Uploaded by kabduxoshimov

11- mavzu din madaniyat fenomeni reja

advertisement
11- Mavzu: DIN MADANIYAT FENOMENI
Reja:
1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojo‘ylik
tushunchalarining ma’nolari tahlili.
2. Qadimgi va milliy dinlar va ularning zamonaviy ko‘rinishlari.
3. Dunyo mamlakatlari va O‘zbekistonda vijdon erkinligi haqidagi qonun
qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati.
Mavzuga oid tayanch so‘zlar.
Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, xudojo‘ylik, milliy din, din
strukturasi, diniy ong, diniy faoliyat, diniy munosabat, diniy e’tiqod, ratsionallik,
vijdon erkinligi, dinning siyosiylashuvi. budda, xinayana, maxayana, vidjrayana,
dzen buddizm, xristianlik, pravoslavie, katolitsizm, protestantizm, konfessiya.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Muratov D., Alimov M., Karimov J., Najmiddinov J., Jo‘raev Sh. Dinshunoslik
(o‘quv qo‘llanma), - “Complex Print” nashriyoti.,Toshkent 2019.
1-savol bayoni: Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojo‘ylik
tushunchalarining ma’nolari tahlilining bayoni: “Dinshunoslik” moduli talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning
umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish hamda diniy bag‘rikenglik
madaniyatini shakllantirishdan iborat.
“Dinshunoslik” dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan
o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
”Dinshunoslik” moduli vazifasi esa - talabalarga hozirgi davrdagi dinlar
haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, davlat va din munosabatlari, dinlararo
bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan
birga dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy ta’siri haqida bilimlar berishdan
iboratdir.
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘lik jarayonlar, dinning inson hayotining turli
jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb
ataladi.
Dinshunoslik sohalari- din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din
psixologiyasi, din falsafasi, din antropologiyasi.
1.Din fenomenologiyasi bu fenomen, namoyon bo‘luvchi, ko‘zga
ko‘rinuvchi narsa bo‘lib, fenomenologiya ko‘zga ko‘rinuvchi narsani sistematik
shaklda o‘rganishdir. Demak, dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi
jihatlarini o‘rganuvchi ilm sohasi “Din fenomenologiyasi” deyiladi.
2.Din sotsiologiyasi bu dinning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlarini o‘rganadi.
Din jamoalarining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida
tadqiq qiladi.
3.Din psixologiyasi bu inson faoliyatiga oid bo‘lgan diniy hayotning turli
jihatlarini psixologik jihatdan o‘rganadi. Dinning inson ruhidagi hatti-harakatlariga
atroflicha to‘xtaladi. Shaxsda din tuyg‘usi va hissining qanday kelib chiqqanligi va
shakllanishini tadqiq qiladi.
4.Din falsafasi bu diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir.
Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tahlilini qiladi, bu dalillarning
qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi. Din falsafasi dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligini o‘rganadi.
5. Din antropologiyasi bu dinlarning inson bilan aloqasining turli jabhalarini
o‘rganuvchi soha. Uning asosi qadimgi miflarga borib taqaladi. Din antropologiyasi
barcha dinlardagi inson haqidagi g‘oyalarni o‘rganib, tizimlashtiradi. Jumladan,
barcha dinlar va diniy tasavvurlarda birinchi odamning paydo bulishi xudo yoki
xudolar tomonidan yaratilish g‘oyasi bilan bog‘lanadi. Masalan, kadimgi Bobilda
yaratilgan “Enum Elish” dostonida dastlabki inson xudolar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan
urushdan so‘ng loy va qondan paydo bo‘lgani, qadimgi Misrdagi afsonalardan birida
esa Xnum nomli iloh odamni kulolchilik charxi yordamida loydan yasagani aytiladi.
Shu bilan birga, islom, xristianlik va yaxudiylik dinlarida ham insoniyat yagona
Xudo tomonidan tuproqdan yaratilgani aytilib, ilk inson Odam yoki Adam deb
nomlanadi. “Tarix otasi” nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan
xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Islom olamida ham dinlarni
o‘rganish buyicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII
asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni ichiga olgan “maqola”lar (keyinchalik
“maqolot”), VIII -IX asrlardan e’tiboran esa boshqa dinlarga “raddiya”lar yozila
boshlangan. Keyingi asrlardan esa “al-Firaq” (Firqalar), “ar-Radd” (Raddiya), “adDiyonot” (Dinlar) va “al-Milal” (Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga
kelgan.
Din yo‘nalishida yozilgan ilk asar bu “al-Aro’ vad-diyonot” (E’tiqodlar va
dinlar) kitobi hisoblanadi. Muallifi Xasan ibn Muso an-Navbaxtiy (vaf. 910 y.)
Keyinchalik Mas’udiy (vaf. 957 y.) o‘zining “ad-Diyonot” (Dinlar), Masbihiy (vaf.
1029 y.) “Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti” (Dinlar va e’tikodlar
vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning (vaf. 1048
y.) “Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin” (Aqlga
maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham
shular sirasiga kiradi.
-“Al-Firaq” (Firqalar) yo‘nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur
Abdulqodir Bag‘dodiyning (vaf. 1038 y.) “al-Farq bayn al- firaq” (Firqalar orasidagi
farq) asari hamda Abul Maoliy Muxammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092 y.)
“Bayn al-adyon” (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.
-“Al-Milal” yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012 y.) “alMilal van-nihal” (Dinlar va xalqlar), Abu Muxammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 1064
y.) “Kitob al-fasl fi-l- milal va-l-axvoi va-n-nihal” (Dinlar, havo va xalqlar hakida
ajraluvchi kitob), Abul-Fatx Muxammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning (vaf.
1183 y.) “al-Milal va-n-nihal” asarlarini sanash mumkin.
-“Ar-Radd” (Raddiya) yunalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini
ko‘rgan. Ularga Imom Fazzoliyning (vaf. 1111 y.) “ar-Radd al-jamil” (Go‘zal
raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821 y.) “Kitob al-asnam” (Butlar kitobi) nomli
asarlarini alohida qayd etish lozim.
Abu Rayxon Beruniyning «al-Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmish
xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», Muxammad ibn Abdulkarim
Shahristoniyning «al- Milal va-n-nihal» («Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm
Andalusiyning «al-Fasl fi-l-milal va-l-axvo va-n-nihal» («Dinlar, adashgan firqalar
va mazxabni ajratish») kabi asarlari, shuningdek, Ibn Nadim (987-988) va Abul
Xasan Omiriy kabilarning tadqiqot ishlari ko‘plab Yevropa tillariga tarjima kilingan
edi. Bu asarlar «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun fundamental manba
bo‘lib xizmat kilgan. Ibn Nadim «Dinshunoslik fani hijriy IV-V asrlarga kelib
mustaqil fan sifatida shakllandi», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib,
aynan shu davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan.
G‘arb mamlakatlarida dinshunoslik fani ko‘pincha nemis tilidagi
«RELIGIONS WISSENSCHAFT» yoki ingliz tilidagi «HISTORY OF
RELIGIONS» kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «Ixvon as-safo» risolalari,
Beruniy va Shahristoniy asarlarida qo‘llanilgan (Dinlar ilmi) yoki (Dinlar tarixi)
atamalarining harfiy tarjimasidir.
Zamonaviy dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi.
G‘arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900)
tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda « Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda
nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli
asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e’tibor
qozongan. U Angliyadagi mashxur Oksford universitetida dinlar tarixidan
ma’ruzalar o‘qigan. O‘zining «Sharqning mukaddas kitoblari tarjima silsilasi»
asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. Myuller va
uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan
va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina yetishish
mumkin, degan fikrni olg‘a surgan. Din tushunchasiga olimlar tomonidan yuzlab
ta’riflar berilgan. Bunda, turli soha va dunyoqarash egalari, o‘z sohalari va
qarashlaridan kelib chiqib dinga ta’rif berishgan. Shu tufayli turfa xil ta’riflar yuzaga
kelgan.
Umuman olganda, olimlar muayyan e’tikod din deb atalishi uchun uch asosiy
xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g‘ayritabiiy
iloh (yoki ilohlar) xakidagi tasavvurning mavjudligi. Xar bir dinda topinish ob’ekti
- Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi. Mavjud dinlardagi Xudo hakidagi tasavvurlarni
shartli ravishda ikkiga - transsendent va immanent ilohlarga bo‘lish mumkin.
Transsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday
aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida
tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo,
yaxudiylikdagi Yaxvelarni keltirish mumkin. Immanent ilohlar deganda esa
tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq
g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega
bulgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson
qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon)
shaklda tasavvur kilinadi. Bunga misol sifatida Kadimgi Misr, Yunon, Rim
sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin.
Ikkinchisi, Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi.
Yukorida aytilganidek xar bir dinda topinish ob’ekta - Xudo bulishi lozim.
Yaratuvchi bilan insonni boglab turadigan ibodat va marosimlar majmui (qurbonlik,
ro‘za, bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi
yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, islom dinida «Namoz
mo‘minning me’roji» (ya’ni Allox taoloning huzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa
xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Mukaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb
hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z
ilohlari bilan bog‘lanadilar.
Uchinchisi esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning
mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy
rasm-rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan
muassasalaridir. Bu, islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - cherkov, seminariya,
yahudiylikda - sinagoga va xokazo.
Din arabcha so‘z ekani barchaga ma’lum. Lekin, din tushunchasini to‘liq
anglab olish uchun, uning xam lug‘aviy, xam istilohiy ma’nolarini alohida-alohida
olib tanishib, tahlil kilish maqsadga muvofikdir. Arab manbalarida qayd etilishicha,
din so‘zi («dana») fe’lidan yasalgan bo‘lib, «kimgadir buysunmoq, bo‘yin egmoq,
itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha
mukofotlamoq»; «diynun» so‘zi esa, «din, imon, ajr- mukofot, qilingan ishga
yarasha berilgan haq» kabi ma’nolarni bildiradi.
O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida «din» - ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk,
hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat
qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi. Islomdan avval turkiy
xalklarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda «darm», «nom» va
«den» kabi so‘zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan «drm», «darm» din, aqida
ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) «dharma» (Pali tilida dhamma); «nom» din
ishonch, qonun ma’nosida sug‘d tilidan kirib kelganligi aytiladi. O‘zbek tilidagi
«din» ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. Jumladan,
zardushtiylarning manbasi «Avesto»da «din» sifatida «daena», qadimgi fors
pahlaviy tilida «den», «din», «dena», «daena» so‘zi ishlatilib, «yo‘l», «mazhab»,
«marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda
qilinadigan «dath» so‘zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin
bo‘lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan. Rus tilida din ma’nosini
anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi borasida lug‘atlarda bir qancha
yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha
«religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik,
mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat-topinishsig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi. Ikkinchi
guruh tilshunoslar «religio» so‘zi semantik, ma’no va morfologik jihatdan
«relegere» so‘zi bilan bog‘lik bo‘lib, «yangidan to‘plamok, yangidan tanlashga
kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi ma’nolarni
anglatadi, deb ta’kidlaydilar.
