Uploaded by Xushnud Maxmutov

4-Amaliyot HFX

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA
TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
“________________________________” fakulteti
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” fanidan
№4-AMALIY MASHG’ULOТ
Topshirdi: ________guruh talabasi
____________________
Qabul qildi:_____________________
Navoiy-20___y.
4-Amaliy mashgulot
Mavzu: Aholi punktlarida qutqaruv va boshqa kechiktirilmaydigan ishlarni bajarish.
Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga aholi puktlarida, XXOlarida qutqaruv va boshqa
kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni bajarish yo'llarini va usullari bilan tanishtirish
Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan asboblar, jihozlar, ko‘rgazmali
qurollar. Plakatlar, slaydlar, film
Topshiriq:
1.
2.
Avariya-qutqaruv ishlarining turlari.
Kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch ishlarning turlari.
3.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni olib
borishda xavfsizlik tadbirlari.
4.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish. Kommunal-energetika tarmoqlaridagi
avariyalarni cheklash. Suv toshqini, sel va yer ko`chkisi oqibatlarini bartaraf etish.
Avariya-qutqaruv ishlarining turlari
Ayrim tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda
avariya -qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni o'tkazish usullari bilan tanishib
chiqamiz.
Avariya-qutqaruv ishlarining turlari quyidagilardan iborat:
-harakat marshrutlari va ish maydonlari (obyektlari)da razvedka ishlarini olib borish;
-harakat marshrutlari
bartaraf etish;
va ish maydonlari (obyektlari)dagi yonishlarni cheklash va
-jabrlanganlarni qidirib topish va ularni vayron bo'lgan, zararlangan, yonayotgan
binolardan, suv, gaz, tutun bosgan bino hamda vayrona uyumlari orasidan olib chiqish;
-jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko'rsatish
joylashtirish;
hamda ularni shifoxonalarga
-aholini xavfsiz joylarga ko'chirish;
-epidemiya yuzaga kelishiga yo'l quymaslik maqsadida kerakli sanitariya - gigiena
choralari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish ;
-aholini suv, oziq-ovqat va eng zarur narsalar bilan ta'minlash.
Kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch ishlarning turlari quyidagilardan iborat:
- vayrona uyumlari orasida va zararlangan hududirlarda kolonna yo'llarni
tayyorlash, ya'ni piyodalar va transport vositalari uchun yo'l ochish;
- qutqarish ishlarini olib borish uchun sharoit yaratish maqsadida gaz, energetika, suv,
kanalizatsiya va texnologik tarmoqlardagi avariyalarni cheklash;
- imorat va inshootirning bosib tushish xavfi bo'lgan harakat xavfsiz-ligiga hamda
avariya-qutqaruv
ishlarini olib borishga halaqit beradigan konstruksiyalarini
mustahkamlash yoki buzib tashlash;
- qutqaruv ishlarini o`tkazishni ta'minlash maqsadida, zararlangan aloqa yo'llarini
va kommunal-energetika tarmoqlarini tuzatish yoki qayta tiklash.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarning bajarilishi tabiiy
ofatning yoki ishlab chiqarishda sodir bo'lgan avariya va halokatning ko'lamiga, tur iga, fuqaro
muhofazasi kuchlarining hajmiga hamda ularning tayyorgarlik darajasiga, sodir bo'lgan vaqtiga
(yil davomida, kuni), ob-havoga va boshqa ko'pgina omillarga bog'liqdir. Favqulodda vaziyatlar
vaqtida bajariladigan ishlarga tayyorgarlik tartibi, fu qaro muho- fazasi tuzilmalarining hattiharakatlari oldindan rejalashtirish asosida belgilanadi. Bu rejalar tuman, shahar va viloyat
miqyosida oldindan tuzib chiqiladi. Rejani tayyorlashda sodir bo'lishi mumkin, deb bashorat
etilgan tabiiy ofatlar va ishlab chiqarishdagi avariya va halokatlar asos bo'lib xizmat qiladi.
Favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari o'z
vaqtida tashkil etilgan va olib borilgan razvedka ma'lumotlariga hamda ma'lumotlarda aks
ettirilgan aniq shart-sharoitga bog'liqdir. Razvedka ishlari fuqaro muhofazasi kuchlarining
vazifalariga mos va bajarilishi zarur bo'lgan keyingi hatti-harakatlarga bog’langan holda olib
boriladi. Razvedka guruhi tarkibiga tabiiy ofat sodir bo'lgan hududni, shu hududda joylashgan
korxonalarning ishlab chiqarish xususiyatini hamda xalq xo'jaligi obyektlarini yaxshi biladigan
mutaxassis kiritilishi kerak. Bordiyu, avariya yoki halokat kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar
ishlatadigan yoki ishlab chiqaradigan korxonada sodir bo'lsa, razvedka guruhi tarkibiga albatta,
kimyogar mutaxassis kiritilishi va u kerakli ish qurollari, anjomlari bilan ta'minlangan bo'lishi
lozim. Ushbu razvedka guruhida yana tibbiyot xodimi ham bo'lishi kerak.
Tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishda sodir bo'ladigan avariya va halokatlar oqibatlarini
bartaraf etishga shu hududda joylashgan FVDT tuzilmalari jalb etiladi. Zarurat paydo bo'lsa,
fuqaro muhofazasi boshliqlarining ko'rsatmasiga binoan chegaradosh hududlar, shaharlar,
viloyatlar va vazirliklarga qarashli tuzilmalar ham jalb etiladi.
Tuzilmalar tarkibiga kiritilgan kuchlarning yig'ilish joyi obyektdagi tuzilmalarni tayyor
holga keltirish uchun, odatda, xalq xo'jaligi obyektining hududida tashkil etiladi. Hududiy
yig'ma otryadlarning yig'ilish
joyi ish bajariladigan hudud yo'nalishida
joylashgan aholi yashash joylarida tashkil etiladi. Tuzilmalarning bir hududda yig'ilishiiga
ketadigan vaqt tayyorgarlik ishlari uchun ajratilgan vaqt hisobiga qo'shiladi. Favqulodda
vaziyati oqibatlarini bartaraf etish uchun tuzilmalar yig'ilgan joydan to'g'ridan -to'g'ri va
tezkorlik bilan favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududga yuboriladi. Belgilangan marshrut
davomida vayrona uyumlari va yong'inlar, buzilgan ko'priklar bo'lishi mumkinligini
inobatga olgan holda, tuzilmalarning harakati to'xtab qolmasligini ta'minlash choratadblarlari ko'rilishi kerak.
Favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududga yetib kelgan tuzilmalar ish bajarishi kerak
bo'lgan obyektga tez yetib borishlarini ta'minlaydigan va ularga ajratilgan joyga
yig'iladilar. Ana shu yerda ular aniq
o'z vazifalarini oladilar. Tuzilma sardori tuzilma
oldiga qo'yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarilishiga mas'uliyatli shaxs hisoblanadi. U
vazifani olgach, uni tushuntirib beradi, sharoitga baho beradi, qaror qabul qiladi, og'zaki buyruq
beradi va ishni tashkil etadi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish jarayonida
tuzilmalarning doimiy o’zaro aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Tuzilmalarning bir joyda, bir
vaqtda va bir maqsad uchun o'zaro kelishgan hold a ish olib borishlari natijasida ular o'z
vazifalarini muvaffaqiyatli bajaradilar. Tuzilmalar topshirilgan vazifani bajarib bo'lganlaridan
keyin, ish bajargan obyektdan tashqariga olib chiqib ketiladi va kerak deb hisoblangan
vaqtda, yangi vazifani bajarish uchun tayyorgarlik ko'radilar. Favqulodda vaziyatlar sodir
bo'lgan hududlarda komendantlik xizmati tashkil etiladi. Bu xizmat favqulodda vaziyat sodir
bo'lgan hududga yoki obyektga aholini yaqinlashtirmaydi, aholini va moddiy boyliklarni
evakuatsiya qiladi, jamoat tartibini saqlaydi, tuzilmalar va aholi tomonidan o'rnatilgan tartibga
hamda harakat qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi, alohida ahamiyatga ega bo'lgan
inshootlarni qo'riqlaydi. Komendantlik xizmatiga xalq xo'jaligi obyektlarining jamoat tartibini
saqlash tuzilmalari hamda ichki ishlar xizmati xodimlari jalb etiladi.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli
bartaraf etishga quyidagicha erishish mumkin ekan:
1. Razvedka ishlarini o’z vaqtida va doimiy tashkil etish.
2. Boshqaruvni doimiy va qat'iyat bilan tashkil etish.
3. FVDT kuch va vositalaridan guruhlarni tezkorlik bilan tashkil etish, ularni
favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududlarga olib kelish.
4. Boshqaruv organlari va tuzilmalarning ma'naviy-ruhiga tayyorligi.
5. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda kuch va vositalarning ishlashini
uzviy bog`langan holda olib borish.
6. Favqulodda vaziyatlar sodir bo'lgan obyektda yoki hududlarda komendantlik xizmatini
tashkil etish.
7. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, avariya-qutqaruv ishlarini
amalga oshirishda FVDT kuchlarini moddiy hamda transport vositalari bilan ta'minlash.
8. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni amalga
texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va ularga amal qilish.
oshrishda
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq bo'lgan avariya-qutqaruv va bosha
kechiktirib bo'lmaydigan ishlarning ketma-ketligi va ularni bajarish muddatlarini zilzila sodir
bo'lgan hududda joylashgan shahar (obyekt) fuqaro muhofazasi boshliqi aniqlaydi. Zilzila
keltirgan zararni aniqlash, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlar ketmaketligini, odamlarni qutqarish ishlari hajmini aniqlash uchun razvedka ishlari tashkil etiladi.
Razvedkachilar quyidagilarni aniqlashlari shart:
- bino, inshoot, kommunal-energetika tizimlaridagi talofatlarning xususiyatlari va
darajasini;
- vayronalar ostidagi odamlar qolgan joylarini topish va ularga zarari tegishi
mumkin bo'lgan xavfni;
- vayrona uyumlari tagida qolgan odamlarni chiqarib olishning eng qulay joylarini
topish;
- suv manbalarining holatini, ularni xo'jalik ishlarida va ichimlik sifatida ishlatish
mumkinligini;
- sharoitni va sharoitga ko’ra bajariladigan ishlar ketma-ketligini;
- mexanik vositalarni qo'llash imkoniyatlarini;
- zarurat bor deb topilganda portlatish ishlarini qo'llash imkoniyatini.
Vayrona uyumlari tagida qolganlarni chiqarib olish, yarim vayronalar va yonayotgan
biiolardan odamlarni qutqarish. Zilzila natijasida vayrona uyumlari ostida olgan, qulab tushishi
ehtimoli mavjud bo'lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish
ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Buning uchun obyektga FVDT tuzilmalari olib
kelinadi.
Vayrona uyumlari tagida qolganlarni qidirib topish uchun qidiruv guruhlari
yuboriladi. Ular vayrona uyumlarining hududini, buzilgan binolar va inshootlarni
sinchiklab o'rganib chiqadilar. Vayrona uyumlari tagida odam borligi aniqlanganda, tezda
vayrona uyumi ostida qolgan odam bilan suhbat yoki taqillatish orqali aloqa o'rnatiladi.
Vayrona uyumlarini ochish uchun zvenolar tashkil etiladi. Zvenolar tarkibidagi
qutqaruvchilar soni 5 kishidan kam bo'lmasligi kerak. Zveno a'zolarining hammasi
yoppasiga yoki birvarakayiga ishlashadi. Ikki kishi vayrona uyumi tepasida, ikki kishi uyum
bo'laklarini boshqa yerga tashlaydi. Zveno
a'zolaridan
bittasi
kerak
bo'lgan
holatlarda metall konstruksiyalarni maxsus asbob yordamida kesadi. Vayrona uyumlari katta
bo'laklardan tashkil topgan bo'lsa, ularni bartaraf etishda mexanizatsiyadan foydalaniladi.
Ko'p qavatli binolarning yuqorisida yoki zinapoyalari buzilgan bino yoki
inshootlardan odamlarni qutqarish uchun vaqtinchalik evakuatsiya yo'llari, yog'ochdan
ishlangan trapplar yoki vaqtinchalik zinapoyalar o’rnatiladi. Harakatlanish xavfsizligi uchun
bilar tomondan arqon tortib qo’yiladi. Tungi vaqtda ishlaganda esa vaqtinchalik elektr
yoritgichi o'rnatiladi. Yuqori qavatlardan odamlarni deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin.
Odamlarni qutqarishda eng qulay yo'l o't o'chirish avtotransportidan
foydalanishdir.
Kommunal-eniergetika tarmoqlaridagi avariyalarni
sheklash yoki bartaraf etish
Kommunal-energetika
tarmoqlaridagi
avariya oqibat-larini
bartaraf etishda
ixtisoslashtirilgan, tayyorgarlik ko'rgan va qurollangan maxsus tuzilma mutaxassislari ishtirok
etadilar. Ularga yordam berish uchun umumiy tuzilma a'zolari jalb etilishi mumkin.
Elektr tarmoqlaridagi avariyalar elektr-energiya o'chirilganidan keyingina bartaraf etiladi.
Umumiy elektr energiya tarmoqlari o'chirilgandan keyin elektr energiyani vaqtinchalik
tiklash tadbirlari ko'riladi. Zilzila sodir bo'lganda, vayron bo'lgan yoki yong'in sodir bo'lgan bino
va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari olib borayotganlarni elektr - energiya bilan ta'minlash
blarinchi darajadagi vazifalardan hisoblanadi.
Elektr-energiya bilan ta'minlash yoki avariya sodir bo'lgan
elektr-energiya
tarmoqlarini tiklash imkoniyati bo'lmagan taqdirda ko'chma elektrostansiyalar yoki
energopoyezdlardan foydalanish zarur. Suv tarmoqlarida sodir bo'lgan avariya oqibatlarini
bartaraf etishda joylarda vayrona uyumlarini tozalash, shikastlangan suv tarmog'ini
to'xtatish kerak. Ko'chalardagi suv tarmog'i quduqlari, vayrona uyumlarida suv paydo bo'lishi
va suv quvurlarida suv bosimining pasayishi suv tarmoqlarining buzilganligini ko’rsatadi.
