Mavzu: Oʻzbekiston respublikasi byudjet-soliq siyosati Mundarija: I.Kirish. II.Asosiy qism. 1. Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 2. О‘zbekistonda byudjet-soliq siyosati. 3.О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining davlat byudjetini barqarorlashtirishdagi roli. 4.Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini samarali boshqarishning asosiy yo’llari. III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Moliyaviy munosadatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi kо‘p jihatdan shu davlatda byudjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog‘liq. Bu esa о‘z navbatida byudjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning byudjet siyosatini asosiy belgisi byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bо‘lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bо‘lib soliq yukining iste’molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar о‘rtasida optimal nisbatini belgilashdir. Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim kо‘rsatkichlardan biridir. Darhaqiqat, mamlakat milliy xо‘jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining о‘zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya’ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya’ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarning sodir bо‘lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat о‘zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bо‘ladi. Kurs ishining maqsad va vazifalari: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bо‘yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar yuqori sur’atlarda о‘sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qо‘shimcha turtki bо‘ldi. Buning natijasida qator yillar mobaynida Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta’minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo’naltirilganligi saqlab qolinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur о‘ylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda. 2023 yilda ijtimoiy sohaga Davlat byudjeti jami xarajatlarining 59,1 foizi yoki о‘tgan yilga nisbatan kо‘proq mablag‘ ajratiladi. Jumladan, ta’lim-tarbiya sohasiga davlat byudjeti xarajatlarining 33,7 foizi, sog‘liqni saqlash tizimiga 14 foizi yo’naltiriladi. Ta’lim-tarbiya sohasini ta’minlash va rivojlantirish sarf-xarajatlari о‘tgan yilga qaraganda 16,3 foizga, sog‘liqni saqlash tizimida 16 foizga kо‘payadi”. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Mazkur kurs ishim kirish asosiy qism asosiy qism esa 4 ta rejadan tashkil topgan bo’lib hamda xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan. 1.Byudjet-soliq siyosati iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda tо‘liq bandlilikni, tо‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy о‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini о‘zgartirishni о‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bо‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. YA’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning о‘zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bо‘lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining о‘sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning kо‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda tо‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bо‘lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bо‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy о‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qо‘shimcha turtki bо‘lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga kо‘paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga kо‘payadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori deb 6 yuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bо‘ladi. Davlat xarajatlari о‘zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bо‘ladi. Bu holatdavlat xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri soliqlar о‘zgarishi ta’siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol о‘ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bо‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun о‘z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bо‘ladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashg aqaratilgan bо‘lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriykо‘tarilishpaytidaesadavlatxarajatlarinioshirishmaqbulyo’lhisoblanadi. Byudjetningdaromadlarqisminitо‘ldirishningfavquloddagichoralariiqtisodiym ustaqillikningyo’qolishigaolibkelishimumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potensiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bо‘lishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat о‘rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag‘ ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bо‘lishi mumkin: ♦ taqchillik davlatning kredit qо‘yilmalarini kо‘payishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelibchiqishimumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini ta’minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi; ♦ taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bо‘lmaydi va ortiqcha mablag‘lar manbasiga ehtiyoj tug‘iladi; ♦ taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda bо‘ladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bо‘lib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni о‘z nazorati ostiga ololmaydi. Byudjet taqchilligi uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan va iqtisodiyotimizga katta ta’sir kо‘rsatdi. Bular о‘z navbatida davlat byudjeti va pul muomalasida о‘z ifodasini topdi. Byudjet taqchilligi inflyatsiya jarayonining kuchayganligini, savdo shoxobchalarida aksariyat mahsulotlarning kamayib ketganligini, moddiy boylik ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy jabhalarda ta’minot muammolarining kuchayganligini ham bildiradi. