Uploaded by abduganiyevaaziza1

111111

advertisement
OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
AVTOMOBIL TRANSPORTI MUXANDISLIGI
FAKULTETI
“AVTOMOBIL VA AVTOMOBIL XOʼJALIGI ”
KAFEDRASI
MALAKAVIY AMALIYOT
HISOBOTI
BAJARDI __601-18 GURUH TALABASI
QODIROV ODILJON__________
KORXONADAN RAHBAR____
SOTIBOL DIYEV M_________
(f.i.sh.; korxona muhri)
UNIVERSITETDAN RAHBAR____________
TOSHKENT-2022
2
BOLIYEV M___
Mundarija.
Kirish……………………………………………………………………………4
1.Qashqadaryo avto yo’llari qurilish tarixi va uning ahamiyati………………….6
2 Qashqadaryo avto yo’llar qurilishningsovet davridagi ahvoli va uning
hususiyatlari …………………………………………………………………….11
3. Qashqadaryoda avto yo’l qurilishining rivojlantirlishi va uning ahamiyati.....17
Xulosa……………………………………………………………………….…..21
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………..………….…. 23
3
KIRISH.
Go’zal navqiron olis qadimiyat, moziy hamisha, bizga bugungi ishlarimizni
sarhisob qilishda ota-bobolarimiz bosib o’tgan ulug’ yo’lni cho’qqilardan turib
baholashda bugungi ulkan rejalarimizni tuzishda muhim ahamiyat kasb etaveradi.
Bugungi mustaqil davlat bo’lib o’z istiqloliga erishgan o’zbek xalqi o’zining necha
yillik tarixiga ega bo’lgan eng qadimiy xalqdir.
Qadimda o’zbek xalqining iqtisodiy-ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida
muhim rol o’ynagan sohalardan biri karvon yo’llari hisoblanadi.
Yaqin o’tmishimizda esa Qashqadaryo taraqqiyotida muhim tub burilishli
o’zgarishlar keltira olgan soha bu avtomobillar yo’llari bo’lib qoldi. Yo’llar
xalqlarimiz
hayotida
xullas
hamma-hamma
sohalarda
tub
burilishli
o’zgarishlarning bo’lishlarida muhim rol o’ynab keldi.
Har bir xalqning o’lkaning shu xalqni o’rab turgan tabiiy muhitga bog’liq
ravishda shakllanishi kechmish hayotining taraqqiyoti uni o’rab turgan tabiiy
muhitga bog’liqligi aniq. O’lkamizning xalqi dehqonchilik, chorvachilik,
bog’dorchilik,
pillachilik
va
boshqa sohalarining
eng
mashhur
ustalari
hisoblanishadi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek “biz o’z oldimizga
qo’yilgan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan
demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o’sishini
ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o’rin
egallash borasidagi sa’y-harakatlarimiz bugungi kun nuqtai nazardan xolisona
baho berishimiz tabiiydir”1.
Qashqadaryo hududi iqlimining keskin kontinental bo’lishi xalqimizni yo’l
qurilishi o’rtasi sifatida ma’lum va mashhur bo’lishiga ham sabab bo’lgan.
Qashqadaryo 1920 yilga qadar Buxoro amirligi tarkibida 1924 yilning 1noyabrdan Qashqadaryo viloyati tashkil topgan. 1927 yildan Qashqadaryo viloyati
okrug sifatida Buxoro viloyati tarkibiga kirdi. 1943 yil 22-yanvardan alohida
viloyat sifatida ta’kidlandi. 1960 yil 25- yanvardan Qashqadaryo hududi islohotida
4
kichik Surxondaryo viloyatiga birlashtirildi. 1964 yil 7-fevraldan Qashqadaryo
o’zining avvalgi hududlari asosida alohida viloyat bo’lib qoldi.
Qashqadaryo viloyatining maydoni 28,4 ming kv.m bo’lib hududining
kattaligi bo’yicha O’zbekistonda Qoraqalpog’iston avtonom Respublikasi (164,9
ming kv.km) Navoiy (110,8 ming kv.km) Buxoro (39,4 ming kv.km) viloyatlardan
keyingi 4 o’rinda turadi. O’zbekiston Respublikasi maydonining atigi 7% ni
egallagan holda Qashqadaryo viloyati maydoniga ko’ra Albaniya (28,7 ming
kv.km), Armaniston (29,8 ming kv.km) Qrim (26,0 ming kv.km) Bel’giya (30,5
ming kv.km) Niderlandiya (32,4 ming kv.km) kabi Yevropa davlatlari yer
maydonlari bilan tenglashadi.
Qashqadaryo viloyati 795 kilometr uzunligidagi chegaraga ega shundan, 405
kilometrlari tog’lar 390 kilometr tekisliklar orqali shimoldan janubga 195 kilometr
masofaga cho’zilgan. Shimolda Qashqadaryo viloyatining Samarqand viloyati
bilan chegarasi Zarafshon chizmasining Chaqilkalon Karvontepa Ziyovuddin –
zida buloq tog’lari va ular orasidagi Jon va Qarnob cho’lining to’lqinsimon
tekisliklari orqali o’tadi. Sharqda Tojikiston Respublikasining Leninobod viloyati
bilan Hisor tizmasi orqali chegaradosh. Sharqda shuningdek Surxondaryo viloyati
bilan ham chegaradosh bo’lib Sarhad chizig’i Respublikasining eng baland tog’i
Hisor tizilmasining qirrasi uning tarmoqlari Chaqchor va Boysun tog’i
Suvayirig’ichi, so’ngra janubiy – g’arbda. Shurob botig’i, suvsi tog’ va Kuhi
ptanchning
qirrasi
bo’ylab
o’tadi.
Qashqadaryo
viloyati
Turkmaniston
Respublikasi bilan eng uzun chegaraga ega Kuxitangning g’arbdagi davomi
bo’lgan Dehqonobod past tog’lari janubda Nishon adirlari Saksondara Olovuddin
to’g va Qarshi qiya tekisligi Sandiqli qum cho’li Qashqadaryo va X.Chorjev
viloyatlari Sarhadlarini bir-biri bilan tutashtiradi. Qarshi dashtining Dengiz ko’li,
Jarqoq, Setalan tepa qirlari va Qarnob cho’li kabi g’arbdagi yerlari. Buxoro va
so’ng Navoiy viloyatlariga kirib boradi.
Qashqadryo viloyati xo’jaligining muhim tarmoqlaridan biri transport bo’lib
u yuk va yo’lovchilarni tashishning yagona vositasidir. Transport viloyatda ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishiga muhim ta’sir ko’rsatadi.
