1. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi rejalashtirish bo'yicha rivojlanish markazlarida loyihalash mazmuni. J: qurish yasash va matematika markazlarida bolalar faoliyatini tashkil etish 2. Syujetli rolli o'yinlar vq drammalashtirish markazida o'yinlarni tashkil etish (Kichik va o'rta guruhlarda) J: "Oila", "Mening uyim", "Bayramlar", "Tug'ilgan kun", "Sayrga chiqamiz", "Ona va qizlar", "Dam olish kuni", "Hashar", "Tushlik", "Mehmon kutamiz" kabi mavzularda. 3. MTJ da turli yosh guruhlarida rivojlanish markazlari ularning yo'riqnomasi. J: O'yinli-talim faoliyatini tashkil etish turli markazlarda tashkil etiladigan o'yinlar zahirasini to'playdi. ° turli rivojlanish markazlarida bolalar faoliyatini tashkil etish ° markazlar faoliyatida bolalarga jamoa bo'lib va invidual yondashishni ° ish beruvchining taklif va talablari asosida fanning o'qishini inobatga olishni. 4. Til va nutq markazi uchun rivojlantirish o'yinlar J: Talimiy. stol bosma predmetli so'zli nutqni rivojlantiruvchi o'yinlar tanlash. 5. O'quvchilarga MTJ da turli yosh guruhlarida rivojlanish markazlarida bolalar o'quv tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishga nimalar kiradi? J: Qurish yasash konstruksiyalash va matematika syujetli rolli o'yinlar va darmmalashtirish, til va nutq ilm-fan va tabiat san'at markazlariga bolalar bilan olib boriladigan ishlar haqida bilim berishdan iborat. 6. MMT da katta guruhlar uchun taklif etiladigan mavzularga qaysilar kiradi? J: “Mening shahrim”, “Yuk mashinasi”, “Mening bog‘cham”, “Ko‘priklar”, “Suv transportlari”, “Ikki qavatli uylar”. 7. Tayyorlov guruhi uchun taklif etiladigan qanday mavzularni bilamiz. J: “Zamonaviy shahar”, “Supermarket”, “Teatr”, “Sehrli raqamlar”, “Samalyot”, “Qushlar hovlisi”, “Sehrli doira”, “Transport vositalari”. 8. Kichik va o‘rta guruhlarda syujetli rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazlarida o‘yinli ta’lim faoliyati qanday tashkil etiladi? J: “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida turli yosh guruhlarda maishiy mazmundagi syujetli rolli o‘yin mavzularining haftalar bo‘yicha taqsimlanishi. Maishiy mazmundagi syujetli-rolli o‘yinlarni tanlash kartotekasini tuzish. Mavzularni tanlash: “Oila’, “Mening uyim”, “Dam olish kuni”, “Hashar”, “Tug‘ulgan kun”, “Bayramlar” kabi variativ rejalar tuzish. 9. Katta va tayyorlov guruhida "Men va mening doʻstlarim" mavzusida oʻyinli taʼlim faoliyatini tashkil etishda qanday oʻyinlar amalga oshiriladi? J: "Oilamiz doʻsti", "Doʻstlarim mening uyimda", "Sayrga chiqamiz", "Tushlik", "Mehmon kutamiz" kabi mavzular boʻyicha variativ oʻyinlar va rejalar tuzish. 10. "Ilk qadam" oʻquv dasturida kichik vs oʻrta guruhlarda ijtimoiy mavzudagi syujetli-rolli qanday oʻyinlarni amalga oshirsak boʻladi J: "Dorixona", "Supermarket", " Shifoxona", "Bolalar bogʻchasi" , "Maktab" , "Qurish-yasash" , "Oʻt oʻchiruvchlar" , "Zoopark" "Koʻchada" , "Sirk", " Kafe", "Kutubxona", "Bayramlar" kabi oʻyinlar va reja tuzildi 11. Turli yosh guruhlar uchun badiiy ijodiy mavzudagi syujetli-rolli oʻyinlarni qanday tashkil etamiz? J: Oʻyinlar kartotekasini tuzish "Ilk qadam" davlat oʻquv dasturida turli yosh guruhlarda badiiy ijodiy mavzudagi syujetli-rolli oʻyinlarni tanlash va loyihalash.Multfilm va ertak qahramonlari syujeti boʻyicha oʻyinlar tashkil etish."Sirk artistlarimiz" , "Dizayner", "Aktyor", "Marsga uchamiz", "Turizm markazi". 