Загрузил Zuxrat Esbergenov

Original BSB II O zbek tili UM 5-11-sinflar 1

реклама
5-sinf. O‘zbek tili (davlat tili)
II BSB O‘qib tushunish (25 ball)
O‘qituvchi uchun
ZEHNLI BOLA
(Mo‘g ‘ul ertagi)
Burungi zamonlarda chol, kampir va ularning yetti yashar o‘g‘li yashagan
ekan. Ularning bitta oti, uchta ozg‘in qora echkisi bor ekan. Ular xaroba uyda
yashar ekan. Cholning topgani qozon qaynatishga zo‘rg‘a yetar ekan. Uning
o‘g‘lidan umidi katta ekan. Chunki u nihoyatda chaqqon va zehnli bo‘lib
o‘sayotgan ekan.
Kunlardan bir kuni ularning o‘toviga amaldor kirib kelibdi. U bir kechaga
boshpana so‘rabdi. U odam pastkash va badjahl ekan. Hamma undan qo'rqar ekan.
U o'tovga kirganida bola katta kosada qimiz ichayotgan ekan. Bolaga ko‘zi tushishi
bilan amaldor xaxolab kulib yuboribdi.
- Shu ham tovoq bo‘ldi-yu! Tovoq emas, haqiqiy g‘o‘la. Bola qimiz ichishdan
to'xtab, hayron bo‘lib mehmonga:
- Hurmatli janob. Nahotki sizning molingiz shunchalik kam bo‘lsa. Uni mana
shu ,,g‘o‘la“ bilan sug'orish mumkin bo‘lsa? - deb so'rabdi.
Amaldor qizarib-bo'zaribdi. Javob qaytarishga so‘z ham topa olmabdi.
Ertalab u yo‘lga chiqishga tayyorlanibdi. Kechasi bilan echkilar otining
qorinbog'ini chaynab qo'yganini sezib qolibdi. Amaldor qattiq jahli chiqib, cholga:
- Keltirgan ziyonni to‘la, bo'lmasa yomon qilaman! - debdi.
Bolakay otasini himoya qilib:
- Hurmatli mehmon! Otingizning qorinbog'ini echkilar chaynagan. To'lovni
echkilardan undirib oling, - debdi.
Bu gaplardan keyin amaldor indamay otiga minib, jo‘nab qolibdi. Lekin sal
nariga borganda, otning oldingi oyog‘I yumronqoziq iniga tushib, ot munkib
ketibdi. Amaldor yerga uchib tushibdi. Amaldorning jahli chiqibdi. Otni qamchi
bilan qattiq-qattiq savalay ketibdi.
Buni tomosha qilib turgan bolakay xaxolab kula boshlabdi.
- Ahmoq bola, nimaga kulasan? - deb so'rabdi amaldor.
- Nimaga kulmay? Xalqning gapi to‘g‘ri ekan. Yolg'on ishlatganning oti
yumronqoziq iniga qoqilib, yerga qulaydi. Demak, siz g‘irt yolg'onchi ekansiz!
Amaldor uyalganidan bolaga javob ham qaytara olmabdi. U otining
jilovidan tutgancha boshini xam qilib, qorasini o'chiribdi.
Dili egrining tili qisqa bo'ladi, deganlari shu bo‘lsa kerak
1. Matndan foydalangan holda quyidagi jadvalni to‘ldiring ( har bir to‘g‘ri
javob uchun 1 ball, husnixatiga 1 ball, jami 15 ball)
Shaxs otlari
O‘rin-joy
Narsa buyum otlari
Chol
Uy
Qozon
Kampir
Yer
Kosa
O‘g‘il
Tovoq
Bola
Qorinbog‘
Amaldor
Jilov
Odam
Mehmon
O‘quvchi uchun
1.Matnni o‘qing va bo‘sh joylarni foydalanish uchun berilgan so‘zlardan mosini
qo‘yib to‘ldiring. (2ta so‘z ortiqcha berilgan)
ZEHNLI BOLA
(Mo‘g ‘ul ertagi)
Burungi zamonlarda chol, kampir va ularning yetti yashar o‘g‘li yashagan
ekan. Ularning bitta oti, uchta ozg‘in qora echkisi bor ekan. 1. ……. xaroba uyda
yashar ekan. Cholning topgani qozon qaynatishga zo‘rg‘a yetar ekan. Uning
o‘g‘lidan umidi katta ekan. Chunki u nihoyatda chaqqon va zehnli bo‘lib
o‘sayotgan ekan.
Kunlardan bir kuni ularning o‘toviga amaldor kirib kelibdi. U bir kechaga
boshpana so‘rabdi. 2. …… odam pastkash va badjahl ekan. Hamma undan qo'rqar
ekan. U o'tovga kirganida bola katta kosada qimiz ichayotgan ekan. Bolaga ko‘zi
tushishi bilan amaldor xaxolab kulib yuboribdi.
- Shu ham tovoq bo‘ldi-yu! 3. …….. emas, haqiqiy g‘o‘la. Bola qimiz
ichishdan to'xtab, hayron bo‘lib mehmonga:
- Hurmatli janob. Nahotki sizning molingiz shunchalik kam bo‘lsa. Uni mana
shu 4. ,,……….“ bilan sug'orish mumkin bo‘lsa? - deb so'rabdi.
5. ……….. qizarib-bo'zaribdi. Javob qaytarishga so‘z ham topa olmabdi.
Ertalab u yo‘lga chiqishga tayyorlanibdi. Kechasi bilan echkilar otining
qorinbog'ini chaynab qo'yganini sezib qolibdi. 6. ………. qattiq jahli chiqib,
cholga:
- Keltirgan ziyonni to‘la, bo'lmasa yomon qilaman! - debdi.
