O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ОLIY VА O’RTA МАХSUS ТА’LIM VAZIRLIGI ТОSHKENT KIMYO-ТЕХNOLOGIYA INSTITUTI Menejment va kasb ta'limi fakulteti “Каsb ta’limi” kafedrasi ТUSHUNTIRISH - IZOH YOZUVI Bitiruv ishi mavzusi “Umumiy va noorganik kimyo” fanini o’qitish metodikasi Каfedra mudiri:__________________ dots.Каngliyev Sh.Т. (imzo) (sanа) Bitiruv ishi raxbari __________________ (imzo) (sana) Техnologik qism __________________ (imzo) Pedagogik qism __________________ (imzo) Bitiruv ishini bajaruvchi: (sana) (sana) __________________ (imzo) (sana) Тоshkent – 2015 (familya, ismi, sharfi) dots. Xabibullayev R.A. (familya, ismi, sharifi) __________________ (familya, ismi, sharifi) dots. Xabibullayev R.A. (familya, ismi, sharifi) Aminova Sh.U. (familya, ismi, sharifi) O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VА O’RTA МАХSUS ТА’LIM VAZIRLIGI ТОSHKENT KIMYO-ТЕХNOLOGIYA INSTITUTI Menejment va kasb ta'limi fakulteti “Каsb та’limi” каfedrasi «ТАSDIQLAYMAN» Каsb ta’limi kafedrasi mudiri: dots. Каngliyev Sh.Т. _______ « » маy 2015 y. МАLAKAVIY BITIRUV ISHI BO’YICHA ТОPSHIRIQ Таlaba: Aminova Shohida Ulug’bekovna Bitiruv ishi mavzusi: “Umumiy va noorganik kimyo” fanini o’qitish metodikasi. Institut rektorining / - sonli yil buyrug’i asosida tasdiqlangan. 2. Маlakaviy bitiruv ishini topshirish muddati: " " iyun 2015 yil 3. Маlakaviy bitiruv ishiga doir ko’rsatmalar Fanning ishchi o'quv dasturi asosida 3 ta mavzuni to'liq ochib berish, o'quv maqsadlarini ishlab chiqish, qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalar bo'yicha ma'lumotlar keltirish, texnologik xaritalarni ishlab chiqish va reyting baholash tizimini ishlab chiqish. 4. Хisoblash tushuntirish yozuvlarining tarkibi (ishlab chiqiladigan masalalar ro’yxati): 1. Кirish. 2. Муtaxassislik fanini o’qitishning maqsad va vazifalari. 3 Мutaxassislik fanining mazmun mohiyati 3 ta asosiy mavzu bo’yicha. 4. O’qitish texnologiyasining nazariy asoslari. 5. Мutaхаssislik fani bo’yicha o’quv maqsadlarini ishlab chiqish. 6. Fan doirasida o’tiladigan bitta asosiy mashg’ulotning texnologik хаritasi. 7. Мutaxassislik fanini o’qitish metodikasi. 8. Мutaхаssislik fanidan talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholash 9. Хulosa. 10. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 11. Ilovalar. 5. Grafik ishlari ro’yxati: (slayd tarzidagi ko’rgazmali materiallar nomi aniq ko’rsatiladi) 1. Маxsus fanlar to’g’risida ma’lumotlar. 2. O’quv maqsadlarini belgilash. 3. Dars o’tishning texnologik xaritasi. 4. Yaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ishlanmalar. 6. Маlаkаviy bitiruv ishini bajarish rejasi № 1 2 Маlаkaviy bitiruv ishini bajarish bosqichlari Техnologik qism Pedagogik qism Тоpshiriq berilgan sana Маslaxatchining F.I.О. Bajarilganligi haqida imzo dots. Abduraximov A.A. dots. Xabibullayev R.A. “ Маlakaviy bitiruv ishini raxbari Тоpshiriqni bajarishga oldim Bajarish muddati ” may 2015 y. ___________________ Imzo Xabibullayev .R.A. F.I.О. ______________ imzo “ Imzo ” may 2015 y______. Mundarija 1. Kirish .................................................................................................................... 6 2. "Umumiy va noorganik kimyo" fanini o'qitishning maqsad va vazifalari ... 8 2.1. "Umumiy va noorganik kimyo" fanining maqsadi ........................................ 8 2.2. "Umumiy va noorganik kimyo" fanining vazifalari ...................................... 8 2.3. "Umumiy va noorganik kimyo" fanini o'zlashtirgan talabaning bilimi, ko'nikmasi va malakalariga qo'yiladigan talablar ................................................. 8 2.4. "Umumiy va noorganik kimyo" fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi va aloqasi.................................................................................................................... 9 2.5. "Umumiy va noorganik kimyo" fanini o'qitishdagi mashg'ulot turlari, ularning mavzulari va ajratilgan soatlar ................................................................ 9 2.6. "Umumiy va noorganik kimyo" fanini o'qitishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish .............................................................. 15 3. "Umumiy va noorganik kimyo" fanining mazmun-mohiyati ...................... 15 3.1. "Termodinamika asoslari va termokimyo" mavzusi bo'yicha ma'ruza matni ............................................................................................................................. 15 3.2. "Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati" mavzusi bo'yicha ma'ruza matni ........................................................................................ 25 3.3. "Noorganik kimyo va ekologiya" mavzusi bo'yicha ma'ruza matni ............ 32 4. O'qitish texnologiyasining nazariy asoslari .................................................... 45 4.1. "Tushunchalar tahlili" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi. .......... 47 4.2. "Rezyume texnologiyasi" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi. ..... 48 4.3. "Muammo texnologiyasi" usulining mazmun-mohiyati va ......................... 49 4.4. "Sinkveyn" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi ............................ 51 4.5. "FSMU texnologiyasi" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi. ......... 51 4.6. "Aqliy xujum" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi ....................... 52 4.7. "BBB" (bilaman, bilishni istayman, bilib oldim) usulining mazmunmohiyati va qo'llanilishi ...................................................................................... 53 4.8. "Ssenariy" texnologiyasi usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi ....... 53 4.9. "SAN texnologiyasi" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi ............ 54 4.10. "Klasterli tahlil" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi .................. 55 5. "Umumiy va noorganik kimyo" fani bo'yicha o'quv maqsadlarini ishlab chiqish ..................................................................................................................... 55 5.1. "Bilish" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari ......................................... 55 5.2. "Tushunish" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari .................................. 56 5.3. "Amalda qo'llash" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari ......................... 56 5.4. "Analiz" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari ........................................ 56 5.5. "Sintez" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari ......................................... 56 5.6. "Baholash" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari .................................... 56 6. Mavzular bo’yicha texnologik xaritalar tuzish .............................................. 58 6.1. "Termodinamika asoslari va termokimyo" mavzusi bo'yicha ma'ruza darsining texnologik xaritasi ............................................................................... 58 4 6.2. "Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati" mavzusi bo'yicha ma'ruza darsining texnologik xaritasi ................................................... 59 6.3. “Noorganik kimyo va ekologiya” mavzusi bo’yicha ma'ruza darsining texnologik xaritasi ............................................................................................... 60 7. “Umumiy va noorganik kimyo” fanini o’qitish metodikasi. ......................... 61 7.1. “Termodinamika asoslari va termokimyo” mavzusi bo’yicha o'qitish metodikasi ........................................................................................................... 61 7.2. “Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati” mavzusi bo’yicha o'qitish metodikasi................................................................................ 69 "Muammo texnologiyasi" usuli........................................................................... 71 "Muammo texnologiyasi" usuli........................................................................... 72 7.3. “Noorganik kimyo va ekologiya” mavzusi bo’yicha o'qitish metodikasi ... 76 8. “Umumiy va noorganik kimyo fanidan talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholash........................................................................................... 84 9. Xulosalar ............................................................................................................ 87 10. Adabiyotlar ro’yxati ........................................................................................ 89 11. Ilovalar ............................................................................................................. 91 5 1. Kirish O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risidagi Qonuni” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishni huquqiy asoslari belgilab berilgan. Respublikamizda ta'lim isloxotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan xozirgi davrda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan va islohotning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, oliy ta'lim muassasalari talabalarida muayyan o'quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish, kerakli ma'lumotlarni izlab topish va tahlil qilishga o'rgatish hamda shu asosda ma'suliyatli yechimlar qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish vazifa qilib qo'yilgan [1-4]. Davlatimiz tomonidan ta'lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ta'lim standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablar, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlarining moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga katta e'tibor berib kelinmoqda. O'tgan 2014 yili 28 ta yangi kasb-hunar kolleji qurildi, 381 ta umumiy ta'lim maktabi, oliy o'quv yurtlari tizimidagi 45 ta ob'ekt, 131 ta kasb-hunar kolleji va litseylar rekonstruktsiya qilindi va kapital ta'mirlandi. Shuningdek, 55 ta bolalar musiqa va san'at maktabi, 112 ta bolalar sporti ob'ekti va 4 ta suzish xavzasi foydalanishga topshirilib, ularning barchasi zarur uskuna va inventarlar bilan jihozlandi. Prezidentimiz har doim ma'ruzalarida yoshlarga yetuk shaxs sifatida qarash kerakligini, ular bilim olishning qaysi usulini tanlashga aqli yetishini, talabada qiziqish uyg'otmasdan bilim va ko'nikmalarni shakllantirib bo'lmasligini, professor-o'qituvchilarning asosiy vazifasi talabalarning muayyan bilimga qiziqishlarini oshirish, bilimlarni o'zlashtirishlari uchun zarur barcha shartsharoitlarni yaratib berish ekanligini ta'kidlab o'tadilar. Ta'limning bugungi vazifasi kun sayin oshib borayotgan axborot-ta'lim muhiti sharoitida bilim oluvchilarga axborotlar oqimidan samarali foydalainshni o'rgatish va ularga mustaqil ishlash imkoniyatini yaratib berishdir. Bu haqda Prezident I.A.Karimovning “Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O'zining qadr-o'immatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo'lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo'lamiz” degan so'zlridan ta'lim tizimining istiqboli ko'z oldimizda yaqqol namoyon bo'ladi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining ikkinchi bosqichidan boshlab ta'lim tizimiga pedagogik texnologiyalar va interfaol ta'lim usullari jadal sur'atlar bilan tadbiq qilina boshlandi. O'tgan davr ichida, ta'limda o'zimizga xos milliy komponentlar paydo bo'ldi, ta'lim va tarbiyaning uzviyligiga ko'proq e'tibor qaratildi, ularga milliy qadriyatlarimiz singdirildi [2-4]. Hozirgi kunda interfaol ta'lim usullari soni juda ko'payib ketdi. Ular talabalarni (o'quvchilarni) mustaqil faoliyat yuritishga, o'zlarida kasbiy 6 ko'nikmalarni shakllantirishga, ta'lim muhitini yanada boyitishga, ta'limga demokratik tamoyillarni joriy qilishga qaratilgan. Lekin, bu ijobiy omillar o'quv jarayonining boshqa omillari (dars vaqtining chegaralanganligi, dasturiy materiali o'zlashirish zarurligi, o'qituvchining darsga tayyorlanishi uchun amalda ko'p vaqt va mehnat sarflanishi, o'qitilayotgan fanlar sonining ko'pligi) bilan muvofiqlashtirilishi zarur, bu katta muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, oliy ta'lim tizimida so'nggi yillarda haftalik auditoriya soatlarining deyarli chorak qismi qisqartirilishi natijasida interfaol ta'lim usullarini qo'llash uchun zarur bo'ladigan auditoriyadagi vaqt zahirasi ancha kamayib ketdi. Interfaol ta'lim usullarini qo'llashda fan o'qituvchilari ularning g'oyaviy tomonlariga jiddiy e'tibor qaratishlari zarur, chunki ular orasida yot g'oyalar singdirilganlari ko'plab uchraydi. Fan o'qituvchisi interfaol ta'lim usullarini chuqur tahlil qilishi, uni auditoriyada qo'llashni rejalashtirishi, mavzuga mos samarali usulni tanlashi, erishiladigan bilim, malaka va ko'nikmalarni aniq rejalashtirishi va sub'ektiv faktorlarni ham inobatga olishi zarur bo'ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib bo'lg'usi fan o'qituvchilarini tayyorlashda malakaviy bitiruv ishlari joriy qilingan. Mazkur bitiruv malakaviy ishlarining maqsadi – bitituvchilarning mustaqil ishlash ko'nikmalarini orttirish, fan materiallarni zamonaviy talablar asosida qayta ishlash usullarini o'rganish, kasbhunar kollejlarida orttitilgan dars o'tish ko'nikmalarini nazariy jihatdan yanada mustahkamlashdir. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari – fanning mazmun-mohiyatini ochib berish, fanga mos o'qitish texnologiyalarini tanlash, fan bo'yicha o'quv maqsadlarini ishlab chiqish, darslarning pedagigik ssenariylarini ishlab chiqishdir. Mazkur bitiruv malakaviy ishida "Umumiy va noorganik kimyo" fani bo'yicha uchta mavzuni o'qitish metodikalari ochib berildi. Fan bo'yicha ma'ruza materiallari qayta ishlandi, interfaol ta'lim usullarini qo'llash bo'yicha variantlar ishlab chiqildi, fan bo'yicha ta'lim natijalari rejalashtirildi, talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash meznolari ishlab chiqildi. 7 2. "Umumiy va noorganik kimyo" fanini o'qitishning maqsad va vazifalari 2.1. "Umumiy va noorganik kimyo" fanining maqsadi “Umumiy va noorganik kimyo” fanining о‘qitishdan maqsad – talabalarga kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari, atom tuzilishi, kimyoviy bog‘lanish, termokimyo, kimyoviy kinetika va muvozanat, noelektrolit va elektrolit eritmalar, eritmalarni konsentratsiyalarni ifodalash oksidlanish qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish elektrokimyoviy jarayonlarini amalga oshirish, kompleks birikmalar, ularning nomenklaturasi va tuzilishi s, p, d, f elementlarining tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik kimyoviy xossalarini sistematik ravishda о‘rganish haqidagi fundamental bilimlarni berishdir. 2.2. "Umumiy va noorganik kimyo" fanining vazifalari "Umumiy va noorganik kimyo" fanining vazifalari – tabiatda ro’y beruvchi jarayonlar, atmosfera va koinotdagi o’zgarishlar, turli minerallarning hosil bo’lishi, bulardan kimyoviy xomashyo sifatida foydalanish hamda sintezda qo’llanishini o’rganish umumiy kimyo zimmasiga yuklanadi. Fanning nazariy masala va muammolari, qonun-qoidalari, gipotezalar, boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi va boshqalar tahlil qilinadi. Ko’p yillar davomida kimyoning rivojlanish tarixi,ilmiy va amaliy yutuqlari, muammolari, kelajakda hal qilinishi lozim bo’lgan texnologik yechim asoslari bilan bo’lajak bakalavrlarni tanishtirish, ularda bu ishlarga qiziqish uyg’otish hamda dastlabki ijodiy kurtaklarni o’stirish fanning asosiy vazifasi hisoblanadi. 2.3. "Umumiy va noorganik kimyo" fanini o'zlashtirgan talabaning bilimi, ko'nikmasi va malakalariga qo'yiladigan talablar Fanni о‘zlashtirish natijasida talaba: - Kimyoning asosiy stexometrik qonunlarini bilib olishi kerak; - Oddiy va murakkab moddalar, allotropiya, izomeriya tushinchalariga ega bо‘lishi zarur; - Atom tuzilish nazariyalari asosida elementlarni xarakterlay olishi kerak; - Kimyoviy bog‘lanishlar tushunchalari asosida molekulalarni va moddalarni hosil bо‘lishini tushuntirib bera olishi zarur; - Termokimyoviy jarayonlar asosida reaksiyalarning issiqlik effektlarini aniqlay olishi kerak; - Kimyoviy reaksiyalarni tezligi va unga ta’sir etuvchi omillarni tushuntirib bera olishi zarur; - Noelektrolit va elektrolit eritmalar xossalarni izohlab bera olishi shart; 8 - Turli xil konsetratsiyali eritmalarni amalda tayyorlab bera olishi zarur; - Oksidalanish - qaytarilish reaksiya tenglamalirini tuza olishi kerak; - Kompleks birikmalar, ularni sinflarini, nomenklaturasini, tuzilishini, xossalari tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lishi kerak; - s, p, d, f elementlarini tabiatda uchraydigan birikmalari, olinish usullari, fizik-kimyoviy xossalari, xosil qilgan asosiy birikmalari va ularni xalq xо‘jaligidagi ahamiyati kabi ma’lumotlarga ega bо‘lishi zarur; - Olgan nazariy bilimlarini texnologik jarayonlarga qо‘llash imkoniyatiga ega bо‘lishi kerak; - Kimyoning atrof muhitni muhofaza qilish, ekologiya muamollari va ularning bartaraf qilish usullari tо‘g‘risida aniq fikrga ega bо‘lishi zarur. 2.4. "Umumiy va noorganik kimyo" fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi va aloqasi "Umumiy va noorganik kimyo" fanining kursi ma’lum fizik, kimyoviy, matematik nazariyalarga asoslanadi. Shuning uchun mazkur fanni о‘zlashtirishda oliy matematika, fizika, analitik va organik kimyo, fizik va kolloid kimyo fanlari bilan xamkorlikda о‘rganish katta ahamiyatga ega. Shu bois xam mazkur fanning nazariy, qolaversa amaliy qismlarini puxta о‘rganish eng muxim vazifalardan iborat. Fundamental fanlarni chuqur о‘zlashtirib olgan talaba yukori kurslarda о‘z iqtisosligi fanlariga tо‘la va ijodiy qaraydi, fikr doirasini keng qamrovli hamda izlanuvchan bо‘lishiga olib keladi. 2.5. "Umumiy va noorganik kimyo" fanini o'qitishdagi mashg'ulot turlari, ularning mavzulari va ajratilgan soatlar (1-semestr uchun) T/r 1. 2. 3. Fanning bо‘limi va mavzusi, ma’ruza mazmuni Jami Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblar bо‘yicha umumiy kо‘rsatmalar va texnika xavfsizlik qoidalari. I- qism. Umumiy kimyo. Kirish. Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari. Kimyoviy tushunchalar, birikmalarning va asosiy sinflari Kimyoviy elementlar va oddiy 9 2 8 2 Soatlar Amaliy Labora Ma’ruza mashg’ toriya ulotlar mashg’ ulotlari 2 4 2 2 2 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10. 11. 12. 13. 14. 15. 16. 17. 18. 19. 20. moddalar. Noorganik birikmalarning xozirgi zamon nomenklaturasi. Atom va mol massani aniklash usullari. Kimyoviy ekvivalent, moddalar massasining saqlanish, karrali va hajmiy nisbatlar qonunlari. Atom tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar. Kvant mexanikasi. D. I. Mendeleyevning davriy qonuni elementlar sistemasi. Kimyoviy bog‘lanish va molekulalarning tuzilishi. Ion bog‘lanish Termodinamika asoslari va termokimyo Kimyoviy kinetika Kimyoviy muvozanat Eritmalarning umumiy xossalari Elektrolitik dissotsiyalanish,pH, gidroliz jarayonlari Oksidlanish-kaytarilish jarayonlari. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Metallarning umumiy xossalari. Metallarning elektrod potensiali va unga ta’sir etuvchi omillar. Elektroliz jarayonlari. Metallarning korroziyasi. Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy boglanish tabiati. II- qism. Noorganik kimyo.Selementlar kimyosi. Davriy sistemaning birinchi asosiy guruhcha elementlarining umumiy xarakteristikasi. Davriy sistemaning ikkinchi asosiy guruxchasi elementlarining umumiy xarakteristikasi. Suvning qattiqligi. p – elementlar kimyosi. Davriy sistemaning uchinchi asosiy guruxcha elementlarining umumiy xarakteristikasi. Davriy sistemaning tо‘rtinchi asosiy 10 4 2 2 6 2 4 2 2 2 2 6 2 2 2 4 5 8 8 1 1 4 4 2 2 2 2 1 2 2 2 8 4 2 2 4 4 8 4 2 2 6 2 2 2 6 4 1 1 6 4 1 1 8 4 2 2 8 4 2 2 26. guruhcha elementlarining umumiy xarakteristikasi. Kremniy Davriy sistemaning beshinchi asosiy guruxcha elementlarining umumiy xarakteristikasi. Azot va uning birikmalari. Fosfor va uning xossalari. О‘g‘itlar. Mishyak guruxchasi. Davriy sistemaning oltinchi asosiy guruxcha elementlarining umumiy xaraktiristikasi. Kislorod va uning birikmalari. Oltingugurt va uning xossalari. Selen guruxchasi. Davriy sistemaning yettinchi asosiy guruxcha elementlarining umumiy xaraktiristikasi. d- elementlar kimyosi. Xrom guruhchasi elementlari Marganets guruhchasi elementlari.. Temir va platina oilasi elementlari. 27. Mis va Ruh guruhchasi elementlari. 2 2 28. Noorganik kimyo va ekologiya. 2 2 Jami 144 72 21. 22. 23. 24. 25. 4 2 2 2 2 7 2 4 7 2 4 6 4 2 2 2 36 1 2 36 Amaliy mashg‘ulotlarning mavzulari № 1 2 3 5 6 Amaliy mashg‘ulotlari mavzusi Kimyoviy elementlar va oddiy moddalar. Noorganik birikmalarning hozirgi zamon nomenklaturasi. Atom va mol massani aniqlash usullari. Kimyoviy ekvivalent, moddalar massasining saqlanish, karali va xajmiy nisbatlar qonunlari. Atom tuzilish nazariyalari.Kvant mexanikasi. Davriy sistema strukturasi, element xossalarining guruxlar bo‘yicha va davriy o‘zgarishi.Element birikmalarining gidratlanishga intilishi. Kimyoviy bog‘lanish energiyasi, tartibi, burchagi, uzunligi va soni. Kovalent bog‘lanishning o‘ziga xos xususiyati. Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti. Ekzotermik va endotermik reaksiyalar. Moddalarning xosil bo‘lish issiqligi. Massalar ta’siri qonuni. Reaksiyaning tezlik doimiysi. Le-SHatele prinsipi. 11 Soat 4 2 4 2 3 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 Dispers sistemalar. Eritmalarning protsent, molyar, molyal va normal konsentratsiyalari bo‘yicha xisoblashlar. Titrlash qoidasi Raul va VantGoff qonunlari. Noelektrolitlarning eritmalari. Elektrolitlarning standart xolatlari. Dissatsiyalanish darajasi va konstantasini amaliyotdagi roli Suvning gidroliz jarayonidagi roli. Eritmalar muxiti pH ni aniqlash. Atom, ion va molekulalarning elektron uzatish va qabul qilish jarayonlari. Elektron va ion elektron balans usullari. Metallarning umumiy xossalari va korroziya, elektroliz jarayonlari. Kordinatsion birikmalardagi kimyoviy bog’larning o’zida xosligi, beqarorlik konstantasi fizik moxiyati. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari birikmalarining xalq xо‘jaligidagi roli va axamiyati. Alyumotermiya jarayoni. Alyuminiy tabiatda tarkalishi va uning birikmalari. Bor birikmalari turlari va sanoatda ishlatilishi. Davriy sistemaning tо‘rtinchi asosiy guruhcha elementlarining umumiy xarakteristikasi. Davriy sistemaning beshinchi asosiy guruxcha elementlarining umumiy xarakteristikasi. Azot va uning birikmalari. Fosfor va uning xossalari. О‘g‘itlar. Mishyak guruxchasi Davriy sistemaning oltinchi asosiy guruxcha elementlarining umumiy xaraktiristikasi. Oltingugurt guruhchasi elementlari va ularning xossalari. 7-gurux elementlari. Ftor, xlor, brom va yod birikmalariningsanoat va xalq xо‘jaligidagi axamiyati. Jami 2 2 4 2 2 2 2 2 1 2 36 Laboratoriya mashg‘ulotlarining mavzusi № 1 2 3 4 5 Labaratoriya mashg‘ulotlari mavzusi Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblar bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar va texnika xavfsizlik qoidalari. Kimyoviy moddalarninig asosiy sinflari, ularning kimyoviy xossalari va ularning ekvivalent massalarini aniqlash usuli. Neytrallanish, erish va birikish reaksiyalarining issiqlik effektini aniqlash. Kimeviy reaksiya tezligini konsentratsiyaga, temperaturaga bog‘liqligini aniqlash. Kimyoviy muvozanatni siljitish omilari. Eritmalar tayyorlash, ularni protsent, molyar, normal, 12 Soat 2 2 2 4 2 6 7 8 9 10 11 12 13 14 konsentratsiyalarini aniqlash. Elektrolitik dissotsiatsiya. Kationlararo. Anionlararo, kation-anion va birgalikdagi gidroliz jarayonlardagi va eritmalarning muxitini pH ni aniqlash. Ichki molekulyar, disproporsiyalanish oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari va ularning muxit pH ga bog‘liqligi. Kompleks birikmalar. Ishqoriy va ishqoriy-er metallari Bor va alyuminiy, ularning birikmalarini xosil kilish va xossalarini o‘rganish. Uglerod va kremniy, ularning birikmalarini xosil kilish va xossalarini o‘rganish. Davriy sistemaning oltinchi asosiy guruxchaelementlari. Davriy sistemaning 7-gurux elementlari. Ftor, xlor, brom va yod birikmalariningsanoat va xalq xo‘jaligidagi axamiyati. d-elementlarining kimyoviy xossarini o‘rganish. Xromatlar, bixromatlar. Bularning xalq xo‘jaligida qo‘llanilishi va axamiyati. Manganit, manganat va permanganatlar. Bularning xalq xo‘jaligida qo‘llanilishi va axamiyati. Jami 2 4 2 2 2 2 4 4 2 36 Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Talabalarning ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotiga tayyorlanib kelishi va о‘tilgan materiallarni mustaqil о‘zlashtirishlari uchun kafedra о‘qituvchilari tomomnidan ma’ruza matnlari ishlab chiqilgan, xar bir talabaga ushbu materiallardan foydalanish tavsiya etiladi. Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday izlashtirganligi joriy va oraliq baxolashlarda о‘z aksini topadi. Shu sababli reyting tizimida mustaqil ishlarga alohida ballar atilmaydi, ular JB, OB lar tarkibiga kiritilgan. Mustaqil ish uchun fan bо‘yicha 62 soat ajratilgan. Ushbu soatlar taxminan quyidagi tartibda taqsimlanadi: - ma’ruza konspektini о‘qib tayyorlanish – 30 soat. - laboratoriya mashg‘ulotlariga, kollokviumga tayyorgarlik kо‘rish, hisobotni tayyorlash –20 soat. - referatlar yozish – 12 soat Laboratoriya ishlariga talabalar mustaqil holda asosiy darslik, ma’ruza materiallari va laboratoriya ishlari uchun belgilangan qо‘llanmalardan foydalanib, tayyorgarlik kо‘rishlari lozim. 13 Qoldirilgan darslarni topshirish uchun talaba dars materialini tayyorlab kelishi va о‘qituvchining og‘zaki suhbatidan о‘tishi zarur. Qoldirilgan OB lar belgilangan tartib bо‘yicha qayta topshiriladi. Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi № 1. 2. 3. 4. 5. Ishchi о‘quv dasturining bо‘lim va mavzulari Kimyo fanining sanoat va xalq xо‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati Kimyo fanini rivojlantirishda о‘z xissalarini qо‘shgan О‘zbekiston Respublikasi Olimlari tо‘g‘risida ma’lumotlar D.I.Mendeleyev elementlar davriy sistemasi atom tuzilishi nazariyalari bilan bog‘liqligi Kimyoviy bog‘lanish xosil bо‘lishi Eritmalar xossalarini nazariy asoslari 6. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining nazariy asoslari 7. Yо‘nalishlar bo'yicha mutaxassislik ishlab chiqarish sanoatining istiqbollari Kimyo fanining atrof muxitni ximoya qilishdagi va ekologiya muammolarini xal qilishdagi roli Jami: 8. Topshiriq va Bajarilish Hajmi tavsiyalar muddatlari (soatda) Kimyo fanining 1-2 haftalar 8 axamiyatini tо‘liq taxlil qilish Mavzuni tо‘liq taxsil 3-6 haftalar 8 qilish va referat yozish Davriy sistemani atom tuzilishi nazariyalari bilan bog‘liqligini taxlil qilish va referat yozish Mavzuga oid misollar ishlash mavzuga oid nazariyalarni taxlil qilish, misol va masalalar yechish mavzuga oid nazariyalarni taxlil qilish, misol va masalalar yechish mavzuga oid ma’lumotlarga ega bо‘lish va referat yozish mavzuga oid ma’lumotlarga ega bо‘lish va referat yozish 2-4 haftalar 8 7-9 haftalar 8 9-12 haftalar 8 13-14 haftalar 8 15-16 haftalar 6 17-18 haftalar 8 62 14 2.6. "Umumiy va noorganik kimyo" fanini o'qitishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish Talabalarga “Umumiy va noorganik kimyo” fanini о‘qitishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qо‘llab, bilim saviyasini oshirish va shu orqali “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga javob beradigan ilmiy saloxiyatli yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash amaliyoti asosiy maqsad qilib begilangan. Ma’ruzalarni multimedia texnologiyalari orqali о‘qitish, internet ma’lumotlaridan samarali foydalanish, shuningdek talabalarni elektron darsliklardan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish, hamda talabalarning axborot-kommunikatsion savodxonligini oshirishga kо‘nikma berish, zamonaviy pedagogik texnologiya usullarini qо‘llash, jumladan talabalar bilimini nazorat qilishda reyting usulini qо‘llash ijobiy natijalarga olib kelayotganini nazarda tutib ish yuritish foydadan xoli emas. 3. "Umumiy va noorganik kimyo" fanining mazmun-mohiyati 3.1. "Termodinamika asoslari va termokimyo" mavzusi bo'yicha ma'ruza matni Reja: 1. Kimyoviy termodinamika asoslari 2. Yonish reaksiyasining issiqlik effekti 3. Turli jarayonlarda entropiyaning o'zgarishi 1. Kimyoviy termodinamika asoslari Termodinamika issiqlik energiyasi bilan boshqa xil energiyalar orasida bo’ladigan munosabatlar haqidagi ta’limotdir. Termodinamika so’zi grekcha terme-issiqlik va dinamis-kuch so’zlaridan olingan bo’lib, uning ma’nosi issiqlik bilan bog’liq bo’lgan kuchlar to’g’risidagi fanni anglatadi. Uning vazifasi turli sistemalarning xossalari va ularda bo’layotgan jarayonlarni o’rganishdan iborat. Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamikaning bir qismi bo’lib, termodinamika qonun va qoidalarini kimyoviy jarayonlarda qo’llanishini tekshiradi. Shunga ko’ra, umumiy termodinamikaning ba’zi qoida, tushuncha va nomlanishlarini qisqacha eslatib o’tamiz. Termodinamika uch bo’limdan iborat bo’lib, birinchi bo’lim qonunni boshqa bo’limning qonunidan keltirib chiqarib bo’lmaydi. Shunga ko’ra, har qaysi bo’lim alohida qonun deb ataladi. Shunday qilib, termodinamika uchta: birinchi, ikkinchi va uchunchi qonunlardan iborat. Har qaysi qonunning oziga xos postulati bo’lganligidan ba’zan bu bo’limlar to’g’ridan-to’g’ri 1, 2, 3 - postulatlar deb ham ataladi. 15 Birinchi qonun 1842-yilda R.Meyer tomonidan, ikkinchi qonun birinchidan oldin 1824-yilda S.Karno va uchunchi qonun esa 1912-yilda Nernst tomonidan kashf etilgan va ta’riflangan. Tabiatda ko’p uchraydigan erish, sovish, isish, oksidlanish-qaytarilish, kristallanish, kondensatlanish, galvanik jarayonlarning termodinamika qonunlari asosida talqin qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Umumiy termodinamikani o’rganishdan avval shu bo’limda keng qo’llaniladigan sistema deb ataluvchi tushuncha bilan tanishamiz. Tashqi muhitdan amalda yoki fikran ajratib olingan va bir-biriga ta’sir etib turadigan moddalar yoki jismlar guruppasi sistema deb ataladi. Biror asbobda, chunonchi kolbada, probirkada, sovutgich mashinalarida, rektifikatsion kolonkalarda, atom reaktorlarida bo’layotgan turli kimyoviy hamda fizikaviy, jarayonlar o’ziga xos mustaqil hususiyatlari majmuasi shu sistemaning holati deb ataladi. Bu hossalardan birortasining o’zgarishi boshqalarining ham o’zgarishiga sabab bo’ladi, chunki ular o’zaro turli qonunlar asosida bog’langan bo’ladi. Termodinamika moddalarning xossalarini energetik jihatdan tavsiflaydi. Uning birinchi qonunu energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuning xususiy ko’rinishi bo’lib, energiya xillari orasida sifat va miqdoriy munosabatlarning borligini ko’rsatadi. Termodinamikaning birinchi qonunuga muvofiq, alohida olingan sistemada energiyaning umumiy miqdori o’zgarmaydi,energiya yo’qolib ketmaydi va yo’qdan bor bo’lmaydi. Bu qonunni R.Meyerdan oldin birinchi marta 1748-yilda M.V.Lomonosov bayon etgan edi. XIX asrning o’rtalarida mexanik ishga aylanishi ustida olib borilgan juda aniq tajribalar va ularning natijalari hamda undan keyingi tekshirishlar mexanik energiyani issiqlikka aylanishi mumkinligini ko’rsatadi. 1847-yilda Gelmogels “energiyaning saqlanish prinsipi”ni umumiy tarzda quyidagicha ta’rifladi: alohida olingan sistemaning umumiy energiyasi o’zgarmas qiymatga ega bo’ladi. U yo’qdan bor bo’lmaydi va yo’qolib ham ketmaydi. Termodinamikaning bu qonuniga binoan, yo’qdan energiya olib abadiy ishlaydigan mashina qurib bo’lmaydi. Shu vaqtgacha termodinamikaning birinchi qonuniga zid keladigan birorta ham misol uchramagan. Energiya yo’qolmaydi va yo’qdan bor bo’lmaydi. Agar biror jarayon davomida energiyaning br turi yo’qolsa, uning o’rniga ekvivalent miqdorda bir turi paydo bo’ladi. Bu qonunning matematik ifodasi quyidagicha ifodalanadi. ∆U = Q - P∆V Bunda: ∆U – sistemaning ichki energiyasi, Q – sistemaga berilgan issiqlik miqdori, P –sistemaning bosimi. V – sistema hajmining o’zgarishi, P ∙ ∆V = A bo’lganligi uchun, ∆U = Q - A ko’rinishida yozish ham mumkin. Har qanday jism ma’lum energiya miqdoriga egadir. Jismda bo’lgan barcha energiya jismning umumiy energiyasi deyiladi. Jismning umumiy energiyasi kimyoviy termodinamikada sistemaning ichki energiyasi deb ataladi. Sistemaning ichki energiyasi undagi molekulalarning o’zaro tortilish va itarilish, ilgarilanma va aylanma harakat, molekula ichida atom va atomlar guruppasi tebranish, atomlarda elektronlarning aylanish, atom yadrosida bo’lgan va hakazo energiyalar yig’indisiga teng. Ichki energiya sistema holatini bildiradi. Sistemaning ichki 16 energiyasi moddalarning xiliga, ularning miqdoriga, bosim, temperatura va hajmiga bog’liq. Jismdagi ichki energiyaning mutloq miqdorini o’lchab bo’lmaydi masalan, biz kislorod yoki vodorod molekulasi ichki energiyasining umumiy miqdorini bilolmaymiz, chunki modda har qancha o’zgarmasin, u energiyasiz bo’la olmaydi. Shuning uchun amalda jismning holati o’zgargan vaqtda ichki energiyaning kamayish va ko’payishinigina aniqlaymiz. Masalan, 2 hajm vodorod bilan 1 hajm kislorod aralashmasini ichki energiyasini U1 bilan ifodalaylik. Aralashmani elektr uchquni yordamida portlatib, suv bug’i hosil qilaylik. Uning ichki energiyasini U 2 bilan ifodalaymiz. Aralashma portlagach, sistemada ichki energiya U1 dan U2 ga o’zgaradi: ∆U = U2 - U1 Bunda: ∆U- ichki energiyaning o’zgarishi; uning qiymati faqat U1va U2 larga, yani sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq, ammo sistema bir holatdan ikkinchi holatga qay usulda o’tganligiga bog’liq emas. Ma’lumki kimyoviy sistemalardagi har qanday energetik o’zgarishlar energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq bo’ladi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan: Q = ∆U + A Agar bosim doimiy (P=const) bo’lsa, hajm o’zgarishi hisobiga ish bajariladi va shunga ko’ra: A = P (V2 - V1) = P ∙ ∆V bo’ladi bunda ∆V – sistema hajmining o’zgarishi A = P ∙ ∆V bo’lgani uchun tenglamani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin: QP = ∆U + P ∙ ∆V bunda: QP - reksiyaning o’zgarmas bosimidagi issiqlik effekti: Bundan: ∆U = U2 - U1 va ∆V = V2 - V1 Shunga asosan: QP = (U2 - U1) + P (V2 - V1) = U2 - U1 + PV2 - PV1 = (U2 + PV2) - (U1 + PV1) QP = (U2 + PV2) - (U1 + PV1) Tenglamadagi U+PV–kattalik sistemaning entalpiyasi (issiqlik tumani) deyiladi va “H” harifi bilan belgilanadi. U + PV = H bo’lgani uchun: U2 + PV2 =H2 va U1 + PV1 = H1 .Bu holda (2) telnglama quyidagi ko’rinishga keladi: Q = H2 - H1 = ∆H Issiqlik yutish bilan sodir bo’ladigan endatermik reaksiyalar uchun ∆H musbat ishoraga ega bo’lib, ∆H > 0 bo’ladi. Issiqlik chiqarish bilan sodir bo’ladigan ekzotermik reaksiyalarda esa ∆H manfiy ishora bilan yoziladi ∆H < 0 bo’ladi. Masalan: CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O ∆H = - 875,4 kJ - ekzotermik reaksiya. CaCO3 = CaO + CO2 ∆H = + 158,3 kJ - endotemik reaksiya. Demak entalpiyaning o’zgarishi bosim doimi bo’lganda sistemaga beriladigan yoki ajralip chiqadigan issiqlik miqdorini bildiradigan termodinamik 17 funksiyadir. Kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etuvchi moddalarning xossalari o’zgaribgina qolmay, balkiy sistemaning energiyasi o’zgarishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi yoki yutiladi. Kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori ko’rsatib yoziladigan tenglamalarga termakimyoviy tenglamalar deyiladi. Termakimyoviy tenglamalar massa va energiyaning saqlanish qonunlariga rioya qilib tuziladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori Joul yoki kJ larda ifodalanadi, (1 kkal = 4,18 kJ). Kimyoviy reaksiya vaqtida ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi va ∆Hp bilan belgilanadi. Oddiy moddalar (elementlar) dan 1mol murakkab modda hosil bo’lishida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori moddaning hosil bo’lish issiqligi deyiladi. Hosil bo’lish issiqligi ∆H0h.b bilan belgilanadi. Hosil bo’lish issiqligi har doim normal sharoitda (2730 K da va 101,325 kP bosimda) 1 mol modda uchun hisoblanadi, shuning uchun termokimyoviy tenglamalarda kasr koyffitsentlar ham qo’yiladi, masalan: N2 + O2 = NO - 90,40 kJ Moddalarning hosil bo’lish issiqliklari qiymati, ularning agregat holatiga ham bog’liq bo’ladi. Shunga ko’ra, termokimyoviy tenglamalarda moddalarning agregat holatlari ham ko’rsatib yoziladi. Hozirgi kunda standart sharoitda 8000 dan ortiq murakkab moddalarning hosil bo’lish issiqliklari tajriba yo’li bilan aniqlangan. Masalan suvning bug’ (∆H0298 H2Obug’ = 241,84 kJ) hosil bo’lish issiqligi suyuq holatdagi suvning hosil bolish issiqligi esa ∆H0298 H2Osuyuq = 285,4 kJ ga teng. Shunga ko’ra, hosil bo’lish issiqliklari esa ∆H0298h.b. bilan birga moddalarning agregat holatlarini ko’rsatuvchi quyidagi belgilar ham yoziladi. Gaz holidagi modda-g bilan, suyuq holatdagi modda-s bilan, qattiq holatdagi modda-q bilan ifodalanadi. Termodinamika qonuniga muvofiq reaksiya vaqtida issiqlik ajralib chiqsa, sistemaning issiqlik tutuni kamayganligi sababli, reaksiyaning issiqlik effekti manfiy (-) ishora bilan issiqlik yutilsa musbat (+) ishora bilan ko’rsatiladi. Demak, reaksiyaning termodinamik issiqlik effekti ∆H termokimyoviy issiqlik effekti Q P ning teskari ishora bilan olingan qiymatiga tengdir: - ∆H = QP yoki ∆U = -QP Kimyoning termokimyo bo’limi reaksiyaning issiqlik effektlari va ularning turli faktorlar bilan qanday bog’langanligini o’rganadi. Termokimyo ikkita asosiy qonun va ulardan kelib chiqadigan natijalardan iborat. Bu bo’limning asosiy qonunlaridan biri Gess qonuni hisoblanadi. Energiyaning saqlanish qonuni, ya’ni termodinamikaning birinchi qonuni rus olimi G.I.Gess tajribalari asosida 1840yilda ta’riflangan: “Kimyoviy reaksiyalarning o’zgarmas hajmi va o’zgarmas bosimidagi issiqlik effekti sistemaning boshlang’ich va oxirgi holatiga bog’liq bo’lib, jarayonning borish yo’liga, qanday oraliq bosqichlar orqali o’tganligiga bog’liq emas”. Termokimyoning amalda ko’p tatbiq qilinadigan bu muhim qonuni yana quyidagicha talqin qilinishi ham mumkin: “Reaksiyaning issiqlik effekti jarayonning qanday usulda olib borilishiga bog’liq emas, balki faqat reaksiyada 18 ishtirok etayotgan moddalarning dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq”. Keltirilgan ta’riflarning isboti misolida CO2 gazi C va O2 dan ikki xil yo’l bilan bevosita, uglerod va kislorodning birikishi hamda CO hosil bo’lishi teng bo’ladi, ya’ni: ∆H1 = ∆H2 + ∆H3 Darhaqiqat, CO2 C + O2 = CO2 + ∆H1 (a) reaksiyasi yordamida bir bosqichda yoki C + O2 = CO + ∆H2 (b) CO + O2 = CO2 + ∆H3 (v) reaksiyalari orqali ikki bosqichda hosil qilinishi mumkin. (b) va (v) tenglamalar qo’shilsa, (a) tenglama kelib chiqadi. Demak, ∆H1 = -∆H2 + ∆H3 bo’ladi. Tajribada ∆Ho1 = -393,3 kJ/mol, ∆Ho2 = -111,3 kJ/mol va ∆Ho3 = -282,8 kJ/mol ekanligi aniqlangan. Shular asosida CO2 ning hosil bolish issiqligi ∆H1 = -∆H2 + ∆H3 = 111,3 + (-282,8) - 394,1 kJ/mol ga tengligini topamiz. Yana bir misol: Gess qonuni tatbiq etib SO2 va H2O dan H2SO4 hosil bo’lish reaksiyasining issiqlik effektini hisoblaymiz: SO3 + H2O = H2SO4 - ∆H (a) S + 1,5O2 = SO3 - ∆H1 (b) H2 + 0,5O2 = H2O - ∆H2 (v) H2 + S + 2O2 = H2SO4 - ∆H3 (d) Bunda: ∆H1, ∆H2, ∆H3 - SO3, H2O, H2SO4 larning hosil bo’lish issiqliklari. Agar (d) tenglamadan (b-v) ni olib tashlasak, (a) tenglama chiqadi, demak: ∆H = ∆H3 - ∆H1 + ∆H2, ya’ni: ∆H = + ∑∆Hh.b.. Yuqorida keltirilganlardan kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti maxsulotlar hosil bo’lish issiqliklari yig’indisidan dastlabki moddalarning hosil bo’lish issiqliklari yig’indisini ayirib tashlanganiga teng degan xulosa kelib chiqadi, ya’ni: ∆H = ∑nHmah. - ∑pHdast.modda bunda: n,p- mahsulot va dastlabki moddalarning stexiometrik koeffitsentlari. Shunday qilib, Gess qonuni va undan kelib chiqadigan natijadan foydalanib, issiqlik effekti noma’lum yoki o’lchash qiyin bo’lgan jarayonlarning issiqlik effektini topish mumkin. Gess qonunining natijalaridan biri ma’lum bir murakkab moddaning oddiy moddalarga ajralish issiqligi qiymat jihatdan o’sha moddaning elementlardan hosil bo’lish issiqligiga teng bo’lib, ishora jihatdan qarama-qarshi ekanligini tasdiqlovchi qonundir. Bu natijani Lavuze-Laplas qonuni ham deb yuritiladi. Shunga ko’ra: ∆Hh.b = - ∆Hajr. Gess qonunidan kelib chiqadigan yana bir termodinamik hisoblash uchun muhim bo’lgan natija quyidagicha izohlanadi: reaksiyaning issiqlik effektini topish uchun reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalarning hosil bolish issiqliklari yig’indisidan, reaksiyaga kirishuvi moddalarning hosil bo’lish issiqliklari yig’indisini ayirish kerak. Masalan, ushbu umumiy reaksiya uchun: aA + bB = cC + dD reaksiyaning issiqlik effekti quyidagicha yoziladi: ∆Hp = (c∆Hc + d∆Hd) - (a∆HA + B∆HB) 19 bunda: (c∆Hc + d∆Hd) -reaksiya mahsulotlarining hosil bo’lish issiqliklari yig’indisi; (a∆HA + B∆HB) -reaksiya uchun olingan moddalarning hosil bo’lish issiqliklari yig’indisi; a, b, c, va d – moddalarning oldidagi stexiometrik koeffitsentlar. Shuni ham aytish kerakki, Gess qonuni “reaksiya issiqliklari yig’indisining doimiy qonuni” deb ham yuritiladi: ∆Hp = ∑∆Hmah. - ∑∆Hdast.modda Shunga ko’ra Gess qonuniga yana quyidagicha ta’rif ham beriladi: Ketma-ket boradigan bir qator reaksiyalar issiqlik effektlarining yig’indisi dastlabki modda va maxsulotlarga ega bo’lgan boshqa reaksiyalar qatorining issiqlik effektlari yig’indisiga teng. Gess qonuni va kelib chiqadigan natijalardan foydalanib turli termokimyoviy hisoblar yuritish mumkin; termokimyoviy tenglamalar reaksiyalarning issiqlik effektlarini topishga imkon beribgina qolmay, balki ular asosida turli jarayonlar, jumladan: erish, kristallanish, neytrallanish, gidradlanish, yonish parchalanish va hakazo kabi amalda ko’p uchraydigan kimyoviy va fizik hodisalarning issiqlik effektlarini keltirib chiqarish mumkin. Quyida shu jarayonlar va ularning issiqlik effektlarini topish usullari bilan tanishib chiqamiz. 2. Yonish reaksiyasining issiqlik effekti Yonish issiqligi deb bir mol modda to’la yonib, yuqori oksid hosil bo’lishi uchun sarflangan issiqlik miqdoriga aytiladi. Bu standart sharoitda aniqlanadi va hisoblanadi. Masalan, NH3 molekulasining yonish reaksiyasi tenglamasi quyidagicha yoziladi: 2NH3 + 4O2 = N2O5 + 3H2O + 2∆H (d) bu yerda: N2 + 3H2 = 2NH3 - ∆H (a) N2 + 2,5O2 = N2O + ∆H1 (b) 3H2 + 1,5O2 = 3H2O + ∆H2 (v) Reaksiyaning issiqlik effektlari hisobga olingan holda, (b) va (v) tenglamalardan (d) tenglamani ayirib tashlab (a) tenglama kelib chiqishini ko’zda tutgan holda ∆H = ni keltirib chiqaramiz 1 mol-ekv. kislota bilan 1 mol-ekv. ishqorning o’zaro ta’siri natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori neytrallanish reaksiyasining issiqlik effekti deb ataladi. Neytrallash issiqligi quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi: ∆HH yoki QH = Эkislota - kislota ekvivalenti; m1 - ichki stakanning massasi, g; m2 - eritmaning massasi, g; 20 1 mol modda erish jarayonida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori erish issiqlik effekti deyiladi va u reaksiyaning issiqlik effekti kabi QЭ yoki ∆H Эbilan belgilanadi. Erish issiqligi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: ∆HЭ yoki QЭ = bunda: C - erituvchining solishtirma issiqlik sig’imi (suv uchun C = 4,18k J/ggrad ga teng) m - eritma, ∆t - temperaturalar ayirmasi, Mmodda - erigan moddaning nisbiy molekulyar massasi, m1 - erigan moddaning massasi. Suvsiz tuz bilan suvdan 1 mol tuz gidrati hosil bo’lishida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori gidrodlanish issiqligi deyiladi. Gidradlanish issiqligi Qr yoki ∆Hr ni topish uchun suvsiz tuzning erish issiqligi QЭ dan hosil bo’lgan gidratning erish issiqligi QЭ1 ayirib tashlanadi. Qr = QЭ - QЭ1 yoki Нr = Нэ - Нэ1 Masala: 2 g suvsiz СuSО4 50 g suvdа eritilgandа temperaturа 4 gradusgа ko’tariladi. СuSО4 ning gidradlanish issiqligini hisoblang. Yechish: а) suvsiz СuSО4 ning erish issiqligini hisoblaymiz: H Э yoki QЭ С mH 2O ·M CuSO4 t m 1000 4,187 50 4 160 66,992 kJ 2 1000 b) Нr = Нэ - Нэ1 = - 66,992 - (-11,52) = 73,512 kJ/mol (gidrat-mollanish-ekzotermik jarayon). Moddalarning hosil bo’lish issiqliklarini bir-biriga taqqoslash natijasida quyidagilar aniqlanadi: 1. D.I.Mendeleyev jadvalining ma’lum qatorida turgan elementlardan birliklar hosil bo’lishida kuzatiladigan issiqlik o’zaro birikuvchi elementlarning tartib raqamlari orasidagi farqning ortishi bilan ortib boradi. Masalan: H NaCl 413,0 k / Jmol; 1 H MgCl 321,0 kJ / mol; 2 1 H AlCl 231,1 kJ / mol; 3 Bu yerda bitta kimyoviy bog’ uchun to’g’ri keladigan issiqlik miqdori berilgan. Bu sonlarni bir-biriga taqqoslab, quyidagi qoida aniqlangan: o’xshash birikmalar hosil bo’lganda oraliq element birikmasining hosil bo’lish issiqligi uning yonidagi ikkala element birikmalari hosil bo’lish issiqliklarining o’rtacha arifmetik qiymatiga teng bo’ladi. Masalan: MgCl2 hosil bo’lish issiqligi: 1 413,0 232,1 645,1 H MgCl 232 kJ / mol; 2 2 2 Bu qoida 1928 yil A.M.Berkengeym tomonidan ta’riflangan. 2.Biror metall davriy jadvalning ma’lum guruppasidagi metallmas element bilan birikma hosil qilish issiqligi uning atom massasi ortishi bilan kamayadi. Masalan: Н°АgF = - 202,9 kJ/mol; Н°АgС1 = - 126, 8 kJ/mol. Н°АgВг = - 99,16 kJ/mol; Н°АgJ = - 64,2 kJ/mol. 21 3. Bir metallmetallmas element bilan bir necha xil birikma hosil qila oladigan bo’lsa, ularning birinchi atomlari birikkanda eng ko’p issiqlik chiqadi, keyingi atomlari birikkanda esa kamroq issiqlik chiqadi.Masalan: НFeCl2 = - 341,0 kJ/mol, НFеС13 = - 405,0 kJ/mol. Bu qoidaga asoslanib, birikmadagi eng keyingi metal bo’lmagan atomni chiqarib yuborish oson, degan xulosa chiqara olamiz. 4.Kimyoviy xossalari jihatdan yaqin bo’lgan elementlarning o’xshash birikmalarining hosil bo’lish issiqliklari bir-birinikiga yaqin bo’ladi: НNaОН = - 426,6 kJ/mol; НLiOH = - 487,8 kJ/mol; НCsOH = - 406,5 kJ/mol; Нкон = - 425,93 kJ/mol. Kristal moddaning hosil bo’lish issiqligi amorf moddaning hosil bo’lish issiqligidan ortiqdir. Birikmalarning atomlardan hosil bo’lish issiqligi ularning molekulalardan hosil bo’lish issiqligidan yuqori bo’ladi. Kimyoviy birikmalarning hosil bo’lish issiqliklari bilan elementlarning davriy sistemada joylashgan o’rni orasida ham ma’lum bog’lanish bor. Bu bog’lanishni absesslar o’qiga elementlarning D.I.Mendelyev davriy sistemasidagi tartib raqamlari, ordinatalar o’qiga ularning ma’lum sinfga oid birikmalarining hosil bo’lish issiqliklarini qo’yib, har bir sinfning o’ziga xos diogrammasini hosil qilish mumkin. Entropiya. Issiqlik mashinalarida issiqlikning ancha qismi bekorga sarflanadi. Boshqa turdagi energiyalardan foydalanilganda ham energiyaning ma’lum qismi issiqlikka aylanib, bir qismi bekorga isrof bo’ladi. Masalan, elektor lampochkasida elektr energiyaning faqat ozgina qismi yorug’likka, qolgan qismi esa issiqlikka aylanadi. Issiqlikka aylangan energiya atrofdagi muhitga tarqalib ketadi va undan foydalanib bo’lmaydi; demak, energiya miqdori o’zgarmasa ham, uning sifati o’zgaradi, ya’ni energiya o’z qiymatini yo’qotadi. Qiymatni yo’qotgan bunday energiya miqdorini ifodalash uchun termodinamikaga entropiya tushunchasi kiritilgan. Izotermik (o’zgarmas temperaturada) jarayonda yutilgan issiqliklar yig’indisining mutloq temperaturaga nisbatisistemaning entropiyasining o’zgarishi deb ataladi va quyidagi qiymatga ega bo’ladi. S = Q/Т Muvozanat holatdagi har qanday sistema “entropiya” nomli o’ziga xos holat funksiyaga ega bo’lib entropiyaning qaytar jarayonda S = S2 – S1 = Q/Т tenglama asosida hisoblanadi (bu yerda, Q – mazkur temperatura Т da yutilgan yoki ajralib chiqadigan issqlik miqdori). Agar jarayon o’zgaruvchan temperaturada sodir bo’lsa, entropiya o’zgarishini hisoblash uchun barcha temperaturalardagiQ/Т larning yig’indisini olish kerak. Entropiyaning haqiqiy ma’nosini quyidagicha tushunish mumkin. Entropiya modda yuz berishi mumkin bo’lgan va uzluksiz o’zgarib turadigan holatlarni aks ettiruvchi funksiyadir. Moddaning ayni sharoitdagi holati juda ko’p turli-tuman mikroholatlar tufayli yuzaga chiqadi, chunki modda zarrachalari doim uzluksiz to’lqinsimon harakatda bo’lib, bir mikro holatdan boshqa mikro holatga o’tib 22 turadi.Boltsman nazaryasiga muvofiq holatlar soni bilan entropiya orasida quyidagi bog’lanish mavjud: S = R/N · lnW N – Avagadro soni, R – unversal gaz doimisi, W – mikroholatlar soni. Uzluksiz o’zgarib turadigan mikroholatlar soni qancha ko’p bo’lsa, modda holatining tartibsizlik darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Modda tartibli holatdan tartibsiz holatga o’tganda uning entropiyasi ortadi. Entropiya o’zgarishi quyidagi formula bilan ifodalanadi: S R ln ikkinchi holatdagi tartibsizlik birinchi holatdagi tartibsizlik 3. Turli jarayonlarda entropiyaning o'zgarishi Modda yuqori temperaturali holatda bo’lsa, uning entropiyasi yuqori bo’ladi. Masalan, bir mol suvning entropiyasi bir mol muzning entropiyasidan 21,0 kJ ortiq bo’ladi. Qizdirilganda moddalarning entropiyasi ortadi, hajm o’zgarganda gazlarda ham shunday bo’ladi. Bosim ham gazlarning entropiyasiga keskin ta’sir etadi . 1rasmda keltirilgan grafikada temperatura oshganda entropiyaning modda holati o’zgargandagiga nisbatan deyarli o’zgarmasligi ko’rsatilgan. Grafikda modda holatining o’zgarishi entropiyaning keskin o’zgarishiga sabab bo’lishini ko’ramiz. 1.- rasm. Entropiyaning temperaturaga bog’liqligi. Demak, entropiyaning o’zgarishi moddaning tartibsizlik darajasiga to’g’ri proporsionaldir. Entropiya qiymati J/mol-grad bilan o’lchanadi. Suyuqlik bug’ holatiga o’tganida, kristal modda suvda eriganda, ya’ni modda bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatga o’tganida sistema entropiyasi ortadi. Agar bug’ kondensatsiyalanib, suyuq yoki kristall holatga o’tsa, modda entropiyasi kamayadi. Shuningdek, kimyoviy jarayon vaqtida ham entropiya ortishi yoki kamayishi mumkin. Masalan: C(q) + СО2(g) → 2СО2(g) Reaksiyada sistema entropiyasi ortadi 3Н2(G) + N2(g) → 2NН3(g) Misol: 1 mol suv 100°С da bug’latiladi. Suvning solishtirma qaynash issiqligi 225,8 kJ bo’lsa, 1 mol suv 100°С da bug’langanda uning entropiyasi qanchaga ortadi? 