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo’nalishi) hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a’zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag‘batlantirilishini olib qо‘yadi, ya’ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bо‘ladi – yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, о‘z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining о‘sish bazalarining pasayishiga olib keladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bо‘g‘inlari bilan birga sud hokimiyatining bо‘g‘inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan 8 soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat о‘rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qо‘llanadi. Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek uni ishlab chiqishda soliq tо‘lovchilar qatnashishi mumkin, ya’ni bunda soliq tо‘lovchilarning о‘zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin. 2. О‘zbekistonda byudjet-soliq siyosati. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – О‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2021-yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yо‘nalishlari, О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi atroflicha muhokama qilindi. 2021-yilgi byudjet va soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yо‘nalishlari 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda shakllantirilganligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasining 2021-yil uchun asosiy kо‘rsatkichlari e’tibor markazida bо‘ldi. Xususan, 2021-yilda Davlat byudjeti daromadlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,4 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetiga tushumlar yalpi ichki mahsulot nominal о‘sishiga mos ravishda 25,9 foiz ortishi kutilayotganligi qayd etildi. Asosiy moliyaviy hujjatda 2021-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini pasaytirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisobraqamlariga ajratma miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish kо‘zda tutilmoqda. Iqtisodiyot xarajatlarining asosiy qismini tashkil etayotgan 2 trillion 741,8 milliard sо‘m hajmdagi Qishloq va suv xо‘jaligi vazirligining suv xо‘jaligi obyektlarini saqlash xarajatlari bilan bog‘liq masalaga fraksiya a’zolari alohida e’tibor qaratdi. Bunda joriy yilga nisbatan 9,4 foiz о‘sish bilan yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,9 foiz miqdorida belgilash nazarda tutilmoqda. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2021-yilgi prognoz kо‘rsatkichlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20212022-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarorida belgilangan maqsadli parametrlar asosida prognoz qilingan. Dastur doirasida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasidan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari uchun 2021-yilda 553,4 milliard sо‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. E’tiborga molikjihati, ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 276 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishiga, shuningdek, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi hamda fermer xо‘jaliklarining daromadlari oshishiga erishiladi. О‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2021-yil uchun soliq siyosatining asosiy yо‘nalishlari muhokamasi chog‘ida xо‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, soliq qonunchiligiga soliq nazorati talablarini ta’minlaydigan qо‘shimcha mexanizm va instrumentlarni kiritish yо‘li bilan soliq ma’murchiligini yaxshilash va soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish kо‘zda tutilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi. 2021-yilgi Davlat byudjeti loyihasida madaniyat sohasi uchun xarajatlar 693,7 milliard sо‘mni tashkil etayotgani, jumladan, milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqish uchun 30 milliard, mamlakatimizning me’moriy-tarixiy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini asrab-avaylash, shuningdek, yanada ommalashtirish va targ‘ib qilishmaqsadida, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida konservatsiyalash va restavratsiya qilish ishlarini о‘tkazish bо‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun 38,7 milliard sо‘m mablag‘ ajratilayotganligi aytildi. Muhokamalar chog‘ida «О‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» tamg‘asi ostida jahon bozoriga mahsulot chiqarishga hamda import о‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ahd qilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har jihatdan qо‘llab- quvvatlashga yо‘naltirilgan chora-tadbirlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi. О‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida loyiha xarajatlarining ijtimoiy yо‘naltirilganligi ta’kidlandi. Xususan, arzon uy-joylar barpo etish bо‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoiti yaxshilanishini ta’minlovchi yо‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoyalashning manzilliligini va davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlanishini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. 