Kirish. Futbol о‘yini musobaqalarini o’tkazish va hakamlik qilish Reja: 1.Futbol o’yini paydo bo’lishi. 2 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi. 3 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tasnifi. 0 Mavzu 1. Futbol o’yini paydo bo’lishi. Futbol bu «oyoqtо‘pi» degan ma’nodagi inglizcha sо‘z bо‘lib, Fransiya, Ispaniya, Rossiyada shu nom saqlanib qolgan. Nemislarda u «fusbol», Venriyada «labduragosh», Italyanlarda «kalchio», Yugoslavlarda «nagomet», Amerikada «sokker» deyiladi. Futbolning xalq, ommasini jismoniy rivojlantirishning, uning salomatligini mustahkamlashning eng ommabob, vositasidir. Bu kattalarga ham, о‘smirlarga ham, bolalarga ham birdek ma’qul bо‘lgan chinakam о‘yin. Futbol bu chinakam atletik о‘yin. U tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchan-likni rivojlantirishga yordam beradi. Futbolchi о‘yin paytida xaddan tashqar kо‘p ish bajaradi. Bu esa odamning funksional imkoniyatlari darajasini oshirishga,ma’naviy, irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Futbol о‘ynash umumiy jismoniy tayyorgarlik kо‘rishda yaxshi vosita bо‘lib xizmat qila oladi. Yо‘nalishni о‘zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, struktura jixatdan turlicha gavda harakatlari, tо‘pni tepish, tо‘xtatib olish va olib yurish, maksimal tezlikda harakat qilish, irodaviy xislatlarning, taktik tafakkurning kamol topishi kabilar, futbolni har qanday ixtisosdagi sportchiga zarur bо‘lgan kо‘pgina muhim xislatlarni о‘stiradigan sport о‘yini deb hisoblash imkoniyatini beradi. Hozirgi zamon futbolining «ajdodi» bundan ikki ming yil avval qadimgi Sharq xalqlari va antik dunyo davlatlari Gretsiya va Rimda ma’lum bо‘lgan «Garponon» (о‘sha paytda futbol shunday atalar edi) о‘yinini о‘ynagan qadimgi Gretsiya о‘smirlari maydon о‘rtasidan turib tо‘pni raqiblar tomoniga о‘tkazishgan, Goy Yuliy Sezarning rimlik ligionerlari tо‘pni har qanday usul va priyomlarni qо‘llagan holda ustunlar orasiga kirgizishga harakat qilganlar. О‘rta asrlarda о‘yin keng tus oldi. Bunda kо‘cha va qishloqlar maydon о‘rnida xizmat qilardi. Musobaqalar kun о‘rtasida boshlanar edi va qorong‘u tushgancha davom etardi. Tо‘pni butun shahar bо‘ylab ma’lum bir joygacha surib kelishga erishgan «komanda» g‘olib hisoblanardi. О‘yin tartibsiz bir ur yiqitga о‘xshar, kо‘p xollarda qon tо‘kar, mushtlashishgacha borib yetardi. Shu sababdan va «jin о‘yin» sifatida ingliz qirollari futbolni kо‘p marta taqiqlaganlar. Bu taqiq 200 yil amalda bо‘ldi. X1X asr о‘rtalariga kelib, sport metodi jismoniy tarbiyaning eng maqbo’l metodi deb topilib, sport hamda sport о‘yinlari jismoniy rivojlanishining samarali vositasi bо‘lib qolgandan keyin futbol tarixida yangi bosqich boshlandi. Oyoqda tо‘p о‘ynash birinchi galda ingliz kollejlari hamda universitetlarida yoyildi. X1X asrning ikkinchi yarmidan futbol о‘yinida ochiq oydin ikki yо‘nalish tarkib topadi. Ulardan birini London hamda Kembrij kollejlari qо‘llab quvatlar edi. Bo’lar 1863 yili futbol assotsiatsiyasi tuzadilar va yumaloq tо‘pni oyoqda о‘ynashi rasm qilishga qaror qiladilar. 