Bolakay otasini himoya qilib:
- Hurmatli mehmon! Otingizning qorinbog'ini echkilar chaynagan. To'lovni
echkilardan undirib oling, - debdi.
Bu gaplardan keyin amaldor indamay 7. ……… minib, jo‘nab qolibdi.
Lekin sal nariga borganda, otning oldingi oyog‘i yumronqoziq iniga tushib, ot
munkib ketibdi. Amaldor yerga uchib tushibdi. 8. …………… jahli chiqibdi. Otni
qamchi bilan qattiq-qattiq savalay ketibdi.
Buni tomosha qilib turgan bolakay xaxolab kula boshlabdi.
- Ahmoq 9. ……. , nimaga kulasan? - deb so'rabdi amaldor.
- Nimaga kulmay? Xalqning gapi to‘g‘ri ekan. Yolg'on ishlatganning oti
yumronqoziq iniga qoqilib, yerga qulaydi. Demak, siz g‘irt yolg'onchi ekansiz!
Amaldor uyalganidan bolaga javob ham qaytara olmabdi. U 10. ……..
jilovidan tutgancha boshini xam qilib, qorasini o'chiribdi.
Dili egrining tili qisqa bo'ladi, deganlari shu bo‘lsa kerak.
Foydalanish uchun so‘zlar: u, tovoq, g‘o‘la, amaldor, bola, amaldor, otiga,
amaldorning, otining, ular, kitob, to‘g‘ri.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
1. Matndan foydalangan holda quyidagi jadvalni to‘ldiring (jami 15 )
Shaxs otlari
O‘rin-joy
Narsa buyum otlari
● Eslatma:
1. Imkoniyat darajasida o‘quvchilarga qog‘oz variantini chiqarib bering. Agar iloji
bo‘lmasa o‘zingiz o‘qib daftarlariga belgilatishingiz mumkin.
● Ogohlantirish: o‘quvchi ishini xatosiz yozgan bo‘lsa, lekin husnixati talab
darajasiga javob bermasa 1 ball olib tashlanadi.
O‘quvchining to‘plagan bali:
____________
Tekshiruvchi o‘qituvchi: ___________________________
__________(imzo)
6-sinf. O‘zbek tili (Davlat tili)
II BSB O‘qib tushunish ( 25 ball)
O‘qituvchi uchun
Samarqand sayyoramizdagi qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, Rim va Afina bilan
tengdoshdir. U 2750 yoshdan oshgan. Samarqand ulkan kashfiyotlar markazi ham
hisoblanadi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 650- yildayoq Samarqandda
qog‘ozli kitoblar bo‘lgan. Ulug‘bek rasadxonasida esa globus bo‘lgani haqida
ma’lumotlar bor. Samarqand Amir Temur davrida poytaxtga aylantirildi.
Shaharning markaziy maydoni – Registon barpo etildi. Bibixonim jome masjidi,
Go‘ri Amir maqbarasi, Shohizinda ansambli va bir qancha ko‘rkam bog‘lar
bunyod etildi. Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand yanada ko‘rkamlashdi.
Ulug‘bek rasadxonasi qurildi. Ilk bor bu yerga kelgan mehmonlar sayohatini
shaharning me’morchilik obidalarini tomosha qilishdan boshlashadi. Bu ko‘hna
binolar hali ham o‘z go‘zalligi va ulug‘vorligini yo‘qotmay, jahon ahlini lol
qoldirib kelmoqda.
Matn asosida quyidagi shartlarni bajaring
1. Matnga sarlavha toping. (1 ball)
____________________________________
2. Matn ichida keltirilgan majhul nisbatdagi fe’llarni aniqlang. ( Har biriga 2
ball, jami 6 ball)
_____________________, _____________________, ________________.
3. Berilgan so‘zlarni eng juda, g‘oyat so‘zlari bilan birgalikda yozing. . ( Har
biriga 2 ball, jami 8 ball)
So‘zlar
Ulkan
Ko‘rkam
Qadimiy
Ko‘hna
Eng
Juda
G‘oyat
4. To‘g‘ri yoki Noto‘g‘ri
T/r Ma’lumotlar
To‘g‘ri
1
650- yildayoq Samarqandda qog‘ozli kitoblar
bo‘lgan
2
Registon, Bibixonim, Shohizinda ansambli
Mirzo Ulug‘bek davrida barpo etilgan
3
Samarqandning yoshi 2850 dan oshgan
4
Ulug‘bek rasadxonasida globus bo‘lgan
5
Samarqand Misr va Afina bilan tengdoshdir
Noto‘g‘ri
1. Berilgan fe’llarni –ish, -sh qo‘shimchalarini qo‘shgan holda birgalik
nisbatga aylantirib yozing. . ( Har biriga 2 ball, jami 10 ball)
Qoqmoq, tugatmoq, yumshatmoq, yozmoq, o‘chirmoq.
___________________, ________________________, ___________________,
___________________, _________________________.
O‘quvchining to‘plagan bali:
____________
Tekshiruvchi o‘qituvchi: ___________________________
__________(imzo)
JAVOBLAR
Samarqand sayyoramizdagi qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, Rim va Afina
bilan tengdoshdir. U 2750 yoshdan oshgan. Samarqand ulkan kashfiyotlar markazi
ham hisoblanadi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 650- yildayoq Samarqandda
qog‘ozli kitoblar bo‘lgan. Ulug‘bek rasadxonasida esa globus bo‘lgani haqida
ma’lumotlar bor. Samarqand Amir Temur davrida poytaxtga aylantirildi.
