Загрузил Ilhom Lutfullayev

dinshunoslik

Реклама
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI
FILIALI
KI FAKULTETI
DI- 12/23 - GURUH TALABASI Qilichev Shoxruh
DINSHUNOSLIK FANIDAN
1-MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi
TEMIROVA F
Mavzu; Dinshunoslik faninig piridmeti fungksiyalari.
REJA
1.Dinshunoslik fanini o’qishdan maqsad nima.
2.Din so’ziga qanday ta’rif berilgan.
3.Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi.
4.Xulosa.
«Dinshunoslik» fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga diniy va milliy
qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan
uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan
to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni
tayyorlashdan iborat.
Mustaqillik davrida jahonda xalqlarining dinlari haqida keng
ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga
keldi. Natijada, dinshunoslik fani izchillik bilan rivojlana boshladi.
Bunda, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni
o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan
izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati
paydo bo‘ldi
.
«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni
tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy
hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
2.Dinga qanday tarif Berilgan.
Din (arabcha: „ – ‫دين‬eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan
qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar
toʻplamidir[1]; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham
mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan
bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi.
Barcha patriarxal dinlar bir gʻoyani ilgari surishadi: olam va odamlarni ikkiga, biri muqaddas,
boshqasi kufr boʻlgan qismlarga boʻlish. Din odatda hech kim tomonidan kuzatilmaydigan va
aniqlanmaydigan, gʻayritabiiy, muqaddas, eng yuqori shaxs yoki mavjudotga fokuslangan oʻzak
eʼtiqod ustiga qurilgan ijtimoiy tizim, deb ham
taʼriflanadi. An’analar, qadriyatlar, institutlar, rituallar va diniy matnlar oʻzak eʼtiqod bilan
bogʻliq koʻriladi, va bulardan baʼzilari sekyular falsafa bilan mos tushmasligi mumkin. Dinni
shuningdek „turmush tarzi“ ham deyishadi.
Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi,
insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha
javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan din kishilik
jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida
paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu
dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va
sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy dinga falsafa bilan
bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan
biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi
masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida
bayon qilganlar
.
Dinga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino,
Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida,
Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish
mumkin. 18-asr fransuz faylasuflarining dinga
boʻlgan oʻziga xos yondashuvlari, 19-asrda
mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M.
Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va
boshqa turli yoʻnalishlar paydo boʻlgan boʻlsa, 20asrda dinni tadqiq qilish yuzasidan yana
boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung , E.
Dyurkxeym) vujudga keldi.
 Din avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra
yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har
bir din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy
tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har
qanday jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va
ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga
taʼsiri kuchlidir. Har bir din dindorlarini oʻz taʼlimoti
doirasida saqlashga harakat qiladi, oʻz qavmlari
uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini
oʻtaydi. Dinlar oʻz marosim va bayramlarining
qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda
bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz
qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro
aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi.
Din insonga yashashdan maqsad, hayot
mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz
munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy
axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulqatvor qoidasiga aylantiradi. Madaniyat rivojiga
katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy
qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga
yetkazish ishiga yordam beradi.
3.Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi.
Din jamiyat hayotida muhim o'ringa ega.
U kishilarda ezgulikka intilish, o'zini ruxan va
jismonan poklash, atrofidagilarga manfaat
yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy hislatlarni
shakllantiradi.
Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga
chorlab kelgan. dunyo haritasidagi deyarli har bir
mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e'tiqod
qiladi, uning o'z urf odat va an'analari mavjud.
Dunyo xalqlari tarixini o'rganishda ularning diniy
qaralashlari, e'tiqodlari va diniy amaliyotlarini
e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
 Din arabcha so'z bo'lib o'zbek tilida ishonch,
e'tiqod qilish ma'nolarini anglatadi.
17-19-asrlarda yashab ijod qilgan ba'zi yevropalik
tadqiqotchilar insoniyat taraqqiy etib borgani sari
uning qo'rquvlari ham kamayadi, u mustaqil bo'ladi,
bu esa dinlarning butkul yo'q bo'lib ketishiga olib
keladi, deb bashorat qilgan edilar. Biroq vaqt o'tishi
bilan bu fikr amalda o'z tasdig'ini topmadi.
Din jamiyatda insonlar dunyoqarashini
shakllantirish, tasalli berish (kompensatorlik),
birlashtirish, boshqarish, kommunikativlik,
ruhiy-ma'naviy tarbiyalash kabi bir qator
vazifalarni bajarib kelgan.
 Ehtiyojing tushadigan ilmni o'rganishdan o'zingni
olib qochma! (Imomi A'zam Abu Hanifa)
Dinning tasalli beruvchi vazifasini olaylik.
Inson bolasi boshiga biror musibat, qiyinchilik
tushganida o'ziga dindan ovutuvchi, ko'ngilli
taskin beruvchi, yupatuvchi kuch topgan.
Din birlashtirish vazifasini ham bajarib,
insonlar orasida hamjihatlikni mustahkamlashga
xizmat qiladi. Har bir din e'tiqod qiluvchilarni o'z
qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu
qoidalarga sodiqlikka undaydi va shu yo'l bilan
insonlarni birlashtiradi.
 4.Xulosa
 Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning e’tiqodi,
qaysi dinga mansubligiga qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk
ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin.
Ulardan eng mashhuri “tarix otasi” nomini olga nGerodot (mil. avv. V asr) o‘zi
tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish o‘rta asr
Yevropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar,
xristianlarning e’tiborini jalb qilmaslik va ularni boshqa dinlarga kirib ketmasliklarini
ta’minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash
orqali ularga yondashishni ma’qul deb topganlar.
Скачать