Dinning jamiyatdagi funksiyalari:
1. Dunyoqarashni shakllantirish, 2. Kompensatorlik, 3. Kommunikativlik, 4.
Regulyativlik, 5. Integrallash - dezintegrallash, 6. Madaniyatni targ‘ib qilish
(kulturotransliruyuщaya), 7. Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash.
1. Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan
aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Diniy
dunyokarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi.
2. Kompensatorlik funksiyasi ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham
turmushning ob’ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish
va ojizlikni to‘ldiradi.
3. Kommunikativlik funksiyasi muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy
bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro
ta’sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
4. Regulyativlik funksiyasi ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l- yo‘riqlar,
stereotip qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va
jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat.
5. Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir
tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar,
ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va
chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion
funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tikod mavjud bo‘lganda amalga
oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofik
bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi
konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi.
6. Madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va
ko‘paytirish, ilmiy- ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
7. Legitimlashtirish-delegitimlashtirish funksiyasi ba’zi jamoat tartiblari, institutlar,
munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki
ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi.
Dinlarni tasniflash
1. Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi)din;
2. Profetik (Payg‘ambarlarga tayanuvchi) din;
3. Mistik (ruhiy olamga yo‘naltirilgan) din.
Ioakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar», «an’anaviy
(rasm-rusumli) dinlar»ga, Gustav Menshing esa «milliy dinlar», «jahon dinlari»
ko‘rinishida ikkiga bo‘ladi. Annemari Shimmel esa dinlarni - ilk-qabilaviy, milliy,
jahon dinlari, deb uchga bo‘ladi.
Islom ulamolari dinlarni, «hak» va «botil» yoki vahiyga tayanuvchi ilohiy
dinlar, vahiyga tayanmaydigan tabiiy dinlar kabi ikkiga bo‘lishgan. Ibn Xazm (vaf.
456/1064) va Shahristoniy (vaf. 548/1183) kabi musulmon tadqiqotchilari, haq
dinlar uchun «milal», botil dinlar uchun esa « «nihal» so‘zlarini ishlatishni ma’qul
deb topishgan.
Dinlarni mintaqaviy tasniflash
1. Qitalarda tarqalishiga ko‘ra Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya
dinlari tarzida tasniflash.
2. Jug‘rofiy mintaqasiga ko‘ra Sharq dinlari va G‘arb dinlari tarzida tasniflash.
Shark dinlariga hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik, daolik va
boshka uzok sharq dinlari kiritiladi. Farb dinlariga yahudiylik, xristianlik va islom
dinlari kiritiladi. Aslida islom dinini Farb yoki Sharq dini deb bo‘lmaydi. U jug‘rofiy
jihatdan Sharqda yuzaga kelib, G‘arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan.
Yahudiylik va xristianlik ham aslida Sharq dinlari bo‘lib, Yakin Sharqda vujudga
kelgan va Farb mamlakatlarida keng yoyilgan.
3. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko‘ra Mesopotamiya dinlari, Suriya
mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onado‘li dinlari, Fors dinlari tarzida
tasniflanadi.
4. Dinlarning mamlakatlar hududlariga ko‘ra Falastin dinlari, Arabiston yarim oroli
dinlari, Meksika dinlari, hind dinlari, Xitoy dinlari, Yapon dinlari tarzida
tasniflanadi.
Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning kuyidagi tasniflari
mavjud:
- tarixiy-geografik jixatga kura;
-etnik jixatga ko‘ra;
- e’tikod kiluvchilarining soniga ko‘ra;
- hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va xokazo.
Bugungi kunda, dinshunoslikka bag‘ishlangan adabiyotlarda asosan qo‘yidagi
tasnif keltiriladi:
1.Primitiv diniy tasavvurlar (urug‘-qabila dinlari) - totemistik, animistik
tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila
boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib
ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda
saqlanib qolgan;
2.Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul
qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga
xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos) kiradi;
3.Jahon dinlari - dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i
nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda buddaviylik,
xristianlik va islom dinlarini kiritadilar.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik - yakkaxudolik
(yahudiylik, islom) va politeistik - ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiychilik) dinlari
va xokazolarga bo‘linadi. Dinshunoslikka oid zamonaviy tadqiqotlarda yahudiylik,
xristianlik va islom dinlarini Ibrohimiy dinlar (Avraamicheskie religii) yoki samoviy
dinlar deb atash ham kuzatilmoqda.
E’tiqod lug‘aviy mazmuniga ko‘ra, qat’iy ishonch degan ma’no beradi. Biroq
e’tiqodning lug‘aviy emas, atamaviy (istilohiy) mazmunini olsak, u juda ko‘p
mazmunli tushuncha ekaniga amin bo‘lamiz. E’tiqod faqat diniy mazmunga emas,
dunyoviy, ya’ni nodiniy mazmunga ham ega.Diniy mazmunda u asosan imonni,
imon talablariga, din farzlari va ahkomlariga og‘ishmay amal qilishni anglatadi.
Dunyoviy mazmunda esa muayyan axloqiy, siyosiy, huquqiy, falsafiy, ilmiy
g‘oyalarga, me’yorlarga qat’iy ishonchni, ularga sodiqlikni, butun kuch-g‘ayrati,
aql-zakovati, irodasini halol yashashga safarbar eta olish, qiyinchiliklardan
cho‘chimaslik, yutuqlardan esankiramaslikni bildiradi. E’tiqod har qanday bilim
emas, balki qat’iy ishonchga aylangan, inson dunyoqarashining tamal toshini hosil
qiluvchi bilimlardir. Bu ilm diniy yoki dunyoviy yoxud ularning ma’lum darajadagi
qorishuvi bo‘ladimi, qat’iy nazar, e’tiqodning mazmunini belgilaydi. Ilmsiz e’tiqod
yo‘q, bo‘lishi mumkin ham emas. Ilmni biz, tafakkur xususiyatlaridan kelib chiqib,
ratsional (aqlga mantiqqa xos) va irratsional (aqlga, mantiqqa unchalik mos
kelmaydigan) ilmlarga ajratamiz. Ratsional ilmning yuksakroq darajasi kundalik
hayotiy tajriba yordamida emas, balki o‘qish, turli fanlar asoslarini o‘rganish, o‘z
sohasiga oid fan yutuqlaridan xabardor bo‘lish orqali shakllanadi. Irratsional ilm
aniq dalillarni noaniq, taxminiy dalillar bilan aralashtirib yuborish, ba’zan
g‘ayritabiiy, xurofot va bid’at, mistika, botil qarashlar va biryoqlama murosasiz
hissiyotga berilish tufayli paydo bo‘ladi. E’tiqodning ilg‘orligi yoki qoloqligi,
insonparvarligi yoki xudbinligi, liberalligi yoki totalitarligi va boshqa ko‘plab
xususiyatlari uning mazmunini tashkil etuvchi ilmga bog‘liq. Ikkilanish va shubha
bilan qaralgan ilm e’tiqod emas. Ilgari inson qattiq ishongan tushunchalarga,
g‘oyalarga nisbatan hayotiy tajribasi, bilimi ortishi, ilm-fan taraqqiyoti natijasida
shubha tug‘ilsa, ular e’tiqod maqomini yo‘qotadi. Islom dinida e’tiqodni «Aqiyda»
so‘zi arabcha «aqada» fe’lidan olingan bo‘lib, bir narsani ikkinchisiga mahkam
bog‘lash ma’nosini anglatadi. Bu so‘zning jami (ko‘plik shakli) «aqoid» bo‘ladi.
Islom aqiydasi musulmon insonni ma’lum bir narsalar bilan mahkam bog‘lab
turadigan e’tiqodlar majmuasidir. Bu ilmning maqsadi – dinga bo‘lgan ishonchni,
diniy aqiydalarni qat’iy dalillar ila isbotlash va ular to‘g‘risidagi shubhalarni rad
qilishdir. Yangi milodiy asrga kelib jahon sahnasida qarashlar, o‘lchovlar,
munosabatlar o‘zgarib ketdi. Hatto «globalchilik, terror, tamaddunlar ixtilofi» degan
yangi atamalar paydo bo‘ldi. Yangi asr kishisining, ayniqsa yoshlarning ongi va
qalbini zabt etish uchun jiddiy kurash boshlandi. Bu yo‘lda butun dunyoni qandaydir
«fobiya»lar bilan qo‘rqitish har qachongidan kuchaydi. Ana shu ixtiloflar to‘fonida
Islom va musulmonlarga «loy sochish» ham avjga mingani kuzatilmoqda. Mana
shunday tahlikali, bezovta zamonda yoshlar o‘zlarini qanday tutishlari, kimga va
nimaga suyanishlari, kimga ergashishlari kerak? Eng avvalo, ulardan aqidada
mustahkam bo‘lish talab etiladi. Mashhur shoirimiz So‘fi Ollohyor «Aqida bilmagan
shaytona eldur, Agar ming yil amal deb qilsa, yeldur», deb bejizga yozmagan.
Odamlar musulmonlik da’vo qilishsayu, mo‘minmiz, deb ko‘krakka urishsayu,
ammo aqidalari, imonlari zaif bo‘lsa oson aldanishadi. Aqida poydevori bo‘sh
zaminga, qiyshiq qilib qurilsa, g‘animlar qalblarini osongina zabt etadi. Uncha jon
koyitmay hidoyat yo‘lidan, haq yo‘ldan adashtirib yuboradi. Islomni kitob o‘qish
bilangina tanimoqchi bo‘lganlar adashishga mahkumdir. Bundaylar silsilaga
mansub bir ustoz ko‘rmay, o‘zlaricha bir necha oyat yo hadisni yodlab olishadi-da,
«ulug‘ olim darajasiga ko‘tarildik», deb o‘ylashadi. Bularning ham haq yo‘ldan
adashib, zalolatga kirib ketishlari oson bo‘lib qoladi. Allakimlar nayrangiga uchib,
ular aqidasini qabul qilgan, haq nima, botil nima – ajratib olganidan keyin iztirob va
nadomatlarda qiynalgan yoshlar borligi ayon. Dunyo hayotidagi tansiq yillarini
xatolar girdobida g‘arq qilib yubormasliklari uchun yoshlarga qarata
Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam): «Diningizni kimdan
o‘rganayotganingizga qarang», degan ko‘rsatmalarini eslatib qo‘yish joiz.