5
Qaysi joy transport bora oladigan bo’lsa u yerga avtomobil yo’li borgan bo’lsa u
joy albatta obod bo’lgan. Aholining yangi – yangi imkoniyatlari oshgan. Yangi
go’zal obod go’shalar aholi yashash punktlari obodonchilik, bunyodkorlik ishlari
amalga oshirilgan. Hayot tarzi iqlimi sharoiti o’zgarishiga sabab bo’lgan.
Qashqadryoning ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida muhim
rol o’ynagan. Temir yo’l va avtomobil yo’llar o’zining uzoq moziy tarixiga ega.
Qashqadaryo viloyatidan avtomobil yo’llari orqali paxta tolasi, pilla
Qorakuli teri, o’simlik moyi va g’alla, tabiiy gaz, kondensar, neft , oltingurgut,
marmar va boshqa mahsulotlarni olib ketilsa, mineral o’g’itlar har xil mashinalar
va ularning ehtiyot qismlari, qurilishi materiallari va boshqa yuklar o’lka boshqa
yurtlardan tashib keltiriladi. Bugungi kunda 4,5 ming.kmdan ko’proq avtomobil
yo’llari viloyatda eksplutatsiya qilinmoqda. Yana yangi-yangi tosh va asfalt
yo’llari tog’li joylarda bunyod etilmoqda.
1. Qashqadaryo avto yo’llari qurilish tarixi va uning ahamiyati.
Bugungi kunda mustaqil davlat bo’lib o’z istiqloliga erishgan o’zbek xalqi
o’zining necha yillik tarixiga ega bo’lgan eng qadimiy xalqdir.
Qadimda o’zbek xalqining iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy ma’naviy hayotida
muhim rol o’ynagan sohalaridan biri karvon yo’llari hisoblanadi.
Uch ming yil davomida mamlakatimiz xalqlariga xizmat qilgan ipak yo’li
muhim ahamiyat kasb etgan karvon yo’li bo’lib u to XXI asrgacha o’z ahamiyatini
yo’qotgani yo’q. Bu yil bobokalonlarimiz makon tutib o’z aqlini tanib
urug’chilikdan qabilalikka, qabilachilikdan davlatga va o’zga yurtlarga
ko’z
olaytira boshlashgan zamonlardan boshlandi. Bu yo’l insonning ovchilikni,
dehqonchilikni, hunarmandchilikni o’zlashtirgan davrlardan boshlangan. Inson
faoliyatining
to’rt
manzarasi chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik
jangchilik orasidan beshinchi toifa savdo aholini ajratib chiqardi. Bu toifa ishlagan
mahsulotlarni, mollarni o’ziga kerakli narsalar bilan almashtiruvchi toifa edi.
O’zida yo’q narsalarni topishi uchun o’zida bor narsalarni almashtirish bilan
shug’ullanuvchi kishilar vujudga keldi.
6
Urug’lar, qabilalar, jamoalar, qishloqlar, ovullar, shaharlar o’rtasidagi savdo
munosabatlari shakllandi.
Savdo shaharlari, ovullari, qishloqlari paydo bo’ldi. Savdo yo’llari qo’shila
boshladi. Bu yo’llar bobokanonlarimizning bir davri bosqichdan keyingi davriy
bosqichga, eski iqtisodiy imkoniyatdan yangisiga, madaniyatdan – madaniyatga
- tashrifga o’tgan va yangicha uslubiy
saviyadan- saviyaga amaliy tashrifdan
yo’llar bilan kamol topa boshlagan davrdan boshlandi.
Karvon yo’llari turli zamonlarda yashagan yurtdoshlarimizning tarixiy bir
kitobi bo’lib uning sahifalarida xalqimiz tarixi, madaniyatlar tarixi, savdo, ilmiy
fandagi tajribalar tarixi, o’zaro hamkorlik, do’stlik, birodarlik, qadriyatlar tarixi
hamma-hammasi zarhal harflar bilan yozib qoldirilgan.
Eron ahamoniylari Iskandar (A.Makedonskiy) arab istilochilari Chingizxon,
A.Temur, rus bosqinchi lashkarlari – askarlari hamma-hammasi ana shu karvon
yo’llaridan yurdilar. “ Oltin ko’priklar” deb atovchi bu yo’llar minglab yillar
davomida vujudga keltirildi. Yuzlab o’lkalar mamlakatlarning karvon yo’llari birbirlari bilan tutashtirildi. Yo’llarga toshlar yotqizildi, ko’priklar bunyod etildi.
Yo’llar alohida qatlami zich yashaydigan joylardan daryo, anhor, kanallardan,
dengiz sohillaridan,
mamlakatlarning
ichki-tashqi
savdosini
rivojlantirishi
qulayliklariga ega bo’lgan go’zal joylardan o’tkazildi. Eng katta qadimiy tumanlar,
shaharlar, aholi istiqomat qiladigan qishloqlar, ovullar qad ko’tardi. Movarounnahr
deb ataluvchi Amu va Sirdaryo oralig’idagi markaziy Osiyo yerlari miloddan
avvalgi ikki minginchi yillarda iqtisodiy madaniy ijtimoiy – siyosiy jihatdan
anchagina yaxshi rivojlangan bo’lgan. Bu sarhadlarda Xorazmiylar, So’g’diylar,
Baqteriyalar Parfiyonlar va hokazo davlat mavjud bo’lgan. Bu hududlarda
qavmlarimizdan massagetlar shaklar, daklar va hokazolar yashaganlar. Miloddan
avvalgi VI-V asrlarda Eron ahamoniylari bu hududlarini o’z tasarruflariga
olganlar.
Bu davrda Ipak yo’lining ikki tarmog’i bo’lib. Bu yo’lning biridan Janubiy
Eron Shimoliy Hindiston, Qobul, Balx orqali Badaxshonga Sharqiy Turkiston,
Xitoy, Yaponiyaga borilgan. Yo’lning ikkinchisidan qadimgi Miliya, Bobul Balx
7
orqali Amudaryodan o’tib Termiz, Buxoro, Nasaf, Kesh, Maroqand, Shah bilan
Yettisuv O’tror, Oltioy, Xitoy va Yaponiyaga borganlar. Ipak yo’lining yana bir
kichik tarmog’i Maridan boshlanib Nasaf Kesh, Maroqand, Shash, Farg’ona
vodiysi. O’sh, O’trar, Xitoy orqali Yapon dengiziga chiqib borgan. Bu yo’llarning
ko’pi Duvan xuanda kesishgan. Eng qadimiy Ipak yo’li Xitoyning ko’hna poytaxti
Chan’an shahridan boshlanib Venetsiyaga borib yetgan.
