Загрузил Bitt Ada

metodichka (1)

реклама
See discussions, stats, and author profiles for this publication at: https://www.researchgate.net/publication/351491453
TALABA-AMALIYOTCHILAR UCHUN METODIK QO'LLANMA
Book · February 2021
CITATIONS
READS
0
137,188
1 author:
Guljaxan Doshanova
Karakalpak State University
3 PUBLICATIONS 0 CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by Guljaxan Doshanova on 11 May 2021.
The user has requested enhancement of the downloaded file.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT
UNIVERSITETI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
TALABA-AMALIYOTCHILAR UCHUN METODIK
QO’LLANMA
Nukus-2021
Mazkur metodik qo’llanma talabalar uchun pedagogik amaliyot jarayonida
foydalanishga mo’ljallangan.
Talaba amaliyotchilar uchun metodik q o’llanma Berdaq nomidagi Qoraqalpoq
davlat universiteti Ilmiy Kengashi __
____ -Sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
TUZUVCHI:
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti G.I.Doshanova
TAQRIZCHILAR:
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti I.Qurbanbayev
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Z.Baltayeva
1.PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL QILISHNING
MAQSAD VA VAZIFALARI
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Ta`lim to’g`risidagi qonunda butun
dunyo ta`lim me`yori asosida tuzilgan davlat ta`lim talablari darajasida,
umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida chet el ta`limi bilan raqobat qila
oladigan, raqobat jarayonida Vatan sha`ni, manfaati va obro’sini munosib himoya
qila oladigan milliy kadrlarni yetishtirish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Bu
muhim vazifani amalga oshirish yalpi ta`lim va tarbiya tizimini, uning murakkab
qismlaridan biri pedagogik amaliyotni tashkillashtirishni tubdan isloh qilishni
talab etmoqda. Chunki, yangi zamon talablariga javob beradigan kadrlar
tayyorlash milliy modeliga mos Yangi pedagogik xodimlarni avvalgi pedagogik
texnologiya asosida tayyorlash aslo mumkin emas. Shu bois, kadrlar tayyorlash
milliy dasturida Yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqish, rivojlantirish va
uni hayotga tadbiq etishga talaba-amaliyotchilarni o’rgatish alohida ta`kidlangan.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeliga muvofiq pedagogik amaliyotning
maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Har bir talabaning pedagogik faoliyatga ongli, qiziquvchanlik bilan
qatnashishini shakllantirish, pedagogik kasbga muhabbat hissi bilan qarash,
hurmatini rivojlantirish va mustahkamlash ijtimoiy, maxsus, pedagogik va
psixologik fanlarni chuqur o’rganishga yordam berish.
2. Bo’lajak o’qituvchining Yangi jamiyat talablariga, shuningdek,
mutaxassisning shaxsiy xususiyatlariga javob beradigan kasbiy mahoratlarini
egallashiga yordam berish.
3. Talaba tomonidan institut auditoriyasida egallangan nazariy bilimlarni
chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularni o’quvchilar bilan olib boriladigan
o’quv-tarbiya ishlar jarayonida mohirona foydalanishga o’rgatish.
4. Talabalarni o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlarini
nazorat qilish va tanlash uquvi bilan qurollantirish.
5. Talabalarni o’quv-tarbiya korxonalaridagi ta`lim-tarbiya ishlarining
hozirgi davrdagi holatlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish va
o’rgatish.
6. Talabalarni psixologiya, pedagogika, bolalar va yosh o’smirlar
fiziologiyasi fanlaridan egallagan bilimlari asosida, mustaqil o’zbekiston
Respublikasi xalqlarining milliy-madaniy dasturlaridan foydalanib mashg`ulotlar
tashkil qilishga o’rgatish.
7. Talabalarni o’quvchilarning bilim faoliyatini jadallashtiruvchi har xil usul
va metodlarni ko’rgazmali texnik vositalarni, an`anaviy va noan`anaviy dars va
tarbiya turlarini foydalanishga jalb qilish.
8. Bo’lajak o’qituvchilarni sinf rahbari faoliyatini bajarishga har tomonlama
tayyorlash.
9. O’quvchilarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini, shakllanish va bilim
darajasini o’rganish maqsadida talabalarning ular bilan o’zaro munosabatini
tashkil qilish.
10. Talabalarni ilg`or zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’rganishga
jalb qilish, ularda pedagogik izlanuvchanlikka bo’lgan qiziqishni rivojlantirish,
kurs va diplom ishlarini bajarishga yordam berish.
11. Talabalarni pedagogik faoliyatga ijodiy va izlanuvchanlik bilan
yondashishga, o’z faoliyatini tanqidiy baholashga, mustaqil bilim olishga bo’lgan
talabchanlikni shakllantirish.
12. Talaba-amaliyotchilarni xalq pedagogikasining bebaho durdonalaridan
mohirona foydalanishga o’rgatish. Ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda
umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida, milliy maktabda milliy tarbiyani
muvaffaqiyotli olib borishga o’rgatish.
13. Bo’lajak o’qituvchilarni o’qitish ishlarini uyushtirishda o’quvchilarga
dunyo va davlat ta`limi me`yorlari talablari darajasida bilim berishga nazariy va
amaliy jihatdan tayyorlash.
2. PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAZMUNI
1 Maktabning o’quv-tarbiya ishlari bilan tanishish, pedagogik hodisalarni
kuzatish.
2. O’quvchilar va sinf jamoasining psixologik xususiyatlarini o’rganish.
3. Bolalar va o’smirlar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiyaviy ishlar bilan
tanishish.
4. Maktabning ish tajribalarini, o’qituvchi va sinf rahbarining o’quv
tarbiyaviy ishlarini o’rganish va tahlil qilish.
5. O’quvchi va o’qituvchilar tarkibini o’rganish.
6. O’qituvchining, sinf rahbarining yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlar olib
borish.
7. Fanlar bo’yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlarga qatnashish va tashkil
qilish.