12. "Ilk qadam" davlat oʻquv dasturida katta va maktabga taytorlov guruhlarida "Qoʻshni mamlakatlar", "Dunyo mamlakatlari" mavzuviy rejalashtirish qanday oʻrganiladi? J: Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, kabi qoʻshni mamlakatlar bilan tanishtirish. Turli (mamlakatlar) markazlarda oʻyin ta'lim faoliyatini tashkil etish.Davlat bayrogʻi, ramzi, milliy urf-odatlari bilan tanishtiruvchi mavzular tanlash 13. Oʻzbekistonning buyuk arboblari mavzusida qanday oʻyinli taʼlim faoliyatini tashkil etamiz? J: "Ilk qadam" davlat oʻquv dasturida mavzuviy rejalashtirishni oʻrganish va tashkil qilish.A. Navoiy, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi,Mirzo Bobur, Ibn Sino haqida va markazlar faoliyati taqdimotiga tayyorlanish va oʻtkazib berish. 14. Rivojlanish markazlarida "Kitob bilan doʻstlashamiz" , "Kitob tarixi" hafta mavzusida oyinli taʼlim faoliyatini qanday tashkil etamiz? J: MTT oʻquv dasturida turli yosh guruhlarida "Kitob bilan doʻstlashamiz", "Kitob tarixi" mavzuviy rejalashtirishni oʻrganish va tahlil qilish.Til va nutq markazi uchun nutqni rivojlantirishga oid mavzularni tanlash variativ haftalik reja tuzish. Faoliyat ishlanmasini, jihozlarni tayyorlash, slaydlar tayyorlash rivojlantiruvchi taʼlimiy dasturdan foydalanish 15. Katta va tayyor guruhlari uchun “Kuz bo‘yoqlari” oy mavzusini tashkil etish qanday amalga oshiriladi? J: Katta va tayyor guruhlarida ta’limiy predmetli, so‘zli, bolalarning bilimlarini kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar tanlash. “Dorivor o‘tlar”, “Inson va tabiat”, “Kuzdami qishdami?”, “Bu qachon bo‘ladi?”. 16. Turli yosh guruhlarda “Qish” oy mavzusini qanday tashkil etamiz? J: Turli yosh guruhlarda “Qish” oy mavzusi bo‘yicha rivojlanish markazlarida o‘yinli ta’lim faoliyati mavzuviy rejalashtirish bo‘yicha o‘rganish va tahlil qilish. Faslga oid o‘yinlar tanlash Qish, Sog‘lom tanda sog‘ ruh mavsumiy bosh kiyimlar. 17. Kichik va o‘rta guruhlarda “Hayvonlar va qushlar” hafta bo‘yicha rivojlanish markazlarida qanday ta’limiy o‘yinlarni amalga oshiramiz? J: Mavzuviy rejalashtirish bo‘yicha o‘rganish va tahlil qilish. Ilm fan va tabiat markazi uchun o‘yinlar tanlash, variativ haftalik reja tuzish. Hayvonlar, qushlar va o‘simliklar haqida olgan bilimlarini mustahkamlovchi ta’limiy o‘yinlar ishlanmasini tuzish va atributlar tayyorlash. Uchib ketuvchi va qishlab qoluvchi qushlar. 18. Katta va tayyorlov guruhlarida “Hayvonlar va qushlar bilan do‘stlashamiz” haftalik reja tuzish. J: “Men nimani tasvirladim top?”, “Bosh harfidan top”, “Men bilaman”, “Hashoratlar”, “U qayerda yashaydi?”, “Ovozidan top”, “Bahorda, yozda va kuzda”, “To‘rtinchisi ortiqcha”, “Hashoratlarni ajrat”. 19. Kichik va o‘rta guruhlarda eksperimentlar-amaliy tajribalar qanday tashkil etiladi? J: Kichik va o‘rta guruhlarda sensor idrok qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish. Bolalarni turli xil holatlarda suyuq va qattiq jismlarni (suv, qum, toshlar, havo) xususiyatlarini o‘rganishga o‘rgatish. Tajribalar o‘tkazish orqali bolalarda tabiatga qiziquvchanlik kuzatuvni mustahkamlash. 