Gaplarning tuzilish jihatdan turlari. Sodda gap turlari. Ikki bosh bo`lakli sodda gaplar Gaplarning tuzilish jihatdan turlari. Sodda gap turlari. Ikki bosh bo`lakli sodda gaplar Reja: • 1.Sodda gap turlari. • 2. Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi. • 3. Bir bosh bo‘lakli gaplar Gaplarning tuzilish jihatdan turlari • • • • • • • • • • • • • • Har qanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo‘laklar: ega va kesim tashkil etadi. Gap tarkibidagi grammatik asos (ega va kesim) ning ishtirokiga ko‘ra gaplar tuzilish jihatidan ikki turga bo‘linadi: sodda gaplar va qo‘shma gaplar. Bitta grammatik asosiga ega bo‘lib ma`lum bir fikr va his- hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo‘lib, nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar qo‘shma gap deyiladi. Masalan: Chor atrofga yoyganda gilam, Aslo yoqdir bundayin ko‘klam. (H.O.) Til bilan til dushman bo‘lmaydi, O‘ldirmaydi qo‘shiqni qo‘shiq (R.H.) Keltirilgan misollarning birinchisi sodda gap bo‘lib, uning grammatik asosi bitta: ega va kesimdan (yoqdir ko‘klam) ikkinchi gap esa qo‘shma gap, uning grammatik asosi ikkita ,1) dushman bo‘lmardi,2) o‘ldirmaydi qo‘shiq. Sodda gaplar grammatik asosning tarkibliga ko‘ra ham ikki xil: 1) ikki tarkibli gaplar, 2) bir tarkibli gaplar. Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan (ega va kesim) dan iborat bo‘lgan gaplar ikki tarkibli gaplar deyiladi. Masalan: Solihlar esga olinganda Allohning rahmati hozil bo‘ladi (Tusiy). Bu gapning grammatik asosi ega ( solihlar ) va kesimi (hosil bo‘ladi) dan iborat. Grammatik asosi bir bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar gap bir tarkibli gap deyiladi. Masalan: Oyni etak bilan yopib bo‘lmas. Bu gapning grammatik asosi faqat kesim (yorib bo‘lmasdan) iborat. • • • Sodda gaplar, ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra yig‘iq va yoyiq gaplarga bo‘linadi. Ega va kesimdan tashkil topgan sodda gaplarning bir ko‘rinishi yig‘iq gap deyiladi. Masalan. Qor tindi. Hamma yoq oppoq. Tarkibida bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq gap deyiladi. Masaln: Aziz va ulug‘ bo‘lgan Allohga bir soat astoyidil tavajjuh qilishning quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir. (Abduni Zajjoj). Bu gapda aziz va ulug‘ bo‘lgan (aniqlovchi), allohga (to‘ldiruvchi), bir soat (aniqlovchi) astoyidil tavajjud qilishning (aniqlovchi), yaxshiroqdir (kesim). Shu boisdan bu gap yoyiq gapdir. Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo‘linadi: • • 1. Sodda gap bir predikativ birlikdan iborat bo‘lib, uning tarkibi ayrim gaplarga bo‘linmaydi. Masalan: G‘ir-g‘ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. (O.). Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo‘ling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 2. Qo‘shma gap mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo‘linadi. Masalan: Hali daraxtlar barg chiqarmaganu, pushti guldastaga o‘xshab gullagan bir tup bodom qo‘shni hovlining devori osha yashnab turibdi. (P.Q.). Haqiqiy do‘stlik suvdek zilol, qalbaki do‘stlik – tuz qo‘shilgan asal. (Maqol). Sodda gap • • • • • • Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar. Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. Masalan: Mehnatdan do‘st ortar. (Maqol). Grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deb yuritiladi. Masalan: Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning qatnashishi-qatnashmasligiga ko‘ra ikki xid bo‘ladi: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplar. Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap, ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov). Birinchi gap yig‘iq gap bo‘lib, faqat bosh bo‘laklardan tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo‘laklar (bulutlar – ega, to‘sib turardi – kesim)dan tashqari , ikkinchi darajali bo‘laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quyosh - aniqlovchi, yuzini – to‘ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir. Bir bosh bo‘lakli gaplar ham, ikki bosh bo‘lakli gaplar ham zarur bo‘laklarning to‘la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: to‘liq gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gaplarda zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi, to‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi. Masalan: - Ilgari qaerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.) (To‘liqsiz gap). Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi • Ikki bosh bo‘lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo‘lgan gapdir. • - Ega yoki ega va unga taalluqli so‘zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki kesim va unga taalluqli so‘zlar kesim tarkibini tashkil qiladi. • Masalan: Kecha tunda esgan kuchli shamol katta archaning tanasini ikkiga ayirib yubordi. Buni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin: • 3-§. Bir bosh bo‘lakli gaplar • Sodda gap tuzilishi asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar. Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi asosi bosh bo‘laklarning har ikkisi - egasi va kesimidan iborat bo‘ladi. Masalan: Toshdagi rasmlar bundan ko‘p ming yil avval o‘tgan bobokalonlarimizning ijodi ekan. (P.Qodirov). SHamol g‘uj-g‘uj archalarning hidini olib keladi. (P.Qodirov). Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi esa yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarja predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishda. (P. Qodirov). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). YOsh bo‘lsa, ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam - qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol). Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: Egasiz gaplar, kesimsiz gaplar. Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi. Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir. • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • 1. Egasi topiladigan gap Egasi topiladigan gaplarda Egasi kesim orqali beriladigan so‘roq bilan topish mumkin. Bunday gaplar shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi. Shaxsi aniq gap. Kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi. Shaxsi aniq gaplarda ega Lesik jihatdan shakllanmaydi va unga hech qanday ehtiyoj ham bo‘lmaydi; kesim vazifasida kelgan so‘z tarkibidagi tuslovchi affikslar shaxsni aniq ko‘rsatib turadi. Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi: 1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan. Masalan: Ertalabki poyezddan qolmaslik uchun shoshilib chiqib ketayotgan edi. (O‘.Hoshimov). Shaxsi aniq gap kesimining aniqlik maylidagi fe’l bilan ifodalanishi quyidagicha: a) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Ular bilan ham murosa qilolmagan edingiz-ku ... (P.Qodirov). Abdukarimova haqida bilmoqchi edim. (F.Musajonov). b) hozirgi zamon fe’l shakllari bilan: Endi ularning xatosini tuzatish uchun qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). Gapimni tushuntirolmay qolamanmi deb qo‘rqyapman. (J.Abdullaxonov). v) kelasi zamon fe’l shakllari bilan: Hech kim bilan hech qanaqa raqobat qilmoqchimasman. (J.Abdullxonov). Saviyasini tekshirmoqchimisan? (F.Musajonov). 2. Buyruq - istak mayidagi fe’l bilan: - Xatlarni menga bering! – deb qoldi Tolib aka. (F.Musajonov). Gazeta ishidan misol keltiib gapiray. (F.Musajonov). 3. Shart maylidagi fe’l bilan: Xulosangizga astoydil ishonsangiz, nimdan qo‘rqasiz? Tushuntirsangiz, tushunishadi. (J.Abdullaxonov). Shaxsi aniq gapning kesimi ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Kelishgan, o‘qimishlisiz, buning ustiga yoshsiz. (F.Musajonov). Mulla Usmon, ... hammasidan xabardorsiz. (P.Qodirov). Shaxsi aniq gaplar badiy adabiyotda, ayniqsa, dialogik nutqda ko‘p qo‘llanadi. • • • • • • • • • • • 2. Egasi topilmaydigan gap Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo‘lmagan bir bosh bo‘lakli gap egasi topilmaydigan yoki shaxssiz gap deyiladi. Bunday gaplarda egani kiritib ham bo‘lmaydi, gapning kesimi orqali aniqlab ham bo‘lmaydi. Egasi topilmaydigan gapning kesimi ko‘pincha tarkibli bo‘lib, quyidagicha ifodalanidi: 1. –(i)b affiksli ravishdosh hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. (Maqol). Momaqaldiroqning gumburiga chidab bo‘lmaydi. (J.Abdullaxonov). – Nima endi, haq gapni ham gapirib bo‘lmaydimi? - ... so‘radi u. (F.Musajonov). 2. Shart maylidagi fe’l hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: - Shu tor yo‘ldan Afg‘onistonga o‘tsa bo‘ladi. (K.Yashin.). 3. Harakat nomi va «zarur», «mumkin», «shart», «lozim», «darkor», «kerak» so‘zlaridan biri bilan: Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qo‘lda bo‘lgan pul va molni kerakli joylarga sarf eta bilish, yaxshi idora qila olish uchun isrofdan saqlanish kerak. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 4. «Yaxshi», «yomon» sifatlari hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: Shu shiypon bitmay qolib ketsa, el oldida yaxshi bo‘lmaydi. (P.Qodirov). 5. Majhul nisbati shaklidagi fe’l bilan: Unga pastdan ikki yuz ellik uchta tosh zinani bosib chiqiladi. (K.Yashin). 6. «To‘g‘ ri» so‘zi va «kelmoq» fe’lining tuslangan shakli bilan: Mashina kabinasidan chiqishga to‘g‘ ri keldi. (CH.Aytmatov).