Rasulullohdan (alayhissalom) buyon davom etib kelayotgan olimlar silsilasini ustoz
qilib olganlar aslo adashishmaydi. Bu Ahli sunnat val jamoa tuzib chiqqan va asrabavaylab kelayotgan aqida, e’tiqod va shariat yo‘lidir. Hazrati Abu Hanifadan:
«Kimlar Ahli sunnatga mansub?» deb so‘rashganida, «Ikki shayxni tan olgan, ikki
kuyovni tan olgan va mahsisiga mas’h tortgan Ahli sunnatdandir», degan ekanlar.
Bilishsa, ikki shayx hazrati Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob, ikki kuyov esa
Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib ekanlar. Bundan kelib chiqadiki, kim dinida
mo‘tadil o‘rta yo‘lni olib boraman desa, Islomning to‘g‘ri yo‘ldagi to‘rt xalifasini
tan olib, ular ishini va yo‘lini davom ettirishi hamda shariat hukmlarini og‘ishmay
bajarishi lozim ekan. Turli tafriqalarga bo‘linish, haq yo‘lda adashishlarning yana
bir yo‘li sunnatni tark etish, mazhabsizlik hamda mutaassiblik balosidir.
Islom qonunlarini buzib qo‘yishdan taqvo qilgan o‘tmishdagi buyuk allomalarning
to‘qson to‘qqiz foizi mazhabga sodiq bo‘lgan. Hatto ixtilof avj olgan o‘n to‘rtinchi
asrda yetishib chiqqan Ibn Taymiyya, Ibn Qayyum kabi o‘zgacha fikrlilar ham
chalasavod musulmonlarga faqihlar yordamisiz ijtihodga qo‘l urishni tavsiya
etishmagan. Alloh taolo mo‘min-musulmonlarga shunday xitob qiladi: «Dinlarini
bo‘lib, firqa-firqa qilib olgan kimsalardan (bo‘lmang)! Har bir hizb-firqa faqat o‘z
oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar» (Rum, 32). Payg‘ambarimiz Muhammaddan
(alayhissalom) rivoyat qilingan hadisi sharifda bunday deyilgan: «Mana bu ummat
yaqinda yetmish uch firqaga ajraladi. Yetmish ikkitasi do‘zaxda va bittasi
jannatdadir». «Ey Rasululloh, shu bittasi kim?» deb so‘rashdi. «Ahli sunnat val
jamoa», dedilar» (Imom Termiziy rivoyati). Hazrati Payg‘ambarimizning ummatlari
yetmish uch firqaga bo‘lindi. Yetmish ikki firqa zalolatda qolib halok bo‘ldi. Faqat
to‘rt fiqhiy mazhabni (hanafiy, shofi’iy, molikiy, hanbaliy) birlashtirgan «Ahli
sunnat val jamoa» mazhabi salomatda qolib, najot topdi. Hozir yer yuzidagi jami
musulmonlarning salkam to‘qson uch foizi ana shu haq yo‘ldagi mazhabda turibdi.
Ahli sunnat jamoatidan zarracha ayrilgan kishi islomiyatdan uzoqlashgan bo‘ladi.
Aqoid ilmi o‘z tarixining turli bosqichlarida sharoit va tushunchalardan kelib chiqib
bir necha nomlar bilan atalgan. Dastlabki vaqtda Islomiy ilmlarning barchasi bitta
«Islom» nomi ostida edi. Keyinroq undan har xil ilmlar o‘ziga xos nom bilan ajrab
chiqa boshladi. Aqoid ilmi ham o‘zining oxirgi nomida barqaror bo‘lguncha bir
necha ismlarni almashtirdi. «al-Fiqh-ul-Akbar». Aqoid ilmiga «al-Fiqhul Akbar»
nomini bergan kishi Imomi A’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhdirlar. U kishi
aqoid bo‘yicha bir kitob imlo qilib, uni «al-Fiqhul Akbar» deb nomlaganlar. Bu
kitob chop qilingan. Hanafiylar va boshqalar tomonidan o‘rganiladi. Aslida fiqh
so‘zi bir narsani nozik-nozik joylarigacha aniq va to‘liq fahmlashni anglatadi.
Namoz, ro‘za, oldi-sotdi, boshqa muomalalar kabi amaliy shar’iy hukmlarni aniq va
to‘liq o‘rganuvchi ilmga fiqh deb aytiladi. Shar’iy aqiydaviy ahkomlarni aniq va
to‘liq o‘rganuvchi ilmga esa «al-Fiqh ul Akbar» – katta fiqh, deb aytiladi. Chunki
shu ilm bo‘lmasa, uni tushunib yetilmasa, qilgan amallar ham muroddagidek
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham amaliy fiqh – kichik fiqh, aqiydaviy fiqh – katta fiqh
hisoblanadi.
«Ilm-ul Kalom». Bu ism aqoidning eng mashhur ismidir. Bu ism o‘zidan
oldingi ism, «al-Fiqhul Akbar» ismi bilan bir asrda, ya’ni ikkinchi hijriy asrda zohir
bo‘lgani ko‘rinadi. Chunki bu ism Imom Abu Hanifa va Imom Molik, Imom
Shofe’iy va boshqalardan rivoyat qilingan. Ular o‘z ijtihodlarida ilmi Kalom va
mutakallimlarga tegishli hukmlar haqida bahs yuritganlar. «Ilmi kalom» ismining
ishlatilishiga e’tiqodiy bahslarning eng mashhuri, bahs qiluvchilar o‘rtasida eng
ko‘p nizolarga sabab bo‘lgani va ixtiloflar keltirib chiqargani, Allohning kalomi
haqidagi masala shu ilmda o‘rganilganidandir. «Ilmi Usuliddin», ya’ni, Islom
shariati va dindan olingan e’tiqodiy hukmlarni bahs qiluvchi ilm, degani. Chunki bu
ilm asl bo‘lib, boshqa diniy ilmlar unga ergashadi. Bu nom ham ikkinchi hijriy asrda
chiqqan bo‘lib, Alloh taoloning «Uning asli sobitdir, far’i-shoxi esa osmondir»
oyatidan olib shar’iy hukmlarni asllarga va far’larga taqsim qilingandan keyin kelib
chiqqan. Bu ismni birinchi bo‘lib ishlatgan shaxs Imom Abul Hasan alAsh’ariydirlar. U kishi o‘z kitobini: «Al-Ibona fil usulid Diyana» deb nomlaganlar.
Keyin esa Abdul Qodir al-Bag‘dodiy al-Ash’ariy «Usul ud din» kitobini yozgan.
«Ilmut Tavhid» Tavhid faqat ilohiy sifatlardan biri bo‘libgina qolmay, balki
barcha sifatlarni jamlovchi Allohga loyiq bo‘lgan va Allohning zotida undan
o‘zgacha loyiq bo‘lmagan hamma narsalarni bayon qiluvchi narsadir.
Bu ism o‘ninchi hijriy asrdan keyin keng tarqaldi.
Davlat bilan din (diniy tashkilotlar) o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga
solishning turli shakllari mavjud bo‘lib, ular bugunga kelib quyidagi uchta asosiy
turkumga ajratiladi:
1.Identifikatsion model. Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya, Angliya,
Gresiya, Shvesiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni Yevropa ittifokining deyarli
uchdan bir qismida), Saudiya Arabistoni, Bruney qirolligi, Katar, Eron islom
respublikasida kuzatishimiz mumkin.
2. Separatsion , ya’ni davlat dindan ajratilganligiga asoslangan model. Davlat bilan
din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turiga AQSh, Fransiya,
Niderlandiya, Turkiya, MDH, davlatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi kabi
davlatlarni misol sifatida keltirish mumkin.
3. Kooperatsion - neytralitet modeli. Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya,
Luksemburg, Avstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan.
1.Identifikatsion model muayyan tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda,
Yevropaning ayrim mamlakatlarida davlat dinini rasmiy belgilash prinsipiga amal
qiladi. Jumladan, hozirgi kunda anglikan cherkovi (rasmiy nomlanishi - Angliya
cherkovi) davlat maqomiga egadir. Qirolikdagi diniy tashkilotlarning o‘rni-mavqei
bir qator parlament tomonidan qabul kilingan qonunlar hamda davlat va diniy
tashkilot o‘rtasidagi kelishuv-bitimlari bilan belgilanadi. Shunday hujjatlardan eng
muhimi - 1534 yili qabul qilingan «Suprematiya (ustuvorlik) to‘g‘risidagi akt»dir.
Unga binoan qirol anglikan cherkov rahbari hisoblanadi (1952 yildang buyon
qirolicha). Monarx hukumat tavsiyasiga binoan yepiskoplarni tayinlaydi. Bunday
yepiskoplarning aksariyat qismi lordlar palatasining a’zolaridir. Barcha din
xizmatchilaridan san (diniy unvon)ga bag‘ishlash jarayonida qirolga itoatkorlik
to‘g‘risida qasamyod qilishi talab qilinadi. Shuningdek, cherkovning muhim
hujjatlari, shuningdek anglikan cherkovining Bosh sinodi qarorlari, qonuniy kuchga
kirishidan avval, parlament tomonidan tasdiqlanishi va qirol tomonidan
ma’qullanishi lozim. Anglikan cherkovi xizmatchilari tomonidan rasmiylashtirilgan
nikohlar yuridik kuchga ega. Diniy tashkilot o‘zining barcha mablag‘larini bevosita
emas, balki «Cherkov vakolatdorlari» nomli davlat moliyaviy tashkiloti orqali
tasarruf etadi. Bu tashkilot qo‘lida Angliya cherkoviga rasmiy tegishli bo‘lgan
barcha moliya-mablag‘lar to‘planadi. Shvesiya, Daniya va Norvegiyada diniy
tashkilotning maqomi boshqa mamlakatlarda bo‘lgan maqomidan jiddiy farq qiladi.
Skandinaviya mamlakatlarining xarakterli belgisi - protestantizmning qat’iy
ustuvorligi hisoblanadi - bu mamlakatlarda aholining 90 foizidan ko‘progi protestant
cherkoviga mansubdir.
Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining aksariyatida davlat dini sifatida islom
dini e’tirof etilgan bo‘lib, ko‘pincha, bu haqda ularning nomlarida ham ko‘rsatiladi:
Pokiston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi. Shu bilan birga islom
Afgoniston, Misr, Iroq, Jazoir, Tunis va Iordaniyada ham davlat dini sifatida e’tirof
etilgan. 1979 yili 23 dekabrda tasdiqlangan Eron Islom Respublikasining
Konstitutsiyasida aytilishicha, «Eronda 12 ta imomlarning mavjudligini nazarda
tutuvchi ja’fariya mazhabi rasmiy din sifatida e’tirof etiladi hamda bu koida abadiy
o‘zgarmas bo‘lib qoladi» (12-modda). «Barcha fuqarolik, moliyaviy, iqtisodiy,
ma’muriy, madaniy, harbiy, siyosiy va boshka qonun- qoidalar islom normalari
asosida belgilanishi lozim» (4-modda). Qirol bir vaqtning o‘zida hukumat rahbari,
oliy bosh qo‘mondon va diniy rahbar sifatida namoyon bo‘ladigan, mutlaq teokratik
monarxiyaga Saudiya Arbistonini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Bu mamlakat
Konstitutsiyada Qur’oni karim va Payg‘ambar alayhis-salom sunnatlari har qanday
normadan ustun ekani e’tirof etilgan. Saudiya Arabistonida mahalliy aholi to‘liq
islom diniga e’tiqod qiladi. Shuningdek, Makka va Madina shaharlariga islomdan
boshqa dinga e’tiqod qiluvchi shaxsning kirishi taqiqlanadi. Qirollikda sud
hokimiyati asosan shariat sudlari tomonidan Qur’on ko‘rsatmalariga amal qilgan
holda amalga oshiriladi.
Isroilda esa yahudiylik davlat dini bo‘lib, bu mamlakatda din davlat
mexanizmining bir qismi sifatida o‘z aksini topgan. Mamlakatda yagona
konstitutsiya mavjud bulmay, uning o‘rniga Knesset tomonidan qabul qilinadigan
qonunlar amal qiladi. 1952 yilgi qonunga binoan Isroil fuqaroligi yahudiylikdan
boshqa dinga e’tiqod qiluvchi yoki umuman dinsiz yahudiylarga berilmaydi.
Sinagoga va ravvinatning jamiyat turli sohalardagi aralashuvi nihoyatda keng bo‘lib,
ular o‘zlari tomonidan chiqarilgan turli ko‘rsatmalar orqali e’tiqod qiluvchilar
hayotining turli jabhalarini tartibga soladi.
2. Ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida diniy tashkilotning
davlatdan ajratilganligi (separatsion model) mustahkamlangan bo‘lib, bunda
davlat dinni o‘z fuqarolarining shaxsiy ishi sifatida ko‘radi.
Separatsion model vakillaridan bo‘lgan AQShda davlat va dinning bir-biri ishlariga
ikki tomonlama aralashmaslik, diniy jamoalarning erkinligi, diniy konfessiyalar
o‘rtasida ishlarning betaraf ekanini nazarda tutuvchi diniy tashkilotning davlatdan
qat’iy ajratilishi tamoyili keng yoyilgan. Diniy tashkilotning davlatdan ajratilishi
prinsipi boshqa shaklda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Yevropada bunday tizim
diniy tashkilotga qarshi kurash jarayonlari natijasi sifatida shakllandi. XIX asr
davomida Fransiyada davlat-din munosabatlari hamkorlikdan butunlay uzilishga
qadar uzgarib, 1905 yildan cherkov davlatdan rasmiy ravishda ajratiladi. Shunga
bog‘liq ravishda 1905 yili Fransiyada qabul qilingan qonun qo‘yidagi larni tan oladi:
1. Vijdon va e’tiqod erkinligi; 2. Davlat tomonidan diniy tashkilotlar va ularni
moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishining taqiqlanishi; 3. Barcha dinlarga, hech
bir istisnosiz teng munosabatda bo‘lish. Fransiyada qabul qilingan dinning davlatdan
ajratilishi to‘g‘risidagi qonun diniy marosim va urf-odatlarni bajo ksltirish davlat
hokimiyati ruxsati va nazorati bilan amalga oshirilishini belgilab qo‘ydi.
3.Kooperatsion, ya’ni neytralitet modeliga Germaniya federativ respublikasini
misol tariqasida keltirish mumkin. GFR da davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi
munosabatlarda davlat hokimiyatining ustuvorligi e’tirof etilgan. Veymar
Konstitutsiyasi davridan boshlab Germaniyada davlat- cherkov munosabatlari
sekulyarlik tamoyiliga asoslanadi. Shuningdek, davlat hokimiyati bilan diniy
tashkilot munosabatlarida muayyan masofa saqlanadi. Hozirgi kunda bunday
masofani «neytralitet» termini bilan atash odat bo‘lgan. Hozirgi kunda davlatcherkov munosabatlari GFR Asosiy konunining 140-moddasi asosida tartibga
solinadi. O‘z navbatida konstitutsiyaning mazkur moddasi 1919 yilgi Veymar
Konstitutsiyasining 136-139, 141- moddalaridan tashkil topgan. Mazkur qoidalarga
binoan GFR da davlat biror dinga rasmiy davlat dini maqomini bermaydi.
GFRda diniy mashg‘ulotlar davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatning o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, diniy mashg‘ulotlar davlat bilan diniy
tashkilotning umumiy ishi sifatida e’tirof etiladi. GFR Konstitutsiyasining 7moddasiga binoan, ommaviy maktablarda diniy ta’lim majburiy predmet sifatida
o‘qitiladi. Ko‘rib chiqilayotgan model doirasida 1920 yilgi Avstriya
konstitutsiyasida ham o‘ziga xosliklar bor. Unda ham vijdon va e’tikod erkinligi
to‘liq e’tirof etiladi. Avstriyada xam, GFRda bo‘lgani kabi, cherkov davlatdan
ajratilmagan. Katolik cherkovi davlat maqomiga ega bo‘lmasa-da, diniy sohada
hukmronlik qiladi va mafkuraviy hayotning turli jabhalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
E’tiqod qiluvchilarning taxminan 90% ni katoliklar tashkil etadi. Yuqoridagi
davlatlar misolidan ko‘rinib turibdiki, xorijiy mamlakatlarda diniy tashkilotlarning
huquqiy maqomini, davlatning dinga, vijdon va e’tiqod erkinligiga bo‘lgan
munosabatini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy va qonunchilik normalari nihoyatda
turli-tumandir. Konstitutsiyalar odatda, diniy tashkilot bilan davlat o‘rtasidagi
o‘zaro munosabat asoslari, jamiyatda dinning tutgan o‘rni bilan bog‘liq masalalarni
tartibga soluvchi maxsus moddalarni, ayrim hollarda esa bir-butun bo‘lim va
boblarni ham o‘zida aks ettiradi. Umuman olganda esa, konstitutsiyalar
konfessiyalar va e’tiqod qiluvchilar huquqlarining kafili bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda tarkib topgan davlat va din o‘rtasidagi munosabat o‘z mohiyati,
mazmuni va hukukiy asoslariga ko‘ra separatsion modelga, ya’ni davlatdan din,
umumta’lim maktablaridan diniy ta’limning ajratilganligi va vijdon erkinligi,
konfessional bag‘rikenglik ta’minlanganligiga asoslanadi. O‘zbekiston dunyoviy
davlat bo‘lib, mamlaktimizda din davlatdan alohida bo‘lib, bu haqda mamlakatimiz
Konstitutsiyasining 61-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar va
birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». Bu g‘oya «Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida ham mustahkamlangan
bo‘lib,unda ham dinning davlatdan ajratilganligi, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga
boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l
qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga,
dinning esa davlat ishlariga (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan
mustasno, albatta) aralashmasligini anglatadi. Shu bilan birga O‘zbekiston
Respublikasi demokratik prpnsiplarga sodiqligini ifodasi sifatda davlatning din va
diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatda qo‘yidagi pritsiplarga amal qilishini
e’lon kildi:
- dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
- diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan
olish;
- diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan
fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l
qo‘ymaslik;
- ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli
diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish
yo‘llarini izlash zarurati;
- dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof
etish.
Bu tamoiyllar davlatimizda sekulyarizatsiya va resekulyarizatsiya jarayonida
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2-savol bayoni: Milliy dinlar va ularning zamonaviy ko‘rinishlari:
Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri bo‘lgan Yahudiylik taxminan mil.avv.
2 – ming yillikda Misrda paydo bo‘lgan. Ushbu din ta’limotiga ko‘ra, Xudo 400 yil
davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr
yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay tog‘ida vahiy yubordi va
yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Hozirda dunyo bo‘yicha taxminan
15–20 million kishi yahudiylikka e’tiqod qiladi. Ulardan 4,4 millioni Isroilda, 6
millioni AQShda, qolganlari esa Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlarida
istiqomat qiladi. Yahudiylikning muqaddas kitoblarida Bani Isroil bilan Tangri
orasidagi “ahd”ga keng o‘rin berilgani uning engmuhim xususiyatlaridan biridir.
