Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatining global muammolari . Korrupsiya va ijtimoiy hayot. Reja: 1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar 2. Jamiyatni falsafiy anglash. Jamiyatning mohiyati va o‘ziga hos jihatlari. 3. Hozirgi zamon global muammolari . 4. Korrupsiya va uning asosiy ko’rinishlari Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. • Jamiyat ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida shuurga-ongga til va nutqqa ega bo’lgan, birbirlarining ijtimoiy yordami, ko’magiga ehtiyoj sezuvchi insonlar ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir. • Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli faoliyati bilan bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va xususiy (juz’iy) qonunlar tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlar va kategoriyalarida o’z ifodasini topgan o’zaro aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy hayotda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy boshqarish imkoniyatini tug’diradi. Insoniyat tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida o’xshash shart-sharoitlarda birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash mumkin. Masalan, moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi mutanosiblik qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o’rtasidagi yoki ehtiyojlar bilan manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi. Muayyan jamiyat taraqqiyoti va tanazzulining aniq bir bosqichlari, holati to’g’risida ravshan tasavvurga ega bo’lish uchun xususiy (juz’iy) ijtimoiy qonunlarni ham anglab olish zarur. Bunday qonunlarning amal qilish darajasi malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat ayrim bosqichlarigagina xos aloqadorliklarni ifodasi bilan farqlanadi. Masalan, talab va taklif o’rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy qonunlar O’zbekiston sharoitida o’ziga xos, betakror amal qilishi u qonunlarga xususiylik baxsh etadi. Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» da, Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo etishni olg’a surgan, shunday jamiyatdagi davlat ideal davlat deb ta’kidlangan. Qadimgi turk mifologiyasida ham adolatli, faravon jamiyat va davlat haqida e’tiborga sazavor qarashlar mavjud. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun takomillashgan kishilik jamiyatini, ideal davlatni barpo qilish, lozim deb hisoblagan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi, maqsadi va vazifalari haqida ta’limot yaratgan. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi mutafakkirlar kishilik jamiyati paydo bo’lishi sabablarini insonning boshqa mavjudotlarga nisbatan ojizligi birdamlik hissining rivojlanganligi bilan izohlaganlar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant jamiyatning vujudga kelishini axloqning shakllanishi bilan izohlagan. G.Gegel esa jamiyatning shakllanishi va rivojlanishi sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L.Feserbax din bilan bog’langan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi (geologiya, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K.Markas jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra, jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. • Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiysiyosiy turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish davrida keskinlashish mumkin. Jamiyat beqarorlikning izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzulishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini topadi. uyushmalar oila jamoalar Jamiyat bo‘g‘inlari partiyalar tastahshkkilioltotlar davlat Jamg‘armala r Insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hech qachon va hechqayerda oson, beto‘siq kechmagan. Har doim va hamma davrlarda jamiyat oldida muayyan muammolar ko‘ndalang bo‘lib turgan. Bular, bir tomondan, tabiat ofatlarining natijasi o‘laroq namoyon bo‘ladigan yer silkinishlari, suv toshqinlari, qurg'oqchilik, quyosh radiatsiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq turli epidemik kasaliiklar va hokazolar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy-madaniy hayotga oid bo'lgan antropogen muammolardir. Jahon miqyosida yuz bergan jarayonlaritahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda, insoniyat uchun o‘tkir, dolzarb bo‘lib turgan global muammolar quyidagilardan iborat: ■ a) Yer yuzida tinchlikni ta’minlash va yalpi qirg‘in urushlarining oldini olish (urush va tinchlik muammosi); * b) atrof- muhitni samarali muhofaza qUish (ekologik muammo); d)aholi sonining orta borishi bilan ishlab chiqarish rivojlanishi mutanosibligiga erishish (demografik muammo); e) Yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va energiya manbalari bilan ishonchli ta’minlash; f)ochlik,- qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak rivojlangan va ulardan keyinda qolgan mamlkatlar o‘rtasidagikeskin farqni bartaraf