Uploaded by vizuchi0986

IDROK HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING XUSUSIYATLARI

advertisement
Mavzu:
IDROK
HAQIDA
TUSHUNCHA
VA
XUSUSIYATLARI
Reja:
1.
Idrok haqida tushuncha
2.
Idrokning predmetliligi va yaxlitligi
3.
Idrokning konstantligi va anglanganligi
4.
Appertseptsiya
5.
Idrokning turlari
UNING
Idrok haqida tushuncha. Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita
ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks
ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi
sezgilardan faArq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan
iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma’lum
tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi.
Idrokning predmetliligi. Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deyiladi
va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishida
ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o‘qilayotgan
kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko‘z ichida emas), balki
bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz
odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Idrokning predmetliligi
tug‘ma hisoblanmaydi. Sub‘ektda olamning predmetliligini ochib
beruvchi
ma’lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda to‘yish va harakat sezgilari muhim
rol o‘ynaydi. Harakatlar ishtirok etmaganda idroklarimiz predmetlik sifatiga ega
bo‘lmagan, ya’ni tashqi olam ob’ektlariga qaratilmagan bo‘lar edi. Sezgi va
idrokning farqini tushunish uchun quyidagi misolga murojaat kilamiz. B.G.Ananev
tomonidan bemor kishida kurish analizatorining sezgirligi (sezgi) saqlanib qolgan
holda idrokning buzilishi tasvirlangan. Davolanishning avval boshida u butun
fazoni qandaydir uzluksiz yorug‘lik oqimi sifatida sezgan. Keyinchalik (davolanish
natijasida) shaklsiz ma’nosiz dog‘larni ajrata olgan. U birorta ob’ektning predmet
sifatida xususiyatini so‘z bilan ham, chizish bilan ham tasvirlay olmagan. Uch oy
davomidagi davolanishlardan keyingina bemor ko‘zining idrok qilish xususiyati
qayta tiklangan. Faqat ko‘rish sezgisining o‘zi narsalarni aks ettirishni ta’sinlay
olmaydi. Bunga misol tariqasida ko‘pchilik olimlar qurbaqaning ko‘zidagi ko‘z
pardaning ishini misol qilib keltiradilar. Qurbaqaning ko‘ziga tushgan soyaning bir
necha belgilari, asosan harakatlari va burchaklari haqida darak beradi. Shu sababli
baqa harakatsiz pashshalar orasida ochidan o‘lishi ham mumkin.
Idrokning predmetliligi va yaxlitligi. Predmetlilik idrokning sifati tarzida
ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Bu xususiyat yordamida tashqi
olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o‘ziga solishtirib ko‘riladi va
idrok obrazlarining real predmetlariga adekvat (mosligi) taminlanadi. Tashqi olam
bilan aks ettirilishi mos kelmay qolgan xollarda odam to‘g‘riroq aks ettirishni
ta’sinlovchi idrokning yangi usullarini qidirishga majbur bo‘ladi.
Idrokning yaxlitligi. Yukorida ko‘rsatganimizdek, idrok sezgi a’zolariga
ta’sir kiluvchi narsa
va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi
sezgilardan farqli ravishda, narsalarning yaxlit obrazidir. O‘z-o‘zidan ravshanki,
bu yaxlit obraz turli modallikdagi sezgilar orkali olingan narsalarning ayrim
xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Idrokning ma’lum tarzda tuzilganligi. Idrok ko‘p darajada bizning bir
lahzalik
sezgilarimizga to‘g‘ri
kelmaydi
va
bunday sezgilarning
oddiy
yig‘indisidan iborat emas. Biz shu sezgilardan abstraktlashgan, ma’lum vaqt
davomida
tarkib
topadigan
elementlarning
munosabatining
umumlashgan
tuzilishini idrok qilamiz. Muzika eshitayotgan kishining uning tuzilishini, uning
elementlarining o‘zaro munosabatini idrok qiladi. Chunki muzika alohida
notalardan iborat emas. Notalarning o‘zaro munosabatigina muzikani tashkil
qiladi. Turli notalarni turli ketma-ketlikda, tartibda tuzib, turlicha muzika hosil
qilinadi.