8. Psixologik-pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarini amalda foydalanish.
9. Maktabdagi o’quv-tarbiya ishlarini o’rganish, taqqoslash, tanqidiy qarash
va ularni amalda foydalana bilish.
10. O’quvchilarning kasbiy qiziqishlarini o’rganish, o’quvchiga psixologikpedagogik tavsifnoma tuzish.
11. Sinf rahbarining yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlarni uyushtirish.
12. Fan o’qituvchilarining yordamchisi sifatida o’quv-tarbiya ishlarini
bajarish.
13. Psixologik-pedagogik va uslubiy fanlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini
yuritish.
14. Maktabning o’quv-tarbiya ishlari sistemasini, o’quvchini va o’quvchilar
tarkibini har tomonlama o’rganish.
15. Fanlar b o’yicha sinf va sinfdan tashqari ishlarni olib borish, dars va
tarbiyaviy ishlarni tahlil qilishda opponent vazifasini bajarish.
16. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish.
17. Sinf jamoasiga psixologik-pedagogik tavsifnoma berish.
16. Uslubiy va ilmiy ishlarni bajarish.
3. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA TALABALARNING
HUQUQ VA VAZIFALARI
Talabalar pedagogik amaliyot davrida xohlagan masala bo’yicha pedagogika
institutining pedagogik amaliyot va maktab rahbariyatiga, o’quv o’rni
o’qituvchilariga murojaat qilishi, o’quv – tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish,
amaliyotning tashkiliy masalalari bo’yicha tavsiyalar berish, o’quv
muassasalaridagi bolalar va o’smirlar, yoshlar va kasaba uyushmalarining
konferentsiya va yig`ilishlariga qatnashish, kutubxona, fan kabinetlaridan va
mavjud o’quv-uslubiy qurollardan foydalanish huquqiga ega.
Oliy pedagogika ta`lim muassasasining talaba amaliyotchilari pedagogik
amaliyot jarayonida:
-pedinstitutning (peduniversitetning), fakul`tetning pedagogik amaliyot
bo’yicha rahbari, guruh rahbari, metodistlar, pedagogika va psixologiya
o’qituvchilari, maktab rahbariyati va o’qituvchilarning topshiriqlarini ma`suliyat
bilan bajarishga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidasini
qat`iuan saqlashga, kamtarinlik, tashkilotchilik, tartib-intizom, odoblilik va
mehnatsevarlilik namunasi bo’lishiga;
- pedagogik amaliyot dasturlarida ko’rsatilgan barcha vazifalarni bajarishga,
bolalar bilan o’tkaziladigan quv-tarbiyaviy ishlarning tashkil qilinishi va
uyushtirilishiga puxta tayyorlanishga, ularning reja va dasturlarini, konspektlarini
tuzishga, uni o’qituvchi, sinf rahbari va uslubiyotchiga tasdiqlatishga;
- dars jadvaliga muvofiq barcha o’quv tarbiyaviy ishlariga va ularning
tahliliga faol qatnashishga, ma`lum sifatda amaliyot kundaligini yuritish va
amaliyot yakunida guruh rahbariga hisobot berishi va amaliyot bo’yicha sinov
topshirishi shart.
Yuqorida e`tirof etilgan talablarni bajarmagan amaliyotchi pedagogik
amaliyotdan chetlashtiriladi. Pedagogik amaliyotdan chetlashtirilgan yoki
pedagogik amaliyot davridagi faoliyati uchun noloyiq baho olgan talaba ushbu
semestrdagi o’quv rejasini bajarmagan hisoblanadi. Fakul`tet (Institut) kengashi
qarori bilan unga o’qishdan uzluksiz ravishda takror pedagogik amaliyot
belgilanadi.
4. AMALIYOTCHINING PEDAGOGIK AMALIYOT KUNDALIGI
4.1. Pedagogik amaliyot kundaligining namunasi
— tuman (shahar) xalq ta`limi bo’limiga qarashli ___________ nomidagi
_______________ maktabning ______ sinfida pedagogik amaliyot o’tovchi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti _________________ fakul`teti
_______
kurs
talabasi
____________________________________________ning amaliyot davrida
yuritgan kundaligi.
Kundalik boshlandi __________________ tugadi ______________.
Institut bo’yicha pedamaliyot rahbari ______________________
Fakul`tet bo’yicha pedamaliyot rahbari______________________
Pedagogik amaliyot guruh rahbari __________________________
Mutaxassislik bo’yicha uslubiyo’tchilar ______________________
Pedagogika va psixologiya o’qituvchilari____________________
Maktab gigienasi fani bo’yicha o’qituvchisi__________________
Maktab direktori _______________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini______________________
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha
direktor muovini____________________________
Boshlang`ich sinflar bo’yicha sinf rahbari,
o’qituvchi ___________________________________________
Fan o’qituvchilari ________________________________________
Uslubiy uyushma raisi ___________________________________
Maktab Kamolot ijtimoiy uyushmasi rahbari: ______________
O’qituvchilar qo’mitasi rahbari:______________________
Maktab ota-onalar qo’mitasi raisi:____________________
Sinf ota-onalar qo’mitasi raisi:______________________
Fan komissiyasi rahbari:__________________________
Sinf rahbarlari metodik kengashi rahbari_________________
Maktab manzili:_______________________________
Telefon raqami:_______________________________
4.2. Maktabning taqvimiy ish rejasi
Pedagogik kengash:_____________________________
Metodik kun:________________________________
Maktab rahbari qoshidagi majlis:_____________________
Mehnat kengashi majlisi:__________________________
Ota-onalar majlisi:_____________________________
Maktab «Kamolot» ijtimoiy harakati majlisi:
________________________________________
Fan komissiyalari kengashi:________________________
Metodik kengash majlisi:__________________________
Sinf rahbarlari metodik uyushma majlisi:_________________
Siyosiy-axborot:__________________
Sinf tarbiyaviy soati:____________________________
4.3. Sinf faollari
4.4. Sinf o’quvchilari ro’yxati
Q№O’quvchilarning
Choraklar bo’yicha ulgurim
ismi-sharifi
«5»ga «4»ga «4»«4»- «3»ga «2»ga
«5»ga
«3»ga
4.5. O’quvchilarning sinfda joylashuv tartibi
O’quvchilarning ismi-sharifi to’liq
yoziladi.
