Загрузил Sanjar Voxidov

moliya tiizmi

реклама
Mavzu: Moliya tizimi va moliyaviy
siyosat . Pul – kredit tizimi.Banklar va
ularning bozor iqtisodiyotidagi roli.
Bajardi: Husenova Sh
Tekshirdi: Samadqulova G
Reja:
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
2. Soliq tizimi va uning vazifalari.
3. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga
bo`lgan talab va pul taklif.
4. Inflatsiya, uning mohiyati va turlari.
5. Kreditning mohiyati , manbalari va vazifalari.
6. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning
vazifalari.
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
Moliya - pul mablag`laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan
bog`liq bo`lgan munosabatlar tizimidir.Uning
vositasida turli darajada pul
mablag`lari fondlar vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va
boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
obyekti
Moliyaviy
munosabatlarning
obyektlari - iqtisodiyotning turli
darajalarida tarkib topuvchi va
harakat qiluvchi pul mablag`lari
fondlari hisoblanadi.
subyekti
Moliyaviy munosabatlar subyektlari
ularga barcha
tashkilotlar ,
korxonalar , yuridik va jismoniy
shaxslar , fuqarolar kiradi.
Moliya vazifalari:
1.Moliyaviy
ta`minlash va xizmat
ko`rsatish vazifasi.
Mamlakatni
boshqarish,
mudofaa
qobiliyatini
ta`minlash, huquq- tartibot ishlarini yo`lga qo`yish ,
sog`liqni saqlash , madaniy–ma`rifiy ishlarni moiyaviy
resurslar bilan ta`minlaydi
2. Taqsimlash vazifasi
3. Rag`batlantirish
vazifasi.
.
4. Nazorat qilish
vazifasi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy
mahsulotni, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi
qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga
asoslangan korxonalar,iqtisodiy tarmoqlari,moddiy
ishlab chiqarish sohalari,mamlakat hududlari o`rtasida
taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo`ladi
Birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash
jarayoni orqali, ikkinchidan,pul fondlarini tashkil qilish va
sarflash mexanizmi orqali amalga oshadi.
Moliyaviy nazorat korxona(firma)ning moliya intizomiga
rioya qilish uchun moddiy javobgar bo`lish tizimi, turli
soliqlar undirib olish va mablag` bilan ta`minlash tizimi
orqali amalga oshadi.
Davlat budjeti – bu davlat daromadlari va xarjatlari hamda ularni moliyaviy
qoplash manbalarining yillik rejasidir
Davlat budjeti
Daromadlar
tarkibi
Xarajatlar
tarkibi
 To`g`ri soliqlar
 Egri soliqlar
 Mulk solig`I va resurs
to`lovlari.
 Ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish uchun soliq .
 Boshqa daromadlar.
 Ijtimoiy sohaga
 Ijtimoiy himoyaga
 Iqtisodiyot uchun xarajatlar
 Markazlashtirilgan investitsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari
 Davlat hokimiyati , boshqaruv va
sud organlariga xarajatlar
 Boshqa xarajatlar
Budjet taqchilligi – bu davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan
ortiqchaligidir .
Budjet taqchilligining aniqlanishi:
 taqchillikning mutloq miqdorida.
 taqchillikning YAIM miqdoriga nisbiy o`lchamida.
Budjet taqchilligi sabablari:
Davlatning jamiyat hayotidagi ro`lining o`sib borishi, uning
iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari kengayishi.
Millliy va jahon bozori konyukturalaridagi davriy tebranishlar.
Iqtisodiy inqirozlar.
Davlatning iqtisodiy siyosatidagi o`zgarishlar.
Budjet taqchilligini qoplash (moliyalashtirish) manbalari:
1
•Davlat ichki qarzi - bu davlatning mamklakat ichida zayomlar va
boshqa qimmatli qog`ozlarni chiqarish , turli nobudjet fondlari
(sug`urta fondi, ishsizlik bo`yicha sug`urtalash fondi , pensiya fondi)
dan qarz olish ko`rinishidagi qarzlari .
2
•Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga
tushadigan barcha moliyaviy – iqtisodiy munosabatlar yig`indisi.
3
•Davlat tashqi qarzi- xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy , xalqaro
moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
2.Soliq tizimi va uning vazifalari.
Soliq - bu davlatning o`z vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan
moliyaviy manbalarni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan
budjetga majburiy to`lovlarni undirish shakli.
Soliq stavkasining pasayish
dinamikasi(%).
Soliq solishning umumiy tamoyillari :
Naflilik tamoyili - turli shaxslardan ularning soliqlar
hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanish
darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini
bildiradi.