Xullas, bu yo’lar Italiya, Ispaniya va O’rta dengiz atrofidagi turli
mamlakatlar sarhadlaridan boshlanib, Tir, Damashq, Olatuli, Bog’dod orqali
Markaziy Osiyodan Xitoy, Yaponiyaga yetib borgan ekan. Uning uzinligi 12000
ming kilometrdan ziyod.
Arxeologik topilmalar tarixiy manbalar ustida olib borilgan uzoq
izlanishlardan so’ng olimlar kashfiyot darajasidagi yangi xulosaga kelganlar.
Buyuk Ipak yo’lining Markaziy Osiyodan o’tgan uchinchi tarmog’i ham bo’lgan.
Bu tarmoq Samarqanddan boshlanib, cho’llar orqali Xorazmga, Orol dengizi
bo’ylariga Itil (Volga) daryosi va nihoyat Kavkaz tizma tog’lari dovonlaridan o’tib
Vizantiya, O’rta dengiz, G’arbiy Ovropa, Shimoliy Afrikagacha borgan.
Bu o’lkan qadam, ammo yosh yo’llardan ancha oldin bashariyatning tarixida
boshqa karvon yo’llari ham mavjud bo’lgan. Bular Afrika qit’asini kesib o’tgan tuz
yo’li rus va Skandinaviya mamlakatlarini bog’lab turgan “kelgindi” yunonlar yo’li,
Shimoliy va Janubiy Amerikani bir –biri bilan bog’lovchi karvon yo’llar,
keyinchalik okeanlar bilan okeanlarni, dengizlar bilan dengizlarni, daryolar bilan
daryolarni tutashtiruvchi kema yo’llari ham mavjud bo’lgan.
1877 yil nemis muxarrixi Rixtxofen o’zining “Xitoy” nomli asarida
Movarounnahr va Sharq mamlakatlari sarhadlarini kesib o’tgan qadimiy karvon
yo’llari birinchi bo’lib “ Ipak yo’li” deb atadi. Ipak yo’llaridan esa tuya, ot, xachir,
qo’tos, eshak va boshqa ulovlarda eng avvalo Xitoy va Movarounnahrni jahon
olamini hayratga soladigan eng qimmatbaho, nodir ipak matolari G’arb
mamlakatlariga olib borilgan. Shu bois mashhur nemis olimi Ferdend Ritxofinning
bu yo’lga “Ipak yo’li” deb nom berishi ham bejiz bo’lmasa kerakda. Dunyo
bozorining ko’pdan-ko’p rivojiga sabab bo’lgan bu yo’llar Sharq va G’arbning
8
ijtimoiy –iqtisodiy va madaniy hayotida “Oltin ko’prik” bo’lib xizmat qilgan.
Karvonlar shaharlardan -shaharlarga
yurtlardan-yurtlarga, ovullardan-ovullarga
faqat tovar olib bormasdan, tibbiyot, san’at, tarbiya sohasidagi yangiliklarni ham
olib borganlar. Savdogarlar chorva mollari bilan ham savdo qilganlar.
Turkiylar tilla va kumush tangalarni ishlab chiqarganlar.
Ular yetti xil
metall rudalarini kavlab olishni ham bilishgan. Bular oltin, kumush, mis,
qo’rg’oshin, qalay, temir, rux bo’lgan. Bularning bir qismlaridan qozonlar
tayyorlashgan. Bu qozonlar eni 2,2 metr, og’irligi esa ikki tonnagacha bo’lgan.
Tovarlar Markaziy Osiyodan boshqa mamlakatlarga olib borib sotilgan.
Madaniy
manfaatdan
iqtisodiy
manfaatni
ustun
zolim
bosqinchi
qonxo’r,
ochko’z
mamlakatlarning
qo’ygan
turli
podsholarni
Movarounnahrning ser unum tuprog’i, oltinlariyu, juni, qarokul terisi, ipagi,
paxtasi, shirin sharbat qovuni, tarvuzlari-yu, mevalari, sabzavotlari, ko’zni
qamashtiruvchi zar buyumlari hokazolari qiziqtirgan. Bu boyliklarga ega bo’lish
uchun Eron ahamoniylari, Iskandar, arab mo’g’ul, rus bosqinchilarni o’lkaga
navbatma-navbat, qayta-qayta bosqin uyushtiraverganlar. Ipak yo’li esa ularning
bu o’lkaga bosqinlarida strategik yo’l bo’lib qolaverdi. Markaziy Osiyoning
behisob boyliklarini bosqinchilar o’z vatanlariga tashib ketaverishgan. Rus olimi
Lyutavskiyning
ta’kidlashicha,
Iskandarga
Movarounnahrdan
o’z
yurti
Aleksandriya shahriga bir karvon boylikni yuklash uchun 1000 juft qo’tos va 3000
tuya kerak bo’lgan.
Uning talonchilik bilan birgina Sug’diyona ibodatxonasidan olgan tillolari
va qimmatbaho mo’ynali buyumlari 50000 tadan tillo o’ljani tashkil qilgan.
Bunday behisob o’lkani Eron ahamoniylari, arab, mo’g’ul, rus istilochilari ham
uzluksiz, ketma-ket tashib ketaverishgan.
Markaziy Osiyoda tijoratchilarni tayyorlash uchun keksa savdogarlar yoshlar
bilan uch yillik shartnoma tuzib bu hunarga o’rgatishgan. Shogird savdogarlar
maxsus komissiyaning imtihonlaridan o’tganidan keyingina ularni mustaqil
ishlashga jalb qilingan. Imtihondan o’tmasalar, mustaqil ishga yuborilmagan,
ularning ustozlari esa ustozlikdan mahrum qilingan. Movarounnahrliklar qadim9
qadimdan savdo, tijorat san’atini, madaniyatini egallab olganlar. Buni Xitoy
muzeylarida saqlayotgan kumush idishlariga bitilgan. So’g’d tilidagi yozuvlardan
Yaponiyada Sesain hoqonlik qilgan davrdagi ibodatxona xazinasida saqlanib
kelinayotgan tillo kosalardagi, idishlardagi yozuv va suratlardan, Hindiston, Eron,
Rus muzeylarida saqlanayotgan So’g’dning qadim qimmatbaho idishlari
buyumlaridan ham bilish mumkin. Bu Sharq bilan g’arb mamlakatlarining O’rta
Osiyo mamlakatlari orqali savdo bozor aloqalari qilganliklaridan guvohlik beradi.
Bu mamlakatlar karvonlari uchun O’rta Osiyo shaharlari savdo sotiq va mol
almashuvi bozori bo’lgan. O’sha davrda Sharqiy Ovropa va Sibirning mo’ynasi,
asali,
baliq yog’i, Xitoyning ipak gazlamalari, temiri, chinni, kumush,
qimmatbaho nifrat va boshqa toshlari. Markaziy Osiyoning guruchi, quruq,
mevalari, qurol –aslahalari, to’qimachilik buyumlari, ot anjomlari, Hindistonning
qimmatbaho toshlari dorivorlari, bo’yoqlari, fel suyaklaridan yasalgan. Yasalgan
har xil sovg’alar, Osiyo va Eronning hunarmandchilik buyumlari, qurol –
aslahalari keng almashinuvi tovarlari bo’lgan.