Shu bilan birga odam notalarni ma’lum ketma-ketlikda emas, balki yaxlit,
bir butun muzika sifatida idrok qiladi. Faqat maxsus maqsad bilangina
(kompozitor, tankidchi) alohida nota yoki muzika asboblarining tovushiga e‘tibor
berishi ularni fikran bir-biridan ajratishi mumkin. Bu xususiyatlar idrokningg
yaxlitligini beradi.
Idrokning konstantligi va anglanganligi. Idrok qilinayotgan tashqi olam,
muhit doimo o‘zgarishda, turli holatlarda, turli sharoitlarda namoyon bo‘ladi.
Turlicha yorug‘likda, fazoda turli holatlarda, turli masofda bo‘ladi. Bunday omillar
ta’siri ostida ko‘z sezgi organlarimizga kelayotgan ma’lumotlar turlicha bo‘ladi,
ularni idrok qilish ham turlicha bo‘lishi kerak. Ammo bizning pertseptiv (idrok
qilish) tizimimiz bo‘layotgan o‘zgarishlarni to‘g‘rilash, tiklash qobiliyatiga ega.
Shu tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shaklini, rangini katta-kichikliligini
nisbatan o‘zgarmas (konstant) holda idrok qilamiz. Idrokning bu xususiyati ko‘rish
idroki misolida tushuntiriladi. Narsaning uzoq-yaqinligiga qarab uning ko‘z to‘r
pardasidagi tasviri ham katta yoki kichik bo‘ladi. Biz uzoqdagi narsani kichik,
yakindagisini katta deb idrok kilamiz. Agar bir qo‘limizni uzoqqa cho‘zib,
ikkinchisini
ko‘zga
yaqin
ushlab
tursak
ham
biz
ikkala
qo‘limizni,
barmoqlarimizni kattargan yoki kichraygan holda emas, balki uzoq yoki yaqin
sifatida idrok kilamiz. Teatrda orqa joylarda va oldinda o‘tirgan tomoshabin
sahnadagi aktyorlarni bir xil idrok qiladi (katta yoki kichik emas).
Idrok jarayonining konstantligi tug‘ma emas. Masalan, qalin o‘rmonda
yashovchilar ochiq joylarda (cho‘l) uzoqdagi predmetlarni uzoqlikda emas, kichik
sifatida idrok qiladilar. Idrokning konstantligi buzilgan, yoki shakllanmagan bo‘lsa
kishi balanddan turib pastdagi narsiani kichikdek idrok qiladi. Bolaligida ko‘r
bo‘lib qolgan bemor 10-12 metr balanlikdagi derazadan pasga bemalol sakrab
tasha olsam kerak deb o‘ylagan. Chunki u pastdagi narsalarni, predmetlarni
uzoqlikdagi emas, kichkina ob’ektlar sifatida idrok qilgan.
Idrok jarayonining konstantliligining pertseptiv tizimining faol harakatidir.
Masalan, oynaga qarab turib yozishga harakat qilinsa tez orada kishi avval
qiynaladi, keyinroq esa qo‘lini to‘g‘ri boshqarishga o‘rganadi. Shuningdek
tasvirlarni turli burchak ostida o‘zgartirib beruvchi ko‘zoynaklar uzoq muddat
taqib yurilsa kishi atrof muhitni to‘g‘ri idrok qilishga o‘rganadi. Agar idrokning
konstantligi bo‘lmasa odam benihoya o‘zgaruvchan olamni anglay olmas edi.
Idrokning konstanligi tevarak atrofdagi olamning nisbatan barqarorligini
ta’minlaydi.
Idrokning anglanganligi. Ma’lumki idrok qo‘zg‘atuvchining retseptorlarga
bevosita ta’siri natijasida yuzaga kelsa ham, biroq pertseptiv obrazlar hamma vaqt
ma’lum ma’noga ega bo‘ladi. Odamning idroki tafakkur bilan, narsaning
mohiyatini tushunish bilan mustahkam bog‘liqdir. Narsani ongli idrok qilish – uni
fikran atash degan ma’noni anglatadi. Biz idrok kilayotgan narsalarimiz haqidagi
ma’lumotlarni o‘zimizga tanish bo‘lgan narsalarga o‘xshashligini aniqlashga, biror
sinfga kiritishga, ba’zi kategoriyalarga qo‘shishga intilamiz.
