Загрузил Abdukarim Abdurazakov

АЙҚ ва ЭҚ услубий кўрсатма узб янги 4 семетр 2024 LABORATORIYA

реклама
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT TRANSPORT UNVERSITETI
“Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti
“Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi
fanidan
Laboratoriya mashg‘ulotlari
2-qism
GURUH:
F.I.SH:
QABUL QILDI:
Toshkent 2024
Tuzuvchilar:
Mamatmuminov A.T. – “Avtomobil yo‘llarini qurish
va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi assistenti
Xolmuminov F.P.– “Avtomobil yo‘llarini qurish va
ekspluatatsiya qilish” kafedrasi assistenti
Taqrizchi:
Soataliyev R.R. TDTU, “Avtomobil yo‘llarini qurish
va ekspluatatsiya qilish”
kafedrasi katta
o‘qituvchisi, PhD.
2
KIRISh
Bugungi kunda
jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi
iktisodiyotida ishlab chikarish va ijtimoiy infratuzilmaning muxim tarkibiy
kismlaridan biri avtomobil yo‘llari hisoblanadi.
Uzbekistan Respublikasi Prezidenti tomonidan avtomobil yo‘llarini
rivojlantirish va yo‘l tarmog‘ini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqa.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, PQ-4035-sonli
Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil
etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida
yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini takomillashtirish
masalalari ustivor vazifalar qilib belgilangan:

aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish
xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har
tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni
qurish hamda rekonstruksiya qilish;

yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng
avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq
avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash.
“Harakatlar strategiyasi”ga asosan mintaqaviy avtomobil yo‘llarini kapital va
joriy ta’mirlash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni taqozo etadi.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash bilan bir qatorda ularni yil davomida soz holatda
saqlash ham ishlardan biri hisoblanadi. Avtomobil yo‘llarini o‘z vaqtida saqlash
ularni xizmat muddatini oshiradi.
Ushbu uslubiy qo‘llanma Respublikamiz yo‘l xo‘jaligini metrologik jihatdan
ta’minlash, zarur me’yoriy xujjatlar bilan boyitish, avtomobil yo‘llarida
ishlatiladigan materiallarni sertifikatlashtirish va yo‘l qurilishining barcha
bosqichlarida sifat nazoratini olib borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatuvchi
laboratoriya ishlaridan iborat.
Uslubiy qo‘llanma kirish, 13 ta laboratoriya ishlari, jadvallar, ilovalar va
foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Laboratoriya ishlari mazmunida ishning
maqsadi, ishni bajarish uchun zarur xisoblash formulalari keltirilgan.
3
Laboratoriya ishi № 1
Mavzu: Qovushqoq bitumga ignaning botish chuqurligini aniqlash
Tashqi kuch ta’sirida zarralari surilishiga suyuq muhitning qarshilik ko‘rsatish
xossasi qovushqoqlik deb ataladi.
Bitumning qovushqoqligi penetrometr ignasining botish chuqurligi bilan
aniqlanadi.
Asbobdagi har bir gradus ignaning bitumga 0,1 mm ga botganligini ko‘rsatadi,
GOST 11501-78 da belgilangan tartibda laboratoriya ishlari olib boriladi.
Penetrometr ignasining +25 oC haroratda bitumga botishi, standart
ko‘rsatkichda P25 bilan va 0 oC haroratda esa P0 bilan belgilanadi. Yo‘l qurilishida
ishlatiladigan qovushqoq bitumlar uchun bu ko‘rsatkich 25 oC da 41-200 mm-1
oralig‘ida, 0 oC da esa 5 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar
1.1-jadval
№
Nomi
Rasmi
1
Penetrometr asbobi
2
Bitum
3
Stakan (byuks) d=55 mm h=45 mm.
4
Metall idish
5
Termometr
6
Qumli yoki suvli hammom
4
7
Sekundomer
8
№ 0,7 mm li elak
9
Elektron penetrometr asbobi
1.1.-rasm. Penetrometr asbobi
1 – ustun;
2 – siferblat;
3 – pusk knopkasi;
4 – siferblat strelkasini harakatlantiruvchi
sterjen;
5 – harakatlanuvchi ignali sterjen;
6 – po‘lat idish;
7 – taglik;
8 – stolcha.
5
Sinovga tayyorlash
Bitum +160 C haroratdan oshmagan holda qizdirib, doimiy ravishda
aralashtirib turish yo‘li bilan suvsizlantiriladi. So‘ngra № 0,7 mm elakdan
o‘tkaziladi va yuqori qirrasiga 5 mm yetkazmay byuksga quyiladi va havo
pufakchalari yo‘qolguncha aralashtiriladi. Bitum byuks bilan birgalikda suvli
hammomda 60-90 minut davomida harorati 25 oC va 0 oC haroratgacha sovutiladi.
Sinov o‘tkazish
Tayyor bo‘lgan bitum namunasi byuks bilan birgalikda hajmi kamida 0,5 litrli
suv to‘ldirilgan boshqa idishga qo‘yiladi. Suvning harorati 25 oC va 0 oC bo‘lishi
kerak. Suvli idish asbob stolchasiga qo‘yiladi va ignaning uchi bitum yuzasiga tegartegmas qilib o‘rnatiladi va strelka nolga qo‘yiladi.
Suvning harorati 25 oC bo‘lganda unga qo‘yilgan yuk ignaning og‘irligi bilan
birgalikda 100 g, ignaning botish vaqti 5 sekund bo‘lishi kerak. Suvning harorati 0
o
C bo‘lganda esa unga qo‘yilgan yuk ignaning og‘irligi bilan birgalikda 200 g,
ignaning botish vaqti 60 sekund bo‘lishi kerak.
Natijalar shkaladagi ko‘rsatkichlardan olinadi. Aniqlashlar bitum yuzasining
turli nuqtalarida 3 marta takrorlanadi.
Bunda nuqtalar orasi va idish chekkasidan 10 mm bo‘lishi keark. Igna qayta
botirilayotganda benzin bilan artib tozalanadi.
Ignani botish chuqurligi deb (mm ning o‘ndan bir ulushida o‘lchanadi) 3
marta takrorlangan natijaning o‘rtacha olinganiga aytiladi.
Ignaning botish chuqurligi bo‘yicha olingan natijani GOST 22245-90 da
berilgan (1-jadval) talablar bo‘yicha qaysi markadagi bitumga mos kelish
kelmasligi va markasi aniqlanadi.
o
GOST 22245-90 bo‘yicha
bitum markalari
GOST 22245-90 talabi
Ignaning botish chuqurligi,
0.1 mm
25 oC da
0 oC da
Aniqlanadigan bitumning
haqiqiy qiymati
BND
40/60
BND
60/90
BND
90/130
BND
130/200
1.2-jadval
BND
200/300
40-60
13
61-90
20
91-130
28
131-200
35
201-300
45
6
Xulosa
Bajardi:
Qabul qildi:
7
Laboratoriya ishi № 2
Mavzu: Bitumning yumshash haroratini aniqlash
2.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
Nomi
Bitum
2
“Xalqa va shar” asbobi, 4 ta
xalqa, 4 shar
3
termometr
4
sekundomer
5
Stakan, shisha yoki metall
plastinkalar
6
pichoq
Rasmi
8
7
Glitserin va dekstrin aralashmasi
8
9
10
pinset
distillangan suv
isitish manbai (elektr plita yoki
gaz gorelkasi)
11
0,7 mm li elak
12
KISH asbobi
2.1.-rasm. Xalqa va shar asbobi
1 – shisha idish; 2 – pastki plastinka; 3 – ustki
plastinka; 4 – qopqoq; 5 – termometr; 6 – sterjen; a –
umumiy ko‘rinish; b – tajriba oldidan bitum surtilgan
po‘lat xalqa ustiga o‘rnatilgan po‘lat shar; v – tajriba
so‘ngida yuqori harorat ostida po‘lat xalqa ichidagi
bitum ustiga o‘rnatilgan po‘lat shar og‘irligi ostida
erib tushishi.
9
Sinovga tayyorlash
Laboratoriya ishining sinov usullarini GOST 11506 ga asosan bajariladi.
Bitum +160 oC haroratda qizdirib, doimiy ravishda aralashtirib turish yo‘li bilan
suvsizlantiriladi. So‘ngra № 0,7 mm elakdan o‘tkaziladi, havo pufakchalari
yo‘qolguncha aralashtiriladi. Shisha yoki metall plastinka ustiga 4 ta xalqa
o‘rnatiladi. Plastinka yuzasiga glitserin + dekstrin (3:1) aralashmasi suriladi. So‘ngra
xalqalarning ichiga bitum quyiladi va xona haroratigacha, ya’ni 25 oC gacha
sovutiladi. Xalqalardagi bitumlar sovugandan so‘ng xalqa qirrasi bo‘ylab issiq
pichoq bilan qirqib tekislanadi va 10 minut davomida suvli idishga solib harorati +5
o
C gacha yana sovutiladi.
Sinov o‘tkazish
Bitumli xalkalar asbobning maxsus shtativiga o‘rnatiladi, xalqadagi bitum
o‘rtasiga po‘lat sharlar o‘rnatiladi. Termometr asbobning maxsus joyiga
xalqalardagi bitumning tag yuzasi bilan barobar tarzda o‘rnatiladi.
