Burhoniddin al-Marg’inoniy hayoti va ilmiy me’rosi Reja: 1. Burhoniddin Marg’inoniyning hayot haqida. 2. Burhoniddin Marg’inoniyning jodiy va asarlari. 3. Hidoya asari haqidai. 1 Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy alMargʻinoniy 1123-yil 23-sentyabrda Marg’ilon shahrining Rishton tumanida tugʻilgan. Ammo asosiy faoliyatini Samarqandda yuritib, 1197-yilda o’sha yerda vafot etgan. Shomiyning “Radd ul Muxtor ” ida Samarqanddagi 400dan ortiq Muhammad ismli yozilishicha ulug’ faqih faqihlar dafn etilgan Muhammadiylar qabristoni – “Turbat -ul Muhammadiyyiyn” yonida (chorikor) dafn etilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhonuddin va-l-milla va Burhonuddin al-Margʻinoniy nomlari bilan mashhurdir. Taxallusi Burhoniddin so’zi lug’aviy jihatdan “din asosi” ma’nosini bildiradi.1 Burhonuddin al-Margʻinoniy dastlabki taʼlimni Margʻilonda olgan. Avvalambor faqih ilmini o’z otasidan olgan. Undan keyin shayx Bahovuddin Ali ibn Muhammad ibn Ismoil al_Asbijobiydan o’rgandi. Keyinchalik Movarounnahrning oʻsha davrdagi diniy va maʼrifiy markazi boʻlgan Samarqandga koʻchib borgan. Mavlono Burhonuddin al-Margʻinoniy yoshlik chogʻlaridanoq Qurʼoni Karimni yod olib, hadislarni chuqur oʻrgangan. U balogʻat yoshiga yetganida mukammal ilmga ega boʻlganiga qaramay ustozlardan taʼlim olishni davom ettirdi. U ilm yo’lida chanqoq ediki shogirdi shunchalar shunhalar Burhon ul-islom as-Zanjuriyning yozishicha unga shunday maslahat aytgan: “hech qachon ilm o’rganish yo’lida uzilish ro’y bermasligi kerak, negaki bu katta yo’qotishga olib keladi. Men ilm yo’lida hech qachon uzilishga yo’l qo’ymadim va barcha safdoshlarimdan o’zib ketdim. ” 1149-yili Burhonuddin al-Margʻinoniy haj safariga bordi. “Kitob ulmashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u oʻzi taʼlim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab oʻtgan. Bu roʻyxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Sayariy, Abu Isʼhoq anNavqadiy, Jaʼfar al-Hinduvoniylarning nomlari bor. 1 m.koreatimes.co.kr 2 Fiqh ilmining ahamiyatini chuqur tushungan Burhoniddin al-Marg’inoniy o’z farzandlarini ham ushbu sohada tarbiyalab kamolga yetkazdi. Uning avlodlari va shogirdlaridan quyidagilar ma’lum. 1. O’g’li: Imoduddin ibn Burhoniddin al-Marg’inoniy yetuk faqih va sheriy iste’dod egasi bo’lgan. 2. Umar Nizomuddin ibn Burhoniddin al-Farg’oniy. “Islom ensiklopediyasi” va “Kashfuz-zunun” da ko’rsatilishicha “Al-Favoyid” “Javohir ul-Fiqh” nomli kitoblar unga tegishli. Ikkinchi kitobning bir nusxasi hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutining nodir qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda. 3. Muhammad Abulfath Jaloluddin al Farg’oniy. Al-Marg’inoniyning nevarasi Abulfath Zaynuddin Abdurahim ibn Imomuddin al Farg’oniy Samarqandda yashab ilmiy ishlar bilan shug’ullangan. Manbalarda yozilishicha, u 1253-yilda Samarqand shahrida sud mahkamalariga doir “Al Fusulu-l-imadiya” nomli asar yozgan. Burhonuddin al-Margʻinoniy islom dinidagi sunniylarning toʻrtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganish bilan birga oʻzi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan “Kitobu tanosiq ul xos” “Kitob fi-l-faroiz” (meros bo’yicha) “At Tajnisu va-l- maziyd” (ikkita fatvo majmuasi) “Bidoyat al-mubtadiy (“Boshlovchining boshlang’ich kitobi”), “Kifoyat al-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal taʼlim”), “Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”), “Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Majma ul-navozil” (“Nozil boʻlgan narsalar toʻplami”), “Kitob ul-faroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar maʼlum. 