Uploaded by Sanjar Voxidov

ishchi kuchi statistikasi

advertisement
Mavzu: Ishchi kuchi harakati statistikasi
Reja:
1.
Qurilishda mehnat resurslarining soni va tuzilishini xarakterlash
2.
Qurilishda xodimlar soni va qurilish ishlab chiqarishi ishchilar bilan
ta’minlanishini statistik o‘rganish
3.
Ish vaqti hisobi va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash
1. Qurilishda mehnat resurslarining soni va tuzilishini xarakterlash
Ish joylariga qarab hamma xodimlar quyidagicha taqsimlanadi:
– asosiy ishlab chiqarish sohasidagilar;
– yordamchi xo‘jaliklardagilar;
– ularga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar.
Kuzatuvchilar – ishlab chiqarishda rahbarlik qiluvchi va boshqa maxsus texnikiqtisodiy bilimlarni talab qiluvchi funksiyalar; xodimlar – ish yurituvchi, hisob-kitob,
ta’minot funksiyalarini bajaruvchi shaxslar; kichik xizmatchilar – xonalarni isitish,
yig‘ishtirish va boshqa ishlarni bajaruvchilar; qo‘riqlovchi xodimlar – qorovullik,
yong‘indan saqlovchi xodimlardir.
Birinchi guruhga asosiy ishlab chiqarishda bevosita va qisman ishtirok etuvchilar
kiritiladi. Bunga qurilish-montaj ishchilari, ya’ni bino va inshoatlarni tiklovchi
ishchilar, qurilish korxonalarining, KQB (kapital qurilish bo‘lim)larining, KQB (kapital
qurilish boshqarma) larining rahbar xodimlari, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik xodimlari
va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruhga yordamchi xo‘jalik xodimlari kiradi. Bu xo‘jaliklar mustaqil
balansga ega bo‘lmagan korxona hisobida bo‘lib, sanoat-qurilish xom ashyolarini ishlab
chiqaruvchilardir (karerlar, beton-qorishma nuqtalari, yog‘och arralovchi, elektr
stansiyalar va boshqalar).
Uchunchi guruhga
ko‘p miqdordagi xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish
xo‘jaliklari (transport korxonalari, yig‘uvchi boshqarmalar, loyiha-smeta guruhlari va
boshqalar) va ishlab chiqarish
xarakteridagi ob’ektlar kiradi (uy-joy kommunal
xo‘jaliklari, poliklinikalar, klublar, bolalar bog‘chalari va boshqalar).
Malakali
xodimlar
ishlab
chiqarish
funksiyalariga
qarab
quyidagi
kategoriyalarga bo‘linadi: ishchilar – mahsulot ishlab chiqaruvchi shaxslar; texnikmuhandis xodimlar – texnologik jarayonni tayyorlovchi va boshqa xizmatchilar.
Qurilish statistikasi asosiy e’tiborni xodimlarga qaratadi. Xodimlar tarkibini kasbi
va malakasiga qarab
o‘rganish va ularni
o‘zgartirish, qurilish
tashkilotlarining
ish tartibini rejalashtirish va tekshirish hamda ishchi kadrlarni tayorlashda katta
ahamiyat kasb etadi. Ishchi kadrlarning kasbiy va malaka tarkibini yaratishda ilmiytexnika taraqqiyoti bevosita ta’sir etadi. Ushbu jarayonni o‘rganish rejalashtirishda zarur
bo‘lib, ishchilar tarkibining o‘sib yetishishidagi muhim omillardan biridir.
Ishchilar malakasini statistik
o‘rganish ularning
o‘z mahorat va bilimlarini turli
ishlab chiqarishda qay darajada ishlata bilish bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar beradi.
Malaka darajasining statistik o‘rni ko‘rsatmada xodimlar soni yoki ularning nisbiy
miqdori shu darajadagi yoki razryaddagi xodimlar umumiy sonining tarif turida
namoyon bo‘ladi.
2. Qurilishda xodimlar soni va qurilish ishlab chiqarishi ishchilar bilan
ta’minlanishini statistik o‘rganish
Xodimlar tarkibini o‘rganish ularning sonini aniqlash bilan
o‘zviy bog‘liq. Xodimlar
soni quyidagi kategoriyalar bo‘yicha ajratiladi: ro‘yxatdagi ishchilar soni, ishga
kelganlar soni, amalda ishlagan ishchilar soni. Oxirgi ikki kategoriya ko‘pincha
ishchilar uchun qo‘llaniladi.