Ishchi holatga keltirilgan asbob harorati +5 oC bo‘lgan distillangan suv
quyilgan stakanga tushiriladi, bunda stakandagi suvning balandligi 76 mm.dan kam
bo‘lmasligi kerak.
So‘ngra stakanni isitish manbaiga qo‘yib harorat minutiga +5 oC dan oshirib
borishini 3 minut davomida kuzatib, harorat minutiga +5 oC dan oshini taminlaymiz.
Buning natijasida bitum yumshab boraveradi va sharlar o‘z og‘irligining bosimi
ostida bitumdan o‘tib asbobning nazorat diskiga borib tushadi. Ushbu vaqtdagi
harorat bitumning yumshash harorati deb qabul qilinadi. Bitumning yumshash
harorati sifatida sharlarning nazorat diskiga tekkandagi haroratlarining o‘rtacha
qiymati qabul qilinadi. Bitumning yumshash harorati bo‘yicha sinov usulidan
olingan natija GOST 22245-90 da berilgan (1-jadval) talablar bo‘yicha bitum
markalari bo‘yicha qo‘yilgan talablarga mosligi tekshirladi.
2.2-jadval
GOST 2224590 bo‘yicha
bitum
markalari
GOST 2224590 talabi
Yumshash
harorati, oC
dan kam emas
BND 40/60
BND 60/90
BND 90/130
BND
130/200
BND
200/300
51
47
43
40
35
Aniqlanadigan
bitumning
haqiqiy
qiymati
Bitumni yumshash harorati____________ oC ga teng.
10
Xulosa:
Bajardi:
Qabul qildi:
11
Laboratoriya ishi № 3
Mavzu: Bitumning cho‘ziluvchanligini aniqlash
Qovushqoq bitumning cho‘ziluvchanligi duktilometr asbobida aniqlanadi.
Bunda bitum ipining ma’lum haroratlarda va ma’lum tezliklarda cho‘zish natijasida
uzilgandagi uzunligi sm.larda qabul qilinadi. Yo‘lbop bitumlar 25 oC va 0 oC
haroratlarda aniqlanib, cho‘zish tezliklari mutanosib ravishda 5 sm/min. va 0,5
sm/min. qabul qilinadi.
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar
3.1-jadval
№
Nomi
Rasmi
1
Duktilometr asbobi
2
Bitum
3
Yig‘ma qolip (sakkiz shaklidagi)
4
Metall idish
5
Termometr
Suv hammomi
6
7
Glitserin-dekstrin
12
8
Sekundomer
9
Bitumni qirqish uchun pichoq
10
№ 0,7 mm li elak
11
Shisha plastinka
3.1.-rasm. Duktilometr.
a – duktilometrning yon tomondan ko‘rinishi;
b – duktilometrning ustki tomondan ko‘rinishi;
1 – harakatlanuvchi vint (salazka);
2 – po‘lat vanna;
3 - 100 sm li lineykasimon shkala;
4 - yo‘naltiruvchi vintli sterjen;
5 – tayanch qotirma;
6 – harakatlanuvchi sterjenga ildiriladigan qismi;
7 – bitum;
8 – bitumni joylashtirish qismi (vosmerka).
13
Sinovga tayyorlash
Laboratoriya ishining sinov usullarini GOST 11505 ga asosan bajariladi.
Bitum 150 oC haroratgacha doimiy ravishda aralashtirib qizdirish yo‘li bilan
suvsizlantiriladi. So‘ngra № 0,7 mm elakdan o‘tkaziladi va havo pufakchalari
yo‘qolguncha aralashtirib turiladi. Glitserin surilgan shisha plastinkaga ichki
devorlariga dekstrin+glitserin (1:2) aralashmasi surilgan 3 ta qolip o‘rnatiladi.
Sinov o‘tkazish
Bitum namunasi uchta qolipga ingichka oqimda bir chekkadan ortiqchasi
bilan quyiladi. 30-40 minut davomida xona haroratigacha sovutilgach issiq pichoq
bilan qolip qirrasi bo‘ylab o‘rtasidan chekkaga qarab ortiqchasi olib tashlanadi.
Plastinka, qolip, bitum 1-1,5 soat davomida 25 oC (0 oC) haroratli va namunaning
ustida 25 mm.dan kam bo‘lmagan suvda saqlanadi.
So‘ngra qolip bitum bilan birga duktilometr ichiga ko‘chiriladi va qolip
yechib olinadi. Bitum namunasi maxsus vintlarga qistirib mahkamlanadi.
Harakatlanuvchi vintning surilish tezligi 5 sm/min. (0,5 sm/min.) bo‘lishi lozim.
Asbob ichidagi suvning harorati 25 oC (0 oC), balandligi esa namunaning ustida 25
mm.dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bitumning cho‘ziluvchanligi deb bitum ipining uzilish vaqtida
harakatlanuvchi vintning lineyka ko‘rsatkichidagi uzunligiga aytiladi va u sm.larda
qabul qilinadi. Tajriba 3 ta namunada aniqlanadi va yakuniy natija sifatida ularning
o‘rtacha arifmetik qiymati qabul qilinadi. Bitumning cho‘ziluvchanligi bo‘yicha
sinov olingan natija GOST 22245-90 da berilgan (1-jadval) talablar bo‘yicha bitum
markalari turiga qarab qo‘yilgan talablarga mosligi tekshirladi. Bitumning
cho‘ziluvchanligi_________________sm ga teng.
3.2-jadval
GOST 22245-90
bo‘yicha bitum
markalari
GOST 22245-90
talabi
Cho‘ziluvchanlik,
sm dan kam emas
25 oC da
0 oC da
Aniqlanadigan
bitumning
haqiqiy qiymati
BND 40/60
BND 60/90
BND 90/130
BND
130/200
BND
200/300
45 sm
-
55 sm
3.5 sm
65 sm
4 sm
70 sm
6.0 sm
20 sm
14
Xulosa:
Bajardi:
Qabul qildi:
15
Laboratoriya ishi № 4
Mavzu: Bitumning chaqnash haroratini aniqlash
Bitumning chaqnash va alangalanish harorati Brenken asbobi yordamida
aniqlanadi.
Chaqnash va alangalanish harorati BN markali bitumlar uchun 180 oC dan kam
emas, boshqa turdagi qovushqoq bitumlar uchun 200 oC, o‘rtacha quyuqlanuvchi
(SG) va sekin quyuqlanuvchi (MG) sinflariga kiruvchi suyuq bitu mlar uchun 65120 oC gacha bo‘ladi.
4.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
bitum
2
Brenken asbobi
3
termometr
4
sekundomer
5
gugurt
6
gaz gorelkasi
Nomi
Rasmi
16
1 – ustun (shtativ);
2 – termometrni ushlovchi tayanch;
3 – termometr;
4 – bitum quyiladigan idish (po‘lat tigel);
5 – qumli hammom (po‘lat tigel);
6 – o‘t oldirish naychasi (gorelka).
7 – po‘lat tigelni ushlovchi tayanch.
4.1.-rasm. Brenken asbobi
Sinovga tayyorgarlik
Qum solingan tigel (d=64±1, h=47±1, devori qalinligi 1 mm) ning ichiga
o‘rnatilgan kichik tigelga oldindan suvsizlantirilgan va suyultirilgan bitum solinadi.
Bitum tigel qirrasidan 12 mm. pastda bo‘lishi, xuddi shunday qum ham bitum bilan
bir xil balandlikda bo‘lishi lozim. Bitumning yuza qismidan va tigelning tag
qismidan bir xil masofada o‘rtasiga termometr o‘rnatiladi. Qumli tigel va bitumli
tigel devorlari orasida 5-8 mm. qalinlikda qum bo‘lishi kerak.
Sinovni o‘tkazish
BND qovushqoq bitumlar uchun sinovni o‘tkazish usullari GOST 4333
talablari asosida olib boriladi. Bitum avvaliga minutiga 10 oC harorat tezlikda
qizdiriladi. Taxminiy chaqnash haroratiga 40 oC qolganda, isitish tezligi minutiga 4
o
C tezlikda bo‘lishi talab etiladi va bitum harorati har 2 oC ga ko‘tarilganda bitum
yuzasiga olov tutiladi. Olov 2-3 sekund davomida bitum yuzasidan 10-14 mm.
balandlikda gorizontal ravishda tigel chekkasi bo‘ylab sekin aylantirib turiladi.
Olovning uzunligi 3-4 mm. bo‘lishi lozim
Chaqnash harorati deb bitum ustida birinchi yashil olov hosil bo‘lgan vaktdagi
termometr ko‘rsatgan haroratga aytiladi.
Bitumni yonish haroratini aniqlash maqsadida namunani minutiga
4 oC
tezlikda qizdirish davom ettiriladi va harorat har 2 oC ga ko‘tarilganda yuqoridagi
olov berish harakatlari takrorlanadi.
Yonish harorati deb, namuna ustiga olov tutilganda u yonib ketishi va yonishi
5 s dan ko‘p davom etgandagi termometr ko‘rsatgan haroratga aytiladi. BND
bitumlar uchun chaqnash va alangalanish haroratiga qo‘yilgan texnik shartlar GOST
22245 berilgan (1-jadval).
