Uploaded by www.farangiza55

Qurish qoidalari.aholi

advertisement
Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini
amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Qurish qoidalari energiyani tejovchi, ekologik xavfsiz, ijtimoiy foydali
texnologiyalarni qo‘llash va rivojlantirishni rag‘batlantirishi va buning
uchun imkoniyat yaratishi kerak.
 Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi va tumanni (tumanlar
guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda
har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi.
 Qurish qoidalari joriy etilgunga qadar berilgan ob’ektlarni qurish
uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqiqiy hisoblanadi, bundan aholi
xavfsizligi talablari ta’minlanmayotgan hollar mustasno.
Hududlarning zonalashtirilishi qulay hayot faoliyati muhitini ta’minlashga,
hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan
muhofaza qilishga, aholi hamda ishlab chiqarish haddan tashqari zich
joylashishining, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga va muhofaza etiladigan
tabiiy hududlardan foydalanishga, shuningdek madaniy meros ob’ektlarini, qishloq
xo‘jaligi erlari va o‘rmonzorlarni muhofaza qilishga qaratilgan.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun
foydalanishda cheklovlar:










Aholi
punktlarining
hududlarida
quyidagi
hududiy
zonalar
belgilanishi mumkin.
Turar joy zonalari jumlasiga jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini
yuritish uchun ajratilgan, aholi punktlarining chegaralari doirasida
joylashgan hududlar ham kiradi.

Turar joy zonalarida sanitariya-himoya zonalarini belgilash talab
etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan
(shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta’siri, tuproq, havo,
suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar), alohida turgan, birgalikda
qurilgan, birgalikda-qo‘shimcha qilib qurilgan yoki qo‘shimcha qilib
qurilgan
ijtimoiy
va
madaniy-maishiy
ob’ektlarni,
ibodatxonalarni, avtomobilь transporti turargohlarini, sanoat, kommunal
va omborxona ob’ektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini ta’minlaydigan sanoat,
kommunal, omborxona ob’ektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar
ob’ektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday ob’ektlarning sanitariya-muhofaza
zonalari belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar
Harbiy ob’ektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari o‘ziga nisbatan
alohida rejim belgilanadigan ob’ektlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur
zonalarning hududlaridan aholi punktlari chegaralari doirasida foydalanish tartibi
shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish
qoidalarining talablari inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Download