Загрузил javohirozodov973

Egamova Salomat

реклама
URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
Boshlang’ich ta’lim 2-kurs 229-guruh (sirtqi) talabasi
Egamova Salomatning
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu : Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xalq
ta’limi tizimi va pedagogik fikrlar taraqqiyoti .
Bajardi:
Egamova Salomat
Qabul qildi:
Xajiyeva Dilfuza
Urganch_2024
Mundarija :
KIRISH
2
I.BOB
ADABIYOTLAR SHARXI .
3
II.BOB
ASOSIY QISM
4
2,1
Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi.
4
1.2 O'rta Os iyo xalqining jadidlari va ularni ng maqs adlari.
2,2
O’zbekiston respublikasida Xalq ta’limi tizimi va
uning turlari.
2,3
8
14
O’zbekistonda mustaqillik yillarida uzluksiz ta’lim
tizimi taraqqiyotining pedagogik omillari.
III.BOB XULOSA.
24
IV.BOB FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
25
—1—
Kirish
Zamonaviy hayotni bugun ilm-maʼrifat va taʼlimning taraqqiyotisiz tasavvur etib
boʻlmaydi, insoniyat fan oʻqi atrofida aylanayotgandek goʻyo. Jahonning yetakchi
davlatlarida taʼlimni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham
bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qoʻlga
kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bogʻliqdir.
Bugungi kunda universitetlarning taʼlim berish faoliyati yana-da takomillashtirilib,
xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor
namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal turmush kechirish,
egallagan kasbi boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, masʼuliyatni oʻz
zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, qisqacha
aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda taʼlim olishni
eng asosiy shart sifatida koʻrmoqda.
Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga
intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini
rivojlantirish
singari
vazifalar
asos
qilib
olindi.
Konsepsiya
mazmuni
mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks
ettiradi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim
sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish,
yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy
tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa
koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini
yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi.
—2—
Prezident
Shavkat
Mirziyoyevning
Oʻqituvchi
va
murabbiylar
kuniga
bagʻishlangan tantanali marosimdagi daʼvatkor nutqi ham ana shundan dalolat
beradi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, biz keng koʻlamli demokratik
oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish
davri, yaʼni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʻzimizga asosiy maqsad
qilib belgiladik.
I. BOB Adabiyotlar sharxi
Kurs ishi maqsad : Mustaqillikka erishgandan so’ng Respublikamizda Xalq
ta’limi tizimida bo’lgan o’zgarishlar va taraqqiyot yo’lini ushbu kurs ishimda
batafsil yoritib berishdan iborat.
Kurs ishi obyekti: Mustaqillikdan keyingi davr ta’lim tizmi.
Kurs ishi predmeti: Mustaqilllikdan keyingi davr ta’lim tarbiya ishlari va
pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan,
yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan
pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish,
shuningdek
metodik
tavsiyanomalar
yaratishda,
ish
tajribalarini
ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 4 bob, 3 bo‘lim,
umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
—3—
II. BOB Asosiy qism.
2.1 Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi.
Mustaqillik e’lon qilingan (1991 yil 1 sentyabr) dastlabki yillaridanoq
O’zbekiston hukumati ta’limga ustivor soxa sifatida e’tibor berib kelmoqda.
O’zbekiston Respubikasining ta’lim sohasida aniq va ravshan hamda ilmiy
asoslangan davlat siyosati mavjud bo’lib, u insonparvarlik va demokratik
tamoyillarga asoslanadi hamda xar bir fuqoroning bilim olishi O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida qonuniylashtirilgan. O’zbekiston Respublikasida
xalq ta’limi tizimi mazmunini yangilash va yangi ijtimoiy muhit sharoitida uni
yana rivojlantirish zarur edi. Chunki, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib
borilayotgan islohatlarda asosiy maqsad ham barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy
himoyalash,
ularning
turmush
sharoitlarii
yaxshilash,
ma’naviy
jixatdan
yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo
etishdan iboratdir. Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz
hukumati xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish vazifasini qo’ydi. Jamiyatni
ma’naviy yangilashda avvalo ta’lim tizimini isloh qilishni va milliy kadrlarga
bo’lgan extiyojni tobora ortib borayotganligini hisobga olib ta’lim tizimini ham
yangilashni taqoza etadi. Shu maqsadda 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston
Resublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Ta’lim to’g’risida» Qonun hamda
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» keng muhokama qilindi va tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun ta’lim tarbiya fuqarolar
kasbiy taryyorgarligi va har bir fuqaroning ilm olish konstitutsion huquqini
ta’minlash kabi bir qator dolzarb vazifalarni belgilab beradi. Respublikamizda
bugungi kunda tubdan yangi davlat bo’lib, unda har bir siyosiy, iqtisodiy ma’naviy
—4—
sohadagi islohatlar ham yangi ta’lim tizimida bosqichma–bosqich olib borishni
nazarda tutadi. Zero ta’lim sohasidagi isloxatlar ham yangi bosqichma bosqich
o’tish tamoyiliga asoslangandir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham uzluksiz
ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo’lib hisoblanadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo’lib, u
ijodiy va mustaqil fikrlovchi tafakkuri rivojlangan erkin shaxsni shakllantirish bilan
barcha
sohalarda
raqobatbardosh
kadrlar
tayyorlashni
kafolatlash
bilan
ahamiyatlidir. Shunga ko’ra, mamlakatimizda mustaqillikni dastlabki yillaridayoq
boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish,
uni uni zamon talablariga javob bera oldigan jahon andozalari darajasiga ko’tarish
maqsadida e’tibor berib borilmoqda.
