Uploaded by husniddin2018

1-Ma'ruza (1)

advertisement
1-Mavzu. PEDAGOGIKA FANI, UNING PREDMETI, METODOLOGIYASI,
ILMIY-TADQIQOT OB’EKTI, METODLARI.
REJA:
1.
2.
3.
4.
“Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.
Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi.
Uzluksiz ta’lim. Pedagog kadr tavsifnomasi.
Pedagogika fanining maqsadiga muvofiq tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch tushunchalar: tayanch o’rta ta’lim, professional ta’lim, katta yoshdagilar
ta’limi, inklyuziv ta’lim, dual ta’lim, davlat-xususiy sheriklik.
O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan «2017–2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llabquvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 172-bandida «Ta’lim to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab
berildi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida yigirmadan ortiq xorijiy davlatning (Rossiya,
Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya, Angliya, AQSh, Fransiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya,
Hollandiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va b.) ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari o‘rganildi va
ularning ilg‘or tajribalari inobatga olindi.
30 ga yaqin manfaatdor vazirlik va idoralar, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq
mutaxassis va 100 dan ortiq fuqaro qonun loyihasi bo‘yicha fikr va mulohaza, takliflarini bildirdi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Takliflarning aksariyati ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimiga, shuningdek
ta’lim sifatini yaxshilashga, muallimlarning obro‘-e’tiborini oshirishga, ularning ijtimoiy
himoyasiga qaratilgan.
Yangi tahrirda ishlab chiqilgan qonun loyihasida boblar soni 5 tadan 11 taga va moddalar
soni 34 tadan 75 taga yetkazildi.
Qonun loyihasiga quyidagi yangi boblar kiritildi:
ta’lim faoliyati va uni tashkil etish (4-bob);
ta’lim muassasasi xodimlari (5-bob);
ta’lim oluvchilar va ota-onalar(qonuniy vakillar)ning huquqlari, majburiyatlari va
javobgarligi (6-bob);
ta’lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi (7-bob);
ta’lim muassasalarini litsenziyalash, davlat akkreditatsiyasi, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar
nostrifikatsiyasi va apostil qo‘yish (8-bob);
ta’lim tizimida davlat nazorati (10-bob);
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik (11-bob).
Qonun loyihasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
 xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga
moslashtirish;
 ta’lim sifatini yaxshilashga ta’sir qiluvchi omillarni va uning mexanizmlarini qonunning
mazmunida aks ettirish;
 ta’lim sifatini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish;
 ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, huquqlari, majburiyatlari va
javobgarligini tartibga solish;
 katta yoshdagilar ta’limi, inklyuziv ta’lim, davlat-xususiy sheriklik, ta’lim sohasiga
investitsiyalarni jalb etish, mulkchilik shaklidan qat’i nazar ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi
yuridik shaxslar va boshqa bir qator tushunchalarni alohida moddada ochib berish va
boshqalar.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasinining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga ko’ra uzluksiz
ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:
 Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
 Professional ta’lim;
 Oliy ta’lim;
 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
 Maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual,
ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni
umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich
ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan
belgilanadi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka
hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan
yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur
bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va
ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini
rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha
birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasbhunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va
ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori
malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni
yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan
o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida ikki yil
mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal
rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-xunarga va shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim olishini ta’minlaydi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘lov-shartnoma
asosida amalga oshirilishi mumkin.
Iqtidorli va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod va boshqa
ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil etilishi mumkin.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda
ta’lim oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar soni o‘ttiz
besh nafardan oshmasligi kerak.
Professional ta’lim
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga
oladi:
boshlang‘ich professional ta’lim;
o‘rta professional ta’lim;
o‘rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida
bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik
fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida
kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki
yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus
ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich
professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma
asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi
kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik
umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar ham o‘rta
professional va o‘rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi tanlagan kasbga
va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim),
o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich
professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim)
olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan
shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va
ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi
kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan
belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga
ega.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish
maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda
tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga
ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga
da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli
hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar
uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori
(Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan
ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi
bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish
tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim
olish xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonun hujjatlarida belgilanadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan
yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va
ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi
hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi
oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli
davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik,
ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi
mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida
ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga
qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari,
uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport
maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda
sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
 Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
 Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
 Dual ta’lim;
 Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
 Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
 Inklyuziv ta’lim;
 Eksternat tartibidagi ta’lim;
 Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur
bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet
jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Dual ta’lim
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan
bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish
joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning oilada ta’lim
olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv
dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim oluvchilarning toifalari
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat
ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari
o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarni kasbiy,
intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim muassasalarining tasdiqlangan
o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida o‘qitishning markaziy
tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim berish hamda o‘qitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida
katta yoshdagilarning ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga oladi,
shuningdek rasmiy, norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
Rasmiy ta’lim davlat ta’lim muassasalari hamda davlat tomonidan tan olingan akkreditatsiyadan
o‘tgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ishtirokidagi institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va
normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan ta’limdir.