1848 yili Kembrij futbol klubi birinchi bor yagona о‘yin qoidalarini joriy qiladi va bu qoidalarni nashr etishga qaror qilinadi. Afsuski, ular bosmadan chiqmay yо‘qolib ketadi. Bizgacha yetib kelgan qoidalar 1863 yil 8 dekabrda e’lon qilingan. Bu qoida 13 1 banddan iboratdir. Hozir biz bilgan futbol ana shunday paydo bо‘lgan. 1863 yilgi qoidalar hozirgi qoidalardan farq qilgan. 1871 yili golkiper (darvozabon ) larga qо‘lda о‘ynash ruxsat berildi. Burchakdan tо‘pni kiritish 1873 yilda kiritildi. 1875 yili ustunlarni birlashtirib turgan arqon yerdan 2,44 m balandlikda yotqizilgan tо‘singa almashtirildi. 1882 yili 4ta mustaqil futbol ittifoqi Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya futbol ittifoqlari birlashdilar. Futbol maydonida xakam birinchi marta 1880 – 1881 yillarda ishtrok etadigan bо‘ldi. 1891 yili xakam maydonga ikkita yordamchisi bilan tushadigan bо‘ldi. Xalqaro miqyosidagi dastlabki futbol о‘yini 1873 yili Angliya va Shotlandiya futbol jamoalari о‘rtasida bо‘lgan edi. Futbol 1875 yilda Gollandiyada о‘ynala boshlandi, 1882 yildan Shveysariyada, 1890 yildan Chexiyada, 1894 yildan Avstriyada, 1897 yildan Rossiyada о‘ynala boshladi. 1904 yili Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) tuziladi. Hozir uning sostavida 190 ga yaqin mamlakat bor. 1954 yildan beri Yevropa futbol ittifoqi UEFA ham ishlab turibdi. Unga 50 ga yaqin mamlakat a’zo bо‘lib kirgan. 1930 yildan beri har tо‘rt yilda jaxon chepionati, 1958 yildan beri esa Yevropa chempionati utkazilib kelinmoqda 1908 yili futbol olimpiya о‘yinlari dasturiga kiritildi. UEFA raxbarligida quydagi kubok о‘yinlari о‘tkazilib turadi: Yevropa chempionlari kubogi (1956 yildan beri). Kubok egalari kubogi (1961 yildan beri). Bo’lar endilikda UEFA kubogi deb yuritiladi. Mavzu 2. Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi. Futbol ommoviy jismoniy rivojlantirishning, kishilar salomatligini mustahkamlash-ning eng ommabop vositasi hisoblanadi. Mamlaatimizda millionlab kishilar ushbu sport turi bilan muntazam shugullanadilar. Futbol chinakam atletik o’yin. U tezkorlik, chakkonlik, chidamlilik, kuchlilik, va sakrovchanlikni rivojlantirishga yakindan yordam beradi. Futbolchi o’yin paytida xaddan tashkari ko’p ish bajaradi.Bu esa odamni funksional imkoniyatlarini oshiradi.Ma’naviy-irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.Charchok ortib borayetgan sharoitda ko’p va xilma xil harakatlar qilish yuksak o’yin faoliyatini saklab turishuchun zarur bo’lgan irodaviy xislatlar namoish etishni talab etadi. Futbol o’yining rigizida o’yinchilarni umumiy maksad galabaga intilish birlashtirib turgan jamoalardan ikkitasining kurashi yetadi.Galabani qo’lga kiritishga intilish futbolchilarni jamoa bo’lib harakat qilishga bir-biriga uzaro yordam berishga urgatadi, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Futbol o’yini vaqtida har bir o’yinchi uzining shaxsiy imkoniyatlarini kursatish imkoniyatiga ega. Futbol mashg’ulotlari va musoboqalarini ko’pincha iqlim va meteorologiya sharoiti keskin uzgarib ketadigvn sharoitda qariyb bir yil buyi davom etgani uchun, bu o’yin jismoniy jixatdan chinikishga ham organizmning qarshilik kursatish qobiliyati ortishi va adabtatsiya imkoniyatlari kengayishiga ham yordam beradi. 