Ta’lim sohasidagi «Ta’lim to’g’risida» Qonun qabul qilinganligi, 19961997 yildan boshlab birinchi sinflarda o’qishning lotin yozuviga asoslangan yangi
alifboda olib borilgani, ular uchun yangi alifboda dastur, qo’llanma, darsliklarning
yaratilganligi-bu ta’lim soxasida qo’yilgan dastabki odimlar edi. O’tgan davrda
yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o’quv yurtlari qoshida litseylar
ochildi. Qobiliyatli o’quvchilar chet ellarda ta’lim ola boshladi. O’qituvchilar
xorijiy davlatlarda bo’lib, ilg’or tajribalarn o’rganib kela boshladilar. Viloyatlarda
yangi-yangi biznes maktablari, kichik va o’rta kasb hunar kurslari ochila boshadi
va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona xodimlari, audit va boshqa
yangi mutaxasisliklar kiritildi. Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi.
Viloyatlardagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el
mutaxassislari respublikamiz o’quv muassasalariga jalb etildi. Respublikamizda
Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi, Bank va Moliya akademiyasi tashkil etildi.
«Mahalla», «Kamolot», «Sog’lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug’bek», «Umid»
jamg’armalari ham ta’lim sohasini rivojlantirishga hissalarini qo’shmoqdalar.
Lekin Hozirgi davrda amalga oshirilgan barcha ishlarga qaramay ta’lim tizimi hali
hayot talabi darajasida barcha ishlarga qaramay ta’lim tizimi hali hayot talabi
darajasida natijalarga erishmayotgani, eski Sho’ro zamonidan meros bo’lib qolgan
—5—
mavkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xolos bo’la olmagani, shuningdek,
uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish muammolari to’liq hal etilmagan va nixoyat,
amaldagi ta’lim tizimi taraqqiy etgan davlatlar darajasida rivojlana olmaganini
ko’rsatmoqda. Shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularga bilim va tarbiya
berish tizimi mamlakatimizda amalga oshayotgan isloxatlar bilan bog’lanmagani,
maktablarning
moddiy bazasi
talabga javob
bera
olmayotgani, kadrlar,
o’qituvchilar tayyorlash muammosi hali hal etilmayotgani ma’lum bo’ldi.
O’quv dasturlari, qo’llanma va darsliklar ham talabga javob bera
olmayotganini hayot ko’rsatmoqda. Oliy ta’lim sohasida ham islohat o’tkazishni
talab qila boshladi. Bularning barchasi hisobga olinib, 1997 yil mart oyida Vazirlar
Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, ta’lim tizimini isloh etilishi, kadrlar
tayyorlash jarayoniga zamon talabi darajasida o’zgartirishlar kiritish maqsadida
maxsus komissiya tuzildi va natijada «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda
«Ta’lim to’g’risida» Qonun Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi. Bu ikki hujjatga
binoan ta’lim tizimi isloh qilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda
tutildi:
Birinchi bosqich- o’tish davri. 1997-2001 yillar. Bu yillarda yangi talab doirasida
pedagog kadrlar tayyorlash, ta’lim standartlarini yaratish, o’quv dasturlari ustida
ishlash, umum ta’lim maktablarini qayta qurish, o’rta-maxsus va kasb-hunar bilim
yurtlari tizimiga zamin tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimiga asos solish.
Ikkinchi bosqich-2000-2005 yillarga mo’ljallanadi. Bu davrda milliy dastur to’liq
amalga oshirish mo’ljallanadi. Uning ba’zi g’oyalari va qoidalariga o’zgartishlar
kiritilishi ham ko’zda tutilgan.
Uchichi bosqich-2005 yil va undan keyingi yillar bo’lib, islohat tajribalari tahlil
etilib, umumlashtiriladi hamda kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilib,
rivojlantirilib boriladi. «Ta’lim to’g’risida»gi, qonunga asosan Ta’lim O’zbekiston
Resublikasi ijtimoiy taraqqiyot soasida ustivor deb e’lon qilindi. Ta’lim soxasidagi
davlatning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat deb ko’rsatildi:
-ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterida ekanligi;
—6—
-Ta’limning uzluksiz va izchilligi;
-Umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishni, akademik litsey va kasb-hunar
kolejida o’qishni tanlash ixtiyoriyligi;
-ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
-davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta’limdasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv;
- bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlashtirish:
Xalq ta’limining asosiy bo’g’ini-uzluksiz ta ta’lim tizimini tashkil etadi.
3. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi. O’zbekiston Respublikasida quyidagi
uzluksiz ta’lim tizimi asos qilib olingan. Bola shaxsini sog’lom va yetuk o’qishga
tayyorlash maqsadini ko’zlaydi. Mazkur ta’lim uch yoshdan olti-yetti yoshgacha
oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa xil ta’lim
tashkilotlarida olib boriladi.
Umumiy o’rta ta’lim. Umumiy o’rta ta’lim quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
Boshlangich ta’lim (I-IV sinf).
Umumiy o’rta ta’lim (V-IX sinflar)
Boshlang’ich ta’limda umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan
savodxonlik, bilim va ko’nikmalar asoslari shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar
6-7 yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o’rta ta’limda bilimlarni zarur hajmi beriladi. Bolalarda mustaqil
fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalari rivojlantiriladi.
Kasbga
yo’naltiriladi,
ta’limning
navbatdagi
bosqichiga
yordam
beradi.
Iqtisoslashtirilgan maktablar ham tashkil etilishi va bolalar qobiliyati, iste’dodga
ko’ra bunday maktablarda ta’lim olishi mumkin.O’rta maxsus va kasb-hunar
ta’limi. Har bir yigit-qiz umumiy o’rta ta’limga ega bo’lgandan so’ng akademik
litsey yoki kasb-hunar kollejida o’qishni ixtiyoriy ravishda tanlashi mumkin. Bu
ta’lim muassasalarida o’qish muddati uch yildan kam bo’lmaydi. Litsey va kollejlar
—7—
egallangan kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini beradi va hamda ish yoki ta’limni
navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos bo’ladigan maxsus bo’ladigan
maxsus, kasb-hunar ta’lim beradi.