Shuning uchun ham, bu din “Ahd” dini sifatida ham e’tirof etiladi. Yahudiylik
yagona Xudoga, muqaddas kitobga va payg‘ambarlarga imon keltirilishi bilan milliy
dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda
diniylik va milliylik o‘zaro birlashib ketgan bo‘lib, ularni bir–biridan alohida
tushunish mumkin emas. Yahudiylik dini vakillari tarixiy va adabiy – badiiy
manbalarda “yahudiy”, “ibroniy” va “isroil o‘g‘illari” kabi nomlar bilan tilga
olinadi. Bani Isroilning 12 qabilasiga asos solgan, deb hisoblanadigan Is’hoq
payg‘ambarning o‘g‘li Ya’qubning 12 o‘g‘lidan birining ismi “Yuda” yoki
“Yahuda” bo‘lgan degan taxmindan kelib chiqqan holda uning ismiga monand
ravishda “yahudiy” atamasi shakllangan. Muso payg‘ambarning “Biz senga qaytib,
yolvordik” so‘zlariga tayanib bayon etilgan boshqa bir taxminga ko‘ra, yahudiy
so‘zi arabcha “ av ”shityaq“ ,bilo‘b naqqich bilek nadigazo‘ )adoh(”‫“ داه‬tavba qilish”
ma’nolariga ega. Tarixiy manbalarda “ibroniy” atamasi (ibr. “Ibri” – “narigi
tomonning odami, kelgindi”) Frot va Iordan daryolarining narigi tarafidan kelgan
ko‘chmanchilarga nisbatan ishlatilgan. Bu nom Falastinning Kan’on o‘lkasida
yashovchi mahalliy xalq tomonidan Yahudiylarga nisbatan ham ishlatilgan va
davrlar o‘tib, ushbu ikki so‘z sinonimlarga aylangan. Yahudiylarning o‘zlari orasida
keng tarqalgan qarashlarga ko‘ra, “Isroil” atamasi “Xudo bilan kurashib uni
yenggan” degan ma’noni anglatadi. “Ibtido” kitobining 32 – bobi 28 – matnida
keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan ishlatiladigan “Isroil
o‘g‘illari” nomi Ya’qub payg‘ambarga Xudo tomonidan berilgan. Yuqoridagi kabi
yondashuvlarni umumlashtirgan holda mutaxassislar orasida bu xalq Kan’on
(Falastin)ga joylashishdan oldin yahudiy, Kan’onda ibroniy, keyinroq esa Bani Isroil
deb nomlangan va ushbu uch atama bir–birining o‘rniga ishlatilgan, degan
qarashlarda muayyan yakdillik mavjudligini alohida qayd etish lozim. Umuman
olganda, yahudiylikda nasl–nasab otaga emas, balki onaga qarab belgilanishidan
kelib chiqqan holda yahudiy onadan tug‘ilganlar boshqa din tanlamaydilar. Agar
boshqa millat vakillari yahudiylikka o‘tishni istasa, unda u ruhoniylar tomonidan
belgilab qo‘yilgan diniy qonun– qoidalarga itoat etishi shart hisoblangan. Har bir din
asoslarini qamrab oladigan manba lar mavjud. “Tanah” va “Talmud”
Yahudiylikning ana shunday manbalaridan hisoblanadi. “Tanah” (xristianlarda
“Qadimgi ahd”) “Tora” (“Tavrot”), “Naviim” (“Payg‘ambarlar”) va “Ketuvim”
(“Kitoblar”) kabi uch bo‘limdan tashkil topgan. “Tanah” nomi esa, ana shu uch
bo‘limning ibroniycha bosh harflarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Mazkur
manba “Kitve kodesh” (“Muqaddas kitoblar”), deb ham yuritiladi. “Tanah”
(“Qadimgi ahd”) xristianlikning ham muqaddas kitobidir. Shunday bo‘lsa–da,
ularning bo‘limlari borasida juz’iy farqlar uchraydi. Jumladan, “Bibliya”da
“Qadimgi Ahd” 39 ta kitobni o‘z ichiga olsa, yahudiylikda ba’zi qismlar
birlashtirilgani uchun 24 ta kitobdan tashkil topgan. “Tanax”ning birinchi bo‘limi
“Tora” (ibr. – qonun, amr, dars, rahbar)ning o‘zi besh kitobdan iborat. U Xudo
tomonidan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida tahminan mil. avv. 1571 yilda nozil
qilingan, deb e’tiqod qilinadi. Yahudiylikda mil. avv. 586 yilda ravvinlar va yahudiy
dini arboblari tomonidan jamlangan “Bobil Tavroti”ga tayanilsa, xristianlikda uning
yunon tiliga tarjima qilinishi natijasida “Yunon Tavroti”, shuningdek, tarjima
qilishda 72 ta yahudiy ruhoniy ishtirok etganidan kelib chiqib “septuaginta” deb
nomlangan “Tavrot”ga asoslaniladi. Besh kitobdan iborat “Tavrot”ni ifodalash
uchun ibroniycha “Humash”, yunoncha “Pentateukhos” (penta: besh, teukhos:
kitob), G‘arb tillarida pentakok (Pentateuch– Pentateuque) kabi so‘zlar ishlatiladi.
50 bobdan iborat “Ibtido” (ibr. – “Bereshit”) kitobi “Tavrot” tarkibidagi birinchi
kitob hisoblanadi. Unda ilk inson va koinotning yaratilishidan to isroil xalqining
Misrga kelib joylashishigacha bo‘lgan voqealar tadrijiy ravishda bayon qilingan. 40
bobdan iborat “Chiqish” (ibr. – “Shemot”) kitobida esa, isroil xalqining Muso
boshchiligida Misrdan chiqishi va shu voqea bilan bog‘liq tafsilotlar hikoya
qilingan. 27 bobdan iborat “Loviylar” (ibr. – “Vayikra”) kitobida esa, yahudiylik
dinining asosiy axloqiy asoslari va diniy ko‘rsatmalar, gunohlarning kafforati,
iste’moli harom qilingan narsalar, taqiqlangan nikohlar, diniy marosimlar,
bayramlar va qurbonliklar bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. Bani isroilning cho‘lda
o‘tkazgan hayoti va boshdan kechirgan hodisalari, qoya toshdan suv chiqarilishi,
o‘lim va ilon vositasida shifo topish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar esa 36
bobdan iborat “Sonlar” (ibr. – “Bamidbar”) kitobida keltirilgan. Musoning o‘limi,
dafn etilishi, tutilgan aza va shu kabi masalalarni o‘z ichiga olgan 34 bobdan iborat
“Ikkinchi qonun” (ibr. – “Dvarim”) kitobi esa “Tavrot”ning so‘nggi qismini tashkil
etadi. “Tanax”ning 2–bo‘limi bo‘lgan “Naviim” kitobi 8 bobdan iborat. Unda
Hokimlar (ibr – Shoftim), I va II–Samuel, I va II Qirollar (ibr. – Malaxim), Yoshu’a,
Yirmiyax, Ixzqiyol, Hashu’, Yo‘el, Amos, Ovadya, Yonah, Miha, Nahum, Xavakuk,
Tzefaniya, Xagai, Zakariyyo, Malaxi kabi payg‘ambarlar faoliyati, jumladan,
ularning yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilish borasidagi harakatlari, hayot yo‘llari
va amallari haqida so‘z boradi. “Ketuvim” kitobi esa, Tehilim (Zabur), Mishle
(Sulaymoninng Masallari), Iyov (Ayyub), Shir ashirim (Nashidalar nashidasi),
Kohelet (Voiz), Rut, Ester, Yeremyaning marsiyalari, Doniyol, Uzayr va Nehemya,
Divre Ayamim (I va II Tarixlar) kabi qismlardan iborat bo‘libularda ibodat vaqtida
o‘qiladigan duolar, shuningdek, tarixiy voqealar bayon qilingan. “Tavrot”ning
sharihi sifatida e’tirof etiladigan “Talmud” (ibr. – “o‘rganish”) og‘zaki tarzda
avloddan avlodga o‘tib kelgan. Keyinchalik ularni unutish xavfi paydo bo‘lishi
yahudiylikning kelajagiga tahdid sola boshladi. Bundan tashvishga tushgan yahudiy
ruhoniylari og‘zaki bo‘lgan “Talmud”ni yozma shaklga keltirganlar. “Talmud”
yahudiylar uchun “Tavrot” kabi ahamiyatga ega bo‘lib, uning vahiy va ilhom
mahsuli ekaniga ishonilib, uni inkor qilgan kishi yahudiy, deb e’tirof etilmaydi.
Qadimdan “Talmud”ning hajmiga alohida e’tibor berishgan. Shuning uchun ham,
mavjud “Talmudlar”ning barchasi 2947 varaq va 5894 betdan iborat. “Talmud”
“Mishna” (ibr. – “o‘rganish”, “ta’limot”) va “Gemara” (ibr. – “xotima”) kabi ikki
bo‘limga bo‘linadi. 190–200 yillar oralig‘ida patriarx Yahuda ha–Nasi (135– 220)
tomonidan jamlangan “Mishna”da Xudo tomonidan Sino tog‘ida Musoga vahiy
qilingan yahudiylikning diniy, axloqiy asoslari bayon etilgan, deb e’tiqld qilinadi.
“Gemara” esa, “Mishna”ning bayoni va sharhidir. Umuman olganda, ovqatlanish,
kiyinish, ozodalik, kun tartibi, ibodatlar, marosimlar va bayramlarga taalluqli
masalalarni o‘z ichiga olgan “Talmud”da yahudiylik marosimlari tizimi ishlab
chiqilgan, deyish mumkin. Shuningdek, unda yahudiylar butun umri davomida
qat’iy amal qilishi va bajarishi lozim bo‘lgan 248 ta buyruq va 365 ta taqiq ham
mavjud. Tug‘ilgan o‘g‘il farzand sakkiz kunligida xatna qilinishi, faqat maxsus
qassob – shoyixet tomonidan diniy qoidalarga muvofiq so‘yilgan go‘shtnigina
iste’mol qilish, erkaklarning bir rangdagi (sidirg‘a) matodan uzun qilib tikilgan,
cho‘ntaklari beldan pastda joylashgan kiyim kiyishi, boshni hatto uyquda ham yopib
yotishi zarurligi haqidagi talablar shular jumlasidandir. Ibodat paytida “Talmud”da
keltirilgan 248 ta buyruq va 365 ta taqiqqa amal qilishlarini o‘z
zimmalarigaolganlarning ifodasi sifatida qirg‘oqlarida 613 ta tugun tugilgan maxsus
ibodat choyshabi – “tales”ni yelkalariga tashlab olishlari ham, ushbu talablarning
yahudiylar hayotida nechog‘lik ulkan ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Yahudiylik dini ta’limoti. Yahudiylik ta’limoti Xudo tomonidan Musoga
nozil qilingan “O‘n (10) amr”ga rioya qilishga asoslanadi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra,
O‘n amr Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida ikki marta tushirilgan bo‘lib, “Tavrot”ning
“Chiqish” va “Ikkinchi qonun” kitoblaridan o‘rin olgan. Bu xususda “Chiqish”
kitobining 32–bobida: “So‘ngra Xudovand Musoga so‘zlashuvdan forig‘
bo‘lganidan keyin, Sino tog‘ida ikkita shahodat lavhasini berdi. Xudovandning
qo‘llari bilan yozilgan ikkita tosh lavha...” deyilgan. Yahudiylarga ko‘ra, Muso o‘z
qavmini qo‘llari bilan yasalgan buzoqqa sig‘inayotganini ko‘rib, bundan
g‘azablanib, uni uloqtirib tashlab sindirganidan keyin Xudo qo‘yidagi O‘n amrni
qayta tushirgan: – Dunyoni yaratgan, yakka–yu yagona Yahvedan boshqa iloh
yo‘qligiga imon keltirish; – Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik; – Xudoning
nomini bo‘lar bo‘lmasga tilga olavermaslik; – Shanba kunini muqaddas bilib, u
kunda dam olish; – Ota–onani hurmat qilish; – Qotillik qilmaslik; – Zino qilmaslik;
– O‘g‘rilik qilmaslik; – O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on guvohlik
bermaslik; – O‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonlariga, umuman unga
tegishli bo‘lgan narsalarga ko‘z olaytirmaslik. Shanba kunini muqaddas, deb bilish
yahudiylar nazdidagi eng muhim e’tiqodlardan biridir. Bu borada “Ibtido” kitobida:
“Shanba kunini muqaddas deb bilishing uchun eslagin. Olti kun ishlab, ishingni qilib
olasan. Ammo yettinchi kun, Xudovandning dam olish kunidir. Sen va o‘g‘ling ham
hech qanday ish qilmaysan. Qizing, quling, joriyang, uyingdagi mehmoning ham.
Chunki olti kunda Xudovand osmon, yer, dengiz va ulardagi barcha narsalarni
yaratdi. Yettinchi kun esa dam oldi. Shuning uchun ham, Tangri sabt (shanba) kunini
muborak qildi va ulug‘ladi”.