O’quvchilarning ismi-sharifi to’liq
yoziladi.
4.6. Sinf jadvali
№
Dushanba
Seshanba
Chorshanba Payshanba
Juma
Shanba
4.7. Tanaffuslar jadvali
(smena)
Yakunlanishi
Tanaffuslar
•
•
•
•
•
•
Darslar
1-chi
2-chi
3-chi
4-chi
5-chi
6-chi
Boshlanishi
Kundalikda amaliyot oldi va yakunlovchi konferensiya (anjuman) mazmuni,
maktab direktori, uning o’quv va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari,
yoshlar ijtimoiy harakati kotibi, sinf rahbari, o’qituvchilar, uslubiyotchilar
(metodistlar), o’quvchilar bilan olib borilgan ishlar mazmuni va suhbatlar o’z
ifodasini topadi. Darsga va tarbiyaviy ishlarga tayyorgarlik, ularni tashkil qilish,
o’qituvchi va amaliyotchilar tomonidan o’tilgan darslar va tarbiya soatlari
tahlilidagi ishtiroki, sinf rahbari yoki sinf rahbari yordamchisi vazifasida olib
borgan va bajargan ishlari haqida ma`lumotlar aks ettiriladi.
Amaliyotchi bu bo’limda pedagogik amaliyot ishlarining xar-hil turlariga
ayrim o’quvchi yoki sinf jamoasi nazoratiga o’zlarining ishtiroki, taklif va
tavsiyalarini kiritadi. Bundan so’ng kundalikda bajarilgan ishlar, xotirada
qoladigan voqealar ketma-ketlikda yoziladi.
202___y. ______________oyning ____________sanasi
_____________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_____________________________________________________
4.8. Talaba-amaliyotchining sinov darslarni va tarbiyaviy ishlarni
o’tkazish jadvali
Q№
Vaqti
Sinf
Fan
Darsning, Bahosi
tarbiyaviy
ahamiyati,
turi va mavzusi
•
•
•
•
Eslatma:
Kundalik har kuni to’ldirib boriladi. U amaliyotchining amaliyot natijalari
bo’yicha hisobot berishdagi asosiy hujjatlaridan biri hisoblanadi.
5. Amaliyotchining o’quv va tarbiyaviy ishlari bo’yicha shaxsiy ish
rejasi
5.1. Amaliyotchining shaxsiy ish rejasini tuzishiga qo’yiladidan talablar
Amaliyotchining har bir hafta uchun shaxsiy ish rejasi har haftaning juma va
shanba kunlarida tuziladi. U guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Reja
bosqichlarining bajarilishi «Ijro haqidagi belgi» grafasiga muddatini ko’rsatgan
holda yozib boriladi.
Shaxsiy ish rejani tuzishda qo’yidagilar inobatga olinadi:
1. Maktab direktori, uning o’rinbosarlari, sinf rahbarlari, o’qituvchilar,
yoshlar harakati kotibi, metodik birlashma rahbarlari bilan suhbati, kuzatish orqali
maktab tajribasini o’rganishi.
2. Talaba va o’qituvchilarning darsini kuzatishi:
a) Sinf o’quvchilarini har tomonlama o’rganish uchun o’z sinfida dars
beruvchi o’qituvchilarning darslarini kuzatish va tahlilida ishtirok etish;
b) O’qitish usullarini, metodlarini, dars usullari va turlarini, zamonaviy ta`lim
texnologiyalarini chuqurroq o’rganish uchun boshqa fan o’qituvchilarining
darslarini kuzatish;
v) Maktabning ilg`or o’qituvchilarining ijodiy ochiq darslarini kuzatish va
tahliliga qatnashish;
3. Tajribali sinf rahbarlarining tashkil qilgan namunaviy tarbiya ishlarini (sinf
soati, suhbat, ertaklar kechasi va h)kuzatish va tahlilida qatnashish;
4. Sinf majlisini (mavzu ko’rsating) tashkil qilishga tayyorgarlik ko’rish va
o’tkazish;
5. Sinf rahbarlari bilan suhbatlashish, maslahatlashish (maqsadini
ko’rsating);
6. O’quvchilar bilan alohida ishlashish;
7. Ota-onalar uchun ma`ruza yoki doklad (mavzuni ko’rsating) tayyorlash va
tashkil qilish;
8. Ota-onalar majlisini tayyorlash va tashkil qilish;
9. Sinf soatini (mavzusini ko’rsating) tayyorlash va tashkil qilish;
10. O’quvchilarning uylariga borish;
11.12.13 Boshqa ish shakllari.
5.2. Uslubiy ishlar
1. Uslubiy birlashmalar majlislarida ishtirok etish.
2. Fan komissiyalari majlislarida ishtirok etish.
3. Uslubiy mavzuda ma`ruza qilish
4. Hokazo ish shakllari.
5.3. Amaliyotchining shaxsiy ish rejasi namunasi.
“Tasdiqlayman”
Amaliyotning guruh rahbari
_______________________
“_______” 202 yil
Berdaq nomidagi QQDU _________________________
fakul`teti
____________ kurs talabasi ___________________________
__________________________________________________________
(maktab nomi, manzili, shahri)
pedagogik amaliyotni o’tash
ishlarining shaxsiy rejasi.
Vaqti
Tartib
soni
Bajariladigan ish turlari
1
2 sentyabr`
2
3
4
1
3 sentyabr`
2
3
1
4 sentyabr`
2
3
4
1
5 sentyabr`
davrida bajariladigan o’quv va tarbiyaviy
Bajarilganligi
haqida belgi
Pedagogik
amaliyotga
bag`ishlangan
yo’l-yo’riq
konferentsiyasida
ishtirok Bajarildi
etish.
