Uploaded by Умидхон Аьзамов

Iqtisodiyot slayd 1 mavzu

advertisement
1-MAVZU. IQTISODIYOT
NAZARIYASI FANINING
PREDMETI VA VAZIFALARI.
Bajardi: A’zamov U.O’.
REJA.
1
2
3
4
5
• Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
• Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
• Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
• Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
• Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo'jaligi
doirasida ro'y bergan. shuning uchun qadimgi grek olimlarining
(Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot – uy xo'jaligi va
uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. arab leksikonida «iqtisod»
tejamkorlik ma'nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid
adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e'tibor berilgan. lekin, hozirgi
davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo'jalik yuritish
yoki tejamkorlik ma'nosi bilan cheklanmaydi. balki iqtisodiyot –
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo'jaliklardan,
xo'jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar,
kontsernlar, qo'shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan,
davlatlar o'rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o'ta
murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli
foydalanib, kishilarning yashashi, kamol
topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy
vositalarni
ishlab
chiqarish
va
iste'molchilarga etkazib berishga qaratilgan,
bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan
turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so'z
bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona
foydalanib, aholining to'xtovsiz o'sib
boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga
erishish, resurslar va mahsulotlarni to'g'ri
taqsimlash yo'llarini topish iqtisodiyotning
asosiy mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab quyidagi
turlarga bo'linadi
jahon
iqtisodiyoti
mintaqa
iqtisodiyoti
Iqtisodiyot
milliy
iqtisodiyot
tarmoq
iqtisodiyoti
makroiqtisodiyot
korxona yoki firma
iqtisodiyoti
oila
iqtisodiyoti
mikroiqtisodiyot
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning,
resurslarning harakati bo'yicha takror ishlab chiqarish
quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
ishlab chiqarish jarayoni;
taqsimlash jarayoni;
ayirboshlash jarayoni;
iste'mol qilish jarayoni.
Ishlab chiqarish –
• kishilik jamiyatining mavjud bo'lishi va rivojlanishi
uchun zarur bo'lgan hayotiy ne'matlarni yaratish
jarayoni. barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish
jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab
chiqarishning eng asosiy va boshlang'ich fazasi
hisoblanadi. agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan,
ayirboshlanadigan va nihoyat, iste'mol qilinadigan
narsalar bo'lmaydi.
Taqsimot –
• ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini
iqtisodiyotning turli qism va sub'ektlari o'rtasida
taqsimlash jarayoni. bu bosqichda, eng avvalo, ishlab
chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa
resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat,
korxonalar o'rtasida taqsimlanadi. bundan tashqari,
ishlab chiqarish natijasi bo'lgan tovar va xizmatlar,
ularning pul holidagi ko'rinishi bo'lgan daromadlar ham
taqsimlanadi.
Ayirboshlash
• – jamiyat a'zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki
ishlab chiqarish natijalari bo'yicha ma'lum bir
o'lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o'zaro
almashish jarayoni. mehnat taqsimoti natijasida ayrim
guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma'lum turlarini
ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashadilar.
har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o'z tovarini sotib,
o'ziga kerakli bo'lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni
sotib oladi.
Iste'mol
• – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va
xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni.
iste'mol takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo'lib,
bu jarayon orqali jamiyat a'zolarining turli-tuman
ehtiyojlari qondiriladi. iste'mol ikki turda bo'ladi:
ishlab chiqarish (unumli) iste'moli va shaxsiy iste'mol.
ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari
va ishchi kuchidan foydalanish unumli iste'mol
deyiladi. iste'mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish
maqsadida o'z ahamiyati bo'yicha pirovard ravishda
ishlatilishi shaxsiy iste'mol deyiladi.
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab
chiqarish fazalaridagi harakati
taqsimot jarayoni
ishlab chiqarish
jarayoni
iste'mol jarayoni
ayirboshlash jarayoni
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi
• – ehtiyojlarning cheksizligi
resurslarning cheklanganligidir.
va
iqtisodiy
Insonning yashashi va kamol topishi,
umuman insoniyatning rivojlanishi uchun
kerak bo'lgan hayotiy vositalarga bo'lgan
zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj
deb ataladi.
ma'naviy
shaxsiy
ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlar
ehtiyojlarni iste'mol
qilish tavsifiga ko'ra
birlamchi
ehtiyojlar
yakka
ishlab
chiqarish
Ehtiyojlar
moddiy
guruhiy
ikkilamchi
ehtiyojlar
hududiy
umumjamiy
at ehtiyojlari
birgalikda
qondiriluvchi
ehtiyojlar
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
tabiiy resurslar
• yer, yer osti boyliklari, suv, o'rmon va biologik resurslar
ishchi kuchi resurslari
• kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari
kapital
• foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar,
mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga
tayyor tovarlar, pul mablag'lari va boshqalar
tadbirkorlik qobiliyati
• kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlarini
tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari
moddiy ehtiyojlar – bu moddiy
ko'rinishdagi ne'matlar vositasida
qondiriluvchi zaruratdir.