Oliy ta’lim. Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxasistlar tayyorlanadi. Oliy
ma’lumotli mutaxasistlar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy
maktabning ta’lim muasasalarida o’rta maxsus Kasb-hunar ta’lim asosida amalga
oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat - oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’ycha puxta bilim beriladigan,
o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura-aniq mutaxasistlik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki
yil davom etadigan oliy ta’limdir. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma
asosida olinadi. Oliy o’quv yurtidan keyin malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik
kadrlar bo’lgan extiyojga qarab oliy o’quv yurti va ilmiy tadqiqot muasasalarda
aspirantura, ad’yunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom
ettiriladi.
Oliy ta’limdan so’ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
kasb bilimini va ko’nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi. Bolalar
va o’simrlarning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun madaniy-estetik,
ilmiy-texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim
muasasalari mavjud. Bunday maskanlarga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari,
uylar, klublar markazlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari,
studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari kiradi va bu joylarda
bolalar o’z ehtiyojlari va qiziqishlariga ko’ra shug’ullanadilar.
Ta’lim islohatlarida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy
qismlarini asosan quyidagilar tashkil qiladi:
-shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim sohasidagi
xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
—8—
Davlat va jamiyat-ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatining tartibga
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib
olishning kafillari;
-uzluksiz ta’lim-malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning asosi bo’lib,
ta’limning barcha turlarini, davlat a’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;
-fan-yuqori malakali mutaxasislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;-ishlab chiqarishkadrlarga bo’lgan extiyojini, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan
quyidagi talablarni belgilochi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini,
moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturda intelektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash bilan bog’liq bo’lgan uzluksz ta’lim tizimi orqali har tomonlama
barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Kadrlar tayyorlash milliy
modelida fan, jumladan, pedagogika fani, ham yangi fundamental va bilimlarni
shakllantirish orqali muhim ilmiy natijalarni jamlaydi. Oliy malakali va ilmiy va
pedagogik
texologiyalarni
yaratish
va
o’zlashtirish
orqali
ilmfanning
ta’limamaliyoti bilan aloqasini ta’minlashni amalga oshirish ko’zda tutiladi, ilg’or
axborot va tendensiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga
e’tibor qaratildi.
Mustaqillik yillarida pedagogika sohasida ham yirik tadqiqotlar olib borildi.
Masalan, O’rta va oliy ta’lim vazirligida yiliga 17 aspirantura va 7 doktorantura;
xalq ta’limi vazirligida 5 aspirantura, 1 doktorantura o’rinlari mavjud bo’lgan.
Pedagogika
va
psixologiya
fanlari
bo’yicha
doktorlik
va
nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qilish uchun ixtisoslashgan Kengashlar faoliyat ko’rsatgan.
4. Mustaqillik yillarida pedagogik fikr taraqqiyoti.
Mustaqillik yillarida pedagogika fanining eng dolzarb muammolari ustida
doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Chunonchi. O.Musurmonova «Yuqori
sinf o’quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari»,
—9—
S.Nishonova «SHarq Uyg’onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson
tarbiyasi», U. Mahkamov «Yuqori sinf o’quvchilarining axloqiy madaniyatini
shakllantirish», M.Inomova «Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
pedagogik asoslari» kabi doktorlik dissertatsiyalari shular jumlasidandir. Hozirgi
paytda Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot
instituti, hunar ta’lim ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent davlat
pedagogik universiteti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim sohasi bo’yicha
Davlat ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar.
Hozirgi davrda O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti strategiyasi, o’zbek
xalqining buyuk davlat barpo etish yo’lida ezgu orzu-umidlarini, Milliy istiqlol
mafkurasini asl mohiyatini yoshlar qalbiga va ongiga singdirish jarayoni
kechayotgan bir davrda bu muhim ishni «Ta’lim to’g’risidagi » O’zbekiston
Respublikasi Qonuni asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqoza etadi. Zero,
istiqlol mafkurasi hur fikrlilik va jur’atsizlikdan xoli bo’lgan, o’z bilimi va kuchiga
ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi.
2.2. O’zbekiston respublikasida Xalq ta’limi tizimi va uning turlari.
Xalq taʼlimi — milliy darajada davlat tomonidan mamlakat farzandlari
uchun joriy etilgan majburiy (yoki taklif etiladigan) taʼlim tizimidir. Xalq taʼlimi
ko‘pgina davlatlarda asosan umumiy o‘rta taʼlimni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda
bu sohada mas’ul organ sifatida Xalq taʼlimi vazirligi yagona davlat siyosatini olib
boradi.
Taʼlim to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririga ko‘ra umumiy o‘rta taʼlim (IXI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
Boshlang‘ich taʼlim (I-IV sinflar)
Tayanch o‘rta taʼlim (V-IX sinflar)
O‘rta taʼlim (X-XI sinflar)
— 10 —
Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga
to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich taʼlim taʼlim oluvchilarda umumiy o‘rta taʼlimni davom ettirish
uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini
shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta taʼlim o‘quv dasturiga muvofiq taʼlim oluvchilarga bilim,
malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va
tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta taʼlim doirasida (VII sinfdan so‘ng) taʼlim oluvchilarda
kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni
professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga
oshiriladi.
O‘rta taʼlim o‘quv dasturiga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur
bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek taʼlimning keyingi turi
tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini
taʼminlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek taʼlim
oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi
qonunchilikda belgilanadi.