17
4.2-jadval
GOST 2224590 bo‘yicha
bitum
markalari
GOST 2224590 talabi
Chaqnash
harorati, oC
dan kam emas
Aniqlanadigan
bitumning
haqiqiy
qiymati
BND 40/60
BND 60/90
BND 90/130
BND
130/200
BND
200/300
230
230
230
220
220
Xulosa
Bajardi:
Qabul qildi:
18
Laboratoriya ishi № 5
Mavzu: Bitumning marmarga yoki qumga yopishuvchanligini aniqlash.
Qovushqoq bitumning marmar yoki qum yordamida ikki xil yopishqoqligi
aniqlanadi: a) Suv ta’siridagi “Passiv yopishqoqlik” va b) Suv ishtirokida “Aktiv
yopishqoqlik”.
5.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
Nomi
Rasmi
bitum
2
diametri № 0,7, 2 va 5 mm.li
elaklar
3
4
5
temir qoshiq
distillangan suv
filtr qog‘ozi
6
oq marmar
7
qum
8
diametri 32 mm.li shisha
probirkalar
9
diametri 110 mm.dan
balandligi 160 mm.dan kam
bo‘lmagan suvli hammom
19
12
issiq saqlovchi materialdan
chexol
diametri 0,25 yoki 0,5 mm.li
setka
quritish javoni
13
laboratoriya tarozisi
10
11
Sinovga tayyorgarlik
Laboratoriya ishi marmar va qum bilan o‘tkaziladi, bunda marmar bilan
alohida, qum bilan alohida tajribalar o‘tkaziladi. Tajribalar o‘tkazish GOST 11508
ga asosan amalga oshiriladi. Marmar maydalanib diametri 5 va 2 mm li elaklardan
o‘tkaziladi. Yuzasi yaltiroq donachalar olib tashlanadi. 5 va 2 mm oraliqdagi marmar
qoldiqlari va o‘lchamlari 0,5-0,8 mm.li qum namunalari distillangan suvda alohidaalohida yuviladi va 105-110 oC haroratda quritish javonida marmar 5 soat, qum 2
soat davomida quritiladi. Bitum namunasi 150 oC haroratgacha qizdirilib oquvchan
holatgacha suyultiriladi, shisha tayoqcha yordamida aralashtirib suvsizlantiriladi va
№ 07 mm.li elakdan o‘tkaziladi.
5.1-rasm. Probirka
5.2-rasm. probirka qo‘yiladigan idish
20
Bitumning passiv yopishqoqligini aniqlash
2 ta shisha probirkaga 30±1 grammdan marmar yoki qum namunalari solinib,
ustiga 1,2±0,01 gramm bitum quyiladi. Probirkalardagi namunalar termostatda
130–140 oC haroratda 20 minut ushlab turiladi. Keyin probirkalarni olib bitum bilan
marmar yoki qumni metall qoshiq yordamida hamma namuna donachalari bitum
bilan bir xilda qoplanguncha aralashtiramiz. Tayyor bo‘lgan qorishmalarni xona
haroratida 20 minut davomida sovutiladi.
Probirkalardagi qorishmalarning yarmi olinib, 0,25 yoki 0,5 mm li setkalarga
bir xil qalinlikda solinadi. Qorishma bilan birgalikda setkalarni stakanlardagi
distillangan qaynoq suvga solinadi, qorishma tagidagi suv balandligi 40-50 mm
bo‘lishi kerak.
Stakandagi suv setkadagi qorishma bilan birgalikda 30 minut davomida sekin
qaynatiladi. Qaynash jaryonida qorishma tarkibidan ajralib suv yuzasiga chiqib
qolgan bitumni filtr qog‘ozi yordamida avaylab olinadi. So‘ngra setkadagi
qorishmani olib 3-5 minut sovuq suvda saqlanadi.
Sovugan qorishmani filtr qog‘oz ustiga to‘kiladi. Bitumning yopishqoqligi
tayyor bo‘lgan namunalarni namunaviy suratlar bilan solishtirib aniqlanadi.
Bitumning aktiv yopishqoqligini aniqlash
3 ta shisha probirkaga 8±0,1 grammdan marmar yoki qum namunalari solinib,
ustiga 10 ml.dan distillangan suv va uning ustidan 0,32±0,01 g.dan bitum quyiladi,
shisha qopqog‘i yopiladi, suvli hammomga o‘rnatiladi va probirkaning suvdan
chiqib turgan qismi ham qizishi uchun stakan bilan yopiladi va 10 minut saqlanadi.
Stakan suvli hammomdagi suvga tegib turishi lozim. Tajriba qovushqoq bitumlar
bilan o‘tkazilganda suvli hammomdagi suv qaynatilishi, suyuq bitumlar uchun esa
suvli hammom harorati 55-60 oC bo‘lishi kerak.
10 minutdan so‘ng probirkalar suvli hammomdan chaqqonlik bilan olinib,
oldindan tayyorlangan issiq saqlovchi chexol bilan o‘raladi va 2 minut davomida
probirkaning o‘qi bo‘ylab minutiga 140-160 marta aylantirib aralashtiriladi. Tayyor
bo‘lgan namunalar shisha plastinkalar ustiga to‘kiladi.
Bitumning yopishqoqligi tayyor bo‘lgan namunalarni GOST 11508 da
berilgan namunaviy suratlar bilan solishtirib aniqlanadi.
21
1. Bitum marmar yoki qumni to‘liq qoplagan hol.
2. Bitum marmar yoki qumni ¾ qismini qoplagan hol.
3. Bitum marmar yoki qumni ¾ qismidan kam qismini qoplagan hol.
22
Xulosa:
Bajardi:
Qabul qildi:
23
Laboratoriya ishi № 6
Mavzu: Bitum tarkibidagi suv miqdorini va suyuq bitumning shartli
qovushqoqligini aniqlash
Suyuq bitumning qovushqoqligini aniqlashda viskozimetr asbobidan
foydalaniladi va sinov usullari GOST 11503 ga binoan olib borladi. Bunda sinov
harorati 60 oC bo‘lgan 50 ml. bitumning silindrning tagidagi 3-5 mm.li teshikdan
o‘tish vaqtiga qarab belgilanadi va shartli ravishda S560 tarzida belgilanadi.
6.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
Nomi
bitum
2
Viskozimetr asbobi va 100
ml. shkalali shisha silindr
3
2 ta termometr
4
sekundomer
5
№ 07 elak
6
benzin
Rasmi
24
Sinovga tayyorlash
Oquvchan holatgacha qizdirib suvsizlantirilgan bitum № 0,7 mm li elakdan
o‘tkaziladi va havo pufakchalari yo‘qolguncha aralashtirladi. Sinovdan oldin bitum
balandligi 15-20 mm.li yangi qizdirilgan yirik kristalli tuz yoki kalsiy xlorid
yordamida filtrlab suvsizlantirilishi lozim.
Viskozimetr silindrining ichki qismi va sharikli klapan benzin bilan artiladi
va quritiladi, silindrning oqim teshigi sharikli klapan bilan yopiladi va tagiga
shkalali shisha silindr qo‘yiladi. Viskozimetr suvli hammomi 61-62 oC suv bilan
to‘ldiriladi va termometr yordamida kuzatilib, zarurat bo‘lsa qizdirish yo‘li bilan
harorat ushlab turiladi. Hammomdagi suv harorati bir xilda bo‘lishi uchun
aralashtirib turiladi.
1- bitumli silindr;
2-termometr;
3- suvli hammom (d=160, h=100 mm);
6.1.-rasm. Standart viskozimetr asbobi
Sinov o‘tkazish
Tayyorlangan bitum xona haroratigacha sovutiladi va kamida 1 soat saqlab
turiladi. Sinov o‘tkazish uchun harorati 62-63 oC gacha qayta qizdirib viskozimetr
silindriga qo‘yiladi va termometr bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bitum harorati
60±0,5 oC ga kelganda avval termometr va so‘ngra klapan olib tashlanadi va bitum
tagidagi shisha silindrga devorlariga tekkizmay quyiladi. Bitum shisha silindrning
25 ml. ko‘rsatgichiga kelganda sekundomer ishlatilib va 75 ml.ga yetganda
to‘xtatiladi.
Suyuk bitumning shartli qovushqoqligi sekundlarda 60 oC haroratli 50 ml.
bitumning 5 mm teshikdan oqib tushgan vaqtiga tengdir. Tajriba ikki marta takror
o‘tkazilib, natijalarining o‘rtacha qiymati olinadi. Bunda natijalar farqi
qovushqoqlik 40 sekundgacha bo‘lganda 2 sekunddan oshmasligi, qovushqoqlik 40
sekunddan yuqori bo‘lganda kichik qiymatning 10% dan oshmasligi lozim. Tajriba
natijalaridan olingan qiymatlarni Suyuk bitumlar uchun texnik shartlar GOST
11955 ga binoan tekshirladi (1-jadval).
25
6.2-jadval
GOST 11955-82
bo‘yicha suyuq bitum
markalari
SG 40/70
MG 40/70
MGO 40/70
SG 70/130
MG 70/130
MGO 70/130
SG 130/200
MG 130/200
MGO 130/200
40-70
70-130
130-200
GOST 11955-82
bo‘yicha suyuq bitum
markalari, S560, sekund
Aniqlanadigan
bitumning haqiqiy
qiymati
Xulosa:
Bajardi:
Qabul qildi:
26
Laboratoriya ishi № 7
Mavzu: Emulsiyaning qovushqoqligi va bir xilligini aniqlash
Bitumli emulsiyalar xaqida umumiy ma’lumotlar
Bitum yoki qatron va suvdan tashkil topgan suyuq material emulsiya deb
ataladi. Emulsiyalar mineral materiallar yuzasida tez yoyilishi bilan organik
mahsulotni 30 % gacha tejash imkonini beradi.
