Uploaded by Eldor Jabborov

G'arb

advertisement
Mavzu: G‘arbiy Evropadagi iqtisodiy g‘oyalarning asosiy moxiyati
Reja:
1. G‘arbiy Evropadagi iqtisodiy g‘oyalar
F.Akvinskiyning
iqtisodiy qarashlari
2. G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
G‘arbiy Evropadagi iqtisodiy g‘oyalar F.Akvinskiyning
iqtisodiy qarashlari
Rim imperiyasi yemirilgandan keyin, G‘arbiy Evropada juda ko‘p feodal
davlatlar vujudga keldi. Ularda o‘sha davrdagi katolik cherkov qoidalari
ustunlik qilardi. Barcha ilmiy fikrlarda diniy cheklashlar mavjud edi. Shuning
uchun iqtisodiy savollar bo‘yicha o‘rta asr mualliflarining talqinlari diniy-etnik
shaklda ifoda etilgan.
G‘arbiy Evropadagi ancha ko‘zga ko‘ringan iqtisodiy fikrlar muallifi deb,
odatda Italiya monaxi Foma Akvinskiy (Akvinat) (1225-1274) tan olinadi. U
IV asrning oxiri - V asrning boshida iqtisodiy muammolarga diniy-etnik
yondashuvning nomuqobil dogmatik printsiplarini kiritgan, dastlabki kanonizm
maktabi
asoschilaridan
biri
hisoblangan,
Avgustin
Blajenniyga
(AvliyoAvgustin) (353-430) muxoliflik qildi va uning g‘oyalarini ijodiy davom
ettirdi. V-XI asrlar davomida bu printsiplarga amal qilib kelindi.
Akvinatning iqtisodiy qarashlari bilan tanishib chiqishdan oldin, dastlabki
va keyingi kanonizmning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
O‘rta asrning dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlabki kanonistlar
g‘oyasi savdo foydasini va sudxo‘rlik foizini qat’iy qoraladi va ularni noto‘g‘ri
ayirboshlash va birovning mehnatini o‘zlashtirish natijasi sifatida tavsiflab
gunoh deb hisobladi. Faqat «Odil narx» o‘rnatilgan sharoitdagina ekvivalentli
va proportsional ayirboshlash bo‘lishi mumkinligi uqtirildi. Shuningdek,
cherkov qonunlari mualliflari, antik dunyo qarashlariga xos bo‘lgan jismoniy
mehnatga nisbatan nafratli munosabatlarga, ko‘pchilik aholining zarar ko‘rishi
hisobiga ayrim shaxslarning boylik orttirish huquqiga qarshi chiqdilar. Yirik
savdo, ssuda operatsiyalari, gunohli ish sifatida, umuman man etilgan.
Ammo jamiyatning tabaqalashuvi kuchaygan, shaharlarning soni va
iqtisodiy qudrati oshgan, unda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik, savdo
va sudxo‘rlik rivojlana boshlagan, ya’ni tovar-pul munosabatlari jamiyat va
davlat taqdiri uchun muhim ahamiyatga aylangan O‘rta asrning oxirgi davriga
kelib, keyingi kanonistlar iqtisodiy muammo va ijtimoiy tengsizlik sabablarini
tushuntiruvchi «dalillar» doirasini ancha kengaytirdilar. Bu yerda shu narsa
nazarda tutiladiki, dastlabki kanonistlar asoslangan metodologik baza, eng
avvalo, avtoritarli isbotlash (diniy kitob va cherkov nazariyachilari asarlaridan
dalil (izoh) keltirish vositasi orqali) va iqtisodiy kategoriyalarning ahloqiy-etnik
tavsifi (shu jumladan «odil narx» to‘g‘risidagi qoida ham) bo‘lgan. Bu
printsiplarga keyingi kanonistlar izohlash, aniqlash, qo‘shimcha qilish yo‘li
bilan
o‘rganilayotgan
konkret
xo‘jalik
hodisalarning
va
iqtisodiy
kategoriyalarning avvalgi tadqiqot ma’nosini o‘zgartirish va hatto qaramaqarshi ma’no keltirib chiqarish imkonini beruvchi yana ikki yoqlama baholash
printsipini qo‘shdi. Akvinat undan foydalangan holda boylik, qiymat (qimmat),
pul, savdo foydasi, sudxo‘rlik foizi singari boshqa iqtisodiy kategoriyalarni
tadqiqot qildi. Ularni quyidagi tartibda ko‘rib chiqamiz.
