Загрузил Jalol Samandarov

5119-Article Text-12872-1-10-20220225

Реклама
Barkamol avlod ta`lim – tarbiyasida Innovatsion omillarning o’rni
Роль инновационных факторов в воспитании гармонично развитого
поколения
The role of innovative factors in the education of a harmoniously developed
generation
Abdurasulova Kamola G’afurovna
JDPI Fiziologiya va ekologiya kafedrasi o’qituvchisi
Ismatova Sarvinoz Murodulla qizi
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Barkamol avlod ta`lim – tarbiyasida innovatsion
omillarning o’rni ta`lim muassasalarning o`quv- tarbiyaviy jarayonida zamonaviy
o`qitish usllari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati,
pedagogik texnologiya va ularning ta`limda qo`llanishiga oid bilimlar, o`quvchilarni
bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta`minlash haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Barkamol avlod, ta’lim, tarbiya, pedagogika, pedagogik texnologiya,
innovatsiya, interfaol usul, mustaqil fikrlash, ijod qilish.
Аннотация: В данной статье роль инновационных факторов в воспитании
гармонично развитого поколения, современные методы обучения в
образовательном процессе общеобразовательных учреждений - интерактивные
методы, роль и значение инновационных технологий, педагогических
технологий и их роль в воспитании.Знания и опыт в сфере образования
предназначены для того, чтобы учащиеся обладали знаниями и передовыми
навыками.
Ключевые слова: Гармонично развитое поколение, образование, воспитание,
педагогика, педагогическая технология, инновации, интерактивные методы,
самостоятельное мышление, творчество.
Anotation: In this article, the role of innovative factors in the education of
harmoniously developed generation, modern teaching methods in the educational
process of educational institutions - interactive methods, the role and importance of
innovative technologies, pedagogical technology and their role in education.
Knowledge and experience in the field of education are provided to ensure that
students have knowledge and advanced skills.
Key words: Harmoniously developed generation, education, upbringing, pedagogy,
pedagogical technology, innovation, interactive methods, independent thinking,
creativity.
KIRISH
Ta’limning, o‘qitishning vazifasi fuqarolar. yoshlarning eng asosiy
konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish,
intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi hohlagan kasbini tanlash, uni
mukammal egallab, shu sohada baxtiyor faoliyat ko‘rsatish uchun moddiyma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir.Bu umumiy
vazifadan ta’limning har bir bo‘g‘ini, turi va bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari
kelib chiqadi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA
Mutafakkir
A.Avloniy ta’kidlaganidek, -Tarbiya biz uchun yo hayot,
yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir.Insoniyat tarix
iga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud
bo‘lgan. Insonni dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa
emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining taraqqiyoti darajasiga
ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini
belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiyaoli
shi kerak. Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash, kurash va mehnat
tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, yani yangi
tug‘ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga yetishi jarayoniga
rahbarlik qilingan, boshqarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali
amalga oshirilgan.Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish
ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan.
Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish,
yosh avlodlarni o‘qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan
anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida Pedagogika fani
paydo bo‘la boshladi.Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat
ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman
uning qonuniyatlari haqida bilim, ma’lumot beradigan fanga aylandi.
MUHOKAMA
Yuqoridagilar jamiyat hayoti barcha jabhalarining muvafaqiyatini belgilab
beruvchi, shu bilan ularning poydevori hisoblanuvchi
ta‘lim- tarbiya sohasiga ham to‘laligicha tegishlidir. Hozirgi kunda ta`lim
jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari) dan
foydalanib, ta`limning samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish va e`tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar
o`quvchilar egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib,
tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan.
O`qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik,
yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv jarayonida o`quvchi asosiy
figuraga aylanadi.Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim
tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va
o`zlashtirgan bilimlarni o`zlari tomondan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul
qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
NATIJALAR
Shuning uchun ham ta`lim muassasalarning o`quv- tarbiyaviy jarayonida zamonaviy
o`qitish usllari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati
beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta`limda qo`llanishiga oid bilimlar,
tajriba o`quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta`minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha- innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi vа o`quvchi
faoliyatiga yangilik, o`zgartirishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan
interfaol uslublardan foydalanildi.
Interfaol – (“ inter”- bu o`zaro, “ bu o`zaro, “akt” –harakat qilmoq yoki kim bilandir
suhbat, muloqat tartibida bo`lishni anglatadi. Boshqacha so`z bilan aytganda,
o`qitishning interfaol uslubiyatlari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil
etishning faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo`lib, unda ta`lim oluvchilar
bilish jarayoniga jalb qilingan bo`ladilar, ular biladigan va o`ylayotgan narsalarni
tushinish va fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Interfaol darslarda o`qituvchining
o`rni qisman o`qituvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo`naltirishga
olib keladi.Bu uslublarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va
talabalarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi.Bunday pedagogik
hamkorlik jarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularga:
talabaning dars davomida befarq bo`lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va
izlanishga majbur etilishi;
talabaning o`quv jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlarini doimiyligini ta`minlashi;
talabaning fanga bo`lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalga ijodiy
yondoshgan holda kuchaytirilishi;
pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari
kiradi.
O'zbekiston davlatining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini innovatsion omillar asosida
amalga oshirish maqsadi asosan xalq farovonligini oshirishga, barkamol insonni
shakllantirishga qaratilmoqda. Zero, hozirgi yosh avlod - mamlakat kelajagining
qanday bo'lishini belgilovchi ijtimoiy qatlamdir. Shuning ushun ham mamlakatimiz
Prezidenti Islom Karimov bu sohadagi strategik maqsadlarni quyidagicha ifodalagan
edi: «O'z-o'zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni modernizasiya qilish va zamonaviy
demokratik jamiyat qurish yo'lidagi murakkab va keng ko'lamli vazifalarni hal etishga
qodir bo'lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal
qiluvshi ahamiyatga ega».