Bitum va qatron emulsiyalari muhit tuzilishiga ega bo‘lib, suv va bitum
(qatron) zarrachalari esa faza ro‘lini bajaradi. Yo‘l emulsiyalarida bitum (qatron)
tahminan 1mk kattalikda bo‘lib, muhit tuzilishining 50-60 % ni tashkil etadi. Agar
ularni miqdori 70 % bo‘lsa bunday emulsiya yuqori konsentratsiyali emulsiya
deyiladi. Bitum (qatron) qutubsiz modda bo‘lib, qutibni suyuqlikda (suvda)
erimaydi. Shuning uchun ularsiz suv bilan kalloid muhit tuzilishini hosil qiladi.
Emulsiyalar neftni qayta ishlash natijasida olingan BND 90/130, BND 130/200
va BND 200/300 markali bitumlardan tayyorlanadi.
Emul’siyalar 50-60 % neft bitum, 0,6-1,6 % emulgator, 0,04-0,25 % ishqor tuzi
(emulgatorning tarkibiga bog‘liq ravashda) va 38-49 % suvdan iborat bo‘ladi.
Organik bog‘lovchilar bilan suvning o‘zaro aralashib ketishi va barqaror bo‘lib
turishi uchun emulgator deb ataluvchi anion va kation faollashtirilgan birikmalar
qo‘llanadi.
7.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
Nomi
bitum
2
Quritish jovoni
3
Texnik tarozi
Rasmi
27
4
№ 0,14 elak
5
Eksikator
6
110-120 mm o‘lchamli shisha
voronka
7
Shisha tayoqcha
8
250 ml hajmli stakan 2 l
hajmli idish
9
Shtativ
10
Ishqor yoki kislota
aralashmasi
Ditsillangan suv
Kerosin
11
12
28
Emulsiyaning qovushqoqligi va bir xilligini aniqlash
1-qism Emulsiyaning bir xilligini aniqlash
Sinovga tayyorgarlik
dastlab ishqor yoki kislotaning suv bilan 1 % li aralashmasi tayyorlanadi. Elak
ketma-ketlik bilan benzin yoki kerosinda, so‘ng suv va yuvish vositasida,
ditsillangan suvda yaxshilab yuviladi, keyin quritilib xona xaroratida quritiladi. Elak
250 ml hajmli idish ustiga o‘rnatiladi va 0.01 g aniqlikda tortib olinadi. So‘gnra
elakning o‘zini olib anionli emulsiyalar uchun ishqor aralashmasi bilan, kationli
emulsiyalar uchun kislota aralashmasi bilan yaxshilab artilib, shisha voronka ustiga
o‘rnatiladi va birgalikda shtativga joylashtirib mahkamlanadi. Voronka ostiga hajmi
2 l dan kam bo‘lmagan idish qo‘yiladi. 250 ml hajmli shisha stakanga oldingan
aralashtirilgan emulsiyadan 200 g, 0.01 g aniqlikda tortib olinadi.
Sinovni o‘tkazish
Shisha stakanga tortib olingan emulsiyani sochilib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan,
bir tekisda, uzluksiz elakdan o‘tkaziladi. Kationli emulsiyalarni elakdan o‘tkazishda
bir vaqtning o‘zida ishqor aralashmasi ham quyib turiladi. Anionli emulsiyalarni
elakdan o‘tkazishda esa bir vaqtning o‘zida kislota aralashmasi quyib turiladi.
Emulsiyadan bo‘shagan shisha stakan va shisha tayoqcha ishqor yoki kislota
aralashmasi bilan yuvilib, elakka quyiladi.
Elakgda qolgan qoldiq ham ishqor yoki kislota aralashmasi bilan yaxshilab
yuviladi.
Shundan so‘ng elakni sinovga tayyorgarlik paytida birgalikda tortilgan 250 ml
hajmli idish ustiga o‘rnatilib, birgalikda 105-110 K haroratda doimiy og‘irlikgacha
quritiladi va 0.01 g aniqlikgacha tortib olinadi.
Sinov natijalariga ishlov berish
Emulsiyaning bir xilligi elakda qolga qoldiq H bilan belgilanadi 0.01 %
aniqlikda quyida keltirilgan formula asosida hisoblanadi.
H=((G2- G1)/ G3)100
bu yerda:
G1- elak va idishning birgalikdagi og‘irligi
G2 - elak, qoldiq va idishning birgalikdagi og‘irligi
G3 - emulsiyaning og‘irligi
Emulsiyaning qovushqoqligi va bir xilligini aniqlash
2-qism Emulsiyaning qovushqoqligini aniqlash
Emulsiyaning shartli qovushqoqligi 50 ml emulsiyaning 3 mm diametrli
teshikdan oqib tushish vaqti bilan tavsiflanadi.
29
7.2-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
Nomi
Viskozimetr asbobi va 100
ml. shkalali shisha silindr
2
termometr
3
sekundomer
4
Shisha stakan
Rasmi
Sinovni o‘tkazish
Emulsiyaning shartli qovushqoqligi, suyuq bitumning shartli qovushqoqligini
aniqlash kabi GOST 11503-74 bo‘yicha, emulsiyaning harorati 20 +/- 2 K bo‘lganda
aniqlanadi.
Emulsiyaning qovushqoqligi va bir xilligini aniqlash
Emulsiyaning qovushqoqligi va bir xilligiga qo‘yilgan talablar (GOST 1865981 bo‘yicha), shartli qovushqoqlik: 35 sekunddan ko‘p bo‘lmasligi kerak bir xillik,
0.14 mm elakdagi qoldiq 0.5 % dan oshmasligi kerak.
30
Xulosa:
Bajardi:
Qabul qildi:
31
Laboratoriya ishi № 8
Mavzu: Organik bog‘lovchilar bilan mustaxkamlangan gruntlardan
namunalar tayyorlash va siqilishga mustaxkamligini aniqlash.
Texnik shartlar - GOST 30491-2012
Sinash uslubi - GOST 12801-98
8.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
Nomi
Rasmi
Namuna tayyorlash
uchun qoliplar
2
gidravlik press
3
termometr
4
shtangensirkul
5
tarozi
6
quritish jovoni (200 K
gacha)
32
7
shpatel
8
metal qoziqcha
(namunani qoplipga bir
tekisda joylashtirish
uchun)
Organik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlangan grunt (gost 30491-2012
bo‘yicha ta’rif) - bu oraliq va loyihaviy sifat ko‘rsatkichlarining me’yoriy talablariga
mos keluvchi, organik bog‘lovchilar va aktiv qo‘shimchalarni yoki ularsiz gruntlarni
yo‘lning o‘zida yoki maxsus aralashtiruvchi mexanizmlarda aralashtirib tayyorlab
olingan suniy materialdir.
1-qism: Organik bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan gruntlardan namuna
tayyorlash
Namuna tayyorlash GOST 12801-98 6.2 bandi talablari asosida, silindrik
o‘lchamdagi qoliplarda tayyorlanib amalga oshiriladi.
8.2-jadval
Mineral
donalarini
ng eng
katta
Qoiplar o‘lchami
d
d1
H
h1
h2
h3
h4
δ
δ1
δ2
δ3
δ4
Namun
a yuzasi
sm2
Oddiy
5
50,5
-
130
80
50
-
-
10
-
-
-
-
20
10,15,20
71,4
-
160
100
60
-
-
12
-
-
-
-
40
40
101
-
180
110
70
-
-
12
-
-
-
-
80
Yengillashtirilgan
5
50,5
26,5
130
80
50
65
35
-
10
6
12
25
20
10,15,20
71,4
47,4
160
100
60
80
40
-
10
6
12
25
40
40
101
77
180
110
70
90
50
-
10
6
12
25
80
33
Qoplip turi grunt tarkibidagi eng katta zarracha o‘lchamiga bog‘liq ravishda GOST
12801-98 keltirilgan ushbu jadval asosida tanlanadi.
8.1-rasm. Namuna tayyorlash uchun ichki diametri 50.5, 71.4, 101.0 mm ga teng bo‘lgan
qoliplar
Organik bog‘lovchi bilan mustahkamlangan grunt bir tekista qizdirilgan qolipga
solinadi va ustidan qopipning ustki tiqini o‘rnatilib pressga qo‘yiladi.
Namunalarni zichlash quyidagi yuklanishlar bilan amalga oshiriladi:
- aktiv qo‘shimchalar bilan va ularsiz, organik bog‘lovchilar bilan
mustahkamlangan gruntlar uchun 5-10 sekundda 30,0±0,5 MPa yuklanishga
erishilib, bu yuklanishni 3,0±0,1 min davomida ushlab turib zichlanadi
- organik bog‘lovchilar bilan birgalikda mineral bog‘lovchilar bilan
mustahkamlangan gruntlar uchun 15,0±0,2 MPa yuklanishga erishilib, bu
yuklanishni 3,0±0,1 min davomida ushlab turib zichlanadi. Shundan so‘ng
namunalar qolipdan olinib o‘lchamlari 0.1 mm aniqlikda o‘lchanib tekshiriladi.