Shaharning markaziy maydoni – Registon barpo etildi. Bibixonim jome masjidi,
Go‘ri Amir maqbarasi, Shohizinda ansambli va bir qancha ko’rkam bog‘lar
bunyod etildi. Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand yanada ko‘rkamlashdi.
Ulug‘bek rasadxonasi qurildi. Ilk bor bu yerga kelgan mehmonlar sayohatini
shaharning me’morchilik obidalarini tomosha qilishdan boshlashadi. Bu ko‘hna
binolar hali ham o‘z go‘zalligi va ulug‘vorligini yo‘qotmay, jahon ahlini lol
qoldirib kelmoqda.
Matn asosida quyidagi shartlarni bajaring
1. Matnga sarlavha toping. Samarqand, Samarqand-qadimiy shahar. Naqshi
jahon
2. Matn ichida keltirilgan majhul nisbatdagi fe’llarni aniqlang.
aylantirildi, barpo etildi, qurildi.
3. Berilgan so‘zlarni eng juda, go‘yat so‘zlari bilan birgalikda yozing
So’zlar
Ulkan
Ko‘rkam
Qadimiy
Ko‘hna
Eng
Eng ulkan
Eng ko‘rkam
Eng qadimiy
Eng ko‘hna
Juda
Juda ulkan
Juda ko‘rkam
Juda qadimiy
Juda ko‘hna
4. To‘g‘ri yoki Noto‘g‘ri
T/r Ma’lumotlar
To‘g‘ri
1
650- yildayoq Samarqandda qog‘ozli kitoblar
bo‘lgan
G‘oyat
G‘oyat ukan
G‘oyat ko‘rkam
G‘oyat qadimiy
G‘oyat ko‘hna
Noto‘g‘ri
2
3
Registon, Bibixonim, Shohizinda ansambli
Mirzo Ulug‘bek davrida barpo etilgan
Samarqandning yoshi 2850 dan oshgan
4
Ulug‘bek rasadxonasida globus bo‘lgan
5
Samarqand Misr va Afina bilan tengdoshdir
5. Berilgan fe’llarni –ish, -sh qo‘shimchalarini qo‘shgan holda birgalik
nisbatga aylantirib yozing
Qoqmoq, tugatmoq, yumshatmoq, yozmoq, o‘chirmoq.
qoqishmoq, tugatishmoq, yumshatishmoq, yozishmoq, o‘chirishmoq.
7-sinf O‘zbek tili (Davlat tili)
II BSB O‘qib tushunish (25 ball)
O‘qituvchi uchun
Kurash sporti
Kurash sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkamayakka olishuvi. Kurashish san'ati ko'p xalqlarda qadim zamonlardan buyon
ma'lum. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada
musobaqalaridan doimiy o'rin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil ko'rinishlari
Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg'oniston, Rossiya, Oʻzbekiston,
Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr
boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro
havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat,
Oʻzbekiston 1993-yildan a'zo). Xalqaro maydonda sport kurashining yunonrum
kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi
yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina
boshlandi.
Xato yozilgan so‘zlarni to‘g‘irlang. 15 ball
Zomonlarda, podishoh, kuzatip, ba-davlat, sovdagarlari, ichkarga, solig‘, deqqon,
sabzovot, harsang, itora boshladi, shoxdan, a’zoi badani, muvaffaq, amallab.
O‘quvchi uchun
1.Matnni o‘qing va bo‘sh joylarni foydalanish uchun berilgan so‘zlardan
mosini qo‘yib to‘ldiring. (2ta so‘z ortiqcha berilgan) ( 10 ball)
Kurash sporti
Kurash sport turi, belgilangan 1. ……… muvofiq ikki sportchining yakkamayakka olishuvi. Kurashish 2. ……… ko'p xalqlarda qadim zamonlardan buyon
ma'lum. Kurash 3. ……… Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada
musobaqalaridan doimiy 4…….. olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil
ko'rinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg'oniston, Rossiya,
Oʻzbekiston, Gruziya, 5. ………. , Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa
mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr
oxiri — XIX 6.………. boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab
chiqildi. 1912-yil Xalqaro 7.………. kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir
unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan a'zo). Xalqaro maydonda sport
kurashining 8. ………. kurashi, erkin kurash, dzyudo, 9. ……….. va boshqa turlari
keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida
dunyo 10. …….. tan olina boshlandi.
Foydalanish uchun so‘zlar: san'ati, asir, o'rin, Armaniston, asr, havaskorlar,
ayniqsa, sambo, miqyosida, qoidaga, hamma, yunonrum
Xato yozilgan so‘zlarni to‘g‘irlang. 15 ball
Zomonlarda, podishoh, kuzatip, ba-davlat, sovdagarlari, ichkarga, solig‘, deqqon,
sabzovot, harsang, itora boshladi, shoxdan, a’zoi badani, muvaffaq, amallab.
O‘quvchining to‘plagan bali:
____________
Tekshiruvchi o‘qituvchi: ___________________________
__________(imzo)
8-sinf. O‘zbek tili (Davlat tili)
1I-BSB O‘qib tushunish ( 25 ball)
O‘qituvchi uchun
Matn asosida quyidagi shartlarni bajaring.
