Uploaded by geoilhom-69

2 5330355285385020133

advertisement
Mavzu: Italiya sanoat tarmoqlari
Reja:
Kirish.
I Bob. Italiya davlati va uning umumiy tavsifi
1.1 Italiya davlatining geografik joylashuvi
1.2 Italiyaning davlat tuzumi.
II Bob. Italiyaning tabiati, xo`jaligining sanoat tarmoqlari rivojlanishiga ta`siri
2.1 Tabiati va uning o`ziga xos xususiyatlari
2.2 Italiya davlatining tarixi
2.3 Iqtisodiyoti va sanoat tarmoqlarining o`ziga xos xususiyatlari
Xulosa.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati.
Italiya (ital. Italia), rasman Italiya Respublikasi, Evropaning janubida Appenin
yarim oroli va O'rta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, Sitsiliya va
Sardiniya orollarini o'z ichiga oladi. Italiya o'zining shimoliy chegaralarini Alp
tog'lari orqali Frantsiya, Shveytsariya, Avstriya, Sloveniya bilan bo'lishadi. Undan
tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan mustaqil davlatlari joylashgan.
Italiya juda uzoq va buyuk tarixga ega. U er Etruriya va Rim kabi ko'plab Evropa
madaniyatlarining beshigi sanaladi, keyinchalik Buyuk Evropa Renesansi ham
aynan Italiyada boshlangan. Italiyaning poytaxti Rim shahri G'arb
tsivilizatsiyasining o'choqlaridan biridir, shu bilan birga u Katolik Cherkovining
markazi hisoblanadi.
Bugungi kunda Italiya demokratik respublika bo'lib, YaIMning hajmi bo'yicha 7o'rinda, aholining turmush darajasi bo'yicha jahonda 8-o'rinda turuvchi rivojlangan
mamlakatdir. Italiya hozirgi Evropa Ittifoqining ilk ta'sischi 6 mamlakatidan biridir
(1957 yil imzolangan Rim Bitimi), shuningdek u Buyuk Sakkizlik (G8)
mamlakatlari, Evropa Kengashi, G'arbiy Evropa Ittifoqining a'zosi sanaladi. 2007 yil
1 yanvardan Italiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Havfsizlik Kengashining a'zosi
hisoblanadi.
Italiya Evropaning janubida joylashgan etiksimon Appenin yarim oroli, Sitsiliya
(9.926 km2), Sadrina (9.301 km2), Elba va ko'plab mayda orollardan tashkil topgan
bo'lib, 301.323 km2 maydonni egallaydi. Italiya o'zining vulqonlari bilan ham
mashhurdir: Etna – Evropadagi eng katta harakatdagi vulqon. Undan tashqari
Vulkano, Stromboli va Vezuvi vulqonlari ham Italiya vulqonlaridir. Italiyada
daryolarga juda boy, ulardan Po va Adige eng mihimlaridir. Po daryosi 652 km
uzunlikda bo'lib, shundan 480 km joyida kema qatnovi yo'lga qo'yilgan. Adige
daryosining uzunligi 410 kmni tashkil qiladi. Ularning ikkovi ham g'arb tomonga
oqadi va Adriatika dengiziga quyiladi. Italiya daryolari ko'p bulishiga qaramasdan
mayda va sayozdir. Italiyaning shimoliy qismida ham yarim orol qismida ham bir
qancha ko'llar bor. Garda, Magiore, Komo, Trasimeno shular jumlasidandir.
Italiyaning iqlimi juda o'zgaruvchan va boshqa O'rta er dengizi malakatlarinikidan
farq qiladi. Shimoliy hududlar, Turin, Milan, Bolonyada iqlim nam subtropikdir.
Sohilbo'yi mintaqalarida ichki balandlik va vodiylardan iqlim o'zgachadir, ayniqsa
qish oylarida yumshoq va iliq havo, yozda esa quruq va ancha issiq ob-havo
hukmrondir.