O‘lchamlar quyidagi jadval talablariga mos kelishi zarur.
8.3-jadval
Namunaning o‘lchami, mm
Namuna uchun qorishmaning
diametr
balandlik
taxliliy miqdori
50,5
50,5 ± 1,0
220-240
71,4
71,4 ± 1,5
640-670
101,0
101,0 ± 2,0
1900-2000
Namunalar o‘lchamlariga talablar va ularning tahminiy og‘irligi bo‘yicha talablar
keltirilgan GOST 12801-98 5-jadvali
34
Agar namuna o‘lchami yuqorida keltirilgan jadval talablariga javob bermasa
quyidagi formula asosida namuna o‘girligini o‘zgartirish orqali uning o‘lchamlari
talab darajasiga keltiriladi:
G = g0 * ( h / h 0 )
G - namunaning og‘irligi
g0 - dastlabki sinovda olingan namuna og‘irligi
h - namunaning talab qilingan balandligi
h0 - dastlabki sinovda olingan namunaning balandligi
Namunalarni saqlash
Suyuq va qovushqoq organik bog‘lovchi materiallardan, shuningdek aktiv
qo‘shimchalar bilan va ularsiz mustahkamlangan gruntlardan tayyorlangan
namunalar ochiq, xona sharoitida saqlanadi. Tarkibida 4 % dan ortiq mineral
bog‘lovchi bo‘lgan mustahkamlangan gruntlardan tayyorlangan namunalar esa
ma’lum namlikni ta’minlovchi maxsus idish yoki eksikatorda 20±5 °C haroratda
saqlanadi.
Mustahkamlangangruntlardan tayyorlangan namunalar ularning turidan kelib chiqib
tayyorlanganidan quyida keltirilgan muddatlar o‘tganidan so‘ng sinaladi:
organik bog‘lovchilar bilan birgalikda aktiv qo‘shimchalar bilan
mustahkamlangan gruntlardan tayyorlangan namunalar - 7 sutka
organik bog‘lovchilar bilan birgalikda sement bilan mustahkamlangan
gruntlardan tayyorlangan namunalar - 28 sutka
organik bog‘lovchilar bilan birgalikda sekin qotuvchi mineral bog‘lovchilar
(masalan: kul, shlak-ishqorli bog‘lovchilar) bilan mustahkamlangan gruntlardan
tayyorlangan namunalar - 90 sutka
2-qism Organik bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan gruntlarni siqilishga
mustahkamligini aniqlash
8.2-rasm. Siqilishga bo‘lgan mustahkamlikni aniqlash uchun gidravlik press
35
Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik 20 °C , 50 °C haroratlarda namunalarga gidravlik
pressda buzuvchi kuch berish orqali aniqlanadi. Bunda press plitasining ko‘tarilish
tezligi 3,0±0,3 mm/min bo‘lishi zarur.
Namunalarni gidravlik pressda sinash davomida buzuvchi yuklanish qiymati
P yozib olinib quyidagi formula asosida siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi
aniqlanadi:
Rsq = ( P / F )
P - buzuvchu yuklanish qiymati, N
F - namunaning yuklanishni qabul qiluvchi yuzasi, m2
O‘tkazilgan sinov natijalari texnik shartlarda belgilangan (GOST 30491-2012
4- jadval) talablarga solishtiriladi.
Xulosa:
Bajardi:
Qabul qildi:
36
Laboratoriya ishi № 9
Mavzu: Asfaltbeton qorishmasi tarkibini tanlash va hisoblash
1-qism
Asfaltbeton xossalarini aniqlash
Asfaltbeton - shag‘al yoki chaqiqtosh, qum, mineral kukuni va bog‘lovchi
material (bitum)ni maxsus texnologiya asosida qorishtirib va zichlab yotqiziladigan
qurilish ashyosidir.
Shag‘al–pishiq tog‘ jinslarining tabiiy ravishda yemirilishi natijasida vujudga
kelgan va donalari dumaloq materialdir.
Chaqiq tosh – qattiq tog‘ jinsining yirik bo‘laklarini chaqib maydalash yo‘li
bilan olinadigan materialdir. Chaqiq tosh maxsus elaklardan o‘tkazilib, o‘lchami
bo‘yicha ajratiladi. Chaqiq tosh donalari o‘tkir burchakli va sirti g‘adir-budir
bo‘lganligi sababli u qumli qorishmalar bilan yaxshi tishlashadi.
Qum – qattiq minerallarning, asosan, kvarsning sochiluvchan mayda
donalaridan tashkil topadi. Asfaltbeton qorishmasi tarkibining ko‘proq
qismini qum tashkil etib.
Asfaltbeton qorishmalar va asfaltbetonlar mineral tashkil etuvchilarning
turiga bog‘liq ravishda quyidagilarga bo‘linadi:
- chaqiqtoshli, chaqiqtosh, qum, mineral kukun va bitumdan tashkil topadi;
- shag‘alli, shag‘al, qum, mineral kukun va bitumdan tashkil topadi;
- qumli, qum, mineral kukun va bitumdan tashkil topadi.
1. Asfaltbeton qorishmalar qo‘llanilayotgan bitumning qovushqoqligi va
yotqizish paytidagi haroratga bog‘liq ravishda quyidagilarga bo‘linadi:
- issiq, 110 °C dan kam bo‘lmagan haroratda yotqiziladi va qovushqoq va
suyuq yo‘lbop neft bitumlaridan foydalanib tayyorlanadi;
- sovuq, 5 °C dan kam bo‘lmagan haroratda yotqiziladi va suyuq yo‘lbop neft
bitumlaridan foydalanib tayyorlanadi.
2. Asfaltbeton qorishmalar tarkibidagi mineral donalarning eng kata
o‘lchamiga bog‘liq ravishda quyidagilarga bo‘linadi:
- yirik donali, eng kata o‘lchamli zarrachasi
– 40 mm gacha;
- mayda donali, eng kata o‘lchamli zarrachasi – 20 mm gacha;
- qumli, eng kata o‘lchamli zarrachasi
– 10 mm gacha.
3. Asfaltbetonlar qoldiq g‘ovaklik kattaligi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
- yuqori zichlikdagi, qoldiq g‘ovakligi – 1,0 % dan 2,5 % gacha;
- zich, qoldiq g‘ovakligi
– 2,5 % dan 5,0 % gacha;
- g‘ovak, qoldiq g‘ovakligi
– 5,0 % dan 10,0 % gacha;
- yuqori g‘ovaklikdagi, qoldiq g‘ovakligi – 10,0 % dan yuqori.
37
4. Chaqiqtosh va shag‘alli issiq qorishmalar va zich asfaltbetonlar tarkibidagi
chaqiqtosh (shag‘al) miqdoriga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
- A tur, chaqiqtosh (shag‘al) miqdori – 50 % dan 60 % gacha;
- B tur, chaqiqtosh (shag‘al) miqdori – 40 % dan 50 % gacha;
- V tur, chaqiqtosh (shag‘al) miqdori – 30 % dan 40 % gacha.
Asfaltbeton qorishmasi tarkibini tanlash va hisoblash (2-qism, mineral
qism tarkibini hisoblash)
Asfaltbeton mineral qismining donadorlik tarkibini aniqlash
1. Berilgan turdagi asfaltbeton qorishmasi mineral qismining donadorlik
tarkibi GOST 9128 (4, 5-jadvallar) talablariga muvofiq bo‘lishi zarur.
2. Mavjud materiallardan (chaqiqtosh yoki shag‘al, qum va mineral kukun)
mineral qism tarkibini tanlash 5 mm dan katta bo‘lgan (chaqiqtosh yoki shag‘al
donalari) va 0,071 mm dan kichik bo‘lgan (maydalangan mineral kukun
zarrachalari) fraksiyalar miqdoriga me’yoriy chegaralarni o‘rnatishdan boshlanadi.
Masalan, mayda donali B tur qorishma uchun 5 mm dan katta bo‘lgan
fraksiyalar me’yoriy chegara 40–50 %, 0,071 mm dan kichik bo‘lgan fraksiyalar
uchun esa 6–12 % ni tashkil qiladi (5-jadvalga qarang).
3. Har doim mavjud chaqiqtosh (shag‘al) tarkibida 5 mm dan katta va kichik
zarrachalar, mineral kukun tarkibida esa 0,071 mm dan katta va kichik zarrachalar
bo‘ladi. Shu sababdan chaqiqtosh (shag‘al) tarkibidagi 5 mm dan katta zarralar va
mineral kukun tarkibidagi 0,071 mm dan kichik zarralarning haqiqiy miqdori 100 %
dan kam bo‘ladi.
4.3-bandda bayon etilganlarni hisobga olib chaqiqtosh (shag‘al) va mineral
kukun miqdori uchun me’yoriy chegaralarni hisoblash zarur.
Masalan, mavjud chaqiqtosh tarkibida 10 % miqdorda 5 mm dan kichik
zarralarga, mineral kukun esa 20 % miqdorda 0,071 mm dan katta zarralarga ega.