Avgustin davridan boshlab kanonistlar tomonidan boylik moddiy ne’matlar
yig‘indisi sifatida, ya’ni natural shaklda qaralgan. Agar boylik unga sarflangan
mehnat bilan emas, balki boshqa vositalar yordamida yaratilgan bo‘lsa, gunoh deb
tan olingan. Bu qat’iy qoidaga muvofiq noinsoflik bilan oltin va kumushning
ko‘paytirilishi (jamg‘arilishi) jamiyatning ahloqiy va boshqa normalariga zid
hisoblangan. Ammo Akvinat fikri bo‘yicha, «odil narxlar» xususiy mulkini
ko‘paytirish va «o‘rtacha» boylik yaratishda inkor etib bo‘lmaydigan manba bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Bu uningcha, gunoh hisoblanmaydi.
Qadimgi Dunyoda va o‘rta asrda ayirboshlash tadqiqotchilar tomonidan
proportsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odamlarning xohishi tufayli
bo‘ladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu printsipni inkor etmagan holda,
noekvivalent bo‘lib tuyulgan ayirboshlash, sub’ektiv jarayon sifatida,
tomonlarga teng foyda keltirishi mumkinligini Akvinat ko‘rsatib berdi.
Boshqacha aytganda, qachonki buyum «bir odamning foydasiga boshqa
odamning zarar ko‘rishi hisobdan kelib tushsa», o‘shandagina ayirboshlash
sharti buzilgan bo‘ladi.
«Odil narx» - bu kategoriya kanonistlar ta’limotida «qiymat» (qimmat),
«bozor bahosi» o‘rnida ishlatilgan. U muayyan feodal oqsuyaklar hududida
o‘rnatilgan va berkitib qo‘yilgan. Dastlabki kanonistlar uning darajasini tovar
ishlab chiqarish jarayonidagi
mehnat
va
moddiy
sarflarga
bog‘lab
tushintirganlar. Ammo Akvinat
«odil narx»ga bo‘lgan sarfli yondashuv tushunchasini etarli emas deb hisobladi.
Uning fikricha, shu bilan birga, sotuvchi o‘z mavqeiga qarab buyumni «o‘z
narxidan ko‘ra qimmatroq sotishi mumkin».
Akvinat pul (moneta)ni Qadimgi Dunyo va dastlabki kanonizm
mualliflariga o‘xshash talqin qiladi. Uning ta’kidlashicha pul «savdoda ...
ishonchli o‘lchov birligiga» ega bo‘lish uchun kishilarning xohishi tufayli kelib
chiqqan. Olim monetaning «ichki qimmatga» ega ekanligini tan olsada, davlat
moneta qimmatini uning «ichki qimmatiga» nisbatan bir oz o‘zgartirishga haqli
deb hisobladi. Bu yerda Akvinat o‘zining ikki yoqlamalik printsipiga
sodiqligini yana bir bor ko‘rsatdi, ya’ni bir tomondan, monetalarni buzish tashqi
savdoda pulning qadr qimmatini yo‘qotilishiga olib kelishini tan olgach,
ikkinchi tomondan esa – pulning «nominal qimmatini» davlatning o‘z xohshi
bo‘yicha o‘rnatish huquqiga ishongan. Aristoteldan keyin Akvinat «pul pulni
keltirib chiqarmaydi» deb ta’kidlab o‘tgan.
Savdo foydasi va sudxo‘rlik foizi kanonistlar tomonidan qoralangan va
gunoh deb hisoblangan. Akvinat ham ularni shartli ravishda «ayibladi». Negaki,
uning fikricha, savdo foydasi va ssuda uchun foiz muvofiq ravishda savdogar
va sudxo‘r tomonidan o‘zlashtirilishi kerak, agar ular bunda ahloq-odob
doirasida ish yuritgan bo‘lsalar. Boshqacha so‘z bilan aytganda, mazkur turdagi
daromad savdo va ssuda operatsiyasidagi mehnat, transport va boshqa xarajatlar
va hatto xatar (risk) uchun to‘lanadigan haq bo‘lmog‘i kerak.
G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif
G’arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o`tdi: ilk feodalizm
(V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar) va feodalizmning yemirilish davri
(XVI-XVIII asrlar).
Dastlabki davrda dehqonchilik xo`jalikning asosi edi, aholi o`rtasida keskin
tabaqalanish ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank davlatida ibtidoiy
jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari shakllanishi (quldorlik formatsiya
shaklida tarkib topmadi - "Sali haqiqati", 481-614) qonunlar to`plamida aks etgan.