Bino yoki inshootlar konstruksiyadagi mustahkam bo'lmagan qism-larni mustahkamlash
yoki buzib tashlash. Zilzila sodir bo'lganda devorlar, qavatlar o'rtasidagi to'siqlar, bino va
inshootlarning konstruksiyasida yoriqlar hosil bo'lishi natijasida ular qiyshayib yoki osilib
qolishi mumkin. Bunday holatlar aholi uchun ham, qutqaruv ishlarini olib borayotgan tuzilmalar
uchun ham xavf soladi. Shuning uchun bunday bino va inshootlarning konstruksiyalari
buzib tashlanishi yoki mustahkamlanishi kerak.
Shikastlanganlarni jamlash va tibbiy shaxobchalarini jihozlash. Shikastlanganlarni
jamlash va tibbiy yordam ko'rsatish uchun qulay, saqlanib qolgan binolar yoki yerto'lalarni tanlash
mumkin. Ularga eng qulay va xavfsiz kirish yo'llari tanlanadi. Zarurati bo'lsa, vaqtinchalik
kommunal-energetika tarmoqlar tiklanib, suv, gaz, elektroenergiya bilan taminlanadi. Suv
bilan ta'minlash shaxobchalarini jihozlash. Suv bilan ta'minlash shaxobchalari aholi va
tuzilmalarni suv bilan ta'minlash uchun zarur bo'lib, ular saqlanib qolgan suv manbalari,
artezian quduqlar, ochiq suv havzalarini tashkil etadi. Birinchi navbatda, avariya-qutqaruv
va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlar bajarilayotgan hamda shikastlanganlarni jamlash
va tibbiy punktlar joylashgan hududlar suv bilan ta'minlanadi.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni olib borishda
xavfsizlik tadbirlari. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'l-maydigan vayrona
uyumlari orasida yurish; buzilgan bino va inshootlarga kirish, qulab tushishi ehtimoli bor bo'lgan
binolar yaqinida turish xavflidir.
Zararlangan bino va inshootlar oldiga faqatgina
ularning xavfsiz tomonidan kelish mumkin. Bino va inshootlarning ichki qismini ko'zdan
kechlarganda ochiq shakldagi yoritgichlardan va kerosinli fonarlardan foydalanish ham xavfli,
chunki ular ikkilamchi vaziyat sodir bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin.
Yonayotgan, tutun bosgan va vayrona uyumlari bilan to'silib qolgan joylarga
kirayotganda arqonga boylanib, arqonning ikkinchi uchini kirish joyida turadigan
sherigingizga qoldirsangiz, bu holat xavfsizligingizni ta'minlaydi. Yonayotgan xonalarga
kirayotganda kirish eshiklarini ehtiyotkorlik bilan ochish va alanganing otilib chiqishini to'sa
oladigan yoki qizigan gaz alanga olganda yong'indan muhofaza qila oladigan matodan foydalanish
ham sizning xavfsizligingizni ta'minlaydi. Yonayotgan xona ichida emaklab yoki engashib
harakat qilish, zarurati bo'lganda xonadan tez chiqib ketish uchun derazaga yaqin joylarda
harakatlanish xavfli vaziyat sodir bo'lishining oldini oladi.
Uzoq vaqt davom etgan
yong'indan
so'ng yerto'lalarga
gazniqob kiyib yoki yaxshilab
shamollatilgandan so'ng ish jarayonini boshlash xavfli vaziyat sodir bo'lishining oldini oladi.
Vayrona uyumlari orasida hovuzlar tayyorlashda ularning chetlarini mustahkamlash kerak
bo'ladi. Mustahkamlash uchun metall va yog'och konstruksiyalarning bo'laklarini ishlatish
mumkin. Mustahkamlanmagan vayrona uyumlaridan tushish va chiqish joylari sifatida
foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Baland joylarda ishlash kerak bo'lgan hollarda albatta ehtiyot vosita-laridan
foydalanish kerak (qutqaruv arqonlari va belbog'lar). Gazlashgan obyektlarda ish olib borish
jarayonida yakka muhofaza vositalaridan foydalanish xavfsizlikni ta'minlaydi. Zarar ko'rgan yoki
buzilgan binolarda ish olib borayotganda himoyasiz qo'l bilan elektr simlarini va elektr simlari
tegib turgan metall buyumlarni ushlash xavfli hisoblanadi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin
elektr tarmoqlari o'chirib qo’yiladi.
Vayrona uyumlari, shaxtalarda, kirish joylari shikastlangan bino va inshootlarda
ogohlantiruvchi qizil chiroq o'rnatib qo'yiladi.