Ro‘yxatdagi ishchilar soniga shu kungacha va bir necha kunga ishga qabul qilingan
doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy ishlardagi hamma ishchilar kiradi. Ishchilarning
ro‘yxati ularning ishga chiqqan va ishlagan-ishlamaganidan qat’i nazar tuziladi.
Tashkilotda asosiy ish joyidan tashqari ishlaydiganlar ro‘yxatga kiritilmaydi, sababi,
ishchilar ikki marta hisobga olinadi.
Ishga kelganlar soni ishga chiqqan xodimlar sonini ko‘rsatadi.
Amaldagi ishlagan ishchilar soni ularning ishga chiqib, ishlarini bajarganliklarini
bildiradi. Oxirgi ikki kategoriya orasidagi farq qurilishlardagi kunlik to‘xtab
turishlardan darak beradi. Ishchilar soni kategoriyalari bo‘yicha hisobga har kuni tabel
asosida olib boriladi. Bayram va dam olish kunlarida esa ro‘yxatdagi ishchilar soni bir
kun oldingi kun hisobiga teng qilib olinadi.
Ishchi kuchlarini o‘rganishda har xil malakadagi ishchilar darajasini ish joyi
kabilar bo‘yicha solishtirish qiziqarlidir. Ishchilarni bajaradigan vazifasi va malakasi
darajasiga qarab ajratishda kombinatsion jadval yoki matritsa chuqurroq tasavvur
beradi. Bunday ajratish 284 ishchi misolida keltirilgan (5-jadval).
5-jadval
Korxona ishchilarining malaka va ish razryadlari bo‘yicha taqsimlanishi
Ishchilar
Ishlar razryadi
razryadi
1
1
18
2
3
2
3
4
5
Jami
6
18
17
11
10
64
12
1
87
4
8
58
9
75
5
1
13
24
38
3
31
6
jami
21
27
84
83
13
22
35
47
22
284
Jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra:
Rишчилар 
1  18  2  31  3  87  4  75  5  38  6  35
 3,67
284
Rишчилар 
1  21  2  27  3  84  4  83  5  47  6  22
 3,61
284
Ya’ni, o‘rtacha ishchilar malaka darajasi ular bajaradigan ishlarning o‘rtacha
darajasidan yuqoridir. Ular bajargan ish razryadlarining malakalariga nisbatan yuqori
salmog‘i:
(11  12  9)
33  100
 100 
 11,61.
284
284
Bajargan ish razryadlarining ishchilarga nisbatan quyi salmog‘i:
3  10  8  1  13  13
 100  16,9%
284
Bajargan ishlar malakalariga to‘g‘ri kelmasligining ishchilarga nisbatan umumiy
salmog‘i:
33  48
 100  28,5%
284
Ishchilarning malakasi va bajargan ishlar malakasining umumiy nisbatini
korrelyatsiya yoki korrelyatsiya koeffitsienti, deb atash mumkin. Bu ko‘rsatkichlar
natural sonlar sifatida keltirilgan, ya’ni ular bir qatorlashgan. Misolimizda korrelyatsiya
koeffitsienti Spirmen formulasi orqali aniqlangan:
Р  1
6 d
2
n(n 2  1)
 0,916
Bu yerda: d- ishchilar malakasi darajasi va bajargan ishi orasidagi farq; n- o‘xshash
juftlar soni.
Korrelyatsiya koeffitsienti ishchilar malakasi va ular bajargan ishlar darajasining
qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Xodimlar malakasining umumiy ko‘rinishini o‘rtacha tarif razryadiga qarab, ularning
kasbi va ish joylari asosida topish mumkin, ya’ni:
R
R
n
n
Bu yerda: R-tarif razryadi; n-ushbu razryadli xodimlari soni.
Xodimlarning ma’lum davrdagi sonini aniqlash uchun o‘rtacha ro‘yxatdagi
xodimlar sonidan foydalanamiz (oy, chorak, yil ). Oylik o‘rtacha xodimlar soni
quyidagicha aniqlanadi:
С
С
 Тк
i
Bu yerda: Si-har kungi ro‘yxatdagi ishchilar soni;
Tk-kalendar kunlar soni.
Ruyxatdagi xodimlar soni ishga chiqqanlar (Sch) va chiqmaganlar soni (Sx)ning
yig‘indisiga teng bo‘lgani uchun o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni quyidagicha
bo‘ladi:
С 
С  С
Т
я
н
к
Uzoqroq davr uchun (chorak, yil ) o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni quyidagicha
aniqlanadi:
Сi 
С Т
Т
i
i
i
Bu yerda: Ti- davrning kalendar soni.
