Uploaded by ruzmetovotaboy203

Mavzu O'zbekistonda konfessiyalararo bag`rikenglikning tarixiy -fayllar.org

advertisement
Mavzu: O'zbekistonda konfessiyalararo bag`rikenglikning tarixiy ildizlari
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MAVZU: O'zbekistonda konfessiyalararo bag`rikenglikning tarixiy ildizlari.
Bajardi:
TOSHKENT 2023
Reja:
1.O'zbekiston diniy konfessiyalar
2.O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi
3.Diniy bag`rikenglikning tarixiy tajribasi
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Toshkent islom universitetida 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan
“Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi” mavzuida
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
Toshkent islom universiteti va YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan
tashkil etilgan tadbirda Germaniya, Isroil, Italiya, Polsha, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan
kelgan din ishlari bo‘yicha mutaxassislar, ekspertlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar
vakillari, diniy konfessiyalar rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
direktori A.Saidov, Toshkent islom universiteti rektori R.Abdullayev, YuNESKOning
mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari D.Badarch va boshqalar O‘zbekiston zaminida turli
xalqlar mehr-oqibat, qardoshlik tamoyillari asosida tinch-totuv yashab kelayotgani, bugungi
kunda bag‘rikenglikning buyuk tarixiy an’analariga monand 130 dan ortiq millat hamda elat
vakillarining vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlanganini ta’kidladi.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va
butun dunyoda hamjihatlikka erishish, dinlararo totuvlik, tinchlikni saqlash yo‘lida muhim
dasturilamal bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topganini e’tirof etdi.
O‘zbekistonda 16 diniy konfessiyaga mansub 2 ming 250 ga yaqin tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Diniy ta’limga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, jumladan, Toshkent islom universiteti,
madrasalar, islom o‘rta maxsus ta’lim dargohlari, xristian seminariyalarida diniy sohada yetuk
mutaxassislar tayyorlanadi.
Bugun yurtimizda 140 ga yaqin milliy-madaniy markaz mavjud. Ularda turli millat va elat
vakillari o‘z ona tili, milliy qadriyatlari, tarixi, madaniyatini o‘rganish, ularni yoshlarga
yetkazish, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surish borasida keng ko‘lamli
ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Konferensiyada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, Rossiya Prezidenti huzuridagi Diniy
birlashmalar bilan aloqalar bo‘yicha kengash a’zosi O.Goncharov, Vatikan davlatining
mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ch.Milore, Rus pravoslav cherkovi Toshkent
va O‘zbekiston yeparxiyasi rahbari, mitropolit Vikentiy, Novoapostol cherkovining BerlinBrandenburg okrugi apostoli V.Nadolni va boshqalar mavzu yuzasidan ma’ruzalar o‘qidi.
Tadbir doirasida diniy tashkilotlar, milliy-madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan
O‘zbekistondagi millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini o‘zida aks ettirgan bosma
nashrlar, suratlar, turli millatlar amaliy san’ati namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. 2017–2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi doirasida so‘nggi 3 yil davomida diniy bag‘rikenglikni taʼminlash
sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
BMT Bosh Assambleyasi 2018-yilning 12-dekabr oyida o‘tkazilgan yalpi majlisda «Maʼrifat va
diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston tomonidan
ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha aʼzo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llabquvvatlandi. Mazkur rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh
Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.
2018-yil 16-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3668-sonli Qaroriga muvofiq Qo‘mita huzurida faoliyat yuritadigan
jamoatchilik-maslahat organi hisoblanmish Konfessiya ishlari bo‘yicha kengashning yangi
tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 tadan 17 ta aʼzoga – O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan
diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi.
2018-yilning 16-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev «Diniy-maʼrifiy
soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5416-sonli Farmonni
imzoladi. Mazkur hujjat O‘zbekistonda diniy taʼlim tizimining uzluksizligini taʼminlashga
qaratilgan: boshlang‘ich bosqichdan (o‘rta maxsus islom taʼlim muassasalari yoki madrasalar)
tortib, to oliy va undan keyingi diniy taʼlimgacha.