Rasmiy nomi Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) –
Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim
orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Maydon
301,2 ming km2. Aholisi 60,92 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan 20
viloyat (regione)ga boʻlinadi. Poytaxti – Rim. Tili — italyan. Dini —
aholisining asosiy qismi protestantlar, qolganlari musulmonlar, yahudiylar. Pul
birligi — yevro.
Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Yevropada, Apennin yarimorolida
joylashgan. Shimolda — Avstriya (chegara uzunligi — 430 km) va
Shveysariya (740 km), shimoli g‘arbda — Fransiya (488 km), sharqda —
Sloveniya (199 km) bilan chegaradosh. Sardiniya, Sitsiliya, Elba orollari va bir
qancha kichik orollar ham Italiyaga qarashli. Italiya hududi janubda va g‘arbda
0‘rta Yer dengizi, sharqda Adriatika dengizi bilan tutash. Chegarasinmg
umumiy uzunligi 1899,2 km. Hududining 80% i tog’ va qirlardan iborat.
Italiyaning shimolida Alp tog’lari joylashgan. Alp va Apennin tog’lari
oralig‘ida Po daryosi vodiysi bilan Lombard tekisligi joylashgan. Harakatdagi
vulqonlar ko‘p. Ular orasida Vezuviy (1277 m) va Etna (3323 m) Sitsiliya
orolida joylashgan. Italiyaning asosiy daryolari — Po va Tibr. Mamlakatda
kо‘llar ko‘p, asosiylari Garda, Lago-Madjore, Komo. Asosiy foydali
qazilmalari: simob, marmar, ishqor, ko;mir, oltingugurt, kam miqdorda tabiiy
gaz va neft. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 32%, o‘rmon va
butazorlar — 22%, yaylov va o‘tloqlar 17% ni tashkil etadi.
Davlat tuzumi.
Italiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 yil 22 dekabrda qabul
qilingan va 1948 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi – prezident
(1999 yil maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma
majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 yil muddatga saylanadi. Qonun
chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi
xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi
raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.
Tabiati.
Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin yarim orolning
janubida pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis.
Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shimolida Alp
togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m –
Italiyaning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng
baland nuqtasi – Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst
platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari janubida joylashgan Padan tekisligi
sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi
botqoqli pasttekislik. Alennin yarim orol boʻylab 1200 km masofada Apennin
togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata – 1734
m, Vezuviy – 1277 m) bor. Italiya orollarining relyefi, asosan, togʻlik,
orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning oʻrta
va janubiy qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi.
Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari,
boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. Italiya simob rudasi zaxirasi
boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli
va issiq (tempaturasi 100–200°) bulok, koʻp.
Iqlimi
Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari
shimolidan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq.
Iyulning oʻrtacha temperaturasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20–28°, baʼzan
issiq shamol esganda 40–45° ga koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi
Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim orol va orollarda 1
– 12°. Sharqiy Alp va Shimoliy Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin
(yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600–800 mm,
Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining
Italiya hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.
Italiyaning iqlimi juda o'zgaruvchan va boshqa O'rta er dengizi
malakatlarinikidan farq qiladi. Shimoliy hududlar, Turin, Milan, Bolonyada
iqlim nam subtropikdir. Sohilbo'yi mintaqalarida ichki balandlik va
vodiylardan iqlim o'zgachadir, ayniqsa qish oylarida yumshoq va iliq havo,
yozda esa quruq va ancha issiq ob-havo hukmrondir.
Eng yirik daryosi – Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar
Italiyaning shimoliy qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan
suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik
koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi,
sohillarida kurort koʻp.
Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon
bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi
tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloklari bor. Apennin yarim orol,
Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500–600 m balandlikda doim
yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar usadi.
1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora
qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli
oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloqlari bor.
Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin
togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan,
qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi,
sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik,
hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan.
Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. –
jami maydon 200 ming ga.
Tarixi.
Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro shahri
yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogʻi yaqinidagi
Barma-Grande gʻoridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan
arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat beradi. Shimoliy Italiyada jez davrita
mansub arxeologiya mada-niyati, oʻrta Italiyada unga turdosh boʻlgan
madaniyatlar nishonalari juda koʻp. Temir davrshxa Italiya hududida paydo
boʻlgan bir qancha madaniyatlar koʻpgina arxeologiya yodgorliklarini
qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakchi boʻlgan. Mil. av. 2–
1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin
italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha boshlagan. Italiklar guruhiga mansub boʻlgan sabinlar bilan birga lotinlar Rimga asos solganlar (mil.
av. 754–53-yillar). Mil. av. 5–3asrlarda Italiya hududi qad. Ashning asosiy
qismi boʻlgan. Mil. 5-asrgacha, yaʼni Italiya Rim davlati tarkibiga kirgan
davrgacha boʻlgan
Mil. 3-asrda, asosan, Italiya hududidan iborat boʻlgan Rim imperiyasida
quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm
unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda
xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi Rim imperiyasi davrida
butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi.
4–5-asrda Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar Rim
imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-asr boshlarida Italiyaga kirib kelgan
vestgotlar 413 yilda Rimni ishgʻol qildilar. 455 yilda Rim vandallar tomonidan
tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda german, vestgot, vandal va b. kabilalarning
hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy Rim
imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati
oʻrnatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi.
554 yil Italiyani Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554
yil Pragmatik sanksiya chiqardi, bu qujjat Rim imperiyasining ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568 yilda Shimoliy
Italiyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga
uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va
haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar
oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi
kuchga aylandi. Ammo Rimdagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va
kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. Rim xususiy mulkchiligi
taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar
sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati
vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi.
751 yilda langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni
langobardlardan tortib olishdi. 556 yilda franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna
ekzar-xati, Rim dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach, papalarning teokratik davlati (Papa viloyati) tarkib togshi. 773–74 yillarda Italiyani franklar
qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda
zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda Italiya
qirolligi tashkil topdi.
Buyuk Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng
Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl
sulolasidan boʻlgan Karl III agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida Italiya
taxti uchun kurash avj oldi. 9-asrda Italiyaga janubidan arablar, shimolidan
vengerlar hujum qildi. 10-asrning 2-yarmidan 12-asr boshlarigacha Italiyaning
koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10–11-asrlarda
Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar
iskanjasidan qutulib, mustamustaqil shaharlarga aylandi. 11 – 12-asrlarda
Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari–sexlar
vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach, hokimiyat senordan konsullar
hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining, boy savdogarlarning
namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda
savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik
katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi
zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va Italiya iqtisodiyotining
rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida
boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boʻldi,
bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat
shakli – respublika tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul
munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu
yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga,
ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi.
Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu
qismida 11 –12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar,
savdogarlar va baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib
keldi. 12–13-asrlarda Italiya shaharlarining qoʻllab-quv-vatlashi bilan qishloq
kommunalari vujudga kela boshladi, ular oʻzini oʻzi boshqarish huquqi
berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan
ozod boʻlishlari bilanoq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12–13-asrda
Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik
zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi Italiyaga
bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158
yilda imperator chiqargan Ronkal qaroriga bino-an Italiya kommunalari siyosiy
mustaqillikdan mahrum boʻldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida
Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi.
1162 yilda german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy markazi
boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167 yilda Shimoliy Italiya shaharlari birlashib,
"Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya
ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy
oʻzligini anglash unsurlari paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183 yil Konstansa
sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab
oldilar.
11-asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda
zamindorlik munosabatlari Shimoliy va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi.
13-asrda ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va
"Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani
markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz xukmronligini bu-tun
Italiyaga yoyishga behuda urindi. 13-asr 60-yillarda Janubiy Italiya oʻziga
Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282 yildagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli
Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-asr oxiri – 14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15asr oʻrtalarida Janubiy Italiyani ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu
tariqa Italiya janubiy ispanlar xukmronligi ostiga oʻtdi.