23 Yechish. Suvning qaynash temperaturasida bog’lanish izotermik jarayon bo’lgani uchun suv entropiyasining ortishi S = Q/Т formula bilan hisoblab topiladi. Q = 539,8 · 18 = 9716,4 кал; Т = 273,2 + 100 = 373,2°; S 9716,4 26,04 kal yoki 108,85 J grad mol grad mol 373,2 Demak, entropiya 108,85 J/grad ∙ molga ortar ekan. Tayanch so'z va iboralar. Termodinamika, entalpiya va entropiya faktorlari, reaksiyaning issiqlik effektlari, erkin va bog’langan energiya, kimyoviy termodinamika, postulatlar, energiya yo’qolmaydi va yo’qdan bor bo’lmaydi, reaksiyaning issiqlik effekti jarayonning qanday usulda olib borilishiga bog’liq emas, energiyaning saqlanish qonuni. Nazorat materiallari. 1. Standart holatdagi ammoniy nitratning parchalanishi NН4 NО3 → N2О + 2Н2О mumkinmi? Javobingizni G298 (kJ) yordamida isbotlang. а) yo’q, -169,9. b) hа, -169,9, v) yo’q, -169,9. g) hа, +169,9. d) yo’q, +339,8. 2. Oddiy moddalardan 2,69 · 10-2 kg mis (II) – xloridning hosil bo’lishida 41,17 kJ issiqlik ajralib chiqadi. Mis (II) – xloridning hosil bo’lish issiqligini aniqlang? а) - 857,7. b) - 205,9. v) - 205,9. g) - 857,2. d) - 411,8. 3. 5,6·10-3 м3vodorodni (n.sh) ftor bilan ta’sirlanish natijasida qancha miqdorda issiqlik ajralib chiqadi yoki yutiladi? а) - 67,78. b) - 135,56. v) + 135,56. g) + 67,78. d) - 0. 4. Alyuminiy oksidini hosil bo’lish issiqligi – 1675 kJ/mol bo’lsa, 10 g. Аlyuminiy oksidini hosil bo’lishida qancha issiqlik ajralib chiqadi? а) -39,2. b) -164,2. v) -400,3. g) -1675. d) -600,6. 5. Agar 140 g kalsiy oksidini korbanat angidirid bilan ta’sirlanishi natijasida 106 kkal issiqlik ajralib chiqadi. Reaksiyaning issiqlik effektini (kJ) aniqlang. а) -393. b) -177 v) -37,6. g) -37,6. d) -177 6. Uglerod monoksidi bilan 5,6 · 10-3 м3 kislorod (n.sh) ta’sirlanishi natijasida qancha issiqlik (kJ) ajralib chiqadi? а) -494. b) -98,8. v) -197,6. g) -692. d) -395,2. 7. Аgar 3,04·10-3 kg magniyni yondirish natijasida 76,16 kJ issiqlik ajralib chiqsa, magniy oksidining hosil bo’lish issiqligi qancha bo’lishini aniqlang ? а) -301. b) -601. v) 0-601. g) -301. d) -1202. Mashqlar 1. Кinetik energiya bilan potensial energiya farqlarini tushuntirib bering. Misollar keltiring. 24 2. Оyning massasi 7,3·1022 kg ga teng. Oy Yer atrofida 1,0·105 sm/s chiziqli tezlik bilan harakatlanadi. Oyning Yerga nisbatan kinetik energiyasini toping. 3. Мuzning erishi, efirning bug’lanishi, natriyning suv bilan birikishi, yashin razriyadi, bug’dan issiqlikning ajralishi kabi jarayonlarning qaysi biri endotermik, qaysi biri ekzotermik jarayonlarga kiradi. 4. Cho’milish havzasi 240 м3 suvni sig’diradi. Atrofga tarqaluvchi issiqlik miqdorini hisobga olmaganda hovuzdagi suv temperaturasini 16° dan 24° gа ko’tarish uchun qanday miqdordagi issiqlik kerak bo’lishini hisoblab toping. Adabiyotlar. 1. Ахмеров К. Жалилов А.Сайфуддинов Р.”Умумий ва анорганик кимё” Т.2003 Ўзбекистон. Дарслик. 2. Axmerov K. Jalilov A.Sayfuddinov R.”Umumiy va anorganik kimyo” T.2006 Uzbekiston. Lotin alifbosida.Дарслик 3 .Ахмеров К. Жалилов А ., Сайфуддинов Р. «Умумий ва ноорганик кимё» Т.2002 йил Маърузалар курси. Ўқув қўлланма 4. Қ. Aхмеров, A. Жaлилов, A. Исмоилов. “Умумий вa aноргaник кимё” Тошкент, Ўқитувчи 1988. 5. Т. М. Миркомилов, Х. Х. Муҳитдинов Умумий кимё Тошкент, Ўқитувчи 1987/ 3.2. "Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati" mavzusi bo'yicha ma'ruza matni Reja: 1. Kompleks birikmalarning tuzulishi. 2. Xelatlar va ularning biologik sistemalardagi o’rni. 3. Kompleks birikmalar nomenklaturasi va izomeryasi. 1. Kompleks birikmalarning tuzulishi. Metallarning reaksiyada elektron yo’qotishlari ular uchun alohida hususiyat ekanligi aytib o’tilgan. Hosil bo’luvchi musbat zaryadlangan ionlar-kationlar erkin holda bo’lmay, ularni qurshab turuvchi anionlar bilan birgalikka mavjud bo’ladiki, bu zaryadlarning muvozanatga olib keladi. Metallarning kationlari – Luis kislotalari (G.N.Luis kislota sifatida elektron juftiga ega bo’lgan akseptorni, asos sifatida esa shu elektronlar jufti donorini tushuntirgan) hossalariga ham egadir. Ularning bo’linmagan elektron juftlariga neytral molekula yoki anionlar bilan bog’lanishi mumkinligini bildiradi. Shunday qisimchalar kompleks ionlar yoki komplekslar, tarkibida shunday ionlar bo’lgan birikmalar esa koordinatsion birikmalar deyiladi. 25 Koordinatsion birikmalar kimyoda keng o’rganiladi. Xozirgi vaqitda ko’pgina metallorganik birikmalar, vitaminlar (B12), qon gemoglabini, xlorafil va boshqalar ham shunday birikmalardan hisoblanadi. Kompleks birikmalarda metall atomlarini o’rab turuvchi molekula yoki ionlar ligandlar (lotincha – Ligare – bog’lovchilar) deb ataladi. Ular eng kamida bitta taqsimlanmagan valent elektronlar juftiga ega bo’ladi: Ba’zi hollarda metall bilan uning ligandlari orasida hosil bo’luvchi bog’larni musbat ion bilan manfiy iyon yoki kutublangan molekulalarning manfiy tomonlari orasida hosil bo’luvchi elektrostatik tortushuv bilan ham tushuntiriladi. Shunga ko’ra, metallarning kompleks birikmalar hosil qilish hususiyati metall ionining musbat zaryadi ortishi va uning ion radiusi kamayishi bilan ortadi. Ishqoriy metallarning ionlari Na+ vа К+ katta qiyinchilik bilan komplekslar hosil qilgani holda oraliq metallarning ko’p zaryadli musbat ionlari kompleks hosil qilishga moilligi bilan ajralib turadi. Сr3+ ionining А13+ ioniga qaraganda mustahkamroq kompleks hosil qilishi ham diqqatga sazovor. Metall ioni bilan ligand orasida darsil bo’luvchi bog’ avval ligandga tegishli bo’lgan elektron juftining ular o’rtasida mujassamlashuvi hisobiga amalga oshishi quyidagi misoldan ham ko’rinadi: Коmpleks ion hosil bo’lganda, ligandlar metall atrofida yig’ilyapti, degan ma’no tushuniladi. Metallning markaziy ioni va u bilan bog’langan ligandlar koordinatsion sferani tashkil etadi. Shuning uchun koordinatsion birikmalarni ifodalashda ichki koordinatsion sferani birikmaning boshqa qisimlardan ajratish maqsadida kvadrat qavslardan foydalaniladi. [Сu (NН3) 4] SО4 formulasiga ega bo’lgan moddadа [Сu (NН3)4 ]2+ va SО42- ionlarini o’z ichiga olgan koordinatsion birikma ifodalangan. Bu birikmada to’rt molekula amiak ikki valentli mis bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’langandir. Коmpleksdagi markaziy metall atomi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’langan ligand atomi donor atomi deyiladi. Коmpleksida donor atomi azot atomi hisoblanadi. 26 Меtall ioni bilan bog’langan donor atomi soni metallning koordinatsion soni deb yuritiladi. Yuqoridagi kompleksni platinaning koordinatsion soni 4 ga, [Со (NН3)6 ]3+ dа esa kobaltning koordinatsion soni 6 ga teng. Ba’zi metallarning ionlar doimiy koordinatsion songa ega bo’ladi. Uch valentli xrom bilan kobaltning koordinatsion soni 6 ga, ikki valentli platinaniki 4 ga tengligi aniqlangan. Кооrdinatsion soni ko’pincha 4 va 6 ga teng bo’ladi. Bu son metall ioninig katta kichikligi va uni o’rab turgan ligandlarga ham bog’liq bo’ladi. Ligandlar yirik bo’lganda, ular metall ioni atrofida kamroq to’plana oladi. Markaziy atomiga birikkan manfiy zaryad metall tashuvchi ligandlar ham koordinatsion sonning kamayishiga sabab bo’ladi. [Ni (КН3) 6]2+ kompleksida nikel (П) - ioni atrofida ammiakning 6 ta neytral malekulasi to’plansa [NС14]2- kompleksiga 4 ta manfiy zaryadlangan xlorid ion yig’iladi. To’rt koordinatsion sonli komplekslar tetraedrik yoki tekis kvadrat, olti koordinatsion sonlar esa oktaedrik geometrik tuzilishga ega bo’lad. 2. Xelatlar va ularning biologik sistemalardagi roli. Biometallarning koordinatsion birikmalari organizimda muhim funksiyalarni bajaradi. Oddiy sharoitda molekula yoki ionlar biometall ioni hamda bitta donor atomi bilan koordinatsialanadi. Bunday zarrachalar monodentat (“bir tishli”) ligandlar deyiladi. Bularga ОН, Р, С1 kabi va boshqa oddiy ionlar kiradi. Ba’zi ko’p atomli anion (NO3-, СО32-, SО42-) va boshqalar ham monodentat usulida koordinatsialanishi mumkinligi aniqlangan. Organizmining 90% dan ortiq massasi monodentat ligand hisoblangan va kislorod atomi orqali koordinatsiyalashgan suv molekulasiga to’g’ri keladi. Suv molekulasi o’ziga xos burchak strukturasiga (О— Н bog’lari orasidagi burchak 105° ga teng) va 1,87 V dipol momentiga ega. Aminlar va ba’zi azotli birikmalar ham shu monodentat usulida bitta donor atomi orqali koordinatsiyalanadi. Bunday usulni amalga oshuvi uchun metall atomlari ikki donor atomi, ikki uglerod atomlaridan besh yoki olti a’zoli halqa hosil bo’lishi zarur. Bidentant ligantlar orqali kompleks hosil bo’lishida halqalarning vujudga kelishi “xelat effekti” deb yuritiladi. Xelat koordinatsion birikmalar shunga o’xshash monodentat ligandlar bilan hosil qilingan birikmalarga nisbatan birmuncha barqarorligi bilan ajralib turadi (5 a’zolilar olti a’zolilarga qaraganda barqaror). Ba’zi paytlarda beqaror bo’lgan 4 va 7 a’zoli halqalar hosil bo’lishi aniqlangan. Tirik organizimda bo’lgan ligand (bioligand)lar yaxshi xelat hosil qiluvchilardan hisoblanadi. Bularga – aminokislotalarning anionlari (Н2NСНRСОО-), piridin qatorining ba’zi azotli asoslari, nuqleotitlar va boshqalar kiradi. Tirik organizimda hosil bo’ladigan koordinatsion birikmalardan 27 metallarning aminokislatali komplekslarini ko’rsatib o’tish zarur. Bulardan biri besh a’zoli xelat halqasidir: Aminokislota komplekslarining barqarorligi quyidagi tartibda (qatordagidek) ortadi: Са2+< Мg2+< Мn2+< Fе2+< Сd2+< Со2+< Zn2+< Ni2+< Сu2+ Bu yerda kislorod bilan amin azoti donor atomlari vazifasini bajarganda qator o’z kuchini to’la saqlaydi. Ikki va undan ortiq donor atomiga ega bo’lgan ligandlar metall ionlari atrofida koordinatsialana oladi. Bular polidentat ligandlar deb nom olgan. Ikki ba undan ortiq donor atomlari orasidagi metalni o’ziga tortish xususiyatiga ega ekanligi tufayli ularni xelatlovchi (grekcha – qisqichbaqa panjasi so’zidan olingan) agentlar yoki xelatlar deyiladi. Bularning eng oddiy vakili diamindir: Ushbu liganddagi ikkita azot atomida (donor atomlarida) elektron juftlari birbiridan biroz uzoq joylashgan bo’lib, ligand molekulasining qisimlari metall ioni atrofida aylana oladi, natijada har ikkala azot atomi metall bilan koordinatsion bog’ hosil qila oladi. Etilendiamin bidentat ligand bo’lib, oksalt-ion С2О42- va karbonation СО32- ham shu qatorga kiradi: Etilediamin tetrasirka kislota anioni bo’lgan quyidagi polidentat legand ham keng tarqalgan: Ushbu ion oltita donor atomiga ega bo’ib, bularning hammasi bir vaqitning o’zida metall ioni bilan koordinatsion bog’ hosil qila oladi, bunda ligand metall ioni metall ioni atrofida buralib qoladi. Xelatlovchi agentlar ligandlarga qaramaqarshi o’laroq barqarorroq komplekslar hosil qiladi. Kompleks hosil qiluvchilar analizlarda, reaksiya o’tkazish uchun xalaqit beruvchi metall ionlarini tutib qolishda, tabiiy suvlarni qayta ishlashda, tozalashda va boshqa maqsadlarda qo’llaniladi.suvdagi kotionlar kompleksga o’tib, sovun va 28 sun’iy yuvuvchi vositalarning xossalariga putur yetkazmaydi. Tarkibida Мg2+ va Са2+ ionlari bo’lgan qattiq suvlarni yumshatishda ishlatiladigan natriy tripolifosfat Muhim va arzon sun’iy yuvuvchi vosita xisoblanadi. Uglerod, vodorod, kislorod va azot biologik hujayralarning asosiy massasini tashkil etadi. Bular bilan bir qatorda hayot jarayonlarining to’liq o’tishi uchun mis, temir, marganes, rux, kobolat va molibden kabi elementlar zarurligi ma’lum. Ularda turli elektron donor gurppalar bilan kompleks hosil qilish hususiyati kuchli namoyon bo’ladi. Organizimda kechdigan turli reaksialarni o’tkazishga yordam beradigan katalizatorlar – fermentlar ham metall ionlari tufayli mavjud bo’la olishi ana shundan. Qizig’i shundaki, organizm uchun zarur kimyoviy elementlardan birortasi yetishmay qolganda uning ish funksiyasi buziladi, kishi betob bo’ladi, o’zini yomon sezadi. Bu holatning uzayishi insonni hayotdan ko’z yumishigacha olib kelgan payitlari qayd qilingan. Organizm uchun natriy, magniy, kalsiy, qaliy, fasfor, oltingugurt va xlor ham zarurligi ilmiy asosda tasdiqlangan. Biologik jarayonlarda katta muxim ahamiyatga ega bo’lgan ko’p a’zoli getrosiklik birikmalardan profirinlar ham kompleks birikmalar hosil qiladi. Turli profirinlar bir-biridan tarkibiga kirgan metallar yoki o’rinbosarlar gruppasi bilan, shuningdek chetdagi uglerodga birikkan ligandlari bilan farq qiladi. Gemoglabin ana shu profirinlar gruppasiga kiradi. U qonda kislorod tashuvchi bo’lib xizmat qiladi. Qonda temir va magniyning bo’lishi gemoglabin bilan bog’liq. Organizmda temir yetishmaganda kishi animiya kasalligi bilan og’riydi. Bunda u quvvatsizlanadi va ko’p uxlaydigan bo’lib qoladi. Temir va shu kabi boshqa mikrooelementlar o’simliklar uchun ham zarur. 3. Kompleks birikmalar nomeklaturasi va izomeriya. Kompleks birikmalarni nomlashda empirik nomenklaturadan foydalaniladi. Bunday nomlarning ba’zilari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Reyneke tuzi NН4 [Сr (NН3)2 (NСS)4 ] ana shuday komplekslardan biridir. Nazariy va amaliy kimyo Xalqaro ittifoqi (IYuPAK) qabul qilgan nomenklatura Vatanimizda 1963-yildan boshlab joriy etilgan bo’lib kompleks birikmalar uchun quyidagicha qo’llaniladi: 1. Тuzlarda avvalo kation nomi, so’ngra anion nomi aytiladi. [Со (NН3)5 О] С12 — pentaaminxlorokobalt (II)-xlorid. [Со (NН3)6 ] [Сr (С2О4)3 ] — geksaamin kobalt (III) - trioksalat xrom (III). 2. Кompleks ion yoki molekulani nomlashda metallarga etibor beriladi. Ligandlar ularning zaryadlaridan qa’tiy nazar alfabit tartibida sanaladi. Коmpleksning formulasi yozib bo’lingach, birinchi bo’lib metall ko’rsatiladi К2 [Рt (N2О2)2 С12 ] dixloridinitroplatinat (II) - kaliy. 3. Аnion ligandlarga “O” qo’shimchasini qo’shib, neytral ligandlar molekula kabi o’qiladi. Мasalan, N3-azido, Вr - bromo СN - siano, С2О42- - oksalato va h.k. 29 К2[N (СN)4 ] - tetratsianoniklat (II) - kaliy. [А1(Н2О6) ] С13 - geksaakvoalyuminiy (III) - xlorid. 4. Ligandlar soni (1 dan ortiq bo’lganda) grek raqamlari bilan belgilanadi (ligandlar soni 2, 3, 4, 5 va 6 bo’lganda di-, tri-, tetra-, penta- va geksa deb yoziladi). Agar ligand nomining o’zida grek qo’shimchasi bo’lsa, masalan, monodi-va hokazo, unda ligand nomi qavsga olinib, unga boshqa qo’shimcha qo’shib yoziladi (bis-, tris-, tetrakis-, gegsakis kabi ifodalanadi), ligandlar tegishlicha 2, 3, 4, 5 va 6 bo’lganda.. [Со (NН2 - СН2 - СН2NH2 )3 ] С1- tris (etilendiamin) kobalt (III) xlorid. 5. Коmpleks anionlar nomiga – at qo’shimchasi qo’shib o’qiladi. Маsalan: К2[ Ni (СN)4 ] – tetrasianonikelat (II) - kaliy. 6. Меtalning oksidlanish darajasi uning nomi ortiga qavsga olingan rim sonlari bilan belgilanadi. Masalan, [Со(NН3)5О]2 da kobaltning oksidlanish darajasi plyus uchga tengligini ko’rsatish uchun rimcha (III) dan foydalaniladi. Коmpleks birikmalarda struktura (holat va koordinatsion) izomeriya vа stereo (geometrik optika) izomeriyalar bor. Bularning birinchisida birorta ligand koordinatsion bog’ orqali to’g’ridan-to’g’ri bog’langan bo’lsa, boshqalarida u kristall to’rning koordinatsion ta’sir doirasidan tashqarida bo’ladi. Buni quyidagi kompleks birikma [СrО2(Н2О)6] misolda namoyish qilish mumkin: [Сr(Н2О)6] Сl2 – binafsha rangli modda [Сr(Н2O)5Cl2] Cl2·Н2O Ko’k rangli moddalar [Сr(Н2O)4Cl2] Cl2·2H2O Stereoizomerlar bir xil kimyoviy bog’lanishga ega, lekin bir-biridan fazodagi joylashuvi bo’yicha farq qiladi. Quyida ko’rsatilganidek Рt(NH3)2Сl2- kompleks birikmalarida xlor-ligandlar yonma-yon holda (a) yoki qarama-qarshi tomonlarda joylashishi mumkin: Koordinatsion sferada donor atomlarining turlicha joylashuv hisobiga vujudga keladigan izomeriya turi geometrik yoki stis- va trans- izomeriya deyiladi. Quyida: Рt(NН3)2С12 kompleks birikmadagi geometrik izomerlarning ko’rinishi tasvirlangan: a) stis-izomer, b) trans-izomer. Bir xil gruppalar yonma-yon joylashgan izomer molekulalari stis-izomer, bir xil gruppalar bir-biridan uzoqda joylashganlari esa trans-izomer hisoblanadi.. 30 Ko’zguda bir-birining aksini ifodalovchi izomerlar optik izomerlar turiga kiradi. Insonning ikki qo’li bir-biriga juda o’xshagani bilan ular bir-biriga barcha jihatdan mos keladi deb bo’lmaydi. Optik izomerlarning fizik va kimyoviy xossalari o’zaro o’xshash bo’lib, ko’rinishlari faqat ko’zgudagina aks etgandagina yaqinligini aytib o’tamiz. Tayanch so'z va iboralar. Коmpleks ion hosil bo’lganda, ligandlar metall atrofida yigilyapti, degan ma’no tushuniladi, xelatlar, metallorganik birikmalar, Luis kislotalari, turli zaryadli ion-komplekslar, komplekslarda s- va p- orbitallar, kompleks birikmalar nomeklaturasi va izomeriya, Nazorat materiallari. 1. Quyidagi kompleks birikmalarni IYuPAK nomenklaturasi bo’yicha nomlang, ichki koordinatsion sferasi, koompleks hosil qiluvchi ion, ligandlar va tashqi sfera ionlarini ko’rsating: а) К2 [РtС14]; b) К4[Fе(СN)6]; v) [Аg(NН3)2]2Вг; g) К [ВF4]. 2. Valent bog’lar usuli yordamida ammiak molekulasini ligand bo’la olishi, ammoniy kationi NН+4 ning esa ligand bo’la olmasligini tushuntirib bering. 3. Labil (o’zgaruvchan) va (barqaror) komplekslar bir-biridan qanday farqlanadi? 4. Кооrdinatsion birikmalarda qanday gibridlanishlarni bilasiz? 5. Quyidagi koordinatsion birikmalarning har birida metalning markaziy atomi oksidlanish darajasini ko’rsating: а) К4 [Fе(СN)6]; b) [Рt(NН3)4Cl2]Cl2; v) [Аg(NН3)2]С1 ↔ [Аg(NН3)2]+ + Сlg) [Со(NН2 - СН2 -СН2NH2)3]С1 6. [Рt(еп)(NO2)2] Br2 birikmasi stereoizomerlarning tuzilish shaklini ifodalang. 7. Таjribalar temir (II) quyi spin holatida bo’lganda uning ion radiusi yuqori spin holatidagiga nisbatan past bo’lishini ko’rsatdi. Bu holatni qanday izohlash mumkin? 8. Tuzlarda avvalo kation nomi, so’ngra anion nomi aytilishini tushuntirib izohlab bering. 9. Turli zaryadli ion-kompleks hosil qiluvchilarning koordinatsion sonlar haqida tushuncha bering. 10. Tetroedrik tuzulishga ega bo’lgan komplesni ko’rsating? a) К4[Fе(СN)6]; b) [Zn2+(NН3)4]2+; v) [Аg(NН3)2]2Вг; g) К [ВF4]. 31 Adabiyotlar 1. Ахмеров К. Жалилов А.Сайфуддинов Р.”Умумий ва анорганик кимё” Т.2003 Ўзбекистон. Дарслик. 2. Axmerov K. Jalilov A.Sayfuddinov R.”Umumiy va anorganik kimyo” T.2006 Uzbekiston. Lotin alifbosida. Darslik 3. Ахмеров.К, Жалилов.А, Сайфуддинов.Р, «Умумий ва ноорганик кимё» Т.2002 йил Маърузалар курси. Ўқув қўлланма 4. Қ.Aхмеров, A.Жaлилов, A.Исмоилов. “Умумий вa aноргaник кимё” Тошкент, Ўқитувчи 1988 5. Т.М.Миркомилов, Х.Х.Муҳитдинов Умумий кимё Тошкент, Ўқитувчи 1987 3.3. "Noorganik kimyo va ekologiya" mavzusi bo'yicha ma'ruza matni Reja: 1. Noorganik kimyo va ekologiya. 2. Ozon qatlamini saqlash bo’yicha xalqaro hamkorlik. 3. Oqava suvlarni tozalash yo’llari. 1. Noorganik kimyo va ekologiya. Atmosfera va atrof muhitga tarqalayotgan moddalar avvaliga oddiy bo’lib ko’rinsada, aslida ular bir-biriga qo’shilib, quyosh nuri, bosim, temperatura, suv va shu kabi boshqa omillar ta’sirida katta o’zgarishlarga sabab bo’layotgani ma’lum. Korxonalardan ajralib, suvga yoki tuoroqqa qo’shilib atrof muhitni turli chiqindilar bilan “boyityotgan” maxsulotlar endilikda atmosferani iflaslantirib bormoqda. Buning oldini olish tez orada hal etilishi lozim bo’lgan muhim masalalardan bo’lib qoladi. Ushbu maruzamizda ana shular haqida fikr yuritiladi. Atmosfera murakkab sistema bo’lib, dengiz sathida havoning 99 foizi azot bilan kislorodga to’g’ri keladi. (qolganlari CO2 va asl gazlardan iborat). Atmosferaning tarkibiy nisbiy molekulyar massasi 90 km balandlikkacha o’zgarmaydi, undan yuqorida esa tez o’zgaradi. Masalan, dengiz sathidagi miqdori juda kam bo’lgan geliy 500-1000 km balandlikda atmosferaning asosiy komponentiga aylanadi. Atmosfera tarkibining balandlik bo’yicha o’zgarishi kimyoviy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Quyoshning elektromagnit nurlanishi natijasida vujudga keladigan energiyaning yutilishi orqasida atom va molekulalar ionlarida ham dissotsiyalanadi. Bunda kislorod molekulalari quyidagi holda atomlarga dissotsialanadi: О2(gaz) + hv → 2О(gaz) Bunday jarayonning davom etishi natijasida atmosfera tarkibining o’rtacha nisbiy molekulyar massasi pasayadi. Chunonchi molekulyar kislorodniki 32 ga, atomar kislorodniki 16 ga teng. tarkibida atomar va molekulyar holdagi kislorodi 32 bo’lgan gaz aralashmasining molekulyar massasi 16-32 orasida bolishi tabiiy. Atmosferada suvning fotodissotsiyalanishi ham qiziqish tug’diradi. Yer yuzasidan atmosferaning yuqori qavatlariga ko’tariluvchi suv miqdori unchalik ko’p emas. Ammo suvning atmosferadagi fotodissotsiyalanishi yerda kislorodli atmosferaning vujudga kelishiga sabab bo’lgan, degan fikrlar mavjud. Atmosferada juda ko’p kimyoviy reaksiyalar amalga oshadi. Bulardan elektron ko’chishi bilan boradigan reaksiyalar kimyoning barcha tarmoqlari bilan bir qatorda biokimyo uchun ham muhimdir. Turli xil birikmalarning hosil bo’lishi, parchalanishi, almashinuv reaksiyalari momaqaldiroq paytida amalga oshadigan ozon O3 hosil bo’lishi reaksiyalari inson va jonivorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Almashinuv reaksiyalariga misol qilib quyidagi jarayonlarni ko’rsatish mumkin. О(gaz) + N2(gaz) → NO+(gaz) + N(gaz) N(gaz) + О(gaz) → NО+(gaz) + N(gaz) Yuqoridagi reaksiyalar ekzotrmik reaksiyalar bo’lganligi tufayli osonlik bilan amalga oshadi. Atmosferaning yuqori qismida NO ning konsentratsiyasi milliondan bir qismni tashkil qilishiga qaramay NO+ atmosferaning o’sha qismida engc ko’p tarqalgan ion hisoblanadi. Mezosfera bilan strotasferada hosil bo’luvchi atomar kislorod, kislorod molekulasi bilan birikib, ozon (O3) ni hosil qiladi: О(gaz) + О2(gaz) → О3(gaz) Ozon molekulasi qo’shimcha energiyaga ega. Uning atomar va molekulyar kisloroddan hosil bo’lishi energiyaning ajralishi bilan boradi (105 kJ/mol). Ozon o’zidagi ortiqcha energiyani yoqotishga intiladi. U quyosh nurini yuvib, atomar va molekulyar kislorodga parchalana oladi. Buning uchun zarur bo’lgan energiyani to’lqin uzunligi 1140 nm dan ortiq bo’lmagan fotonlar yetkazib beradi. Ozon molekulasining to’lqin uzunligi 200-300 nm fotonlarni yutishi insoniyat uchun katta ahamiyatga ega. Agar stratosferada ozon qavati bo’lmaganda, u qisqa to’lqinli katta energiya - fotonlar yerga o’tib ketar edi. “Ozon” qalqoni bo’lmaganda edi, ana shu katta energiyali fotonlar o’simlik, hayvonot dunyosi va insoniyatni, ya’ni Yerda hayotni yo’q qilgan bo’lar edi. Ozon fotoparchalanishi uning hosil bo’lish reaksiyasining aksidir. Bu azonning hosil bo’lishi va parchalanishini siklik jarayonga aylantirib turadi. Mana shu sikl orqasida Quyoshning ultirabinafsha nurlanishi issiqlik energiyasiga aylanadi. Ozon qisqa to’lqinli ultirabinafsha nurlarni (А ^ 200 — 280 nm) to’la ravishda, to’lqin uzunligi 280—320 nm bo’lgan ultirabinafsha nurlarning esa 90 foizini yutadi. Ozon miqdori strotasferada uncha ko’p bo’lishiga qaramay, uning ultrabinafsha nurlarini yutish qobilyati juda yuqoridir. Strotasferada o’zga gazlar bo’lmagan holda ozonning hosil bo’lishi va parchalanish mexanizmini quyidagicha ifodalash mumkin: *--rultrabinafsha О -I- О 2 nurlar (180 - 240 nm) 33 ._ ultrabinafsha П +П U 3 nurlar (200-ЗООnm) 2 Strotasferada ushbu reaksiyalar muvozanatda bo’ladi. Lekin o’zga gazlar yoki radikallar mavjud bo’lganda ozon parchalanadi: Х + О3 → ХО +О 2 ХО+О →Х + О2 О3 + О → 2О2 Bu yerda: X = Н, OH, NOx, Cl, Br. Аtmosferada ko’rsatilgan radikallar oddiy sharoitda o’zga komponentlar bilan birikadi va strotasferagacha yetib bormaydi. Ozon siklida qator reaksiyalar amalga oshadi. Bulardan biri azot oksidlari qatnashuvi bilan boradigan reaksiyalardir. Atmosferada azot monoksidi NO bilan azot dioksidi NO2 kam kansentratsiyada bo’ladi. Ozon NO bilan birikib, NO2 va О2 ni hosil qiladi. Keyin NO2 atomar kislorod bilan reaksiyaga kirishadi, natijada qaytadan NO bilan О2 hosil bo’ladi. Bundan so’ng NO yana ozon bilan uchrashadi. NO ishtirokida boruvchi gaz fazasidagi reaksiyalar natijasini quyidagicha ifodalash mumkin: O3 + NO → NO3 + O2 NO2 + О2 →NO + О2 Оз + О → Ю2 Yuqoridagi reaksiyalardan NO gazi О3ning parchalanishini tezlatishi, ya’ni u bu reaksiyaning katalizatori bo’lib hizmat qilishi ko’rinib turibdi. Tovushdan tez uchuvchi samolyotlardan ajraluvchi azot monooksidi ozon qavatiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi olimlar tomonidan tekshirilmoqda. Bu borada ba’zi ilg’or fikrlarning amalyotga yo’l olayotganligi ma’lum. Xladonlar (freonlar) ni ozon qavatiga salbiy ta’sir etishi aniqlangan. Juda barqaror bo’lgan bu birikmalar gidrolizlanmaydi va metallarni korroziyaga uchratmaydi. Shu sababdan ular muzlatish ustanovkalarida, aerozol hosil qilish uchun insektrofungisid birikmalari va fotorli birikmalar sintezida kengravishda qo’llaniladi. Ana shu ishlar amalga oshirilayotganda xlor, ftor, metanlarning ma’lum qismi atmosferaga chiqadi. Ular asta-sekin yuqoriga ko’tariladi.yerda zarrasiz bo’lgan bu moddalar storotasferaga ko’tarilganda qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar ta’siriga beriladi. 