Suv toshqini, sel va yer ko’chkisi oqibatlarini bartaraf etish
Suv toshqini (suv ostida olish) xavfi paydo bo'lgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro
muhofazasi boshliqrining qarori bilan boshqaruv punkt lari tayyorgarlik holatiga keltirib
quyiladi. U yerda mutasaddi rahbar xodimlarning kecha-yu kunduz navbatchiligi tashkil etiladi,
FVDT tuzilmalarining vazifalari aniqlashtiriladi.
Suv toshqini xavfi paydo bo'lganda:
- suv toshqini xavfi borligi haqidagi ma'lumotni yuqori organlarga va aholiga ma'lum
qiladilar;
- razvedka va kuzatuv ishlarini kuchaytiradilar;
- suv toshqini xavfi bor hududlarda FVDT kuch va vositalarining holatini
aniqlaydilar, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni o'tkazishga
tayyorgarlik ko'radilar;
- xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko'radilar va kerak, deb
topilganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko'chiradilar;
- suv toshqini xavfi bor hududlardagi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish
jarayonini qisman yoki butunlay to'xtatadilar;
- o'zaro hamkorlik rejasiga binoan yordam berishga ajratilgan qurolli kuchlar
bo'linmalari bilan aloqa o'rnatadilar va doimiy aloqada bo'ladilar.
Qutqaruv ishlarini olib borishga rahbariyat tomonidan ajratilgan kuch va vositalar
hamda tashkilotlarning tuzuvchi vositalari jalb etiladi.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv otryadlari, katerlar, motorli qayiqlar va boshqa
suzuvchi vositalar yordamida odamlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlariga jalb etiladi.
Qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar tarkibi odamlarni qutqarish borasidagi hatti-harakat
qoidalarini va qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatishni bilishlari kerak. Suvda
suzish vositalarida qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar qutqaruv vositalari bilan,
shaxsiy tarkib esa qutaruv nimchalari bilan ta'minlanadilar.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borishda asosiy e'tibor suv ostida qolgan
hududlardagi odamlarni qidirib topishga, ularni suvda suzish vositalariga yoki
vertolyotga olish va xavfsiz joylarga olib chiqishga qaratiladi. Zarurati bor
bo'lgan
hollarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam va shifokor yordami ko'rsatiladi. So'ng moddiy
boyliklarni qutqarish va olib ketish ishlari olib boriladi. Shu o'rinda Farg'ona viloyatining
Shohimardon qishlog'ida 1998yil yozida bo'lib o'tgan halokat to'g'risida to'xtalib o'tsak.
Havo haroratining birdaniga ko'tarilib ketishi natijasida Qirg'iiziston Respublikasining O'sh
viloyati tog'laridagi qorlarning erishi tezlashib ketdi. Buning oqibatida 1998-yilning 7iyulidan 8-iyuliga o'tar kechasi katta suv oqimi paydo bo'ldi. Bu oqim Shohimardonsoyga
qo'shilib uning suv sig'imini 200 m3/s ga ko'paytirib yubordi va kuchli oqim natijasida 52 ta
xo'jalik 36 ta dam olish maskanlari, shu jumladan, 4 ta bolalarni sog'lomlashtirish maskanlari
jiddiy zarar ko'rdi. 8-9-iyul kunlari odamlarni Shohimardon qishloqlaridan ko'chirish ishlari
olib borildi. Bu muddat davomida 14200 kishi, shu jumladan 3150 nafar yosh bolalar xavfsiz
joyga ko'chirilgan. Ushbu ishlarni bajarish uchun 250 dan ortiq avtomobil texnikalari jalb
qilindi. 1998yilning 18iyuligacha 104 nafar odamning jasadlari topildi. 68 ta har xil
hayvonlarning tanalari topilib, ular belgilangan tartibda ko'mib tashlangan. Kuchli sel oqimi
natijasida 15 km gaz o'tkazgich, 14 km avtoyo'l, 4 ta yirik avtomobil ko'prigi, 3 km suv
o'tkazish tizimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan ziyod mayda
savdo nuqtalari butunlay vayron bo'lgan. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha
Shohimardon va Vodil qishloqlarida favqulodda vaziyatlar shtabi tashkil qilingan. Avariyaqutqaruv ishlariga 1908 kishi va 438 dona texnika, shu jumladan 156 dona muhandislik
texnikalari jalb qilingan. Ishni tashkil qilish uchun 320 tonna benzin, 513 tonna dizel
yoqilg'isi sarf qilingan. Bunday halokat yuz berganda eng birinchi navbatda muhandislik
texnikalari ishga solinishi kerak. Chunki birinchi vazifa odamlarni xavfsiz joylarga zudlik bilan
ko'chirish, jabrlanganlarga moddiy va tibbiy yordam ko'rsatish, oziq-ovqat, kiyim-kechak
bilan ta'minlash ishlarini olib borishdan iborat. Razvedka ishlarining samarali olib borilis hi,
FVDT organlari va xizmati sodir bo'lgan muhitni tezlik bilan baholashlari, yetkazilgan
talafotning ko'lamini aniqlash, FVDT kuch va vositalarini o'z vaqtida jamlash va
yo'naltirish. FVDT tuzilmalari shaxsiy tarkibining faol harakat qilishi va jabrlanga nlarga
yordam berish haqida aniq topshiriq berilishi, to'satdan suv bosishi sodir bo'lganda avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni samarali olib borilishiga bog'liqdir.