1. Matnga sarlavha toping.__________________________________________
2. Matn ichida ajratib ko‘rsatilgan fe’llarning qaysi nisbatda ekanligini
yozing. ( Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball, jami 10 ball)
________________, _______________________, __________________,
__________________, _______________________, __________________,
__________________, ____________, _____________, ____________.
3. Matnda berilgan so‘zlar orasidan yasama so‘zlarni toping. ( Har bir
to‘g‘ri javob uchun 1 ball, jami 5 ball)
T\r
1
So‘zning asosi
Qo‘shimchasi
2
3
4
5
4. To‘g‘ri yoki Noto‘g‘ri ( Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball, jami 5 ball)
T/r Ma’lumotlar
To‘g‘ri
1
O‘quvchilar shanba kuni ko‘rgazmaga borishdi
2
Chet ellik tadbirkor mehmonlar tashrif
buyurishdi
3
Dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan olma,
uzum, shaftoli, apelsin, bananlarni ko‘rib
ko‘zingiz qamashadi
4
Biz Vatanimiz ne’matlaridan faxrlandik
5
Qovun-tarvuzlar hidi dimog‘iga yoqimli uriladi
Noto‘g‘ri
5 Berilgan fe’llarni orttirma nisbatga aylantiring ( Har bir to‘g‘ri javob
uchun 1 ball, jami 5 ball)
Ishlamoq, yasamoq, yozmoq, o‘qimoq, chizmoq.
________________, __________________, ________________,
_______________, ____________________.
O‘quvchining to‘plagan bali:
____________
Tekshiruvchi o‘qituvchi: ___________________________
__________(imzo)
JAVOBLAR
Matn asosida quyidagi shartlarni bajaring.
1. Matnga sarlavha toping
Hosil bayrami
2. Matn ichida ajratib ko‘rsatilgan fe’llarning qaysi nisbatda ekanligini
yozing birgalik, birgalik, birgalik, majhul, aniq, aniq, o‘zlik, birgalik,
birgalik, aniq.
3. Matnda berilgan so‘zlar orasidan yasama so‘zlarni toping
T\r
So‘zning asosi
Qo‘shimchasi
1
O‘qi
tuvchi
2
Chet el
Lik
3
Tadbir
Kor
4
Hayrat
Lanmoq
5
Faxr
Lanmoq
4. To‘g‘ri yoki Noto‘g‘ri
T/r Ma’lumotlar
To‘g‘ri
1
O‘quvchilar shanba kuni ko‘rgazmaga borishdi
2
Chet ellik tadbirkor mehmonlar tashrif
buyurishdi
3
Dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan olma,
uzum, shaftoli, apelsin, bananlarni ko’rib
ko’zingiz qamashadi
4
Biz Vatanimiz ne’matlaridan faxrlandik
5
Qovun-tarvuzlar hidi dimog‘iga yoqimli uriladi
Noto‘g‘ri
5. Berilgan fe’llarni orttirma nisbatga aylantiring
Ishlamoq, yasamoq, yozmoq, o‘qimoq, chizmoq, yasamoq
Ishlatmoq, yasatmoq, yozdirmoq, o‘qitmoq, chizdirmoq, yasatmoq
9-sinf O‘zbek tili (Davlat tili)
II BSB O‘qib tushunish (25 ball)
Ayrim kishilar butun bahor-u yoz ko‘zimizni yashnatgan, bahri
dilimizni musaffo havosi bilan yayratgan barglarni kuzda xazonlardan qutulish
uchun yoqadilar. To‘kilgan yaproqlarni to‘plab yoqish o‘zlari uchun qanchalik
zararli ekanini fahmlamaydilar. Quruq o‘tinni yoqish jarayonida juda xavfli bo‘lgan
dioksin moddasi ajralib chiqadi. Yoqish o‘rniga yaproqlarni bir joyga to‘plab, ho‘llab
ko‘mish kerak. O‘shanda chiqindilar ma’lum vaqt o‘tgach, tayyorgina o‘g‘itga
aylanadi. Dioksin oshqozon-ichak yo‘li orqali inson tanasiga kirgach, oshqozon osti
bezi, o‘pka va immun tizimini zararlaydi. Ko‘pincha xavfli o‘sma va og‘ir
kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi ekanini
tushunishi, tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri qaytib kelib o‘ziga salbiy ta’sir etishini
anglashi lozim.
Matn asosida quyidagi shartlarni bajaring.
1. Matnga sarlavha toping.__________________________________________
2. Matn ichida keltirilgan fe’l-kesimlarni aniqlang. ( har bir to‘g‘ri
yozilgan fe’l-kesim uchun 1 ball, jami 8 ball)
__________________, _______________________, __________________,
__________________, _______________________, __________________,
__________________, ______________________.
3. Ajratib ko‘rsailgan so‘zlarning sinonimlarni toping. ( Har bir to‘g‘ri javob
uchun 1 ball, jami 7 ball)
1
2
3
4
5
6
7
4. To‘g‘ri yoki Noto‘g‘ri ( Har to‘g‘ri javob uchun 1 ball, jami 5 ball)
T/r Ma’lumotlar
To‘g‘ri
1
Tabiiy muvozanatning buzilishi- hayot
muvozanatining buzilishidir.
2
Mashinalardan chiqayotgan zararli gazlarning
ortishi salbiy oqibatlarga olib kelmaydi.
3
Dioksin oshqozon-ichak yo‘li orqali inson
tanasiga kirgach, yurakni zararlaydi.
4
Dioksin xavfli o‘sma va og‘ir kasalliklarning
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
5
Noto‘g‘ri
Barglarni to‘plab, ho‘llab yoqilsa, tayyor
o‘g‘itga aylanadi.