Umumiy o‘rta taʼlim umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida uzluksiz tarzda,
majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus taʼlim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta taʼlim
asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va taʼlim oluvchilarning intellektual
qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasbxunarga va shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim olishini taʼminlaydi.
Nodavlat taʼlim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim to‘lovshartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
— 11 —
Iqtidorli va isteʼdodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident,
ijod va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil
etilishi mumkin.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar,
shuningdek
uzoq
vaqt
davolanishga
muhtoj
bo‘lgan
bolalar
davlat
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim
tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda taʼlim oladi.
Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) taʼlim
oluvchilar soni o‘ttiz besh nafardan oshmasligi kerak.
Prezidentning 03.02.2022 yildagi “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-22-son Farmoyishi qabul qilindi.
Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni
ilgari surish va ularni qoʻllab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va
bilvosita ta’sir qilishi mumkin boʻlgan masalalarni hal qilish, mas’ul vazirlik va
idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi faoliyatini
muvofiqlashtirib borish maqsadida mazkur yoʻnalishda quyidagilar tashkil etiladi:

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengash;

хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va
Toshkent shahar kengashlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar);

хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kengashlari
(keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) kengashlari).
Milliy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

milliy ta’lim tizimini yoʻlga qoʻyish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini zamon
talablari asosida takomillashtirish hamda ularning yangi avlodini yaratish,
oʻquv dasturlarini ilgʻor хorijiy tajriba asosida optimallashtirish boʻyicha
ishlarni muvofiqlashtirish;
— 12 —

oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, ularning moddiy va
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun
munosib sharoitlar yaratish;

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti, boy madaniy-tariхiy meros, milliy urf-odat,
vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar gʻoyalari asosida ma’naviy yetuk
avlodni tarbiyalashning samarali pedagogik shakl va metodlari tatbiq
etilishini tashkillashtirish;

umumiy
oʻrta
ta’lim
muassasalari
bino
va
inshootlarini
qurish,
rekonstruksiya qilish, joriy va mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni
muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, mazkur ishlarda zamonaviy
teхnologiyalar va energiya tejamkor materiallar qoʻllanilishini ta’minlash;

хalq ta’limi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish,
mas’ul vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
rahbarlarining bu borada qilingan ishlar boʻyicha hisobotlarini tinglash, shu
asosda ularni ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish boʻyicha choralar
koʻrish;

хalq ta’limi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni
tashkillashtirish, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlarini va huquqni
qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish va boshqalar.
Hududiy
kengashlarga
tuman
(shahar)
kengashlari
bilan
birgalikda 2022 yil 15 fevralga qadar umumiy oʻrta ta’lim muassasalari direktorlari,
pedagog kadrlar, oʻquvchilarning ota-onalari, malakali mutaхassislar va хorijiy
ekspertlarni jalb qilgan holda хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman
(shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqish va keng muhokama
qilish uchun rasmiy veb-saytlar, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish
topshirildi.
Bugungi kungacha o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga
— 13 —
oshirilgan islohotlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga va uning taraqqiyot
istiqbollariga mos keladigan ta’lim tizimini tashkil qilishga olib keldi. Unda
quyidagilar ko‘zda tutilgan:
- ta’lim tizimini bozor iqtisodiyotiga va ochiq jamiyatga qayta yo‘naltirish;
- aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti sifatida ta’lim olish uchun
teng imkoniyatlar yaratish;
- ta’lim xizmatlarining barqaror va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ta’lim
sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish;
- ta’lim sektorining boshqaruvini takomillashtirish.
O‘zbekistonda davlatning bu sohadagi siyosati va Ta’limni isloh qilish
Konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda
qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonun hamda Kadrlar
tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. 1bosqich – 1997-2001 yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiyme’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun
davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi.
Bu bosqich kadrlar tayyorlash dasturining moddiy-texnik ba’zasini yaratish davri deb
nomlandi. 2-bosqich – 2001-2005 yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda
joriy etildi. Bu bosqich Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi deb nom
oldi. 3-bosqich – 2005 yildan boshlanib, undan keyingi yillarni ham o‘z ichiga
olmoqda. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosi yakuniga etkazilib,
erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, tahlil etilmoqda hamda shu
asosda yurtimizda yangi ta’lim tizimi yanada takomillashtirilmoqda. SHu boisdan bu
bosqich ta’lim tizimini modernizatsiyalash davri deb atalmoqda.
— 14 —
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan:
- ta’lim tizimida kadrlarning salohiyatini har tomonlama takomillashtirish hamda
o‘qituvchilar, ustozlar va ilmiy xodimlarning professional nufuzini oshirish;
- ta’lim tizimini tarkibiy qayta qurish, ta’lim va professional dasturlarni tubdan
o‘zgartirish, ta’lim, fan, texnologiya, iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi jahon
yutuqlariga tayanish;
- majburiy o‘rta umumta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim va tarbiya tizimiga
o‘tishni ta’minlash.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
qabul qilinganidan so‘ng respublikamiz butun ta’lim tizimi, jumladan, oliy ma’lumotli
kadrlar tayyorlash yo‘nalishi ham tubdan isloh qilishning aniq strategik dasturiga ega
bo‘ldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining O‘zbekistonga xos eng muhim xususiyati –
yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat
vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirildi. Zamonaviy o‘quv va ishlab chiqarish
uskunalari bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar barpo etildi,
yangi ta’lim standartlari va axborot texnologiyalari, interaktiv usullar o‘quv jarayoniga
tatbiq etildi.