Razvedka natijalari, FVDT organlarining axborotlari, harbiy qo'mo ndonlik qo'shini
tuzilmalari va boshqa boshqaruv manbalarining ma'lumotlari, FVDT bo'limlari va fuqaro
muhofazasi xizmati xodimlari mutaxassislar bilan birgalikda vaziyatni baholaydilar va
favqulodda vaziyatning bundan keyingi rivojlanishini taxmin qiladilar, avariya-qutqaruv va
boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni o'tkazish hududida o'z takliflarini ishlab
chiqadilar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga axborot beradilar.
Suv bosgan hududga yetib kelgan FVDT tuzilmalari shu zahotiyoq o'z vazifalarini
bajarishga
kirishadilar.
Vaziyat haqidagi
muhim ahamiyatga
ega bo'lmagan
ma'lumotlarning mavjud emasligi yoki ba'zi bir ikkinchi darajali masalalarning hal
qilinmaganligi
avariya-qutqaruv
va boshqa
kechiktirib
bo'lmaydigan ishlarni
boshlamaslikka sabab bo'la olmaydi.
Qidiruv guruhlari va zvenolari tez harakat qiluvchi suzuvchi vositalar va vertolyotlar
yordamida suv bosgan hududlarda odamlar yig'ilgan joylarni aniqlaydilar. Ko'pchilikni tashkil
etmagan odamlar guruhlarini qutqaruv guruhlari va zvenolari mustaqil ravishda qutqaradilar.
Odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish uchun barja, barkas, kater va qayiqlardan
foydalaniladi,
Suv bosgan hududlarda suvda suzuvchi vositalar odamlarni
qidirib topish jarayonida vaqti-vaqti
bilan tovush chiqarib signal berib boradilar. Suv
bosgan hududlarda asosiy aholini evakuatsiya qilish ishlari tugaganidan so'ng ham
hududlarda patrullik ishlari to’xtatilmaydi. Patrullik ishlari tezyurar suvda suzuvchi
vositalar, suv bosgan hududning ko'lami katta bo'lsa, vertolyotlar yordamida bajariladi.
Suvdagi odamlarga, hatto suzishni biladiganlarga ham
qutaruv halqasi, rezina shar
yoki bosha suzuvchi moslamalar tashlanadi. Bunda suv oqimi va shamolninig yo'nalishi
hisobga olinadi. Gidrotexnika inshootlarining zarar ko'rishi yoki batamom buzilishi
to'satdan suv bosgan hududlarning ko'lamini ko'paytiradi. Shuning uchun ularning holati doimiy
statsionar kuzatish ishlari yordamida kuzatib boriladi. Gidrotexnika inshootlarida avariyaqutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni FVDTning muhandis tuzilmalari
hamda avariya-texnik xizmati bajaradi. Ko'pchilik holatlarda bunday ishlar tezkorlik bilan
bajarilishini inobatga olsak bunday ishlarga iloji boricha tajribali mutaxassis rahbarlik qilishi
kerakligi ma'lum bo'ladi. Sel oqishi bilan asosan oldindan olib borilgan kompleks tashkiliyxo'jalik agrotexnik meliorativ va gidrotexnik tadbirlarlarni amalga oshirish yordamida
kurashish ko'proq samara beradi. Sel kelishi xavfi bor hududlarda yashovchi aholi yerlardan
foydalanishda, o'rmon daraxtlarini kesishda, uy hayvonlarini boqishda mutasaddi tashkilotirning
tavsiyalariga rioya qilishlari zarurdir. Sel kelishi va yer ko'chkisi xavfi sodir bo'lganda, aholi
xavfli hududlardan xavfsiz joyga evakuatsiya qilinadi. Aholi bilan birgalikda moddiy
boyliklar ham olib chiqiladi, qishloq xo'jalik mollari esa xavfsiz joyga ko'chiriladi.