2 Boshka sport turlaridagi mashg’ulotlarda ko’pincha futboldan qo’shimcha sport turi sifatida foydalaniladi. Buning sababi shundaki,futbol spolrtchining jismoniy rivojlanishiga aloxida ta’sir etadi, shuning uchun tanlangan sport ixtisosidan yaxshi tayergarlik kurishga yordam berishi mumkin. Texnik usullar bu futbol o’yinini vujudga keltirish vositasidir. Yuksak sport natijalariga erishish uchun ko’p jixatdan ana shu xilma-xil vositalarni kanchalik tulik bo’lishiga, rakib jamoa o’yinchilari qarshilik kursatayetgan, ko’pincha esa charchok orta borayetgan sharoitda o’yin faoliyatidagi turli xolatlarda ularni kanchalik moxirlik bilan,samarali qo’llanishga boglik. O’yin taktikasi o’yinchilarni rakib ustidan galaba kozonishiga karatilgan individual va jamoaviy harakatlarni tashqil qilishni ,ya’ni jamoa futbolchilarini muayyan rejaga binoan aynan shu ,anik rakib bilan muvvoffokiyatli kurash olib borishga imkon beradigan birgalikdagi harakatlar tushiniladi. Taktikadagi asosiy vazifa xujum va ximoya harakatlarini maksadga erishtira oladigan eng qo’lay vosita, usul va formalarni belgilashdan iborat. Mavzu 3 .Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tasnifi. Futbol o’yini tasnifiga: o’yinchilarni maydondagi harakatlanish texnikasi, ya’ni yurish , yugurish,sakrash, burulishlar kiradi. Bundan tashkari maydon o’yinchisini texnikasi ya’ni to’pga zarba berish,oyok bilan kaftni ichki tomoni bilan, oyoq yuzi ichki qismi bilan, oyoq yuzi tashqi qismi bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan. Kalla bilan-pishona bilan, pishona yoni bilan. To’pni olib yurish- oyoq yuzi tashqi qismi bilan , oyoq yuzi urta qismi bilan, oyoq yuzi ichki qismi bilan, oyoq uchi bilan, oyoq kafti ichki qismi bilan, Kalla bilan - pishona bilan. Aldash harakatlari. Oyoqni to’p ustidan utkazib(kochish) finti. Tepib fint qilish. To’pga kalla urib fint qilish. Sirpanib(tashlanib),(shipagat kilib),to’pni olib kuyish. Yelka bilan turtib to’pni olib kuyish. Darvazabon o’yin texnikasi. To’pni ilib olish. To’pni yuqoridan ilib olish. To’pni yuqoridan sakrab ilib olish. To’pni yendan ilib olish. To’pni yikilib ilib olish. Futbol о‘yini taktikasining tasnifi. Futbol о‘yini taktikasining tasnifi ikki bo’limga xujum vaximoyadagi taktik harakatlarga bo’linadi. Hujumdagi taktik harakatlarga-individual,guruhli,jamoaviy taktik harakatlar kiradi. Uz navbatida individual taktik harakatlar darvazabon, maydon o’yinchisini individual taktik harakatlarga bo’linadi. 3 Guruxli taktik harakatlarga kombinatsiyalar kiradi. Jamoaviy taktik harakatlarga esa kombinatsiyalar kiradi. Darvozabonlar ham maydon o’yinchilarini ham to’p bilan hamda to’psiz harakatlanadilar. Himoyadagi taktik harakatlarga-individual,guruhli,jamoaviy taktik harakatlar kiradi. Himoyadagi taktik harakatlar ham darvazabon, maydon o’yinchisini ximoyadagi taktik harakatlarga bo’linadi. Himoyadagi guruhli taktik harakatlarga Straxovka,Devor,Suniy o’yindan tashkari xolatlar kiradi. Jamoaviy taktik harakatlarga o’yin tizimlari 1+4+2+4, 1+4+3+3 ,1+4+4+2 , 1+4+4+2 kombinatsiyalar kiradi Futbol о‘yin maydoni О‘lchamlar. О‘yin maydoni tо‘g‘ri burchak shaklida bo’ladi. Yon