190-225 nm to’lqin uzunligidagi diapazonda yuqori energiyali nur xlor, ftor, metanlarni fotolizga uchratadi. Bunda metandagi C-CI bog’i nur ta’sirida uzuladi: (CFx CUra3) + h v ↑ СРхС13 х(gaz) + С1(gaz); Ushbu reaksiya yana davom etishi mumkin. Hisoblar xlor atomi hosil bo’lishi 30 km balandlikda maksimal tezlikka ega bo’ishini ko’rsatadi. Ana shu fotoliz orqasida hosil bo’lgan atomar kislorod hosil qiladi. Xlor oksidi o’z navbatida atomar kislorod bilan reaksiyaga kirisha oladi, natijada atomar xolidagi xlor vjudga keladi. Ushbu jarayon ilgari ko’rib o’tilgan azot oksidining atmosferadagi reaksiyasiga o’xshaydi. Har ikki reaksiya ham azonning atomar kislorod bilan reaksiyaga, yana 34 malekulyar kislorodning hosil bo’lishiga olib keladi. Shu sababli xlor, ftor, metandan foydalanishni cheklash choralari ko’rilmoqda. Tarkibida xlor bo’lgan eng barqaror birikmalarga azot dioksidi bilan freon (galoid uglerod)lar kiradi. Masalan, freon-115 380-yil, freon-12 esa 110-yil davomida barqaror bo’lishligi bilan tavsiflanadi. Xuddi mana shu reagentlar stratosferaga yetib boradi va ultirabinfsha nurlar ta’sirida parchalanadi. Buni freon 12 misolida ko’ramiz: ultirabinafsha nurlar Q + C Qp С1 + О3 → С1О + О2 С1 + О → С1 + О2 Hosil bo’luvchi xlor yana ozon bilan birikadi. Zanjir reaksiya bo’yicha xlor o’zga birikmalar bilan birikadi. Birikishda hosil bo’luvchi moddalar, masalan, NOx bo’lishi mumkin: ao + NO2→ aoNO2 Stratosferada hosil bo’luvchi xlor nitrati ham xlor, ham NO2 ning manbai hisoblanib, ozonning parchalanishini katalizlaydi, boshqacha qilib aytganda ozon molekulasining parchalanishini tezlatadi. Odatda kun chiqqan paytda ultirabinafsha nurlar ta’sirida xlor nitrati parchalanishidan hosil bo’lgan xlor bilan azot dioksidi yana ozon bilan zanjir reaksiyasiga kirishida. Xlorning ortiqcha molekulalari reaksiya mahsuloti bo’lgan C1ONO2 ning vodorod bilan birikib, vodorod xlorid hosil qilishi va atmosferaning pastki qismiga yomg’ir yoki qor bilan yuvilishi tufayligina tamom bo’lishi mumkin. Demak, osmondagi xlor boshimizga kislota (HCl) bo’lib yog’ilmoqda, uning tasirida dov-daraxtlar qurimoqda, mevalar xosili kamaymoqda, kasallik ko’paymoqda, ekologik vaziyat faqat stratosferadagina emas, yerda ham baravariga buzilmoqda. Ozonni buzuvchi azot dioksidining manbai bo’lib tuproq, o’rmonlar, okean yoki dengizlarda ro’y beruvchi tabiiy jarayonlar natijasida vujudga keluvchi azot monoksidi (NgO) ham xizmat qilishi mumkin. Azot dioksidining antropagen manbaiga o’g’itlar nitrifikatsiyasi hamda biologik massalarni yoqish mahsulotlari kiradi. Troposferaning ifloslangan qatlamlarida azot oksidlari organik va anorganik tabiatdagi turli moddalar bilan reksiyaga kirishib ozon hosil bo’lishida katalizator vazifasini o’tashi ham aniqlangan. Tropasferada NOx hammasi bo’lb bir kundan yetti kungacha mavjud bo’la olishi hamda barqarorligi ham shu vaqtdan oshmasligi tajribalarda ko’riladi. Bu oksidlar fotokimyoviy reaksiyalarda qisman parchalanadi yoki yog’in-sochinlar bilan pastga tushadi. Stratosferada, o’zaro gazlar nisbatan kam bo’lgan joyda NO2 ham ozon, ham xlor bilan reaksiyaga kirishib NO2 va QONO2 ni hosil qiladi deyiladi. Stratosfera quyi qatlamlaridagi NO ning manbai bo’lib azotli birikmalardan tashkil topgan tez uchuvchi somalyot va raketa yoqilg’ilaridan ajraluvchi gazlar ham hizmat qiladi. Gidrazin (N2H4) va suyuq holdagi azot to’rt oksidi (N2O4) shunday 35 moddalardan hisoblanib, uchish apparatlarida oksidlovchi vazifasini o’taydi. Bundan tashqari yuqori temperaturali chiqindi gazlar stratosferaning quyi qatlamlaridagi molekulyar azot oksidlar (NOx) gacha oksidlashga ko’maklashadi. Stratosferaning quyi qatlamlari tarkibi atmosferanikidan ancha farqlanganligi (komponentlar kam va bulutlar yo’qligi) tufayli yerda hosil bo’luvchi azot oksidlari uzoq vaqt davomida saqlangani holda azon bilan ham, xlor birikmalari bilan ham yuqorida ko’rsatilgandek reaksiyaga kirishadi. Ammo bu yerda qaysi reaksiya ko’proq ahamiyat kasb etgan mehanizmning aniq ifodasi haqida va boshqa muhim masalalarga oid aniq bir ma’lumotlarga ega emasmiz. Ilgarigi ma’lumotlarga va o’tkazilgan matematik modellashlarga ko’ra, ifloslangan strotasfera azot oksidlari azon hosil bo’lishida muhimdir, deyilganligi endilikda tekshiruvlarni talab qilmoqda. Galogen uglerodlarning parchalanishi natijasida xosil bo’lgan xlorni bog’lovchi metan ustida ham ayrim fikrlar mavjud. Keyingi yillarda laboratoriyalarda o’tkazilgan tajribalar bulutlardagi muz bo’lakchalarida o’tadigan getrogen reaksiyalarida azot oksidlarining faol o’rni borligini tasdiqladi. Barrat, Solomon va boshqalar tamonidan “Nature” jurnalida (1988) e’lon qilingan maqolalarda azon o’pqonining paydo bo’lishi mexanizmida xlor oksidi (ClO) ning dimerlanishi reaksiyasining ahamiyati ko’rsatilgan. Quyida Arktika tajribalariga asoslanib o’pqon hosil bo’lishida stratosferada qanday reaksiyalar sodir bo’lishi ifodalab berilgan: С1 + О2→С1О + О CY + O → a + O 2 Ao + ao → м + a2O2 а2O2 + hv → а + аоо аоо + м → а + о2 + м Q2o2 + hv → а + оао OC1O + hv → О + CC1 Reaksiya zanjiri mexanizmida bo’lganligi uchun ham juda ko’p bosqichda boradi va to’liq o’rganishni talab qiladi. Gidrad kislotalarida azonning parchalanishi radikol va fotokimyoviy reaksiyalar mexanizmi bilan bog’liqligi haqida ham ma’lumotlar ham bor. Suvning fazoviy o’tishi bilan bog’liq elektr kimyoviy reaksiyalar ham o’z rolini o’ynaydi. Muz yoki gidrad kristalchalarning vujudga kelishida qattiq yuzalarda elektr zaryadlari yig’iladi, buning natijasida vujudga kelgan potensiallar farqi 300 V gacha boradi. Azonni parchalash uchun hammasi bo’lib 2 - 2,5 V gateng patensiallar faraqi yetarlidir. Fotokimyoviy reaksiyalarda ham, elektrokimyoviy reaksiyalarda ham suvning faza o’zgarishlari tufayli o’ta faol reagentlar hisoblangan erkin elektronlar, erkin rodikallar, ion radikallar vujudga keladi. Ular faqat yuqori haroratdagina amalga oshishi mumkin bo’lgan termodinamik qarshilikni yengib, qattiq sovuq sharoitida ham reaksiyani amalga oshiradi. Gidradlarni saqlovchi sistemalarda suvning fazo o’zgarishlarida reaksiyaning tez o’zgarishi tajribada isbotlandi. 36 Gaz gidradlarida fotokimyoviy reaksiyalar samarali o’tadi. Qattiq fazalar nurlantirilganda foto ko’chish hodisasi, juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo’lgan erkin elektron va radikallar vujudga keladi. Ozon bo’lgan sharoitda termodinamik qarshilik kamayib reaksiya tezligi oshadi va bu boshqa xil birikmalarga ham ta’sir etadi. Gidratlarning hosil bo’lishida xomashyo shu jumladan, azon ham konsentrlanadi keyin fotoliz jarayonida yangi yuqori faollikka ega bo’lgan reagentlar erkin elektron va radikallar, elektronlar manbayi bo’lgan ion radikallar hosil bo’ladi. Ularning ozon bilan reaksiyaga kirishishi quyidagi oddiy sxema bo’yicha o’tadi: О 3 +2 + 2Н + →О2 + Н2О Н2О + О3→Н 2 +2О 2 Bu reaksiyalar kislotali muhitda o’tadi. Bundan tashqari, quyidagi reaksiyalar ham amalga oshishi mumkin: O3 + Q→С1О + О2 O3 + 2H→Н 2О + О 2 Atomar holdagi xlor bilan vodorod (HQ) freonlari suvning fotolizi natijasida vujudga keladi. Bu reaksiyalar labaratoriyada sinovdan o’tkazildi. Bundan “gaz gidradratlari ozon kushandasi” degan xulosani chiqarish mumkin. Agar V.P.Sarev bilan R.P.Povileykovlarning taxmini amalda tasdiqlansa, ozonni saqlab qolishning muhim yo’llarini ishlab chiqish mumkin bo’ladi. Bugungi kunda atmosferaga chiqarib yuborilayotgan ozon kushandalari bo’lmish freonlar, azotchotin gugurt aralashmalar va boshqa gidrat hosil qiluvchilarni tezlikda kamaytirish kerak. Stratosferada gidratlar hosil bo’lishini oldini olishning birdan-bir yo’li ko’p valentli metallarning tuzlari – elektrolitlar, shu jumladan, gaz gidratlarini parchalovchi ftoritlarni sochib yuborishdan iboratdir. Ta’sir doirasi yuzlab kilometrga yetuvchi sistemadan foydalanish ham gaz gidratlarini parchalashda muhim ahamiyatga ega. Tezlikda ozon o’pqoning Arktika bilan Antraktidadan boshqa yerlarga tarqalishining oldini olish darkor. Butun biosferani ozgartirib yuborishi mumkin bo’lgan jarayonni oldi olinmasa u, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Atmosferada oltingugurt eritmalari ham uchraydi. Ular vulqon gazlarida ajraladi, shuningdek, organik birikmalarning bakteriyalar ta’sirida chirishidan hosil bo’ladi. Okeanlarda ham oltingugurt dioksidi hosil bo’ladi. Atmosferada tabiiy ravishda hosil bo’luvchi oltingugurt birikmalari miqdori juda oz, shu sababli ularni hisobga olmasa ham bo’ladi. Ammo katta shahar va sanoat rayonlarida oltingugurt birikmalarining miqdorining ko’payib ketishi havfli vaziyat tug’dirishi mumkin. Havoni zaharlovchi gaz –oltingugurt dioksid (SO2) o’tkir hidli , sassiq va zararli moddalardan biridir. Oltingugurtli rudalar kuydirilganda (metall sulfidi oksidlanadi) SO2 miqdori ko’payib ketadi: 37 27п 8(қ) + ЗО2(г) > 27п(қ)2SO2(r) AQSH da oltingugurtli rudalar eritilganda ajralib chiqayotgan O2 ning 8 foizi havoga ajraladi. Ajralayotgan SO2 ning 80 foizi ko’mir bilan neftning yonishi hisobiga chiqadi. AQSH da qazib olinadigan ko’mir tarkibida 8% gacha (massasi bo’yicha) oltingugurt borligi ishni murakkablashtiradi. Shu sababli AQSH da atmosferaga yiliga 30 mln t SO2 chiqarib tashlanmoqda. Bu modda katta moddiy zarar keltirishi bilan bir qatorda inson sog’ligiga ham zarar yetkazmoqda. SO2 gazi SO3 gachа oksidlanganda uning zarari yana ortadi. Atmosferadagi mayda zarrachalar katalizator yuzasini o’raganda bu jarayon yana tezlashadi. Hosil bo’lgan SO3 gazi suv tomchilari bilan birikib sulfat kislota hosil qiladi: S03(r) + Н20(г) ↑H2S04(c) Skandinaviya va shimoliy Yevropa mamlakatlarida “nordon yomg’ir” ning ko’p yog’ishi ma’lum. Yomg’ir suvlarida sulfat kislotaning bo’lishi qo’llarda baliqlarning kamayib ketishiga, va umuman, ekologik zanjirning buzilishiga olib keladi. AQSHda yog’uvchi “nordon” yomg’irlar ko’llar suvining tarkibini buzmoqda, metall inshoatlarni korroziyaga uchratyapti, hiyobon va maydonlardagi san’at asarlarini (hatto marmardan yasalgan haykallarni ham) ishdan chiqarmoqda. Ammiak bor yerlarda kislota-asos reaksiyasi amalga oshib, ammoniy gidrosulfat NH4(HSO4) yoki ammoniy sulfat (NH4)2SO4 hosil qiladi: NH3(r) + H2SO4(s) →NH4HSO4 (suvli yoki qattiq) NH4HS04(s) + NH3(r)→(NH4)2S04← (suvli yoki qattiq). Ko’pgina sanoat rayonlari osmonini qoplab oluvchi quyuq tutun yuqorida qayd etilgan tarzda havoda tarqalgan ammoniy sulfatdir. Atmosferadagi SO2 ni yo’qotishga doir jarayonlarning yo’qligi achinarli bir holdir. Lekin bu muammo hozirgi davrning kechiktirib bo’lmaydigan vazifalaridan biri ekanligini esdan chiqarmasligimiz lozim. Azot oksidlarining fotokimyoviy smog (tabiiy tumanning sanoat chiqindi gazlari, isitish qurilmalari va boshqalardan chiquvchi gazlar, isitish qurilmalari va boshqalardan chiquvchi aralashmalarning qo’shiluvidan hosil bo’lga sistema) bilan bog’liqligi o’rganilgan. Bu terminga AQSH dagi Los-Anjelos shahri holati sabab bo’ldi. Hozir bunday yoqimsiz havo massalariga ega katta shaharlar soni tobora ko’payib borayotganligi ma’lum. Avtomabillar azot monoksidi ajratib, atmosferani buzadi. Hozir AQSH da avtomabil 1 mil yurganda atmosferaga 1 grammga yaqin NO yoki NO2 gazi chiqishi aniqlangan. 393 nm ga teng to’lqinli fotonlar ta’sirida NO2, NO va О ga parchalanadi: NO2(r) + hv→NO(r) + O(r) Hosil bo’lgan atomar kislorod turli reaksiyalarga, shu jumladan reaksiyaga kirishib ozon hosil qiladi. Ozon О3 ni NO2 gacha oksidlaydi. 38 О3(г) + NO(r)→NO2(r) + О2(г) Hosil bo’lgan NO2 va О2 lar avtomabil dvigatelining yonishidan hosil bo’luvchi ammiak, СО, СН4, С2Н4 оlefinlar, atsetilen, aldegidlar va SO2 lar bilan reaksiyaga kirishib turli moddalarni hosil qiladi. Bular smogning kuchayishiga olib keladi. Uning miqdori shaharlarda kunning ikkinchi yarmida, ayniqsa, kechqurun ko’payishi tajribada aniqlangan, bu inson ko’ziga kunda ko’rinib turgan hafli hodisadir. Avtomabillardan ajralayotgan gazlar tarkibida uglerod monoksidi ham bor. U papiros tutunida ham anchagina miqdorda uchraydi. Bu modda inson qonidagi gemoglabin bilan barqaror kompleks hosil qilganligi sababli xavf tug’diradi. Atmosferada CO miqdori ko’paygan sari qonning organizmga kislorod yetkazib berish hususiyati kamayib boradi. Bu insonning faol mehnat faolyatini susaytiradi, uni lanj qiladi, mehnat unumdorligini pasaytiradi va shu kabi boshqa qator afsuslanarli hodisalarni keltirib chiqaradi. Uglerod dioksidi bilan suv infraqizil nurlarni yutuvchi atmosfera komponentlari hisoblanadi. Shu sababli atmosferadagi uglerod dioksidining miqdori planetamizning obhavo sharoitiga ta’sir etadi. Keyingi o’n yilliklarda ko’mir, neft, tabiiy gaz va boshqa mineral qazilma boyliklarning ko’plab yondirilishi hisobiga atmosferada СО2 ning miqdori bir muncha ortib ketganligi sezilmoqda. Yoqilg’ilarning bunday tezlikda yondirilishida qisqa vaqt ichida planetamiz ob-havosida o’zgarishlar ro’y berishi turgan gap, degan fikirlar o’rtaga tashlanmoqda. Dunyodagi millionlab avtomabillardan ajralayotgan gazlar miqdorini kamaytirish bilan bu muammolarni birmuncha hal qilish mumkin, degan fikrlar o’rtaga tashlanmoqda. Ammo bu choralarning ko’rilishi juda sekinlik bilan borayotganligi kishilarni tashvishga solmog’i lozimligi ko’rinib turibdi. 2. Ozon qatlamini saqlash bo’yicha halqaro hamkorlik. Ozon qatlamini saqlashda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning Atrof muhitni muhofaza qilish programmasi (YuNEP) katta o’rin tutadi. Ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha xalqaro miqyosdagi ishlar 1974yilda boshlanadi. Shu yil mazkur masala bo’yicha konvensiyaga tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Konvensiyani tayyorlash va ularni qabul qilish uchun o’n bir yil vaqt ketdi, nihoyat, 1985-yilda qabul qilindi. “Ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha Vena konvensiyasi” bu borada dastlabki qadam bo’ldi. 1988-yilning o’rtalariga qadar konvensiyani dunyoning 27 mamlakati va Yevropa Iqtisodiy Uyushmasi imzoladi. 18 mamlakat, shu jumladan MDH bilan Ukraina ham uni tasdiqladi. Konvensiya dunyo bo’yicha xlor, ftor, uglerodlar ishlab chiqarish, qo’llash va chiqarib yuborishni tekshirib turish haqidagi protokol rezolyutsiyasini qabul qildi. Xlor, ftor, uglerodlar bo’yicha ekspertlar ishchi guruhlar (Vena guruhi) tuzildi. 1987-yilning sentabrida Mon-readsa 56 mamlakatning vakillari ishtirokida Halqaro konferensiya azolari, sovutgich qurilmalari va qisqartirish haqida qaror qabul qildi va protokol tayyorladi. Ozon qatlamiga ta`sir etadigan 39 mahsulotlarning uchdan ikki qismini ishlab chiqariladigan mamlakatlar pratakolni tasdiqladilar. Shunga asosan 1-jadvaldagi 1-gruppaga kiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va uni qo’llash 1986-yildagidan oshib ketmasligi ta’qidlanadi. 1 gruppaga kiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish 1993-yilga kelib 20 foizga kamaytirilishi talab qilindi. Monreal va Venada qabul qilingan xalqaro muhim qarorlarni dunyo olimlari sidqidildan kutib oldilar. Italiya, Yaponiya MDH va boshqa mamlakat vakillari ozon qatlamini buzuvchi moddalarni ishlab chiqarishni kamaytirish va ularni zararsizlari bilan almashtirish haqida fikr yuritadilar hamda bu masalani hal qilishda xalqaro kuchlarni birlashtirish zarurligini uqtirdilar. Germaniya, AQSH, Fransiya va Shvetsiyaning hamkorlikda yaratgan CHEOPS loyihasi ham bu borada ilk qadam bo’ldi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Arktikaning Shpitsbergen atrofidagi ozon qatlamini tekshirish va nazorat qilib turishdir. Tajribalar AQDP ning 1987 yili Chilining Punta Drenasida olib borgan ilmiy kuzatuvlari asosida o’tkazildi. Tajribalarda NASA ning stratasferada ucha oladigan va zarrachalarni aniqlashga moslangan lazerli qurilma hamda masspekt -rometr bilan jihozlangan tezuchar tayyoralaridan foydalaniladi. Fransiya va Germaniya laboratoriyalari hajmi 35-100 ming kub metrli 5 ta aerostat ajratdi. Bularning har birida 28 km balandlikda tahlil uchun namuna oluvchi jihozlar o’rnatilgan bo’lib, keyin parashyutlar yordamida yerga olib tushiladi. Olimlar Arktika ustidagi ozon o’pqonining paydo bo’lishi Antraktidaniki singarimi yoki o’zgachami degan savolga javob izlash maqsadida mana shunday ishlarni boshlab yubordilar. 1987-yilning oktabrida Buyik Britaniyaning Antraktidadagi Xolli Bey stansiyasida strotasferaning ozon miqdori o’lchanib, Dobson birligi 125 ga tengligi aniqlagandi. Bu birlik 1985-yili 150, 1984-yili 190, 1979-yili esa 273 ga teng deb qayt etiladi. O’tgan yillar ichida ozon miqdori ikki baravar kamayganligi tajribalarda aniqlandi. Ozon teshigi paydo bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Ozon teshigi 10 million km 2 maydonni egallagan edi. Bunday teshik 1988-yilning dastlabki ikki oyi davomida Shimoliy qutbda kuzatilgan saksoninchi yillar o’rtalarida MDH olimlari ozon qatlamini o’lchab turgan stansiyalar ma’lumotlarini kompyuterlarda analiz qilib Moskva, Kiev, sobiq Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg), Yaroslavl kabi yirik shaharlar ustida ham 50 ga yaqin mayda hamda qisqa davrli ozon teshiklari paydo bo’lib o’tganligini qayd qildilar. Ultirabinafsha nurlar ko’payganda yerdagi eng mayda jonzotlar ham zarar ko’rishi mumkinligi isbotlangan. Ozon hujayra yadrosi-xromatinni parchalaydi, oqsilning bo’linishi va ko’payishini to’xtatadi. Qisqa to’lqinli ultirabinafsha nurlanish odamlarda dezoksiri bonuklein kislota (DHK) ni – nasliy kodni buzadi, hatto o’limga ham olib borishi mumkin. To’lqin uzunligi 255-265 nm atrofidagi nurlanishda xafli vaziyat tug’iladi. Ozon qatlami kamaygani sari, stratasfera soviy boshlaydi. Yer yuzasi va havo isib ketadi. Bu holatni karbonat angidridi (CO 2) tufayli vujudga keluvchi “parnik samarasi” ning zararli tasiriga solishtirish mumkin. 40 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24 yanvarda qabul qilingan “Ozon qavatini himoya qilish sohasidagi shartnomalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori Vena konvensiyasi va Monreal protokolini qo’llab-quvvatlovchi davlat hujjati bo’lib mamlakatimiz ekologiyasini yaxshilashga qaratilgan muhim hujjatlardan biri bo’lib xizmat qiladi. 1989-yilning 1 yanvarida ozonni himoya qilish bo’yicha qabul qilingan Xalqaro Monreal protokoli kuchga kirib, ozonni buzuvchi moddalar ishlab chiqarishni 10 yil ichida kamida 50 % kamaytirish ko’zda tutildi. AQSH, Kanada, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Meksika, Shvetsiya, Misr singari mamlakatlar bu xalqaro shartnomani tasdiqladilar. 1990-yilning iyunida Londonda o’tkazilgan bir haftalik yig’ilishda dunyoning 70 mamlakatidan kelgan olimlar ozon qatlamini kemiruvchi kimyoviy moddalarni kamaytirish bo’yicha xalqaro miqiyosda kelishib oldilar. Tuzilgan bayonnoma shartnomasiga ko’ra qabul qilingan qarorlarni bajarish qat’iy talab qilinadi. Shunga ko’ra 2000-yilgacha xlor, ftor, uglerodlar (freonlar, xladagentlar) ishlab chiqarishni kamida 50%ga kamaytirish va ulardan foydalanishni ham shuncha miqdorda ozaytirish ko’zda tutildi. Ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Nyu-Yorkda 1984-yili munisipalitet (mahalliy o’z-o’zini idora qilish organi) tomonidan ekologik politsiya tashkil qilindi. Bunday xayirli ish zero boshqa mamlakatlarda, shu jumladan, bizning mamlakatimizda ham tashkil qilinsa yaxshi bo’lar edi. Ekologik politsiya shaharni har xil zararli chiqindilar bilan ifloslantiruvchi shaxslarni, zavod va korxonalarni izlab topadi, aybdorlarni jazolaydi hamda jarima soladi. Ob-havoning buzilishini nazorat qilish, suvlarni ifloslantirmaslik va tozalikni normada saqlab turish ham politsiya hodimi zimmasiga yuklangan. Ekologik politsiya xodimlari maxsus kiyim-kechak, respirator, qo’lqob, to’pponcha va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlangan bo’ladi. 3. Oqova suvlarni tozalash yo’llari. Akademik I.V.Petryanov tabiatning buyik in’omlaridan biri bo’lgan suvni ulug’lab, o’zining unga bag’ishlagan maxsus kitobini “Dunyodagi eng ajoyib modda” deb atagani bejiz emas, albatta. Bu olim suv va tabiat boyliklarini toza tutish, ulardan ratsional foydalanish va kelajak avlod uchun saqlash sohasida katta ishlar qilayotgan yirik mutaxassisdir. I.V.Petryanov suvni e’zozlash zarur deydi, insoniyat va jonzodlar suv bilan hayot ekanligini ta’kidlaydi. Ammo dunyoning hamma yerida suvga e’tibor bilan qaralyaptimi, u e’zozlanyaptimi? Afsuski, unday emas. Hozirgi vaqtda “oqava suvlar” atamasi ko’p korxona va sanoat birlashmalarida tez-tez tilga olinadigan bo’lib qoldi. Buning boisi korxonalardan oqib chiqayotgan suvlar ifloslanishi bilan bir qatorda o’zida ko’pgina qimmatli 41 komponentlarni ham oqizib ketmoqda. Oqava suvlar tarkibidagi zaxarli va zararli moddalar dunyo okeanini bulg’ayapdi. Suvlardagi kislota, ishqor, qo’rg’oshin, mis, simob, molibden, rux va shu kabi boshqa metallarchi? Yiliga korxonalar hisobidan suvga oqib ketayotgan ming-ming tonnalab qimmatli metallar bilan bir qatorda tabiat in’omi-suv tarkibining ham o’zgarib boryotganligini hisobga olmoq zarur. Mamlakatimizda bu masalalarga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, yirik kimyo korxonalarida oqava suvlardan tuz, metall, kislota, ishqor va boshqa moddalarni tutib qoluvchi filtrlar, katalitik moslamalar, apparat, yondirish pechlari ishga tushirildi. Metanol va glikollarni ushlab qoluvchi qurilmalar ishga tushishi bilan suv havzalari zararli moddalar ta’siridan xalos bo’ldi. Quyosh tushishida suv ko’p shikastlanishi ma’lum. Shu sababli keyingi yillarda kam suv ishlatuvchi texnalogik jarayonlarni ishga solish, oqava suvlarni toza saqlagan holda ulardan ko’p sikllarda foydalanish yo’llarini ishlab chiqildi. Oqava suvlar aloxida mexanik va kimyoviy tozalashdan o’tib, biologik inshootlarga va so’ngra adsorbsion tozalash kolonnalariga yuborildi. Oqava suvlardan osh tuzi, sement shixtasi komponentlari va boshqa maxsulotlar olinmoqda. Bu ishlar korxonaga yiliga uch mln so’m iqtisodiy samara beryapti. Oqava suvlarni qalsiy va magniy karbonatlar, alyuminiy va temir gidroksidlar yordamida tozalash yo’llaridan sanoat miqiyosida foydalanilmoqda. Bu borada kremniy (VI)-oksid, alyuminiy oksid va sementlar ham keng ishlatilmoqda. Shu suvlardan chuchuk suv olishda oqava suvlardan turli metallarni ajratib olishda va boshqa maqsadlarda ionitlar ham qo’llanilmoqda. Dengiz va daryo suvlarini neftdan, moy va shu kabi boshqa mahsulotlardan tozalashda ham yuqorida aytilgan usullardan foydalaniladi. Kimyo korxonalarida osmonga ko’tariladigan gazlar tarkibidagi СО, СО2, SO2, qo’rg’oshin-rux hamda mishyak changi va boshqalar atmosferani ifloslantiradi. Hozirgi zamon texnikasi ana shu zararli aralashma va changlarni to’liq tutib qolib, ularni foydali ishlar uchun qo’llashga qurbi yetadi. Yaratilgan adsorbsion kolonnalar, filtr va turli yutgichlar havoni toza saqlash imkonini yaratadi. Hozirgi kunda atmosferaga ko’tarilayotgan gazlarning 70% dan ko’pi ushlab qolmoqda. Bundan buyon atmosferani ifloslantiruvchi chiqindi gazlar miqdori yil sayin kamayib boraveradi. Tashkil etilgan yangi boshqarma, laboratoriya va bo’limlar atrof muxitni muhofaza qilish bo’yicha ilmiykoordinatsiya ishlari, loyiha va shu kabi boshqa muhim vazifalarni amalga oshirish bilan shug’illanadilar. Har bir korxona va birlashma o’zida shunday ishlar bilan shug’illanuvchi bo’lim yoki gruppaga ega bo’lishi kerak. Respublikamizda atrof muhitni muhofaza qilish borasida diqqatga sazovor ishlar qilinyapti. Tabiatni muhofaza qilish viloyat bo’limlari ko’p sohalar bo’yicha nazorat ishlarini olib bormoqda. Oqava suvlardan metallarni ajratib oluvchi yangi sionitlar sintez qilinmoqda, sorbentlar sinovdan o’tyapti, yangi moslamalar ishga solinyaoti. Oqava suvlardan xrom va ruxni ajratib olish sxemasi ishlab chiqildi. “Navoiy azot” ishlab chiqarish birlashmasida kelajakda oqava suvlar hajmi sutkasiga 4000 m3 ga yetadi. Bunday katta miqdordagi suvni tozalab, undan qayta foydalanish ko’zda tutildi. Bu yangilik hozirgi kunlarda amalga oshirilmoqda. 