Norasmiy ta’lim ta’lim xizmatlari taqdim etilishini ta’minlovchi shaxs yoki tashkilot tomonidan
institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq
maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan bo‘lib, shaxsni butun hayoti davomida o‘qitishdagi
rasmiy ta’limga qo‘shimcha va (yoki) uning muqobilidir.
Informal ta’lim aniq maqsadga yo‘naltirilgan, ammo institutsionallashtirilmagan (muayyan
qoidalar va normalarni mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy ta’limdan ko‘ra kamroq
tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgandir hamda oiladagi, ish joyidagi, yashash joyidagi va
kundalik hayotdagi o‘quv faoliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.
Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga
olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng
imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim
tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Eksternat tartibidagi ta’lim
Eksternat tartibidagi ta’lim olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga
olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va
davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi.
Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni
tayyorlash
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash ularning
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasinining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga ko’ra
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir
yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning
hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va
tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Pedagoglik kasbi, uning paydo bo‘lishi va ravnaq topishi. Pedagoglik kasbining
shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog‘liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy
davr kishilari bolalarni o‘zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini
terish, o‘simliklarning ildizi kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga
oshirishni o‘rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug‘)ning tajribali kishilari yoki keksalar
tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo‘lida olib borilayotgan
xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma’lumotlarni berib, ularda amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni
yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o‘zlashtirganlar.
Nutq va yozuv paydo bo‘lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan.
Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo‘lishi, shuningdek, urug‘
jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan
munosabatning ilg‘or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
Turli tabiiy ofatlar ta’siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni
davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo‘lgan tabiiy ehtiyoj
yoshlarga hayotiy tajribalarni ma’lum mehnat faoliyati yo‘nalishida yetarlicha bilimga ega bo‘lgan
kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Natijada bolalarga hayot
tajribalarini o‘rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha
bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda paydo bo‘lib, ularda
bolalarga ma’muriy-xo‘jalik boshqaruvi asoslari o‘rgatilgan.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida
faoliyat olib borganlar.
+adimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so‘zi
afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina
yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o‘z shogirdlariga ma’ruzalar o‘qigan
bo‘lib, keyinchalik ta’lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan.
+adimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida qudorlik tuzumida bolalarni ta’lim maskanlariga olib
borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu
tushunchaning ma’nosi «bola yetaklovchi» demakdir.
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy
shug‘ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar
(Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga
dunyoviy bilimlar ham o‘rgatilgan.
O‘rta asrlar davrida Sharqda akademiya ko‘rinishidagi ta’lim muassasalari ham faoliyat
yuritgan bo‘lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag‘dod), «Ma’mun akademiyasi» (XI ar
boshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan.
Akademiyalarga turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha kuchli bilimga ega bo‘lgan qomusiy olimlar jalb
etilgan bo‘lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi
yo‘nalishlarda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilgan.
O‘rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya (Sharqda
madrasa)lar ko‘rinishidagi maktablarda ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar bo‘yicha
mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan.
Chunonchi, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o‘z davrining
taniqli olimlari – Ali Qushchi, Taftazoniy, Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, /iyosiddin
Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta’lim berganlar.
XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari,
taniqli ma’rifatparvarlar – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy,
Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat
va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma’naviy yetuk inson sifatida ham nom
qozondilar.
Sharq mutafakkirlari va g’arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o‘rni haqida.
Jamiyat tomonidan o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilayotgan talablar o‘z davrida Sharq mutafakirlari
hamda /arb ma’rifatparvarlarining asarlarida o‘z aksini topgan.
Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o‘qituvchining
ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha,
yaxshi o‘qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya’ni, u o‘zi ega bo‘lgan bilimlarni
yoshlarga beminnat o‘rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo‘la oladi.
Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida o‘qituvchi bolalarga ta’lim berishdek mas’uliyatli burchni
bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda muvafaqiyatga erishish garovi bo‘lgan quyidagi
tavsiyalarni beradi:
1) bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
2) berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishiga e’tiborni qaratish;
3) ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish;
4) talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
5) fanga qiziqtira olishi;
6) berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
7) bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
8) har bir so‘zning boalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish1.
Alisher Navoiy o‘z davrining ayrim maktabdorlari ega bo‘lgan sifatlar, xususan,
qattiqqo‘llik, ta’magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasiga
nisbatan jiddiy talablarni qo‘yadi. Xususan, «mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va
bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik
uchun gap-so‘z va qavqo yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa,
gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bo‘lmasa. ... Yaramasliklardan qo‘rqsa va
nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki
halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va
odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir»2.
Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o‘tadi: «Uning ishi odam
qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani
saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima
yetsin.
Shunisi ham borki, u to‘dada fahm-farosati ozlar bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat
kelsa qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko‘pdir. Agar shogird
podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi.
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila»1.
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy ham o‘z asarlarida o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyati
borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida o‘rin beradi. Allomaning qayd etishicha, bolaning
sog‘lom bo‘lib o‘sishida ota-onalar o‘ziga xos rol o‘ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy
etishida o‘qituvchining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy
qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan
muqaddas bir vazifa» ekanligini ta’kidlab, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning
tarbiyasiga bog‘liqdur»2, - deydi.
Yan Amos Komenskiy o‘z davrida o‘qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga
katta baho berib, o‘qituvchilik «yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda
faxrli kasb» ekanligini ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, pedagog o‘z burchlarini chuqur anglay
olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Y.A.Komenskiy o‘qituvchi obrazini
tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlarning namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligiga
urg‘u beradi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga otalaridek
muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortida ergashtiruvchi va
diniy e’tiqod.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning
kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish maqsadga мувофиқ эканлиги
тўғрисидаги фикрни илгари суради. Мазкур ғоянинг ижтимоий аҳамиятини тасдиқловчи
тизим – ўқитувчиларни тайёрловчи тизимни илк бор асослайди.
O‘qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar. «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib
borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
Rashimov S. Abu Ali ibn Sino ta’lim va tarbiya haqida. – Toshkent, Iqituvchi, 1967. – 75-bet.
Navoiy, Alisher. Mashbub ul-qulub. Asarlar. In besh tomlik. 13 tom. – Toshkent, Badiiy adabiyot
nashriyoti, 1966. 192-193-betlar.
1
1
o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga
ham bog‘liqdir.
1. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan
ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi,
uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda
muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
2. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘ymoqda. Chunonchi, bu borada
I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aqlidrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib
yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana
shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak»1.
3. Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan
qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?
4. O‘qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha
maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim
muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi.
5. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi +onunining 5-moddasi 3bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan
shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Bizning nazarimizda, zamonaviy o‘qituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar
namoyon bo‘la olishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi-bakalavr tomonidan
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarini ifodalaydi):
7. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan
ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli
ma’lumotlarni bera olishi lozim.
8. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va
yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.
9. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida
tinimsiz izlanishi lozim.
10. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta’lim-tarbiya
jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat
tashkil etishi kerak.
11. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan
unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
12. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.
13. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik
layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika,
jest) qoidalari chuqur o‘zlashtirib olishga erishishlari lozim.
O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni
o‘zida aks ettira olishi kerak:
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
g) nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat abadiy tilda ifoda
etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar); varvarizm (muayyan
millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin qo‘llanilishi);
vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni
bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) so‘zlardan holi bo‘lishi, o‘qituvchining
nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak;
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma
gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish).
O‘qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya
jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush
taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va
turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o‘zlashtirishga erishishi.
O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.
O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarning
tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri
baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O‘quvchi,
ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga
ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar
haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning
muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha
olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan
xayrihohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki
kayfiyatda bo‘lishi zarur.
O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning
o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Pedagogik mahoratni egallash yo‘llari. O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash
jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak
bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida
malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli,
ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda
pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni
o‘zlashtirish asosida tarkib topadi. Yosh, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat
stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zini kasbiy jihatdan
takomillashtirish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga ta’minlanadi. Ular
quyidagilardan iborat:
1.Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan yangiliklar haqida
ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, vaqtli matbuot sahifalarida chop
etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari
surilayotgan g‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).