Karvon yo’llarining asosiy tuya, ot qutos, xachir, eshak, xo’kiz va boshqa
ish hayvonlari bo’lganligi tufayli uzoq masofalarga boriladigan bu qatnov
vositasida bir-ikki yil hatto undan ham ko’proq vaqt sarflab yo’llarda yurganlar.
Katta shaharlarda karvonlar bir hafta, ayrimlarda 10 kun dam olishgan, savdo –
sotiq qilishgan. Go’zal qadimiyatdagi bu yo’llardan yurish xatardan holi emas edi.
Yo’lovchilar har doim katta qaroqchilari to’dalariga duch kelaverishgan. Ularga
oziq-ovqat,
don,
yem-xashak,
yetishmasligi,
tog’
dovonlaridan
yurish
qiyinchiliklari, jazirama, issiqlar, qishning qattiq sovuqlari azob bergan.
Savdogarlar azim daryo, tez oqar suv, Amu, Sir, Qashqa – Zarafshon daryolaridan
o’tish muammolariga duch kelganlar. Savdogarlar daryolarning ma’lum bir
joylardagi kechuv joylari orqaligina ulardan o’tganlar.
Buxoro savdo karvonlariga bu anchagina qulayliklar keltirar edi. A. Vamberining
ko’rsatilishicha XIX asrning 40-50 yillarida Buxoro amirligidan Rossiyaga
1096380 funt sterling1 puli miqdoridan tovarlar olib ketilgan va shu asrning 40 -50
yillaridan Buxoro amirligidan Rossiyaga 783785 funt sterling puli miqdorida
10
tovarlar olib ketilgan va olib kelingan. 1850-1852 yillarda Rossiya Buxoro amirligi
o’rtasida olib ketilgan va keltirilgan tovarlar million sumga yetgan. Rossiya bilan
O’rta Osiyo savdosining asosiy qismini Buxoro amirligi shaharlari bilan olib
borilgan savdo tashkil qilingan. Savdo-sotiqni rivojlanishi esa ichki savdoga,
iqtisodiyot,
rivojiga
ta’sir
qilgan.
Bu
hol
karvon
yo’llarining
yanada
rivojlantirishda, karvon saroylarning ko’plab qurilishda muhim ahamiyat kasb
etgan.
Buxoro amirligining yirik shaharlari Rossiya, Afg’oniston, Hindiston,
Pokiston, Eron, Qozog’iston, Sibir kabi o’lkalar xalqlarning savdo – sotiq
aloqalarida oltin ko’prik rolini o’ynagan.
Olimlar XVII va XVIII asrlarda bug’ mashinalari yaratish va uni
takomillashtirish sohasida katta ishlarni amalga oshirdi. Bug’ mashinalari fabrika,
zavod va korxonalarining ishga tushurishda paraxodlar, paravozlarni harakatga
keltirishda muhim ahamiyat kasb etdi2. Kapitalizm vujudga keltirgan ilmiy texnika
taraqqiyoti insoniyatning tabiati bo’lib olishida va uning qonunlardan ishlab
chiqarishda foydalaniladi. Foydalanishda sifat jihatidan yirik sakrash bo’ldi. U
ishlab chiqarishning texnikaviy asosini tubdan qayta ko’rishga katta yo’l ochib
berdi. Kapitalizm davrida bu mashinalarning ko’plab ishlab chiqilish paravozlarni,
temir yo’l qurilishini avj oldirdi. Paravozlar, paraxodlar tuya karvonlarning,
aravalarning o’rnini egalladi. Insonning mehnati yengillashdi. Vaqtdan samarali
foydalanishning keng imkoniyatlari vujudga keldi. Tuya, ot, xachir, xo’kizdan
qatnov vositasi sifatida foydalanishning o’rnini asosan istiqboli texnika, poyezdlar
“Po’lat tulpor” lar egalladi. Poyezdning yaratilishi, temir yo’larning kirishiga hal
qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Malakasiz mehnatini o’rniga malakali mehnat jismoniy
mehnatning o’rniga aqlli mehnat egallashi bu borada muhim rol o’ynadi.
2.Qashqadaryo avto yo’llar qurilishning sovet davridagi ahvoli
va uning xususiyatlari.
1917 yilning 1-noyabrida Rossiyada Oktabr to’ntarilishi amalga oshirildi.
Sovet hokimiyati shundan so’ng Rossiyaning barcha o’lkalarida hokimiyat
11
sovetlarning qo’liga o’tdi. 1920 yilning 2-sessiyasiga Buxoro amirligi ham
ag’darilib bu yerda ham sovet hukumati o’rnatildi. 1920-1930 yillarda sovetlarga
qarshi buyuk istiqlolchilik harakati davom etdi. Bu davrda sovetlarning qatag’onlik
siyosati ham avj oldirildi. Mamlakatning hamma joylarida jamoalashtirish
quloqlarga qarshi kurash siyosatlari avj oldirildi. Ana shunday bir davrda
Qashqadaryo transportni rivojlantirishga ayniqsa avtomobil transporti uning uchun
kerakli yo’llarni qo’riqlash sovetlarning imkoniyatlarini yetmas edi. Buning uchun
avvalo katta mashaqqatli harakatlar kerak bo’lgani hamda malakali ishchi kuchi,
transport yetishmas edi.
1914-1916 yillarda Kogon –Qarshi – Kitob; Kogon –Qarshi – Termiz temir
yo’li qurilib ishga tushirildi. Ana shu temir yo’l yonidan avtomobil, arava va
ulovlar uchun yo’llar qurilishi lozim edi. Bu yo’llar o’sha davrlarda tosh yo’llar
deb atalar edi. Bu tosh yo’llarini qurish uchun katta hajmdagi tuproq ishlarini
bajarilishi lozim edi. Bu ishga faqatgina qo’l kuchi bilan, aravalarda tuproq va qum
– toshni tashish yo’li bilan bajarilishi lozim edi.
Qo’l kuchi bilan bajariladigan lozim mehnat juda og’ir mashaqqatli mehnat
edi. Yo’llarga tuproq ishlarini bajarishda buldozerlarning
ekskovatorlarning
yo’qligi ijtimoiy ish juda sekinlik bilan bajarilar edi. Shunga qaramasdan 19151920 yillarda temir yo’lni atrofidagi tosh yo’llarning bir qismi bunyod etildi.