• bular iste'mol uchun zarur bo'lgan
ko'plab hayotiy predmetlarni (ishlab
chiqarish va transport vositalari, oziqovqat, kiyim-kechak, turar-joy va h.k.)
va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq,
atir-upa, turli bezaklar va h.k.) o'z
ichiga oladi.
ma'naviy ehtiyojlar – bu insonning
shaxs sifatida kamol topishi,
dunyoqarashi va ma'naviyatining
shakllanishi uchun taqozo etiladigan
nomoddiy ne'mat va xizmatlarga
bo'lgan zaruratdir.
• ular kishilarning bilim va dam olish,
madaniy saviyasini oshirish, malakamahoratga ega bo'lish, turli ma'naviy
yo'nalishdagi xizmatlardan bahramand
bo'lish kabi ehtiyojlardan iborat
bo'ladi.
Shaxsiy ehtiyojlar – kishilarning
pirovard iste'moli uchun
mo'ljallangan mahsulot va
xizmatlarga bo'lgan zarurat.
• masalan, oziq-ovqat, kiyimkechak, uy-ro'zg'or buyumlari,
shaxsga ko'rsatiladigan turli
xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni
namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari –
mahsulot ishlab chiqarish yoki
xizmat ko'rsatishni amalga
oshirish maqsadida ishlatiluvchi
turli
iqtisodiy
resurslarga
bo'lgan zarurat.
• ishlab
chiqarish
ehtiyojlariga
xomashyo (neft, paxta va h.k.),
materiallar (po'lat, yog'och, tola va
h.k.),
asbob-uskunalar,
ish
mashinalari
(yuk
mashinasi,
ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi
kuchi va boshqalarni kiritish
mumkin.
insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga
moslab qondirilishi mumkin bo'lgan ehtiyojlar yakka tarzda
qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi.
• ularga ovqatlanish, kiyinish kabilarni misol qilish mumkin. hatto ovqatlanish
jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir necha kishilar bilan) amalga oshirilgan
taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo'lgan ehtiyoji alohida, yakka
tarzda qondiriladi.
odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa,
mamlakat fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon
etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar
deyiladi.
• masalan, ta'lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan
bahramand bo'lish, sport o'yinlari va ko'ngilochar tomoshalarni birgalikda
ko'rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini saqlash kabilar shular
jumlasidandir.
birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida
zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo'lgan va shu sababli,
birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj.
•inson hali bilim olishi, san'at bilan shug'ullanishi, madaniy hordiq
chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo'lgan
ehtiyojlarini qondirishi lozim.
ikkilamchi ehtiyoj – bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib
bo'lgandan so'ng namoyon bo'ladigan va qondiriladigan
ehtiyoj.
•bu turdagi ehtiyojlar odatda ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim
olish, malaka oshirish, san'at bilan shug'ullanish, dam olish va h.k.larni
kiritish mumkin.
yakka ehtiyoj – bu alohida shaxsning ijtimoiyiqtisodiy mavqei, dunyoqarashi va boshqa
xususiyatlari ta'sirida shakllanuvchi ehtiyoji.
• masalan, katta yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy
ma'lumotlilar va ma'lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil
kishilar va hokazolarning yakka ehtiyojlari tarkibi o'zaro farq qiladi.
hattoki, bir jinsdagi, o'zaro teng va boshqa belgilari bo'yicha o'xshash
insonlarning yakka ehtiyojlari ba'zi bir jihatdan farq qilishi mumkin.
guruhiy ehtiyoj – bu ma'lum guruh yoki jamoalarga
birlashgan kishilarning birgalikdagi ehtiyoji.
• bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mehnat jamoasining ehtiyojlari
boshqasidan o'z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi.
hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda
istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji.
• inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning ba'zi bir
ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning
umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo'ladi. masalan, har bir mahalla
o'zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko'rsatish
shoxobchalari, bolalar bog'chasi, dam olish joylari, istirohat bog'lari va
boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi.
umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi
barcha kishilar uchun umumiy bo'lgan ehtiyoj.