Maktab
direktori
va
o’rinbosarlari
bilan
suhbatlashish
O’qituvchilar, sinf rahbarlari va
o’quvchilar bilan tanishish
Biriktirilgan sinf o’qituvchilari
darslarini kuzatish va tahliliga
qatnashish.
O’qituvchilarni mavzuviy, sinf
rahbarlarining
tarbiyaviy
rejalari bilan tanishib, ko’chirib
Bajarildi
olish
O’qituvchilarning
darslarini
kuzatish va tahlilda qatnashish
Sinf
jamoasini,
yakka
o’quvchini o’rganish, ularning
shaxsiy hujjatlari
bilan
tanishish.
O’qituvchilarning
darslarini
kuzatish va tahlilida ishtirok
etish
Bajarildi
1 “a” sinfidagi “Oltin kuz”
mavzusida tashkil qilinadigan
sinf soatini kuzatish va tahlilida
ishtirok etish
Ba`zi o’quvchilarning uylari
bilan tanishish
Maktab
hujjatlari
bilan
tanishishni davom etish
O’qituvchi N.Jumabaevaning
VIII “B” sinfdagi ona tilidan
o’tkaziladigan ochiq darsiga
Bajarildi
kirish va tahlilida ishtirok etish
2
3
1
6 sentyabr`
2
1
7 sentyabr`
2
3
Biriktirilgan
sinfdagi
o’qituvchilar
darslarini
kuzatish va tahlilida ishtirok
etish.
Sinf rahbarlarining tarviyaviy
ishlarini tashkil etish tajribasini
o’rganish, hujjat yuritish va
dars
rejalarini
chuqurroq
o’rganish.
O’qituvchi
va
uslubiyotchilardan sinov darsi
mavzusini olish, uni tashkil
etishga tayyorgarlik ko’rish,
ko’rgazmali
qurollar
tayyorlash.
Sinf rahbari K.Sultanovaning
V-VI sinfda tashkil etiladigan
“Non qadri” mavzusidagi sinf
soatini kuzatish va tahlilida
ishtirok etish.
O’qituvchi va uslubiyotchiga
sinov
darsining
rejakonspektisini
ko’rsatish,
ma`qullangach,
direktor
o’rinbosarlariga tasdiqlatish.
Sinf o’qituvchilari darslarini
kuzatish
va
tahlilida
qatnashish.
VI sinfda tashkil qilinadigan
“Yashayvergin
Orolim”
mavzusidagi
sinf
soatiga
tayyorgarlik ishlarida ishtirok
etish.
Bajarildi
8 sentyabrga
ko’chirildi
Eslatma: Amaliyotchining shaxsiy ish rejasi pedagogik amaliyotning 1haftasi uchun namuna sifatida tuzilgan. Amaliyotchi
rejani pedagogik
amaliyotning har bir haftasi uchun juma,
shanba kunlari tuzadi va
guruh rahbariga tasdiqlatadi
Bir soatlik darsning reja-konspekti.
“Tasdiqlayman”
___________________________
«______»______ 20 yil
___________________________shahar (tuman) xalq ta`limi bo’limiga
qarashli ______ maktabning
______ sinfida Berdaq nomidagi QQDU
_________________
fakul`tetining
______
kurs
talabasi
_________________________________________________
200
yil _____ oyining ________ sanasida ________________
__________ fanidan o’tadigan bir soatlik dars reja konspekti
_____________________________________________________________
_____________________
I Dars mavzusi va turi
II. Dars maqsadi
a) ta`limiy:_____________________________________________
b) tarbiyaviy:___________________________________________
v) rivojlantiruvchi:_______________________________________
III. Dars jihozlanishi
Darsning borishi.
1. Darsni tashkil qilish (1-2 min)
2. O’rganilgan bilimlarni xotiralash va uy vazifani tekshirish (7-13 min).
3. Yangi mavzu bayoni (8-12 min)
4. Yangi bilimlarni mustahkamlash. (15-20 min)
5. Uyga vazifa berish. (2-3 min)
Dars reja ishlanmasini tuzuvchi amaliyotchi:
Reja-konspekti kelishildi:
Fan o’qitiuvchisi:
Uslubiyotchi:
Erimbetov K.
Do’sanov J.
Turaev B.
Shamshetova G.
Eslatma:
Yuqorida aralash dars turining namunaviy tuzilishi berilgan.
Amaliyotchi darsning to’liq rejasi va konspektiga ega bo’lishi kerak.
6. Darslarni kuzatish va tahlil qilish malakalari
6.1. Aralash darsni kuzatish va tahlil qilishning pedagogik malakalari
1. Darsning mavzusi; 2. Darsning maqsadi (ta`limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi) uning umumiy dars tizimida tutgan o’rni; 3. Dars tuzilishi; 4.
Darsning didaktik xususiyatlari; 5. Dars bosqichlari; 6. Darsni tashkil qilish: amaliyotchining (o’qituvchining) va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi; ish
rejasi, dars jihozlarining mavjudligi yoki yo’qligi; dars xonasining holati;
o’quvchilarning darsga psixologik jihatdan moslashishi; sinfdagilarning tartibi;
o’quvchilar diqqati; o’quvchilarning ishlashga tayyorligi; dars maqsad va
vazifalarining aytilishi; o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun foydalaniladigan
usullar; 7. O’tilganlarni takrorlash va o’quvchilarning malakaviy ko’nikmalarini
tekshirish: takrorlash maqsadi, o’rni, hajmi, metodi va turlari; o’quvchilarning
bilish darajasini rivojlantirish usullari; savollarning berilishi; javoblarni
to’liqtirish va xulosalash; o’yin shaklida beriladigan misollarni qo’llash va h.; 8.