Yer ko'chishi natijasida odamlar vayrona uyumlari ostida qolishi, qulayotgan narsalar
ta'sirlarida jarohatlanishi mumkin. Shuning uchun jabrlanganlarga iloji boricha tezd a yordam
berish kerak. 1999- yil 21- noyabrda ko'p miqdorda qor yog'ishi natijasida "QAMCHIQ"
dovonining 157-167kilometrlarida qor ko'chishi hodisasi sodir bo'ldi. Favqulodda vaziyat
oqibatida 29 odam qurbon bo'ldi, 19 kishi turli jarohatlarni oldi, 73 kishi sovuqda uzoq
muddat qolib ketdi. Zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri buyrug'iga ko'ra tezkor
guruh voqea yuz bergan joyga etib keldi, vaziyatni aniqlash va oldini olish chora-tadbilari
ko'rildi, 5 soat davomida dovonning 152-162 kilometrlarida 8 bor qor ko'chishi oqibatida 34 ta
turli rusumdagi avtomobil qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinani qor chuqurlik tomon
surib tushirgani aniqlandi va zudlik bilan ularni qutqarish ishlari boshlab yuborildi.
Bunday vaqtda vaziyatni to'g'ri baholay bilis hlik
muhim o'rin tutadi. Voqea sodir bo'lgan joyga Toshkent, Farg'ona, Andijon, Namangan
viloyatiri avariya-qutqaruv bo'limlari, "Najotkor" respublika qidiruv-qutaruv markazi,
Chirchiq shahar "Xaloskor" maxsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqaruv qismi o'z texnik
vositalari bilan jalb qilindi. Tezkor guruh a'zolari o'z ishlarini vaziyat vujudga kelgan joyning
eng og'ir qismi 167-kilometridagi yo'lni qor uyumidan tozalab, odamlarni xavfsiz joyga olib
chiqishdan boshladilar. Jabr ko'rganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va oziq-ovqat bilan
ta'minlandi.
Ob-havoning 12° sovuq, buning ustiga 15-20 metr tezlikda esib
turgan shamol ta'siriga qaramasdan qor qurshovida qolgan 400 transport vositasi va 1200 dan
ziyod yo'lovchi qutqarib olindi. Sodir bo'lgan qor ko'chkisi oqibatini bartaraf etishda 71 ta
texnika, 1 ta vertolyot va 3 ta iztopar to'rt oyoqli xaloskorlar ishtirok etdilar.
Qutqaruv ishlarini olib borishda yo'l xizmatidan 150 kishi, Namangandan 9 nafar
qutqaruvchi, Toshkentdan 10 kishi, "Xaloskor"dan 12 kishi, DAN xodimlaridan 116 kishi,
"Najotkor"dan 10 kishi, Andijondan 5 kishi, Fargonadan 10 nafar qutaruvchi, jami 350 dan ziyod
kishi ishtirok etdi.
Ishlab chiqarish avariya va halokatlarining oqibatlarini bartaraf etish
Ishlab chiqarish avariya va halokatlari ko'p hollarda tasodifan sodir bo'ladi, ko'lami
tez kengayadi hamda odamlarning hayoti va sog'lig'iga xavf soladi. Ishlab chiqarishdagi avariya
va falokatlarning sodir bo'lishi ishlab chiqarish xususiyatiga ko'proq bog'liq, chunki
ikkilamchi salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin, bu oqibatlar esa ko'pchilik hollarda atrofmuhit holatini qiyinlashtirishi mumkin. Avariya va halokatlar sodir bo'lganda ob`yekt
ishchi-xizmatchilarini o'z vaqtida xabardor qilish, ularni hamda ob`yekt atrofida yashaydigan
aholining muhofazasini tashkil etish birinchi darajadagi vazifadir, Birinchi navbatda,
odamlarning muhofazasi bilan shug'ullanish, ularga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va
ularni davolash muassasalariga joylashtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Obyektning talofat
ko'rgan joylarini razvedka qilib, olingan ma'lumotlar asosida yonishni o'chirish, uning ko'lamini
cheklash, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatirning oldini olish ishlari olib boriladi.
Vayrona uyumlaridan tashkil topgan to'siqlar, zarar ko'rgan bino konstruksiyalaridagi qulab
tushay deb turgan alohida bo'laklarning paydo bo'lgani quyunlashgan va gazlashgan hududlarda
odamlarning jarohatlanishi va halok bo'lish xavfi paydo bo'ladi. Shuning uchun texnika xavfsizligi
talablariga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Vayrona uyumlari orasida besabab yurish,
zararlangan bino va inshootlarga kirish, qulab tushish xavfi mavjud yerlarda ish olib
borish, ehtiyot vositalarisiz yerda yotgan elektr asboblariga tegish mumkin emas.
Ish olib borilayotgan maydon yoki ob`yekt atrofi to'siqlar bilan o'ralgan va o'z
vaqtida qo'riqchilar hamda kuzatuvchilar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak
Vayrona uyumlarini bartaraf etish bilan bog'liq bo'lgan ishlarni bajarishdan avval qulab
tushish ehtimoli bor bo'lgan bino qismlarini mustahkamlash yoki buzib tashlash kerak.