• har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo'lgan
ne'matlarga ehtiyoj sezadilar. masalan, mamlakat chegarasining
daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt
farovonligi, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining
yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta'sir
ko'rsatadi:
1
2
3
4
5
6
• jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
• jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
• tabiiy-geografik sharoitlar;
• tarixiy-milliy an'analar va urf-odatlar;
• aholi sonining o'sishi, uning tarkibidagi o'zgarishlar;
• xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o'rtasidagi aloqalar.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarini va ehtiyojlarni qondirish
darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi
muammolarni qo'yadi
1
2
3
• ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishning optimal variantlarini
(eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko'proq
ishlab chiqarishga jalb qilish;
• mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali
foydalanish;
• fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib,
yangi energiya, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib,
foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga
erishish.
2. iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko'pgina mamlakatlarda
milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan
davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi. siyosiy
iqtisod grekcha so'zdan olingan bo'lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» uy, uy xo'jaligi, «nomos» - qonun degani. ya'ni uy yoki ijtimoiy
xo'jalik qonunlari ma'nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod
qilgan frantsuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615
yilda «siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni
mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.
keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod
keng ma'noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va
ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to'g'risidagi fandir, deb yozgan
edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishi jarayonida vujudga
kelgan asosiy g'oyaviy oqimlar:
merkantilizm - jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo'lib, u savdoda, asosan
tashqi savdoda paydo bo'ladi va ko'payadi, deb tushuntiradi. merkantilizm – italyancha
“mercante” so'zidan olingan bo'lib, “savdogar” degan ma'noni anglatadi. bu oqimning
namoyondalari: V.Staffod, T.Man, A.Monkreten, Jon Lou, G.Skaruffi va boshqalar.
fiziokratlar - jamiyatning boyligi qishloq xo'jaligida vujudga keladi degan g'oyani
ilgari suradilar. bu ta'limotning asoschisi F.Kene (1694-1774y.) hisoblanadi.
klassik siyosiy iqtisod - boylikning faqat qishloq xo'jaligida emas, balki sanoat,
transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi.
U.Petti (1623-1686 y.) boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e'tirof etgan.
mehnat boylikning otasi, yer uning onasi degan ibora unga tegishlidir.
A.Smit “xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqot” (An Inquiry into
the Nature and Causes of the Wealth of Nations.1776 y.) asarida talab va taklif asosida
shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o'z-o'zini tartibga solishi (“ko'rinmas
qo'l”) g'oyasini ilgari suradi. insonni faollashtiradigan asosiy rag'bat shaxsiy
manfaatdir deb ko'rsatadi.
D.Rikardo qiymatning turli sinflar daromadlari va foydaning yagona manbai mehnat
ekanligini ko'rsatadi.
Iqtisodiyot nazariyasidagi yangi oqimlar
(XIX asr oxiri va xx asr boshlari )
marjinalizm vakillari (marginal – keyingi, qo'shilgan) – keyingi tovar nafliligi,
qo'shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqan.
keyingi tovar nafliligining kamayib borishi qonuni bu oqimning asosiy printsipi hisoblanadi.
shunga ko'ra, narx xarajatga bog'liq bo'lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. marjinalizm
asoschilari K.Menger, F.Vizer, E.Bem-baverk, U.Jevons hisoblanadi.
neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall) bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning
aralashuvini cheklash g'oyasini ilgari suradi. bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar
vujudga kelganda ham yuz berishini ko'rsatadi. funktsional bog'lanish g'oyasini asoslaydi, bozor
narxini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat deb hisoblaydi.
bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlar modelini ishlab chiqishga,
Y.Shumpeter esa iqtisodiy tizimlar o'zgarishining kuchlarini ko'rsatib berishga harakat qilgan.
keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish
zarurligini asoslashga qaratiladi. J.M.Keyns “bandlik foiz va pulning umumiy nazariyasi”
(1936 y.) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflyatsiya
va bandlikka ta'sir ko'rsatishini asoslaydi.
neoklassik yo'nalishda yangidan vujudga kelgan oqimlar
(xx asrning 50-60- yillaridan boshlab)
neoliberalizm (F.Xayek, Y.Shumpeter, L.Erxard) – asosiy e'tiborni
davlatning iqtisodiyotiga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga,
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtirdi.
monetarizm – (M.Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni, pul
muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini
asoslab beradi.
institutsionalizm – tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko'ra,
xo'jalik yurituvchilar o'rtasidagi munosabatlar naqafat iqtisodiy, balki
noiqtisodiy omillar ta'sirida vujudga keladi. shu sababli iqtisodiyotga
institutsional o'zgarishlar orqali ham ta'sir ko'rsatishi mumkin.
3. iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetiga bo'lgan turli yondashuvlar
Aristotel
merkantilistlar,
fiziokratlar va
ingliz klassik
iqtisodiy maktabi
• bu fanga uy xo'jaligini boshqarish
qonunlari to'g'risidagi fan
• boylik to'g'risidagi, uning manbalari va
ko'paytirish yo'llari, boylikni ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va
iste'mol qilish to'g'risidagi fan
A.Marshall
• iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining
predmeti insoniyat, jamiyatning me'yordagi
hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat
siyosiy
iqtisod
darsliklarida
• uning predmeti moddiy ne'matlarni ishlab
chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida sodir
bo'ladigan munosabatlarni o'rganishdan iborat,
«ekonomiks»
darsliklarida
• kishilarning moddiy ehtiyojlarini to'laroq qondirish
maqsadida cheklangan resurslardan samarali
foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning
iqtisodiy xatti-harakatlarini o'rganishdan iborat,
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –
• iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish
maqsadida hayotiy ne'matlarni (va
xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni,
ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish qonunqoidalarini o'rganishdan iborat
iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari
1) bilish vazifasi
• jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar
hamda o'zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlarni tadqiq etib, bizni o'rab turgan olam to'g'risidagi
fikrlarimizni kengaytiradi.
2) amaliy vazifa
• amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan
unumli foydalanib iqtisodiy o'sishni ta'minlash va shu asosda o'sib
boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. cheklangan
resurslarning har bir birligi evaziga ko'proq tovarlar ishlab chiqarish
va xizmatlar ko'rsatishni ta'minlash, har bir faoliyat turi bo'yicha
xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya'ni tovar va xizmatlar
miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo'llarini
topishdan iboratdir;
3) uslubiy vazifasi
• iqtisodiyot nazariyasi fanining o'zi, tahlili va uning
tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy
qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos
bo'lib xizmat qiladi;
4) g'oyaviy-tarbiyaviy vazifasi
• uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmini
o'rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy
istiqlol g'oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat
manfaatlari yo'lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy
mahsulotni ko'paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy
tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo'lishini ta'minlash,
mamlakat aholisining turmush darajasini ko'tarish ruhida
tarbiyalaydi.
4. iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy
tushunchalar)
iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli
tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar
o'rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan,
barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o'zaro
bog'liqligini ifodalaydi.
iqtisodiy qonunlar ob'ektiv xususiyatga ega
bo'lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi,
rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning
ongiga, ularning xohish-irodasiga bog'liq emas.
Iqtisodiy qonunlarning turlari
umumiy iqtisodiy
qonunlar
xususiy yoki davriy
iqtisodiy qonunlar
maxsus, o'ziga xos
iqtisodiy qonunlar
• kishilik jamiyati
rivojlanishining
barcha
bosqichlarida amal
qiladi. masalan,
vaqtni tejash
qonuni,
ehtiyojlarning tez
o'sib borish qonuni,
takror ishlab
chiqarish qonuni.
• insoniyat jamiyati
taraqqiyotining
ma'lum
bosqichlarida amal
qiladi. masalan,
talab qonuni, taklif
qonuni va qiymat
qonuni.
• alohida olingan
iqtisodiy tizim
sharoitida amal
qiladi. masalan,
qo'shimcha qiymat
qonuni.
iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan,
iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim
tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar
tomonidan o'ylab topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni
ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo'lib, ilmiy fikrlash mahsulidir.
masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat,
moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir.
5. iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi,
yo'llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir
dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy
usuli bo'lib xizmat qiladi
Iqtisodiyot nazariyasida qo'llaniladigan bu
tamoyillar quyidagilardir:
1
• iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, bog'liqlikda, ziddiyatda, o'zaro ta'sir qilib
turadigan turli bo'g'inlardan, bo'laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo
harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o'zgarib turadigan ichki va
tashqi hodisalar bilan aloqada bo'ladi;
2
• iqtisodiy jarayonning har bir bo'lagini alohida olib, uning o'ziga xos
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo'q bo'lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog'liqlik tomonlarini zamon
va makonda o'rganish;
3
• iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha
rivojlanishda, deb qarash. bu erda son jihatidan o'zgarishlar to'plana borib,
sifat jihatidan o'zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4
• ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o'zaro kurashiga
rivojlanishning manbai sifatida yondashish.
Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
ilmiy abstraktsiya usuli
tahlil
sintez
eksperiment
mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli
makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo'shib olib borish.
induktsiya va deduktsiya
ikki tomonlama yondashuv usuli
taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan
ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal
berishi mumkin bo'lgan ikkinchi darajali narsalar,
voqea-hodisalarni
fikrdan
chetlashtirib,
o'rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e'tiborni
qaratishdir.
