Uploaded by boytorayevjasur190

Boyo'rayev Jasur (2)

advertisement
MAVZU:AXBOROT XAVFSIZLIGINING
ASOSIY TUSHUNCHALARI.
Tayyorladi:Boyto’rayev Jasur.
Tekshirdi: Meliqo’ziyev Rustambek.
•REJA:
•Axborot xavfsizligi.
•Axborot xavfsizligining asosiy
tushunchalari.
•Axborot xavfsizligini ta`minlash zarurati.
•Axborotlarga nisbatan mavjud xavf-xatarlar
asoslari.
Axborot xavfsizligi
• Axborot xavfsizligi (INGLIZCHA: Information Security,
shuningdek, INGLIZCHA: InfoSec) — axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish,
oshkor qilish, buzish, oʻzgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yoʻq qilishning
oldini olish amaliyotidir. Ushbu universal kontseptsiya maʼlumotlar qanday
shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi.
Axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning
konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli, qoʻllashning maqsadga
muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar
yetkazmasdan himoya qilishdir. Bunga, birinchi navbatda, asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar, tahdid manbalari, zaifliklar, potensial taʼsirlar va mavjud
xavflarni boshqarish imkoniyatlarini aniqlaydigan koʻp bosqichli xavflarni
boshqarish jarayoni orqali erishiladi. Bu jarayon xavflarni boshqarish rejasining
samaradorligini baholash bilan birga olib boriladi.
• Axborot xavfsizligining markazida axborotni himoya qilish
faoliyati — uning maxfiyligi, mavjudligi va yaxlitligini taʼminlash,
shuningdek, tanqidiy vaziyatda har qanday murosaga yoʻl
qoʻymaslik masalasi yotadi. Bunday holatlarga tabiiy, texnogen
va ijtimoiy ofatlar, kompyuterning ishdan chiqishi, jismoniy
oʻgʻirlik va boshqalar kiradi. Dunyodagi aksariyat tashkilotlarning
ish jarayonlari hanuz qogʻoz asosidagi xujjatlarga asoslangan,
boʻlib, tegishli axborot xavfsizligi choralarini talab qilsa-da,
korxonalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha
tashabbuslar soni barqaror oʻsib bormoqda. Bu esa axborotni
himoya qilish uchun axborot texnalogiyalari (IT) xavfsizligi
boʻyicha mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladi. Ushbu
mutaxassislar axborot xavfsizligi texnologiyasini (koʻp
hollarda kompyuter tizimlarining bir turini) taʼminlaydi.
•Yirik korxona va tashkilotlar oʻz bizneslari
uchun axborotning hayotiy ahamiyati va
qiymati tufayli, qoida tariqasida, oʻz
xodimlariga axborot xavfsizligi boʻyicha
mutaxassislarni yollaydilar. Ularning vazifasi
barcha texnologiyalarni maxfiy maʼlumotlarni
oʻgʻirlash yoki tashkilotning ichki tizimlarini
nazorat qilishga qaratilgan zararli
kiberhujumlardan himoya qilishdir.
• Axborot xavfsizligini ta`minlash zarurati.
• Axborot xavfsizligini ta’minlash - bu foydalanuvchining
axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni
bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot
foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar
keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va
uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot
kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.
Login tushunchasi. Login - shaxsning, o‘zini axborot
kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan
belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan
foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining
maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
• Parol tushunchasi. Parol - uning egasi haqiqiyligini aniqlash
jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar
ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin,
unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida
kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi
mahfiy so‘zdan iborat.
Avtorizatsiya tushunchasi. Avtorizatsiya - foydalanuvchining
resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish
jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi
ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi.
Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan
resurslarni belgilaydi.
•Ro‘yxatdan o‘tish tartibi. Ro‘yxatdan o‘tish -
foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga dasturlar
va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni.
Ayrim veb-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha
xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo‘lish
uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni o‘zi haqida ayrim
ma’lumotlarni kiritishni (anketa to‘ldirishni) hamda
login va parol olishni taklif qiladilar. Foydalanuvchi
ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizimda unga qayd yozuvi
(account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli
axborotlar saqlanadi.
•Login va parolga ega bo‘lish shartlari. Biror shaxs
o‘zining login va paroliga ega bo‘lishi uchun u
birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida
ruyxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak va shundan so‘ng u
o‘z logini va parolini o‘zi hosil qilishi yoki tizim
tomonidan berilgan login parolga ega bo‘lishi
mumkin. Login va parollar ma’lum uzunlikdagi
belgilar ketma-ketligidan tashkil topadi. Login va
parollarning uzunligi va qiyinligi uning qanchalik
xavfsizligini ya’ni buzib bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Axborotlarga nisbatan mavjud xavf-xatarlar
asoslari
• Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda
axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir.
Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy olmagan. Asrlar
davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona
rеzidеntsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir nеcha o‘n yil
oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va kеng
tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi,
sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va
soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Axborotni qayta
ishlash sanoatining paydo bo‘lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo‘lishiga olib
kеladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
• 1. G’aniyev S. K., Karimov M. М., Tashev К. А. АХBOROT XAVFSIZLIGI Toshkent 07
• 2. S.S. Qosimov Axborot texnologiyalari xaqida o’quv qo’llanma Toshkent 07
• 3. G’aniyev S.K.Karimov M.М. Hisoblash tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi
TDTU 03
• 4. http://www.kaspersky.ru/ 4. http://www.viruslist.ru/
Download