Qashqadaryoning Tanxoz daryosidan, qum – toshlar olindi. Ammo ularni tashib
borish nihoyatda qiyin edi. Shu sababli bu yo’llarning asosiy bir qismiga tosh va
qum yetishmasdi. Qumning ustiga temir yo’l atrofida mavjud bo’lgan esiki
yo’llardan ham foydalanildi. Ularning asosiy qismlari qaytadan ta’mirlanib, yangi
yo’llarga qo’shib yuborildi. Temir yo’l qurilishi berilgan avtomobillar esa
faqatgina ishchi va xizmatchilarni bu yo’llardan tashishga xizmat qilar edi.
Yo’l qurilishi ishlarida faqatgina arava va ishchilarning zambil, ko’p
hollarda
yelkalarida
ko’tarib
tuproq
tashishdan
foydalanildi,
ketmon,
belkuraklardan yer tekislash yo’li qurilishda shulardan foydalanildi. Bu davrdan
boshlab viloyatning tumanlariga boriladigan yo’llarni asfaltlash ishlari amalga
oshirila boshlandi.
12
Avtomobil yo’llarini asfaltlashtirishda Qashqadaryo avtoyo’li jamoalari
a’zolarining mehnatlari tahsinga sazovordir.
1943 yilda Qashqadryo viloyati tashkil topganda uning alohida bo’limi
sifatida avto yo’llar idorasi ham tashkil topgan edi. Ammo bu jamoa ham har
tomonlama zaif edi.
Faqatgina 1950 yillardan boshlab bu korxona anchagina o’zining qaddini
rostladi xolos.
Asfaltlash ishlari birinchi marotaba 1954 yildan boshlandi.
Qashqadaryoda birinchi asfalt yo’llari Qarshi –G’uzor oralig’ida 53 km lik
yo’lni birinchi boshladi. Ish loyihaga qarab yo’llarning o’rnini tekislash, unga
tuproq yotqizib tekislab ishlaridan iborat edi.Tekislab chiqish tuproq yo’lning
ustiga og’ir g’ildirakli yo’lni bosish moslamalaridan qotirib chiqishdan iborat edi.
Qarshi –G’uzor yo’li temir yo’l atrofida eski tosh yo’l o’rnida qurildi. Bu yo’lni
asfaltlash sifatida bitumga (ne’ftning chiqiti) qum-shag’al aralashtirilib qorildi va
asfalt hosil qilindi. Bu qorishma yo’llarning ustini betonlashtirib yo’l qurishga
nisbatan juda ham arzon va qulay edi. Buning ustiga bu qorishmadan tekis ravon
mustaqil har qanday og’ir yuk tashiydigan transport ham harakatlana olinishi
mumkin edi. Hattoki bu yo’llardan foydalanish ham tanklarning harakatlanishi
ham mumkin edi.
Bu yo’llar yaxshi 4-5 marotaba tekislanib 3-5 martadan tuproq yotqizib
shibbollanib, tuprog’i zichlashtirilsa trakt yo’li ufanasiga yo’l bo’la olishi mumkin.
Buning uchun bu yo’llarning ustidan ming tonnalik shibolovchi, tuproq
zichlamasligi mashinalarini yurgizishi lozim.
Ana shundagina ravon, kengligi chometrigacha keladigan yo’llar bunyod
etilsa bu yo’llardan foydalanishi mumkin.
Ana shunday yo’llar orasiga Toshkent –Samarqand, Shaxrisabz- Termiz,
Toshkent- Samarqand- Qarshi – Termiz, Buxoro- Qarshi –G’uzor- Termiz avto
yo’llarini kiritish mumkin. Bunday keng qamrovli hamda foydalanishi mumkin
bo’lgan yo’llar guruhiga Qarshi – Do’stlik; Qarshi – Samarqand, Qarshi MuborakBuxoro trakt yo’llarini kiritishimiz mumkin.
13
Qashqadryo avtoyo’l ish boshlanganda uning ixtiyorida 350 km yo’l bor edi
xolos. Qolgan yo’llarning hammasi tumanliklarga mavjud bo’lgan DEU – (yo’lni
ekspluatatsiya qilish boshqarmasi)ga qarar edi.
Ana shunday qilib kela boshladi. Qashqadaryo birinchi asfalt yo’lini qurish
ishi amalga oshirilishga muhim hissa qo’shgan kishi. D. Muharramov edi. Bu
kishi Qarshi – G’uzor 453 kmlik asfalt yo’lini qurishning faollaridan biri edi.
Rahmat Berdiyev, Hamid Ilya Mixailovich ko’p yillar bu yilni ko’rgan bosh
mutaxassislardan edi. Prorab Rajabov o’rin Yakkabog’ asfalt yo’llarini ko’rdi.
1960 yilda Qashqadaryo – Surxondaryo viloyatiga qurilishi munosabati
bilan 1964 yilda viloyat avto yo’li boshqarmasi tugatildi. 1964 yilda Qashqadaryo
viloyatiga alohida viloyat bo’lib ajralib chiqdi. So’ng esa viloyat avto yo’li
korxonasi yana viloyat avto yo’li korxonasi yana qayta bor tashkil topdi.
1950 -1960 yillarda Qashqadaryo avtoyo’lida ishlash uchun Rajabov O’rin,
d.Muharramov, A.D.Niguvova va boshqa ko’plab kadrlar kelishdilar. Haqiqatda
hamma narsani bunyodkorlik ishlarining hamma – hammasini faqatgina kadrlar hal
qilar edi.
D. Muharramov, DEU – 3 –da oldin bosh muhandis keyinchalik boshliq
bo’lib ishlaydi bu davrda viloyatning (DEU) yo’lini trantaksiya qilish bosh
korxona
Toshkentga
markazga
qaror
qildi.
Toshkentga
markazga
yo’l
ekspulutatsiya qilish maxsus trakti boshqarmasi mavjud edi.
Butreot trakt avtoyo’llari eksplutatsiya qiladigan katta davlat ixtiyorida
bo’lgan atrossa yo’llariga xizmat qilar edi.
Trakt avtoshasse yo’llarini eksplutatsiya qilish boshqarmasiga Beknazarov
Karim va boshqalar. Bu davrda tuyasi, ot, yilqisi bor odamlar bir yilda 6 pud yo’l
ishlariga bepul ishlab berishganlar. Bu ularning yo’llaridan foydalanishga
qo’shadigan ulushlari edi.
1958 yildan boshlab Qarshi – Koson, Qarshi
- Beshkent, Shaxrisabz-
Chorshanbi- Miroqi, Kitob-Plandara, Muborak – Koson yo’llari boshlandi. Bu
joylarda mavjud bo’lgan yo’llarning toprog’i ko’tarilib qaytadan keng asfalt yo’llar
qurilishi amalga oshirildi.
