Uploaded by ASQAR KUNISHEV

O'qish fanidan dars ishlanma 2-sinf

advertisement
Mavzu: Sinfdan tashqari o`qish. “Nima eksang, shuni o’rasan.”
Maqsad: a) Ta’limiy: Mavzuni tushuntirish,og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
b) Tarbiyaviy: Yaxshi amallarni ko’proq qilish, iloji boricha
hammaga yahshilik qilishga orgatish.
d) Rivojlantiruvchi: Bilim, ko’nikma, malakalarini rivojlantirish.
Uslub:B.B.Bx jadvali, savol-javob.
Jihoz: Darslik, ko’rgazmalar, tarqatmalar.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’yin.
Kompetentsiyalar: Kommunikativ, milliy va umummadaniy.
Darsning borishi.
Darsning shiori: “Yaxshilikni har kun, har kimga qil.”
Dars taqsimoti:
1.Tashkiliy qism3-daqiqa.
2.O’tilgan mavzu- 10-daqiqa.
3.Yangi mavzu bayoni- 8-daqiqa.
4.Mustahkamlash 22-daqiqa.
5.Uyga vazifa berish, baholash - 2-daqiqa.
O’qituvchi: Salomlashadi.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Kun tuningni aylagali nur fosh,
Birisin oy angla birisin quyosh. Bu misralar kimga tegishli?
Oquvchi: Alisher Navoiy bobomizga. Bu yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy
bobomiz tavallud topganiga 583 yil to’ladi.
O’qituvchi: Alisher Navoiy bobomiz ham, ota- onalarimizni qanchalik xurmat
qilishimiz kerakligini aytmoqda. Bugungi sana, oyning nomini, yilning
nomlanishini kim aytadi?
Oquvchi: Sanani aytadi, bu yilni prezidentimiz “Faol investitsiyalar va ijtimoiy
rivojlanish yili” deb nomladi.
O’qituvchi: Bugungi darsimizning shiori: “Yaxshilikni har kun, har kimga qil”
Navbatchi axboroti tinglanadi.
Oquvchi: Sinfda jami 29ta o’quvchi bo’lib, ularning 17tasini qizlar tashkil
qiladi. Hammasi darsga tayyor.
O’qituvchi: Darsdagi ishtirokingiz uchun quyidagicha rag’bat kartochkalari
beriladi.
Ular quyidagicha:
O’qituvchi: Darsimizni shiorini ” Yaxshilikni har kun, har kimga qil “ deb
nomladik, bu so’zlarni ma’nosini aytingchi?
1-O’quvchi: Yaxshi amallarni bajarish, yaxshiliklarni qilish kerak.
2-O’quvchi: Odamlarga yaxshilik qil, qilgan yaxshiliklaring u odamdan
qaytmasa, boshqa birovdan qaytadi deydi bobom. O’quvchilar fikri tinglanadi.
O’qituvchi: O’quvchilar darsimizda turli xil didaktik o’yinlar o’ynaymiz.
Masalan “Topgan topaloq” o’yini.
O’qituvchi: O’quvchilar aytingchi biz o’tgan darsda qanday mavzuni
o’tganmiz?
Oquvchi: ”Non – ulug’ ne’mat.”rivoyatini o’tdik.
O’qituvchi: O’quvchilarga tarqatma tarqatadi, shu orqali o’tilgan mavzu
haqidagi bilimlarini aniqlaydi.
O’qituvchi: Doskaga sana mavzuni “Nima eksang, shuni o’rasan.” Shorasul
Zunnun. yozadi va o’quvchilar lug’at daftarlariga yozishlarini aytadi. Doskaga
yozgan so’zlarimiz biz o’qiydigan matnda uchraydi uning ma’nosini
biladiganlar bormi? So’ng ma’nolari yoziladi.
Lug’at ishi.
1. Ko’ngli ozor chekdi – ranjidi, hafa bo’ldi.
O’qituvchi: “Nima eksang, shuni o’rasan.” Shorasul Zunnun matnni o’qiydi,
tushuntiradi, lug’atda uchragan so’zlarga e’tibor beriladi. O’quvchilar bir
nuqtadan matnni o’qishadi.O’qituvchi: Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda harakatlar bilan quyidagi she’rni
aytishadi.
Derazani ochamiz,
Toza havo kirsin deb.
Biz mashqlar qilamiz,
Tanlar rohat olsin deb.
O’qituvchi: doskaga B.B.Bx jadvalini chizadi, o’quvchilardan so’raladi. Jadval
to’ldiriladi.
Bilaman
1
2
3
Bilib oldim
1
2
Bilishni xoxlayman
1
2
3
O’qituvchi: Aqliy hujum o’tkazadi.
1.Nima uchun matn “Nima eksang, shuni o’rasan.” deb nomlangan?
2.Haligi kishi nima uchun otasini boshqa uyga ko’chirib o’tkazdi?
3.O’g’li qanday ish qildi?
O’qituvchi: O’quvchilarda kommunikativ, umummadaniy kompetentsiyalar
shakllantiriladi.
O’qituvchi: “Topgan topaloq” didaktik o’yini o’tkaziladi. Oqituvchi matndan
bir so’zni aytadi, o’quvchilar shu so’zni topib nuqtagacha davom etib o’qishi
kerak. Kim birinchi topsa o’sha o’quvchi o’qiydi. Shu tarzda davom etadi.
1.Nima uchun nonni
ulug’laymiz?
2.Non, non holiga kelgunicha
qancha bosqichni bosib
o’tadi?
3.Non haqida qanday
maqollarni bilasiz?
4.Non haqida qanday
rivoyatlar, she’rlar bilasizlar?
O’qituvchi: O’quvchilardagi rag’bat kartochkalari sanaladi. Kartochka soniga
qarab baho qo’yiladi, g’olib jamoani e’lon qiladi.
O’qituvchi:Rag’bat kartochkasi haqida nima deysiz?
O’quvchi: U milliy boyligimiz paxtani eslatdi.
O’qituvchi: O’quvchilar paxtadan juda ko’p narsalar olinadi. Tolasi bizga
kiyim – kechak, chigitidan yog’, sovun, boshqa ko’p narsalar olinadi. Shuning
uchun uni isrof qilish kerak emas.
O’qituvchi: Uyga vazifa matnni o’qib so’zlab kelish, matn pastidagi savollariga
javob topib kelish beriladi.
Download