Yangi mavzu bayoni: yangi mavzuni o’rganishning maqsad va vazifalarini
o’quvchilarga yetkazish; yangi mavzu mazmunining davlat ta`limi me`yorlari,
o’quv dasturiga mos kelishi; foydalanilgan o’qitish metodlari va didaktik asoslari,
o’quvchilarda mavjud bilimlarga tayanish, muammoli, asoslangan savollarning
o’rtaga tashlanishi, ko’rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, yangi
mavzuni tushuntirish paytida o’qitish tamoyillarining hisobga olinishi, darsda
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishi; o’quvchilarning mustaqil
ishlashlarini tashkil etishi, darslik, qo’llanmalardan, gazeta va jurnallardan va
hokazolardan foydalanish, jadval, sxema va diogrammalar tuzish; 9. Uy
vazifasining bajarilishini nazorat qilish shakllari: uy vazifasi qay vaqtda
tekshirildi, tekshirishning maqsadga muvofiqligi, o’quvchilar javobining
to’liqliqi, aniq chuqur va mushohadali javob berishi; eng asosiysi, ajratib olish va
yechimini topish malakasi, nutq madaniyati va hokazolar; bilimni baholashning
odilona bo’lishi; o’tilganlarni takrorlash shakllari; Yangi mavzuni o’tilganlar,
o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan bog`liq ravishda, mahalliy manba va
misollardan foydalanishi, mohirligi, material hajmi, uning dasturi va darsliklarga
muvofiqligi, materialning ilmiyligi, uning g`oyaviy yo’nalishi, loyiq rag`batni
amalga oshirishi, dasturiy o’qitish elementlari, muammoli vaziyatlar yaratishi,
bilimning mustahkamligi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, amaliy
malakalar va ko’nikmalar bilan jihozlanishi; o’quvchilarning dunyoga ilmiy
dunyoqarashini, umuminsoniy va milliy fazilatlarni rivojlantirish; 10. Yangi
bilimni mustahkamlash shakllari: uy vazifasi qachon berildi, uning hajmi, yangi
berilgan topshiriqlar; 11. O’quvchilarning darsga qatnashishi (faolligi, ijodiy
yondashuvi va h.); 12. Amaliyotchining darsdagi axloqiy madaniyati; sinf jamoasi
bilan ishlashish mohirligi; hamkorlik pedagogikasini qo’llashi; nutq madaniyati,
yuz ifodasi, o’zini erkin his qilish va h.; 13. Amaliyotchining (o’qituvchining)
darsdagi yutuqlari, o’quvchilar tomonidan olingan yangi bilim, malaka va
ko’nikmalar sifatida: dars turini, tuzilishini, metodlarini tanlashning maqsadga
muvofiqligi; 14. Darsning qiziqarli o’tishi, o’ziga xos xususiyatlari; dars
jarayonini demokratiyalashtirish; darsni baholash, asosiy yutuq va kamchiliklar.
6.2. Ona tili va adabiyoti darslarini kuzatish va tahlil qilishning
pedagogik namunasi
1. Dars mavzusi va turi (dars turini to’g`ri tanlash); 2. Darsning maqsadi
(ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uning umumdars sistemasida tutgan o’rni);
3. Darsning jihozlanishi (foydalaniladigan darsliklar, o’quv-metodik
qo’llanmalar, gazeta, jurnallar, ko’rgazmali
va texnik
vositalar ); 4.
O’quvchilarni, sinf xonasini, o’quv jihozlarini darsga tayyorlash, sinfdagi tartib
intizom; 5. Uy vazifasini tekshirish usullari (umumiy nazorat,tabaqalashtirilgan,
o’z-o’zini tekshirtirish, o’zaro tekshirtirish), o’tilganlarni o’quvchilarga eslatish;
6. O’qituvchining o’quvchilarga bergan og`zaki va yozma savollarining aniqligi,
tushunarliligi, mazmundorligi. Savollarga to’liq javob olishga intilishi
(tirishqoqligi); 7. O’quvchilarning nutq madaniyati, og`zaki va yozma savollarga
aniq, mazmunli, ijodiy yondashgan holda javob berishi; 8. O’quvchilar bilimini
odilona baholashi, tanqidiy va rag`bat nuqtai nazaridan yondashuvi; 9. Reyting
baho to’plashi, dars so’rashi, uy vazifasini so’rashda uddaburonligi; 10.
O’tilganlarni xulosalashi va uni yangi mavzu bilan bog`lashi; 11. Yangi mavzuni
o’rgatishning maqsad va vazifalarini aniqlashi; 12. Yangi mavzuni bayon qilish
chevarligi, mohirligi, so’zga chechanligi, go’zal nutqi, asar ilmiy g`oyasining
yoritilishi, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashi; 13. Yangi bilimning
respublika va dunyo madaniyati, fan-texnikasi bilan aloqadorligini ta`minlashi;
14. Bilimni muammoli bayon qilishi, muammoli vaziyat yaratishi va ularni
o’quvchilar bilan birgalikda уechishi; 15. Darsda o’quvchilarning mustaqil,
og`zaki, yozma, amaliy va ijodiy ishlarini tashkil qilishi; 16. O’quvchilarning
yangi mavzuni o’zlashtirish darajasi; 17. O’quvchilarning darsda o’zlarini erkin
his qilishlari, mustaqilligi, faolligi, tartibi; 18. O’qituvchining vaqtdan unumli
foydalanishi; 19. Ko’rgazmali va texnik vositalardan o’rinli foydalanishi; 20.
O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabat odobi; 21. O’qituvchi foydalangan
metod va usullarning maqsadga muvofiqligi; 22. Uy vazifasini berish me`yoriga
amal qilishi; 23. Vazifa va topshiriqlarni bilimga mos holda berishi; 24.
O’qituvchining sinf jamoasi, va o’quvchilar bilan alohida ishlash layoqati; 25.
O’qituvchining darsni insoniylashtirish va demokratiyalashtirish layoqati; 26.