2.Hamkasb tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga
chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt, shuningdek, iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi.
Tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni
kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish
asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).
3.Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurs (institut)larida
kasbiy malakalarini oshirish.
4.Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda
seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar)da faol ishtirok etish.
5.Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim
muassasalarida ularning ish tajribalarini o‘rganish (stajirovka).
Ayni vaqtda respublikada «Ustoz» jamg‘armasining homiyligida ta’lim
muassasalarining o‘qituvchilar rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, ularning ta’lim tizimi va
ish tajribalarni o‘rganmoqdalar.
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy
natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni
boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga
ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda
ularni barataraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi
bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchining jamoadagi obro‘-e’tiborini ham oshiradi,
o‘quvchilarga unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik
faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar
hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
O‘z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy,
Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy va boshqalar
o‘z asarlarida o‘qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi
zarur bo‘lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali o‘zlari ham pedagogik madaniyatga
ega ekanliklarini namoyon etganlar. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan,
bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan shaxs ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson
kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo‘lmaydi. Ularning pedagogik madaniyatlari negizini bolani
tushuna olish, unga insbatan insonparvar munosabatda bo‘lish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga
kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, pedagogik faoliyatning haqligi,
jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda o‘quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu
g‘oyalarning hayot mavjudligini ta’minlashda qudratli omil (vosita) ekanligiga ishonch kabilar
tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida malakali (mahoratli) o‘qituvchilarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning tajribalarini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahoratli o‘qituvchilarni aniqlash maqsadida turli ko‘rik, tanlovlar tashkil etilmoqda. Xususan,
«Yil o‘qituvchisi» Respublika ko‘rik-tanlovi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
o‘qituvchilarga pedagogik mahoratlarini individaul ravishda namoyish etish imkoniyatini
berayotgan bo‘lsa, «Yil maktabi» Respublika ko‘rik-tanlovi o‘qituvchilarga jamoa asosida ta’lim
muassasasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni ommaga ko‘rsata olishlari uchun sharoit
yaratmoqda.
Shuningdek, respublika miqyosida pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlarni qo‘lga kirita
olgan o‘qituvchilar ta’lim sohasida nufuzli sanaluvchi davlat mukofoti – O‘zbekiston Respublikasi
Xalq o‘qituvchisi ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lmoqdalar.
Pedagogika fanining maqsadi: pedagogika fanining bosh maqsadi shaxsni har
tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilgan ta‘lim-tarbiya tizimining ilmiy-nazariy asoslarini
yaratish hamda shaxsga yo’naltirilgan ta‘lim-tarbiya tizimini nazariy-metodik jihatdan
qurollantirishdan iborat.
Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha “paidagogike”– “paidagogos” “bola” va
“yetaklayman”) ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, shaxsni shakllantirishga qaratilgan
tizimli faoliyat mazmuni, ta’lim, ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, shakllari, metodlari,
vositalari, yagona ijtimoiy maqsad asosida yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash,
unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. A.Avloniy tushunchani “bola tarbiyasining fani”
(“pedagogiya”) deb ataydi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o‘qitish va tarbiyalashga e’tiborni
qaratadi. Shu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi Pedagogika fanning muhim
tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha “didaktikos”-“o‘rgatuvchi”, “didasko”“o‘rganuvchi”) – ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari,
qonuniyatlari, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakllari,
metodlari, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo
muammolarni tadqiq etadi
Ta’lim umumiy va maxsus ta’lim kabi turlarga ajratiladi. Umumiy Pedagogika fanining muhim
tarkibiy qismlaridan yana biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi. Tarbiya nazariyasi bevosita tarbiya
jarayonini o‘rganadi.
Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni
mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari,
qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari (kategoriyalar matnda qoraytirilib ko‘rsatilgan)
quyidagilar hisoblanadi:
Shaxs -psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan
boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat
a’zosi
Tarbiya- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini
tarkib toptirish jarayoni
Ta’lim - o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish,
ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
jarayon
Bilim - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi
borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui
Ko‘nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati
Malaka - muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va
malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va
sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon
II. Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Pedagogika nafaqat o'zining
o'rganuvchi predmeti, balki tarixiy rivojlanishi bilan ham o'ziga xos fandir.