2021-yilda ta’lim xarajatlari о‘tgan yilga nisbatan 22,9 foiz о‘sishi rejalashtirilgan. Xususan, mazkur mablag‘lar 260 maktabgacha ta’lim muassasasini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, 157 muassasani mukammal ta’mirlash va jihozlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini joriy saqlash hamda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga yо‘naltiriladi. Bu esa ta’lim sifatiga о‘zining ijobiy ta’sirini kо‘rsatishi shubhasiz. Prognoz yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari 9,6 trillion sо‘mni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 30,9 foiz о‘sgan. Bu esa mazkur tizimni isloh qilish va aholiga sifatli tibbiy xizmat kо‘rsatish yuzasidan qabul qilingan dasturlar doirasida barcha tadbirlarning moliyalashtirilishini va aholiga sifatli tibbiy xizmat kо‘rsatish imkonini beradi. Kelgusi yilda tibbiyot muassasalari, birinchi navbatda, oilaviy poliklinikalarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yaxshilash uchun shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalariga 915,4 milliard sо‘m mablag‘ yо‘naltirish kо‘zda tutilgan. О‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida kelgusi yilda ilm-fan sohasini rivojlantirishga yо‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini sezilarli darajada oshirish kо‘zda tutilganligi qayd etildi. Jumladan, 2021-yilgi byudjetnoma loyihasida davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 380,2 milliard sо‘m mablag‘ yoki 2017-yilga nisbatan 34,5 foiz oshirish belgilangan. Shuningdek, bosh moliyaviy hujjat loyihasida sog‘liqni saqlash tizimiga ham katta e’tibor qaratilgan bо‘lib, ushbu soha xarajatlari uchun 9,6 trillion sо‘m mablag‘ ajratish kо‘zda tutilgan. Xususan, birinchi tibbiy yordam xizmati, tez vashoshilinchtibbiyyordam, oila sog‘lig‘ini mustahkamlash, ona va bola himoyasi, tibbiyot muassasalarida ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmonlarning mavjudligi bо‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish sifatini kuchaytirishga birlamchi ahamiyat qaratiladi. Ekoharakat deputatlar guruhining yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2021-yilgi Davlat byudjeti loyihasida atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari uchun yо‘naltirilayotgan mablag‘lar miqdori 307,1 milliard sо‘mni tashkil etmoqda. Shu jumladan, yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasi orqali 20172021-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni tо‘plash, saqlash, yо‘q qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish Dasturi ijrosi uchun kelgusi yilda 163,2 milliard sо‘m yо‘naltirish taklif etilmoqda. Aholi punktlarini obodonlashtirish, ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash uchun xarajatlar yо‘naltirish rejalashtirilmoqda. 3. О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining davlat byudjetini barqarorlashtirishdagi roli. Davlat byudjetining daromadlari о‘zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va tо‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo, Davlat byudjetining daromadlari о‘zlarining manbalariga kо‘ra quyidagi uch guruhga bо‘linadi: • soliqli daromadlar; • soliqsiz daromadlar; • tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda о‘tkaziladigan pul mablag‘lari. Byudjetning daromadlar qismini tо‘ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi byudjetning daromadlarida о‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda о‘tkazilayotgan mablag‘lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi. Hozirgi amaliyotda Davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti: 1. Tо‘g‘ri (bevosita) soliqlar. 2. Egri (bilvosita) soliqlar. 3. Resurs tо‘lovlari va mol-mulk solig‘i. 4. Ustama foydadan olinadigan soliq. 5. Boshqa daromadlar. Milliy iqtisodiyotda qо‘llanilayotgan Davlat byudjeti daromadlari tizimining samaradorligi mablag‘larning byudjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog‘liq. Bu narsa о‘z ichiga quyidagilarni oladi: • byudjetga tegishli bо‘lgan daromadlarni (soliqlar, tо‘lovlar, bojlar; • ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish; • mablag‘lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi; • daromadlarni (tо‘lovlarni) byudjetga о‘tkazish tartibi; • byudjetga daromadlarni tо‘lovchilarni hisobga olish; • byudjetga daromadlarni tо‘lovchilarning javobgarligi; • byudjetga daromadlarni о‘z vaqtida va tо‘liq о‘tkazilishini • ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi; • byudjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlari; Bizning fikrimizcha, soliqlar - yuridik va jismoniy shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undiriladigan, mohiyati jihatidan soliq tо‘lovchi bilan davlat о‘rtasidagi majburiy harakterga ega bо‘lgan pul munosabatlarini bildiruvchi, davlat yoki mahalliy (munitsipal) tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan tо‘lovdir. Soliqlar mohiyatini yanada chuqurroq о‘rganish uchun ularni bevosita (tо‘g‘ri) va bilvosita (egri) soliqlarga bо‘lib о‘rganish zarur. Chunki soliqlar davlat byudjeti daromadini shakllantirishdagi iqtisodiy mohiyatiga qarab aniq soliqqa tortiladigan obyektlardan olinadigan va soliq tо‘lovchilarning faoliyati natijasida hosil qilingan qо‘shimcha qiymat ya’ni foydadan undiriladigan xо‘jalik subyektlarining moliyaviy xо‘jalik faoliyatiga bevosita ta’sir kо‘rsatuvchi (tо‘g‘ri) soliqlarga va mahsulotlar, ishlar va xizmatlar qiymatidan oborot stavkasi sifatida iste’molchi hisobidan undiriladigan bilvosita (egri) soliqlar turkumiga bо‘lingan. 2012 yilda davlat byudjetiga bevosita soliqlarning tushumi davlat byudjetining jami daromadlarining 25.5 %, 2013 yilda 24.2 %, 2014 yilda 23.4 %, 2015 yilda 24.1%, 2019 yilda 24 % ni va 2017 yilda 23.2 % tashkil qildi. (2.1.1diagrammaga qarang) Joriy yilda davlat byudjetiga bevosita soliqlarning tushumi davlat byudjeti jami daromadlarining 20.6 % ni tashkil qilgan. Byudjet daromadlari tarkibida bevosita soliqlarning ulushining kamayishi yuridik va jismoniy shaxslarni daromad solig‘iga tortish stavkasini pasaytirilishi hisobiga rо‘y berdi. Bilvosita soliqlar bо‘yicha tushumlarni davlat byudjeti jami daromadlari tarkibidagi ulushi 2012 yili 49 %, 2013 yili 51 %, 2014 yili 53.1 %, 2015 yili 52.6 %, 2019 yili 51.5 %, 2017 yili 52.6 % ni tashkil etdi va 2021 yilda bu kо‘rsatkich 53.7 % ni tashkil qilgan. Shu о‘rinda quyida keltirilgan diagrammada mamlakatimiz davlat byudjetida bilvosita va bevosita soliqlarning tutgan о‘rniga e’tiborimizni qaratadigan bо‘lsak ularning 2012 yili bevosita soliqlar 5387.5 mlrd. sо‘mni, bilvosita soliqlar esa 10370.6 mlrd. sо‘mni, 2013 yilda esa bu kо‘rsatkich bevosita soliqlar 6353.7 mlrd. sо‘mni, bilvosita soliqlar esa 13398.6 mlrd. sо‘mni, 2014 yilda esa bu kо‘rsatkich bevosita soliqlar 7433 mlrd. sо‘mni, bilvosita soliqlar