2019-yil 4-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4436-sonli qaroriga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha
Qo‘mitaning Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi, O‘zbekiston xotin-qizlar
qo‘mitasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha
Respublika kengashi bilan jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi
kafolatlarini taʼminlash maqsadida mustahkam va doimiy hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi
tizim joriy etildi.
Bundan tashqari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibida ayollar bilan ishlash bo‘limi tashkil
etildi, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni nazorat qiluvchi rais o‘rinbosari lavozimi ham
joriy etildi. Xotin-qizlar o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha
Respublika targ‘ibot guruhi tashkil etildi.
O‘zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro
Islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va
Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari
tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida “Ziyo” media-markazi tashkil etilib, u
ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, dinning haqiqiy insonparvarlik
maqsadini hamda diniy-maʼrifiy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni
xabardor qilib borishni taʼminlovchi asosiy media-tuzilma hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Uning
asosiy vazifasi masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu kabi boshqa obyektlarning
rekonstruksiyasini moliyalashtirish, ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda ushbu soha
xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
2018-yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman,
shahar, viloyat, respublika) Qurʼoni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil
etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiytadqiqot markazlari tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni
o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi.
Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan O‘zbekistonda Markaziy Osiyo musulmon
mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bag‘ishlangan 10 dan ortiq kitob va
risolalar tayyorlandi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va
termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy,
Imom Nasafiy, Alouddin Usmondiy, Saffar Buxoriy va h.k. kabi ulug‘ allomalar asarlarining
aksariyati tarjima qilinib, 50 dan ziyod kitob nashr etildi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya
faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8
ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda
ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat
ko‘rsatmoqda.
2019-yilda O‘zbekistonda 10 ta yangi jome masjid ochildi, natijada masjidlarning umumiy
soni 2066 taga yetdi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida 46 ta jome masjid binosi butunlay
qaytadan bunyod etilib, 225 ta masjid kapital taʼmirdan chiqarildi. 2018 yilda esa
respublikada 13 ta jome masjidi qayta ochildi, 39 tasi yangi qurildi va qariyb 100 tasi qayta
taʼmirlandi.
O‘zbekistonda Toshkent Islom universiteti, «Mir Arab» oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 9 ta
madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar o‘quv yurti, Toshkent pravoslav
seminariyasi, Toshkent xristian seminariyasi kabi diniy taʼlim muassasalari faoliyat
ko‘rsatmoqda. 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab Termiz shahrida yangi madrasa ochilishi
rejalashtirilgan.
Mustaqillik yillarida 308 ming nafar musulmon Saudiya Arabistoniga ziyorat uchun borgan
bo‘lsa, shulardan 130 ming kishi “Haj”, 178 ming kishi esa “Umra” amalini bajarishga muvaffaq
bo‘lgan. 2,5 ming xristian va yahudiylar Isroil, Rossiya, Turkiya, Italiya, Gruziya va Yunoniston
kabi davlatlarning muqaddas diniy qadamjolariga tashrif buyurganlar.
2019-yildan eʼtiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun “Umra” ziyoratlari kvotasi bekor qilindi.
2018-yildan boshlab “Umra” safari kvotasi 6 000 dan 10 000 ga oshirildi. Bugungi kunga kelib
“Umra” qiluvchi fuqarolar soni 30 000 ga yetdi, “Haj” esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga
oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy eʼtibor aholi
o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan
barcha saʼy-harakatlar «Jaholatga qarshi maʼrifat» degan ezgu g‘oyaga asoslangan.
2018-yilning sentyabr oyida terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va
guruhlarga adashib aʼzo bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish tartibi tasdiqlandi.
Ilgari to‘g‘ri yo‘ldan adashgan va o‘z xatti-harakatlariga chin dildan pushaymon bo‘lgan
fuqarolarga maʼnaviy-axloqiy burchlarini ado etish uchun jamiyat va o‘z oilalariga qaytish
imkoniyati beriladi. Diniy ekstremistik oqimlarga aloqador shaxslarni reabilitatsiya qilishning
muhim qadamlaridan biri, bu ularga nisbatan avf etish aktlarini qo‘llash bo‘ldi.
2020-yil 3-4-mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Moturidiy va moturidiya taʼlimoti:
o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda 15
mamlakatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar
mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi. Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, shoʻba
yig‘ilishlarida 32 ta maʼruza tinglandi.