«Avesto» ta’limoti, «Qur’oni Karim» sabog'i, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil alBuxoriy (810-970), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892) kabi xadis ilmining
ulig'lari ta’lim- tarbiya jarayoniga ulkan xissa qo'shib, pedagogjkaning shakllanishiga zamin
yaratdilar. Ulaming pedagogik qarashlari tarixning zarhal sahifalaridan munosib o'rin egalladi.
Ilk o‘rta asrlarda Abu Nasir Forobiy (789-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon
Beruniy (937-1051), Kaykovus (XI asr), Ahmad Yugnakiy (XI asr), Mahmud Qoshg‘ariy (XI asr)
kabi allomalar ta’lim - tarbiyaga oid dunyoviy fikrlari bilan shuxrat qo- zondilar.
0‘zbek badiiy tilining asoschisi, buyuk davlat arbobi Mir Alisher Navoiy o'zining
tarbiyaviy ahamiyatga molik boigan noyob asarlari, ilmiy tafakkur va falakiyot ilmi sohasida yetuk
dunyo- qarash sohibi Mirzo Ulug'bek ma’rifiy qarashlari, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa
adiblar o'zlarining oimas ijodiyoti bilan pedagogika taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shdilar.
Ovro'pa faylasuflari Tertullian (160-222), Avgustin (354-430), Akvinat (12251274)laming pedagogik ta’limoti muvaffaqiyat qo- zongan boimasada, rotterdamlik Erazm (14661536), Italiyalik Vik- torino de Feltre (1378-1446), farangistonlik Fransua Rable (1494- 1553) va
Mishel Monten (1533-1592)laming insonparvarlik g‘oya- lari, ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari
muhim ahamiyat kasb etdi.
Didaktikaning asoschisi, chex olimi Yan Amos Komenskiyning ta’lim tamoyillari,
shakllari va uslublari to’g’risidagi ilmiy qarashlari, ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (16321704)ning «jentelmen tarbiyasi» - tadbirkor va ma’rifatli, ishbilarmon va ziyoli, e’tiqodi kuchli
shaxs tarbiyasiga oid taiimoti bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo'qotganicha yo‘q.
Fransuz ma’rifatparvar mutafakkirlari Deni Didro (1713-1784), K. Gelvetsiy (1715-1771),
P. Golbax (1723-1789), Jan Jak Russo (1712-1778)laming demokratik va gumanistik qarashlari,
shvey- tsariyalik olim Iogann Genrix Pestalotsi (1746-1827)ning o'quvchi- larning ma’naviy
tarbiyasi va rivojlantiruvchi taiim nazariyasi pedagogika sohasini kengaytirdi.
Amerikalik olimlar Iogann Fridrix Gerbart (1776-1841), Jon Dyui (1859-1952), Edvard
Tomdayk (1874-1949)laming fanga «tarbiyaviy taiim», «dars modeli», «rivojlantiruvchi
topshiriqlar tizimi», «eksperimentel pedagogika», «test usuli» kabi tushuncha- larni kiritishlari,
noan’anaviy pedagogik taiimotlari, nemis olimi Fridrix Adolf Disterverg (1790-1886)ning
tamoyillari muammo- lariga qarashli nazariyasi insonlarni xanuzgacha originalligi bilan hayratga
soladi.
Rus milliy pedagogikasining asoschisi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy (18241870)ning o'qitishning xalqchilligi nazariyasi, ulug‘ yozuvchi, olim, pedagog va tanqidchi Lev
Nikolayevich Tolstoy (1828-1910)ning o‘qitish jarayonidagi hayotiylik tamoyili taiim-tarbiya
jarayonida o'ziga xos o'rinni egalladi.
Jadidchilik harakatining yorqin namoyondalari: Munawarqori «Abdurashidxonov,
Mahmudxo'ja Behbudiy, Saidahmad Siddiqiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ishoqxon Ibrat,
Muhammad- sharif So‘flzoda kabilar
Bugungi kunga qadar pedagogika sohasida yangi-yangi ta’li- motlar, g‘oyalar kashf
qilindi, yuzlab risolalar, asarlar yaratildi, bu sihaga oid «Everest cho‘qqilari zabt etildi, ammo
tarbiya jarayonidagi insonni chuqur o‘yga cho‘mdiradigan muammolar hanuzgacha o‘z yechimini
to‘laqonli topganicha yo‘q.
Pedagogikaning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash an’analarini, jamiyatning
taraqqiyot bosqichlaridagi o‘qitish va ka- mol toptirish tizimlarini, ulaming qonunqoidalarini,qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglaming ta’lim-tarbiya,
ma’rifatga doir g'oyalarini va ularning rivijlanishini mukammal o‘rganadigan fandir.