Oliy ta’limda bakalavriat va magistratura tizimi joriy qilindi. jahon standartlariga xos
oliy
ta’lim
tizimiga
o‘tildi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Birinchi
Prezidenti
I.A.Karimovningso‘zlari bilan aytganda «Bilimdon, professional jihatdan savodli
hamda g‘ayrat-shijoatli shaxslarni, o‘z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini
tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma’naviy merosi bilan
boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan
mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin».
Ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni bilan
belgilangan bo‘lib, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional
ta’lim, oliy professional ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va
— 15 —
kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim shakllarida tashkil qilindi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda
nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning etakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan
ilg‘or yutuqlar, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli
tashkil qilindi.
1999-2000 yilgi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim
muassasalarida o‘qitish jarayoni yangi o‘quv rejalari va dasturlari asosida olib
borilmoqda. YAngi turdagi bilim yurtlari – akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari
tarmog‘i kengaytirilib, yangilari ishga tushirildi. Oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni
tayyorlashning ikki bosqichli tizimi bakalavriatura yo‘nalishi va magistratura
mutaxassisliklari joriy qilindi.
Oliy ta’lim O‘zbekistonda davlat tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari tizimi
orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida
ikki bosqichli oliy ma’lumot beriladi: kamida 4 yil muddatli bakalavriat va kamida 2
yil muddatli magistratura. Bunday tizim oliy ta’limning moslanuvchanligi, turli
bosqichlarda tanlangan
maqsad
va vazifaga
muvofiq
ta’lim yunalishi va
mutaxassisliklarni tanlab olish imkonini beradi. Ikki bosqichli oliy ta’limning joriy
etilganligi O‘zbekiston oliy ta’limining jahon ta’lim makoniga kirib borishini
ta’minlamoqda.
Prezidentimizning doimiy e’tibori natijasida o‘tgan yillar davomida yurtimizda
jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Natijada,
yuksak xalqaro obro‘-e’tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega Evropa va Osiyoning
etakchi oliy o‘quv yurtlari Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti,
I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Italiyaning Turin
politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, G.Plexanov
nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat
universitetining Toshkent shahridagi filiallari tashkil etildi hamda muvaffaqiyatli
faoliyat yuritmoqda.
Ushbu oliy o‘quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari,
iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat huquqi kabi mexnat
bozorida talabi yuqori bo‘lgan mutaxassislar bo‘yicha bakalavr va magistrlar
— 16 —
tayyorlanmoqda va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga
ega bo‘lmoqda.
Mamlakatimizning yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji asosida yangi
zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishlari boshlangani ham e’tiborga
sazovordir. YUrtimiz va xorijdagi o‘quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim
olmoqda va o‘z masalakasini oshirmoqda1. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan
ikki tomonlama tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda nufuzli xalqaro tashkilotlar, chet ellik taniqli ekspert va
mutaxassislar, tahlilchi va kuzatuvchilar ishtirokida ta’lim sifatini oshirishga doir
ko‘plab simpoziumlar, konferensiya va seminarlar o‘tkazilmoqda.
2012 yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ko‘plab yirik
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Osiyo taraqqiyot banki,
Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya,
Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, YAponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlatidan
ta’lim tizimi rahbarlari, 8 ta xalqaro tashkilot va ta’lim jamg‘armalaridan 270 nafar
vakil, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta’lim sohasini rivojlantirish
va yosh avlodni barkamol tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O‘zbekiston
tajribasini o‘rgandilar. Haqiqatan ham yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak
ma’naviy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan
bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarni voyaga etkazish
uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
Konferensiya davomida quyidagi ko‘rsatkichlar e’tirof etildi: Ta’limni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan xorijiy texnik yordam hajmi o‘tgan davrda 500 mln. dollardan oshib
ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining 290 mln. dollar mablag‘i, Janubiy Koreya
hukumatining 110 mln.dan ortiq, Jahon bankining 33 mln., OPEK fondi, Islom
taraqqiyot bankining 42 mln., Germaniya hukumatining “KFV” banki orqali
yo‘naltirilgan qariyb 20 mln. va boshqalarning 100 mln. dollardan ortiq yordami
ko‘rsatildi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Bizning mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan Dastur - bu boshqa modellarni qandaydir takrorlash yoki
ulardan nusxa ko‘chirish emas, aksincha, birinchi navbatda, rivojlangan demokratik
davlatlarda to‘plangan tajribani o‘zida mujassam etgan va ayni paytda shiddat bilan
— 17 —
o‘zgarib borayotgan hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan
dasturdir”.
Ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko‘nikmalarni
egallashi, ayni paytda, chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish,
bugungi dunyoda ro‘y berayotgan barcha voqea-hodisalar, yangilik va o‘zgarishlardan
atroflicha xabardor bo‘lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng
muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur o‘rganishiga katta ahamiyat
berilmoqda.
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi barcha sa’y-harakatlar dastlabki natijasi sifatida
bir necha xorijiy tillarda erkin gaplasha oladigan va shu bilan birga, o‘z fikrini ona
tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta oladigan yangi mutaxassislar avlodi namoyon
bo‘ldi.
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning jahonda
tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSH, Fransiya,
Germaniya va YAponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular, garchi, umumiy qoida
va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin mavjud mamlakatlarning
hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning
yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi. Masalan, YAponiya ta’lim tizimida
«Oila» omiliga katta e’tibor berilgan. Amerika yoki Fransiyada esa mahalliy
sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar joriy etilgan. Lekin ayrim
mamlakatlarda o‘zini oqlagan va samara bergan modellarni o‘zga davlatlar uchun
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab yoki tatbiq etib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham rivojlangan
mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, milliy hamda O‘zbekiston Respublikasiga
xos bo‘lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash
tizimining yangi modeli ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy
tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish
tizimlari yaxlit ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-ma’naviy ierarxiyasi (hukmronligi)ning
uzviy mushtarakligidan tashkil topgan.