4. Appertseptsiya. Idrok, uni yuzaga keltirgan qo‘zg‘atuvchi bilan birgalikda
idrok qilinayotgan sub‘ektning o‘ziga tegishli bir qator omillarga ham bog‘liq.
Yakka holda olingan ko‘z, yoki quloq idrok qila olmaydi, balki tirik odam idrok
qila oladi. Konkret tirik odamning doimo turli qiziqishlari, ehtiyojlari, hohishi,
hissiyotlari, munosabati bo‘lib, ular idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Idrokning odam
hayoti mazmuniga va odam shaxsining xususiyatlariga bog‘liqligi appertseptsiya
deb yuritiladi. Idrok jarayoniga odamning oldingi tajribalari katta ta’sir qiladi.
Idrok qilish jarayonida odam sezgi organlar orqali olayotgan ma’lumotlar
to‘g‘risida turli gipoteza (farazlarni) ilgari suradi va tekshirib ko‘radi. Idrok
qilinayotgan lb‘ekt haqida, bevosita ravishda, qancha kam ma’lumot olinsa,
farazga shuncha ko‘p o‘rin beriladi. Agar ma’lumotlar yetarli bo‘lsa faraz qilish
fazasi bo‘lmasligi ham mumkin. (Olport tajribalari). Idrok jarayoniga oldingi
tajribaning ta’siri tekshirish uchun quyidagi tajriba o‘tkazilgan. Odamga
narsalarning tasvirini 180 gradusga burib ko‘rsatadigan ko‘zoynak taqilgan. U
hamma narsani to‘ntaradigan holatda ko‘rgan. Unga yoqilgan sham ko‘rsatilganda
u shamni to‘g‘ri holda idrok qilgan. Shuningdek Eymsning «qiyshaygan
xona»larida o‘tkazilgan eksperementlarda shu xonadagi barcha narsalar va odamlar
noto‘g‘ri idrok qilingan. Masalan, katta yoshli odam boladan ham kichik bo‘lib
ko‘rinadi. Lekin xotinlar o‘z erlarini odatdagidek, o‘zgarmagan holda idrok
qilishgan, xonani esa qiyshiq idrok qilishgan.
Idrok kishining o‘tmish tajribasiga bog‘liq. Odam qancha tajribaga boy
bo‘lsa, idroki ham shunchalik boy bo‘ladi.
Idrok jarayoni kishining motivlariga munosabati (ustanovka) ga ham juda
bog‘liq.
Idrokning turlari. Idrok klassifikatsiyasining asosi, sezgilardagi kabi, idrok
jarayonida ishtirok qiluvchi analizatorlaring har xilligidir. Idrok jarayonida qancha
analizatorning yetakchilik qilishiga ko‘ra ko‘rish, eshitish, tuyush, kinestizik, hid
bilish va ta’m bilish idroklari farqlanadi.
Idrokning sof holatdagi turlari ham uchraydi. Odatda ular birlashib ketgan.
