Uploaded by feruza zuhriddinova

O'zbekiston Respublikasi pul tizimini shakllanishi va elementlar

advertisement
O'zbekiston Respublikasi pul tizimini shakllanishi va elementlari
O'zbekiston Respublikasi pul tizimini shakllanishi va
elementlari
Xolmo’minov kamoliddin
8bh-2020
Reja:

1.Pul tizimi va uning mazmuni. 2.Pul tizimining shakllari va ularning evolyutsiyasi:
bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. 3. Pul tizimini tashkil qilish
shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish prinsiplari. 4. Ba’zi xorijiy davlatlar pul
tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
Pul tizimining mazmun mohiyati va elementlari

XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi,
xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik
asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning
zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini
belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy
salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini
amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy
valyuta orqali tartibga solinadi. Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1.pul
tizimini tashkil etish tamoyillari; 2.pul birligi; 3. baho masshtabi; 4. pulning turlari; 5. pul
birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari; 6. pul
muomalasini tartibga solishning usullari; 7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni
tashkil etish.
Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini
boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy –
taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul
munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga
oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar
va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida
faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish
tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi. Pul
tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul
tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor
milliy valyutaning sotib olishqobiliyatini mustahkamligi va
inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi.
Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit
siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy
bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga
rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi.

Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili
mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul
munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat
yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida
faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv
ko‘rsatmalar orqali bajariladi. Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish
tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning
sotib olishqobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga
qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga
oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy
normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi.

Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil
qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir. 2. Instituttsional jihat –
institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi
institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring
markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi. Pul tizimini tashkil qilish quyidagi
prinsiplar asosida amalga oshiriladi 1. Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi.
Pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini
ta’minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning
pul mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi. 2.
Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik printsipi. XX asrning 70-yillariga
qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi.

Pul aylanmasini nazorat qilish printsipi Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish
kapi-talistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan,
biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo’lgan.
Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul
tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal
qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida
bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. 1. Metall pul muomalasi
tizimlari.2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul
bevosita muomalada bo’ladi va pul-ning barcha funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa
metallga almashinishi mumkin; Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan
qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida
qabul qilingan me-tallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va
monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. 4. Ba’zi xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga
xos xususiyatlari.

Xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi – Respublikamizda
xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi 2003- yilni 15-oktyabradn
joriy etilgan va unga tashqi savdo, savdo bilan bog’liq bo’lmagan pul junatmalari,
xalqaro munosabatlarda kreditlar, qarzlar, xorijiy davlatlardagi diplomatiya va boshqa
vakolatxonalari, xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar va boshqa to’lovlar kiradi.
http://fayllar.org
Download