Bunda eski jamoa munosabatlari himoya qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim
xo`jaliklarning mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik ham qo`llab-quvvatlanadi, sinfiy
ajralish asta-sekin namoyon bo`la boshlaydi. Olimlar feodalizmdan oldingi Frank
kishlog`ining o`ziga xos bo`lganligini qayd qilib, erkin Frank dehqoni Rim koloni (qul)
bilan yangi krepostnoy o`rtasidagi figura ekanligini, ya'ni krepostnoylik munosabatlari
endigina
shakllana
boshlaganligini
qayd
etgan
edi.
"Sali
haqiqati"
sinfiy
differensiatsiyani ko`rsatdi.
Natural xo`jalik va dehqonlarning krepostnoylik ekspluatatsiyasiga oid dastlabki
"Villalar to`g`risidagi kapitulyariy" pomest'elar to`g`risidagi qonun bo`lib (IX asr
boshi), unda feodal yer egaligi va krepostnoylik himoya etiladi. Unda endi jamoa, jamoa
mulki to`g`risida gap yo`q. Bu hujjatda votchinaning yagona egasi va votchina
aholisining majburiyatlari to`g`risida gapiriladi. Natural xo`jalikka asoslanganligi
tufayli obrokning mahsulot shaklida to`lanishi, zahira ham natura shaklida bo`lishi, turli
kasbdagi hunarmandlar kerakligi gapiriladi. Sotuvchi faqat ortiqcha mahsulotni
chiqarish, ya'ni realizatsiya qilishi kerak edi. Demak, o`z-o`zini ta'minlash birinchi
o`ringa qo`yilgan.
Krepostnoylikning yuzaga kelish masalasi ko`p olimlarni qiziqtiradi. Yerga
monopoliya egaligi va dehqonlarni majbur qilish apparatining paydo bo`lishi hal
qiluvchi rolni o`ynagan. Axir inson tug`ilgandan ozod bo`ladiku! Natural xo`jalik
yetakchi bo`lsa ham, tovar ishlab chiqarish ham mavjud edi. Shaharlarda
hunarmandchilik sexlari, savdo rastalari doimo ishlab turgan. Ishlab chiqarish almashuv
va sotish uchun amalga oshirilgan. Sex nizomlarida ishlab chiqarishni uyushtirish, xalfa
yollash, o`quvchilar olish tizimlari belgilangan edi. Master-usta bo`lish uchun ancha
yuqori mulk tsenzi qo`yilgan.
Umuman, uy hunarmandchiligiga nisbatan sex ancha ustunlikka ega edi, avvalo
keng mehnat taqsimoti bo`lgan (bu ishning tez va sifatli bajarilishiga olib kelgan),
raqobat bor edi. Bunda masalan, uy qurilsa, g`ishtni alohida sex ko`targan, suvoqchi,
tom yopuvchi va hokazolar alohida ish yuritgan, ishning sifati nazorat qilingan (raqobat
bor), agar ish sifatsiz bo`lsa, keyingi buyurtma 38 boshqa sexga berilgan (umuman,
sanoat rivoji muhim uch bosqichni bosib o`tadi: uy hunarmandchiligi, sex-manufaktura,
fabrika).
Klassik o`rta asr davridagi iqtisodiy g`oyalar kanonik, ya'ni qonuniy doktrinalar
asosida rivoj topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat ko`rsatdilar. XII
asrning o`rtalarida boloniyalik monax-rohib Grotsian "Kanonik huquqlar to`plami"ni
tuzdi, unda bir qancha iqtisodiy g`oyalar ham berilgan. Ular umumiy mulkchilikni ideal
deb baholab (e'tibor bering, xususiy mulk emas), xususiy mulkchilik xudo tomonidan
odamlarning gunohlari uchun vujudga keltirilgan, degan g`oyani ilgari surdilar. Boylar
xayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Xudoga ma'qul bo`lgan faoliyatlarga faqat
dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudxo`rlik, ayniqsa, foyda olish uchun savdo
qoralanadi (Islom dinidagi g`oya bilan solishtiring).
Kanonistlarning bosh iqtisodiy g`oyasi asosida xudo tomonidan belgilangan
"adolatli baho" to`g`risidagi ta'limot yotadi.
Italiyalik rohib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta'limotida iqtisodiy g`oyalar
ma'lum tartibga solingan. U o`zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi, bunda
u Aristotel va muqaddas kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar egasi deb
e'lon qiladi, lekin xususiy mulkchilik ham himoya qilinadi, chunki bunda insonning o`z
toifasi, tabaqasiga mos ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga mos
(natural xo`jalik hukmron) ravishda davlat o`z-o`zini ta'minlash g`oyasini qo`llaydi,
natura shaklidagi boylikka asosiy e'tiborni qaratadi, oltin va kumushlarni sun'iy boylik
deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik (savdo, sudxo`rlik) harom deb hisoblangan.
Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa "adolatli baho" masalasi edi.
Kanonistlar amalda bahoni mehnat sarflarining yig`indisidan iborat deb tan olganlar.
Agar proporsional tenglik saqlanmasa jamiyat yemirilishi mumkin, degan to`g`ri xulosa
chiqariladi. Savdo foydasi va foiz olish "adolatli baho" bo`yicha almashuvni buzadi, shu
sababdan yirik savdo va sudxo`rlikni taqiqlash talab etiladi. Foma Akvinskiy "adolatli
baho" masalasini foydalar, to`g`rirog`i naf, manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni
subektiv vaqt deb baholadi. U aytadiki, agar narsa biror odam foydasiga, lekin boshqa
odam ziyoni hisobiga o`tsa, bu holda buyumni o`zining haqiqiy bahosidan yuqoriroq
sotish huquqi paydo bo`ladi. Shu bilan birga bu buyum baribir haqiqiy egasidaligidan
qimmatroq sotilmaydi, chunki qo`shimcha baho, shu buyumdan xoli bo`lgan ziyonni
qoplaydi. F.Akvinskiy yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya
qiluvchilar qilib ko`rsatadi. Shu sababli bu tabaqaga buyumlarni o`z haqiqiy bahosidan
qimmatroq sotishga ruxsat beradi. Protsent (foiz)ni tavakkalchilik to`lovi yoki qarz
oluvchiga beriladigan "beg`araz sovg`a" deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik
mohiyatini bo`yab ko`rsatadi va renta yer egasiga o`z qo`l ostidagilarni boshqarishdagi
39 mehnati uchun to`lanadigan haq deb baholaydi.
Bu bilan cherkov (yeri bor) va feodallarning manfaatlarini himoya qiladi.
Bunday iqtisodiy g`oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon Boll) ham
vujudga keldi. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu iqtisodiy qarashlar sinfiy xarakterga
ega bo`lgan, yuqori ta-baqalarning faoliyatini ma'qullagan. Ikkinchi tomondan norozi
dehqonlar harakati ham kuchaygan. Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas
Munser (1524-1525) rahbarligida dehqonlar qo`zg`oloni bo`lgan, ular krepostnoylikni,
boshqa majburiyatlarni bekor qilishni talab etganlar. Shu davrda cherkov boyligi ham
keskin oshgan. Tenglik to`g`risidagi g`oya buzilganligini ko`rgan xalqning bir qismi
ruhoniylarning shohona hayot kechirayotganiga qarshi chiqdi.
Shu davrda feodalizm yo`lidan borayotgan Rossiyada ham iqtisodiy g`oyalar
vujudga keldi. IX asrda tashkil topgan qadimgi Rus davlati - Kiyev Rusida chop etilgan
"Русская правда" qonunlar to`plamida dastlabki yozma fikrlar berilgan. Unda
jamiyatning sinfiy differensiatsiyasi, yer egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi,
knyazlik manfaati uchun savdogarlar, sudxo`rlar, qarzdorlarni noo`rin sarf-harajatlardan
tiyish zarurligi haqida gapiriladi.
Ma'lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro`y berdi (13 ga yaqin
alohida knyazlik). Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida diniy shaklda kurash bordi.
XVI asrdan boshlab ijtimoiy-siyosiy kurash publitsistik tus oldi. O`shanday
publitsistlardan biri Yermolay edi, monax - rohibligida Erazm nomini olgan. Yermolay
Erazm o`z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va yirik savdo hamda sudxo`rlikka
qarshi chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim bayramdagidek hayotini tanqid
qildi, yerni esa faqat davlatga xizmat qilayotgan (ya'ni dvoryan) odamlarga berish
kerak, degan to`g`ri g`oyani ilgari surdi (boyarlar markazlashgan davlatga bo`ysunishni
istamagan va votchina egasi, tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatan ham
Ivan Grozniy, hatto Petr I davrida ham votchinani (ya'ni boyarlarni) yo`q qilish uchun
kurash bordi, oxir-oqibatda dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya
yagona davlatga aylandi.