42 Sement, ohaktosh, g’isht va boshqa qurilish materiallari korxonalarda ham pechlardan ajralib chiqadigan gaz hamda changlarni atmosferaga chiqarmaslik bo’yicha diqqatga sazovor ishlar qilinmoqda. Chiqitsiz texnologiya deganda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hammasi xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladi, degan ma’noni anglamoq kerak. Reaktorlardan ajralgan chiqindi qayta ishlanib, kerakli mahsulotga aylantiriladigan texnologiya chiqindisiz hisoblanadi. Qo’qon moy kombinatida ilgari chiqindi hisoblangan danak, uzum va pomidor urug’laridan endi kosmetika hamda farmoseftika uchun qimmatli mahsulotlar olinyotganligini qayd etish kerak. Danak po’stloqlaridan motorlarni tozalashda foydalanilmoqda. Neftni qayta ishlash korxonalarida ham chiqitsiz texnologiya amalga oshirilgan. Neftdan olinuvchi barcha mahsulotlar xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llanilayotganligi hammamizga ma’lum. Neftning chiqindisi bo’lgan asfalt va bitumlar ham hozir o’ta zarur mahsulotga aylandi. Olmaliq, Navoiy va Chirchiqdagi kimyo korxonalarida ekologiya masalalari katta ahamiyat berilmoqda. Kelajakda nafaqat mazkur korxonalar, balki respublikamizdagi barcha zavodlar, ishlab chiqarish birlashmalari, katta-yu kichik firmalar chiqindisiz texnologiyaga o’tkazilmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va buyumlar ham jahon andozalari darajasiga keltirilmoqda. Tayanch so'z va iboralar. Atmosfera va atrof muhit, Ozon parchalanishi; Oqava suvlar; Atmosfera tarkibining balandlik bo’yicha o’zgarishi kimyoviy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi; Fotokimyoviy va elektrokimyoviy reaksiyalar; Metanol va glikol; Xalqaro Monreal protokoli; Ozon teshigi; Ekologik politsiya; Ozon o’pqoni. Nazorat materiallari 1. Akademik I.V.Petryanov tabiatning buyik in’omlaridan biri bo’lgan suvni ulug’lab, qanday atagan. a) “Dunyodagi eng ajoyib modda” b) “Tiriklik manbai” c) “Hayot manbai” d) “Shaffof, tiniq modda” 2. Kimyo korxonalarida osmonga ko’tariladigan gazlar tarkibidagi qasi moddalar changi atmsferani ifloslantirmoqda? a) СО, СН4, С2Н4 b) СО, СО2, SO2 c) NO2 va О2 d) О3, О, 2О2 3. Noorganika va ekologiya haqida tushuncha bering. 4. “Navoiy azot” ishlab chiqarish birlashmasida kelajakda oqava suvlar hajmi sutkasiga 43 5. Strotasferada o’zga gazlar bo’lmagan holda ozonning hosil bo’lishi va parchalanishi haqida tushuntirib bering. 6. Almashinuv reaksiyasiga misol keltiring. a) NO2(r) + hv→NO(r) + O(r) b) N(gaz) + О(gaz) →NО+(gaz) + N(gaz) c)NH3(r) + H2SO4(s) →NH4HSO4 d) Н2О+О3→Н 2 +2О 2 7. Atmosferada oltingugurt eritmalari qanday xollarda uchraydi, misollar keltiring . 8. Respublikamizda atrof muhitni muhofaza qilish borasida qanday chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda? Adabiyotlar: 1. Ахмеров К. Жалилов А.Сайфуддинов Р.”Умумий ва анорганик кимё” Т.2003 Ўзбекистон. Darslik . 2. Axmerov K. Jalilov A.Sayfuddinov R.”Umumiy va anorganik kimyo” T.2006 Uzbekiston. Lotin alifbosida. Darslik. 3 .Ахмеров К. Жалилов А ., Сайфуддинов Р. «Умумий ва ноорганик кимё» Т.2002 йил Маърузалар курси. Ўқув қўлланма 4. Қ. Aхмеров, A. Жaлилов, A. Исмоилов. “Умумий вa aноргaник кимё” Тошкент, Ўқитувчи 1988 5. Т. М. Миркомилов, Х. Х. Муҳитдинов Умумий кимё Тошкент, Ўқитувчи 1987 44 4. O'qitish texnologiyasining nazariy asoslari "Umumiy va noorganik kimyo" fani bo'yicha tanlangan 3 ta mavzuning tahlili shuni ko'rsatadiki, bu mavzular bir qarashda jiddiy ma'lumotlarni o'zida aks ettriganligi bois ularga pedagogik texnologiya elementlrini qo'llash qiyindek tuyuladi. Ayniqsa, ma'ruza darslari fan o'qituvchisining ma'ruzasi, monologi, aytib yozdirish, tushuntirish, namoyish qilish, doskaga yozish kabi faoliyatlardan iborat bo'lganligi sababli, interfaol ta'lim usullarini qo'llash birmuncha qiyinchiliklar tug'diradi. Albatta, amaliy va semunar mashg'ulotlari, qolaversa laboratoriya mashg'ulotlari ham amaliy xarakterda bo'lganligi sababli, ularda interfaol o'qitish usullarini qo'llash uchun vaqt ham, mavzu materaillari ham yetarli bo'ladi. Biroq, tanlangan ma'ruzalarni tahlil qilish jarayonida mavzularning o'ziga xosligidan kelib chiqib ularda quyidagi interfaol usullarni qo'llash mumkin degan xulosaga keldik. "Termodinamika asoslari va termokimyo" mavzusi bo'yicha: - Kimyoviy termodinamika asoslari rejasi uchun – “BBB” usuli; - Yonish reaksiyasining issiqlik effekti rejasi uchun – "Sinkveyn"; - Turli jarayonlarda entropiyaning o'zgarishi rejasi uchun – "Rezyume" usuli; "Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati" mavzusi bo'yicha: - Kompleks birikmalarning tuzulishi rejasi uchun – “Muammo texnologiyasi” usuli; - Xelatlar va ularning biologik sistemalardagi o’rni rejasi uchun – “Muammo texnologiyasi” usuli; - Kompleks birikmalar nomenklaturasi va izomeryasi rejasi bo'yicha – “Tushnchalar tahlili” usuli; “Noorganik kimyo va ekologiya” mavzusi bo’yicha: - Noorganik kimyo va ekologiya rejasi uchun – "Klaster" usuli; - Ozon qatlamini saqlash bo’yicha xalqaro hamkorlik rejasi uchun – “FSMU texnologiyasi" usuli; - Oqova suvlarni tozalash yo’llari rejasi uchun – “SAN” texnologiyasi. Shuningdek, ma'ruza darslari o'rtasida talabalarning charchashining oldini olish maqsadida ularni mavzudan chalg'itish, mavzudan chekinish shaklida kundalik voqealar, ahloq-odobga va talabalarning qiziqishlariga doir masalalar bo'yicha suhbatlar uyushtirish maqsadga muvofiq. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni beqiyosdir. Yangi o'qitish modellari quyidagilarga asoslangan: ta'limning har bir shaxsga yo'naltirilganligi va unga tizimli yondashuv, ta'lim sub'ektlari munosabatlarini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish; ta'limda talabalarning roli o'zgaradi; 45 talaba o'quv faoliyatini mustaqil olib boruvchi ta'lim jarayonining teng huquqli sub'ekti hisoblanadi; ta'limda o'qituvchining ro’li o'zgaradi; o'qituvchi mustaqil o'quv faoliyatining tashkilotchisi, talabalarining savodli maslahatchisi va yordamchisi hisoblanadi; o'qituvchi talabalarning bilimi, ko'nikmalari, mahoratlarini nazorat qiladi hamda xatoliklarni o'z vaqtida to'g'rilash maqsadida bilim darajasi diagnostikasini ta'minlaydi; ta'limning uslublari va vositalari o'zgaradi; ta'limda muammoli holatlar, faol ijodiy-tadqiqiy faoliyatni yaratishga asoslangan, muammolarni qidirish va yechish, bilimlarni amalda qo'llashga yo'naltirilgan faol va interfaol usullar keng targ'ib qilinadi; talabalarning jamoa va guruh bo'lib ishlash shakllari ko'payadi; axborot texnologiyalari ta'limning an'anaviy vositalari bilan bir qatorda keng qo'llaniladi; talabalarning mustaqil bilim olishlarida o'quv materiallaridan keng foydalaniladi; pedagogik boshqarish uslublari va vositalari o'zgaradi; o'qituvchi muammolarni aniqlashga, g'oyalarni regeneratsiya qilishga, qarorlarni qabul qilishga qodir va ularning amalga oshishiga ma’suldor menejer hisoblanadi. O'qituvchi nafaqat pedagogik faoliyat yuritadi, balki talabalarning o'quv faoliyatini ham bashoratlaydi, loyihalashtiradi va rejalashtiradi, ya'ni qo'yilgan ta'lim maqsadini amalga oshirish va o'quv faoliyatining rejalashtirilgan natijalariga erishish bo'yicha qo'shma faoliyat tizimi va mazmunini ishlab chiqadi, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirishda va o'quv faoliyatini tashkillashtirishda talabalarni qo'llab-quvvatlaydi, ta'lim jarayonini o'quv dialogi va polilogi sifatini tuzadi. Shu bilan birga, o'qituvchilar – loyihalashtiruvchilar talabalarning yangi ta'lim modellari bo'yicha qurilgan ta'lim jarayoniga tayyor emasligiga duch kelashadi. Bu talabalarning ta'lim sub'ekti sifatida ta'sir etmasligida va o'qituvchilar tomonidan taklif etiladigan o'quv faoliyatining uslub va vositalarini amaliy qo'llash ko'nikmalarining yo'qligida namoyon bo'ladi. Shu munosabat bilan zamonaviy pedagogika texnologiyalarini amalga oshirish sharoitlarida talabalar quyidagi ko'nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur: 1) ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlarda mustaqil faoliyat ko'nikmalari: asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish, o'quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni topish, bilish, tushunish, tanqidiy baholay olish va yetkazib berish, hamda belgilar va ramzlar yordamida uni referat, hisobot shakliga keltira bilish; qo'yilgan talablarga muvofiq o'z matnini tuza olish. Bu esa talabaning Insert, Toifali sharh qurish kabi ta'lim uslub va vositalarini amalga oshirishga faol ishtirok 46 etishiga, ma'lumotlarni tizimlashtirish va tizimdan chiqarish, tahlillash va qiyoslashga, o'rganilayotgan tushunchalar (voqealar, hodisalar, mavzular va boshqalar) o'rtasidagi aloqalar va o'zaro aloqalarga, klaster, toifali jadval, kontseptual xarita, SWOT, T-jadval, Venn diagrammasi, piramida, baliq skeletidan foydalangan holda muammoni hal etishni rejalashtirishga tayyor ekanligidan va asoslangan esse va o'quv loyihasi bajarilishi to'g'risida hisobot yoza olishiga dalolat beradi; 2) taqdimot ko'nikmalari: chiqish vaqtida, shu hisobda o'quv topshirig'i bajarilishi natijalari bo'yicha, siz o'zingizni o'qituvchi va boshqa talabalar bilan ishonchli tuta olasiz va har xil vositalardan foydalana olasiz; 3) kommunikativ ko'nikmalar: o'qituvchi va talabalar o'rtasida o'quv munosabatlarini yarata olish xususiyati, o'z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, dialogga qo'shilish, mohiyati bo'yicha savol berish, asoslangan javoblarni berish, qoidaga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish; 4) hamkorlikdagi ishlar ko'nikmalari: guruh bilan harakat qilishga tayyor bo'lish – o'quv topshirig'ini bajarish bo'yicha qo'shma faoliyatni jamoali rejalashtirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlik qilish, ishbilarmon sherikchilik va o'zaro aloqada bo'lish; 5) muammoli holatlar tahlil qilish ko'nikmalari, o'quv vazifasini yechish, g'oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topish, bu o'z navbatida talabalarning muammoli leksiya, tahlilda va o'quv holatlarini (Keysstadi) hal etish faol ishtirokini ta'minlaydi. 6) ma'lumotlarni qidirish, yig'ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanaolishning amaliy ko'nikmalari: mustaqi ish natijalarini bezash bo'yicha o'quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar, referatlar, o'quv loyihalari va boshqalar). Yuqoridagilarga asosan, mazkur fan bo'yicha mavzularni o'qitishni rejalashtirishda har bir mavzuning o'ziga xosligidan kelib chiqib quyidagi nterfaol ta'lim usullarini qo'llash mumkin. 4.1. "Tushunchalar tahlili" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi. Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o’tilgan (semestr yoki o’quv yilida tugagan) o’quv predmeti yoki bo’lim barcha mavzularini talabalar tomonidan yodga olish, biron bir mavzu bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o’z izohini berish, shu orqali o’z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o’qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishga yo’naltirilgan. Uslubning maqsadi. Talabalarni mashg’ulotda o’tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirib olganlik darajasini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatish. 47 Uslubning qo’llanilishi. O’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o’quv predmetining biron-bir bo’limi tugallanganda) o’tilgan mavzuni o’zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talabalarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo’ljallangan. Ushbu uslubni mashg’ulot jarayonida yoki mashg’ulotning bir qismida yakka, kichik giruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo’ladi. Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalar: Tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka), slayd. Izoh: reja bo’yicha belgilangan mavzu asosida hamda o’qituvchining qo’ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o’tkazish mo’ljallangan bo’lsa, guruh o’quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o’tkazish belgilangan bo’lsa, u holda guruhlar soniga qarab, tarqatma materiallar tayyorlanadi). Mashg’ulotlar o’tkazish tartibi: Talabalarni guruhlarga ajratiladi; Talabalar mashg’ulotni o’tkazishga qo’yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi; Tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi; Talabalar yakka tartibda o’tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo’yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishdilar; Talabalar tarqatma materiallarda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o’zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo’lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda); O’qituvchi tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalarni o’qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to’g’ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi belgilangan slayd orqali (imkon bo’lsa) tanishtiriladi; Har bir talaba to’g’ri javob bilan belgilangan javoblarni farqini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo’ladilar, o’z-o’zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar. Izoh: “tushunchalar tahlili” usulubini “Chayanvord”, “Uzliksiz zanjir”, “Klaster”, “blits-zanjir” shaklida ham tashkil etish mumkin. “Tushunchalar tahlili” uslubidan bir darsning o’zida dars boshlanishida o’tilgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo’yicha talabalarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin. 4.2. "Rezyume texnologiyasi" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi. 48 Texnologiyaning tavsifi. Bu texnologiya murakkab, ko’p tarmoqli, mumkin qadar muammoli mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yo’la mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlar, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Texnologiyaning maqsadi: Talabalarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o’quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir etishga, uni ma’qullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishda, mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish. Texnologiyaning qo’llanilishi: Ma’ruza darslarida (imkoniyat va sharoit bo’lsa), semenar, amaliy va laborotoriya mashg’ulotlarida yakka (yoki kichik guruhlar ajratilgan) tartibda o’tkazish, shuningdek, uyga vazifa berishda ham qo’llash mumkin. Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalar: A-3 formatdagi qog’ozlarida (guruh soniga qarab) tayyorlangan tarqatma materiallar, flomaster yoki rangli qalamlar. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: o’qituvchi talabalarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi; o’qituvchi talabalarni mashg’ulotning maqsadi va o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog’ozning yuqori qismida yozuvi bo’lgan, ya’ni asosiy muammo, undan ajratilgan o’quv muammolari va ularni yechish yo’llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarini tarqatadi; har bir guruh a’zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarning afzalligi va kamchiligini aniqlab, o’z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar; kichik guruh a’zolaridan biri tayyorlangan materiallarni jamoa nomidan taqdimot etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o’qib eshittiriladi, lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi; o’qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so’rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so’ng taqdimot guruhi o’z xulosasi bilan tanishtiradi. 4.3. "Muammo texnologiyasi" usulining mazmun-mohiyati va Texnologiyaning maqsadi: talabalarga o’quv predmetining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to’g’ri topishlariga o’rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo’yicha malakalarni 49 shakillantirish, muammoni yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to’g’ri tanlashga o’rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi hatti-harakatlarni to’g’ri aniqlashga o’rgatish. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: O’qituvchi talabalarni guruhlarga ajratib, ularni mos o’rinlariga joylashtirgandan so’ng, mashg’ulotni o’tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya’ni u mashg’ulotni bosqichli bo’lishini va har bir bosqich talabalardan maksimum diqqat etibor talab qilinishini, mashg’ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo’lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat talabalarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo’lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg’otadi. Mashg’ulotni o’tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg’ulot boshlanadi: • Talabalar tomonidan mashg’ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, hotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab qo’yish (agar kinofilm ko’rsatishning imkoniyati bo’lmasa, u holda o’qituvchi o’quv predmetining mavzusi bo’yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o’quv materialidan foydalanishi mumkin); • Har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matindan, hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatmin yoki A-3 formatdagi qog’ozga flomaster bilan yozib chiqadi; • Berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan o’qib eshttiriladi. • O’qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog’ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi; • Tarqatilgan qog’ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a’zosi o’zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi; • O’qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a’zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi. Маsalan: Мuammooni kelib chiqish Мuammoni yechish yo’llari sabablari va sizning harakatlaringiz Тоza ichimlik suvining Suvni toza saqlashga Таbiat va suvni saqlashga kamligi e’tiborning kamligi oid tadbirlar o’tkazish • yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so’ng har bir talaba bajargan tahliliy ishini barchaga o’qib eshttiradi; • muammolar va ularning yechimi bo’yicha jamoaviy fikr almashiladi. • himoyadan so’ng o’qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi. Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Мuammoning turi 50 Bunday texnologiya bilan o’tkazilgan mashg’ulot natijasida talabalar qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlashi kerakligini keyin esa urlarga zarur bo’lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o’z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar. 4.4. "Sinkveyn" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi Texnologiyaning maqsadi: Sinkveyn tuzish murakkab g’oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so’zlar bilan ifodalash uchun muhim bo’lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni puxtaroq anglashga yordam berish bilan birga, ta’lim oluvchilarning fikrlash qobilyatini yuqori darajada rivojlantiradi. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: Quyida “o’qituvchi” mavzusi bo’yicha sinkveyn tuzishni misol tariqasida ko’rib chiqamiz: 1. O’qituvchi 2. Bilimli, tajribali 3. Ilm, fan o’rgatuvchi 4. O’quv jarayonida talabalarga o’rgatadi 5. Muallim Тuzilgan sinkveynni baholar ekanmiz, ta’lim oluvchi bu jarayonda ikkinchi qatorga “o’qituvchi” vazifasining eng muhim xossalarini anglatuvchi bir juft sifatni o’ylab yozishi zarur, degan mulohaza qilish mumkin. Bu javobni bir necha xil variantlarini o’ylab topib, so’ngra ulardan eng asosiysini ajratib olish bilangina uddalash mumkin. Huddi shuningdek, boshqa qatorlarga yoziladigan so’zlar ham jadallik bilan fikrlash natijasida ishlab topiladi. Bu esa “o’qituvchi” tushunchasi ma’nosini puxta va to’laroq anglashga olib keladi. 4.5. "FSMU texnologiyasi" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi. Texnologiyaning tasnifi: ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o’tkazishda yoki o’quv-semenari yakunida talabalarning o’quv mashg’ulotlari hamda o’tilgan mavzu bo’limlaridagi ba’zi mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida yoki o’quv rejasi asosida birorbir bo’lim o’rganilgach qo’llanilishi mumkin. Chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o’quvchi-talabalar tomonidan 51 o’quv jarayonda egallagan bilimlarni tahlil etishga egallanganlik darajasini aniqlashga, baholashga hamda tinglovchilarni bahislashish madaniyatiga o’rgatadi. Техnologiyaning maqsadi. Ushbu texnologiya talabalarni tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. Маshg’ulot o’tkazish tartibi: - o’qituvchi har bir talabaga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi yozilgan qog’oz varaqalarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to’ldirishni iltimos qiladi. Bu yerda: - F – fikringizni bayon eting; - S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating; - М – ko’rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring; - U – fikringizni umumlashtiring. O’qituvchi talabalar bilan bahs mavzusi (yoki muammo)ni belgilab oladi; yakka tartibdagi ish tugagach, talabalar kichik guruhlarga ajratiladi va o’qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi yozilgan katta formatdagi qog’ozlarni tarqatadi; - kichik guruhlarga har birlari yozgan qog’ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda to’rt bosqich bo’yicha yozishlarini taklif etiladi; - o’qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o’rtasida himoya qilishlarini so’raydi; - mashg’ulot o’tkazuvchi tomonidan muammo bo’yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi. Таrqatma materialning taxminiy nusxasi Vazifа. “Pedagogik texnologiya o’zini oqlaydi!” mavzusi bo’yicha quyidagi fikrlaringizni bayon eting: F-fikringizni bayon eting; S-fikringiz bayoniga biron sabab ko’rsating; M- ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring; U- fikringizni umumlashtiring. 4.6. "Aqliy xujum" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi G’oyalarni generatsiya qilish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarni ilgari suradilar: “Аqliy xujum” quyidagicha: - Fikr hech qanday cheklanmagan holda, iloji boricha balandroq ovozda aytilishi lozim; - Хаr qanday fikrni aytish mumkin, u qabul qilinadi. 52 - G’oyalarga tushuntirish berilmaydi, ular vazifasiga bevosita bog’liq holda aytiladi. - Таkliflar berish to’xtatilmaguncha, aytilgan g’oyalarni tanqid yoki muhokama qilishga yo’l qo’yilmaydi. - Ekspert guruhi yoki magnitafon barcha aytilgan takliflarni yozib boradi. 4.7. "BBB" (bilaman, bilishni istayman, bilib oldim) usulining mazmunmohiyati va qo'llanilishi Маshg’ulotni o’tkazish tartibi: Har qanday mavzuni o’tishdan avval daftar varag’ining bir beti ustun shaklida teng uchga bo’linadi. Birinchi ustun tepasiga “Bilaman”, ikkinchi ustunga “Bilishni istayman” va uchunchi ustunga “Bilib oldim” deb yozib qo’yiladi. Talaba birinchi o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’ziga ma’lum bo’lgan informatsiyani yozadi. U muhokama etilgandan so’ng guruh bo’lib ikkinchi ustun to’ldiriladi. Unga talabalar bilishni istagan muammolar yoziladi. Agar talabalar qiynalsa, o’qituvchi ko’maklashadi. Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan o’tiladi. Bunda mavzu qisqa tushuntirilib, materialni mustaqil o’qishga tavsiya etilishi, surilgan ma’ruza yoki ma’ruza va tajriba shaklida o’tilishi, tajriba ko’rsatilib tushuntirilishi mumkin. Yangi mavzu o’rganilgandan so’ng uchunchi ustun to’ldirilishi talab etiladi. Natija guruhda muhokama etiladi. 4.8. "Ssenariy" texnologiyasi usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi Техnologiyaning maqsadi: talabalarda yakka va jamoaviy ijodiy faoliyat ko’nikmalarini, shuningdek, ijodiy qobilyatlarni egallash, o’tkaziladigan tadbirlarni oldindan rejalashtirish senarisini tuzish, tashkil etish va o’tkazish bo’yicha ko’nikma, malaka hosil qilish. Маshg’ulotni o’tkazish tartibi: Маshg’ulotning har bir qatnashchisi yakka holda ishlash uchun tayyorlab kelgan tarqatma material (kartochka)lardan bittasini tanlab oladi. Kartochkalarda talabalar uchun turli xil tadbirlarning mavzusi berilgan bolib, ular shu mavzuda o’tkazishi mumkin bo’lgan tadbir haqida yakka holda bosh ko’tarishlari, uning mazmuni, o’tkazilish tartibining turli shakillarini aniqlashlari hamda shu tadbirning reja-senarisini ishlab chiqishlari kerak. Маshg’ulotning keyingi bosqichida talabalar o’zlari yakka holda tuzgan reja – senariylari bilan kichik guruhlarga ajraladilar. Ular o’z ishlarining natijasi bilan guruh a’zolarini bima-bir tanishtiradilar, ishlab chiqilgan reja-senariylarga baho beradilar, berilgan reja – senariylarni to’ldirib, to’g’irlab, ular ichidan bitta variantni tanlab oladilar. Keyin kichik guruhlar birgalikda tanlangan tadbirning reja - senarisini ishlab chiqadilar. 53 Vazifalarni bajarish mobaynida guruh a’zolari, yakka tartibda ijodiy yondashib, tayyorlangan reja-senariylarni e’tiborga olgan holda hamda ular ichidan tanlab olingan senariy bo’yicha taqdimotga tayyorlanadilar. Har bir guruh birgalikda tayyorlagan senariylarini himoya qiladi. Himoya vaqtida guruh a’zolari (yoki guruh vakili) talabalar auditoriyasining savollariga javob berishi yoki o’z variantlarida qolishlari mumkin. Reja – senariy loyihaning sxema yoki tomosha shaklida bo’lishi mumkin. Таqdimot tugagach, talabalar himoya qilingan loyihalarni birgalikda muhokama qiladilar va yakunlaydilar. O’qituvchi har tomonlama yaxshi, qiziqarli tuzulgan senariylarni keyinchalik amalga oshirish uchun tashkilotchilarga tavsiya etadi. O’qituvchi bajarilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildiradi. 