Adolatlilik tamoyili – daromadlari va hukumat
dasturlaridan foydalanish darajasi bo`yicha teng bo`lgan
kishilar teng miqdorda soliq to`lashi zarur.
To`lovga layoqatlilik tamoyili - soliq miqdori soliq
to`lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos
kelishi zarur .
Soliq stavkasi ( R ‘) – bu olinadigan soliq summasining (R ) ,soliq solinadigan
daromad midoriga (D) nisbatining foizdagi ifodasi.
R
‘
R = --------- X 100 %
D
Progressiv , proporsional va regressiv soliqlarning grafik ko`rinishi
Soliq
stavkasi
Progressiv soliq .
Proporsional soliq.
Regressiv soliq.
Daromad hajmi.
 Daromad hajmi o`sib borishi bilan o`rtacha stavkasi o`sib boruvchi soliqlar
progressiv soliqlar deyiladi.
 Daromad hajmi o`sib borishi bilan o`rtacha stavkasi pasayib boruvchi
soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.
 Daromad hajmi o`sib borishi bilan o`rtacha stavkasi o`zgarishsiz qoluvchi
soliqlar proporsional soliqlar deyiladi.
Soliq turlari:
Amal qilish doirasiga ko`ra
•Markaziy soliqlar
•Mahalliy soliqlar
Jalb qilish xarakteriga ko`ra
•To`g`ri soliqlar
•Egri soliqlar
Soliqqa tortish obyektlari turiga ko`ra
•Daromad solig`i
•Foydadan olinadigan soliq
•Mulk solig`i
•Resurslar uchun to`lovlar.
Soliqqa tortish subyektlari bo`yicha
•Huquqiy shaxslar to`laydigan soliqlar
•Jismoniy shaxslar to`laydigan soliqlar
Davlat bujeti daromadlari va soliq stavkasi o`rtasidagi bog`liqlikni A.Laffer
asoslab bergan. Uning mulohazalariga ko`ra ,<< korparatsiyalar daromadiga
soliq stavkasini xaddan tashqari oshirish, ularning kapital quyilmalariga
bo`lgan rag`batini susaytiradi,fan- texnika taraqqiyotini va iqtisodiy o`sishni
sekinlashtiradi hamda bular oxir oqibatda davlat budjeti-ga tushumlarni
kamaytiradi. Aksincha soliq stavkalarining pasaytirish jamg`armalar
investitsiyalar va bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan daromad
hajmining o`sishini ta`minlaydi.>>
Davlat budjetining daromadlari va soliq stavkasi o`sishi
o`rtasidagi
bog`liqlikning grafikda tasvirlanishi << Laffer egri chizig`i >> nomini oldi.
R
Soliq
stavkasi
Soliq stavkasining optimal miqdori
( R1) davlat budjetiga eng yuqori
tushum (V1)ni ta`minlaydi.
R1
0
V1
V
Davlat budjetiga tushumlar.
3. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo`lgan talab
va pul taklif.
Pul o`z vazifalarini bajarish jarayonidagi to`xtovsiz harakati pul muomalasi
deyiladi.
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat.
 Milliy pul birligi ( so`m , dollar , iena, funt sterling, marka, va h.k.);
 Naqd pul muomalasida qonuniy to`lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog`oz,
tanga va kredit pullar tizimi;
 Pul emissiyasi, ya`ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish
tizimi;
 Pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pul muomalasi:
Naqd pulsiz hisoblar:
 Bank biletlari
 Metal tangalar
 Cheklar
 Kredit kartochkalar
 Veksellar
 to`lov tabriknomalar
Muomalada mavjud bo`lgan pul massasi naqd va kredit pullarni qo`shish yo`li
bilan aniqlanadi.
Muomalani ta`minlash uchun zarur bo`lgan pul miqdori quyidagi
omillarga bog`liq:
1. Muayyan davrda(masalan, bir yil davomida) sotilishi
va sotib olinishi lozim bo`lgan tovarlar summasi.
•Tovarlar va xizmatlar qancha ko`p bo`lsa, ularning narxi qancha baland
bo`lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko`p pul miqdor talab
qilinadi.
2. Pul birligini aylanish xizmati.
•Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori
shuncha kam bo`ladi.
3.Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to`lov
vositasi sifatida foydalanish.