13-asrda Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shimoliy va Oʻrta
Italiyadagi ilgʻor shaqar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari
nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut
toʻqish ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya). Bank va
savdo
sarmoyasidan
sanoatni
rivojlantirish
uchun
foydalanildi.
Hunarmandchilikning kengayishi shahar-davlatlarning oʻziga qarashli
hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy qaramlik) dan ozod qilishiga
imkon berdi. Deh-qonlarning koʻpchiligi shaharlarga koʻchib, ustaxonalardagi
yollanma ishchilar safini toʻldirdi.
11 – 12-asrlarda Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar
korporatsiyalari–sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach,
hokimiyat senordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining,
boy savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar
bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining
ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning
kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va Italiya
iqtisodiyotining rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar
hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun
turki boʻldi, bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi
davlat shakli – respublika tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul
munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu
yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga,
ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi.
Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu
qismida 11 –12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar,
savdogarlar va baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib
keldi. 12–13-asrlarda Italiya shaharlarining qoʻllab-quv-vatlashi bilan qishloq
kommunalari vujudga kela boshladi, ular oʻzini oʻzi boshqarish huquqi
berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan
ozod boʻlishlari bilanoq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12–13-asrda
Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik
zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi Italiyaga
bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158
yilda imperator chiqargan Ronkal qaroriga bino-an Italiya kommunalari siyosiy
mustaqillikdan mahrum boʻldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida
Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi.
1162 yilda german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy markazi
boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167 yilda Shimoliy Italiya shaharlari birlashib,
"Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya
ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy
oʻzligini anglash unsurlari paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183 yil Konstansa
sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab
oldilar.
11-asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda
zamindorlik munosabatlari Shimoliy va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi.
13-asrda ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va
"Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani
markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz xukmronligini bu-tun
Italiyaga yoyishga behuda urindi. 13-asr 60-yillarda Janubiy Italiya oʻziga
Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282 yildagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli
Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-asr oxiri – 14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15asr oʻrtalarida Janubiy Italiyani ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu
tariqa Italiya janubiy ispanlar xukmronligi ostiga oʻtdi.
Shimoliy va Oʻrta Italiya shahar va qishloklarida ishlab chiqarish kuchlarining
jadal rivojlanishi tufayli 14–16-asrlarda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul
munosabatlari paydo boʻlishi va rivojlani-shiga olib keldi. 14-asr Shimoliy va
Oʻrta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma ishchilar necha oʻn
minglab ki-shiga yetdi, asosan movut toʻqimachiligida manufaktura paydo
boʻldi. 14–15-asrlarda xalq qoʻzgʻolonlari kuchayib borishidan choʻchigan
"semiz" popolanlar shaharlarda respublika idora usulini tiraniya bilan
almashtirdilar. 15-asrda Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b.
joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-asr 2-yarmida Italiyada reaksiya
kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat
munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada maʼrifatparvarlik oqimini keltirib
chiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanishi va maʼrifatparvarlik harakati Italiya
tarixida yangi davr – chet el hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab
boʻldi. 1789 – 94 yillarda Fransiyada boʻlib oʻtgan inqilob Italiyadagi
inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham
yakobinchilar harakati paydo boʻldi. 1796–97 yillardagi Napoleon yurishidan
soʻng Italiya Respublikasi (1797) tuzildi. 1799 yil A. V. Suvorov armiyasi
fransuz armiyasini Italiyadan surib chikardi. Lekin 1800 yil Napoleon armiyasi
Italiyaga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari
Fransiyaga qoʻshib olindi, Sizalpin (1802 yildan Italiya) Respublikasi Italiya
qirolligiga aylantirildi (Napoleonning oʻzi imperator edi). Shunday qilib, butun
Italiya (Sardiniya va Sitsiliya o.laridan tashkari) Fransiya qoʻl ostida
birlashtirildi. 1814 yildan Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi
tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi
(1814–15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va koʻplab qirolliklarga
boʻlinganligini rasmiylashtirdi. 19-asr 40-yillaridan Lombardiya, soʻngra
Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi.