etish; g) xavfli kasalliklarni tugatish; h) inson ma’naviy-axloqiy muhiti sofligini ta’minl • «Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish» Korrupsiyada doim kamida ikki tomon • bunda bir tomondan noqonuniyishtirok yo‘l bilan •etadi: boshqa tomondan mansabdor shaxsdan boylik orttirayotgan (o‘zi yoki uchinchi shaxs uchun) mansabdor shaxs aktiv yoki passiv usulda uning manfaatini ko‘zlovchi qaror qabul qilinishini kutayotgan shaxs. Korrupsiya tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma‘nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma‘nosi yana “korroziya” ya‘ni “chirish” yoki “zanglash” kabi mazmunni ham beradi. Shundan kelib chiqib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi “hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish” degan ma‘noni beradi. KORRUPSIYANING TAHDIDI : -amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish; -davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemirish; -jamiyatning ma‘naviy-axloqiy asoslarini yemirish; -jamiyat a‘zolarining fuqarolik mavqeyini yo‘qqa chiqarish, islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantirish; -pul orqali hokimiyatni qo‘lga olishga intilish; - nopok yo‘llar bilan boylik orttirish. Injilda “Sovgʼalarni qabul qilma, chunki sovgʼa koʼrni koʼradigan qiladi va haqiqatni oʼzgartiradi” deyilgan boʼlsa, Quʼroni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yoʼl bilan olmangiz va boshqalarga tegishli boʼlgan narsalarni olish uchun oʼz mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar”,-deyilgan. Husayn Boyqaroning voizi Husayn Voiz Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga nasihat tariqasida quyidagi pandni bergan edi: “Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, to bir kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish haromdir. Va pora olgan pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo‘ladi”. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi: 1. Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi. 2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir. 3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi. 4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi. Jahon miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng asosiy xalqaro huquqiy hujjatlar: 1) BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”; 2) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi”; 3) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun fuqaroviy javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiyasi; 4) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi model qonuni; 5)“Osiyo Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Osiyo va Tinch okeani korrupsiyaga qarshi harakat dasturi”. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi moddalari: 1. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish (167-modda); 2. Soxta tadbirkorlik (179-modda); 3. Soxta bankrotlik (180-modda); 4. Bojxona to‘g‘risdagi qonun hujjatlarini buzish (182-modda); 5.Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (184modda); 6. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste‘mol qilish (205-modda); 7. Hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish (206-modda); 8. Mansab soxtakorligi (209-modda); 9. Pora olish (210-modda); 10. Pora berish (211-modda); 11. Pora olish-berishda vositachilik qilish (212-modda); 12. Tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish (214-modda); 13. Jinoiy faoliyatidan olingnan daromadlarni legallashtirish (243-modda); 14. Kontrabanda (246-modda). Коррупцияга қарши курашиш агентлигининг ҳафталик фаолияти дайджести (26-30 апрель кунлари): ▪️ 26 апрель - Бухоро давлат тиббиёт институтида ўтказилган ўрганишлар натижалари эълон қилинди Батафсил: https://bit.ly/3u5RFO5 ▪️26апрель - Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигида “Аниқланаётган коррупцион ҳолатлар, уларнинг сабаблари ва содир этилишига имкон берувчи шарт-шароитлар” мавзусида бўлиб ўтган тадбирда Агентлик ходимлари иштирок этди Батафсил: https://bit.ly/2RdsCu6 ▪️26апрель - Халқаро ҳамкорлар билан онлайн-учрашув бўлиб ўтди Батафсил: https://bit.ly/331OmM5 ▪️27апрель - БМТнинг коррупцияга қарши конвенцияси обзорини ташкил этиш бўйича семинар ўтказилди Батафсил: https://bit.ly/32WlkNV ▪️30апрель - Қашқадарё вилоятида бюджет маблағларининг самарали сарфланиши бўйича танқидий йиғилиш бўлиб ўтди Батафсил: https://bit.ly/3ueVFMk ▪️30апрель - Давлат фуқаролик хизматини 2030 йилгача ривожлантириш стратегияси лойиҳасини муҳокама қилиш мақсадида ўтказилган халқаро семинарда Агентлик директори Акмал Бурханов кириш сўзи билан иштирок этди Батафсил: https://bit.ly/3360onG ▪️30апрель -Агентлик директори жисмоний ва юридик шахслар вакилларини қабул қилди Батафсил: https://bit.ly/3vspMQy ▪️Ҳафта давомида Агентликка жисмоний ва юридик шахсларнинг 123 та мурожаатлари, шунингдек 155 та хат-ҳужжатлар келиб тушди Батафсил: https://bit.ly/2QkuSzF