Umuman, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning
innovatsion rivojlanishi ustuvor ravishda o'zida yuqori innovatsion salohiyatni
mujassamlashtirgan ta'lim tizimiga yo'naltirilmoqda. Innovatsion salohiyat strategik
resurslar sirasiga kirib,iqtisodiy taraqqiyotida inovatsion omillar asosida amalga
oshirish maqsadi asosan xalq farovonligini oshirishga, barkamol insonni
shakllantirishga qaratilmoqda. Zero, hozirgi yosh avlod - mamlakat kelajagining
qanday bo'lishini belgilovchi ijtimoiy qatlamdir. Shuning uchun ham mamlakatimiz
Prezidenti Islom Karimov bu sohadagi strategik maqsadlarni quyidagicha ifodalagan
edi: «O'z-o'zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni moderinizatsiya qilish va zamonaviy
demokratik jamiyat qurish yo'lidagi murakkab va keng ko'lamli vazifalarni hal etishga
qodir bo'lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal
qiluvсhi ahamiyatga ega».
Umuman, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning
innovatsion rivojlanishi ustuvor ravishda o'zida yuqori innovatsion salohiyatni
mujassamlashtirgan ta'lim tizimiga yo'naltirilmoqda. Innovatsion salohiyat strategik
resurslar sirasiga kirib,u mamlakat taraqqiyotida asosiy manba hisoblanadi.
Mamlakatdagi strategik maqsadlardan kelib chiqib, 1997 yilda O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'grisida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
qabul qilindi. Mazkur dasturda ta'lim sohasini tubdan isloh etish, uni mafkuraviy
cheklashlardan to'la holi qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak
ma'naviyat va ahloq talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
milliy tizimini yaratish vazifalari qo'yildi.
O'zbekistonda mustaqillik davrida milliy va umuminsoniy manfaatlarni amalga
oshirish maqsadlarini o'zida ifodalagan milliy va uzluksiz ta'lim konsepsiyasi ishlab
chiqildi. Uni hayotga tatbiq etish natijasida jahondagi rivojlangan mamlakatlar
mezonlari talablariga javob beradigan ta'lim tizimi shakllantirildi. Unga muvofiq
insonning butun umri davomida muttasil ta'lim olish jarayoni, individual jihatlarini
boyitish va salohiyatini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Binobarin, endilikda mamlakatimizda ta'lim-tizimi rivojlanishning eng ustuvor
yo'nalishi sifatida qaralmoqda. Respublikaning bosqichma-bosqich rivojlanishida
ta'limning o'rnini Yurtboshimiz quyidagicha baholaydi: «Chuqur islohotlarni amalga
oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda, kadrlar potensialiga, ularning
kasb jihatdan tayyorligiga bog`liq bo'ladi. Bu esa butun ta'lim va madaniyat tizimini
tubdan isloh qilishni taqozo etadi. Chunki ayni bilimdonlik va yuqori madaniylik
ozodlikdan hammaning baxt-saodati yo'lida foydalanish imkonini beradi. Avvalgi
yillarda ta'lim tizimimiz jahon sivilizasiyasining ilg`or yutuqlaridan va xalqimizning
tarixiy ildizlaridan ajralib qolgan edi. Bu ahvol tubdan o'zgartirilishi lozim. Aslini
olganda xalqimizning asriy boyliklarini, jahon fani va madaniyatining eng yaxshi
yutuqlarini o`ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish kerak bo'ladi».
XULOSA
Ta'lim tizimiga innovatsion o'zgarishlarning kirib kelishi davom etmoqda. Ayni
paytda, hozirgi davrda ta'limning tezlik bilan taraqqiy etishi hududlarda ilmiy-amaliy
markazlarni rivojlantirish, o'quv dasturlari, uslubiyot, o'quv-uslubiy materiallar,
qo'llanmalar va ta'lim texnologiyalarini takomillashtirish kabi innovatsion jarayonlar
bilan bog’liq vazifalar kun tartibiga kiritilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. "Barkamol avlod yili" davlat dasturi.-T.: O`zbekiston, 2010.-80 b
2. D. Ro‘ziyeva M. Usmonboyeva, Z. Xoliqova ―interfaol metodlar:
mohiyati va qo‘llanilishi Toshkent 2013-yil.
3.I. A.Karimov, ―Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori
T. ―Sharq nashriyot- matbaa konsern. Toshkent, 1997-yil.
5. K. Ishmatov ―Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, Namangan 2000-yil.
6. Obidov R. Payg‘ambarlar tarixi islomiyat tarixidir.2Kitob,T:Movorounnaxr,2005.
7. R. Mavlonova ―Pedagogika , Toshkent 2000-yil.
8. K. Hoshimov, ―Pedagogika tarixi, Toshkent 2005-yil.
9. T. Madumarov, M. Kamoldinov ― Innovatsion pedagogik texnologiya
asoslari va uni ta‘lim –tarbiya jarayonida qo‘llash Toshkent ―Talqin 21012-yil.
10. J.X.Yo‘ldashev ―Yangi pedagogika yo‘nalishlari, muammolari,
yechimlari . ―Xalq ta‘limi jurnali, T.,№4 1999-yil.
https://hozir.org/andijon-davlat-universiteti-pedagogika-fakulteti.html?page=5
www.ziyonet.uz
WWW.pedagog.uz
[email protected]
Скачать