Bunda B turdagi qorishmalar uchun hisobiy chegaralar quyidagiga teng bo‘ladi:
Chq = 100x40/90 = 44,4% Chy = 100 x 50/90 = 55,6 %
MKq = 100 x 6/80 = 7,5 % MKy = 100 x 12/80 = 15,0 %,
Bu yerda: Chq, Chy, MKq, MKy – 5 mm dan katta (chaqiqtosh) va 0,071 mm
dan kichik (mineral kukun) zarrachalar miqdorining quyi va yuqori chegaralari,
mineral qism massasi bo‘yicha, %.
O‘z-o‘zidan og‘irlik bo‘yicha qumning miqdorini Q quyidagi formula
bilan hisoblash mumkin, %:
Q = 100 – Ch – MK (1)
Mineral qism tarkibining mumkin bo‘lgan variantlari quyidagi tarzda olish
mumkin. Chaqiqtosh (shag‘al) va mineral kukun miqdorining hisobiy chegaraviy
38
qiymatlari intervalini bir nechta qadamga bo‘lamiz. Masalan, 4-bandda keltirilgan
hisobiy chegaralar uchun komponentlar miqdorining hisobiy qiymati quyidagilarga
teng bo‘ladi:
∆ Ch = (55,6 – 44,4) / 2 = 5.6%;
∆ MK = (15,0 –7,5) / 2 = 3.75%;
1. Ch = 44,4%,
1. MK = 7,50%;
2. Ch = 50,0%
2. MK = 11,25%;
3. Ch = 55,6%.
3. MK = 15,00%.
Yuqorida topilgan chaqiqtosh va mineral kukunning hisobiy qiymatlari
mineral qism tarkibini ifodalovchi 3x3=9 kombinatsiyasini tuzish imkonini beradi.
Qumning miqdori (1) formula orqali aniqlanadi.
5. Mineral qismning har bir optimal tarkibi tanlash quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
– mineral qism donadorlik tarkibining har bir variant uchun hisoblashlarni
bajaramiz (5-jadvalga qarang). Buning uchun:
a) donadorlik tarkib komponentlarini (chaqiqtosh yoki shag‘al, qum, mineral
kukun) elakdan to‘liq miqdor ko‘rinishida ifodalaymiz, og‘irlik bo‘yicha %;
b) har bir komponentning to‘liq elakdan o‘tgan miqdorini uni qorishma
tarkibidagi og‘irlik birligida ifodalangan miqdoriga ko‘paytiramiz;
d) har bir elakdagi barcha komponentlarni to‘liq elakdan o‘tgan miqdorini
qo‘shamiz;
– har bir variant uchun olingan donadorlik tarkibni fraksiya miqdorlariga
qo‘yilgan chegaraviy talablar bilan solishtiramiz va donadorlik tarkibi egriligini
tegishli chegaraviy egrilar grafigiga chizamiz;
– olingan natijalarni tahlil qilib donadorlik tarkibi egriligi chegaraviy
egriliklar sohasida yotmaydigan variantlarni chiqarib tashlaymiz;
– qolgan har bir mineral qism tarkibi variantlari uchun to‘kma holatida
eksperimental tarzda zarrachalar orasidagi g‘ovaklikni aniqlaymiz (12-jadval).
6. Mineral qism tarkibining eng maqbul varianti sifatida eng kam zarralar
orasidagi g‘ovaklikka ega bo‘lgan va ushbu ikki shartni qanoatlantirgan variant
qabul qilinadi: donadorlik tarkibi berilgan sohaga tushishi va yuqori zichlikka ega
bo‘lishi (eng kam g‘ovaklikka ega bo‘lishi). Agar bir nechta raqobatdosh variantlar
mavjud bo‘lsa, unda bitum tarkibini aniqlashda maqbul tanlov amalga oshiriladi.
12-jadval
Mineral qism tarkibi variantlariga misol
(6-bo‘lim 2-5 bandlari ma’lumotlari asosida)
9.1-jadval
Variant t/r
Komponentlar miqdori, og‘irlik bo‘yicha %.
Chaqiqtosh(shag‘al) Mineral kukun
qum
1
44,4
7,50
48,1
2
44,4
11,25
44,35
3
44,4
15,00
40,60
39
4
50,0
7,50
42,5
5
50,0
11,25
38,75
6
50,0
15,00
35,00
7
55,6
7,50
36,9
8
55,6
11,25
33,15
9
55,6
15,00
29,4
Mineral qism tarkibi variantlariga misol
Xulosa
Bajardi:
Qabul qildi:
40
Laboratoriya ishi № 10
Mavzu: Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash
Texnik shartlar - GOST 9128-2013
Sinash usullari - GOST 12801-98
Ishning maqsadi:
Namunalar tarkib tanlash jarayonida yoki yotqizilgan qoplamalar sifatini
tekshirish maqsadida tayyorlanadi.
Tarkib tanlash jarayonida tayyorlangan namunalarning fizik mexanik xususiyati
aniqlanib ularni GOST talabiga solishtir
gan holda tanlanayotgan tarkibga
aniqlik kiritiladi. Yotqizilgan qoplama sifatini baholash jarayonida tayyorlangan
namunalarning aniqlangan fizik-mexanik xususiyatlari qoplamadan olingan
kernlarning xaqiqiy xususiyatlariga solishtirib qoplamaning sifatiga baho beriladi.
10.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
Nomi
Rasmi
Asfaltbeton qorishmasini
tayyorlash uchun maxsus
qorishtirgich.
1
Namuna tayyorlash
uchun qoliplar
2
gidravlik press
3
termometr
41
4
shtangensirkul
5
texnik tarozi
6
quritish jovoni (200 K
gacha)
7
shpatel
8
metal qoziqcha
(namunani qoplipga bir
tekisda joylashtirish
uchun)
Ish tartibi
Chaqiqtosh, qum va mineral kukunlar quritilgan bo‘lishi hamda
bitum qizdirib suvsizlantirilgan bo‘lishi lozim.
Loyihalangan tarkibda va miqdorda olingan mineral to‘ldiruvchi
(material)lar idishga solib isitiladi va talab qilingan miqdordagi bitum ma’lum
haroratgacha isitish manbaida qizdirilgan holda qo‘shiladi.
Mineral to‘ldiruvchilar qorishmasi bitum bilan aralashtiriladi, bir xil
rangdagi qora massa hosil bo‘lgandan keyin ushbu qorishmadan namunalar
tayyorlanadi. Namunaning o‘lchami va miqdori gost 12801 ga binoan bo‘lishi
kerak (4-tablitsa).
42
Qorishma
mineral
qismidagi eng
kata zarracha
o‘lchami, mm
Sinov turi
Namunalar o‘lchami, mm
diametri
balandlik
10.2-jadval
Namuna
tarkibidagi
qorishmaning
taxminiy
miqdori. gr
Siqilishga bo‘lgan
mustahkamlikni, suv
shimuvchanlik
va
ko‘pchishni (quruq
va suv shimigan
holatida) aniqlash
5
50,5
50,5±1,0
220-240
10, 15, 20
71,4
71,4±1,5
640-670
40
101,0
101,0±2,0
1900-2000
Sovuq qorishmalar
uchun
zichlanish
(слеживаемость)ga
sinash
5, 10, 15
71,4
60±1,0
440-460
Olinadigan namunalarning o‘lchami va miqdori
Qorishma tayyorlangandan keyin 30 minut o‘tgach namunalar
tayyorlana boshlanadi. Qolip va uning vkladishlari 90-100 C gacha isitiladi va
yog‘lanadi. Keyin gidravlik pressning maxsus tagligiga pastki vkladish o‘rnatiladi
va ustiga qolip o‘rnatilib, qolipga oldindan tayyorlangan qorishma 650 g qorishma
solinadi.
10.1-rasm. Qolipga qorishma solish jarayoni
Qolipga qorishma solinadi, so‘ngra ustki vkladish kiydiriladi. Pressning
ustki plitasi ustki vkladishga tekkuncha tushiriladi, elektro dvigatel yoqiladi va
siquvchi kuch 40 MPaga yetkaziladi so‘ngra 3 minut shu kuch ostida ushlab
turiladi.
Keyin gidravlik press o‘chirilib qolip namuna chiqaruvchi uskuna ustiga
qo‘yiladi va press yordamida namunalar qolipdan chiqarib olinadi hamda
namunaning balandligi 0,1 mm. aniqlikkacha shtangen sirkul yordamida
o‘lchanadi.
43
Namunaning balandligi diametriga teng bo‘lishi lozim. Agar namunaning
balandligi kichik bo‘lsa, bu namuna qorishmasining kerakli hajmda
bo‘lmaganligini anglatadi.
Bunday holda namunaga qo‘shimcha qorishma qo‘shib qayta
zichlanadi.Namunaga qo‘shiladigan qo‘shimcha qorishmaning massasi quyidagi
formula orqali aniqlanadi:
m  m0
h
h0 ,
Bu yerda:
m0 – namunaning majud massasi (gr.);
h - namunaning kerakli balandligi (diametriga teng bo‘ladi) (mm);
h0- namunaning mavjud balandligi.
Xulosa:
Bajardi:
Qabul qildi:
44
Laboratoriya ishi № 11
Mavzu: Asfaltbetonning haqiqiy zichligini, hajmiy og‘irligi va suv
shimuvchanligini aniqlash
1) Asfaltbeton qorishmasining haqiqiy zichligi hisob va piknometr
usullari bilan aniqlanadi
Texnik shartlar - GOST 9128-2013
Sinash usullari - GOST 12801-98
Hisob usulidan asfaltbeton tarkibini hisoblashda foydalaniladi.