14
Yo’llar uchun kerakli qum –toshlar G’uzor Karmgan tashib keltirilib
asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
Texnikadan yo’l qurilishdan keng foydalanish yo’lga qo’yildi. 1960
yillardan 1970 yillargacha bo’lgan davrda 200 dan ko’proq greydrr buldozer,
skreyperlar, kranlar va boshqa texnikalar beriladi.
1958-1964 yillarda viloyat avtoyo’llarini korxona ishiga I.M.Kuzlim
boshchilik qildi. Qarshi – Kasbi, Qarshi – Nishon, Qarshi – Buxoro, Qarshi –
Nossosnaya stansiyalari N,N,1,2,3,4, Qarshi – Do’stlik, Qarshi – Sho’rtan
rejalashtirilgan. Rejadagi avto yo’llarini qurilishi yuk tashish hajmini Qashqadaryo
viloyatida deklizmarbobo ko’paytirish lozim edi. Bu avtoyo’llar 1965-1980 yillar
davomida qurilgan edi.
1962 yildan 1965 yilgacha qurib tugatilgan edi. Qamashi – Chim Qarshi
avtoshasse asfalt yo’llari qurilgan edi. Bu trast hisobida mexanizasiyalashtirilgan
ko’chma korxona bu trest hozirda boshqarilgan edi.
Qashqadaryo yo’l qurilishi sohasida anchagina ishlatilgan bo’lsa bu ishlarda
shurolar davriga xos qilib yozishlar (bajarilmagan shularni bajarildi deb),
ma’muriy buyruqbozlik, rahbarlar ko’pi ishlaydiganlar ozgina tashkil qiladigan
davri edi bu zamonlar.
Bularning hammasi sifatli, malakali ish o’rniga sifatsiz ishlarning amalga
oshirishga, qisqa vaqtlarda yangi qurilajak yo’llar yaroqsiz yo’l. yo’l sohasida
qarorlarni ko’rimsizligi ularning o’z joyiga qo’ymaganligi, mehnat intizomining
bo’shashib ketishiga olib kelar edi.
Yuqorida bayon qilinganlaridan ko’rib turibdiki, eski tuzumning qolgan
yangi tuzumning vujurdga kelishiga sabab bo’ladi. Yo’lni ta’mirlash yangi yo;l
uchun tuproq ishlari faqatgina qo’l kuchi mehnati bilan amalga oshiriladi.
Ana shunday qilib qolgan Qarshi –Kitob temir yo’li atrofidagi yo’llar 19161920 yillarda qurildi. Yo’l qurilishi ishlarida mahalliy aholidan arzon ishchi kuchi
sifatida foydalanildi. 1935 yilning sentabr oyida Qashqadaryoda hammasi bo’lib
1750 km avtomobil, arava, ot ulovlar uchun mo’ljallangan yo’llar mavjud edi.
15
1939 yilning sentabrida ikkinchi jahon urushi boshlandi. Germaniya bilan
SSSR o’rtasidagi urush 1941 yilning 22 –inyundan boshlandi. Ikkinchi jahon
urushi 1945 yilning sentabr oyida tugallandi.
Urush davrida har bir mamlakat hamma narsa g’alaba uchun, hamma narsa
front uchun, degan ishlar kun tartibiga qo’yilgan. Moliyaviy harakatlarning
hammasi g’alabani ta’minlashga qaratilgan edi. Shu sababdan ham yo’l qurish
ishlari umuman urush yillarida amalga oshmadi. Urushdan keyin mamlakatning
qurush sohasida ko’chirilishi avtomobil yo’llarini faqatgina 1950 yillarning
boshfan boshlanishiga olib kelindi.
1950 yillarning boshdan boshlangan Toshkent –Samarqand- ShaxrisabzTermiz avtomobil yo’llari 1953 yil qurib tugatilishi foydalanishga tayyorligidir.
1954 yilda asfalt yotqizildi.
1959 yildan boshlab Chimqurg’on suv ombori qurilishi munosabati bilan
Qamashi – Chimqurg’on avtomobil yo’li qurildi. Bu yo’l qurilishda Qashqadaryo
avto yo’li quruvchilar ham katta jasorat ko’rsatib mehnat qildilar. 1957 yildan
boshlab Qamashi – Chim, Qamashi – To’qboy, Chiroqchi- Ko’kdala, Chiroqchi –
Payshanba, Chiroqchi – Kitob yo’llari qurildi.
Bu davrda Qarshi shahridan tuman markazlariga boradigan yo’llar ham
qayta ta’mirlandi. 1945 yildan
boshlaydi. Ma’rifatga muhtojligiga xurofot va
jaholat hayot kushandasi, manqurtlik- o’zligini va olamni unutish ekanligi tobora
ko’proq ishonadi. Demak, bevosita ichki, bir da’vat va ilohiy quvvat bilan
ma’naviy, yetuklikka, komillikka, intiladi. Bu istiqlolning yana bir mo’jizasi.
Mustaqillikning asosiy qadriyatlaridan biri uning ijtimoiy ma’naviy,
mohiyati bevosita omma fikrini uyg’otishda xalqni o’tmishi buguni va kelajagi
xususida qayg’urish hissini ko’paytirishdan iborat. Aks holda tub islohotlarni umri
qisqa taqdiri esa fojea bilan tugashi mumkin.
Biz tarixning ayni burilish davrida yashamoqdamiz. Ana shu burilish nuqtasi
o’zi tafakkurimizni tor dunyo qarashlarimizni har tomonlama chegaralab qo’ygan
tushunchalarimizni, o’zlashtirishimizni, taqozo etmoqda. Uzoq yillar mobaynida
bir qolipdagi hayotdan so’ng beixtiyor olis o’tmishni eslashga uni o’rganishga
16
o’zligimizni anglashda kuchli ehtiyoj tug’iladi. Ichki bir tabiiy kuch million –
million kishilar qalbiga mudroq tuyg’ularini harakatga keltirib yubordi. Natijada
odamlarning hayotga munosabati o’zgarib o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan zamin
istiqbolini o’ylashga zarurat sezilmoqda.
Butun borliqdan ma’naviy bisotidan judo qilingan xalq erkinligi tufayli katta
tashnalik bilan o’z tarixini bilishga intila boshladi.
Bu borada ming yillar davomida vujudga kelgan xalqimizning daholik
qudratini, quvvat xafzasini tabri, nazmini qolaversa ma’naviy –ruhiy holatini
belgilab beradigan xalq og’zaki ijodida shuro hukumati davri ongli ravishda yuz
bergan munosabatigina eslatish joizdir.
Sir emas sovet davrida asrlar mobaynida tildan – tilga ko’chib avlodlar
davomiyligi va vorisligini saqlashda ostin halqa bo’lgan.