Turli davlatlarda «barkamol inson» tushunchasiga turli sifatlar nisbati beriladi.
Har bir davlat o‘z fuqarolarida zamon talablariga mos sifatlar va jamiyat maqsadlariga
mos qadriyatlarni qaror toptirishga harakat qiladi. Doimiy yuksalish haqida
— 18 —
qayg‘uradigan etakchi davlatlarning bu boradagi tajribasi bilan tanishish foydadan xoli
emas.
O‘zbekistonda ta’lim siyosati va uning ajralmas qismi hisoblangan Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi mamlakatimizning qo‘lga kiritayotgan salmoqli ko‘rsatkichlari bejiz
emasligini isbotlab turibdi. O‘z navbatida, o‘zbek yoshlarining xalqaro bilim va sport
arenalarida erishayotgan yutuqlarining o‘ziyoq bu fikrning tasdig‘i bo‘la oladi. 1
oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi,
har yili ko‘plab o‘zbekistonlik hamkasblarimiz davlatimizning yuksak mukofotlariga
loyiq ko‘rilishi, ular o‘rtasida “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” respublika ko‘riktanlovi muntazam o‘tkazib kelinayotgani buning tasdig‘idir.
2.3 O’zbekistonda mustaqillik yillarida uzluksiz ta’lim tizimi taraqqiyotining
pedagogik omillari.
Bugungi kunda O'zbekiston ko'p asrlik juda boy pedagogik tajribaga ega
hamda ta'lim-tarbiya jarayonida ma'lum an'analar shakllangan. Ushbu tajriba puxta
tahlil va tizimli pedagogik usullarni ishlab chiqishni talab etadi, chunki bozor
iqtisodiyoti hozirda maktab bitiruvchilariga nafaqat jamiyatda o'z o'rnini
belgilashga, O'zbekistonni global ta'lim muhitiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish,
yangicha o'quv uslublarini izlash talabini qo'yadi.
O'zbekistonda ta'lim "shaxsga yo'naltirilgan ta'lim" ga asoslangan ilg'or
yo'nalishlardan biri sifatida tasniflanadi. Ushbu tajriba empirik va nazariy
ma'lumotlarga ega bo'lish, ularni o'rganish va puxta tahlil qilish, pirovardida,
mamlakatimizda ta'limni rivojlantirish bo'yicha qaror qabul qilishga, ushbu
sohadagi ilmiy faoliyatni tartibga solishga imkon beradi. Albatta, boshqa
mamlakatlar ta'limiy qadriyatlarini, pedagogik tajribasini O'zbekiston ta'lim
tizimiga to'liq tatbiq etish imkoni yo'q. Har bir millatning o'z mentaliteti mavjud
bo'lib, u umumiy ta'lim tizimiga bevosita ta'sir qiladi, ta'lim sohasidagi
integratsiyaning global tendensiyalari tufayli bunday tadqiqotlar turli millatlarning
bir-birini yanada yaxshiroq tushunishiga yordam beradi. Mamlakatlardagi ijtimoiy-
— 19 —
iqtisodiy tendensiyalarning aksariyati umumiy, global xarakterga ega va dunyodagi
ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yoshlar ongiga bevosita ta'sir qiladi.
Zamonaviy pedagogik tushunchalar qanday paydo bo'lganligini tushunish
uchun O'zbekistonning pedagogik tajribasiga murojaat qilish kerak. Hatto o'tgan
asrda ham o'qituvchilar va olimlarning qarashlarida o'qitishda insonning individual
xususiyatlarini hisobga olish kerakligi haqida fikr yuritilgan. Demak, "shaxsga
yo'naltirilgan
pedagogika"
asoschilaridan
biri
Ugo
Gaudig
(1860-1923)
tarbiyalashda, avvalo, insoniyat madaniyatini o'zlashtirish jarayonida faol bilim va
mehnat faoliyati orqali erkin shaxsni shakllantirishga e'tibor berish kerak, degan
fikrni ilgari surdi. Ushbu g'oya asosida ma'lum bir didaktik tizim ishlab chiqildi,
unga ko'ra bilimlar "erkin usulda", ya'ni o'qituvchining yordamisiz o'zlashtiriladi.
Shuni ta'kidlash mumkinki, ma'lum bir tarixiy bosqichda jahonning barcha
mamlakatlarida, pedagogik sohada umumiy qonuniyatlar mavjud edi. Ishlab
chiqarishning kengayishi bilan insonlarning ijtimoiy harakatchanligini oshirish
zarurati yuzaga keldi va ta'lim bunday sharoitga moslashishini talab qildi. Maktab
ta'limida bir qator islohotlar amalga oshirildi, ular orqali boshqaruvni
markazlashtirish jarayonlari kuchaytirildi. Bepul boshlang'ich ta'lim olish uchun
o'qish muddati uzaytirildi. Boshlang'ich va an'anaviy o'rta daraja o'rtasida o'rta
maktab paydo bo'lganligi, sababli, keng ommaga o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim
olish imkoniyati yaratildi.
Maktablarda yangi vazifa - pedagogika tomonidan ilgari surilgan o'qitish
usullarini faollashtirish g'oyasini amalga oshirish turardi. Shunday qilib,
maktablarda o'quv ishlarini tashkil etishning yangi tizimi amaliyotga joriy qilindi
va o'qitishning yangi usullari va shakllari taklif qilindi. Shu bilan birga, axloqiy
tarbiya sohasi bilan bog'liq bir qator muammolar paydo bo'ldi. Ayni paytda,
ommaviy madaniyatning keng quloch yoyishi O'zbekiston ta'lim tizimida milliy
o'ziga xoslikni saqlab qolish va rivojlantirish muammosini yuzaga keltirdi.