Piknometr (tajriba) usulidan asfaltbeton tarkibini loyihalashdagi kabi yo‘l
qoplamasidan o‘yib olingan yoki qorishtirgichdan olingan asfaltbeton
qorishmasining mustahkamligini aniqlashda foydalaniladi.
Hisob usuli bilan asfaltbeton qorishmasining haqiqiy zichligini aniqlash
qorishma tarkibiga kiruvchi mineral to‘ldiruvchilarning va bog‘lovchi
materiallarning taxminiy belgilangan haqiqiy zichliklari hamda qorishma tarkibidagi
miqdorlariga asoslangan holda aniqlanadi.
Haqiqiy zichlik 10 kg/m3 aniqlikkacha quyidagicha aniqlanadi:
ρab = qm+qv / ((qm/ρ0) + (qv/ρv))
bu yerda:
qm - mineral to‘ldiruvchilarning qorishma tarkibidagi miqdori, % (100%
hiobida qabul qilinadi);
qv – bog‘lovchi materialning qorishma tarkibidagi miqdori, % (100% mineral
to‘ldiruvchilardan tashqari);
r0 – mineral to‘ldiruvchilarning haqiqiy zichligi, g/sm3;
rv – bog‘lovchi materialning haqiqiy zichligi, g/sm3.
Mineral to‘ldiruvchilarning haqiqiy zichligi hisoblash yo‘li bilan hamda
chaqiqtosh, qum va mineral kukunlarning taxminiy belgilangan zichliklari hamda
qorishma tarkibidagi miqdorlariga asoslangan holda aniqlanadi.
Mineral to‘ldiruvchilarning haqiqiy zichlikgi 10 kg/m3 aniqlikda quyidagi
formula yordamida aniqlanadi.
ρ0 = 100 / (q1/ρ1 + q2/ρ2 + q3/ρ3 + ….. + qn/ρn)
bu yerda:
q1; q2, ... qn – qorishmadagi alohida mineral to‘ldiruvchilarning hajmiy
miqdori, %;
ρ1, ρ2, ... ρp - qorishmadagi alohida mineral to‘ldiruvchilarning haqiqiy
zichligi, g/sm3.
45
Piknometr usuli bilan asfaltbetonning haqiqiy zichligini aniqlash.
Bunda maxsus ivituvchi moddalar qo‘shilgan distillangan suv ishlatiladi
(ivituvchi moddalarni yumshatish uchun ishlatiladi, yumshatuvchi moddalar
distillangan suv bilan 1:1 nisbatda 50 % li aralashma holida ishlatiladi).
250 yoki 500 sm3 hajmli o‘lchov kolbalari,
texnik tarozi, vakuum asbob, termometr,
yuvish uchun kolba.
Zaruriy jihozlar:
Ish tartibi
Piknometr usulida asfaltbeton qorishmasining o‘rtacha namunasi yoki yo‘l
qoplamasidan o‘yib olingan namunalar 10 mm.dan katta bo‘lmagan holda
maydalanadi va 0,01 g aniqlikda 50-200 gr miqdorda ikki bo‘lak namuna tortib
olinadi.
Hajmi 250 yoki 500 ml bo‘lgan toza va quruq kolba taroziga tortiladi, keyin
kolba belgisigacha 1 litr suvga 15 g 50% li aralashma qo‘shilgan
20±2 0C
haroratli distillangan suv bilan to‘ldirib, ushbu haroratda 30 minut saqlanadi va
tortiladi. Tortishdan avval suvning belgidan kamaymaganligi tekshiriladi, zarur
bo‘lsa qo‘shimcha suv quyiladi.
Keyin suvni to‘kib tashlanadi va kolba quritiladi. Har bir tortib olingan
namunani quruq kolbaga solinadi va ustiga 0,4 g (30 tomchi) 40 % li aralashma
qo‘shiladi, so‘ngra kolbaning 1/3 qismigacha 1 litr suvga 15 g 50 % li aralashma
qo‘shilgan 20±2 0C haroratli distillangan suv quyiladi va aralashtiriladi. Kolbani 1
soatga vakuumga qo‘yiladi, bunda vakuum priborning bosimi 20*102 Pa.dan
oshmasligi lozim. Keyin kolbani belgisigacha 1 litr suvga 15 g 50% li aralashma
qo‘shilgan 20±2 0C haroratli distillangan suv bilan to‘ldiriladi va ushbu haroratda 30
minut saqlangach o‘lchanadi. Tortishdan avval suvning belgidan kamaymaganligi
tekshiriladi, zarur bo‘lsa qo‘shimcha suv quyiladi.
Asfaltbetonning yoki yo‘l qoplamasidan o‘yib olingan namunaning haqiqiy
zichligi 10 kg/m3 aniqlikda quyidagi formula bilan aniqlanadi:
 х. з 
m0   ис
m0  m1  m2
gr/sm3
Bu yerda: m0 - namunaning og‘irligi, gr; m1 - suvli kolbaning og‘irligi, gr;
m2 - kolbaning namuna va suv bilan og‘irligi, gr;
ρis - ivituvchili arashmali suvning zichligi.
Asfaltbetonning xaqiqiy zichligi ikki aniqlashning o‘rtacha natijasi deb
olinadi. Natijalarning farqi 0,01 g/sm3 dan oshmasligi kerak.
46
Asfaltbeton nazorat namunalarining hajmiy og‘irligini aniqlash.
11.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
Nomi
Rasmi
Texnik tarozi
1
namunalar tayyorlash
uchun silindr shaklidagi
qolip
2
gidravlik press
3
suv solish uchun silindr
shaklidagi shisha idish
4
shtangensirkul
5
Termometr
Ish tartibi
Standart shibbalash yo‘li bilan olingan namunaning hajmiy og‘irligi,
asfaltbeton qorishmasining shibbalanuvchanligini xarakterlaydi. Laboratoriyada
tayyorlangan va yo‘l qoplamasidan o‘yib olingan namunalarni gidrostatik tortish
yo‘li bilan og‘irligi o‘lchanadi.
47
Standart usul bo‘yicha tayyorlangan uchta namunani yaxshilab artib
tozalanadi. Namunalar qorishmaning erkin zarralaridan tozalanib, 0,01 gr
aniqlikkacha havoda tortiladi. So‘ngra 20 ℃ haroratli suvda 30 min. saqlanadi va
yaxshilab artib yana havoda tortiladi. Keyin 20 ℃ haroratli suvda tortiladi. O‘rtacha
hajmiy og‘irlik 0,01 gr. aniqlikkacha quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
 х .о 
m0   c
3
m1  m2 , gp/sm
Bu yerda:
m0 - havoda tortilgan namunaning massasi, gr;
m1 - namunaning 30 minut suvda ushlab turgandan keyingi massasi, gr;
m2 - suvda tortilgan o‘sha namunaning massasi gr;
ρ - suvning zichligi (1 gr/sm3).
O‘rtacha hajmiy og‘irlik sifatida uchta bir xil namunalarning o‘rtacha
arifmetik qiymati olinadi.
2) Asfaltbeton nazorat namunalarining suv shimuvchanligini aniqlash
10.2-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
Texnik tarozi
2
vakuum
3
Termometr
Nomi
Rasmi
48
Usulning mohiyati: Asfaltobeton namunasining suv shimuvchanlik
ko‘rsatkichi deb, namunani dastlabki hajmiga nisbatan vakuum sharoitida suvga
to‘yingan miqdoriga (foiz hisobida) aytiladi. Aniqlash quyidagi tartib olib boriladi:
1. Xajmiy massasi aniqlangandan so‘ng asfaltbeton namunalari harorati
(20±2) ℃ bo‘lgan vakuum apparatga joylashtiriladi namuna ustidagi suv sathi 3 sm
dan kam bo‘lmasligi kerak.
2. Namunalar 1330-2000 Pa qoldik bosimda 1,5 soat, so‘ngra bosimni normal
holga keltirib o‘sha haroratda suvda yarim soat saqlanadi.
3. Namunani suvdan olib yumshoq latta bilan artib, 0,01 g aniqlikkacha
havoda va suvda tortiladi.
4. Namunani hajmiy suv shimuvchanlik quyidagicha aniqlanadi:
m  m0
W  3
* 100
m1  m2
Bu yerda:
m0 – quruq namunaning (suvga to‘yinmagan) havodagi og‘irligi, g.;
m1 – namunani 30 min davomida suvda saqlangandan so‘ng havodagi
og‘irligi, g.;
m2 – shu namunani suvdagi og‘irligi, g.;
m3 – suvga to‘yingan (vakuum apparatda) namunaning havodagi og‘irligi, g.
Olingan natijalar gost 9128-2013 talabi bilan solishtirladi.
Xulosa:
49
Bajardi:
Qabul qildi:
50
Laboratoriya ishi № 12
Mavzu: Asfaltbeton nazorat namunalarining siqilishga mustahkamlik
chegarasini aniqlash
Asfaltbetonlarning mexanik xossalari ta’sirida qoplamaning uzoq muddat
xizmat qilishini yuk va transport vositalari xarakterlaydi. Foydalanish sharoitida
qoplamalar siqilish, cho‘zilish va surilish kuchlanishlarning ta’siri ostida bo‘ladilar.