5. Berilgan so‘zlarni matn tarkibidagi aniqlovchilar bilan biriktiring. ( Har
bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball, jami 5 ball)
_____________
kishilar,
____________havo,
____________ o‘sma, _________________o‘g‘it .
O‘quvchining to‘plagan bali:
____________o‘tin,
____________
Tekshiruvchi o‘qituvchi: ___________________________
__________(imzo)
JAVOBLAR
Ayrim kishilar butun bahor-u yoz ko‘zimizni yashnatgan, bahri dilimizni
musaffo havosi bilan yayratgan barglarni kuzda xazonlardan qutulish uchun
yoqadilar. To‘kilgan yaproqlarni to‘plab yoqish o‘zlari uchun qanchalik zararli
ekanini fahmlamaydilar. Quruq o‘tinni yoqish jarayonida juda xavfli bo‘lgan
dioksin moddasi ajralib chiqadi. Yoqish o‘rniga yaproqlarni bir joyga to‘plab, ho‘llab
ko‘mish kerak. O‘shanda chiqindilar ma’lum vaqt o‘tgach, tayyorgina o‘g‘itga
aylanadi. Dioksin oshqozon-ichak yo‘li orqali inson tanasiga kirgach, oshqozon osti
bezi, o‘pka va immun tizimini zararlaydi. Ko‘pincha xavfli o‘sma va og‘ir
kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi ekanini
tushunishi, tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri qaytib kelib o‘ziga salbiy ta’sir etishini
anglashi lozim.
Matn asosida quyidagi shartlarni bajaring.
1.Matnga sarlavha toping. Tabiat muvozanati – hayot muvozanati, Inson va
tabiat. Ekologik vaziyat buzilishi
2. Matn ichida keltirilgan fe’l-kesimlarni aniqlang.
Yoqadilar, fahmlamaydilar, ajralib chiqadi, ko’mish kerak, aylanadi,
zararlaydi, sabab bo’ladi, anglashi lozim.
3. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning sinonimlarini toping
1
Musaffo
Tiniq
2
Yayratgan
Quvnatgan
3
Yaproq
Barg
4
Zararli
Ziyonli
5
Fahmlamaydilar
Anglamaydilar
6
Inson
Odam, kishi
7
To‘plab
Yig‘ib
4. To‘g‘ri yoki Noto‘g‘ri
T/r Ma’lumotlar
To‘g‘ri
1
Tabiiy muvozanatning buzilishi- hayot
muvozanatining buzilishidir.
2
Mashinalardan chiqayotgan zararli gazlarning
ortishi salbiy oqibatlarga olib kelmaydi.
3
Dioksin oshqozon-ichak yo‘li orqali inson
tanasiga kirgach, yurakni zararlaydi.
4
Dioksin xavfli o‘sma va og‘ir kasalliklarning
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
5
Noto‘g‘ri
Barglarni to‘plab, ho‘llab yoqilsa, tayyor
o‘g‘itga aylanadi.
5. Berilgan so‘zlarni matn tarkibidagi aniqlovchilar bilan biriktiring.
Ayrim kishilar, musaffo havo, quruq o‘tin, xavfli o‘sma, tayyorgina o‘g‘it,
salbiy ta’sir.
10-sinf. O‘zbek tili (Davlat tili)
II BSB O‘qib tushunish ( 25 ball)
Ba'zan "Tilning suyagi yo‘q deb, gapiraverasanmi?" degan tanbehni
eshitamiz. Tilda har gapni gapirishga to‘siq bo‘luvchi suyak yo‘q ekan, qo‘lda-chi?
Qo‘llarimizda suyak bormi? Bugun biz shu qo‘llar orqali istagan mulohazamizni
yozishga kirishdik. Nega dildagini yozuvga ko‘chirish ishini suyaklar nazorat
qilolmayapti? Suyak bir o‘xshatish xolos, aslida har bir harakatimiz miya - aql, shu
qatorda yurak-qalb orqali boshqariladi. Ammo nechun aqlimiz va qalbimiz har gapni
bitishga izn berdi?..
Har kim o‘z fikrini ifoda etish huquqiga ega. Deylik, kimdir internetdagi
sahifasiga hayotiy qarashlarini, o‘y-maqsadlarini yozib qo‘ydi. Matn ostiga internet
foydalanuvchilaridan biri o‘z mulohazasini bitadi, keyingisi unga qarshi chiqadi, fikr
egasiga ham darrov javob qaytariladi, qarabsizki, dahanaki jang!
. .. Bir-birini hayotda ko‘rmagan, yuzma-yuz muloqot qilmagan, ko‘cha-ko‘yda
ko‘rib qolgan taqdirda ham, tanimay o‘tib ketuvchi kishilar monitor qarshisida birbiri bilan qirpichoq bo'ladi. Lekin bularning bari reallikda sodir bo'lmagani sabab
tomonlar o'zini ayblamaydi, ongli ravishda urush chiqarib, haqoratli so‘zlar
ishlatganidan vijdoni qiynalmaydi.
Guruh yoki sahifalarda bahs boshlansa, har kim sherigini mot qilish,
tortishuvda g‘olib bo‘lishga chiranib, lug‘atidagi eng ta'sirchan so‘zlarni ishlatadi.
Fakt keltiradi, misol aytadi, bular ish bermasa, haqorat qiladi. Tushunmaydiki,
munozarada ustun kelgan inson emas , balki befoyda tortishuvga kirishmagan odam
g‘olibdir.
Kimningdir bir so‘ziga yuz izoh qoldirib keng tarqatishga usta odamlar ba’zan
bir og‘iz mehrli kalomni taroziga solidi, qizg‘anadi. Bayramlar va tug‘ilgan kunlar
bilan chin dildan tabriklash yo‘qolib ketdi. Tarmoq orqali tayyor, rasm va
animatsiyalarni jo‘natadi. Hatto namuna shaklida tayyor tabrik va she’rlar ham bor.