Tomlar, quvurlar, stoykalar va kolonnalarni boshqa maqsadda foydalanish uchun sindirish,
bo'laklarga bo'lishga ruxsat berilmaydi.
Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan bog'liq bo'lgan obyektlarda
avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo'lmaydigan ishlarni tashkil etish mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Bunday obyektlarda o'z
vaqtida va sifatli razvedka ishlarini olib borish muhim ahamiyatga egadir. Razvedkani radiatsiya
va kimyoviy razvedka tuzilmalaridan tashkil etilgan guruh zvenolari olib boradi. Ular avariya sodir
bo'lgan joyni va kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddaning turini, hudud va obyektning zaharlanganlik
darajasi va ko'lamini, zararlangan hudud chegarasini, aylanib o'tish hamda hududdan
chiqishning eng xavfsiz yo'nalishlarini aniqlaydilar. Zarurati bor deb topilganda tuproq, suv va
boshqa tashqi muhim obyektlaridan namunalar oladilar va tahlil qilish uchun amaliyotga
yuboradilar, kimyoviy zararlangan hudud o'chog'idagi odamlar holatini baholaydilar. Kuchli
ta'sir etuvchi zaharli moddalarning hududga yoki atmosferaga tarqalayotganligi aniqlanishi
bilanoq obyekt ishchi va xizmatchilari hamda yaqin-atrofda yashovchi aholiga xavf haqida
xabar beriladi. Avariya haqidagi xabarni eshitgan aholi darhol nafas olish yo'llarini
muhofaza qilish niqoblarini hamda terini muhofaza qiluvchi eng oddiy kiyim (plash,
yoping’ich)larni kiyib olishlari kerak. Uyda bo'lgan aholi deraza va darchalarni mahkamlab
yopishi, yashash joyiga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitishi, elektr isitgich asboblari,
gaz o'choqlari va boshqa yonayotgan asbob-uskunalarni o'chirish kerak.
Avariya sodir bo'lgan obyektda birinchi navbatda kuchli ta'slar etuvchi zaharli
moddalarning to'kilishini yoki tarqalishini to'xtatish tadbirlari amalga oshlariladi. Buning uchun
zararlangan hududga KTZM uzatib berish tizimi yopiladi, jo’mraklar va boshqa yopish
moslamalari yopiladi, KTZM shikastlangan idishdan boshqa nuqsonsiz id ishga o'tkaziladi.
Ba'zi hollarda KTZM tarqalishining oldini olish maqsadida hovuzlar yoki chuqurliklar
qaziladi. Zararlangan hududning chegarasi belgilanadi va bu hududga avariyaning
oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmaydigan shaxslar kiritilmaydi. Bu hudud alohida maxsus
ishchi va hizmatchilardan tashkil topgan guruh tomonidan o'rab olinadi. Zararlangan o'choq
cheklangandan keyin zaharlangan hududlarni zararsizlantirish ishlari olib boriladi. Obyektlarni,
asbob-uskunalarni
zararsizlantirish
manbai
sifatida
KTZMni neytrallashtiruvchi
moddalar
tanlanadi. KTZM
bilan
zararlangan
o'choqda olib
borilayotgan ishlar jarayonida xavfsizlik talablariga rioya kilish kerak Ishlayotganlar
gazniqob, muhofaza kiyimi hamda shaxsiy muhofaza vositalari, dori-darmon qutisi bilan
ta'minlanadilar. Ular zararlangan o'choqda ishlayotganda undan foydalanishni bilishlari kerak.
Zararlangan hududda ish boshlashdan oldin KTZM turi va sodir bo'lgan vaziyat haqida
tushuntirish o'tkaziladi.
Ish jarayonida texnika va odamlarning harakati KTZMning xavf darajasini inobatga olgan
holda tashkil etiladi. Ishlar tugagandan so'ng hududda odamlar va texnikani maxsus tozalash
tadbirlari o'tkaziladi.
Mashg`ulotni mustahkamlashga doir savollar.
1. Suv toshqini, sel va yer ko`chkisi oqibatlarini bartaraf etish.
2. Avariya-qutaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli
bartaraf etishga quyidagicha erishish mumkin ekan.
3. Zilzila oqibatlarni bartaraf etish.
4. Avariya-qutqaruv ishlarini o'tkazish usullari.
5. Kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch ishlarning turlari.
6. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni olib borishda
xavfsizlik tadbirlariish.
MUSTAQIL O`RGANISH UCHUN ESLATMA ZILZILA
Yuz berish mumkin bo`lgan tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik ko`rsangiz, o`zingizni
va boshqalarni qutqarib olishingiz mumkin
Download