— 20 —
XX
asrning
70-yillarida
L.Kolberg
tomonidan
shaxsning
axloqiy
shakllanishini yorituvchi fundamental asarlar e'lon qilindi. Bolalar ruhiyatini
bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi asos qilib olindi. Keyinchalik, olimlar
shaxsning axloqiy tarbiyasi, axloqiy ongi va uning aqliy rivojlanishi o'rtasidagi
bog'liqlikni asosladilar.
O'zbekiston ta'lim tuzilishi bir necha bosqichdan iborat (maktabgacha,
boshlang'ich, o'rta, professional va oliy, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, maktabdan
tashqari ta'lim). Dunyo mamlakatlarida bo'lgani kabi, mashg'ulotlar bir necha
bosqichda va umumiy o'rta ta'lim o'rtacha 11 yil davomida amalga oshiriladi,
Yevropa mamlakatlarida bu eng uzoq davrlardan biridir.
Jumladan, Germaniyada pedagogik tizim bir qator o'ziga xos xususiyatlarga
ega. Ulardan biri alohida hududda joylashgan barcha maorif muassasalari
(ma'muriy birliklar) o'zlarining o'quv dasturlarini tuzish huquqiga ega. Shu bilan
birga, ta'til davri va o'qish davrlari mustaqil ravishda belgilanadi. Shuningdek,
o'zlarining ta'lim qoidalarini qabul qilishlari mumkin. Bizning fikrimizcha,
O'zbekiston jamiyatida ham ushbu jihatga e'tibor qaratish lozim. Muayyan
markazlashgan boshqaruv tuzilmasi bilan ta'lim muassasalari yanada mustaqil
bo'lishi mumkin. Bunday sharoitda yuqori natijaga erishish mumkin bo'ladi.
O'zbekistonda maktabgacha va oliy talim ixtiyoriy, boshqa ko'plab
mamlakatlar singari erta bolalik va maktab ta'limi majburiydir. Bolalar ham davlat
ta'lim muassasalarida, ham xususiy, diniy va boshqa muassasalarda o'qitiladi. Shu
bilan birga, chet el fuqarolari uzluksiz ta'lim tizimining xoxlagan biriga qabul
qilinadi. Ushbu jihat amaldagi ta'lim siyosati bilan bog'liq. Xususiy ta'lim
muassasasiga o'qishga kirish ko'pincha davlat ta'lim muassasasidan ko'ra qiyinroq.
O'zbekistonda ellik yildan ortiq tarixga ega bo'lgan va shunga mos
ravishda o'zining uzoq yillik pedagogik an'analariga ega bo'lgan maktabgacha
ta'lim va tarbiya tizimi mavjud. Maktabgacha ta'lim va tarbiya muassasalarining
asosiy maqsadi bolalar shaxsini uyg'un rivojlantirish va ularni maktabga
— 21 —
tayyorlashdir. O'zbekistonda 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo'lgan bolalarning
taxminan yarmi maktabgacha ta'lim muassasalarida tahsil oladi va 6 yoshida
qo'shimcha ta'lim olish uchun tayyorgarlik ko'rishadi. Shuningdek, boshlang'ich
maktabda ta'lim olish uchun tayyorgarlik darslari tashkil etiladi.
Ta'lim qo'shni mamlakatlar tizimiga qisman yaqin. 1-9 va 10-11 sinflar
mamlakatimizga xos bo'lgan to'liq bo'lmagan o'rta va umumiy o'rta ta'lim yoki uch
bosqichda professional ta'lim olishi kasb-hunar o'rganishi mumkin. Muayyan
bosqichda talabalar bir qator imkoniyatlarga ega bo'lib, ular ishlashi yoki o'qishni
davom ettirishni tanlaydilar. Ushbu kombinatsiyalangan ta'lim tizimi tufayli
o'quvchilar kasbiy tayyorgarlikni olish mumkin.
XX asrda ta'lim tizimida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Ta'lim jarayonining
markaziy figurasi - bu bola, ta'lim jarayonida asosiy qadriyat va markaziy shaxs
ekanligini tan olindi.
Dunyodagi o'zgaruvchan sharoit bilan bog'liq ravishda pedagogik usullar
doimiy ravishda takomillashib boradi. Ko'p sonli xalqaro konferensiyalar, dolzarb
mavzular ko'tarilgan kongresslar bo'lib o'tmoqda. Umumiy ma'naviy taraqqiyot
bilan bog'liq holda, ta'limda hali ham "tabiatdan ajralgan" degan fikr mavjud.
O'zbekistondagi pedagogik islohotlarning umumiy mohiyati: bolalarni kuzatish,
o'rganish va shu asosda pedagogik usullarni ishlab chiqish hisoblanadi. Uning
natijasida o'z-o'zini tarbiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Bolalarni o'z
taassurotlarini qabul qilish orqali o'qitish jarayonida muhim o'rin beriladi, ya'ni
birinchi navbatda ularning yetuklikning ma'lum bir bosqichini qisman mustaqil
ravishda yengib o'tish qobiliyatiga e'tibor qaratiladi. Tarbiyachining asosiy
vazifalaridan biri bolalarda mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish va saqlash edi. Agar
ta'limning boshlang'ich bosqichlari haqida gapiradigan bo'lsak, o'yin bola tabiatiga
mos ravishda muammolarni tushunish vositasi sifatida muhim rol o'ynay boshladi.
Shunday qilib, maktablarda quyidagilar qo'llanila boshlandi: kuzatish,
baholash mezonlarida ta'riflash usuli (nafaqat ilmiy ko'rsatkichlar asos bo'lib
— 22 —
xizmat qiladi), kurslar va sinflarda o'qitish, ta'tilga e'tibor va ularni loyihalash,
o'quv jarayonida shaxsni shakllantirish, qo'shimcha ijodiy faoliyat tizimi.
