O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent arxitektura qurilish unversiteti “Arxitektura” fakulteti “Shaharsozlik” kafedrasi “Bino va inshootlari rekanstruksiyasi” fanida Mustaqil ishi Bajardi:Ruziyev U Qabul qildi: Xolbekov S Toshkent-2023 Bino va inshootlar yong’in xavfsizligini ta’minlash Reja: 1. Kirish. 2. Asosiy qism: a) ShNK 2.01.02-04 “ Bino va inshootlarning yong’in xavfsizligi” normativ hujjati. b) Ko’p qavatli turar joyda yong’in sodir bo’lganda harakatlanish. c) Yong’inga chidamsiz qurilish materiallari. 3. Xulosa. 4. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Hozirgi vaqtda yongʼin xavfsizligi talablari turli meʼyoriy hujjatlar: davlat standartlarida, qurilish va shaharsozlik meʼyorlari va qoidalari, yongʼin xavfsizligi meʼyorlari va qoidalari, tarmoqli meʼyoriy manbalar va meʼyoriy manbalarning boshqa turlarida oʼz ifodasini topgan. Barcha meʼyoriy maʼlumotlar respublikadagi mavjud yongʼin xavfsizligi kuchlari va vositalari bilan oʼzaro bogʼlanganligini inobatga olish taqozo etiladi. Umumiy tushunchalar, binolar, inshootlar va ular konstruktsiyalarining olovgabardoshligi, yongʼindan himoyalash vositalarini qoʼllash zarurligini oʼz ichiga oluvchi ushbu meʼyorlarining asosiy tushunchalari ShNK 2.01.02-04 «Binolar va inshootlarning yongʼin xavfsizligi” normativ hujjatida oʼz ifodasini topgan. Asosiy qism ShNK 2.01.02-04 “ Bino va inshootlarning yong’in xavfsizligi” normativ hujjati. 1. Bu me'yorlar va qoidalar binolar, xonalar va boshqa qurilgan inshoatlarini barpo etish va ekspluatasiya kilishining barcha jarayonlarida, ularning egalik shakli va idoraviy qarashliligidan kat'iy nazar yongʻinga qarshi umumiy talablarini, shunindek, binolarning va ularning element hamda qismlarini, xonalarni, qurilish konstruksiyalari va materiallarini yongʻin texnik tasniflarini belgilab beradi. 2. Binolar, qurilish konstruksiyalari, maxsulot va materiallarning me'yoriy va texnik hujjatlarida yongʻin-texnik tavsiflari mazkur me'yorda belgilanganday koʻrsatilishi kerak. 4. Mavjud (yoki foydalanilayotgan) binolar yoki aloxida xonalarning vazifasini va ularning hajmiy-rejaviy konstruktiv yechimlarini oʻzgartirishda ushbu bino yoki xonalarning yangi maqsadlarini hisobga olgan xolda amaldagi me'yorlar qoʻllanilishi lozim. 5. Qurilish me'yoriy xujjatlari tizimidagi yongʻinga qarshi me'yor va talablar mazkur me'yor talablariga asoslanishi kerak. 6. Mazkur me'yorlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki kelishilgan QMQ va boshqa Davlat me'yoriy hujjatlarida bayon etilganlarga qoʻshiladi va aniqlik kiritiladi. Ushbu me'yoriy hujjatda OʻzStandart.1.10-93 va GOST 12.1.033da keltirilgan atamalar va ta'riflar qabul kilingan. 7. 5,6,7 boʻlimlar mahsus binolarga (xarbiy maqsadlardagi portlovchi modda va portlatish vositalarini ishlab chikarish va saklash, togʻ qazilmalari va metrolarning yerosti inshoatlari) talluqli emas. Ko’p qavatli turar joyda yong’in sodir bo’lganda harakatlanish. Yong’inga chidamsiz qurilish materiallari. Turli materiallarning o‘tga chidamlilik ko‘rsatkichlari asosiy shaharsozlik SHNK 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi” hujjatida keltirilgan. Qayd etilishicha, mutlaqo olovga bardoshlilik darajasi bilan mineral xom ashyolari tavsiflanadi. Yonmaydigan xususiyatlar va olovga yuqori bardoshlilik darajasi xususiyatiga, aksariyat qurilish materiallar sifatida ishlatiladigan tabiiy tosh, g‘isht, beton qorishmalari, asbotsementlar va oynadan yasalgan materiallar ega. Tarkibida organik komponentlariga ega bo‘lgan va maxsus termokimyo ishlov berilmagan materiallar, yaqin atrofida yong‘in o‘chog‘i hosil bo‘lganda xavf manbaiga aylanishi mumkin. • Har bir mahsulot turi sertifikatga (yoki sinov protokoli) ega va unda tegishli bo‘lgan xavflilik guruhning aniq ko‘rsatgichlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Gipsokarton Qalinligi 8-12 mm bo‘lgan standart gipsokarton plitasi bevosita ochiq olov ta’siriga 15-20 minut davomida bardoshli bo‘lib, so‘ngra uning yemirilish jarayoni boshlanishi mumkin. Sendvich panellar Sendvich panellarning olovga bardoshliligini butligicha tavsiflab bo‘lmaydi; ular qanday materiallardan tayyorlanganligi aniqlanishi kerak. Masalan, po‘lat tunukali va qalinligi 150 mm bo‘lgan poliuretanli isitkich qatlamli plitasi 30 daqiqa, shu kabi qalinligida isitgich qatlami ko‘pikli polistirolidan bo‘lgan plitasi esa 15 daqiqa davomida olovga bardosh bera oladi. Gazli va ko‘pikli betonlar. Gazli va ko‘pikli beton materiallari yaxshi olovga bardoshlik xususiyatga ega. Agarda, 120 daqiqa davomida ochiq alanga bilan shunday beton plitalaridan yasalgan devoriga ta’sir etilsa ham, ular zaharli gaz va tutun ajratmasdan o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Polikarbonat Mumkatak plastiklar minimal yonuvchanlik va alangani tarqalish hamda mo‘tadil alangalanuvchi xususiyatiga ega. Xulosa Agar biz yon’gin xavfsizligiga etibor berib loyhalab. Meyoriy talablarga javob beradigan darajada quradigan bo’lsak inson hayotini qaysidir ma’noda asrab qolgan bo’lamiz. Ko’p qavatli binolarni tashqi tarafidan temir zinalarni loyihalash talab etiladi. Siz biror binoni loyihalashda hamma qoidalarga amal qilasiz degan umiddaman. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. https://uz.m.Wikipedia.org 2. https://arxiv.uz 3. https://mc.uz