Avtomatik rostlagichlar haqida umumiy tushunchalar Reja: o 1. Avtomatik rostlagichlar haqida ma’lumot o 2. Avtomatik rostlagichlar turlari Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlami avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlami klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdoming turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko'rsatiladigan ta’siming xarakteri, rostlagich iishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi. Rostlanuvchi miqdoming turiga ko‘ra rostlagichlar quyidagilarga bo’linadi: bosim, sarf, sath, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko‘ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi obyektdan olingan energiyaning o‘zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta ’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo'shimcha energiya kerak bo‘lsa, bilvosita ta ’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigari energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo’linadi