chiziqlar darvoza chizig‘iga nisbatan uzunroq bo’lishi kerak. Uzunligi: 120m, 90m. Eni: 45m, 90m. Halqaro matchlarda. Uzunligi: minimum 100m. maksimum 110m. Eni: minimum 64m. maksimum 75m. Belgilar. Maydon uchun belgilar chiziqlar yordamida amalga oshiriladi. Bu chiziqlar ular chegaralab turgan maydonga kiradi. O’yin maydonini chegaralab turgan 2 ta uzun chiziqlar yon chiziklar 2 ta qisqasi darvoza chiziqlari deyiladi. Xar qanday chiziq eni 12 sm dan oshmasligi kerak. О‘yin maydoni urta chiziq yordamida 2 yarim qismga bo’linadi. О‘rta chiziq о‘rtasida maydon markazi belgilanadi. Maydon markazidan 9,15m radiusda aylana о‘tkaziladi. Darvoza maydoni. Darvoza maydoni har ikkala yarim qismining oxirida qо‘yidagicha bо‘ladi. Darvozaning har qaysi ustuni ichki tomonidagi nuqtadan 5,5 m masofada darvoza chizigiga tug‘ri burchak qilib maydon ichiga 2 chizik tortiladi. 5,5 m masofada bu chiziqlar darvoza chizig‘iga parallel qilib boshka chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziqlar va darvoza chizig‘i chegaralab turgan zona, darvoza maydoni deyiladi. Jarima maydoni. Jarima maydoni har ikkala yarim qismining oxirida kuyidagicha bо‘ladi. Darvozaning har kaysi ustuni ichki tomonidagi nuqtadan, 16,5m masofa-da darvoza chizig‘iga tо‘g‘ri burchak qilib, maydon ichiga ikki chiziq tortiladi. 16,5m masofada darvoza chizig‘iga parallel xolatda boshqa chiziq bilan birlashtiriladi.Bu chiziqlar va darvoza chizig‘i chegaralab turgan zona jarima maydoni deyiladi. Har qaysi jarima maydoni ichida darvozaning ikki ustuni о‘rtasida bir hil masofada joylashgan nuqtadan 11 m masofada 11 metrlik belgi quyiladi. Jarima maydonchasi tashqarisida 11 metrlik nuqta markaz qilib olinib 9,15 m. masofada aylana chiziladi. 4 Bayroqlar Maydonning har qaysi burchaklarida balandligi 1,5 m dan oshmagan, uchi о‘tkir bо‘lmagan bayroq о‘rnatiladi. Bayroqlar о‘rta chiziqning har ikkala tomonida, yon chiziqdan 1m masofadagi uzoqlikda о‘rnatilishi mumkin. Burchak sektori. Burchak bayrog‘ilaridan о‘yin maydoni ichiga qarab 1m radiusda aylana tortiladi. Darvoza. Har qaysi darvoza chizig‘ining markazida darvoza joylashadi. Ular burchak bayroqlari bilan bir xil masofada joylashgan, tepadan gorizontal tusin bilan birlashtirilgan ikki vertikal xolatdagi ustundan iborat. Ustunlar oralig‘i 7,32 m. Tusinning pastki qismidan tekis yergacha bо‘lgan masofa – 2, 44 m. Har ikki ustun va tusin kesishgan joy bir xil bо‘lishi va 12 sm dan oshmaslik kerak. Darvoza chizig‘ining eni ustunlar va tusin eni bilan bir xil bо‘ladi. Darvoza va darvoza orqasidagi yerga tо‘r о‘rnatiladi. Tо‘r ishonchli о‘rnatilgan va darvozabonga xalaqit bermaydigan bо‘lishi kerak. Darvozaning ustunlari va tusini oq rangda bо‘lishi kerak. Futbol tо‘pining о‘lchamlari va sifatlari.Tо‘p Charmdan yoki shunga о‘xshash materialdan aylana shaklda tayyorlangan bо‘ladi. Aylanasining uzunligi 70sm dan oshmagan va 68 sm dan kam bо‘lmagan xolatda bо‘ladi. Musobaqa boshlanish vaqtida 450 grammdan oshmagan va 410 grammadan kam bо‘lmagan bо‘lishi kerak. Havo bosimi 0,6 – 1,1 atmosfera (600-1100 gramm kv sm) bо‘lishi kerak. Yaroqsiz tо‘pni almashtirish. Agar tо‘p о‘yin vaqtida yaroqsiz