6–AMALIY ISH MAVZU: ACL RO`YXATINI SOZLASH (STANDART, EXTENDED) Ishdan maqsad: Ma’lumot uzatish tarmoqlarida qo‘llaniluvchi ACL-ro`yxati tuzish, sozlash va tekshirish qoidalarini tadqiq qilish. Nazariy ma’lumotlar Tarmoq trafigini filtrlash uchun ACL (Access Control List) marshrutizatorning infterfeysida uzatilayotgan paketni o‘tkazishni yoki blokka tushirishni tekshiradi. Marshrutizator har bir paketni tekshiradi va ACL da o‘rnatilgan mezonlarga asosan paketni nima qilish: uzatish yoki tashlab yuborish kerakligini aniqlaydi. ACL ni mezonlari quyidagilar: – trafikni uzatuvchi manzili; – trafikni qabul qiluvchi manzili; – yuqori pog‘ona protokollari. IP ACL – bu IP paketga qo‘llaniladigan rad etish va ruxsat berish xolatlarining ketma – ket buyruqlar to‘plami. Marshrutizator ACL ni shartlariga mos ravishda bittalab paketni tekshiradi. IP ACL ni quyidagi turlari sozlanishi mumkin: – standart ACL; – kengaytirilgan ACL; – dinamik ACL (qulf va kalit); – nomlangan ACL IP – ro‘yxatlar; – refleksif ACL; – proksi – autentifikatsiya; – Turbo ACL. Standart ACL buyrug‘ini ko‘rinishi quyidagicha: 1. Standart ACL (faqat ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar uchun) IP paketlarni uzatuvchi manzili bilan ro‘yxatga kiritilgan manzillarni solishtirish orqali trafikni boshqaradi. Standart ACL ro‘yxatini qabul qiluvchi manziliga yaqinroq joylashtirilishi maqbul hisoblanadi, chunki ushbu trafikning ACL qo‘llaniladigan interfeysidagi boshqa tarmoqlarga yetib borishini oldini oladi. Kirish ro‘yxatlari ramziy nomlar yoki nomerlar bilan belgilanadi: standart: 1 dan 99 gacha; kengaytirilgan: 100 dan 199 gacha. Standart ACL ro‘yxati Router(config)#access-list <ro‘yxat nomeri 1 dan 99 gacha > {permit | deny | remark} {address | any | host}[source-wildcard] [log] permit: ruhsat; deny: rad etish; remark: kirish ro‘yxati bo‘yicha sharx; address: tarmoqqa ruxsat berish yoki rad etish; any: barcha ruxsat yoki rad etish; host: hostga ruxsat yoki rad etish; source-wildcard: WildCard tarmoq maskasi; log: ushbu ACL yozuvidan o‘tadigan paketlarni jurnalga yozishni yoqish. Interfeysga biriktirish Router(config-if)#ip access-group < ACL nomi yoki ro‘yxat nomeri> {in | out} in: kiruvchi yo‘nalish; out: chiquvchi yo‘nalish; access-list access-list-number {permit|deny} {host|source sourcewildcard|any}. Standart ACL (faqat ro`yxatdan o‘tgan mijozlar uchun) IP paketlarni uzatuvchi manzili bilan ro`yxatga kiritilgan manzillarni solishtirish orqali trafikni boshqaradi. Standart ACL ro`yxat bo`yicha tanlangan hostni tarmoqqa kirishiga ruxsat berish 6.1- rasm. Standart ACL ro`yxat bo`yicha tarmoq tuzilishi 6.1– rasmda Hostni tarmoqqa kirishiga ruxsat berilishi ko‘rsatilgan. B tarmoqdagi xost 192.168.10.1 dan A tarmoqqa yo‘naltirilgan barcha trafiklarni qabul qiladi va bir vaqtda boshqa B tarmoqdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan barcha trafiklar rad etiladi. R1 marshrutizatorning jadvali tarmoq xostga qanday kirishga ruxsat berishini ko‘rsatadi. Chiqish ma’lumotlari quyidagicha: – bu konfiguratsiya IP manzili 192.168.10.1 bo‘lgan xostni R1 marshrutizatorga Ethernet 0 interfeys orqali o‘tkazadi; – bu xostda A tarmoqning IP xizmatlariga kirish mavjud; – B tarmoqning boshqa xostlari A tarmoqqa