esa 16852.3 mlrd. sо‘mni, 2015 yilda esa bu kо‘rsatkich bevosita soliqlar 8798.5 mlrd. sо‘mni, bilvosita soliqlar esa 19193.8 mlrd. sо‘mni, 2019 yilda esa bu kо‘rsatkich bevosita soliqlar 9852.8 mlrd. sо‘mni, bilvosita soliqlar esa 21130.7 mlrd. sо‘mni 2017 yilda esa bu kо‘rsatkich bevosita soliqlar 11538.9 mlrd. sо‘mni, bilvosita soliqlar esa 26133.6 mlrd. sо‘mni tashkil etib va 2021 yilda esa bu kо‘rsatkich bevosita soliqlar 12805,4 mlrd.sо‘mni, bilvosita soliqlar esa 33404,3 mlrd.sо‘mni tashkil qilganini kо‘rishimiz mumkin. Yuqoridagi diagrammada biz yana resurs tо‘lovlari va mulk solig‘ining davlat byudjetiga tushumini tahlil qiladigan bо‘lsak, 2012 yilda davlat byudjetiga resurs tо‘lovlar va mulk solig‘ining tushumi davlat byudjetining jami daromadlarining 15.6 %, 2013 yili 14.8 %, 2014 yili 13.6%, 2015 yili 13.2 %, 2019 yili 13 %, 2017 yili 13.8 % ni tashkil qildi va 2021 yilda bu kо‘rsatkich 15,6% ni tashkil qilgan. Soliqlarning davlat byudjetida boshqa daromadlarning foiz kо‘rsatkichi ham yuqori darajada. Buning natijasini biz tahlil qilib kо‘radigan bо‘lsak 2012-yilda davlat byudjetiga boshqa daromadlarning tushumi davlat byudjetining jami daromadlarining 97 %, 2013 yili 9.8 %, 2014 yili 7.8 %, 2015 yili 10.1 %, 2019 yili 11.6 %, 2017 yili 10.4 % ni tashkil qilib va 2021 yilda bu foiz kо‘rsatkich 10.1 % ni tashkil qilganligini kо‘rish mumkin. Bevosita soliqlar, о‘z navbatida real va shaxsiy bevosita soliqlarga bо‘linishi mumkin. Bevosita real soliqlar deganda shunday soliqlar tushuniladiki, ular molmulk yoki daromadlarning turli xillariga solinadi hamda obyektning haqiqatda keltiradigan daromadini hisobga olmasdan, uni taxminiy baholash asosida undiriladi. Hozirgi vaqtda real soliqlarning roli katta emas. Bevosita soliqlarga, masalan, yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromad solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqa soliqlar kiradi. Bevosita real soliqlar о‘rnini borgan sari bevosita shahsiy soliqlar egallab bormoqda, ular ham jismoniy ham yuridik shaxslarning hisobga olingan daromadlariga solinadi. Bevosita shaxsiy soliqlar deklaratsiya asosida undiriladi. Asosan ular uchun progressiv stavkalar xosdir. Bevosita shaxsiy soliqlarga daromad solig‘i, korxona va tashkilotlarni foyda solig‘i va boshqa soliqlar kiradi. Bilvosita soliqlar - narx yoki tarifga ustama kо‘rinishida belgilanadigan, tovar va xizmatlar qiymatidan olinadigan soliqdir. Bilvosita soliqlarga tovarni sotish narxida tо‘lanadigan yoki tarifga kiritilgan, tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita soliqlarning pirovard tо‘lovchisi bо‘lib Tovar iste’molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq narxda kо‘zda tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda korxonalar о‘zlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq summalari hisobga olingan pul summalarini oladilar, sо‘ngra olingan barcha soliq summalarini tegishli byudjetga о‘tkazadilar. Mamlakatimizda iqtisodiyotni jadal sur’atda rivojlantirish maqsadida YalM tarkibida davlat byudjeti daromadlari ulushini kamaytirish choralari kо‘rilmoqda, ya’ni YalM da xususiy sektorning ulushini amalga oshrishga harakat qilinmoqda. Davlat byudjeti daromadlari YAIMga nisbatan 2001 yili 26 %d an 2002 yili 25.2 % ga, 2003 yilda 24.2 % ni tashkil qildi. Bu 2002 yilga nisbatan bir foiz darajaga kamdir. 2004 yilda YAIM ga soliq stavkalarini pasayishi natijasida soliq tushumlari qisqarishi tendensiyasi saqlanib qoldi. Davlat byudjeti daromadlari YAIMga nisbatan 2004 yilda 22.5 % ni tashkil etdi, bu esa 2003 yilga nisbatan 1.7 darajaga kamdir. 2005 yilida davlat byudjeti daromadlari YAIMga nisbatan 20.8 % ni tashkil etdi va 2004 yilga nisbatan 1.7 foiz darajaga kam bо‘ldi. 2006 yilning natijalariga kо‘ra davlat byudjetining daromadlari YAIM ga nisbatan, 2005 yildagi 20.8 % ga nisbatan 19.1 % ni tashkil etdi. Umuman olganda davlat byudjeti daromadlarini sо‘ngi yillarda yuqori darajada о‘sib borayotganligini kо‘rishimiz mumkin. Byudjet daromadlari mamlakat byudjet jamg‘armasini shakllantirish jarayonida davlat bilan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolar о‘rtasida paydo bо‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda etadi. Bu iqtisodiy munosabatlar korxonalar, tashkilotlar va aholi tomonidan byudjetga tо‘lanadigan turli tо‘lovlar kо‘rinishida yuz beradi, ularning moddiy-ashyoviy ifodasi byudjet jamg‘armasiga yо‘naltiriladigan pul mablag‘lari hisoblanadi. Daromadning vazifasi byudjet xarajatlarini qoplashdan iborat. Ammo, bunda xо‘jalik yurituvchi subyektlar bilan о‘zaro moliyaviy munosabatlarning shunday shakllarini topish zarurki, daromadlarni byudjetga olish usullari mehnat unumdorligini kо‘tarishga, jamiresurslardan oqilona foydalanishga, tushumlarni kо‘paytirishga xizmat qilsin. Mamlakatda ishlab chiqarishni shakllantirish va rivojlantirish, byudjet-soliq siyosati yaxlitligini ta’minlash, byudjet taqchilligini tartibga solish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun, davlat daromadlarini, avvalo, soliqlar orqali iqtisodiyotni boshqarish mexanizmini tо‘g‘ri, oqilona ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish lozim bо‘ladi. Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini kо‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini kо‘rsatib turishi zarur. Bugun paydo bо‘lib ertaga yо‘q bо‘lib ketadigan holatlar soliq funksiyasi bо‘la olmaydilar, ya’ni shunday uslubiy yondoshishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak. Hozirgi kunda soliqlarning funksiyalar masalasida katta baxslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Kо‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb e’tirof beradilar. Lekin bizning fikrimizcha hozirgi kunda respublikamiz soliqlar tizimida soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalari ajratib kо‘rsatiladi: • soliq hisobining fiskal (xazinaga oid) funksiyasi; • rag‘batlantirish funksiyasi; • soliq hisobining nazorat funksiyasi; • soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi; Soliqlarning asosiy funksiyasi - fiskal vazifa hisoblanadi (lotincha “fiscus”xazina). Buning ma’nosi shuki, soliqlar yordamida pul resurslarining markazlashtirilgan fondi tashkil etiladi. Unga davlat apparati qurolli kuchlarni tutib turish, shuningdek zarur ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajarish uchun mamlakat hukumati egalik qiladi, ya’ni eng muhim umumdavlat, xalq xо‘jaligi vazifalarini hal etish, korxona va fuqarolar olgan daromadlar bir qismini soliq tо‘lovlari sifatida olish yo’li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar yordamida tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xо‘jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti» yaratadi. Ushbu funksiya orqali soliq tizimi ta’sir kо‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmondan soliq muhiti eng maqbul bо‘lgan boshqa tarmoqqa qо‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining tо‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning iqtisodiy funksiyasi orqali davlat xalq xо‘jaligi taraqqiyotini rag‘batlantiradi, bu bilan fiskal funksiyalarni bajarish uchun bazani kengaytiradi. Ishlab chiqarishni soliqlarning iqtisodiy funksiyasi orqali rag‘batlantirib va rivojlantirib, davlatning oqilona soliq siyosatini о‘tkazish bilan davlatning soliq yukini kuchaytirmasdan turib faoliyat kо‘rsatishi va yashashining shartsharoiti ta’minlanadi. Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bо‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir kо‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. Nazorat funksiyasi soliq tо‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va xokazo tegishli soliq kо‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq xisobi shakllari orqali soliq tо‘lovchilar о‘zlarining soliq majburiyatlarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. О‘zbekiston Respublikasining hozirgi davlat moliyasi tarkibida ham soliqlar muhim о‘rin tutadi, chunki u moliya tarkibida alohida bir tizimni tashkil etib, markazlashtirilgan pul mablag‘lari byudjet fondini shakllantirishda xal qiluvchi muhim rol о‘ynaydi. Ushbu mulog‘azalarni tahlil qilarkanmiz, eng avvalo, mamlakat doirasida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda soliqlarning alohida о‘rni bor ekanligini qayd etib, haqiqatdan ham davlat о‘zi ishlab chiqqan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda yoki uni hayotga tadbiq etishda turli vositalardan foydalanadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning eng madaniylashgan, eng tabiiy va eng sog‘lom yо‘li haqiqatdan ham soliqlardir. О‘tish davrida davlat halq xо‘jaligining yashash salohiyatini, ayniqsa ustuvor tarmoqlarni qо‘llab - quvvatlashi shart, bunda u ularga narxlarni tartibga solish, imtiyozli soliq solishni qо‘llash va hokazolar yо‘li bilan real yordam kо‘rsatadi. Keltirilgan nazariy ma’lumotlarga asoslangan holda 2019-2021 yillarda davlat byudjeti daromadlar tarkibini tahlil qilar ekanmiz, yillar davomida byudjet daromadlarining muntazam ravishda oshib borishi ma’lum bо‘ldi. Davlat byudjeti daromadlari tarkibida tо‘g‘ri va egri soliqlarining о‘rni kattadir. Umuman olganda byudjet daramadlarining soliqli tushumi 2019 yildan 2021 yillar oralig‘ida islohotlar natijasini bildirib turibdi. Albatta, shuni aytib о‘tish kerakki, bu tovarlarni (ish, xizmat) iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadigan soliq yukining ma’lum darajada ortishini bildiradi. (2.1.1-jadvalga qarang) Davlat byudjeti jami daromadlari tarkibida resurs tо‘lovlari va mol-mulk soliqlarining ulushi 2021 yilda 16 % ni, 2017 yilda 14 % ni va 2019 yilda 12.9 % ni tashkil qilgan. Resurslarga soliq stavkalarini oshirish (tabiiy gaz, gaz kondensatlari va neft) shuningdek, boshqa tabiiy resurslarga amal qilayotgan stavkalarning indeksatsiya qilinshi natijasida resurs tо‘lovlari va mulk soliqlari bо‘yicha tushumlar ortgan. 4.Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini samarali boshqarishning asosiy yo’llari. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uni tarkibiy qayta qurish, islohotlar samarasini oshirish borasida bir qator izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar asosiy yo’nalishlari sifatida soliq tizimini shakllantirish va takomillashtirish bilan bog‘iq bо‘lib, bundan asosiy maqsad xо‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat byudjeti о‘rtasida majburiy tо‘lovlar bilan iqtisodiy munosabatlarga о‘zaro erishishdan iborat. Bu borada soliq siyosatini erkinlashtirish ushbu sohada erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda mustaqil soliq siyosati ishlab chiqilib, uning taktika va strategiyasi aniqlangan holda izchil takomillashtirilib borilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan milliy soliq siyosatining ustuvor yo’nalishlari belgilab berildiki, uning asosiy maqsadi soliq tо‘lovchilar va davlat byudjeti manfaatlari о‘rtasida о‘zaro uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan. Bunday uyg.unlikni ta’minlashning eng muhim vositalaridan biri soliq yukini optimal belgilash va shu tariqa davlat byudjetini kerakli miqdorda moliyaviy resurslar bilan ta’minlagan holda soliq tо‘lovchilar zimmasidagi soliq majburiyatlari ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir etmasligiga erishishdan iborat. Sо‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining zimmasidagi soliq yuki kamayib, uning oqibatida iqtisodiy о‘sishga erishilmoqda. Bu borada Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “«Aytish kerakki, unday iqtisodiy о‘sish, kо‘p jihatdan, iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog‘liq”6. О‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy islohotlar yo’lini tanlaganidan sо‘ng, oldimizda mamlakatimizning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, boshqa bozor iqtisodiyotiga о‘tishdek murakkab jarayonni boshidan kechirgan rivojlangan va rivojlanayotgan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan kelib chiqqan holda mohiyatan yangi soliq tizimini vujudga keltirish vazafasi turar edi. Bu borada, О‘bekiston Respublikasi Prezidenti belgilangan soliq yukini kamaytirish, soliq ma’murchiligining samaradorligini oshirish borasidagi dastlabki talablar 2017-2018 yilning soliq-byudjet siyosatida ham о‘z ifodasini topgan7. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 29 dekabrda “О‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tо‘g‘risida” gi PQ-3454sonli qaror va “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mо‘ljallangan asosiy yо‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi 454 sonli Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan 3 ta qonunlarga, jumladan Soliq kodeksining 47 ta moddasiga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritildi. 2018 yil 1 yanvardan boshlab foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i birlashtirilib, soliq stavkasi 15.5 foiz о‘rniga 14 foiz qilib belgilandi. (О‘tgan yili foyda solig‘i stavkasi 7.5 foiz, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i stavkasi 8 foiz, jami 15,5 foizni tashkil qilgan.) Fransiya iqtisodiy-moliyaviy salohiyati yuksalishiga ulkan hissa qо‘shgan frantsuz siyosatchisi Jan-Baptiste Kolbert о‘z mamlakatining soliq siyosati haqida bir vaqtlar shunday degan edi: «Soliqqa tortish san’atini tirik g‘ozning patlarini yulishga о‘xshatish mumkin. Bu ishni shunday bajarish kerakki, g‘oz imkon qadar og‘riq sezmasin»8. Bu qiyoslash qо‘polroq tuyulsa-da, uning zamirida soliq siyosatiga oid muhim haqiqat mavjud. YA’ni, coliq siyosati shunday bо‘lishi lozimki, undan soliq tо‘lovchi xam, davlat byudjeti ham jabr kо‘rmasin. Soliqqa tortishga oid qonunchilikning adolatli, barqaror va bardavom bо‘lishiga xizmat qiluvchi shunday bir tamoyil mavjud. U ham bо‘lsa, soliq tо‘lovchilarning tengligi prinsipidir. Uning mazmun-mohiyati g‘oyat oddiy: soliq undirishda barcha fuqarolarga nisbatan teng va bir xil munosabatda bо‘lish. Lekin barcha ma’qullaydigan ana shu jо‘ngina qoidani soliq amaliyotiga tatbiq qilish eng murakkab vazifalardan biri bо‘lib qolayotir. О‘zbekistonda soliqchilik sohasi ham tubdan isloh qilinish arafasida. Shunday paytda tegishli tartib-taomillarga tanqidiy-tahliliy nigoh tashlash, ayrim muammolar kelib chiqishi sabablarini о‘rganish, ularga echim izlash maqsadga muvofiq. Nazarimizda, mazkur sohada hal qilinishi zarur ikki jiddiy muammo bor. • Birinchisi — daromadi teng bо‘lgan shaxslarning soliq qonunchiligiga kо‘ra turlicha miqdorda soliq tо‘layotgani bо‘lsa; • Ikkinchisi — daromadi turlicha bо‘lgan shaxslarning bir xil miqdorda soliq tо‘layotganidir. Quyida ana shu masalalar va ularning echimi bо‘yicha atroflicha mushohada yuritishga harakat qiladigan bо‘lsak, Soliq sohasida tenglik ta’minlanishining о‘ziga xos ikki mezoni mavjud: gorizontal tenglik va vertikal tenglik. (2.2.1rasmga qarang) Gorizontal tenglik bir xil daromad topayotgan shaxslar bir xil miqdorda soliq tо‘lashi zarurligini anglatadi. Boshqacha aytganda, ikki shaxsning muayyan davr mobaynida topgan daromadlari bir xil bо‘lsa va bu daromadlarni turlicha soliqqa tortish uchun asoslar bо‘lmasa, bu mablag‘lar qaysi manbalar hisobiga topilishidan qat’i nazar, ulardan yagona miqdordagi soliq undirilishi kerak. Vertikal tenglik tamoyilida jismoniy shaxsning daromadi kо‘paygani sari uning tо‘lov qobiliyati ham shuncha oshib borishi, binobarin, uning jamiyat oldidagi moliyaviy mas’uliyati ham mutanosib ravishda kuchayishi о‘z ifodasini topgan. Shu о‘rinda aytish kerakki, hozirda juda kо‘p davlatlar, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar о‘z iqtisodiyotini bozor tizimi asosida boshqarib kelmoqda. Uning rejali iqtisodiyotga nisbatan talaygina afzal jihatlari bor: > raqobat; • samaradorlik; • talab va taklif mutanosibligi; • iqtisodiy о‘sishning izchilligi; Biroq bozor iqtisodiyotining salbiy tomonlari ham mavjud va uning eng asosiysi, bu kapitalning sekin-asta aholining kichik bir qismi qо‘lida tо‘planishi, jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikning yuzaga kelishidir. Aksariyat rivojlangan davlatlar mazkur muammo keskinligini soliq siyosati vositasida yumshatishga — о‘sib boruvchi stavkalar asosida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishga harakat qilishadi. Bunda fuqaro yillik daromadining dastlabki qismi past stavkada soliqqa tortiladi yoki u soliqdan butkul ozod qilinadi. Chunonchi, 2018 yilda daromadlarning soliqdan ozod qilingan ulushi Kanadada 11809 dollar, Germaniyada 8820 evro, Buyuk Britaniyada esa 5000 funt sterlingni tashkil qildi. Aholining muhtoj toifalari о‘rta qatlam darajasiga kо‘tarilib olishi uchun shunday yo’l tutiladi mazkur davlatlarda. Ayni paytda shaxsning daromadi oshib borgani sayin о‘rtacha soliq miqdori ham shunga mos ravishda kо‘payib boraveradi. Kanadada jismoniy shaxslarning daromadlari miqdoridan kelib chiqilgan holda 0 dan 33 foizgacha, Germaniyada 14 dan 45 foizgacha, AQShda 10 dan 37 foizgacha, Xitoyda 3 foizdan 45 foizgacha, Janubiy Koreyada 6 dan 40 foizgacha, Turkiyada 15 dan 35 foizgacha о‘sib boruvchi shkala stavkalari asosida soliqqa tortiladi. Soliq qonunchiligi jismoniy shaxslar daromad turlarining barchasiga nisbatan imkon qadar neytral va teng munosabatda bо‘lishi zarur. • Birinchidan, soliqqa oid tartib-taomillarning muayyan iqtisodiy faoliyat turini asossiz rag‘batlantirmasligiga yoki aksincha, jazolamasligiga erishiladi. Fuqaro daromadlarini soliq omili emas, uning iqtidor va layoqatlari, bozordagi talab hamda taklif va boshqalar belgilay boshlaydi. • Ikkinchidan, soliq tо‘lovchilarning tegishli qonun hujjatlariga itoatkorligi, hurmati oshadi. • Uchinchidan, byudjetga jismoniy shaxslardan tushadigan soliq tushumlari kо‘payadi. Umuman olganda, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan 2018 yilda ham soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechilishi, barcha biznes toifalari uchun soliqqa tortishni soddalashtirish va soliq yukini kamaytirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish zarurligi ta’kidlangan. Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishda soliq mexanizmi elementlaridan keng kо‘lamda foydalaniladi. Ulardan keng qо‘llaniladigan va samarali choralari sifatida soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini о‘zgartirish kabilarni alohida qayd etib о‘tish lozim. 2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar kamaytiriladi. Yuridik shaxslarning soliq majburiyatlari tovarlarni (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalarni bekor qilish hisobiga kamaytiriladi. Korxonaning rentAbelligi 15 % bо‘lganda, 3.2 % miqdoridagi oborotdan undiriladi- gan ajratmalari miqdori 21 foizlik foyda solig‘i stavkasi teng edi. Soliq islohoti soliq tо‘lovchilarning ixtiyorida qoladigan daromadlari ulushini oshiradi. Ushbu ta’sir doirada, Ularning tovarlar va xizmatlarga, xususiy investitsiyalar hajmiga bо‘lgan talablari oshadi hamda iqtisodiyotining о‘sish sur’atlarini jadallashtirishga kо‘maklashadi. Xususan, 2019-yil 1-yanvardan: • tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni tо‘liq bekor qilish natijasida korxonalarda qо‘shimcha 5,2 trillion sо‘m daromad qoladi; • jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha kamaytirildi; • yagona ijtimoiy tо‘lovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirildi; • fuqarolarning 8 foizlik sug‘urta badali bekor qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshdi; • yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i 5 foiz 2 foizga о‘zgartirildi; • foyda solig‘i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes subyektlari yagona solig‘i 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion sо‘m qо‘shimcha mablag‘ qoladi; Umuman olganda, mavjud 19 ta soliq va majburiy tо‘lovlar turi 15 tagacha kamaytiriladi. Bunday yengilliklar natijasida byudjet tushumlarini ta’minlash biroz qiyinlashadi. Shu bois, byudjet defitsitini qisqartirish, daromadlarni kо‘paytirish, jumladan, ishchilar soni va ish haqini legallashtirish bо‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish masalasi kо‘ndalang mavzu hisoblanadi. Bu borada, 2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasida 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasida kо‘zda tutilgan soliq va byudjet siyosati islohotlarning asosiy yo’nalishlari aks ettirilgan. 2019 yilgi Davlat byudjeti daromadlar qismi 2018 yil iyun oyida qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish Kontsepsiyasining asosiy yo’nalishlariga muvofiq shakllantirilgan: • Soliq islohotlarining asosiy maqsadi iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish; • Soliqqa tortish tizimini soddalashtirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirish. Keyingi ikki yilda valyuta bozorini liberallashtirish, narxlar shakllantirishning bozor mexanizmiga о‘tish, iqtisodiyotda, xususan qishloq xо‘jaligida tо‘lov intizomini yaxshilash bо‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar soliq yukini kamaytirish bilan bir qatorda Davlat byudjeti daromadlarini sezilarli darajada oshishini ta’minladi. Umuman olganda, 2019 yil davlat byudjetining xarajat qismi ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolmoqda. Xarajatlarning tо‘rtdan bir qismi: bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktab ta’limini yaxshilash va oliy ta’limni rivojlantirishga yo’naltiriladi. Shuningdek, axoliga tibbiy xizmat kо‘rsatishni yaxshilash uchun zarur mablag‘lar nazarda tutilgan. Fundamental va amaliy fanlarni rivojlantirishga, ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishni joriy etishga ajratilgan mablag‘lar xajmi qariyb ikki barobarga oshirilmoqda. Byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning tо‘lov qobiliyatini saqlab qolish maqsadida, kelgusi yilda ham ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorlarini inflyatsiya darajasida oshirib borish siyosati davom ettiriladi. 2019 yildan boshlab Davlat byudjeti loyihasi kelayotgan yil uchun byudjet parametrlari hamda kelgusi ikki 2020-2021 yillarga mо‘ljallangan о‘rta muddatli byudjet mо‘ljallarini о‘z ichiga oladi. О‘rta muddatli byudjet mо‘ljallari (О‘MBM) siljish (о‘zgarish) grafigi asosida tuziladi, ya’ni har yili bir yil oldinga suriladi. 2019-2021 yillarga mо‘ljallangan о‘rta muddatli makroiqtisoiy kо‘rsatkichlar iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning о‘rta muddatli prognozidan, demografik о‘zgarishlardan, jahon bozorida strategik tovarlar narxlari о‘zgarishidan, tashqi va ichki investitsiyalar hajmidan, asosiy savdo hamkorlarining iqtisodiyoti rivojlanishidan va boshqa omillardan kelib chiqib shakllantirilgan. Diagrammalardan kо‘rinib turibdiki iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda daromadlarning о‘sishini kuzatish mumkin. Bu borada YAIM prognozi 3-4 yildan keyin о‘sish sur’ati 6.8-7.1 foiz atrofida bо‘lishi kutilmoqda. (2.2.2-diagrammaga qarang) Ushbu kо‘rsatkich mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi soliq siyosati konsepsiyasining tо‘g‘ri bajarilishi bilan bо‘g‘liq. О‘rta muddatli byudjet kо‘rsatkichlari ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish prognozlaridan, soliq islohoti amalga oshirish davrida davlat xarajatlarining о‘sishiga yo’l qо‘ymaslik, shuningdek, tashqi qarzning cheklangan miqdorini belgilash qoidalari asosida tuzilgan. 