3. Qashqadaryoda avto yo’l qurilishining rivojlantirlishi va uning
ahamiyati.
Avtomobil qurilishi dasturiga asosan Qashqadaryo viloyatida 2007 yilda
Respublika yo’l jamg’armasi mablag’lari hisobidan 266 km avtomobil yo’llarini
qayta qurish, to’la ta’mirlash va o’rta ta’mirlash ishlari uchun 15,1 milyard so’m
mablag’ rejalashtirilgan bo’lib, bu ish 100% ga bajarildi. Shundan 45 km xalqaro
ahamiyatdagi avtomobil yo’llarini qayta qurishga 5.3 mlrd so’m mablag’ sarflandi
va 45 km yo’l to’liq foydalanishga topshirildi. 15 km davlat ahamiyatiga avtomobil
yo’llarini qayta qurish uchun 2.7 mlrd sumlik ish bajarilib, yo’l to’liq ishga
tushurildi. 15,8 km xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo’llarini mukammal
ta’mirlash uchun esa 4,0 mlrd so’m, 35 km xalqaro ahamiyatga molik avtomobil
yo’llarini o’rta ta’minlash uchun 807 mln so’m mabag’ o’zlashtirildi. Davlat
ahamiyatiga 80 km yo’llarni o’rta tamirlash va to’liq foydalanishga, topshirish
ishlariga esa 1,3 mlrd so’m miqdorida mablag’ sarflandi, shuningdek, 2007 yilda
viloyat va mahalliy ahamiyatdagi yo’llarni ta’mirlash ishlariga 920 mln so’m
mablag’ sarflandi1.1
17
Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu-umidlar, armon va iztiroblarini
o’zida mujassam etgan. Inson tabiatining gultoji sifatida hamisha ozodlik va
hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatidan o’zini erkin his qilishiga
tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi
turli davrlarda yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashni
shakllantirishga, mohiyatan o’xshash bo’lgan hurriyatga intilishi hodisalarining
ko’p ko’rgan.
Muhtaram Prezidentimiz Karimov. I. A.aytganlaridek: “O’zbek millati
azaldan o’z fikri, zikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh.
Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, moslashidan,
so’zidan qaytmaydigan farzandlarimizga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo’lgan
tarix sohifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz”1. 2
Turkiston o’zining keyingi bir yarim yillik tarixidan bor -yo’g’i 376 yil hur
mamlakat rugbasida bo’lgan.
Boshqa paytlari bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan.
Mustaqillik bu tinchlik sari qo’yilgan birinchi qadam “ Tinchlik” so’zining
qudrati shundaki, u odamlarning o’zaro munosabatlaridan tortib, mamlakatlararo
munosabatlargacha hamma narsani me’yor- mezonga soladi. Turli kamsitishlar
yoki ortiqcha ta’zim – tavozega chek qo’yadi.
Istiqlol o’zaro hurmat, bir –birini tan olish bir-birini qadrlash asosida
mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o’rtasidagi
aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ana shu umumiy
me’zonlar asosida yashash demakdir.
Mustaqillik – insoniyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z
taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqbol haqida o’ylashdir. Istiqlol erkin dunyoqarashi
erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini u taqozo etadigan
to’siqlar va zo’ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon
18
taraqqiyotining ilg’or tajribalari asosida o’z ravnaqining o’ziga xos tamoyillarining
ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda
o’zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo’lgan umuminsoniy
manfaatlariga xos keladigan andozasi asosida yashash demakdir.
Agar u hamkorlik, o’zaro hamjihatlik mamlakatlararo, davlatlararo va
mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o’z
qobig’ida qolib ketishi, milliy mahrudlik doirasidan chiqa olmasligi mumkin.
Shuning uchun ham istiqlolning ana shu hayotiy tajribasidan o’tgan tamoyillari
hamma vaqt dolzarb bo’lib qolaveradi. Chunki, u doimiy ravishda rivojlanib, o’zo’zini boshqarib takomillashtirib, ong va tafakkurini o’stirib boradigan voqelikdir.
Mustaqillik – tabiatdan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish
mezoni. Ayni paytda u harakatlarining, intilishlar va qobiliyatlarining kuchayishini
taqozo etadigan hodisa.
Totalitar tuzum davrida mamlakat boshqaruv tuzumidan tortib alohida –
alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga dahldor bo’lgan har
qanday katta- kichik masalalarni hal etishni o’z zimmasiga olish uchun
mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bo’lgan edi. U
faqat ishlash huquqiga ega edi xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning
muruvvatiga aylanib qolgan edi. Ertadan kechgacha mehnat qilasan, mehnatingga
yarasha oyligingdan o’lmaslikka yetadigan haqqingni olasan, tamom vasallom. Bu
sobiq ittifoqqa qonun kuchiga kirgan davlat siyosati edi.
Donishmandlar aytganidek, har qanday faollik tamoyillari harakatlar
erkinligiga zamin yaratish, unga suyanishi kerak. Aks holda boqimandalik illatlari
surunkali kasallikka aylanadi.
Demak, har qanday hatti-harakat har qanday intilish o’z-o’zidan
bunyodkorlik, yaratuvchilik ruhi bilan yo’g’rilgan bo’lishi darkor. Ana shunda
erkinlik samarasiz faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi.
Istiqlol tufayli “ Mustaqillik”, “Xurriyat” degan so’zlar butun jozibasi bilan
bizga beqiyos qudratini, buyuk o’zgartiruvchilik mo’jizasini ko’rsata boshladi. U
dunyoqarashlarimizni tubdan o’zgartirib, fikrimiz, tafakkurimizni boyitmoqda.
19
Voqealar rivojini butun mohiyati bilan anglashni, dunyoga kengroq va teranroq
nazar bilan qarashni bu ko’hna olamda sho’ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar
ham borligini boshqacha yashash mumkin ekanligini kommunistik tafakkurdan
bo’lak hayot lazzatini, inson qadru-qimmatini himoya qiladigan g’oyalar ham
mavjudligini ko’rsatib berdi. Zamon istiqlolning buyuk mohiyati, beqiyos qadriyati
ana shunda mustamlakachilikning kishilik tarixidan anduh va kulfatlar yog’dirgan
beqiyos fojeasi.
Mustaqil firklashdek ulkan iqtidordan mahrum etishda mustaqillik ana shu
insoni fojeaning achchiq mazmunini ochib berdi.
Istiqlol bizga o’zligimizni anglatdi. O’zini anglash – olamni anglash, olamni
tushunish – odamni tushunish-demakdirki, hayotning mazmunini idrok etishidir.
Inson o’zining butun mohiyatini insonligini qanchalik chuqur tushunsa,
yasash mazmun mohiyatini ham, shunchalik chuqur anglaydi.