kira olmaydi; – ACL da ruxsat bermaslikning boshqa instruksiyasi sozlanmagan. Har bir ACL ning oxirida noaniq sharoitda deny all (barchani ta’qiqlash) mavjud. Barchasi ruxsat etilmasa, barchasi bekor qilinadi. ACL B tarmoqdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan IP paketlarni, B tarmoqdan chiquvchi paketlardan boshqa barcha paketlarni filtrlaydi. B xostdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan paketlar ruxsat etiladi. ACL ni sozlashni boshqa usuli: access-list 1 permit 192.168.10.1 0.0.0.0. Tarmoqqa tanlangan xostni kirishini ta’qiqlash 6.2 – rasmda B xostdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan barcha trafiklarni o‘tishi bekor qilinadi va shu vaqtda B tarmoqdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan boshqa barcha trafiklarni o‘tishi ruxsat etiladi. 6.2- rasm. Tarmoq tuzilishi Bu konfiguratsiya 192.168.10.1/32 xostdan qabul qilingan barcha paketlarni Ethernet 0 yoki R1 orqali ta’qiqlaydi va boshqa barcha paketlarni qabul qilinishiga ruxsat beradi. Boshqa barcha paketlarga ruxsat berish uchun quyidagi buyruqni ishlatish kerak: access list 1 permit any. Har bir ACL ning ohirida noaniq sharoitda deny all (barchani ta’qiqlash) mavjud. Shartni qo‘yilishi ACL ro`yxatini ishlashi uchun muhim. Agar yozuvni teskari tartibda joylashtirsak, ushbu buyruqda ko‘rsatilganidek, birinchi qator paketning ixtiyoriy uzatuvchi manziliga mos keladi. Shu sababli A tarmoqqa 192.168.10.1/32 xostini kirishini blokka tushira olmaydi. access-list 1 permit any access-list 1 deny host 192.168.10.1 Amaliy ish Standart ACL bo’yicha tarmoq yaratish va sozlash Cisco Packet Tracer dasturida kompyuter, kommutator, router, serverdan iborat tarmoq quriladi. Kompyuterlarga, routerga, serverga IP manzillar beriladi. Serverga hamma kompyuterdan so’rov jo’natib ko’riladi. 6.3- rasm. Tarmoq sxemasi Routerga ACL standart sozlashlarni bajarish uchun quyidagi buyruqlar kiritiladi: Router#conf t Router(config)#ip access-list ? extended Extended Access List standard Standard Access List Router(config)#ip access-list standard ? <1-99> Standard IP access-list number WORD Access-list name Router(config)#ip access-list standard 5 Router(config-std-nacl)# ? <1-2147483647> Sequence Number default Set a command to its defaults deny Specify packets to reject exit Exit from access-list configuration mode no Negate a command or set its defaults permit Specify packets to forward remark Access list entry comment Router(config-std-nacl)#deny host 192.168.1.2 Router(config-std-nacl)#permit any Router(config-std-nacl)#exit Router(config)#int f0/0 Router(config-if)#ip access-group 5 in Router(config-if)#exit Router(config)#exit Router#show access-lists Standard IP access list 5 10 deny host 192.168.1.2 20 permit any Keyin belgilangan kompyuterdan serverga ping so’rov beriladi. Natijada o’sha kompyuterdan serverga so’rov bormaydi: 6.4- rasm. Kompyuterdan serverga ping so’rovi Topshiriq – Standart ACL bo`yicha tarmoq yarating va qoidalar ro`yxati bo`yicha konfiguratsiya sozlamalarini kiriting. – Extended ACL bo`yicha tarmoq yarating va qoidalar ro`yxati bo`yicha konfiguratsiya sozlamalarini kiriting. – Ikkala usul bo`yicha marshrutizator kiritilgan qoidalar ro`yxatini tahlil qiling