holga kelsa. О‘yin tо‘xtatiladi. Tо‘p yaroqsiz xolga kelgan joydan « baxsli tо‘p « о‘yini bilan о‘yin yangilanadi. Agar tо‘p о‘yinda bо‘lmagan vaqtda yorilsa yoki yirtilsa boshlang‘ich zarbada, darvozadan zarbada, burchak, jarima, erkin zarbalarda, 11m nuqtadagi zarbada yoki tashlashda. О‘yin qoidasiga mos ravishda yangilanadi. Tо‘p о‘yin vaqtida faqatgina hakam kо‘rsatmasi bilan almashtirilishi mumkin. Futbol musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish Rasmiy musobaqalarda qoidalarda kо‘rsatilgan texnik talablarga javob beradigan tо‘plargagina ruxsat beriladi. FIFA tomonidan о‘tkaziladigan musobaqa matchlarida, quyidagi 3 markirovkadan birortasiga ega bо‘lgan tо‘plargagina foydalanishga ruxsat beriladi. Rasmiy logotip “FIFA APPROVED” (FIFA maqullaydi) 5 Rasmiy logotip “ FIFA INSPECTED” (FIFA nazorat qilgan) yoki “INTERNATIONAL MATCH – BALL STANDARD” (Tо‘p xalqaro standartga mos) Tо‘pning bunday markirovkasi uning rasmiy tekshiruvdan о‘tganini kо‘rsatadi va tekshiruv natijasiga kura tо‘p muhim texnik talablarga mos ekanligini bildiradi. Milliy federatsiyalar musobaqa vaqtida faqatgina shu uch markirovkaga ega har qanday tо‘plardan foydalanishni talab qilish mumkin. Boshqa har qanday matchlardan tо‘p qoida talablariga mos kelishi kerak. FIFA musobaqalarida va milliy federatsiyalar tashqil qilgan musobaqalarda tо‘plarga xech qanday savdo sotiqqa oid reklamaga ruxsat berilmaydi, quyidagi xolatni hisobga olmaganda ya’ni musobaqa nishoni, musobaqa tashqilotchisi va tasdiqlangan tayyorlovchining savdo markasi.Bunday muhrlarning soni va о‘lchami, mustaqil reglamenti bilan cheklanishi mumkin O‘yinchilar soni. Match har qaysisida darvozabonlarni qо‘shgan holda о‘yinchilarning soni 11tadan oshmagan ikki jamoa ishtirokida о‘tkaziladi Agar jamoalarda о‘yinchilar soni 7ta kam bо‘lsa,match boshlanmasligi mumkin. Rasmiy musobaqalar. FIFA yoki milliy federatsiyalar tomonidan tashqil qilinadigan har qanday rasmiy musobaqalarda 3tagacha о‘yinchilarni almashtirishga ruxsat beriladi. Musobaqa nizomida buyurtmaga kiritiladigan zahiradagi о‘yinchi-lar soni 3dan 7gacha uzaro kelishilgan bо‘lishi kerak,bundan ortiq bо‘lishi mumkin emas. Boshqa matchlarda. Boshqa matchlarda zahira almashtirilishi mumkin, shu shart bilanki: *Jamoalar almashinadigan о‘yinchilarning maksimal sonini о‘yin oldidan kelishib oladilar *Xakam bu haqda match boshlanishidan oldin xabardor qilinishi kerak. Agar hakam xabardor qilinmagan bо‘lsa yoki (kelishuv) match boshlangunga qadar bir bitimga kelinmagan bо‘lsa 3tagacha zaxira almashtirishga ruxsat beriladi. Hamma matchlarda. Har qanday match boshlanishidan oldin hakamga zaxiradagi о‘yinchilar familiyasi taqdim etilishi kerak. Shu usulda familiyasi kо‘rsatilmagan о‘yinchilar matchda qatnasha olmaydilar. Almashtirish tartibi. Asosiy о‘yinchilarni zaxiradagi bilan almashtirish quyidagi shartlarda bajariladi. *Har qanday mо‘ljallangan almashtirish haqida hakam xabardor qilingan bо‘lishi kerak. 