Maʼruzalarda Imom Abu Mansur Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning
mafkuraviy asosi, moturidiya kalom maktabiga oid yangi manbalar, ushbu taʼlimotning bugungi
kundagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Diniy konfessiya – muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga
ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi.
Diniy konfessiya – muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga
ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi.
«Konfessiya» so‘zining mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda, mutaxassislar hozirgi kunda
dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar.
Konfessiya umumiy atama bo‘lib, xristianlik, buddaviylik kabi katta dinlar ham, ularning
zamirida paydo bo‘lgan pravoslavlik, katoliklik, lamaizm, dzen-buddizm kabi yo‘nalishlar ham
shunday nom bilan atalaveradi.
Dunyoning diniy manzarasi qotib qolgan, o‘zgarmas bir hodisa emas. Xususan, mazkur manzara
yildan-yilga o‘zgarib borayotgani, mavjud dinlar o‘zlarining an’anaviy ko‘rinishlari doirasidan
chiqib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda mavjud dinlar doirasida yangi
yo‘nalish va sektalar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Masalan, mutaxassislarning
ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa
dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu esa kelajakda ham bunday jarayonlar davom
etishini ko‘rsatadi. Zamonaviy voqelik ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi
uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.
Dunyoning diniy manzarasi qotib qolgan, o‘zgarmas bir hodisa emas. Xususan, mazkur manzara
yildan-yilga o‘zgarib borayotgani, mavjud dinlar o‘zlarining an’anaviy ko‘rinishlari doirasidan
chiqib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda mavjud dinlar doirasida yangi
yo‘nalish va sektalar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Masalan, mutaxassislarning
ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa
dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu esa kelajakda ham bunday jarayonlar davom
etishini ko‘rsatadi. Zamonaviy voqelik ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi
uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.
Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning molmulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning molmulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan voqealarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib
qolmasligining qattiq nazorat qilinishi oqibatida ular faoliyatidan jamoatchilik bexabar
qolmoqda.
Ugandadagi «Oxirat kuni» sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol bo‘ladi. Oxiratni 1999yil 31-dekabrga belgilagan ushbu sekta rahbarlari o‘z tarafdorlarining mol-mulklarini sotish,
tushgan mablag‘ni ularga berishga va shu yo‘l bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga chaqirgan.
Qiyomatning 2001-yil 1-yanvarga «ko‘chirilishi» sekta rahbarlariga nisbatan shubha
uyg‘onishiga olib kelgan. Shundan so‘ng rahbarlar Kanungu qishlog‘ida 500 dan ortiq o‘z
tarafdorlarini aldab binoga qamab, ustilaridan o‘t qo‘yib yuborganlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, yana
to‘rt joyda ommaviy qabrlar topilgan. Bu sektaning qurbonlari 1000 dan ortiq bo‘lgani qayd
qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yillik o‘sish sur’ati 6,4 foizni
tashkil etib, 1989-yildan 2011-yilga qadar musulmon aholisi soni Shimoliy Amerikada – 25,
Afrikada – 2,15, Osiyoda – 12,57, Yevropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01
foizga ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga
kamaygan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yillik o‘sish sur’ati 6,4 foizni
tashkil etib, 1989-yildan 2011-yilga qadar musulmon aholisi soni Shimoliy Amerikada – 25,
Afrikada – 2,15, Osiyoda – 12,57, Yevropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01
foizga ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga
kamaygan.
O‘tgan asrda, asosan, xristianlar yashab kelgan Yevropada bugungi kunda 20-25 million atrofida
musulmon istiqomat qilmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyada – 3 million, Germaniyada – 5
million, Fransiyada – 6-7 million islomga e’tiqod qiluvchi fuqaro yashamoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil dekabr holatiga ko‘ra 16 konfessiya faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil dekabr holatiga ko‘ra 16 konfessiya faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ular quyidagilardir:
– Islom (O‘zbekiston musulmonlari idorasi);
– Pravoslavlik (Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasi);
– Katoliklik (Rim-katolik cherkovi);
– Lyuteranlik (Nemis-lyuteran cherkovi);
– Arman-apostol cherkovi;
– Pyatidesyatniklar (To‘liq injil xristianlari);
– Baptistlar (Yevangel-xristian baptistlar cherkovi);
– Novoapostol cherkovi;
– Yettinchi kun adventistlari;
– «Golos bojiy»; Iegovo shohidlari;
– Koreys protestant cherkovlari;
– Yahudiylik;
– Bahoiylik;
– Krishnani anglash jamiyati;
– Buddaviylik.