•Ko`pincha tovarlar qarzga(kreditga) sotiladi va ularning haqi
kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to`lanadi.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori quyidagi formula bo`yicha
aniqlanadi:
Tb -- Xk + Xt
Pm = --------------------------At
Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori;
Tb - sotilish lozim bo`lgan tovarlar summasi( tovarlar miqdori narxi) ;
Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi;
Xt
- to`lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa
to`lovlar summasi;
At - pulning aylanish tezligi.
Boshqa sharoitlar o`zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun
zarur bo`lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar summasiga to`g`ri
mutanosib , pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.
Likvidlik – bu turli aktivlarning o`z qiymatini yo`qotmasdan ( ya`ni eng kam
xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir.
Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli
darajalarida pul mablag`lariga bo`lgan talab va pul taklifining o`zaro nisbatini
ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi – bu bozorda pul sifatida muomalada bo`lgan turli –tuman moliyaviy
mablag`lar, ya`ni pul agregatlari yig`indisi hisoblanadi.
Pulga talab - bu ayirboshlash bitimlari va investitsion maqsadlar uchun pulga
bo`lgan talab summasi.
Pul tizimi – bu mamlakatda mavjud pul birligi muomalasining tashkil qilish
tartibi usullari va unga xizmat qiluvchi kredit muassasalaridir.
4. Inflatsiya, uning mohiyati va turlari.
Inflatsiya – deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog`liq holda qog`oz
pullarning qadrsizlanishiga aytiladi.
Narxlar indeksi joriy davrdagi iste`mol narxlarini bazis davrdagi iste`mol
narxlariga nisbati orqali aniqlanadi:
TNj
NI = --------- X 100 %
TNb
NI - narxlar indeksi;
TNj - joriy davrdagi iste`mol tovarlari
narxi ;
TNb - bazis
davrdagi
iste`mol
tovarlari narxi;
Narxlar indeksidan foydalangan holda inflatsiya sur` atini (IS) quyidagi formula
orqali aniqlash mumkin:
TNj --- TNb
IS = ---------------------------- X 100%
TNb
Inflatsiyaning turlari:
Talab inflatsiyasi.
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real
hajmini ko`paytirib , ortiqcha talabni qondira olmaydi.
Taklif inflatsiyasi.
Ishlab
chiqarish
xarajatlarining
o`sishi
keltirib
chiqaradigan inflatsiya mahsulot birligiga qilinadigan
xarajatlarning ko`payishi hisobiga narxlarning oshishini
bildir
O`rmalab boruvchi inflatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha , jadal
inflatsiyada 20 dan 200 foizgacha , giperinflatsiyada 200 foizdan yuqori
darajada o`sishi kuzatiladi.
5. Kreditning mohiyati , manbalari va vazifalari.
Kredit - bo`sh turgan pul mablag`larini ssuda fondi shaklida to`plash va ularni
pulga muhtoj bo`lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va
boshqa ehtiyojlari uchun ma`lum muddatga, foiz to`lovlari bilan qaytarish
shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit munosabatlarining subyektlari - korxona va firmalar, tashkilotlar,
davlat, aholining keng qatlami hisoblanadi.
Kredit munosabatlari obyekti - jamiyatda vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`laridir.
Kredit resurslarining asosiy mablag`lari:
 Korxonalarning amortizatsiyasi ajratmalari;
 Mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
 Korxonalarning ishlab chiqarish , fan va texnikani rivojlantirish fondlari,
moddiy rag`batlantirish fondlari;
 Korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob- kitob
qilguncha , uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha
bankdagi hisoblarda saqlanadi;
 Bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy
tashkilotlarning joriy pul resurslari;
 Aholining bo`sh pul mablag`lari.
Kredit berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
 ssuda berishning maqsadli tavsifi ;
 Kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilish
 ssudaning moddiy ta`minlanganligi va to`lovliligi.
r
r` = ------------x 100 %
Kssuda
r` - foiz normasi.
r - foiz summasi.
Kssuda - qarzga berilgan pul summasi.
Kreditning vazifalari:
Qayta taqsimlash vazifasi– uning yordamida korxonalar, davlat va aholing bo`sh pul
mablag`lari ssuda fondi shaklida to`planib ,keyin bu mablag`lar kredit mexanizmi
orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi.
Kredit pulga tenglashtirilgan to`lov vositalarini (veksel ,chek, sertifikat) yuzuga
chiqarib , ularni xo`jalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi.
Kredit naqd pullar orniga kredit pullarini rivojlantirish va pul muomalasini
jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi.
Kredit ssuda harakati ( qarz berish va qarzni undirish ) orqali iqtisodiy o`sishni
rag`batlantirish vazifasini bajaradi.
Kredit o`z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilish
vazifasini bajaradi.
Kredit turlari.