Ibodat va marosimlari: Ma’lumki, har qanday dinning asosiy ruknlari
tizimida ibodat masalasi alohida va o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Yahudiylikda ibodat
(“avoda she–ba–lev” ibroniycha – “Qalb xizmati”), tong, peshin va shom paytida
qilinadigan kundalik hamda shanba kuni sinagogada bo‘lib o‘tadigan haftalik
ibodatdek ikki shaklga bo‘linadi. Haftalik ibodat (Shabat–Sabt) juma kuni
Quyoshning botishi bilan boshlanadi va shanba kuni nihoyasiga yetadi. Shanba kuni
olov yoqish, ishlash, hatto transportdan foydalanish ham taqiqlanadi. Yahudiylik
ta’limotiga ko‘ra, Xudo olamni olti kunda yaratib, yettinchi kuni dam olgan.
Shuning uchun ham, yahudiylar yettinchi – shanba kunini dam olish va ibodatga
bag‘ishlaydi. Sinagoga (yun. “jamlanish”; ibr. – “beyt kneset” – “jamlanish o‘yi”)da
ibodatlar, balog‘atga yetgan (o‘n uch yosh) va kamida o‘nta erkak kishidan iborat
jamoat bo‘lganda o‘tkaziladi. Bunga “Minyan” deyiladi. Ruhoniy yoki jamoatdan
biron kishi boshqaradigan ibodat vaqtidagieng muhim lahza “Tavrot”
o‘ramalarining tugunlar ichidan chiqarilishi va ruhoniy tomonidan o‘qilishidir.
Ovozni chiqargan holda “Tavrot”dan parchalar o‘qish sinagogadagi ibodatlarning
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Yahudiylarda faqatgina sinagogada emas, uyda
ham ibodat qilinadi. Uylarda kirish eshigining yuqorisida “mazuza” deb nomlangan,
uzun bir quvur ichiga o‘rama holida qo‘yilgan “Tavrot”dan jumlalar yozilgan
qutichalar osilgan bo‘ladi. Uyga kirish va chiqishda yahudiylar “mazuza”ga tegib
barmoqlarini o‘padilar. Yahudiylarga ko‘ra, “mazuza” ularni yovuz ruhlar
yomonligidan saqlaydi. Uyda olib boriladigan ibodat vaqtida boshga bosh kiyim,
ustga esa chakmon tashlanadi. Duolarning eng muhimi sanalgan 16 tasi oyoqda tik
turgan holda aytiladi. Boshqalarini o‘qiyotganda tiz cho‘kish, vujudni tebratib turish
kabi harakatlar qilinadi. Sinagogalar iqlim, mintaqa yoki konkret madaniyat ta’sirida
turli me’moriy uslublarda qurilishi mumkin. Lekin barcha sinagogalarda albatta, uch
unsur joy olishi shart. Ular: Aron Kodesh, Ner Tamid va Bimadir. Quddusga
yo‘nalgan muqaddas sandiq (shkaf) – Aron Kodesh ichida “Tavrot” tumorlari
saqlanuvchi maxsus joy bo‘lib, u masjiddagi “mehrob”ga o‘xshash vazifani bajaradi
va kirish eshigining to‘g‘risida bo‘ladi. Ner Tamid esa – (ibr. “abadiy shamchiroq”)
sinagogada “Tavrot” solingan sandiq ro‘parasida joylashgan bo‘lib, doimo yonib
turuvchi shamchiroqdir. Singogalarda Ner Tamid Menorani eslatib turuvchi ramz
sifatida qo‘yiladi. Bima (yoki teva, almemar) esa – sinagoganing markazida
joylashgan, “Tavrot” o‘qiladigan minbardir. Diniy marosim va bayramlar ham
sinagogalarda amalga oshiriladi. Yahudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur, Pesax,
Shavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Hanukka va boshqa shu kabi diniy va milliy
bayramlar (ibr. –Yom tov – yaxshi kun) mavjud. Rosh Ashona (ibr. – “yil boshi”).
Yahudiy milliy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayrami tishre (sentabr–oktabr) oyining
birinchi va ikkinchi kunlarida nishonlanadi. Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, bu kunda
ilk inson Odam yaratilgan va shu kunda Xudo tomonidan berilgan taqiqni buzib,
jannatdan chiqarilgan. Bu insonga chiqarilgan ilk hukm edi. Shundan buyon mazkur
kunda Xudo bandalari ustidan hukm chiqaradi. Masalan, yangi yilda kimning vafot
etishi va kimning yashashi o‘lim yoki hayot kitoblariga yoziladi. Biroq, mazkur
kunlarda o‘yin–kulgu qilinmay, 10 kun davomida istig‘for aytib, ibodat qilish orqali
insonning nomi o‘lim kitobiga emas, balki hayot kitobiga yozilishiga erishish
mumkin. O‘n kun davom etgan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami
nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashg‘ul
bo‘linadi. Yahudiylar Yom Kipurda ro‘za tutishlari, sinagogada nadomatlar bilan
yig‘lab qilgan gunohlariga tavba qilishlari shart. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, Rosh
Ashonada rejalashtiriladigan insonning bir yillik taqdiri Yom Kipurda qilingan
ibodat va tavbasiga qarab belgilanadi. Pesax (Pasxa) yillik bayramlar orasida eng
e’tiborlisi bo‘lib, nisan (mart–aprel) oyininng o‘n beshinchi kunidan boshlanib,
sakkiz kun davom etadi. Ushbu bayram yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod
bo‘lganlari munosabati bilan nishonlanadi va mazkur kunlarda xamirturishsiz non
“massa” iste’mol qilinadi. Buni tanovul qilish bilan har bir yahudiy ota–
bobolariningMuso boshchiligida chekkan mashaqqatlarini his qiladi, deb
hisoblanadi. Pesaxdan keyingi 50–kuni sivon (may–iyun) oyining 6–7 kunlari
yahudiylar ikki kun davom etadigan Shavuot (Sheviot) (ibr. – haftalar) bayramini
nishonlaydilar. Shavuot dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay
tog‘ida Musoga “Tavrot”ning berilishi munosabati bilan nishonlangan. “Talmud”da
keltirishicha, Xudo Shavuotning birinchi kechasi O‘n amrni tushirgan. Shuning
uchun ham, mazkur kunlarda “Tavrot”, “Talmud” va shu kabi muqddas
yozuvlaridan saralab jamlangan “Tikun”ni o‘rganishga alohida e’tibor beriladi.
Sukkot (chodirlar bayrami) yahudiylar Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan
so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o‘tkaziladigan marosim.
Qadimda yahudiylar mazkur marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar.
Bugunga kelib bu an’ana tusidan chiqqan. Sukkot tishre (sentabr–oktabr) oyining
15–kunidan boshlanib 7 kun davom etadi. Yahudiylar bu muddat davomida
an’anaviy ravishda, o‘z uylarining oldiga chodir quradilar. Har yili bir marta
“Tavrot” o‘qib chiqilib, oxirida Sukkot boshlanishining 9–kuni xatm bayrami
“Simxat Tora” (ibr. “Tavrot quvonchi”) nishonlanadi. Har bir yahudiy xonadonida
“Tavrot” bo‘lib, unga nisbatan hurmat hamma narsadan ustun turadi. Biror
yig‘ilishda “Tavrot” yerga tushirib yuborilgudek bo‘lsa, u yerda bo‘lganlarning
barchasi kafforati evaziga 30 kun ro‘za tutishlari shart bo‘lib qoladi. Milliy
xususiyatga ega Purim (Shirinlik bayrami) adar (fevral–mart) oyining 14–kuni
nishonlanadi. Ushbu bayram Quddusda 1 kun, boshqa joylarda esa 2 kun davom
etadi. Bu bayram Ester ismli qiz tufayli yahudiylarning Eronda qatliomdan qutilib
qolishlari sharafiga bag‘ishlanadi va unda ko‘ngilochar bazmlar uyushtirilib,
shirinliklar tarqatiladi. Hanukka (ibr. – “yangilanish”, “yoritish”) yahudiylarning
Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram
hisoblanadi. 168–yilda yahudiylarning Salavkiylarga qarshi olib borgan kurashlari
asnosida, yunonlar ibodatxonaga bostirib kirib, u yerdagi yog‘larning barini iflos
qilib tashlaydilar. Yahudiylar g‘alaba qozongach, ibodatxonada menorani yoqish
uchun, atigi bitta idishda bir kunga yetadigan toza yog‘ topadilar. Shunda mo‘jiza
yuz berib, bir kunga yetadigan yog‘ bilan sakkiz kun davomida menora yoniq turadi.
Kislav (noyabr–dekabr) oyining yigirma beshinchi kunidan boshlanib 8 kun davom
etadigan bu bayramning odatiy kunlardan birgina farqi hanukkiya deb nomlangan
to‘qqiz shoxali shamdondan har kuni bittasining yoqilishidir. Yahudiylikda dafn
marosimi ham muayyan o‘ziga xosliklarga ega. Inson vafot etgach, qarindoshlari
maxsus kiyim kiyib (bu urf asosan ortodoksal oqimda saqlangan), sham yoqishadi.
Mayyitni oq kafanga o‘rab, “Kaddish” (oromiycha – “Muqaddas”, sinagogalarda
o‘qiladigan ibodat duosi)ni o‘qiydilar. O‘lik chiqqan xonadonda bir hafta davomida
aza tutilib, uydan tashqariga chiqilmaydi. Bir yil o‘tgach, mayyitni xotirlab “yil
marosimi” (“Yorsayt”) ni o‘tkazib, maqbaraga qabr toshi o‘rnatadilar. Yom– kipur,
Sukkot, Pesax bayramlarida marhumlarni xotirlab “Yizkor” deb nomlanadigan
maxsus duolar o‘qiladi. Yahudiylikda yuqoridagilardan tashqari mustaqillik, motam
kuni hisoblangan “Tisha be av” va boshqa shu kabi milliy, diniy va tarixiy
mazmunga ega bo‘lgan bir qancha bayram va marosimlar bo‘lib, ularni nishonlashda
oqim va firqalarda ba’zi bir juz’iy farqlar kuzatiladiBarcha dinlarda bo‘lgani kabi
yahudiylikda ham uzoq tarixiy taraqqiyot davomida ichki bo‘linishlar yuzaga
kelgan. Xususan, mutaxassislar shartli ravishda ularni uch guruhga – saduqiylik,
farziylik va essaniniylarni o‘z ichiga olganklassik, hasidiylik, qaroim kabi
oqimlardan iborat o‘rta asr va islohotchi, konservativ kabi oqimlarni qamrab olgan
zamonaviy oqimlarga ajratishadi.