«O‘zbekiston bibliya kitob jamiyati» esa diniy tashkilot hisoblanib, boshqa
konfessiyalardan alohida faoliyat olib borsa-da, diniy konfessiya maqomiga ega emas.
Din tarixi — dinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi bosqichlarini o‘rganuvchi soha. U bir
qancha fanlarga tayanadi va ular bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, tarix fani o‘tmishdagi voqeahodisalarni o‘rganishi bilan birga, moziy va joriy dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan «Dinlar
tarixi»ga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi. Diniy matnlarning o‘rganilishida filologiya fani alohida
ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari tarixni o‘rganishda yordamchi fanlar — mifologiya
(rivoyat va afsonalar), etnologiya, arxeologiya, san'at tarixi, folklor va shunga o‘xshash bir
qancha fanlar ham din tarixi bilan bevosita bog‘liq
Hozirgi davrda jahondagi bir qator davlatlar dinning davlatdan ajratilganini yoki davlatning diniy
tashkilotga nisbatan betarafligini Konstitutsiya yoki qonun darajasida belgilab qo‘ygan. Yuridik
tan olingani yoki olinmaganidan qat'i nazar, barcha davlatlar din va e'tiqod erkinligiga hurmat
bilan qarashlarini e'lon qilganlar. Hozirgi davrda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar bir qator
xususiyatlari bilan ajralib turishini ta'kidlash zarur. «Sovuq urush» davri tugaganidan keyin
dinga qarshi hujumkorlik hamda diniy faoliyat ustidan nazorat qilish siyosati yengillashdi. Bu,
bir tomondan, diniy erkinlikning ta'minlanishiga xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, diniy
sektalarning ko‘payishi, yangilarining paydo bo‘lishiga olib keldi O‘zbekistonda o‘z mohiyati,
mazmuni va huquqiy asoslariga ko‘ra din davlatdan ajratilgan hamda vijdon erkinligi,
konfessional bag‘rikenglik tamoyili mustahkamlangan. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida diniy
tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi qayd etiladi.
Shu bilan birga davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi belgilab berilgan.
Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi Qonuni mazmunini tashkil etadi. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy
ishlarga, dinning esa davlat ishlariga (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno)
aralashmasligini anglatadi. Shu bilan birga Asosiy Qonunimizda davlat o‘z hududida istiqomat
qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini
ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta'kidlanadi.
Xulosa shuki, "O’zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag’rikenglik - o’zbek
xalqining buyuk fazilati","O’zbekiston - bag’rikeng diyor", "Diniy e’tiqodlar - tinchlik
xizmatida"kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g’oya xalqimizning, millati, dinidan qat’i nazar,
shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o’rin egallaydi.
Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‘zi bizga turli
millat, e’tiqod va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina
umumiy bo‘lgan O’zbekiston har millatimizning kelajagini ta’minlashga erishish mumkinligini
ko‘rsatib turibdi.
O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi,
xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat
bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz
shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish
xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an’analarni izchil
davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo‘lib o‘tishini ta’minlash imkonini
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Toshkent-2012;
2.Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi,1995;
3.Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi,1948;
4.”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar” to’g’risidagi qonun,1998;
5.Yovqochev Sh.A “Siyosat va din”o’quv qo’llanmasi;
6.Narbekov A.V “Dinshunoslik asoslari”,Toshkent-2007
7.Mo’minov A, Yo’ldoshxo’jayev H “Dinshunoslik”,Toshkent-2003
1 Yovqochev Sh.A. Siyosat va din. o’quv qo’llanma.
2 Narbekov A.V “Dinshunoslik asoslari”, Toshkent-2007.
3 “Bag’rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”,3-moddasining 1-bandi.
4 Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 2-moddasi
5“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar”to’g’risidagi qonun 1-modda
http://fayllar.org
Download