Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali Mavzu: O'zbekistonda bank tizimi, markaziy va tijorat banklarni isloh qilishning ahamiyati. Bajardi:Mamasoliyev Javohir Tekshirdi:A.SAMAD Reja: Banklar tizimlari Tijorat va Xususiy banklar rivojlanish bosqichlari. Markaziy bank va uning funksiyalari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asoslari Bank so’zi italyancha «banka» so’zidan olingan bo’lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi, chunki o’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo’yib xisob-kitob qilganlar. Bank — bu aholi va tashkilotlardan pul mablag'larini qabul qilish, ularni saqlash va himoya qilishni ta'minlash, shuningdek kreditlar va boshqa moliyaviy xizmatlarni taqdim etish bilan shug'ullanadigan moliyaviy muassasa. Banklar moliya bozorining asosiy ishtirokchilari bo'lib, ularning faoliyati mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Banklarning bir nechta turlari mavjud bo'lib, ularni faoliyati va funksionalligi bo'yicha tasniflash mumkin: Chakana banklar — bu jismoniy shaxslar va kichik biznesga bevosita xizmat ko'rsatadigan banklar Tijorat banklari — bu korporativ mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko'rsatadigan va yirik kredit operatsiyalarini amalga oshiradigan banklar Banklar mulkchilik shaklida ham farq qilishi mumkin: Davlat banklari — bu butunlay davlatga tegishli banklar Xususiy banklar — bu jismoniy shaxslar yoki kompaniyalarga tegishli banklar Aralash banklar — bu xususiy va davlat kapitali birlashtirilgan banklar Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki markazlashgan nazorat tizimini ifodalaydi. Belgilangan vazifalarni bajarish uchun Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida ishlaydigan tegishli xizmatlar va muassasalarni tashkil etadi . Markaziy bankning tuzilmasi va boshqaruv organlari “Markaziy bank to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilanadi. Markaziy bankning oliy organi Markaziy bank Boshqaruvi hisoblanadi. Boshqaruv 11 a'zodan iborat bo'lib, unga bir vaqtning o'zida Markaziy bank raisi bo'lgan rais boshchilik qiladi. Markaziy bank boshqaruviga pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va tartibga solish va bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha katta vakolatlar berilgan