Saduqiylik klassik oqimlar orasida, muayyan o‘ziga xosliklari bilan
boshqalardan farqlanadi. Mazkur oqimning vakillari asosan yirik yer egalari, yuqori
qatlam vakillari (aristokratlar)dan iborat bo‘lgan. Saduqiy atamasi Sulaymon
payg‘ambar podshohlik qilgan davrda ruhoniy bo‘lgan Sadoka (Sadok) nomidan
kelib chiqqan. Voqelikka ratsionalistik yondashuv saduqiylikda bir qator aqidaviy
o‘ziga xosliklarni keltirib chiqargan. Xususan, ruhning abadiy emasligini ta’kidlash,
insonning qayta tirilishi, farishtalarning mavjudligini inkor etish, ular barcha narsaga
ratsional ko‘z bilan qarab, Xudo bandalarining ishiga aralashmaydi, har bir inson
taqdirini o‘zi yaratadi, deb hisoblash unga xos xususiyatlardan hisoblanadi. Farziylar
(ibr. – “perushim” – “ayri bo‘lish”, “nopokliklardan uzoq bo‘lish”, “sharhlash”)
oqimi mil. avv. II asrda e’tiqod va amalda saduqiylikka muxolif ravishda yuzaga
kelgan. Shuningdek, saduqiylikdan farqli ravishda, farziylarning o‘zagini qo‘yi
tabaqa vakillari va kambag‘allar tashkil etgan. Yahudiylik qonun–qoidalariga qattiq
rioya qilinishini talab qiladigan ushbu oqim Xudo har bir narsani nazorat qilishi,
bandaga xos hur irodaning mavjudligi, o‘limdan keyin qayta tirilish, jannat,
jahannam, farishtalarning borligi, jazo va mukofotning borligiga ishonishga
asoslanadi. Issiyim ya’ni Essaniylar saduqiylik va farziylik bilan bir davrda paydo
bo‘lgan klassik oqimlardan biridir. “Issiyim” so‘zi tarixiy matnlarda uchramasa–da,
manbalarda uning “dindor zohidlar” ma’nosini anglatishi ko‘proq ta’kidlanadi.
Essaniylarning e’tiqod asoslari farziylarnikiga yaqin bo‘lib, ular insonlarning taqdiri
oldindan yozib qo‘yilganini, qayta tirilishni va farishtalarning mavjudligini va
e’tirof etadilar. Xususan, farishtalar – muqaddas mavjudotlar, “Osmon o‘g‘illari”,
amalga oshiradigan ishlariga qarab “Nurlar qiroli”, “Zulmat farishtasi”, “Ozodlik
farishtasi”, “Mastemah (shayton)”, “Saqlovchi farishtalar” kabi sinflarga ajratiladi.
Shuningdek, ularning ta’limotiga ko‘ra, inson vafot etgandan so‘ng, uning ruhi
osmonga ko‘tarilib, yaxshi ruhlar abadiy baxtli hayot kechiradilar, yomon ruhlar esa,
qahraton sovuqda azoblanadilar. Shuning uchun ham, har bir essaniy o‘z hayotida
doimo yaxshi amal qilishga, axloqiy normalarga qat’iy rioya etishga harakat qilishi
lozim, deb hisoblanadi. XVIII asrning birinchi choragida yuzaga kelgan hasidiylik
(ibr. – “dindorlar”) o‘rta asr oqimlar ichida alohida o‘rinni egallaydi. Uning
asoschisi Baal Shem Tov dinning mohiyatiga aql bilan emas, balki his–tuyg‘ular
orqali erishiladi, degan tamoyildan kelib chiqib, shariat qonunlarini o‘rganishni
emas, balki diniy hissiyot va axloqni birinchi o‘ringa qo‘ygan edi. Shu bilan bir
qatorda, hasidiylar shanba va bayram kunlari “Shtrayml” nomli telpak kiyishlari
bilan boshqa oqimlardan ajralib turadi. Umuman olganda, hasidiylar hayotning
barcha jabhalarida axloq normalarga qattiq rioya etib, “Tavrot”da belgilangan
bo‘yruqlarni bekamu kust bajarishga harakat qiladilar. “Islohotchi yahudiylik”
zamonaviy oqimi XIX asr boshlarida Germaniyada yuzaga kelgan. Nemis
ruhoniylari Abram Geyger (Abraham Geiger) va Moses Mendelson (Moses
Mendelsohn)larning Markaziy Yevropada yashovchi yahudiylarni o‘zlari
yashayotgan mamlakatning madaniyatiga moslashishga chaqiriqlari ushbu oqim
yuzaga kelishiga g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu islohotchilik harakati
Yevropada yuzaga kelgan bo‘lsa–da, tom ma’nodagi oqim sifatida AQShda
shakllandi, deyish mumkin. Bugungi kunda, islohotchi yahudiylar soni Isroilda
taxminan5–6 ming kishi bo‘lsa, AQShda yashovchi yahudiylarning 40 foizini
tashkil qiladi. “Islohotchi yahudiylik” “ortodoksal”cha qarashlarni o‘zlariga qabul
qilmaydilar. “Islohotchi yahudiylik”ka xos xususiyatlar 1885–yilda qabul qilingan
Pitsburg (Pittsburg) platformasi nomini olgan qarorda o‘z ifodasini topgan. Unga
ko‘ra, “yahudiylar endi bir xalq (millat) emas, balki bir jamoatdir, qadim yahudiy
shariatidan faqatgina zamonaviy hayot tarziga mos bo‘lganlarigina qabul qilinishi
mumkin”. Shunday yondashuvdan kelib chiqib, masalan, shabat kuni ibodati
yakshanba kuniga ko‘chirilgan. Shuningdek, islohotchi yahudiylikda sinagogada
ayollar erkaklar bilan yonma–yon o‘tirib ibodat qilishlari hamda ruhoniy sifatida
marosimlarni boshqarishi ham mumkin. Bundan tashqari ibodat vaqtida bosh kiyim
kiyish majburiyati yo‘q. Boshqa e’tiqod vakillari bilan nikoh munosabatlariga
kirishishga monelik qilinmaydi. Ota– onasidan qaysi biri yahudiyligidan qat’i nazar,
farzand ham yahudiy, deb e’tirof etiladi. Islohotchi yahudiylikka javob sifatida
konservativ yahudiylik yuzaga kelganini ham qayd etish lozim. 1885 yilda qabul
qilingan Pitsburg platformasi qarorlariga qarshi chiqqan Gamburgning bosh
ruhoniysi Isaak Bernays (Isaac Bernays) va Zakariyo Franklen (Zacharia Franklen)
boshliq bir guruh muxolif ruhoniylar asos solgan oqim o‘zining nufuzi va
ergashuvchilari soni jihatidan AQShda islohotchi, Isroilda esa ortodoksal
yahudiylikdan keyingi o‘rinda turadi. Bugungi kunda konservativ yahudiylik galaxa
(yahudiy shariati majmuasi)ni ijtimoiy hayotda dasturulamal deb hisoblaydi.
Islohotchilardan farqli ravishda konservativ yahudiylikda boshqa e’tiqod vakillari
bilan oila qurish qabul qilinmaydi va faqat yahudiy onadan tug‘ilgan bola yahudiy
deb hisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari Rekonstruktiv yahudiylik, Messian
yahudiylik, Shanbachilar kabi yana bir qator oqimlar bo‘lib, ular asosan XIX asrda
yuzaga kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk sinagoga Buxoroda VIII asrda qurilgan. XII
asrgacha yahudiylar aholining himoya qilinuvchi qatlami – zimmiylar deb atalib,
ularga alohida mahallalar qurib, o‘z jamoalari bilan tinch–osuda yashashga sharoit
yaratib berilgan. Sayohatchi Veniamin Tudelskiy o‘z kundaliklarida yozib
qoldirishicha, 1170 yilda birgina Samarqandda 30 000 yahudiy yashagan. XVI asrda
Eronda yahudiylarga qarshi olib borilgan harakatlar natijasida ularning ko‘pchiligi
Markaziy Osiyodan panoh topgan. Bu Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiylar
sonining yanada oshishiga zamin yaratgan. Yahudiylarning Markaziy Osiyo
mintaqasida uzoq vaqt mobaynida tinch–totuv yashashi va bu yerlarga bog‘lanib
qolishi ularning tarkibida “buxoro yahudiylari” deb ataladigan qatlamni vujudga
keltirdi. Ular, asosan, fors tilining Samarqand–Buxoro dialektlarida so‘zlashishgan.
Yahudiylarning yurtimizga kirib kelishi Ikkinchi jahon urushi davrida yanada
kuchaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha yillari Rossiya, Moldaviya, Ukraina va
Belorussiyadan deyarli 180 ming yahudiy O‘zbekistonga ko‘chib keldi. Bugungi
kunda yahudiylar asosan Buxoro, Samarqand va Toshkent kabi yirik shaharlarda
istiqomat qiladilar. Mamlakatimizda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan 8 ta
yahudiy sinagogasi, 5 ta yahudiy milliy–madaniy markazi, shuningdek, Yahudiylar
tarixi muzeyi faoliyat olib bormoqda.
3-savol bayoni: Dunyo mamlakatlari va O‘zbekistonda vijdon erkinligi
haqidagi qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati. O‘zbekistonda
vijdon erkinligini ta’minlanishi. Vijdon erkinligi tabiiy huquq va erkinliklar
sirasiga kiruvchi, har bir shaxsning ajralmas huquqlaridan biridir. Shaxsning tabiiy
huquqlari davlatning insonga bergan «tuhfasi» emas, balki insonning munosib
turmush va hayot tarzini tanlash bilan bog‘lik real imkoniyati hisoblanadi. Shu bilan
birga, tabiiy huquqdar jumlasiga kiruvchi erkinliklarni qonun chiqaruvchi o‘zi
xohlaganda qisqartirishi yoki cheklashga ham haqli emas. Chunki bu huquqlar
insonlarga tabiatan (Xudo tomonidan) berilgan in’om sanaladi. Vijdon erkinligi ham
xuddi shunday. Huquqiy mezonda vijdon tushunchasi «vijdon erkinligi» shaklida
keladi. O‘zbekistonning asosiy qomusi - Konstitutsiyada «Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi
dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi» (31-modda), degan qoida mustahkamlangan. Ba’zi hukukiy
adabiyotlarda «vijdon erkinligi» o‘znida «e’tiqod erkinligi» tushunchasini ham
uchratish mumkin. Aslida e’tiqod» (arabcha «i’taqada» fe’lidan) so‘zi ham ko‘p
ma’noli so‘zlar jumlasiga kirib, ishonch, imonli bo‘lish, ko‘ngilda tasdiqlash
ma’nolarini beradi. E’tiqod erkinligi ham vijdon erkinligi singari shaxsning biror
dinni ixtiyor etib, unga e’tiqod qilishi huquqinii anglatadi.. Lekin bu huquq vijdon
erkinligi koidalari ruxsat beradigan dahriy bo‘lish huquqini kafolatlamaydi. Shu
kabi farqlar sababli ayrim davlatlar qonunchiligida (musulmon arab mamlakatlarida)
vijdon erkinligi emas, e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga asosan agar inson
amal qilib turgan dinidan chiqadigan bo‘lsa, ayrim hollarda qonuniy jazo
sanksiyalarining qo‘llanilishi ham e’tiqod erknnligining o‘ziga xos xususiyatini
ko‘rsatadi.Tinglovchilarga “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi
qonun, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi (18-moddasi)ni va Fuqarolik va
siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqapo Pakt (19-moddasi)ni tahlil qilib bering.