Yaqinimizga tilak bildirib, so‘z izlashimizga hojat yo‘q. minnatdorchilik bildirish
borasida ham qiynalmaysiz: tayyor hisbelgilar hozir-u nozir.
Har narsaning uvoli va zavoli bor. Isrof, albatta, yaxshilikka olib kelmaydi, o‘z
asoratini ko‘rsatadi. Bugungi internet olamidagi mulohazasizlar “mulohaza”si
chinakamiga so‘z uvolidir. Ularda ma’no yo‘q, mazmundan yiroq maqsadi puch:
fisq-u fasod, g‘iybat, ig‘vo,tuhmat. O‘zingiz ham bir begona odamning javobidan
asabiylashib, bosh ushlab o‘tirasiz. Aslida bu o‘ylashga arziydimi? Nega fikr
bildirishga munosib minbar axtarmaysiz?
Muloqat imkoniyati-bizga atalgan imkoniyatlardan biri. Uni suiste’mol
qilmaslik, so‘z uvoliga yo‘l qo‘ymaslik har kimning o‘z qo‘lida. Iroda ishga solinsa,
teran tafakkur va qalb amriga quloq solinsa bas.
1. O‘qib tushunish uchun berilgan matnga sarlavha qo‘ying
___________________________________________________
2. Matndan kelib chiqib, savollarga yozma javob bering. ( har biriga 5 ball,
jami 15 ball)
1. Muallifning til suyak va qo‘l bilan bog‘liq fikrlarni keltirishdan maqsadi nima?
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
2. Dahanaki jang qanday bo‘ladi? Bunday jangning kelib chiqish sababi nima ekan?
Matn asosida javob bering.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
3. Hayotda bir-birini mutlaqo tanimaydigan odamlar ham qirpichoq bo‘lishi
mumkinmi? Javobingizni izohlang.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
3. Quyida matnda ishtirok etgan so‘zlarning izohini toping .( Har bir to‘g‘ri
javob uchun 2 ball, jami 10 ball)
1. Izn. 2. Reallik. 3 Haqorat. 4. Mot qilish. 5. Fakt. 6. Haqiqat. 7. Xafa qilish
A) Bahsda raqibini yengish.
B) Kishining or-nomusi, shaxsiyatini pastga uradigan, tahqirlovchi ma’nomazmunli so‘z, gap.
D) Aniq mavjud bo‘lgan voqea-hodisa, haqiqat.
E) Biror narsa haqida xulosa chiqarish, qat’iy bir fikrga kelish uchun xizmat
qiladigan asos, dalil.
F) Biror ishni bajarish, amalga oshirish uchun berilgan rozilik
1.
2.
3.
4.
5.
● Eslatma:
1. Imkoniyat darajasida o‘quvchilarga qog‘oz variantini chiqarib bering. Agar iloji
bo‘lmasa o‘zingiz o‘qib daftarlariga belgilatishingiz mumkin.
● Ogohlantirish: o‘quvchi ishini xatosiz yozgan bo‘lsa, lekin husnixati talab
darajasiga javob bermasa 1 ball olib tashlanadi.
11-sinf O‘zbek tili(davlat tili)
II BSB ( 25 ball)
O‘qituvchi uchun
O‘ZBEKISTON AHOLISINING KO‘PAYISHI
Aholi sonining ko‘payishi – davlat rivojlanishi va taraqqiyotiga ta’sir
etuvchi omillardan biri. Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik
jamg‘armasining 2018-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston aholi soni
bo‘yicha jahonda 44-o‘rinda turadi va aholi soni o‘sib bormoqda. Darhaqiqat,
keyingi yillarda O‘zbekistonda tug‘ilish soni o‘lim soniga nisbatan ortganligi
hisobiga aholi soni ko‘payib bormoqda. Мustаqillik yillаridа mаmlаkаtimizdа
аhоlining tug‘ilish vа o‘lim ko‘rsаtkichlаridа hаm o‘zgаrishlаr kuzatildi. 1991yildа rеspublikаdа 723,4 ming nаfаr bоlа tug‘ilgаn bo‘lsа, kеyingi yillаrdа tug‘ilish
sоni kаmаyib, 2001-yildа tug‘ilish 513 ming nаfаrni tаshkil etdi. Kеyinchаlik
аhоlining turmush fаrоvоnligi ko‘tаrilishi bilаn tug‘ilish sоni hаm ko‘pаydi. 2017yilgа kеlib 716 mingdаn оrtiq chаqаlоq tug‘ilgan bo‘lsa, 2018-yilda 768 mingdаn
оrtiq bola dunyogа kеlgan. 2019-yil esa 815,9 ming bola tug‘ilishi ro‘yxatga
olingan bo‘lib, 1000 aholiga tug‘ilish darajasi 24,3 promilleni tashkil etdi va 2018yilning shu davriga nisbatan 1 promillega ko‘paydi. Umuman olganda,
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 33905,8
ming kishini tashkil etmoqda. Mehnatga yaroqli yoshdan kichiklar aholining
30,5%, mehnatga layoqatli yoshdagilar 58,9% va mehnatga layoqatli yoshdan
kattalar 10,6% ni tashkil etdi. Aholi sonining oshishiga ta’sir qiluvchi muhim
omillardan yana biri umr dаvоmiyligi ko‘rsatkichidir. Маmlаkаtimizdа umr
dаvоmiyligi ko‘rsаtkichida ham so‘nggi yillаrdа o‘sish kuzatilgan, jumlаdаn,
1991-yildа ushbu ko‘rsаtkich 66,4 yoshni tаshkil etgаn bo‘lsа, 2000-yildа 70,8
yoshni, 2010-yildа 73,0 yoshni tаshkil etdi. 2016-yilga kelib esa 73,8 yoshni
tаshkil etgаn. Shuningdek, tibbiyot sоhаsidа amalga oshirilayotgan islohotlar
nаtijаsidа rеspublikаdа o‘lim dаrаjаsi, jumlаdаn, bоlаlаr vа оnаlаr o‘limi ko‘rsаt
kichlаri pаsаydi vа bu rеspublikа аhоlisi o‘rtаsidа umr dаvоmiyligi
ko‘rsаtkichining o‘sishigа o‘z tа’sirini ko‘rsаtdi. (Internet manbalari asosida
tayyorlandi)
Quyidagi savollarga matn asosida javob bering. Javoblaringizni javoblar
varaqasiga ko‘chiring:
1. 2018-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyoda
nechanchi o‘rinda turadi?