Zamonaviy Pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shxslami bozor
iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan,
xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim
masalalami hal qilishi lozim.
Pedagogika insonshunoslik fani bo’lib, jamiyat va shaxs munosabatlarini
tizimlashtiradigan tarbiya va ta’lim muammolarini o‘rganadi.
Unda hozirgi zamon fani va metodologiyasining quyidagi umumiy masalalari yoritiladi:
- fan tarixi va taraqqiygti;
- fan haqidagi asosiy konsepsiyalar;
- hozirgi zamon fanidagi asosiy dolzarb muammolar.
Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg’onish davri)da yashab ijod etgan AlBuxoriy, At- Termiziy, Abu Nasir Fo- robiy, Abu Rayhon Beruniy.Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos
Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, MirAlisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asming oxiri XX asr
boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan Abdurauf Fitrat,
Mahmudxo’ja Behbudiy, Munawarqori Abdura- shidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad
Siddiqiylar, Ovro p.i davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos
Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotsi, Adol’f Disterveg. К D Ushinskiy, A.S. Makarenko, J.
Lokk, Jon Dyui, Edvard Torndayk,
S.T. Shaskiy, B.Blumlar ulkan hissa*qo’shdilar.
Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim- tarbiyaning maqsad va
vazifalari, ulaming mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.
Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo‘lida olib
borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ijtimoiy tarbiya
g‘oyalari asrlar davomida shakllanib kelgan bo‘lib, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining har bir
bosqichida yangi mazmun bilan boyib borgan.
Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy
ofatlardan himoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos
bo‘lib xizmat qilgan. Ijtimoiy tarbiya g‘oyalari asrlar davomida shakllanib kelgan bo‘lib, kishilik
jamiyati tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida yangi mazmun bilan boyib borgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo‘lib hayot kechirishi sababli
bolalarga tirikchilik o‘tkazish yo‘lidagi faoliyat (o‘simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni
ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o‘rgatish guruh a’zolari tomonidan birdek amalga
oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o‘yin jarayonlarida o‘zlashtirilgan. Mehnat
faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo‘lganligi bois o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda
o‘ziga xos jihatlar ko‘zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub
o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan
tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo‘lga qo‘yila boshladi. Erkin fuqarolarni
tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va
Aristotellarning asarlarida muhim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar
mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish
loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi
shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qo‘yildi.
Quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi
bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.
Feodal tuzumda pedagogik g‘oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr
pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g‘oyalar yetakchi o‘rin egallashi bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G‘arbda cherkov, Sharqda esa machitlar)ning roli osha borib,
bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy
g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning din peshvolari tomonidan
qoralanishi kabi holatlar ham ko‘zga tashlangan bo‘lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar
ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko‘rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning
rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi.
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni
yanada takomillashtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab
texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishi tasdiqladi. Bu davrda ilg‘or,
progressiv pedagogik g‘oyalar ilgari surildi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan
asoslandi. Shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalashga oid qarashlar yanada boyitildi; ta’lim tizimiga
ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan)
asosida tashkil etish kabi g‘oyalar ilgari surildi.
Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tayyorlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish
yo‘llarini o‘rganadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy
buyurtmani bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Fanning
maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, davlat va jamiyat qurilishi, uning
hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar muhim ahamiyatga ega.
O‘zRda pedagogika fani yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega yuqori malakali kadrni
tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya nazariyasini milliy istiqlol g‘oyasi asosida
ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda quyidagi vazifalar bajariladi:
Pedagogika fanining vazifalari
Vazifalar
Yuksak ma’naviyli, malakali kadrni
tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayonning mohiyatini o‘rganish
Shaxsni har tomonlama
kamol toptirish
qonuniyatlarini aniqlash
Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi
tajribasi asosida uzluksiz ta’lim tizimini
takomillashtirish
Ta’lim muassasalari hamda ularda
faoliyat olib borayotgan pedagoglar
faoliyati mazmunini asoslash
Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish
va amaliyotga joriy etish
Pedagoglarni pedagogik bilimlar hamda
ta’lim-tarbiyaning ilg‘or usullari bilan
qurollantirish
Ta’lim-tarbiya birligi, ijtimoiy tarbiya
yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni
ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini
o‘rganish
O‘qitish va tarbiyalash
jarayonining samarali
texnologiyalarini yaratish
Oila tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun
ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish
III.Pedagogika fanlari tizimi.