O’qituvchining darsni xulosalashi; 27. Dars reja-konspektining sifati; 28.
Darsning umumiy bahosi, dars sifatini yangilash va samaradorligini oshirish
yuzasidan maslahatlar.
Dars kuzatish va tahlilni rasmiylashtirish texnologiyasi.
Sinf Fan
Darsni kim
tashkil qildi
Dars
yutuqlari
Darsning
kamchiliklari
Amaliyotchiga
(o’qituvchiga)
maslahatlar
Amaliyotchi:
Soliev J
Dars tahlili bayonnomasini rasmiylashtirish namunasi
___________________________ shahar (tuman) xalq ta`limi bo’limiga
qarashli ______________
nomidagi maktabning ______ sinfida
______________
fanidan
dars
bergan
amaliyotchi
______________________________________________________________
(ismi sharifi)
darsi tahlili bayonnomasi.
“_____” _________ 20 yil
Qatnashdilar:__________________________________________________
_________________________
Amaliyotchilar:________________________________________________
__________________________
O’qituvchilar:_________________________________________________
__________________________
Uslubiyotchilar:________________________________________________
__________________________
Tinglandi: 1. Dars tashkil qilgan amaliyotchi nutqi (darsning mavzusi,
maqsadi, o’z darsi haqida amaliyotchining fikri aks etadi).
2. Dars tashkil qilgan amaliyotchiga savollar:
a)
_________________________________________________________________
_____________________
b)__________________________________________
3. Chiqib so’zlaganlar (dars keng ravishda tahlil qilinadi). Opponentlar
amaliyotchilar, uslubiyotchilar, o’quv
bo’limi boshlig`i, pedagogika va
psixologiya kafedrasining uslubiyotchilari darsning yutuq va kamchiliklarini
ko’rsatadi. O’zlarining tavsiya va fikrlarini aytadi. Har bir chiqib so’zlagan nutq
bayonnomada qisqacha ifodalanadi.
4. Uslubiyotchining yakunlovchi xulosaviy nutqi.
5. Darsning baholanishi (uslubiyotchi baholaydi)
Bayonnomani rasmiylashtiruvchi
amaliyotchi:
Boltaeva Z.
Amaliyotchining pedagogik amaliyot bo’yicha yozma hisoboti
Berdaq nomidagi QQDU __________________________
fakul`teti________kurs talabasi_________________shahar _______________
nomli _____________ sonli maktabda 2020-2021 o’quv yilining ___________
oralig`ida o’tkazgan pedagogik amaliyot natijasi haqida yozma hisoboti.
1. Maktabning qisqacha tavsifi (bezalishi, fan xonalari, texnik vositalar,
o’quv tarbiya jarayoni);
2. Maktabning ish qog`ozlari bilan tanishish (o’quvchilarning shaxsiy
hujjatlari, sinf jurnali, sinf rahbari rejasi);
3. Pedagogik amaliyot rejasining bajarilishi;
4. O’qituvchi sifatida o’z faoliyatiga qisqacha baho berish (sinov darslari,
yutuqlari, kamchiliklari, foydalangan metod va usullari, yangi pedagogik
texnologiyalarni qo’llanishi);
5. Sinf rahbari sifatida o’z ishiga baho berish, tarbiyaviy
ishlarni
rejalashtirish va hokazo.
6. Maktab pedagogik jamoasi, institut metodistlari, fan xonalaridan berilgan
uslubiy yordamlar. Maktabga ko’rsatilgan amaliy yordam.
8. Amaliyot davrida bajarilgan ishlar va ularning natijalari.
9. Maktabning uy, fuqarolar kengashi jamoasi bilan aloqa yo’llari.
10. Pedagogik amaliyot samaradorligini yanada yaxshilash va rivojlantirish
maqsadidagi istak va tasviyalar.
Hisobot beruvchi
amaliyotchi talaba:
Niyozov. B
• O’zbek tili fanidan namunaviy dars ishlanmalari
Darsning mavzusi: Milliy madaniy markazlar (Iboralar )11-sinf
Darsning maqsadi:
• ta’limiy: o’quvchilarga milliy madaniy markazlar haqida ma’lumot berish.
Iboralar yuzasidan nazariy ma’lumot berish.
• tarbiyaviy: o’quvchilarda milliy iftixor, bag’rikenglik madaniy va ma’naviy
qadryatlarni e’zozlash ruxida tarbiyalash.
• rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilimni bayon qilish darsi, aralash dars
Dars metodi: ko’rgazmalilik metodi, yangi pedagogik texnologiyalar (zigzag
strategiyasi, test usuli, fikriy hujum).
Darsning jihozlanishi: slaydlar, darslik, tarqatma materiallar,fotoflbom,buklet
Darsning borishi: a) Salomlashish
b) Davomatni tekshirish
I.Tashkiliy qism
-Valaykum assalom, aziz ustoz, muallim!
Bizlar shaymiz saboqqa, hamda bilim olmoqqa,
Jon-u dildan tinglaymiz, o’zingiz bering ta’lim
2 Aziz o'quvchilar Vatan degan tushunchani siz qanday izohlaysiz.
Vatan-ostonadan boshlanadi.
Vatan-sajdagoh kabi muqaddas
Vatan tuyg'usining manzillari beshikdan
qabrgachadir.
Vatan eng katta taqdir
Sen Vatanni madh etgan minbar-mehrobdir
Vatan nechog'li ulkan bo'lmasin, u qalbda ham, ko'z qorachig'iga ham joy
bo'la oladi.
Vatan haqiqatdan ham yagonadir.
Mana shu go'zal yurtimizning tinchligi, obodligi va farovonligi yo'lida
prezidentimiz tomonidan qanday qaror va farmoyishlar qabul qilinganlidan parcha
namoyish etamiz.