Mazkur test topshirig‘i qisqa javobli ochiq turdagi test topshirig‘i bo‘lib, bunday
topshiriqlar yordamida matnda aniq ifodalangan ma’lumotni (raqam, nom va
hokazo) topa olish va tushunish malakasi baholanadi. Bu o‘quvchida kerakli
ma’lumotni axborotlar ichidan qidirib topa olish layoqatini shakllantiradi. Bunday
topshiriqlarga test topshiruvchilarning aksariyati to‘g‘ri javob beradi.
2–3 Matn mazmunidan kelib chiqqan holda quyidagi hukmlarni to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.
1. 1991-yilda tug‘ilish ko‘rsatkichi hozirgi ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan.
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
2. Mustaqillikdan keyin to 2000-yillargacha tug‘ilish soni pasayishi kuzatilgan.
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
Mazkur test topshirig‘i binar (ikkita javobli) turdagi test topshirig‘i bo‘lib, bunday
topshiriqlar orqali matnda ochiq va yashirin ifodalangan ma’lumotlarni tushunish;
matndagi chizma va diagrammalarda berilgan vizual ma’lumotlarni o‘qish;
matndagi verbal va vizual ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tushunish;
matndagi mazmuniy bog‘lanishlarni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan malakalarni
baholash mumkin. Bu esa o‘quvchining haqiqiy mazmunni anglash, kinoya,
piching kabi tagma’nolarni fahmlash, umuman, nutqiy vaziyatlarni idrok etish kabi
ko‘nikmasini rivojlantiradi, shuningdek, o‘quvchilarda vizual axborotni o‘qiy olish
ko‘nikmasini ham shakllantiradi.
4–5. Berilgan ma’lumotlar va unga aloqador vizual ma’lumotlarni o‘zaro
moslashtiring.
Verbal ma’lumotlar Vizual ma’lumotlar
4. 2000-yilda erkaklarning o‘rtacha umr davomiyligi? 5. 2000-yilda ayollarning
o‘rtacha umr davomiyligi?
A. 73,2 yosh B. 70,8 yosh D. 68,4 yosh
(Eslatma: javob variantlari orasida ortiqchasi bor) Mazkur test topshirig‘i
moslashtirishni talab qiladigan test topshirig‘i bo‘lib, bunday topshiriqlar orqali
ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasi bilan bog‘liq bo‘lgan matnda yashirin
ifodalangan ma’lumotlarni tushunish; matndagi verbal va vizual ma’lumotlar
o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tushunish; matndagi mazmuniy bog‘lanishlarni anglash;
matn yoki uning qismlari umumiy ma’nosini tushunish; matndagi mazmuniy
bog‘lanishlarni anglash; matn mazmunini tushunishi va talqin qila olish kabi
ko‘nikmalarni baholash mumkin. Bu esa o‘quvchida haqiqiy mazmunni anglash,
nutqiy vaziyatlarni idrok etish, o‘zaro bog‘liqliklarni fahmlash, voqelikka
munosabat bildirish, verbal va vizual axborot o‘rtasidagi bog‘liqliklarni idrok eta
olish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi.
6. Matn mazmuniga mos ma’lumotni aniqlang.
A. O‘zbekistonda erkaklarning o‘rtacha umr davomiyligi ayollarnikiga nisbatan
yuqori.
B. O‘zbekistonda o‘tgan asrning 50-yillarida aholi soni o‘sishdan to‘xtagan.
D. O‘zbekiston aholisining qariyb 70 foizi mehnatga layoqatli hisoblanadi.
E. Ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 2018-yilda qariyb 160 ming o‘lim
kuzatilgan.
Mazkur test topshirig‘i bitta to‘g‘ri javobga ega muqobil javobli test topshirig‘i
bo‘lib, bunday topshiriqlar orqali ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasi
bilan bog‘liq bo‘lgan matnda o‘z ma’nosida ishlatilgan leksik birliklarning
ma’nosini tushunish; matnda ko‘chma ma’noda ishlatilgan leksik birliklarning
ma’nosini tushunish; matndagi ibora, maqol, hikmatli so‘zlar ma’nosini tushunish;
matn qismlarini bog‘lovchi vositalar ma’nosi va ularning matndagi vazifasini
tushunish; matnning grammatik qurilishini anglash; matnda ochiq va yashirin
ifodalangan ma’lumotlarni tushunish; matndagi verbal va vizual ma’lumotlar
o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tushunish; matndagi mazmuniy bog‘lanishlarni anglash;
matn yoki uning qismlari umumiy ma’nosini tushunish kabi ko‘nikmalarni
baholash mumkin. Bu esa o‘quvchida o‘zaro bog‘liqliklarni fahmlash, haqiqiy
mazmunni anglash, nutqiy vaziyatlarni idrok etish, voqelikka munosabat bildirish,
o‘quvchining avvaldan mavjud bilimi hamda matndan olingan ma’lumotni ma’lum
darajada integratsiyalash, matn bilan ishlayotganda o‘zlarining shaxsiy fikrlari va
tajribalaridan foydalana olish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Xullas, o‘quvchilarning ona tilidagi matnlarni o‘qib tushunish malakasini test
topshiriqlari yordamida baholashda yuqorida sanab o‘tilgan test topshiriqlaridan
foydalanish samarali boʻladi. Bunda oʻquvchilarning oʻqib tushunish malakasini
baholash test topshiriqlarining ishonchliligi hamda baholash natijalarining
obyektivligi oshishiga xizmat qiladi.