3 Al-Margʻinoniyning butun islom olamida mashhur boʻlgan “Hidoya” (To’g’ri yo’l) asari 1178-yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al- Kafaviyning “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot fuqaho va mashoyix mazhab anNuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Margʻinoniy “Bidoyat al-muntahiy” asarining soʻzboshisida “Hidoya”ning yaratilishi xususida shunday yozgan: “Abul-Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bagʻishlangan hajmi uncha katta boʻlmagan, lekin mazmuni toʻliq boʻlgan bir yaxlit kitob zarur ekanligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda u yerda “alMuxtasar al-Quduriy” (“Kuduriy qisqartmasi”)ni koʻrdim. U fiqh bobida ajoyib asar edi. Bu paytgacha kattayu-kichik barcha “Jomeʼ us-Sagʻir” (“Kichik toʻplam”) dan foydalangan edi. Shunda fikhga oid barcha asarlarni jamlab, ulardan eng zarur masalalarni oldim va bu asarga “Bidoyat al-muntabiy” deb nom berdim. Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni “Kifoya ul-muntahiy” deb nomladim”. “Bidoyat al-muntabiy” asari muqaddimasida esa o’zi shunday deydi; “ yoshlik chog’larimda fiqh ilmining barcha qoidalarini o’z ichiga olgan hajmi kichik rejasi keng bir kitob bo’lsa deb o’ylab yurar edim. Ittifoqan yo’llarni bosib o’tish chog’ida (safar) Al Kuduriyning Al-Muxtasar kitobini eng go’zal mo’jaz, ajoyib kitob deb topdim. Yana zamonning barcha buyuk olimlari, kattakichiklari “Al-Jome us-Siyar ” kitoblarini o’rganishga chog’langanliklarini guvohi bo’ldim. O’shanda har ikkiala kitobni birlashtirishni o’z oldimga maqsad qilib qo’yib, zarurat sezilmagan chog’da ular chegarasidan chiqmaslikka qaror qildim va uni “Bidoyat ul- mubtadiy” deb atadim. Bu asarni sharxlashga ulgursam “Kifoyat ul muntahiy” deb atagumdur.” Lekin Marginoniy bu bilan o’z maqsadiga erisha olms edi. Chunki bunday katta kitobni ko’tarib yurish ilmu toliblar uchun og’irlik qilar edi. Shuning uchun uni do’stlarining maslahati bilan qaytadan o’rtacha andozada sharhlashga kirishadi. Olim shayx Akmaluddinning yozishicha, rivoyatlarga ko’ra asar 13 yil davomida yozilgan. Marg’inoniy bu asarni yaratish uchun bor iste’dod va 4 kuchini ishga soldi. Bu asarni yaratish davomida manbalarga ko’ra u ro’za tutdi ya’ni shogirdlariga 13 yil. Unga ovqat olib kelgan hodimni jo’natib yedirib bo’sh idishni tashlab qo’yardi. Hodim ovqatni ovqatni ustoz yebdi deb idishni olib ketar edi. Shu tahlid u 13 yil hech kimga bildirmay ro’za tutdi. Chunki ro’za insonga ruhiy kuch beradi, fikrini jamlashga yordam beradi. Shunday ulkan olimning birgina kitobni yaratishga shuncha vaqt ketgani bejiz emasdi. U yuqoridagi kitoblardan qisqartirib olinib xalqning amaliy hayotiga bog’liq, davlat va jamiyat oldida ko’ndalang turib, oz yechimini topmagan ko’plab muammo va masalalar bor edi. Uni o’z davridan kelib chiqib, saralab o’rganib birinchi o’rindagi va ikkinchi o’rindagi masalalarga bo’lib chiqdi. Ularning yechim yo’llarini belgilab berdi. Ularga huquqiy asos topish esa juda ulkan ish edi. Bunda uning oldida turli asrlarda turli olimlar tomonidan yaratilgan ko’p sonli fatvolar (huquqiy majmualar) tog’dek bo’lib uyulib turardi. Ularda minglab masalalar, ayrimm muayyan muammolar bo’yicha o’nlab mulohazalar, hatto bir biriga zid, qarama-qarshi nazariyalar mavjud edi. Muallif nazarda tutga huquqiy masalalarni yoritishda birinchidan shariat asosiy manbalari (Qur’on, hadislar, fatvolar) undan keyin Ahmad ibn Hanbalning asarlari, as-Shayboniyning “Zoxir ur-rivoya” kitobini, Abu Yusufning “Kitob ul -xiroj”, “Adab ul-qoziy ”, “Abu Hanifa va ibn Abi Laylo orsidagi ixtiloflar”, “Avzoiy va Anas ibn Molikning ayrim