 Bank krediti- pul egalari(banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz
oluvchilar (tadbirkorlar,davlat, uy xo`jaligi sektori) ga pul ssudalari shaklida
beriluvchi kredit.
 Xo`jaliklararo kredit- bir korxona (muassasa) tomondan ikkinchisiga beriluvchi
kredit.
 Tijorat krediti – korxonalar, birlashmalarva
subyektlarning bir- biriga beradigan krediti.
boshqa
xo`jalik
yurituvchi
 Iste`mol krediti – xususiy shaxslarga,
birinchi navbatda, uzoq muddat
foydalaniladigan iste`mol tovarlari(mebel, avtomobil, televizorva boshqalar) sotib
olish ucun ma`lum muddatga beriladigan kredi.
 Ipoteka krediti – ko`chmas mulklar ( yer, bino) hisobiga uzoq muddali ssudalar
shaklida beriluvchi kredit.
 Davlat krediti – davlat pul mablag`lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa
kreditorlari bo`lib chiqadigan kredit munosabatlarining o`ziga xos shakli.
 Xalqaro kredit – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi
harakatini nomayon etuvchi shakli.
Lizing- bu kreditning pulsiz shakli bo`lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa
moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonigan muntazam ravishda haq
to`lab borib , sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat.
4. Bank tizimi . Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari.
Banklar - pul mablag`larini to`plash, joylashtirish va ularning harakatini
tartibga solish bilan shug`illanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Bank tizimi
Markaziy
(emission) bank
Tijorat
(depozitli)banklar
Davlat banki – mamklakat pul – kredit tizimini markazlashgan tartibda
boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. Davlat
banki Markaziy bank hisoblanadi.
Tijorat banklari- o`zlarining xo`jalik mavqeyiga ko`ra aksionerlik tipidagi
muassasa hisoblanadi. Huquqiy mavqeyiga ko`ra, faoliyatni ng biron bir turga
xizmat ko`rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo`lishi mumkin.
Markaziy bank vazifalari.
1
2
3
4
5
6
•Boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi.
Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash
vazifasini ham bajaradi.
•Cheklarni qayt (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta`minlaydi va
banklararo hisob- kitoblarni amalga oshiradi,ularga kreditlar beradi.
•Davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.
•Barcha banklar faoliyatini uyg`unlashtiradi va ular ustidan nazoratni
amalga oshiradi.
•Xalqaro valuta bozorlarida milliy valutalarni ayirboshlaydi.
•Pul taklifi ustidan nazorat qilish mas` uliyatini oladi, milliy valutani
muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishada pul
muomalasini tartibga soladi.
Bank turlari:
Ixtisoslashgan tijorat banklar.
•Iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit- pul
operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. Sanoat
qurilish banki, Agrobank,Tadbirkor bank.
Xalq banki .
•Mamlakatda omonat ishlarini tashkil etish, naqd pulsiz hisobkitob qilish va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirish,
aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berish kabi operatsiyalarni
ta`minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat millliy banki.
•Eksport –inport operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi
korxona va muassasalarga kredit beradi, qo`shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig`ma valuta rejasining
ijrosini, valuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi.
Ipoteka banklari.
•Bu ko`chmas mulk (yer va inshoot) hisobiga uzoq muddatli
ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muassasalari.
O`zbekistonda milliy valutani mustahkamlash siyosatining amalga oshirilishi :
 Respublikada so`mning xarid quvvatini oshirib borish va uning
barqarorligini ta`minlash asosiy vazifa hisoblanadi.
 So`mning barqaror amal qilishi,uning har qanday valutaga erkin
almashtirilishi yetarli valuta zaxirasi bo`lishiga bog`liq.
 So`mning barqarorligini ta`minlashda undan ehtiyotkorona va tejab tergab
foydalanish,ishlab chiqarishga sarflangan mablag`larning eng ko`p samara
berishiga,olingan kreditlarning o`z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim
o`rin tutadi.
 Inflatsiyaga qarshi aniq o`ylangan siyosat o`tkazish muhim shartlaridan
biridir. Eng avvalo inflatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim.
 Inflatsiyaga qarshi siyasatning negizini pul miqdorining o`sishini tovarlar
va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o`sishi bilan bog`lab olib
borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilishi zarur.
 So`mning barqarorligini ta`minlashda naqd pul emissiyasining o`sishiga,
aholi qo`lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo`l qo`ymaslik birinchi
darajali ahamiyatga ega.
 Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining
barqarorlashuviga erishishdir.
E`tiboringiz uchun
raxmat !
Скачать