Ish kunining uzunligini hisoblash uchun korxonada ishlangan barcha kishi-soat soni
ishlangan kishi kunlar soniga bo‘linadi.
Ish vaqti hisobi va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash
Ish vaqti va undan foydalanishni statistik o‘rganishda mehnat sarfi hisobi zarurdir.
Bajarilgan mehnat miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarf qilingan ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ish
vaqti asosan xodimlar kategoriyasi uchun qo‘llaniladi va u ish-kuni va ish-soatlarida
ifodalanadi.
Ish-kuni eng avval xodimlarning ishga chiqqan yoki chiqmaganliklarini bildiradi. Ishga
chiqmagan ishchilarning ishga chiqmaslik sabablari (navbatdagi dam olish, kasallik va
boshqalar) hisobga olib boriladi. Ishlangan ish kuni deb, xodimning ishga kelib,
vazifasini bajarishi yoki xizmat safarida bo‘lishiga aytiladi. Xodimning ishga kelib,
lekin unga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, vazifasini bajara olmasligi bekor turgan
ish kunlari deyiladi.
Ish oyi uzunligini hisoblash uchun korxonada ishlagan barcha ish kunlari soni o‘rtacha
ro‘yxatdagi ishchilar soniga bo‘linadi.
Ish kunining uzunligini hisoblash uchun korxonada ishlagan barcha kishi-soatlar soni
ishlangan kishi-kunlar soniga bo‘linadi.
Ish vaqtini ishchi-kuni asosida hisoblash sababi berilishiga qarab har xil ish vaqti
fondlariga bo‘linadi.
Ularning bir-biri bilan aloqasi va mazmunini 1-sxemadan ko‘rish mumkin. Har xil
sabablarga ko‘ra, ishga chiqqanligi va chiqmaganligining yig‘indisi ishchilarning
kalendar ish vaqti fondini tashkil etadi.
Misol, korxona bo‘yicha chorakda 64246 ishchi-kuni, dam olish va bayram kunlari
– 20104 ishchi-kuni, navbatdagi dam olishlar – 4683 ishchi-kunini, boshqa ishga
chiqilmagan kunlar – 1168 ishchi-kunini, kun bo‘yicha turib qolishlar – 34 ishchikunini
tashkil
etgan.
Korxonaning
choraklik
jami
ish
vaqti
foizda:
64246Q20104Q4683Q1168Q34q90235 ishchi-kuni,
1-sxema
Ishlangan To‘xtab turishlar
ishchi-kuni
Ishga kelishlar
MIFhisobidan ishga
kelmaslik
Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi Navbatdagi dam
(MIF)
olish
Bayram va dam olish
Tabel ish vaqti fondi
kunlari
Kalendar ish vaqti fondi
Kalendar ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti:
64246
 0,712
90235
Chorakdagi maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi:
90235-20104-4683q65448 ishchi kuni
maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti:
64246
 0,98
65448
Yuqoridagi misoldan kelib chiqqan holda foizlardan foydalanish koeffitsientini
ko‘rib chiqamiz:
Ish vaqtidan to‘liq foydalanishni ifodalash uchun esa shu ikki ko‘rsatkich birbiriga ko‘paytiriladi.
Qurilish statistikasida ish vaqtidan foydalanishni
o‘rganishda ish vaqti fondi
strukturasi tahlil qilinadi. Shu maqsadda umumiy kalendar vaqt fondi ichida quyidagi
elementlar ajratiladi:
bayram va dam olish kunlari;
navbatdagi dam olish;
amalda ishlangan ish kunlari;
dekret ta’tillari;
kasalligi tufayli ishga kelmaslik;
qonunga binoan ishga kelmaslik;
ma’muriyat ruxsati bilan ishga kelmaslik;
ishga sababsiz kelmaslik.
Fondlardan foydalanish koeffitsientlari:
1.Kalendar ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti:
amaldagi ishlagan ish vaqti fondi;
kalendar ish vaqti fondi.
2.Tabel ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti:
amaldagi ishlagan ish vaqti fondi;
tabel ish vaqti fondi.
3.Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti:
amalda ishlagan ish vaqti;
maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi.
Asosiy adabiyotlar
1.
Nabiev X.N. Makroiqtisodiy statistika. T., 2000.
2.
Nabiev X.N., Abdurahmonov M.A. Ishlab chiqarish tarmoqlari
statistikasi. Ma’ruza matnlari. TDIU, T., 2000.
3.
Shodiev X., Hamroev M. Moliya statistikasi. T., 2002.
4. Ustinov A. Statistika kapitalnogo stroitelstvo. M., 1998.
Download