Sinf o’quvchilari 5 tashabbus bo’yicha o’quvchiar taqdimotini namoyish
etadilar
Qollariga har bir o’quvchi tashabbus boyicha ko’rgazmalar bilan sahnaga
chiqadilar.
O’quvchilar 5 tashabbusni o’zbek va ingliz tilida aytadilar
1-o’quvchi 1. Increasing the interest of young people in music, arts, literature,
theater and other types of art;
2-o’quvchi. Enroll youth with sports, create the necessary conditions for this;
3-o’quvchi. The organization of effective use of computer technologies and the
Internet by the population and young people;
4-o’quvchi. Enhancing the spirituality of young people, a wider propaganda of
reading;
5-o’quvchi. Ensuring the employment of women.
Siyosiy daqiqa
. O`zbekiston va jahon mamlakatlarida bo`layotgan o`zgarishlar va yangiliklar
bilan tanishtrish.
Savol: 2019-yil qanday yil deb nomlandi?
Javob: 2019– yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb
nomlandi.
Savol: 2019 – yilda qanday ishlar amalga oshyapti.
Javob: 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning
5 ta ustuvor yo’naloshlari bo’yicha harakat strategiyasi amalga oshirilyapti.
- 2019– yil – Iqtisodiyotga faol investitsiyalar jalb qilinyapti..
- Mahalliy sanoatni rivojlantirish orqali “kichik biznes” lar tashkil
qilinyapti.
- Aholini tabiiy gaz, elektr manbaidan unumli foydalanishga qaratilyapti.
- Sportga katta ahamiyat berilyapti va sport inshootlari qurilmoqda.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
O`tilgan mavzuni takrorlash “Sirli sandiq” o’yini orqali amalga oshiriladi.
Tarqatma savollar tarqatilib o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Milliy
madaniy
beriladi.Birinchi
markazlar
haqida
slaydlar
asosida
Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi
bilan
ma’lumot
1992-yil
mamlakatimizda «Respublika baynalmilal madaniyat markazi» tashkil etildi.
Vatanimizda bunday markazlar soni 137 tani tashkil qiladi. Quyidagicha savol
javob tashkil etiladi;
•
O’quvchilar sizning sinfda ham turli millat vakillari o’qiydi. Qaysi millat
vakillari bor?
• Qozoq, qoraqolpoq,turkman va hokazo.
• O’sha millat vakillari tilida 3 o’quvchi 3 ta turkman sher aytib beradi. Sinf
o’quvchilari Annageldieva, Doshanov, Bazarbayevlar qozoq, qoraqalpoq,
turkmantilida quyidagi she’rlarni o’qib beradilar.
Qoragraqalpoq tilida
Ana tilim sen basqadan ayirmam,
Sen turg’anda men de adewir shayirman
Sonsha qatal surginlerde jog’almay
Bul kunlerge jetkenin’e qayilman.
Qozoq tilida
Aristanday aybbattim,
Jolbaristay qayrattim
Aspandag’an bayraqtim
Qansha juldiz jaynattin’
Qansha bulbul sayrattin’
Qazaqstan ardaqtim.
Turkman tilida
Ata vatan ana toprak
Duru guk yuzunde ishik
Sachiyan guneshli nurum bar
Dillerimde sene vatan
Bir sinfda ta’lim –tarbiya olib, bir Vatanda yashab bir-birimiz bilan hurmatizzatda, totuvlikda, hamjihatlikda yashashimiz kerak. Sungra grammatik mavzu
Iboralar mavzusi slaydlar asosida tushuntirildi.
Ma’nosi bir so’zga teng keladigan ikki va undan ortiq so’zlar yigindisi ko’chma
ma’noda kelsa ibora deyiladi.
Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap
bo’lagi vazifasida keladi. Iboralar nutqni jozibali va ta’sirchan, badiiy ko’rsatadi.
Masalan: qulog’i dihg bo’lmoq-hushyor bo’lmoq, qovog’idan qor yog’du-xafa
bo’ldi, qildan qiyiq axtarib-ayb qidirib va hokazo
Iboralar tilshunoslikda frazemalar, ularni o’rganadigan soha Frazeologiya
deb ataladi. Iboralar o’zaro sinonim,omonimm,antonym ham bo’la oladi.
Masalan: Boshi osmonga yetdi, do’ppisini osmonga otdi o’zaro sinonim ;
ko’kka ko’tarmoq-yerga urmoq; bular o’zaro antonym iboralardir, Ana shu o’rinda
«Aqliy hujum» metodi asosida Tepa sochi tikka bo’ldi, ilonning yog’ini yalagan,
oyog’i tortmadi, yulduzni benarvon uradi kabi iboralarning ma’nolarini aytish,
ularga sinonim va antonim iboralarni topish topshiriladi. Javoblar umumlashtirilib
nazariy ma’lumotlar btriladi.
Ibоrа mа’nо vа grаmmаtik jihаtdаn mа’lum bir so’z turkumigа mоs
kеlаdi, shuning uchun hаm u bir butun hоldа mа’lum bir so’rоqqа jаvоb bo’lаdi vа
gаpdа mа’lum bir gаp bo’lаgi vаzifаsini bаjаrаdi. Mаsаlаn, Hаmmа ishlаridаn
ko’ngli to’q bo’lgаnidаn (to’ldiriuvchi) ikki kun ko’z оchib yumgunchа o’tib kеtdi.
Gаp qаytаrishgа
(to’ldiruvchi)
o’zingiz
erkаklаr ishigа burnini tiqаdi (kеsim). (P.T).
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Sinf o’quvchilari 3 guruhga bulinadi.
Bular (Madaniyat, Ma’rifat,Ma’naviyat).
mаjbur qildingiz. (S.Z). Nеgа Nur
Iboralar ishtirokida zig-zag tarzida savol-javob o’tkaziladi. Javoblar o’qituvchi
tomonidan ramziy rag’bat kartochkalari bilan taqdirlab boriladi. Sungra 3 guruhga
test savollari tarqatiladi. Javoblarga qarab g’olib aniqlanadi va e’lon qilinadi.