Yermolay Erazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik manbayi
degan qoida yotadi. Shu sababli u davlatda dehqonlar toifasini birinchi o`ringa qo`yadi
va ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash zarur deb hisoblaydi. Ammo, u dehqonlar
ekspluatatsiyasining asosi pul majburiyatlarida deb bilgan, shu sababli bu majburiyatlar
natural renta holida bo`lishi va hosilning beshdan bir qismi (20 foizi) bilan cheklash,
yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar zimmasiga yuklashni taklif etdi. U
mehnat unumdorligini oshirish to`g`risida qayg`ursada, tovar munosabatlari rivojiga
qarshi bo`lgan, ya'ni o`zi o`ziga qarshi edi, chunki u erkin boy savdogarlar savdosi
tarafdori edi. 40 Ye.Erazm natural majburiyatlarni cheklash sinfiy kurashga chek
qo`yadi, degan noto`g`ri fikrda bo`lgan.
XVI asrning o`rtalarida yaratilgan "Domostroy" asarida shaharliklarning
faoliyatiga oid qonun-qoidalar majmuasi berilgan. Unda hokimiyat va cherkov, oila,
xizmatkorlarga munosabat qoidalari keltiriladi. Ko`pgina maslahatlar ichida xo`jalik
yuritish, savdo, soliq to`lash qoidalari bor. Asarda ruy bergan sotsial-iqtisodiy
o`zgarishlar, boy shaharlik psixologiyasi o`z aksini topgan. Bozor bilan yaqin
munosabat (savdo-sotiq)lar qatori, mahsu-lotlarni ko`plab zahira qilish (zapas) kerakligi
(natural xo`jalik belgisi) uqtiriladi. Hunar va savdoni o`rganish, xo`jalikni boshqarish,
mehnat va shaxsiy tashabbus rag`batlantiriladi.
Rossiyada XVII-XVIII asrning boshlarida yirik o`zgarishlar ro`y berdi,
kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo`la boshladi. G’arbiy Yevropadagi
merkantilistlardan (quyida ko`riladi) farqli ravishda rus iqtisodchilari muomala sohasiga
kam e'tibor qiladilar, pul - boylik degan fikrga qo`shilmadilar. Ular mamlakat ichida
tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori edilar, tashqi savdoni esa asosan sanoat va
qishloq xo`jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar. Bu g`oyalar A.A.OrdinNashchokin (taxm. 1605-1680), Yu.Krijanich (1617-1683), I.T.Pososhkov (1652-1726)
asarlarida bayon etilgan.
XULOSA
G’arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo`lsa
ham, uning rivoji tezroq bo`ldi. Dehqonchilik, umuman, qishloq xo`jaligi ustun
bo`lishiga qaramay, hunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga keldi,
mehnat taqsimoti, unumdorlik va sifat masalalari (ayniqsa sexlarda), raqobat tamoyillari
tarkib topdi. Bu davrda G`arbda natural xo`jalik (iste'mol qiymati ishlab chiqarish)
qo`llangan, oltin va kumush, zeb-ziynat sun'iy boylik deb qaralgan, "adolatli baho"
masalasi ko`tarilgan. Bu yerda ham din va din ahli tomonidan iqtisodiyotda muhim
fikrlar ilgari surilgan. Masalan, F.Akvinskiy "adolatli baho" masalasini naf va
manfaatlar tengligi asosida hal etadi. Protsent (foiz)ni oqlaydi, uni qo`llaydi va
tavakkalchilik to`lovi deydi. U shuningdek rentani ham qo`llaydi, uning ekspluatatorlik
mohiyatini inkor etadi. Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarda ham dehqon
mehnati boylikning asosi ekanligi ko`rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi,
tovar-pul munosabatlariga, ayniqsa savdoga qarshi g`oyalar ko`p edi.
XIV-XV asrlarda G’arbiy Yevropada feodalizmning yemirilishi va ilk kapitalistik
munosabatlar shakllana boshladi. Bu jarayon kapitalning dastlabki jamg`arilishi
jarayoni bilan bog`liq bo`ldi va ko`p hollarda og`ir shaklda amalga oshdi. Ayniqsa,
dehqonlarni yerdan mahrum etish og`ir oqibatlarga, dehqonlarning katta qismining
xonavayron bo`lishiga olib keldi. Yangi munosabatlar yangi sinfning - burjuaziyaning
manfaatiga mos edi, ammo bu jarayon boshqalar hisobiga ro`y berdi. Ana shunday
sharoitda xayoliy (utopik) sotsializm g`oyalari tarkib topdi. Aslida bu g`oyalarning
elementlari ilgarigi davrda ham bo`lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Agapov I. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. – M.: ViM, 1997.
2. Vsemirnaya Istoriya Ekonomicheskoy Misli. M.: Misl, 1987.
3. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T.: FAN, 1997.
4. . Bartenev S.A. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. V 6 t. - M.: «Ekonomist’»,
Download