Bundag tashqari materiyaning yashash shakllariga ko‘ra ham idrok turlari,
fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish aniqlanadi. “Umumiy Psixologiya”
darsligida[1](F.I.Xaydarov N.I. Xalilova) idrokga nisbatan quyidagicha ta’rif berib
o’tishgan. Idrok deb, sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar,
obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi. Yuqoridagi
keltirib o’tilgan so’zlardan ko’rinib turibdiki insondagi beshta sezgi a’zolariga
ta`sir etib turish orqali narsa va hodisalarni, jarayonlarni, holatlarni ongimizda
to’liq holda idrok qilishimizdir. Misol tariqasida dars jarayonlarini oladigan
bo’lsak, talaba ikkita sezgi a’zolari orqali darsdagi jarayonni idrok qiladi va yangi
mavzuni hamda bilimni egallaydi, mazkur ikkita asosiy deb olgan sezgilar:
birinchisi ko’rish sezgisi bo’lsa, ikkinchisi esa eshitish sezgisi hisoblanadi. Maruza
so’zlayotgan o’qituvchini talaba ko’rish sezgisi orqali ko’rib turadi. Eshitish
sezgisi oraqali eshitib turadi va sezgi retseptorlari orqali idrok qilish jarayoni bo’lib
o’tadi. Sezgi a’zolarining markazlari bosh miyada ya’ni oliy nerv faoliyatining
yuqori qismida joylashganligi va butun tanamizni harakatiga undan chiqayotgan
nerv tolalari, neyronlar, akson, dendrid hamda shivan hujayralaridan o’tayotgan
signallar hamda sezgi a’zolari orqali kelayotgan axborotlarni tahlil qilib idrok
qilish orqali ongda xulosa chiqariladi. Markaziy nerv sistemasi nerv tolalari orqali
butun tanamizni boshqarib turadi. Ongimiz Orqali jarayon yoki voqea hodisani
biror bir predmetni yaxshiroq to’liqroq anglaymiz va idrok etamiz. Insondagi
beshta sezgi a’zolaridan birida kasallik mavjud bo’lsa ya’ni o’z funksiyasini to’liq
bajara olmasa bu ham idrokning susayishiga sababchi boladi. Inson tanasidagi
hujayralar a’zolar barchasi bilish jarayonining mukammal bo’lishiga to’liqroq
tushunib yetishiga, borliqni oson va tez tushunib olishga hizmat qiladi deb
hisoblayman. Misol tariqasida ko’rish sezgisini oladigan bo’lsak, agarda ko’rish
sezgimizda biror bir jarohat yetadigan bo’lsa bu idrok uchun ham bir muncha
muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’quvchi, talaba, shogird dars
jarayonida diqqatini bir joyga jamlagan holda yangi ma’lumotlarni o’rganishida
ko’rish sezgisi eng birinchi o’rinni egallashini juda yaxshi bilamiz. Agarda ko’rish
sezgimizda nuqsonlar bo’ladigan bo’lsa, darsdagi holat, jarayonlarni idrok qilishda
hulosa chiqarishda orqada qolamiz. Idrok qilish orqali insonning bilimi,
ko’nikmasi va malakasi doimo o’sib boradi. Demak rivojlangan normal insonda
bilish jarayonlaridan biri bo’lgan idrokni hayotda ortirilgan va egallangan bilimlari
o’zining shaxs sifatida rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan birorta
ilmiy asar o’qish jarayonida talaba va professorning idroki o’rtasida juda katta
tafovut bo’adi. Talaba o’qigan ilmiy asar yoki maqolani tushunmagan ayrim
qismlarini qayta qayta o’qib idrok qilishga tushunishga urunadi va professordan
so’rab uni yanada yaxshiroq idrok qilishga harakat qiladi, professor esa o’sha
kitobni yoki maqolani o’qiganda qiyinchiliklarsiz tushunib idrok qilib kerak bo’lsa
o’zining qo’shimcha fikrini ham bayon qilib beradi, bundan ko’rinib turibdiki,
ilgari olgan bilimlarimiz idrok qilish jarayonini oson va samarali - 218 - bo’lishini
oshirib beradi. Idrokning murakkab bilish jarayonlariga kirishidan asosiy sabablari,
biz narsa va hodisalarni, predmetlarni shaklidan tortib uning og’irligi, hajmi,
tarkibiy qismlarini ham bevosita tushunib boramiz. Bu vaziyatda esa albatta bizga
sezgi o’rganlarimiz yaqin ko’makchi vazifasini bajaradi. Sezgi retseptorlari orqali
oliy nerv faoliyati atrof muhitdan, borliqdan hamda tashqi olamdan kelayotgan
juda ko’p axborotlarni qabul qilib turadi. Sezgi retseptorlarini shartli ravishda uch
guruhga ajratamiz: 1. Ekstraretseptorlar – tashqi muhitdan keluvchi ta’sirotlarni
qabulqiladi; 2. Intraretseptorlar – ichki a’zolardan keluvchi impulslarni qabul
qiladi; 3. Proprioreseptorlar – mushak, uning paylari, bo‘g‘imlar va suyaklardan
keluvchi impulslarni qabul qiladi. Sezgi azolari orqali qilinadigan idrok murakab