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan
rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek,
bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik
jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi.
Fanlar
Pedagogika nazariyasi
Pedagogika tarixi
Boshlang‘ich ta’lim
pedagogikasi
Korreksion (maxsus)
pedagogika
Pedagogik mahorat
Pedagogik texnologiya
Kasbiy pedagogika
Ta’lim menejmenti
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi
Metodika (xususiy fanlarni
o‘qitish)
Ijtimoiy pedagogika
Qiyosiy pedagogika
Ko‘rsatib o‘tilgan ushbu fanlar qanday pedagogik masalalarni o‘rganadi?
Pedagogika nazariyasi – ta’lim yoshidagi bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlarni tarbiyalash va
ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik fikrlarning rivojlanish, taraqqiy etish
tarixini, shaxsni o‘qitish va uni tarbiyalashning tarixiy shakllarini, shuningdek, asrlar davomida
pedagogik jarayonda qo‘llanilib kelingan metod va vositalarni o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash,
ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini
o‘rganadi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o`quvchilarini tarbiyalash, ta’lim
berish, ularning o‘ziga xos psixologik, fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, ularni intellektual,
ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari
bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi. Korreksion
pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi. YA’ni:
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni
rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o‘qitish
va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish,
o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, motorli-harakatlanish doirasida
murakkab nuqsonlar bo‘lgan bolalar (ko‘r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o‘qitish va
tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
6. Metodika xususiy fanlarni o‘qitish xususiyatlarini o‘rganadi
7. Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish,
takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
8. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining
samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.
9. Ijtimoiy pedagogika – shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi
omillarni, ularni bartaraf etish yo‘llarini, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar toifalariga
ko‘rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam mohiyatini, turlari. shakl, metod va vositalarini
o‘rganadi.
10. Kasbiy pedagogika – ta’lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar yo‘nalishida
maxsus bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish, kasbiy
faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy mahoratni takomillashtirish masalalarini o‘rganadi.
11.Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish,
nazorat qilish, istiqbolni belgilash masalalarini o‘rganadi.
12. Qiyosiy pedagogika – turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlari,
ta’lim-tarbiya tizimi, pedagogik ta’limotlarning mohiyati, shuningdek, jahon ta’limiga xos bo‘lgan
samarali shakl, metod, vosita va innovasion yondashuvlarni qiyosiy-genetik jihatdan o‘rganadi.
13. Konfliktologiya – ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, ta’lim
ouvchi va ta’lim beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar mohiyati, ularni samarali bartaraf
etish yo‘llarini o‘rganadi.
IV. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan
vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik
hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir
qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan
quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
Pedagogika
Falsafa
Iqtisodiyot
nazariyasi
Sotsiologiya
Etika
(axloqshunoslik)
Estetika
Fiziologiya
Gigiyena
Psixologiya
Tarix
Madaniyatshunoslik
Tibbiy
fanlar
Ma’naviyat
asoslari
Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Ko‘rsatilgan fanlar pedagogik bilimlar rivojida qanday o‘rin tutadi?
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik
g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisodiyot nazariyasi – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o`quv
binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat
qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida
ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro
munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika (axloqshunoslik) – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy
sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi
nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda
estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6.Fiziologiya – o`quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini
inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7.Gigiyena – o`quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to‘g‘ri
shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni
tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik
xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish
uchun yo‘naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o`quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va
ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor
xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini
ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy
yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda
ko‘maklashadi.
12. Ma’naviyat asoslari – jamiyat, inson va ma’naviyat o‘rtasidagi munosabatlarni,
ma’naviyatning jamiyat taraqqiyoti, inson ongini rivojlanishidagi roli, fuqarolarni ma’naviy
tarbiyalash omillarini o‘rganadi.
Pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni
tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni, natijalari hisobiga
ta’minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish,
mavjud ko‘rsatkichlar vositasida sodir bo‘lish sabablarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni
belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etishni taqozo etadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar
shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish
tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati,
aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni
amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega
jarayon.
V. Ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda
tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
Metodlar
Suhbat
Pedagogik tahlil
Hujjatlarni
tahlil qilish
Pedagogik
tajriba
Pedagogik
kuzatish
Bolalar ijodini
o‘rganish
Matematik
statistika
Anketa (test)
Intervyu
Quyida mazkur metodlarning mohiyati to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritiladi.
Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan
maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo‘nalishlarda
o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning
nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog‘ida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga
to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni
yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam
beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida
o`quvchilarning imkoniyatlari to‘la namoyon bilishga erishish muhim.
Suhbatning samarali kechishini ta’minlovchi shartlar:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni
aniqlash, savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; 2) suhbat joyi va
vaqtini aniq belgilash; 3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish; 4) suhbatdosh
to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish; 5) suhbatdosh bilan samimiy
munosabatda bo‘lish; 6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun
sharoit yaratish; 7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan
ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish
Anketa (fransuzcha “tekshirish”) metodi yordamida pedagogik kuzatish va suhbat
jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Bu metodi ham tizimlangan savollar asosida
respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Savollarga javoblar, odatda, yozma
ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari
quyidagicha bo‘ladi: 1) ochiq turdagi savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon
yaratadigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha”, “yo‘q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”,
“salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar).
Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur.
Anketa samaradorligini ta’minlovchi shartlar:
1) savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
2) savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak; savollar o‘quvchilarning dunyoqarshi,
yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
3) savollarga to‘la javob qaytarilishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak;
4) anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga
aylantirib yuborilmasligi zarur;
5) javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart
Intervyu respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini
yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga
turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan
tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish
maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga
muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limni tashkil etishga oid hujjatlar talablarining
bajarilish holatini o‘rganish, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or
tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida
qo‘llaniladi.
Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar o‘quv mashg‘ulotlarining
jadvali; o‘quv dasturi; guruh jurnallari; o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari; buyruqlar;
Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari va qarorlari; ta’lim muassasasi smetasi
hamda pasporti; tarbiyaviy ishlar rejasi; o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishga oid
hisobotlar; ta’lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol stullar va h.z.) qayd etilgan
daftar va hokazolar
Test metodi respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy
faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini
aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat bo‘ladi: 1) ochiq
turdagi savollar (batafsil javob berish imkonini beradigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha”
yoki “yo‘q”, “ijobiy” yoki “salbiy” tarzdagi javoblarga asoslanadigan savollar); 3) to‘g‘ri javob
variantlari qayd etilgan savollar (to‘g‘ri deb topilgan javob varianti belgilanadi).
Bolalar ijodini o‘rganish metodi o`quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati,
ma’lum fan sohalari bo‘yichaBKM darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda
o`quvchilarning ijodiy ishlari – kundalik, insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita
bo‘lib xizmat qiladi. Metod ma’lum o`quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish,
baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o‘rganishda 1) fan olimpiadalari; 2) tanlovlar; 3) maktab
ko‘rgazmalari; 4) festivallar; 5) musobaqalar va h.z.larning natijalarini tahlil qilish,
samaradorligini baholash orqali shaxsning muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlar va
amaliy faoliyat ko‘nikmalariga egaliklari baholanadi
Pedagogik kuzatish. Uni qo‘llash jarayonida ta’lim muassasalarining o`quv-tarbiya ishlari
jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va
yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi.
Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida,
uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib
borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o`quvchi shaxsini shakllantirishga
xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik tajriba (“eksperiment” lotincha – “tajriba qilib ko‘rish”) metodidan muammo
yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga
erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la
olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning
quyidagi turlari mavjud:
Pedagogik tajriba turlari
ТАЖРИБА
Tabiiy tajriba
Laboratoriya tajribasi
Tajriba ishi
Pedagogik tajriba turlari
Pedagogik tajriba samaradorligini ta’minlovchi shartlar: tajribaning maqbul loyiha (dastur)
asosida uyushtirilishi; tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; tadqiqot obyektlari va
usullarining to‘g‘ri tanlanishi; tajriba o‘tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; zarur
pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; tajriba
ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiymetodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik statistika tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik
darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus
matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini
ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlar olib
borishda Styudent, Kivirlyag, Rokich, V.Bespalko va V.Grechixin metodlaridan keng
foydalanilmoqda.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. O`zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O`zbekiston, 1992.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq
nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining
poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
5. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjayeva va
boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”,
1996.
Ma’ruzada talabalarga beriladigan topshiriq:
Nazorat uchun savollar:
“Pedagogika” tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
Didaktika (ta’lim nazariyasi) nima?
Tarbiya nazariyasi nimalarni o‘rganadi?
Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari mohiyatini yoriting.
Qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?
Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda qanday metodlar qo‘llaniladi?
Download