20. San’at markazida katta va maktabga tayyorlov guruhlarda ta’lim jarayoni qanday tashkil etamiz? J: Katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun rasm chizishda mustaqil material tanlash, bo‘yoqlarni rangiga qarab ajrata olish, oq listga rasm chizib uni chiziqlardan chiqib ketmasligi, bir xil rangda emas turli xil ranglarda bo‘yash. 21. IMEN (TRIZ) metodi asosida ta’limiy jarayon qanday tashkil etiladi? J: “TRIZ-IMEN metodi asosida ishlash” mavzusida integratsiyalashdan ta’limiy jarayonni tashkil etish. Rivojlanish markazlarida o‘yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish. TRIZ (rus tilida: teoriya resheniya izobretatelshix zadach) ixtiro muammolarini yechish nazariyasi ekanligi haqidagi tushuncha. 22. “O‘zbekiston mening vatanim” mavzusida integratsiyalashgan ta’limiy jarayonni qanday amalga oshiramiz? J: Rivojlanish markazlarida o‘yinli ta’limiy faoliyatni tashkil etish. O‘quvchi bolalarga tug‘ilib o‘sgan joylariga muxabbat va ularga Vatanim O‘zbekiston haqida bilim berish usullarini ko‘rsatish. O‘z shahar, qishloq, mahalla va ko‘chasi haqidagi bilimlarni kengaytirish. 23. Qurish-yasash, konstruksiyalash va metodika markazida “Koinot sirlarini” tashkil etish. J: Qurish-yasash: shamol bilan o‘ynash uchun parrak yasash, raketa va h.k.o. Qurish-yasash qismlarini hajmiga ko‘ra (katta-kichik, uzun-qisqa, baland-past, tor-keng) ligiga qarab farqlay olishini va o‘z nurqlarida bu so‘zni qo‘llashni: Bollalarga globus, yer sayyorasi, kosmik kemalar, fazogirlar, osmon jismlari haqida tushuncha berish jarayonida sayyoralarning katta-kichikligi haqida aytib o‘tish. 24. San’at markazida “Koinot sirlari” qanday amalga oshiriladi? J: Rangli qalamlar bilan “Raketa parvozi” rasmi, katta-kichik sayyoralar rasmini chizishlari, “Osmondagi yulduzlar”, “Fazo sirlari” plastilindan yasash. 25. Til va nutq markazida “Yer sayyorasi” haqida tushuncha bering. J: “Yer”, “O‘z uyingni asra” – suhbat. Q.O‘tayevning “Yer” sharini o‘rganishni tevarak atrofda bilim va tasavvurlarni chuqurlashtirish asosida bolalarning so‘z boyligini oshirish va faollahtirish. O‘zining xatti-harakatini boshqarish, faoliyatini so‘z bilan ifodalash. Bir gaplardan hikoyalar tuzish. 26. San’at markazida “Yer sayyorasi”ni qanday amalga oshiramiz? J: “Daraxtlar”, “Tabiatni asrash bizning qo‘limizda” o‘ziga qahramonning ma’lum rolini o‘ziga olib, tengdoshlari bilan o‘yinda birgalikda harakat qila olish. Bir necha harakatlarni yagona syujet chiziqlariga birlashtirish. 27. Transport ko‘cha harakati qoidalari mavzusida ta’limiy jarayonni tashkil etish. J: Rivojlanish markazlarida o‘yinli ta’limiy faoliyatni tashkil etish. Turli transport vositalari va kasblar haqida tushuncha berish. O‘quvchilarga bolalarga turli xil transport vositalari (mashina, poyezd, samalyot, avtobus, yengil avtomobil) bilan tanishtirish. 28. Transport turlarini yozing. J: Yer osti transporti, yer usti transporti, havo transporti, suv transporti vositalari kiradi. 29. MTT da “Odobnoma” mavzulari bo‘yicha ta’lim-tarbiyaviy ishlarni loyihalash qanday amalga oshiriladi? J: MTT da bolalar bilan “Odobnoma” yuzasidan tarbiyaga oid tushunchalar bolalarning yoshi, ularning yashash muhiti, shaxsiy xususiyatlari va tuhiy holatlarini e’tiborga olgan holda mashg‘ulotlarni loyihalash. MTT dasturi asosida turli yosh guruhlarda odobnomaga oid hafta va kundalik mavzularini o‘rganish. 30. Qurish-yasash va matematika markazida birorta transportni yasash usullarini aytib bering? J: Oddiy yuk mashinasiga kerak bo‘ladigan jihozlar: kardon, kley, qaychi, qalamlar, rangli qog‘oz, bo‘yoqlar.