O’zligini anglagan kishi olamning butun rang-baragligi bilan birga hayot
mazmunini, o’zining shunchaki tiriklik va mavjudlik belgisi emas, aksincha
tabiatning betakror mo’jizasi ekanligini shu asosida inson qadru-qimmatini tobora
teranroq anglaydi.
20
Xulosa.
Inson o’zi yashagan joyda o’zining tarixini yaratadi. Tarix faqat buyuk
hazrati insonlarning donishmandligi va qahramonligi emas, ojiz kimsalarning
qo’rqoqligi ham nodonlarning surbetligi ham, ayyorlarning firibgarligi va
soddalarning aldanishlari hamdir. Vatan tarixi har bir insonning, har bir
qishloqning, tumanning, shaharning, viloyatning, korxonaning ham tarixidir.
XX asrning bizga bergan ne’matlaridan biri bi O’zbekistonning milliy
mustaqilligining, istiqlolining qo’lga kiritganligidir.
O’zbekistonimizning ulkan sarhadlaridan biri Qashqadaryodan karvon va
havo yo’llarining o’tkazilganligi bu o’lkaning
milliy geografik, mintaqaviy
xususiyatlarini hisobga olingan holda qurildi, bunyod etildi.
Qashqadaryodan o’tgan Buyuk Ipak yo’lini uchta katta davrga bo’lish
mumkin.
1. Eramizdan oldingi ming yillikning davrida bunyod etilib, chorizmning bu
o’lkaning mustamlakachilik siyosatini o’rnatganligi qadar davri.
2. Chorizmning, sho’rolarning mustamlakachilik davri
va sho’rolarga
qaramlik zamonalari.
3. Mustaqillik davrida Buyuk Ipak yo’lining muhim ahamiyat kasb etish
davri.
Buyuk Ipak yo’li Qashqadaryoda buyuk bobokalonimiz Amir Temur va
temuriylar davrida yangi va taraqqiy qilish davrini o’z boshidan kechirdi. Bu ish
mang’it amirlari davrida ham rivojlantirildi. Bu yerlarga Temir yo’l 1914-1914
yillarda kirib keldi. Avtomobil yo’llari bu yerda amalga oshirila boshlandi. 1990
yillar Buyuk Ipak yo’lining yana qayta tiklanishi va taraqqiyotida muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.
Jahon temir yo’li, avtomobil yo’llari, tarixida yangi tipdagi avtomobil,
poyezd yo’llari qum sahrolaridan o’tkazilishini tajribalardan yana bir marotaba
qayta ko’rildi.
21
Chorizm, sho’rolar davrida Qashqadaryo ularning ulkan xom ashyo bazasini,
yirik savdo-sotiq bozorga arzon ishchi mavjud bo’lgan makonga aylantirilgan edi.
Istiqlol quyoshining balqiganligi, xalqimizning yelkasida uning oftobining
tikkanligi ham rost bo’ldi. Istiqlol tufayli xalqimiz umrbod qullik kishanlarini uzib,
rushnolikka chiqdi. Iqtisodimiz, madaniyatimiz siyosiy hayotimizda o’z qo’limiz
bilan yaratuvchanlik, boshqaruvchilik, paydo bo’ldi. Ma’naviyatimizning nurli
cho’qqilarga intilib borayotgan xalqimizning yorqin yo’li namoyon bo’ldi.
Natijada yangi-yangi karvon yo’llari, ozoda, obod manzilgohlar quyosh
yo’llarida borayotgan karvonlarimizning sarboni I.A.Karimovning buyukligi,
donoligi rahnamoligi muhim istiqbolli ahamiyat kasb etishi davom etdi va davom
etaveradi.
Yaqin kelajakda qurilajak bunyod etilajak, G’uzor – Dehqonobod, BoysunQumqo’rg’on temir yo’li va avtomobil yo’llari bu yo’llarda elektrofikatsiyadan
keng foydalanilishining amalga oshirilishi Buyuk Ipak yo’li bugungi kunda keng
va shon – shuhrat, sharaf, ishiga aylanganligidan dalolatdir.
Kelajak istiqbolimizning bugungi kunlarda ham Qashqadaryo Amir
Temurdek buyuk zotni I.A.Karimovdek mamlakat Prezidentining yetishtirib
bergan o’lka Buyuk Ipak yo’lining muhim chorrahalaridan biri bo’lib qolaveradi.
Qashqadaryoliklar
insoniyatning
yagona
ham
Karimov.
oilada
oson
I.
A.aytganidek:
bo’lmagan
ammo
“O’zbek
xalqi,
buyuk
kelajak
kutayotganligiga ishonchim komil”1.
Xullas, Qashqadryo avtoyo’llari qurilishi tarixi va istiqlol tarixini o’rganish
quyidagi taklif va mulohazalarni bayon etish imkonini berdi:
- Qashqadryo avtoyo’llar qurilish tarixi vujudga kelish jarayonida qadimgi
yo’llar tarixini o’rganib, unda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklardan to’g’ri
xulosalar chiqarish:
- Qashqadaryo avtoyo’llar qurilishi tarixining sovet davridagi ahvolini
o’rganib, hozirgi davrdagi avtoyo’l qurilish tashkilotining
takomillashtirish.
22
faoliyatini yanada
- Istiqlol yo’llarida Qashqadaryo avtoyo’llari tuzilmalarida olib borilayotgan
iqtisodiy islohotlarni olib borilishi jarayonida nazoratni kuchaytirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.James D.Halderman. AUTOMOTIVE TECHNOLOGY. Principles, Diagnosis,
and
Servise. FOURTH EDITION. Copyright © 2012,2009,2003,1999 Pearson
Education, Inc., publishing as Pearson Education, 1 Lake Street, Upper Saddle
River, New Jersey 07458.
2.Avtomobillar texnik ekspluatasiyasi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta
maxsus ta’Iim vazirligi avtotransport oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik
sifatida tavsiya etgan. Prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, Toshkent
“VORISNASHRIYOT”, 2008. - 560 b.
3.Hamraqulov O., Magdiyev Sh. Avtomobillaming texnik ekspluatatsiyasi.
Toshkent, 2005 yil.
4.Avtotransport vositalari servisi. Servis korxonalarini texnologik jihozlash.
M.A.Ikromov va boshqalar. Toshkent: TAYI, “Rizayev X. XK” 2014. -160 b.
5.Ta’lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining qonuni 23.09.2020 y. №
O’RQ-637.
6.Sidiqnazarov Q.M., Qodirshoev T., Magdiev SH.P. Avtomobillar servisi
axborotnomasi. Toshken t.: “Voris-Nashriyot”, 2011. -496 b.
23
Download