Testlar
1.Quyidagi iboralardan qaysisi omonimlik xususiyatiga ega?
A) yuragiga g`ulg`ula tushmoq B) og`zi qulog`ida bo`lmoq
C) boshga ko`tarmoq D) boshida yong`oq chaqmoq
E) barcha javoblarda
frazeologik omonimlar berilgan.
2. Ikki va undan ortiq mustaqil so`zlar birikib, bir ko`chma ma’noni ifodalash
uchun xizmat qilsa, u qanday birlik hisoblanadi?
A) qo`shma so`z B) ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasi C) frazeologik birikma D) so`z
birikmasi E) metafora yoki metonimiya.
3. Iboralar til fanining qaysi bo`limida o`rganiladi?
A) leksikologiyada B) fonetikada C) morfologiyada
D) frazeologiyada E) orfoepiyada
4. "Oralaridan ola mushuk o`tdi" iborasi qanday ma'noni bildiradi?
A) quvlamoq B) uzoqqa bormoq C) hayvon boqmoq
D) urishib qolmoq E) yugurmoq.
5. Quyida ko`rsatilgan xususiyatlardan qaysi biri iboraga xos?
A) nutq jarayonida hosil qilinadi B) lug`aviy birlik hisoblanadi
C) tarkibidagi har bir mustaqil so`z gapning ma’lum bir bo`lagi bo`lib keladi D)
obrazliligi kuchli bo`ladi hamda xotirada xuddi so`zlar singari tayyor holda
saqlanadi E) B va D.
Assesment metodi
Test
Savol
Iboralarni o’rganuvchi fan qanday Ibora deb nimaga aytiladi
nomlanadi?
• Leksikologiya
• Frazeologiya
• Fonetika
Topshiriq
Klaster usulida iboralarga misollar yozing.
V.Baholash: O’quvchilar darsdagi ishtiroklariga ko’ra baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish: Iboralarni qatnashtirib 6 ta gap tuzish
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Prezident Islom Karimovning IX sessiyasida so’zlagan nutqi.1997-yil
29-avgust.-T.»Sharq», 1997.
2.
«Ta`lim
to’g`risida
«O’zbekiston
Respublikasi»
qonuni.11-modda.
3. Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik
mahorat.-T. 2003.
4. Asqarova O’. M. Pedagogika.-Toshkent, «Talqin», 2008
5. Bo’ronov M, Qurbaniyozov.G. Pedagogik amaliyot-ixtisoslik
kamoloti- Nukus, «Bilim», 1995
6. Bo’ronov M, Qurbaniyozov G Dars kuzatish- ma`suliyatli ish,
Nukus, «Bilim», 1995
7. Gorskaya G.I. Organizatsiya uchebno-vospitatel`nogo protsessa
v shkole - Moskva, «Prosveshenie», 1977.
8. Zunnunov A. Pedagogik tadqiqot metodikasi, -T.: 2000.
9. Yo’ldoshev Q. O’qituvchi kitobi. 7-sinf «O’zbek adabiyoti»
darslik-majmuasi yuzasidan Metodik qo’llanma.-T.: «O’qituvchi»,
1997.
10. Ksenzova G.Yu. Innovatsionnie texnologii obucheniya i
vospitaniya shkol`nikov. M.: Pedagogicheskoe obshestvo Rossii, 2005.
11. Mavlonova R, To’raeva O «Pedagogika» -T, «O’qituvchi»,
2001.
12. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi, «Nasaf»,
2000.
13. Pazilov A.K. Pamyatka dlya uchashixsya-praktikantov.-Nukus,
1986, 32 b.
14. Pazilov A.K. Oquvshi-praktikantlar ushin pedagogikaliq
esletpeler.- No`kis, 1990, 32 b.
15. Pazilov A.K. Student praktikantlar ushin pedagogikaliq ha`m
metodikaliq esletpeler.- No`kis, «Bilim», 1993, 54 b.
16. Pazilov A.K. Student praktikantlar ha`m metodistler ushin
pedagogikaliq esletpeler, No`kis, «Bilim», 1993, 78 b.
17.
Pazilov A.K. Metodicheskaya rekomendatsiya po
planirovaniyu raboti predmetnoy /tsiklovoy/ komissii pedagogiki i
psixologii v pedagogicheskix uchilishax .-Toshkent, 1986, 8 b.
18. Umumiy o’rta ta`limning DTS va o’quv dasturi. Ta`lim
taraqqiyoti axborotnomasi.-T.: «Sharq»,1999, 1-son.
19. Hoshimov K. Pedagogika tarixi. -T, «O’qituvchi», 1996.
Mundarija
1.Pedagogik
amaliyotni
tashkil
qilishning
maqsad
va
vazifalari……………………..3
2.Pedagogik
amaliyotning
mazmuni………………………………………………….
3.Pedagogik amaliyot davrida talabalarning………………………….
huquq va vazifalari…………………………………………………….
4.Amaliyotchining pedagogik amaliyot kundaligi…………………….
5.Amaliyotchining shaxsiy ish rejasini tuzishga qo’yiladigan talablar .
6.Amaliyotchining shaxsiy ish rejasi namunasi……………………….
7.Darslarni tahlil qilish malakalari……………………………………
8.Aralash darslarni kuzatish va tahlil…………………………………
qilishning pedagogik asoslari………………………………………
9.Ona tili va adabiyoti darslarini kuzatish va………………….
tahlil qilish usullari…………………………………………..
10.Dars kuzatish va tahlilni rasmiylashtirish …………
11.Dars tahlili bayonnomasini rasmiylashtirish texnologiyasi………..
12.Amaliyotchining pedagogik amaliyot boyicha hisoboti……………
13.Amaliyotchining pedagogik amaliyot boyicha
hisoboti shakli………………………………………………………
14.Dars ishlanmalari namunalari……………………………………….
15.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..
View publication stats
Скачать