Uploaded by aslam ramazanov

Defektologiya - Vikipediya

advertisement
Defektologiya
Defektologiya (lot. defectus -nuqson va ...logiya) — jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar
rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini oʻrganish, ularga maxsus taʼlim-tarbiya berish,
undagi nuqsonlarni yoʻqota borish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Koʻr va koʻzi ojiz, kar va
qulogʻi ogʻir, aqli zaif, tayanch-harakat appa-ratida nuqsoni bor, nutq kamchiligiga ega boʻlgan
bolalar D. fani obʼyek-tidir. Shunga koʻra D. 4 alohida sohaga boʻlinadi: surdopedagogika (kar
va qulogʻi ogʻir bolalarni oʻqitish, tarbiyalash usullarini oʻrganadi), tiflopedagogika (koʻr va
koʻzi ojiz bolalarni oʻqitish va tarbiyalash masalalarini tadqiq etadi), oligofrenopedagogika
(akli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash qonuniyatlarini ishlab chiqadi), logopediya (nutq
kamchiliklari boʻlgan bolalarni oʻqitish hamda tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti bilan
shugʻullanadi). Dastlab surdopedagogika va tiflopedagogika paydo boʻlgan (1770-yil karlar
uchun Ispaniyada, 1784-yil koʻrlar uchun Parijda maxsus muassasa ochilgan). Keyinchalik
logopediya va oligofrenopedagogikaga asos solingan. Nuqsonli va psixofizik kamchiligi bor
bolalarning ruhiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi maxsus psixologiya, shuningdek, taʼlimtarbiya
berish, nuqsonlarni tuzatish, tiklash vositalarini ishlab chiquvchi surdotexnika va tiflotexnika
ham D.ga kiradi. D. anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, nevrologiya, nevropatologiya,
eshitish, koʻrish va nutq pa-tologiyasi, maktab gigiyenasi, umumiy va pedagogik psixologiya,
ped., til-shunoslik, bolalar psixologiyasi va b. fanlar bilan uzviy bogʻlangan. D.ning asosiy
vazifasi nuqsonli bolalarni aniklash, tashhis usullarini ishlab chiqish, ular uchun maxsus va
mujassamlashtirilgan taʼlimtarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yoʻqotish
vositalarini izlab topish, amalda qoʻllash, ularni hayotga tayyorlash, ijtimoiy foydali insonlar
qilib yetishtirishdan iborat.
Oʻlkamizning buyuk alloma, shoir va mutafakkirlari, xususan Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos
Hojib, Navoiy, Amir Temur va b. D.ni izchil va atroflicha muayyan yoʻnalishda oʻrganmagan
boʻlsalar ham, oʻz asarlarida defektologik holatlarning aks etishi, namoyon boʻlishi,
rivojlanishi, oʻzgarishlari toʻgʻrisida qimmatli fikrlar bildirishgan. Oʻzbekistonda D.ning ilmiynazariy, metodik va amaliy tadqiqrtlari bilan G. Sh. Aytmetova, Ye. D. Gordiyenko, L. R.
Moʻminova, R. Shomaxmudova, Gʻ. Shoumarov va b. shugullangan. Jismoniy va ruhiy
nuqsonli bolalarni jamiyatga foydali kishilar qilib tarbiyalash uchun Oʻzbekistonda maxsus
maktabgacha tarbiya muassasalari, maxsus maktablar, maxsus internat maktablar mavjud.
Toshkent pedagogika universitetinnng ped. va defektologiya fakultetida maxsus maktab va
muassasalar uchun defektolog kadrlar tayyorlanadi (1967-yildan).
Lola Moʻminova.
Adabiyot
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Defektologiya&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Download