Konfessiya so‘zi
(lotincha – “confessio”) o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda
“e’tiqod qilish”, degan ma’noni anglatadi.
Mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy
konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar.
Sekta so‘zi,muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar
guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid
ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi
bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi.
Missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib
qilish.
Prozelitizm - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan
voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilish. lotincha”tolerare”-”sabrqilmoq”degan ma’no beradi.
1995 yil 16 noyabrda BMTning fan, ta’lim va madaniyat bo‘yicha
ixtisoslashgan tashkiloti YuNESKO “Bag‘rikenglik prinsiplari Deklaratsiyasi”ni
qabul qilgan.
2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida “Ma’rifat
va diniy bag‘rikenglik”deb nomlangan maxsus rezolyusiya qabul qilindi.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbusni ilgari surgan edi.)
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi deb xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan
kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida chin dildan
ochiq ko‘ngillik bilan hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini tarannum etuvchi
fikrlar va amaliy xatti-harakatlar tizimiga aytiladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2277 ta diniy
tashkilot faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 2094 tasini islomiy diniy tashkilotlar,
shu jumladan, 2067 tasini masjidlar tashkil etadi. Shuningdek, 166 ta xristian diniy
tashkiloti, 8 ta yahudiy va 6 ta bahoiy jamoalari, bittadan krishnachilar jamiyati va
buddaviylar ibodatxonasi hamda konfessiyalararo O‘zbekiston Bibliya jamiyati
faoliyat yuritmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari
kengashi o‘zining yig‘ilishlarini yiliga ikki marta o‘tkazib kelmoqda.(2020 yil
ma’lumoti).
Diniy ta’limda tub o‘zgarishlar yuz berdi, ilmiy-tadqiqot faoliyati izchillik
bilan olib borilmoqda. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan xalqaro uchrashuv va tadbirlar
muntazam ravishda tashkil qilinmoqda. Misol tariqasida 2019 yil noyabr oyida
Toshkent va Samarqandda AQShning Global jalb qilish instituti hamkorligida
o‘tkazilgan “Din va qonun ustuvorligi” mavzusida O‘zbekiston — Amerika ilmiyamaliy seminarini keltirish o‘rinlidir. Mamlakatda islom sivilizatsiyasi markazi va
Imom Buxoriy hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil
etilgan. Viloyatlarda kalom, hadis, fikh, aqida va tasavvuf ilmi maktablari ochilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston to‘liq Injil xristianlari markazi, O‘zbekiston Injil xristianbaptistlar cherkovlari ittifoqi faoliyat yuritmoqda.O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor
yo‘nalishlar” da din va diniy tashkilotlar bilan bo‘ladigan munosabatlar ham
takomillashtirib borilmoqda.
Oliy islom diniy o‘quv yurtlari. 1.O‘zbekiston Islom Akademiyasi. (Xalqaro
islom akademiyasi Diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim
va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi va ushbu sohadagi ta’limning barcha
bosqichlarini o‘z ichga qamrab oladi. Xususan: o‘rta maxsus ta’lim;oliy ta’lim;oliy
ta’limdan keyingi ta’lim;malaka oshirish.2.Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom
instituti3.Hadis ilmiy maktabi: O‘MI tasarrufidagi ODTM, 5 yil, ”Hadisshunoslik”
ta’lim yo‘nalishi mavjud, kvotasi 10 nafar,Samarqand.4.Mir Arab oliy
madrasasi,Buxoro viloyati Kogan tumani.
O‘rta maxsus islom bilim yurtlari 1.Ko‘kaldosh ( Toshkent) 2.”Xadichai
Kubro”(ayol-qizlar uchun )3.”Mir Arab”( Buxoro ) 4.”Jo‘ybori Kalom” (ayol-qizlar
uchun )5.Xoja Buxoriy ( Kitob )6.”Sayid Muhiyddin maxdum” (Andijon )7.Hidoya
( Namangan )8. “Mullo Qirg‘iz” ( Namangan )9.”Faxriddin ar-Roziy” (Urganch
)10.Muxammad al-Beruniy ( Nukus )11.Imom Termiziy (Termiz).
Boshqa konfessiyadagi noislomiy bilim yurtlari 1.Toshket pravoslav diniy
seminariyasi 2. Toshkent protestant seminariyasi.
2016 yil din sohasida amalga oshirilgan ishlar: 2016 yil oktabr - Islom
hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasi Toshkent
shahrida bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibi g‘oyasi: “ Ta’lim va ma’rifat - tinchlik
va bunyodkorlik sari yo‘l “. Sessiyada Prezident Sh. Mirziyoev ma’ruza
qildi.Ma’lumot: Sobiq SSSR davrida 75 yil davomida O‘zbekistondan hajga borgan
kishilar 130 nafar ekan. Masjidlar soni 30 ta edi.
2017 yil diniy-ma’rifiy sohada islohotlarga, yaxshi xabarlarga boy yil
bo‘lgan.
Diniy-ma’rifiy sohadagi o‘zgarishlar aks etgan eng asosiy
yangiliklarni eslab o‘tamiz.2017 yil 14 fevral. Imom Termiziy xalqaro ilmiytadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Qarori imzolandi.2017 yil 29 noyabr. O‘zbekiston
Musulmonlar idorasi buyrug‘iga ko‘ra, Qorilar musobaqasi har bir tumanda
o‘tkaziladigan, unda O‘MI tasarrufidagi o‘quv yurtlaridan bo‘lmaganlar ham
ishtirok eta oladigan bo‘ldi.2017 yil 15 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaror e’lon qilindi. O‘zbekiston Islom akademiyasi huzurida
magistratura (2 yil), tayanch doktorantura (3 yil) va doktorantura (3 yil) faoliyat
yuritadi.2018 yil 16 aprel - “Diniy ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni qabul
qilingan.
2018 yil din sohasida amalga oshirilgan islohotlar: 2018 yil 16 aprel “Diniy ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni qabul qilingan. 2018 yil
4 may - Oliy majlis qonunchilik palatasi kengashi va Senat kengashi”Din va e’tiqod
erkinligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda din va e’tiqod erkinligini
ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini monitoring qilish ishchi guruhi
tasdiqlandi.2018 yil 30 iyun – “Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun
qabul qilindi. 2018 yil 31 may - Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish,qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom qabul
qilindi.2018 yil 12 dekabr – BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida “Ma’rifat va
diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasi qabul qilindi.
2019 yil diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar: 2019 yil 4 sentabr Diniy
– ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar
to‘g‘risida. PQ-4436-sonli qarori qabul qilindi.
2020 yil diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar xalqaro tashkilotlar
tomonidan e’tirof etilishi: Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi ham
O‘zbekistonni «alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi.Xalqaro
diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni «alohida
xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi. Komissiya 28 aprel kuni e’lon
qilgan hisobotida AQSh Davlat departamentiga O‘zbekistonni «maxsus kuzatuvdagi
davlatlar» ro‘yxatiga o‘tkazishni tavsiya etgan.Komissiya hisobotida O‘zbekiston
2019 yil davomida diniy sohada amalga oshirgan o‘zgarishlar e’tirof etilib, ayniqsa
«Jasliq» qamoqxonasining yopilgani alohida ta’kidlab o‘tilgan. «O‘zbekiston
hukumati diniy sohaga oid muammoli qonunlarni qayta ko‘rib chiqishi (hukumat
shunday qilishni va’da qilgan) va hibsda ushlab turilganlar masalasini hal etishi
zarurligicha qolayotganiga qaramay, USCIRF so‘nggi bir yilda kuzatilgan
umidbaxsh o‘zgarishlarga asoslangan holda Davlat departamentiga O‘zbekistonni
«maxsus kuzatuvdagi davlatlar» ro‘yxatiga o‘tkazishni tavsiya qilmoqda», –
deyiladi Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi hisobotida. Qayd etish
kerak, AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni «alohida xavotirga molik
davlatlar» ro‘yxatidan 2018 yil dekabrda chiqarib bo‘lgan. Biroq USCIRF 2019 yil
aprelida Davlat departamentining bu qarorini ma’qullamagan, O‘zbekistonni «qora
ro‘yxat»ga qaytarishni maslahat bergandi. Shunga qaramay, Komissiya tavsiyasi
Davlat departamenti tomonidan inobatga olinmagan, AQSh tashqi siyosat idorasi
2019 yil dekabrida O‘zbekistonni «alohida kuzatuvdagi davlatlar»
toifasida qoldirgan edi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Xalqaro diniy erkinlik
bo‘yicha AQSh komissiyasining yillik hisobotlarida 2005 yildan buyon «alohida
xavotirga molik davlat» sifatida qayd etib kelingan.2020 yilgi hisobotda 15ta davlat
"maxsus kuzatuv ostida" bo‘lishi kerakligi, 14ta davlatdagi diniy vaziyat esa
"alohida
xavotirga
molik"
ekani
aytilgan.
2020 yilgi hisobotda O‘zbekiston bilan birga Qozog‘iston, Afg‘oniston va
Ozarboyjon doxil jami 15ta mamlakat «maxsus kuzatuvdagi davlatlar» (suratda
sariq rangda), deb tasniflanishi lozim, deya ko‘rsatilgan. Turkiya, Misr, Indoneziya,
Malayziya, Iroq, Bahrayn hamda bir nechta Afrika davlatlari shular
jumlasidan.USCIRF
14ta
mamlakatni «Alohida
xavotirga
molik
davlatlar» Xususan: Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Xitoy va Eron diniy
erkinliklar ayniqsa cheklangan mamlakatlar deb malakalangan.Xalqaro diniy
erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi – Qo‘shma Shtatlar federal hukumatining
mustaqil organi bo‘lib, hay’at a’zolaridan iborat. Komissiya vakillari dunyo
bo‘yicha diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilib, AQSh prezidenti, Davlat
departamenti va Kongressga siyosiy qarorlar qabul qilishda inobatga olishni ko‘zlab
tavsiyalar kiritadi.
2020 yil 19 avgustda O‘zbekistonda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Izoh:1991 yil 14-iyun qonun kuchga kirdi, 1998 yil 1-may yangi tahriri qabul qilindi va
2020 yil 19-avgustda (yangi tahrir loyihasi) muhokama uchun ijtimoiy tarmoqlarga
qo‘yildi. Hozir qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Download