4.9. "SAN texnologiyasi" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi (uchlik – samarali, ahloqiy,nazokatli) Техnologiyaning maqsadi: talabalarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko’nikmalarini, ishga ma’sulyat bilan yondashuvni shakillantirish, bezash ishlari ko’nikmalarini rivojlantirish. Маshg’ulotni o’tkazish tartibi: o’qituvchi talabalar auditoriyasini o’tkaziladigan mashg’ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va talabalarni 3 kishidan iborat kichik guruhlarga ajralishlarini iltimos qiladi; Kichik guruhlarda talabalar quyidagi rollarga bo’linadi: rassom, adabiy va badiy muharrir, dizayner (bezakchi). Keyin har bir guruh vakili o’qituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan kartochkalar ichidan bittasini tanlab oladi. Topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: - devoriy gazeta (biron mavzuga, bayramga yoki yubileyga bag’ishlangan yoki hazl-mutoibali, satirik yoki o’quv fani yoki guruh faoliyatiga bagishlangan yoki monitoring ekrani kabi) eskizni tayyorlash; - bayram (yoki biron-bir tadbir)ga chorlovchi afishaning (masalan, e’lon, tashviqot, taklifnoma) eskizini tayyorlash; - turli tadbirlar (masalan, bayram)ga bag’ishlangan taklifnoma pattalarining eskizi va maketini tayyorlash; - tabrik otkiritkalarining maketlarini tayyorlash; - biror tadbir o’tkaziladigan joyni bezatish eskizlarini tayyorlash; Кichik guruhlarga topshiriqni bajarib taqdimot qilishlari uchun tayyorlanishlariga 30 daqiqa vaqt beriladi. Tayyorgarlik vaqti tugagach, taqdimot boshlanadi. Taqdimot vaqtida guruhlar o’zlari tayyorlagan eskiz va maketlari bilan barchani tanishtiradilar, namoyish etadilar va asoslaydilar, jamoaviy ijodiy faoliyatdagi o’z variantlarini himoya qiladilar. Taqdimot tugagach, umumiy muhokama boshlanadi. Muhokama jarayonida talabalar bezatilgan, tayyorlangan ishlarga tegishli talablarni aniqlaydilar, o’qituvchining o’zi yoki alohida tuzilgan ijodiy guruh esa talabalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni maxsus xona taxtasiga yoki vatman qog’oziga yozib boradi. 54 Маshg’ulot oxirida o’qituvchi talabalarga yuqorida berilgan turli topshiriqlar bo’yicha bir necha namunaviy eskizlardan tarqatadi. 4.10. "Klasterli tahlil" usulining mazmun-mohiyati va qo'llanilishi Кlaster-ingilizcha so’z bo’lib, g’uncha bog’lam ma’nosini anglatadi. Axborotlarni klasterga ajratish u ko’p variantli fikrlashni, o’rganilayotgan tushunchalar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi, biror mavzu bo’yicha ta’lim oluvchilarni erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashga yordam beradi. Klasterlarga ajratishni dars davomida, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. Asosan u yangi fikrlarni uyg’otish va muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzish ketma ketligi quyidagicha: • Тоpshiriqni diqqat bilan o’qib chiqing. • Fikrni tarmoqlanish jarayonida paydo bo’lgan har bir fikrni yozing. • Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang. • Belgilangan vaqtdan unumli foydalanishga va fikringizni jamlashga harakat qiling. • Har bir tarmoqda talab qilinayotgan tushunchalarga mumkin qadar to’laroq javob berishga harakat qiling. • Javoblarni yozishda faqat o’z bilimlaringizga tayangan holda ish yuriting. 5. "Umumiy va noorganik kimyo" fani bo'yicha o'quv maqsadlarini ishlab chiqish Pedagogik texnologiyadagi loyihalash jarayonida ham o'quv va tarbiya maqsadlari ishlab chiqishda tavsiflar va har bir didaktik bo'linmadan kutilajak natijalar ta'riflariga maxsus talablar qo'yiladi. Dastlab o'quv va tarbiya maqsadlari ishlab chiqiladi. Huddi shu bosqichda sanoat ishlab chiqarishga o'xshashlik kuzatiladi. Ishlab chiqarishdagi boshqaruvchi va ta'limdagi pedagog faoliyatlarida tizimning ahvoli va samaradorligi haqidagi axborotlar oqimini qabul qilishi bo'yicha o'xshashlik bor. Ishlab chiqilgan o'quv maqsadlari asosida nazorat ishlari tuziladi va undan so'ng uslubiy qo'llanmalar va ma'ruza matnlari yaratiladi. O'quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati - o'quv jarayonining so'nggi natijalari bo'lgan o'quv maqsadiga erishishga yo'naltirilganligini kuzatish mumkin. 5.1. "Bilish" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari "Umumiy va noorganik kimyo" fani bo’yicha keltirilgan ma’ruza matinlari orqali talaba quyidagilarni bilib oladi: 55 - "Umumiy va noorganik kimyo" fanining mazmun-mohiyatini bilib oladi; - Kimyoviy moddalar va ularning atom tuzilishi nazaryalarini bilib oladi; - Davriy qonun, molekulalarni tuzilishi, eritmalar, reaksiyalar, koordinatsion birikmalar va ekologik vaziyatlar to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo'ladi. 5.2. "Tushunish" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari - Umumiy va noorganik kimyo fanini mazmun mohiyati ekologiya bilan uzviy bog’liqligini tushuntirib bera oladi; - Fanning qonunyatlarini, atom, molekula, modda va boshqa tushunchalarni tushuntirib bera oladi; - Atom tuzulishi, molekulalar tuzulishi va kimyoviy bog’lanishlardagi sxemasini tushuntirib bera oladi; 5.3. "Amalda qo'llash" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari Termodinamikada jismning ichki energiyasini kamayish va ko’payishini aniqlashda misol va masalalar yecha oladi; Atom va molekulalar tuzulishida, termodinamikada, koordinatsion birikmalarda, elektrokimyoviy jarayonlarda formulalarini qo'llay oladi; Umumiy va noorganik kimyoni o’rganish orqali, misol va masalalarni samarali yechish usullarini ko'rsatib bera oladi. 5.4. "Analiz" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari D.I.Mendeleyevning 1869 yilda yaratgan davriy qonuniyatni va barcha kimyoviy qonunyatlarni mazmun-mohiyatini talqin qila oladi; Termodinamikaga va noorganik kimyo fanidagi kimyoviy reaksiyalarning koeffitsiyentlarini tenglay oladi; Fizik-kimyoviy bog'lanishlarning mexanizmini tushuntirib bera oladi. 5.5. "Sintez" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari CH4 + O2→…, SO3 + H2O→……. reaksiyalarning davomini yozib bera oladi; SO2 + O2 V O →SO3, KclO3MnO →KCl + O2 reaksiya uchun katalizator tanlashni biladi; CH4 + O2→…, SO3 + H2O→……. reaksiyaning borish sharoitlari va rejimlarini hisoblay oladi. 2 5 2 5.6. "Baholash" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari 56 Umumiy va noorganik kimyo fani bo’yicha Geterogen va gomogen dispers sistemalarni ahamiyatiga baho bera oladi; Masalalarning yechilishi to'g'ri-noto'g'riligini baholay oladi; Ushbu fan bo’yicha kimyoviy bilimlar, tajribalar va malakalarni orttirishning samarali usullarini biladi; Egallangan bilimlar doirasida talabalarning aytgan fikrlarini to'g'ri baholay oladi. 57 6. Mavzular bo’yicha texnologik xaritalar tuzish 6.1. "Termodinamika asoslari va termokimyo" mavzusi bo'yicha ma'ruza darsining texnologik xaritasi Vaqt, minut Tashkiliy qism 10 Davomat Darsda kimlar qatnashmayotganligi so’rab bilib 2 olinadi va elektron jurnalga yo’q talabalarning ism familyasi qayd qilib qo’yiladi. Ma’naviy-ma’rifiy Talabalarning darsga tayyorgarligi (o’quv qurollari, 4 daqiqalar kiyinishi) tekshiriladi. Takrorlash va Таlabalar bilan “Aqliy hujum” usulida savol javob 4 motivatsiya o’tkazilib, o’tilgan materiallar esga solinadi va yangi mavzu bilan uyg’unlashtirilgan holda, Ма’ruza mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati haqida bayon qilib darsga qiziqtiriladi. Asosiy qism 65 1. Kimyoviy termodinamika asoslari rejasining bayoni 20 keltiriladi va formulalar yordamida yoritib, tushuntiriladi. BBB usulini qo'llash. 2. Yonish reaksiyasining issiqlik effekti haqida ham 20 misol va masalalar asosida tushunchalar beriladi va yozdiriladi. Mavzu bo'yicha "Sinkveyn" tuzish. Chekinish. Yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlar va 5 kimyo sohasidagi yutuqlarimizga biroz to’xtalib o’tiladi. 3. Turli jarayonlarda entropiyaning o'zgarishi haqida 20 proyektorda tayyorlangan grafik orqali tushuntirib yozdiriladi. "Rezyume" usulini qo'llash. Yakuniy qism 5 Xulosa Talabalarning takliflarni eshitish 2 Mustaqil ishlash uchun topshiriq beriladi. Uyga 3 E’lonlar vazifa qilib Termodinamika va termokimyo jarayonlarini xususiyatlarini solishtirish uchun “Rezyume” usulidan foydalanish taklif etiladi. Dars bosqichlari Darsning borishi 58 6.2. "Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati" mavzusi bo'yicha ma'ruza darsining texnologik xaritasi Vaqt, minut Tashkiliy qism 10 Davomat Guruhdagi talabalar sanab chiqiladi, auditoriyada 2 yo’q talabalar ism familyalari va sababi bilib olingandan so’ng jurnalga qayd qilib qo’yiladi. Ma’naviy-ma’rifiy Talabalarning darsga tayyorgarligi (o’quv qurollari, 4 daqiqalar kiyinishi) tekshiriladi. Takrorlash va Таlabalarning mashg’ulot jarayonidagi faolligini 4 motivatsiya oshirish maqsadida “Aqliy hujum”ga tortish uchun savol javob o’tkazib o’tilgan materiallar esga solinadi va yangi mavzu bilan uyg’unlashtirilgan holda, mа’ruza mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati haqida bayon qilib darsga qiziqtiriladi. Asosiy qism 65 1. Kompleks birikmalarning tuzulishi haqida formula 20 va misollar yordamida tushuntirib yoritib beriladi. “Muammo texnologiyasi” usulini qo’llash. 2. Xelatlar va ularning biologik sistemalardagi o’rni. 20 struktura formulalari orqali tushuntirib gapirib beriladi va daftarga yozdirib qo’yiladi. “Muammo texnologiyasi” usulini qo’llash. Chekinish. Yurtimizda yosh avlod tarbiyasiga o’z 5 tasirini ko’rsatuvchi ijtimoiy muhitning o’rni haqida chiroyli jumlalar keltiriladi. 3. Kompleks birikmalar nomenklaturasi va izomeryasi 20 proyektor orqali tayyorlangan lavhalar asosida yoritiladi va tushuntirib beriladi. “Tushnchalar tahlili” usulini qo'llash. Yakuniy qism 5 Xulosa Talabalarning takliflarni eshitish 2 E’lonlar Mustaqil ishlash uchun topshiriq beriladi. Uyga 3 vazifa qilib Koordinatsion va kompleks birikmalar xususiyatlarini o’rganish uchun “Tushunchalar tahlili” usulidan foydalanish taklif etiladi. Dars bosqichlari Darsning borishi 59 6.3. “Noorganik kimyo va ekologiya” mavzusi bo’yicha ma'ruza darsining texnologik xaritasi Vaqt, minut Tashkiliy qism 10 Davomat Guruh sardorlaridan darsga kimlar 2 qatnashmayotganligi so’rab bilib olinadi va elektron jurnalga yo’q talabalar qayd qilib qo’yiladi. Ma’naviy-ma’rifiy Talabalarning darsga tayyorgarligi (o’quv qurollari, 4 daqiqalar kiyinishi) tekshiriladi. Takrorlash va Таlabalar bilan savol-javob o’tkazib o’tilgan 4 motivatsiya materiallar esga solinadi va yangi mavzu bilan uyg’unlashtirilgan holda, mа’ruza mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati haqida bayon qilib darsga qiziqtiriladi. Asosiy qism 65 1. Noorganik kimyo va ekologiya rejasi bayon qilinadi 20 va formulalar yordamida yoritilib tushuntirib o’tiladi. “Klaster” tuzish. 2. Ozon qatlamini saqlash bo’yicha xalqaro hamkorlik 20 rejasi gapirib tushuntirib yozdiriladi. “FSMU texnologiyasi" usulini qo’llash. Chekinish. Yurtimizda va dunyoda bo’layotgan 5 yangiliklar to’g’risida to’xtalib o’tiladi. 3. Oqova suvlarni tozalash yo’llari haqida proyektor 20 orqali tayyorlangan animatsiyalar orqali tushuntirib yozdiriladi. “SAN” texnologiyasini qo’llash. Yakuniy qism 5 Xulosa Talabalarning takliflarni eshitish 2 3 E’lonlar 2-ON uchun topshiriq beriladi. Dars bosqichlari Darsning borishi 60 7. “Umumiy va noorganik kimyo” fanini o’qitish metodikasi. 7.1. “Termodinamika asoslari va termokimyo” mavzusi bo’yicha o'qitish metodikasi Tashkiliy qism: Kafedra professori, yoshi 60 larni qoralagan did bilan kiyingan Rustam Sodiqovich belgilangan vaqtda auditoriyaga kirib keldi. Auditoriyadagi talabalar xurmat ila o’qituvchi bilan salomlashishdi va o'quv qurollarini tayyorlab nigohlarini o'qituvchiga qaratishdi. O’qituvchi talabalarning kiyinish madaniyatiga, o'quv qurollarining tayyorligiga nazar tashlab qo'ydi. Bir-ikki talabaga mavsumga mos holda kiyinish zarurligini uqtirib o'tdi. Kiyinish madaniyati haqida biroz to’xtalib, kiyim o’ziga qulay va yarashibgina qolmasdan, atrofdagilarning etiborini tortmaydigan, ortiqcha bezaklar berilmagan, ya’ni ta’lim maskaniga mos libosda bo’lishlari lozimligi haqida aytib o’tdi. Keyin talabalarga xos did bilan kiyingan a'lo o'qiydigan talabalarga qarab mamnuniyat bilan iliq so'zlarni aytdi. Xalq maqollaridan "yaxshi so'z til bezagi, yaxshi libos inson bezagi" deb misol keltirdi. Guruhdagi talabalarning ko'pchiligi ularga havas bilan qarab qo'yishdi. O'qitivchi ma'naviyma'rifiy daqiqalar mobaynida doska oldidan auditoriya o'rtasidagi yo'lakcha bo'ylab oxirgi partagacha bordi, talabalarning xatti-harakatlarini kuzatdi va doskaning oldiga qaytib keldi. Darsda telefon apparatlarini ovozsiz rejimga qo'yib, telefonda iloji bo'lsa gaplashmaslikni va atrofdagilarning diqqatini tortmaslikni talab qildi. Shundan keyin davomatni jurnalga qayd qildi. Auditoriyada talabalar ko'p bo'lganligi bois, o'qituvchi guruh sardoriga murojat qilib, auditoriyada yo’q talabalarning ism-familyalarini va ularning kelmaslik sabablarini aytib berishni so'radi, so'ng ma'lumotlarni jurnaliga qayd qilib qo’ydi. Rustam Sodiqovich shu kunlarda dunyoda bo'layotgan voqealar haqida ham to'xtalib, ularni kimyo fanining rivojiga bog'lab o'tdi. O'zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o'rtasida amalga oshirilayotgan iliq, do'stona munosabatlar haqida gapirib berdi. Ayniqsa, Janubiy Koreyalik mutaxassislarning Surgul neftgaz kimyo majmuasini ishga tushirish bo'yicha olib borayotgan ishlari haqida ham to'xtalib o'tdi. Shuningdek, institutda amalga oshirilayotgan dolzarb masalalar, xususan, kimyo fani bo'yicha talabalar olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rilayotgani haqida ham to'xtalib o'tdi. 4 minutlik ma’naviy-ma’rifiy suhbatdan so’ng o’qituvchi dars mavzusiga e'tiborni qaratib, o'tgan darsdagi mavzu bo'yicha talabalarga savol berdi. Auditoriyaga yuzlangan holda baland ovozda "Kimyoviy bog’lanish deb nimaga aytiladi va kimyoviy bog’lanishning nechta turi mavjud", degan savolni o'rtaga tashlab talabalarni "aqliy hujum"ga boshladi. Vohidova Nasiba qo'l ko'tarib savolga "Molekulada atomlarni o’zaro tutib turadigan kuchlar yig’indisiga 61 kimyoviy bog’lanish deb aytiladi", deb javob berdi. Unga qo'shimcha qilib Nematov Nurbek javobni yanada aniqlashtirdi: "Kimyoviy bog’lanishning besh turi ma’lum: 1) ion bo’lanish, 2) kovalent bog’lanish, 3) metall bog’lanish, 4) vodorod bog’lanish, 5) Van-der-Vaals kuchlari asosidagi bog’lanish" deb javob berdi. Shu tariqa o’qituvchi talabalarning bilimlarni o'zlashtirganini sinagach yangi mavzuni boshladi. Asosiy qism: Mavzu: “Termodinamika asoslari va termokimyo” asoslari. Reja: 1. Kimyoviy termodinamika asoslari 2. Yonish reaksiyasining issiqlik effekti 3. Turli jarayonlarda entropiyaning o'zgarishi 1. Kimyoviy termodinamika asoslari O’qituvchi avval dars materiallarini o’zaki aytib, tushuntirib berdi, kerakli joylarini proyektordan yozib olishni va diqqat bilan tinglab kuzatib borishlarini ta'kidladi. "BBB" usuli bo'yicha quyidagilarni amalga oshirdi. Rustam Sodiqovich talabalardan "kimyoviy termodinamika" atamasini tushuntirib berishni so'radi. Talabalar quyidagi javoblarni berishdi: - termodinamika bu –kimyoning issiqlikni o’rganuvchi qismi. - termodinamika bu –jisimlardagi kuchlar va ichki energiyalarni aniqlab beradigan qisim. - termodinamika bu – issiqlik energiyasini qayerda qanday ishlatishni o’rganadi. Keyin ushbu mavzu bo'yicha yana nimalarni bilishni hohlaysiz, deb auditoriyaga murojaat qildi. Talabalar quyidagi javoblarni berishdi: - termodinamika haqida va uning vazifasini bilishni hohlaymiz. - kimyoviy termodinamikaning qonunyatlarini. - kimyoviy termodinamikani o’rgangan olimlar haqida ham bilishni xoxlaymiz. Shunday keyin mavzuni tushuntira boshladi. Termodinamika issiqlik energiyasi bilan boshqa xil energiyalar orasida bo’ladigan munosabatlar haqidagi ta’limot ekanligi, "termodinamika" so’zi grekcha termo – issiqlik va dinamis – kuch so’zlaridan olingani va issiqlik bilan bog’liq bo’lgan kuchlar degan fan ekanligini aytib, uning vazifasi turli sistemalarning xossalari ularda bo’layotgan jarayonlarni o’rganishdan iboratligini tushuntirib o’tdi. Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamikaning bir qismi bo’lib, termodinamika qonun va qoidalarini kimyoviy jarayonlarda qo’llanishini tekshirishini hamda termodinamikani qonun-qoidalarini birma-bir tushuntirib o’tdi. Termodinamika uchta: birinchi, ikkinchi va uchunchi qonunlardan iboratligi va har qaysi qonunning o’ziga xos postulati bo’lgani uchun to’g’ridan-to’g’ri 1, 2, 62 3-postulatlar deb ham aytilishini va bu qonunlar qachon va kim tomonidan kashf qilinganini tushuntirib, yozdirib qo’ydi. Keyin sistema tushunchasi bilan tanishtirishda davom qildi. Tashqi muhitdan amalda yoki fikran ajratib olingan va bir-biriga ta’sir etib turadigan moddalar yoki jismlar guruppasi sistema deb aytilishini tushuntirib berdi. Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuning xususiy ko’rinishi bo’lib, energiya xillari orasida sifat va miqdoriy munosabatlarning borligini ko’rsatadi. "Energiya yo’qolib ketmaydi va yo’qdan bor bo’lmaydi" degan qofiyali jumlalarni keltirib o'tdi. Ko’plab tajribalar hamda tekshirishlar mexanik energiya issiqlikka aylanishi mumkinligini ko’rsatadi. Rustam Sodiqovich oddiy qilib kundalik hayotdan misol keltirib o’tdi. Masalan: ikkita toshni qo’l mehnati yordamida mexanik ishqalanishidan issiqlik ajralib chiqishini kuzatsa bo’ladi. Shunga o’xshash, oddiy tegirmonning ishlash jarayonini ham misol qilib ko'rsatish mumkin: bu jarayonda mexanik energiyani ish unumdorligini kuzatsa bo’ladi, jarayon mobaynida ajralayotga issiqlik bekorga isrof bo’lishi hammaga ma’lumligini aytib o’tdi. 1847-yilda Gelmogels “energiyaning saqlanish prinsipi” ni shunday ta’riflagan: "alohida olingan sistemaning umumiy energiyasi o’zgarmas qiymatga ega bo’ladi. U yo’qdan bor bo’lmaydi va yo’qolib ham ketmaydi". Termodinamikaning bu qonuniga ko’ra, yo’qdan energiya olib abadiy ishlaydigan mashina qurib bo’lmasligini va shu vaqtgacha termodinamikaning birinchi qonuniga zid keladigan birorta ham misol uchramaganligini aytib o’tish mumkin. Agar biror jarayon davomida energiyaning bir turi yo’qolsa, uning o’rniga ekvivalent miqdorda bir turi paydo bo’lishini va bu qonunning matematik ifodasini doskaga yozdi: ∆U = Q - P∆V. Bunda ∆U – sistemaning ichki energiyasi, Q – sistemaga berilgan issiqlik miqdori, P –sistemaning bosimi. V – sistema hajmining o’zgarishi, P ∙ ∆V = A bo’lganligi uchun, ∆U = Q - A ko’rinishida yozish ham mumkinligini tushuntirdi va talabalarga yozib olishlarini aytdi. Talabalar yozib olgunga qadar o’qituvchi auditoryani aylanib, hammani kuzatgan holda mavzuni tushuntirishda davom etdi. Darsdan tashqari narsalarga chalg’iyotgan talabaga e'tiborini qaratib, darsga jalb e'tiborli bo'lishini talab qildi. Keyin gapirishda davom qildi: shunday qilib har qanday jism ma’lum energiya miqdoriga ega va jismda bo’lgan barcha energiya jismning umumiy energiyasidir, jismning umumiy energiyasi kimyoviy termodinamikada sistemaning ichki energiyasi deb aytiladi. Endi jismdagi ichki energiyaning mutloq miqdorini o’lchab bo’lmasligini quyidagi masalada ko’rib chiqamiz. Masalan, 2 hajm vodorod bilan 1 hajm kislorod aralashmasini ichki energiyasini U 1 bilan ifodalaymiz. Aralashmani elektr uchquni yordamida portlatib, suv bug’i hosil qilamiz. Uning ichki energiyasini U2 bilan ifodalaymiz. Aralashma portlagach, sistemada ichki energiya U1 dan U2 ga o’zgaradi: ∆U = U2 - U1 63 Bunda: ∆U - ichki energiyaning o’zgarishi; uning qiymati faqat U1va U2 larga, yani sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq, ammo sistema bir holatdan ikkinchi holatga qay usulda o’tganligiga bog’liq emasligini tushuntirdi va kerakli formulani daftarga yozib olishlarini aytdi. Kimyoviy sistemalardagi energetik o’zgarishlar energiyaning saqlanish qonuniga asosan bo’lishini va formulasini yozib tushuntirib beradi: Q = ∆U + A Agar bosim doimiy (P=const) bo’lsa, hajm o’zgarishi hisobiga ish bajarilishini va shunga ko’ra: A = P(V2 - V1) = P ∙ ∆V bo’ladi: bunda ∆V – sistema hajmining o’zgarishi A = P ∙ ∆V bo’lgani uchun tenglamani quyidagi ko’rinishda yozish ham mumkiligini: QP = ∆U + P ∙ ∆V bunda: QP - reksiyaning o’zgarmas bosimidagi issiqlik effekti: ∆U = U2 - U1 va ∆V = V2 - V1 ko‘rinishidan QP = (U2 - U1) + P(V2 - V1) = U2 - U1 + PV2 - PV1 = (U2 + PV2) - (U1 + PV1) QP = (U2 + PV2) - (U1+ PV1) Quyidagi tenglamadagi U + PV – kattalik sistemaning entalpiyasi (issiqlik tumani) deyilishini va “H” harifi bilan belgilanishini aytib yozdirdi. Telnglamani quyidagi ko’rinishga keltirb: Q = H2 – H1 = ∆H Tushuntirdi va kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori ko’rsatib yoziladigan tenglamalarga termakimyoviy tenglamalar deyiladi degan jumla bilan rejani yakunladi. O'qituvchi talabalarga yuzlanib, "kimyoviy termodinamika" atamasi bo'yicha talabalardan izoh talab qildi. Talabalar dars materiali bo'yicha javob berishdi. Shundan keyin, Rustam Sodiqovich, "kimyoviy termodinamika" haqida avval qanday fikrda edi-gu, endi qanday fikr paydo bo'ldi?, deb murojaat qildi va avalgi aytilgan fikrlarga talabalardan izoh talab etdi. Talabalar shunday javob berishdi: - termodinamika bu - Issiqlik energiyasi bilan boshqa xil energiyalar orasida bo’ladigan munosabatlar haqidagi ta’limot ekan. - termodinamika bu -"termodinamika" so’zi grekcha termo – issiqlik va dinamis – kuch so’zlaridan olingan va issiqlik bilan bog’liq bo’lgan kuchlar degan fan ekan. termodinamika bu – Qonun va qoidalarini kimyoviy jarayonlarda qo’llanishini tekshirishini hamda termodinamikani qonun-qoidalarini o’rganuvchi fan ekanini bilib oldik. Talabalar “BBB” jadvalini o’qituvchi yordamida to’ldirishdi. Bilaman Bilishni istayman 1. Termodinamika bu 1. Termodinamika – kimyoning issiqlikni haqida va uning o’rganuvchi qismi. vazifasini bilishni 2. Termodinamika bu hohlaymiz. 64 Bilib oldim 1. Termodinamika issiqlik energiyasi bilan boshqa xil energiyalar orasida bo’ladigan munosabatlar haqidagi ta’limot – jismlardagi kuchlar va ichki energiyalarni aniqlab beradi. 3. Termodinamika bu – issiqlik energiyasini qayerda qanday ishlatishni o’rganadi. 2. Kimyoviy termodinamikaning qonun-qoidalarini hamda qo’llanishini bilishni xoxlaymiz. 3. Kimyoviy termodinamikani o’rgangan olimlar haqida ham bilishni xoxlaymiz. ekan, "termodinamika" so’zi grekcha termo – issiqlik va dinamis – kuch so’zlaridan olingani va issiqlik bilan bog’liq bo’lgan kuchlar degan fan ekanligini, uning vazifasi turli sistemalarning xossalari ularda bo’layotgan jarayonlarni o’rganishdan iboratligini bilib oldik. 2. Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamikaning bir qismi bo’lib, termodinamika qonun va qoidalarini kimyoviy jarayonlarda qo’llanishini tekshirishini bilib oldik. 3. Birinchi qonun 1842-yilda R.Meyer tomonidan, ikkinchi qonun birinchidan oldin 1824yilda S.Karno va uchunchi qonun esa 1912-yilda Nernst tomonidan kashf etilgan va ta’riflangan. Tabiatda ko’p uchraydigan erish, sovish, isish, oksidlanish-qaytarilish, kristallanish, kondensatlanish, galvanik jarayonlarning termodinamika qonunlari asosida talqin qilinishini ham bilib oldik. 2. Yonish reaksiyasining issiqlik effekti Talabalarga navbatdagi reja: Yonish reaksiyasining issiqlik effektini yozdirib qo’ydi va gapirishda davom qildi. Yonish issiqligi deb bir mol modda to’la yonib, yuqori oksid hosil bo’lishi uchun sarflangan issiqlik miqdoriga aytiladi. Bu standart sharoitda aniqlanadi va hisoblanadi. Masalan, NH3 molekulasining yonish reaksiyasi tenglamasi quyidagicha deb doskaga yozib tushuntirdi. 2NH3 + 4O2 = N2O5 + 3H2O + 2∆H (d) bu yerda: N2 + 3H2 = 2NH3 - ∆H (a) N2 + 2,5O2 = N2O + ∆H1 (b) 65 3H2 + 1,5O2 = 3H2O + ∆H2 (v) Reaksiyaning issiqlik effektlari hisobga olingan holda, (b) va (v) tenglamalardan (d) tenglamani ayirib tashlab (a) tenglama kelib chiqishini ko’zda tutgan holda ∆H = ni keltirib chiqaramiz 1 mol-ekv. kislota bilan 1 mol-ekv. ishqorning o’zaro ta’siri natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori neytrallanish reaksiyasining issiqlik effekti deb ataladi. Neytrallash issiqligi quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi: ∆HH yoki QH= Эkislota - kislota ekvivalenti; m1 - ichki stakanning massasi, g; m2 - eritmaning massasi, g; 1 mol modda erish jarayonida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori erish issiqlik effekti deyiladi va u reaksiyaning issiqlik effekti kabi QЭ yoki ∆HЭ bilan belgilanadi va quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi deb doskaga yozib tushuntirdi. ∆HЭ yoki QЭ = bunda: C - erituvchining solishtirma issiqlik sig’imi (suv uchun C = 4,18 kJ/g-grad ga teng) m - eritma, ∆t - temperaturalar ayirmasi, Mmodda - erigan moddaning nisbiy molekulyar massasi, m1 - erigan moddaning massasi. Suvsiz tuz bilan suvdan 1 mol tuz gidrati hosil bo’lishida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori gidrodlanish issiqligi deyiladi. Gidradlanish issiqligi Qr yoki ∆Hr ni topish uchun suvsiz tuzning erish issiqligi QЭ dan hosil bo’lgan gidratning erish issiqligi QЭ1 ayirib tashlanadi Qr = QЭ - QЭ1 yoki Нr = Нэ - Нэ1 deb tushuntirib yozdirib qo’ygandan so’ng: doskada birgalikda masala yechib yaxshilab tushunib olishni takidladi va hohlovchi talabalar bo’lsa do’skada yozib ishlashlarini aytadi, qolganlar daftarlariga birgalikda yozib ishlashlarini aytdi. Masala: 2 g suvsiz СuSО4 50 g suvdа eritilgandа temperaturа 4 gradusgа ko’tariladi. СuSО4 ning gidradlanish issiqligini hisoblang. Yechish: а) suvsiz СuSО4 ning erish issiqligini hisoblaymiz: H Э yoki QЭ С mH 2O M CuSO4 t m 1000 4,187 50 4 160 66,992 kJ 2 1000 b) Нr = Нэ - Нэ1 = -66,992 - (-11,52) = 73,512 kJ/mol (gidrat-mollanish-ekzotermik jarayon) ekanligi haqida tushuncha berib o’tdi. Keyin “Entropiya” tushunchasi haqida ham qisqacha to’xtaldi. Issiqlik mashinalarida issiqlikning ancha qismi bekorga sarflanadi. Boshqa turdagi energiyalardan foydalanilganda ham energiyaning ma’lum qismi issiqlikka aylanib, bir qismi bekorga isrof bo’ladi. Oddiygina kundalik hayotdan oladigan bo’lsak, elektr lampochkasida elektr energiyaning faqat ozgina qismi yorug’likka, qolgan qismi esa issiqlikka aylananishini misol qilib aytib o’tish mumkin. 