1848–49 yillarda inqilob sodir boʻldi. Fransiya, Avstriya hamda Italiya
zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860 yil
may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy yurish Italiyani birlashtirishda
muhim rol oʻynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga
birlashtirildi, 1861 yildan Pyemont birlashgan Italiya qirolligi deb yuritildi.
1870 yilga kelib Italiya birlashtirib boʻlindi va u bosqinchilik yoʻlini tuta
boshladi. Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini
tuzdi (1882). Italiya qoʻshinlari 1889–90 yillarda Somali va Eritreyani bosib
oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbagaduch keldi. 1911 – 12 yillardagi
Italiya turkiya urushi natijasida Italiya Liviyani bosib oldi. 1916 yil 27
avgustda Italiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. Urush mamlakat
iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Urushning ogʻir oqibatlari va iqtisodiy
tanglik Italiyada gʻalayonlar boshlani-shiga olib keldi. Ayniqsa, Turin
ishchilarining qoʻzgʻoloni juda kuchli boʻldi. Inqilobiy kuchlarning
tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922 yil
31 dekabrda B. Mussolinini keltirib qoʻydi. Mussolini hukumati demokratik
kuchlarga qarshi kurash boshladi. 1929–33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni
Italiya iqtisodiyotini mushkul ahvolga solib qoʻydi. Shunga qaramay,
Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi urushga hozirlik
koʻra boshladi. 1935 yil 3 oktabrda Italiya urush eʼlon qilmasdan Efiopiyaga
hujum boshlab, 1936 yilning may oyida uni va 1939 yilda Albaniyani bosib
oldi. Italiya Millatlar Ittifoqidan chiqib, "Antikomintern pakti"ga qoʻshildi
(1937) va gitlerchilar Germaniyasining asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940 yil
oktabrda Italiya Gretsiyaga, 1941 yil aprelda Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941
yil 22 iyunda Italiya sobiq SSSRga urush eʼlon qildi, sharqiy frontga italyan
ekspeditsion korpusisharqiy frontga italyan ekspeditsion korpusi (1942 yildan
armiya)ni yubordi. Lekin 1943 yil Italiya qoʻshinlari sobiq Sovet armiyasi
tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qoʻ-shinlari bostirib
kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va
hukumatning marshal P. Badolo koʻliga oʻtishiga sabab boʻldi (1943 yil 25
iyul). Badolo Angliya-Amerika qoʻmondonligi bilan yarash (soʻzsiz taslim
boʻlish) shartnomasiga yashirincha imzo chekdi. Bundan xabardor boʻlgan
Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq qoʻgʻirchoqhukumat tuzdi. 1943 yil kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash
boshladi. Nihoyat, 1944 yil aprelda barcha antifashist partiyalarning
vakillaridan iborat yangi hukumat (Badolo boshliq) tuzildi. Umumxalq qurolli
koʻzgʻoloni natijasida 1945 yil aprelda mamlakat fashistlardan ozod boʻldi.
1946 yil 2 iyunda respublika eʼlon qilindi.
Italiya–1945 yildan BMT aʼzo-si. 1992 yil 10 yanvarda Oʻzbekiston
Respublikasi suve-renitetini tan oldi va oʻsha yil 24 martda diplomatiya
munosabati oʻrnatdi. Milliy bayrami – 2 iyun – Respublika eʼlon qilingan kun
(1946); 1977 yildan 2000 yilgacha iyunning birinchi yakshan-basida
nishonlangan.Trir shahri devorlarining shi-moliy darvozasi (qurilish 180 yilda
boshlangan, ammo nihryasiga yetmagan).
Iqtisodiyoti
Italiya – yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng
rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%,
qishloq xoʻjaligi ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada
12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5
mln. kishi qishloq xoʻjaligida band.
Sanoatida ogʻir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya,
avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft
kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi.
Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari kam, borlari ham notekis
joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari, Adriatika
dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), qoʻrgʻo-shin, rux (asosan,
Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o.da), boksit, kinovar
(simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o.da),
qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr
stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va
geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr
energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom
ashyo asosida ishlaydi.
Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida,
shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya,
Bolsa-no, Mori, Milan shaharlari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta
ishlash korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz
sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta)da va neft
mahsulotlari eng koʻp ishlatiladigan shaharlar (Milan va boshqalar)da.
Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik
(Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest),
stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika
(Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan atrofi) sanoati
rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola,
farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk ishlab chiqarish yuqori
darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont – anʼanaviy toʻqimachilik markazlari.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari – un, makaron, pishloq, qand-shakar,
kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) ishlab
chiqarishdir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal ishlab chiqarish rivoj topgan.
Hunarmandchilikka ayniqsa katta eʼtibor beriladi.
Italiya sanoat tarmoqlarining hududlar bo`yicha taqsimlanishi
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari – dehqonchilik (58%) va
chorvachilik (42%). Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib,
ekin ekiladi, 11% bogʻ, tokzor va zay-tunzor, 19,2% maysazor va yaylov.
Asosiy don ekinlari – bugʻdoy, makka-joʻxori, suli, arpa, sholi. Qand lav-lagi,
uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino ishlab
chiqarish hajmi jihatidan Italiya dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida turadi.
Italiya yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil hoʻl meva beradi, uning salkam
60% mamlakat shimolidagi ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi.
Janubiy viloyatlarda bodom, yongʻoq, fundukzorlar koʻp. Uzum hosili yiliga
10 mln. tonna (uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi), sitrus mevalar xrsili
yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Chorvachiliqsa qoramol
(8,8 mln. bosh), choʻchqa (9,6 mln. bosh) va qoʻy (12,2 mln. bosh) boqiladi.
Mamlakat shimolida sut va goʻsht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi
rivojlangan.
Transporti.
Yoʻlovchilarning 90% dan koʻprogʻi, yuklarning 80% dan ortigʻi avtomobil
transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. –304 ming km, temir yoʻl uz. –
19,6 ming km. Chetga yuboriladigan va chetdan olinadigan yuklarning
aksariyati dengiz transporti orqali tashiladi (eksport kjlarining 60–65%, import
yuklarining 80-90%). Asosiy dengiz portlari: Genuya, Triyest, Venetsiya,
Neapol.
Italiya – xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri (yiliga 50 mln.dan
koʻproq sayyoh kelib ketadi).
Italiya iqtisodiyoti koʻp jihatdan tashqi savdoga bogʻliq. Italiya chetga sanoat
mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va
b. chiqaradi. Chetdan neft, koʻmir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta,
shuningdek, mashinalar, yogʻoch, qogʻoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari,
AQSH, Rossiya. Pul birligi – lira.
Aholisi
ISTAT (Italiya Statistika Qo'mitasi)ning so'ngi baholashiga ko'ra 2007 yilning
fevral oyi holatiga Italiyada aholisi 59.206.382 kishini tashkil qiladi. Italiya
aholi soni bo'yicha Evropada to'rtinchi (Germaniya, Frvntsiya va Buyuk
Britaniyadan so'ng), jahonda 22-o'rinda turadi. Aholi sonining o'sishi asosan
immigrantlar va 79,81 yilni tashkil qiluvchi o'rtacha hayot uzunligining o'sishi
bilan bog'liq. Aholi zichligi bo'yicha Italiya bir kvadrat kilometrga 196 kishi
bilan Evropada beshinchidir. Savodxonlik ko'rsatkichi 98% ni tashkil qiladi,
majburiy maktab ta'limi 6 yoshdan 18 yoshgachadir. Butun aholining taxminan
2/3 qismi shaharlarda yashaydi, lekin ushbu ko'rsatkich boshqa g'arbiy Evropa
mamlakatlaridan ancha kamdir.
Aholisining 98% dan koʻprogʻi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar,
fransuzlar, sloven va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy
tili – italyan tili. Asosiy din – katolik dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi.
Yirik shaharlari: Rim, Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo.
Hududlarning maydonlar bo`yicha ko`rsatkichi
Download