Shuningdek,
islohotchilar
maktablarda
muvaffaqiyatli
qo'llanilishi
mumkin bo'lgan bir qator boshqa tashabbuslarni ilgari surdilar. Maktabning
ochiqligi, o'quv jarayonini bolalar dunyosiga yo'naltirish, mehnat faoliyatini jalb
qilish masalalariga alohida e'tibor berish taklif qilindi. Ta'lim-tarbiyaga (tarbiyaga)
qaraganda ko'proq ta'limga, shu jumladan ijtimoiy ta'limga e'tibor beriladi.
Mustaqillik alohida o'rin tutadi, mas'uliyat esa ustunlik qiluvchi tamoyillardan
biridir. Maktabgacha ta'limda mashg'ulotlar o'yin shakli orqali jonlantiriladi,
maktablarda devoriy gazetalar, sinf xonasi, tajriba uchun maxsus sinf maydoni,
ijodiy, intellektual, bilim faoliyati bilan tanishtiriladi.
So'nggi yilliklarda O'zbekistonda inklyuziv ta'limga e'tibor qaratilib,
imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga moslashtirishga alohida o'rin ajratildi.
O'qituvchilarning vazifasi ma'lum bir guruh bolalarning ta'lim faoliyatida to'liq va
samarali ishtirok etishiga to'sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishdir.
Yevropa mamlakatlarida an'anaviy maktablarda bolalar ta'limini tashkil
qilishning heterojen tamoyili mavjud.
Ta'lim muassasalarida asosiy vazifa - bolalarda amaliy tajribani
shakllantirish va ularni hayotiy qiyinchiliklarni yengishda mustaqil ravishda qaror
qabul qilish ko'nikmasini shakllantirish, o'zining ichki qadriyati, qadr-qimmati va
ijtimoiy ahamiyatiga ishontirishdir.
Shunday qilib, O'zbekistonda olib borilgan qator islohotlar natijasida
pedagogikaning asosiy konsepsiyalari shaxs va jamiyat rivojlanishi manfaatlarini
hisobga olgan holda ta'limni demokratlashtirishga qaratildi. Pedagogika keng
ma'lumotli va barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratildi. Shuningdek, ta'limining
o'ziga xos xususiyati shundaki, o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha yagona tizim
mavjud ammo o'qitish turli ta'lim muassasalarida farq qilishi mumkin.
— 23 —
Ta'lim sohasida ko'p madaniyatli ta'lim muammosiga alohida e'tibor
qaratilmoqda, chunki bu mamlakatda ko'plab millat va elatlar yashaydi. MDHning
boshqa mamlakatlari bilan solishtirganda O'zbekiston ularning soni bo'yicha
yetakchi hisoblanadi.
Ta'lim muassasalari o'quv dasturining mazmuni, barcha darajadagi o'quv
dasturlari O'zbekistondagi jamiyatni aks ettiradi va har qanday millat bolalari
shaxsiga
hurmat
asosida
ko'p
madaniyatli
vakolatlarni
shakllantirishga
mo'ljallangan.
Imkoniyati cheklangan bolalar maxsus ta'lim muassasalarida rivojlanishida
sustkashlik yoki jismoniy nuqsonlari bo'lgan bolalarni qabul qilishga alohida e'tibor
qaratilgan. Turli treninglar ularning individualligini hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. Shunday qilib, har bir bola o'z tezligida rivojlanadi. Respublika bo'yicha
ushbu maktablarda o'quvchilarning ma'naviy tarbiyasi, ota-onalar bilan yaqin
aloqada bo'lish, yosh avlod salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishga alohida
e'tibor qaratilmoqda. Bunday maktablarda kognitiv funksiyalarni rivojlantirishga
ham alohida ahamiyat beriladi. Ushbu o'qitish metodikasi jismoniy rivojlanishida
yoki o'zini tutishda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham yaxshi natija beradi.
III. BOB Xulosa :
Islohotlar natijasida, bir qator mavjud muammolarga qaramay, O'zbekiston
dunyodagi eng yaxshi ta'lim tizimlaridan birini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Hozirgi
vaqtda mamlakat ta'lim tizimining sa'y-harakatlari olgan bilimlarini amalda qo'llay
oladigan har tomonlama barkamol shaxslarni tayyorlashga qaratilgan. Maktabdan
tashqari guruhlarda ishlash keng tarqalgan. Maktabning o'zi shu bilan haqiqiy
hayotga yaqinlashadi. Ko'pgina ta'lim muassasalarida ta'lim bag'rikenglik va o'zaro
— 24 —
hurmat muhitida bola shaxsiyatining individual xususiyatlarini hisobga olishi bilan
ahamiyatlidir.
IV.BOB Foydalanilgan adabiyotlar :
Asosiy manbalar:
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. T., 2020 y.
2. O'zbekison Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi
Qonun. T.,2019 y.
3.O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
"Oliy
ta'lim
tizimini
yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-conli qarori. 2017 yil, 20 aprel
4.Kohlberg, Lawrence (1973). «The Claim to Moral Adequacy of a Highest Stage
of Moral Judgment». Journal of Philosophy (The Journal of Philosophy, Vol. 70,
No. 18) 70 (18): 630—646. doi:10.2307/2025030. JSTOR 2025030.
5. Comparative Education. Sohail Naqvi. Journal-srpnember № 6. 2012year/ page
55/56
Internet manbalar:
1. www.muhaz.org
2. www.hozir.org
3. www.abiturtest.uz
4. www.researchgate.net
5. www.norma.uz
6. www.Lex.uz
— 25 —
Скачать