2019 yilgi Davlat byudjeti taqchillik bilan rejalashtirilgan bо‘lib, bu davlatning rejalashtirilgan xarajatlari kutilayotgan daromadlaridan oshishini anglatadi. Etishmayotgan daromadlar respublika byudjetining yil boshidagi bо‘sh turgan qoldiq mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining tashqi qarzlari, ichki g‘aznachilik obligatsiyalari chiqarish va inflyatsiyaga olib kelmaydigan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi. 2019-2021 yillarga mо‘ljallangan makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar prognozi11 KUTILAYOTGAN URO - PROGNOZ Aholi jon bo shiga YalM, Ushbu diagrammada davlat byudjetining kelajakda ishonchli profisitni ta’minlashini kо‘rsatib turibdi. Umuman olganda byudjet prognozida daromad va xarajatlar о‘rtasidagi farq sezilarli darajada kamayib borishini bildirib turibdi. Byudjet tizimi byudjetlarining barcha tushumlari va xarajatlari hisobini yuritish maqsadida konsolidatsiyalashgan byudjet tuziladi. О‘zbekiston Respublikasining Konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibida Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini kо‘rish mumkin. Konsalidasiyalashgan byudjet kiyingi moliyaviy yillarda musbat byudjet holatiga о‘tish imkoniyati borligidan dalolat beradi. О‘zbekiston Respublikasi Soliq siyosatini takomillashtirish kontsepsiyasida belgilangan maqsadlarga erishish quyidagi rasmda kо‘rsatilgan. Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi. Shu bilan birga, о‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy о‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga tо‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni bartaraf etish kо‘ndalang masala bо‘lib qoladi. XULOSA Soliq siyosatida soliq nazorati talablarini ta’minlaydigan qо‘shimcha mexanizm va instrumentlarni kiritish yо‘li bilan soliq siyosatining konsepsiyasini mukammalligini ta’minlashda soliq tо‘lovchilarning fikrlarini ham inobatga olish zarur, xususan: • jismoniy shaxslarga yakka tartibda tadbirkor sifatida rо‘yxatdan о‘tgan holda, tegishli litsenziya olish sharti bilan yо‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini berish; • yo’lovchi va yuk tashish xizmati kо‘rsatuvchi korxonalar uchun, soliq solish tizimidan qat’i nazar, har bir avtotransport uchun, о‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq summasidan kam bо‘lmagan miqdorda minimal soliq solish miqdorini belgilash tartibini joriy qilish; • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun chegaraviy aylanma miqdordan (oyiga 45.0 mln.sо‘m) ortiq qismidan 4% miqdorida (qat’iy belgilangan soliq hisobiga) soliq tо‘lash tartibini joriy etish; • soliqdan imtiyozlar va preferensiyalar berish orqali yuridik shaxslar faoliyatlarini yanada erkinlashtirish va ularning faoliyatlari samarasi oshishiga imkoniyat yaratish. • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar о‘rtasida teng ulushlarda taqsimlash; • tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining bazaviy yilda aniqlangan qо‘shimcha daromad manbalaridan qat’i nazar, о‘rta muddatli byudjetga (kamaytirmasdan) soliq va boshqa majburiy tо‘lovlardan ajratmalar normalarini biriktirish; Soliq organlari va mahalliy hokimiyat organlari о‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan о‘zaro hamkorlik respublikada olib boriladigan yagona soliq siyosatini olib borishda, soliqlar va boshqa soliqlarga tenglashtirilgan majburiy tо‘lovlarning hudud byudjetiga kelib tushishini ta’minlash bо‘yisha vazifalarning bajarilishi natijalarini tahlil qilishda ishtirok etish orqali namoyon bо‘ladi. Shu о‘rinda mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar bо‘yisha vakolatlariga qisqasha tо‘xtalib о‘tadigan bо‘lsak, mahalliy hokimiyat organlari mamlakatimiz soliq qonunshiligiga muvofiq bir qansha vakolatlarga ega bо‘lib, ular о‘zlarining hududida joylashgan soliq tо‘lovshilarga mahalliy soliqlar va yigimlar bо‘yisha qо‘shimsha soliq imtiyozlarini belgilash, soliq stavkalarining miqdorini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qо‘yilgan eng yuqori stavkalar doirasida belgilash kabi vakolatlarini sanab о‘tishimiz mumkin. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab shiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bо‘yisha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bо‘lib, ularning har biri о‘z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barsha hokimiyat organlari, jumladan, qonun shiqaruvshi, ijro etuvshi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat kо‘rsatadi va unda Davlat soliq qо‘mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan vazifalarni bajaradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI. 1. О‘zbekistonRespublikasininKonstitusiyasi.- Toshkent:О‘zbekiston,2014. 2. О‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi: Rasmiy nashr- О‘zbekiston RespublikasiAdliyavazirligi-T.:“Adolat”,2008y.-692B 3. О‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi // О‘zbekiston Respublikasi qonunhujjatlaritо‘plami,2013-yil.,52-I-son. 4. О‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati idoralari tо‘g‘risida”giQonuni//№279-II,2003-yil2-sentabrdaqabulqilingan. 5. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016yildaijtimoiy- iqtisodiyrivojlantirishningasosiyyakunlariva2017-yilga dasturning eng muhim mо‘ljallangan ustuvor iqtisodiy yo’nalishlariga bag‘ishlanganVazirlarMahkamasiningma’ruzasidan.//Xalqsо‘zi2017-yil. 6.О‘zbekistonRespublikasiPrezidentining«О‘zbekistonRespublikasiniyanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni. 7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-yanvardagi “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”giPQ-1257sonliQarori. 8. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2010-yil 24-dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining 2011- yilgi asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tо‘g‘risida”gi 1449-sonli qarori. Darsliklar, о‘quv qо‘llanmalar, monografiyalar 1. S.K. Xudoyqulov. Soliq tizimi. Darslik. T, — «ILM ZIYO» — 2017 2. 1.I.A.Azizova Natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish: о‘quv qо‘llanma. 2010. T. 3. Finansi. /Pod red. L.A. Drobozinoy -M.: YUNITI, 2010. -350 s. 4. Malikov T., Haydarov N., “Byudjet: tizimi, tuzilmasi, jarayoni” О‘quv qо‘llanma, Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2008 y, - 84 b. Internet resurslari www.stat.uz www.uza.uz www.uza.uz www.cbu.uz