huquqiy masalalar bo’cha bildirgan fikrlariga raddiya” kitoblari, imom Zufar, Shayxulislom ibn Taymiya, Ibn ul-Javziya asarlari, shuningdek ulardan keyin islom huquqi turli sohalarida turli mazhablar bo’yicha juda o’p asarlar yozgan yirik fiqh ilmi mutaxassis olimlari qoldirgan son sanoqsiz kitoblar va to’plamlarni o’qib chiqib, ularda bildirilgan fikr mulohazalarni bir-biri bilan solishtirib, eng to’g’ri, eng ma’qul va hayotga mos keladigan xulosalarni chiqarish kerak edi. Uning o’zi “Hidoya” muqaddimasida bu haqda “… so’ngra Tangri tavfiqi yordamida tanlangan rivoyatlar bilan kuchli aqliy dalillarni uyg’unlashtirib har bir bobda ortiqcha so’zlarni tark etib, ko’p yozishdan o’zimni tiygan holda 5 “Hidoya deb atalgan boshqa bir sharhni yozishga kirishdim” , - deb aytadi. “Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar eʼtirozlari yoki qoʻshilishlarini izhor etish yoʻli bilan berilgan. Ana shu obroʻli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yoʻliga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi. Muallif nihoyatda muhim munozarali masalalarni yoritmoqchi bo’lganda sahobalar, mazhablar asoschilari, buyuk faqihlar ismlari, jug’rofiy va tarixiy joylar, turli toifa va qabilalar nomlarini keltirib o’tgan. Abulhay Laknaviy o’z muqaddimasida “Hidoya”ning birinchi qismida zikr etilgan sahobalar va tobeinlar ismlari 50dan ko’proq, toifa urug’lar nomlari 12ta, jug’rofiy va tarixiy joylar nomlari 55ta ekanligini ko’rsatib ularning har biri haqida qisqacha ma’lumot berib o’tgan. “Hidoya” bir so’z bilan aytganda o’ziga xos qisqa sermazmun so’zlar, istilohlar, va ixcham iboralardan foydalanib yozilganki uni har qaysi davrda ham harfan, ham mazmunan bemalol tushuna olinishiga erishmoqchi bo’lingan va uddalangan. Shuning uchun ham asar o’z davrida ham bugungi kunda ijtimoiy muammolarga yechim bo’la oladi va shuning uchun ham mashhur va tengsizdir. Marg’inoniyning odatlaridan biri shu ediki nazarida ma’qul ko’ringan mazhab dalilini asar oxirida keltiradi. Asarning yana bir o’ziga xos hususiyati shundan iborat ediki unda “Ilm ul-xilof ” orqali belgilab berilgan qoidalar keng ko’lamda nazarda tutilgan. Chunki Marg’inoniy ushbu fan sohasida ham ulkan olim va mutaxassis edi. Marg’inoniy asarida huquqiy masalalarni izohlash jarayonida ularning mashro’ (ravo, qonuniy) yoki nomashro’ (noravo, g’ayriqonuniy) ekanligini naqliy dalillardan keyin aqliy dalillar bilan yoritib o’tadi. “Hidoya” 4 jilddan iborat kitob bo’lib sunniylik oqimida hanafiylik mazhabi bo’yicha juda muhim, mukammal huquqiy manba sifatida 57 ta kitob, yuzlab bob-u fasldan tarkib topgan. 6 Meros huquqidan tashqari boshqa hayotning barcha sohasini qamrab olgan. Meros huquqi haqida bu kitobda yozmagaanligi salabi imomi Aza’m Abu Hanifa meros muammolarini alohida fan qilib ajratib al Faroiz deb atagan edi. “Hidoya” toʻrt juzdan iborat: Birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, roʻza, zakot va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yoʻqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan. Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga oʻtkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, daʼvo, iqror boʻlish, sulh, bir ishda pul bilan sherik boʻlish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovgʻa, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod boʻlgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar oʻrin olgan. Toʻrtinchi juzda esa shafoat, dehqonchilik hamda bogʻdorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka soʻyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, jinoyat turlari, tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi toʻlash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. “Hidoya” bir necha asrlar davomida koʻp musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik boʻyicha eng asosiy qoʻllanma hisoblanib, bu yerda 1917-yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda boʻlib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. U bugungi kunda ham misr arab Respublikasidagi eng qadimiy dorilfunin “al-Azhar”, Afg’oniston islom dorilfununi, Hindiston Aligarx universiteti, “Derband” universiteti va boshqa islom mamlakatlarining o’quv dasturlarida eng asosiy qo’llanma bo’lib uni o’qimagan tolib haqiqiy islom huquqshunosi bo’lmaydi. 7 “Hidoya” 1776- yilda Bengaliya mahkamasi uchun fors tiliga G’ulom Yahyoxon tomonidan tarjima qilingan va bu tarjma 1807-yilda Kalkuttada tarjima qilingan. Garchi islom dunyosi uchun asosiy islom huquqini mukammal o’rgatuchi kitob sanalsada u ilk bor ingliz tilida Londonda Xamelton tarjimasi asosida tarjima qilingan. “Hidoya” ning qisqartirilgan ruscha tarjimasi 1893- yilda Toshketda N. P. Grodekov tomonidan nashr etilgan. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni oʻrganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Margʻinoniyning “Hidoya” asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N. I. Grodekovning inglizchadan ruschaga qilgan va tor doira uchun moʻljallangan “Hidoya”ning 1kitobi Toshkentda 1994 yilda yuridik fanlari doktori A. X. Saidovning soʻzboshisi va sharhi bilan qayta nashr etildi. Asar arab tilidan O’zbek tiliga taniqli olim Salohiddin Muhitdinov rahbarligida bir guruh yosh olimlar tomonidan tarjima birinchi jildi 2000-yilda “Adolat” nashriyotida bosmadan chiqdi. qilinib Kitobning boshqa jildlari ham hozirda tarjima qilinib bosmaga tayyorlanmoqda deb umid qilamiz. Hulosa o’rnida aytish mumkinki, o’z sohasida tengsiz fiqhshunos olimlardan biri Buroniddin Al-Marg’inoniy avlodlar uchun shunday asarlar yaratdiki qariyb dasturilamal bo’lib sakkiz asrdan buyon butun islom dunyosida kelmoqda. U nafaqat islom dunyosi balki asosiy g’arb mamlakatlari olimlari uchun ham islom huquqshunosligini o’rganish uchun asosiy tadqiqot manbayi bo’lib hizmat qilmoqda. Bundan tashqari islom dunyozining o’zida ham “Hidoya” asarining qisqartirilgan “Al-Voqiya” va uning qisqartmasi “Muxtasar ul voqiya” ustidan yozilgan ko’p sonli sharhlarni ham nazarda tutilsa asarga yozilgan sharhlar soni 50dan ortadi. Uning mukammalligini asoslovchi dalillardan biri shuki u bugungi zamonaviy hayotimizda ham bir qancha huquqiy masalarga yechim topib bera oladi. Shu bois yurtimizda Yuridik yo’nalishdagi oliy ta’lim yurtlari uchun asosiy manbalardan biri, o’quv darsligi qilib belgilansa maqsadga muvofiq bo’lar 8 edi. Uning boshqa asarlari ham merosga oid, qozilik ishlariga oid asarlari o’z davri yetuk ilm sohiblarining asarlariga yozgan sharhlari ham nihoyatda qimmatlidir. Uning asarlari nafaqat islom huquqshunosligi balki tarixiy o’lkashunoslik, tarixiy geografiya, umuman tarix fani uchun ham qimmatli ma’lumotlar bera oladi. Marg’inoniyning asarlari hanafiya mazhabining keng tarqalishi uchun ham asrlar davomida sabab bo’lib kelmoqda. Balki shuning uchun ham biz hozirda shu mazhabdamiz va buning uchun undan avlodlar minnatdormiz. Shu bois uning merosini chuqur o’rganish bizning oldimizdagi muhim vazifadir. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Toshkent islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Buxoriy xalqaro markazi O’zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati, Buyuk Yurt allomalari, ikkinchi nashri, - Toshkent, 2018. 2. Internet malumotlari: www.shosh.uz m.koreatimes.co.kr 9