O‘quvchi uchun
O‘ZBEKISTON AHOLISINING KO‘PAYISHI
Aholi sonining ko‘payishi – davlat rivojlanishi va taraqqiyotiga ta’sir
etuvchi omillardan biri. Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik
jamg‘armasining 2018-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston aholi soni
bo‘yicha jahonda 44-o‘rinda turadi va aholi soni o‘sib bormoqda. Darhaqiqat,
keyingi yillarda O‘zbekistonda tug‘ilish soni o‘lim soniga nisbatan ortganligi
hisobiga aholi soni ko‘payib bormoqda. Мustаqillik yillаridа mаmlаkаtimizdа
аhоlining tug‘ilish vа o‘lim ko‘rsаtkichlаridа hаm o‘zgаrishlаr kuzatildi. 1991yildа rеspublikаdа 723,4 ming nаfаr bоlа tug‘ilgаn bo‘lsа, kеyingi yillаrdа tug‘ilish
sоni kаmаyib, 2001-yildа tug‘ilish 513 ming nаfаrni tаshkil etdi. Kеyinchаlik
аhоlining turmush fаrоvоnligi ko‘tаrilishi bilаn tug‘ilish sоni hаm ko‘pаydi. 2017yilgа kеlib 716 mingdаn оrtiq chаqаlоq tug‘ilgan bo‘lsa, 2018-yilda 768 mingdаn
оrtiq bola dunyogа kеlgan. 2019-yil esa 815,9 ming bola tug‘ilishi ro‘yxatga
olingan bo‘lib, 1000 aholiga tug‘ilish darajasi 24,3 promilleni tashkil etdi va 2018yilning shu davriga nisbatan 1 promillega ko‘paydi. Umuman olganda,
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 33905,8
ming kishini tashkil etmoqda. Mehnatga yaroqli yoshdan kichiklar aholining
30,5%, mehnatga layoqatli yoshdagilar 58,9% va mehnatga layoqatli yoshdan
kattalar 10,6% ni tashkil etdi. Aholi sonining oshishiga ta’sir qiluvchi muhim
omillardan yana biri umr dаvоmiyligi ko‘rsatkichidir. Маmlаkаtimizdа umr
dаvоmiyligi ko‘rsаtkichida ham so‘nggi yillаrdа o‘sish kuzatilgan, jumlаdаn,
1991-yildа ushbu ko‘rsаtkich 66,4 yoshni tаshkil etgаn bo‘lsа, 2000-yildа 70,8
yoshni, 2010-yildа 73,0 yoshni tаshkil etdi. 2016-yilga kelib esa 73,8 yoshni
tаshkil etgаn. Shuningdek, tibbiyot sоhаsidа amalga oshirilayotgan islohotlar
nаtijаsidа rеspublikаdа o‘lim dаrаjаsi, jumlаdаn, bоlаlаr vа оnаlаr o‘limi ko‘rsаt
kichlаri pаsаydi vа bu rеspublikа аhоlisi o‘rtаsidа umr dаvоmiyligi
ko‘rsаtkichining o‘sishigа o‘z tа’sirini ko‘rsаtdi. (Internet manbalari asosida
tayyorlandi)
Quyidagi savollarga matn asosida javob bering. Javoblaringizni javoblar
varaqasiga ko‘chiring:
1. 2018-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyoda
nechanchi o‘rinda turadi? ( 5 ball)
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
2–3. Matn mazmunidan kelib chiqqan holda quyidagi hukmlarni to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri ekanligini aniqlang. ( Har bir to‘g‘ri javob uchun 2,5 ball, jami 5
ball)
1. 1991-yilda tug‘ilish ko‘rsatkichi hozirgi ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan.
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
2. Mustaqillikdan keyin to 2000-yillargacha tug‘ilish soni pasayishi kuzatilgan.
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
4–5. Berilgan ma’lumotlar va unga aloqador vizual ma’lumotlarni o‘zaro
moslashtiring. ( Har biriga 2,5 ball, jami 5 ball)
Verbal ma’lumotlar
2000-yilda erkaklarning o‘rtacha umr
davomiyligi?
2000-yilda ayollarning o‘rtacha umr
davomiyligi?
Vizual ma’lumotlar
73,2 yosh
68,4 yosh
70,8 yosh
6. Matn mazmuniga mos ma’lumotni aniqlang. (5 ball)
A. O‘zbekistonda erkaklarning o‘rtacha umr davomiyligi ayollarnikiga nisbatan
yuqori.
B. O‘zbekistonda o‘tgan asrning 50-yillarida aholi soni o‘sishdan to‘xtagan.
D. O‘zbekiston aholisining qariyb 70 foizi mehnatga layoqatli hisoblanadi.
E. Ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 2018-yilda qariyb 160 ming o‘lim
kuzatilgan.
7. 2023-yil ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda aholi soni qanchaga yetdi?
( 5 ball)
____________________________________________________________
O‘quvchining to‘plagan bali:
____________
Tekshiruvchi o‘qituvchi: ___________________________
__________(imzo)
Скачать