6 *Zaxiradagi о‘yinchi faqatgina asosiy о‘yinchi maydondan chiqqandan sо‘ng xakam xushtagidan keyin maydonga chiqadi. *Zaxiradagi о‘yinchi о‘yin tо‘xtatilganda faqat о‘rta chiziqdan о‘yin maydoniga kiradi. *Zaxiradagi о‘yinchi maydonga chiqqandan sо‘ng almashtirish tugallangan hisoblanadi. *Shu vaqtdan boshlab zaxiradagi о‘yinchi asosiy tarkib о‘yinchisi hisoblanadi, almashtirilgan о‘yinchi esa asosiy о‘yinchi hisoblanmaydi. *Xamma zaxiradagi о‘yinchilar о‘yinga qatnashish yoki qatnashmasliklaridan qatiy nazar xakam vakolatlariga bо‘ysunadilar. Darvozabonning almashtirilishi. Boshqa har qanday о‘yinchilar darvozabon bilan joylarini almashishlari mumkin shu shart bilanki; *Xakam bu xaqda almashinishdan oldin xabardor kilingan bо‘lishi kerak. *Almashinish match tо‘xtaganda amalga oshiriladi. О‘yinning qaytadan boshlash. Agar о‘yin xakam tomonidan ogoxlantirish berish uchun tо‘xtatilsa: * О‘yin raqib jamoa о‘yinchisi tomonidan о‘yin tо‘xtatilganda tо‘p qayerda bо‘lsa shu joydan erkin zarba bilan о‘yin yangilanadi. Asosiy tarkibdagi va zaxiradagi, chiqarib yuborilgan о‘yinchilar. Boshlang‘ich zarbadan oldin chiqarib yuborilgan о‘yinchi, faqatgina rо‘yxat-dagi zaxira о‘yinchilardan birortasi bilan almashtirilishi mumkin. *Match protokolida boshlang‘ich zarbadan oldin yoki о‘yin boshlangandan sо‘ng chiqarib yuborilgan zahiradagi о‘yinchini almashtirishga yо‘l qо‘yilmaydi. O‘yinchilar epikirovkasi. О‘yinchilar majburiy ekipirovka elementlari hisoblanadi. Kо‘ylak yoki futbolka. Kalta ishton – agar kalta ishton tagidan ichki kiyim kiyiladigan bо‘lsa, ichki kiyim rangi kalta ishton rangidan bо‘lishi kerak. Getralar. Oyoq qalqoni. Oyoq kiyim . Shitlar Tо‘lik getra bilan yopiladi. Tо‘g‘ri keladigan ( mos keladigan ) materialdan ( rezina, plastik yoki shunga uxshash) tayyorlanadi. Yetarli darajada himoya bilan ta’minlaydi. Darvozabonlar. Darvozabonlar kiyimining rangi boshqa о‘yinchilar xakam va xakam yordamchilari kiyimi rangidan farq qilishi kerak. Qoida buzilishi va jazo. Shu qoidaning har qanday buzilishida: 7 О‘yinni tо‘xtatishning xojati yо‘q. Xakam о‘yinchining о‘z ekipirovkasini tartibga keltirishi uchun maydondan chiqishini sо‘raydi. (maslaxat beradi ) О‘yinchi tо‘p о‘yindan chiqqan vaqtda maydonni tashlab chiqadi (chiqib ketadi) agar shu paytgacha u о‘z ekipirovkasni tartibga keltirmagan bо‘lsa. Xakam talabi bilan о‘z ekipirovkasini tartibga keltirish uchun maydonni tashlab chiqqan har qanday о‘yinchi, xakam ruxsatisiz yana maydonga qaytishi mumkin emas. О‘yinchi yana maydonga chiqishi mumkin, qachonki: tо‘p о‘yindan chiqsa. Shu qoidani buzganligi sababli maydondan chiqishi sо‘ralgan о‘yinchi (yoki yana kaytayotgan ) xakam ruxsatisiz maydonga chiqsa sariq kartochka kо‘rsatish bilan ogoxlantirish oladi. О‘yinni qaytadan boshlash. Agar xakam ogoxlantirish berish uchun о‘yinni tо‘xtatsa : О‘yin qarshi jamoa о‘yinchisi tomonidan xakam о‘yinni tо‘xtatgan vaqtda tо‘p qayerda bо‘lsa, shu joydan erkin tо‘p tepish bilan о‘yin qaytadan boshlanadi. Hakam. Hakam vakolati. Har qanday match hamma vakolatga ega bo’lgan hakam tomonidan nazorat qilinadi va о‘yin qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi. Hakamning huquqi va majburiyatlari. Hakam: О‘yin Qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi. Matchning borishini о‘z yordamchilari bilan nazorat qiladi. Foydalaniladigan har kanday