jarayon ekanligini tasniflaydigan bo’lsak, misol tariqasida [1] qovunning idrok
qilinish jarayonini kiritib o’tsak. Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi
kiradi. Masalan, qovunni idrok qilishda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning
shakli va rangini aks ettiruvchi ko’rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi,
mazasini aks ettiruvchi ta’m bilish sezgisi va boshqalar. Mazkur misolda idrokda
sezgi a’zolarimizning bir nechtasi birgalikda ishtirok etishi anglanadi. Idrokning
nerv fiziologik asosi deganimizda albatta bosh miya katta yarim sharlaridagi
jarayonlarni keltirib o’tamiz ya’ni [1] idrokning nerv fiziologik asosidagi
quyidagicha yondoshuvlar bor. “Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon
hisoblanadi. I.P.Pavlov bo’yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va
hodisalar reseptorlarga ta’sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari
qobig’ida hosil bo’ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog’lanishlari
tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo’zg’atuvchi
sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq bo’linmalar o’zagida ana shu
kompleks qo’zg’atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok
sezgilarga
qaraganda
miyaning
ancha
yuksak
darajadagi
tahlil
qilish,
umumlashtirish faoliyati hisoblanadi”. Insoning Markaziy Nerv Sistemasida ya’ni
oliy nerv faoliyatiga javob beruvchi qism bosh miya katta yarim sharlarining
po’stlog’i kulrang moddadan tashkil topgan bo’lib, unda idrok qilish ongli ravishda
yaqqol namoyon bo’lishi uchun xizmat qiladigan sezgi retseptorlarning markazlari
yoyilgan holda joylashgan. Barcha retseptorlarning markazlari bosh miya
po’stlog’ining kulrang moddasida joylashgan va ushbu kulrang modda esa bosh
miya yarim sharlarining po’stlog’i ya’ni qobig’i vazifasini bajaradi. Bosh miya
po’stlog’ida o’n to’rt milyard(14-mlrd) asab xujayralari ya’ni neyronlar joylashgan
va ushbu neyronlar inson organizmdagi sezgi a`zolarining faoliyatida ongga
axborotlarni uzatib uni yaxlitligicha idrok qililshni, tushunib olishni ta’minab
berishda muhum axamiyat kasb etadi. Taqdim etilgan ma’lumotlardan idrok haqida
yetarli darajada tushuncha olish mumkin. Endi esa idrokning patologiyalarini
(buzulish)larini ko’rib o’tadigan bo’lsak. [4] Darslikda idrokning patologiyasi
ya’ni buzulishi haqida to’liq ma’lumot berib o’tilgan bo’lib, eng avvalo idrokning
buzulishini sezgi retseptorlaridan boshlab tushuntiriladi. Teri sezgisining
buzulishlari: “Sezgi buzilishlari xilma-xil bo‘ladi. Sezgi analizatorlarining periferik
qismidan tortib, to po‘stloqdagi markaziy qismigacha - 219 - bo’lgan har qanday
sohasining zararlanishi sezgi buzilishi bilan kechadi. Teri sezuvchanligining har xil
o‘zgarishlari asab kasalliklarida juda ko‘p kuzatiladi. Teri sezuvchanligining
(og‘riq, harorat va taktil) pasayishiga giposteziya, kuchayishiga giperesteziya,
yo‘qolishiga esa anesteziya deb ataladi. Harorat sezgisining yo‘qolishi bilan
kechuvchi kasalliklarda, masalan, siringomieliyada bemorning terisi qattiq kuysa
ham og‘riqni sezmaydi. Taktil (tanani yengil silaganda paydo bo‘ladigan) sezgi
og’riq va harorat sezgisiga qaraganda kamroq buziladi”. Teri segisidan tashqari
insonda qolgan sezgi resseptorlar ham turli darajadagi zararlanish xolatlari
kuzatiladigan bo’lsa be vosita idrok qilish jarayoniga o’zining tasirini o’tkazmay
qolmaydi. Masalan eshitish sezgisida biror bir o’zgarish bo’lsa atrof muhitdagi
ovozlarni analiz qila olmaydi va normal holatdagi idrok qilish jarayonidan pastroq
idrok qilish jarayoniga o’tadi. Idrokda yana bir qancha buzulishlar bo’lib, bular
illyuziya hamda gallyutsinatsiya holatlari hisoblanadi. Mazkur turlarni patologik
holatlarda ko’rib chiqadigan bo’lsak, idrokda qanday jarayonlar kechishini bilib
olamiz . [3] Illuyuziya – bizga ta’sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish
demakdir degan
ta’rifni
berib
o’tishgan
bo’lsa
“Umumiy Psixologiya”
darsligida(F.I.Xaydarov N.I. Xalilova) ham xuddi shu misolni keltirilgan. Yana bir
adabiyotga murojaat qiladigan bo’lsak idrokda illuziyani navbatdagi ta’rifini
uchratamiz [2] Ba’zi hollarda narsalar noto’g’ri, yanglish idrok etilishi mumkin.