•bu usul yordamida o'rganilayotgan voqea
va hodisaning ichki, ko'zga ko'rinmaydigan
mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
tahlil
• bu o'rganilayotgan bir butunni
alohida qismlarga ajratish va ularni
izchillik bilan o'rganish.
sintez
• bu o'rganilgan qismlardan olingan
xulosa va natijalarni bir butun yaxlit
jarayon deb qarab umumiy xulosa
chiqarishdir.
Tahlil va Sintez usuli
Narsa yoki hodisalarni tadqiq etish jarayonida ularni alohida
elementlarga ajratilishi yoki ma'lum uyg'unlikda birlashtirish orqali
haqiqiy bilimga erishish
tahlil – butunni alohida qismlarga
ajratish orqali izchillik bilan o'rganish
ishlab chiqarish
samaradorligi
korxona
iqtisodiy
faoliyati
samarador
ligi
bo'limlar va
tsexlar bo'yicha
jarayonlar
bo'yicha
mahsulot
turlari bo'yicha
sintez – o'rganilgan qismlardan olingan
xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon
deb qarab umumiy xulosa chiqarish
bo'limlar
va sexlar
bo'yicha
jarayonlar
bo'yicha
mahsulot
turlari
bo'yicha
korxona
iqtisodiy
faoliyati
samarador
ligi
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli.
• iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai
nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. chunki
iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. mantiqiylik
usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan
birga asosiy ichki zarur qonuniy bog'lanishlar bo'yicha ham tahlil
qilinadi. masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o'rganishda uning
tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko'rib
chiqamiz. bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul munosabatlarining
dastlabki kurtaklari paydo bo'lgan jamiyatga qaytib, o'sha davrdagi
iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. biroq, bu holat
o'tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan
pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog'langan
munosabatlargagina taalluqlidir.
Tarixiylik va mantiqiylikning birligi usuli
hodisa va jarayonlarni harakat va rivojlanishda olib qarash bilan bir
qatorda ularning mantiqan mosligi va ahamiyatliligini ta'minlanishi
davr
tadqiqot ob'ekti
Eksperiment usuli
•iqtisodiy o'sishning keskin o'zgarishi bosqichlarida, jumladan
iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan
keng foydalaniladi. iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida
eksperiment alohida o'ringa ega. iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
uchun puxta tayyorgarlik ko'rish, ya'ni ilmiy tajriba, eksperiment
o'tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo'nalishlarni
ishlab chiqish talab etiladi. iqtisodiyot sohasida o'tkaziladigan
eksperimentlarga erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan
iqtisodiy tadbirlarni alohida korxona yoki hududlarda sinovdan
o'tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin.
iqtisodiy jarayonlarni o'rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv
usuli muhim o'rin tutadi. bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik
nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. aks holda bir tomonlamalikka
yo'l qo'yilib, yanglish tasavvurga va noto'g'ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik,
matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. ayniqsa, hozirgi davrda
grafik usulni keng o'zlashtirish va qo'llash zarurdir. grafiklar nazariya modellarini
ifodalashda vositachi bo'lib xizmat qiladi. aniqroq qilib aytganda, grafik usul
o'zgaruvchi miqdorlar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rgazmali qilib tasvirlaydi.
Makroiqtisodiy va Mikroiqtisodiy tahlilni qo'shib olib
borish.
•mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang'ich bo'g'ini bo'lmish
korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub'ektlarning
xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. bu tahlilda alohida olingan tovarlarning
xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil
topishining, ish haqi to'lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va
mexanizmlarini o'rganish markaziy o'rin tutadi.
Induktsiya usuli
Deduktsiya usuli
•fikrning
xususiy
faktlardan
umumiy
faktlarga qarab harakati
induktsiya,
aksincha,
umumiy
faktlardan
xususiy faktlarga tomon
harakati deduktsiya deb
ataladi..
• aksincha, bunday nazariy
qoidani oldindan bilgan
holda,
uning
turli
tarmoqlar,
alohida
korxonalardagi amal qilish
holatini aniqlashimiz va
baholashimiz deduktsiyani
anglatadi.
induktsiya – fikrning xususiy
faktlardan umumiy faktlar tomon
harakat
xususiy holdagi
tadqiqot jarayoni
xususiy
gipoteza
yoki
qoida
umumiy
qoida
yoki
qonun
deduktsiya – fikrning umumiy
faktlardan xususiy faktlar tomon
harakati
umumiy
qoida
yoki
qonun
xususiy
gipoteza
yoki
qoida
xususiy holdagi
tadqiqot jarayoni
E'tiboringiz uchun
raxmat
Download