to’pni 2 Qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi. О‘yinchilar kiyimi 4 Qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi. О‘yin xronometrajini va matchni yozib boradi. U о‘z ixtiyoriga kо‘ra о‘yinni tо‘xtatishi vaqtinchalik tо‘xtatishi yoki har qanday qoida buzilishida о‘yinni umuman tо‘xtatib qо‘yishi mumkin. Tо‘xtatishi, vaqtinchalik tо‘xtatishi yoki har qanday chetdan bо‘lgan aralashuvga matchni umuman tо‘xtatib qо‘yish mumkin. Matchni tо‘xtatadi, agar uning fikricha о‘yinchi jiddiy jaroxat olgan va о‘yinchini maydondan olib chiqilishini ta’minlaydi. Agar uning fikricha о‘yinchi unchalik ahamiyatga ega bо‘lmagan jaroxat olgan bо‘lsa tо‘p о‘yindan chiqmaguncha о‘yinni davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin. О‘yinchidan qon oqayotgan bо‘lsa, uning maydondan chiqishini ta’minlaydi.Xakam qon oqishining tо‘xtaganiga ishonch xosil qilib, signal berganidan sо‘ng о‘yinchi maydonga qaytishi mumkin. 8 Qachonki о‘yinchi birdaniga bir nechta qoida buzilishiga yо‘l qо‘ysa, uni muhimrok ( og‘irroq ) bо‘lgan qoida buzilishi uchun jazolaydi. Ogoxlantirishi yoki chiqarib yuborish bilan jazolanadigan qoida buzilishlariga yо‘l qо‘ygan о‘yinchilarga nisbatan intizom choralarini qabo’l qiladi. U bunday choralarni tez qabo’l qilishga majbur emas, lekin tо‘p о‘yindan chiqqan zaxotiyoq qabo’l qilishi keark. О‘zlarini tarbiyali, madaniyatli tutmagan jamoa rasmiy kishilarga nisbatan chora qabo’l qiladi va о‘z ixtiyoriga kо‘ra maydondan ( texnik zonadan ) chiqarib yuborishi mumkin. Xakam о‘zi kо‘rmay qolgan xolatlar bо‘yicha о‘z yordamchilari tavsiyasiga asoslanib harakat qiladi. Begona shaxslar maydonda bо‘lmasliklarini ta’minlaydi. Match vaqtinchalik tuxtatilgandan keyin uni yangilaydi. Match davomida о‘yinchilarga yoki jamoaning rasmiy shaxslariga nisbatan qо‘llanilgan intizom choralari va har xil matchdan oldin, match davomida yoki matchdan sо‘ng yuz bergan xolatlar bо‘yicha tegishli tashqilotga bildirishnoma beradi. Hakam qarori. О‘yinga bog‘liq voqealar bо‘yicha xakam qarori qat’iy hisoblanadi. Hakam о‘z qarorini faqat shunday xolatlarda о‘zgartirishi mumkin, agar u qarorini xato ekanligini yoki yordamchilari tavsiyasi bilan tushunib yetsa, lekin shu shart bilanki u xali о‘yinni yangilamagan bо‘lsa Hakam yordamchilari. Majburiyati. Ikkita hakam yordamchisi tayinlanadi va ularning vazifasiga ( hakam qaroriga bog‘liq ) signal berish kiradi:? Qachonki tо‘p maydon chizig‘idan tashqariga tо‘liq chiqsa. Qaysi jamoa burchak tо‘pi, darvozadan zarba yoki tо‘p tashlash xuquqiga ega. Qachon о‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘lganligi uchun jazolanadi. Qachonki о‘yinchi almashtirish tо‘g‘risida iltimos bo’lsa. Hakam kо‘rish maydonidan tashqarisida yuz bergan intizomsiz xulk yoki boshqa har qanday xolatlar bо‘yicha. Qachonki qoida buzilishi sodir etilganda bosh hakamdan kо‘ra shu joyga hakam yordamchilari yaqin bо‘lgan xolatlarda ( qisman jarima maydonida yuz bergan qoida buzilishlari ham kiradi.) Shunday hollarda ya’ni qachonki 11m jarima tо‘pi bajarilayotganda darvozabon tо‘pga zarba berilishidan oldin joyidan oldinga siljisa, tо‘p esa chiziqni kesib о‘tsa. 9