66 Issiqlikka aylangan energiya atrof-muhitga tarqalib ketadi va undan foydalanib bo’lmaydi; demak, energiya miqdori o’zgarmasa ham, uning sifati o’zgaradi, ya’ni energiya o’z qiymatini yo’qotadi. Qiymatni yo’qotgan bunday energiya miqdorini ifodalash uchun termodinamikaga entropiya tushunchasi kiritilgan ekanligini aytib tushuntirdi va ushbu reja asosida “Sinkven” tuzishni taklif qildi. Talabalar guruh bo'lib ishlashdi va quyidagi sinkveynni doskaga yozishdi: Mavzu bo'yicha tuzilgan "SINKVEYN" 1. Issiqlik 2. Ekzotermik, endotermik 3. Yonish reaksiyasi miqdori 4. Issiqlikka aylangan energiyaning tarqalishi. 5. Temperatura Chekinish: O'qituvchi talabalarda xorg'inlik holatlarni ko'rib chekinish qildi. Talabalarni mamlakatimizda bo’layotgan yangiliklar va Kimyo sohasidagi yutuqlarimizni aytib o’tdi. Bulardan: Qo’ng’irot soda zavodining ishga tushishi ishlab chiqarishni yuksalgani yaroqsiz yerlar gullab yashnayotganligi, chekka qishloqlardagi aholini ish bilan ta’minlabgina qolmasdan, iqtisodiyotimizning yuksak cho’qqilaridan biri ekanligini baralla aytishimiz mumkinligini eslatib, talabalarning nigohida o’qishga va ilm olishga katta qiziqish paydo qiluvchi, yo’l ko’rsatuvchi ustoz sifatida namoyon bo'ldi. 3. Turli jarayonlarda entropiyaning o'zgarishi O'qituvchi entropiyaga ta'rif bera turib, u moddaning temperaturasida bo'g'liq holat ekanligini ta'kidladi.Modda yuqori temperaturali holatda bo’lsa, uning entropiyasi yuqori bo’ladi. Masalan, bir mol suvning entropiyasi bir mol muzning entropiyasidan 21 kJ ortiq bo’ladi. Qizdirilganda moddalarning entropiyasi ortishi, hamda hajm o’zgarganda gazlarda ham shu holat bo’lishini, bosim esa gazlarning entropiyasiga keskin ta’sir etadi. Bularni proyektorda slayd orqali tushuntirdi va talabalarning yozib chizib olishni talab qildi. 67 Entropiyaning temperaturaga bog’liqligi Entropiyaning o’zgarishi moddaning xaotik (tartibsizlik) darajasiga to’g’ri proporsionalligi va entropiya qiymati J/mol-grad bilan o’lchanishini tushuntirib, yozdirib o’tdi. Shuningdek, kimyoviy jarayon vaqtida ham entropiya ortishi yoki kamayishi mumkinligini aytib mavzuni tugatdi. Yakunlovchi qism: Dars so’ngida yana bir bor davomad qilib, savol javob o’tkazdi va savollar bo’sa berishlarini aytdi, savol yo’q hammasi tushunarli degan javob olgandan so’ng Rustam Sodiqov uyga vazifani e’lon qildi. Mustaqil ishlash uchun topshiriq berdi. Uyga vazifa qilib Termodinamika va termokimyo jarayonlarini chuqurroq o'rganish uchun “Rezyume” usulidan foydalanishni taklif etdi. Talabalar navbat bilan doskaga chiqib termodinamik jarayonlar bo'yicha quyidagi ijobiy va salbiy, afzallik va kamchilik, foyda va zararli tomonlarni ta'liklagan holda mavzuga yakun yasashdi. "REZYUME" usuli 1-talaba mavzu bo'yicha quyidagi fikrni bildirdi: Agar biror jarayon davomida energiyaning bir turi yo’qolsa, uning o’rniga ekvivalent miqdorda bir turi paydo bo’ladi, ya'ni: ∆U = Q - P∆V. 2-talaba mavzu bo'yicha quyidagi fikrni bildirdi: Kimyoviy sistemalardagi energetik o’zgarishlar energiyaning saqlanish qonuniga asosan sodir bo’ladi, ya'ni: Q = ∆U + A 3-talaba mavzu bo'yicha quyidagi fikrni bildirdi: Yonish issiqligi deb bir mol modda to’la yonib, yuqori oksid hosil bo’lishi uchun sarflangan issiqlik miqdoriga aytiladi. 4-talaba mavzu bo'yicha quyidagi fikrni bildirdi: Qizdirilganda moddalarning entropiyasi ortadi, hamda hajm o’zgarganda gazlarda ham shu holat sodir bo’ladi, bosim gazlarning entropiyasiga keskin ta’sir etadi. O’qituvchi uyga vazifani o’z vaqtida qilishni va keyingi darsda hammadan bajarilgan uy vazifalarini kutib qolishini aytib talabalar bilan xayirlashdi. 68 7.2. “Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati” mavzusi bo’yicha o'qitish metodikasi Tashkiliy qism: "Umumiy kimyo" kafedrasining dosenti, 20 yildan ortiq ish stajiga ega fan nomzodi Mastura Matchonovna dars jarayoni boshlanishidan 3-4 daqiqa oldin auditoriyaga kirib keldi. Proyektorni va o’quv materiallarini darsga tayyorladi. Auditoriyaga hamma yig’ilgandan so’ng, talabalar xurmat ila ommaviy tarzda o’qituvchi bilan salomlashishdi. O’qituvchi davomatni tekshirish uchun guruhdagi talabalarni sanadi va auditoriyada yo’q talabalarni ism familyalarini, dars jarayonida nima sababdan qatnashmayotganliklarini bilib olgandan so’ng jurnaliga qayd qilib qo’ydi. Talabalarning dars jarayoniga tayyorgarligi va kiyinish madaniyatini kuzatib qoniqish hosil qildi, shunday bo'lsa ham o'qituvchining vazifasi nuqtai-nazaridan va "yaxshi otga bir qamchi" ma'nisida tartib-intizom haqida gapirib, institut ulug' dargoh, qadimda ota bobolarimiz madrasalarga ilmni niyat qilib, pokiza bo'lib kirishgani kabi, biz ham institutga yaxshi niyatlar bilan, ilm toliblariga xos kiyinib kelishimiz zarurligini ta'kidlab o'tdi. Keyin yurtimizda va dunyoda bo’layotgan yangiliklarga to’xtaldi. Institutimiz an’anasiga aylangan har yili o’tkazib kelinayotgan “Kimyogar malikalari” ko’rik tanlovi haqida gapirib o’tdi. Shuningdek, yurtimizda nishonlanadigan milliy bayramimiz bo’lgan “Navro’z” ayyomiga ko’rilyotgan katta tayyorgarlik haqida aytib o’tgach o’qituvchi talabalar yuzidagi mamnuniyatni ko’rib, dars mavzusiga qaytdi. Таlabalarni mashg’ulot jarayonidagi faolligini oshirish maqsadida “Aqliy xujum”ga tortish uchun savol javob o’tkazdi. "Aqliy hujim" usuli O’tilgan mavzudan eritma tushunchasi ta’rifini aytib berishlarini so’ragancha guruhga yuzlandi. O’qituvchi guruhdan erish hususiyati, eruvchanlik koyffitsenti va osmotik bosim haqida qiziqarli ma'lumotlarni keltirishni so'radi. Guruh sardori guruhni 3 ga bo'ldi. Talabalar eritma tushunchasi bo'yicha 3 minut aqliy hujum uyushtirishdi. Keyin, 1-guruhdan Axmedova Mohira quyidagicha javob berdi: "Nisbiy miqdori keng ko’lamda o’zgara oluvchi ikki va undan ortiq komponentdan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen faza eritma deb aytiladi". 2-guruhdan Azizov Akmal osmotik bosim turli moddali (qattiq, suyuq va gaz) va turli bosimga ega bo'lgan muhitlarda paydo bo'lishini aytdi. 3-guruhdan Ikromov Davron esa eruvchanlik koeffitsiyenti moddaning suyuqlikda konsentrlanish darajasiga ta'sur ko'rsatuvchi omillarga (temperatura, modda konsentratsiyasi, boshqa eruvchanlikni oshirivchi moddalar mavjudligi) bog'liq ekanligini aytdi. Misol tariqasida, qishda ko'chadagi muzlarni eritish uchun ularning ustiga tuzli qum sepib chiqilsa, muzning eruvchanlik koeffitsiyenti oshishini aytib o'tdi. 69 O'qituvchi aqliy hujumda faol qantashgan talabalarni iliq gaplar bilan rag'batlantirdi va albatta ularning faolligini reyting nazoratlarida inobatga olishini aytib o'tdi. So’ngra yangi mа’ruza mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati haqida bayon qilib talabalarni darsga qiziqtirdi. Shu tariqa o’qituvchi talabalarda yangi mavzuni boshlash uchun yetarli darajada bilim mavjudligini sinab oldi va yangi mavzuni boshladi. Asosiy qism: Mavzu: “Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati” Reja: 1. Kompleks birikmalarning tuzulishi. 2. Xelatlar va ularning biologik sistemalardagi o’rni. 3. Kompleks birikmalar nomenklaturasi va izomeryasi. 1. Kompleks birikmalarning tuzulishi. O’qituvchi dars materiallarini o’zaki aytib tushuntirib berdi, kerakli joylarini proyektordan yozib olish kerakligini va diqqat bilan tinglab kuzatishni takidladi. Reja asosida hamma birgalikda “Muammo texnologiyasi” usulini qo'llashni taklif qildi va mavzuni tushuntirishni boshladi. Metallarning reaksiyada elektron yo’qotishlari ular uchun o'ziga xos hususiyat ekanligini esga soldi va hosil bo’luvchi musbat zaryadlangan ionlar – kationlar erkin holda bo’lmasligini, ularni qurshab turuvchi anionlar bilan birgalikda mavjud bo’lishini, bu holat zaryadlarning muvozanatini ta'minlashini tushuntirib o’tdi. Ularning bo’linmagan elektron juftlariga neytral molekula yoki anionlar bilan bog’lanishi mumkinligini bildirdi va shunday qismchalar kompleks ionlar yoki komplekslar, tarkibida shunday ionlar bo’lgan birikmalar esa koordinatsion birikmalar deyilishini daftarga yozdirib qoydi va tushuntirib berdi. Koordinatsion birikmalar kimyoda keng o’rganilishini va hozirgi vaqtda ko’pgina metallorganik birikmalar, vitaminlar (B12), qon gemoglabini, xlorafil va boshqalar ham shunday birikmalardan hisoblanishini aytib gapirib o’tdi. Kompleks birikmalarda metall atomlarini o’rab turuvchi molekula yoki ionlar ligandlar (lotincha – ligare – bog’lovchilar) deb ataladi va ular eng kamida bitta taqsimlanmagan valent elektronlar juftiga ega bo’ladi, deb doskaga formumalarni yozdi va talabalardan ko’chirib olishni so'radi. 70 Yana bir Сr3+ ionining А13+ ioniga qaraganda mustahkamroq kompleks hosil qiluvchi, metall ioni bilan ligand orasida darsil bo’luvchi bog’ avval ligandga tegishli bo’lgan elektron juftining ular o’rtasida mujassamlashuvi hisobiga amalga oshishini quyidagi misolda ko’rish mumkin, deb tushuntirdi va doskaga yozdi. Doskadagi struktura tuzilish formulalarni yozib olishni aytdi. Shu bilan rejani yakunladi. "Muammo texnologiyasi" usuli O'qituvchi talabalarga quyidagi muammoni tashladi va uni yechish yo'llarini ishlab chiqishni taklif qildi: – O'lgan hayvon tanasa yondirilganda kul hosil bo'ladi. Kul hayvon massasining qancha foizini tashkil qilishi mumkin? Kul tarkibida ligandlarga tegishli qanday elementlar bor? Talabalar berilgan muammo bo'yicha 2 ta guruhga bo'linishdi va 1-guruh muammoning yechimini ishlab chiqdi. Muammoning yechimi. Kul tarkibi asosan metall birikmalaridan iborat bo'ladi va ularning massasi hayvon og'irligining 5% idan oshmaydi. Organik moddalar yondirilganda ularning tarkibidagi ligandlarning organik qismi ham yonib ketadi, biroq metall qismi kul tarkibida qoladi. Kul tarkibida ligandlarga tegishli metalllarning ionlari saqlanib qoladi. 2. Xelatlar va ularning biologik sistemalardagi o’rni. Xelatlar va ularning biologik sistemalardagi o’rni, deb yozib navbatdagi rejani boshladi. Biometallarning koordinatsion birikmalari organizmda muhim funksiyalarni bajaradi. Bunday zarrachalar monodentat (“bir tishli”) ligantlar deyiladi. Bularga ОН, Р, С1 kabi va boshqa oddiy ionlar kiradi. Organizmining 90% dan ortiq massasi monodentat ligant hisoblangan va kislorod atomi orqali koordinatsiyalashgan suv molekulasiga to’g’ri keladi. Bidentant ligantlar orqali 71 kompleks hosil bo’lishida halqalarning vujudga kelishi “xelat effekti” deb yuritilishi haqida qisqacha yozdirib qo’ydi. Tirik organizimda hosil bo’ladigan koordinatsion birikmalardan metallarning aminokislatali komplekslari proyektor orqali ko’rsatildi. Bu besh a’zoli xelat halqasidir: Ikki va undan ortiq donor atomiga ega bo’lgan ligandlar metall ionlari atrofida koordinatsialana oladi. Bular polidentat ligandlar deb nom olgan. Bularning eng oddiy vakilini ekrandan yozib olish aytildi. Keyin etilediamin tetrasirka kislota anioni bo’lgan quyidagi polidentat legand ham keng tarqalganini aytib tushuntirib o’tdi va yozib olish so'raldi. Biologik jarayonlarda katta muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’p a’zoli getrosiklik birikmalardan profirinlar ham kompleks birikmalar hosil qiladi. Turli profirinlar bir-biridan tarkibiga kirgan metallar yoki o’rinbosarlar gruppasi bilan, shuningdek chetdagi uglerodga birikkan ligandlari bilan farq qiladi. Gemoglabin ana shu profirinlar gruppasiga kiradi. U qonda kislorod tashuvchi bo’lib xizmat qiladi. Qonda temir va magniyning bo’lishi gemoglabin bilan bog’liq. Organizmda temir yetishmaganda kishi animiya kasalligi bilan og’riydi. Bunda u quvvatsizlanadi va ko’p uxlaydigan bo’lib qoladi. Temir va shu kabi boshqa mikroelementlar o’simliklar uchun ham zarur ekanligini gapirib tushuntirdi va asosiy joylarini yozdirib qo’ydi. "Muammo texnologiyasi" usuli O'qituvchi talabalarga quyidagi muammoni tashladi va uni yechish yo'llarini ishlab chiqishni taklif qildi: – Nima uchun televizorda temir moddasi bilan boyitilgan nonni ko'p reklama qilishmoqda? Bunday non nam joyda turib qolsa zanglaydimi? Talabalar berilgan muammo bo'yicha 2 ta guruhga bo'linishdi va 2-guruh muammoning yechimini ishlab chiqdi. 72 Muammoning yechimi. Temir moddasi bilan boyitilgan nonlarning tarkibida metalloorganik kompleks birikmalar mavjud bo'ladi. Ular unga vitamin va oqsil moddalar bilan qo'shiladi. Temir bilan boyitilgan non insonlarning kasalliklarga qarshi immunitetini yaxshilaydi, ko'plab kasalliklarning oldini oladi, ayniqsa, kamqonlikning oldini oladi. Bunday non nam sharoitda zanglashidan ham ko'ra ko'proq mog'orlaydi. Undagi temir moddasi massasiga nisbatan juda kam (1% dan kam) bo'lganligi sababli ham uni zanglaydi deb aytish to'g'ri emas. Keyin talabalarni fikrini jamlab tetiklashtirish maqsadida mavzudan biroz cheklashgan holda hozirgi ta’lim jarayoniga to’xtalib o’tdi. CHEKINISH O’zbekistonda yoshlar uchun yaratilyotgan sharoitlar va ta’lim olayotgan ijtimoy muhitning o’rni beqiyosligini aytdi. Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakillanishidagi o’rni muhim bo’lib, Alisher Navoiy-shoir, Eynshteyn-fizik, Ulug’bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo’lib tug’ilmagan, albatta. Ulardagi qobilyat kurtaklarining rivojlanishi, istedodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya muhim ro’l o’ynagan. Shunday ekan davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosati ham shaxs shakillanishida muhitning o’rni muhimligini ko’rsatadi. Shuningdek yurtboshimiz I.A.Karimov bizning farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchliroq, bilimliroq, yetuk va barkamol bo’lishlari shart deb bejiz aytmaydi. Demak, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz zarur. Kichik suhbatdan so’ng o’qituvchi yangi rejani e’lon qildi va ma'ruzani davom ettirdi. 3. Kompleks birikmalar nomenklaturasi va izomeryasi. Kompleks birikmalar nomenklaturasi va izomeryasi bilan quyidagi tarzda tanishtirishni boshladi. Kompleks birikmalarni nomlashda empirik nomenklaturadan foydalanamiz, nomlarning ba’zilari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Shulardan biri Reyneke tuzi NН4 [Сr (NН3)2 (NСS)4 ]. Bu kompleksni nazariy va amaliy kimyo Xalqaro ittifoqi (IYuPAK) qabul qilgan nomenklaturasi, Vatanimizda 1963-yildan boshlab joriy etigan bo’lib, kompleks birikmalar uchun quyidagicha qo’llaniladi. O'qituvchi bularni proektor orqali o’qib, tushunib yozib olishni aytdi. Tushunmagan joylari bo’lsa bemalol so’rashni bildirdi va o’qituvchi talabalar yozib olgunga qadar auditorya bo’ylab yurib talabalarning faoliyatini kuzatdi. 1. Тuzlarda avvalo kation nomi, so’ngra anion nomi aytiladi. [Со (NН3)5 О] С12 — pentaaminxlorokobalt (II)-xlorid. [Со (NН3)6 ] [Сr (С2О4)3 ] — geksaamin kobalt (III) - trioksalat xrom (III). 2. Кompleks ion yoki molekulani nomlashda metallarga etibor beriladi. Ligandlar ularning zaryadlaridan qa’tiy nazar alfavit tartibida sanaladi. 73 Коmpleksning formulasi yozib bo’linganch, birinchi bo’lib metall ko’rsatiladi – К2 [Рt (N2О2)2 С12 ] dixloridinitroplatinat (II) - kaliy. 3. Аnion ligandlarga “O” qo’shimchasini qo’shib, neytral ligondlar molekula kabi o’qiladi. Мasalan, N3-azido, Вr - bromo СN - siano, С2О42- - oksalato va h.k. К2[N (СN)4 ] - tetratsianoniklat (II) - kaliy. [А1(Н2О6) ] С13 - geksaakvoalyuminiy (III) - xlorid. 4. Ligandlar soni (1 dan ortiq bo’lganda) grek raqamlari bilan belgilanadi (ligandlar soni 2, 3, 4, 5 va 6 bo’lganda di-, tri-, tetra-, penta- va geksa deb yoziladi). Agar ligand nomining o’zida grek qo’shimchasi bo’lsa, masalan, monodi-va hokazo, unda ligand nomi qavsga olinib, unga boshqa qo’shimcha qo’shib yoziladi (bis-, tris-, tetrakis-, gegsakis kabi ifodalanadi), ligandlar tegishlicha 2, 3, 4, 5 va 6 bo’lganda.. [Со (NН2 - СН2 - СН2NH2 )3 ] С1- tris (etilendiamin) kobalt (III) xlorid. 5. Коmpleks anionlar nomiga – at qo’shimchasi qo’shib o’qiladi. Маsalan: К2[ Ni (СN)4 ] – tetrasianonikelat (II) - kaliy. 6. Меtalning oksidlanish darajasi uning nomi ortiga qavsga olingan rim sonlari bilan belgilanadi. Masalan, [Со(NН3)5О]2 da kobaltning oksidlanish darajasi plyus uchga tengligini ko’rsatish uchun rimcha (III) dan foydalaniladi. Degan joyigacha yozdirib qo’yadi va yana tushuntirishda davom qiladi. Коmpleks birikmalarda struktura izomeriya vа stereo izomeriyalar bor. Stereoizomerlar bir xil kimyoviy bog’lanishga ega, lekin bir-biridan fazodagi joylashuvi bo’yicha farq qiladi. Hamma proyektorga qarashini aytdi va Рt(NH3)2Сl2- kompleks birikmalarida xlor-ligandlar yonma-yon holda (a) yoki qarama-qarshi tomonlarda joylashishini chizilgan struktura ko’rinishini gapirib tushuntirib berdi. Koordinatsion sferada donor atomlarining turlicha joylashuv hisobiga vujudga keladigan izomeriya turi geometrik yoki stis- va trans- izomeriya deyiladi. Masalan: Ko’zguda bir-birining aksini ifodalovchi izomerlar optik izomerlar turiga kiradi. Qani hamma ikki qo’lini bir-biriga solishtirib ko’rsinchi ular juda o’xshasha lekin, ular bir-biriga barcha jihatdan mos keladi deb aytolmaymiz. Optik izomerlarning fizik va kimyoviy xossalari o’zaro o’xshash bo’lib, ko’rinishlari faqat ko’zgudagi aks etadigan yaqinligini ko’rish mumkinligi haqida gapirib berdi va “Tushunchalar tahlili” usulini qo'llashni taklif qildi. "Tushunchalar tahlili" usuli O'qituvchi doskaga kompleks birikmalar nomini yozib ro'parasiga ularning nomlanishini esda saqlab qolishga yordam beradigan amallarni o'ylab topishni taklif qildi. Talabalar doskadagi kompleks moddalarni va ularning nomlanishini tahlil qilishib quyidagi variantlarni yozishdi: 74 Kompleks birikmalar Tuzlar Neytral ligandlar Аnion ligandlar Nomlanishiga yordam beruvchi belgilar KA – ya'ni avval kation, keyin anion nomi aytiladi. Ligandlar alfavit tartibida sanaladi va oxirida metall aytiladi. К2 [Рt (N2О2)2 С12 ] dixloridinitroplatinat (II) - kaliy. “O” qo’shimchasini qo’shib, neytral ligondlar kabi o'qiladi. К2[N (СN)4 ] - tetratsianoniklat (II) - kaliy. Ligandlar soni (1 dan ortiq bo’lganda) grek raqamlari bilan di-, tri-, tetra-, penta- va geksa deb yoziladi. Коmpleks "-at" qo’shimchasi qo’shib o’qiladi. anionlar Маsalan: К2[ Ni (СN)4 ] – tetrasianonikelat (II) - kaliy. Yakunlovchi qism: Mastura Matchonova darsning asosiy qismini besh daqiqa oldin tugatib, yakunlovchi qismga o'tdi. Yakunlovchi qismda kechikib kelganlar uchun yana bir bor davomad qilib, savol javob o’tkazdi va mavzu bo’yicha savollar berishlarini so'radi, savollarga javob berdi. Uyga vazifa sifatidsa Koordinatsion va kompleks birikmalar xususiyatlarini o’rganish uchun “Tushunchalar tahlili” usulidan foydalanishni taklif etdi. O’qituvchi uyga vazifani qilishni va mavzuni takrorlab o’qib chiqib koordinatsion birikmalarning qanchalik muhim ekanligini tushunib olishni aytdi. Keyingi darsgacha talabalar bilan xayrlashdi va auditoriyadagilarni yaxshi o’qishlarini aytib chiqib ketdi. 75 7.3. “Noorganik kimyo va ekologiya” mavzusi bo’yicha o'qitish metodikasi Tashkiliy qism: Katta o’qituvchi Nargiza Abdullayevna institutni imtiyozli diplov bilan bitirib, magistraturani ham tugatib institutda ishga olib qolingan. U 5 yillik ish stajiga ega. U ko'rkam, yosh ko'rinadi, doim did bilan o'qituvchi kasbiga mos kiyinadi. U belgilangan vaqtda auditoriyaga kirib keldi. Auditoriyadagi talabalar xurmat bilan Nargiza Abdullayevna bilan salomlashishdi va o'quv qurollarini, tayyorlab diqqatini o'qituvchiga qaratishdi. O’qituvchi talabalarning kiyinish madaniyatiga, tashqi ko'rinishlariga, o'quv qurollarining tayyorligiga ko’z tashlab qo'ydi. Keyin xotirjamlik bilan darsdan chalgitadigan narsalarni olib qoyishni, telefon apparatlarini ishlatmaslikni, faqat ekstren holatlardagina aloqa qilish uchun telefonlarni ovozini o’chirib qo’yishni aytdi, shuningdek gaplashib boshqalarning diqqatini bo’lmaslikni aytdi. Shundan keyin davomatni bilish uchun guruhdagi talabalarni sanadi va guruh sardoridan darsga kelmagan talabalarni aytishni so'radi. So'ngra ma'lumotlarni jurnaliga qayd qilib qo’ydi. Nargiza Abdullayevna yaqin kunlarda bo’lib o’tgan “Atrof muhit muhofazasi” to’grisidagi dunyo olimlarning katta yig’ilishi to’g’risida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, bu boradagi muammolar bizni ham o’ylantirayotganligini hamda kimyo sanoatidagi chiqindilarni qayta ishlash to’g’risidagi qilinyotgan sayharakatlar haqida gapirib berdi. Biz hozirda texnik rivojlanish davridaligimiz va bu rivojlanish tabiatga ziyon yetkazmasligi uchun astoydil hamma bir yoqadan bosh chiqargan holda harakat qilmog’i darkor deb aytdi. Kichik ma’naviy-ma’rifiy suhbatdan so’ng o'qituvchi dars mavzusiga e'tiborni qaratib, o'tgan darsdagi materiallar bo'yicha talabalar bilan savol-javob o'tkazdi. Guruhdagi talabalarga baland ovozda o’tilgan "temir guruppachasi elementlarining umumiy tavsifi" mavzusiga oid quyidagi savollarni o'rtaga tashladi. Tabiatda temirning qay holatda uchrashi, olinishi, xossalari, va ishlatilishi tog’risidagi savollar aytilgandan so’ng guruhdagi Xasanov Elbek temirning tabiatda uchrashini misollar bilan aytib berdi. Olimov Baxtiyor olinishini qisqacha o’z tilida tushuntirib o’tdi, Madina bilan Doniyorlar bo’lsa temirning xossalari va ishlatilishini gapirib berishdi. Qolgan talabalar o'tilgan ma'lumotlarni shu tariqa yana bir-bor esga olishdi. Shu tariqa o’qituvchi talabalarning bilimlarini ham sinab oldi va yangi mavzuni boshladi. 76 Asosiy qism: Mavzu: "Noorganik kimyo va ekologiya" mavzusi bo'yicha ma'ruza matni Reja: 1. Noorganik kimyo va ekologiya. 2. Ozon qatlamini saqlash bo’yicha xalqaro hamkorlik. 3. Oqava suvlarni tozalash yo’llari. 1. Noorganik kimyo va ekologiya. O’qituvchi noorganik kimyo va ekollogiya rejasini ko’rgazmali materiallar yordamida tushuntirishni boshladi. Atmosfera va atrof muhitga tarqalayotgan moddalar avvaliga oddiy bo’lib ko’rinsada, aslida ular bir-biriga qo’shilib, quyosh nuri, bosim, temperatura, suv va shu kabi boshqa omillar ta’sirida katta o’zgarishlarga sabab bo’layotgani, ayniqsa korxonalardan ajralib, suvga yoki tuproqqa qo’shilib atrof muhitni turli chiqindilar bilan ifloslantirayotgan maxsulotlar tobora ko'payib borayotgani va tez orada buning oldini olish masalasi hal etilishi zarur ekanligini aytib o’tdi. Atmosfera murakkab tizim bo’lib, dengiz sathida havoning 99 foizi azot bilan kislorodga to’g’ri keladi. Atmosferaning tarkibiy nisbiy molekulyar massasi 90 km balandlikkacha o’zgarmasligi, undan yuqorida esa tez o’zgarishini misollar bilan tushuntirdi. Masalan, dengiz sathidagi miqdori juda kam bo’lgan geliy 500-1000 km balandlikda atmosferaning asosiy komponentiga aylanadi. Atmosfera tarkibining balandlik bo’yicha o’zgarishi kimyoviy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Quyoshning elektromagnit nurlanishi natijasida vujudga keladigan energiyaning yutilishi natijasida atom va molekulalar ionlarda dissotsiyalanadi. Bunda kislorod molekulalari quyidagi holda atomlarga dissotsialanadi: О2(gaz) + hv → 2О(gaz) Bunday jarayonning davom etishi natijasida atmosfera tarkibining o’rtacha nisbiy molekulyar massasi pasayadi. Atmosferada juda ko’p kimyoviy reaksiyalar amalga oshishini va turli xil birikmalarning hosil bo’lishi, parchalanishi, almashinuv reaksiyalari, momaqaldiroq paytida hosil bo'ladigan ozon O3 hosil bo’lishi reaksiyalari inson va jonivorlar uchun muhim ahamiyat kasb etishini aytib o’tdi. Almashinuv reaksiyalariga misol qilib quyidagi jarayonlarni doskada yozib tushuntirib berdi. О(gaz) + N2(gaz) → NO+(gaz) + N(gaz) N(gaz) + О(gaz) → NО+(gaz) + N(gaz) Yuqoridagi reaksiyalar ekzotrmik reaksiyalar bo’lganligi tufayli osonlik bilan amalga oshadi. Mezosfera bilan strotasferada hosil bo’luvchi atomar kislorod, kislorod molekulasi bilan birikib, ozon (O3) ni quyidagi ko’rinishda hosil qilishini tushuntirib yozdirdi: О(gaz) + О2(gaz) → О3(gaz) 77 Ozon molekulasi qo’shimcha energiyaga ega. Uning atomar va molekulyar kisloroddan hosil bo’lishi energiyaning ajralishi bilan boradi. Ozon o’zidagi ortiqcha energiyani yoqotishga intiladi. U quyosh nurini yuvib, atomar va molekulyar kislorodga parchalana oladi. Buning uchun zarur bo’lgan energiyani to’lqin uzunligi 1140 nm dan ortiq bo’lmagan fotonlar yetkazib beradi. Ozon molekulasining to’lqin uzunligi 200-300 nm fotonlarni yutishi insoniyat uchun katta ahamiyatga ega ekanligini va stratosferada ozon qavati bo’lmaganda, u qisqa to’lqinli katta energiya fotonlar yerga o’tib ketishi haqida gapirib tushuntirdi. “Ozon” qalqoni esa, o’simlik, hayvonot dunyosi va insoniyatni, Yerdagi hayotni ana shu katta energiyali fotonlardan himoya qilayotganini aniq dalillar asosida gapirib berdi. Bu ozonning hosil bo’lishi va parchalanishini siklik jarayonga aylantirib turishi, mana shu sikl orqasida Quyoshning ultirabinafsha nurlanishi issiqlik energiyasiga aylanishi, ozon qisqa to’lqinli ultirabinafsha nurlarni (А = 200 — 280 nm) to’la ravishda, to’lqin uzunligi 280—320 nm bo’lgan ultirabinafsha nurlarning esa 90 foizini yutishini va ozon miqdori strotasferada uncha ko’p bo’lishiga qaramay, uning ultrabinafsha nurlarini yutish qobilyati juda yuqoriligini aytib rejani yakunladi. Keyn reja asosida “Klaster” tuzishni taklif qildi. Guruh talabalari navbat bilan doskaga chiqib yagona klaster tuzishdi. Kimyoviy korxonalar Aviatsiya Tog’-kon korxonalar i Korxonala r Oziq-ovqat korxonalari Transport vositalari Kimyo va ekologiya Yer haydash Yengil avtomabil Antropagen ta’sir Tutun Tabiiy ofatlar Kimyoviy vositalarni qo’llash Vulqon Bo’ron Metall, gazlar Chang 78 2. Ozon qatlamini saqlash bo’yicha xalqaro hamkorlik O’qituvchi navbatdagi ikkinchi rejani boshladi. Ozon qatlamini saqlashda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning Atrof muhitni muhofaza qilish programmasi (YuNEP) katta o’rin tutishini aytib o’tdi. Ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha xalqaro miqyosdagi ishlar 1974yilda boshlandi. Konvensiyani tayyorlash va ularni qabul qilish uchun o’n bir yil vaqt ketdi, nihoyat, 1985-yilda qabul qilindi. “Ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha Vena konvensiyasi” bu borada dastlabki qadam bo’ldi. 1988-yilning o’rtalariga qadar konvensiyani dunyoning 27 mamlakati va Yevropa Iqtisodiy Uyushmasi imzoladi. 18 mamlakat, shu jumladan MDH bilan Ukraina ham uni tasdiqladi. Konvensiya dunyo bo’yicha xlor, ftor, uglerodlar ishlab chiqarish, qo’llash va chiqarib yuborishni tekshirib turish haqidagi protokol rezolyutsiyasini qabul qilgani haqida gapirib berdi. Xlor, ftor, uglerodlar bo’yicha ekspertlar ishchi guruhlari tuzildi. 1987yilning sentabrida Monreadlda 56 mamlakatning vakillari ishtirokida Xalqaro konferensiya azolari, sovutgich qurilmalarini qisqartirish haqida qaror qabul qildi, va ozon – qatlamiga ta`sir etadigan mahsulotlarning uchdan ikki qismini ishlab chiqariladigan mamlakatlar protokollarini tasdiqlaganlari haqida, shunga asosan 1-jadvaldagi 1-gruppaga kiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va uni qo’llash 1986-yildagidan oshmasligi, 1 gruppaga kiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish 1993-yilga kelib 20 foizga kamaytirilishi talab qilingani va bu qabul qilingan xalqaro muhim qarorlarni dunyo olimlari sidqidildan kutib olinganini gapirib berdi. Italiya, Yaponiya MDH va boshqa mamlakat vakillari ozon qatlamini buzuvchi moddalarni ishlab chiqarishni kamaytirish va zararsizlariga almashtirish haqida, bu masalalarni hal qilish uchun xalqaro hamkorlikda kuchlarni birlashtirib ish yuritish uqtirildi. Shuningdek Germaniya, AQSH, Fransiya va Shvetsiyaning hamkorlikda yaratgan CHEOPS loyihasi ilk qadam bo’lib, asosiy maqsadi Arktikaning Shpitsbergen atrofidagi ozon qatlamini tekshirish va nazorat qilib turish ekanini tushuntirib berdi. Olimlar Arktika ustidagi ozon o’pqonining paydo bo’lishi Antraktidaniki singarimi yoki o’zgachami degan savolga javob izlash maqsadida o’tkazgan katta ishlari haqida gapirib o’tdi. 1987-yilning oktabrida Buyik Britaniyaning Antraktidadagi Xolli Bey stansiyasida stratosferaning ozon miqdori o’lchanib, Dobson birligi 125 ga tengligi aniqlagandi. Bu birlik 1985-yili 150, 1984-yili 190, 1979-yili esa 273 ga tengligi qayd etilgan edi. O’tgan yillar ichida ozon miqdori ikki baravar kamayganligi tajribalarda aniqlandi. Ozon teshigi paydo bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Ozon teshigi 10 million km 2 maydonni egallagan edi. Bunday teshik 1988-yilning dastlabki ikki oyi davomida Shimoliy qutbda kuzatilgan saksoninchi yillar o’rtalarida MDH olimlari ozon qatlamini o’lchab turgan stansiyalar ma’lumotlarini kompyuterlarda analiz qilib Moskva, Kiev, sobiq Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg), Yaroslavl kabi yirik shaharlar ustida ham 50 ga yaqin mayda hamda qisqa davrli ozon teshiklari paydo bo’lib 79 o’tganligini qayd qilishganini ma’ruza uchun tayyorlangan slaydlar yordamida tushuntirdi. Qisqa to’lqinli ultirabinafsha nurlanish odamlarda dezoksiri bonuklein kislota (DHK) ni – nasliy kodni buzadi, hatto o’limga ham olib borishi mumkin. To’lqin uzunligi 255-265 nm atrofidagi nurlanishda xafli vaziyat tug’iladi. Ozon qatlami kamaygani sari, stratosfera soviy boshlaydi. Yer yuzasi va havo isib ketadi. Bu holatni karbonat angidridi (CO 2) tufayli vujudga keluvchi “parnik effekti” ning zararli ta'siriga solishtirish mumkinligini tushuntirib berdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24 yanvarda qabul qilingan “Ozon qavatini himoya qilish sohasidagi shartnomalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori Vena konvensiyasi va Monreal protokolini qo’llab-quvvatlovchi davlat hujjati bo’lib mamlakatimiz ekologiyasini yaxshilashga qaratilgan muhim hujjatlardan biri bo’lib xizmat qilayotganini aytdi. 1990-yilning iyunida Londonda o’tkazilgan bir haftalik yig’ilishda dunyoning 70 mamlakatidan kelgan olimlar ozon qatlamini kemiruvchi kimyoviy moddalarni kamaytirish bo’yicha xalqaro miqiyosda kelishib oldilar. Tuzilgan bayonnoma shartnomasiga ko’ra qabul qilingan qarorlarni bajarish qat’iy talab qilinadi. Shunga ko’ra 2000-yilgacha xlor, ftor, uglerodlar (freonlar, xladagentlar) ishlab chiqarishni kamida 50%ga kamaytirish va ulardan foydalanishni ham shuncha miqdorda ozaytirish keragligi haqida yozdirib qo’ydi. Ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Nyu-Yorkda 1984-yili munisipalitet (mahalliy o’z-o’zini idora qilish organi) tomonidan ekologik politsiya tashkil qilindi. Bunday xayirli ish zero boshqa mamlakatlarda, shu jumladan, bizning mamlakatimizda ham tashkil qilinsa yaxshi bo’lar edi. Ekologik politsiya shaharni har xil zararli chiqindilar bilan ifloslantiruvchi shaxslarni, zavod va korxonalarni izlab topadi, aybdorlarni jazolaydi hamda jarima soladi. Ob-havoning buzilishini nazorat qilish, suvlarni ifloslantirmaslik va tozalikni normada saqlab turish ham politsiya xodimi zimmasiga yuklangan. O’qituvchi ekologik politsiya xodimlari maxsus kiyim-kechak, respirator, qo’lqop, to’pponcha va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlanganini aytib o'tdi. "FSMU texnologiyasi" usuli O'qituvchi talabalarda fikrlash madaniyatini shakllantirish maqsadida o'tilgan reja bo'yicha FSMU texnologiyasini qo'lladi. Buning uchun talabalarga savollar berdi va guruh talabalaridan qiyidagi jabovlar olindi: 1. Ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha xalqaro miqyosdagi Konvensiyani tayyorlash va ularni qabul qilish uchun o’n bir yil vaqt ketgan (1974-1985 y.). Nima uchun shuncha vaqt ketgan? 80 F - Davlatlarning manfaatlari to'qnash kelgan. S - Evropa davlatlarida Evropa sifati bilan eng yaxshi tenikalar, mahsulotlar va energiya turlari ishlab chiqariladi. M - Evropada ko'plab AES lar (atom elektr stansiyalari) qurilgan. Ularni bitta qaror bilan yo'q qilib bo'lmaydi. U - Evropada atrof-muhitni turli radiaktiv moddalar bilan ifloslantirayotgan ko'plab AES lar bir vaqtning o'zida iqtisodiyotni ham ta'minlab turganangili sababli Ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha xalqaro miqyosdagi Konvensiyani tayyorlash va ularni qabul qilish uchun o’n bir yil vaqt ketgan. 2. 1987-yilning sentabrida Monreadlda 56 mamlakatning vakillari ishtirokida Xalqaro konferensiyada qanday qaror qabul qilindi? Nega shunday yechimga kelindi? F - Sovutgich qurilmalarini qisqartirish haqida qaror qabul qilindi. M - Sovutgichlarda ishlatiladigan freon atmosferadagi ozonni yemiradi. U - Sovutgichlarda ishlatiladigan freon moddasi atmosferadagi ozonni yemirishi sababli, bunday sovutgichlarni ishlab chiqarishni cheklash va freonni zararsiz moddaga almashtirish zarurligi haqida konferensiyada qaror qabul qilingan. 3. Antarktidadagi ozon teshigi 10 million km2 maydonni egallagan bo'lsa, buni yer hududi bilan taqqoslang. F - Antarktida Yerning janubiy qutbida joylashgan bo'lib, u yerda sovuq iqlim bo'lganligi sababli ozon qatlamining eng nozik joyidir. S - Bu juda katta maydon. Eniga 3000 km va bo'yiga 3300 km bo'lgan maydon. M - O'zbekiston hududidan deyarli 30 marotaba katta. U - Antarktida Yerning janubiy qutbida joylashgan bo'lib, u yerda sovuq iqlim bo'lganligi sababli ozon qatlamining eng nozik joyidir. U yerdagi azon turnugining kattaligi O'zbekiston hududidan deyarli 30 marotaba katta. Chekinish: Nargiza Abdullayevna charchagan talabalarning diqqatini jamlash uchun mavzudan biroz chetlashdi, dunyoda bo’layotgan yangiliklar to’g’risida to’xtalib o’tdi. 5 daqiqalik kichik suhbatdan so’ng o’qituvchi rejani e’lon qildi va ma'ruza qilishda davom etdi. 3. Oqova suvlarni tozalash yo’llari. Akademik I.V.Petryanov tabiatning buyik in’omlaridan biri bo’lgan suvni ulug’lab, unga bag’ishlagan maxsus kitobini “Dunyodagi eng ajoyib modda” deb atagan. Bu olim suv va tabiat boyliklarini toza tutish, ulardan ratsional foydalanish va kelajak avlod uchun saqlash sohasida katta ishlar qilayotgan yirik mutaxassis ekanligini aytdi. 81 O'qituvchi hozirgi vaqtda “oqova suvlar” korxona va sanoat birlashmalarida katta muammolar paydo qilayotganini aytdi. Buning sababi, korxonalardan oqib chiqayotgan suvlar ifloslanishi bilan bir qatorda o’zida ko’pgina qimmatli komponentlarni ham oqizib ketmoqda. Oqova suvlar tarkibidagi zaharli va zararli moddalar dunyo okeanini bulg’ayapdi. Suvlardagi kislota, ishqor, qo’rg’oshin, mis, simob, molibden, rux va shu kabi boshqa metallar, yiliga korxonalar hisobidan suvga oqib ketayotgan ming-ming tonnalab qimmatli metallar bilan bir qatorda tabiat in’omi – suv tarkibining ham o’zgarib boryotganligini tushuntirib berdi. Mamlakatimizda yirik kimyo korxonalarida oqava suvlardan tuz, metall, kislota, ishqor va boshqa moddalarni tutib qoluvchi filtrlar, katalitik moslamalar, apparat, yondirish pechlari ishga tushirilib katta muammolarning oldini olish yo’lga qo’yilgani: yana metanol va glikollarni ushlab qoluvchi qurilmalar ishga tushishi bilan suv havzalari zararli moddalar ta’siridan halos qilinganini aytib o'tdi. Hozirda kam suv ishlatuvchi texnalogik jarayonlarni ishga solish, oqova suvlarni toza saqlagan holda ulardan ko’p sikllarda foydalanish yo’llari ishlab chiqilgan. Oqova suvlar alohida tozalash kolonnalariga yuboriladi. Ulardan tuzlar, sement shixtasi komponentlari va boshqa mahsulotlar olinyotgani, bu ishlar korxonaga yiliga millionlab iqtisodiy samara beryotganini ko’rishimiz mumkinligini gapirib berdi. Kimyo korxonalarida osmonga ko’tariladigan gazlar tarkibidagi СО, СО2, SO2, qo’rg’oshin, rux hamda mishyak changi va boshqalar atmosferani ifloslantiradi. Hozirgi zamon texnikasi ana shu zararli aralashma va changlarni to’liq tutib qolib, ularni foydali ishlar uchun qo’llashga qurbi yetishini, yaratilgan adsorbsion kolonnalar, filtr va turli yutgichlar havoni toza saqlash imkonini yaratishini va hozirda atmosferaga ko’tarilayotgan gazlarning 70% dan ko’pi ushlab qolinyotganini tushuntirdi. O'qituvchi Respublikamizda atrof muhit muhofazasi uchun qilinyotgan ishlar, ko’rilayotgan chora tadbirlarni birma-bir sanab o'tdi. Chiqindisiz texnologiya deganda korxonada hosil bo'lgan chiqindilarning barchasi qaysidir sohada ikkilamchi xom ashyo resursi sifatida ishlatilishini tushunish kerak. Masalan, reaktorlardan ajralgan chiqindi qayta ishlanib, kerakli mahsulotga aylantiriladigan texnologiya chiqindisiz hisoblanadi. Qo’qon moy kombinatida ilgari chiqindi hisoblangan danak, uzum va pomidor urug’laridan endi kosmetika va farmoseftika sanoatida qimmatli mahsulotlar sifatida ishlatilayotganini misol sifatida qayd etish mumkin. Danak po’stloqlaridan motorlarni tozalashda foydalanilayotgani ham chiqindisiz texnologiya yutuqlaridan biri ekanligini ta'kidlash lozim. Neftni qayta ishlash korxonalarida ham chiqitsiz texnologiyalar qo'llaniladi. Neftning chiqindisi bo’lgan asfalt va bitumlar ham hozir o’ta zarur mahsulotga aylangan. O’qituvchi Olmaliq, Navoiy va Chirchiqdagi kimyo korxonalarida ekologiya masalalariga katta ahamiyat berilib, kelajakda mazkur korxonalar, shuningdek, Respublikamizdagi boshqa zavodlar, ishlab chiqarish birlashmalari, katta-yu kichik firmalar ham chiqindisiz texnologiyaga o’tkazilyotgani, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va buyumlar ham jahon 82 andozalari darajasiga keltirilyotganini gapirib berdi va qisqacha yozdirib qo’yish bilan ma’ruzaga yakun yasadi. SAN texnologiyasi O'qituvchi talabalardan oqova suvlarni tozalashga oid ma'lumotlar bo'yicha "samimiy-ahloqli-nazokatli" iboralarni qo'llab misol keltirishlarini so'radi. Raximov Alisher akademik I.V.Petryanovning suv haqidagi “Suv bu – dunyodagi eng ajoyib modda” iborasini keltirdi. Otaniyozova Gavhar oqova suvlarga tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo'lgan, uni qayta ishlab foydali moddalar olish mumkin bo'lgan ikkilamchi xom ashyo resursi sifatida qarash kerak, dedi. Madraximova Nigora esa yog'-moy korxonalarining danak, urug' kabi chiqitlar hozirgi kunda kosmetika va farmoseftika sanoatida qimmatli mahsulotlar sifatida ishlatilayapti, dedi. Axmedov Zarif esa xorijda neft mahsulotlaridan yoqilg'i olishda ulardagi tutun hosil qiluvchi qoldiq miqdorini kamaytirib, parfyumeriya sanoatining moysimon xushbo'y chiqindilarini qo'shishayotgani haqida gapirib berdi. Bunaqa yoqilg'ida ishlaydigan avtomobil ko'chadan o'tib ketsa, xuddi bir gala qizlar o'tib ketganday bo'ladi, deb hazil aralash miyig'ida kulib qo'ydi. Raximov Alisher yana bitta misol keltirdi. U "chiqindi" so'zini "ikkilamchi xom ashyo resursi" deb, "chiqindilarni qayta ishlash va ularni yo'qotish" iborasini qisqacha "utilizatsiya" deb qo'llasak gaplarimiz ham ilmiy, ham nazokatli bo'lib jaranglaydi, dedi. Keltirilgan misollardan mamnun bo'lgan Nargiza Abdullayevna talabalarning didi naqadar yuksak ekanligiga tasannolar aytdi, har qanday texnikaga oid jarayonlarni nozik iboralar bilan ta'riflab berish yuksak mahorat belgisidir, deb ularni rag'batlantirdi. Yakunlovchi qism: Nargiza Abdullayevna mavzuni yakunladi va dars so’ngida yana bir bor davomad qildi. Keyin savol-javob o’tkazdi va bugungi ma’ruza mavzuyimiz hammaga tushunarlimi deb so’radi. Tushunmagan joylarini bemalol so’rashlariz mumkin, dedi. Savollar yo’q hammasi tushunarli degan javob olgandan so’ng o’qituvchi bu dars semestrdagi oxirgi dars ekanligini aytib, endi hamma 2-oraliq nazoratga tayyorlanib kelishsin, dedi va va uni bajarish tartibini tushuntirib o’tdi. Hammaga o’qishlariga omad tilab tabassum bilan talabalar xayrlashdi. 83 8. “Umumiy va noorganik kimyo fanidan talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholash Reyting baholash tizimi 8.1. Reyting nazorati jadvali Kuzgi semestr-1 Nazorat turi JN (laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari, 35 %) K=1,03 Reyting baholashlar Ja’mi 1 2 3 Reyting ball 10 10 15 35 19 36,05 15 20 35 19 36,05 30 30 17 30.9 65 100 55 103 ON (35%) YN(30%) Jami: 10 25 Saralash Umumiy bali ball 8.2. Reyting nazorati jadvali Baxorgi semestr-2 Nazorat turi JN (laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari, 35%) K=1, 03 Reyting baholashlar Ja’mi 1 2 3 Reyting ball 10 10 15 35 19 36,05 15 20 35 19 36,05 30 30 17 30.9 65 100 55 103 ON (35%) YN (30%) Jami: 10 25 Saralash Umumiy bali ball 8.3. JN ni baholash mezonlari Laboratoriya mashg‘ulotilariga ajratilgan reyting bali 35% ni о‘quv rejasida belgilangan umumiy soatning (206 soat) ya’ni 72,1 balni tashkil etadi. Laboratoriya mashg‘uloti bо‘yicha talabaning reyting bali uning nazariyotdan topshirgan kollokviumi, laboratoriya ishini bajargani va tayyorlagan hisoboti bо‘yicha belgilanadi. Laboratoriya ishlarida kollokvium topshirish, ishni bajarish va hisobot topshirishni baholashda quyidagi omillar hisobga olinadi. 84 Baholash kо‘rsatkichi Baholash mezonlari Reyting bali A’lo, Laboratoriya ishini mavzusining nazariy asoslari bо‘yicha har tomonlama chuqur va mukammal bilimga ega. Laboratoriya 86-100% ishlarini ijodiy va ilmiy yondoshgan xolda nazariy bilimlar asosida tushintira oladi. Hisoblashlarni va dasturlarini mustaqil ravishda tuza oladi va tushinadi. Olgan natijalarni mustaqil tahlil qila oladi. Hisobot tо‘liq rasmiylashtirilgan. Olingan natijalar tahlili mantiqan tо‘g‘ri va aniq. 30-35 Yaxshi, Laboratoriya ishini mavzusi nazariy asoslari bо‘yicha bilimga ega. 71-85% Laboratoriya ishlarini tushinadi. Hisoblashlarni va dasturlarini tushinadi. Hisoblash tajribalarini о‘qituvchi yordamida о‘tkazib, olgan natijalarni tushintira oladi. Hisobot yaxshi rasmiylashtirilgan. Olingan natijalar tahlili tо‘g‘ri. 25-29 Laboratoriya ishini mavzusi nazariy asoslari bо‘yicha bilimi tо‘liq emas. Laboratoriya ishlarini tushinadi. Hisoblashlarni va 55-70% dasturlarini tushintirishda qiynaladi. Hisoblash tajribalarini о‘qituvchi yordamida о‘tkaza oladi. Hisobot rasmiylashtirishda va olingan natijalar tahlil qilishda kamchiliklar mavjud. 19-24 Laboratoriya ishini mavzusi nazariy asoslari bо‘yicha bilimi juda kam. Hisoblashlarni va dasturlari mavjud, lekin tushintira olmaydi. Hisoblash tajribalarini о‘tkaza olmaydi. Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarni tushintirib bera olmaydi. 0-18 Qoniqarli, Qoniqarsiz 0-54% 8.4. ON ni baholash mezonlari ON ma’ruza mashg‘ulotlari materiallari bо‘yicha о‘tkaziladi. Har semestr yakunida 2 ta ON о‘tkaziladi (har 9 – hafta yakunida). ON nazorati uchun 35% reyting balli ajratilgan bо‘lib mustaqil topshiriqlari va ON nazorat savollarini о‘z ichiga oladi.(15+20). ON yozma ishi quyidagicha mezonda baholanadi : ON da 3 ta savoldan iborat variant beriladi, unga jami (15+20) ball ajratiladi. Yozma ish usulida ON ni baholash mezonlari Baholanishi Baholash omillari Har bir savol uchun 1. Javobning tо‘g‘riligi va tо‘liqligi alohida baholanadi 2. Javob berishda ijodiy yondoshish “Yozma ish” bо‘yicha umumiy 3. Javobni yoritishda tayanch baholanadi tushunchalardan foydalanganlik 85 Umumiy ball 15(11) 1 1 4. Ish hajmi 5. Husnixat Jami 1 1 20(15) Test usulida ON ni baholash mezonlari: ON kompyuterda test shaklida о‘tkaziladi va talabaning javobi 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda testga ajratilgan 100 ball savollar soniga bо‘linib, bir savolga qо‘yiladigan ball topiladi va uni tо‘g‘ri javoblar soniga kо‘paytirib, talabaning ON da tо‘plagan ballari aniqlanadi. Yozma ish usulida YN ni baholash mezonlari. Yozma ish usulida YN ni nazorat variantlari tayanch sо‘z va iboralari keltirilgan 5 ta savoldan iborat bо‘lib, maksimal reyting 30 ball qilib belgilangan. Talabaning YN savollariga yozma javoblari quyidagicha baholanadi. Baholanishi Baholash omillari Har bir savol uchun 1. Javobning tо‘g‘riligi va tо‘liqligi alohida baholanadi 2. Javob berishda ijodiy yondoshish 3. Javobni yoritishda tayanch tushunchalar“Yozma ish” bо‘yicha umumiy dan foydalanganda foydalanganlik baholanadi 4. Ish hajmi 5. Husnixat Jami Umumiy ball 25 1 2 1 1 30 YN nazorat ishini test shaklida ham о‘tkazilishi mumkin. U holda har bir savolga alohida ball (B) ajratiladi va u quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: B = N / 30 bu yerda: N - test savollari soni. 86 9. Xulosalar 1. "Umumiy va noorganik kimyo" fanining maqsadi, vazifalari, fanni o'zlashtirgan talabaning bilimi, ko'nikmasi va malakalariga qo'yiladigan talablar, fanning boshqa fanlar bilan bog'liqligi va aloqasi, 1-semestrdagi mashg'ulot turlari, ularning mavzulari mazmuni va ajratilgan soatlar qayta ishlab chiqildi. 2. Malakaviy bitiruv ishida yoritish uchun "Umumiy va noorganik kimyo" fanining 3 ta mavzusi tanlab olingi: - Termodinamika asoslari va termokimyo; - Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati; - Noorganik kimyo va ekologiya. Ushbu mavzular bo'yicha rejalar va ularning mazmuni qayta tuzib chiqildi, har bir reja bo'yicha tayanch so'z va iboralar, nazorat savollari, mashq va masalalar, adabiyotlar ro'yxati tuzib chiqildi. 3. O'qitish texnologiyasining nazariy asoslari o'rganildi. Bunda "Tushunchalari tahlili", "Rezyume", "Muammo texnologiyasi", "Sinkveyn", "FSMU texnologiyasi", "Aqliy hujum", "BBB jadvali", "SAN texnologiyasi", "Klasterli tahlil" kabi interfaol o'qitish usullari qo'llanildi. Har bir mavzuda 3 tadan intefaol usul qo'llanildi. Shuningdek, talabalarni faollashtirish, charchog'ini chiqarish, ma'naviy ozuqa berish maqsadida mavzudan chetlashish shaklida chekinishlarning ssenariylari ham ishlab chiqildi. 4. Fan bo'yicha Blum taksonomiyasining bilish, tushunish, amalda qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish va baholash kategoriyalari bo'yicha ularning har biriga 3 tadan ta'lim natijalari rejalashtirildi. 5. Tanlab olingan 3 ta ma'ruza mavzulari bo'yicha texnologik xaritalar tuzib chiqildi. Bunda tashkiliy qism uchun 10 minut ajratildi. U o'z ichiga davomat, ma'naviy-ma'rifiy daqiqalar, takrorlash va motivatsiya kabi komponentlarni oladi. Takrorlash va motivatsiya qismida ham talabalarni darsga qiziqtirish maqsadida aqliy humuj usulidan foydalanildi. Asosiy qism 65 minutni qamrab oladi. Uning tarkibira mavzu rejalari va chekinishlar kiradi. Yakuniy qismga 5 minut ajratilgan bo'lib, unda asosan uy vazifasi berish bilan cheklanilgan. 6. Mavzularni tanlashda ular semestr davomida turli haftalarda o'qitiladigan bo'lishiga qarab tanlandi. Ularning 2 tasi semestr o'rtalarida, bittasi esa semestrning oxirida o'qitiladi. Uchta mavzuning har biriga o'qituvchi personaji tanlandi: - “Termodinamika asoslari va termokimyo” mavzusini olib borish uchun kafedra professori, yoshi 60 larni qoralagan did bilan kiyinadigan Rustam Sodiqovich personaji tanlandi. - “Kompleks birikmalar va ularda kimyoviy bog’lanish tabiati” mavzus olib borish uchun kafedra dosenti, 20 yildan ortiq ish stajiga ega fan nomzodi Mastura Matchonovna personaji tanlandi. - “Noorganik kimyo va ekologiya” mavzusini olib borish uchun institutni imtiyozli diplov bilan bitirib, magistraturani ham tugatib institutda ishga olib 87 qolingan, 5 yillik ish stajiga ega katta o’qituvchi Nargiza Abdullayevna personaji tanlandi. Uchta mavzuning ssenariysini bayon qilishda personajlarning yoshi, jinsi, xarakterlaridan kelib chiqib darslarda turli vaziyatlar, interfaol ta'lim usullari o'tkazilishi bayon qilindi. 7. Fanni o'qitishning reyting nazorat tizini, turli nazoratlarda talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholash usullari ishlab chiqildi. 8. Malakaviy bitiruv ishini ishlab chiqishda 24 ta adabiyotlardan foydalanildi. Ulardan 4 tasi Davlat Qonunlari va Prezident asarlari, 8 tasi pedagogika sohasiga tegishli adabiyotlar, 9 tasi "Umumiy va noorganik kimyo" fani bo'yicha adabiyotlar va 3 tasi internet saytlaridir. 88 10. Adabiyotlar ro’yxati 1. Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги Қонуни. Тошкент, 1997 й., 29 август №463-1. 2. Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури» тўғрисидаги Қонуни. Тошкент , 1997 й., 29 август №463-1. 3. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.– «Маънавият». 2008. 4. Каримов И. Юксак малакали мутахассислар тараққиёт омили. –Т: «Ўзбекистон», 1995. 5. Ишмухамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар (таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий тавсиялар). –Т.: Истеъдод, 2008. – 180 б. 6. Азизхўжаев Н.Н. Педагогик техналогия ва педагогик махорат Тош. 2003. 7. Беспалько В.И. Педагогика и прогрессивние технология обучения, - М: ИРПО. 1996. 8. Голиш Л.В. Таълимнинг фаол усуллари: мазмуни, танлаш, амалга ошириш. Экспресс қўлланма. - Т.: 2001 й. - 65 б.). 9. Сайидахмедов Н.С.Янги педагогик технологиялар.-Т.: Молия, 2003.168 б 10.Ишматов Қ.Р. Умум касбий фанларда ўқитиш методи ва педагогик технологияларни шакллантириш илмий амалий асослари: 2006. 11.А. Мавлонов ва бошқалар. Замонавий машғулотларни олиб бориш технологияси: Услубий қўлланма. Тош. 2010. 12.А. Мавлонов ва бошқалар. Ўқув машғулотларини ташкил этишда таълим технологиялари: Ўқув қўлланма. Тош. 2013. “Тафаккур бўстони”. 13.Axmerov K. Jalilov A.Sayfuddinov R.”Umumiy va anorganik kimyo” T.2006 Uzbekiston. Darslik. 14.Aхмеров Қ., Жaлилов A., A. Исмоилов. “Умумий вa aноргaник кимё” Тошкент, Ўқитувчи 1988 15.Jalilov A, Aхmerov К, Sayfuddinov R. «Umumiy va noorganik kimyo» Т.2006 yil O’quv qo’llanma. 16.Ахмеров К. Жалилов А.Сайфуддинов Р.”Умумий ва анорганик кимё” Т. 2003 Ўзбекистон. Дарслик 17.Парпиев Н.А., Рахимов Х.Р., Муфтахов А.В. “Анорганик кимё” Т.2003 Узбекистон. II-том. Дарслик 18.Парпиев Н.А., Рахимов Х.Р., Муфтахов А.В. “Анорганик кимёнинг назарий асослари” Т.2000 Узбекистон. I-том Дарслик 19.Убaйдуллaевa Р., Aбдуллaев Ш.. Умумий кимёдaн нaзaрий вa aмaлий мaшғулотлaр Тошкент- Ўзбекистон 1997. 20.Эминов A.М., Aхмеров К.A., Туробжонов С.М. Умумий вa нооргaник кимёдaн лaборaтория мaшғулотлaри. Т. 2007 й. Ўқув қўлланма. 89 21.Эминов А.М., Ахмеров К.М. «Умумий ва ноорганик кимёни ўрганишга доир тест, масала ва машклар. Т.1999, 1-қисм, Т.2000, 2-қисм. 22. www.ziyonet.uz 23.www.bilimdon.uz 24.www.ref.uz 90 11. Ilovalar 91 92