicha jaxonda AQShdan keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga jihozlar va ehtiyot qismlar, rangli va qora metallar, mineral xom ashyo, o‘g‘it, pilla, paxta chiqindilari, o‘simlik moyi, ip gazlama.O‘zbekistonda 30dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. 21 Bo‘g‘doy, go‘sht va sutmahsulotlar, sut va sut mahsulotlari, sariyog‘, shakar, moyli o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmasevtika mahsulotlari, kiyim-kechak, trikotaj, charm, poyabzal, avtomobillar (yengil, yuk va maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va rangli metallar hamda ulardan yasalgan mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar uskuna jihozlar importining asosiy bandlarini tashkil etadi.Mamlakat chetdan oladigan jami tovarlarning 18.2%dan ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi darajasiga qarab Respublikaning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishining uzoq muddatli rejasi belgilangan.Respublika uchun xorijiy sarmoyadorlarni iqtisodiyotini barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb qilish, chet ellik tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish sohasida qisqa vaqtda foyda ko‘rib ishlashni ta’minlaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya fondini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni hammasi mustaqil davlatimizning tashqi bozoriga faol kirib borish, xorijiy sheriklar bilan hakorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalanish imkoniyatlari yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomnidan boshqarilishi. O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jahon tajribasini hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o`z tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishini bildiradi. Mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`z oldiga qo`ygan vazifalari mavjud bo`lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga qaratilmog`i kerak. 90-yillar O`zbekiston iqtisodiy mustaqilligining dastlabki bosqichi hisoblanadi va davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o`ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar: eksportni rivojlantirish va uning tuzilishini yaxshilash. CHunki eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotini shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik iqtisodiy jihatdan jahon darajasiga ko`taradi., uning tuzilishini takomillashtiradiYU, respublika valyuta zahiralarini ko`paytiradi; import tuzulishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish, sobiq ittifoq import siyosatida bo`lgan kamchilik, xatolarni bartaraf etish; O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o`rnatish. 22 O`zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarini aniqlash. Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan qo`llabquvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat: eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni sug`urtalash; eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilar ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash; davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish; eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish; ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo va materiallar, asbob uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mutahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohatini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga etkazishni nazarda tutadi. O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib borilmoqda: birinchidan, sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, respublika ilgari bevosita o`zaro munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan. Agar birinchi yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xom ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishini ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda respublikada yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tuzimi shakllanmoqda va uni tarkibiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda, asosiy vazifalari aniqlanmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning hozirgi bosqichida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 23 Respublika milliy manfaatlariga javob beruvchi va uning jahon hamjamiyatidagi o`rnini ta`minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini o`rnatish; mulkchilik ko`rinishining turli shakllaridan qat`i nazar, TIFning barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta`minlash, ularning faoliyati va manfaatlarini himoya qilish; milliy iqtisodiyotni muvoffaqiyatli isloh etish uchun tashqi iqtisodiy omildan to`liq foydalanish. Prezident, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston TIFning rivojlanish strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy rahbarlikni va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi – yagona TIFni amalga oshirishni, xalqaro aloqalarning barcha ishtirokchilari, ya`ni davlat, shirkat, paychilik, jamoat, xususiy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni ta`minlaydi; TIF ni tartibga solishning davlat usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi (bojxona tariflari, eksport kvotalari, TIF bilan shug`illanishga ruxsat va boshqalar); vazirlikka taqdim etilgan ruxsatga mos keluvchi mahsulotlar bo`yicha eksport-import operatsiyalarini o`tkazadi; tashqi iqtisodiy faoliyat sub`ektlari tomonidan tuziladigan tashqi iqtisodiy shartnoma va kelishuvlarni tekshirishni amalga oshiradi. "Innovatsiya", "O`zagroimpeks", "Interservis", "O`ztashqitrans", "O`zekspomarkaz" - Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi tizimidagi yirik xo`jalik hisobidagi tashqi savdo va iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Ular shu tashkilotlar uchun belgilangan mahsulot va xizmat turlari bo`yicha tijorat-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradilar. tashqi iqtisodiy operatsiyalarga xizmat ko`rsatadi, shuningdek eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlar tuzadi; korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslarning valyutadagi hisob-kitoblarini olib boradi; xorijiy valyuta sarmoyalarini jalb etadi, ularga xizmat ko`rsatadi, valyutadagi kredit zahiralarini yig`adi va valyutada kreditlarni amalga oshiradi; valyuta zahiralarini yaratadi, saqlaydi va respublikaning valyuta manfaatlarini himoya qiladi. "O`zbekinvest" Davlat sug`urta kompaniyasi mamlakat va xorijiy investitsiyalarni sug`urtalash bo`yicha tashkilot hisoblanadi. Davlat Soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi bojxona masalalari bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. TIFni boshqarishning tarmoq tashkilotlari TIF ni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bo`linmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish 24 dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo`nalishlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda funktsional tashkilotlar ham muhim rol o`ynaydi. Bu tashkilotlarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu idoralarning har biri o`z mas`uliyat doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va ularning natijasi uchun javobgardir. Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, respublika tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar vositasida ko`tarishga asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni tayyorlaydi. Respublika Moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash va foydalanishga javobgar bo`lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi. Respublika hukumati topshirig`iga ko`ra va tuzilgan bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi hisobidan qanday mablag`larni olish, o`tqazish yoki qo`yishni hal etadi. Vazirlikning valyuta boshqarmasi shuningdek respublikaning to`lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi. Respublika Davlat soliq qo`mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi soliq solish masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ishtirokchilari mulkchilikning turli ko`rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo`lib oladi. SHu jumladan, qo`shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo`lib, ular O`zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlarni tuzishga ma`lum haquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishga ruxsati bo`lgan korxona va tashkilotlarga ma`lum banklarda o`z valyuta hisoblari bo`lishga va bu mablag`lardan foydalanishga ruxsat berilagan. 25 XULOSA Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, biz mamlakatimiz hududida qadim tarixda ham faol savdo aloqalari sodir bo‘lib turganini ko‘rishimiz mumkin. Bunga Qadimgi Baqtriya, Katta Xorazm va Sug‘diyona davlatlari hududida bo‘lgan savdo aloqalarini misol qilib keltirish mumkin. Amir Temur va Temuriylar davrida ayniqsa savdo – sotiq munosabatlari yaxshi rivojlandi. Bunga Amir Temurning olib borgan oqilona davlat siyosati sabab bo‘lgan. Amir Temur Fransiya qiroliga xat yozib, unda Xitoydan boshlanadigan Buyuk Ipak yo‘lini Movaraunnahr orqali Yevropa davlatlariga yetkazish va o‘zaro tashqi iqtosodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirgan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng muhtaram 1-Prezidentimiz ham xalqaro munosabatlarni qayta tiklashga bor e‘tiborlarini qaratdilar. Buning natijasida tez fursatlarda davlatimiz yuqori darajada rivojlanib jahon miqyosida o‘zining ishonchli iqtisodiy hamkorlariga ega bo‘ldi. Respublikamizning iqtisodiy geografik jihatdan qulay joylashganligi va boy tabiiy resurs, xomashyolarga egaligi xorijiy davlatlarni biz bilan hamkorlikka chorlaydi. Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M tashabbuslari bilan avvalo bizga qo‘shni bo‘lgan davlatlar bilan o‘zaro mustahkam do‘stlik shartnomalari imzolandi va iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bunga misol tariqasida mamlakatimizga chegaradosh bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi bilan olib borilayotgan iqtisodiy aloqalarni misol qilib keltirish mumkin. 2016 yilnining 14 – 16 aprel kunlari Qozog‘iston Prezidenti mamlakatimizga amaliy tashrif buyurdi. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o’sib bormoqda. 2015-yil yakunlariga ko’ra, bu ko’rsatkich 3 milliard dollardan ziyodni tashkil qilgan. Qozog’istonda mamlakatimiz ishbilarmonlari ishtirokida tashkil etilgan 151 korxona faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda Qozog‗iston kapitali ishtirokida 206 korxona, shu jumladan, 171 qo’shma korxona ochilgan. O’zbekiston Respublikasi va Qozog‗iston Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiya o’zaro aloqalarni izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Joriy yil 10-11mart kunlari Ostona shahrida mazkur komissiyaning 15-majlisi bo’lib o’tdi. 20102020-yillarga mo’ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasiga muvofiq savdo, sarmoya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona, suv-energetika va innovatsiya yo’nalishlarida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar samarasi o’zaro aloqalarga qo’shimcha sur‘at bag‗ishlamoqda. Transport kommunikatsiyalari sohasi hamkorlikning ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Mamlakatlarimizning avtomobil va temir yo’llari o’zaro integratsiyalashgan. Bu muhim kommunikatsiya tarmog‗i uchinchi davlatlar uchun ham tranzit vazifasini o’tamoqda. O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning ko‘pgina davlatlari bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Respublikamiz Jahon bozorida ham o‘z o‘rniga ega va o‘zining 26 eksport mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Shu bilan birgalikda Jahon bozoridan o‘zi uchun kerakli tovar va xizmatlarni ham harid qiladi. Prezidentimiz say harakatlari bilan xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalarni yaxshilash maqsadida tegishli Qonun va Farmonlar qabul qilindi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit ham yaratildi. Buning natijasida, dunyoning Rossiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH va Yevropa ittifoqi davlatlari bilan ikki tarflama kelishuvlar imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga va jahon xo‘jaligiga chuqurroq integratsiyalashib borishga intilmoqda. Hozirgi kunda jahondagi iqtisodiy munosabatlarda globallashuv jarayoni tobora kuchayib bormoqda. Bu borada 1-Prezidentimizning « … tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta‘sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy – iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi»1 degan so‘zlarini esga olishimiz muhimdir. Shuningdek, dunyoning yirik, jadal iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlari bilan savdo – sotiq aloqalarini kengaytirish, «… eksport qilinadigan mahsulotlarimizni tarkibini va umuman, tashqi savdo aylammasini yanada diversifikatsiya qilish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda». Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M ta‘kidlaganlaridek, biz bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan jahon bozorida o‘z o‘rnimizni saqlab qolish, mamlakat hududida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, xorijiy mamlakatlar bilan mustahkam iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ichki bozorni himoya qilgan holda eksport va import operatsiyalarini yanada rivojlantirish uchun tinmay xarakatda bo‘lishimiz, o‘qib o‘rganishimiz va asosiysi bor kuch va e‘tiborimiz bilan yurt tinchligini saqlashimiz zarurdir. Chunki tinchlik bo‘lgan joyda rivojlanish va o‘sish bo‘ladi. 27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1. A.V.Vahobov, D.A.Tadjibayeva, Sh.X.Xajibakiyev ―Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar‖.«Baktria press» 2015.-584 bet. 2. A.V.Vahobov, Sh.I.Raxmanov, Sh.X.Xajibakiyev, X.A.Usmanova ―Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar‖ «Voris-nashriyot», 2014.-320 bet. 3. ―Jahon iqtisodiyotiga integrasiya‖ Ishmuxamedov.A.I. o'quv qo'llanma, 2004. 4. ―O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jug'rofiyasi‖ G.Asanov, M.Nabixonov, I.Safarov. Undan tashqari quyidagi internet saytlaridan ham foydalanildi: www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy sayti. www.uza.uz – O’zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy sayti. www.ceep.uz – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti. www.ziyonet.uz 28 29