Shu munosabat bilan asfaltbetonlarni siqilish, egilish, cho‘zilish, surilishdagi
mustahkamliklari aniqlanadi.
12.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
Nomi
Rasmi
Namunalarni
tayyorlashdan so‘ng
zavodda (gidravlik
press)
2
simobli termometri
3
filtr qog‘ozi
4
namunalarni
termostatlash uchun 3-5
va 7-8 litrli idishlar
Ish tartibi
1. Sinov usullari bajarishda GOST 12801-98. Stan.dart zichlash yo‘li bilan
tayyorlangan silindrik namuna xona haroratida 15 soat saqlangandan so‘ng 2 soat
davomida havo yoki 1 soat davomida 20 0C va 50 0C bo‘lgan suvli hammomga
joylashtiriladi.
51
2. Ushlab turish muddati o‘tgandan keyin namunalar hammomdan olinib,
namuna tagiga va ustiga zich kartoni bilan pressning tag plitasiga o‘rnatiladi.
3. Yuqori plita namunaga tegar-tegmas qilib qo‘yilgandan so‘ng
mm/min tezlikda yuklama beriladi va shkaladan hisob olinadi.
3
Berilgan haroratda siqilishga bo‘lgan mustahkamlik quyidagi formula
yordamida aniqlanadi:
Rc 
P
S
kg/sm2 yoki MPA
Bu yerda:
P-buzuvchi kuch (yuk).
S-namunaning ko‘ndalang kesim yuzasi, sm2.
Olingan natijalarni Texnik shartlar - GOST 9128-2013 ga solishtiriladi.
Xulosa
Bajardi:
Qabul qildi:
52
Laboatoriya ishi № 13
Mavzu: Asfaltbeton qorishmasi tarkibidagi bitum miqdori va donadorlik
tarkibini aniqlash
Asfaltbeton tarkibidagi bitum miqdorini quyidagicha usullar yordamida
aniqlash mumkun.
 Bog‘lovchini ekstragirlash usuli.
 Bog‘lovchini kuydirish usuli.
 Bog‘lovchini yuuvish yo‘li bilan chiqarib tashlash usuli.
Bulardan keng qo‘llaniladigan usul bu bog‘lovchini kuydirish usulidir.
13.1-jadval
Kerakli jihozlar:
№
1
Texnik tarozi
2
mufelni pech
3
issiqlikka chidamli
keramik yoki metal idish
qisqich
4
Nomi
Rasmi
Sinovga tayyorgarlik
Ikkita idish tortib olinadi, idishlar masasi aniqlangandan so‘ng ularga 300-400
g asfaltbeton qorishmasidan solinib idish va qorishmasidan birgalikdagi og‘irligi
aniqlnadi.
Ish tartibi
Qorishma solingan idishlar mufilniy pechkaga joylashtirilib, pechkaning
harorati (500±10) °C gacha ko‘tarilib, shu haroratda 1,5 soat ushlab turiladi.
Kuydirilgandan so‘ng idishlar pechdan qisqich yordamida olinadi va qalin metal
53
ustida xona haroratigacha sovutiladi. Sovitilganidan so‘ng idish tortiladi va yana
(500±10) °C haroratda 1-2 marta 30 min davomida doimiy og‘irlikkacha kuydirladi.
Sinov natijalariga ishlov berish
Bog‘lovchi miqdori qb % 0,01 aniqlikda quyidagi formula bilan aniqlanadi.
qb =
𝐺1 − 𝐺2
∗ 100
𝐺1 − 𝐺
𝐺1 − kuydirishdan oldingimassasi idish va a/b qorishmasining birgalikdagi
og‘irligi ; g
𝐺2 − kuydirilgandan keyingi massasi idish va a/b qorishmasining birgalikdagi
og‘irligi ; g
𝐺 −idish og‘irligi; g
Olingan natijalarni Texnik shartlar - GOST 9128-2013 ga solishtiriladi.
Xulosa
Bajardi:
Qabul qildi:
54
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar:
1. I.M.Grushko va boshqalar. Dorojno-stroitelnыe materialы, M. Transport, 1991.
2. Z.X.Saidov, T.J Amirov, X.Z. G‘ulomova “Avtomobil yo‘llari: materiallar, qoplamalar,
saqlash va ta’mirlash” – T. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,
2010. – 454 b.
3. I.M. Grushko va boshkalar. Ispыtaniya dorojno-stroitelnыx materialov. (Laboratornыy
praktikum), - M.Transport, 1985.
4. E.K.Kosimov. Qurilish materiallaridan laboratoriya ishlari. - Toshkent, O‘qituvchi, 2005.
5. ГОСТ 11501-78 БИТУМЫ НЕФТЯНЫЕ МЕТОД ОПРЕДЕЛЕНИЯ ГЛУБИНЫ
ПРОНИКАНИЯ ИГЛЫ
6. ГОСТ 22245-90 БИТУМЫ НЕФТЯНЫЕ ДОРОЖНЫЕ ВЯЗКИЕ Технические
условия
7. ГОСТ 11506-73 БИТУМЫ НЕФТЯНЫЕ МЕТОД ОПРЕДЕЛЕНИЯ
ТЕМПЕРАТУРЫ РАЗМЯГЧЕНИЯ ПО КОЛЬЦУ И ШАРУ
8. ГОСТ 11505-75 БИТУМЫ НЕФТЯНЫЕ МЕТОД ОПРЕДЕЛЕНИЯ
РАСТЯЖИМОСТИ
9. ГОСТ 4333 -2021 НЕФТЕПРОДУКТЫ Методы определения температур вспышки
и воспламенения в открытом тигле
10. ГОСТ 11508-74 БИТУМЫ НЕФТЯНЫЕ МЕТОДЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ
СЦЕПЛЕНИЯ БИТУМА С М РАМ ОРОМ И ПЕСКОМ
11. ГОСТ 11503-74 БИТУМЫ НЕФТЯНЫЕ М Е Т О Д О П Р Е Д Е Л Е Н И Я У С Л
О В Н О Й В Я ЗК О С Т И
12. ГОСТ 11955-82 БИТУМЫ НЕФТЯНЫЕ ДОРОЖНЫЕ ЖИДКИЕ
13. ГОСТ 18659-81 ЭМУЛЬСИИ БИТУМНЫЕ ДОРОЖНЫЕ ТЕХНИЧЕСКИЕ
УСЛОВИЯ
14. ГОСТ 30491-2012 СМЕСИ ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫЕ И ГРУНТЫ,
УКРЕПЛЕННЫЕ ОРГАНИЧЕСКИМИ ВЯЖУЩИМИ, ДЛЯ ДОРОЖНОГО И
АЭРОДРОМНОГО СТРОИТЕЛЬСТВА Технические условия
15. ГОСТ 12801-98 МАТЕРИАЛЫ НА ОСНОВЕ ОРГАНИЧЕСКИХ ВЯЖУЩИХ
ДЛЯ ДОРОЖНОГО И АЭРОДРОМНОГО СТРОИТЕЛЬСТВА Методы испытаний
16.
ГОСТ
9128-2013
СМЕСИ
АСФАЛЬТОБЕТОННЫЕ,
ПОЛИМЕРАСФАЛЬТОБЕТОННЫЕ,
АСФАЛЬТОБЕТОН,
ПОЛИМЕРАСФАЛЬТОБЕТОН ДЛЯ АВТОМОБИЛЬНЫХ ДОРОГ И АЭРОДРОМОВ
ТЕХНИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ
Qo‘shimcha adabiyotlar
17. A.G.Komar «Texnologiya stroitelnыx materialov» - M. Stroyizdat, 1990.
18. E.Qosimov “Qurilish ashyolari” Toshkent. 2004.
19. P.N.Popov. Laboratornыy praktikum po predmetu «Stroitelnыe materialы
i detali» - M. Stroyizdat, 1988.
55
Mundarija
Laboratoriya
mashg‘uloti № 1
Qovushqoq bitumga ignaning botish chuqurligini
aniqlash.....................................................................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 2
Bitumni yumshash haroratini
aniqlash......................................................................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 3
Bitumni cho‘ziluvchanligini
aniqlash......................................................................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 4
Bitumning chaqnash haroratini
aniqlash.....................................................................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 5
Bitumning marmarga yoki qumga yopishuvchanligini
aniqlash......................................................................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 6
Bitum tarkibidagi suv miqdorini va suyuq bitumning shartli
qovushqoqligini aniqlash...........................................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 7
Emulsiyaning qovushqoqligi va bir xilligini
aniqlash......................................................................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 8
Organik bog‘lovchilar bilan mustaxkamlangan gruntlardan
namunalar tayyorlash va siqilishga mustaxkamlangan aniqlash
…….............................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 9
Asfaltbeton qorishmasi tarkibini tanlash va
hisoblash....................................................................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 10
Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini
tayyorlash....................................................................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 11
Asfaltbeton qorishmasini xaqiqiy zichligini, hajmiy og‘irligi
va suvga shimuvchanligini aniqlash......................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 12
Asfaltbeton nazorat namunalarining siqilishga mustaxkamlik
chegarasini aniqlash........................................
Laboratoriya
mashg‘uloti № 13
Asfaltbeton qorishmasi tarkibidagi bitum miqdori va
donadorlik tarkibini aniqlash.............................................
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati........................................................................
56
Скачать