Narsa va hodisalarning bu tariqa noto’g’ri idrok qilinishi illuziya deyiladi. kengroq
[2] Illyuziya haqida juda ko’p misollar orqali tushuntirib yetkazib berilgan. Tarixga
nazar tashlaydigan bo’lsak Aristotel (Arastu) illyuziyasi haqida ham so’z borgan
bo’lib u shunday ma’noni beradi. Masalan, biz ko’rsatkich va o’rta
barmoqlarimizni chalishtirib, no’xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan
holda ikkala barmog`imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda
aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xat
bordek his qilamiz. Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo’lib sezilishi Aristotel
(Arastu) illyuziyasi deb ataladi. Bu holat sog’lom, normal insonda deyarli shunday
kechadi. Uyda qorong’u xonadagi predmetni ko’rish sezgisi noto’g’ri yani to’liq
idrok eta olmaganligi sababli xona derazasiga osilgan pardalarni kimningdur
sharpasiga o’xshatiladi va shaxsda qo’rquv hissi paydo bo’la boshlaydi, lekin
chiroqni yoqish orqali u aslida oddiy parda ekanligini ko’rish retseptori bilan to’liq
idrok qilinad. Bu holat barchada kuzatiladigan holat hisoblanadi, masalan bolalarda
esa xonadagi kiyim ilgichda ilinib turgan kiyimlarni qorong’uda ko’rishganida
idrokida ijodiy hayolning ta`sirida qo’rqinchli hayvonlarni tasavvur qilib qo’rquv
holatini idrok qiladilar bu holat normal insonda ham uchraydi. Ko’rish
illyuziyaning patologik turlari: Idrok obyekti ma’lum darajada o’zgarish
xususiyatiga ega bo’lgan maxsus ko’rish illyuziyalari Derealizatsion buzulishlar
deb nomlanadi. Ularga mikropsiya - atrofdagi predmetlarni hajmi o’lchovini
kichiklashish bilan tavsislanuvchi idrok buzilishi, makropsiya-
atrofdagi
predmetlarni hajmi o’lchovini kattalashishi bilan tavsiflanuvchi idrok buzulishi,
dismegolopsiya - atrofdagi narsa va predmetlarning o’sishi, kengayishi hamda
buzilishi bilan tavsiflanuvchi idrok buzulishi va yana bir turi porropsiya deyiladi
bunda biron bir obyektning masofasi uzayadi yoki qisaqargandek tuyiluvchi
idrokning buzulishlari. - 220 - Mazkur holatlar idrokning patologiyasi deyiladi
degan fikrlarni berganlar. Bu holatlar insonda kuzatilsa, demak uning idrokida
buzulishlar ya’ni patologik holatlar ketayotganidan dalolat beradi va bu holatlar
sog’lom insonda deyarli uchramaydi. Surat orqali illyuziyani ko’ramiz. 1-rasmda
aylanalarning qarama qarshi tomonga aylanayotganini idrok qilinadi bu oddiy
harakatsiz vizual illyuziya holos aslida u hech qaysi tarafga aylanmaydi. 2-rasmda
doirachalarning harakatlanayotganligini ko’rish mumkin aslida esa u ham oddiy
harakatsiz rasm bo’lib bu rasmlar illyustrator rassomlarning mohir san’atidan bir
qism hisoblanadi. Bu turdagi suratlar idrokni chalg’ituvchi suratlardan boshqa
narsa emas. Bu rasmlarni inson ko’rganida unda qandaydir charchoq va holsizliklar
mavjud bo’lmaydi. Bu rasmlarni hammasi oddiy illuziyalar holos. Endi esa
shaxsning idroki buzulishlarida galyutsinatsiyalar haqida so’z yurutamiz.
Download